logo

Ijtimoiylashuv omillari va vositalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.326171875 KB
Mavzu:   Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. 
REJA:
1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar. 
2. Tashqi va ichki omillar. 
3. Mikro, mezo va makro omillar. 
4.Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.
  “Ijtimoiylashuv”   so’zi     dastlab   siyosiy-iqtisodiyotdan   kelib   chiqqan.   U
siyosiy-iqtisodiyotda   yer,   ishlab   chiqarish   vositalarining   umumiylashuvi
ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv”   atamasining   muammoli   deb   bu   atamani   “Ijt__   nazariyasi”
(1987)   kitobida   hozirgiga   yaqin   ma’noda   qo’llagan   amerikalik   sotsiolog
F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ
xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX   asr   o’rtalarida   ijtimoiylashuv   inson   rivojlanishini   uning   butun   umri
mobaynida   o’rganuvchi   mustaqil   ilmiy   sohaga   aylandi.   Ijtimoiylashuvning   turli
konsepsiyalarining   tahlili   uni   shartli   raivshda   ikki   asosiy   yondoshuvga   ajratish
imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv.   Unda   insonga   jamiyat   ta’sirining   passiv   iste’molchisi
sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv.   Bunda   ijtimoiylashuv   jarayonida   insonning   faol   o’rni,
uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va   ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi   talablariga
ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv
insonning   madaniyatni   o’zlashtirish   jarayonidagi   rivojlanish   va   o’zgarishi   bilan
aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv   jarayoni   Bolaning   ijtimoiylashuvi   xususan   insonning   ijtimoiy
moslashuvi   uning   hamma   narsani   egallashga   bo’lgan   ob’ektiv   ehtiyoji
jarayonidapaydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola   boshqa bir  ob’ektiv
ehtiyoj   -o’ziga   xosligini   namoyon  qilish   hissi   ham   shakllanadi.   Bola     uni   yuzaga
chiqarish   uchun     turli   usul   va   vositalarni   qidira   boshlaydi   va   buning   natijasida
uning   individuallashuvi   ro’y   beradi.   Bu   hodisa   shunda   namoyon   bo’ladiki,
shaxsning  ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli
tarzda namoyon bo’ladi, uning   ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega
bo’ladi.   SHunday   qilib   bolaning     ijtimoiy   rivojlanishi   ikki   o’zaro   bog’liq
yo’nalishda   olib   boriladi:   ijtimoiylashuv   (   ijtimoiy   madaniy   tajriba   madaniyatni
o’zlashtirish)   va   individuallashuv   (mustaqillik,   nisbiy   o’ziga   xoslikni   qo’lga kiritish).   SHu   tarzda   ijtimoiylashuv   tushunchasi   zamonaviy   fanda   moslashuv
(birlashish)   va   individuallashuv   jarayonlari   bilan   bog’liq   ijtimoiylashuv
jarayonining   mazmuni   inson(bola)ning   aniq   bir   jamiyat   sharoitlariga
moslashuvidir.   moslashuv   sub’ekt   va   ijtimoiy   muhit   faolliklarining   yaqinlashuv
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
  Ijtimoiy   moslashuv   esa     ijtimoiy   muhit   talablariga   insonning   munosabat
bildirishidir.   SHunday   qilib,   ijtimoiylashuv   (moslashuv)   individning   ijtimoiy
mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. 
Indivuallashuv   insonning   xali   yoshligidayoq   paydo   bo’ladigan   ob’ektiv
ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v)   unga     tegishli   bo’lgan   masalalarni   hal   qilish,   uning   o’z   darajasini   aniqlab
olishiga   xalaqit   beradigan   hayotiy   holatlarga   qarshi   turish   xohishi   sifatida
namoyon bo’ladi.
Agar   shaxsning   jamiyatga   kirishida     ijtimoiylashuv   va   individuaalashuv
jarayonlari   o’rtasida   tenglik   yuzaga   kelsa,   insonning   jamiyatga   yaqinlashuvi   ro’y
beradi. SHu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir
bo’ladi.   SHunday   qilib,   muvaffaqqiyatli   ijtimoiylashuv     moslashuv   va
individuallashuv   o’rtasida   muvozanat   saqlangandagina   amalga   oshishi   mumkin.
Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
-   faoliyat-turlarning   kengayishi,   uning   shakl   va   vositalarini   qo’lga   kiritish,
erkin mo’ljal olish.
-   muomala-muomala   doirasini   kengaytirish,   uning   mazmunini
chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
-   anglash-shaxsiy   men   obrazini   faoliyatning   faol   ishtirokchisi   sifatida
shakllantirish,   o’z   ijtimoiy   mansubligi   va   o’rnini   anglash,   o’ziga   baho   berishni
shakllantirish.
Ijtimoiylashuv   vositalari   Inson   ijtimoiylashuvi   u   yoki   bu   jamiyat   ijtimoiy
qatlamlariga   xos   bo’lgan   universal   vositalar   orqali   amalga   oshiriladi,   ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish
qoidalari,   insonni   o’rab   turuvchi   moddiy   madaniyat   mahsulotlari,   ma’naviy
madaniyat   unsurlari(alladan   boshlab   ertaklargacha),   muomala   usuli   va   mazmuni,
shuningdek   oilada   jazolash   va   mukofotlash   uslublari,   insonning   hayotiy
faoliyatidagi   ko’p   sonli   munosabatlari-muloqot,   o’yinlar,   ma’naviy-amaliy
faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har   bir   jamiyat,   davlat,     ijtimoiy   guruh   ijobiy   va   salbiy   ta’qiqlar-man   etish,
ruxsat   berish,   majburlash   chora-tadbirlarini   ishlab   chiqshadi.   Bu   choralar
yordamida inson xulq-atvori  shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga
moslashtiriladi.
Bola   ijtimoiylashuvining   yetakchi   vositalari   muomala   (ota-onalar,   tengdoshlar
va   boshqalar   bilan)   hamda   faoliyat   (o’yin,   o’qish,   ijod,   sport)dir.   Psixologik-
pedagogik   tadqiqotlar   jarayonida   turli   yosh   davrlariga   turli   faoliyat   turlari   mos
kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala.
Muomala   va   faoliyatning   yetakchi   turlariga   nisbatan   quyidagi   yosh     davrlari
qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli  faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab  davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv   agentlari Insonning   voyaga   yetishida,   uning   shakllanishi
jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni
ijtimoiy   pedagogikaga   oid   adabiyotlarda   ijtimoiylashuv   agentlari   deb   ham
nomlanadi.   Turli   yosh   davrlarida   agentlarning   tarkibi   turli   bo’ladi.   Bolalar   va
o’smirlar   uchun   ota-ona,   aka-uka,   opa-singillar,   qarindoshlari,   tengdoshlari,
qo’shnilar   agent   bo’lishlari   mumkin.   YOshlik   davrig   kelib   agentlar   qatoriga
turmush   o’rtog’i,   hamkasblari   ham   qo’shilishlari   mumkin.   Ijtimoiylashuvdagi tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham
farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan.
Ijtimoiylashuv   omillari.   Ijtimoiylashuv   bolalar,   o’smirlar,   yoshlarlarning
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida
yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning
hammasi   ham   aniqlanmagan.   O’rganilgan   omillar   haqida   bilimlar   yetarli   emas.
Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo’linadi;
1.Megaomillar   (mega-eng   katta)-kosmos,   planeta,   dunyo,   shuningdek   bularga
demografik,   ijtimoiy   siyosiy,   ekologik,   planetar   jarayonlarni   ham   kiritsa   bo’ladi.
Ular   boshqa   omil   guruhlari   orqali   yerning   barcha   aholisining   ijtimoiylashuviga
ta’sir ko’rsatadi. 
