logo

Siyosiy partiyalar nazoratini kuchli qilishda davlat hokimiyati faoliyati ochiqligining ahamiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.04296875 KB
Siyosiy partiyalar nazoratini kuchli qilishda davlat hokimiyati faoliyati
ochiqligining ahamiyati
Reja
1.O‘zbekistonda   siyosiy   partiyalar   nazorat   funsiyalarini     siyosiy   va   huquqiy
sharoitlarini  yaratilishi.
2.Huquq va axloq normalariga rioya qilishni  ta’minlashda siyosiy  partiyalar
nazoratining o‘rni.
3.O‘zbekistonda   sud   hokimiyati,   kadrlarni   tanlash   va   rag‘batlantirish
tizimida ochiqlikni ta’minlashga  siyosiy partiyalarning o‘rni. 1.O‘zbekistonda   siyosiy   partiyalar   nazorat   funsiyalarini     siyosiy   va   huquqiy
sharoitlarini  yaratilishi.
Demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
ko‘p   partiyaviylik   tizimi   shakllanib   bormoqda.   Siyosiy   partiyalarning   nazorat
funsiyalarini amalga oshirishlari uchun siyosiy va huquqiy sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbekistonda   2018   yil   12   aprelda   qabul   qilingan   “Jamoatchilik   nazorati
to‘g‘risida”gi   qonun   nazorat   tizimi   faoliyatini   takomillashtirishda   muhim
ahamiyatga ega. Ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimiga bog‘liq bo‘lganligi
uchun nazorat   faoliyatiga bag‘ishlangan  tadqiqotlar  bugungi   kunimizning  dolzarb
muammolaridan   hisoblanadi.   Nazorat   tizimi   bir   qancha   elementlarning
yaxlitligidan iborat bo‘lib, ularning tarkibida siyosiy partiyalar va deputatlar guruhi
asosiy o‘rinni egallaydilar. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li ham
nazorat   faoliyatini   takomillashtirishni   taqozo   etadi.   Chunki   demokratiya   faqat
hokimiyatni   shakllantirishnigina   emas,   balki   hokimiyatni   nazorat   qilishni   ham
anglatadi.   Lekin   buning   uchun   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati
demokratiya talablariga javob bera olishi kerak. Siyosiy va huquqiy madaniyatning
shakllanishi   va   rivojlanishi,   eng   avvalo,   bilim   va   ma’naviyatning   rivojlanishiga
bog‘liq.  Shuning  uchun  donishmandlar  jamiyatda  tartib  o‘rnatishga  qodir  bo‘lgan
nazorat   tizimini   shakllantirishni   bilim   va   ma’naviyatning   yuksalishi   bilan
bog‘lashgan.  Buyuk   donishmandlar,   ya’ni  Platon,  Aristotel,  Farobiy  va  boshqalar
o‘z   asarlarida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   omillarni   topishga
intilishgan.   Aytaylik,   Platon   o‘zining   “Davlat”   nomli   asarida   jamiyatda   tartib
o‘rnatish   uchun   jamiyatni   intellektual   elita,   ya’ni   bilim   boshqarishi   kerakligini
ta’kidlaydi. Agar jamiyatni bilim boshqarmasa, o‘z-o‘zidan jamiyatni pul boshqara
boshlaydi   va   pul   boshqargan   jamiyatda   tartib   bo‘lmaydi   va   bunday   jamiyat   oxir-
oqibatda   barbod   bo‘ladi.   Xo‘sh,   nima   uchun   jamiyatda   tartib   bo‘lishi   uchun
jamiyatni   bilim   boshqarishi   kerak?   Chunki   bilim   insonga   oldindan   ko‘ra   bilish
imkoniyatini beradi. Oldindan ko‘ra bilgan odam xatodan o‘zini asraydi va to‘g‘ri
harakat   qiladi.   Shu   o‘rinda   mashhur   faylasuf   O.Kontning   “Bilishdan   maqsad oldindan   ko‘ra   bilish,   oldindan   ko‘ra   bilish   esa   harakat   qilish” 1
deb   aytgan   dono
so‘zlarini yana bir bor eslash lozim.
Insoniyat   jamiyatida   bilim   va   ma’naviyatning   o‘rni   naqadar   muhimligini
jamiyatda tartib o‘rnatishga xizmat qiladigan ijtimoiy regulyatorni, ya’ni huquq va
axloqning   o‘ylab   chiqilganidan   ham   ko‘rish   mumkin.   Chunki   huquq   va   axloq
paydo   bo‘lishining   o‘zi   ham   bilim   va   ma’naviyatning   rivojlanishi   mahsulidir.
Ijtimoiy   regulyatorlar   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatni   murosaga   solish   va
kelishtirish   orqali   jamiyatda   tartib   o‘rnatishi   uchun   nazorat   tizimi   takomillashgan
bo‘lishi   lozim.   Agar   odamlar   o‘rtasidagi   munosabat   huquq   va   axloq   vositasida
murosaga   solinmasa,   jamiyat   son-sanoqsiz   ziddiyat   va   qarama-qarshiliklar   va
urushlardan   iborat   bo‘lib,   bunday   jamiyat   oxir-oqibatda   xalok   bo‘ladi.   Chunki,
odamlarning manfaatlari, qiziqishlari xilma-xil  bo‘lib, ularni  qondirish jarayonida
tabiiy ravishda ziddiyatlar kelib chiqadi. Insoniyatni bunday ayanchli oqibatlardan
himoya  qilish   va   asrash   uchun   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lgan  nazorat
tizimi shakllangan bo‘lishi kerak.
Nazorat tizimining muhim elementlari bo‘lgan siyosiy partiya va deputatlar
guruhi   asosiy   e’tiborni   huquq   va   axloq   me’yorlarining   ishlab   turishi   va   ularga
rioya   qilishni   amalda   ta’minlashga   qaratishi   kerak.   Jamiyatni   ilm   asosida
boshqargan   taqdirdagina   huquq   va   axloqqa   rioya   qilish   ta’minlanishi   mumkin.
Chunki   unga   rioya   qilish   uchun   mukammal   nazorat   tizimi   shakllangan   bo‘lishi
kerak.   Bunday   nazorat   tizimining   shakllanishi   ham   ilmiy   asosda   ta’minlanishi
mumkin.   Jamiyatda   shunday   nazorat   tizimi   shakllanishi   kerakki,   u   huquq   va
axloqqa rioya qilishni amalda ta’minlashga qodir bo‘lsin.
