Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati
Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati Reja 1. O‘zbekiston da ijtimoiy tartibni o‘rnatishning demokratik yo‘li ni tanla nishi. 2. I jtimoiy tartibni o‘rnatish da d avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati. 3.Rag‘batlantirish jarayonida fuqarolik jamiyati nazoratni samarali qilishda ochiqlikninng o‘rni.
Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari, jumladan , O‘zbekiston ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishning demokratik yo‘li ni tanladi. Chunki hozircha insoniyat demokratiyadan afzalroq bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini hali-hanuz o‘ylab topgani yo‘q. Demokratiya hokimiyatning xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishi dir . Xalq hokimiyatni shakllantirishda ishtirok etsayu, lekin nazorat qilishda ishtirok etmasa, hokimiyat halqning manfaatini ifodalamay qo‘yadi. Nazorat bo‘lmagan joyda e sa hokimiyat xalqqa xizmat qilmaydi, balki hukmronlik qila boshlaydi va bunday joyda ertami-kechmi demokratiya o‘rnini diktatura egallaydi. Diktatura – bu zuravonlik, zo‘ravonlik bo‘lgan joyda adolatsizlik kelib chiqadi, adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlar norozi bo‘l a di, norozilik parokandalikka olib keladi va mustaqillikning bardavomligini gumon qilib qo‘yadi. Shunga asosan milliy xavfsizligimizga eng kuchli tahdid – bu adolatsizlik deb aytish mumkin. Shunday ayanchli holat bo‘lmasligi uchun xalq hokimiyatni nazorat qilib borishi kerak, lekin buning uchun xalq kuchli bo‘lishi lozim. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida ishlab chiqilgan “Mamlakat i mizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ” va “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakaatlar strategiyasi” hokimiyatni nazorat qilishga qodir bo‘lgan davlat va jamiyat (xalq) nazoratidan iborat bo‘lgan tizim ni shakllantirishga qaratilgan. Konsepsiyada taklif qilingan qonunlar, jumladan, 2014 yil yanvar oyidan kuchga kirgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” 1 gi qonun xal q nazoratining huquqiy asosi bo‘lib, fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga xizmat qiladi. Xalq nazorat qilishi uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi uchun esa, birlashgan va xabardor bo‘lishi kerak. Insoniyat allaqachonlar yakka harakat qilgandan ko‘ra birlashgan holda harakat qilish samarali ekanligini anglab yetgan. Xalqning birlashganlik holati fuqarolik jamiyati degan tushuncha bilan ifodalanadi, chunki fuqarolik jamiyati deganda fuqarolar birlashmalarining majmui tushuniladi. 1 Каримов И.А. Мамлакатмизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-бет.
Jamiyat nazoratini kuchli qilish uchun jamiyat hokimiyat faoliyatidan xabardor bo‘lishi kerak va buning uchun xalqqa hokimiyat faoliyati to‘g‘risida axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmasa, u o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. Jamiyat nazorati bo‘lmagan joyda ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlab bo‘lmasligini tarix yaqqol ko‘rsatib bergan . Buni anglab olgan sobiq sh o‘ rolar davlati rahbariyati “Xalq nazorat i to‘g‘risida” qonun qabul qilib , uni amalga tatbiq etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati komitetlari jamiyat nazoratini tashkil qila olmadi, oqibatda ijtimoiy tartibsizlik kuchayib bordi va dunyodagi qudratli davlatlardan biri bo‘lgan sho‘rolar davlati barham topdi. Bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yangi tashkilot tuzishga emas, balki fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali xalq nazoratini tashkil qilishga harakat qilmoqda. Chunki har qanday tashkilot ertami- kechmi yuqoridan amalga oshirilayotgan nazorat vositlaridan biriga aylanib qoladi. Demak , xalq nazoratini tashkil qilish uchun yangi tashkilot tuzish emas, balki xalqni fuqarolik jamiyati institutlariga birlashtirish lozim. Lekin fuqarolik jamiyati institutlari o‘zlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatidan xabardor bo‘lishlari lozim. Xalq xabardor bo‘lsagina, o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi, bu borada davlatga hamkor va sherik bo‘lishi mumkin bo‘ladi . Nazorat borasida sheriklik bo‘lishi uchun har ikkala tomon teng bo‘lishi va bu sheriklikdan har ikkala tomon manfaatdor ekanligini anglab olgan bo‘lishi lozim. Buni anglab olish uchun ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan joyda davlat a’zosi ham, jamiyat a’zosi ham erkin bo‘la olmasligini bilish kerak. Qachon va qaerda nazorat borasida davlat va jamiyat sherik bo‘lsa, o‘sha vaqtda va o‘sha yerda ijtimoiy tartib o‘rnatiladi. Chunki jamiyatda tartib o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan davlat ijtimoiy tartibni o‘rnatishi uchun uning o‘zida tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa davlat ham nazorat ostida bo‘lishi kerak va bunday nazoratni faqat jamiyat amalga oshirishi mumkim. Boshqa biror bir tashkilot, siyosiy tuzulma jamiyat nazorati
o‘rnini bosa olmaydi va tezda yuqoridan bo‘lgan nazorat shakllaridan biriga aylanib qoladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi uchun axborot beruvchi va axborot oluvchi ochiqlikdan manfaatdor ekanligini anglab olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun davlat ham, jamiyat ham bir oddiy haqiqatni , ya’ni jamiyatning mavjud bo‘lishi va taraqqiy topishining muhim sharti ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari kerak. Ijtimoiy tartib deganda adolatning qaror topganligi tushuniladi . Adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlar norozi bo‘ladi va ertami-kechmi bunday holat mustaqillikning qo‘ldan ketishiga olib keladi. Mustaqillik inson baxtli bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, chunki inson baxtli bo‘lishi uchun u erkin bo‘lishi kerak, lekin erkin bo‘lishi uchun u oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Demak, mustaqillikni asrash uchun ijtimoiy tartib o‘rnatilgan va adolat qaror topgan bo‘lishi kerak. Buning uchun jamiyatda demokratik tartib o‘rnatilgan bo‘lishi, demokratiya bo‘lishi uchun jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi kerak, buning uchun u davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lishi lozim. Agar jamiyat davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lmasa, o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi va, demak, demokratiya ham namoyon bo‘lmaydi. 2. I jtimoiy tartibni o‘rnatish da d avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda asosiy e’tibor ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.Chunk i ijtimoiy tartib jamiyat traqqiyotining muhim sharti hisoblanadi va ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan joyda inson erkin va , demak , baxtli bo‘la olmaydi. Ijtimoiy tartib o‘rnatilgan joyda barcha ijtimoiy muammolarni hal qilishga keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda , ijtimoiy tartibning o‘rnatilmaganligi yoki beqarorligi barcha ijtimoiy muammolarning kelib chiqishi sababi hisoblanadi. Sabab bartaraf qilinmasa, oqibat bartaraf qilinmasligi aniq . Sotsiolog olimlarning
ta’kidlashlaricha, jamiyatda u yoki bu voqelikning mavjud bo‘lishi uchun uni keltirib chiqargan voqelik , ya’ni sabab mavjud bo‘l i sh i kerak. Bugungi kunda insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy muammolarning sababi ijimoiy tartibning barqarorligi ta’minlanmaganligi ekan, asosiy e’tibor ijtimoiy tartibni o‘rnatish masalasiga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, ijtimoiy tartib nima ekanligini anglab olish kerak bo‘ladi. Ijtimoiy tartib – bu huquq va axloq normalariga rioya qilishning ta’minlanganlik holatidir. Huquq va axloq o‘z-o‘zidan tartibni o‘rnatmaydi, buning uchun ularga rioya qilish ta’minlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa ularga rioya qilish nazorat qilinishi kerak, nazorat qilinganda ham faqat yuqoridan emas, balki quyidan ham nazorat qilinishi kerak. Yuqoridan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan hokimiyat tarmog‘i sud hokimiyati hisoblanadi, shuning uchun jamiyat nazorati asosiy e’tiborni sud hokimiyati faoliyatini nazorat qilishga qaratishi lozim. Hokimiyat tarmoqlari , ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘z funksiyalarini to‘g‘ri bajarishlari uchun ularning o‘zlari jamiyat nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Har uchala hokimiyat tarmoqlarini birlashtirib turadigan va ularning faoliyatini uyg‘unlashtirib turadigan narsa – bu qonundir. Biri qonunni ishlab chiqadi, ikkinchisi qonunga asoslanib jamiyatni boshqaradi va uchinchisi qonunga rioya etishni nazorat qiladi. Demak, har uchala hokimiyat tarmoqlari qonun atrofida faoliyat olib boradi va sud hokimiyati qonunga rioya qilishni to‘liq ta’minlay olsagina qonun ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar qonunga rioya qilish ta’minlanmasa, uning hech qanday ahamiyati yo‘q va har qanday yaxshi qonun ham oddiy qog‘ozga aylanib qoladi. Shuning uchun ham nazoratda asosiy e’tibor sud hokimiyati faoliyatiga qaratilishi lozim, buning uchun esa, sud hokimiyati faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bu boradagi muammolardan biri sud mustaqilligini nazoratsizlik deb yanglish, xato tushunishdir. Mustaqil degani nazoratsiz degani emas, balki uning ishiga biror - bir mansabdor shaxsning aralashuvidan mustaqil deganidir, lekin jamiyat nazoratidan mustaqil degani emas. Chunki demokratiya hokimiyatni ng har uchala tarmog‘ini jamiyat nazorati ostida bo‘lishini talab qiladi. Qolaversa, s udya