logo

BADIIY ASAR SYUJETI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.71875 KB
BADIIY ASAR SYUJETI 
Reja :
1.   Syujet   haqida   tushuncha   va   uning   ta’rifi
2   Syujet - xarakterlar   namoyon   bo‘ladigan   va   hayot   ziddiyatlarini
umumlashtiradigan   voqealar   silsilasi
3. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar
4. Syujet tiplari
5. Syujetning tarkibiy qismlari
6. Tur va janrlarda syujet Syujet   deganda,   asar   qahramonlari   hayotidagi   voqealar   va   ana   shu
jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar... jami
tushuniladi;   chunki   “ Adabiyotning   uchinchi   elementi   syujetdir,   ya’ni
odamlarning   o‘zaro   aloqalari,   ular   o‘rtasidagi   qarama-qarshiliklar,
simpatiya   (yoqtirish)   va   antisimpatiyalar   (yoqtirmaslik),   umuman
kishilar   o‘rtasidagi   munosabatlar   –   u   yoki   bu   xarakterning,   tipning
tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir ”(M. Gorkiy).
Badiiy   asarda   syujetning   yaratilishini   g‘oyaviy   mazmun   boshqaradi,
g‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan
va   hayot   ziddiyatlarini   umumlashtiradigan   voqealar   silsilasi   kashf   etiladi.
Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. 
Jumladan,   tragik   xarakter   qaltis,   og‘ir   holatlarni,   shiddatli   voqealarni
talab   etsa   va   shunday   vaziyatdagina   o‘zligini   namoyon   qilsa   (masalan,
Otello),     kulguli   xarakter   komik   vaziyatda,   kulgu   qo‘zg‘atuvchi   “arzimas”
voqealarda   o‘zligini   (masalan,   “Adabiyot   muallimi”dagi   Boqijon   Baqoev)
ko‘rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig‘i voqealar mantig‘iga va
aksincha,   voqealar   mantig‘i   xarakterlar   mantig‘iga   (F.M.Golovchenko,
M.Qo‘shjonov,   T.Boboevlar   ham   ta’kid   qilishgan)   mos   bo‘lishi,   bir-
birlarining   mohiyatlarini   ochish   lozimdir.     Jumladan,   “O‘tgan   kunlar”dagi
Otabek   o‘zining   sevgisiga   sodiq   qoladi.   Zaynabga   uylanganda   ham,   uning
qarshisida   “bir   jonsiz   haykal   o‘rnida”   bo‘ladi.   homidning   ig‘volari   tufayli
Kumush   Otabekdan   voz   kechib,   Komilbekka   turmushga   chiqishga   rozilik
berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga –
sevgisiga   sodiq   qoladi,   uni   qutqarish   uchun   jonidan   kechib,   homid,   Mutal,
Sodiq   bilan   olishadi   va   yengib   chiqadi...   Demak,   voqealar   mantig‘i
Otabekning   sofdilligi,   irodaliligi,   “asl   yigitligi”ni   bo‘rttirishga,   uning
xarakteri   mantig‘ini   asoslashga,   ishonchligini   ta’minlashga,   jonli   tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g‘oyaviy mazmun (eng
kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda. 
Syujet   obrazlarning   o‘zaro   aloqalari,   ular   o‘rtasidan   qarama-qarshiliklar,
simpatiyalar   va   antipatiyalar   ekan,   demak,   u   hayot   ziddiyatlarini   ham   ixtiro
qiladi,   umumlashtiradi,   kashf   etadi.   hayotiy   ziddiyatlar   asarga   ifoda   etilgan
g‘oyalar,   tasvirlangan   xarakterlar,   kayfiyatlar   kurashi   tarzida   ko‘chadi   va   u
konflikt deb yuritiladi.
Konflikt     -   syujetni   harakatga   soluvchi   kuch.   Uning   ta’sirdorligini,
qiziqarligini, ko‘lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi:
1.   Psixologik (ruhiy)  konflikt   qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar
(ojiz va kuchli jihatlar) kurashi; 
2.   Ijtimoiy   konflikt   –   asar   qahramonlari   bilan   ular   yashayotgan   sharoit
o‘rtasidagi kurash; 
3.   Shaxsiy – intim konflikt   – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar
o‘rtasidagi   kurash.   Konfliktning   ushbu   uch   xili   hamma   romanlarda   ham
uchraydi,   lekin   psixologik   konflikt   yetakchi   bo‘lgan   asarlar   (“Sarob”   -
A.Qahhor;   “Ulug‘bek   xazinasi”   –   O.Yoqubov)   doimo   adabiyotning   sifat
ko‘rsatgichi bo‘lib, yorqin iz qoldirganlar.
Jumladan,   “O‘tkan   kunlar”   romanida   Yusufbek   hoji,   Otabeklarning
maslakdoshlari   bilan   Musulmonqul,   Azizbekka   o‘xshash   feodal   tuzum
hukmdorlari   orasidagi   to‘qnashuv   –   ijtimoiy   konfliktga   asos   solsa,   Otabek,
hasanali,   Qutidor   va   homid,   Mutal,   Sodiq,   Jannat   kampir   o‘rtalaridagi
olishuv-shaxsiy-intim   konfliktni   keltirib   chiqaradi.   Otabek   ikkinchi   martaba
uylanish   Kumushga   nisbatan   xiyonat   ekanini   tushunadi,   axloqsizlik
qilayotganini   tan   oladi,   biroq   ota-onaning   irodasiga   bo‘ysinadi.   Ana   shu
jarayonda   qalbida   kechgan   kurash-psixologik   konfliktni   vujudga   keltiradi.
Uch   xil   konflikt   birlashib,   katta   qudrat   kasb   etadi   va   “O‘tkan   kunlar” syujetining   shiddatli   va   ta’sirchan   harakat   qilishini,   asar   qahramonlarining
dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi.
Badiiy syujetlar turli yo‘llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko‘pincha,
uning uchtasi haqida gapiriladi:
1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo‘ladi.
ulardagi   voqealarning   barchasi   badiiy   to‘qima   (fantaziya)   yordamida
yaratiladi.   Uni   “yasama”   syujet   deb   atasa   bo‘ladi.   Jumladan,   “Sariq   devni
minib”(X.To‘xtaboev),   “Gulliverning   sayohatlari”(J.Svift),   “Odam
amfibiya”(A.Belyaev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida
ko‘rsatish mumkin.
2.   Asar   syujeti   hayotdagi   tayyor   voqealar   asosiga   quriladi.   “Prototip”
shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan
bo‘ladi   va   ular   “tayyor”   yoki   “hayotiy”   syujetlar   deb   yuritiladi.
“Navoiy”(0ybek),   “Ulug‘bek   xazinasi”(O.Yoqubov),   “Yulduzli
tunlar”(P.Qodirov),   “Bolalik”(Oybek),   “O‘tmishdan   ertaklar”(A.Qahhor),
“Navro‘z”(N.Safarov),   “Graf   Monte   Kristo”(A.Dyuma),   “Zaynab   va
Omon”(h.Olimjon),   “Aka-uka   Karamazovlar”(F.Dostoevskiy)   kabilar   ana
shu yo‘l bilan yaratilgan asarlardir.
3.   Yozuvchilar   o‘zlarigacha   yozma   adabiyotda   ma’lum   bo‘lgan
syujetlarga   asoslanadilar,   ularni   qayta   ishlaydilar,   o‘z   salohiyatlari   va
mahoratlariga   asoslanib,   ularni   yangicha   talqin   qiladilar.   Bu   “sayyor”   yoki
“o‘zlashtirilgan”  syujetdir.
Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o‘g‘li bilan kurashga tushishi
syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda
Gildebrand   Gadubrand   bilan,   eronlarda   Rustam   Suhrob   bilan,   ruslarda   Ilya
Muromes   Sokolnik   bilan   olishadilar.   Undan   tashqari,   buni   Nizomiy
Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. ularning har
biri-mustaqil   asar,   ulardagi   kashf   qilingan   xarakterlar   betakror   bo‘lishidan
qat’i   nazar   qoliplovchi   voqea   (syujet)ning   asosi   yagonadir.   “Donjuanlar,
Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko‘p bo‘lgan. Lekin
ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, esxil va
Shekspir   nomlari   bilan   bog‘laymiz.   Boshqa   mualliflarda   bular   hayotda   yoki
tarixda   bo‘lgan   narsa   kabi   qabul   qilinadi.   Faqat   daholar   qo‘liga
tushgandagina   “fakt”(syujet   deb   tushuning-h.U)   muammoga   aylanadi.   Biz
endi   buni   klassika   deb   ataymiz” 1
.   Syujetni   tashkil   etuvchi   voqealar   bir-biri
bilan   turli   tarzda   bog‘lanadilar:   ba’zilari   bir-biri   bilan   vaqt   orqali   bog‘lansa
(A   dan   so‘ng   B   yuz   berdi),   ba’zilari   bir-biri   bilan   sabab-oqibat   orqali   (A
sababli B yuz berdi) bog‘lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so‘ng,
A   sababli   B   yuz   berdi)   birlashadi.   “Shoh   o‘ldi,   malika   ham   o‘ldi”   gapida   –
birinchi   tip   –   vaqt   bilan   o‘zaro   bog‘langan   syujet-xronikal   (yillarga
asoslangan)   syujet   yuzaga   kelsa,   “Shoh   o‘ldi,   bu   qayg‘udan   malika   ham
o‘ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog‘langan syujet – konsentrik
(bitta   umumiy   markazga   yig‘ilmoq)   syujet   yaratilsa,   “Shoh   o‘ldi,   bu   o‘lim
qayg‘usiga chiday olmay malika ham o‘ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil
syujet   birlashadi:   xronikal   –   konsentrik   syujetni   voqe   qiladi. 2  
2   Xronikal
syujetda   ko‘pincha   sarguzasht   (avantyura)ga,   favqulodda   hodisalarga   o‘rin
berilsa   (“Ramayana”,   “Mahobhorat”ni   eslang),   qahramonlar   ketma-ket
to‘siqlarga   duch   kelaversa,   ularni   yengaversa-qahramonliklarning   cheki-
chegarasi   bo‘lmasa,   konsentrik   syujetda   bir-biri   bilan   mustahkam   bog‘liq
bo‘lgan   voqealar   silsilasida   qahramon   faoliyati   izchil,   sabab-oqibatga
asoslangan   holda   ishonchli   ochiladi,   realistik   va   psixologik   (“Ulug‘bek
xazinasi”,   “Sarob”   romanlaridagidek)   tasvir   chuqurlashadi.   Xronikal-
1
 А.Мухтор. Уй қ у  қ очганда, Т., “Маънавият”, 1997, 19-бет.
2  2
  Қ аранг:Введиние в литературовединие, Москва, “Высшаяая школа”, 1988, 205-бет; Н. Ҳ отамов, 
Б.Саримсо қ ов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изо ҳ ли лу ғ ати, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 302-
бет.  konsentrik   syujetda   esa   bir   nechta   yo‘nalishdagi   yirik   voqealar   bir-biriga
mustahkam   bog‘lanadi.   hayot   ponoramasi   keng   va   chuqur   tahlil   etiladi.
Qahramon   xarakteri   va   qalbidagi   o‘ziga   xosliklar,   yangilanishlar,o‘sish-
o‘zgarishlarning   barchasi   asoslanadi.   “Urush   va   tinchlik”(L.Tolstoy),
“Forsaytlar haqida qissalar”(Golsuorsi), “Qullar”(S.Ayniy), “Ufq”(S.Ahmad)
kabi   asarlar   dalil   bo‘la   oladi.     Syujetning   uch   xil   tipi   hamon   amaliyotda
qo‘llaniladi,   ularni   yaratish,   kashf   etish   imkoniyatlari   cheksizdir.   Faqatgina
ularni   tanlash   –   yozuvchining   iqtidoriga,   mahoratiga   bog‘liq,   yanada
to‘g‘rirog‘i,   yozuvchi   ifoda   qilmoqchi   bo‘lgan   g‘oyaga,   g‘oyaning
sertarmoqligiga, chuqurligiga borib taqaladi.       
Badiiy (konsentrik tipdagi epik va dramatik) asarlarda voqealar silsilasi
muayyan   bosqichlar   bilan   o‘sib   borishi   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Ularning
har biri turli ilmiy tushunchalar bilan yuritiladi. 
