logo

BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.8369140625 KB
BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI
Reja:
1.Kompozitsiya san’ati
2.Kompozitsion   vositalar:   asar   sarlavhasi,   epigraf,   lirik   chekinish,   qistirma
epizod, qoliplash, asar annotatsiyasi.
3.Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi Kompozitsiya   (lat.   Compositio   -   tarkib,   qurilish,   tuzilish)   deganda,
tasvirlanayotgan   birliklarning   va   nutq   vositalarining   badiiy   asar   matnidagi
o‘zaro   bog‘liqligi   va   joylashish   (o‘rinlishish)   tartibi   tushuniladi.   U   o‘zida
personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. Epesodion-begona,
aloqasiz)larini   taqqoslashni,   voqea   haqidagi   tartibli   xabarni   tasvirlash
usullarining   o‘zgarishini,   tasvirlanayotgan   detallar   va   ifoda-tasvir
vositalarining   muvofiqligini,   asarning   qism,   bob,   bo‘lim,   band,   parda,
ko‘rinish va sh.k. bo‘linishini jamg‘aradi.
Darvoqe,   “kompozitsiya-badiiy   asarni   tashkil   etuvchi   va   intizomga
bo‘ysindiruvchi   kuch.   Uning   vazifasi   biron   bir   narsaning   chetga   chiqib
ketishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   ayni   chog‘da,   uning   birbutunlikka   birikishini
nazorat   qilishdir...   Uning   maqsadi   barcha   bo‘laklar   (parchalar)ni   shunday
joylashtirishki,   ular   alal-oqibat   asar   g‘oyasini     to‘liq   ifodalashga   qodir
bo‘lsinlar” 1
.
Bu   fikrlardan   ko‘rinadiki,   asar   g‘oyasini     ochishga   xizmat   qilmaydigan
bironta   obraz,   bironta   ko‘rinish,   bironta   hatti-harakat,   bironta   so‘z
bo‘lmasligini   badiiy   kompozitsiya   nazorat   qiladi   va   shu   xislati   bilan
go‘zallikda yagona bo‘lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor
bo‘ladi.
Har     qanday   asardagi   bosh   g‘oya   (Mas.,   “O‘tgan   kunlar”ning   bosh
g‘oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora
kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi
hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so‘zlar...) bo‘ysinadi va
uning   talabiga   ko‘ra   asar     to‘qimasidan   o‘z   o‘rnini   oladi.   Ayni   paytda   bosh
g‘oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga
murojat qilaylik: “O‘tgan kunlar”da Kumushning ko‘zyorishi (tug‘ishi)ga oz
vaqt   qolganda   buvisi   Oyshabibi   vafot   etadi.   Natijada   Oftob   oyim   va
1
  Қ аранг: Введение в литературоведение,  М., “Высшая  школа”, 1988, 184-185-бетлар.  Mirzakarim   qutidor   –   azadorliklari   tufayli   Kumushning   tug‘ishi   arafasiga
yetib   borolmaydilar   (holbuki,   o‘zbek   odatiga   binoan   qizning   birinchi
tug‘ishida   onasi   uning   oldida   bo‘lishi   kerak).   Bu   holat   -   Kumushning
zaharlanishini   (Oftob   oyim   bo‘lganida   zaharlanish   yuz   bermagan
bo‘larmidi?) va halok bo‘lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi
esa   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidagi   hayotni   –   eng   kirlik,   qora   kunlar
ekanligini (ko‘rsatish orqali) isbotlaydi. 
Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham
yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga
yo‘l  bermaydi. Agar  kompozitsiyaning  bu talabiga  rioya etmasa,  “Yozuvchi
sayoz   joyda   cho‘kadi”   (A.Muxtor),   bayonchilikka   yo‘l   qo‘ysa   –   jurnalist,
publisistga   aylanadi,   ezmalik   qilsa   –   san’atining   qusurini   namoyish   etadi,
takrorlarga   ko‘plab   yo‘l   qo‘ysa-yozuvchilik   qismatini   oddiy   hunarmand
qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O‘zbeknoma”dagi markaziy
fikr “Bu – o‘zbek xalqi buyuk xalq, u o‘tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan,
buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun
uning   buyuk   yurtboshisi   bor,   bugun   o‘zbek   xalqi   ana   shu   rahbari
boshchiligida   buyuk   kelajak   sari   odimlamoqda,   degan   fikrdir...   Albatta,   bu
fikr juda to‘g‘ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to‘g‘ri
fikr   undagi   tasvirdan,   asarning   badiiy   to‘qimasidan   o‘zi   mustaqil   kelib
chiqmog‘i   zarur,   tashqaridan   yopishtirilishi   kerak   emas.   Afsuski,
“O‘zbeknoma”da bu fikr hali poetik g‘oya darajasiga o‘sib chiqmagan.
“O‘zbeknoma”day   asar   yozib,   bugungi   kitobxonga   bu   fikrni   tavsiflab
berishning   o‘zi   g‘alati...   Shoir   esa   tavsiflash   doirasidan   chiqolmay,   hayotga
maddohlik   ko‘zi   bilan   qaragan,   maddohlik   tafakkuri   bilan   fikrlagan.   Shu
holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o‘qishni, hatto qabul qilishni ham
qiyinlashtirgan.   Axir,   asal   juda   yaxshi,   juda   zarur   shifobaxsh   narsa,   lekin
ko‘p   bo‘lganda-chi?   Masalan,   o‘zingizni   bir   bochka   asal   ichida   o‘tirgandek his   qiling.   Xuddi   shunga   o‘xshash   me’yorsiz,   o‘lchovsiz,   oxir-keti   yo‘q
madhiya   ham   teskari   natija   beradi-odamni   entiktirib,   damini   qaytaradi.
Kitobning   bir   joyida  shoir   madhiyabozlikni  oqlash  uchun  hadisdan   shunday
dalil   keltiradi:   “Odil   podshoni   hurmatlash   tangrini   ulug‘lash   bilan
barobardir”.   Juda   dono   gap.   Lekin   hurmatlash   boshqa,   madhiya   o‘qish
boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko‘ra adolat yo‘lida
qo‘yilgan bitta amaliy qadamni afzal biladi. 
Maddohlikning nojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning
zamirida   manfaatparastlik,   ta’ma   yashirinib   yotadi”(O.Sharafiddinov.
“Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qochh” O‘zAS, 15 sentyabr, 2000-yil).
Kompozitsiya  estetik  didning  teranligini  talab  qiladi.  Chunki  u,  albatta,
badiiy kompozitsiyada ham o‘zligini topadi. 
“Masalan   ,ikki   sevishgan   yigit   va   qiz   maysazorda   uchrashib,   g‘aroyib
his-tuyg‘ularini   bir-birlariga   izhor   etayotganda   ma’shuqaning   oyoqlari
daf’atan   toshbaqaga   tegib   ketishi   mumkin.   Ammo   o‘sha   g‘aroyib   his-
tuyg‘ularni   tasvirlaydigan   she’rga   toshbaqaning   kirishga   haqqi   yo‘q,”-deydi
A.Oripov.
Ba’zida   bu   mulohazalarning   teskari   isbotini   ko‘rganingda   [Jonrid
Abdullaxanovning   “Yo‘l”     (O‘zadabiynashr,T.,1964,100-101   betlar)
romanida   Gulchiroyga   Qudratning   muhabbati   tasvirlanarkan,   o‘rinsiz   tarzda
loy-pishtak   o‘ynayotgan   bolalar,   qoqolab   qochgan   ikki-uch   tovuq,   hangrab
yuborgan   eshak...   ham   qatnashadi ] ,  kompozitsiya   yaratish   -   did   san’ati   ham
ekanligini   ta’kidlashga,   yozuvchi-san’atkorning   har   bir   tasviri,   so‘zi
o‘lchangan,   go‘zallikka   o‘rangan,   qalblarga   bexato   kiradigan   ezgulik   nuri
bo‘lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan.
Demak,   “hikoyaga   taalluqli   bo‘lmagan   hamma   narsani   shafqatsizlik
bilan   chizib   tashlash   lozim.   Agar   siz   birinchi   bobda   devorda   miltiq   osilib
turibdi   desangiz,   ikkinchi   yoki   uchinchi   bobda   o‘sha   miltig‘ingiz,   albatta, otilishi   kerak”   (A.P.Chexov).   Ana   shu   saboq-kompozitsiyaning   bosh
qonunidir , unga bo‘ysingan yozuvchi o‘z g‘oyaviy-yestetik niyatiga xizmat
qilmaydigan bironta tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so‘zni,
hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi.
Ma’lumki,   kompozitsiya   syujetdan   kengroq   hodisa   sanaladi,   chunki   u
syujetni   ham,   syujetdan   tashqarida   qoluvchi   vositalarni   ham   o‘zida
jamg‘aradi.   Syujetdan   tashqarida   qolgan   badiiy   unsurlar   -   kompozision
vositalar  deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal
bo‘lishiga   xizmat   qiladi.   Shuning   uchun   ham   kompozitsiyani   adabiy
asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy
shakl   deb   yuritadilar.   Kompozision   vositalardan   ba’zilarini   hukmingizga
havola qilamiz.
