logo

MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.30078125 KB
MOLIY A NING MOHIY A TI VA FUNKSIY A LARI
Reja:
1. Moliyaning mohiyati va  zarurati .
2. Moliyaning  funksi yalar i.
3.  Moliyaviy bozorlar va institutlar.
  1.  Moliyaning mohiyati va zarurati
Ijtimoiy   takror   ishlab   chiqarish   ishtirokchilari   o’rtasida   iqtisodiy
munosabatlar vujudga keladi.
Moliya   (arabcha-mulk,   mablag’)   barqaror   tovar-pul   muomalasi
sharoitlarida   davlatning   rivojlanishi   va   uning   resurslariga   bo’lgan
ehtiyojlarining   ortishi   natijasida   paydo   bo’ldi.   Moliya   terminining   kelib
chiqishi   yuzasidan   iqtisodchi-olimlarning   turli   fikrlari   mavjud.   Ba’zi   bir
mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda Italiyaning savdo
shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik halqaro miqyosda tarqalgan va aholi
bilan   davlat   o’rtasida   pul   munosabatlari   tizimi   bilan   bog’liq   tushuncha
sifatida   qo’llanila   boshlangan.   Boshqa   mualliflarning   ta’kidlashlaricha,
mazkur tushuncha muomalaga fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755
yildagi “Respublika haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan. 
Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish,   ayirboshlash   va   taqsimot   jarayoni   bosqichlarida   vujudga   keladi.
Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular nafaqat takror ishlab chiqarish
bosqichida,   balki   xo’jalik   yuritishning   barcha   sohalarida   ro’y   beradi.
Iqtisodiy   munosabatlarning   ijtimoiy   amal   qilishi   bilan   bog’liq   jihatini
iqtisodiy kategoriyalar tashkil qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga
turlicha ta’rif berilgan. 
Moliya     –   davlatning   o’z   funksiya   va   vazifalarini   bajarishi   hamda
kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish   shartlarini   ta’minlash   maqsadida
markazlashgan   va   markazlashmagan   pul   fondlarining   shakllantirilishi,
taqsimlanilishi   va   foydalanilishi   bilan   bog’liq   iqtisodiy   munosabatlar
majmuidir.
Bozor   munosabatlari   sharoitida   asosiy   iqtisodiy   kategoriyalarga
qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin. Moliya   (lot.   –   pul   to’lovlari )   –   YaIM   (yalpi   ichki   mahsulot)   va   MD
(milliy   daromad)ni   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   jarayonida   pul
mablag’larini   shakllantirish   va   foydalanish   bilan   bog’liq   iqtisodiy
munosabatlar tizimidir. 
Munosabatlarning   o’ziga   xosligi   shundan   iboratki,   moliya   iqtisodiy
kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo’ladi.
Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki :
 munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi;
 munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi;
 moliyaviy munosabatlarni shakllantirishda moliyaviy resurslar asosiy
manba bo’lib hisoblanishi.
Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham bog’liq :
 narx ;
 ish haqi ;
 kredit.
2. Moliyaning funksiyalari
Moliya   iqtisodiy   kategoriya   bo’lib,   hozirda   ijtimoiy-siyosiy   tuzumi
turlicha bo’lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya
boshqa   iqtisodiy   kategoriyalar   (pul,   foyda,   tannarx,   qiymat,   kredit   va   h.k.)
kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori,
ishlab   chiqarishni   rag’batlantirish,   milliy   daromadni   taqsimlash   kabi
munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. 
Moliya   jamiyatda   tovar-pul   munosabatlarining   mavjudligi   bilan
izohlanadi.   Moliyaviy   munosabatlarning   rivojlanishi   jamiyatdagi   mehnat
taqsimoti,   mulkchilik   shakllari,   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   tashkiliy-
huquqiy   faoliyatining   iqtisodiy   jihatdan   mustaqilligi   hamda   tashqi   iqtisodiy
aloqalari   bilan   ham   bog’liq.   Milliy   daromadning   taqsimlanishi   pul   shaklida amalga   oshiriladi,   ammo   pul   moliya   munosabatlarining   barcha   tomonlarini
o’z   ichiga   olmaydi.   Moliya   munosabatlari   asosan,   davlat   hamda
korxonalarning   pul   fondlarini   shakllantirish   va   ulardan   foydalanish
masalalaridan   aks   etadi.   Shuning   boisdan   moliyaning   rivojlanishi   bu
davlatning rivojlanishi va uning moliyaviy zahiralarga bo’lgan ehtiyoji bilan
bevosita bog’liqdir.
Moliyaning   mohiyati,   uning   iqtisodiy   kategoriya   sifati   ijtimoiy
munosabatlar orqali ko’rinib, o’ziga xos vazifani bajaradi. Davlat va xo’jalik
yurituvchi   subyektlarning   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’laridan markazlashgan
fondni   tashkil   qilish,   taqsimlash   va   iste’mol   qilish   bilan   bog’liq   bo’lgan
iqtisodiy   munosabatlar   jarayonida   ijtimoiy   ehtiyojlarni   qondirish   ustidan
nazorat   va   ijtimoiy   mahsulotning   taqsimlanishi   va   qayta   taqsimlanishi   sodir
bo’ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.   Funksiya
– muayyan obyektning tashqi xususiyati bo’lib, tizim elementlarining o’zaro
munosabatlarida   jarayon   sifatida   aks   etadi.   Iqtisodiy   kategoriyalarni
funksiyasi   iqtisodiy   munosabatlarning   hatti-harakatini   o’zida   aks   ettiradi,
ya’ni,   funksiya   –   iqtisodiy   kategoriyaning   muayyan   xususiyatlarining
namoyon bo’lishidir .
Moliyaning   funksiyalari   turli   adabiyotlarda   turlicha   ko’rsatilgan   holda
bahsli masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Xususan,   A.M.Birman   moliyaning
quyidagi funksiyalarini e’tirof etadi 1
:
– xo’jalik yuritish jarayonini pul mablag’lari bilan ta’minlash 
– nazorat 
– taqsimlash 
1
  A.M.Aleksandrov   va   E.A.Voznesenskiylar   moliyaning   quyidagi
funksiyalarni ko’rsatib o’tishgan 2
:
– pul fondlarini shakllantirish; 
– shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish; 
– nazorat .
Moliya   qiymat   taqsimoti   va   uning   nazoratini   yaxlit   ifodalovchi
kategoriya   hamdir.   Shuning   uchun   ham   aksariyat   adabiyotlarda   uning
quyidagi ikkita funksiyasi ajratib ko’rsatiladi:
–   taqsimot   funksiyasi   –   jamiyat   taraqqiyotining   turli   bosqichlarida
turli moliyaviy tizimlar amal qiladi. Mavjud iqtisodiy munosabatlar ham goh
muvaffaqiyatli,   gohida   esa   muvaffaqiyatsiz   amal   qiladi,   biroq   moliya   har
qanday   sharoitda   ham   taqsimlash   funksiya sini   bajaradi.   Mamlakatning
YaIM va MD taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq munosabatlardan
iborat.   YaIM   qiymati   MD   va   zahira   fondidan   iborat .   Zahira   fondi,
amortizasiya   ajratmalari   va   moddiy   sarflardan   iborat .   YaIM   –   iqtisodiy
tizimlarning  yil  davomida  yaratgan  tovar  va  xizmatlarining  jami  qiymatidir.
Yalpi   ichki   mahsulotni   taqsimlash   jarayoni   turli   xil   moliyaviy   dastaklar:
me’yorlar,   stavkalar,   tariflar,   ajratmalar   va   boshqa   moliyaviy   dastaklar
vositasida amalga oshiriladi. Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul
daromadlari va jamg’armalari hisoblanadi.  MD   – mamlakat bo’yicha xo’jalik
yurituvchi subyektlarning faoliyat natijasi (ish haqi, renta, foyda).
MD tarkibiga quyidagilar kiradi:
–  Jamg ’ arma fondi  – ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, qurilish va
madaniy-oqartiruv tadbirlarini moliyalashtirishga qaratilgan.
Zahira fondi  – jamoat zahiralari, sug’urta mablag’laridan iborat.
Iste ’ mol   fondi   –   fan   ta’lim,   madaniyat,   sog’liqni   saqlashni
moliyalashtirishga   qaratilgan   bo’lib,   davlatning   amal   qilishini   ta’minlovchi
2
  fond   hamdir.   Ushbu   fond   orqali   mamlakatning   xavfsizlik,   mehnatga   haq
to’lash kabi sarflarini ham o’z ichiga oladi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   mulkchilikning   ko’p   ukladli   shakllarini
paydo   bo’lishi   va   bozor   iqtisodiyotining   amal   qilishi   to’liq   iqtisodiy
mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur
qilib qo’yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy
natijalari,   ya’ni   tadbirkorlik   foydasini   taqsimlash   ular   tomonidan   qabul
qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog’liqdir. 
Taqsimot  jarayoni  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalari  (moddiy  ishlab
chiqarish,   muomala,   iste’mol)ni,   jumladan   iqtisodiyotni   boshqarishning
barcha bo’g’inlari (respublika, mahalliy boshqaruv)ni ham qamrab oladi. Bu
jarayonda taqsimotning xo’jalik bo’yicha, tarmoq bo’yicha, tarmoqlararo va
hududiy shakllari vujudga keladi.
–   nazorat   funksiyasi   –   moliyaning   boshqa   muhim   funksiyasi
nazoratdir.   U   taqsimlash   funksiyasi   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Moliya
munosabatlarining   turli   tarkibi   orasida   pul   fondlarining   shakllanishi   va
ishlatilishi nazorati bilan bog’liq bo’lmagan birorta ham munosabat yo’qdir.
Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabat
ham   yo’q.   Moliya   ijtimoiy   mahsulot   va   milliy   daromadni   shakllantirish,
taqsimlash   va   ishlatishning   barcha   bosqichlarida   nazoratni   amalga   oshiradi.
Nazoratni   bosh   maqsadi   –   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   samaradorligini
oshirish,   xalq   xo’jaligining   barcha   bo’g’inlarida   ishning   sifatini   yaxshilash
maqsadida   markazlashgan   va   markazlashmagan   pul   fondlaridan   oqilona
foydalanishga erishishdir. 
Moliyaning   nazorat   funksiyasi   korxonalarni   barcha   xo’jalik
faoliyatlarida namoyon bo’ladi. So’m orqali nazorat qilish ishlab chiqarish va
noishlab   chiqarish   xarajatlari   ustidan,   bu   xarajatlarning   daromadlarga   mos
kelishi   ustidan,   asosiy   fondlar   va   aylanma   mablag’larning   shakllanishi   va ishlatilishi   ustidan   amalga   oshiriladi.   Mazkur   nazorat   mablag’lar
aylanishining   barcha   bosqichlarida   -   moliyalashtirish   va   kreditlashtirishda,
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet va moliya tizimining
boshqa   bo’g’inlari   bilan   o’zaro   aloqalarda   amal   qiladi.   So’m   orqali   nazorat
yordamida   mahsulot   realizasiyasi   jarayoniga,   shartnoma   bo’yicha   shartlarni
bajarilishiga,   rentabellikka,   foydaga,   fond   qiymatiga,   aylanma   mablag’lar
aylanishiga ta’sir o’tkazadi. 
Shunday   qilib,   nazorat   –   daromadlar   o’sishini,   mablag’lar   va   moddiy
boyliklar   oqilona   sarflanishini   rag’batlantiradi,   korxonalarni   kamchiliklarni
bartaraf   etishga,   xo’jalik   faoliyatini   yaxshilashga,   uning   samaradorligini
oshirishga,   mablag’larning   manzilli   sarflanishini   ta’minlaydi.   Nazorat
funksiyasining   muhim   xususiyati   shundaki,   u   mablag’lar   kelib   tushishi   va
ishlatilishi   jarayonida   uzluksiz   davom   etadi   va   maxsus   tekshiruv   hamda
kuzatishlar bilan bevosita bog’liq bo’lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi. 
Xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatining   moliyaviy   ko’rsatkichlari
nazorat   funksiyasining   obyektidir.   Moliyaviy   nazoratning   samaradorligini
oshirish   ko’proq   korxonada   buxgalteriya   hisobi,   moliyaning   qay   darajada
yo’lga   qo’yilganligini,   moliyaviy   axborotning   haqqoniyligi,   moliyaviy
intizom,   buxgalteriya-hisobi   hisobotini   xolis   yuritilishiga   bog’liq.
Shundagina   nazoratning   samarasi   iqtisodiyotdagi   vaziyatni   tahlil   qilish   va
xolis baholash hamda takror ishlab chiqarish jarayonining samarali borishini
muvofiqlashtirish   imkonini   beradi.   Ayniqsa,   bunda   davlat   soliq   xizmatining
o’rni   va   ahamiyati   beqiyosdir.   Shuning   uchun   ham   moliya   soliq
munosabatlari   bilan   uzviy   holda   o’rganiladi   va   amal   qiladi.   Moliyaning
taqsimot va nazorat funksiyalari yaxlit holda  moliyaviy mexanizm ni vujudga
keltiradi
Moliya   mexanizmi   –   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash
munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg’armalarni tashkil   qilish,   markazlashgan   va   markazlashmagan   pul   fondlarini   tuzishni
ta’minlovchi   shakl   va   usullar   majmuidir.   Moliya   mexanizmi   murakkab
bo’lib,   unga   turli   moliyaviy   munosabatlarga   xos   elementlar   kiradi.   Aynan
moliyaviy munosabatlar o’zaro aloqalarning ko’pligi ularni tashkil etishning
turlari,   shakllari   va   usullarini   (moliya   mexanizmi   elementlarini)   ko’p
miqdorda qo’llashni taqazo etadi.
Davlat o’zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida
iqtisodiy   qonunlar   ta’sirini   chuqur   o’rganish,   moliyaning   rivojlanish
qonuniyatlarini   o’rganish,   iqtisodiy   va   moliyaviy   siyosat   vazifalarini
o’rganish   asosida   ichki   mahsulot   va   milliy   daromadni   taqsimlash   usullarini
o’rnatadi,   pul   jamg’armalarining   shakllarini   belgilaydi,   to’lov   va   ajratmalar
turlarini   ishlab   chiqadi,   davlat   moliyaviy   resurslaridan   foydalanish
yo’nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi. 
Moliya   mexanizmini   ma’muriy   va   tartibga   soluvchi   mexanizmlarga
bo’lishimiz mumkin.
Direktiv   (ma ’ muriy)   moliya   mexanizmi   –   davlat   ishtirok   etadigan
moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, byudjet xarajatlari, byudjetdan
moliyalashtirish,   byudjet   qurilmasi   va   byudjet   jarayonini   tashkil   qilish,
moliyaviy   rejalashtirishni   tashkil   etishning   barcha   tizimlarini   batafsil   ishlab
chiqilishini   nazarda   tutadi.   Ayrim   hollarda   boshqa,   ya’ni   butun   moliya
siyosatini   amalga   oshirilishida   katta   ahamiyatga   ega   bo’lgan   (korporativ
qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya munosabatalariga yoki bunday munosabat
tomonilaridan biri – davlatning vakili bo’lganda (davlat korxonalari moliyasi)
ham tadbiq etiladi.
Tartibga soluvchi moliya mexanizmi –   davlat manfaatlariga bevosita
ta’sir   qilmaydigan   moliya   munosabatlarida   qo’llaniladi.   Moliya
mexanizmining   bunday   xilma-xilligi   xususiy   korxonalarda   ichki   xo’jalik
moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir. Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
Moliyaviy   rejalashtirish   va   istiqbolni   belgilash   (prognozlash)   -
moliyaviy   mexanizmning   asosiy   qismi   bo’lib,   u   moliyaviy   rejalar   va
balanslarni   hamda   moliyaviy   ko’rsatkichlar,   me’yorlar   tuzishni   o’z   ichiga
oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag’batlantirish vositalariga foydani taqsimlash
usullari,   turli   fondlarga   to’lovlar,   ajratmalar,   qo’llaniladigan   imtiyozlar,
jazolar (sanksiyalar), jarimalar kiradi.
Moliyani   boshqarish   -   subyektlarning   moliyaviy   munosabatlarni
amalga   oshirish,   yo’lga   qo’yish   va   takomillashtirish   usullari   yig’indisidan
iborat.
Ayrim   iqtisodchilar,   yuqoridagilarni   inkor   etmagan   holda,   moliyaviy
munosabatlarning   ko’p   qirraligi,   soha   va   bo’g’inlardan   iboratligini   hisobga
olib   moliya   mexanizmini   quyidagi   sohalar   va   bo’g’inlarga   ajratib
ko’rsatiladilar.
O’z   navbatida   bu   har   bir   soha   alohida   tarkibiy   bo’g’inlarni   o’z   ichiga
oladi.   Misol   uchun,   davlat   moliyasi   mexanizmi   byudjet   mexanizmi   va
byudjetdan   tashqari   fondlar   amal   qilish   mexanizmlariga   bo’linadi.   Hududiy
bo’linishidan   kelib   chiqib   umumdavlat   moliya   mexanizmi   va   mahalliy
moliya   mexanizmlariga   ajratish   mumkin.   Moliyaviy   mexanizmni   ijtimoiy
takror   ishlab   chiqarish   nuqtai   nazaridan   qaralganda   uning   funksional
bo’g’inlari   hosil   bo’ladi,   ya’ni   mablag’larni   jamlash,   moliyalashtirish,
rag’batlantirish va boshqalar.
Moliya   mexanizmining   har   bir   soha   va   bo’g’inlari   bir   butunning
tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Ular   o’zaro   bog’liqdir.   Shu   bilan   birga,   har   bir
soha   va   bo’g’in   nisbatan   mustaqil   amal   qiladi.   Bu   holat   moliya   mexanizmi
tarkibiy qismlarining doimiy muvofiqligini zarurligini keltirib chiqaradi.  1-rasm. Moliya mexanizmining bo ’ g ’ inlari
Moliya   mexanizmining   soha   va   bo’g’inlari   bir-birlari   bilan
murakkabligi   va   boshqa   jihatlari   bo’yicha   farq   qiladi.   Masalan,   byudjet
mexanizmi   soliq   turlarining   ko’pligi,   ularni   undirish   usullarining   turli-
tumanligi,   moliyalashtirish   usullarining   turlichaligi   va   byudjet
mablag’laridan foydalanishning ko’p o’nalishliligi bilan xarakterlanadi. 
Korxona   moliya   mexanizmi   orqali   esa,   korxona   pul   jamg’armalari
shakllari belgilanadi, foyda, daromadlar va moliyaviy resurslar taqsimlanadi
va turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalanish ta’minlanadi.
Moliya   mexanizmining   elementlari   tarkibida   fondlar   va   to’lovlarni
miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan va tez o’zgaruvchan
bo’lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan
vazifalarning o’zgarishiga qarab tez-tez muvofiqlashtirilib turiladi. Masalan,
pul   mablag’lari   fondlarining   shakllari   o’zgarmagani   holda,   foydani
taqsimlash usullari bir necha bor o’zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ
usuli,   majburiy   to’lovlar   usuli;   soliq   turlari   o’zgarmagani   holda,   ularning
stavkalari, imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari bozor talablariga
ko’ra tez-tez qayta qurilib, o’zgarib turadi.
Respublikamiz   soliq   tizimida   uzoq   davr   mobaynida   samarali   faoliyat
qilib   kelgan   oborot   solig’i   o’rniga   joriy   qilingan   qo’shilgan   qiymat   solig’i
(QQS)   stavkasi   dastlab   30%   miqdorida,   keyinchalik   25,   20,   18,   17   %
miqdorlarigacha   tushirildi.   Hozirgi   kunda   esa,   20%   lik   miqdor Moliya mexanizmi
Korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalar moliya 
mexanizmi  Davlat moliyasi 
mexanizmiSug’urta mexanizmi qo’llanilmoqda. Moliyaviy mexanizmni shakllantirish bilan davlat uni u yoki
bu   davr   moliya   siyosati   talablari   bilan   iloji   boricha   to’la   mos   kelishiga
intiladi.   Bu   esa   davlatning   maqsad   va   vazifalarini   to’laqonli   bajarilishining
garovi hisoblanadi.
3. Moliyaviy bozorlar va institutlar
Iqtisodiyotni   modernizasiyalashnining   hozirgi   sharoitida   moliyaviy
resurslarga   bo’lgan   ehtiyoj   va   ularni   samarali   investisiyalash   masalalari
dolzarb   ahamiyat   kab   etadi.     Bunda   bevosita   moliyaviy   bozorlarning
ahamiyati g’oyat yuksakdir. 
Moliyaviy   bozorlarda   moliyaviy   resurslar   harakati   turli   moliyaviy
instrumentlar orqali jamg’aruvchi va foydalanuvchi amalga oshiriladi. Shu
sababli   moliya   bozori   orqali   moliyaviy   resurslar   iqtisodiyot   tarmoqlari
o’rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. O’z navbatida bu taqsimlash
jarayonida   moliyaviy   resurslar   nisbatan   samarali   investisiyalarga
yo’naltiriladi.   Turli   moliya-kredit   muassasalari   yordamida   moliyaviy
resurslar   xarakati   qanday   amalga   oshirsa‚   moliyaviy   bozor   orqali
moliyaviy   resurslar   ham   kapital   yetkazib   beruvchilardan(investordan)
kapital   iste’mol   qiluvchilarga   turli   moliyaviy   instrumentlari   vositasida
to’g’ridan-to’g’ri   harakatlanadi.Shuning   uchun   moliya   muassasalari
kapital   (moliyaviy   resurslar)ning   nisbatan   samarali   harakatiga   imkon
tug’diruvchi institutlar hisoblanadi.
Moliyaviy   bozor   –   bu   savdo   obyekti   moliyaviy   instrumentlar
hisoblanuvchi   tashkillashgan   iqtisodiy-huquqiy   mexanizm   bilan
ta’minlangan,   iqtisodiyot   subyektlari   uchun   zaruriy   bozor   sharoitlarini
yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo’luvchi tizim.  Moliya   bozori   tushunchasi   keng   ma’noni   va   murakkab   iqtisodiy
kategoriyani tashkil etadi. Moliya bozori o’zida o’zaro ta’sirda bo’ladigan
mulk   egalari   bilan   sarmoya,   qarz   oluvchilar   o’rtasidagi   munosabatlarini
tavsiflaydi.   Moliya   bozorida   kreditlar,   veksellar,   aksiyalar,   obligatsiyalar,
investisiyalar   va   boshqa   turdagi   qimmatli   qog‘ozlar   oldi-sotdi   va   harakat
obyekti hisoblanadi. 
Moliyaviy bozor quyidagi turlarga bo’linadi:
     - qimmatli qog‘ozlar bozori;
     - ssuda kapitali yoki kredit bozori;
     - valyuta bozori (pul bozori); 
     - investisiya bozori (kapital bozori) va boshqalar.
Rivojlangan   mamlakatlar   butun   moliya   tizimida   markaziy   o’rinni
moliyaviy   vositachi   muassasalar   moliyasi   markaziy   o’rinni   egallaydi.
Yuqori   darajadagi   takomillashgan   moliyaiy   infrastruktura   tizimini
mavjudligi   va   moliyaviy   vositachilikni   rivojlanganligi   natijasida   ularda
investision   maqsadlardagi   yirik   moliyaviy   resurslar   konsentrasiyasi   sodir
bo’lgan. 
XX   asrning   oxirgi   10   yilidagi   moliyaviy   innovasiyalarning   shiddat
bilan rivojlanishiga qaramasdan rang-barang moliyaviy vositachilik turlari
moliyaviy   resurslarni   oxirgi   iste’molchilari   uchun   samarali   joylashuvini
ta’minlovchi   «moliyaviy   mahsulot»ni   jalb   qilish   va   sotish   kabi   umumiy
funksiyalarni bajaradi.
Moliyaviy     vositachilar   ya’ni   tom   ma’noda   moliyaviy   institutlar
tarkibida tijorat banklari, kredit ittifoqlari, sug’urta kompaniyalari, xususiy
pensiya   fondlari,   moliyaviy   kompaniyalar   va   boshqalar   hisoblanadi.   Ular
iqtisodiyotning moliyaviy sektorini asosini tashkil qiladi.  Iqtisodiyotning   moliyaviy   sektorini   keng   va   tor   ma’noda   tushunish
mumkin.   Birinchi   holatda   moliyaviy   sektor   bilan   birgalikda   nazorat
qiluvchi organlar va moliyaviy ittifoqlarni tushunishimiz mumkin. 
Nazorat   qiluvchi   organlarning   asosiy   vazifalari   moliya   tizimini
barqaror   faoliyatini   qo’llab-quvvatlash,   hukumat   tomonidan   chiqarilgan
qonun va qarorlar hamda me’yoriy hujjatlarni amalda qo’llash va bevosita
moliyaviy   institutlar   faoliyati   ustidan   nazoratni   amalga   oshirish
hisoblanadi.
Moliyaviy   ittifoqlarning   asosiy   vazifalari   davlat   va   jamiyat   oldida
moliyaviy   institutlar   guruhlarining   manfaatlarini   taqdim   etish   va   himoya
qilish hisoblanadi.
Moliyaviy sektorning moliyaviy in ns itutlariga bank tizimi va nobank
moliyaviy   vositachi   muassasalarni   kiritishimiz   mumkin.   O’z   navbatida
bank   tizimi   tarkibida   markaziy   banklar   alohida   o’ringa   egadir.   Markazy
banklar   davlatning   pul   kredit   siyosatini   amalga   oshirishda   mas’ul
muassasa   hisoblanadi.   Shuningdek,   tijorat   banklari   u st idan   nazorat   va
ularni   kreditlashni   amalga   oshiradi,   emissiya(pullar,   banknotalar   va
boshqa   kredit   instrumentlarini   muomalaga   chiqarish),   davlatni   kreditlash
va   hukumat   uchun   hisob-kitob   operatsiyalarni   amalga   oshirish,   oltin-
valyuta zahiralarini saqlash va boshqa funk s iyalarni bajaradi.
Tijorat   banklari   universal   moliyaviy   muassasalar   hisoblanib,   kredit,
inve st i s ion,   moliyaviy   vositachilik,   hisob - kitob   operatsiyalarni   amalga
oshiradi.   Zamonaviy   tijorat   banklari   asosan   ak s ionerlik   shaklida   tashkil
qilinadi.   Tijorat   banklari:   aktiv   operatsiyalar,   passiv   operatsiyalar,
vositachilik   va   ishonch   operatsiyalari   hamda   boshqa   qator   operatsiyalarni
bajaradi.  Moliyaviy vositachi muassasalar tarkibida sug’urta muassasalarining
ahamiyati   yuksakdir.   Umuman,   su g’ urta   munosabatlari   moliyaviy
munosabatlarning   tarkibiy   qismi   sifatida   aksariyat   iqtisodchi   olimlar
sug’urtani moliya tiziining alohida bo’ g’ ini sifatida qaraydilar.
Sug’urta   munosabatlari   -   unda   qatnashuvchi   subyektlar   o’rtasidagi
xo’jalik   subyektlari   iqtisodiy   faoliyati   natijasida   vujudga   keluvchi
ehtimolli   zararlarni   qoplash   yoki   sug’urta   holatlarini   sodir   bo’lishi
oqibatlari   bilan   bog’liq   xo’jalik   subyekt lari   yo’ qotishlarini   tenglashtirish
uchun   mo’ljallangan   sug’urta   fondiga   maqsadli   badallar   hisobiga   alohida
pul   fondlarini   shakllantirish   bo’yicha   qayta   taqsimlash   munosabatlari
majmuasidir. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MOLIY A NING MOHIY A TI VA FUNKSIY A LARI Reja: 1. Moliyaning mohiyati va zarurati . 2. Moliyaning funksi yalar i. 3. Moliyaviy bozorlar va institutlar.

1. Moliyaning mohiyati va zarurati Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Moliya (arabcha-mulk, mablag’) barqaror tovar-pul muomalasi sharoitlarida davlatning rivojlanishi va uning resurslariga bo’lgan ehtiyojlarining ortishi natijasida paydo bo’ldi. Moliya terminining kelib chiqishi yuzasidan iqtisodchi-olimlarning turli fikrlari mavjud. Ba’zi bir mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik halqaro miqyosda tarqalgan va aholi bilan davlat o’rtasida pul munosabatlari tizimi bilan bog’liq tushuncha sifatida qo’llanila boshlangan. Boshqa mualliflarning ta’kidlashlaricha, mazkur tushuncha muomalaga fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755 yildagi “Respublika haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan. Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimot jarayoni bosqichlarida vujudga keladi. Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular nafaqat takror ishlab chiqarish bosqichida, balki xo’jalik yuritishning barcha sohalarida ro’y beradi. Iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy amal qilishi bilan bog’liq jihatini iqtisodiy kategoriyalar tashkil qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga turlicha ta’rif berilgan. Moliya – davlatning o’z funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy iqtisodiy kategoriyalarga qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin.

Moliya (lot. – pul to’lovlari ) – YaIM (yalpi ichki mahsulot) va MD (milliy daromad)ni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida pul mablag’larini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Munosabatlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo’ladi. Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki :  munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi;  munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi;  moliyaviy munosabatlarni shakllantirishda moliyaviy resurslar asosiy manba bo’lib hisoblanishi. Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham bog’liq :  narx ;  ish haqi ;  kredit. 2. Moliyaning funksiyalari Moliya iqtisodiy kategoriya bo’lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo’lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag’batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Moliya jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy- huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan mustaqilligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalari bilan ham bog’liq. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida

amalga oshiriladi, ammo pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o’z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlari asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan aks etadi. Shuning boisdan moliyaning rivojlanishi bu davlatning rivojlanishi va uning moliyaviy zahiralarga bo’lgan ehtiyoji bilan bevosita bog’liqdir. Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko’rinib, o’ziga xos vazifani bajaradi. Davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’laridan markazlashgan fondni tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Funksiya – muayyan obyektning tashqi xususiyati bo’lib, tizim elementlarining o’zaro munosabatlarida jarayon sifatida aks etadi. Iqtisodiy kategoriyalarni funksiyasi iqtisodiy munosabatlarning hatti-harakatini o’zida aks ettiradi, ya’ni, funksiya – iqtisodiy kategoriyaning muayyan xususiyatlarining namoyon bo’lishidir . Moliyaning funksiyalari turli adabiyotlarda turlicha ko’rsatilgan holda bahsli masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Xususan, A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalarini e’tirof etadi 1 : – xo’jalik yuritish jarayonini pul mablag’lari bilan ta’minlash – nazorat – taqsimlash 1

A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiylar moliyaning quyidagi funksiyalarni ko’rsatib o’tishgan 2 : – pul fondlarini shakllantirish; – shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish; – nazorat . Moliya qiymat taqsimoti va uning nazoratini yaxlit ifodalovchi kategoriya hamdir. Shuning uchun ham aksariyat adabiyotlarda uning quyidagi ikkita funksiyasi ajratib ko’rsatiladi: – taqsimot funksiyasi – jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turli moliyaviy tizimlar amal qiladi. Mavjud iqtisodiy munosabatlar ham goh muvaffaqiyatli, gohida esa muvaffaqiyatsiz amal qiladi, biroq moliya har qanday sharoitda ham taqsimlash funksiya sini bajaradi. Mamlakatning YaIM va MD taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq munosabatlardan iborat. YaIM qiymati MD va zahira fondidan iborat . Zahira fondi, amortizasiya ajratmalari va moddiy sarflardan iborat . YaIM – iqtisodiy tizimlarning yil davomida yaratgan tovar va xizmatlarining jami qiymatidir. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy dastaklar vositasida amalga oshiriladi. Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg’armalari hisoblanadi. MD – mamlakat bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat natijasi (ish haqi, renta, foyda). MD tarkibiga quyidagilar kiradi: – Jamg ’ arma fondi – ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, qurilish va madaniy-oqartiruv tadbirlarini moliyalashtirishga qaratilgan. Zahira fondi – jamoat zahiralari, sug’urta mablag’laridan iborat. Iste ’ mol fondi – fan ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlashni moliyalashtirishga qaratilgan bo’lib, davlatning amal qilishini ta’minlovchi 2