1.   Prolog   ( gr.pro-old,   avval,   logos-so‘z )   –   muqaddima   (arab.   kirish,
debocha,   asarning   dastlabki   tushuntirish,   boshlanish   qismi   ma’nolarini
beradi)da   yozuvchining   niyati   va   maqsadi   yoki   tasvirlamoqchi   bo‘lgan
voqealarining   qisqacha,   siqiq   tarzdagi   izhori   beriladi.   Ba’zida   asosiy
voqeadan   uzoq   bo‘lgan,   lekin   keyinchalik   shu   voqeani   oydinlashtiruvchi
biron-bir   ko‘rinish   tasvirlanishi   mumkin.   Masalan,   “O‘tgan   kunlar”
romanidagi prolog quyidagichadir: 
“Modomiki,  biz yangi davrga  oyoq qo‘ydik,  bas,  biz  har  bir  yo‘sunda
ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash
dostonchiliq,   ro‘monchiliq   va   hikoyachiliqlarda   ham   yangarishg‘a,
xalqimizni   shu   zamonning   “Tohir-Zuhra”lari,   “Chor   darvesh”lari,   “Farhod-
Shirin”   va   “Bahromgo‘r”lari   bilan   tanishtirishga   o‘zimizda   majburiyat   his
etamiz.   Yozmoqqa   niyatlanganim   ushbu-“O‘tgan   kunlar”,   yangi   zamon
ro‘monchilig‘i   bilan   tanishish   yo‘lida   kichkina   bir   tajriba,   yana   to‘g‘risi   bir
havasdir.   Ma’lumki   har   bir   ishning   ham   yangi   –   ibtidoiy   davrida   talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahillarning yetishmaklari ila sekin-asta
tuzalib,   takomilga   yuz   tutishi   tabi’iy   bir   holdir.   Mana   shuning   daldasida
havasimda   jasorat   etdim,   havaskorlik   orqasida   kechaturg‘on   qusur   va
xatolardon cho‘chib turmadim.
Moziyga   qaytib   ish   ko‘rish   xayrlik,   deydilar.   Shunga   ko‘ra   mavzu’ni
moziydan,   yaqin   o‘tgan   kunlardan,   tariximizning   eng   kirlik,   qora   kunlari
bo‘lg‘an keyingi “Xon zamonlari”dan belgiladim”.
2. E kspozisiya  (lat. Expositio-tushuntirish) –   dastlabki holat da asarda
yuz   beruvchi   voqealarning   o‘rni,   joyi,   asar   qahramonlarining   harakatlariga
turtki   beruvchi   dastlabki   voqealar   tasvirlanadi.   “O‘tgan   kunlar”
ekspozisiyasiga diqqat qilaylik:
“1264-nchi   hijriya,   dalv   oyining   17-nchisi,   qishki   kunlarning   biri,
quyosh botqan, tevarakda shom azoni eshitiladur...
Darbozasi   sharqi-janubiga   qaratib   qurilg‘an   bu   dongdor   saroyni
Toshkand,   Samarqand   va   Buxoro   savdogarlari   egallaganlar,   saroydagi   bir-
ikki   hujrani   istisno   qilish   bilan   boshqalari   musofirlar   ila   to‘la.   Saroy   ahli
kunduzgi   ish   kuchlaridan   bo‘shab   hujralariga   qaytqanlar,   ko‘b   hujralar
kechlik   osh   pishirish   ila   mashg‘ul,   shuning   uchun   kunduzgiga   qarag‘anda
saroy   jonlik:   kishilarning   shaqillashib   so‘zlashishlari,   xoxolab   kulishishlari
saroyni ko‘kka ko‘targudek. 
Saroyning to‘rida boshqalarga qarag‘anda ko‘rkamroq bir hujra, anavi
hujralarga kiyiz to‘shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z
ko‘rpalar   ko‘ringan   bo‘lsa,   munda   ipak   va   adras   ko‘rpalar,   narigilarda   qora
chiroq   sasig‘anda,   bu   hujrada   sham’   yonadir,   o‘zga   hujralarda   yengil
tabi’atlik,   serchaqchaq   kishilar   bo‘lg‘anida   bu   hujraning   egasi   ham
boshqacha yaratilishda:
Og‘ir   tabi’atlik,   ulug‘   gavdalik,   ko‘rkam   va   oq   yuzlik,   kelishgan   qora
ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu   hujra,   bino   va   jihoz   yog‘idan,   ham   ega   jihatidan   diqqatni   o‘ziga   jalb
etarlik  edi.   Qandog‘dur   bir   xayol   ichida   o‘lturg‘uchi   bu  yigit   Toshkandning
mashhur a’yonlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li – Otabek. 
Saroy   darbozasidan   ikki   kishi   kelib   kirgach,   ulardan   birovi   darboza
yonidagi kimdandir so‘radi: 
- Otabek shu saroyga tushganmi?
Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomong‘a qarab yurdilar...”
Ko‘rinyaptiki, bu parchada A.Qodiriy voqealar kechadigan vaqtni, joyni,
shart-sharoitni,   asar   qahramonlari   Otabek,   Yusufbek   hoji,   Ziyo   shohichi,
Rahmat, homid, hasanali sarguzashtlarining debochasi haqida ilk ma’lumotni
beradi.   Demak,   ekspozisiyada   kitobxon   asar   qahramonlari   bilan   tanisha   va
ularning shaxsiga qiziqa boshlaydi.
3.   Tugun   –   badiiy   asardagi   harakatning   boshlanishi,   konfliktning
“urug‘i”.   U   ilk   tarzda,   “urug‘”   shaklida   ko‘ringan   qarama-qarshilikni
kuchaytiradi. Konfliktning boshlanish jarayonidan xabar beradi. 
“O‘tgan kunlar”dagi konfliktning “urug‘i” Otabek bilan homid o‘rtasida
sodir   bo‘ladi.   ular   uylanish   haqida   bahslashadilar.   Otabek   “Oladurg‘on
xotiningiz  sizga muvofiq  bo‘lishi  barobarida er ham xoting‘a  muvofiquttab’
bo‘lsin,”   –   desa,   homid   “Xoting‘a   muvofiq   bo‘lish   va   bo‘lmasliqni   unga
keragi yo‘q, xotinlarg‘a “ er” degan ismning o‘zi kifoya...” – deydi. Otabek
yakka   muhabbatni   yoqlasa,   homid   ko‘p   xotinlikni   ma’qullaydi.
Mirzakarimboy   otlig‘   savdogarning   “Shundog‘   ko‘hlikki,   bu   o‘rtada   uning
o‘xshashi   bo‘lmas”   qizi   tilga   olinganda     “homidning   chehrasi   buziladi”,
toqatsizlanadi. Otabek esa “g‘ayriixtiyoriy bir tebranadi”, chayqaladi. 
Otabekning   Kumushga   ishq   qo‘yishi   va   homidning   ham   Kumushdan
umidvorligi   to‘qnashgan   joy   –   tugunni   keltirib   chiqaradi.   Demak,   tugun
harakatni   aniqlashtiradi,   voqeaning   asosli   va   shiddatli   rivojlanishiga   turtki
bo‘ladi, syujetning rivoj yo‘liga, qanday yechilishiga kitobxonni qiziqtiradi.  4.   Voqea   rivoji .   Tugundan   boshlab   to   kulminasion   cho‘qqigacha
tasvirini   topgan   voqealar   –   voqea   rivoji   hisoblanadi.   Voqea   rivojida   –
obrazlarning   o‘zaro   munosabatlari   (kurashlari,   simpatiya   va   antipatiyalari)
keng va batafsil tasvirlanadi, xarakterlarning qirralari baralla ochiladi, asarda
aks ettiriluvchi muammo o‘zligini bo‘yi-basti bilan yaqqol ko‘rsatadi. 
Masalan,   “O‘tgan   kunlar”   romanida   Otabek   Kumushga   uylanadi.
Kumushdan   benasib   qolgan   homid   tuhmat   uyushtiradi:   uning   chaqimchiligi
natijasida   Otabek   va   Qutidor   qamoqqa   olinib,   dorga   osishga   hukm
qilinadilar. Gunohsizligi oshkor bo‘lib, dor yonidan qaytadilar. O‘zbek oyim
tazyiqi (to‘g‘rirog‘i orzusi) tufayli Otabek Zaynabga uylanadi. homid Otabek
nomidan   “taloq   xati”ni   uyushtiradi.   Qutidor   kuyovini   darbozasi   oldida
“Uyatsizga   manim   uyimdan   o‘rin   yo‘q,   uyatsiz   bilan   so‘zlashishga   ham
toqatim yo‘q” – deya quvlaydi. Kumush Komilbekka unashtiriladi. Komilbek
o‘ldiriladi.   homidning   siri   fosh   bo‘ladi.   Otabek   u   bilan   kurashishga   bel
bog‘laydi. 
Yuzaki   tarzda   bayon   etilgan   ushbu   voqealar   –   “O‘tgan   kunlar”
romanining   voqea   rivoji   sanaladi:   sof,   beg‘ubor   muhabbatning   og‘riqli,
ziddiyatli chigalliklari tobora avjlanib boradi, u rivojlangani, o‘sgani sayin –
Otabek   va   homid   guruhi   bilan   bog‘liq   obrazlar   galereyasi   olami   o‘quvchi
ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanadi. 
5.   Kulminasiya   (lat.   Culmen-   cho‘qqi)   –   syujet   rivojining   eng   yuqori
cho‘qqisi   sanaladi.   Bu   “cho‘qqi”dan   turib   qarasak,   asarda   ishtirok   etuvchi
hamma   obrazlarning   qismati   aniq   ko‘rinadi:   ular   xarakteri   to‘la-to‘kis
ochiladi. 
“O‘tgan   kunlar”da   Otabek   bilan   homidning   hayot-mamot   kurashining
yakuni, ya’ni Kumushni o‘g‘irlashga urinish kechasi Otabek tomonidan avval
Mutal polvonni, so‘ng Sodiq tomtesharni, keyin homid xotinbozni o‘ldirilishi –   kulminasiya   sanaladi.   Ana   shu   voqeadan   so‘ng,   voqealar   rivojlanishi
xotimaga tomon yo‘naladi. 
6. Ye chim da-asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi.
Tugun   yechiladi.   Kurash   xotima   topadi.   “Oqilona   hayot”   o‘zining   adolatli
hukmini   chiqaradi.   “O‘tgan   kunlar”da   homid   va   uning   hamtovoqlarining
ayanchli o‘limi, Kumushning vafoti, Otabekning shahid bo‘lishi – yechimga
dalolatdir. 
7.   E pilog   (yunoncha.   Epi   –   so‘ng,   logos-co‘z)   –   xotima   (ar.   Biror
narsaning oxiri, so‘ngi, tugashi, tamom bo‘lishi) syujetning asosiy voqealari
tamom   bo‘lsa-da,   hamon   taqdiri   aniq   bo‘lmagan   ba’zi   qahramonlarning
qismati xotima topadi.
“O‘tgan kunlar”dagi xotima shundaydir:
“Keyingi   Marg‘ilon   borishimda   yaqin   o‘rtoqlardan   Yodgorbek
to‘g‘risini   surishtirib   bildim:   Yodgorbek   ushbu   asrning   o‘n   to‘qquz   va
yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir.
O‘g‘ullaridan   bittasi   bu   kunda   Marg‘ilonning   ma’sul   ishchilaridan   bo‘lib,
ikkinchisi   Farg‘ona   bosmachilari   orasida   ekan.   Bu   kunda   nomu-nishonsiz,
o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.”
Syujetning   tarkibiy   qismlari   “O‘tgan   kunlar”dagidek   joylashgan   asarlar
ham   (Mas.,   “Zaynab   va   Omon”)   ko‘p.   Ayni   paytda,   ba’zi   asarlarda   yagona
syujet   yo‘nalishi   (Mas.,   Shayxzodaning   “Toshkentnoma”si,
S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat”i kabi) bo‘lmasligi ham mumkin. Ba’zi
asarlarda   syujetning   prolog   va   epilog   kabi   tarkibiy   qismlari   umuman
qatnashmaydi.   Ba’zi   asarlar   (“Qutlug‘   qon”,   “Qullar”)da   syujet   bo‘laklari
xronikal (ekspozisiya-tugun-voqea rivoji-kulminasiya-yechim) tarzda batartib
qurilsa,   ba’zi   asarlar   (“Bemor”,   “O‘g‘ri”-A.Qahhor)   tugundan   yoki   (“Ko‘r
ko‘zning   ochilishi”-A.Qahhor)   kulminasiyadan   boshlanadi.   Bunday   xilma-
xillik   yozuvchining   o‘ziga   xos   talanti,   badiiy   mahoratining   sirlari   bilan izohlanadi;   asar   g‘oyaviy   mazmuni   va   emosional   ta’sirining   bir   butunligini
yaratish san’atining mohiyatidan – kompozitsiyaning talabidan kelib chiqadi.
“Asarning   syujetli   bo‘lishi   uning   estetik   qimmatining   eng   muhim
shartlaridan   biridir.   Syujetsizlik   badiiysizlikka   olib   keladi”
(N.Chern ы shevskiy)   ekan,   u   adabiyotning   uchinchi   elementi   (M.Gorkiy)
sanalarkan,   demak,   syujet   badiiy   adabiyotning   barcha   turlari   va   janrlarida
bo‘lishi   tabiiydir.   Lekin   uning   voqey   bo‘lishi   har   bir   tur   va   janrning
predmetiga,  tabiatiga  mos  bo‘ladi.   Chunonchi,  g‘azalda  ham  syujet   mavjud,
unda,   ayniqsa,   syujetning   to‘rtta   tarkibiy   qismi   (tugun,   voqea   rivoji,
kulminasiya, yechim) doimo mavjud bo‘ladi. Eng asosiysi, unda voqea rivoji
yaqqol   ko‘rinmasa-da,   lekin   sezasiz:   tasvirlanayotgan   kechinma   (hislar,
tuyg‘ular silsilasi) tarixi, taraqqiyoti, rivoji, yakuni yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Tugun; Bosh g‘oya(birinchi qism) :
Ye y nasimi subh, ahvolim diloromimg‘a ayt,
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg‘a ayt.
 
Voqea rivoji; Yordamchi g‘oyalar(ikkinchi qism):
Buni la’li hasratidin qon yutarmen dam-badam,
Bazmi aysh ichra labolab boda oshomimg‘a ayt.
Kom talhu boda zahru ashk rangin bo‘lg‘onin,
La’li shirin, lafzi rangin sho‘xi xudkomimg‘a ayt.
Shomi hijron ro‘zg‘oring tiyra nevchun qildi deb,
So‘rmag‘il mendin bu so‘zni, subhu yo‘q shomimg‘a ayt.
Ul pari hajrida rangu nomkim tark ayladim, Ko‘ngil otlig‘ hajr vodiysida badnomimg‘a ayt.
Kulminasiya :
Yey karomatgo‘y, ishim og‘ozi xud isyon edi,
Sham’i rahmat partavi yetgaymu anjomimg‘a ayt.
      Yechim:Bosh g‘oya xulosasi(Uchinchi qism):
Yo‘q Navoiy bedil oromi g‘am ichra, ey rafiq,
holini zinhorkim, ko‘rsang diloromimg‘a ayt.
Ushbu   g‘azalda  fikr  va  hislar  oqimini  ko‘ngil  ko‘zi   bilan     “tatib”   ko‘rsa
bo‘ladi.   “Aslida,   buning   birinchisi   –   mantiqiy   tafakkur,   ikkinchisi   –   hissiy
tafakkur.   Ikkinchisi   (narsalar   va   harakatlar)   birinchisidan   oldin   yuradi.
Ikkalasining   birligi   badiiy   obraz   bo‘ladi”,   -   deganida   Asad   Muxtor   haqliga
o‘xshaydi. 
Ba’zi   she’riy   asarlarda   fikr   va   tuyg‘ularni   ifoda   etishda   voqeadan   shoir
ustalik   bilan   foydalanadi.   Ularda   bir   necha   obrazlar   yaratiladi.   Agar
eslasangiz, Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri – xuddi shunday asardir, unda
Shahnoz,   “oshiq”   dushman,   lirik   qahramon   (muallif)   obrazlari   yaratilgan.
Undagi tasvirni hattoki hikoya qilib (aytib) berish mumkin. Bunday she’rlarni
voqeaband (syujetli) she’rlar deb yuritish odati ilmda uchraydi.
Badiiy   asar   syujeti   bilan   kompozitsiya   birlashganda,   yaxlitlashganda   –
ularning   qudrati   beqiyos   bo‘ladi:   hayotiylikni,   badiiylikni,   ta’sirdorlikni
tiriklik   nuri   bilan   ta’minlaydi,   jonbaxshiydalik   qiladi,   o‘zligini   asar
g‘oyasiga,   xarakterlarga   baxshida   etadi   va   ayni   chog‘da,   ularga   beminnat
xizmatidan   o‘zi   ham   go‘zallikka   o‘ranadi,   takrori   yo‘q   badiiy   vosita
ekanligini voqe qiladi.
