Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari
Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari Reja. 1. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashtirilgan darslarni rejalashtirish. 2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari 3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari
Har qanday jamiyatda pedagogik tizimning maqsadi jamiyatning shaxsni shakllantirishga qo‘ygan talablari asosida belgilanadi va jamiyat talablari asosida tizim ham o‘zgarishi mumkin. Juda ko‘p tadqiqotlarga asoslangan holda V.R.Bespalko pedagogik tizimning o‘zaro bog‘liq 6 ta elementini ko‘rsatadi. Bular: o‘quvchi; ta’lim tarbiyaning maqsadi; mazmuni; didaktik jarayoni; o‘qituvchi yoki texnik vositalar; ta’lim – tarbiyaning tashkiliy shakllari. Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini va uni amalda qo‘llashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalarni o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarning o‘zaro bog‘lanishidir. Bizningcha pedagogik faoliyatni tahlil qilishda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish, ularning uzviy bog‘liqligini chuqur tushunish, o‘qituvchi qo‘ygan masalalar, uni echish yo‘llari va ko‘zlangan maqsadlar qanchalik uyg‘unlashib ketishini his etish lozim. Dars o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti, ham munosabati doirasida amalga oshadi. Darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi: 1. Tayanch bilimlarni aktuallashtirish, ya’ni avvalgi o‘tilganlarni xotirada tiklash. 2. YAngi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash. 3. Olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida qiziqarli uyushtiriladi. Keyingi darsda o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta qayta o‘qiydi, aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda
o‘quvchi aytishga qiynalib qoladi. YUzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib keladi. Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, bahs munozaraga, o‘zini- o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishga, bola tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. 2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari Fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, biz bu jarayonni 1-4 sinflarning o‘quv rejasi orqali tahlil qilamiz. Masalan, 1. Ona tili 2. O‘qish Bu ikki fan orasidagi integratsiya jarayoni shundan iboratki, ikkala fanning maqsadi o‘quvchilarda yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lishga qaratilgan. Keyingi misolni inson va jamiyat sohasida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Inson va jamiyat sohasi beshga bo‘linadi: 1. Odobnoma; 2. Musiqa madaniyati; 3. Tasviriy san’at; 4. Mehnat; 5. Jismoniy tarbiya. Bu fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Nutq o‘stirish – harflarni to‘g‘ri talaffuz etish va yozish, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish va yozish; gap ohangiga rioya qilgan holda ravon obrazli o‘qish;
gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks etishi va yozilishi; fikr bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ayrim grammatik vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish, xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o‘qib tushuna olish kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning maqsadi nutq o‘stirishga qaratilgandir. Asosan ona tili va o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar nutq o‘stirish bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lsalar, rus tili, matematika, tabiat, odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya darslarida uni mustahkamlab, to‘ldirib boradilar. Masalan: 4-sinf ona tili darsligini olaylik. Unda nutq o‘stirishga oid mashqlar berilgan. Bunda so‘zlarni o‘qing, talaffuzga e’tibor bering va so‘zlarni ko‘chirib yozilishini bilib oling degan shart berilgan. Bayroq, a’lochi, qal’a, e’lon, rasm, qat’iy, o’ladi, Ma’mura, ko’z, vatan, olxo’ri, a’zo, sariq, jahon, san’at, nordon, arqon, poda, qit’a, beda. O‘qish darsida esa nutq o‘stirish jarayonini hikoyalar, ertaklar, she’rlar, matnlar orqali ko‘rishimiz mumkin. 3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari 1. Tabiatshunoslik darsida . 2. O‘qish darslarida. 3. Ona tili dars i da 4-sinfning tabiatshunoslik darsligida O‘zbekistonning geografik o‘rni, o‘rmonlari, hayvonot olami, erosti qazilma boyliklari haqida matnlar berilgan bo‘lib, bolalar bu matnlarni o‘qib, gapirib berish davomida nutq o‘stirish jarayoni ro‘y beradi. Shu kabi odobnoma darsida ham bir qancha odob-axloqga oid matnlar , she’rlar, hikoyalar, hikmatli so‘zlar berilgan bo‘lib, bularni ham o‘quvchi
o‘qish, gapirish jarayonida nutq o‘stiradi va bularning barchasi integratsiyadir. Masalan, 3-sinfning odobnoma darsida 4-darsning mavzusi «Qarilik donolik» (1 soatlik) berilgan. Bu darsda o‘qituvchi «Qobusnoma» kitobini ko‘rsatib, undan qariyalar haqida, «Qariik va yigitlik sifati zikrida» bobi o‘qib beriladi va muhokama etiladi. Xalq maqollaridan misollar keltirib, axloqiy tarbiya beriladi. O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4-sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda O‘qish va Odobnoma darslari integratsiyasini ko‘rish mumkin. Salom – salomatlik ma’nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so‘rasalar, etti holatda deb javob bergin. Avvalo yoru-do‘stlarni, katta - kichiklarni, aka - ukangni ko‘rganda salom berishing lozim... Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak. Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin. To‘rtinchi bir erda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrasiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni xayrlashish salomi deyiladi. Oltinchi maqbaraga, qabristonga borsang , salom ber. Ettinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma... Ona tili darsligida ham ko‘p mashqlar ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4- sinf ona tili darsligini olsak «Olmosh so‘z turkumidir» mavzusida Olmoshlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring. O‘qituvchi bu she’rni o‘qib berar ekan axloqiy tomonlarini ochib berishi kerak.