logo

Nazorat tizimining tarkibi va uning vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish omillari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.525390625 KB
Nazorat tizimining tarkibi va uning vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
kuchaytirish omillari
Reja
1.O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   nazorat   tizimini   shakllanishi   va
rivojlanishi.
2.Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlar.
3.Nazorat tizimini kuchaytirishda siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni. 1.O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   nazorat   tizimini   shakllanishi   va
rivojlanishi
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   dunyoni ng   rivojlangan   mamlakatlari
qatori   demokratik   taraqqiyot   yo‘lini   tanladi   va   demokratik   islohotlarni   amalga
oshirib ,   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirib,   jahon da   o‘zini ng   munosib   o‘rniga   ega
bo‘lmoqda.   Xalq   hokimiyatini   anglatadigan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng   maqbul   yo‘li   deb   tan   olingan.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   “Kuchli   fuqarolik   jamiyati   barpo
etishda   jamoatchilik  nazoratini     tizimli   yo‘lga   qo‘yish   eng   maqbul   yo‘ldir” 1
  deya
ta’kidlaydi.   Chunki   fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat
ustidan   nazoratni   amalga   oshirish   hisoblanadi.   Fuqarolik   jamiyati   nazoratining
kuchliligi   demokratik   siyosiy   tartibotning   kuchliligiga   bog‘liq.   Ayni   paytda
demokratiyaning   kuchliligi   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligiga   bog‘liq.   Ular   bir-
biriga   bog‘liq   va   bir-birini   taqozo   etadi,   ularning   birligi   nazorat   faoliyati   bilan
bog‘liq.   Chunki   demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat   faoliyati   bilan
bog‘liq.
 Adolatli ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganligi xalq hokimiyatini
amalga   oshirish ga   va   nazorat   mexanizmiga ,   ya’ni   davlat   va   jamiyat   nazoratiga
bog‘liqdir.   O‘zbekiston   jahon   hamjamiyati   bilan   hamnafas   bo‘lib ,   demokratik
taraqqiyot   yo‘lini   tanladi   va   bu   yo‘ldan   og‘ishmay   jadal   harakat   qilmoqda.
Demokratiya   esa,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq.
Boshqacha   qilib   aytganda,   demokratiya   nazorat   faoliyatida   namoyon   bo‘ladi.
Shuning   uchun   M amlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar
strategiyasi da   demokratiya   talablaridan   kelib   chiqib ,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
yo‘lida   davlat   bilan   birgalikda   jamiyat   nazoratini   ham   tashkil   qilish   vazifasi
belgilab berildi.   Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti Islom Karimov davlat nazorat i
funksiyalariga   nisbatan   jamoatchilik   nazoratining   afzal   va   muhim   ekanligiga
1
 Мирзиёев Ш.М. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр 
талаби мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. 2017 йил 15 июн to‘xtalib,   jumladan,   quyidagilarni   ta’kidla gan   e di:   “Shuni   unutmaylikki,   biz
davlatning   nazorat   funksiyalarini   qancha   kuchaytirsak,   nazorat   bilan
shug‘ullanuvchi   davlat   tuzulmalari   va   organlarini   qancha   ko‘paytirsak,
amaldorlarning   zo‘ravonligi   va   korrupsiya   shuncha   avj   olaveradi.   Shuning   uchun
biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi
tuzulmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga
alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q
” . 2
Mamlakatimizda   shakllanayotgangan   nazorat   tizimi   davlat   va   jamiyat
nazorat i   vositalaridan iborat bo‘lmoqda. Ushbu nazorat tizimining ishlab turishini
ta’minlaydigan   mexanizmni   shakllantirish   qiyin   kechmoqda.   Har   qanday
mexanizmni   harakatga   keltiradigan   kirish   qismi   bo‘lgani   kabi,   nazorat
mexanizmini   harakatga   keltiradigan   qism   ham   bo‘lishi   lozim   va   bunday   qism
jamoatchilik   nazorati   hisoblanadi.   Xalq   hokimiyati   tamoyilini   amalga   oshirish
mexanizmida  jamoatchilik  nazorati  hal  qiluvchi  rol   o‘ynaydi  deb  aytish   mumkin,
chunki jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat nazorat i  vositalaridan iborat bo‘lgan
nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan asosiy kuch   hisoblanadi. Lekin buning
uchun jamoatchilik nazoratini ng   o‘zini harak a tga keltiradigan kuch bo‘lishi  lozim
va bunday kuchni topish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Jamiyat   xalq   hokimiyatini   ifodalashi   va   o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga
oshirishi   uchun   uning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksak   bo‘lishi   lozim.
Boshqacha   qilib   aytganda,   xalq   demokratiya   sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lishi
kerak.   Jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   rivojlanish   darajasining   hozirgi
holati   unga   xalq   hokimiyatini   amalga   oshirish   va   nazorat   mexanizmini   to‘liq
ishlatish   uchun   yetarli   bo‘lmayapti.   Hozircha   jamiyat   hokimiyatni   shakllantirish
jarayonida   faol   ishtirok   etmoqda,   ammo   hokimiyatni   nazorat   qilish   jarayonida
faollik   orqada   qolmoqda.   Xalq   hokimiyatini   anglatadigan   har   ikkala   jarayonda,
ya’ni   hokimiyatni   shakllantirish   va   hokimiyatni   nazorat   qilish   jarayonida
jamiyatning   faolligi   siyosiy-huquqiy   madaniyatning   yuksakligini   taqozo   etadi.
2
Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11-
Тошкент: Ўзбекистон, 2003.-б.28-29 Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi da
jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   borasida   kompleks   chora-
tadbirlar   ishlab   chiqish   vazifasi   belgilab   berilgan.   Ushbu   vazifaning   ijrosini
ta’minlash   uchun   O‘ zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qoshidagi   fuqarolik
jamiyati   institutlariga   ko‘maklashuvchi   Parlament   komissiyasi   nazoratga   doir
bilimni   tadqiq   va   targ‘ib   qilishga   qaratilgan   loyihani   moliyaviy   jihatdan   qo‘llab-
quvvatlamoqda.   Ushbu   loyiha   asosida   nazoratga   doir   bilimni   ishlab   chiqadigan
tadqiqotlar   olib   borilmoqda   va   ziyolilar   o‘rtasida   targ‘ib   qilishga   qaratilgan
tadbirlar   o‘tkazilmoqda.   Ushbu   tadqiqotlar   nazorat   tizimi,   uning   vositalari
o‘rtasidagi   bog‘liqlikni   kuchaytirish   va   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltirish
omillarini   topishga   qaratilgan.   Ushbu   omillar   xalq   hokimiyatini   amalga
oshir adigan   va nazorat  mexanizmini har a katga keltiradigan jamoatchilik nazoratini
kuchli qilishga xizmat qiladi.
Xalq   hokimiyatini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladigan   omillarni   topishga
qaratilgan     tadqiqotlarda,   nazorat,   nazorat   tizimi   va   nazorat   mexanizmi
tushunchalarining   mazmun-mohiyatini   anglab   olishga   hamda   davlat   nazoratini,
jamiyat   nazoratini,   siyosiy   partiyalar   nazoratining   nazorat   tizimidagi   o‘rnini
o‘rganish   va   uni   yanada   kuchaytirish   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.
Tadqiqotchilar   mamlakatda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   davlat   va   jamiyat
nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimi shakllanishi lozimligini asoslab berishga
harakat   qilishmoqda.   Qachon   va   qaerda   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilish
borasida davlat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik va sheriklik o‘rnatilsa, o‘sha vaqtda
va   o‘sha   joyda   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   mumkin   bo‘ladi.   Mamlakatni
modernizatsiyalash konsepsiyasi  taklif i asosida qabul   qilingan ”Davlat hokimiyati
va   boshqaruv   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risida”gi,   “O‘zbekistonda
jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida”gi   va   “Ijtimoiy   sheriklik   to‘g‘risida” gi   qonunlar
davlat va jamiyatning nazorat jarayonidagi hamkorligi hamda sherikligiga huquqiy
asos bo‘lib xizmat qil moqda . 