Adabiyotlar: T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  512-
519- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar.

BADIIY ASAR SYUJETI Reja : 1. Syujet haqida tushuncha va uning ta’rifi 2 Syujet - xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi 3. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar 4. Syujet tiplari 5. Syujetning tarkibiy qismlari 6. Tur va janrlarda syujet

Syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar... jami tushuniladi; chunki “ Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o‘rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir ”(M. Gorkiy). Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. Jumladan, tragik xarakter qaltis, og‘ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o‘zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo‘zg‘atuvchi “arzimas” voqealarda o‘zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoev) ko‘rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig‘i voqealar mantig‘iga va aksincha, voqealar mantig‘i xarakterlar mantig‘iga (F.M.Golovchenko, M.Qo‘shjonov, T.Boboevlar ham ta’kid qilishgan) mos bo‘lishi, bir- birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir. Jumladan, “O‘tgan kunlar”dagi Otabek o‘zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o‘rnida” bo‘ladi. homidning ig‘volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig‘i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo‘rttirishga, uning xarakteri mantig‘ini asoslashga, ishonchligini ta’minlashga, jonli tasavvur

etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g‘oyaviy mazmun (eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda. Syujet obrazlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g‘oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi. Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko‘lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi: 1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi; 2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o‘rtasidagi kurash; 3. Shaxsiy – intim konflikt – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o‘rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo‘lgan asarlar (“Sarob” - A.Qahhor; “Ulug‘bek xazinasi” – O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko‘rsatgichi bo‘lib, yorqin iz qoldirganlar. Jumladan, “O‘tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan Musulmonqul, Azizbekka o‘xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi to‘qnashuv – ijtimoiy konfliktga asos solsa, Otabek, hasanali, Qutidor va homid, Mutal, Sodiq, Jannat kampir o‘rtalaridagi olishuv-shaxsiy-intim konfliktni keltirib chiqaradi. Otabek ikkinchi martaba uylanish Kumushga nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, axloqsizlik qilayotganini tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga bo‘ysinadi. Ana shu jarayonda qalbida kechgan kurash-psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Uch xil konflikt birlashib, katta qudrat kasb etadi va “O‘tkan kunlar”

syujetining shiddatli va ta’sirchan harakat qilishini, asar qahramonlarining dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi. Badiiy syujetlar turli yo‘llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko‘pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi: 1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo‘ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to‘qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo‘ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To‘xtaboev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyaev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko‘rsatish mumkin. 2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo‘ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug‘bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O‘tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro‘z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoevskiy) kabilar ana shu yo‘l bilan yaratilgan asarlardir. 3. Yozuvchilar o‘zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo‘lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o‘z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o‘zlashtirilgan” syujetdir. Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o‘g‘li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan

yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo‘lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir. “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko‘p bo‘lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, esxil va Shekspir nomlari bilan bog‘laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo‘lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo‘liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz” 1 . Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog‘lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog‘lansa (A dan so‘ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog‘lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so‘ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o‘ldi, malika ham o‘ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o‘zaro bog‘langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o‘ldi, bu qayg‘udan malika ham o‘ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog‘langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig‘ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o‘ldi, bu o‘lim qayg‘usiga chiday olmay malika ham o‘ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqe qiladi. 2 2 Xronikal syujetda ko‘pincha sarguzasht (avantyura)ga, favqulodda hodisalarga o‘rin berilsa (“Ramayana”, “Mahobhorat”ni eslang), qahramonlar ketma-ket to‘siqlarga duch kelaversa, ularni yengaversa-qahramonliklarning cheki- chegarasi bo‘lmasa, konsentrik syujetda bir-biri bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan voqealar silsilasida qahramon faoliyati izchil, sabab-oqibatga asoslangan holda ishonchli ochiladi, realistik va psixologik (“Ulug‘bek xazinasi”, “Sarob” romanlaridagidek) tasvir chuqurlashadi. Xronikal- 1 А.Мухтор. Уй қ у қ очганда, Т., “Маънавият”, 1997, 19-бет. 2 2 Қ аранг:Введиние в литературовединие, Москва, “Высшаяая школа”, 1988, 205-бет; Н. Ҳ отамов, Б.Саримсо қ ов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изо ҳ ли лу ғ ати, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 302- бет.