logo

Xo’jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yordam kursatish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.62109375 KB
Xo’jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yordam
kursatish
Reja
1.   Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   davlat   organlari   tomonidan   yuridik
yordam ko`rsatish
2.     Advokatura   tomonidan     xo`jalik   yurituvchi         subyektlarga   yuridik
yordam ko`rsatish 
3.   Nodavlat   notijorat   tashkilotlar   tomonidan         xo`jalik   yurituvchi
subyektlarga yuridik  yordam ko`rsatish Mamlakatimizda   iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy   hayotni,   davlat   qurilishi   va
sud-huquq   sohasini   erkinlashtirish,   insonning   huquq   va   erkinliklarini,
tadbirkorlar   va   xususiy   mulk   egalarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini
himoya   qilish,   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarning   shartnomaviy-huquqiy
ishlarini   takomillashtirish   hamda   yuridik   xizmatni   rivojlantirishda   davlat
organlari alohida o`rin tutadi. 
Qonunchilik   ijodkorligi   va   huquqni   qo`llash   amaliyoti   sohasida   yagona
davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash adliya organlarining asosiy va eng
muhim vazifasi bo`lib hisoblanadi. 
Adliya   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam
ko`rsatish   faoliyatining   huquqiy   asoslari   O`zbekiston   Respublikasining
“Xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatining   shartnomaviy-huquqiy   bazasi
to`g`risida”gi   Qonuni,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992   yil   8
yanvardagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   faoliyatini
takomillashtirish   to`g`risida”gi,   1995   yil   5   yanvardagi   “Xususiy   tadbirkorlikda
tashabbus   ko`rsatish   va   uni   rag`batlantirish   to`g`risida”gi,   1998   yil   4   martdagi
“Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarning   iqtisodiy   nochorligi   va   shartnoma
majburiyatlarining   bajarilishi   uchun   mansabdor   shaxslarning   javobgarligini
kuchaytirish   to`g`risida”gi   farmonlari,     O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2000   yil   17   fevraldagi   “Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni
rivojlantirishni   rag`batlantirish   bo`yicha   respublika   muvofiqlashtiruvchi
kengashi   faoliyatini   faollashtirish   to`g`risida”gi,   2003   yil   2   maydagi
“To`g`ridan-to`g`ri   xorijiy   investitsiyalarni   huquqiy   himoya   qilishni
kuchaytirishga   doir   qo`shimcha   chora-tadbirlar   to`g`risida”gi   va   2003   yil   27
avgustdagi   qarorlari   hamda   “O`zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi
to`g`risida”gi   Nizomda,   shuningdek,   boshqa   qonun   hujjatlarida
mustahkamlangan. 
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O`zbekiston
Respublikasi   Adliya   vazirligi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   chora- tadbirlari   to`g`risida”gi   Qarorida   Adliya   vazirligining   eng   muhim   vazifalari   va
faoliyati yo`nalishlari belgilab berilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat:
qonunchilik   ijodkorligi   faoliyati   va   huquqni   qo`llash   amaliyotini
takomillashtirishning   ustuvor   yo`nalishlarini   ishlab   chiqish,   ularni   amalga
oshirilishini ta`minlash;
jamiyatda   huquqiy   ong,   huquqiy   madaniyatni   oshirishga   va   qonuniylikni
mustahkamlashga   yo`naltirilgan   huquqiy   targ`ibot   bo`yicha   davlat   organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish;
advokatura   hamda   fuqarolar   va   yuridik   shaxslarga   yuridik   yordam
ko`rsatuvchi   boshqa   tuzilmalar   faoliyatini   davlat   tomonidan   tartibga   solish   va
ularning samaradorligini oshirish;
tadbirkorlikni   rivojlantirish   va   huquqiy   ta`minlash   samaradorligini
oshirishga,   tadbirkorlik   subyektlari   va   xususiy   mulk   egalari,   xorijiy
investorlarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishga,   xo`jalik
yurituvchi   subyektlarni   tashkil   etish   va   ro`yxatga   olish   jarayonini
soddalashtirishga,   shartnomaviy   intizomni   mustahkamlashga   yo`naltirilgan
kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuridik shaxslar, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarni ro`yxatdan
o`tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta`minlash;
zamonaviy   talablar   va   standartlarni   hisobga   olgan   holda   huquqshunos
kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Adliya   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam
ko`rsatish   bo`yicha   faoliyatini   shartli   ravishda   quyidagicha   uch   yo`nalishga
ajratish mumkin
1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish va ularning
huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
2.   Xorijiy   investorlar   va   ular   ishtirokidagi   korxonalarga   yuridik   yordam
ko`rsatish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 
3.   Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   xo`jalik   shartnomalarini   tuzishda
yuridik yordam ko`rsatish va shartnoma intizomini mustahkamlash.  Adliya   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam
ko`rsatishi uchun vazirlik va uning boshqarmalarida maxsus tarkibiy tuzilmalar
tashkil   qilingan.   Masalan,   Adliya   vazirligi   markaziy   apparatining   tuzilmasida,
jumladan, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, shartnomaviy-huquqiy ishlarni
nazorat   qilish,   xorijiy   investitsiyalar   va   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi
korxonalarni   huquqiy   himoya   qilish   boshqarmalari,   shuningdek,   joylarda   esa
tegishli bo`limlar tashkil qilingan.
Tadbirkorlar   huquqlarini   himoya   qilish   boshqarmasi   va   joylardagi
bo`limlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
yangi tashkil etilayotgan va faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini   tartibga   solish   hamda   ularni   qo`llab-quvvatlash   bo`yicha   barcha
qonun   hujjatlariga   va   me`yoriy   hujjatlarga   qat`iy   rioya   qilinishi   ustidan
nazoratni ta`minlash;
tadbirkorlar   huquqlarini   himoya   qilish,   korxonalarni   tashkil   etish   va
ularning   samarali   faoliyat   ko`rsatishi   uchun   qulay   huquqiy   va   tashkiliy   shart-
sharoitlar   yaratish   bo`yicha   amaldagi   qonun   hujjatlarini   takomillashtirish
yuzasidan takliflar kiritish;
nazorat   organlari   o`tkazayotgan   tekshirishlarning   qonuniyligi   ustidan
nazoratni ta`minlash;
tadbirkorlik   subyektlarining   buzilgan   haq-huquqlarini   tiklash   chora-
tadbirlarini ko`rish;
korxonalar,   xususiy   tadbirkorlar   faoliyatiga   noqonuniy   aralashish,   davlat
tuzilmalari   va   amaldorlar,   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlari
tomonidan   zimdan   qarshilik   ko`rsatishning   barcha   hollari   ustidan   monitoringni
amalga   oshirish.   Har   bir   holat   bo`yicha   aybdor   shaxslarni   jinoiy
javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish .
Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun adliya organlariga:
barcha vazirliklar, idoralar, huquqni  muhofaza qilish  va nazorat  organlari,
mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlari,   muassasalar,   mansabdor   shaxslar tomonidan   tadbirkorlar   huquqlariga   rioya   qilish   bo`yicha   O`zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari og`ishmay bajarilishini tekshirish;
ko`rsatib   o`tilgan   organlar   rahbarlariga   qonun   hujjatlarining   aniqlangan
buzilishlarini, buzilish sabablarini, sabab bo`lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish
to`g`risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar
kiritish;
huquqni   muhofaza   qilish   va   nazorat   organlarining,  mahalliy   hokimiyat   va
boshqaruv   organlarining   tadbirkorlik   subyektlari   haq-huquqlarini   buzuvchi
harakatlarini yoki qarorlarini to`xtatib qo`yish;
tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya qilish bo`yicha
qonun   hujjatlarining   buzilishi   mumkin   emasligi   to`g`risida   mansabdor
shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
tadbirkorlar   va   xususiy   mulk   egalari   huquqlarini,   ularning   qonun   bilan
muhofaza   qilinadigan   manfaatlarini   himoya   qilish   to`g`risida   sudlarga,   shu
jumladan, xo`jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish kabi huquqlar berilgan .
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining     “To`g`ridan-to`g`ri
xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha
chora-tadbirlar   to`g`risida”gi   Qarori   bilan   esa   adliya   organlarining   xo`jalik
yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam   ko`rsatish   vakolatlari   yanada
kengaytirildi.   Mazkur   qarorga   muvofiq   Adliya   vazirligiga   xorijiy   investorlarni
va   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalarni   huquqiy   himoya   qilishni
ta`minlash   vazifasi   yuklandi   va   ushbu   vazifani   amalga   oshirish   uchun   unga
quyidagi huquqlar berildi:
xorijiy   investorlarni   va   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalarni
javobgarlikka   tortishning   asosliligini   zarur   hujjatlar,   shu   jumladan   jinoiy,
fuqarolik,   xo`jalik   va   ma`muriy   ishlar   materiallari   bilan   tanishish   yo`li   bilan
o`rganib chiqish;
vazirliklar,   idoralar   va   nazorat   organlari,   shuningdek,   mahalliy   hokimiyat
va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari,
qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf qilish   to`g`risida   belgilangan   muddatlarda   bajarilishi   majburiy   bo`lgan
taqdimnomalar kiritish;
mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari
aniqlangan   hollarda,   shuningdek,   adliya   organlarining   qonuniy   talablari
mansabdor   shaxslar   tomonidan   bajarilmagan   taqdirda   aybdor   mansabdor
shaxslarni javobgarlikka tortish to`g`risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga
qo`yish;
xorijiy   investorlar   va   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalarning
huquqlarini   buzayotgan   nazorat   qiluvchi   hamda   mahalliy   hokimiyat   va
boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini to`xtatib qo`yish;
jinoiy, fuqarolik, xo`jalik va ma`muriy ishlar bo`yicha xorijiy investorlar va
xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalarning   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlarini   buzuvchi   sud   hujjatlarini   davlat   boji   to`lamasdan   qayta   ko`rib
chiqish to`g`risida sud instansiyalariga takliflar bilan murojaat qilish;
xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning o`z
huquqlari   va   qonuniy   manfaatlari   buzilganligi   to`g`risidagi   murojaatlarini
tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xorijiy investorlar va xorijiy
investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalarning   huquqlarini   himoya   qilishni
ta`minlashga   doir   qarorlari   vazirliklar,   idoralar,   xo`jalik   birlashmalari,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan bajarilishi majburiyligi
belgilab qo`yildi.
Adliya   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam
ko`rsatish bo`yicha faoliyatining yana bir muhim yo`nalishi - xo`jalik yurituvchi
subyektlarga   xo`jalik   shartnomalarini   tuzishda   yuridik   yordam   ko`rsatish   va
shartnoma intizomini mustahkamlashdan iborat.
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1998   yil   4   martdagi   "Xo`jalik
yurituvchi   subyektlarning  iqtisodiy   nochorligi   va   shartnoma   majburiyatlarining
bajarilishi   uchun   mansabdor   shaxslarning   javobgarligini   kuchaytirish to`g`risida"gi   Farmoniga   binoan   Adliya   vazirligiga   xo`jalik   yurituvchi
subyektlar,   eng   avvalo,   ularning   mansabdor   shaxslari   shartnoma   intizomini
buzganligi   uchun   javobgarlikka   tortish   haqidagi   qonunchilikda   belgilangan
choralarni   qo`llanishi   ustidan   nazoratni   kuchaytirish   hamda   bu   ishda
rasmiyatchilik   va   huquqiy   savodsizlikka   barham   berish;   shartnomalar,   shu
jumladan   qishloq   xo`jaligida   kontraktatsiya   shartnomalarini   tuzish   va   ijro
qilishning   huquqiy   asoslarini   mustahkamlash,   shartnoma   majburiyatlarini
bajarishning   ahvolini   muntazam   o`rganish   va   xo`jalik   subyektlarining
javobgarligini oshirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   24   apreldagi
177-sonli   qarorida   esa   Adliya   vazirligiga   shartnomalar   bo`yicha   majburiyatlar
buzilgan   taqdirda   xo`jalik   sudlarida   da`vo   qo`zg`atish,   shuningdek,   shartnoma
shartlari bajarilmaganligi natijasida yo`l qo`yilgan zararni qoplash yuzasidan bir
oy   muddatda   bajarilishi   majburiy   bo`lgan   tegishli   taqdimnomalar   kiritish;
advokatlik   byurolari,   hay`atlari   va   firmalarining   mutaxassislarini   jalb   qilgan
holda   xo`jalik   shartnomalarini,   shu   jumladan,   kontraktatsiya   shartnomalarini
tuzish   va   ularni   bajarish   masalalari   yuzasidan   rahbarlar   va   mutaxassislarni
o`qitish   bo`yicha   yo`l-yo`riq   ko`rsatuvchi   seminarlarni   muntazam   ravishda
o`tkazish,   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   vakillari   uchun   yuridik   maslahatlar
berishni   vazirlikning   hududiy   bo`linmalari   amaliyotiga   kiritish   yuzasidan   aniq
topshiriqlar berildi. 
Adliya   vazirligining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   tomonidan   shartnoma
majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi hamda joylardagi tegishli
bo`limlariga   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga     shartnomalar,   shu   jumladan,
kontraktatsiya   shartnomalari   tuzishda   muntazam   ravishda   yuridik   va   uslubiy
yordam ko`rsatish, qonunda belgilangan tartibda xo`jalik yurituvchi subyektlarni
va eng avvalo, ularning mansabdor  shaxslarini  shartnoma intizomini  buzganlik
uchun   javobgarlikka   tortilishi   ustidan   qattiq   nazorat   o`rnatish   vazifalari
yuklatildi. Prokuratura   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik
yordam   ko`rsatishining   huquqiy   asoslari   O`zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Prokuratura to`g`risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan. 
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   118-moddasida
mamlakatimiz   hududida   qonunlarning   aniq   va   bir   xilda   bajarilishi   ustidan
nazoratni   O`zbekiston   Respublikasining   Bosh   prokurori   va   unga   bo`ysunuvchi
prokurorlar amalga oshiradi.
Ushbu   konstitutsiyaviy   normalar   O`zbekiston   Respublikasining   yangi
tahrirdagi   “Prokuratura   to`g`risida”gi   qonunida   yanada   rivojlantirilgan   va
mazmunan boyitilgan. Unga ko`ra prokuratura organlari o`z faoliyatini quyidagi
asosiy yo`nalishlarda amalga oshiradi:
vazirliklar,   davlat   qo`mitalari,   idoralar,   fuqarolarning   o`zini   o`zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
hokimlar   va   boshqa   mansabdor   shaxslar   tomonidan   qonunlarning   ijro   etilishi
ustidan nazorat qilish;
sudlarda   jinoyat   ishlari   ko`rib   chiqilayotganda   davlat   ayblovini
quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi
ishlarni   hamda   xo`jalik   nizolarini   ko`rishda   ishtirok   etish,   qonunlarga   zid
bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
qonun   ijodkorligi   faoliyatida   hamda   jamiyatda   huquqiy   madaniyatni
yuksaltirish ishida ishtirok etish.
 O`zbekiston Respublikasining “Prokuratura to`g`risida”gi Qonunining 7-
moddasiga   muvofiq   prokuratura   organlari   fuqarolar   va   yuridik   shaxslarning
murojaatlarini ko`rib chiqadilar hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko`radilar. Qonunning 6-
moddasida   esa   prokurorning   hujjatlar,   materiallar   va   boshqa   ma`lumotlarni
taqdim   etish,   taftish,   tekshirishlar   o`tkazish,   mutaxassis   ajratish,   prokuraturaga
kelish   va   aniqlangan   qonunbuzarliklar   xususida   tushuntirishlar   berish,
qonunbuzarliklarni,   ularga   imkoniyat   yaratayotgan   sabab   va   shart-sharoitlarni bartaraf   etish,   shuningdek,   qonunga   rioya   etish   to`g`risidagi   o`z   vakolatlari
doirasida   qo`yayotgan   talablarini   bajarish   barcha   fuqarolar   va   yuridik   shaxslar
uchun majburiyligi belgilab qo`yilgan. Shuningdek, ushbu moddada prokuratura
organlarining   o`z   vazifalarini   amalga   oshirishlari   uchun   zarur   bo`lgan   axborot,
hujjatlar   va   ularning   nusxalari   mazkur   organlarning   talabiga   muvofiq   bepul
berilishi o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2004   yil   11   martdagi   “Qishloq
xo`jaligida   islohotlarni   amalga   oshirishga   qaratilgan   qonunlar   ijrosini
ta`minlashga   oid   qo`shimcha   chora-tadbirlar   to`g`risida”gi   Farmoniga   muvofiq
Bosh   prokuratura,   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   va   viloyatlar   prokuraturalari
tuzilmalarida   qishloq   xo`jaligi   sohasida   qonuniylikni   ta`minlash   va   xo`jalik
yurituvchi   subyektlarning   huquqlarini   himoya   qilish   bo`yicha   tarkibiy
bo`linmalar tashkil qilingan.
Mazkur   bo`linmalarning   asosiy   vazifalari   etib,   jumladan,   quyidagilar
belgilangan: 
qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonunlar,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda hukumat qarorlarida
bayon etilgan talab va qoidalar o`z vaqtida, to`liq ijro etilishini nazorat qilish;
qishloq   xo`jalik   mahsulotlari   yetishtirish   bo`yicha   qabul   qilingan
shartnoma   majburiyatlariga   rioya   etilishi   ustidan   doimiy   nazoratni   amalga
oshirish;
yerlardan maqsadli va asrab-avaylab foydalanishni, ularning unumdorligi
saqlanishi   hamda   ekologiya   normalariga   rioya   etilishini   ta`minlab   kelayotgan
fermer hamda dehqon xo`jaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
suv   resurslaridan   isrofgarchilik   bilan   foydalanish,   mineral   o`g`itlar,
yoqilg`i-moylash   materiallarini   o`g`irlab   talon-toroj   qilish,   gidrotexnika,
melioratsiya   inshootlari   hamda   qishloq   xo`jalik   texnikasini   ishlatishda
xo`jasizlik faktlarini oldini olish choralarini ko`rish; qishloq   xo`jaligi   sohasida   huquqbuzarliklar   profilaktikasi,   shu   jumladan,
qonunchilikni   keng   ko`lamda   tushuntirish   yo`li   bilan   shunday
huquqbuzarliklarning oldini olish. 
Prokuratura organlari tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik
yordam   ko`rsatishning   o`ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   bunday   yordam
ular  tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektning huquqlari davlat  organlari  yoki
boshqa   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   tomonidan   buzilganda   yoki   xo`jalik
yurituvchi   subyektning   faoliyatida   qonun   buzilishi   ro`y   berganda   amalga
oshiriladi.
Yuridik   yordam   xo`jalik   yurituvchi   subyektning   arizasiga   muvofiq   yoki
bevosita   prokuratura   organining   tashabbusi   bilan   ko`rsatiladi.   Prokuror
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Prokuratura
organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarning   murojaatlarini   ko`rib   chiqish
tartibi   O`zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurorining   2004   yil   10   dekabrdagi
“Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari ko`rib chiqilishida qonuniylikni
ta`minlash to`g`risida”gi 37-sonli buyrug`i asosida amalga oshiriladi.