2.Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlar. Tadqiqotlarda   nazorat   tizimining   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan
sabablar   o‘rganilib ,   tahlil   qilinmoqda.   Bunda   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyati   zamon   talabi   darajasidan   biroz   orqada   qolayotganligi   va   aholining
ayrim   qismida   befarqlik   kayfiyati   mavjudligi   ana   shunday   sabablar   sifatida   qayd
qilindi.   Ushbu   sabablarni   bartaraf   etish   ma’lum   bir   vaqtni   taqozo   qiladigan   va
evolyusion   tarzda   amalga   oshiriladigan   jarayon   ekanligi   ta’kidlandi.   Chunki
jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish va befarqlik kayfiyatidan xalos
etish ,   daxldorlik   hissini   shakllantirish   insonning   bilimi   va   ma’naviyatini
yuksaltirish   bilan   bog‘liq.   Bilimni   rivojlantirish   ta’lim   tizimiga   bog‘liq,
ma’naviyatni rivojlantirish tarbiya tizimiga bog‘liq   bo‘lgan   evolyusion jarayondir.
Shuning   uchun   ta’lim   va   tarbiya   tizimida   odamlarda   daxldorlik   hissini
shakllantiradigan bilim va g‘oyalarni berish choralarini ko‘rish lozim.
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi da
davlatni   demokratlashtirish   va   jamiyatni   liberallashtirish   vazifalari   belgilab
berilgan.   Ana   shu   vazifalarni   amalga   oshirish   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyatini   oshirish   va   befarqlik   kayfiyatining   jilovlanib,   daxldorlik   hissining
shakllanganligiga   bog‘liq.   Konsepsiya   va   Strategiya ning   mazmun-mohiyatini
tushunish uchun mamlakat davlat va jamiyatdan iborat ekanligini hamda ularning
funksiyalarini   anglab   olish   lozim.   Davlatning   asosiy   funksiyasi   xilma-xil
m a nfaatlardan   iborat   bo‘lgan   odamlar   jamiyatini   murosaga   solib,   kelishtirib   va
jipslashtirib ,   taraqqiyot   sari   yetaklashdan   iborat.   Jamiyatning   asosiy   funksiyasi
taraqqiyot   sari   borishda  huquq  va axloq   me’yor lariga  rioya qilishni   nazorat  qilib,
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   davlatga   sherik   bo‘lish.   Bugungi   kunda   bizda   kuchli
davlat   va   nisbatan   kuchsiz   jamiyat   mavjud.   Shuning   uchun   jamiyat   o‘zining
nazorat funksiyasini  to‘liq bajara olmayapti. Muammo shundaki, jamiyatni kuchli
qilish   faqat  evolyusion jarayon tarzida amalga oshirilishi  mumkin. Chunki  kuchli
fuqarolik jamiyati deganda kuchli fuqarolik jamiyati institutlari tushuniladi. Kuchli
fuqarolik   jamiyati   institutlari   deganda   esa,   kuchli   fuqarolar   tushuniladi.   Kuchli
fuqaro deganda bilim  va ma’naviyati  yuksak bo‘lgan hamda fuqarolik pozitsiyasi
shaklanagan   fuqaro   tushuniladi.   Fuqaroni   kuchli   qilish   faqat   evolyusion   tarzda amalga oshirilishi mumkin, chunki insonning bilim va ma’naviyatini oshirish faqat
evolyusion tarzda amalga oshiriladi. 
Ta’kidlaganimizdek,   ozod   va   obod ,   farovon   jamiyat   qurishning   muhim
sharti   –   bu   adolatli   ijtimoiy   tartib   barqarorligi ning   ta’minla nganli dir.   Adolatli
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   muammosi   qadimdan   eng   murakkab   va   eng   dolzarb
mavzu   bo‘lib   kelgan   va   bugungi   kunda   ham   shunday   bo‘lib   qolmoqda.   Bugungi
kunga   kelib   insoniyat   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   faqat   yuqoridan   amalga
oshiriladigan   davlat   nazorati   yetarli   emasligini   anglab   ye t di.   Shuning   uchun
M amlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi   va Harakatlar strategiyasi da ijtimoiy
tartibni   o‘rnatish   yo‘lida   davlat   bilan   birgalikda   jamiyat   nazoratini   ham   tashkil
qilish   vazifasi   belgilab   berildi.   Jamiyat   o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi
uchun ,   yuqorida ta’kidlaganimizdek,   uning siyosiy va huquqiy madaniyati yuksak
bo‘lishi lozim. 
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi da
jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   borasida   kompleks   chora-
tadbirlar   ishlab   chiqish   vazifasi   belgilab   berilgan.   Ushbu   vazifaning   ijrosini
ta’minlash   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qoshidagi   fuqarolik
jamiyati   institutlarini   q o‘ llab-quvvatlovchi   Parlament   komissiyasi   nazoratga   doir
bilimni   targ‘ib   qilishga   qaratilgan   loyihaga   alohida   e’tibor   qaratmoqda .   U shbu
loyiha   asosida   Samarqand   viloyatida   o‘qituvchilar ,   nuroniylar   va   mahalla   raislari
o‘rtasida   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qiladigan   tadbirlar   o‘tkazil di .     T adbirlar
nazorat   tizimi   va   uning   vositalari   o‘rtasidagi   bog‘liqlikni   kuchaytirish   omillarini
topishga qaratil di . 
  Insoniyat   jamiyatining   rivojlanish   evolyusiyasiga   nazar   solsak ,
oddiylikning   murakkablashib   borayotganiligiga   guvoh   bo‘lamiz.   Hayot   qanchalik
murakkablashib borsa, unda ijtimoiy tartibni o‘rnatish shunchalik murakkablashib
boradi.   Insoniyat   jamiyatining   ilk   davrlarida   hayot   oddiy   bo‘lib,   odamlar
o‘rtasidagi munosabatlar   asosan baz a viy ehtiyoj bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak
va boshpanaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish borasida bo‘lgan. Bu davrlarda odamlar
o‘rtasidagi   munosabatlarda   tartibni   ta’minlash   uchun   alohida   ijtimoiy regulyatorlarga   ehtiyoj   bo‘lmagan.   Shuning   uchun   ijtimoiy   tartib ni   o‘rnatish
nisbatan osonroq bo‘lgan va   asosan stixiyali tarzda  amalga oshirib  kelingan. Asta-
sekinlik   bilan   insoniyat   jamiyati   rivojlanib   borishi   natijasida   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   regulyatorlarga   ehtiyoj   kuchayib   borgan.   Natijada
uzoq   evolyusion   jarayonda   insoniyat   jamiyatida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga
xizmat   qiladigan   ikkita   ijtimoiy   regulyator   paydo   bo‘ldi.   Ularning   biri   h uquq
bo‘lsa, ikkinchisi axloqdir. Bugungi kunda ana shu huquq va axloq ijtimoiy tartibni
o‘rnatadigan asosiy regulyatorlar hisoblanadi. 
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   odamlar   o‘zaro   munosabatda   o‘z
harakatlarini   tartibga   solishlari   kerak.   Buning   uchun   ularda   o‘z   erkinliklarini
cheklab   borishlari   zaruriyati   paydo   bo‘ladi.   Insoniyatning   yovvoyilikdan
varvarlikka, varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tishi odamlarning erkini cheklab borishi
bilan   bog‘liq   ravishda   kechgan.   Boshqacha   qilib   aytganda,   inson   hayvondan   farq
qilishi   uchun   u   mutlaq   erkin   bo‘lishi   kerak   emas.   Inson   mutlaq   erkin   bo‘lsa,   u
hayvondan   farq   qilmay   qoladi,   chunki   hayvonlarda   o‘z   harakatini   cheklaydigan
regulyatorlar   yo‘q   va   ular   o‘rtasidagi   munosabatlarda   tartib   stixiyali   ravishda
ta’minlanadi.   Masalan,   ibtidoiy   jamiyat   davrida   odamlar   o‘rtasidagi   jinsiy
munosabatlar   biror   bir   normalar   orqali   tartibga   solinmagan   promiskuitet   tartibiga
asoslangan. Bunda jinsiy munosabatlarda hech qanday cheklov bo‘lmagan, barcha
yoshdagi   erkak   va   ayollar   o‘rtasida   jinsiy   munosabatlar   bo‘lib   turgan.   Insoniy
jamiyatning   rivojlanib   borishi   jarayonida   jinsiy   munosabatlarda   cheklovlar
o‘rnatil a   bordi   va   nihoyat   nikoh   instituti   shakllandi.   Xuddi   shunday,   ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayonida ma’lum
bir me’yorlarga rioya qilib o‘z harakatlarini cheklash tartibi shakllanib bordi.
3.Nazorat   tizimini   kuchaytirishda   siyosiy-huquqiy   madaniyatning
o‘rni.
Insoniyat jamiyatida tartib o‘rnatilishi uchun faqat odam o‘z harakatini   o‘zi
cheklab borishi  yetarli bo‘lmay qoldi. Buning uchun odam   harakatini tashqaridan
nazorat   qilinishi   zaruriyati   paydo   bo‘ldi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   odam   o‘z x ulqini   tartibga   solishi,   erkini   cheklashi   uchun   faqat   ichki   nazorat   yetarli   emas,
buning   uchun   tashqi   nazorat   ham   kerak.   Nazorat   shaklan   yuqoridan   va   quyidan,
mazmunan   esa   ichki   va   tashqi   tomondan   amalga   oshiriladi.   Ichki   nazorat
odamning o‘zini  o‘zi  nazorat  qilishi, tashqi  nazorat   e sa   odam   x ulqining davlat va
jamiyat tomonidan nazorat qilinishidir.   Yuqoridan  bo‘lgan  nazorat davlat nazorati,
quyidan   bo‘lgan   nazorat   e sa jamiyat nazoratidir.   Qachon m amlakatda nazoratning
shakli   ham,   mazmuni   ham   mavjud   bo‘lsa,   o‘shanda   ijtimoiy   tatibning
barqarorligini ta’minlashga qodir bo‘lgan nazorat tizimi ham shakllanadi. Insoniyat
jamiyati   shunchalik   murakkabki,   faqat   yuqoridan   bo‘lgan   nazorat   yoki   faqat
quyidan bo‘lgan jamiyat nazorati, yoki faqat ichki nazorat ijtimoiy tartibni o‘rnata
olmaydi. Buning uchun nazorat tizimining samarali ishlab turishini ta’minlaydigan
mex a nizm ham shakllangan bo‘lishi kerak.  
Inson shunday mavjudotki, u kim bo‘lishi va  q aerda ishlashidan kat’i nazar,
nazorat   ostida   bo‘lishi   kerak,   chunki   insonda   tabiatan   egoizm   hususiyatlari
mavjud.   Egoizm   esa   nazoratni   taqozo   etadi.   Nazorat   bo‘lmagan   joyda   odam   o‘zi
egoistik   manfaatlarining   quliga   aylana   boradi   va   natijada   u   huquq   va   axloq
me’yor larini buzishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun barcha odamlar nazorat ostida
bo‘lishlari   kerak,   hatto   eng   yuqori   lvozimdagi   mansabdor   shaxslar   ham.   Shuning
uchun   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   faqat   davlat   nazor a tigina   emas,   balki   davlat   va
jamiyat   nazorat idan iborat  bo‘lgan   tizimga bog‘liq. Agar  biror  bir kishi huquq va
axloq normalarini buzsa, unga jazoni   faqat   davlat emas, balki jamiyat   ham   berishi
kerak, chunki agar faqat davlat jazolashi kerak bo‘lsa, jinoyat jazosiz qolib ketishi
mumkin. Chunki yuqoridan kelgan davlat vakili bilan kelishib olish mumkin   yoki
pora berib sotib olish mumkin, lekin tizim bilan na kelishib yoki tizimga na pora
berib   bo‘ladi.
Insoniyat   jamiyati   tabiatan   nazoratga   muhtoj,   chunki,   har   bir   odamda
tabiatan egoizm bor va jamiyat odamlar majmuidan iborat. Egoistik hususiyatlarga
ega bo‘lgan odamlar majmuidan iborat bo‘lgan insoniyat jamiyatida tartib o‘ratish
muammosi   eng   murakkab   va   eng   dolzarb   muammo   bo‘lib   qolmoqda.   Ijtimoiy
tartibning   barqarorligi   jamiyatning   rivojlanish   darajasiga,   odamlarning demokratiya   sharoitida   yashay   olish   qobiliyatiga   va   fuqarolik   jamiyatining
kuchliligiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   O‘zbekiston   Respublikasida   ”Kuchli
davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili   asosida demokratlashtirish va
liberallashtirish   jarayoni   chuqurlashtirib   borilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi
Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov  tomonidan   2010   yil  12  noyabrda  bayon  qilingan
mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasida   ham   asosiy   e’tibor
demokratlashtirish   va   liberallashtirishni   takomillashtirish   orqali   ijtimoiy   tartibni
barqarorlashtirish masalalariga qaratilgan. Demokratlashtirish va liberallashtirishni
yanada   chuqurlashtirish   nazorat   tizimining   samarali   ishlashini   ta’minlaydigan
mexanizmni   shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Chunki   demokratlashtirish   va
liberallashtirish   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   bilan
bog‘liqdir.   Siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   yuksak   odamda   fuqarolik   pozitsiyasi
kuchli   bo‘ladi.   Fuqarolik   pozitsiyasi   esa   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishning
muhim   shartidir.   Fuqarolik   jamiyatining   kuchliligi   ijtimoiy   tartibning
barqarorligini ta’minlaydigan muhim kafolatdir. 
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”   tamoyili   asosida ishlab
chiqilgan   M amlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi
jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishni ustuvor vazifa sifatida
belgilab berdi. Kuchli fuqarolik jamiyati shak l lanishi uchun demokratiya sharoitida
yashay   oladigan   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   yuksak   avlod   shakllanishi   lozim.
Ana   shunday   avlodning   shakllanishi   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat
qiladi.   Fuqarolik   jamiyatining   kuchliligi   esa   adolatli   ijtimoiy   tartibning
barqarorligini   ta’minlaydi.   Ijtimoiy   tartibning   barqarorligini   ta’milash   muammosi
barcha   vaqtlarda,   barcha   davlat   rahbarlarini   va   donishmandl a rni   o‘ylantirgan   eng
murakkab muammo bo‘lib kelgan. Demak, ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi fuqarolik
jamiyatining   kuchliliga   bog‘liq   ekan ,   asosiy   e’tiborni   fuqarolik   jamiyatini   kuchli
qilishga qaratish lozim. 
Fuqaroni kuchli qilish faqat evolyusion tarzda amalga oshirilishi  mumkin,
chunki, insonning bilim va ma’naviyatini oshirish faqat evolyusion tarzda amalga
oshiriladi gan   jarayon   hisoblanadi .   Obrazli   qilib   aytganda,   insonning dunyoqarashini o‘zgartirish va rivojlantirish bir loyqalangan daryo singariki ,  uning
tinishi   ma’lum   bir   vaqtni   taqozo   etadi.   Fuqaroni   kuchli   qilish   deganda ,   o‘zining
nazorat   funksiyasini   oshirishga   qodir   bo‘lgan   va   shunga   yarasha   bilim   va
ma’naviyatga ega bo‘lgan inson tushuniladi. Bunday insonni ng  shakllanishi ta’lim
va  tarbiya  tizimi  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Shuning  uchun  ta’lim - tarbiya   tizimida
fuqarolik pozitsiyasini shak l lantiradigan va rivojlantiradigan bilim va ma’naviyatni
yuksaltirishga qaratish lozim. Bu esa ta’lim va tarbiya tizimida ma’lum bir chora-
tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi. 
Jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirishda   nazoratga   doir
bilim   alohida   ahamiyatga   ega,   chunki   nazoratga   doir   bilim   siyosiy   va   huquqiy
bilimlarni  qamrab oladi. Boshqacha  qilib aytganda, nazoratga doir  bilimni targ‘ib
qilish barobarida jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati oshib boradi.  Siyosiy-
huquqiy madaniyat bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazorat tizimi vositalarini harakatga
keltirishni       va   ularning   muntazam   ishlab   turishini   ta’minlaydigan   mexanizmni
shakllantirishning   muhim   sharti   hisoblanadi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisi   huzuridagi   Parlament   komissiyasi   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarini
ko‘llab-quvvatlash   jamg‘armasining   “Ijtimoiy   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib
qilish”   loyihasini   moliyalashtirishi   ushbu   jarayonda   muhim   ahamiyatga   ega.
Chunki   nazoratga   doir   bilim   nazorat   tizimining   samarali   ishlashini   va   nazorat
mexanizmining   harakatga   kelishini   ta’minlaydigan   muhim   omil   hisoblanadi.
Bugungi   kunda   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilish,   ertangi   kunda   nazorat
funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘lgan avlodni shakllantiradi. Bunday avlod
o‘z nazorat funksiyasini amalga oshira borib ,  ijtimoiy tartibni   o‘rnatadi va farovon
jamiyatni   qurishga qodir bo‘ladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Nazorat tizimining tarkibi va uning vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish omillari Reja 1.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat tizimini shakllanishi va rivojlanishi. 2.Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlar. 3.Nazorat tizimini kuchaytirishda siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni.

1.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nazorat tizimini shakllanishi va rivojlanishi Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyoni ng rivojlangan mamlakatlari qatori demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va demokratik islohotlarni amalga oshirib , fuqarolik jamiyatini shakllantirib, jahon da o‘zini ng munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda. Xalq hokimiyatini anglatadigan demokratiya va fuqarolik jamiyati ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li deb tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir” 1 deya ta’kidlaydi. Chunki fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi ijroiya hokimiyat ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati nazoratining kuchliligi demokratik siyosiy tartibotning kuchliligiga bog‘liq. Ayni paytda demokratiyaning kuchliligi fuqarolik jamiyatining kuchliligiga bog‘liq. Ular bir- biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadi, ularning birligi nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Chunki demokratiya ham, fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Adolatli ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganligi xalq hokimiyatini amalga oshirish ga va nazorat mexanizmiga , ya’ni davlat va jamiyat nazoratiga bog‘liqdir. O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamnafas bo‘lib , demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan og‘ishmay jadal harakat qilmoqda. Demokratiya esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, demokratiya nazorat faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun M amlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi da demokratiya talablaridan kelib chiqib , ijtimoiy tartibni o‘rnatish yo‘lida davlat bilan birgalikda jamiyat nazoratini ham tashkil qilish vazifasi belgilab berildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov davlat nazorat i funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazoratining afzal va muhim ekanligiga 1 Мирзиёев Ш.М. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. 2017 йил 15 июн

to‘xtalib, jumladan, quyidagilarni ta’kidla gan e di: “Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzulmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzulmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q ” . 2 Mamlakatimizda shakllanayotgangan nazorat tizimi davlat va jamiyat nazorat i vositalaridan iborat bo‘lmoqda. Ushbu nazorat tizimining ishlab turishini ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish qiyin kechmoqda. Har qanday mexanizmni harakatga keltiradigan kirish qismi bo‘lgani kabi, nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan qism ham bo‘lishi lozim va bunday qism jamoatchilik nazorati hisoblanadi. Xalq hokimiyati tamoyilini amalga oshirish mexanizmida jamoatchilik nazorati hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb aytish mumkin, chunki jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat nazorat i vositalaridan iborat bo‘lgan nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan asosiy kuch hisoblanadi. Lekin buning uchun jamoatchilik nazoratini ng o‘zini harak a tga keltiradigan kuch bo‘lishi lozim va bunday kuchni topish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Jamiyat xalq hokimiyatini ifodalashi va o‘z nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun uning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, xalq demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lishi kerak. Jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati rivojlanish darajasining hozirgi holati unga xalq hokimiyatini amalga oshirish va nazorat mexanizmini to‘liq ishlatish uchun yetarli bo‘lmayapti. Hozircha jamiyat hokimiyatni shakllantirish jarayonida faol ishtirok etmoqda, ammo hokimiyatni nazorat qilish jarayonida faollik orqada qolmoqda. Xalq hokimiyatini anglatadigan har ikkala jarayonda, ya’ni hokimiyatni shakllantirish va hokimiyatni nazorat qilish jarayonida jamiyatning faolligi siyosiy-huquqiy madaniyatning yuksakligini taqozo etadi. 2 Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11- Тошкент: Ўзбекистон, 2003.-б.28-29

Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi da jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish borasida kompleks chora- tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash uchun O‘ zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashuvchi Parlament komissiyasi nazoratga doir bilimni tadqiq va targ‘ib qilishga qaratilgan loyihani moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlamoqda. Ushbu loyiha asosida nazoratga doir bilimni ishlab chiqadigan tadqiqotlar olib borilmoqda va ziyolilar o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadqiqotlar nazorat tizimi, uning vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmini harakatga keltirish omillarini topishga qaratilgan. Ushbu omillar xalq hokimiyatini amalga oshir adigan va nazorat mexanizmini har a katga keltiradigan jamoatchilik nazoratini kuchli qilishga xizmat qiladi. Xalq hokimiyatini amalga oshirishga xizmat qiladigan omillarni topishga qaratilgan tadqiqotlarda, nazorat, nazorat tizimi va nazorat mexanizmi tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglab olishga hamda davlat nazoratini, jamiyat nazoratini, siyosiy partiyalar nazoratining nazorat tizimidagi o‘rnini o‘rganish va uni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar mamlakatda ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimi shakllanishi lozimligini asoslab berishga harakat qilishmoqda. Qachon va qaerda huquq va axloq normalariga rioya qilish borasida davlat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik va sheriklik o‘rnatilsa, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi taklif i asosida qabul qilingan ”Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi qonunlar davlat va jamiyatning nazorat jarayonidagi hamkorligi hamda sherikligiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qil moqda . 2.Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlar.

Tadqiqotlarda nazorat tizimining samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablar o‘rganilib , tahlil qilinmoqda. Bunda jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati zamon talabi darajasidan biroz orqada qolayotganligi va aholining ayrim qismida befarqlik kayfiyati mavjudligi ana shunday sabablar sifatida qayd qilindi. Ushbu sabablarni bartaraf etish ma’lum bir vaqtni taqozo qiladigan va evolyusion tarzda amalga oshiriladigan jarayon ekanligi ta’kidlandi. Chunki jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish va befarqlik kayfiyatidan xalos etish , daxldorlik hissini shakllantirish insonning bilimi va ma’naviyatini yuksaltirish bilan bog‘liq. Bilimni rivojlantirish ta’lim tizimiga bog‘liq, ma’naviyatni rivojlantirish tarbiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan evolyusion jarayondir. Shuning uchun ta’lim va tarbiya tizimida odamlarda daxldorlik hissini shakllantiradigan bilim va g‘oyalarni berish choralarini ko‘rish lozim. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi da davlatni demokratlashtirish va jamiyatni liberallashtirish vazifalari belgilab berilgan. Ana shu vazifalarni amalga oshirish jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish va befarqlik kayfiyatining jilovlanib, daxldorlik hissining shakllanganligiga bog‘liq. Konsepsiya va Strategiya ning mazmun-mohiyatini tushunish uchun mamlakat davlat va jamiyatdan iborat ekanligini hamda ularning funksiyalarini anglab olish lozim. Davlatning asosiy funksiyasi xilma-xil m a nfaatlardan iborat bo‘lgan odamlar jamiyatini murosaga solib, kelishtirib va jipslashtirib , taraqqiyot sari yetaklashdan iborat. Jamiyatning asosiy funksiyasi taraqqiyot sari borishda huquq va axloq me’yor lariga rioya qilishni nazorat qilib, ijtimoiy tartibni o‘rnatishda davlatga sherik bo‘lish. Bugungi kunda bizda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat mavjud. Shuning uchun jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini to‘liq bajara olmayapti. Muammo shundaki, jamiyatni kuchli qilish faqat evolyusion jarayon tarzida amalga oshirilishi mumkin. Chunki kuchli fuqarolik jamiyati deganda kuchli fuqarolik jamiyati institutlari tushuniladi. Kuchli fuqarolik jamiyati institutlari deganda esa, kuchli fuqarolar tushuniladi. Kuchli fuqaro deganda bilim va ma’naviyati yuksak bo‘lgan hamda fuqarolik pozitsiyasi shaklanagan fuqaro tushuniladi. Fuqaroni kuchli qilish faqat evolyusion tarzda