1.   Asar   sarlavhasi.   “Aniqlik   va   qisqalik   nasrning   birinchi   ustunligidir.
U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go‘zal ifoda hech narsaga xizmat qilmaydi”
ekan,   asar   sarlavhasi   bir   yoki   bir   necha   so‘zda   ifodalanishi,   yuzlab
sahifalarga   sochilgan   mazmunni   o‘zida   aniq   jamg‘arishi,   nomlanishidanoq
o‘quvchini   o‘ziga   jalb   qilishi   lozim.   Bu   judayam   azobli   ish,   ayni   chog‘da,
rohatbaxsh   hamdir.   “Qutlug‘   qon”   (Oybek),   “Ulug‘bek   xazinasi”
(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O‘g‘ri”,
“Bemor”   (A.Qahhor),   “Chinor”   (A.Muxtor),   “Iymon”   (I.Sulton),   “Qudratli
to‘lqin”   (Sh.Rashidov),   “Shaytanat”   (T.Malik),   “Lolazor”   (Murod
Muhammad Do‘st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar”
(O.Yoqubov),   “Otamdan   qolgan   dalalar”   (Tog‘ay   Murod),   “Ikki   eshik
orasida”   (O‘.hoshimov)   kabi   asar   nomlarining   tarixini   o‘rganishning
o‘zidayoq ko‘pgina saboq va o‘gitlarning beradi.
Jumladan,   “dunyo   hikmatlarini   mo‘jizalar   tarzida   tuya   oladigan   va
shunga   monand   ifoda   qila   oladigan”   san’atkorning   iqrornomasiga   quloq
osaylik: “Keyingi vaqtda-keksalik, xastalik sabab-juda kam uyqu bo‘lib qoldim.
Uyqu   qochganda   bosh-keti   yo‘q,   uzuq-yuluq   o‘y-xayol   qalashib
kelaverarkan.   Shunda   tunchiroq   ostida   turgan   daftarga   ba’zi   tasodifiy
fikrlarni yozib qo‘yadigan bo‘ldim. 
Daftarimni   “tundalik”   deb   atadim.   Bu   “janr”ning   “kundalik”dan   farqi
shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo‘lmaydi.
Bu gaplar, biri bog‘dan, biri tog‘dan bo‘lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-
harakatiga   turtki   bo‘lishi   mumkin.   Qolaversa,   ular   muallifning   ruhiy
holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir
tarzda ulush qo‘shib yashaymiz”.
Darvoqe   “Tundaliklar”   nomini   eshitganingizdanoq,   sizda   qiziqish
uyg‘onadi,   uning   mazmuni   bilan   tanishishga   oshiqasiz.   Asqad   Muxtorning
ikki   daftardan   iborat   bu   so‘nggi   asari   –   umri   yakunidagi   Yozuvchining   sir-
asroridan,   uning   Odam   va   Olam   haqidagi   kashflaridan   xabar   beradi,
kitobxonni   o‘yga   toldiradi,   harakatga   shoshiltiradi,   hayratga   ko‘madi.   Eng
asosiysi nom asardagi bosh g‘oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oldi,
ya’ni   A.Muxtor   kasalligiga,   og‘ir   kasalligiga   qaramay,   tungi   bedorlik
paytlarida   ham   yaratish   bilan   band   bo‘ldi,   o‘z   aql-zakovati   bilan   ko‘pni
hayajonlantira   oladigan   insoniy   dardlarni,   mushohadalarni,   yangi
izlanishlarga asos bo‘la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. haqiqiy
ijodkor   inson   qiynalib   so‘zlasa-da,   qiynalib   yozsa-da,   shunday   holatda   ham
ko‘p   uchun   qayg‘uradigan,   ko‘pning   dilidagini   aytadigan,   ko‘p   uchun
yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo‘lish kerakligini isbot qildi. Tiriklikning
har   bir   daqiqasi  o‘zlikni,   demakki,  Ollohni  bilishga  sarflanishini  lozimligini
ko‘rsatdi.   Shu   yo‘l   bilan   eng   ohirgi   daqiqalarda   ham   ikkinchi   umrining
mazmunini (“Ijod – o‘limni o‘ldirmoq”dir), yanada boyitdi, uning boqiyligini
ta’minladi.   “Tundaliklar”da:   “Shamol   shamni   o‘chiradi.   Shunga   o‘xshab,
ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o‘t oldiradi”,   -   degan   haqiqat   ham   yozilgan.   Asqad   Muxtorga,   uning   ijodiga
xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdirh
Ko‘pgina   asarlarning   nomlari   ulardagi   bosh   qahramonlarning   ismlari
bilan   ataladi.   “Zaynab   va   Omon”   (h.Olimjon),   “Navoiy”   (Oybek),   “Mirzo
Ulug‘bek”   (M.Shayxzoda),   “Amir   Temur”   (Olimjon   Bo‘riev),   “Fotima   va
Zuhra”   (U.Umarbekov),   “Ibn   Sino”   (M.Qoriev),   “hamza”   (K.Yashin)   kabi
asarlar   buni   isbotlaydi   va   asar   syujetini   bevosita   shu   obrazlar   bilan
bog‘liqligini   ko‘rsatadi.   Shu   asos   tufayli   bu   nomlar   ham   aniq   asarning
birbutunligiga hissa bo‘lib qo‘shiladi. 