O‘zbekiston   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   yangi   shakllangan   Oliy
Majlisning   qo‘shma   majlisida   (2010   yil   26   yanvar)   “Mamlakatni   modernizatsiya
qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish – ustuvor maqsadimiz” mavzusida
ma’ruza   qilib,   asosiy   e’tiborni   ijroiya   hokimiyat   ustidan   nazorat   tizimini
takomillashtirishga   qaratib:   “Parlamentimiz   va   mahalliy   vakillik   organlari   –
Kengashlar   oldida   turgan   ikkinchi   g‘oyat   muhim   vazifa   –   bu   qabul   qilingan
1
 Мухаев Р.Т. Политология.  Москва. 1997 й., 393-бет. qonunlarni  ijro  etuvchi   hokimiyat,  ya’ni  hukumat  tomonidan  markazda,   hokimlar
tomonidan esa  joylarda qanday bajarayotgani  ustidan qat’iy parlament  nazoratini,
deputatlik   nazoratini   o‘rnatishdan   iboratdir”, 2
  deb   ta’kidlagan   edi.   Bu   esa,   o‘z
navbatida,   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   jamiyatni   ilmiy   asosda
boshqarishga   intilganligidan   dalolat   beradi.   Shu   o‘rinda   jahon   moliyaviy
inqirozining O‘zbekistonda nisbatan yumshoqroq o‘tayotganligining sababi davlat
boshlig‘i   ilmiy   salohiyatining   natijasi   ekanligini   anglab   olish   muhim   ahamiyatga
ega.   Birinchi   Prezidentimizning   jahon   moliyaviy   inqirozi   tahliliga   bag‘ishlangan
asarining birinchi qismi “Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri   hamda   uning   oqibatlarining   oldini   olish   va   yumshatishga   asos   bo‘lgan
omillar”   deb   nomlanishi   ham   uning   ilmiy   salohiyati   darajasini   yaqqol   ko‘rsatib
turibdi. Boshqacha qilib aytganda, asar muallifi iqtisodiy-moliyaviy hayotga ilmiy
asosda yondashganligi tufayli oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 
Ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini   ilmiy   asosda   boshqarish   jamiyatdagi
voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib, xato qilmasdan to‘g‘ri
harakat   qilishni   ta’minlaydi.   Eng   muhimi,   jamiyatda   tartib   o‘rnatishga   xizmat
qiladigan   nazorat   tizimining   samarali   ishlashini   ta’minlaydi.   Chunki   ilm   jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti tartib ekanligini va tartib o‘rnatish uchun esa nazorat
tizimi uzluksiz ishlab turishi kerakligini anglab olish imkoniyatini beradi.  Ilmi bor
odam nazoratsiz jamiyatda tartib o‘rnatib bo‘lmasligini   anglab olgan bo‘ladi.
Siyosiy partiya va depututlarning nazorat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ,
eng   avvalo ,   nazorat   to‘g‘risida   tushunchaga   ega   bo‘lish   kerak.   Nazorat   deganda
jamiyatda   tartib   o‘rnatadigan   mexanizm   faoliyati   tushuniladi.   Bu   mexanizm
jamiyatda   huquq   va   axloq   asosida   qabul   qilingan   cheklovlarga,   shartlarga   rioya
etishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday shartlarga, cheklovlarga rioya qilishnng
buzulishi ijtimoiy tizim faoliyatiga zarar yetkazadi. Ijtimoiy nazoratning ob’ektlari
huquq   va   axloq   bo‘lganligi   uchun   siyosiy   partiyalar   va   deputatlar   o‘zlarining
nazorat   faoliyatlarida   aynan   ana   shu   huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilishni
ta’minlashga   qaratishlari   lozim.   Nazorat   tizimini   takomillashtirish   nazorat   va
2
 Халқ сўзи. 2010 йил 27-январ, 3-бет. nazorat tizimi degan tushunchalarni  chuqurroq anglab olishni talab etadi. Nazorat
mazmuniga ko‘ra ichki va tashqi, shakliga ko‘ra esa yuqoridan va quyidan bo‘ladi.
Ichki   nazorat   har   bir   odam   o‘z   xulqini   o‘zi   nazorat   qilishini   anglatadi   va   bu
ma’naviyat   orqali   ta’minlanadi.   Ma’naviyati   yuksak   odamda   ichki   nazorat   kuchli
bo‘ladi. Shu o‘rinda yuksak ma’naviyat   –   ye ngilmas kuch ekanligini anglab olish
mumkin.   Buning   uchun   qanday   hokimiyat   eng   kuchli   hokimiyat   degan   savolga
javob   topish   lozim.   Eng   kuchli   hokimiyat   –   bu   insonning   o‘z   ustidan   bo‘lgan
hokimiyatidir.   Hokimiyat   bu   kuch.   Kuch   esa   ma’naviyat   orqali   shakllanadi.
Ma’naviyat   inson   irodasini   kuchli   qilib,   ichki   nazoratni   mustahkamlaydi.
Ma’naviyati   yuksak   odamda   o‘zini   nazorat   qilish   imkoniyati   kuchli   bo‘ladi.
Shuning uchun ham ma’naviyat – yengilmas kuch deb ta’rif berilgan.
Nazorat   tizimi   deganda   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   bir   qancha   nazorat
vositalar i ning   yaxlitligini   tushunish   lozim.   Agar   shu   tizimdagi   biror-bir   element
yoki   mexanizm   ishlamasa,   bu   tizimning   buz i lishiga   yoki   ishlamasligiga   olib
keladi.   Hozirgi   kunda   respublikamizda   uchta   asosiy   nazorat   vositasi   deputatlar
korpusi, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari, mahallalar shakllanib,
ular bir-biri bilan   bog‘liq   yaxlit bir tizimni tashkil qilmoqda.
Ushbu   nazorat   vositalarining   ishlashi,   eng   avvalo,   quyida   nazoratning
mavjudligi   bilan   belgilanadi.   Agar   quyida,   ya’ni   boshlang‘ich   partiya
tashkilotlarida,   mahallalarda   nazorat   funksiyasi   amalga   oshirilmasa,   boshqa
bo‘g‘inlarda   ham   nazorat   zaiflasha   boradi.   Bu   boradagi   asosiy   muammo
odamlardagi   befarqlik   kayfiyatidir.   Demak,   odamlarda   daxldorlik   hissining
shakllanishi   nazorat   tizimi   takomillashuvining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Siyosiy
partiyalar   o‘z   nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirishlari     uchun   respublikamizda
barcha   huquqiy   asoslar   yaratilgan.   Aytaylik,   2008   yilning   birinchi   yanvaridan
kuchga   kirgan   “ Davlat   boshqaruvini   yangilash   va   yanada   demokratlashtirish
hamda   mamlakatni   modernizatsiya   qilishda   siyosiy   partiyalarning   rolini
kuchaytirish   to‘g‘risida ” gi   Konstitutsiyaviy   qonunning   kuchga   kirishi   siyosiy
partiyalarning nazorat funksiyasini amalga oshirishda huquqiy asos  hisoblanadi.  2.Huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilishni   ta’minlashda   siyosiy
partiyalar nazoratining o‘rni.
Nazorat asosiy e’tiborni qonunga va axloqqa rioya qilishga qaratishi lozim.
Qaerda   qonun   buzilishi,   axloq   buzilishi   holatlari   namoyon   bo‘lsa,   deputatlar,
siyosiy   partiyalar   va   mahallalar   o‘z   munosabatlarini   bildirishlari   lozim.
Qonunchilik palatasidagi deputatlar fraksiyasi ijroiya hokimiyatning qonunga rioya
qilishini   va   mahalliy   kengashdagi   deputatlar   guruhi   esa   joylardagi   ijro
hokimiyatining qonunga rioya qilishini qat’iy nazorat qilib borishlari lozim.
Demokratik   jamiyatda   nazorat   tizimining   ahamiyatini   demokratiya
mohiyatidan   kelib   chiqib   anglash   lozim.   Demokratiya   asosan   ikki   element
yaxlitligidan   iborat.   Birinchisi,   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllan tiril ishi,
ikkinchisi,   xalq   tomonidan   hokimiyatning   nazorat   qilinishidir.   Demokratiya
hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   va   nazorat   qilinishidan   iborat   bo‘ladi.
Agar xalq hokimiyatni shakllantirishda ishtirok etsayu, nazoratda ishtirok etmasa,
bu demokratiya emas,   balki oxlokratiya ,  ya’ni olomon hokimiyati bo‘ladi. 
Agar xalq nazorat funksiyasini amalga oshirishda ishtirok etmasa, bu uning
siyosiy   madaniyati   pastligidan   dalolat   beradi.   Jamiyatda   demokratiya   sharoitida
yashay   oladigan,   fuqarolik   pozitsiyasi   shakllangan   va   siyosiy   madaniyati   yuksak
shaxslar   bo‘lgan   taqdirdagina   demokratiya   amal   q i ladi.   Aks   holda   demokratiya
namoyon   bo‘lmaydi.   Mashhur   Aristotel   o‘zini ng   “ Siyosat ”   nomli   asarida
demokratiyaga   boshqaruvni ng   yomon shakli deb baho bergani bejiz emas. Chunki
Aristotel   yashagan   zamonda   odamlarning   siyosiy   madaniyati   demokratiya
talablariga   javob   bermagan.   Lekin   Aristotelning   so‘zlari   hozirgi   kunda   ham   o‘z
ahamiyatini   saql a b   qolmoqda,   shuning   uchun   ham   asosiy   e’tiborni   aholining
siyosiy madaniyatini oshirishga qaratish lozim. 
Siyosiy   madaniyatni   yuksaltirish   fan   va   ta’limda   siyosiy   bilimlarni
o‘rganish,   targ‘ib qilish bilan birga siyosiy partiyalarning o‘z elektoratining siyosiy
madaniyatini  oshirishga  qaratilgan  siyosiy  o‘quv tadbirlari   bilan ham   belgilanadi.
Bu   borada   tadbirkorlar   va   ishbilarmonlar   harakati   O‘zL i D e Pning   siyosiy   ta’lim
markazi   faoliyatini   namuna   qilib   ko‘rsatish   mumkin.   Ushbu   partiyaning   siyosiy ta’lim   markazi   faoliyatini   boshqa   partiyalar   o‘z   elektorati   o‘rtasida   ham   amalga
oshirishlari lozim. 
Ana   shunda   aholining   siyosiy   madaniyatini   oshirish   jarayoni   ancha
jadallashadi. Albatta, odamlarning siyosiy madaniyatini oshirish ma’lum bir vaqtni
taqozo etadigan evolyusion jarayon   hisoblanadi. Bu borada shoshma - shosharlikka
yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Shuning   uchun   O‘zbekiston   taraqqiyotni ng   evolyusion
rivojlanish yo‘lini tanlab, demokrati yaning   umumjahon e’tirof etgan tamoyillarini
milliy   qadriyatlar   bilan   uyg‘unlashtirgan   holda   halq   hokimiyatini   qaror
toptirmoqda. 
Demokratiyada   nazoratning   muhimligi   shundaki,   xalq   o‘z   nazorati   orqali
demokratiyani   amalga   oshiradi.   Inson   tabiatan   nazoratga   muhtoj,   ayniqsa,
jamiyatni   boshqarayotgan   mansabdor   shaxslar,   deputatlar   va   barcha   darajadagi
rahbarlar   xalqning   nazorati   ostida   bo‘lishlari   kerak.   Bu   demokratiyaning   muhim
talabidir. Chunki barcha odamlarda tabiatan eg o izm bor va nazoratsizlik oqibatida
odam faqat o‘z manfaatlari quliga aylanib qolishi mumkin. Xalq orasidan   chiqqan
rahbar   yoki   deputat   xohlaydimi,   xohlamaydimi   xalqdan   ajralib   qoladi.   Shuning
uchun   uni   xalq   pastdan   nazorat   qilib   turishi   kerak   bo‘ladi.   Demokratiya   quyida
namoyon bo‘ladi. Yuqoriga chiqqan sari demokratiya pasayib oligarxiya kuchayib
boradi.  Mamlakatda davlat boshlig‘i, ya’ni Prezidentdan tashqari barcha darajadagi
rahbarlar   nazorat   va   tanqid   ostida   bo‘lishlari   lozim.   Nima   uchun   davlat   boshlig‘i
nazoratdan mustasno   bo‘lishi  kerak?  Chunki,  nazoratdan maqsad   jamiyatda tartib
o‘rnatish   hisoblanadi.   Jamiyatda   tartib   o‘rnatishdan   eng   manfaatdor   shaxs   bu
Prezidentdir. Shuning uchun Prezident faoliyatini nazorat qilishga zarurat yo‘q.
Nazorat   tizimining   eng   muhim   elementi   bu   quyidagi   boshlang‘ich
tashkilotlarning   nazoratidir.   Agar   quyida   nazorat   bo‘lmasa,   nazorat   tizimining
yuqori bosqichlarida nazorat samarali bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolik
jamiyati   institutlari   boshlang‘ich   tashkilotlarining   kuchliligi   va   faolligini   taqozo
etadi.   Shu   munosabat   bilan   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”
tamoyilining   mazmun-mohiyatini   chuqur   anglab   olish   lozim.   Barcha
sivilizatsiyalashgan   mamlakatlar   xalqning   boyligi,   eng   avvalo,   har   bir   oilaning to‘kinchiligi va boyligidan tashkil topshini, xalqning erkinligi esa har bir odamning
erkinligidan   tashkil   topshini   tushunib   yetishgan.   Sobiq   sho‘rolar   zamonida  bunga
zid   faoliyat   olib   borilganligi   tufayli   tuzum   yemirildi.   Totalitar   tuzum   sharoitida
odamlar   mustaqil   fikrlash   imkoniyatiga   ega   bo‘lmaydilar   va   natijada   ular
jamiyatga nisbatan befarq bo‘lib yashaydilar. Oqibatda jamiyat kuchsizlanib boradi
va oxir oqibatda mustabid tuzumning parokanda bo‘lishiga olib keladi.
Bunday   holat   kuchli   davlat   va   kuchsiz   fuqarolik   jamiyatini   anglatadi   va
bunda   fuqarolik   jamiyati   davlatni   nazorat   qila   olmaydi.   Vaholangki,   fuqarolik
jamiyatining   asosiy   vazifalaridan   biri   bu   davlat   ustidan   nazoratni   amalga   oshirib,
hokimiyatning   hukmronlikka   aylanib   ketishining   oldini   olishdan   iborat.   Sobiq
sovetlar   zamonida   fuqarolik   jamiyati   o‘zining   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy
asoslaridan mahrum bo‘lgan edi. Xususiy mulkning bekor qilinishi bilan fuqarolik
jamiyatining   iqtisodiy   asosi   yo‘q   qilingan   edi.   Kommunistik   mafkura   esa   ham
siyosiy,   ham   ma’naviy   sohada   o‘z   hukmronligini   o‘rnatib,   siyosiy   va   ma’naviy
erkinlikni   bo‘g‘ib   qo‘ygan   edi.   Mustaqillik   sharofati   bilan   fuqarolik   jamiyatining
shakllanishi   uchun   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy   asos   paydo   bo‘ldi.   Fuqarolik
jamiyati odamga erkin fikrlash, boshqacha qilib aytganda, qo‘rquvni bartaraf etib,
erkin fikrlash imkonini berdi. 
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili siyosiy hayotda
partiyalar   faoliyatini   va,   ayniqsa,   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari   faolligini
taqozo  etadi.   Chunki,  demokratiya  pastda   namoyon  bo‘ladi.  Demak,   demokratiya
quyi   tashkilotlarning   faolligini   talab   qiladi.   Boshlang‘ich   partiya   tashkilotlarining
o‘rni   va   roli   fuqarolik   jamiyatining   rivojlanish   darajasi   bilan   belgilanadi.   Kuchli
fuqarolik   jamiyatlarida   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlari   kuchli   bo‘ladi.   Siyosiy
partiyalar   ham   davlatga,   ham   fuqarolik   jamiyatiga   daxldor   bo‘lgan   institut
hisoblanadi.   Siyosiy   partiyalar   elitasining   kuchliligi   davlat   kuchliligining   alomati
bo‘lsa,   boshlang‘ich   partiya   tashkilotlarining   kuchliligi   fuqarolik   jamiyatining
kuchliligining belgisidir. 
Demokratiya   quyidan   yuqorining   nazorat   qilinishini   taqozo   etadi.   Chunki
yuqoriga   chiqish   bilan   odam   pastdan   ajralib   qola   boshlaydi.   Q uyi ning   doimo yuqorini   nazorat   qilib   borishi   kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari
tamoyilining   mohiyatini   tashkil   qiladi.   Jamiyatda   hech   bir   inson   nazorat   tizimi da
ishtirok   etish dan   chetda   qolmasligi   kerak   va   hech   bir   inson   ushbu   tizimning
ishlamasligidan   yoki   uning   uzilishidan   manfaatdor   bo‘lmasligi   kerak.   Chunki
nazorat   tizimi   ishlamaydigan   joyda   h ech   kim   baxtli   bo‘la   olmaydi.   Baxtlilikning
eng  muhim   sharti   bu   insonda   qo‘rquvsiz,   erkin  yashash   hissidir.   Bunday   hissiyot
faqat tartib o‘rnatilgan jamiyatda, ya’ni qonunga rioya qilish amalda ta’minlangan
jamiyatda   bo‘lishi   mumkin.   Bu   esa   kuchli   nazorat   tizimi   orqali   ta’minlanishi
mumkin.   Birinchi   P rezidentimiz   I slom   Karimov   Vazirlar   Mahkamasi   yig‘ilishida
(2005 yil 7 fevral):  “B izda shunday nazorat tizimi shakllanishi kerakki, agar biror-
bir   mansabdor   shaxs   qonunni   buzsa,   uning   jazosini   yuqori   lavozimda   o‘tirgan
shaxs berishi kerak emas, balki tizim berish i  kerak ”  deb ta’kidlaganlar 3
. 
Nazorat   tizimining   samarali   ishlashi   to‘g‘risida   gapirganda,   oldin   bu
tushunchaga     aniqlik   kiritish   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda,   nima   nazorat
qilinishi   kerakligini   aniq   bilish   kerak.   Qonunga   va   axloqqa   rioya   qilish   nazorat
qilinishi  kerak. Qonun va axloq ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi.
Qaysi   sohada   yoki   qaysi   jarayonda   qonunga   rioya   qilish   nazorat   qilinishi   kerak ?
Albatta,   barcha   jarayonlarda   qonunga   va   axloqqa   rioya   qilish   nazorat   qilinishi
kerak. Lekin eng muhimi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayonida qonun
va   axloqqa   rioya   qilish   qat’iy   nazorat   ostiga   olinishi   lozim.   Ushbu   jarayondagi
qonun  buzilishi  holatlari   boshqa  ko‘plab  ijtimoiy  muammolarning  sababi   bo‘lishi
mumkin.   Ibn   Sino   o‘zining   asarlarida   kasallikni   emas,   uning   sababini   davolash
kerakligini   uqtirgan.   Sabab   bartaraf   qilinmasa,   oqibat   bartaraf   qilinmasligi
allaqachonlar   isbotlangan   haqiqatdir.   Barcha   sohada   kadrlarni   tanlash,   joy-joyiga
qo‘yishda  bilim   va mas’uliyat   asosiy  mezon  bo‘lishini  nazorat   qilish  kerak.  Agar
kadrlarni tanlash tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik va poraxo‘rlik asosida
amalga   oshirilsa,   bunday   jamiyatda   nazorat   tizimi   samarali   ishlamaydi.   Kadrlar
masalasi   muhimligi   to‘g‘risida   Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov   bir   necha
marotaba   viloyat   Kengashlarining   navbatdan   tashqari   sessiyalarida   “eng   og‘ir
3
 Халқ сўзи. 2005 йил. 8-феврал. 3-бет. muammo   kadrlar   muammosi”   deb   bejizga   ta’kidlamaganlar.   Bugungi   kunda
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   ham   kadrlar   masalasi
to‘g‘risida   gapirib:     “Men   uchun   eng   katta   tahdid   kadrlarning   saviyasi”   deb
ta’kidlaganligi   kadrlar   masalasi   qanchalik   jiddiy   muammo   ekanligini   yaqqol
ko‘rsatib turibdi.  
Nazorat   tizimi   jamiyatda   tartib   o‘rnatishning   muhim   sharti   ekan,   siyosiy
partiyalar   va   ularning   deputatlar   guruhlari   asosiy   e’tiborni   nazorat   tizimini
takomillashtirishga qaratishlari lozim. Siyosiy partiyalar o‘rtasidagi kurash nazorat
tizimining   mukammal   loyihalarini   ishlab   chiqish   borasida   bo‘lishi   kerak.   Bu
borada   “ Adolat ”   sotsial - demokrati k   partiyasi   boshqalarga   namuna   bo‘lishi
mumkin.   Chunki   partiyaning   asosiy   maqsadi   jamiyatda   qonun   ustuvorligi   va
jazoning   muqarrarligini   amalda   ta’minlab,   adolatni   qaror   toptirishdir.   Demak,
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   qonun   ustuvorligini   ta’minlashda
“ Adolat ”   sotsial-demokratik   partiyasi   hal   qiluvchi   rol   o‘ynashi   lozim.   Partiyaviy
nashrlar   nazorat   tizimini   takomillashtirish   masalalarini   qizg‘in   muhokama
qiladigan minbarga aylanishi  lozim. Umuman, ommaviy axborot vositalari asosiy
e’tiborni nazorat tizimining takomillashtirilishi   masalasiga qaratishi kerak.
I jtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   kuchli   nazorat   tizimining   shakllanishiga
bog‘liq.   Kuchli   nazorat   tizimining   shakllanishi   esa   jamiyatning   siyosiy
madaniyatiga, odamlardagi daxldorlik hissiga, kuchli fuqarolik jamiyati institutlari
va   fuqarolik   pozitsiyasi   shakllangan   kuchli   shaxslarning   mavjudligiga   bog‘liq.
Bularning   barchasi   nazorat   tizimida   siyosiy   partiya   va   deputatlarning   rolini
oshirishga   xizmat   qiladi.   Mamlakatimizda   jamiyatni   ilm   va   ma’naviyat   asosida
boshqarish   uchun   barcha   siyosiy,   huquqiy   va   ma’naviy   asoslar   yaratilgan.
Jamiyatni ilm va ma’naviyat asosida boshqarish ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir
bo‘lgan   siyosiy   partiya   va   deputatlar   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   tizimni
shakllantira   oladi .   Ana   shunda   respublikamizda   jamiyat   taraqqiyotini
ta’minlaydigan   asosiy   omil,   ya’ni   ijtimoiy   tartib   o‘rnatiladi   va   jamiyat
taraqqiyotini ta’minlab, faravon jamiyat tomon yetaklaydi.  3.   O‘zbekistonda  sud hokimiyati, kadrlarni tanlash va rag‘batlantirish
tizimida ochiqlikni ta’minlashga  siyosiy partiyalarning o‘rni.
Bugungi   kunda   mamlakat i mizda   shakllanayotgan   nazorat   tizimida   siyosiy
partiyalar  hech qanday mubolag‘asiz  hal  qiluvchi  rol o‘ynaydigan siyosiy kuchga
aylanib   bormoqda.   Siyosiy   partiyalarning   nazorat   faoliyatini   yanada   kuchli   qilish
zaruriyati   ushbu   muammoni   ilmiy   tahlil   qilishni   talab   qiladi.   Ozod   va   obod,
farovon   jamiyat   qurish,   eng   avvalo,   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilganligiga   bog‘liq.
Bugungi   kunda   dunyoning   barcha   davlatlari,   jumladan   O‘zbekiston   ham   ijtimoiy
tartibni o‘rnatishning demokratik tartibot yo‘lini tanladi. Chunki hozircha insoniyat
demokratiyadan   afzalroq   bo‘lgan   taraqqiyot   yo‘lini   topolgani   yo‘q.   Demokratiya
bu   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   va   nazorat   qilinishidir.   Agar   xalq
hokimiyatni   shakllantirishda   ishtirok   etsa,   lekin   nazoratda   ishtirok   etmasa,
hokimiyat   halqning   manfaatini   ifodalamay   qo‘yadi.   Nazorat   bo‘lmagan   joyda
hokimiyat xalqqa xizmat emas,  balki   uning ustidan   hukmronlik qila boshlaydi  va
bunday   joyda ,   ertami-kechmi ,   demokratiyaning   o‘rnini   diktatura   egallaydi.
Diktatura   bu   zo‘ravonlik   degani,   zo‘ravonlik   bo‘lgan   joyda   tartibsizlik   va
adolatsizlik kelib chiqadi, adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlarda norozilik tug‘iladi,
norozilik   parokandalikka olib keladi.
Milliy   xavfsizligimizga   va   mustaqilligimizga   eng   kuchli   tahdid   bo‘lgan
adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun xalq hokimiyatni nazorat qilib borishi kerak.
“Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari ”   tamoyili   asosida   ishlab
chiqilgan   “Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ”  hokimiyatni nazorat qilishga qodir
bo‘lgan   jamiyatni   shakllantirishga   qaratilgan.   Konsepsiyada   taklif   qilingan
qonunlar, jumladan, 2014 yil yanvar oyidan kuchga kirgan “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risida" 4
gi   qonun   jamiyat
nazoratining   huquqiy   asosi   bo‘lib,   demokratlashtirish   jarayonini   yanada
chuqurlashtiradi   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat   qiladi.   Jamiyat
nazorat qilishi uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi uchun esa, birlashgan va
4
Каримов И.А. Мамлакатмизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-бет. xabardor   bo‘lishi   kerak.   Insoniyat   allaqachonlar   yakka   harakat   qilgandan   ko‘ra
birlashgan   holda   harakat   qilish   samarali   ekanligini   anglab   olgan.   Xalqning
birlashganlik   holati   fuqarolik   jamiyati   degan   tushuncha   bilan   ifodalanadi,   chunki
fuqarolik jamiyati deganda fuqarolar birlashmalarining majmui tushuniladi.
Fuqarolik   jamiyati   institutlari   ichida   hokimiyatni   shakllantirish,   nazorat
qilish va amalga oshirishda legal tarzda harakat qiladigan yagona siyosiy kuch bu
siyosiy   partiyalardir.   Mamlakatimizda   mustaqillik   yillarida   ko‘ppartiyaviylik
tizimi   shakllangan   bo‘lib,   ular   o‘rtasida   hokimiyat   uchun   raqobat   kuchayib
bormoqda.   Shu   bilan   birgalikda,   partiyalararo   raqobat   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishning   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   nazorat   borasida   ham   amalga
oshirilmoqda,   chunki   ijtimoiy   tartib   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
hisoblanadi. Siyosiy partiya ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir ekanligini jamiyatga
tushuntira   olsa,   xalq   unga   ishonadi   va   ergashadi.   Bu   esa   siyosiy   partiyaning
kuchliligini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi va bunga erishgan, ya’ni xalq
ishonchini   qozongan   siyosiy   partiya   raqobatda   g‘olib   bo‘ladi.   Shuning   uchun
siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobat ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan
nazorat faoliyati borasida bo‘lishi lozim.
Bizlarda bugungi kunda, fuqarolik jamiyati instituti bo‘lgan siyosiy partiya
nazorati davlat  institutlari nazoratiga qaraganda kuchsizroq. Chunki  bugun kuchli
davlat   va   nisbatan   kuchsiz   jamiyat   bor,   shuning   uchun   davlat   organlari   nazorati
kuchli, lekin jamiyat institutlari nazorati, xuddi shunday siyosiy partiyalar nazorati
nisbatan kuchsizroqdir. Jamiyat nazoratini va uning asosiy instituti bo‘lgan siyosiy
partiyalarni ng   nazoratini   kuchli   qilish   uchun   jamiyat   institutlari   hokimiyat
faoliyatidan   xabardor   bo‘lishi   kerak   va   buning   uchun   esa,   xalqqa   hokimiyat
faoliyati   to‘g‘risida   axborot   berish   lozim.   Agar   xalq   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi   organlari   faoliyati   to‘g‘risida   axborotga   ega   bo‘lmasa,   u   o‘zining
nazorat   funksiyasini   amalga   oshira   olmaydi.   Siyosiy   partiyalarning   va,   umuman,
fuqarolik jamiyatining kuchliligi uning xabardorligiga bog‘liq.
Fuqarolik   jamiyati   instituti   bo‘lgan   siyosiy   partiyalar   o‘z   nazorat
funksiyalarini amalga oshirishlari uchun kuchli bo‘lishlari kerak. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda jamiyat kuchsiz bo‘lganligi uchun nazoratni asosan davlat organlari
amalga   oshirgan.   Jamiyat   nazorati   bo‘lmagan   joyda   ijtimoiy   tartibni ng
barqarorligini   ta’minlab   bo‘lmasligini   tarix   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   Shuning
uchun   mustaqil   O‘zbekiston   sobiq   sho‘rolar   mamlakati   rahbariyatining   jamiyat
nazoratini   tashkil   qilish   borasidagi   xatolarni   takrorlamaslik   uchun   yangi   tashkilot
tuzishga   emas,   balki   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   harakat   qilmoqda.
Bizlarga   ma’lumki   ular   1979   yilda   “Xalq   nazorat i   to‘g‘risida”gi   qonunni   qabul
qilib ,   davlat   va   jamiyat   nazoratini   uyg‘unlashtirmoqchi   edilar.   Lekin,   bu   qonun
asosida   tuzilgan   Xalq   nazorati   komitetlari   jamiyat   nazoratini   tashkil   qila   olmadi,
oqibatda   ijtimoiy   tartibsizlik   kuchayib   bordi   va   natijada   dunyodagi   qudratli
davlatlardan biri bo‘lgan sho‘rolar mamlakati barham topgan edi. 
Bugungi   kunda   O‘zbekiston   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   fuqarolik
jamiyatini   shakllantirish   orqali   xalq   nazoratini   tashkil   qilishga   harakat   qilmoqda.
Chunki   har   qanday   yangi   tashkilot ,   ertami-kechmi ,   yuqoridan   amalga
oshirilayotgan   nazorat   vositlaridan   biriga   aylanib   qoladi.   Bunday   bo‘lmasligi
uchun   xalqni   fuqarolik   jamiyati   institutlariga   va,   eng   avvalo,   siyosiy   partiyalarga
birlashtirish   lozim.   Lekin   fuqarolik   jamiyati   institutlari   o‘zlarining   nazorat
funksiyalarini   amalga   oshirishlari   uchun   ular   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlari   faoliyatidan   xabardor   bo‘lishlari   lozim.   Xalq   xabardor   bo‘lsagina,
o‘zining   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi,   bu   borada   davlatga   hamkor   va
sherik   bo‘lishi   mumkin.   Nazorat   borasida   sheriklik   bo‘lishi   uchun   har   ikkala
tomon     teng   bo‘lishi   va   bu   sheriklikdan   har   ikkala   tomon   birdek   manfaatdor
ekanligini   anglab   olgan   bo‘lishi   lozim.   Buni   anglab   olish   uchun   ijtimoiy   tartib
o‘rnatilmagan joyda davlat a’zosi ham, jamiyat a’zosi ham erkin bo‘la   olmasligini
bilish i   kerak.   Qachon va qaerda nazorat  borasida  davlat  va jamiyat  sherik bo‘lsa,
o‘sha   vaqtda   va   o‘sha   yerda   ijtimoiy   tartib   barqarorligi   o‘rnatiladi.   Chunki,
jamiyatda tartib o‘rnatishga mas’ul   bo‘lgan davlat ijtimoiy tartibni o‘rnatishi uchun
uning o‘zida tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa davlat ham nazorat
ostida bo‘lishi kerak va bunday nazoratni   faqat jamiyat amalga oshirishi mumkim.
Boshqa biror-bir tashkilot, siyosiy tuzulma jamiyat nazorati o‘rnini bosa olmaydi. Siyosiy   partiyalarning   nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirishning   muhim
sharti   bo‘lgan   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari   faoliyati   ochiqligining
ta’minlanishi   uchun  axborot   beruvchi  va   axborot  oluvchi  ochiqlikdan  manfaatdor
ekanligini   anglab   olgan   bo‘lishi   lozim.   Buning   uchun   davlat   ham,   jamiyat   ham
jamiyatning   mavjud   bo‘lishi   va   taraqqiy   topishining   muhim   sharti   ijtimoiy   tartib
ekanligidek   oddiy   haqiqatni   bilishlari   kerak.   Bunday   haqiqatni   bilish   siyosiy
partiyalarning   nazorat   borasidagi   mas’uliyatlarini   oshirishda   muhim   ahamiyatga
ega. Siyosiy partiyalarning nazoratini amalga oshirishda nazoratga doir bilim bilan
birgalikda mas’uliyat ham kerak bo‘ladi. Agar siyosiy partiyalarda nazoratga doir
bilim yetarli bo‘lsayu, lekin mas’uliyat yetarli bo‘lmasa nazorat faoliyati samarasiz
bo‘ladi.
Siyosiy   partiyalar   o‘z   dasturiy   maqsad   va   vazifalariga   erishishlari   uchun
hokimiyat   ochiqligi   to‘g‘risidagi   huquqiy   imkoniyatdan   samarali   foydalanishlari
lozim.   Hozircha   siyosiy   partiyalar   bunday   imkoniyatdan   yetarli   darajada
foydalanyaptilar deb ayta olmaymiz, chunki siyosiy partiyalarni ng   siyosiy faolligi
ma’lum   bir   vaqtni   taqozo   etadigan   evolyusion   jarayon   hisoblanadi.   Bundan
tashqari, siyosiy partiyalar hokimiyat faoliyatini ng  qaysi sohalari bo‘yicha axborot
olishlari kerakligi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega emaslar. Bizning nazarimizda ,
ular ijtimoiy hayotni ng  qaysi sohasida huquq va axloq normalari b u zilish i  holatlari
ro‘y bersa, o‘sha sohalardan axborot olishlari lozim.
Umuman,   siyosiy   partiyalar   o‘z   mafkura si ,   dasturiy   maqsad   va
vazifalaridan   qat’i   nazar   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyati
ochiqligini   ta’minlash   borasidagi   faoliyatlarida   asosiy   e’tiborni   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   masalalarga   qaratishlari   maqsadga   muvofiqdir.
Chunki ijtimoiy tartib jamiyat traqqiyotining muhim sharti   hisoblanadi va ijtimoiy
tartib   o‘rnatilmagan   joyda   jamiyat   ijtimoiy   muammolar   girdobiga   g‘arq   bo‘ladi.
Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   joyda   barcha   ijtimoiy   muammolarni   hal   qilishga   keng
imkoniyatlar   paydo   bo‘ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilmaganligi   yoki   beqarorligi   barcha   ijtimoiy   muammolarning   sababi
hisoblanadi. Sabab bartaraf qilinmasa, oqibat bartaraf etilmasligi oddiy haqiqatdir. Bugungi   kunda   insoniyat   jamiyatida   mavjud   bo‘lgan   barcha   ijtimoiy
muammolarning sababi ijimoiy tartibning barqarorligi ta’minlanmaganligida ekan,
asosiy   e’tibo r ni   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   masalasiga   qaratish   lozim.   Shuning
uchun   ham   siyosiy   partiyalar   asosiy   e’tiborni   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   va   uning
barqarorligini   ta’minlash   masalalariga   qaratishlari   shart.   Ular   o‘rtasidagi   raqobat
nazorat   faoliyatini   amalga   oshirish   borasida   bo‘lishi   kerak,   chunki   ijtimoiy
tartibning o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liq.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   siyosiy   partiyalar   faoliyati   va   ular
o‘rtasidagi   raqobat   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini   qamrab   olgan   bo‘lishi
lozim va, eng avvalo, sud hokimiyati, kadrlarni tanlash va rag‘batlantirish tizimida
ochiqlikni   ta’minlashga   erishishga   qaratilishi   lozim.   Ushbu   sohadagi   ochiqlik
siyosiy   partiyalarning   nazorat   faoliyatini   samarali   amalga   oshirishni   ta’minlaydi.
Siyosiy partiyalarning samarali nazorati ushbu sohalarda ijtimoiy tartibni o‘rnatish
asosida   ijtimoiy   hayotning   boshqa   barcha   sohalarida   adolatni   qaror   toptirishga
xizmat qiladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Siyosiy partiyalar nazoratini kuchli qilishda davlat hokimiyati faoliyati ochiqligining ahamiyati Reja 1.O‘zbekistonda siyosiy partiyalar nazorat funsiyalarini siyosiy va huquqiy sharoitlarini yaratilishi. 2.Huquq va axloq normalariga rioya qilishni ta’minlashda siyosiy partiyalar nazoratining o‘rni. 3.O‘zbekistonda sud hokimiyati, kadrlarni tanlash va rag‘batlantirish tizimida ochiqlikni ta’minlashga siyosiy partiyalarning o‘rni.

1.O‘zbekistonda siyosiy partiyalar nazorat funsiyalarini siyosiy va huquqiy sharoitlarini yaratilishi. Demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ko‘p partiyaviylik tizimi shakllanib bormoqda. Siyosiy partiyalarning nazorat funsiyalarini amalga oshirishlari uchun siyosiy va huquqiy sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekistonda 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun nazorat tizimi faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimiga bog‘liq bo‘lganligi uchun nazorat faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar bugungi kunimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Nazorat tizimi bir qancha elementlarning yaxlitligidan iborat bo‘lib, ularning tarkibida siyosiy partiyalar va deputatlar guruhi asosiy o‘rinni egallaydilar. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li ham nazorat faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki demokratiya faqat hokimiyatni shakllantirishnigina emas, balki hokimiyatni nazorat qilishni ham anglatadi. Lekin buning uchun jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati demokratiya talablariga javob bera olishi kerak. Siyosiy va huquqiy madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi, eng avvalo, bilim va ma’naviyatning rivojlanishiga bog‘liq. Shuning uchun donishmandlar jamiyatda tartib o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat tizimini shakllantirishni bilim va ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘lashgan. Buyuk donishmandlar, ya’ni Platon, Aristotel, Farobiy va boshqalar o‘z asarlarida ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni topishga intilishgan. Aytaylik, Platon o‘zining “Davlat” nomli asarida jamiyatda tartib o‘rnatish uchun jamiyatni intellektual elita, ya’ni bilim boshqarishi kerakligini ta’kidlaydi. Agar jamiyatni bilim boshqarmasa, o‘z-o‘zidan jamiyatni pul boshqara boshlaydi va pul boshqargan jamiyatda tartib bo‘lmaydi va bunday jamiyat oxir- oqibatda barbod bo‘ladi. Xo‘sh, nima uchun jamiyatda tartib bo‘lishi uchun jamiyatni bilim boshqarishi kerak? Chunki bilim insonga oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi. Oldindan ko‘ra bilgan odam xatodan o‘zini asraydi va to‘g‘ri harakat qiladi. Shu o‘rinda mashhur faylasuf O.Kontning “Bilishdan maqsad

oldindan ko‘ra bilish, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish” 1 deb aytgan dono so‘zlarini yana bir bor eslash lozim. Insoniyat jamiyatida bilim va ma’naviyatning o‘rni naqadar muhimligini jamiyatda tartib o‘rnatishga xizmat qiladigan ijtimoiy regulyatorni, ya’ni huquq va axloqning o‘ylab chiqilganidan ham ko‘rish mumkin. Chunki huquq va axloq paydo bo‘lishining o‘zi ham bilim va ma’naviyatning rivojlanishi mahsulidir. Ijtimoiy regulyatorlar odamlar o‘rtasidagi munosabatni murosaga solish va kelishtirish orqali jamiyatda tartib o‘rnatishi uchun nazorat tizimi takomillashgan bo‘lishi lozim. Agar odamlar o‘rtasidagi munosabat huquq va axloq vositasida murosaga solinmasa, jamiyat son-sanoqsiz ziddiyat va qarama-qarshiliklar va urushlardan iborat bo‘lib, bunday jamiyat oxir-oqibatda xalok bo‘ladi. Chunki, odamlarning manfaatlari, qiziqishlari xilma-xil bo‘lib, ularni qondirish jarayonida tabiiy ravishda ziddiyatlar kelib chiqadi. Insoniyatni bunday ayanchli oqibatlardan himoya qilish va asrash uchun ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi kerak. Nazorat tizimining muhim elementlari bo‘lgan siyosiy partiya va deputatlar guruhi asosiy e’tiborni huquq va axloq me’yorlarining ishlab turishi va ularga rioya qilishni amalda ta’minlashga qaratishi kerak. Jamiyatni ilm asosida boshqargan taqdirdagina huquq va axloqqa rioya qilish ta’minlanishi mumkin. Chunki unga rioya qilish uchun mukammal nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi kerak. Bunday nazorat tizimining shakllanishi ham ilmiy asosda ta’minlanishi mumkin. Jamiyatda shunday nazorat tizimi shakllanishi kerakki, u huquq va axloqqa rioya qilishni amalda ta’minlashga qodir bo‘lsin. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi shakllangan Oliy Majlisning qo‘shma majlisida (2010 yil 26 yanvar) “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish – ustuvor maqsadimiz” mavzusida ma’ruza qilib, asosiy e’tiborni ijroiya hokimiyat ustidan nazorat tizimini takomillashtirishga qaratib: “Parlamentimiz va mahalliy vakillik organlari – Kengashlar oldida turgan ikkinchi g‘oyat muhim vazifa – bu qabul qilingan 1 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 1997 й., 393-бет.

qonunlarni ijro etuvchi hokimiyat, ya’ni hukumat tomonidan markazda, hokimlar tomonidan esa joylarda qanday bajarayotgani ustidan qat’iy parlament nazoratini, deputatlik nazoratini o‘rnatishdan iboratdir”, 2 deb ta’kidlagan edi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti jamiyatni ilmiy asosda boshqarishga intilganligidan dalolat beradi. Shu o‘rinda jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonda nisbatan yumshoqroq o‘tayotganligining sababi davlat boshlig‘i ilmiy salohiyatining natijasi ekanligini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimizning jahon moliyaviy inqirozi tahliliga bag‘ishlangan asarining birinchi qismi “Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar” deb nomlanishi ham uning ilmiy salohiyati darajasini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, asar muallifi iqtisodiy-moliyaviy hayotga ilmiy asosda yondashganligi tufayli oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarini ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib, xato qilmasdan to‘g‘ri harakat qilishni ta’minlaydi. Eng muhimi, jamiyatda tartib o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimining samarali ishlashini ta’minlaydi. Chunki ilm jamiyat taraqqiyotining muhim sharti tartib ekanligini va tartib o‘rnatish uchun esa nazorat tizimi uzluksiz ishlab turishi kerakligini anglab olish imkoniyatini beradi. Ilmi bor odam nazoratsiz jamiyatda tartib o‘rnatib bo‘lmasligini anglab olgan bo‘ladi. Siyosiy partiya va depututlarning nazorat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun , eng avvalo , nazorat to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish kerak. Nazorat deganda jamiyatda tartib o‘rnatadigan mexanizm faoliyati tushuniladi. Bu mexanizm jamiyatda huquq va axloq asosida qabul qilingan cheklovlarga, shartlarga rioya etishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday shartlarga, cheklovlarga rioya qilishnng buzulishi ijtimoiy tizim faoliyatiga zarar yetkazadi. Ijtimoiy nazoratning ob’ektlari huquq va axloq bo‘lganligi uchun siyosiy partiyalar va deputatlar o‘zlarining nazorat faoliyatlarida aynan ana shu huquq va axloq me’yorlariga rioya qilishni ta’minlashga qaratishlari lozim. Nazorat tizimini takomillashtirish nazorat va 2 Халқ сўзи. 2010 йил 27-январ, 3-бет.

nazorat tizimi degan tushunchalarni chuqurroq anglab olishni talab etadi. Nazorat mazmuniga ko‘ra ichki va tashqi, shakliga ko‘ra esa yuqoridan va quyidan bo‘ladi. Ichki nazorat har bir odam o‘z xulqini o‘zi nazorat qilishini anglatadi va bu ma’naviyat orqali ta’minlanadi. Ma’naviyati yuksak odamda ichki nazorat kuchli bo‘ladi. Shu o‘rinda yuksak ma’naviyat – ye ngilmas kuch ekanligini anglab olish mumkin. Buning uchun qanday hokimiyat eng kuchli hokimiyat degan savolga javob topish lozim. Eng kuchli hokimiyat – bu insonning o‘z ustidan bo‘lgan hokimiyatidir. Hokimiyat bu kuch. Kuch esa ma’naviyat orqali shakllanadi. Ma’naviyat inson irodasini kuchli qilib, ichki nazoratni mustahkamlaydi. Ma’naviyati yuksak odamda o‘zini nazorat qilish imkoniyati kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham ma’naviyat – yengilmas kuch deb ta’rif berilgan. Nazorat tizimi deganda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha nazorat vositalar i ning yaxlitligini tushunish lozim. Agar shu tizimdagi biror-bir element yoki mexanizm ishlamasa, bu tizimning buz i lishiga yoki ishlamasligiga olib keladi. Hozirgi kunda respublikamizda uchta asosiy nazorat vositasi deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari, mahallalar shakllanib, ular bir-biri bilan bog‘liq yaxlit bir tizimni tashkil qilmoqda. Ushbu nazorat vositalarining ishlashi, eng avvalo, quyida nazoratning mavjudligi bilan belgilanadi. Agar quyida, ya’ni boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, mahallalarda nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, boshqa bo‘g‘inlarda ham nazorat zaiflasha boradi. Bu boradagi asosiy muammo odamlardagi befarqlik kayfiyatidir. Demak, odamlarda daxldorlik hissining shakllanishi nazorat tizimi takomillashuvining muhim sharti hisoblanadi. Siyosiy partiyalar o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun respublikamizda barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Aytaylik, 2008 yilning birinchi yanvaridan kuchga kirgan “ Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida ” gi Konstitutsiyaviy qonunning kuchga kirishi siyosiy partiyalarning nazorat funksiyasini amalga oshirishda huquqiy asos hisoblanadi.