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam   ko`rsatishning
shakllaridan   biri   prokuratura   organlari   ularning   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlarini   davlat   organlari   va   boshqa   mansabdor   shaxslari   tomonidan
buzilganlik holatlarini aniqlaganda tegishli choralarni ko`rish hisoblanadi.
Prokuratura organlari aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish hamda
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun protest, qaror, taqdimnoma, ariza
va ogohlantiruv kabi hujjatlarni chiqaradi.
Qonunga zid bo`lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni
qabul   qilgan   organga   yoki   yuqori   turuvchi   organga   keltiradi.   Mansabdor
shaxsning   noqonuniy   qaroriga   nisbatan   ham     xuddi   shunday   tartibda   protest
keltiriladi.   Protest   kelib   tushgan   vaqtdan   boshlab   o`n   kunlik   muddatdan
kechiktirmay ko`rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni  darhol bartaraf etish talab
qilingan   alohida   hollarda   prokuror   protestni   ko`rib   chiqishning   qisqartirilgan muddatini   belgilashga   haqli.   Protestni   ko`rib   chiqish   natijalari   to`g`risida   uch
kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma`lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko`rib chiqiladigan hollarda majlis kuni
haqida prokurorga ma`lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest   shu   hujjatni   qabul   qilgan   organ   (mansabdor   shaxs)   yoki   yuqori
turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek, protest
qonunda   belgilangan   muddat   ichida   ko`rib   chiqilmagan   taqdirda,   prokuror   ana
shu   hujjatni   g`ayriqonuniy   deb   e`tirof   etish   to`g`risidagi   ariza   bilan   sudga
murojaat   etishga   haqli.   Sudga   ariza   protest   rad   etilganligi   to`g`risidagi   xabar
olingan   paytdan   boshlab   yoki   protestni   ko`rib   chiqish   uchun   qonunda
belgilangan muddat o`tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror   tomonidan   sudga   ariza   berilishi   protest   keltirilgan   hujjatning
amal qilishini ariza sudda ko`rib chiqilgunga qadar to`xtatib qo`yadi.
Prokuror   mansabdor   shaxs   yoki   fuqaro   tomonidan   sodir   etilgan   qonun
buzilishining   xususiyatiga   qarab   jinoyat   ishi,   ma`muriy   yoki   intizomiy
javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atish haqida qaror chiqaradi.
Prokuror   qonun   buzilishi,   uning   kelib   chiqish   sabablari   va   bunga
imkoniyat   yaratib   berayotgan   shart-sharoitlarni   bartaraf   etish   to`g`risidagi
taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo`lgan organga
yoki mansabdor shaxsga kiritadi. 
Taqdimnoma   darhol   ko`rib   chiqilishi   va   ko`rilgan   chora-tadbirlar
to`g`risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma`lum qilinishi
lozim.
Taqdimnoma   kollegial   organ   tomonidan   ko`rib   chiqiladigan   hollarda
majlis   kuni   haqida   prokurorga   ma`lum   qilinadi   va   u   majlisda   ishtirok   etishga
haqlidir.
Prokuratura organlari xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini sudga, shu jumladan, xo`jalik sudlariga da`vo ariza bilan
murojaat qilish orqali ham yuridik yordam ko`rsatadi. Prokurorning   arizasi   sud   tomonidan   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan
tartibda ko`rib chiqiladi. Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini
sud   yo`li   bilan   samarali   himoya   qilinishini   ta`minlash   maqsadida   barcha
instansiya   sudlarida   ishlar   ko`rilayotganda   prokuror   qonunda   belgilangan
tartibda ishtirok etadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurorining   2004   yil   23   apreldagi
buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Xo`jalik
sudlarida ishlar ko`rilishida prokuror vakolatini ta`minlash bo`limi to`g`risida”gi
Nizomi   tasdiqlandi.   Mazkur   Nizomning   2-bo`limida   xo`jalik   sudlarida   ishlar
ko`rishda prokuror vakolatini ta`minlash bo`limining asosiy vazifasi va faoliyat
yo`nalishlari   belgilab   berilgan   bo`lib,   ulardan   biri   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarning,   shuningdek,   yakka   tartibdagi   tadbirkorlarning   huquqlari   va
qonuniy   manfaatlarini   sud   yo`li   bilan   samarali   himoya   qilinishini   ta`minlash
maqsadida qonunda belgilangan tartibda xo`jalik sudining barcha bosqichlarida
ishlar   ko`rilishida   prokuror   ishtirokini   va   qabul   qilingan   qarorlarning
qonuniyligini o`rganishni tashkil etishdir.
O`zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokurorining   2004   yil   11-maydagi
“Xo`jalik   sudlarida   ishlar   ko`rilishida   prokuror   ishtirokining   samaradorligi   va
ta`sirchanligini   oshirish   to`g`risida”gi   23-sonli   buyrug`iga   muvofiq   quyidagi
nizolarning xo`jalik sudlarida ko`rilishida prokurorning ishtiroki  majburiy qilib
belgilab qo`yilgan:
-prokuror da`vosi bilan qo`zg`atilgan ishlar;
-davlat mulkini himoya qilish bilan bog`liq ishlar;
-yuridik ahamiyatga ega bo`lgan faktlarni belgilash;
-xalqaro va davlatlararo shartnomalar, kelishuvlar bo`yicha ishlar;
-bankrotlik to`g`risidagi ishlar;
-davlat   organlari   va   fuqarolarning   o`zini   zi   boshqarish   organlarining
huquqiy hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi ishlar; -davlat   ro`yxatiga   olishni   rad   etganlik  yoki   belgilangan   muddatda  davlat
ro`yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyatlar;
-davlat nazorat organlarining pul mablag`larini akseptsiz tartibda undirish
haqidagi hujjatlarini ijro etilishi mumkin emas deb topish to`g`risidagi ishlar;
-kontraktatsiya va yer ijarasi shartnomalari bilan bog`liq nizolar;
-tabiatga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan nizolar. 
Demak,   prokuratura   organlarining   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga
yuridik yordam ko`rsatishi quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
a)   qonunlar   va   boshqa   normativ-huquqiy   hujjatlarga   rioya   qilinishi
ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishda;
b)   xo`jalik   yurituvchi   subyektning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini
himoya   qilish   maqsadida   sudlarga,   shu   jumladan,   xo`jalik   sudlariga   da`vo
arizalari taqdim qilishda;
v)   ishlarni   sudda   ko`rishning   barcha   bosqichlarida   prokuror   vakolatini
ta`minlashda;
g)  xo`jalik yurituvchi  subyektlarning huquqlari  va qonuniy manfaatlarini
buzgan   mansabdor   shaxslar   va   fuqarolarga   nisbatan   tegishli   javobgarlik
choralarini ko`rishda;
d)   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   xodimlari   va   mansabdor   shaxslarini
qabul qilish va murojaatlarini ko`rib chiqishda;
ye)   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   xodimlari   va   mansabdor   shaxslarining
huquqiy   madaniyatini   oshirish   maqsadida   seminarlar,   davra   suhbatlari   tashkil
qilishda.
Monopoliyaga   qarshi   davlat   organlarining   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarga   yuridik   yordam   ko`rsatishining   huquqiy   asoslari   O`zbekiston
Respublikasining   “Tovar   bozorlarida   monopolistik   faoliyatni   cheklash   va
raqobat   to`g`risida”gi,   “Reklama   to`g`risida”,   “Iste`molchilarning   huquqlarini
himoya   qilish   to`g`risida”gi   qonunlari   va   boshqa   normativ-huquqiy   hujjatlarda
belgilangan.  Iqtisodiyotning   xususiy   sektorini   jadal   rivojlantirishni   rag`batlantirish,
tabiiy   monopoliya   korxonalari   faoliyati   ustidan   nazoratni   kuchaytirish,   raqobat
muhitini   shakllantirish,   raqobat   va   tadbirkorlikni   qo`llab-quvvatlashning   bozor
tizimini   yaratish   bo`yicha   qat`iy   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishni,
shuningdek, iste`molchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash
maqsadida O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining   2005 yil 30 apreldagi PF-
3602-son farmoniga asosan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish,
raqobat   va   tadbirkorlikni   qo`llab-quvvatlash   davlat   qo`mitasi   tashkil   etildi.
Mazkur   farmonda   tadbirkorlarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya
qilish   qo`mita   faoliyatining   asosiy   yo`nalishlaridan   biri   ekanligi   belgilab
qo`yildi. 
Monopolistik faoliyatni amalga oshirish hamda raqobatni cheklash orqali
tadbirkorlik   subyektlarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlari   buzilgan
holatlarda qo`mita tomonidan huquqi buzilgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik
yordam ko`rsatilishi mumkin. Bunda qo`mita tomonidan monopolistik faoliyatni
cheklashga   va   raqobatni   rivojlantirishga     qaratilgan   qonunlarni   buzayotgan
davlat organi hamda xo`jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga qonun
buzilishini   bartaraf   etish   yuzasidan   bajarilishi   majburiy   bo`lgan   ko`rsatma
berilishi   yoki   aybdor   shaxslarni   javobgarlikka   tortish   hamda   yetkazilgan
zararlarni   undirish   yuzasidan   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlarga   murojaat
etilishi   mumkin.   Qo`mita   tadbirkorlik   subyektlarining   huquqi   va   qonuniy
manfaatlarini   himoya   qilish   yuzasidan   xo`jalik   sudlariga   davlat   bojini
to`lamasdan da`vo arizalari bilan murojaat etish huquqiga ega. 
2-.  Advokatura tomonidan  xo`jalik yurituvchi
        subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida fuqarolarga,
korxona,   muassasa   va   tashkilotlarga   yuridik   yordam   berish   uchun   advokatura
faoliyat ko`rsatishligi belgilab qo`yilgan. Advokatura - huquqiy institut bo`lib, u advokatlik   faoliyati   bilan   shug`ullanuvchi   shaxslar   hamda   xususiy   advokatlik
amaliyoti   bilan   shug`ullanuvchi   ayrim   shaxslarning   mustaqil,   ko`ngilli,   kasbiy
birlashmalarini   o`z   ichiga   oladi.   Advokatura   instituti   orqali   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarga   yuridik   yordam   ko`rsatish   masalalari   O`zbekiston
Respublikasining   1996   yil   27   dekabrdagi   “Advokatura   to`g`risida”gi   qonunida
hamda   O`zbekiston   Respublikasining   1998   yil   25   dekabrdagi   “Advokatlik
faoliyatining   kafolatlari   va   advokatlarning   ijtimoiy   himoyasi   to`g`risida”gi
qonunlarida o`z ifodasini topgan. 
Advokatura   advokatlik   firmalari,   hay`atlari   hamda   byurolari   shaklida
faoliyat ko`rsatadi.
“Advokatura   to`g`risida”gi   Qonunning   5-moddasida   advokatlik
faoliyatining turlari ko`rsatilgan bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
-huquqiy   masalalar   bo`yicha   maslahatlar   va   tushuntirishlar,   qonun
hujjatlari yuzasidan og`zaki va yozma ma`lumotnomalar berish;
-huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish;
-fuqarolik   ishlari   hamda   ma`muriy   huquqbuzarlik   to`g`risidagi   ishlar
bo`yicha sudda, boshqa davlat  organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar  oldida
vakillikni amalga oshirish;
-jinoiy   ishlar   bo`yicha   dastlabki   tergovda   va   sudda   himoyachi,
jabrlanuvchi,   fuqaroviy   da`vogar   va   fuqaroviy   javobgarning   vakili   sifatida
ishtirok etish;
-tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko`rsatish.
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   bilan   advokatura   (advokatlar   hay`atlari,
advokatlik   firmalari   va   byurolari)   o`rtasida   ko`rsatiladigan   yuridik   yordam
hajmi,   muddatlari   va   mazmunidan   kelib   chiqqan   holda   uch   xil   ko`rinishdagi
shartnoma tuzilishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat: 
a) axborot- yuridik yordam ko`rsatish; 
b) alohida topshiriqlar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish;
v) barcha masalalar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish. Axborot-yuridik   yordam   ko`rsatish   shartnomasi   bo`yicha   advokatlar
xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   rahbarlari   va   mutaxassislarini   hamda
tadbirkorlarni   amaldagi   qonun   hujjatlari   bilan   tanishtiradilar   va   ularni   amalda
to`g`ri   qo`llash   bo`yicha   maslahatlar   beradilar.   Bunday   shartnoma   ma`lum   bir
muddatga   (masalan,   bir   yilga)   yoki   bir   marta   axborot   olish   uchun   tuzilishi
mumkin.
Alohida   topshiriqlar   bo`yicha   yuridik   xizmat   ko`rsatish   shartnomasiga
ko`ra   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   advokatlarga,   jumladan   ma`lum
shartnomani   tuzishda   yozma   huquqiy   xulosa   berishni   yoki   xo`jalik   nizosi
bo`yicha   uning   vakili   sifatida   sudda   qatnashishni   taklif   qilishlari   mumkin.
