logo

Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.

Yuklangan vaqt:

27.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.3779296875 KB
Mavzu:  Boshlang‘ich sinflarda “ Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv
asosida tashkil etish.
Reja:
1.Innovatsion   ta’lim   muhitida   tarbiya   darslarini   tashkil   etishning   pedagogik-
psixologik shart- sharoitlari, mediata’limni yo‘lga qo‘yish.
 2.Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
 3. Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni. Kalit   so’zlar:   texnologiya,   innovatsion,   konsepsiya,   manbalar,   tashkiliy,metodik,
psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish.
Innovatsion   ta’lim   muhitida   tarbiya   darslarini   tashkil   etishda   mediata’limni   yo‘lga
qo‘yish. 
Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   o’qitishning   interfaol   usullari   asosida   tashkil   etish-
ularda   tashkil   etiladigan   ta`lim-tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishda   pedagogik
texnologiyalardan   samarali   foydalanish,   shuningdek,   boshlang’ich   ta`lim
o’quvchilariga   bilim   berish   va   ularni   tarbiyalashda   samaradorlikga   erishishga
yo’naltirilgan   pedagogik   faoliyat   jarayoni   bo’lib,   bunda   bir   qator   pedagogik
vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:
•boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etish
borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;
•boshlang’ich   ta`lim   darslari   pedagog   xodimlari   o’rtasida   interfaol   metodlar
mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish;
•ular   tomonidan   pedagogik   texnologiya   asoslarini   puxta   o’zlashtirilishiga
erishish;
•boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash;
•boshlang’ich   ta`lim   darslarining   o’qituvchilarida   texnologik   yondashuv
asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish;
•boshlang’ich   ta`lim   darslari   o’qituvchilari   tomonidan   ta`lim-tarbiyaviy
ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;
•boshlang’ich  ta`lim  darslari  o’qituvchilarining  texnologik  asosda   pedagogik
faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;
•boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash.
-   boshlang’ich   ta`lim   darslari   o’qituvchilarida   pedagogik   faoliyatni   interfaol
metodlar   asosida   tashkil   etish   malakasini   shakllantirishga   quyidagi   tamoyillarga
amal qilish asosida erishiladi:
1.Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etish
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi. 2.Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etish
borasidagi   harakatning   izchil,   maqsadga   muvofiq,   tizimli   va   uzluksiz   amalga
oshirilishi.
3.Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etishda
mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish.
4.Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.
5.Yangi tajribalarni ommalashtirish.
6.Nazariy va amaliy faoliyat birligi.
7.Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etishda
xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.
Boshlang’ich   ta`lim   darslarini   interfaol   metodlar   asosida   tashkil   etish
quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:
1.obektiv omillar:
•boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;
•Ta`lim-tarbiya   jarayonining   zarur   texnik   hamda   axborotli   vositalar   bilan
ta`minlanganligi;
•boshlang’ich   ta`lim   darslarida   pedagogik   monitoring   (ma`lumotlar
banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;
2.Subektiv omillar:
•Boshlang’ich   ta`lim   limi   darslarining   o’qituvchilarida   PT   mohiyatini
o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi.
•ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror
topganligi;
•kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol
metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;
•boshlang’ich   ta`lim   darslari   o’qituvchilarining   PT   mohiyatidan
xabardorliklari;
•ularda   o’z   faoliyatlarini   texnologik   yondashuv   asosida   tashkil   etish
borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi; •boshlang’ich   ta`lim   darslari   o’qituvchilarining   o’z   pedagogik   faoliyatlarida
PT ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari;
•ularda   ijodkorlik,   izlanuvchanlik,   boshlang’ich   ta`lim   o’quvchilari   orasida
ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;
•PT   asosida   pedagogik   faoliyatni   tashkil   etayotgan   o’qituvchilarni
rag’batlantirib borish va hokazolar.
Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar   asosida   tashkil   etish   borasidagi   mahoratlari   darajasi   quyidagi
ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi:
•Boshlang’ich   ta`lim   darslari   o’qituvchilarida   boshlang’ich   ta`lim
o’quvchilari   bilan   muloqotni   muvaffaqiyatli   tashkil   etish,   pedagogik   faoliyatga
nisbatan ijodiy yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq
xatti-harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi;
•pedagogik   faoliyat   mazmuni,   ko’lami,   sur`ati   hamda   samaradorliginining
yuqori darajasi.
Tadqiqot   muammosini   nazariy-amaliy   asoslarini   o’rganish   natijasida   shu
holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari
pedagoglari o’rtasida  targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar  fanlarga nisbatan
tabiiy   fanlar   o’qituvchilari   mazkur   pedagogik   texnologiyalarning   nazariy-amaliy
asoslarini   tez   va   puxta   o’zlashtirishga   muvaffaq   bo’lganlar.   Buning   boisi,
boshlang’ich   ta`lim   o’quvchilariining   bilim,   ko’nikma   va   malakalari,   shuningdek,
ta`lim-tarbiya   jarayonining   samaradorlik   darajasini   aniqlashga   yo’naltirilgan
metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir.
Hozirgi   sharoitda   innovatsion   faollik   oliy   ta’limning   ham   mazmun   hamda
tashkiliy   tuzilmaviy   jihatdan   qayta   ishlab   chiqish   bilan   bevosita   bog‘liq.   Bu
jarayonlarning   asosi   bo‘lib   oxirgi   uch,   o‘n   yillikda   pedagogik   ta’lim   nazariyasini
tezkor   ishlab   chiqilishi   bo‘ldi.   (A.A.Abdulina,   Ye.V.Bondarevskaya,
V.I.Zagvyazinskiy,   V.S.Ilin,   N.M.Kan-Kalik,   V.A.Slastenin   va   b.q)   Pedagogik
ta’lim   rivojlanishining   zamonaviy   innovatsion   yo‘nalishlarini   ichida   xususiy
innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni
ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Hayotiy   kelajakni   amalga   oshirish   uchun   inson   ongli
tarzda   qayta   o‘z-o‘zini   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yadi   va   buning   uchun   ta’lim   jarayoni
imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri
ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu
konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq:
talaba   “o‘rganuvchi”,   “o‘quvchi”,   “o‘qitadigan”   pozitsiya   orqali   o‘tadi.   Agar   oliy
o‘quv   yurti   “o‘qish   joyi   va   vaqti   emas,   balki   yigit   va   qizlarni   katta   bo‘lish
maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik
jarayon   uni   amalga   oshirish   orqali   ta’lim   olayotgan   talabaning   o‘z-o‘zini
rivojlantirishini   faollashtiruvchi,   hech   bir   narsa   bilan   qiyoslab   bo‘lmaydigan
pedagogik   jarayonni   ijodiy-o‘zini   qayta   qurish   sub’ekti   ham   talaba,   ham   pedagog
uchun   imkoniyatlar   hisoblanadi.   O‘qituvchi   faoliyati   ham   o‘zgaradi:   “usta”   ishlari
orqali   bilimlarini   pedagogik   texnologiya   asosida   yetkazishdan,   talabalarda
pedagogik   qobiliyatni   shakllantirish   maqsadida   birgalikdagi   faoliyatni   tashkil
etuvchi   “maslahatchi”   pozitsiyada   talabalar   bilan   birgalikda   uning   kelajak   kasbiy
faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini
yo‘lga   qo‘yish   dolzarb   bo‘lib   qoladi.   Ushbu   masalada   ta’limni   loyihalash   bilan
shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik
qilmog‘i   zarur.   Bundan   tashqari   oliy   ta’limda   har   bir   fanlarni   o‘qitish   sohasida
pedagogika   va   psixologiya   fanlari   bloki   tezkor   texnologik   izlanishlarni   amalga
oshirish   bilan   shug‘ullanishlari   kerakonsepsiya   Pedagogik   ta’lim   amalga
oshirishining   tashkiliy-tuzilmaviy   modeli   haqida   alohida   to‘xtalish   kerakligi
e’tiborga   loyiq.   Bular:   kichik   darajadagi,   ko‘p   bosqichli   va   ko‘p   darajadagi
modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil
yaxlit   ta’lim   sifatida   qaralib,   ular   o‘zlarining   jilg‘alariga   ega   bo‘lib,   aniq   ijtimoiy-
madaniy   va   iqtisodiy   xolatlar   bilan   bevosita   bog‘liq.   Kichik   darajadagi   tizim   –   bu
oliy   ta’limdagi   an’anaviy   tizim   hisoblanib,   u   qat’iy   hisoblanib,   bunda   tor
mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati
mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin   bu   tizim   ham   baribir   shaxs   tanlash   imkoniyatlarini   chagaralaydi.   Ko‘p
bosqichli   tizimda   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimi   asosida   oliy   ta’lim   olish   uchun
imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu
tizim   ixcham   hisoblanib,   bitiruvchilarni   uchinchi   kursga   qabul   qilish   bilan   bog‘liq
ko‘plab muammolar  kelib chiqadi:  qaysi  mablag‘  asosida  o‘qitish,  birinchi  o‘rinda
pedagogika   bilim   yurti   va   pedagogika   kollejlarida   talabalarni   egallagan   bilimlari
sifati   masalasi   turlicha   gumon   uyg‘otadi.   1997   yilda   qabul   qilingan   “Ta’lim
to‘g‘risida”   gi   Qonunga   muvofiq   oliy   ta’limning   ko‘p   bosqichli   tizimi   yo‘lga
qo‘yildi.   Oliy   ta’limning   ko‘p   bosqichli   tizimini   ishlab   chiqish   va   joriy   etishni
kuchli   innovatsion   jarayon   sifatida   belgilash   mumkin.   Ushbu   masalada   G‘arbiy
Yevropa   mamlakatlari   tajribasi   har   tomonlama   tahlil   etilib,   baho   berildi   va
O‘zbekiston   Respublikasi   sharoitida   o‘zimizning   mentalitetimizdan   kelib   chiqib,
oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi. 
Olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasi   shuni   ko‘rsatadiki,   fakultetlarda   oliy
ta’limdagi   ko‘p   bosqichli   tizim   (OTKT)   asosida   ishlash   va   an’anaviy   tizim   bilan
ishlash   qiyosiy   taqqoslab   ko‘rilganda,   talabalar   (OTKT)   yangicha   ta’lim   tizimida
ongli,   ijodiy   ishlashga   ko‘proq   e’tibor   qaratgani,   talabalarda   ta’lim   motivatsiyasi
darajasi yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida
tuzilmaviy-funksional   va   mazmunli-texnologik   qayta   qurish   amalga   oshiriladi.
Umuman   olganda   oliy   ta’limda   individual-ijodiy   va   jamoaviy-ijodiy   faoliyat
sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni
ishtirokchilari   o‘rtasida   sub’ekt-sub’ekt   munosabatlari   rivojlanishida   o‘zgarishlar
sodir   bo‘layotganini   kuzatish   mumkin.   Ushbu   tizim   orqali   talabalarni   mustaqil
ishlashga   ishtiyoqi   ortib,   reyting   tizimida   ularning   faol   ishtiroki   ta’minlansa,
ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik
madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
3. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning
tashkiliy   jihatlari   Ma’lumki,   didaktikaning   predmetini   o‘rgatish,   o‘rganish   ta’lim
mazmunini   tashkil   qiladi.   Bunda   ishtirok   etayotgan   uchta   komponent   bir-birlari
bilan   shunday   uzviy   aloqadaki,   ulardan   birini   e’tibordan   chetda   qoldirish   mumkin emas.   Xo‘sh,   nimani   nimadan   boshlash   kerak?   Ishni   o‘rganish   yoki   o‘rgatishdan
boshlasak,   tabiiy   ravishda   savol   tug‘iladi:   nimani   (qanday   mazmundagi   o‘quv
materialini)   o‘rganmoqchisiz   yoki   o‘rgatmoqchisiz?   O‘rgatish   ham,   o‘rganish   ham
asosiy   maqsadga   yo‘naltirilgan   ta’lim   ob’ekti   va   oxirgi   natija   mahsuli   bo‘lmish
ta’lim mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari
bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq,
bu   esa   o‘rganishni   tashkil   etuvchi   o‘rgatuvchiga   bog‘liq.   Shunday   qilib,   didaktik
tafakkur   -   bu   o‘rganish,   o‘rgatish   va   ta’lim   mazmunining   doimiy   aloqalari,
munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan,
o‘zi   va   o‘rganuvchi   uchun   qulay   bo‘lgan   yo‘llarni,   usul   va   uslublarni,   o‘qitish
shakllari,   metod   va   vositalarni   izlaydi,   ularni   takomillashtiradi.   Shu   boisdan   ham
“pedagogik   texnologiya”,   “didaktik   texnologiya”,   “ta’lim   texnlogiyasi”   atamalari
qatoridan   “pedagogik   innovatsiyalar”   atamasi   ham   mustahkam   o‘rin   olmoqda.
Yuqorida   sanab  o‘tilgan  tarzda  o‘rgatish,   o‘rganishda  ta’lim   mazmuni   asosiy  o‘rin
tutadi.   Shuning   uchun   ham,   o‘z   oldimizga   Davlat   ta’lim   standartlarini   yaratish
birinchi   galdagi   vazifa   qilib   qo‘yildi.   Bu   vazifaning   uddasidan   chiqdikonsepsiya
Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanib,   har   bir   ta’lim   muassasalariga,   har   bir   o‘quvchiga   yetkazildi.   Endigi
vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat.
Biroq,   e’tirof   qilish   kerakki,   hali   Respublikamizda   yangi   pedagogik
texnologiyalarni,   ta’lim   innovatsiyalarini   to‘plash,   ular   ichidan   faoliyatimizda   eng
ko‘p   samara   beradiganlarini   tanlash,   tajriba-sinovdan   o‘tkazish   va   qo‘llash-   joriy
etishni   yo‘lga   qo‘yadigan   tizim   (mexanizm)   shakllantirilmagan   edi.   “Ta’lim
to‘g‘risida”gi   Qonun,   “talablari   asosida   ishlab   chiqilgan   umumiy   ta’lim   fanlari
bo‘yicha   Davlat   ta’lim   standartlari   ishlab   chiqilib,   bosqichma-bosqich   amalga
oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab
-   quvvatlash,   yangiliklarni   joriy   etishga   yetarli   shart-sharoitlar   yaratadigan
tuzilmalarga   bo‘lgan   ehtiyoj   yaqqol   ko‘zga   tashlandi.   Chunki,   Davlat   ta’lim
standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr
o‘quvchilarga   ta’lim   standartlari   darajasi   talablaridan   oshirib   bilim,   iqtidor   va ko‘nikmalar   berishni   taqozo   etadi.   Bu   masalani   ijobiy   hal   qilish   ilg‘or   tajribalar,
yangi   pedagogik   texnologiyalarni   izlash,   ularning   didaktik   imkoniyatlarini   sinab
ko‘rgan   holda   amaliyotga   tatbiq   etishga   bo‘lgan   hayotiy   ehtiyojni   oshirib   yubordi.
Bundan   kelib   chiqadigan   amaliy   hulosa   -   ilg‘or   ta’limiy   yangiliklarni   aniqlash,
ularning   jamg‘armalarini   tashkil   etish,   sinab   ko‘rish,   pedagogik   amaliyotga   joriy
qilishning,   ilmiy   xulosalarini   ishlab   chiqish   va   amaliyotga   tatbiq   etish   tizimini
yaratish   masalasining   dolzarbligini   oshirdi.   Hozirgi   kunda   bu   tizimni   yaratish
yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik,
viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari
va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. 
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   Davlat   ta’lim   standartlari-   bu   o‘quvchilar   bilim
saviyasining   minimal   darajasini   belgilaydi,   bu   darajadan   yuqori   ko‘rsatkichlarga
erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni
yaratish,   shuningdek,   ularni   boshqarish   avvalam   bor,   ana   shu   dorlzarb   vazifalarni
hal qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalarni izlab topish.
o‘rganish,   tahlillar   ostida   eng   ko‘p   samara   beradiganlarini   tanlab   olish   va   ularni
amaliyotda   qo‘llash   tartibini   belgilab   beradigan   tizimni   yaratish   maqsadga
muvofiqdir.   Fikrimizcha,   buning   uchun,   innovatsiyalar   haqida   aniq   ma’lumotlar
jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash”
jarayoni   deb   qabul   qilamiz.   Innovatsion   yangiliklarni   to‘plovchilar   jadvalga   ko‘ra
vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari
malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish
bo‘yicha   doimiy   ishlovchi   Respublika   doimiy   kursi   qoshidagi   monitoring   markazi
va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni
qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi  bo‘g‘in o‘rtasidagi
“Pedagogik   matbuot”   asosan   nashr   ishlari,   ommalashtirish,   keng   pedagogik
jamoalar,   ilmiy-pedagogik   xodimlarga   ularni   yetkazish,   ularning   taklif   va
mulohazalarini   olish,   tajriba-sinov   xulosalari   asosida   innovatsiyalarni   yanada
takomillashtirish   ishlari   bilan   shug‘ullanadi.   O‘ylaymizki,   ta’lim   texnologiyasi   va
pedagogik   innovatsiyalarga   bunday   tizimli   yondashuv   Davlat   ta’lim   standartlarini amalga   oshirishda   o‘z   samarasini   ko‘rsatadi.   O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatini
olib   borishga   halaqit   beradigan   psixologik   to‘siqlarni   umumlashtirib   yangilik
kiritishlarga   o‘qituvchilarning   ko‘proq   qarshilik   bildirishini   keltiradigan   sabablarni
ta’kidlab o‘tish zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning
ikki   ma’nosi   xavotir   va   noma’lumlikni   keltiradi.   Noma’lumdan   qo‘rquv   har   qaysi
yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2.   O‘qituvchilar   yangilikni   kiritishda   rejalashtirish   va   ishlab   chiqarishda
qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya
qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5.   Ish   xajmining   ko‘payishi   rahbar   o‘qituvchilar   faoliyatida   o‘zgarishlarni
rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik   kirituvchi   tashabbuskor   odam   hurmat   va   ishonchga   ega   bo‘lmasa.
Afsus,   ko‘pincha   o‘qituvchilar   loyihaga   emas,   uning   muallifiga   qaraydi.   Agar   bu
insonning   hurmati   past   bo‘lsa,   pedagog   uning   qadrligiga   qaramay,   bu   odamga
ishonchsizligi   uning   g‘oyasiga   o‘tkaziladi.   O‘qituvchi   ijodkorligini   shaxsiyatning
axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va
mavjud   qadriyatlarga   e’tiborini   qaratmasa,   demak   bu   faollik   juda   xavfli.   Yosh
o‘qituvchining   bilim   berishi   va   kasbiy   faoliyatida   ijodiy   rivojlanishi   uchun   ko‘p
variantli   yechimlarga   olib   boruvchi   mashqlarni   topmaganlar.   O‘quvchilarga
ularning   ijodiy   faoliyatidagi   ma’nosini   umumiy   yo‘nalishlarini   anglashga   yordam
berish,   o‘z   imkoniyatlarning   rivojlanishini   bilish.   Bunday   tushunchasiz   ijodiy
faoliyatni   kuchaytiradigan   mashqlar   o‘yin   sifatida   o‘zlashtiriladi.   Yuqorida   sanab
o‘tilgan   maslahatlar   erkin   muloqotda,   fikr-almashuvda,   ijodiy   bahslashuvda
eksperimental   ish   jarayonida   bo‘lib   o‘tishi   mumkin.   Misol   uchun   qobiliyatlar
rivojlanishining   natijasini   ko‘rib   chiqamiz:   “Shuni   ko‘rib   o‘tish   kerakki,   hozir
nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga
meni   ishontirmoqchi?”.   Menimcha:   “ma’lumotlarim   yetarli   emas:   yetmagan to‘lato‘kislarni   bilib   olsam,   yaxshi   bo‘ladi...   U   nohaq   deb   aytyapmanmi   yoki
ochiqchasiga   o‘z   munosabatimni   bildiryapmanmi?   Bu   holda   men   ishonchliroq
tarzda   o‘z   fikrimni   o‘zgartirishim   kerak”.   O‘quvchilarda   ijodiy   fikrlashni
rivojlantiish   metodlarini   va   mazmunini   didaktik   izlash   bilim   va   usullarni
shakllantirishga   olib   keldi.   Shunday   tadqiqiy   mo‘ljal   o‘quv   jarayoniga   pedagogik
yondashuvni   o‘ziga   xos   tarzda   yo‘lga   qo‘yishni   taqozo   etadi.   Bu   esa   o‘z   o‘rnida
ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda
yangi   bilimlar   bilan   qurollanishni,   rolli   va   o‘xshatish   kabi   modellashlarni
o‘zlashtirish   imkoniyatini   yaratadi.   Bolalar   tomonidan   mazmunan   ma’lumotlarni
o‘zlashtirishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   aniq   shakllarga   murojaat   qilamiz.   Talim
modellarining   misollar   orasida   biz   muammolarni   tizimli   yechim   asosida   ijobiy
izlanishning   tashkillashtirishni   bahslashuv   va   didaktik   o‘yinlarini   ajratamiz.   Sanab
o‘tilgan   modellar   orasida   biz   didaktik   va   rolli   o‘quv   o‘yinlariga   alohida   e’tibor
qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan
4   bosqichni   ajratsa   bo‘ladi.   Orientatsiya   –   o‘rnatiladigan   mavzuning   tasavvuri,
o‘xshatilishi   va   uning   qoidalar   harakteristikasi,   o‘yin   mulohazalarining   bayoni,
o‘yin   o‘tkazishda   uning   sahnalashtirishi,   o‘yin   mazmunining   detallarini   ishlab
chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi,
umumiy rejasi ekan.
4. Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
Ta’lim   tizimida   yangiliklar   kiritish   mazmuni   va   yo‘nalishlari   masalasini
o‘rganishga kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar
kiritish”   tushunchasini   aniqlab   olaylikonsepsiya   Pedagogik   jarayon   bilamizki,
pedagogik   tizim   asosida   yo‘lga   qo‘yiladi.   Pedagogik   tizim   -   bu   tashkil
etuvchilarning   birlashtirilgan   majmui   bo‘lib,   ular   o‘zgarishlarda   ham
barqarorligicha   qolaveradi.   Agarda   o‘zgarishlar   (yangilik   kiritish)   qandaydir
mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa
hususiyatli  tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam
birlashuvidir.   Har   qanday   pedagogik   tizimning   tuzilishi   hozirgi   davrda   quyidagi
elementlar   yig‘indisidan   iborat   bo‘lib,   ular   o‘zaro   bog‘liq   holda   quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni;
o‘qituvchilar   (yoki   TTV   -   ta’limning   texnik   vositalari);   tarbiyaviy   ishlarning
tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har
qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni
mukammal   tarkibiy   tuzilish   emas   deb   hisoblashga   asoslarimiz   bor.   Ko‘rsatib
o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari,
shuningdek,   “natijalar”,   “o‘quv   tarbiyaviy   jarayonni   boshqarish”,
“texnologiya”lardan   iborat,   deb   ham   hisoblashlari   mumkin.   Ular   berilgan
chizmadagi   pedagogik tizim   modelida ko‘zga  tashlanadi.  Maqsadlar   natijalar   bilan
mos   kelib,   uzluksiz   jarayon   tashkil   etadi.   Maqsadlarning   natija   bilan   to‘la   mos
kelishi   pedagogik   jarayonning   ishonchi,   o‘lchov   ko‘rsatkichi   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Pedagogik   tizim   boshqaruv,   birlashtiruvchi   hamma   tarkibiy   qismlari   nisbatan
mustaqil   qism   hisoblanadi,   chunki   ular   o‘z   maqsad   va   tuzilishlariga   egadir.
Pedagogik   tizimning   tashkil   etuvchi   tarkibiy   qismi   sifatida   alohida   omillar   birligi
deb   ta’kidlagan   holda   ularni   ko‘pincha,   o‘quv-tarbiya   jarayonining   texnologiyasi
deb   ko‘rsatadilar.   Bunday   yondashishda   pedagogik   tizim   ko‘zlangan   maqsadga
erishishni  ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni
ta’kidlash   kerakki,   pedagogik   tizim   har   doim   ham   texnologiyadir.   Ana   shu   belgisi
bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy “to‘plamidan” ajratib olish
osondir.   Texnologiya   -   bu   qat’iy   tashkiliy   mantiqqa   bo‘ysunuvchi   imkoniyatlarini
belgilovchi   tizimning   ichki   sifatidir.   Shu   bilan   birga   topshiriqni   baholash
darajasining   o‘zidayoq,   texnolog   ma’lum   jarayonlar   hamda   hodisalarga   tayanadi.
Ma’lum   jarayonlar   muvaffaqiyat   ifodasining   dalili   sifatida   foydalaniladi,   ajoyib
xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi.
O‘quv   texnologiyalarni   loyihalashtirish   metodik   “tajribalarni   umumlashtirishdan”
farqli   “mumkin   emas”   xulosasini   bermaydi.   Texnolog   uchun   bu   faqatgina   vaqt   va
harajatlar   masalasidir.   Texnolog   faqatgina   yaxshi   ma’lum,   tekshirib   ko‘rilgan,
asoslangan,   shubha   qilinmaydigan   fikrlarga   asoslanadi.   Texnolog   tajribalar
o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka
yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham   asosiy   yechimida   oddiydir.   Asosiy   yechimni   tushunish   qolgan   hammasini,
o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan
hech   bir   qismini   olib   tashlab   bo‘lmaydi,   u   yerda   ortiqchasi   bo‘lmaydi,   bo‘lishi
mumkin   ham   emas.   Bu   juda   murakkab   holat,   har   ikkinchi   o‘qituvchi   izlash   -
tadqiqotchilik   tartibida   ish   olib   boradi   va   shu   bilan   bolaning   maktabdagi   hayoti
natijasining   noaniqligini   kuchaytiradi.   Har   doim,   ayniqsa   “aniq”   fanlar   deb
nomlanuvchi   yo‘nalish   vakillari   orasida   pedagoglarni   harakterlari   uchun   koyib
turuvchilar   topiladi   va   ular   har   galgidek   pedagogika   tizimi   modellarini   reviziya
qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir
bo‘ladigan   jarayonlarniig   ba’zi   prinsipial   harakteristikalarida   to‘xtalib   o‘tamiz.