2.Makroomillar   (makro-katta)-davlat,   xalq,   jamiyat.   Bu   omillar   muayyan
hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi. 
3.Mezoomillar  (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari,
auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga   ko’ra ajratilgan guruhlarning
ijtimoiylashuvi   shart-sharoitlari.   Mezoomillar   etnik   qurilmalarni   shakllantirish
jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. 
4.Ijtimoiylashuvga   mezoomillar   mikroomilla r   orqali   ta’sir   qiladi.   Mikro
omillarga muayyan shaxslarga ta’sir  qiluvchi  omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar
guruhlari,   tarbiya   muassasalari,   turli   ijtimoiy,   diniy,   davlat,   xususiy   tashkilotlar
kiradi.
SHaxs   tug’ilganidan   boshlab   rivojlanadigan   muhit   sotsium   yoki   mikrosotsium
deyiladi. 
Tashqi  ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni
bir-biridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs
rivojlanishining   asosiy   omillari   sifatida   biologik   va   ijtimoiy   omillarajratib
ko’rsatiladi.
Biologik   omillar   . Biologik   irsiyat   insonni   inson   qiluvchi   umumiy   jihatlarini
aniqlaydi.   Irsiyat   deganda   ota-onalardan   bolalarga   turli   belgi,   o’xshashlik,
xususiyatlarning   o’tishi   tushuniladi.   Irsiyatga   ko’ra   bolaga   ota-onasidan   inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi,
soch,   teri   rangi   o’tadi.   Bular   insonni   boshqa   insonlardan   ajratib   turuvchi   tashqi
omillar hisoblanadi. SHuningdek irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan
nerv xusuiyatlari ham o’tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida
biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini  ko’zda tutadi.
Psixologik   ma’lumotlarga   ko’ra   qobiliyat   insonning   tabiiy   xususiyati   bo’la
olmaydi.   Bola   qobiliyatlarining   namoyon   bo’lishi   uning   hayot,   talim-tarbiya
jarayonlariga bog’liq. 
Ota-onadan   bolaga   o’tuvchi   bir   qator   kasalliklar   mavjud-qon   kasalligi,
shizofreniya,   epilepsiya,   daun   kasalligi   va   boshqalar.   Bu   kasalliklarni   ginetika
o’rganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi
tashqi   omillar   ham   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Buning   natijasida   jismoniy   nuqsonli
bo’lib   tug’ilayogan   bolalar   soni   ko’paymoqda.   Bunday   bolalarning   muomalaga
kirishishi   va   faoliyat   yuritishi   nihoyatda   og’ir   kechadi.   SHuning   uchun   ularga
o’qitishning   yangi   metodlari   joriy   qilinmoqda   va   bu   metodlar   ularning   aqliy
rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar   shug’ullanishadi.   Bu   bolalar   o’z   tengqurlari   bilan   muomalaga
kirishganlarida   jiddiy   muammolarga   duch   kelishadi.   Bu   esa   ularning   jamiyatga
integratsiyalashuvlarini   qiyinlashtiradi.   SHuning   uchun   bunday   bolalar   bilan
ijtimoiy   pedagogik   ish   olib   borishning   asosiy   maqsadi   bolaga   tashqi   olam   bilan
aloqa qilish kanallarini ochishdir. 
  Ijtimoiy   omillar.   Insonning   biologik   mavjudotdan     ijtimoiy   sub’ektga
aylanishi,   uning   ijtimoiylashuvi,   jamiyatga   integratsiyasi   natijasida   sodir   bo’ladi.
Bu   jarayon   shaxsning     ijtimoiy   ahamiyatga   ega   xislatlari   asosida   shakllanadigan
qadriyat,  ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv   insonning   butun   hayoti   davomida   kechadigan   ko’p   qirrali
jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi.
CHunki aynan bolalikda asosiy  ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi.  Bola   ijtimoiylashuvida   sotsium   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu     ijtimoiy   muhitni
bola   asta-sekinlik   bilan   o’zlashtiradi.   Agar   bola   tug’ilgandan   keyin   asosan   oilada
rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha  ta’lim
muassasalari, maktab, maktabdan tashqari  tarbiya muassasalari, turli ko’ngilochar
maskanlarda   kechadi.   YOsh   ulg’aygan   sari     ijtimoiy   muhit   “hududi”   kengayib
boradi.   Bola   qanchalik   ko’p   muhitlarni   o’zlashtirsa,   u   shunchalik   keng   doira
hududini   egallashga   harakat   qiladi.   Bola   doimo   o’zi   uchun   qulay   bo’lgan   uni
yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga
urinadi.   SHuning   uchun   u   bir   muhitdan   boshqa   muhitga   ko’chib   yuradi.   Muhit
bolaning   shakllantirishida,   uning   ijtimoiy   tajriba   to’plashida   ijtimoiylashuv
jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. 
Muhit   tushunchasi   turli   fan   vakillari-sotsiologlar,   psixologlar,   pedagoglarning
o’rganish   ob’ekti   hisoblanadi.   Ular   muhitning   bunyodkorlik   salohiyati   va   bola
shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o’rgandilar. 
  Ijtimoiylashuv   jarayonida   muhitning   o’rni   Ijtimoiy   pedagogikada   jamiyat,
ijtimoiy   muhit   avvalambor   bolaning   yangi   muhitlarga   integratsiyalashuvi   nuqtai
nazaridan   o’rganiladi.   SHu   nuqtai   nazardan   inson   va   unga   ta’sir   qiluvchi   tashqi
omillarning   jamiyatdagi   o’zaro   munosabati   hamkorlik   xarakteriga   ega   ekanligi
muhimdir.   Muhit-inson   kirishishi,   o’zini   qulay   sezishi   uchun     joylashuvinigina
yetarli bilishi  lozim bo’lgan ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu
alohida   o’zaro   munosabatlar   tizimi   va   qoidalari   bilan   xarakterlanadigan   inson
jamoalari   hamdir.   SHuning   uchun   inson   muhitga   yangilik   kiritadi,   muayyan
darajada ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z
talablarini   qo’yadi.   U   insonni,   uning   xatti-harakatlarini   qabul   qilishi   ham,   inkor
qilishi   ham   mumkin.   Muhitning   insonga   munosabatini   insonning   yurish-turishi,
uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-
atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi. 
Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin.
Masalan,   ayol   ham   rafiqa,   ham   ona,   ham   ustoz   mavqe’larini   egallashi   mumkin.
Har   bir   mavqe’   insonga   muayyan   talablarni   qo’yadi   va   shu   bilan   birga   unga   bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar
bilan   xarakterlanadigan   mavqe’i   ijtimoiy   maqom   deyiladi.   Insonda   tug’ma
maqomlar   bo’lishi   mumkin.   Insonning   ijtimoiy   maqomiga   millati,   tug’ilgan   joyi,
familiyasi   va   boshqa   omillar   ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Bunday   maqomlarga
odatda tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil
erishganligiga   qarab   belgilanadi.   Masalan,     ijtimoiy   pedagog   maqomiga   shu
sohadagi  kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida  ta’lim olgan va bu soha bo’yicha
diplomga   ega   bo’lgan   shaxs   erishishi   mumkin.   YUqoridagi   maqomni   qo’lga
kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz. 
Maqom   insonning   jamiyatdagi   xulq-atvorini   muayyan   vaziyatlarda   o’zini   shu
maqomdagilar   holatiga   ko’ra   belgilaydi.   Atrofdagilar   u   shaxsdan   nima   kutishlari
xam   muximdir.   Shuning   uchun   inson   maqomi   bilan   belgilanadigan   xulq-atvor
ijtimoiy   rol   deyiladi.   Turli   ijtimoiy   rollarni   o’zlashtirish   shaxs   ijtimoiylashuvi
jarayonining   ajralmas   qismi   hisoblanadi.   Uning   murakkabligi   jihati   shundaki,
jamiyatda   faqat   jamiyat   tomonidan   ma’qullanadigan   maqomlar   bo’lmasdan
ijtimoiy   norma   va   qadriyatlarga   mos   kelmaydigan   maqomlar   ham   mavjud.
SHuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy
rollarni o’zlashtirishi mumkin. 
Pozitiv   rollarga   avvalo   oila   a’zosining   rolini   kiritsak   bo’ladi.   Oilada   bola
bunday   rollarning   bir   nechtasini   o’zlashtiradi:   o’g’il   yoki   qiz,   aka   yoki   opa,
jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. 
Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa
a’zosi   rolidir.   Bolalar   bog’chasi   va   maktabda   sport   to’garagida   tengqurlari   bilan
muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni
o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida
zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va
boshqalar.   Jamiyat   insonga   taqdim   etgan   xizmatlardan   oqilona   foydalana   olishni
bola yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim.
YAna   bir   muhim     ijtimoiy   rol-o’z   vatani   fuqarosi   bo’lish,   uni   sevish,   u   bilan
fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin   bo’lgan   boshqa   rollar   ham   bor.   Masalan,   mutaxassis   roli.   Uni   bola
maktab,   litsey   yoki   boshlang’ich   kasbiy   bilim   yurtlarida   o’zlashtiradi.   Salbiy
rollarga   daydi   rolini   misol   qilsak   bo’ladi.   Katta   shaharlar   ko’chalarida,   magazin,
bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu
rollarga   ko’nikishgan.   O’tgan-qaytganlardan   mohirlik   bilan   pul   undirib   olishadi.
Ular   orasida   o’g’irlik   bilan   shug’ullanadiganlari   ham   uchraydi.   Ba’zi   hollarda
bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. 
Bolaning   xulq-atvor   mexanizmlarini   o’zlashtirishi   unga   ijtimoiy
munosabatlarga   muvaffaqqiyatli   moslashuvini   ta’minlaydi.     ijtimoiy   moslashuv
deganda shaxsning  ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi. 
  Ijtimoiy   moslashuv   bolaning   muvaffaqiyatli   ijtimoiylashuvining   sharti   va
natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va
anglash.   Faoliyat   sohasida   bolada   faoliyat   turlarining   kengayishi,   faoliyatning
zaruriy   shakl   va   vositalarini   qo’lga   kiritishi,   muomala   sohasida   muomala
doirasining   kengayishi,   uning   mazmunining   chuqurlashishi,   jamiyatda   qabul
qilingan  xulq-atvor   me’yorlarini   o’zlashtirish   sodir   bo’ladi.  Anglash   sohasida   o’z
“men”i   obrazini   shakllantirish,   o’zining   ijtimoiy   mansublik   va     ijtimoiy   o’rnini
anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.  Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. REJA: 1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar. 2. Tashqi va ichki omillar. 3. Mikro, mezo va makro omillar. 4.Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.

“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: -sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) -sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga

kiritish). SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. SHunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) o’z qarashlariga ega bo’lish; b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish; v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. SHu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish. - muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga:

go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Psixologik- pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi:: -go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; -go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat; -maktabgacha davr-rolli o’yinlar; -ilk maktab davri-o’quv faoliyati; - o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati; -o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. Ijtimoiylashuv agentlari Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi

tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan. Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo’linadi; 1.Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi. 2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi. 3.Mezoomillar (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. 4.Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomilla r orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. SHaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko’rsatiladi. Biologik omillar . Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik, xususiyatlarning o’tishi tushuniladi. Irsiyatga ko’ra bolaga ota-onasidan inson