Masalan,   O`zbekiston   Respublikasining   1998   yil   29   avgustdagi   “Xo`jalik
yurituvchi   subyektlar   faoliyatining   shartnomaviy-huquqiy   bazasi   to`g`risida”gi
Qonunining   20-moddasida   xo`jalik   shartnomasi   subyektlariga   yuridik   xizmat
ko`rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida
jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan. Alohida
topshiriqlar bo`yicha yuridik ko`rsatish shartnomasi bir martalik xususiyatga ega
bo`lib, u ijro etilgandan keyin o`z kuchini yo`qotadi.
Barcha masalalar bo`yicha yuridik yordam ko`rsatish shartnomasi, odatda,
muayyan muddatga (bir  yil  yoki  undan ortiq muddatga)  tuziladi  va  advokatura
xo`jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlashni
tashkil etish majburiyatini oladi hamda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida
yuzaga   keladigan   barcha   huquqiy   muammolarni   hal   qilishga   ko`maklashadi.
Mazkur   shartnomaga   muvofiq   advokatura   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   1993   yil   2   martdagi   qarori   bilan   tasdiqlangan   “O`zbekiston
Respublikasining   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalardagi   yuridik   xizmat
to`g`risida”gi   Nizom   asosida   korxonaning   yuridik   xizmatiga   yuklatilgan
vazifalarni   bajaradi   va   ularga  taqdim   etilgan  huquqlardan   foydalanadi.   Mazkur
yuridik   yordam   ko`rsatish   shartnomasida   advokat   xo`jalik   yurituvchi
subyektning   xo`jalik   faoliyatini   chuqur   o`rganish   hamda   ro`y   berayotgan
huquqbuzarliklarni   va   kelib   chiqayotgan   nizolarni   tahlil   etish   orqali     ularni oldini   olish   choralarini   ko`rishdan   manfaatdor   bo`ladi.   Aks   holda   xo`jalik
yurituvchi   subyektning   faoliyatida   huquqbuzarliklar   va   xo`jalik   nizolari
ko`payishi, advokatning ish hajmini ortishiga olib keladi. 
Xo`jalik   yurituvchi   subyektga   yuridik   yordam   ko`rsatayotgan   advokat
“O`zbekiston   Respublikasining   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalardagi
yuridik xizmat to`g`risida”gi Nizomda belgilab qo`yilgan huquqlardan tashqari,
advokat   sifatida   maxsus   huquqlarga   ega.   Mazkur   huquqlar   O`zbekiston
Respublikasining   “Advokatura   to`g`risida”gi   Qonunning   6-moddasida   belgilab
qo`yilgan bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
tegishli   masalalarni   hal   etishga   vakolatli   bo`lgan   barcha   organlar,
korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarda   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning
topshirig`iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya
qilish;
sudlarda,   shuningdek,   ma`muriy   huquqbuzarlik   to`g`risidagi   ishlarni
ko`rib   chiqayotgan   organlarda   dalil   sifatida   foydalanilishi   mumkin   bo`lgan
faktlar to`g`risidagi ma`lumotlarni to`plash;
yuridik   yordam   ko`rsatilishi   munosabati   bilan   davlat   organlaridan,
korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlardan   hamda   jamoat   birlashmalaridan   zarur
bo`lgan ma`lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so`rash va olish;
yuridik   yordam   ko`rsatish   uchun   zarur   bo`lgan   masalalar   yuzasidan
ekspertlar   xulosalarini,   mutaxassislarning   ma`lumotnoma-maslahatlarini
mijozning roziligi bilan so`rash va yozma tarzda olish;
unga vakolat bergan yoki uning himoyasida bo`lgan shaxsga nisbatan ish
yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga to`plangan materiallarni taqdim
etish;
mansabdor   shaxslarga   iltimosnoma   va   shikoyat   berish   hamda   ulardan
yozma tarzda dalil-isbotli javob olish.
Mazkur   huquqlar   advokaturaning   mavqeini   oshirishda   muhim   rol
o`ynamoqda. O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi “Advokatlik
faoliyatining   kafolatlari   va   advokatlarning   ijtimoiy   himoyasi   to`g`risida”gi Qonunning   qabul   qilinishi   advokatura   faoliyatini   jonlantirish   va   u   tomonidan
yuridik yordami ko`rsatish sifati yaxshilanishiga imkoniyat yaratdi. 
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlarni   davlat   ro`yxatidan   o`tkazish   jarayonida
advokatura   asosiy   yuridik   yordam   ko`rsatuvchi   tashkilot   bo`lib   qolmoqda.
Chunki,   xo`jalik   yurituvchi   subyekt   tashkil   etilish   jarayonida   o`zining   yuridik
xizmat xodimiga ega bo`lmaydi.
Hozirgi   vaqtda   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarining   aksariyati   xo`jalik
nizolarini hal etish uchun hamda xo`jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan
o`tkazish uchun advokatura xizmatidan foydalanishga harakat qilishmoqda.
Bugungi   kunda   respublikamizda   advokatlik   faoliyati   bilan   shug`ullanish
uchun jami 3000 nafardan ziyod advokat litsenziya olgan. Ular 20 ta advokatlik
hay`ati,   110   ta   advokatlik   firma   hamda   148   ta   byurolarga   birlashib   faoliyat
ko`rsatishmoqda.
3.   Nodavlat   notijorat   tashkilotlar   tomonidan   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish
Bozor   munosabatlari   sharoitida   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarning
huquq   va   qonuniy   manfaatlarini   samarali   himoya   qilish   hamda   ularga   yuridik
yordam   ko`rsatishda   advokatura   bilan   bir   qatorda,   boshqa   nodavlat   notijorat
tashkilotlar ham o`ziga xos muhim o`rin egallaydi. 
O`zbekiston Respublikasi  “Nodavlat va notijorat tashkilotlari to`g`risida”
gi Qonunining 2-moddasiga binoan nodavlat notijorat tashkiloti - bu jismoniy va
(yoki)   yuridik   shaxslar   tomonidan   ixtiyoriylik   asosida   tashkil   etilgan,   daromad
(foyda)   olishni   o`z   faoliyatining   asosiy   maqsadi   qilib   olmagan   hamda   olingan
daromadlarni (foydani) o`z qatnashchilari (a`zolari) o`rtasida taqsimlamaydigan
o`zini   o`zi   boshqarish   tashkilotidir.   Nodavlat   notijorat   tashkilotlar   jismoniy   va
yuridik   shaxslarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini,   boshqa   demokratik
qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma`rifiy maqsadlarga erishish,
ma`naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga
oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Nodavlat   notijorat   tashkilotlarning   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga
yuridik yordam ko`rsatishini O`zbekiston Respublikasi  Savdo-sanoat palatasi va
O`zbekiston fermer xo`jaliklari uyushmalari misolida ko`rib chiqamiz.  
O`zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   tadbirkorlik   faoliyati
subyektlarini   ixtiyoriylik   asosida   birlashtiruvchi   nodavlat   notijorat   tashkiloti
bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   tomonidan   xo`jalik
yurituvchi   subyektlarga   yuridik   yordam   ko`rsatishning   huquqiy   asoslari
O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
to`g`risida”gi   Qonuni,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2004   yil   7
iyuldagi   “O`zbekiston   Savdo-sanoat   palatasini   tashkil   etish   to`g`risida”gi
Farmoni,   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   9
avgustdagi   “O`zbekiston   Savdo-sanoat   palatasi   faoliyatini   tashkil   etishni
ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   faoliyatining   asosiy
vazifalari va yo`nalishlaridan biri tadbirkorlik faoliyati subyektlariga keng turda
xizmat   ko`rsatish,   jumladan,   axborot   ta`minoti   va   maslahat   yordami   berish,
tadbirkorlarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlarini,   jumladan,   ro`yxatga   olish,
mahsulotni   sertifikatlash   va   litsenziya   berish,   shuningdek,   ishlarini   sudlarda
ko`rib   chiqish   masalalarida   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   bilan
munosabatlarda ularning manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishdir.
O`zbekiston   Respublikasining   “O`zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat
palatasi   to`g`risida”gi   Qonunining   13-moddasida   Palataning   huquqlari   belgilab
berilgan   bo`lib,   ulardan   quyidagilari   bevosita   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga
yuridik yordam ko`rsatish bilan bog`liq:
tadbirkorlik   faoliyati   subyektlariga   huquqiy   va   boshqa   xil   yordam
ko`rsatish;
tadbirkorlik   faoliyati   subyektlariga   ixtirolar,   foydali   modellar   va   sanoat
namunalarini   patentlashda,   tovar   belgilari,   xizmat   ko`rsatish   belgilari   hamda
tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro`yxatdan o`tkazishda ko`maklashish; xalqaro   va   chet   el   tashkilotlarida   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   bog`liq
sohada Palata a`zolarining manfaatlarini ifoda etish;
tadbirkorlik   subyektlarining   faoliyati   masalalariga   taalluqli   normativ-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish;
iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik
sudlarini, shu jumladan, xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish;
palata   a`zosi   bo`lmish   tadbirkorlik   subyektlari   faoliyatini   tekshirishlarda
ishtirok etish;
davlat boji to`lamasdan sudga Palata a`zolari manfaatlarini ko`zlab da`vo
taqdim etish, shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining qarorlari,
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish.
O`zbekiston   Savdo-sanoat   palatasining   2004   yil   21   sentabrda   bo`lib
o`tgan   ta`sis   Konferensiyasida   tasdiqlangan   ustaviga   muvofiq   u   xo`jalik
yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish bo`yicha quyidagi huquqlarga
ega: 
tadbirkorlik subyektlari manfaatlariga daxldor qonun loyihalari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni   ishlab   chiqishda   va   muhokama   qilishda
qatnashish; 
Palata   a`zolari-tadbirkorlarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlarini,   shu
jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruv organlarida ifoda etish va himoya qilish;
o`z   a`zolarining   manfaatini   Xalqaro   savdo   palatasida,   shuningdek,
tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq boshqa xalqaro tashkilotlarda ifoda etish;
o`z   vakolati   doirasida   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan   tuzilgan
tadbirkorlik   subyektlarining   manfaatlariga   daxldor   masalalar   bo`yicha   idoralar,
idoralararo   va   boshqa   komissiyalar,   ekspert   kengashlari   va   boshqa   organ   va
tashkilotlarning ishlarida ishtirok etish;
tadbirkorlik   faoliyati   subyektlariga   axborot   ta`minoti,   yuridik   va
konsultativ   yordam   berish   hamda   boshqa   turli   xildagi   masalalarda   yordam   va
ko`mak berish; Palataga   yuklatilgan   vazifa   va   funksiyalarni   bajarish   zarurati   yuzasidan
davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlari,   davlat   hokimiyati   organlaridan
axborotlar olish;
zamonaviy   talab   va   standartlardan   kelib   chiqib   tadbirkorlarni   o`qitish   va
malakasini oshirishni tashkil qilish.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik
yordam  ko`rsatishning  o`ziga xos  xususiyati  shundan iboratki, Palata faqatgina
unga   a`zo   bo`lgan   va   doimiy   ravishda   a`zolik   badallarini   to`lab   borayotgan
xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   tekinga   yoki   imtiyozli   shartlarda   yuridik
yordam   ko`rsatadi.   Palataga   a`zo   bo`lmagan   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga
ham shartnoma asosida Palata yuridik yordam ko`rsatishi mumkin, biroq bunda
davlat boji to`lamasdan sudga da`vo taqdim etish huquqiga ega bo`lmaydi.
Savdo-sanoat   palatasi   tomonidan   xo`jalik   yurituvchi   subyektlarga   yuridik
yordam ko`rsatishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
xo`jalik   yurituvchi   subyektlarni   davlat   ro`yxatidan   o`tkazish   uchun   zarur
bo`lgan hujjatlarni tayyorlash, ta`sis hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish ;
shartnomalarni,   shu   jumladan,   xo`jalik   shartnomalarini   tuzish,   bajarish,
o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish ;
da`vo ishlarini yuritish ;
xo`jalik  yurituvchi   subyektlarning  huquqlari   va  qonuniy  manfaatlarini  ifoda
etish   hamda   himoya   qilish,   shu   jumladan,   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi
organlari   bilan   munosabatlarda,   shuningdek,   sudda   ifoda   etish   hamda   himoya
qilish ;
huquqiy   masalalar   bo`yicha   tushuntirishlar,   qonun   hujjatlari   yuzasidan
og`zaki va yozma ma`lumotnomalar berish;
Palata   a`zosi   bo`lgan   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatini   nazorat
qiluvchi   organlar   tomonidan   tekshirishlar   o`tkazish   jarayonida   ularning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishtirok etish.
O`zbekiston   Fermer   xo`jaliklari   uyushmasi   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarga   yuridik   ko`rsatishining   huquqiy   asoslari   O`zbekiston Respublikasining   “Fermer   xo`jaligi   to`g`risida”gi   Qonun   va   boshqa   normativ-
huquqiy hujjatlar hamda uyushma ustavida belgilangan.
Qonunning 25-moddasida fermer xo`jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi,
mahsulot   yetishtirish,   xarid   qilish,   uni   qayta   ishlash   va   sotish,   moddiy-texnika
ta`minoti,  qurilish,   texnikaviy,  suv   xo`jaligi,  veterinariya,   agrokimyo,  maslahat
berish   yo`sinidagi   va   boshqa   xil   xizmatlar   ko`rsatish   bo`yicha   uyushmalar
hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkinligi belgilab qo`yilgan. 
O`zbekiston   Fermer   xo`jaliklari   uyushmasi   fermer   xo`jaliklarini   shartnoma
asosida   o`zining   a`zolari   sifatida   birlashtiradi,   yuridik   shaxs   huquqiga   ega
bo`lgan mustaqil nodavlat tashkiloti hisoblanadi hamda o`z faoliyatini iqtisodiy
mustaqillik va o`z-o`zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Uyushma va uning hududiy vakilliklari fermer xo`jaliklarining  manfaatlarini
davlat   organlari  va  boshqa  tashkilotlarda  himoya  qiladilar   va  ifodalaydilar,  o`z
faoliyatlarini   ustavlarga   muvofiq,   to`liq   xo`jalik   hisob-kitobi   prinsiplarida
tashkil etadilar.
Uyushma o`z a`zolari bilan o`zaro huquqiy munosabatlarini ustav hamda
xo`jaliklar   tomonidan   Uyushmaning   tuman   vakilliklari   bilan   tuziladigan,
O`zbekiston   Respublikasining   amaldagi   qonunchiligiga   muvofiq   tomonlarning
o`zaro   javobgarligini   va   manfaatlarini   nazarda   tutuvchi   shartnomalar   asosida
amalga oshiriladi.
Uyushmaning xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish
bilan bog`liq vazifalariga quyidagilar kiradi:
fermer xo`jaliklarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
qishloq   xo`jaligi   mahsulotlari   yetishtiruvchilarga   yuridik   yordam   olishda
ko`maklashish.

Xo’jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yordam kursatish Reja 1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarga davlat organlari tomonidan yuridik yordam ko`rsatish 2. Advokatura tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish 3. Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish

Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat qurilishi va sud-huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini, tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xo`jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy ishlarini takomillashtirish hamda yuridik xizmatni rivojlantirishda davlat organlari alohida o`rin tutadi. Qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash adliya organlarining asosiy va eng muhim vazifasi bo`lib hisoblanadi. Adliya organlarining xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish faoliyatining huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi, 1995 yil 5 yanvardagi “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko`rsatish va uni rag`batlantirish to`g`risida”gi, 1998 yil 4 martdagi “Xo`jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to`g`risida”gi farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to`g`risida”gi, 2003 yil 2 maydagi “To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi va 2003 yil 27 avgustdagi qarorlari hamda “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risida”gi Nizomda, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida Adliya vazirligining eng muhim vazifalari va faoliyati yo`nalishlari belgilab berilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat: qonunchilik ijodkorligi faoliyati va huquqni qo`llash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirilishini ta`minlash; jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo`naltirilgan huquqiy targ`ibot bo`yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; advokatura hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko`rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish; tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqiy ta`minlash samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, xo`jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish va ro`yxatga olish jarayonini soddalashtirishga, shartnomaviy intizomni mustahkamlashga yo`naltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; yuridik shaxslar, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarni ro`yxatdan o`tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta`minlash; zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Adliya organlarining xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish bo`yicha faoliyatini shartli ravishda quyidagicha uch yo`nalishga ajratish mumkin 1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 2. Xorijiy investorlar va ular ishtirokidagi korxonalarga yuridik yordam ko`rsatish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 3. Xo`jalik yurituvchi subyektlarga xo`jalik shartnomalarini tuzishda yuridik yordam ko`rsatish va shartnoma intizomini mustahkamlash.

Adliya organlarining xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatishi uchun vazirlik va uning boshqarmalarida maxsus tarkibiy tuzilmalar tashkil qilingan. Masalan, Adliya vazirligi markaziy apparatining tuzilmasida, jumladan, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish, xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmalari, shuningdek, joylarda esa tegishli bo`limlar tashkil qilingan. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va joylardagi bo`limlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: yangi tashkil etilayotgan va faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha barcha qonun hujjatlariga va me`yoriy hujjatlarga qat`iy rioya qilinishi ustidan nazoratni ta`minlash; tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, korxonalarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart- sharoitlar yaratish bo`yicha amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; nazorat organlari o`tkazayotgan tekshirishlarning qonuniyligi ustidan nazoratni ta`minlash; tadbirkorlik subyektlarining buzilgan haq-huquqlarini tiklash chora- tadbirlarini ko`rish; korxonalar, xususiy tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashish, davlat tuzilmalari va amaldorlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan zimdan qarshilik ko`rsatishning barcha hollari ustidan monitoringni amalga oshirish. Har bir holat bo`yicha aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish . Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun adliya organlariga: barcha vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, muassasalar, mansabdor shaxslar

tomonidan tadbirkorlar huquqlariga rioya qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari og`ishmay bajarilishini tekshirish; ko`rsatib o`tilgan organlar rahbarlariga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, buzilish sabablarini, sabab bo`lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to`g`risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar kiritish; huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarining, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining tadbirkorlik subyektlari haq-huquqlarini buzuvchi harakatlarini yoki qarorlarini to`xtatib qo`yish; tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya qilish bo`yicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to`g`risida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish; tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlarini, ularning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish to`g`risida sudlarga, shu jumladan, xo`jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish kabi huquqlar berilgan . O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori bilan esa adliya organlarining xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuridik yordam ko`rsatish vakolatlari yanada kengaytirildi. Mazkur qarorga muvofiq Adliya vazirligiga xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni ta`minlash vazifasi yuklandi va ushbu vazifani amalga oshirish uchun unga quyidagi huquqlar berildi: xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan jinoiy, fuqarolik, xo`jalik va ma`muriy ishlar materiallari bilan tanishish yo`li bilan o`rganib chiqish; vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf