logo

Informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

443.2236328125 KB
Informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini  nazorat
qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari 
                                                     Reja: 
1. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish. 
2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari Informatika   darslarida   bilim,   malaka   va   ko’nikmalarini   nazorat   qilish.   Ta`lim
mazmunini   takomillashtirish   o’qituvchining   bilimi,   pedagogik   texnika   va
pedagogik   texnologiyalarni   ta`lim-tarbiya   tizimiga   qay   darajada   qo’llay   olish
mahorati   bilan   uzviy   bog’liq   ekanligini   avvalgi   mavzularda   ko’rib   o’tdik.
O`qituvchining   kasbiy   faoliyati   samarasi   talabalar   tomonidan   egallangan   bilim,
ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning
erkin  fikri  asosida   mantiqiy  tafakkurning  qay  darajada  rivojlangani   bilan  bog’liq.
Bunda:   "o’quv-bilish   jarayonidagi   mustaqillik",   "ta`lim-tarbiya   jarayonidagi
faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" talaba bilimini nazorat qilish
va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani
bo’lajak   o’qituvchi   sifatiga   xos   bo’lgan   shaxsiy   va   kasbiy   xislatlarini   ham   o’z
ichiga   qamrab   olishi   lozim.   Demak,   talaba   shaxs   sifatida   va   bo’lajak   o’qituvchi
sifatida   qay   darajada   shakllangan   hamda   uning   shaxsiy   va   kasbiy   xususiyatlarida
uzaro   uyg’unlik   bormi,   degan   savolga   javob   talaba   faoliyatiga   qo’yilgan   baho
hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim
jarayoniga   xos   qaytar   aloqa   vositasi   sifatida   qaraladi.   Bunda   bo’lajak
mutaxassisning   shaxsiy   va   kasbiy   xislatlari   qay   darajada   shakllanib
kelayotganligiga   e`tibor   berilmaydi.   Bu   xususiyatlarning   nazardan   chetda   qolishi
raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashga  bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi. Talabalar
bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy
turi   barcha   o’zlashtirilishi   lozim   bo’lgan   bilimlarni   undan   avval   o’zlashtirilgan
bilimlar   darajasini   prognoz   qilish   bilan   bog’liq   bo’ladi.   O`quvchi   yoki   talaba
dastur   talablari   asosida   har   bir   mavzuni   o’z   vaqtida   o’zlashtirib   bora   olishi   yoki
o’zlashtira   olmasligi   joriy   nazoratda   ma`lum   bo’ladi.   Joriy   nazoratning   afzalligi
ham   aynan   mana   shu   joyda   ko’rinadi.   Demak,   joriy   nazoratning   asosiy   vazifasi
o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim
bo’lgan   bilimlarni   ilmiy-uslubiy   jihatdan   aniqlab   borish   hisoblanadi.   Ta`limning
tizimiylik  va  izchillik  qoidasiga  muvofiq, oraliq nazoratda  yirik  mavzular, boblar
yoki   modullashtirilgan   mavzular   to’plamiga   oid   bilimlar   baholanib   boriladi.   Har
ikkala   nazorat   turida   talabalarning   erkin   fikr   mustaqilligi   va   faolligiga   alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga
ham   ega   bo’ladi.   Dasturda   belgilangan   soatlar   (ya`ni   rejadagi   barcha   mavzular)
to’liq   bajarilib   bo’lingach,   yakunny   nazorat   qabul   qilinadi.   Yakuniy   nazoratda
ta`limning   ilmiyligi   va   ta`lim-tarbiyaning   birligi   printsipiga   alohida   e`tibor
qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogic
taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay
darajada   ta`limiy   maqsadni   qo’ya   olishi   va   unga   erishish   yo’llari,   ya`ni   talaba
bilimlarini   qaysi   bosqichga   muvofiq   kelishi   aniq   bo’ladi.   Shu   bilan   birga,
talabaning   intellektual   –   ijodiy   imkoniyatlari,   o’quvmetodik   tajribalari   hamda
professional   tayyorgarligi   xususida   prognostik   malumotlar   olinadi.   Bunda   asosiy
e`tibor   talabani   mustaqil   bilim   olish   ishlariga,   shu   asosda,   zarur   ko’nikma   va
malakalarning   nechog’li   shakllanib   borayotganligi   hamda   uni   kasb   amaliyotida
qo’llay  olish   qobiliyatiga   e`tibor   qaratiladi.   Bular   talabaning  kasb   faoliyatiga  qay
darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi  hisoblanadi. Umumiy o’rta
ta`limda   o’quvchi   faoliyatini   baholash   va   unga   muvofiq   keluvchi   reyting   tizimi
joriy   etilgan.   Oliy   ma`lumotli   bakalavr   o’qituvchi   kadrlar   tayyorlaydigan   DTS
talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat
qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
 • nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy); 
• nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test); 
• baho shkalasi; 
•   talabaga   qo’yilgan   bahoni   predmet   bo’yicha   umumiy   baho   (ball)ga
birlashtirish. 
Buni   "Informatika   fanini   o’qitishda   innovatsion   texnologiyalar"   fani   bo’yicha
joriy   etilib   kelinayotgan   reyting   ishlanmasi   misolida   quyidagicha   ko’rsatish
mumkin:   ma`ruza-   16soat,   laboratoriya   -   16soat   va   seminar   8-soat,   jami   -   40
soat   “Optimal   boshqaruv   usullari”   kafedrasi   “Informatikani   o`qitish texnologiyalari   va   loyihalashtirish”   fanidan   talabalar   bilimini   baholashning
reyting jadvali (bahorgi (kuzgi) semestr)
IO`M 2-kurs (3-kurs), Baholash mezoni: Maksimal ball - 100 ball. O`tish bali - 56
ball   "A`lo"   -   86   dan   100   gacha   (86-100%)   "Yaxshi"   -   71   dan   85   gacha   (71-85)
"Qoniqarli"   -   56   dan   70   gacha   (56-70%)   "Qoniqarsiz"   -   55%   dan   past.   Eslatma:
39%   dan   kam   ball   to’plagan   talabalar   YaN   ga   qo’yilmaydi.   Yakuniy   nazoratga
kirish   balli   -   39   ball.   Talabalarning   bilimlarini   nazorat   qilish   va   baholash
texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion
noananaviy   yo’llarini   yaratish   va   ularni   amaliyotga   tatbiq   etish,   mustaqil   fikrlash asosida   ijodiylik   muammolilikni   talab   etadi.   Shunga   muvofiq,   ta`lim-tarbiya
jarayonini   takomillashtirish   hamkorlik   faoliyatiga,   ya’ni   “sub`ekt-sub`ekt”
munosabatiga   asoslanadi.   Bu   munosabatga   xos   motivlar   o’z-o’zini   baholash   va
nazorat   qilish   tizimini   yaratishni   taqozo   etadi.   2.   Baholashning   zamonaviy
metodlari   va   vositalari.  Talaba   (yoki   o’quvchi)larning   bilimlarini   baholash   turlari
va ularning afzallik hamda kamchiliklari. Baholash  – ta`lim jarayonining ma`lum
bosqichida, o’quv mvqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo’yilgan
mezonlar asosida belgilash, o’lchash, tahlil qilish jarayonidir.   Adabiyotlar 
1. U.K.Tolipov, M.Usmanboyeva. Pedagogik texnologiyalarninig tadbiqiy asoslari.
O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan”, 2006 y. 
2.   Р . Ишмухамедов ,   А . Абдуқодиров ,   А . Пардаев .   Таълимда   инновацион
технологиялар   ( таълим   муассасалари   педагог   ўқитувчилар   учун   амалий
тавсиялар ).  Ўқув   қўлланма .  Тошкент , “ Истеъдод ”, 2008  й .
  3.   A.Abduqodirov,   A.Xaitov,   Shodiev   R.   Axborot   texnologiyalari.   Darslik.   T.:
“O‘zbekiston”, 2004 y. 
4.   A.Sattorov.   Informatika   va   axborot   texnologiyalari.   Darslik.   Т .:,   “O'qituvchi”,
2008 y. 
5.   Ж . Ғ . Йўлдошев ,   С . А . Усмонов .   Педагогик   технология   асослари .   Ўқув
қўлланма .  Тошкент , “ Ўқитувчи ”, 2004  й . 
6.   Azizxodjaeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   O‘quv
qo‘llanma. T.: TDPU, 2003 y. 
7.   Федотова   Д . CASE- технология .   Москва, «Издательский дом БХВ», 2003 г.
8.   Цой,   Маргарита   и   др.   Создание   электронных   учебников.   Т.:   “Ўзбекистон
миллий энцеклопедияси”, 2007 г.

Informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish, baholashning zamonaviy metodlari va vositalari Reja: 1. Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish. 2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari

Informatika darslarida bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish. Ta`lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik. O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik", "ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi. Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O`quvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi. Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi. Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida

e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach, yakunny nazorat qabul qilinadi. Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogic taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual – ijodiy imkoniyatlari, o’quvmetodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shu asosda, zarur ko’nikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qo’llay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi. Umumiy o’rta ta`limda o’quvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan. Oliy ma`lumotli bakalavr o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: • nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy); • nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test); • baho shkalasi; • talabaga qo’yilgan bahoni predmet bo’yicha umumiy baho (ball)ga birlashtirish. Buni "Informatika fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalar" fani bo’yicha joriy etilib kelinayotgan reyting ishlanmasi misolida quyidagicha ko’rsatish mumkin: ma`ruza- 16soat, laboratoriya - 16soat va seminar 8-soat, jami - 40 soat “Optimal boshqaruv usullari” kafedrasi “Informatikani o`qitish

texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan talabalar bilimini baholashning reyting jadvali (bahorgi (kuzgi) semestr) IO`M 2-kurs (3-kurs), Baholash mezoni: Maksimal ball - 100 ball. O`tish bali - 56 ball "A`lo" - 86 dan 100 gacha (86-100%) "Yaxshi" - 71 dan 85 gacha (71-85) "Qoniqarli" - 56 dan 70 gacha (56-70%) "Qoniqarsiz" - 55% dan past. Eslatma: 39% dan kam ball to’plagan talabalar YaN ga qo’yilmaydi. Yakuniy nazoratga kirish balli - 39 ball. Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yo’llarini yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash

asosida ijodiylik muammolilikni talab etadi. Shunga muvofiq, ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamkorlik faoliyatiga, ya’ni “sub`ekt-sub`ekt” munosabatiga asoslanadi. Bu munosabatga xos motivlar o’z-o’zini baholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi. 2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari. Talaba (yoki o’quvchi)larning bilimlarini baholash turlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari. Baholash – ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, o’quv mvqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo’yilgan mezonlar asosida belgilash, o’lchash, tahlil qilish jarayonidir.