Badiiy asar tilining stilistik xususiyatlari Poetika va ritorika. O‘xshatish, o‘xshashlik va sub’ekt
Badiiy asar tilining stilistik xususiyatlari Poetika va ritorika. O‘xshatish, o‘xshashlik va sub’ekt Reja: 1. Badiiy matnda ekspressivlikning namoyon bo‘lish shakllari. 2. Sintaktik parallelizm. 3. Emotsional va ritorik so‘roq gaplar. 4. Inversiya, ellipsis, sukut. 5. Gradatsiya va antiteza. 6. Farqlash va o‘xshatish.
«Badiiy tekstning lingvistik tahlili" kitobi mualliflari sintaktik figuralarning quyidagi takror asosiy ko‘rinishlari mavjudligini bayon qilishadi: «anafora, epifora, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so‘roq kabilar».65 Bu uslubiy vositalar mavzuga aloqador bo‘lgan barcha adabiyotlarda uchraydi. Biz quyidagi o‘nta hodisaga to‘xtalish bilan cheklanamiz: 1. Sintaktik parallelizm. 2. Emotsiyonal gap. 3.Ritorik so‘roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut 7. Gradatsiya. 8. Antiteza. 9. Farqlash. 10. O‘xshatish. Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko‘p qo‘llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar parallelizm atamasi ostida o‘rganiladi. Parallelizm (yun. parallelos-yonma- yon boruvchi) yonma-yon gaplar sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. Masalan: Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi, Molxona taraf quloq tutadi. Ovoz qaerdan kelyapti - bilolmaydi (T. Murod) “Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish va eng muhimi, unga tinglovchini to‘la ishontira olishdan iborat. Ular uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo‘lib, poetik nutqda ko‘p qo‘llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi». Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fik rning batafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obekti bilan bog‘liq ma’lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan: Qo‘shchi kalondimoq – kalondimoq qadam bosdi. Kibor – kibor quoch otdi. Kerma qosh - kerma qosh boqdi.(T.Murod) Bu misolda qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda ifodalangan, ya’ni, qadam bosmoq - quloch otmoq-boqmoq. Quyidagi misolda esa bir harakat bilan ma’lumotlar fondi parallel gaplarda kengayib boradi: Tom bosh adog‘ilab qadamladi Vazmin - vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi. Yoki: Qo‘shchi qo‘llari ketida
tag‘in qadam oldi. Mag‘ribga boqib qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi. (T.Murod) Ye motsional gaplar. So‘zlovchining o‘ta xursandlik yoki o‘ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsiyonal gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlar ( chehra, o‘ktam, tabassum / turq, qo‘pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo‘ladi. O‘sha so‘zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo‘rquv, g‘azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obektiga nisbatan subektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor so‘z va iboralar, his-tuyg‘u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, sho‘rim, eh, attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’min|ashga xizmat qiladi: Qanday yoqimli tong! To‘yib-to‘yib nafas olasan! Buncha fusunkor bo‘lmasa bahor! Qishlog‘imiz naqadar go‘zal-a! (Gazetadan). Sarvarov to‘ng‘illadi: – Ikkinchi chiqishimda ushlashi kerak edi. Birinchi chiqishimdayoq ushlab o‘tiribdi bu miyasi aynigan chol (S.Ahmad). – Tilimni qichitma jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqiliab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-ye, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt prosent bor. Bahorda karillab hech kimga so‘z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday shama qilding-a! (A.Qahhor) e voh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! - dedi Gulsumbibi birdan. Sho‘rlik qizga qiyin bo‘libdi hammadan (Oybek). Ritorik so‘roq gaplar ham badiiy matnning emotsional- yekspressivligini
ta’miniovchi uslubiy vositalardan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo‘lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so‘roq gap deyiladi. Ko‘pincha ritorik so‘roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so‘zlar keladi. Ular nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g‘azab va nafratini ifodalashda juda qo‘l keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogic nutqlarda keng qo‘llaniladi. Ardoqli shoir Abdulla Oripovning «Olamonga» deb atalgan quyidagi she’ri ritorik so‘roqning go‘zal namunasi bo‘la oladi: Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho‘lpon otilganda qayoqda eding? Surishtirganmiding Qodiriyni yo Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo? Hukmlar o‘qilur sening nomingdan, Tarixlar to‘qilur sening nomingdan. Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? Qarshingda, hasratli o‘yga tolaman, Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen - olomon?!
Inversiya deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi, yoki gap bo‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning tilini individuallashtirishda mazkur usuldan foydalaniladi: Bolangni olib ketsang-chi! Ko‘rmayotipsanmi, bu yerda odamlar ishlab o ‘tiripti! (A.Qahhor) - Tashla u toshni! - deb do‘q qilib qoldi onam. Ko‘chaning o‘rtasidan haydatib ketdim aravani. - Bilasizmi, nimaga ergashdim sizga? - deb qolsa bo‘ladimi shunda. ( Sh.Xolmirzaev) She’riyatda esa ifodalilikni, ohangdorlikni va ta’sirchanlikni ta’minlovchi muhim vosita sifatida ko‘p ishlatiladi: Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. (A.Oripov) Ye llipsis (yun. tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida