logo

DAVLAT MOLIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.1669921875 KB
DAVLAT MOLIYASI
Reja:
1. Davlat moliyasi    .  
2. Davlat daromadlari    .  
3. Davlat xarajatlari    .  
4. Davlat     q   arzlarining mohiyati va ahamiyati    .  
5. Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi    .  
6. Davlat qarzlarini boshqarish    .  
  1. Davlat moliyasi
Davlat   moliyasi   mamlakat   moliya   tizimining   asosiy   sohasi   bo’lishi
bilan   bir   qatorda   u   davlatni   o’z   oldida   turgan   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy   va
ekologik   funksiyalarini   amalga   oshirishda   moliyaviy   resurslar   bilan   ham
ta’minlab turadi. 
Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati  – bu yalpi ichki mahsulotning
qiymatini va milliy daromadning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonida   davlat   va   davlat   korxonalari   ixtiyorida   markazlashgan   va
markazlashmagan   moliyaviy   resurslarning   shakllanishi   va   ulardan
kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish   bilan   bir   qatorda   jamiyatning   o’sib
borayotgan ijtimoiy, madaniy tadbirlarida foydalanishdagi pul munosabatlari
yig’indisidir.   Mazkur   sohadagi   pul   munosabatlarining   subyektlari   bo’lib
davlat,   korxonalar,   birlashmalar,   muassasalar   va   keng   aholi   qatlami
hisoblanadi. 
Davlat moliyasining iqtisodiy tuzilishi tom ma’noda bir xil emas, u bir-
biriga   bog’liq   bo’lgan   bo’g’inlardan   tashkil   topsada,   lekin   bajarayotgan
funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladigan bo’g’inlar yig’indisidan iboratdir.
Davlat   moliyasi   sohasining   bo’g’inlariga   davlat   byudjeti,   byudjetdan
tashqari fondlar, davlat krediti va davlat korxonalari moliyalari kiradi. 
Respublikamizda   davlat   byudjetining   tuzilishi   ikki   bo’g’inlidir   –   bu
Respublika   byudjeti   va   mahalliy   byudjetlar   yig’indisidan   iborat.   Respublika
byudjetidan   asosan   jamiyat   ahamiyatiga   molik   bo’lgan   chora-tadbirlar
moliyalashtiriladi,   jumladan,   markazlashtirilgan   investisiyalar,   mudofaa
xarajatlari,   boshqaruv   xarajatlari.   Respublika   byudjetidan   mamlakat
miqyosidagi iqtisodiy–ijtimoiy masalalar ijobiy hal qilinishiga qaratilgan. 
Bozor   iqtisodiyoti   byudjet   munosabatlarida   mahalliy   byudjetlarga
asosiy   urg’u   berilishini   talab   etadi.   So’nggi   paytlarda   mahalliy   hokimiyat organlarining ko’pgina sohalardagi mustaqilligi asosan mahalliy ahamiyatga
ega bo’lgan muhim chora-tadbirlarning o’z vaqtida to’liq moliyalashtirilishini
jadallashtiradi.   Jumladan,   hududiy   infratuzilmani   tashkil   qilishda,   mehnat
resurslarining qayta tiklash, aholining mehnat farovonligini oshirishga xizmat
qiladigan ijtimoiy tadbirlar va hakozolar. Davlat moliyasi sohasining tarkibiy
qismidan biri bu byudjetdan tashqari fondlardir. 
Har   bir   darajadagi   byudjetdan   tashqari   fondning   asosiy   maqsadi   –   bu
ayrim   maqsadli   chora-tadbirlarni   maxsus   ajratmalar   va   boshqa   manbalari
evaziga moliyalashtirishdir. 
Byudjetdan   tashqari   fondlar   funksional   maqsadlarini   vazifalari   kabi
boshqarish   darajasida   ham   xilma-xildir.   Funksional   maqsadlari   bo’yicha
ularni   iqtisodiy   yoki   ijtimoiy   xarakterga   ega   bo’lgan   fondlarga   ajratish
mumkin.   Boshqarish   darajasi   bo’yicha   esa,   byudjetdan   tashqari   fondlarni
davlat va mahalliy ahamiyati bo’yicha ajratish mumkin. 
Byudjetdan tashqari fondlar respublika va mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan   boshqarilsada,   o’ziga   xos   moliyaviy   siyosatga   va   mustaqillikka
egadirlar. Byudjetdan tashqari fondlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular
oldindan   ma’lum   bir   maqsadga   yo’naltiriladi   va   faqat   shu   yo’nalishlarda
foydalaniladi.   Byudjetdan   tashqari   fondlar   tarkibiga:   davlat   Pensiya   fondi,
davlat aholisini bandligiga ko’maklashish fondi, davlat yo’l fondi va boshqa
fondlar kiradi. 
Davlat   moliyasining   xarakterli   bo’lagidan   biri   bu   davlat   kreditidir.
Davlat   kreditining   mazmuni   shundaki,   bu   davlat   o’z   xarajatlarini
moliyalashtirish uchun aholining, xo’jalik subyektlarining ortiqcha moliyaviy
resurslarini   vaqtincha   foydalanishidir.   Demak,   bu   yerda   davlat   qarz
bermasdan,   balki   qarz   olishidir.   Davlat   kreditidan   foydalanish   uchun
hukumat   moliyaviy   bozorga   jismoniy   va   yuridik   shaxslarga   mo’ljallangan
zayomlar,   qisqa   muddatli   obligatsiyalar,   g’aznachilik   majburiyatlari   va boshqa   turdagi   davlat   qimmatli   qog‘ozlarini   muomalaga   chiqaradilar.
Mamlakat   hayotida   davlat   krediti   iqtisodiyotni   barqarorlashtirish   va
moliyaviy sog’lomlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Muomaladan pul oqimini
sustlashishini   oldini   olishga   xizmat   qiladigan   davlat   krediti   pul
muomalasidagi aylanishini tezlashtiradi. 
Davlat   moliyasi   tarkibida   respublika   va   mahalliy   darajada   tashkil
etilayotgan   byudjetni   o’zaro   bog’liqliklari   muhim   ahamiyatga   ega.   Byudjet
munosabatlari yordamida davlat tuzimlari ixtiyorida moliyaviy usullari bilan
qayta   taqsimlanayotgan   milliy   daromadni   asosiy   qismi   yig’iladi.   Turli
darajadagi byudjetlar – respublika, mahalliy har biri o’ziga tegishli ravishda
respublika   va   mahalliy   hukumat   boshqaruv   organlarining   faoliyatini
moliyaviy   bazasidir.   Bozor   islohotlari   sharoitida   bu   byudjetlar   o’zaro
bog’langan.   Byudjet   daromadlar   va   xarajatlar   tarkibidagi   har   bir   darajasini
belgilanishi respublika va mahalliy davlat hukumat boshqaruv organlarining
orasidagi funksiyalarini bir-biridan chegaralanishiga bog’liq. 
Davlat   umumiy   funksiyalarini   amalga   oshirish   uchun   respublika
byudjetini   tashkil   etadi.   Respublika   byudjeti   butun   respublika   miqyosida
iqtisodiy   va   ijtimoiy   vazifalarni   to’g’ri   hal   etishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Uning   resurslarini   maqsadi   makroiqtisodiy   darajada   o’z   funksiyalarini
bajarish uchun bog’liq bo’lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir, hamda
uni   yordamida   iqtisodiyotni   barqarorlash,   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishga
yo’naltirilgan umumdavlat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ta’minlanadi. 
Byudjet munosabatlari tizimida mahalliy byudjetlarga muhim ahamiyat
berilmoqda.   Ular,   iqtisodiy   jarayonlarni   tartibga   solishda,   ishlab   chiqarish
kuchlarini   joylashtirishda,   hududiy   infratuzilmani   tashkil   etishda,   mehnat
resurslarini   takror   ishlab   chiqarish   uchun   moliyalashtirishda   va   boshqalarda
ta’sirini   ko’rsatib,   borgan   sari   ko’proq   ishlatilmoqda.   Ijtimoiy   rejalarni amalga   oshirishda   va   o’sib   borayotgan   ijtimoiy   xarajatlarni
moliyalashtirishda ham mahalliy byudjetlar muhim ahamiyatga ega. 
Umumdavlat   moliyasi   korxona   moliyasi   bilan   uzviy   ravishda
bog’langan.   Bir   tomondan   moddiy   ishlab   chiqarish   natijasida   vujudga
kelayotgan   milliy   daromad   byudjet   daromadlarining   asosiy   manbaidir.
Ikkinchi   tomondan,   keng   takror   ishlab   chiqarish   tashkil   topilishida   faqat
korxonalarni o’z mablag’laridan emas, balki umumdavlat pul mablag’larining
fondlari,   byudjetdan   ajratmalar   shaklida   va   bank   kreditlaridan   foydalanib
amalga   oshiriladi.   O’z   mablag’lari   yetishmaganda,   korxona   boshqa
korxonalarning   mablag’lari   bilan   aksionerlik   asosida   hamda   qimmatli
qog‘ozlar   (zayom   mablag’lari)   bilan   operatsiyala r   bazasida   foydalanishi
mumkin. 
2. Davlat daromadlari
Davlat   va   davlat   korxonalari   ixtiyorida   moliyaviy   resurslarni
shakllantirish   bilan   bog’liq   bo’lgan   moliyaviy   munosabatlar   yig’indisiga
davlat daromadlari  deyiladi. 
Davlat   ixtiyorida   shakllanayotgan   moliyaviy   resurslar   majmuasi
markazlashgan   pul   resurslari   va   davlat   korxonalari   ixtiyoridagilar   esa,
markazlashmagan pul fondlaridir.  Markazlashgan davlat daromadlari asosan
soliqlardan, ajratmalardan va tashqi iqtisodiy faoliyat daromadlaridan tashkil
topadi.   Korxonalar   o’zlarining   daromad   va   jamg’armalaridan
shakllanayotgan   moliya   resurslari   yig’indisi   markazlashmagan   pul
daromadlarini tashkil etadi. 
Davlat   daromadlarini   ikkiga   bo’lishdan   maqsad,   hozirda   umumdavlat
va   jamoa   iste’mollarini   qoplash   qanday   amalga   oshirilishini   nazorat   qilish
bilan bog’liqdir.  Davlat   moliyasining   asosiy   daromad   manbai   bo’lib   milliy   daromad
hisoblanadi. Ammo, ayrim hollarda, ya’ni behosdan urush, tabiy ofat va h. k.
lar paytida davlat daromadi manbai bo’lib oldin jamg’arilgan milliy boyliklar
(oltin   zahira,   pullik   xususiylashtirish)   ham   bo’lishi   mumkin.   Davlat
daromadiga   moliyaviy   resurslar   jalb   etishni   shartli   holatda   uchta   guruhga
bo’lish mumkin: 
1. Umumdavlat   va   mahalliy   soliqlar   hamda   soliq   funksiyasini
bajaruvchi majburiy to’lovlar. 
2. Davlat zayomlari. 
3. Qog‘oz pullar emissiya qilish. 
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo’lib soliqlar
xizmat   qiladi.   Soliqlar   asosan   fiskal,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   ahamiyatni   kasb
etadi. Hukumatga kerak bo’lgan moliya resurslarini shakllantirib borish bilan
soliqlar fiskal funksiyasini kasb esa, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish
maqsadida   ayrim   tarmoqlar   iqtisodiyotiga   molik   imtiyozlarni   berish   bilan
iqtisodiy yo’nalish kasb etiladi va nihoyat kam daromadli aholini soliqlardan
ozod qilish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi. 
Davlat   daromadini   davlat   zayomlari   orqali   ta’minlash   nafaqat   byudjet
taqchilligini   moliyalashtirishga   balki,   rang-barang   kapital   xarajatlarga,
iqtisodiyotning   davlat   sektoriga   yo’naltiriladi.   Davlat   zayomlaridan
foydalanishga asosan moliyaviy tanglik davrlarida keng yondoshiladi, ayrim
hollarda   esa,   uning   miqdori   soliqlarga   nisbatan   ham   oshib   ketishi   mumkin,
chunki soliqlar sonini va stavkalarini oshirish  salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. 
Davlat   daromadlari   tushunchasini   mazmunan   ifoda   etgan   pul
munosabatlarining obyekti bo’lib, turli bosqichlarda va taqsimlash davrlarda
har   xil   moliyaviy   shakllarda   ifodalangan   ijtimoiy   mahsulotning   qiymatidir.
Masalan, davlat korxonalarida taqsimlash obyekti bo’lib, mahsulot sotishdan tushadigan   daromad   va   quyidagi   tarkibiy   elementlaridir:   foyda,   ijtimoiy
sug’urtaga   ajratmalar,   amortizasiya   ajratmalari   va   boshqalar.   Byudjet
munosabatlarini   obyekti   sifatida   quyidagi   shakllar   ko’rilishi   mumkin:   foyda
va   ish   haqi,   byudjet   daromadlarini   tashkil   etish   manbai   bo’lgan   soliq
to’lovlari.   O’z   navbatida   davlat   krediti   munosabatlarining   obyekti   bo’lib
korxonalarni   vaqtincha   bo’sh   bo’lgan   moliyaviy   resurslari   va   aholini
jamg’armalaridir. 
Davlat   daromadlarini   tashkil   etishni   asosiy   manbai   bu   milliy
daromaddir. 
Milliy   daromad   deganimizda,   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida   bir
yilda yangidan hosil qilingan qiymat yoki yalpi ijtimoiy mahsulotning ishlab
chiqarish   jarayonida   iste’mol   qilingan   ishlab   chiqarish   vositalari   qiymati
chegirib tashlangandan so’ng qolgan qismini tushunamiz. 
Milliy   daromad   moddiy   ne’matlar   ishlab   chiqariladigan   sharoitlarda
jonli   mehnat   tomonidan   yaratilib,   ham   qiymat-pul,   ham   moddiy-buyum
shakliga ega bo’ladi. Milliy daromaddan xalq iste’moli va ishlab chiqarishni
kengaytirish   maqsadlarida   foydalaniladi.   U   xalq   xo’jaligining
umumlashtiruvchi hamda xalq turmush farovonligining asosiy ko’rsatkichi. 
Davlat daromadlari hamma manbalarini ikki  guruhga  ajratish  mumkin
–   ichki   va   tashqi.   Ichkiga,   davlatni   ichida   vujudga   kelgan   va   davlatni   o’z
funksiyalarini   amalga   oshirish   uchun   foydalanadigan   milliy   daromad   va
milliy   boyliklar   kiradi.   Tashqiga   esa,   davlat   zayomlari   shaklida   boshqa
davlatni   milliy   daromadi   va   ayrim   hollarda   milliy   boyligi   kiradi,   agar   ular
davlat   zayomlari   shaklida   qarzga   olinsa   yoki   reparasion   (urushda   ko’rilgan
zararlarni   qoplash   uchun   yig’ilgan   va   urush   chiqishiga   sababchi   bo’lgan
davlat   tomonidan   yengan   davlatga   to’lanadigan   tovon)   to’lovlar   shaklida
bo’lsa.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   davlat   daromadlarini   yig’ish   uchun asosiy   usullaridan   biri   –   bu   turli   ko’rinishlardagi   soliqlar,   zayomlar   va
emissiyadir. 
Davlat daromadlarini yig’ish usullaridan biri – bu emissiyadir va faqat
qog‘oz   pullar   emas,   balki   kredit   emissiyasi   ham.   Soliq   va   zayomlardan
tushgan   daromadlar   o’sib   borayotgan   xarajatlarni   qoplamagandagina   va
moliyaviy   bozorda   yangi   zayomlarni   chiqarish   uchun   noqulay   ahvol
tug’ilganda   davlat   emissiyaga   murojaat   qiladi:   ham   qog‘oz   pul,   ham   kredit
emissiyasi. 
Davlat  daromadiga   moliyaviy  resurslarni   emissiya  hisobiga   jalb  qilish
eng   noiloj   paytlarda   amalga   oshiriladi.   Qachonki   soliqlardan   tushadigan
daromadlar va zayomlar davlat xarajatlarini qoplay olmasa, ya’ni moliyaviy
bozorda   davlat   qimmatli   qog‘ozlarni   joylashtirish   imkoniyati   bo’lmagan
taqdirda  qog‘oz  pullar  emissiya  qilinadi.  Qog‘oz  pullar  emissiyasi  qachonki
xo’jalik subyektlari ishlab chiqarish aylanmasi bilan bog’liq bo’lgan taqdirda
iqtisodiy samara beradi. 
Agarda byudjet taqchilligini qoplash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni
qoplash   maqsadida   qog‘oz   pul   emissiyasi   amalga   oshirilsa,   milliy
valyutaning qadrsizlanish jarayoni tez sur’atlar bilan ko’tariladi. Pirovardida
daromadi cheklangan aholi qatlami bundan  qattiq moliyaviy aziyat chekadi. 
3. Davlat xarajatlari
Markazlashgan   va   markazlashmagan   davlat   daromadlarini   foydalanish
bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlarga  davlat xarajatlari  deyiladi. 
Davlat   xarajatlarining   xususiyatli   tomoni   davlat   sohalari   moliyaviy
resurslar   bilan   ta’minlash   tadbirlari   ila   ajralib   turadi.   Davlat   xarajatlarining
mazmuni,   xususiyati   bevosita   davlatning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,
ekologik, boshqaruv va mudofaa funksiyalari bilan bog’liqdir.  Mamlakatimizda davlat xarajatlarining asosiy qismi aholining ijtimoiy-
iqtisodiy   ehtiyojlarini   qondirishga   yo’naltirilmoqda.   Bugungi   kunda   mazkur
sohaning   60%   dan   ortig’i   davlat   byudjeti   va   byudjetdan   tashqari   fondlar
hisobiga moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda nodavlat
sektoridagi   korxonalar   o’z   daromadlarini   bir   qismini   ishchi   va
xizmatchilarning   ijtimoiy-madaniy   tadbirlariga   yo’naltirilsa,   ularga   nisbatan
davlat iqtisodiy rag’batlantirish usullarini qo’llamoqda. 
Davlat   xarajatlari   ichida   tarmoqlar   iqtisodiyotini   iqtisodiy
rivojlantirishda   ham   tubdan   o’zgarishlar   sodir   bo’ldi.   Faqat   ayrim   hollarda,
agarda   umumjamiyat   uchun   ustivor   ahamiyatga   ega   bo’lgan   taqdirdagina
yangi qurilishlarga davlat mablag’lari xarajat qilinmoqda. 
Davlat   xarajatlarining   ma’lum   bir   qismini   davlat   boshqaruvi   va
mudofaa   xarajatlari   tashkil   etadi.   Ammo,   moliya   siyosatining   asosiy
yo’nalishi   ushbu   maqsadlarga   davlat   xarajatlarini   bosqichma-bosqich
qisqartirishdir   va   yo’naltirilayotgan   mablag’lardan   ham   oqilona
foydalanishdir. Zero, mudofaa xarajatlarini kamaytirish ayrim hollarda davlat
kompetensiyasida   bo’lmasada,   lekin   boshqaruv   xarajatlarini   kamaytirish
davlat ixtiyoridadir. 
Davlat   xarajatlari   deb,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish   va
takomillashtirish,   xalq   farovonligini   oshirish,   butun   jamiyatni   boshqa
ehtiyojlarini qondirish maqsadida rejali taqsimlash va qayta taqsimlash bilan
bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. 
Davlat xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy manba davlat byudjetida
markazlashgan   yoki   korxona   va   tashkilotlar   ixtiyorida   bo’lgan   jamiyatning
sof   daromadlaridir.   Davlat   xarajatlarining   asosiy   qismi   aholidan   soliq
to’lovlar   sifatida   tushgan   mablag’lar   hisobidan   moliyalashtiriladi.   Bundan
tashqari   davlat   xarajatlari   uzoq   muddatli   bank   kreditlari,   korxonalar   va
tashkilotlarning boshqa daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.  Davlat   xarajatlarini   tartibga   solinishi,   ularni   rejalashtirish   hamda
mablag’   ajratish   va   mablag’lardan   foydalanish   usullariga   qat’iy   rioya   qilish
orqali erishiladi. 
Iqtisodiyotni   mutanosib   ravishda   rivojlanishini   va   xalqni   moddiy   va
madaniy   hayot   darajasini   ko’tarish   maqsadida   davlat   umumiy   ijtimoiy
mahsulotni va milliy daromadni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda
viloyatlar orasida to’g’ri taqsimlash va qayta taqsimlashni vakolatli organlar
tomonidan   olib   boradi.   Davlat   rejalashtirishining   asosiy   usuli   bo’lib   –
balansli   usul   hisoblanadi.   Bu   degani   korxonalar   va   tashkilotlarga   o’z
moliyaviy   resurslaridan   foydalanishida   keng   vakolat   berilishi   bilan
markalashgan moliyalashtirishni uzviy birligiga erishishdir. 
Davlat   xarajatlarining   tashkiliy   tuzilishi.   Davlat   xarajatlarni   o’zaro
chambarchas   bog’langan   konkret   turlarini   majmui   davlat   xarajatlarining
tizimini   ifodalaydi.   Bu   tizim,   davlat   orqali   belgilangan   ma’lum   tamoyillar
asosida tashkil etiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar: 
 berilgan   mablag’larni   ko’zda   tutilgan   maqsadlarga   yo’naltirish   va
ishlatish   (iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlanish   rejalaridagi   qat’iy   belgilangan
chora-tadbirlarga davlat mablag’larini yo’naltirish). Bu bilan hududiy va xalq
xo’jaligining   ayrim   tarmoqlarini   rivojlanishida   tasdiqlangan   mutanosiblikni
saqlanishi   bilan   amalga   oshiriladi   va   birinchi   navbatda   ilmiy-texnik
taraqqiyotini   aniqlaydigan   va   asosiy   ijtimoiy   muammolarni   hal   qiluvchi
istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishiga mablag’lar ajratish;
 davlat   resurslarini   qaytmasligi   –   bu   korxonalar   va   tashkilotlarni
ta’minoti   uchun   davlat   byudjetidan   ajratilgan   pul   mablag’larini   qaytarishga
zaruriyat   yo’qligi.   Kredit   usulida   moliyalashtirishni   farqligi   –   bu   kredit
oluvchi   kreditga   bergan   mablag’larga   belgilangan   vaqtda   va   ulardan
foydalanganligi   uchun   tasdiqlangan   foizlar   bilan   korxona   o’z   foydasidan
davlatga qaytarishi zarur;  iqtisod   tartibiga   rioya   qilish   –   byudjet,   kredit   va   o’z   mablag’lari
hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal birlikni saqlash. By
rejalarni  bajarish  me’yorida  davlat  xarajatlarini  moliyalashtirish  faqat  ishlab
chiqarish ko’rsatkichlari bajarilganda hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
tartibi asosida moliyaviy resurslar ajratilishi ko’zda tutiladi. 
Davlat   xarajatlarining   ayrim   turlari   iqtisodiy   mazmuni   va   ahamiyati
bo’yicha   har   xil.   Bu   har   xillik   xarajatlarni   moliyalashtirishning   usullari,
shakllari va manbalarida ifodalanadi. 
Davlat   xarajatlari   iqtisodiy   jihatidan   quyidagi   uch   asosiy   guruhga
bo’linadi: 
1.   Birinchi   guruh   ishlab   chiqarish   xarajatlari   –   bu   davlatning   mulki,
boyligini   ko’paytiradi   yoki   xususiy   xo’jaliklarni   iqtisodiy   asoslarini
mustahkamlaydigan   xarajatlardir   yoki   boshqacha   qilib   aytganda   davlatni
xo’jalik   faoliyatini   ta’minlash   va   milliy   daromadni   yaratilishi   bilan   bog’liq
bo’lgan   ishlab   chiqarish   sohasiga   tegishli   xarajatlardir.   Davlat   xarajatlarini
jamg’arish   fondi   bilan   iste’mol   fondi   orasidagi   optimal   taqsimlanishi
davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
2.   Ikkinchi   guruhdagi   xarajatlar   milliy   daromadni   iste’mol   qilinishi
bilan   bog’liq   bo’lib,   jamiyatning   nomoddiy   ehtiyojlarini   qondirishga
yo’naltiriladi.   Noishlab   chiqarish   sohasiga   qilinadigan   xarajatlar   miqdoriy
jihatdan ifodalash murakkab bo’lgan natijani bermasada, davlatning ijtimoiy
manfaatlari   uchun   juda   muhim   hisoblanadi.   Noishlab   chiqarish   sohasiga
sarflanayotgan   davlat   byudjetining   mablag’lari,   avvalo,   aholini   ijtimoiy
himoyaga olish fan va ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlari, jismoniy tarbiya
va   sport,   tabiatni   muhofaza   qilish   va   ekologik   sharoitni   yaxshilash   hamda
boshqa   madaniy   chora-tadbirlarga   yo’naltirilgan.   Undan   tashqari   davlat
xarajatlari   mamlakatning   mudofaa   qudratini   mustahkamlashga   va   samarali
boshqarishga ham yo’naltiriladi.  3.   Uchinchi   guruh   davlat   rezervlarini   shakllantirish   xarajatlari   bo’lib,
xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida favqulodda zaruriyat
tug’ilganda   uni   bartaraf   qilish   uchun   va   muammoni   hal   qilish   uchun
yo’naltiriladi. 
Davlat xarajatlarining ushbu guruhi o’zaro uzviy bog’langan. Iqtisodiy
mazmuni   bo’yicha   davlat   xarajatlarini   turkumlash   muhim   ahamiyatga   ega,
chunki   milliy   daromadni   taqsimlash   vositasi   sifatida   ijtimoiy   takror   ishlab
chiqarishni   moliyalashtirishda   xarajatlarning   ahamiyatini   aniqlashga   imkon
yaratadi. Davlat xarajatlari quyidagi shakllarda moliyalashtiriladi: 
–   o’zini-o’zi   moliyalashtirish   (davlat   korxonalari   xarajatlarini   o’z
moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi); 
– byudjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan
xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash); 
–   kredit   orqali   moliyalashtirishni   ta’minlanishi   (bir   tomondan   davlat
korxonalari o’z joriy va investision xarajatlarini qoplash uchun olingan bank
ssudalarini ishlasa, ikkinchi tomondan esa davlatni turli darajadagi boshqaruv
organlari   davlat   krediti   shaklida   moliyaviy   bozordan   pul   mablag’larini   jalb
qiladi). 
Davlat   xarajatlarining   moliyaviy   ta’minotini   yuqorida   ko’rsatilgan
shakllari   orasidagi   oqilona   nisbati   iqtisodiy   manfaatini   to’g’ri   balansini
topishiga   imkon   yaratadi   va   har   bir   shaklni   qo’llashdan   yuqori   natijalarga
erishish ni ta’minlaydi.
4. Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati
Umumdavlat   ehtiyojlarini   moliyalashtirish   uchun   zarur   bo’lgan   pul
resurslarining   asosiy   qismi   soliqlar   va   boshqa   majburiy   to’lovlar   shaklida
jalb   qilinadi.   Iqtisodiyotning   moliyaviy   holati   barqaror   bo’lmaganda,   dav lat daromadlarining   kamayib   ketgan   sharoitda   davlat   o’zining   xarajatlarini
qoplashga   boshqa   manbalardan   ham   mablag’   jalb   qilishga   majbur   bo’lib
qoladi.   Davlat   tomonidan   jalb   qilishning   asosiy   shakli   bo’lib   davlat   krediti
hisoblanadi.   Davlat   krediti   –   bu   davlat   bilan   yuridik   va   jismoniy   shaxslar
o’rtasidagi   kredit   munosabatlaridir.   Bu   yerda   davlat,   asosan,   qarz   oluvchi
bo’lib ishtirok etadi. Davlat krediti hukumat organlari va xo’jalik yurituvchi
subyektlar   tomonidan   olingan   kreditlarni   davlatning   kafolat   majburiyatlari
shaklida chiqishi ham mumkin. 
Kafolat   majburiyati   –   bu   kreditorga   berilishi   lozim   bo’lgan   so’mmani
o’z   vaqtida   to’lanilishini   ta’minlash   kafilligini   olgan   organ   tomonidan
berilgan   hujjatdir.   Kafo lat   majburiyatining   ta’sir   kuchi   kafolat   xatida
ko’rsatilgan hamma so’mma to’laligicha to’langanidan so’ng tugaydi. 
Davlat zayomlari   -  davlatning qimmatli qog’ozlarini  sotish yo’li bilan
amalga oshiriladi. Shu asosda  davlat qarzi  shakllanadi.
Davlat   kreditlari   umumdavlat   moliyasining   muhim   elementi   bo’lib,
bunda   kreditor   sifatida   yuridik   va   jismoniy   shaxslar,   davlat   nomidan   qarz
oluvchi   bo’lib   esa   davlat   organlari   o’tadi.   Halqaro   munosabatlar   doirasida
davlat bir vaqtda ham kreditor, ham qarz oluvchi bo’lishi mumkin.
Davlat krediti qaytarilishi va to’lanishi asosida beriladi. Davlat krediti
bank   kreditidan   farq   qiladi.   Davlat   krediti   orqali   yig’iladigan   qo’shimcha
moliyaviy   resurslar   ishlab   chiqarish   kapitali   aylanishida   ishtirok   etmaydi,
balki byudjet taqchilligini qoplash uchun yo’naltiriladi. 
Byudjet   taqchilligi   –   bu   muayyan   davrda   byudjet   xarajatlarining
byudjet   daromadlaridan   ortiq   bo’lgan   so’mmasidir.   Davlat   tomonidan
mablag’lar jalb qilinganda kreditning ta’minoti bo’lib dav latning barcha mol-
mulki hisoblanadi.
Davlat   krediti   kelgusida   davlat   qarzining   shakllanishiga   olib   keladi.
Davlat qarzi  – bu davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish   natijasida   vujudga   kelgan   muayyan   mamlakatning   majburiyatlari
yig’indisidir. Bu so’mma davlatning qarz oldi-berdi bilan bog’liq chiqarilgan
va   qaytarilmagan,   ular   bo’yicha   hisoblangan   foizlarni   hisobga   olgan   holda,
davlatning majburiyatlari sifatida namoyon bo’ladi.
Davlat   krediti   o’zining   iqtisodiy   mohiyati   bo’yicha   YaIMning   qayta
taqsimlash   shakli   hisoblanadi.   Uning   manbasi   aholi   va   xo’jalik   yurituvchi
subyektlarning   bo’sh   turgan   mablag’lari   hisoblanadi.   Davlat   kreditidan
foydalanish davlat ixtiyoriga mablag’larni jalb etishning asosiy shaklidir.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   kelgusi   moliya   yili   uchun
Davlat byudjetini qabul qilish jarayonida davlatning ichki va tashqi qarzining
eng  yuqori me’yorlarini tasdiqlaydi.
5. Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi
Emissiya qilish huquqiga qarab zayomlar  davlat zayomlari va mahalliy
zayomlarga   bo’linadi.   Davlat   zayomlari   markaziy   boshqaruv   organlari
tomonidan chiqariladi va ular bo’yicha tushgan mablag’lar davlat byudjetiga
yo’naltiriladi.   Mahalliy   zayomlar   mahalliy   boshqaruv   organlari   tomonidan
chiqariladi   va   ular   bo’yicha   tushgan   mablag’lar   tegishli   mahalliy
byudjetlarga yo’naltiriladi.
Qimmatli   qog‘ozlarning   ishlatilish   xususiyatiga   qarab   bozor   uchun
mo’ljallangan va bozor uchun mo’ljallanmagan zayomlarga   bo’linadi. Bozor
uchun   mo’ljallangan   obligatsiyalar   (g’azna   majburiyatlari)   qimmatli   qozlar
bozorlarida   erkin   sotib   olinadi,   sotiladi   va   qayta   sotiladi.   Bozor   uchun
mo’ljallanmagan   zayomlar   qimmatli   qog‘ozlar   bozoriga   chiqarilishiga   yo’l
qo’yilmaydi,   ya’ni,   ularning   egalari   bozor   uchun   mo’ljallanmagan
zayomlarni qayta sota olmaydi.
Davlat zayomlari ta’minlanganligini belgilanishiga qarab  kafolatlangan va   kafolatlanmaganlarga   bo’linadi.   Kafolatlangan   zayomlar   davlat   mulki
bilan   yoki   aniq   daromalari   bilan   kafolatlanadi.   Kafolatlanmagan   zayomlar
aniq   moddiy   kafolatga   ega   bulmaydi.   Bunday   zayomlarning   ishonchliligi
davlatning ishonchliligi bilan belgilanadi.
Zayomlarni   qaytarish   muddatlariga   qarab   qisqa   muddatli   (qaytarish
muddati bir yil gacha),  o’rta muddatli  (qaytarish muddati 1 yildan 5 yilgacha)
va   uzoq   muddatli   (qaytarish   muddati   5   yildan   yuqori)   davlat   zayomlariga
bo’linadi.
Davlat zayomlari daromad to’lash xususiyatiga qarab   foizli, yutuqli va
diskontli   (nol   kuponli)   zayomlarga   bo’linadi.   Foizli   zayomlar   bo’yicha
daromad qarz foizi ko’rinishida bel gilanadi. Foizlar zayomlarni harakat qilish
davri   davomida   bir   xil   qilib   o’rnatilgan   bo’lishi   yoki   kredit   bozorida   bu
zayomga   bo’lgan   talab   va   takliflar   asosida   o’rnatiladigan   o’zgarib   turuvchi
foizlar belgilanishi mum kin. Foiz daromadlari  bir  yilda bir marta, yarim yilda
bir marta yoki har chorakda bir marta to’lanadigan bo’lishi mumkin.  Yutuqli
zayomlar   bo’yicha   kreditorlarga   daromad   to’lash   yutuq   tirajlarini   o’tkazish
yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.   Bunda   daromadni   barcha   kreditorlar   olmaydi,
balki yutuq chiqqan obliga t siyalar egalargina oladi.   Diskontli davlat zayom -
lari  ma’lum chegirma bilan sotiladi, ammo obligatsiya qiymati qaytarilganda
davlat zayomining nominal qiymati kreditorlarga qaytariladi. Diskontli davlat
zayomining   nominal   qiymati   bilan   kreditor   tomonidan   sotib   olgan   qiymati
o’rtasidagi farq kreditorning daromadi bo’lib hisoblanadi.
Qarzlar   qaytarish   xarakteriga   qarab   birdaniga   qaytariladigan   va   qism-
qismlarga   bo’lib   qaytariladigan   qarzlarga   bo’linadi.   Qarzni   qism-qismlarga
bo’lib   qaytarishning   uchta   varianti   bo’lishi   mumkin.   Birinchi   variant   –
zayom qiymati bir necha yil davo mida uning turli qismlarini qaytarish yo’li
bilan amalga oshiriladi.  Ikkinchi variant  – zayom   qiymati doimo o’sib borish
yo’li   bilan   qaytariladi.   Bu   tartib   kelajakda   davlat   daromadi   har   yili   oshib borishi   ko’zda   tutilgan   h ollarda   qo’llaniladi.   Uchinchi   variantda   zayom
so’mmasi  doimo  kamayib  borish   yo’li  bilan   qaytariladi.  Bu   tartib   kelajakda
dav lat   daromadi   har   yili   qamayib   borishi   yoki   davlat   xarajatlari   ko’payib
borishi ko’zda tutilgan hollarda qo’llaniladi.
Davlatning   qarzlarni   to’lash   bo’yicha   majburiyatlariga   qarab
muddatidan   avval   qaytarish   huquqi   bilan   va   muddatidan   avval   qaytarish
huquqisiz   zayomlarga   bo’linadi.   Qarzni   mudda tidan   avval   qaytarish   huquqi
davlatga moliya viy bozordagi vaziyatni hisobga olish imkonini beradi.
Davlat   qarzlarining   yuzaga   kelish   sabablari.   Byudjet   taqchilligi
deganda   muayyan   davrda   byudjet   xarajatlarining   byudjet   daromadlaridan
ortiq   bo’lgan   so’mmasi   tushuniladi.   Byudjet   taqchilligini   yuzaga   kelish
sabablari  quyidagilar:
– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti hisobidan kapi -
tal quyilmalar hajmining oshib ketishi; 
–   favqulodda   holatlar   –   urushlar,   davomiy   ommaviy   tartibsizliklar,
tabiy ofatlar;
–   mamlakatning   yalpi   ichki   mahsulotini   o’sish   sur’atlarini   pasayib
ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi;
– byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi; 
–   mamlakatning   YaIM   o’sish   sur’atlariga   erishmasdan   markazlashgan
uzoq   muddatli   investisiyalarni,   ijtimoiy-madaniy   tadbirlarni
moliyalashtirishni muttasil oshirib borish;
– iqtisodiy inqirozlar va boshqalar hisoblanadi.
Davlat   byudjetining   taqchilligi   hamda   uning   o’sishi   mamlakat
iqtisodiyotini   normal   ishlashiga   salbiy   ta’sir   qiladi.   Lekin   ko’pgina
mamlakatlarning   amaliyoti   shuni   ko’rsatmoqdaki,   davlat   byudjetining
taqchilligini umuman bartaraf etish zarurati yo’q degan fikrga kelinyapti.
Davlat qarzida davlatning ban krot bo’lishi va qarz yukini kelgusi avlod zimmasiga yuklanish xavfi katta bo’ladi. Bunda davlat o’zining qarzini qayta
moliyalashtirish   yo’li   bilan   bu   holatdan   chiqishi   mumkin.   Buning   uchun
yangi   obligatsiyalarni   chiqarib   sotishdan   tushgan   mablag’ni   davlatni   eski
qarzlarini qaytarish uchun yo’naltiradi. Albatta, davlatning bankrot bo’lishini
tasavvur   qilish   juda   qiyin,   chunki   hukumat   pul-kredit   emissiyasi   huquqiga
ega va  u emissiya qilish  nati jasida davlat qarzlarini asosiy  qismi va  tegishli
foizlarni   to’lashi   mumkin.   Pul   emissiyasi   yo’li   bilan   davlat   qarzlarining
asosiy   so’mmasini   va   ularning   foizlarini   to’lanishi   kelgusida   taqchillikni
yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Davlat   qarzining   kupayib   ketishi   real   salbiy   iqtisodiy   oqibatlarga   olib
keladi.   Birinchidan,   davlat   qarzlari   bo’yicha   foizlarni   to’lash   aholining
daromadlarini   nomutanosibligiga   olib   keladi.   Chunki   davlatning
majburiyatlarini   ko’pgina   qismi   aholining   badavlat   qismiga   to’g’ri   keladi.
Davlatning   ichki   qarzlarini   qaytarilishi   aholining   kam   ta’minlangan   qismi
“hisobidan”   badav lat   aholi   cho’ntagiga   tushishiga   olib   keladi   va   natijada
badavlat   aholi   yana   badavlatroq   bo’ladi.   Ikkinchidan,   davlatning   ichki
qarzlarini   qaytarish   yoki   uni   kamaytirish   vositasi   sifatida   soliq   stavkalarini
oshirilishi   ishlab   chiqarish   rivojlantirishning   iqtisodiy   stimullariga   putur
yetkazilishiga,   yangi   tavakkalchilikka   asoslangan   korxonalarga,
innovasiyalarga mablag’ yo’naltirishning kamayishiga va jamiyatda ijtimoiy
keskinlikning   kuchayishiga   olib   kelishi   mumkin.   Shu   yo’l   bilan   davlatning
katta ichki qarzlarini to’lash iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazishi mumkin.
Uchinchidan,   chet   el   davlatlariga   qarzlar   bo’yicha   foizlarni   yoki   qarzning
asosiy so’mmasini to’lash, mamlakatning real mahsulotlarini ma’lum qismini
chet   elga   o’tkazib   berilishiga   olib   keladi.   To’rtinchidan,   davlat   o’zining
qarzini real iqtisodiy yukini kelgusi avlodlar zimmasiga o’tkazishi mumkin.
Bu   esa   davlat ning   tashqi   qarzining   ko’payishiga,   mamlakatning   halqaro
obro’ining   pasayishiga   va   iqtisodiy   xavfsizligiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi mumkin.
Davlat   qarzlarining   turlari   va   tasniflanishi.   O’zbekiston
Respublikasining   “Byudjet   tizimi   to’g’risida”gi   qonuniga   asosan   dav lat
tomonidan ichki va tashqi mablag’larni jalb qilishda qarz majburiyatlarining:
(1)   qisqa   muddatli   (bir   yilgacha   bo’lgan   davrga   chiqariladigan),   o’rta
muddatli   (bir   yildan   besh   yilgacha   bo’lgan   davrga   chiqariladigan)   va   uzoq
muddatli   (besh   yildan   ortiq   davrga   chiqariladigan)   davlat   qimmatli
qog‘ozlari;   (2)   kreditlar   (qisqa   muddatli,   o’rta   muddatli   va   uzoq   muddatli);
(3)   O’zbekiston   Respublika sining   kafolatlari;   (4)   byudjet   daromadlari   bilan
xarajatlari   o’rtasidagi   vaqtinchalik   tafovvutni   qoplash   uchun   qisqa   muddatli
ssudalar   hamda   (5)   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   boshqa   turlaridan
foydalanish mumkin 1
.
Davlat   qarz   majburiyatlari   –   bu   davlat ning   o’z   kreditorlariga   bo’lgan
qarz   majburiyat larining   so’mmasidir.   Davlat   qarzlari   joriy   va   mukammal,
ichki   va   tashqi   qarz   majburiyatlariga   bo’linadi.   Davlatning   joriy   qarz   maj -
buriyatlari   – bu joriy yilda qaytariladigan qarzlar va muayyan vaqtda barcha
chiqarilgan   zayomlar   bo’yicha   hozirgi   davr   ichida   to’lanishi   lozim   bo’lgan
foizlar   so’mmasidir.   Davlatning   umumiy   qarz   majburiyatlari   –   bu   zayomlar
bo’yicha   to’lanishi   kerak   bo’lgan   barcha   qarzlar   va   foizlarning   umumiy
so’mmasidir.
Davlat   qarz   majburiyatlari   o’zining   manba lari   bo’yicha   2   turga   (ichki
va tashqi qarzlarga) bo’linadi:
Davlat ichki qarz majburiyatlari –   bu davlat tomonidan ichki mablarni
jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlat ning majburiyatlarini yig’indisi.
Dav lat   tashqi   qarz   majburiyatlari   –   bu   davlat   tomonidan   xorijdan
mablag’lar   jalb   qilish   nati jasida   vujudga   kelgan   davlatning   majburiyatlari
yig’indisi. Xorijdan jalb qilingan mablag’larga:
1
 Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 14 декабрдаги «Бюджет тизими тўғрисида»ги қонуни. –   davlat   yoki   O’zbekiston   Respublikasi   rezidentlari   hisoblangan
yuridik  va  jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar  yoki xizmatlarni
import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi; 
–   norezidentlar   mablag’larining   O’zbekiston   Respublikasining
moliyaviy institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
– lizing operatsiyalari;
– O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   va
rezidentlarining   obligatsiyalar,   veksellar   hamda   boshqa   xil   qimmatli
qog‘ozlar chiqarish, xorijiy bozorlarda joylashtirishi hamda boshqa tur
va shakllardan foydalanish yo’li bilan jalb qilinadi 2
.
  Xorijdan mablag’ jalb qilish  – bu O’zbekiston Respublikasi yoki uning
rezidenti   tomonidan   xorijiy   davlatlar   yoki   norezi dentlar   aktivlarining
(kreditlar,   zayomlar   va   boshqalarning)   mazkur   xorijiy   davlatga   yoki
norezidentga   yoxud   ularning   talabiga   ko’ra   uchinchi   shaxsga   shartlashilgan
davrda   adekvat   aktivlarni,   shu   jumladan,   aktivlardan   foydalanganlik   uchun
to’lovlarni   taqdim   etish   majburiyatini   o’z   zimmasiga   olgan   holda   jalb
etilishidir. 
Davlatning   xorijdan   mablag’   jalb   qilishi   –   bu   aktivlarni   chet   el
manbalaridan   (xorijiy   davlatlar,   ularning   yuridik   shaxslaridan   va   halqaro
tashkilotlardan)   jalb   etish   hamda   buning   natijasida   O’zbekiston
Respublikasining   qarz   oluvchi   sifatidagi   yoki   qarz   oluvchi   rezidentlarning
o’z kreditlarini (zayomlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga
kelishidir. 
Davlat   tomonidan   ichki   mablag’ni   jalb   qilish   –   bu   aktivlarni   ichki
manbalardan   (rezident-yuridik   va   jismoniy   shaxslardan)   jalb   etish   hamda
buning  natijasida O’zbekiston  Respublikasining  qarz oluvchi  sifatidagi yoki
qarz   oluvchi   rezidentlarning   o’z   kreditlarini   (qarzlarini)   to’lashiga   kafil
2
 O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida”gi qonuni. sifatidagi m ajburiyatlari vujudga kelishidir.
6. Davlat qarzlarini boshqarish
Davlatning   qarzlari   bo’yicha   daromadlarni   to’lash   va   ularni   qaytarish
davlat   byudjeti   xarajatlarining   asosiy   moddalaridan   biri   hisoblanadi.   Davlat
qarzlari   hajmi   mamlakat   o’zining   qarz   majburiyatlarini   o’z   vaqtida   bajara
olmaydigan holatga yetganda qarzlarni qaytarish muddatlarini uzaytirish yoki
zayomlar   bo’yicha   to’lanadigan   foizlarni   qisqartirishga   davlat   majbur
bo’ladi.
Davlat   qarzlarini   boshqarish   –   davlat   zayomlarini   qaytarish,   ular
bo’yicha   daromadlar   to’lashni   tashkil   qilish,   oldin   chiqarilgan   zayomlar
uchun   belgilangan   shartlar   va   muddatlarni   o’zgartirish   hamda   yangi   qarz
majburiyatlarini   joylashtirish   bo’yicha   dav latning   moliyaviy   tadbirlarining
majmuasi   tushuniladi.   Davlat   qarzlarini   boshqarish   qarzlarni   qaytarish
imkoniyatlarini   ta’minlashdan   iborat.   Bu   joriy   qarzlarga   ham,   mukammal
qarzlarga   ham   tegishlidir.   Joriy   qarzlarni   qaytarish   real   manbalar   bilan
ta’minlash   zarur   bo’ladi.   Mukammal   qarzlar   uchun   qaytarish   muddatlarini
shunday belgilash  kerakki,  ularni qaytarish  uchun  tegishli  manbalar mavjud
bo’lishi kerak 3
. Davlatning ichki qarzlari uchun to’lov qobiliyati uning ichki
manbalari hisobidan ta’minlanadi. Davlatning tashqi qarzlari bo’yicha to’lov
qobiliyati   birinchi   navbatda   valyuta   tushumlariga   bog’liq.   Bu   qarzlarni
qaytarish   imkoniyati   to’lov   balansining   holati   bilan   aniqlanadi.   To’lov
balansining   ijobiy   saldosi   davlat ning   to’lov   imkoniyatini   ta’minlaydigan
resursni   xarakterlaydi   va   u   oltin-valyuta   zahiralarini   tartibga   solish
imkoniyatini beradi.
Qarzlarga   xizmat   ko’rsatish   -   bu   zayomlarning   qaytarilishi,   ular
bo’yicha   foizlarni   to’lash   va   chiqarilgan   zayomlarning   qaytarilish
3
  M.Ostonoqulov   G’aznachilikkka   o’tish   sharoitida   davlat   qarzlarni   boshqarish   //   IQTISOD   VA   MOLIYA   №5,
2010. 41-51 bb shartlarining o’zgarishga doir davlat tadbirlarining majmuasidir. Zayomlarni
qaytarish   byudjet   mablag’lari   hisobidan   amalga   oshiriladi.   Ayrim   hollarda
davlat   o’zining   qarzlarini   qaytarishni   yangi   zayomlar   chiqarish   yo’li   bilan
amalga oshiradi.  Davlat qarziga xizmat ko’rsatish xarajatlarining asosiy qismi
foizlarni   to’lash,   zayomlar   bo’yicha   yutuqlarni   to’lashga   ketgan   mablag’lar
tashkil   qiladi.   Dav lat   qarziga   xizmat   ko’rsatishning   boshqa   xarajatlariga
davlat  qimmatli  qog’ozlarini tayyorlash, jo’natish va  sotish,  yutuq  tirajlarini
o’tkazish,   tirajlarni   yo’q   qilish   hamda   ayrim   boshqa   tashkiliy   xarajatlari
kiradi.   Ayrim   mamalakatlarning   davlat   byudjeti   tarkibida   davlat   qarz
majburiyatlarini joylashtirish, qayta moliyalashtirish, daromadlarni to’lash va
qarzlarni   qaytarish   bo’yicha   xarajatlarni   moliyalashtirish   uchun
mamlakatning ichki qarziga xizmat ko’rsatish fondi  tashkil qilinadi 4
.
Davlat   qarz   maj buriyatlarini   boshqarish   –   bu   davlat   zayomlarini
qaytarish,   ular   bo’yicha   daromad   to’lashni   tashkil   qilish,   oldin   chiqarilgan
zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o’zgartirish hamda yangi
qarz majburiyatlarini joylashtirish bo’yicha davlatning moliyaviy – tashkiliy
tadbirlarining   majmuasidir.   Dav lat   qarz   majburiyatlarini   boshqarishning
asosiy   maqsadi   davlat   qarzlari   hajmini   iqtisodiy   xavfsiz   darajada   saqlab
turish,   davlat   qarz   majburiyatlariga   xizmat   ko’rsatish   qiymatini   ma’lum
nisbatga   keltirish   va   davlat   majburiyatlarini   to’la   hajmda   va   eng   past
qiymatda bajarilishini ta’minlashdir.
Davlat  q arz majburiyatlarini boshqarish usullariga quyidagilar kiradi :
–   d a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning   konversiya   usuli   –
bu   davlat   tomonidan   kreditorlarga   to’lanadigan   daro mad   bo’yicha   foiz
stavkasini   pasaytirish   yoki   ko’tarish   orqali   zayomlar   daromadliligini
o’zgartirishdir. Bu usul moliyaviy bozorda vaziyat o’zgargan yoki davlatning
moliyaviy   holati   yomonlashgan   hollarda   qo’llaniladi.   Dav latning   moliyaviy
4
 Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi. O’quv qo’llanma. – Т.:Iqtisod-moliya, 2008. holati   yomonlashuvi   natijasida   davlat   obligatsiya   shartlari   bo’yicha   ko’zda
tutilgan daromadni to’lay olmaslik holatiga kelganda bu usul qo’llaniladi.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning konsolidatsiya usuli  –
bu   davlat   zayomlarining   muddatini   o’zaytirish   maqsadida   avval   chiqarilgan
zayom   bo’yicha   majburiyatlarni   yangi   zayomga   o’tkazib   berishdir.   Bunda,
avval   chiqarilgan   zayom   obligatsiyalari   yangi   zayom   obligatsiyalariga
almashtiriladi.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning unifikasiyalash usuli  -
bu   bir   qancha   zayomlarni   bir   zayomga   birlashtirishdir.   Bunda,   ilgari
chiqarilgan   zayom   obligatsiyalari   yangi   zayom   obligatsiyalariga
almashtiriladi.   Bu   esa   davlat   qarzlarini   boshqarishni   soddalashtiradi.   Davlat
qarzlarini boshqarishning unifika siyalash usuli alohida yoki davlat qarzlarini
boshqarishning konsolidatsiya usuli bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning   regressiv   nisbat
bo’yicha   obligatsiyalarni   almashtirish   usuli   –   bu   davlat   qarzini   qisqartirish
maqsadida   avval   chiqarilgan   zayom   obligatsiyalarini   yangi   zayom
obligatsiyalariga   almashtirishdir.   Bunda,   davlat   o’zining   qarz   bo’yicha
majburiyatlaridan   qisman   bosh   tortadi.   Shuning   uchun   ham   bu   usulni
qo’llashda oqilona moliya siyosati yuritish talab qilinadi.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning   qarzlarni
qaytarishning muddatlarini kechiktirish usuli  – bu qarzlarni to’lash muddatini
kechiktirish   orqali   ko’chirishdir.   Bunda,   qarzlarni   to’lash   muddati
ko’chirilgan davr uchun majburiyatlar bo’yicha davlat daromad to’lamaydi.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning restrukturizasiya usuli
–   bu   yuqorida   ko’rsatilgan   usullar   majmuasini   to’la   yoki   qisman
qo’llanilishidir.   Jahon   amaliyotida   suveren   qarzlarni
restrukturizasiyalashning   bir  qarz   maj buriyatlarini   boshqalariga  almashtirish
(obligatsiyaga   obligatsiya),   davlatning   xususiylashtirish   dasturi   doirasida qarz majbu riyatlarini aksiyalarga almashtirish  (obligatsiyaga aksiya),  diskont
asosida qarz majburiyatlarini muddatidan ilgari qaytarib sotib olish   (qaytarib
sotib   olish   sxemasi)   va   qarz   majburiyatlarining   bir   qismini   hisobdan
chiqarish) kabi sxemalari mavjud.
D a v l a t   q a r z   m a j b u r i y a t l a r i n i   boshqarishning majburiyatlarni bekor
qilish  usuli   –  bu  davlat  o’zining  qarz  majburiyat larini  to’la  bekor  qilishidir.
Davlat   qarz   majburiyatlarini   boshqarishning   bu   variantini   yul   qo’yib
bo’lmaydigan   variant   deb   qabul   qilinadi.   Chunki,   davlatning   obro’i   uning
o’zini   qarz   majburiyatlarini   tan   olishi   va   qarz   majburiyatlarini   belgilangan
muddatlarda   to’la   qaytarishiga   bog’liq   bo’ladi.   Davlat   moliya viy   nochor
bo’lishi,   ya’ni,   bankrot   bo’lishi   yoki   hokimiyatga   yangi   siyosiy   kuchlar
kelishi sababli davlat o’zining qarzlarini bekor qilishini e’lon qilishi mumkin. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

DAVLAT MOLIYASI Reja: 1. Davlat moliyasi . 2. Davlat daromadlari . 3. Davlat xarajatlari . 4. Davlat q arzlarining mohiyati va ahamiyati . 5. Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi . 6. Davlat qarzlarini boshqarish .

1. Davlat moliyasi Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda u davlatni o’z oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar bilan ham ta’minlab turadi. Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati – bu yalpi ichki mahsulotning qiymatini va milliy daromadning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy, madaniy tadbirlarida foydalanishdagi pul munosabatlari yig’indisidir. Mazkur sohadagi pul munosabatlarining subyektlari bo’lib davlat, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va keng aholi qatlami hisoblanadi. Davlat moliyasining iqtisodiy tuzilishi tom ma’noda bir xil emas, u bir- biriga bog’liq bo’lgan bo’g’inlardan tashkil topsada, lekin bajarayotgan funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladigan bo’g’inlar yig’indisidan iboratdir. Davlat moliyasi sohasining bo’g’inlariga davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti va davlat korxonalari moliyalari kiradi. Respublikamizda davlat byudjetining tuzilishi ikki bo’g’inlidir – bu Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar yig’indisidan iborat. Respublika byudjetidan asosan jamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan chora-tadbirlar moliyalashtiriladi, jumladan, markazlashtirilgan investisiyalar, mudofaa xarajatlari, boshqaruv xarajatlari. Respublika byudjetidan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy–ijtimoiy masalalar ijobiy hal qilinishiga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti byudjet munosabatlarida mahalliy byudjetlarga asosiy urg’u berilishini talab etadi. So’nggi paytlarda mahalliy hokimiyat

organlarining ko’pgina sohalardagi mustaqilligi asosan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim chora-tadbirlarning o’z vaqtida to’liq moliyalashtirilishini jadallashtiradi. Jumladan, hududiy infratuzilmani tashkil qilishda, mehnat resurslarining qayta tiklash, aholining mehnat farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tadbirlar va hakozolar. Davlat moliyasi sohasining tarkibiy qismidan biri bu byudjetdan tashqari fondlardir. Har bir darajadagi byudjetdan tashqari fondning asosiy maqsadi – bu ayrim maqsadli chora-tadbirlarni maxsus ajratmalar va boshqa manbalari evaziga moliyalashtirishdir. Byudjetdan tashqari fondlar funksional maqsadlarini vazifalari kabi boshqarish darajasida ham xilma-xildir. Funksional maqsadlari bo’yicha ularni iqtisodiy yoki ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan fondlarga ajratish mumkin. Boshqarish darajasi bo’yicha esa, byudjetdan tashqari fondlarni davlat va mahalliy ahamiyati bo’yicha ajratish mumkin. Byudjetdan tashqari fondlar respublika va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqarilsada, o’ziga xos moliyaviy siyosatga va mustaqillikka egadirlar. Byudjetdan tashqari fondlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular oldindan ma’lum bir maqsadga yo’naltiriladi va faqat shu yo’nalishlarda foydalaniladi. Byudjetdan tashqari fondlar tarkibiga: davlat Pensiya fondi, davlat aholisini bandligiga ko’maklashish fondi, davlat yo’l fondi va boshqa fondlar kiradi. Davlat moliyasining xarakterli bo’lagidan biri bu davlat kreditidir. Davlat kreditining mazmuni shundaki, bu davlat o’z xarajatlarini moliyalashtirish uchun aholining, xo’jalik subyektlarining ortiqcha moliyaviy resurslarini vaqtincha foydalanishidir. Demak, bu yerda davlat qarz bermasdan, balki qarz olishidir. Davlat kreditidan foydalanish uchun hukumat moliyaviy bozorga jismoniy va yuridik shaxslarga mo’ljallangan zayomlar, qisqa muddatli obligatsiyalar, g’aznachilik majburiyatlari va

boshqa turdagi davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqaradilar. Mamlakat hayotida davlat krediti iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy sog’lomlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Muomaladan pul oqimini sustlashishini oldini olishga xizmat qiladigan davlat krediti pul muomalasidagi aylanishini tezlashtiradi. Davlat moliyasi tarkibida respublika va mahalliy darajada tashkil etilayotgan byudjetni o’zaro bog’liqliklari muhim ahamiyatga ega. Byudjet munosabatlari yordamida davlat tuzimlari ixtiyorida moliyaviy usullari bilan qayta taqsimlanayotgan milliy daromadni asosiy qismi yig’iladi. Turli darajadagi byudjetlar – respublika, mahalliy har biri o’ziga tegishli ravishda respublika va mahalliy hukumat boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy bazasidir. Bozor islohotlari sharoitida bu byudjetlar o’zaro bog’langan. Byudjet daromadlar va xarajatlar tarkibidagi har bir darajasini belgilanishi respublika va mahalliy davlat hukumat boshqaruv organlarining orasidagi funksiyalarini bir-biridan chegaralanishiga bog’liq. Davlat umumiy funksiyalarini amalga oshirish uchun respublika byudjetini tashkil etadi. Respublika byudjeti butun respublika miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni to’g’ri hal etishda muhim ahamiyatga ega. Uning resurslarini maqsadi makroiqtisodiy darajada o’z funksiyalarini bajarish uchun bog’liq bo’lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir, hamda uni yordamida iqtisodiyotni barqarorlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan umumdavlat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ta’minlanadi. Byudjet munosabatlari tizimida mahalliy byudjetlarga muhim ahamiyat berilmoqda. Ular, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, hududiy infratuzilmani tashkil etishda, mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun moliyalashtirishda va boshqalarda ta’sirini ko’rsatib, borgan sari ko’proq ishlatilmoqda. Ijtimoiy rejalarni

amalga oshirishda va o’sib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ham mahalliy byudjetlar muhim ahamiyatga ega. Umumdavlat moliyasi korxona moliyasi bilan uzviy ravishda bog’langan. Bir tomondan moddiy ishlab chiqarish natijasida vujudga kelayotgan milliy daromad byudjet daromadlarining asosiy manbaidir. Ikkinchi tomondan, keng takror ishlab chiqarish tashkil topilishida faqat korxonalarni o’z mablag’laridan emas, balki umumdavlat pul mablag’larining fondlari, byudjetdan ajratmalar shaklida va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshiriladi. O’z mablag’lari yetishmaganda, korxona boshqa korxonalarning mablag’lari bilan aksionerlik asosida hamda qimmatli qog‘ozlar (zayom mablag’lari) bilan operatsiyala r bazasida foydalanishi mumkin. 2. Davlat daromadlari Davlat va davlat korxonalari ixtiyorida moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlar yig’indisiga davlat daromadlari deyiladi. Davlat ixtiyorida shakllanayotgan moliyaviy resurslar majmuasi markazlashgan pul resurslari va davlat korxonalari ixtiyoridagilar esa, markazlashmagan pul fondlaridir. Markazlashgan davlat daromadlari asosan soliqlardan, ajratmalardan va tashqi iqtisodiy faoliyat daromadlaridan tashkil topadi. Korxonalar o’zlarining daromad va jamg’armalaridan shakllanayotgan moliya resurslari yig’indisi markazlashmagan pul daromadlarini tashkil etadi. Davlat daromadlarini ikkiga bo’lishdan maqsad, hozirda umumdavlat va jamoa iste’mollarini qoplash qanday amalga oshirilishini nazorat qilish bilan bog’liqdir.