Bank nomli malumotlar bazasini yaratish hamda infologik va datalogik loyihalash
“ Bank nomli ma/lumotlar bazasini yaratish hamda infologik va datalogik loyihalash ” Reja: Kirish Asosiy qism I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida. I.1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. I.2. Infologik model tushunchasi va bank infologik modelini yaratish . I. 3.Ma’lumotlarni boshqarish. II.bob. “Bank” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish II.1. Ma’lumotlar bazasidagi jadvallar va uning tarkibiy qismlari – maydonlari II. 2.Jadvallarning o’zaro bog’lanishi. II.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish. III.4. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1
Kirish Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish juda muhim tushunchaga aylanib bo’ldi. Axborot dunyosidagi eng asosiy vazifa – uni qayta ishlashdir. Axborotni qayta ishlash esa eng murakkab jarayonlardan biridir. Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, ular ustida bajariladigan amallar – saqlash, uzatish, tahrirdan o’tkazish kabilarni tushunishimiz mumkin. Axborotlar ustida amallar bajarish uchun ularni bir joyga to’plash muhim hisoblanadi. Axborotlar miqdori oz bo’lmaganligi sababli bu jarayon, albatta, kompyuterlar yordamida amalga oshirilmoqda. Axborotlarning bir joyga jamlanishi “ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi. Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini tor ma’noda qarab chiqaylik. Chunki bu tushuncha tarixi tushunchasi keng ma’noda, insoniyat ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan har qanday vositalar tarixiga umumlashtiriladi. Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy (zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955- yilda dasturlashtiriladigan yozuv uskunalari paydo bo’lgani bilan bog’lash mumkin. Bu vaqtda dasturiy ta’minot fayllarga asoslangan yozuvlarni qayta ishlash modelini qo’llab-quvvatlar edi. Ma’lumotlarni saqlash uchun perfokartalardan foydalanilgan. Internet tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960-yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Ma’lumotlar bazasidagi operatsiyalar terminallar yordamida interaktiv ravishda qayta ishlandi. Keyingi muhim qadam Edgar Koddning ishi tufayli 1970-yillarning boshlarida relyatsion ma’lumotlar modelining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika va mantiq bilan chambarchas bog’lash uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi” 2
atamasi 1960yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. 3
I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida. I.1.Ma’lumot bazasi tushunchasi Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi. Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT). Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo’la oladi: 1. — Oracle; 2. — MySQL; 4
3. — Microsoft Office Access; 4. — MariaDB; 5. — Microsoft SQL Server; Bugungi dunyoda ma’lumotlar har xil va keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni doimiy ravishda va xavfsiz tarzda almashishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar nafaqat keng yoyilgan va keng tarqalgan hamdir. Bu tashkilotlarning yashashi va rivojlanishi uchun ham zarurdir. Masalan, OTM o’zining professor-o’qituvchilari, fakultetlari, tegishli yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda talabalari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasdan turib rivojlanishi mumkinmi, degan savolni o’rtaga qo’yib ko’raylik. Barcha OTMlar ushbu turdagi ma’lumotlarni saqlashlari kerak. Muhim ahamiyatga ega bo’lganidek, ular kerak bo’lganda qaror qabul qiluvchilar uchun ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Ishonch bilan aytish mumkinki, OTMning barcha axborot tizimlarining maqsadi ularga axborotni tashkiliy manba sifatida ishlatishga yordam berishdir. Ushbu tizimlarning barchasida ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, umumlashtirish, boshqarish va tarqatish turadi. Biz texnalogiyalar asrida yashamoqdamiz.Insonning kundalik m е hnat faoliyati tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni е chish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964- 1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi 5