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq
hususiyat   va   imkoniyatlarga   ega   degan   qoidadan   kelib   chiqamiz.   Bu   imkoniyatlar
tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va
tarbiyaviy  jihatdan   ko‘zlangan   daraja   va  sifatga  erishmoqchi  bo‘lsak,  unda  shunga
mos   pedagogik   tizim   haqida   o‘ylashimiz   kerak   va   uning   ishlashi   pedagogik
jarayonning   kerakli   yo‘nalishi   va   intensivligini   ta’minlashi   zarur.   Buning   natijasi,
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim  pedagogik
tizimni   takomillashtirish   oqibatidir.   Bu   juda   murakkab   muammo,   ularni   ishlab
chiqishga   dunyoda   endi   kirishilmoqda.   Hozirgi,   umumiy   ko‘rinishga   juda   ko‘p
ko‘rinishli   ko‘rsatgich,   “harajat”   va   “natija”larni   to‘plash   mumkin   bo‘lmoqda   va
ushbu   muammoning   foydaliligini   aniqlash   esa   uni   iqtisodiy   nuqtai   nazardan   hal
qilish   imkonini   beradi.   Intuitiv   va   sub’ektiv   baholarni   juda   oson   noto‘g‘ri   deyish
mumkin   va   bu   yerda   vaziyatdan   chiqish   faqatgina   fikrlarni   to‘plashdan   iborat
bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan
maqsadga   to‘la   erishilgan   xisoblanib,   agar   tarbiyachilar   uchun   ilgari   erishilgandan
pastroq   darajada   bo‘lmasa   mumkin   bo‘ladi.   Yana   biron-bir   pedagogik   tizim
tuzilishiga   nazar   tashlaylik,   u   “yomon”   va   “yaxshi”   pedagogik   tizim   uchun   ham
birdir.   Uning   uchun   o‘qituvchi   ham   birdir.   Uni   o‘qituvchi,   o‘quvchilar
munosabatigacha   soddalashtiramiz.   Bu   munosabatlar   ilgari   o‘rganilgan   edi   va
umumiy   xulosa   ma’lum:   deyarli   50%   o‘qituvchidan,   50%   esa   o‘quvchiga   bog‘liq. Bundan   kelib   chiqadiki,   masalan:   eng   yomon   pedagogik   tizimning   samaradorligi,
aytaylik   o‘qituvchi,   umuman   hech   qanday   harakatlarni   amalga   oshirmagan   holda,
ammo   tizim   ishlasa   50%   dan   kam   bo‘lmaydi.   An’anaviy   pedagogik   tizimning
foydali   harakat   koeffitsenti   60%   dan   oshmaydi   deb   hisoblanadi.   Bu   esa   maktab
tarbiyalanuvchilarining   faqatgina   yarmidan   ozgina   ko‘prog‘i   dasturni   to‘la
o‘zlashtira   oladi   deganini   bildiradi.   Yana   bir   muhim   fikr,   tizimning   umumiy
nazariyasidan   ma’lumki   tizimni   baravariga   bir   necha   parametrlar   bo‘yicha
yaxshilash   mumkin   emas.   To‘g‘ri   yo‘l   yangilikni   asta-sekin,   uning   foydaliligiga
ishonch   hosil   qilib,   har   tomonlama   tekshirib   ko‘rib,   keyingi   ishlarni   o‘ylab
kiritishdan   iborat.  Tajribalar  shuni   ko‘rsatadiki  har  bir   yaratilgan  yangilik  oldiniga
albatta   ilgarigisidan   ham   yomon   ishlaydi.   Chunki   bu   jarayonni   o‘rganish,
moslashish,   sustkashlikni   yengish   kerakonsepsiya   Pedagogik   tizimni
takomillashtirishning   asosiy   yo‘llari   ikkita:   intensiv   va   ekstensiv.   Intensiv
rivojlanish   pedagogik   tizimni   ichki   imkoniyatlar   xisobiga,   ekstensiv   yo‘l   esa
qo‘shimcha   kuchlar   jalb   etish   -   ya’ni,   vositalar,   asbob-uskunalar,   texnologiyalar
xisobiga   takomillashtirishni   ko‘zda   tutadi.   Pedagogik   texnologiyaning,   intensiv
rivojlanish   imkoniyatlari   tugagan   deb   hisoblanadi:   maktabning   mavjudligi   ming
yilliklar   davomida   hamma   yo‘llarni   sinab   ko‘rib   bo‘lgan,   hozirgi   pedagoglar
nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning
birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz,
agarda   maktab   hali   o‘lmagan   bo‘lsa   agarda   u   yashayotgan,   rivojlanayogan   va
bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir.
Ba’zi   nazariyotchilar   aytadilarki,   juda   yaqin   vaqt   ichida   pedagogikada   innovatsiya
bir   ma’noni   -   orqaga,   o‘tmishga,   o‘ylab   va   oqilona   tarbiyalash,   ma’naviy
tarbiyalovchi,   yangiliklarsiz   va   tirishishlarsiz   tinch   tizimga   qaytishnigina   bildiradi
degan   fikrni   aytmoqdalar.   G‘arb   maktablari   ekstensiv   yo‘l   bilan   pedagogik
mahsulotni   yangi   informatsion   texnologiyalar,   vaqtni   turli   xil   o‘quv   faoliyatlariga
taqsimlash,   sinfdagi   differensatsiya   va   individuallashtirish   hisobiga   oshirish   bilan
rivojlanib   bormoqda.   Shu   bilan   pedagogik   mahsulot   sifati   yaxshilanmoqdaki,   bu
savol   aniqligicha   qolmoqda:   ko‘pchilik   mustaqil   ekspertlar   bunga   ishonchsizlik bildirmoqdalar.   Bu   holatdan   chiqish   yo‘li   “O‘zaro   bog‘liqlikdagi   innovatsiya
(yangiliklar)”   deb   ataluvchi,   intensiv   va   ekstensiv   yo‘llarni   birlashtirishga   imkon
beruvchi   pedagogik   tizim   rivojlanishi   hisoblanadi.   Bu   pedagogikaning   foydalanish
imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli
harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada
namoyon   bo‘ladi.   Bo‘sh   joylarini   yangi   texnologiyalar   bilan   mustahkamlab,
pedagogik   tizimning   umumiy   samarasini   yaxshilashga   urinsa   bo‘ladi.   Bunday
yondashishda   innovatsiya   o‘ylab   topilgai   “tashqi”   chora   bo‘lib   ko‘rilmaydi,   balki
chuqur   mazmunli   talab   va   tizimni   bilish,   anglab   yetilgan   qayta   tuzish   hisoblanadi.
Agar   shunday   nuqtai   nazar   bilan   innovatsion   chaqiriqlarga   qaralsa   ularda   deyarli
yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi
“retsept”lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti
jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga
ilgari  qo‘llanilmagan  nazariy  yondashuvlar,  aniq  amaliy  texnologiyalardan  olingan
yuqori   natijalarni   kiritishga   majburmiz.   Pedagogika   fanida   berilgan   g‘oyalarni
ishlanganlik   darajasining   muvofiqlik   jihatlari   bo‘yicha   umumiy   va   qisman
innovatsion   loyihalar   miqdori,   shuningdek,   pedagogik   amaliyotda   ulardan
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
Nazorat   shakllari:   tayanch   konspekt   bo‘yicha   yozma   ish,   mustaqil   ishlar,   baland
ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va
uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar
uchun   maxsus   ochilgan   ko‘zguga   qo‘yib   boriladi.   U   go‘yo   o‘quvchiga   xizmat
qiladigan   ro‘yxat   vazifasini   bajaradi.   Baholar   yesa   ijobiy   shifrlangan   tavsifnoma
ahamiyatiga   yega   bo‘ladi.   Bunday   tavsifnomani   ye’lon   qilish   katta   tarbiyaviy
ahamiyatga   yega   bo‘ladi.   Bu   tavsifnomaning   yeng   muhim   tomoni   shundaki,   unda
o‘quvchi  xohlagan  vaqtida har  qanday bahoni  nisbatan  yuqori  bahoga  o‘zgartirishi
mumkin. Ochiq imkoniyat  tamoyilining mohiyati  ham  shunda. Har bir  baho, - deb
ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan
vosita,   turtki   bo‘lib   xizmat   qilishi   lozim.   Ikki   baho   salbiy   hislarga   sabab   bo‘ladi
hamda   o‘qituvchi   va   fan   bilan   ziddiyatni   keltirib   chiqaradi.   Shatalov   bunday konfliktli   vaziyatlarni   bartaraf   qiladi.   V.F.Shatalov   tomonidan   ishlab   chiqilgan
o‘quv   faoliyati   tizimi   maktab   o‘quvchilarida   eksperiment   qilingan,   lekin   uning
metodikasi   matematika   o‘qitish   doirasidan   chiqib,   nafaqat   tabiiy   fanlar,   balki
gumanitar   fanlar:   til,   tarix   kabi   fanlarni   o‘qitishda   ham   keng   tarqaldi.   G.   Selevko
pedagogik   texnologiyani   rejalashtiriladigan   natijalar   bilan   birga   boshqariladigan
tizim deb ta’riflaydi.
Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
1.Boshqarish   qurilmalarining   muayyan   bosqichliligi   (ierarxiya)   tamoyili.   Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor
pedagog   turadi,   va   bu   fanda   dastlabki   umumiy   mo‘ljal   hisoblanadi;   o‘qitishning
murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
2.Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har  bir  tadbiri  bo‘yicha o‘quv
jarayonini   boshqarishning   davriy   tashkil   yetish   tizimini   talab   qiladi.   Bunda   awalo
to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi  to‘g‘risidagi  axborot boshqaruvchi
obektdan   boshqariluvchiga   uzatiladi.   Qayta   aloqa,   V.P.Bespalko   ta’kidlashicha,
pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya
uchun,   ikkinchisiga   esa   o‘quv   materialini   tushunish   uchun.   Ichki   va   tashqi   qayta
aloqa   ham   mavjud.   Ichki   qayta   aloqa   ta’lim   oluvchilarning   o‘z   natijalarini   va
o‘zining   aqliy   faoliyati   xarakterini   mustaqil   korreksiya   qilish   uchun   xizmat   qiladi.
Tashqi   qayta   aloqa   ta’lim   oluvchiga   bevosita   o‘quv   jarayonini   boshqaruvchi
qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3.   O‘quv   materialini   yoritish   va   uzatishda   amalga   oshiriladigan   odimlovchi
texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib,
unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va
malakalarni   samarali   o‘zlashtirishni   ta’minlashga   xizmat   qiladigan   va   ta’lim
oluvchining   bilimlarni   o‘zlashtirishning   muayyan   nazariyasini   aks   ettirgan)ning
kengligi   bo‘yicha   alohida,   mustaqil,   lekin   o‘zaro   bog‘langan   va   optimal   bo‘lgan
qismlardan   iboratdir.   To‘g‘ridan-to‘g‘ri   va   qayta   aloqa   uchun   zarur   bo‘lgan
axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini
hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta   aloqa   tadbiri   va   nazorat.   Odimlovchi   o‘quv   tadbirlari   izchilligi
programmalashtirilgan   o‘qitish   texnologiyasi   asosini   tashkil   etuvchi   ta’limiy
programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu
tamoyil   ta’lim   oluvchining   har   biriga   shunday   axborot   jarayonini   yo‘naltiradi   va
tavsiya   etadiki,   u   ta’lim   oluvchiga   mashq   jarayonida,   tezlikda   oldinga   siljishga
imkoniyat   beradi,   chunki   uning   bilish   kuchi   unga   muvofiq   ravishda   boshqaruvchi
tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5.   Programmalashtirilgan   o‘quv   materialini   uzatish   uchun   maxsus   texnik
vositalardan foydalanish tamoyili.
Programmalashtirilgan   o‘qitish   texnologiyasini   ilmiy   asoslash   bir   qator
ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:
• rayon programmalar;
• tarmoqlanuvchi programmalar;
• soddalashtirilgan programmalar;
• aralash programmalar;
• algoritm;
• blokli o‘qitish;
• modulli o‘qitish;
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;
Ravon   programmalar   –   bu   nazorat   topshiriqlari   va   o‘quv   axborotlarining
almashinib   turuvchi   u   qadar   katta   bo‘lmagan   bloklari   ketma-ketligidir.   Ravon
programmada   ta’lim   oluvchi   to‘g‘ri   javob   berishi   shart.   Ba’zan   yehtimol   deb
topilgan   javoblardan   birini   shunchaki   tanlaydi.   To‘g‘ri   topilgan   javobda   u   yangi
o‘quv   axborotiga   ega   bo‘ladi.   Agar   javob   to‘g‘ri   chiqmasa,   axborotni   qaytadan
o‘rganishga   tavsiya   etiladi.   Tarmoqlanuvchi   programma.   Ta’lim   oluvchi   noto‘g‘ri
javob   berganda,   unga   qo‘shimcha   o‘quv   axboroti   beriladi   va   u   ta’lim   oluvchiga
nazorat   topshiriqlarini   bajarish,   to‘g‘ri   javob   qaytarish   va   o‘quv   axborotlarining
yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi. Soddalashtirilgan   programma.   U   ta’lim   oluvchiga   yangi   o‘quv   materialini
murakkablik   darajasiga   qarab   tanlab   olish,   uni   o‘zlashtirish   jarayonida   u   yoki   bu
tarzda   o‘zgartirish,   oddiy   ma’lumotnoma,   lug‘at   va   qo‘llanmalardan   foydalanish
imkoniyatini   beradi.   Modulli   o‘qitish.   U   modullar   bo‘yicha   tuzilgan   o‘quv
programmalari   asosida   o‘qitishni   tashkil   yetishdir.   Modul   kurs   mazmunini   uch
sathda   qamrab   oladi:   to‘la,   qisqartirilgan   va   chuqurlashtirilgan.   Programma
materiallari   bir   vaqtning   o‘zida   barcha   yehtimol   ko‘rilgan   kodlarda:   rasm,   test,
ramzlar   va   so‘z   bilan   berilishi   mumkin.   O‘qitish   moduli   o‘quv   materialining
avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
• aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);
• axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;
• maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;
• zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;
• qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.
Bilimlarni   to‘la   o‘zlashtirish   texnologiyasi.   O‘quv   materiallari   bir   necha
bo‘laklaiga   bo‘linadi:   o‘zlashtirilishi   tegishli   bo‘lgan   o‘quv   unsurlari,   undan   so‘ng
bo‘limlar   bo‘yicha   tekshirish   uchun   materiallar   ishlab   chiqiladi,   undan   so‘ng
o‘qitish,   tekshirish   —   joriy   nazorat,   korrektirovka   va   qayta,   o‘zgartirilgan   tarzda
ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni
tatbiq   qilish   bilan   xarakterlidir.   Pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   ta’lim
texnologiyalarining   ilmiy   asoslarini   ishlab   chiqish,   pedagogik   innovatsiyalar,
mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir.
Bu   tajribalar   muayyan   tizimni   ishlab   chiqish   va   umumlashtirishni   talab   etadi.
“O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi” saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha
davriylikni   rivojlantirishga   ko‘ra   sinf   ichidagi   o‘qitishning   tabaqalashtirilishi   deb
qaraladi,   Darslar   har   bir   mavzu   bo‘yicha   ketma-ket   joylashgan   besh   tipdan   iborat
bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi); 2)   ta’lim   oluvchilarning   mustaqil   ishlari   jarayonida   o‘quv   materialining
chuqurlashtirib   ishlab   chiqishini   ko‘zda   tutgan,   tuzilgan   seminar   mashg‘ulotlari
(bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3)   bilimlarni   umumlashtirish   va   tartibga   tushirish   (gurahlash)   darslari
(mavzular bo‘yicha sinovlar);
4)   fanlararo   materiallarni   umumlashtirish   (mavzular   bo‘yicha   vazifalarni
himoya qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi   bosqichda   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   saviyalariga   ko‘ra
tabaqalashtirish   ishlarini   tashkil   yetadi.   Bu   ish   yangi   materialni   berish,   uni
mustahkamlash  va takrorlash,  bilim, malaka va ko‘nikmalarni  nazorat  qilish  orqali
amalga   oshiriladi.   Bu   texnologiyada   uchta   tabaqalashtirishning   turli   darajadagi
qiyinchiliklari:  “A”,”V”,”S”  dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni
hal qiladi:
•   muayyan   darajadagi   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   yegallashni   ta
‘minlaydi;
•   talim   oluvchilarning   ma   ‘lum   darajadagi   mustaqilligini   ta’minlaydi;   “S”
dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar
fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S”
dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara
olishi lozim.
“V”   dasturi   mavzuni   qo‘llash   bilan   bog‘liq   masalalarni   yechish   uchun   zarar
bo‘lgan   o‘quv   va   aqliy   faoliyatining   umumiy   va   o‘ziga   xos   usullari   bilan   birga
yegallashni   ta’minlaydi.   Ushbu   dasturga   kiritiladigan   qo‘shimcha   ma’Iumotlar
birinchi   bosqich   materiallarini   kengaytiradi,   asosiy   bilimlarni   isbotlaydi,   namoyish
yetadi   va   oydinlashtiradi   hamda   tushunchalarning   amal   qilish   va   qo‘llanishini
ko‘rsatib   turadi.   «A»   dasturi   o‘quvchilarning   bilimlarini   to‘la   anglash,   ijodiy
qo‘llash   darajasiga   ko‘taradi.   Bu   dasturda   ijodiy   qo‘llash   istiqboli   tobora
takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning
mantiqiy   asoslanganligi   joylashtirilgan.   Materiallarni   takrorlashda   turli   darajadagi vazifalarni   yerkin   tiklash   metodikasi   qo‘llanadi.   Tabaqalashtirilgan   vazifalarni
nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.
Davlatimiz   rahbari   innovatsiyaning   ahamiyati   tog‘risida   quyidagilarni   ta’kidladi:
«Innovatsiya   bu   kelajak   degani.   Biz   buyuk   kelajagimizni   barpo   etishni   bugundan
boshlaydigan   bo’lsak,   uni   aynan   innovatsion   g‘oyalar,   innovatsion   yondashuv
asosida   boshlashimiz   kerak».   2018-yilda   respublikamizda   innovatsiyalarni
rivojlantirishning   asosiy   vazifalari   qatorida   quyidagilar   belgilandi:   «Kelgusi   yilda
ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy
resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya
va   ishlanmalarni   har   tomonlama   qo’llab   quvvatlash   vazifasi   e’tiborimiz
markazidabo’ladi»   Demak,   bugungi   kunda   har   bir   soha   va   tizim   faoliyatini
innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalar   asosida   olib   borish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.  Shu   jihatdan  mavzuga   kirishishdan   oldin   «innovatsiya»   so’zining  ma’nosiga
biroz   to’xtalishni   lozim   topdik.   Innovatsiya   tushunchasi   (lotincha   novus   yangi)
tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda qo’llanila boshlagan. Avval u alohida
elementlarni   bir   sohadan   boshqa   sohaga   kiritishni   ifodalagan.   Texnikaviy
yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib firmalar foyda olish uchun «innovatsion
siyosatni» butun bir tizim sifatid o’zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining
ixtiyoriy   bo’g‘inini   yangilash   bo’yicha   umumiy   belgilarga,   qonuniyatlar,   yangilik
kiritish   mexanizmiga   ega.   Innovatsion   texnologiyalar   pedagogik   jarayonda
o’qituvchi   va   talaba   faoliyatiga   yangilik,   o’zgartirishlar   kiritish   bo’lib,   uni   amalga
oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim
jarayonida   qatnashayotgan   har   bir   o’quvchining   faolligiga,   erkin   va   mustaqil   fikr
yuritishga   asoslanadi.   Bu   usullardan   foydalanganda   bilim   olish   o’quvchi   uchun
qiziqarli   mashg‘ulotga   aylanadi.   Interfaol   usullar   qo’llanilganda   o’quvchilar
o’qituvchilar   yordami   va   hamkorligida   mustaqil   ishlash   ko’nikma   va   malakalariga
ega   bo’ladilar.   O’quvchilar   yangi   bilimlarni   ilmiy   izlanish,   tadqiqotchilik,   tajriba
sinovlar   o’tkazish   asosida   o’zlashtiradilar.   Ilm   orqali   bilim   olish   tamoyiliga   amal
qilinadi.   Ta’lim   jarayoni   qatnashchilari   kichik   guruhlarga   bo’lingan   holda
ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir.
Hozirgi   paytda   darsning   xilma   xil   noan’anaviy   shakllari   joriy   etilmoqda.   Bunday
darslar   o‘quvchining   ijodiy   qobiliyatini   o’stirish,   aqliy   salohiyatini   kuchaytirish,
ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to’la qabul qila olish
ko’nikma   va   malakalarining   shakllanishiga   xizmat   qiladi.   Dars   jarayonida
innovatsion   texnologiyalarni   qo’llash   o‘quvchilarda   ilmiy   izlanishga   qiziqishni
uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan
bilim,   ko’nikma   va   malakalar   amaliy   faoliyatda   tatbiq   etiladi,   o’zlashtirish   sifati
oshadi.   Buning   uchun   o’qituvchi   mahoratli   bo’lishi   va   mavzularning   mazmuniga
qarab   darsni   to’g‘ri   rejalashtirishi,   mashg‘ulot   davomida   barcha   o‘quvchilarni   faol
va   ongli   ishlashlariga   erishmog‘i   lozim.   Zero,   o‘qituvchi   ta’lim   islohotining   bosh
ijrochisidir.   Bunda   har   bir   o‘qituvchini   qisqa   vaqt   ichida   juda   kata   miqdordagi
axborot   to’plamini   o’zlashtirish,   qayta   ishlash   va   amalda   qo’llay   olishga   o‘rgatish
muhim   ahamiyatga   ega.   Uni   hal   qilishda   o‘qituvchiga   o‘qitishning   an’anaviy
usullari   bilan   birga   zamonaviy   axborot   texnologiyalari,   jumladan   kompyuterlardan
foydalanish   yordam   beradi.   Pedagogik   innovatsiya   bu   pedagogik   g‘aoliyatdagi
yangilik,   o'qitish   va   tarbiya   mazmuni   va   texnologiyasidagi   o'zgarishlar,   ularning
samaradorligini   oshirishga   qaratilgan.Innovatsiya   -   innovatsiya   natijasi   sifatida
tushuniladi   va   innovatsion   jarayon   uchta   asosiy   bosqichning   rivojlanishi   sifatida
qaraladi:   g'oyani   yaratish   (ma'lum   bir   holatda,   ilmiy   kashg‘iyot),   amaliy   jihatlarda
g'oyalarni   rivojlantirish   va   yangiliklarni   amaliyotga   tatbiq   etish.Pedagogik
innovatsiyalab   samaradorligining   o’lchovi   sifatida   optimallik   o’qituvchi   va
o’quvchilarning   kafolatlangan   natijaga   erishishi   uchun   kuch-quvvat   sarflashlarini
taqozo   etadi.   Turli   o’qituvchilar   va   o’quvchilar   o’zlarining   shaxsiy   pedagogik
hamda o’quv faoliyatlari  jarayonida turlicha darajadagi  samaradorlikka  erishadilar.
Xuddi   mana   shuning   o’zi   pedagogik   innovatsiyalarning   optimallik   darajasini
belgilaydi.   Innovatsion   usullarning   eng   muhim   belgisi   sifatida   natijalanganlik
o’qituvchi   faoliyatida   ijobiy   yutuqlarga   erishilgandagina   namoyon   bo’ladi.
O’lchovlardagi   texnologiklik,   kuzatuvchanlik,   natijalarning   qayd   etilganligi
o’qitishning   yangi   usullari,   metodlarini   baholash   orqali   namoyon   bo’ladi.   Mazku o’lchovning   ahamiyatli   jihati   shaxs,   uning   idroki   va   tushunchalarini
shakllantirishning   bir   butunligida   namoyon   bo’ladi.   Shu   munosabat   bilan
innovatsion   jarayonni   ilmiy   g'oyani   amaliy   foydalanish   bosqichiga   olib   chiqish   va
shu   bilan   bog'liq   ijtimoiy   pedagogik   muhitdagi   o'zgarishlarni   amalga   oshirish
jarayoni   deb   hisoblash   mumkin.   G'oyalarning   innovatsiyaga   aylanishini
ta'minlaydigan   va   bu   jarayonni   boshqarish   tizimini   shakllantiradigan   faoliyat   bu
innovatsion   faoliyatdir.   Innovatsiya   jarayoni   rivojlanish   bosqichlarining   yana   bir
o'ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy
qo’llash   alohida   o’qituvchilar   ish   faoliyatining   boshlang‘ich   bosqichida   namoyon
bo’ladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan o’tkazilib, ob’ektiv baholangandan
so’ng   ommaviy   tarzda   qo’llash   uchun   taqdim   etiladi.   Keng   ommalashgan,   ijobiy
natijalarga   erishish   imkonini   beradigan   innovatsion   usullardan   foydalangan   holda
o’qituvchilarning   kreativ   funksiyalarini   rivojlantirish   maqsadga   muvofiq
hisoblanadi.Pedagogi   innovatsiyalarni   baholash   mezonlarini   bilish   o’qituvchining
pedagogik   ijodning   rang-barang   shakllarini   o’zlashtirishi   uchun   qulay   sharoit
yaratadi.   Pedagogik   madaniyatning   oddiy   esda   qolgan   bilimlarni   takrorlash
shaklidan   boshlab,   ilmiympedagogik   jamoatchilikka   ma’lum   bo’lgan   g‘oyalar,
konsepsiyalar, texnologiyalarni o’z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik,
kreativ   ishlab   chiqish   va   amaliyotga   joriy   etishga   qadar   bo’lajak   pedagoglarning
kundalik   harakati   mazmunini   tashkil   etishi   lozim.   Pedagogik   innovatsiyalarning
mazmuni,   uni   qo’llash   metodlarini   bo’lajak   o’qituvchilar   tajribasiga   singdirish
muhim   ahamiyatga   ega.   Ta’lim   muassasasi   hayotiga   pedagogik   innovatsiyalarni
keng ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy
psixologik   holatni   shakllantirish,   tashkiliy   metodik,   psixologik   xarakterdagi
choratadbirlarni kullash talab etiladi. Shu maksadda bulajak ukituvchilarning kreativ
funksiyalarini   rivojlantirish,   ularni   pedagogik   innovatsiyalar   bilan   izchil
kurollantirib   borish,   innovatsion   usullarni   tahlil   va   tatbiq   qilishga   o’rgatish
vazifasini   kuyish  lozim[2]. Pedagogika  fanida ta'lim   tizimidagi  yangilik  masalalari
muttasil mutaxassislar  tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq, ijtimoiy-pedagogik
yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, bir   tomondan,   nisbatan   yaqinda   tez   rivojlanayotgan   ijtimoiy   pedagogika   fan   va
amaliy   faoliyat   sohasi   sifatida   nisbatan   yaqinda   paydo   bo'lganligi   sababli,   boshqa
tomondan,   ta'limni   markazsizlashtirish   va   mintaqalashtirishning   ijtimoiy
tendensiyasining   nisbiy   yangiligi   bilan   bog'liq.   Bundan   tashqari,   xususiy,   to'g'ri
pedagogik   (masalan,   uslubiy)   yangiliklarning   samaradorligi,   agar   ular
ijtimoiypedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past
bo'ladi.   Shunday   qilib,   xususiy   innovatsiyalar   va   ijtimoiy-pedagogik   yangiliklarni
qo'llabquvvatlovchi   ijtimoiy-pedagogik   kontekstni   yaratish   ham,   ma'lum   hajm,
miqyos va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada
kuchaytirishi   mumkin.   Xususan,   turli   xil   innovatsion   jarayonlarning   hayotiy
davrlarini   o'rgan   pedagogik   innovatsiyalar   sohasi   mutaxassisi   V.I.Zagvyazinskiy
ta’kidlashicha   yangilikni   rivojlantirish   natijasida   ijobiy   natijalarga   erishgan   holda,
o'qituvchilar   uni   asossiz   ravishda   uni   universallashtirishga,   uni   pedagogik
amaliyotning   barcha   sohalariga   tatbiq   etishga   intilayotganliklarini   ta'kidlaydilar.
Ko'pincha muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi va umidsizlikka olib keladi, yangilikka
soviydi.Boshqa   bir   tuzilmani   (hozir   aytilganiga   juda   yaqin)   aniqlash   mumkin.   Bu
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar nazariyasidan olingan innovatsiya
genezisining tuzilishi. Ammo o'quvchi yetarlicha rivojlangan tasavvurga ega bo'lsa,
maktabdagi   innovatsion   jarayonlarga   o'tish   juda   qulay:   g'oyaning   paydo   bo'lishi   -
rivojlanishi   -   dizayn   (qog'ozda   nima   bor)   -   ishlab   chiqarish   (ya'ni   amaliy   ishda
o'zlashtirish)   -   boshqa   odamlar   tomonidan   foydalanish.   Yuqoridagilardan   tashqari
har   qanday   innovatsion   jarayonda   yangiliklarni   yaratish   va   yangiliklardan
g‘oydalanish   (o'zlashtirish)   kabi   tuzilmalarni   ko'rish   oson;   bir-biri   bilan   bog'liq
bo'lgan   mikroinnovatsion   jarayonlardan   iborat   bo'lgan   butun   maktabning
rivojlanishi   asosida   yotadigan   murakkab   innovatsion   jarayon.   O’qituvchilarda
ijodkorlikni shakllantirishning muhim  pedagogik sharti  uni  mustaqil  bilim  olish va
ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida
ijodiy  muhit,  muayyan   ma‘naviy-ruhiy  holat,  tashkiliy,   metodik,  psixologik  chora-
tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim. Barkamol   avlod   tarbiyasi   mamlakatimizda   avvalo   o'qituvchilar   zimmasiga
yuklatilgan   eng   oliyjanob   vazifadur.   Birinchi   prezidentimiz   I.A.Karimov   oliy
majlisining   IX   sessiyasida   so'zlagan   nutqida   shunday   dedi:   "Biz   komil   inson
tarbiyasining   davlat   siyosatining   ustuvor   sohasi   deb   e'lon   qilganmiz.   Komil   inson
deganda   biz,   avvalo,   ong   yuksak,   mustaqil   fikrlay   oladigan   xulq-atvori   bilan
o'zgalarga ibratli, bo'ladigan bilimli  ma'rifatli kishilarni  tushunamiz". Komil inson,
o'qituvchining   mashaqqatli   mehnatining   namunasidur.   Sharq   allomalari   ilmiy
meroslarida   ham   komil   inson   tarbiyasi   doimo   munozarali   mavzu   bo'lib   kelgan.
Tarbiyalash va o'qitish, garchi ilm- fan ularni farqlasada, bir-biriga bog'liq va ko'p
umumiylikka   ega.   Shu   ma'noda   uzoq   tarixga   ega   millatimiz   “ta'limni   tarbiyadan,
tarbiyani   esa  ta'limdan  ajratmagan  -  bu sharqona  qarash,  sharqona  hayot  falsafasi”
(I.A.Karimov).   O'qitishning   mazmunini,   asosan,   dunyo   haqidagi   bilimlar   tashkil
etadi. Tarbiyaning mazmunida qadriyatlar, qoidalar, ma'naviy boyliklar ustun qiladi.
O'qitish,   asosan,   aql-idrokka   ta'sir   ko'rsatadi,   tarbiyalash   esa   birinchi   navbatta,
shaxsning   iste'mol   sohasiga   aylangan.   Ikkala   jarayon   shaxsning   ong   va   hulq-
atvoriga birdek ta'sir ko'rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik
yaqin   bo'lishiga   qaramay,   bu   o'ziga   hos   jarayonlar   bo'lib,   ilm-fan   ularni   tarbiya
nazariyasida va didaktik (ta'lim jarayoni) da alohida ko'rib chiqadi. Bunda o'qituvchi
tomonidan   zamonaviy   shart-sharoitlarga   asoslangan   holda   uslubiy   tamoyil   va
ayniqsa dolzarb hisoblangan butun pedogogik jarayonning yaxlitligi  ta’minlanadi.
Tarbiyaning tizimligi - tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki
tarbiyaviy   jarayonlar   bir   nechta   tizimlarning   turli   xususiyatlaridan   iborat.   Aytish
mumkinki,   tarbiyaviy   jarayonlar   -   bu   tarbiyaviy   tizim   holatlarining   ketma-ket
almashinuvidir.   Tarbiyaviy   jaroyonni   tizimli   ravishda   ko'rib   chiqish,   tizim   va
jarayonning   tuzulmaviy   xususiyatlarini,   shuningdek,   ular   o’rtasidagi   funksional
aloqalarning   ajratib   ko'rsatilishini   ifodalaydi.   O'qituvchi   uchun   har   bir   tarbiyaviy
uslubning   o'ziga   hos   xususiyatini,   mohiyatini,   birining   boshqasiga   ta'siri   natijasida
o'zgarishini   anglab   yetishi   muhum   ahamiyat   kasb   etadi.   Masalan,   tarbiyalash
maqsadi   uning   mazmunini   belgilab   beradi,   tarbiya   ko'rganlik   darajasini   esa
tarbiyalash   usullarini   tanlashga   ta'sir   ko'rsatadi   va   hakazo.   Tarbiyaning texnologiyaviyligi   ta'lim   muassasalarida   tarbiyaviy   masalalarni   amalga   oshirish   va
unga   erishishga   sharoit   yaratadi,   nazariy   asoslangan   uzluksiz   davom   etadigan
tarbiyalash   jarayoning   shakllari,   metodlari,   usulari   va   vositalarini   o'qituvchi   tog'ri
tanlab   natijalarga   erishishni   ta’minlab   beradi.   U   ilmiy   loyihalashtirish   asosida
amalga   oshiriladi,   modellashtirishda   tarbiyaviy   maqsadlar   bir   xil   ma'noda   beriladi
va   o'qituvchi   tomonidan   insonning   shaxsiy   xususiyatlari   va   sifatlarini
rivojlantirishning   muayyan   bosqichlarini   abyektiv   bosqichda   o'lchash   va   baxolash
imkoniyatlarini   yaratadi.   O'qituvchining   tarbiyaviy   maqsadlarini   to’g’ri   tanlash   va
alyutariestik   (ko'ngilchanlik)   xarakterga   ega   bo'lmaslik   lozim.   U   pedogogikan
uslubiyoti va jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar , ushbu jarayon yuzasidan qabul
qilingan   maxsus   qonun   va   qoidalar   asosida   belgilanadigan   maqsadlar   va   milliy
qadriyatlar   to’g’risidagi   falsafiy   tasavvurlar   va   shuningdek,   jamiyat   va   davlat
taraqqiyotining   ijtimoiy-   iqtisodiy   siyosiy   va   o'ziga   xos   xususiyatlari   bilan
belgilanadi.
Tarbiya   texnologiyasida   o'qituvchi   tomonidan   belgilanadigan   maqsadlar   turli
darajada bolishi va bosqichma-bosqich bir-biriga bo'ysinishi va ketma-ket bajarilishi
mumkin. Biron tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati – davlat maqsadlari, ijtimoiy
buyurtmalardan   kelib   chiqishi   lozim.   Aytish   mumkinki,   asosiy   daraja   mamlakatda
inson   va   uning   fuqorolari   qadr-qimmati   to’g'risidagi   ijtimoiy   tasavvurlarni   aks
ettiradigan   maqsadlardur,   ular   mutaxassislar   tomonidan   ishlab   chiqiladi,   hukumat
tomonidan   qabul   qilinadi,   qonunlar   va   boshqa   hujjatlarda   qayd   etiladi.   Keyingi
daraja- ta'lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya'ni davlat ta'lim
standartlari,   maxsus   ta’lim   tizimlarining   va   ta'lim   maqsadlarining   bosqichlari.   Eng
quyi   daraja-   muayyan   yoshdagi   kishilarning   maqsadning   birligi.   Shaxsni
shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma'naviy va ahloqiy
hislatlarga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tasodifiy harakatlar orqali
emas,   balki   oldindan   belgilangan   va   puxta   o'ylab   tuzilgan   tarbiyaviy   maqsadlar
asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari,
shaxsning o'z -o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb
etadi.   Shunday   ekan,   o'qituvchining   tarbiyalash   maqsadlarining   to'g'ri   belgilash   va yo'lga   qo'ya   olishga   g'oyaviy   yondashuv   ijtimoiy   buyurtma   asosida   belgilanib,
amalga   oshirilishda   shart   sharoitlar   yaratish   talab   etiladi.     Maktabgacha   ta'lim
jurnali:   Uzluksiz   faoliyatli   tarbiyaviy   jarayon   tarbiya   texnologiyalarining   asosiy
tarbiyaviy   qismlaridan   biri   bo'lib,   ta'limning   uzluksizligini   va   nafaqat   ta'lim
muassasalarida   balki   tarbiya   oilada   ijtimoiy   va   geografik   muhitda   mahallada   olib
borilishin   bildiradi.   Zero   ota-ona   avlod   ajdodlarga   xos   bo'lgan   nutq,   tafakkur,
mehnat, ijod qilish qobilyati va boshqa iste'dot  allomalarining irsiyat  orqali bolaga
o'tishi   orqali   ta’minlovchi   biologik   omillarning   hamda   insonga   ijobiy   yoki   salbiy
ta'sir   ko'rsatish   mumkin   bo'lgan,   shaxsning   shakllanishiga   ta'sir   etuvchi   oila,
maktab, do'stlar va tengqurlar kabilarni o'z ichiga oluvchi mikromuhitning uzluksiz
tarbiyaviy   jarayonida   ta'siri   beqiyosligi   olimlarimiz   tomonidan   e'tirof   etilgan.
Ayniqsa,   oila   muhiti   shaxsni   shakllanishida   o'ziga   xos   muhim   tarbiyaviy   maskan
bo'lib,   nihoyatda   keng   tarmoqli   tarbiyaviy   ta'sir   etish   quvvatiga   ega.   Ota-onaning
tarbiyalanganligi   va   tarbiyaviy   tajribalarni   mukammal   bilishi,   bola   tarbiyasida
doimiy   nazorat   va   javobgarlik   hissi   o'zbek   oilasi   uchun   eng   qadrli   burch   sifatida
e'zozlanadi.   Bularning   barchasi   tarbiyalanuvchi   subyektga   nisbatan   komil   inson
shaxsiga   xos   sifatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan.Tarbiyaviy   jaroyonni
modellashtirishda   o'quvchilarning   hayoti   va   faoliyatini   ta'lim   muassasalarida
pedagogik jihatdan to’g'ri uyushtirish uchun ularning tashqi ta'sir etuvchi omillariga
nisbatan   ta'sirchan   munosabatda   bo'lishini   unutmaslik   kerak.   Pedagog   va   psixolog
olimlarning tadqiqotlari  shuni  ko'rsatadiki, shaxsga  tashqi  omillarning o'zaro ta'siri
avvalo   o'quvchilarning   o'zaro   munosabatiga   bog'liq.   O'quvchilarning   tarbiyaviy
faoliyatini   uyushtirayotganda   o'qituvchi   yoki   tarbiyachi   tashqi   ta'sir   etuvchi
omillarga   nisbatan   tarbiyalanuvchining   munosabatini,   kechinmalarini,   qanday
anglashni   baholashni   ulardan   o'zi   uchun   nimalarni   olayotganini   bilishi   zarur.
Ijtimoiy   jarayonda   faol   ishtirok   etish   orqali   o'quvchilarning   mustaqilligi,   ijodiy
tashabbuskorligi   ortib   boradi.   Ushbu   faoliyatini   modellashtirishda   o'qituvchi
o'quvchilar jamoasining manfaati talab va istaklarini inobatga olishi zarur. Bola o'z
xulqi xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach emas balki
umumiy ishining faol qatnashchisi bo'lib qoladi. Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki   va   tashqi   qarama   qarshiliklarni   bartaraf   etishga   yordam   beradi.   Jamiyatda
axborot   kommunikatsiyon   texnologiyalarining   jadal   sur'atlarda   rivojlanib   borishi
natijasida o'quvchilar ko'p vaqtlarini ta'lim va tarbiyaga umuman aloqasi bo'lmagan
kommunikatsiyon   texnologik   ma'lumotlarga   sarflamoqdalar   (mobil   telefonlar,
internet,   kompyuter,   DVD,   Filmfare   va   boshqalar)   ushbu   vositalardan   oqilona
foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish, taqiqlangan texnik vositalardan foydalanishni
man   etish,   ularni   nazorat   etish   o'qituvchi   va   ota-onalarning   hamkorligidagi
vazifalariga   kiradi.   O'quvchilarning   ko'p   vaqtlarini   olayotgan   keraksiz   texnik
ma'lumotlarni   bartaraf   etish   uchun   faqat   modellashtirish   asosida   ish   olib   borish
mumkin.   Xulosa   qilib   aytganda,   o'qituvchining   tarbiyaviy   rejasida   ushbu
muammolar   yuzasidan   turli   mavzudagi   suxbatlar   uyushtirish   rejasi   o'rin   olishi
lozim. O'qituvchi har tomonlama oqil va oqila bo'lishi lozim. Dars jarayonida o'tkir
zehinli,   tartibli   bo'lmog'i   lozim,   shundagina   o'quvchi   yoshlarning   diqqat   e'tiborini
darsga qarata oladi. Kelajak avlod har tomonlama bilimli, barkamol bo'lmog'i lozim.   Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   A.   Abduqodirov,   R.   Ishmuhammedov   "Ta'limda   innovatsion
texnologiyalar".
T.: Fan, 2018. 123 bet.
2.   Texnologiya   ta'limi   strategiyalarini   rivojlantirish   ta'limi   bo'yicha
MAJMUA
Toshkent   -2017.

Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda “ Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. Reja: 1.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik- psixologik shart- sharoitlari, mediata’limni yo‘lga qo‘yish. 2.Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. 3. Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni.

Kalit so’zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy,metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish. Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda mediata’limni yo‘lga qo‘yish. Boshlang’ich ta`lim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish- ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir: •boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; •boshlang’ich ta`lim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish; •ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish; •boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash; •boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish; •boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash. - boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi: 1.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.

2.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi. 3.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish. 4.Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish. 5.Yangi tajribalarni ommalashtirish. 6.Nazariy va amaliy faoliyat birligi. 7.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: 1.obektiv omillar: •boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi; •Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan ta`minlanganligi; •boshlang’ich ta`lim darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi; 2.Subektiv omillar: •Boshlang’ich ta`lim limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi. •ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror topganligi; •kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari; •ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;

•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari; •ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi; •PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib borish va hokazolar. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi: •Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi; •pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining yuqori darajasi. Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir. Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni,

ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerakonsepsiya Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy- madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada,