Axborotlarning fotogrammetrik usulda qayta ishlanishi
Axborotlarning fotogrammetrik usulda qayta ishlanishi REJA 1. Axborotlarni fotogrammetrik usulda qayta ishlash 2. Raqamli texnologiyalar 3. Raqamli fotogrammetriyaning apparat-dasturiy vositalari
Axborotlarni fotogrammetrik usulda qayta ishlash, aniqroq aytganda tahliliy texnologiyalar bo„yicha tasvirga olish materiallarining qayta ishlanishi stereo tavsifda qayta ishlash qurilmalari, hisoblash texnikalari va dasturiy ta’minot yordamida tahliy ishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Hozirgi vaqtda bu texnologiyalar quyidagi takibiy qismlardan tashkil topgan: • Ishonchli, yuqori darajada aniq tahliliy funksiyalarni bajarish imkonini beruvchi stereo-qurilmalar va tizimlar; • Katta hajmdagi xotiraga ega bo„lgan, tezkor funksiya bajaruvchi hisoblash mashinalari; • Kuchli dasturiy ta’minot. Stereo-qayta ishlash tahlil qilish qurilmalari jamlamasi o„z tarkibiga - tasvirlarni olish uchun mo„ljallangan karetkaga ega optik-mexanik tizim, binokulyar shaklda ishlangan kuzatish tizimi, boshqarish paneli, qo„lda boshqariluvchi shturvallar, qurilmani ishlashga tushirish va o„chirish maqsadlarida foydalaniluvchi, oyoq yordamida harakatlantiriluvchi disk va pedallar yig„indisidan tashkil topgan. Bu qurilmaga nazorat qiluvchi qurilma (kontrolyor) va to„plovchi qurilma, videoterminal va nashr qilish qurilmasi (printer) bilan birgalikda IBM PC ulanadi. Nazorat qiluvchi qurilma (kontrolyor) karetaning harakatlanishini, sezgir moslamalarning (datchiklar) koordinata o„qlari bo„yicha ishlashini boshqaradi, Shuningdek karetalarning siljishini qayd qiladi, ma’lumotlarning elektron usulda qayta o„zgartirilishi va ma’lumotlarning IBM PC tizimida interfeys orqali kiritilishi-chiqarilishini amalga oshiradi. Axborotlarni kiritish va aks ettirish qurilmalari jumlasiga video- monitor, avtomatik tarzda funksiya bajaruvchi koordinatograf, displey bilan jihozlangan grafik terminal ham kiritilishi mumkin. Bu qurilma yordamida ish bajarishning yakuniy maxsuloti - grafik xarita yoki raqamli shakldagi xarita bo'lishi mumkin. Iste’molchi tasvirlarning masshtabini tanlab olishi mumkin, Shuningdek axborotlarning taqdim etilishi uslubini tanlashi, ob’ektlarning toifalarini va hakozo ko„rsatkichlar qiymatlarini o„z hoxishiga
ko„ra tanlashni amalga oshirishi mumkin. Tahliliy stereo-qurilmalarning matematik ta’minoti 100 dan ortiq sondagi amaliy dasturlardan jamlamasidan tashkil topgan. Bu dasturlarga quyidagi fuknsiyalarni bajaruvchi dasturlar turlari kiritiladi: • Stero-modellarni tuzib chiqish va baholash jarayonining aniqligi; • Relefni chizish; • Aerofototriangulyasiyalarni rivojlantirish va tenglashtirish; • Joyning raqamli modelini (JRM) tuzib chiqish; • Erda turib tushirilgan tasvirlarni va qisqa bazisga ega fotogrammetriya materiallarini qayta ishlash; Aeroftotriangulyasiya uchun mo„ljallangan dasturlar to'plami tarkibiga quyidagilar kiritiladi: • Mustaqil tavsiga ega modellarni marshrut asosida tenglashtirish; • Mustaqil tavsifga ega modellarni bloklar bo'yicha tenglashtirish; • Avtomatik tarzda tanib olish asosida blok tavsifidagi tenglashtirish va qo'pol tarzdagi yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish; • Qo'shimcha ko'rsatkichlarni hisobga olgan holatda va tizimli tavsifga ega bo'lgan xatolarni tuzatish asosida bog'lanishlarni blok tavsifida tenglashtirishni amalga oshirish. Shuningdek, kodlangan ma’lumotlarni raqamli shaklda yig'ish, saqlash, yangilash va grafik axborotlarni tahrirlash va navbatdagi bosqichda analog shaklga qayta o'zgartirish uchun mo'ljallangan maxsus dasturlar paketi ishlab chiqilgan. Ayrim turdagi tahliliy stereo-qayta ishlash qurilmalarida xizmat ko'rsatish qurilmalari, periferik qurilmalardan tashkil topgan keng ko'lamdagi operatsion tizimdan foydalaniladi. Bu tizimlar parallel holatda bir nechta masalani bir vaqtda hal qilishga mo'ljallangan, universal tavsifda ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tipda funksiya bajaruvchi, integratsion tizim sifatida birlashtiriladi. Jumladan, Rossiyada ishlab chiqiriluvchi «Stereoanagraf» rusumidagi tahliliy qurilmalar seriyasi bir nechta modifikatsiyalar asosida ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan. Ushbu qurilmaning dastlabki modifikatsiyasining tarkibi - stereokomparator, koordinatograf va IBM PC jamlamasidan tashkil topgan. Bu qurilmalar jamlamasi butun masshtab qatorlari bo„yicha, aero - va kosmik tavsirlar asosida xarita va planlarning
ishlab chiqilishi va yangilanishini amalga oshirish uchun mo„ljallangan. Bu qurilmalar tasvirlarni yuqori darajada aniqlikda qayta ishlash, jarayonlarni amalga oshirish yo„nalishlarini mo„ljal olishda avtomatik tarzda ishlash, qurilmaning va tasvirlarning tizimli tavsifga ega bo„lgan xatoliklarini hisobga olish kabi imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Qurilmaning ishlash tamoyili - chiziqli tavsifdagi siljishlarning siljish qiymatiga proporsional bo„lgan qiymatdagi elektron impulslarga qayda o„zgartirilishi asosida, x va u o„qlar bo„yicha o„lchov markalarining chiziqli tavsifda siljishi natijalari fotoelektron qayta o„zgartirish moslamalari yordamida qayd qilinishiga asoslanadi. Navbatdagi bosqichda ushbu xosil qilingan signallar raqamli shakldagi axborotlar shaklida qayta o„zgartiriladi va IBM PC yordamida qayta ishlanadi, qayd qilish qurilmasiga (registrator) o„lchashlar natijalari qiymatlari shaklida uzatiladi. 5.2.1.-rasm. «Stereoanagraf» tahliliy qurilmasning umumiy tashqi ko„rinishi Foydalaniluvchi IBM PC shaxsiy kompterlar uchun mo„ljallangan standart konfiguratsiyaga ega hisoblanadi. Ekranga turli xildagi matn va grafik shaklidagi axborotlarning chiqarilishi monitor yordamida bajariladi, matn va grafik shakldagi axborotlarning nashr qilinishi esa - printer yordamida amalga oshiriladi. «Stereoanagraf-6» rusumdagi qurilma ushbu qurilmalar seriyasida ishlab chiqilgan nisbatan yangi ishlanmalardan biri hisoblanadi. Bu qurilma raqamli xaritalar va planlarni tuzib chiqish, uchastkalarning maydoni va perimetr qiymatlarini hisoblash, shahar va er kadastri sohasida turli xil maqsadlarda, Shuningdek loyihalashtirish va qurilishlarni amalga oshirish va
ko„pgina boshqa shu kabi masalalar echimida samarali qo„llanilishi mumkin. Bunda qurilmaning koordinatalarni aniqlashda yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan o„rtacha kvadrat xatoligi qiymati 3 mkm dan katta emas. Raqamli texnologiyalar Raqamli fotogrammetriya uslubida shisha, tasma yoki qog„oz shaklidagi materiallar asosida fizik tasvirlarni aks ettirishdan foydalanish uslublaridan farq qilib, tasvirlar kompyuter yordamida raqamli shaklda qayta ishlanishi amalga oshiriladi. Bunda fotografik tasvir digitalizatsiya yoki skanerlash yo„li bilan raqamli shaklga qayta o„zgartiriladi. Shuningdek, tasvirlar bevosita turli xil axborotlarni saqlash manbalari o„rnatilgan maxsus kamera yordamida raqamli formatda olinishi asosida kiritilishi mumkin. Skanerlash yo„li bilan tasvirlarni raqamli shaklga qayta o„zgartirishda tasvirlar ma’lum bir son qiymatidagi o„zaro teng o„lchamdagi, «piksel» deb nomlanuvchi kichik kvadrat sohalarga ajratib chiqiladi. Bu ko„rinishda ajratib chiqilgan har bir maydon sohasi (katakcha, hujayra kabi) tarkibida rang va ranglar zichligi nuqtai nazaridan etarlicha miqdorda axborotlar mavjud hisoblanadi. Raqamli fotogrammetriyada skanerlash ruhsat etilish darajasi qiymatining ortishi bilan xosil qilinuvchi yakuniy natijalarning aniqlik darajasi ortadi. Ya’ni, piksellar qiymati qanchalik kichik bo„lsa, demak yakuniy natijaning aniqlik darajasi ham shunchalik darajada yuqori bo„lishi qayd qilinadi. Yuqori ruxsat etilish qiymatiga ega bo„lgan ekranlardan foydalanish piksellarning o„lchamlari 25 mkm va undan ham kichik bo„lgan, etarlicha darajada tiniqlikka ega tasvirlarni xosil qilish imkoniga ega bo„lishni ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda tasvirlarni skanerlash uchun ko„plab turdagi skanerlar ishlab chiqarilgan. Maxsus ishlab chiqilgan fotogrammetrik skanerlar ish bajarish unumdorligining yuqori qiymatga egaligi va Shuningdek, ish samadorligi yuqori bo„lishi bilan tavsiflanadi. Bu skanerlar bir butun tasmalarni (filmlar), Shuningdek alohida tasvirlarni skanerlash imkonini beradi. Ayrim turdagi skanerlarning konstruksiyasi statsionar kamera yoni bo„ylab yuqori aniqlikka harakatlanuvchi plastinkadan ishlangan platformaning siljishi tamoyiliga asoslanadi. Bunda qayd qilinuvchi to„g„ri burchakli massiv sohalarini takroriy tarzda hisoblab chiqish talab qilinmaydi. Skanerlarning nisbatan eng yaxshi hisoblangan