logo

BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH. TURLI YOSH GURUHLARIDA MATN BILAN ISHLASH METODIKASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.6494140625 KB
MAVZU:  BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN
TANISHTIRISH. TURLI YOSH GURUHLARIDA MATN BILAN
ISHLASH METODIKASI
Reja
1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
2. Turli yosh guruhlarida matn bilan ishlash metodikasi Ma‘ruza   mashg‘ulotining   mazmuni. Maktabgacha   tarbiya
yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar
xalq   ertaklari,   she’r,   hikoyalar   eshitishni   yaxshi   ko‘radilar.   Bolalar
adabiyoti,   avvalo   o‘zining   qiziqarli   mazmuni,   badiiy   obrazlarining
go‘zalliga,   tilning   ifodaliligi,   she’riy   so‘zlarning   musiqaviyligi   bilan
bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya
uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» -
degan edi.
Badiiy adabiyotning  qimmati  bolaning har bir jihatdan  o‘sishiga
ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining
kishilarning   mehnati   va   hayotini,   ularning   qilayotgan   ishlari   va
ko‘rsatayotgan  qahramonliklarini,  bolalar  hayotidan  olingan  voqyealar,
bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib
beradi.   Kishilarning   ichki   dunyosini   yoritib,   ularning   xarakterlari,   his-
tuyg‘ulari,   xatti-harakatlarini,   shuningdek,   tasvirlangan   hodisalarga
yozuvchining   munosabatini   ko‘rsatib,   badiiy   adabiyot   asarlari   bolani
hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga
majbur   qiladi.   Eng   yaxshi   badiiy   adabiyot   asarlari   bolalarda   biror
narsaga     yaxshi-yomon,   adolatli-adolatsiz,   to‘g‘ri-noto‘g‘ri   deb,
o‘zlariga   xos   bir   yordam   beradi.   Bolalar   kitobning   qiziqarli   mazmuni
do‘stlik,   halollik,   mehnatsevarlik,   o‘rtoqlik   namunalarini   ko‘rsatadi.
Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta
ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning
shoirona   manzaralari,   she’rlarning   musiqaviyligi,   tilning   o‘tkirligi,
ifodaliligi   bolalarga   yoqadi.   Bolalar   badiiy   so‘z   qudratini   his   etadilar, uncha   katta   bo‘lmagan   ertaklar,   xalq   ashula   hamda   she’rlarini   tez   va
osongina eslab qoladilar.
Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish
zarur,   bola   bog‘chadan   maktabga   ana   shu   muhabbat   bilan   o‘tadi   va
keyinchalik   Vatan   adabiyotini   sevadigan   bo‘lib   qoladi.   Xalq,   og‘zaki
ijodi   –   ertaklar,   topishmoqlar,   maqollar,   qo‘shiqlarning   ko‘plari   uzoq
o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq
qiladigan   turmush   sharoitida   yaratilgan   xalq   ijodi   asarlaridan   faqat
tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.
Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har
qanday   qiyinchiliklarni   yengadigan   dovyurak,   vijdonli   qahramonlar
ishtirok   etadigan   ertaklardan   bolalar   juda   hayratlanadilar,   bunday
ertaklar   bolalarni   ijobiy   qahramonlarga   nihoyatda   hayrixoh   bo‘lishga,
yovuzlikka,   nohaqlikka,   qizg‘anchiqlikka,   makr-xiylaga   nisbatan
murosasiz bo‘lishga majbur etadi.
O‘zbek   xalq   ertaklaridan   tashqari   ko‘pgina   rus   xalq   va
mamlakatimizdagi   boshqa   xalqlar   ertaklari   ham   bolalarga   o‘qib
beriladigan   ertaklar   jumlasiga   kiradi.   Rus   mumtoz   adabiyoti
namoyondalaridan   A.S.Pushkin,   N.A.   Nekrasov,   L.N.   Tolstoy,   K.D.
Ushinskiy   va   boshqalarning   asarlari   bolalarga   o‘qib   berish   dasturiga
kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib
asarlar yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min,
Sh.   Sa’dulla,   Q.   Hikmat,   Q.   Muhammadiy   va   boshqalarning   asarlari   –
bolalarga   o‘qib   beriladigan   asarlarning   eng   boy   manbasi   hisoblanadi.
Maktabgcha   tarbiya   yoshidagi   bolalarga   bag‘ishlangan   adabiyotlar
ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan
asarlari   keng  o‘rin   olgan.   Bu   ro‘yxatga   chet   el   yozuvchilari   Sh.   Perro,
X.K.Andersen   va   boshqalarning   ertaklari   ham   kiradi.   Bolalarga   o‘qib
beriladigan   asarlar   doirasiga   har   xil   janrdagi   asarlar:   hikoya   va
povestlar,   proza   hamda   she’r   shaklidagi   ertaklar,   dostonlar,   xazil
she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi.
Bolalar   bog‘chasi   dasturida   ko‘rsatilgan   asarlarning   ko‘pchiligi
bolalar adabiyotining  oltin fondini tashkil  etadi.  Har yili  bolalar  uchun
yangi   kitoblar   nashr   etib   turiladi.   Tarbiyachi   bosmadan   chiqayotgan
kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va
bolalar   kitoblarining   muhokama   etilishida   ishtirok   etishi   kerak.
Tarbiyachi   har   bir   yosh   guruhida   bolalarni   juda   ko‘p   bolalar   badiiy
adabiyoti asarlari bilan tanishtirib  borishi lozim. Bolalar bog‘chasining
muhim   vazifasi   bolalarning   asarlar   mazmunini   o‘zlashtirib   olishlariga,
ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini
yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari
lozim.
Tarbiyachi   bolalarda   adabiy   asarni   idrok   qilish   ko‘nikmasini
tarkib   toptiradi.   Bola   asarni   tinglayotib,   uning   mazmunini
o‘zlashtiribgina   qolmay,   balki   muallif   tasvirlayotgan   his-tuyg‘ular   va
kayfiyalarni   his   etishi   ham   lozim.   Bolalar   bog‘chasida   asarning
mazmuni   va   formalarini   analiz   qilishning   ba’zi   elementlari   ham   tarkib
toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan
asosiy   qahramonlarni   aniqlay   olishi,   ularga   nisbatan   o‘z   munosabatini
(kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay
bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.  Bolalarda   birgalashib   eshitish   malakalarini,   uyushqoqlik   bilan
savollarga   javob   berish   va   o‘qib   berilgan   asar   asosida   savollar   berish,
illyustrasiyani   diqqat   bilan   ko‘zdan   kechirish,   kitobga   yaxshi
munosabatda   bo‘lish   ko‘nikmalarini   tarbiyalash   zarur.   Bog‘cha
bolalarda   kitobga   berilish,   bilishga   qiziqish,   tinglangan   asar   haqidaga
taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar   kitobi   bolaga   tushunarli   bo‘lgan,   uning   aqli   va   qalbiga
yetib   borgan,   ya’ni   bola   yozuvchining   hikoya   qilayotgan   narsasini
tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini
bajaradi.   Tarbiyachilar   bolalarning   asarlar   haqidagi   bilimlarini
mustahkamlab   borish   uchun   oldingi   yosh   guruhlarida   ularning   qaysi
asarlar  bilan   tanishganlarini   bilishlari   kerak.  Buning  uchun  yil  boshida
oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab
olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida  yaqin bir-ikki hafta ichida
bolalarga   o‘qib   beradigan   asarlarini   tavsiya   ro‘yxatidan   belgilab   oladi.
Bunda   u   bolalarda   his-tuyg‘u   va   xulq-atvorni,   tevarak-atrofga   har   xil
qiziqish   hamda   munosabatlarni   tarkib   toptirishdek   muhim   tarbiyaning
umumiy   vazifalariga   amal   qiladi.   Bolalarning   qiziqqan   narsalarini,
ularning   o‘zaro   munosabatlarini,   o‘yinlarini   kuzatish   yaxshi   kitob
tanlashga   ancha   yordam   beradi.   Har   bir   asarni   tevarak-atrofdaga
ma’lum   hodisalar   bilan   bog‘lash   va   o‘sha   vaqtdagina   o‘qib   berish
lozim,   deb   o‘ylash   noto‘g‘ri.   Albatta,   kitobdagi   hodisalarga   bog‘liq
mavzuni   o‘qib   berish   kerak.   Lekin   boshqa   vaqtda   ham   bunday   kitob
o‘qishni o‘tkazish lozim.
Tarbiyachi   asar   tanlagach,   bolalarga   uni   qanday   yetkazish lozimligini  aniqlab  olishi  kerak. Notanish so‘zlari  ko‘p bo‘lgani  uchun
bolalar   mazmunini   tushuna   olmaydigan   asarni   o‘qimagan   ma’qul.
O‘tmishda   tarixiy   davr   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   mumtoz   adabiyot
namoyondalarining   asarlarida,   masalan,   A.S.   Pushkin   ertaklarida,   xalq
ertaklarida   uchraydigan   juda   ko‘p   notanish   so‘zlarni   tushuntirish
kerakmi? degan savol tug‘iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini
tushunib   olishlariga   xalaqit   bermaydimi,   shuning   uchun   ularni
tushuntirmasa ham bo‘ladi.
Badiiy   adabiyotdan   foydalanadigan   mashg‘ulotlar   g‘oyat
osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni
eshitishdan   chalg‘itmasligi   lozim.   Mashg‘ulotlarni   tez   uyushtirish,   uni
bolalar   adabiyotiga   xos   sog‘lom,   optimistik   xarakterda,
xushchaqchaqlik   bilan   o‘tkazish   kerak.   Tarbiyachi   bolalarni
xushmuomalalik   va   osiyishtalik   bilan   o‘tirishga   taklif   etib,   bolalarning
qanday   o‘tirganini   tekshirib,   mashg‘ulotni   boshlaydi.   Mashg‘ulot
boshlangan   vaqtdayoq   bolalarning   diqqatini   jalb   etish   juda   muhim.
Bunga   ogohlantirish,   po‘pisa   qilish   («Eshitinglar,   keyin   sizlardan
so‘rayman»)   bilan   emas,   balki   qiziqarli   muqaddima   so‘zi,   muqaddima
suhbati   bilan   erishish   mumkin.   Chunki   ularda   kitob   mazmuniga   qarab
yorqin   surat,   topishmoq,   bolalar   tajribasidan   va   hokazolardan
foydalansa   bo‘ladi.   Bolalar   bilan   o‘qib   berishdan   oldin   va   o‘qib
berishdan   keyin   olib   boriladigan   dastlabki   ish   badiiy   asarning
mazmuniga   bog‘liqdir.   Ba’zan   tarbiyachi   muqaddima   so‘zida   asarning
nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men
sizlarga   o‘zbek   xalq   ertaklaridan   «Aqlli   qiz   qanday   qilib   qizg‘anchiq
boyni   aldagani»ni   o‘qib   beraman.   Mashg‘ulotni   muqaddima   suhbati bilan   boshlash   mumkin.   Masalan,   S.Y.Marshakning   «O‘n   ikki   oy»
ertagini o‘qib berishdan oldin: 
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. 
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar   oylar   nomini   aytishadi,   tarbiyachi   esa,   zarurat   bo‘lsa,
ularning javoblarini tuzatadi. 
Tarbiyachi:   Bir   oy   tugashi   bilanoq   ikkinchisi   boshlanadi.   Hali
hyech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni
quvib   o‘tmagan.   Oylar   birin-ketin   kelaveradi   va   hyech   qachon   bir-biri
bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog‘lik o‘lka – Begimiyada bir qiz
bir   vaqtning   o‘zida   o‘n   ikki   oyning   hammasini   ko‘rganligi   haqida
hikoya qiladi. Bu qanday bo‘lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi.
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n
ikki   oyni   qanday   ko‘rganligi,   qiyin   vaqtda   oylar   qizchaga   qanday
yordam   berganligi   va   boshqalar   haqida   suhbat   o‘tkazgan   ma’qul.
Ayniqsa,   axloqiy-estetik   va   bilish   mazmuniga   ega   bo‘lgan   kitoblarni
o‘qib   berishda   puxta   tayyorgarlik   talab   qilinadi.   Axloqiy-estetik
mazmundagi   kitoblar   bolalarda   axloqiy   sifatlar,   xulq-atvorning   ijobiy
tomonlarini   tarkib   toptirishga   yordam   beradi.   Sh.   Sa’dullaning   «Injiq
qizcha»,   L.N.   Tolstoyning   «Danak»,   V.   Oseyevaning   «Sehrli   so‘z»
degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi,   bolalarning   kitobni   eshitish   jarayonidayoq   uning
g‘oyaviy   mazmunini   tushunib   olishlaridir.   Bunda   muqaddima   suhbati katta   rol   o‘ynaydi,   tarbiyachi   bunday   suhbatda   bolalar   diqqatini   eng
asosiy,   muhim   narsalarga   jalb   etadi,   Masalan,   maktabga   tayyorlov
guruhida   Sh.Sa’dullaning   «Injiq   qiz»   she’rini   o‘qib   berishdan   oldin
tarbiyachi   bolalarga   bunday   savol   beradi:   «Bolalar,   yaxshilab   o‘ylang
va   ayting:   qanday   qiz   haqida   –   yaxshi   qiz   va   qanday   qiz   to‘g‘risida   –
yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Bolalar,   sizlar   kimning   yaxshi   qiz,   kimning   yomon
qiz deyilishini  to‘g‘ri  aytinglar.    Hozir men   sizlarga  Gulbodom  degan
qiz     haqida   yozilagan   she’rni   o‘qib   beraman.   Sizlar   yaxshilab   eshiting
va   keyin   menga   Gulbodomni   yaxshi   qiz   deyish   mumkin-munkin
emasligini   aytasiz.   Bu   she’r   «Injiq   qiz»   deb   ataladi.   She’rni   shoir
Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so‘ng tarbiyachi she’rni o‘qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik   mazmundagi   kitobni   o‘qishdan   oldin
o‘tkaziladigan   muqaddima   suhbati   qisqa   bo‘lishi   –   3-5   daqiqadan
oshmasligi   va   albatta   bolalar   tajribasi   bilan   bog‘lanishi   kerak   («Kimni
biz   yaxshi   qiz   deymiz?»   -bu   savol   bolalar   tajribasiga   va   kitob
mazmuniga qaratilgan). 
Axloqiy-epik   mazmundagi   kitoblar   o‘qib   bo‘lingandan   keyin
ham suhbat o‘tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko‘p savol
va   tushuntirishlar   bo‘lmasligi   lozim,   chunki   bolalar   kitobni   o‘qish
paytidayoq qahramonlar xatti-harakatlarining mohiyatini chuqur anglab
oladilar.   O‘qilgan   asar   haqida   o‘tkaziladigan   suhbatlarda   bolalarni
qahramonlarning   xatti-harakatlarini   to‘g‘ri   baholashga   o‘rgatish   va
bolalarning   qahramon   va   uning   xatti-harakatlariga   o‘z   munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh.   Sa’dullaning   she’rini   o‘qigandan   so‘ng   o‘tkaziladigan
suhbatda   bolalarga   injiq   qizning   xulq-atvorini   baholashga
ko‘maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo‘ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Siz   bunday   qiz   bilan   do‘st   bo‘lishni   istarmidingiz?
Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Gulbodomni   uchratsangiz   unga   nima   degan   bo‘lar
edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Gulbodomga   onangizga   qanday   g‘amxo‘rlik
qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim   beruvchi   xarakterdagi   kitoblar,   masalan,   mehnat   haqidagi
kitoblar mukaddima suhbati va o‘qigandan keyinga suhbatni boshqacha
mazmunda   bo‘lishini   talab   etadi.   Mehnat   haqidagi   kitob   bolalar   uchun
kishilarning   kasblari,  mashinalar  va  mehnat   qurollari   haqidagi  bilimlar
manbai bo‘lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay,
balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va
hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning
uchun kitob bilan ishlashni shunday yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash imkonini bersin (masalan,
katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o‘qishda).   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev.   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   tog‘rida”gi   PF-4947-son   Farmoni .
2017 -yil  7 -fevral .
2. Sh.Mirziyoyev.   Erkin   va  farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent, 2017.  B.56.
3. Sh.Mirziyoyev.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent, 2017.  B.592.
4. R.N.Nurmatov,   X.N.Muzaffarova,   G.X.Temurova.   Nutq   o‘stirish
nazariyasi va metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma.  - Jizzax , 2009 .
5. G.Nasriddonova,   S.Xo‘jaahmedov.   Nutq   o‘stirish   nazariyasi   va
metodikasi . -Toshkent, 2011.-B.320. 
6. M.R.Qodirova,   F.R.Qodirova.   Bolalar   nutqini   rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006. 
7. M.Asqarxo‘jayeva,   N.Hakimova.   Bog‘chalarda   o‘zbek   tilini
o‘rgatish.               -Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.126.
8. S.G‘oziyeva,   D.Ochilova,   L.Dolimova.   Badiiy   terma   kitob.   -
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.222.

MAVZU: BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH. TURLI YOSH GURUHLARIDA MATN BILAN ISHLASH METODIKASI Reja 1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. 2. Turli yosh guruhlarida matn bilan ishlash metodikasi

Ma‘ruza mashg‘ulotining mazmuni. Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his- tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his etadilar,

uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog‘chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi. O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov,

S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Bolalar bog‘chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog‘chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib olishlariga, ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim. Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog‘chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.

Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim. Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish