logo

MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARIDAGI XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.244140625 KB
MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARIDAGI XO ’ JALIK 
YURITUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYASI
Reja:
1.Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish xususiyatlari .
2. Tijorat faoliyati bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi .
3. Notijorat faoliyat bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi .
4. Jamoat tashkilotlari moliyasi . 1.  Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish xususiyatlar i
Korxona   moliyasi   –   bu   iqtisodiy   pul   munosabatlarni   pul   xarakati
mobaynida vujudga kelib turli xil pul fondlarini hosil qilishni bildiradi. 
Korxonalar   sof   foydasini   pul   fondlariga   sarflaydi.   Korxonaning   fond
bozorlari   bilan   bo’ladigan   munosabatlari   turli   xildagi   fondlarni   hosil   qilish,
ularni   shakllantirish   va   foydalanishdan   iborat.   Ustav   fondiga   korxonaning
asosiy   vositalari   va   aylanish   mablag’lari   shakllanadi.   Bu   korxonaning   o’z
mablag’larining asosiy manbasi hisoblanadi.
H issadorlik   jamiyatida   ustav   fondi   chiqariladigan   barcha   aksiyalar
qiymati  bilan  teng  bo’lishi lozim. Ish  natijasiga ko’ra  ustav fondi miqdorini
ko’payishi   yoki   kamayishi   mumkin,   ya’ni   qo’shimcha   aksiyalar   chiqarish
yoki   ularning   nominal   qiymatini   oshirish   orqali   ustav   fondi   ko’payishi
mumkin.   Muomaladan   aksiyalarni   qaytarib   olish   tufayli   esa   ustav   fondini
kamaytirish mumkin.
Ustav fondi  – korxonalarning o’z mablag’larining manbai hisoblanadi.
Bundan tashqari korxonalarning ustav fondi asosiy vositalarni qayta baholash
hisobiga,   aksiyalarni   nominal   qiymatidan   ko’ra   baland   narxda   sotish
hisobiga,   ishlab   chiqarishga   bepul   asosiy   vositalarni   sotib   olish   hisobiga
ko’payishi mumkin.
Zahira  fondi   –  bu  fond  foydadan  ajratmalar  hisobiga  tash k il  qilinadi.
Fondning   asosiy   maqsadi   bo’lib,   favqulodda   zararlarni   qoplash,   aksiyalarni
qayta sotib olish hisoblanadi.
Jamg ’ arma fondi   – bu korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish
va rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Bu fond o’z oldiga qo’ygan maqsadiga
erishish uchun investisiya fondidan va amortizasiya fondidan foydalanadi.
Ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   hammasi   o’zida   sarflanayotgan   mehnat
xarakteriga asoslanib ikki yirik sohaga ajraladi: - moddiy ishlab chiqarish;
- nomoddiy ishlab chiqarish. 
Birinchi   sohaning   xususiyati   –   bu   tovar   ishlab   chiqarishdir,   ikkinchi
sohaning   o’ziga   xos   xususiyati   –   bu   turli   xizmatlar   (ijtimoiy,   maishiy   va
boshqalar)   ko’rsatishdir.   Moddiy   ishlab   chiqarishni   tashkiliy   tuzulmasining
asosi   bo’lib   korxonalar,   birlashmalar,   assotsiasiyalar   tashkil   etadi,   noishlab
chiqarish   sohasida   esa,   muassasalar,   tashkilotlar   va   boshqa   tuzulmalar
faoliyat ko’rsatadi. 
Moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida   turli   xarakterli   moliyaviy
munosabatlar   vujudga   keladi.   Shu   asosda,   tashkil   etilgan   bir   maqsadga
yo’naltirilgan   pul   fondlari   xususiyatini   inobatga   olganda,   moliyaviy
munosabatlar   tizimida   bir   turdagi   pul   munosabatlarga   nisbatan   quyidagi
guruhlarni birlashtirish mumkin.
–   moddiy   ishlab   chiqarishning   xo’jalik   bo’linmalarida   birlamchi
daromadlarni shakllantirish, xo’jalik ichidagi maqsadli fondlar - nizom fondi,
ishlab   chiqarishni   rivojlantirish   fondi,   rag’batlantirish   fondi   va   boshqalarni
tashkil   etish   va   foydalanish   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Ulardan   bir   qismi   ishlab
chiqarish, ikkinchi qismi ta’minot ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi;
–   turli   korxonalar   orasida   vujudga   keladigan   munosabatlar,   agar   bu
munosabatlar taqsimlash xarakteriga ega bo’lsa, lekin almashtirishga xizmat
qiluvchi emas. Bu pul munosabatlari asosidagi moliyaviy resurslarni harakati
fond shaklida emas, balki, shartnomalar bo’yicha jarimalar olish yoki to’lash,
turli birlashmalar qatnashchilarini badal to’lovlarini to’lashi, ishlab chiqarish
jarayonlarini   kooperatsiyalashdan   tushgan   foydani   taqsimlashda   ularni
ishtirok etishi, aksiya va obligatsiyalarga mablag’larni investisiyalash va ular
bo’yicha dividendlar va foizlar olish va h. k. ; –   turli   sug’urta   fondlarini   tashkil   etish   va   foydalanish   bilan   bog’liq
bo’lgan   moddiy   ishlab   chiqarish   korxonalari   va   sug’urta   tashkilotlari
o’rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar;
– bank ssudalarini olish va qoplash, ular bo’yicha foizlar to’lash hamda
ma’lum to’lov evaziga vaqtincha foydalanish uchun bo’sh pul mablag’larini
banklarga   berish   bilan   bog’liq   bo’lgan   korxonalar   va   banklar   o’rtasida
vujudga keladigan munosabatlar;
– byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish va foydalanish
bilan   bog’liq   bo’lgan   moddiy   ishlab   chiqarish   va   davlat   o’rtasida   vujudga
keladigan   munosabatlar.   Moliyaviy   munosabatlarning   bu   guruhi   byudjetga,
byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirish va h. k.;
–   korxonalar   bilan   ularning   yuqori   boshqaruv   tuzulmalari   orasida
vujudga keladigan munosabatlar. Bunga "vertikal" o’zaro bog’liqlik deyiladi,
tarmoq   ichki   chegaralarida   saqlanib   qolgan   moliyaviy   resurslarning   qayta
taqsimlanishi. 
Yuqorida   ko’rsatilgan   pul   munosabatlari   korxonalar   moliyasining
mazmunini   hosil   qilib,   xo’jalik   subyektlarining   jamg’armalarini   va   pul
daromadlarini   tashkil   etish,   foydalanish   va   ularni   moliya-bank   tizimining
majburiyatlarini   bajarish   uchun,   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish
xarajatlarini   moliyalashtirish,   ishchilarni   moddiy   rag’batlantirish   va   ijtimoiy
xizmat   ko’rsatish   bilan   bog’liq   bo’lgan   pul   munosabatlari   deb   aniqlash
mumkin. 
Mulkchilikning   turli   shakllari,   tarmoqlarning   xususiyatlari,   iqlimiy-
tabiat   omillarning   mavjudligi   ham   moliyaviy   o’zaro   bog’liqliklarni   ko’p
qirrali   qilib,   ta’sirini   o’tkazadi.   Bu   asosda   moddiy   ishlab   chiqarishda
moliyaviy   munosabatlarning   ko’p   qirraligi,   usullarini   turli-tumanligidan
dalolat beradi.  Ishlab  chiqarishning   moddiy  asosi   –   bu  ishlab  chiqarish  fondlaridir.
Ularni   olish,   yangilash   va   kengaytirish   uchun   korxona   zarur   bo’lgan
moliyaviy   resurslarga   ega   bo’lishi   va   maqsadli   pul   fondlarini   tashkil   etishi
kerak.   Maqsadli   pul   fondlari   ishlab   chiqarish   fondlarini   aylanishida   xizmat
qiladi   va   ularni   uzluksizligini   ta’minlaydi.   Bu   holat,   ishlab   chiqarish
fondlarini   tashkil   etish,   doim   to’ldirish   va   ko’paytirish   jarayonlarini
ifodalaydi. 
Ishlab   chiqarish   natijasida   yaratilgan   qiymat   sotilgandan   so’ng
taqsimlanadi.  Shu  taqsimlanish  jarayonida  ish  haqi  fondini  tashkil  etish,  sof
daromadni   taqsimlash   va   sarflash   uchun   moliyaviy   munosabatlar   vujudga
keladi.   Sof   daromad   faqatgina   moddiy   ishlab   chiqarishda   emas,   balki
nomoddiy ishlab chiqarishda ham bir nechta pul fondlarini tashkil etilishida
manba   bo’lib,   taqsimlanish   jarayonida   moliyaviy   munosabatlarning
murakkab birikmalarini vujudga keltiradi. 
Foyda   shaklini   olgan   sof   daromad   hisobiga,   moddiy   ishlab   chiqarish
sohalarida,   ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   uni   moddiy-texnika   bazasini
rivojlantirish   uchun   zarur   bo’lgan   ishlab   chiqarish   fondi,   ishchi-xodimlarni
moddiy   rag’batlantirish   uchun   belgilangan   iste’mol   fondi,   zahira   va   rezerv
fondi   tashkil   etiladi.   Sof   daromad   umumdavlat   pul   fondlarini   (byudjet,
Pensiya   fondi   va   boshqalar)   tashkil   etilishida,   soliq   to’lovlari   va   boshqa
shakllarda   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Shunday   qilib,   moddiy   ishlab
chiqarishda   tashkil   etilgan   moliyaviy   resurslar   xalq   xo’jaligini   boshqa
bo’g’inlarida   pul   fondlarini   tashkil   etish   uchun   ishlatiladi.   Bu   esa,   butun
davlatni   moliyaviy   tizimini   boshlang’ich   asosi   bo’lib   xizmat   qiladi   va
moddiy   ishlab   chiqarish   moliyasining   xususiyatini   ifodalaydi.   Turli   xil
ehtiyojlarni   qondirish   imkoniyati,   mamlakatning   umumiy   moliyaviy   holati
aynan moddiy ishlab chiqarish moliyasining holatiga bog’liqdir.  Moliya,  shuningdek  ayirboshlash  va  iste’molga  o’z  ta’sirini  o’tkazishi
mumkin.   Bu   maqsadli   pul   fondlari   orqali   amalga   oshiriladi.   Ularning
miqdori, tashkil etish shartlari va tartibi, foydalanish tamoyillari ayirboshlash
va   iste’mol   sohalarini   talablarini   hisobga   olgan   holda   o’zgaradi.   Bu
xususiyat,   iqtisodiy   rag’batlantirish   sifatida,   moliya   bilan   foydalanish
jarayonida obyektiv asos bo’lib, katta ahamiyatga ega. 
Moddiy   ishlab   chiqarish   sohasi   noishlab   chiqarish   sohasini   vujudga
kelishiga   imkon   yaratadi.   Moddiy   ishlab   chiqarish   sohasi   xalq   xo’jaligining
asosiy sohasi bo’lib, qiymat, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni vujudga
keltiradi.   Noishlab   chiqarish   sohasi   esa,   shu   vujudga   kelgan   daromadni
taqsimlanishida ishtirok etadi.
2.  Tijorat faoliyati bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi
Tijorat   asosida   ishlaydigan   korxonalarning   moliyaviy   manbalari
manbalari quyidagilar:
- amortizatsiya   ajratmalari   va   ish   haqi   bo'yicha   qarzlar,   kelgusidagi
to'lovlar   uchun   zaxiralarni   shakllantirish,   byudjetga   va   byudjetdan   tashqari
jamg'armalarga   ajratilgan   daromadlar   hisobidan   shakllanadigan   o'z
mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy manbalar;
- moliya   bozorlariga   jalb   qilingan   korxonalarning   moliyaviy   resurslari,
ya'ni   o'z   aktsiyalari,   obligatsiyalari   va   boshqa   turdagi   qimmatli   qog'ozlarni
sotish va kredit qo'yilmalari orqali;
- Qayta   taqsimlash   tartibida   olingan   va   yuzaga   kelgan   tavakkalchiliklar
uchun  sug'urta  qoplamasi  hisobidan,  kontsernlar  va  birlashmalardan  olingan
moliyaviy   mablag'lar   hisobidan   shakllantirilgan   moliyaviy   mablag'lar
(qimmatli qog'ozlar bo'yicha dividendlar va foizlar, byudjet subsidiyalari).
Tijorat   asosida   ishlaydigan   korxonalarning   moliyaviy   resurslaridan
foydalanish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:
- bank tizimiga to'lovlar; - sug'urta organlariga to'lovlar;
- o'z   korxonasiga   kapital   qo'yilmalarni   kiritish,   asosiy   vositalarni
yangilash, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar, ilg'or texnologlar, nou-xau;
- qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish;
- rag'batlantiruvchi va ijtimoiy tusdagi pul mablag'larini shakllantirish;
- xayriya homiylik maqsadlari.
Asosiy va aylanma mablag'larning aylanishida moliyaviy resurslar katta
rol o'ynaydi.
Asosiy   vositalar   -   bu   ishlab   chiqarish   va   noishlab   chiqarish   maqsadlari
uchun asosiy vositalarga kiritilgan pul mablag'lari.
Asosiy   vositalar   o'z   qiymatini   amortizatsiya   ko'rinishida   tayyor
mahsulotga o'tkazadi, foydalanilmagan qismi esa qoldiq qiymatini anglatadi.
Amortizatsiya   fondi   byudjet   mablag'lari   bilan   birgalikda   kapital
qo'yilmalar uchun ishlatiladi. Qayta tiklanadigan ishlab chiqarish fondlari va
aylanma  fondlardagi  pul  mablag'lari  korxonaning  joriy  aktivlarini  o'z  ichiga
oladi. Ular o'zlarining qiymatlarini bitta ishlab chiqarish tsiklida to'liq tayyor
mahsulotga   o'tkazadilar.   Ta'lim   printsipiga   ko'ra,   joriy   aktivlar
normallashtirilgan   va   standartlashtirilmagan.   Yaratish   manbalariga   ko'ra,
joriy aktivlar o'zlariga va qarzga bo'linganlarga bo'linadi.
Korxonaning   moliyaviy   barqarorligi,   uning   to'lov   qobiliyati   va
likvidligi   aylanma   mablag'larning   mavjudligiga,   o'z   mablag'lari   va   qarz
manbalari holatiga bog'liq.
Yuridik   shaxs   –   o’z   mulkida,   xo’jalik   yuritishida   yoki   boshqaruvida
alohida   mol-mulkka   ega   bo’lgan   hamda   o’z   majburiyatlari   yuzasidan   ushbu
mol-mulk   bilan   javob   beradigan,   o’z   nomidan   mulkiy   yoki   nomulkiy
huquqlarga  ega   bo’lgan,   majburiyatlarni   bajara   oladigan,  sudda   da’vogar  va
javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin b o’ lgan korxona dir .  Yuridik shaxslar
mustaqil balans yoki smetaga ega bo’ladi. O’zbekiston   Respublikasining   fuqarolik   Kodeksiga   muvofiq,   foyda
olishni   o’z   faoliyatining   asosiy   maqsadi   qilib   olgan   (tijorat   faoliyati   bilan
shug’ullanuvchi   korxona)   yoki   foyda   olishni   ana   shunday   maqsad   qilib
olmagan korxona (tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi bo’lmagan korxona)
yuridik shaxs bo’lishi mumkin. 
Tijorat   faoliyati   bilan   shug’ullanuvchi   korxona   xo’jalik   shirkati   va
jamiyati,   ishlab   chiqarish   kooperativi,   unitar   korxona   yoki   qonunlarda
nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin. 
Notijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona yuridik shaxs jamoat
birlashmasi,   ijtimoiy   fond   va   mulkdor   tomonidan   moliyaviy   ta’minlab
turiladigan   muassasa   shaklida,   shuningdek   qonunlarda   nazarda   tutilgan
boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. 
Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda,   korxonalar   moliyasini   tijorat
korxonalari moliyasi va notijorat korxonalar moliyasiga ajratish mumkin. Ushbu
xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   moliyasi   tadbirkorlik   faoliyatini   tashkil
etishning   shakli,   daromadlar   va   xarajatlarni   shakllantirishi,   mulkka   egalik
qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan bog’liq holda o’zining
xususiyatlariga ega bo’ladilar.
Tijorat   korxonalari   moliyasi,   moliya   tizimining   asosiy   bo’g’ini   bo’lib,
YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi.
Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy
ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar.
Jamiyat   hayotidagi   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   natijasida
tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi foyda olishga qaritiladi.
Tijorat korxonalari tadbirkorlik  faoliyati bilan  shug’ullanish  davomida
ishlab   chiqarishni   tashkil   etish,   mahsulot   realizatsiyasi,   xizmatlar   ko’rsatish
va   ishlarni   bajarish,   o’z   moliyaviy   resurslarini   shakllantirish   va
moliyalashtirishning   tashqi   manbalarini   jalb   qilish,   ularni   taqsimlash   va ishlatish   bilan   bog’liq   bo’lgan   ma’lum   moliyaviy   munosabatlarni   yuzaga
keltirishadi.   Moliyaviy   munosabatlarning   moddiy   asosi   pul   hisoblanadi.
Moliyaviy munosabatlar – pul munosabatlarining bir qismi va faqatgina pul
mablag’larining   real   harakatida   yuzaga   keladi,   xususiy   kapitalni,
markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi va ishlatilishi
bilan kuzatiladi.
Tijorat   korxonalari   moliyasi   –   bu   xususiy   kapitalni,   maqsadli   pul
fondlarini   shakllantirish,   ularni   taqsimlash   va   ishlatish   jarayonidagi
tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.
Tijorat   faoliyati   bilan   shug’ullanuvchi   korxonalarda   moliyaning   taqsimlash
funksiyasi   ta’sischilarning   qo’yilmalari   hisobiga   birlamchi   kapitalni
shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab
chiqarish, daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar
ishlab   chiqaruvchilarning,   xo’jalik   subyektlarining   va   to’laligicha   davlat
manfaatlarini   optimal   hisobga   olinishini   aks   ettiradi.   Taqsimlash   funksiyasi
tijorat   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi   korxonalarning   pul   fondlarini
daromadlar   taqsimlanishi   va   qayta   taqsimlanishi   orqali   shakllanishiga
bog’liqdir. Bularga ustav kapitali yoki ustav fondi, zahira fondi, qo’shimcha
kapital, jamg’arish fondi, iste’mol fondi, valyuta fondi kiradi.
Tijorat   korxonalarida   moliyaning   nazorat   funksiyasi   mahsulot   ishlab
chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish xarajatlarini qiymat
hisobi,   daromadlar   va   pul   fondlarini   shakllanish   jarayonini   aks   ettiradi.
Moliya, taqsimlash  munosabatlari sifatida, takror ishlab chiqarish  jarayonini
moliyalashtirish   manbalari   bilan   ta’minlaydi   va   bu   bilan   takror   ishlab
chiqarish   jarayonining   ishlab   chiqarish,   ayirboshlash,   iste’mol   bosqichlarini
umumlashtiradi.   Biroq,   daromadlarni   mahsulot   ishlab   chiqarish,   ishlar
bajarish   va   xizmatlar   ko’rsatish   jarayonida   yaratilgan   va   ularni   sotishdan
so’ng   olinganidan   ortiq   taqsimlash   va   ishlatishning   imkoniyati   bo’lmaydi. Tijorat korxonasining raqobatbardoshligi uning moliyaviy barqarorligi ishlab
chiqarishning   samaradorligiga,   xarajatlarning   qisqartirilishiga   va   moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanishligiga bog’liq.
Tijorat   korxonalari   xo’jalik   faoliyatining   ijobiy   moliyaviy   natijasi
moliyaviy   resurslarni   boshqarishda   qo’llanilayotgan   shakl   va   usullarning
samarali ekanligidan dalolat bersa, aksincha, salbiy natija yoki uning yo’qligi
moliyaviy   resurslarni   boshqarishdagi,   ishlab   chiqarishni   tashkil   etishdagi
kamchiliklardan va korxonani bankrot bo’lish ehtimolidan dalolat beradi.
Tijorat   faoliyati   bilan   shug’ullanuvchi   korxonalarining   moliyaviy
munosabatlari xo’jalik faoliyatining mustaqilligi, o’zini-o’zi moliyalashtirish,
moddiy   manfaatdorlik,   moddiy   javobgarlik,   moliyaviy   zahiralar   bilan
ta’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi.
Xo’jalik   faoliyatining   mustaqilligi   tamoyili   –   tijorat   korxonalarining
moliya   sohasidagi   mustaqilligisiz   amalga   oshirilishi   mumkin   emasligini
anglatadi.   Xo’jalik   yurituvchi   subyektlar,   mulkchilik  shaklidan  qat’iy   nazar,
iqtisodiy   faoliyat   sohasini,   moliyalashtirish   manbalarini,   foyda   olish
maqsadida   pul   mablag’larini   joylashtirish   yo’nalishlarini   mustaqil
belgilaydilar.   Bozor   tijorat   korxonalarining   kapital   jalb   qilishning   yangi
sohalarini   izlab   topishini,   iste’mol   ehtiyojiga   moslashuvchan   ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yishni rag’batlantiradi. Tijorat korxonalari qo’shimcha
foyda   olish   maqsadida   boshqa   subyektlarning   ustav   kapitalini   shakllanishda
ishtirok etib, ularning, davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish shaklidagi
qisqa muddatli va uzoq muddatli investisiyalar xarakteridagi investisiyalarni
amalga   oshirishlari   mumkin.   Biroq,   to’la   xo’jalik   mustaqilligi   to’g’risida
gapirish   mumkin   emas,   chunki   davlat   ular   faoliyatini   ma’lum   darajada
tartibga   solib   turadi.   Demak,   tijorat   korxonalari   turli   darajadagi   byudjetlar
bilan o’zaro aloqalari qonunchilik asosida o’rnatiladi. Mulkchilikning barcha shaklidagi   tijorat   korxonalari   o’rnatilgan   tartibida   tegishli   soliqlarni
to’laydilar, byudjetdan tashqari fondlarni shakllanishida ishtirok etadilar. 
O’zini-o’zi   moliyalashtirish   tamoyili   –   bu   xo’jalik   yurituvchi
subyektning raqobatbardoshligini ta’minlovchi tadbirkorlik faoliyatini asosiy
shartlaridan biri.
O’zini-o’zi  moliyalashtirish mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish,  ishlar
bajarish va xizmatlar ko’rsatish xarajatlarini to’laligicha o’zi qoplashi, ishlab
chiqarishni   rivojlantirish   uchun   investisiyalarni   o’ziningi   pul   mablag’lari   va
zarurat   bo’lganda   bank   va   tijorat   kreditlari   hisobiga   amalga   oshirilishi
tushuniladi.
Rivojlangan   bozor   munosabatlariga   ega   davlatlarning   o’zini-o’zi
moliyalashtirish   darajasi   yuqori   bo’lgan   korxonalarining   xususiy   kapitali
70% va undan ko’pni tashkil qiladi.
Tijorat   korxonalari   va   korxonalarini   moliyalashtirishning   asosiy   o’z
manbalariga   quyidagilar   kiradi:   amortizasiya   (eskirish)   ajratmalari,   foyda,
ta’mirlash fondlariga ajratmalar. Hozirgi kunda barcha tijorat korxonalari va
korxonalari   bu   tamoyilga   rioya   qilish   imkoniga   ega   emaslar.   Qator   soha
korxonalari,   iste’molchi   uchun   zarur   bo’lgan   mahsulot   ishlab   chiqarish   va
xizmat   ko’rsatish   bilan,   obyektiv   sabablarga   ko’ra   ularning   rentabelligini
ta’minlay   olmaydilar.   Ularga   shahar   yo’lovchi   transporti,   uy-joy   kommunal
xo’jaligi, qishloq xo’jaligining alohida korxonalari kiradi. Bunday korxonalar
imkoniyat   darajasida   qaytarish   va   qaytarmaslik   asosidagi   byudjetdan
qo’shimcha moliyalashtirish ko’rinishidagi davlat yordamini oladilar.
Moddiy   manfaatdorlik   tamoyili.   Bu   tamoyilnnig   obyektiv   zarurligi
tadbirkorlik   faoliyatining   asosiy   maqsadi   –   foyda   olish   bilan   asoslanadi.
Tadbirkorlik   faoliyatining   natijalaridan   manfaatdorlik   nafaqat   uning
ishtirokchilarida,   balki   to’laligicha   davlatda   ham   namoyon   bo’ladi.   Bu
tamoyilning   amalga   oshirilishi   korxonaning   alohida   xodimlariga   yuqori darajada   mehnatga   haq   to’lash   bilan   ta’minlanishi   mumkin.   Korxona   uchun
bu   tamoyil   davlat   tomonidan   optimal   soliq   siyosatini,   iqtisodiy   asoslangan
amortizasiya   siyosatini   olib   borilishi,   ishlab   chiqarishni   rivojlanishi   uchun
iqtisodiy   shart-sharoitlarni   yaratilishi   natijasida   amalga   oshishi   mumkin.
Korxonaning   o’zi   bu   tamoyilning   amalga   oshishiga   yangitdan   yaratilgan
qiymatni   taqsimlashda,   iste’mol   fondi   va   jamg’arma   fondini
shakllantirilishida   iqtisodiy   asoslangan   mutanosibliklarga   rioya   qilish   bilan
yordam   berishi   mumkin.   Davlatning   manfaatlari   korxonalarning   rentabelli
faoliyati bilan, ishlab chiqarishning o’sishi va soliq intizomiga rioya qilinishi
bilan ta’minlanishi mumkin. 
Moddiy   javobgarlik   tamoyili   moliyaviy-xo’jalik   faoliyatini   yuritish   va
uning   natijalari   uchun   ma’lum   javobgarliklar   tizimining   mavjudligini
bildiradi. Bu tamoyilni amalga oshirishning moliyaviy usullari turli xildir va
qonunchilik   bilan   tartibga   solinadi.   Shartnomaviy   majburiyatlarni,   hisob-
kitob   intizomini,   olingan   kreditlarni   qaytarish   muddatlarini,   soliq
qonunchiligi   va   shu   kabilarni   buzgan   korxonalar   penya   va   jarimalar
to’laydilar.   Rentabelli   bo’lmagan,   o’zining   majburiyatlari   bo’yicha   javob
bera olmaydigan korxonalarga bankrotlik tadbirlari qo’llanilishi mumkin.
Korxonalarning   rahbarlari   soliq   qonunchiligini   buzilishi   yuzasidan
ma’muriy   javobgarlikka   egadirlar.   Korxonalar   va   korxonalarning   alohida
xodimlariga   bankrotlikka   yo’l   qo’yganligi   uchun   jarimalar   tizimi,
mukofotlardan   mahrum   qilish,   mehnat   intizomini   buzganligi   uchun   ishdan
bo’shatish choralari qo’llaniladi.
Moliyaviy   zahiralar   bilan   ta’minlash   tamoyili   biznesga   qo’yilgan
mablag’larni   qaytmaslik   havfini   mavjudligi   bilan   asoslanuvchi   tadbirkorlik
faoliyatining   shartlari   bilan   xarakterlanadi.   Bozor   munosabatlari   sharoitida
tavakkalchilikning   oqibatlari   tadbirkorning   o’ziga   yuklanadi,   chunki   u   o’zi
ishlab chiqqan dasturini o’zining tavakkalchiligi asosida ixtiyoriy va mustaqil amalga   oshiradi.   Bundan   tashqari,   xaridorlar   uchun   iqtisodiy   kurashda
tadbirkorlar   o’zining   mahsulotlarini   pullarini   o’z   vaqtida   qaytmaslik
tavakkalchilik   bilan   ham   sotishga   majbur   bo’ladilar.   Korxonalarning
moliyaviy   qo’yilmalari   ham   qo’yilgan   mablag’larni   o’z   vaqtida   qaytmaslik
yoki   ko’zlangandan   oz   daromad   olish   tavakkalchiligi   bilan   ham   bog’liqdir.
Nihoyat,   ishlab   chiqarish   dasturlarini   ishlab   chiqishda   bevosita   iqtisodiy
hatoliklarga   ham   yo’l   qo’yilishi   mumkin.   Mazkur   tamoyilning   amalga
oshishi   xo’jalik   yuritishning   noqulay   davrlarida   korxonaning   moliyaviy
holatini   mustahkamlash   imkoni   beruvchi   moliyaviy   zahiralarni   va   turdagi
fondlarni shakllantirish hisoblanadi.
Tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar tomonidan moliyaviy
zahiralar byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng
qoladigan   sof   foydadan   shakllantiriladi.   Biroq,   amaliyotda,   moliyaviy
imkoniyatlarining   sustligi   sababli,   ularning   moliyaviy   barqarorligi   uchun
zaruriy moliyaviy zahiralarni shakllantira olmaydilar.
3. Notijorat faoliyat bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi
Notijorat   tashkilot   –   foyda   olish   maqsadida   emas,   balki
ishtirokchilarning   moddiy   (mulkiy)   ehtiyojlarini   qondirish,   ma’naviy   yoki
o’zga   nomoddiy   ehtiyojlarni   qondirish,   hayriya,   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy
yoki   boshqa   ijtimoiy   foydali   maqsadlar,   boshqaruv,   ijtimoiy-madaniy
vazifalarni  yoki  tijoratchilikdan  iborat  bo’lmagan  boshqa  vazifalarni  amalga
oshirish   uchun   tuzilgan   yuridik   shaxsdir.   Ta’kidlash   joizki,   Fuqarolik
Kodeksida  notijorat korxonalarning tadbirkorlik  faoliyati uning tashkil  etilish
maqsadlariga   erishishga   yo’naltirilgan   va   bu   maqsadlarga   mos   kelsa
shug’ullanishga   ruxsat   beriladi.   Notijorat   tashkilotlarning   huquqiy   maqomi
O’zbekiston   Respublikasining   Fuqarolik   Kodeksi   (1-qism,   4-bob,   3- §)   bilan beligilangan 1
. Yuridik shaxs sifatida NTT to’la huquqiy subyekti hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, har qanday NTT uning faoliyati maqsadlariga
mos   keluvchi   fuqarolik   huquqlariga   va   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lgan
majburiyatlarga ega. 
N otijorat tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar:
– ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish;
– ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;
– hayriya,   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy   yoki   boshqa   ijtimoiy
foydali maqsadlarni tashkil qilish;
– boshqaruv,   ijtimoiy-madaniy   vazifalarni   yoki
tijoratchilikdan   iborat   bo’lmagan   boshqa   vazifalarni   amalga
oshirish .
Yuridik   shaxs   sifatida   notijorat   tashkilot   quyidagi   xususiyatlarga   ega
bo’lishi kerak:
–   o’z   mulkida   yoki   operativ   boshqaruvida   alohida   mol-mulkka   ega
bo’lishlik;
– mulklar bilan o’zining majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lish ;
– o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la
olishlik   va   ularni   amalga   oshish,   majburiyatlarni   bajarish,   sudda
da’vogar va javobgar bo’lish;
– mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishi .
Notijorat   korxonalariga   matlubot   kooperativlari,   jamoat   birlashmalari,
jamoat fondlari, muassasalar kiradi.
Matlubot   kooperativlari   –   ishtirokchilarning   moddiy   (mulkiy)
ehtiyojlarini   qondirish   maqsadida   fuqarolarning   a’zolikka   asoslangan
ixtiyoriy   birlashma   hisoblanib,   uning   a’zolari   tomonidan   o’z   mulkiy   (pay)
badallarini   qo’shish   yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.   U   boshqa   notijorat
1
 ЎзР Фуқаролик Кодекси tashkilotlar   bilan   taqqoslaganda   alohida   maqomga   ega.   Ular   o’zining
faoliyatini   ishtirokchilarning   moddiy   (mulkiy)   ehtiyojlarini   qondirish
maqsadida   olib   boradilar   (uy-joy   qurilish   kooperativlari,   uy-joy   mulkdorlari
shirkatlari).   Boshqa   NTTlar   esa,   boshqa   ijtimoiy   (nomoddiy)   manfaatlarga
ega bo’lishlik uchun tuziladi.
Jamoat   birlashmalari   –   ma’naviy   yoki   o’zga   nomoddiy   ehtiyojlarni
qondirish   uchun   o’z   manfaatlarining   mushtarakligi   asosida   qonunda
belgilangan   tartibda   birlashgan   fuqarolarning   ixtiyoriy   birlashmalardir.
Jamoat   birlashmalari   o’z   Nizomida   nazarda   tutilgan   ishlab   chiqarish   yoki
boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirisht mumkin.
Jamoat   fondlari   –   fuqarolar   va   (yoki)   yuridik   shaxslar   tomonidan
ixtiyoriy   mulkiy   badallar   qo’shish   asosida   tashkil   etilgan,   hayriya,   ijtimoiy,
madaniy,   ma’rifiy   yoki   boshqa   ijtimoiy   foydali   maqsadlarni   ko’zlaydigan,
a’zoligi bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Muassasalar   –   boshqaruv,   ijtimoiy-madaniy   vazifalarni   yoki
tijoratchilikdan   iborat   bo’lmagan   boshqa   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun
mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’la yoki qisman moliyaviy ta’minlab
turiladigan tashkilot.
Yuridik   shaxslar   birlashmalari.   Tijorat   tashkilotlari   o’zlarining
tadbirkorlik   faoliyatlarini   muvofiqlashtirish,   shuningdek   mushtarak   mulkiy
manfaatlarini   ifoda   etish   hamda   himoya   qilish   maqsadida   notijorat
tashkilotlar   hisoblanuvchi   uyushmalar   (ittifoqlar)   va   o’zga   birlashmalariga
birlashishlari mumkin. 
Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari.   Fuqarolarning   o’zini
o’zi   boshqarish   organlari   yuridik   shaxs   sifatida   fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning qatnashchilaridir.
Ijtimoiy-madaniy   xususiyatga,   jamoat   tartibini   saqlash,   boshqaruv   va
mudofaaga taalluqli bo’lgan rang-barang xizmatlarni ko’rsatayotgan xo’jalik subyektlari   notijorat   asosida   faoliyat   ko’rsatayotgan   muassasa   va
tashkilotlarni tashkil etadi. 
Iqtisodiyotning   notijorat   sektori   muassasa   va   tashkilotlarining
moliyaviy mablag’lari – o’z faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun
turli   manbalar   hisobidan   shakllantiriladigan   pul   mablag’laridan   iborat
bo’ladi.   Notijorat   asosida   faoliyat   ko’rsatayotgan   muassasa   va   tashkilotlar
moliyaviy resurslarining shakllanishi ikki xususiyatga bog’liq bo’ladi. 
1. Ko’rsatayotgan xizmatlar ko’rinishi. 
2. Iste’molchiga yetkazib berilishi (pullik yoki bepul). 
Ayrim xizmatlar iste’molchilarga faqat bepul ko’rsatiladi, boshqalari –
pullik, qolganlari esa, ham pullik, ham tekinga ko’rsatiladi. 
Jamiyatga   to’laligicha   xizmat   ko’rsatuvchi   moqamga   ega   davlat
boshqaruvi   va   mudofaasi   sohasida   har   bir   fuqaro   va   yuridik   shaxs   bunday
xizmatlarni   bepul   iste’mol   qiladi.   Bularni   moliyalashtirishning   yagona
manbai   bo’lib   davlat   byudjeti   mablag’lari   hisoblanadi,   lekin   shuni   yoddan
chiqarmaslik   kerakki,   bu   mablag’lar   xizmat   ko’rsatayotgan   xodimlarni
to’laligicha   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotini   qondira   olishi   va   hech   ham   tijorat
asosida   faoliyat   ko’rsatayotgan   muassasa   va   tashkilotlardagi   o’rtacha   ish
haqidan kam bo’lmasligi lozim. Aks holda bu sohada xizmat ko’rsatayotgan
xodimlar  ichida  xizmatiga  nisbatan  loqaydlik,  korrupsiya  kabi  salbiy  illatlar
tomir otishi tabiydir. 
Yuqorida   keltirganimizdek,   ayrim   muassasa   va   tashkilotlar   notijorat
asosida   faoliyat   ko’rsatayotgan   bo’ladi,   ammo   keng   ommaga   pullik   xizmat
ko’rsatadilar.   Jumladan,   teatr,   kinoteatr,   advokatlar,   notarial   idora   va
boshqalar.   Zero,   mazkur   xo’jalik   subyektlariga   byudjetdan   mablag’
ajratilsada, u e’tiborli xususiyatga ega emas. 
Iqtisodiyotning   notijorat   sohasiga   ijtimoiy-madaniy   xizmatlar   kiradi.
Ular   iste’molchilarga   pulli   va   bepul   xizmatlar   ko’rsatish,   keyinchalik moliyalashtirishning turli manbalariga ega bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy talablar
uchun   yo’naltirilgan   moliyaviy   resurslarning   aniq   tarkibi   avvalo   talab
xususiyatiga   ega   bo’ladi.   Bu   talabni   uch   guruhga   ajratish   mumkin:   jamiyat
uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   talablar   -   har   bir   fuqaro   oladigan
daromadga   bog’liq   bo’lmagan,   davlat   tomonidan   kafolatlangan   talab.   Bu
xarajatlar   byudjet   va   byudjetdan   tashqari   fondlardan   ajratiladigan
umumdavlat moliyaviy resurslari hisobidan qoplanadi.
4. Jamoat tashkilotlari moliyasi
Jamoat   tashkilotlari   mamlakat   jamoatchilik   tizimining   ajralmas
qismidir.   Ular   jamiyat   a’zolarining   ma’lum   soha   yoki   ijtimoiy   guruhga,
umumiy maqsadlarga, qiziqish yoki umumfuqarolik masalalarini hal qilishda
bir xil yondashuvligi, g’oyaviy maqsadlar uchun birlashishi asosida vujudga
keladi.   Mamlakatimizda   faoliyat   yuritayotgan   kasaba   uyushmalari,   siyosiy
partiyalar, ijodiy uyushmalar, sport va boshqa ixtiyoriy birlashmalar, maxsus
tashkiliy   shakl   asosida   birlashgan   va   so’nggi   yillarda   keng   ommalashib
borayotgan maqsadli fondlar va hayriya fondlari bunga misol bo’ladi. 
Jamoat tashkilotlari moliyasi quyidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi: 
 jamoat   tashkilotlari   va   ularning   a’zolari   o’rtasidagi   jamoatga   kirish
va a’zolik badallarini to’lash, shuningdek jamoat tashkiloti bo’yicha har
xil to’lovlar va imtiyozlarni qo’llash;
 jamoat tashkilotlarining korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari va
tashkilotlar   bilan   moliyaviy   munosabatlari.   Korxonalar   tomonidan
hayriyalar,   shuningdek   har   xil   madaniy   tadbirlar   va   ko’rgazma,
festivallar o’tkazish uchun mablag’lar ajratish;
 jamoat   birlashmalari   ichida   fondlarni   tashkil   qilish   va   foydalanish
bo’yicha (ish haqi fondi, kapital qo’yilmalar) munosabatlar;  yuqori   va   quyi   turuvchi   jamoat   tashkilotlari   o’rtasida   daromadlarini
yuqori tashkilotga o’tkazish yoki yuqori tashkilotdan yordam olish;
 jamoat   tashkilotlari   va   ularga   bo’ysinuvchi   xo’jalik-ishlab
chiqaruvchi tashkilotlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar. 
Jamoat   tashkilotlari   moliyasining   shakllanishida   birinchi   omil
fuqarolarning   o’z   xohishiga   ko’ra   birlashishi   asosida   yuzaga   kelishidir.
Shuning uchun pul fondlarini moddiy bazasi sifatida shakllantirish va ulardan
foydalanish   o’z   xususiyatlariga   ega.   Mablag’lar   tushishining   asosiy   manbai
birlashmalarga   kirish   va   a’zolik   badallaridan   tashkil   topadi.   Ikkinchi   omil,
jamoat   birlashmalari   ma’lum   mulkka   (imoratlar   va   asbob-uskunalar),
korxonalar   va   ishlab   chiqarish   xususiyatiga   ega   bo’lgan   (sanoat,   qurilish,
nashriyot   va   boshqalar),   shuningdek   moliyaviy   mablag’larga   ega   bo’ladi.
Jamoat   birlashmalari   ulush   asosidagi   mulkka   ham   ega   bo’lishi   mumkin
(masalan,   tijorat   banklari,   qo’shma   korxonalar   va   boshqalarni   tashkil
etishda).   Natijada   jamoat   tashkilotlari   moliyasi   davlat   tomonidan   qisman
boshqariladi,   lekin   asosan   nizom   bilan   belgilangan   bo’ladi.   Jamoat
birlashmalarining   nizomida   uning   maqsadlari,   vazifalari   va   boshqa   tizimlar
bilan   hamkorlikning   yo’nalishlari,   shuningdek   moliyaviy-moddiy
ko’rinishdagi mablag’larning shakllanish tamoyillari o’z aksini topadi. 
Jamoat   birlashmalarining   mulkidan   foydalanishning   o’ziga   xos
xususiyati shundan iboratki, u ayrim olingan a’zolar uchun daromad manbai
bo’ladi.   Jamoat   birlashmalarining   barcha   daromadlarlari   umumiy   xizmat
ko’rsatishga,   nizom   ehtiyojlarini   to’la   qondirishga   yo’naltiriladi.   A’zolik
badallarini to’lash va u yoki bu ko’rinishdagi moddiy yordam olish o’rtasida
hech qanaqa bevosita bog’liqlik mavjud emas. 
Jamoat   birlashmalarining   moliya   rejasidagi   daromad   qismi   jamoatga
kirish va a’zolik badallaridan, xo’jalik asosidagi korxonalarning faoliyatidan
va   pulli   tadbirlar   asosida   yuzaga   keladigan   daromadlardan   tashkil   topadi. Ijodiy birlashmalarni moliyalashtirish manbai bo’lib, shuningdek korxona va
tashkilotlar   foydasidan   ajratiladigan   maxsus   pul   ajratmalari   ham   bo’lishi
mumkin.   O’zbekiston   Respublikasining   amaldagi   qonunchiligi   bo’yicha,   bu
ko’rinishdagi foydadan ajratmalar daromad solig’idan ozod etilgan.
So’nggi   yillarda   jamoat   birlashmalari   nafaqat   bepul,   balki   pulli
xizmatlar   doirasini   (sport   seksiyalari,   tikuvchilik   kurslari,   sihatgohlarga
yo’llanmalar   va   h.   k.)   va   ularning   daromad   manbasini   kengaytirmoqda.
Bundan   tashqari   ayrim   jamoat   birlashmalari   daromadlari   tarkibida   davlat
byudjetidan ajratmalar ham bo’lishi mumkin.
Jamoat   tashkilotlari   va   birlashmalari   moliyaviy   rejalarining   xarajatlar
qismida, jamoat birlashmalarining asosiy faoliyati va ular apparatini saqlash,
kapital   qurilish   va   kapital   ta’mirlash,   ma’muriy   xo’jalik   xarajatlari   bilan
bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettiriladi. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari
moliyaviy   rejasining   xarajat   moddalarini   aniqlashtirish   mazkur
birlashmalarning faoliyat xususiyatidan kelib chiqadi. 
Ko’pchilik   jamoat   tashkilotlari   va   birlashmalari   moliyaviy   rejalarida
halqaro   aloqalar   bo’yicha   xarajatlar   ham   ko’zda   tutiladi.   Bunday   xarajatlar
tarkibiga   quyidagilar   kiradi:   xorijiy   delegatsiya   vakillarini   mamlakat   ichida
qabul   qilib   olish   va   chet   ellarga   safar   xarajatlari,   halqaro   seminarlar,
kongresslar,   uchrashuvlar   tashkil   etish   xarajatlari.   Ayrim   holatlarda   ushbu
xarajatlar   halqaro   tashkilotlarga   a’zolik   badallari   uchun   ham   ishlatilishi
mumkin,   bunda   ushbu   jamoat   birlashmalari   halqaro   tashkilotning   haqiqiy
a’zosi bo’lmog’i lozim. Jumladan, mamlakatimiz sport federasiyalari:
-   alohida   sport   turlari   bo’yicha   halqaro   sport   federa t siyalariga   a’zolik
badallarini to’laydilar;
- halqaro federa t siya o’tkazayotgan sport tadbirida ishtirok etish uchun
qatnashish badallarini to’laydi;
- o’yinlardan tushgan mablag’lardan ajratmalar qiladilar.  Jamoat tashkilotlari va birlashmalari o’z nizom faoliyatiga ko’ra odatda
davlat byudjeti oldida hech qanday moliyaviy majburiyatlarga ega emas. 
Jumladan,   faxriylar,   nogironlar   jamoat   birlashmalari,   Qizil   yarim   oy
jamiyati,   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyati   va   h.   k.   lar   soliqlardan
to’la ozod etilgan. 
Jamoat   birlashmalari   qoshida   faoliyat   yurituvchi   korxonalar   tijorat
hisobi tamoyilida faoliyat yuritadilar. Shuning uchun ular moliyasini tashkil
etish boshqa korxonalardagi asosiy xususiyatlar bilan umumiy bo’lib, asosiy
fondlar   va   aylanma   mablag’lar   doiraviy   aylanishini   tashkil   etish   (nizom
fondini shakllantirish), foyda olish va taqsimlash, byudjet bilan hisob-kitoblar
odatdagi tartibda amalga oshiriladi. 
Xo’jalik   faoliyatidan   daromadlarning   o’sishi   jamoat   birlashmalariga
o’z mulkini ko’paytirish va umumiy daromadlar so’mmasida a’zolik badallari
ulushini   kamaytirish   imkonini   beradi,   jumladan,   qurolli   kuchlarga
ko’maklashuv   ko’ngilli   jamiyatlarida   xo’jalik   faoliyatidan   olingan
daromadlar uning 80% atrofidagi xarajatlarini, a’zolik badallari esa, taxminan
20%   ini   qoplashga   imkon   berdi.   Kinochilar   uyushmasi,   rassomlar
uyushmasida   a’zolik   badallarining   jami   daromadlardagi   ulushi   3%   dan
ortmaydi. 
Kasaba   uyushmalari   –   ishlab   chiqarishda,   xizmat   ko’rsatish   va
madaniyat   sohasida   faoliyatining   umumiy   manfaatlari   bilan   bog’liq   bo’lgan
mehnatkashlarni   birlashtiruvchi   ommaviy   tashkilotlardir.   Ular   "Kasaba
uyushmalari" to’g’risidagi qonunga asosan faoliyat yuritadilar. Hozirgi kunda
Kasaba   uyushmalarining   umumiy   federatsiyasi   tashkil   etilgan.   Bozor
iqtisodiyoti   munosabatlarida   kasaba   uyushmalari   ishchi   va   xizmatchilarning
manfaatlarini,   ayniqsa,   davlat   va   tadbirkorlar   bilan   mehnat   munosabatlarini
tartibga   solish   va   himoya   qilishga   qaratilgan.   Kasaba   uyushmalari
mehnatkashlar   moddiy   va   kasbiy   holatiga   aloqador   bo’lgan   barcha   qonun loyihalarini   (masalan,   aholi   bandligi   to’g’risidagi,   ijtimoiy-ta’minot   va
ijtimoiy himoya to’g’risidagi qonunlar) ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari
lozim.   Kasaba   uyushmalari   mehnatkashlar   mehnat   sharoitlari,   turmush   tarzi
va dam olishlarini tashkil etish va yaxshilash uchun harakat qiladilar. 
Kasaba   uyushmalari   moliyasini   tashkil   qilish,   asosan,   o’zida   jamoat
birlashmalari   moliyasiga   xos   bo’lgan   xususiyatlarni   aks   ettiradi.   Kasaba
uyushmalari va ularga bo’ysunuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi uch tur
pul munosabatlarini o’zida mujassamlashtiradi:
-  kasaba  uyushmalari  va  uning  a’zolari  o’rtasidagi  munosabatlar.  Ular
ikki   tomonli   xarakterga   ega,   ya’ni   a’zolar   kirish   va   a’zolik   badallarini
to’laydi   va   ikkinchi   tomondan   kasaba   uyushmalaridan   har   xil   moddiy   va
moliyaviy yordam oladilar;
-   kasaba   uyushmalarini   korxona,   tashkilot   va   birlashmalar   bilan
moliyaviy   munosabatlari.   Ular   tarkibiga   ish   haqidan   ajratmalar,
korxonalarning   ixtiyoriy   badallari,   jumladan,   madaniy   tadbirlar   o’tkazish
uchun ajratmalar kiradi;
-   kasaba   uyushmalari   tizimi   ichidagi   pul   munosabatlari,   ya’ni   kasaba
uyushmalari   yuqori   va   quyi   bo’g’inlari   o’rtasidagi,   kasaba   uyushmalari   va
ular   qaramog’idagi   ijtimoiy-madaniy   muassasalar,   xo’jalik   tashkilotlari
o’rtasidagi   pul   munosabatlari   va   h.   k.   Kasaba   uyushmalari   o’z   faoliyatini
amalga   oshirish   uchun   mustahkam   moddiy-moliyaviy   vositaga   egadirlar.
Ularning   ixtiyorida   sihatgohlar,   pansionatlar,   dam   olish   uylari,   turistik
bazalar, madaniy muassasalari, sport inshootlari mavjud. Mazkur fondlarning
ayrim   qismi   davlat   (byudjet)   mablag’larini   jalb   etish   hisobiga   yaratilgan.
Kasaba   uyushmalari   qator   qo’shma   korxonalar,   tijorat   banklari   kabi   yirik
investorlarning   ta’sischilari,   ya’ni   ular   nizom   jamg’armasining   mulkdorlari
hisoblanadi.   Kasaba   uyushmalari   mablag’larining   bir   qismi   qimmatli
qog‘ozlarni sotib olishga safarbar etilgan.  Kasaba   uyushmalari   to’la   moliyaviy   mustaqil   bo’lib,   davlat   byudjeti
oldida   o’zining   asosiy   faoliyati   bo’yicha   hech   qanday   moliyaviy
majburiyatlarga  ega emas (ularga qarashli  bo’lgan korxonlar  foyda, va h. k.
soliqlaridan tashqari). 
Kasaba   uyushmalari   tashkilotlarining   o’z   mablag’lari   tarkibiga
quyidagilar kiradi: 
- a’zolik badallari;
- xo’jalik tashkilotlari faoliyatidan daromadlar;
- pullik tadbirlardan daromadlar. 
Kasaba   uyushmalari   tashkilotlari   daromadlarida   a’zolik   badallari   ular
umumiy   hajmining   yarmidan   ko’p   qismini   tashkil   etadi.   A’zolik   badallari
hisoblangan daromad solig’idan 0,01% miqdorida belgilanadi. 
Kasaba uyushmalari tashkilotlari o’z daromadlarining ikkinchi manbai
Kasaba uyushmalari tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyati, jumladan, uning
qaramog’idagi   korxona   va   tashkilotlar,   yordamchi   xo’jaliklar   (qishloq
xo’jaligi,   savdo,   transport,   sanoat,   maishiy   xizmat   va   h.   k.)   yuritilishi   bilan
bog’liqdir.   Kasaba   uyushmalari   tashkilotlari   moliyaviy-xo’jalik   faoliyati
o’zini-o’zi  qoplash  tamoyiliga  asoslanadi.  Kasaba   uyushmalari   tizimi  ichida
o’z   mablag’larini   bo’g’inlar   o’rtasida   qayta   taqsimlash   bilan   bog’liq   smeta
asosidagi moliyalashtirish ham qo’llanilishi mumkin. 
Kasaba   uyushmalari   tashkilotlarining   xarajatlari   ularning   nizom
vazifalaridan kelib chiqadi. Ular tarikibiga avvalo moddiy yordam ko’rsatish,
mehnat   muhofazasi   hamda   ma’muriy-xo’jalik   xarajatlari   kiradi.   Tashkiliy
xarajatlariga yig’ilishlar, konferensiyalar o’tkazish va safar xarajatlari kiradi.
Kasaba   uyushmalari   xarajatlarining   belgilovchi   qismi   madaniy   va   sport
muassalarini saqlash va rivojlantirish bilan bog’liq. 
Kasaba   uyushmalarining   umumiy   konfederasiyasi   (KUUK)   halqaro
tashkilot   –   Umumjahon   Kasaba   uyushmalari   federasiyasi   (UKF)   tarkibiga kiradi.   Shuning   uchun   KUUK   xarajatlariga   halqaro   aloqalarni   rivojlantirish
va   mustahkamlash   xarajatlari,   jumladan,   UKFga   a’zolik   badallarini   to’lash
xarajatlari kiradi. 
Kasaba   uyushmalari   tashkilotlari   moliyasi   vertikal   boshqaruv   tizimini
hisobga   olgan   holda   tuziladi.   Kasaba   uyushmalarining   daromadlari   uning
yuqori   va   quyi   tashkilotlari   orasida   taqsimlanadi.   A’zolik   badallari,   asosan,
birlamchi   tashkilotda   qoladi   va   uning   ayrim   qismi   Kasaba   uyushmalari
bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanadi. Hozirda mamlakatimizda mustaqil kasaba
uyushmalarining   konfederasiyasi   (MKUK)   shakllangan   va   faoliyat
yuritmoqda. 
Siyosiy   partiyalar   va   ijtimoiy   harakatlar   jamoat   birlashmalarining
muhim   ko’rinishidir.   Bu   yerda   jamoaga   birlashtirishning   asoslari   sifatida
g’oyaviy   tamoyillar   yoki   ijtimoiy   g’oyalar   maydonga   chiqadi.   Siyosiy
partiyalar   va   ijtimoiy   harakatlar   moliya   tizimi   boshqa   jamoat
birlashmalaridagi kabi bo’lsada, ma’lum xususiyatlarga ham ega. 
Har qanday siyosiy partiya faoliyatining asosiy manbai sifatida a’zolik
badallari   maydonga   chiqadiki,   ular   odatda   barcha   xarajatlarni   qoplashga
imkon   bermaydi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   ijtimoiy   harakatlar   uchun   bundan
tashqari korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy tadbirkorlar va alohida
fuqarolarning jamg’armalari va hayriya – ehsonlari ham qo’llaniladi. Siyosiy
partiyalar   va   ijtimoiy   harakatlar   daromadlari   manbalarining   uchinchi
guruhiga   nashriyotchilik   va   boshqa   faoliyatdan   tushumlar   kiradiki,   ushbu
manba tijorat xususiyatiga ega bo’ladi. 
Demokratik   jamiyatlarda   ko’p   holatlarda   siyosiy   partiyalarni   nafaqat
to’g’ridan-to’g’ri   moliyalashtirish,   balki   ularga   moddiy   yordam   (yig’ilishlar
uchun   binolarni   tekinga   yoki   imtiyozli   shartlarda   berish,   siyosiy-partiyaviy
yo’nalishdagi   muzeylarni   moliyalashtirish   va   h.k.)   ko’rsatish   uchun   ham
davlat   byudjeti   mablag’laridan   foydalanish   qonun   yo’li   bilan   taqiqlangan. Shu   bilan   bir   vaqtda   qonunan   rasmiylashtirilgan   ma’lum   cheklanishlar   ham
ko’zda   tutilishi   mumkin.   Masalan,   Chexiya   va   Slovakiyada   parlamentga
saylangan barcha partiya va harakatlar har bir saylov ovozi uchun 10 krondan
mablag’ oladi. Shunday qilib, davlat oz miqdorda bo’lsada partiyalar saylov
tadbirlarini va ularning joriy faoliyatini subsidiyalashtiradi. 
Mamlakatimizda   so’nggi   yillarda   amalga   oshirilayotgan   siyosiy
islohotlar natijasida siyosiy partiyalarning moliyaviy ta’minoti, shu jumladan
davlat   byudjetidan   ham   moliyalashtirishning   huquqiy   asosi   yaratildi,   ya’ni
2004-yil   30-aprelda   siyosiy   partiyalarni   moliyalashtirish   sohasidagi
munosabatlarni   tartibga   solish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasining
"Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida"gi qonuni qabul qilindi. 
Unga   asosan   siyosiy   partiyalarni   moliyalashtirish   manbalari
quyidagilardan iborat:
 kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday
badallar to’lash nazarda tutilgan bo’lsa;
 qonun   hujjatlariga   muvofiq   tadbirkorlik   faoliyatidan   olingan
daromadlar;
 O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjetidan   qonunga   muvofiq
ajratiladigan mablag’lar;
 O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan
qonunga muvofiq beriladigan hayriya yordamlari.
Siyosiy   partiyalarni   moliyalashtirish   qonuniylik,   ochiqlik,   oshkoralik
va   siyosiy   partiyalarning   teng   huquqliligi   kabi   asosiy   prinsiplar   asosida
amalga oshiriladi.
Shuningdek,   qonunda   siyosiy   partiyalar   faoliyatining   turli   jabhalarni
davlat   tomonidan   moliyalashtirish   ko’zda   tutilgan.   Jumladan,   O’zbekiston
Respublikasining   "Siyosiy   partiyalarni   moliyalashtirish   to’g’risida"gi
qonunining   7-moddasida   siyosiy   partiyalarning   ustavda   nazarda   tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish  to’g’risida quyidagilar nazarda
tutilgan: «Siyosiy partiya, agar u O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qonunchilik   palatasiga   (bundan   buyon   matnda   qonunchilik   palatasi   deb
yuritiladi)   saylov   yakunlari   bo’yicha   "O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisining qonunchilik palatasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyaviy   qonuniga   muvofiq   qonunchilik   palatasida   siyosiy   partiya
fraksiyasini  tuzish   uchun  zarur  miqdorda  deputatlik  o’rinlarini  olgan  bo’lsa,
o’zining   ustavda   nazarda   tutilgan   faoliyatini   moliyalashtirish   uchun   davlat
mablag’larini olish huquqiga ega bo’ladi. 
Siyosiy   partiyalarning   ustavda   nazarda   tutilgan   faoliyatini
moliyalashtirish   uchun   ajratiladigan   davlat   mablag’larining   yillik   hajmi   shu
mablag’larni   ajratish  mo’ljallanayotgan  yildan   oldingi  yilning   1-yanvaridagi
holatga   ko’ra   belgilangan   bazaviy   miqdorning   ikki   foizini   qonunchilik
palatasiga   o’tkazilgan   oxirgi   saylovda   saylovchilar   ro’yxatiga   kiritilgan
fuqarolar soniga ko’paytmasi miqdorida shakllantiriladi.
Ushbu   moddaning   ikkinchi   qismida   ko’rsatilgan   davlat   mablag’larini
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   belgilaydigan   tartibda
O’zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   qonunchilik   palatasiga   oxirgi
saylovning   O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi
tomonidan   aniqlangan  natijalari   asosida   bu  mablag’larni  olish  huquqiga  ega
bo’lgan   siyosiy   partiyalar   o’rtasida   ularning   qonunchilik   palatasida   olgan
deputatlik o’rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi».
Mazkur   qonunning   8-moddasida   esa,   siyosiy   partiyalarning
qonunchilik  palatasiga  va  davlat  hokimiyatining  boshqa  vakillik  organlariga
saylovda   ishtirok   etishini   davlat   tomonidan   moliyalashtirish   tartibi
keltirilgan:   «Siyosiy   partiyalarning   qonunchilik   palatasiga   va   davlat
hokimiyatining   boshqa   vakillik   organlariga   saylovda   ishtirok   etishini
moliyalashtirish   belgilangan   tartibda   faqat   ana   shu   maqsadlar   uchun ajratiladigan   davlat   mablag’lari   hisobidan   amalga   oshiriladi.   Siyosiy
partiyalarni   saylovda   boshqa   mablag’lar   hisobidan   moliyalashtirish   va
moddiy jihatdan o’zgacha tarzda qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalarning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini
moliyalashtirish   uchun   ajratiladigan   davlat   mablag’larining   bir   deputatlikka
nomzod   hisobiga   to’g’ri   keladigan   miqdori   O’zbekiston   Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Siyosiy   partiyaning   qonunchilik   palatasiga   saylovda   ishtirok   etishini
moliyalashtirish   uchun   ajratiladigan   davlat   mablag’lari   shu   partiyadan
qonunchilik   palatasi   deputatligiga   ko’rsatilgan   nomzodlar   ro’yxatga
olingandan   keyin   ro’yxatga   olingan   nomzodlar   soniga   muvofiq   hajmda
siyosiy partiyaning hisob-kitob varag’iga belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Qonunchilik palatasiga saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini
moliyalashtirish   uchun   ajratilgan   davlat   mablag’lari   siyosiy   partiya
tomonidan:
 saylovoldi ko’rgazmali tashviqot vositalarini nashr qilishga;
 qonunchilik   palatasi   deputatligiga   nomzodlarning   televideniya,
radio   orqali   va   boshqa   ommaviy   axborot   vositalarida   chiqishlarini   tashkil
etishga;
 qonunchilik   palatasi   deputatligiga   nomzodlarning   saylovchilar
bilan uchrashuvlarini tashkil etishga;
 qonunchilik   palatasi   deputatligiga   nomzodlarning   ishonchli
vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini o’tkazish uchun
jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
 saylov   kampaniyasini   o’tkazishga   doir   umumpartiyaviy
tadbirlarga sarflanishi kerak.
Agar  qonunchilik  palatasiga  saylov  yakunlari  bo’yicha   siyosiy  partiya
fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o’rinlarini ololmagan bo’lsa, siyosiy   partiyaning   qonunchilik   palatasiga   saylovda   ishtirok   etishini
moliyalashtirish   uchun   ajratilgan   davlat   mablag’lari   mazkur   partiyaning
boshqa   manbalardan   olgan   mablag’lari   hisobidan   O’zbekiston   Respublikasi
Davlat byudjetiga qaytarilishi kerak».
Siyosiy   partiyalarni   davlat   tomonidan   moliyalashtirish   manbai   va   uni
ajratish   tartibi   qonunning   10-moddasida   keltirilgan:   «Siyosiy   partiyalarni
davlat   tomonidan   moliyalashtirish   manbai   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat
byudjetining mablag’laridir.
Siyosiy   partiyalarni   moliyalashtirish   uchun   ajratiladigan   davlat
mablag’lari   siyosiy   partiyalarning   hisob   –   kitob   varaqlariga   belgilangan
tartibda o’tkaziladi.
Moliya   yili   uchun   ajratilgan,   lekin   shu   yil   mobaynida   siyosiy   partiya
tomonidan foydalanilmagan davlat mablag’lari moliya yili tugaganidan keyin
bir oy ichida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilishi kerak.
Siyosiy partiya davlat mablag’larini olishdan voz kechishga haqli». 
Shuningdek,   siyosiy   partiyalarning   daromadlari   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning   hayriya   mablag’lari   hisobidan   ham   shakllanishi   mumkin.
Siyosiy partiyalarga hayriya yordamlari berishning tartibi va umumiy jihatlari
yuqoridagi   qonunning   3-qismida   keltirilgan.   Unga   ko’ra   siyosiy   partiya
hayriya  yordamini  faqat  O’zbekiston   Respublikasi  yuridik  shaxslari   (chet   el
investisiyalari   ishtirokidagi   korxonalar   bundan   mustasno)   va   fuqarolaridan
pul   shaklida   hamda   mol-mulk   berish,   xizmatlar   ko’rsatish,   ishlar   bajarish
tarzida   va   faqat   ustavda   nazarda   tutilgan   faoliyatni   amalga   oshirish   uchun
olish huquqiga ega.
O’zbekiston   Respublikasi   yuridik   shaxslari   va   fuqarolari   tomonidan
hayriya   yordami   berish   ixtiyoriy   ravishda   va   ularning   faqat   o’z
mablag’laridan amalga oshiriladi. Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasining bir yuridik shaxsidan bir
yil   mobaynida   olgan   hayriya   yordami   so’mmasi   hayriya   yordami   berilgan
yilning   31-dekabrdagi   holatiga   ko’ra   belgilangan   bazaviy   miqdorning   besh
ming   baravaridan   oshmasligi   lozim.   Hayriya   yordami,   agar   u   yuqorida
ko’rsatilgan   so’mmadan   ortiqroq   bo’lsa,   olingan   kundan   e’tiboran   bir   oy
ichida   siyosiy   partiya   hayriya   yordami   beruvchiga   uni   qaytarishi,   qaytarish
imkoniyati bo’lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o’tkazishi lozim.
Siyosiy   partiya   O’zbekiston   Respublikasining   bir   fuqarosidan   bir   yil
mobaynida   olgan   hayriya   yordami   so’mmasi   hayriya   yordami   berilgan
yilning   31-dekabrdagi   holatga   ko’ra   belgilangan   bazaviy   miqdorning   besh
yuz   baravaridan   oshmasligi   lozim.   Ushbu   cheklash   siyosiy   partiya   a’zolari
partiya ustaviga asosan to’laydigan a’zolik badallariga tatbiq etilmaydi.
O’zbekiston   Respublikasining   fuqarosi   siyosiy   partiyaga   pul
mablag’lari   shaklidagi   hayriya   yordamini   berishda   uni   siyosiy   partiyaning
hisob-kitob varag’iga shaxsan, pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatni
taqdim   etgan   hamda   to’lov   topshiriqnomasida   yoxud   pul   jo’natmasida
familiyasi,   ismi,   otasining   ismi   va   pasportiga   oid   ma’lumotlarni   ko’rsatgan
holda o’z mablag’laridan o’tkazadi.
Hayriya   yordami,   agar   yuqorida   ko’rsatilgan   so’mmadan   ortiqroq
bo’lsa,   olingan   kundan   e’tiboran   bir   oy   ichida   siyosiy   partiya   hayriya
yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo’lmagan taqdirda
esa, davlat daromadiga o’tkazishi lozim.
Siyosiy   partiyalarga   pul   mablag’lari   shaklidagi,   mol-mulk   berish,
xizmatlar   ko’rsatish,   ishlar   bajarish   tariqasidagi   (shu   jumladan   grantlar
ajratish,   texnik   yordam   ko’rsatish,   safarlar   bilan,   shuningdek   O’zbekiston
Respublikasi   hududida   va   undan   tashqarida   o’tkaziladigan   treninglar,
seminarlar,   konferensiyalar   bilan   bog’liq   xarajatlarga   haq   to’lash   orqali)
hayriya yordami quyidagilar tomonidan berilishiga yo’l qo’yilmaydi:  chet davlatlar;
 chet   davlatlarning   yuridik   shaxslari,   ularning   vakolatxonalari   va
filiallari;
 halqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari;
 chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar;
 chet el fuqarolari;
 fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 
Fuqarolarning   o’zini-o’zi   boshqarish   organlari,   diniy   tashkilotlar   va
nomi yashirilgan yoki faqat tahallusi ko’rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy
partiyalarga pul mablag’lari shaklida, mol-mulk berish, xizmatlar ko’rsatish,
ishlar bajarish tarzida hayriya yordami berilishiga ham yo’l qo’yilmaydi.
Siyosiy partiyalar uchun boshlang’ich partiya tashkilotlari va markaziy
boshqaruv   apparati   mavjudligi   sharoitida   boshqarishning   vertikal   tarkibi
xosdir. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar moliyasini tashkil etish uchun
yuqori va quyi partiya tashkilotlari o’rtasidagi, jumladan, dotatsiya shaklidagi
ichki partiyaviy moliyaviy munosabatlar ham xosdir. 
Siyosiy partiyalar moliyaviy rejalarida daromadlar tarkibini to’liqligini
ko’rish   mumkinki,   ular   tarkibida   tijorat   hisobi   asosida   xo’jalik   yurituvchi
tashkilotlardan   tushum   muhim   o’rin   eggallaydi.   Ijtimoiy   harakatlarda
moliyaviy   reja   sifatida   yillar   bo’yicha   farq   qiladigan   smeta   maydonga
chiqadi. 
Alohida   siyosiy   partiyalar   xarajatlarining   tarkibi   ular   faoliyatining
ko’lamiga   bog’liq.   Mazkur   xarajatlar   siyosiy   partiya   nizom   faoliyati   bilan
bog’liq bo’lib o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-   partiya   rahbariyati   va   xizmat   ko’rsatuvchi   xodimlar   ish   haqi
xarajatlari;
- mitinglar, yig’ilishlar, namoyishlar o’tkazish xarajatlari;
- ko’rgazmali tashviqot bo’yicha xarajatlar; - memorial uy-muzeylarni saqlashni joriy xarajatlari. 
Bundan tashqari bu xarajatlar tarkibida ma’muriy binolarni saqlash va
yangilarini qurish xarajatlari va boshqalar ham hisobga olinishi mumkin. 
Ijtimoiy   harakatlar   smetasida   asosiy   o’rinni   homiylarning   va   maxsus
maqsadli   badallar   mablag’larining   harakatning   faol   qatnashchilari   uchun
qilinadigan xarajatlar egallaydi. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARIDAGI XO ’ JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYASI Reja: 1.Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish xususiyatlari . 2. Tijorat faoliyati bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi . 3. Notijorat faoliyat bilan shug ’ ullanuvchi korxonalar moliyasi . 4. Jamoat tashkilotlari moliyasi .

1. Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish xususiyatlar i Korxona moliyasi – bu iqtisodiy pul munosabatlarni pul xarakati mobaynida vujudga kelib turli xil pul fondlarini hosil qilishni bildiradi. Korxonalar sof foydasini pul fondlariga sarflaydi. Korxonaning fond bozorlari bilan bo’ladigan munosabatlari turli xildagi fondlarni hosil qilish, ularni shakllantirish va foydalanishdan iborat. Ustav fondiga korxonaning asosiy vositalari va aylanish mablag’lari shakllanadi. Bu korxonaning o’z mablag’larining asosiy manbasi hisoblanadi. H issadorlik jamiyatida ustav fondi chiqariladigan barcha aksiyalar qiymati bilan teng bo’lishi lozim. Ish natijasiga ko’ra ustav fondi miqdorini ko’payishi yoki kamayishi mumkin, ya’ni qo’shimcha aksiyalar chiqarish yoki ularning nominal qiymatini oshirish orqali ustav fondi ko’payishi mumkin. Muomaladan aksiyalarni qaytarib olish tufayli esa ustav fondini kamaytirish mumkin. Ustav fondi – korxonalarning o’z mablag’larining manbai hisoblanadi. Bundan tashqari korxonalarning ustav fondi asosiy vositalarni qayta baholash hisobiga, aksiyalarni nominal qiymatidan ko’ra baland narxda sotish hisobiga, ishlab chiqarishga bepul asosiy vositalarni sotib olish hisobiga ko’payishi mumkin. Zahira fondi – bu fond foydadan ajratmalar hisobiga tash k il qilinadi. Fondning asosiy maqsadi bo’lib, favqulodda zararlarni qoplash, aksiyalarni qayta sotib olish hisoblanadi. Jamg ’ arma fondi – bu korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Bu fond o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun investisiya fondidan va amortizasiya fondidan foydalanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning hammasi o’zida sarflanayotgan mehnat xarakteriga asoslanib ikki yirik sohaga ajraladi:

- moddiy ishlab chiqarish; - nomoddiy ishlab chiqarish. Birinchi sohaning xususiyati – bu tovar ishlab chiqarishdir, ikkinchi sohaning o’ziga xos xususiyati – bu turli xizmatlar (ijtimoiy, maishiy va boshqalar) ko’rsatishdir. Moddiy ishlab chiqarishni tashkiliy tuzulmasining asosi bo’lib korxonalar, birlashmalar, assotsiasiyalar tashkil etadi, noishlab chiqarish sohasida esa, muassasalar, tashkilotlar va boshqa tuzulmalar faoliyat ko’rsatadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida turli xarakterli moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Shu asosda, tashkil etilgan bir maqsadga yo’naltirilgan pul fondlari xususiyatini inobatga olganda, moliyaviy munosabatlar tizimida bir turdagi pul munosabatlarga nisbatan quyidagi guruhlarni birlashtirish mumkin. – moddiy ishlab chiqarishning xo’jalik bo’linmalarida birlamchi daromadlarni shakllantirish, xo’jalik ichidagi maqsadli fondlar - nizom fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, rag’batlantirish fondi va boshqalarni tashkil etish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan. Ulardan bir qismi ishlab chiqarish, ikkinchi qismi ta’minot ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi; – turli korxonalar orasida vujudga keladigan munosabatlar, agar bu munosabatlar taqsimlash xarakteriga ega bo’lsa, lekin almashtirishga xizmat qiluvchi emas. Bu pul munosabatlari asosidagi moliyaviy resurslarni harakati fond shaklida emas, balki, shartnomalar bo’yicha jarimalar olish yoki to’lash, turli birlashmalar qatnashchilarini badal to’lovlarini to’lashi, ishlab chiqarish jarayonlarini kooperatsiyalashdan tushgan foydani taqsimlashda ularni ishtirok etishi, aksiya va obligatsiyalarga mablag’larni investisiyalash va ular bo’yicha dividendlar va foizlar olish va h. k. ;

– turli sug’urta fondlarini tashkil etish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan moddiy ishlab chiqarish korxonalari va sug’urta tashkilotlari o’rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar; – bank ssudalarini olish va qoplash, ular bo’yicha foizlar to’lash hamda ma’lum to’lov evaziga vaqtincha foydalanish uchun bo’sh pul mablag’larini banklarga berish bilan bog’liq bo’lgan korxonalar va banklar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar; – byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan moddiy ishlab chiqarish va davlat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar. Moliyaviy munosabatlarning bu guruhi byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirish va h. k.; – korxonalar bilan ularning yuqori boshqaruv tuzulmalari orasida vujudga keladigan munosabatlar. Bunga "vertikal" o’zaro bog’liqlik deyiladi, tarmoq ichki chegaralarida saqlanib qolgan moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishi. Yuqorida ko’rsatilgan pul munosabatlari korxonalar moliyasining mazmunini hosil qilib, xo’jalik subyektlarining jamg’armalarini va pul daromadlarini tashkil etish, foydalanish va ularni moliya-bank tizimining majburiyatlarini bajarish uchun, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish, ishchilarni moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlari deb aniqlash mumkin. Mulkchilikning turli shakllari, tarmoqlarning xususiyatlari, iqlimiy- tabiat omillarning mavjudligi ham moliyaviy o’zaro bog’liqliklarni ko’p qirrali qilib, ta’sirini o’tkazadi. Bu asosda moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy munosabatlarning ko’p qirraligi, usullarini turli-tumanligidan dalolat beradi.

Ishlab chiqarishning moddiy asosi – bu ishlab chiqarish fondlaridir. Ularni olish, yangilash va kengaytirish uchun korxona zarur bo’lgan moliyaviy resurslarga ega bo’lishi va maqsadli pul fondlarini tashkil etishi kerak. Maqsadli pul fondlari ishlab chiqarish fondlarini aylanishida xizmat qiladi va ularni uzluksizligini ta’minlaydi. Bu holat, ishlab chiqarish fondlarini tashkil etish, doim to’ldirish va ko’paytirish jarayonlarini ifodalaydi. Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan qiymat sotilgandan so’ng taqsimlanadi. Shu taqsimlanish jarayonida ish haqi fondini tashkil etish, sof daromadni taqsimlash va sarflash uchun moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Sof daromad faqatgina moddiy ishlab chiqarishda emas, balki nomoddiy ishlab chiqarishda ham bir nechta pul fondlarini tashkil etilishida manba bo’lib, taqsimlanish jarayonida moliyaviy munosabatlarning murakkab birikmalarini vujudga keltiradi. Foyda shaklini olgan sof daromad hisobiga, moddiy ishlab chiqarish sohalarida, ishlab chiqarishni kengaytirish, uni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish fondi, ishchi-xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun belgilangan iste’mol fondi, zahira va rezerv fondi tashkil etiladi. Sof daromad umumdavlat pul fondlarini (byudjet, Pensiya fondi va boshqalar) tashkil etilishida, soliq to’lovlari va boshqa shakllarda manba bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, moddiy ishlab chiqarishda tashkil etilgan moliyaviy resurslar xalq xo’jaligini boshqa bo’g’inlarida pul fondlarini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bu esa, butun davlatni moliyaviy tizimini boshlang’ich asosi bo’lib xizmat qiladi va moddiy ishlab chiqarish moliyasining xususiyatini ifodalaydi. Turli xil ehtiyojlarni qondirish imkoniyati, mamlakatning umumiy moliyaviy holati aynan moddiy ishlab chiqarish moliyasining holatiga bog’liqdir.