2.   E pigraf   (yun.   Epigraphe-yozuv).   Dastavval,   u   qadimgi   Gresiyada
qabr toshlariga yozilgan she’rlarning janri bo‘lgan. Keyinchalik va hozir ham
xalq   og‘zaki   ijodi   yoki   yozma   adabiyotdan   olingan   hikmatli   so‘z,   maqol,
parcha yoki iboralarning boshqa bir asar (uning sarlavhasidan keyin, qismi va
bobining   boshlanishi)da   bittasini   yoki   bir   nechtasini   keltirilishiga   epigraf
atamasi   ishlatiladi.   Epiraf   hamma   asarlarda   bo‘lavermaydi,   lekin   u   doimo
qisqa,   sodda   bo‘lishi,   ibratli   mazmunni   o‘zida   jamg‘arishi   lozim.   Eng
asosiysi,   muayyan   asarning   mazmunini   o‘zida   tashishi   yoki   shu   mazmun
qanday bo‘lishiga urg‘u berishi (ba’zida isbotlashi) talab qilinadi. 
Jumladan, H.Olimjonning:
har yurakning bir bahori bor,
har bir qalbga ishq bo‘lar mehmon.
har yurakda gullar muhabbat,
Bo‘ston etar uni begumon.
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun.
Bizga yotdir Shirin baxtini  Paymol etgan u qop-qora tun,-
she’riga quyidagi epgraf keltirilgan:
“ Muhabbat
Ul o‘zi eski narsa,
Lokin har bir yurak
Oni yongorta... ”
Xodi Toqtosh
Ko‘rinadiki,   har   bir   qalbda   ishq   gullarkan,   yurak   bo‘stonga   aylanadi.
Shuning uchun ham Layli boshiga kelgan, Shirin baxtini paymol etgan qora
kunlar   o‘tmishga   aylangan,   degan   fikrni   Xodi   Toqtosh   asaridan   keltirilgan
parcha   yanada   ta’sirdor   qiladi,   ishonchni   oshiradi.   “Yozuvchi   yolg‘onni
to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi”, - degan hikmatni guyo isbotlaydi. 
3.   Lirik   chekinish .   San’atkor   asarida   yaratayotgan   syujet   voqealaridan
ba’zida o‘zi ham ta’sirlanib ketadi, qalbida tug‘yonlar, hislar, fikrlar quyulib
kelaveradi.   Shu   jarayonda   syujet   voqealarini   to‘xtatadi-da,   ana   shu
kechinmalarni ifodalaydi. Bu holat – lirik chekinishni keltirib chiqaradi. Lirik
asar – shoir kechinmalarining ifodasi, dramatik asarda muallif nutqi ishtirok
etmasligini   hisobga   olsak,   lirik   chekinishlar   liro-yepik   asarlarda   uchraydi.
Jumladan,   hamid   Olimjonning   “Zaynab   va   Omon”   dostonida   Omon   o‘z
qismatini,   tarixini   so‘zlar   ekan,   dunyo   ona   mehri   bilan   to‘liq   va   ulug‘ligini,
ona   va   farzand   o‘rtasidagi   sevgining   buyukligini   ta’kidlaydi.   Ana   shu
tushunchalarning   beg‘uborligini,   samimiyligini,   jonga   jon   solib   asrashligini
ta’kid qilish, unga yana bir isbot keltirish uchun shoir lirik chekinishga yo‘l
qo‘yadi:
Gul ochilar bahor chog‘ida
Va to‘lishar ona bog‘ida.
Ona sevmas farzand topilmas, Farzand yo‘qdir onani sevmas.
Farzand guldir, ona bir bo‘ston, 
Shuning bilan jahon guliston.
Ana   shundan   so‘ng   Omon   qismati   –   uning   onasiz   yolg‘iz   o‘tgani,
zaqqumlar   yutgani,   ona   allasiga   intizor   bo‘lgani,   ona   tovushiga   zorligi
tasvirlanadi.   Bu   tasvirni   lirik   chekinish   yanada   aniqroq   va   to‘liqroq   his
etishga   kitobxonni   tayyorlaydi   va   shu   xislati   bilan   asar   g‘oyasini
ta’sirchanligiga   hissa   qo‘shadi,   asardagi   olamni   –   busbutun   bo‘lishiga
kichkina, lekin zarur ko‘makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi.
Lirik chekinishning yana bir ko‘rinishida – san’atkorlar personajlarning
xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar.
Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi
aralashmaydi.   Faqatgina   bergan   bahosi   orqali   qahramonlar   qalbidagi   hokim
kuch   (g‘oya)ni   eslatish   (ta’kid   etish)   orqali   –   kitobxonni   yangi   voqealarga
tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning
isboti   “O‘tgan   kunlar”dagi   Otabek-Kumush-Zaynab   munosabatlarida   ham
ko‘rish mumkin:
“Birinchisini   tavsif qilib ko‘rsatish nechukkim biz shu o‘ringacha ko‘p
qog‘ozlarni   qoralab   kelamiz,   o‘qug‘uchini   ham   zeriktirmay   orqamizdan
ergashtirgandek   bo‘lamiz,   chunki   Otabek   va   Kumush   ishqlarida   samimiyat,
yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchi
bo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaysiz, topqan bilan
o‘qug‘uchig‘a   qiziqarliq   bir   narsa   chiqmaydir.   Qahramonimizning   hozirgi
“majburiyati” sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham biz
bir   daraja   o‘z   tomonimizdan   ularni   sanab   ko‘rsatamiz...”   (“O‘tgan   kunlar.
Mehrobdan chayon”, 339-bet).
Ushbu   chekinish   ham   qahramonlarda   mujassamlashgan   iroda
yo‘nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o‘zaro bog‘laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana
bir   bahya   ko‘paytiradi.   Bularning   barchasi   –   yaxlit   olam   (roman)dagi
g‘oyaviy   maqsadni   sezadigan   darajada   jonlantiradi   (badiiylashtiradi).   Lirik
chekinish   ham   kompozitsiyada   zarur   vosita   ekanligini   –   yaratuvchan
qudratga egaligini isbotlaydi. 
4.   Qistirma   epizod.   Syujet   yo‘nalishiga   bevosita   aloqador   bo‘lmagan,
ammo   asar   g‘oyaviy   mazmunini   ko‘p   tarmoqli   qiladigan,   uni   bilvosita
chuqurlashtiradigan   va   yangi   taqdirlar   misolida   ta’kidlaydigan   qo‘shimcha
voqea – qistirma epizod sanaladi. “O‘tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat,
Toshkandning   mashhur   Qovoq   devonasi   bilan   bog‘liq   voqealar   –   qistirma
epizodlardir.
Jumladan,   romandagi   “o‘z   zamonasining   mashhur   devonasi”   –   Qovoq
devona   “qiziq   harakatlari   va   tutal   so‘zlari”   bilan     hammani   o‘ziga
qizziqtiradi. Kalaka qilg‘uvchi ermakchalar “uning yoshi mishig‘iga, mishig‘i
tupigiga   qo‘shilib   yig‘lashi”ni   tomosha   qilardilar.   Ayni   paytda   “Xon
zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar
choyxonada   o‘tirar   ekanlar,   devonaning   qovoqlari   kasbini   ayttirish   orqali
davrdan, davrning ulug‘lari ustidan kuladilar:
“Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: -
Manov Musulmon cho‘loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni
turtib   :   -   Bunov,   Xudoybachcha   (Xudoyorbachcha),   -   dedi.   Suv   qovog‘ini
erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. Qolgan ikkita silliq
qovoqchalarni   “nos   qovoq,   yupqa   tomoq”,   -   deb   qo‘ydi.   Ermakchilar
kulishdilar”(154-bet).
Birinchidan,   xalqning   bunchalik   abgorligini   Qovoq   devona   hayoti,
holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar
ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to‘ydan olgan
belbog‘i   voqeasi   orqali   “ko‘z   og‘rig‘i”,   “qorategin”,   “yuziga   chechak chiqqan” odam (homid) Otabekning yolg‘iz o‘g‘il ekanini, toshkandlik qizga
uylanganini   bilab   oladi,   ana   shu   g‘oyaviy   yukni   bajargandan   so‘ng   Qovoq
devona roman sahnasida boshqa ko‘rinmaydi.
5.   Badiiy qoliplash . Bosh voqea doirasi ichida, unga g‘oyaviy mazmun
va  kompozision  jihatdan  bog‘lab  turli  mustaqil  voqealarni  tasvirlash  usuli  –
badiiy   qoliplash   deb   yuritiladi.   Mashhur   “Ming   bir   kecha”,   A.Navoiyning
“Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol
misollaridir.
Jumladan,   Alisher   Navoiy   dostonidagi   bosh   voqea   –   shoh   Bahrom   va
uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:
Shoh   Bahrom   go‘zal   Diloromga   ishq   qo‘yadi.   Ishq   va   mayga   beriladi.
Bir   ohuni   kamon   bilan   otib   yiqitadi.   Uning   ustaligiga   (mahoratiga)   tahsin
o‘qimagani   uchun   Diloromni   kiyiklar   uyasiga   tashlaydi...   hushyor   tortgach,
qilgan   ishiga   pushaymon   bo‘ladi,   Diloromni   istab   biyobonga   boradi,   biroq
uni   topolmasdan,   o‘zidan   ketadi.   Dilorom   hajrida   devona   bo‘ladi.   Uning
savdoyiligini   daf   qilish   uchun   yetti   go‘zal   qasr   bino   qiladilar.   haftaning   har
kuni   Bahrom   bir   qasrda   bir   musofirning   afsonasini   tinglaydi.   (I-   kecha:
Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi;   III- kecha: Sa’d qissasi; IV-
kecha: podshoh Jo‘na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi;
VI-   kecha:   Muqbil   va   Mudbir   qissasi;   VII-   kecha:   Xorazmlik   sozanda
qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni
chaqirtiradi,   o‘luk   tanga   ruh   kiradi.   U   murodiga   yetgach,   shunday   katta   ov
uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog‘i
esa,   u   yerlarni   botqoqqa   aylantirib   turganda,   osmondan   yomg‘ir   ham
quyaversa,   yoqqanda   ham   shunday   yog‘saki,   yomg‘irni   olam   xalqi   ustiga
daryo”   kabi   oqizsa-da,   falak   undan   hijolatga   qolsa,   odam   qaerda   qimirlasa,
o‘sha yer cho‘kadigan bo‘lsa, bu paytda el ulus o‘z hayotidan ko‘zini yumsa
ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo‘lib, bir damda ov qilayotgan   odamlarning   barchasini   yer   yutib,   nobud   qildi-qo‘ydi”.   Shoh
Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi. 
6.   Asar   annotasiyasi   (lat.   Annotacio-xabar   ma’lumot).   Unda   asarning
qisqacha   xarakteristikasi   beriladi:   uning   mazmuni,   ahamiyati   juda   siqiq
tarzda   bayon   qilinadi.   Ba’zida   asarning   qaysi   kitobxonlarga   mo‘ljallangani
ham aytiladi. 
Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag‘ining ikkinchi betida
joylashadi.   Asar   annotasiyasi   (qisqa   qaydlar   yoki   ma’lumotlar)   hamma
asarlarda   ham   bo‘lishi   shart   emas.   Lekin   agar   bo‘lsa,   u   kitobxonni   asarni
o‘qishga yetaklashi lozim. 
Jumladan,   Pirimqul   Qodirovning   “Ona   lochin   vidosi”   (2001)   tarixiy
romaniga   shunday   annotasiya   berilgan:   “Romanning   “Jahon   adabiyoti”
jurnalida   bosilgan   birinchi   qismi   o‘quvchilarda   katta   qiziqish   uyg‘otdi.
Yangidan   yozilgan   ikkinchi   qismida   Mirzo   Ulug‘bek   va   Alisher   Navoiydek
buyuk   siymolarga   mehrini   bergan   fidoiy   ona   –   Gavharshod   begimning
fojeaviy taqdiri tasvirlanadi. 
Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi.
Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko‘maklashadi.” 
Ko‘rinadiki,   tarixiy   roman   voqealari   Gavharshod   begim   bilan,   uning
adolat yo‘lidagi jasorati va fojeasi bilan bog‘liq. U tarixda qanday kechganini
bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg‘onadi.
Mana   shu   xislati   bilan   u   asar   arxitektonikasida   tashkil   qiluvchilik,
qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Yuqorida aytilgan fikrlarni xulosalak, quyidagi saboqlarni olamiz:
1.   Badiiy   asar   syujeti   va   kompozitsiyasi   xuddi   mazmun   va   shakl   kabi
alohida-alohida   vositadir,   ayni   paytda,   ular   o‘zaro   bog‘liqdir:   syujet
kompozitsiyaning   ichida   yashaydi   (u   mazmun   hodisasidir),   kompozitsiya syujetning   vujudi   (u   shakl   hodisasidir)   hisoblanadi.   Demak,   jon   va   vujud
birlashsagina ruh (g‘oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.
2.   Syujet   qahramonlar   xarakterini   va   hayot   ziddiyatlarini
umumlashtiruvchi   voqealar   silsilasi   bo‘lsa,   kompozitsiya   ana   shu   hayotni
betakror   tarzda   birbutun   va   yaxlit   qilib   quruvchi   va   go‘zal   gavdalantiruvchi
vositadir. 
3.   Kompozitsiya   doimo   syujetdan   kengdir.   Jumladan,   “O‘tgan   kunlar”
ko‘p   tarmoqli   syujet   yo‘nalishiga   ega   (I.Sultonning   ta’kidlashicha,   “O‘tgan
kunlar”da   xon   va   beklar   o‘z   manfaatlarini   ko‘zlab,   hokimiyat   uchun
kurashadilar   va   o‘z   maqsadlariga   erishuv   uchun   qipchoqlarni
qorachoponlarga qarshi qo‘yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo‘nalishidir.
Otabekning oilaviy hayoti (farzandlarining uylanishi – ota-ona hohishiga
boqliqligi)ni   tasvirlash   orqali   romanning   ikkinchi   katta   tarmog‘i   –   shaxsiy
taqdir yo‘nalishi yuzaga keladi.
hayotdagi   yaxshilik   –   Otabek   va   uning   tarafdorlari   va   yomonlik   homid
va uning hamtovoqlarining kurashi – uchinchi syujet yo‘nalishiga asosdir) va
syujet   deganda,   ko‘pincha,   biz   ulardan   birini   anglaymiz.   Kompozitsiya   esa
ana shu syujetning hamma yo‘nalishlarini bir g‘oyaviy markazga to‘playdi va
uning   talabiga   muvofiq   tarzda,   tasvir   me’yoriga   amal   qilgan   holda   uning
qismlarini   hattoki   syujetdan   tashqarida   yashovchi   unsurlar   (asar   sarlavhasi,
epigraf,   lirik   chekinish,   qistirma   epizod   va   h.)ni   ham   joy   joyiga
tartiblashtiradi. 
Asar   syujeti   va   kompozitsiyasi   ham   mazmun   va   shakl   kabi,   mavzu   va
g‘oya   kabi   adabiyotshunos   To‘xta   Boboev   yozganidek,   bir   maqsadga   –
qahramon   xarakterini   ochish   orqali   asar   g‘oyasini   yorqin   ta’sirchan,
salmoqdor ifodalashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar 1. T.Boboev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,   1979,   117-
124-betlar.
2. Ye.Xudoyberdiev.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,   1995,
80-96-betlar.
3. N.Shukurov   va   boshqalar.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,
1979, 109-116-betlar.
4. Vvedenie   v   literaturovedenie,   M.,   “V ы shaya   shkola”,   1988,   180-183-
betlar.
5. H.Umurov. Adabiyot   nazariyasi, Samarqand, SamDU nashri, 2001, 164-
170-betlar
1. A.Navoiy. Sab’ai sayyor. T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1977.
2. A.Qodiriy.   O‘tgan   kunlar.   Mehrobdan   chayon.   T.,   G‘afur   G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994
3. H.Olimjon. MAT, I-II-tom, T., “Fan”, 1979.
4. P.Qodirov. Ona lochin vidosi(tarixiy roman), T., “Sharq”, 2001.
A.Muxtor. Uyqu qochganda(tundaliklar).  T., “Ma’naviyat”, 1997.

BADIIY ASAR KOMPOZITSIYASI Reja: 1.Kompozitsiya san’ati 2.Kompozitsion vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, asar annotatsiyasi. 3.Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi

Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o‘zaro bog‘liqligi va joylashish (o‘rinlishish) tartibi tushuniladi. U o‘zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. Epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o‘zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo‘lim, band, parda, ko‘rinish va sh.k. bo‘linishini jamg‘aradi. Darvoqe, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo‘ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ayni chog‘da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo‘laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g‘oyasini to‘liq ifodalashga qodir bo‘lsinlar” 1 . Bu fikrlardan ko‘rinadiki, asar g‘oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko‘rinish, bironta hatti-harakat, bironta so‘z bo‘lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go‘zallikda yagona bo‘lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo‘ladi. Har qanday asardagi bosh g‘oya (Mas., “O‘tgan kunlar”ning bosh g‘oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so‘zlar...) bo‘ysinadi va uning talabiga ko‘ra asar to‘qimasidan o‘z o‘rnini oladi. Ayni paytda bosh g‘oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O‘tgan kunlar”da Kumushning ko‘zyorishi (tug‘ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va 1 Қ аранг: Введение в литературоведение, М., “Высшая школа”, 1988, 184-185-бетлар.

Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug‘ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o‘zbek odatiga binoan qizning birinchi tug‘ishida onasi uning oldida bo‘lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo‘lganida zaharlanish yuz bermagan bo‘larmidi?) va halok bo‘lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko‘rsatish orqali) isbotlaydi. Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo‘l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho‘kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo‘l qo‘ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko‘plab yo‘l qo‘ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O‘zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o‘zbek xalqi buyuk xalq, u o‘tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o‘zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to‘g‘ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to‘g‘ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to‘qimasidan o‘zi mustaqil kelib chiqmog‘i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O‘zbeknoma”da bu fikr hali poetik g‘oya darajasiga o‘sib chiqmagan. “O‘zbeknoma”day asar yozib, bugungi kitobxonga bu fikrni tavsiflab berishning o‘zi g‘alati... Shoir esa tavsiflash doirasidan chiqolmay, hayotga maddohlik ko‘zi bilan qaragan, maddohlik tafakkuri bilan fikrlagan. Shu holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o‘qishni, hatto qabul qilishni ham qiyinlashtirgan. Axir, asal juda yaxshi, juda zarur shifobaxsh narsa, lekin ko‘p bo‘lganda-chi? Masalan, o‘zingizni bir bochka asal ichida o‘tirgandek

his qiling. Xuddi shunga o‘xshash me’yorsiz, o‘lchovsiz, oxir-keti yo‘q madhiya ham teskari natija beradi-odamni entiktirib, damini qaytaradi. Kitobning bir joyida shoir madhiyabozlikni oqlash uchun hadisdan shunday dalil keltiradi: “Odil podshoni hurmatlash tangrini ulug‘lash bilan barobardir”. Juda dono gap. Lekin hurmatlash boshqa, madhiya o‘qish boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko‘ra adolat yo‘lida qo‘yilgan bitta amaliy qadamni afzal biladi. Maddohlikning nojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning zamirida manfaatparastlik, ta’ma yashirinib yotadi”(O.Sharafiddinov. “Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qochh” O‘zAS, 15 sentyabr, 2000-yil). Kompozitsiya estetik didning teranligini talab qiladi. Chunki u, albatta, badiiy kompozitsiyada ham o‘zligini topadi. “Masalan ,ikki sevishgan yigit va qiz maysazorda uchrashib, g‘aroyib his-tuyg‘ularini bir-birlariga izhor etayotganda ma’shuqaning oyoqlari daf’atan toshbaqaga tegib ketishi mumkin. Ammo o‘sha g‘aroyib his- tuyg‘ularni tasvirlaydigan she’rga toshbaqaning kirishga haqqi yo‘q,”-deydi A.Oripov. Ba’zida bu mulohazalarning teskari isbotini ko‘rganingda [Jonrid Abdullaxanovning “Yo‘l” (O‘zadabiynashr,T.,1964,100-101 betlar) romanida Gulchiroyga Qudratning muhabbati tasvirlanarkan, o‘rinsiz tarzda loy-pishtak o‘ynayotgan bolalar, qoqolab qochgan ikki-uch tovuq, hangrab yuborgan eshak... ham qatnashadi ] , kompozitsiya yaratish - did san’ati ham ekanligini ta’kidlashga, yozuvchi-san’atkorning har bir tasviri, so‘zi o‘lchangan, go‘zallikka o‘rangan, qalblarga bexato kiradigan ezgulik nuri bo‘lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan. Demak, “hikoyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib tashlash lozim. Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, ikkinchi yoki uchinchi bobda o‘sha miltig‘ingiz, albatta,

otilishi kerak” (A.P.Chexov). Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh qonunidir , unga bo‘ysingan yozuvchi o‘z g‘oyaviy-yestetik niyatiga xizmat qilmaydigan bironta tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so‘zni, hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi. Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o‘zida jamg‘aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar. Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz. 1. Asar sarlavhasi. “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go‘zal ifoda hech narsaga xizmat qilmaydi” ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so‘zda ifodalanishi, yuzlab sahifalarga sochilgan mazmunni o‘zida aniq jamg‘arishi, nomlanishidanoq o‘quvchini o‘ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog‘da, rohatbaxsh hamdir. “Qutlug‘ qon” (Oybek), “Ulug‘bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O‘g‘ri”, “Bemor” (A.Qahhor), “Chinor” (A.Muxtor), “Iymon” (I.Sulton), “Qudratli to‘lqin” (Sh.Rashidov), “Shaytanat” (T.Malik), “Lolazor” (Murod Muhammad Do‘st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar” (O.Yoqubov), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod), “Ikki eshik orasida” (O‘.hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o‘rganishning o‘zidayoq ko‘pgina saboq va o‘gitlarning beradi. Jumladan, “dunyo hikmatlarini mo‘jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan” san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik: