logo

DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

65.0400390625 KB
DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI .
Reja:
1.   Dinga   berilgan   ta’riflar.   Din   -   ijtimoiy   ong   shakli,   muayyan   turmush   va
tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida.
2.   Dinning   jamiyat   va   shaxs   ma’naviyati     yuksalishidagi,     komil     insonni
tarbiyalashdagi  ahamiyati.
3.   Dinning   strukturasi.   Dinning   ijtimoiy   funksiyalari:   dunyoqarashni
shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish,
aloqa o‘rnatish va h.k.
4.  Dinlar tasnifi. 1.   Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush
va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida.
Din   –   e’tiqod   va   u   har   bir   kishining   shaxsiy   ishi   hisoblanadi.   Diniy   nuqtai
nazarga   ko‘ra,   din   –   muayyan   diniy   e’tiqodlarga,   ya’ni   ilohga,   uning   tomonidan
insonlarga   xabar   yetkazuvchilarning   g‘ayrioddiy   salohiyatga     ega     ekaniga
(payg‘ambarlik),     insonlar     atrofida     unga   ko‘rinmaydigan   ammo   undan   ancha
yuqori   darajada   turuvchi   mavjudotlar   borligiga   (farishtalar,   jinlar)   inson   ideal
hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas
kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik
va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish),
inson   qismati   avvaldan   belgilanishiga   (taqdir)   va   shu   kabi   qarashlarga   ishonish,
ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri
insoniyatning   bevosita   qurshab   olgan   atrof-muhitdan   tashqarida   bo‘lgan,   uni
yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan
ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Arab   tilidagi   manbalarda   qayd   etilishicha,   din   so‘zi   bo‘yin   egmoq,   itoat
etmoq,   kimdandir   qarzdor   bo‘lmoq,   e’tiqod   qilmoq,   qilgan   ishiga   yarasha
mukofotlamoq   din,   imon,   ajr–mukofot,   qilingan   ishga   yarasha   berilgan   haq   kabi
ma’nolarni bildiradi. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq,
e’tiqod,   mulk,   hukm,   hisob,   jazo,   tadbir,   bo‘ysunish,   itoat   qilish,   ibodat,   parhez,
yo‘l   tutish,   odat   qilish,   e’tiqod   qilish   ma’nolarini   bildirishi   keltirib   o‘tiladi.
Islomdan   avval   turkiy   xalqlarning   din   tushunchasini   ifodalash   uchun   turli
davrlarda “drm”,   “darm”,   “nom” va    “den” kabi  so‘zlarni  ishlatganlari  ma’lum.
Ulardan     “drm”,   “darm”   din,   aqida   ma’nosida   sanskritcha   (qadim   hind   tili)
“dharma”dan   (Pali   tilida   dhamma);   “nom”   din   ishonch,   qonun   ma’nosida   sug‘d
tilidan kirib kelganligi aytiladi.
O‘zbek   tilidagi   “din”   ma’nosini   beruvchi   atamalar   barcha   tillarda   mavjud.
Jumladan,  zardushtiylarning manbasi  “Avesto”da  “din”  sifatida  “daena”,  qadimgi
fors   pahlaviy   tilida   “den”,   “din”,   “dena”,   “daena”   so‘zi   ishlatilib,   «yo‘l»,
«mazhab», «marosim», «uslub», «tarz»
kabi   ma’nolarni   bildirgan.   Ibroniy   tilida   istifoda   qilinadigan   «dath»   so‘zi
«din»   tushunchasini   ifodalash   uchun   umumiy   termin   bo‘lib,   «hukm»,   «amr»   va
«qonun»   ma’nolarini   anglatgan.   Rus   tilida   din   ma’nosini   anglatadigan   «religiya»
so‘zining   kelib   chiqishi   borasida   lug‘atlarda   bir   qancha   yondashuvlar   keltirib
o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib
chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas
narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq
diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi. Ikkinchi   guruh   tilshunoslar   «religio»   so‘zi   semantik,   ma’no   va   morfologik
jihatdan   «relegere»   so‘zi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   «yangidan   to‘plamoq,   yangidan
tanlashga   kirishmoq,   qayta   ishlab   chiqish   uchun   oldingi   sintezga   qaytish»   kabi
ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega
bo‘lishi   lozimligini   ta’kidlaydilar.   Bulardan   birinchisi,   g‘ayritabiiy   iloh   (yoki
ilohlar)   haqidagi   tasavvurning   mavjudligi.   Har   bir   dinda   topinish   ob’ekti   –   Xudo
bo‘lishi   shart   hisoblanadi.   Mavjud   dinlardagi   Xudo   haqidagi   tasavvurlarni   shartli
ravishda   ikkiga   –   transsendent   va   immanent   ilohlarga   bo‘lish   mumkin.
Transsendent   ilohlarga   insonlar   olamidan   tashqarida,   insonlarga   hech   qanday
aloqasi   bo‘lmagan,   qusur   va   nuqsonlardan   xoli   Xudolar   kiradi.   Bunga   misol
sifatida   tom   ma’noda   islom   dinidagi   Alloh   taolo   va   qisman   xristianlikdagi   Ota
Xudo,   yahudiylikdagi   Yaxvelarni   keltirish   mumkin.   Immanent   ilohlar   deganda
esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan,
biroq  g‘ayrioddiy  yaratuvchilik,  buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga
ega bo‘lgan Xudolar  kiradi. Bunday  turdagi    ilohlar    ko‘pincha    yo   antropomorf
(inson  qiyofasida)  yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf
(hayvon)   shaklda   tasavvur   qilinadi.   Bunga   misol   sifatida   Qadimgi   Misr,   Yunon,
Rim   sivilizatsiyalari,   zamonaviy   Hindiston,   Xitoy,   Yaponiya   dinlarini   sanash
mumkin.   Ikkinchisi,   Xudo   bilan   insonlarni   “me’roji”   (ya’ni   Alloh   taoloning
xuzuriga   ko‘tarilishi)   hisoblansa   xristianlikdagi   “sirli   marosimlar”da   Muqaddas
Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi.
Shu   tariqa,   mavjud   barcha   dinlarda   kultlar   vositasida   e’tiqodchilar   o‘z
ilohlari   bilan   bog‘lanadilar.   Uchinchisi   esa   e’tiqodchilarni   o‘zida   jamlaydigan
diniy   tashkilotlarning   mavjudligi.   Diniy   tashkilot   –   bu   bir   din   izdoshlarining
jamoaviy   ravishda   o‘z   diniy   rasm–   rusum,   ibodat   marosimlarini   o‘tkazadigan,
diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda – masjid, madrasa, xristianlikda
– cherkov, seminariya, yahudiylikda – sinagoga va hokazo.
E ng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf
olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy
dunyoharashda dinni  g‘oyalar tizimi  sifatida tahlil  etuvchi  din falsafasi  yo‘nalishi
shakllangan.
Din   -   insoniyat   ma’naviy   hayotining   tarkibiy   qismi.   O‘zbekiston
Respublikasida   ma’naviy   barkamol   insonni   shakllantirish   vazifasi   qo‘yilganligi
sababli   din masalasini  chetlab  o‘tish  mumkin  emas.  Mazkur   masalani   hal   etishda
ilgarigi   dinga   agressiv   hujum   etish   uslubining   salohiyatsizligi   hammaga   ochiq-
oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb
atash,   har   qanday,   hatto   bir-biriga   zid   bo‘lgan,   fikrlarni   tahlil   qilmasdan   turib maqtash   uslubi   ham   o‘zini   oqlamaydi.   Demak,   ushbu   masalaga   prinsipial,
professional, ilmiy yondashuv darkordir.
Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har
qanday   missioner   tashkilotlar   ixtiyoriga   ham   tashlab   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Ozod
jamiyatda   har   bir   inson   o‘z   shaxsiy   pozitsiyasini   belgilab   olishi   uchun   unga   har
tomonlama,   boy,   ob’ektiv-ilmiy   informatsiya   zarur.   Bunday   informatsiya
ensiklopedik   xarakterda   bo‘lmog‘i,   birovning   g‘arazli   sharqisiz   original   matnlar
shaklida   bo‘lsa,   maqsadga   muvofiqdir.   Eskirgan   ma’lumotlar   asosida   mutaxassis
bo‘lmagan   avtorlar   tomonidan   yoziladigan   asarlar   hozirgi   zamon   informatsiya
erkinligi   va   uning   yetib   kelishi   oson   bo‘lgan   sharoitlarda   o‘quvchilarning   ko‘z
o‘ngida mazkur mualliflarning obro‘sizlanishiga olib keladi.
  Diniy nuqtai nazarga ko‘ra din ilohiy kuchlarga, xudoga, payg‘ambarlarga,
farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, butun yaxshi-yomonlik yaratganning
irodasi bilan bo‘lishiga ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir.
Yodda   tuting:   Din   -   tabiat,   jamiyat,   inson   va   uning   ongi,   yashashdan
maqsadi   hamda   taqdiri   insoniyatning   bevosita   qurshab   olgan   atrof-muhitdan
tash q arida bo‘lgan, uni  yaratgan, ayni  zamonda  insonlarga  to‘g‘ri, haqiqiy, odil
hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni
ifoda etadigan maslak,  q arash, ta’limot dir .
Din   muayyan   ta’limotlar,   his-tuyg‘ular,   toat-ibodatlar   va   diniy
tashkilotlarning   faoliyatlari   orqali   namoyon   bo‘ladi.   U   olam,   hayot   yaratilishini
tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo
bo‘lgandan   to   bizgacha   o‘tgan   davrlarni   ilohiy   tasavvurda   aks   etishidir.   Komil
insonni   tarbiyalashda   salmoqli   tarbiyalovchi   qudratga   ega   bo‘lgan   ma’naviy-
axloqiy kuchdir.
Din   nima   ekanligi   turlicha   izohlansa-da,   umumiy   nuqtai   nazar   shuki,   din
ishonmoq   tuyg‘usidir.   Ishonmoq   tuyg‘usi   insoniyatning   eng   teran   va   eng   go‘zal
ruhiy-ma’naviy   ehtiyojlaridandir.   Dunyoda   dini,   ishonchi   bo‘lmagan   xalq   yo‘q.
Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay
olmaydi.  
Ma’lumki,   mamlakatimiz   fuqarolik   jamiyatini   mustahkamlash   yo‘lidan
bormoqda.   “Fuqarolik   jamiyati”   degani   esa,   birinchi   navbatda,   jamiyat
boshqaruvining   muayyan   sohalarini   davlat   organlari   va   tashkilotlaridan
bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik
mamlakatlar   tajribasi   shundan   dalolat   bermoqdaki,   fuqarolik   institutlari
ma’naviyatva   ma’rifat,   ilm-fan   va   madaniyat   bilan   bog‘liq   sohalarda   o‘zini
ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar
amalga   oshirilmoqda.   Milliy   g‘urur,   o‘zlikni   anglash,   milliy-diniy   qadriyatlarni to‘g‘ri   va   sog‘lom   idrok   etishga   xizmat   qilishga   qaratilgan   ma’naviy-ma’rifiy
yo‘nalishdagi qator jamg‘armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. 
Mazkur   tuzilmalar   oldida   turgan   eng   muhim   ijtimoiy-ma’naviy   mohiyatga
ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anaviy bo‘lib kelgan asl diniy
qadriyatlarimizning to‘g‘ri  idrok etilishiga  amaliy hissa  qo‘shishdan  iborat. Diniy
omil   bilan   bog‘liq   holda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   bu   kabi   tashkilotlar   diniy
bilimlarni   dunyoviy   ma’rifat   ko‘zgusi   orqali   tahlil   qilishi   va   tushuntirishi   lozim.
Mustahkamlanib   borayotgan   milliy   o‘zlikni   anglashga   bevosita   aloqador   diniy
qadriyatlarning   to‘g‘ri   va   sog‘lom   idrok   etilishiga   qaratilgan   ma’rifiy-tarbiyaviy
ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan
biri – diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi
lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib
borishdir.   Bundan   ham   muhimi,   diniy   e’tiqod   –   siyosiy   “o‘yinlar”   maydoni
emasligi,   bu   kabi   “o‘yinlar”ning   jamiyat   xavfsizligi   va   barqarorligi   uchun   xatarli
ekanini   ilmiy-tarixiy   va   hayotiy   dalillar   bilan   asoslagan   holda   keng   ommaga
muntazam tushuntirib borishdan iboratdir.
Ushbu   ishdan   ko‘zlangan   pirovard   natija   –   xalqimiz   uchun   qadimdan
an’anaviy   bo‘lib   kelayotgan   diniy-ma’naviy   merosga   sadoqatni   mustahkamlash,
shu   orqali,   diniy   qadriyatlarning   haqiqiy   o‘rnini   to‘g‘ri   idrok   etish,   diniy
vaziyatning   sog‘lom   va   tabiiy   rivojlanishiga   amaliy   hissa   qo‘shishdan   iborat
bo‘lgani   uchun   ham   u   quruq   tashviqot   bo‘lib   qolmasligi   kerak.   Diniy
qadriyatlarning   sog‘lom   va   to‘g‘ri   idrok   etilishiga   qaratilgan   faoliyat   ko‘hna   va
ser-qirra   tariximiz   hamda   ajdodlarimiz   qoldirgan   ibratli   ma’naviy   merosga
asoslanishi  lozim. 
Mustaqillik   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida,   jumladan,   ma’naviy
yoyangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berganligiga to‘xtaladi.
Dinga   bo‘lgan   munosabat   ijobiy   tomonga   o‘zgardi:   sobiq   sovet   tizimining   dinga
ateistik   hujumkorlik   siyosatiga   barham   berildi,   vijdon   erkinligi   qonun   orqali
kafolatlandi.
O‘z   navbatida,   “dunyoviylik”   tamoyilini   to‘g‘ri   anglash,   jamiyat   va   din
orasidagi   munosabatlarda   muvozanatni   saqlash   lozim   bo‘ladi.   Zero,   dinning
jamiyatda   o‘ziga   xos   o‘rni   mavjud.   Bu   haqda   O‘zbekicton   Respublikasi   Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   tomonidan   aytilgan   quyidagi   so‘zlarni   keltirish
muhimdir:     “Dunyoviy   va   diniy   qadriyatlar   o‘rtasidagi   nozik   munosabatlarning
mohiyatini  har  tomonlama to‘g‘ri  tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot  tajribasi
shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan,
bugungi   kunning   og‘ir   va   murakkab   savollariga   to‘laqonli   javob   topish   oson
bo‘lmaydi. Shu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo
ulug‘lab,   shu   bilan   birga,   dunyoviy   hayotga   ham   qat’iy   ishonch   bilan   intilib yashagan   taqdirdagina   o‘z   ezgu   maqsadlarimizga   yeta   olamiz” 1
.   Shu   nuqtai
nazardan   qaraganda,   xalqimiz   diniy   va   ma’naviy   qadriyatlarining   hozirgi
demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi  respublikamizning kelajakda
yanada   ravnaq   topishi,   jahon   hamjamiyatiga   qo‘shilishida   muhim   omillardan   biri
hisoblanadi.
2.  Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati  yuksalishidagi,  komil  insonni
tarbiyalashdagi  ahamiyati.   
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan,
ota-bobolarimizning   muqaddas   e’tiqodi   bo‘lgan   islom   dini   ham   yuksak   insoniy
fazilatlarning   shakllanishiga   xizmat   qilgan.   U   tufayli   xalqimiz   ming   yillar
mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi.
O‘zbek   xalqining   ilg‘or   madaniy   va   ma’naviy   merosini   tiklash   va   yangi
sharoitda   yanada   rivojlantirish,   bu   hududdagi   ilk   zamondan   hozirgacha   mavjud
dinlarning   tarixi,   hayotiy   tajribasi   tadrijiy   taraqqiyotini   o‘rganish   vatan   tarixini
chuqurroq   tushunib   etish,   uni   sevish   va   u   bilan   faxrlanish   his-tuyg‘ularini
shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Din   va   Qonun   o‘zaro   munosabatlarini   bilish
respublikada   demokratik   huquqiy   jamiyat   qurish   poydevorini   mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Din va dunyoviy davlat  orasidagi  munosabat  haqida so‘z ketar  ekan, uning
asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur.
Bu   haqda   Konstitutsiyamizning   61-moddasida   shunday   deyiladi:   “Diniy
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan  hamda  qonun  oldida  tengdirlar.
Davlat     diniy   birlashmalarning   faoliyatiga   aralashmaydi”.   Mazkur   moddada
muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan.
Birinchidan,   diniy   tashkilotlar   qaysi   konfessiyaga   taalluqliligidan   qat’i
nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar.
Ikkinchidan,   diniy   birlashmalar   faoliyatini   tashkil   etish   ularning   ichki   ishi
hisoblanadi   va   davlat   nazoratidan   xolidir.   Shu   bilan   birga,   diniy   tashkilotlar
davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini
ta’kidlash   zarur.   Zero,   biror   dinga   e’tiqod   qiluvchi   fuqarolar   ham   jamiyatning
tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.
Davlatning   dinga   munosabatidagi   asosiy   xususiyati   –   bu   dinning   siyosatga
aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z
ichiga oladi.
Davlatning   dinga   bo‘lgan   munosabatini   ifodalovchi   yana   bir   tamoyil
shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi.
1
 Каримов И.А. Юксак маънавият – энгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. - Б. 96. Bundan   kelib   chiqib,   uning   rivoji   uchun   tegishli   shart-sharoit   yaratishga   harakat
qiladi.
O‘zbekiston   davlatining   dunyoviylik,   diniy   bag‘rikenglik,   barcha   dinlarga
bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari
ushbu   tamoyil   asosida   amalga   oshiriladi.   Chunki,   konstitutsiyaviy   dunyoviy-
ma’rifiy   davlatda   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar     to‘g‘risida”gi     qonunga
asosan     diniy     e’tiqodi     va   dunyoqarashidan   qat’i   nazar,   siyosiy   xohishlarini
bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
O‘zbekistonning tashqi olam bilan har tomonlama – siyosiy, iqtisodiy, ilmiy
aloqalari   yanada   mustahkamlanib   borayotgan   hozirgi   kunda   turli   konfessiya
vakillari   bilan   muloqot   qilishning   yuksak   madaniyatiga   erishish   katta   ahamiyat
kasb etadi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi
sharoitda   yanada   rivojlantirish,   bu   hududdagi   ilk   zamondan   hozirgacha   mavjud
bo‘lib kelgan dinlarning tarixi, hayotiy tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish, talabalarda
Vatan   tarixini   chuqurroq   tushunib   etish,   uni   sevish   va   u   bilan   faxrlanish   his-
tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Dinshunoslik”   fani   talabalarda   din,   uning   turli   shakllari,   ta’limotlari,
yo‘nalishlari,   mazhablari   haqida   to‘g‘ri   ilmiy   xulosalar   chiqara   oladigan
dunyoviylik   va   diniylik   munosabatlarini   asosli   tahlil   qila   oladigan   to‘g‘ri
dunyoqarashni   shakllantiradi.   Bunda   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila
kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Din   va   qonun   o‘zaro   munosabatlarini   to‘g‘ri   anglash,
respublikada  demokratik  huquqiy  jamiyat  qurish  poydevorini mustahkamlashga
xizmat   qiladi.   Mamlakatimizda   talabalarga   “Dinshunoslik”   fanini   o‘qitish   muhim
masalalardan biriga aylandi.
Dunyo   xaritasida   mavjud   mamlakat   borki,   unda   yashovchi   xalqlarning   o‘z
dini,   urf-odatlari   va   an’analari   mavjud.   Ana   shu   qadriyatlar   xalqlarning   yurish-
turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Dunyo xalqlari  tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod
va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
3.     Dinning   strukturasi.   Dinning   ijtimoiy   funksiyalari:   dunyoqarashni
shakllantirish,   yosh   avlodni   tarbiyalash,   tartibga   solish,   birlashtirish,   tasalli
berish, aloqa o‘rnatish va h.k.  
Din   –   o‘ta   murakkab   ijtimoiy   hodisa.   U   o‘ziga   xos   tarkibga   ega   bo‘lib,
kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti hosilasidir. Din
kishilarning   g‘ayritabiiy   kuchlarning   mavjudligiga   ishonishdan   yuzaga   kelgan. Zero, «din» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq»
degan ma’nolarni anglatadi.
Hozirgi   zamon   dinlari   murakkab   tarkibiy   qismga   ega.   Uning   tarkibiy
qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi.
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy ong diniy
tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimidir.
Dinni   tarkibiy  qisimlari   qatorida   diniy  ong   ustuvor   ahamiyatga   ega,   chunki   diniy
marosim   va   diniy   tashkilot   kishilar   ongida   va   jamiyatda   diniy   tasavvurlarni
mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga ko‘maklashadi.
Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki darajasi yoki
bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy ideologiyadir. Diniy psixologiya
–   kishilarning   diniy   his-tuyg‘ulari,   odatlari,   an’analari   va   kayfiyatlari   majmui.
Diniy   ideologiya   esa   diniy   tashkilotlar   orqali   malakali   diniy   shaxslar   targ‘ib
etadigan turli diniy g‘oyalarning muayyan tizimidir.
Diniy   psixologiya   va   diniy   ideologiya   o‘rtasida   muayyan   darajadagi
umumiylik   mavjud.   Bu   umumiylik   voqelikni   sarobiy   aks   ettirishda,   g‘ayritabiiy
kuchlarga   sig‘inishda   namoyon   bo‘ladi.   Tarixan   diniy   psixologiya   diniy
ideologiyaga nisbatan  oldin paydo bo‘lgan. Kishi  ruhiyati  barqaror voqelik emas,
chunki ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Shuningdek, amaliyot
bilan   diniy   ideologiyaga   nisbatan   yaqindan   aloqada   bo‘ladi.   U   kishilarning   tabiat
kuchlaridan qo‘rqishlari, ular oldida taslim bo‘lishlari va ularni ilohiylashtirishlari
natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda mehnat taqsimoti, sinflar va
davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham takomillashib
boradi.   Diniy   tasavvurlardan   diniy   g‘oyalar   shakllangan.   Oqibatda   qadimgi   diniy
e’tiqod   shakllari   –   sehrgarlik,   animizm,   fetishizm,   shomonlik   va   boshqalar   kelib
chiqqan.
Diniy   ideologiya   diniy   psixologiyadan   farq   qiladi.   Zero,   u   muayyan
tushuncha   va   qarashlarning   tartibli   tizimidir.   Diniy   ideologiya   insoniyat
taraqqiyotining   nisbatan   yuqori   bosqichlarida   yuzaga   keladi.   Uni   ruhoniylar,
kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqadilar va targ‘ib qiladilar. Diniy
ideologiya   ayrim   manbalarda   teologiya   deb   yuritiladi.   Teologiyaning   asosini
odatda   diniy   ideologiyaning   muntazam   va   muayyan   tizimli   ko‘rinishi   bo‘lmish
muqaddas   kitoblar   (Tavrot,   Zabur,   Injil,   Qur’on   kabilar)   tashkil   qiladi.   Diniy
ideologiya quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
1)  dogmatika (grekcha dogmatos – fikr, ta’limot, yechim  degan ma’nolarni
anglatadi)  diniy  ta’limotning  barqaror,  kam o‘zgaruvchan qoidalari tizimi; 2)   apologetika   (grekcha   apologeomai   –   himoya   qilaman   degan   ma’noni
anglatadi) ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda tajribasiga
asoslanib himoya qilish;
3)   ilohiyot   va   axloqning   o‘zaro   aloqadorligi   (din   axloq   qoidalariga   ilohiy
mazmun beradi);
4) amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga sig‘inish
tartiblarini ishlab chiqish.
Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong bilan birga diniy marosim ham
ahamiyatga   ega.   Biz   dinni   g‘ayritabiiy   kuchlarning   mavjudligiga   ishonch   yoki
kishilarning o‘zaro munosabati va harakatlari sifatida ham baholashimiz mumkin.
Bunday munosabatlar diniy marosim deb ataladi.
Diniy   marosim   individ,   guruh   yoki   tabaqalarning   manfaatlari,   g‘oyalari   va
orzu-istaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir. Diniy g‘oyalar,
qarashlar,   his-tuyg‘ular   va   harakatlar   tizimi   diniy   ta’limotni   vujudga   keltiradi.
Dindorlar   diniy   marosim   orqali   muloqotning   boshqa   vositalari   samara
bermaydigan   vazifalarni   bajaradilar.   Unda   harakat   yoki   munosabat   muayyan   sirli
mazmunni   ifodalaydi.   Har   bir   harakat   yoki   o‘qilgan   duo   ramziy   mazmun   kasb
etadi. Inson va sig‘inish ob’ekti o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch
mustahkamlanadi. Kishi diniy marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z
ittifoqchisi va madadkoriga aylantirishga umid qiladi.
Qadimda   diniy   marosimning   keng   tarqalgan   turi   qurbonlik   bo‘lgan.
Qurbonlik   turli   (oziq-ovqatlarning   bir   qismini   ajratish,   hayvonlar   so‘yish   kabi)
usullarda  amalga oshirilgan.  Qurbonlik  negizida  boshqa  diniy marosimlar  yuzaga
kelgan.   Jumladan,   diniy   marosimning   eng   rivojlangan   shakllaridan   biri   sig‘inish
ham qurbonlik asosida shakllandi. Qurbonlik diniy marosimini bajarish jarayonida
g‘ayritabiiy kuchga sig‘inish yuzaga kelgan va keyinchalik undan ajralib chiqqan.
Sig‘inish   dindorning   so‘z   vositasida   real   yoki   uydirma   ob’ektga   ta’sir   qilishga
qaratilgan   duolari,   ramziy   xatti-harakatlari   majmuasidir.   Kishining   qanday   his-
tuyg‘ularni   ifodalashiga   qarab,   uni   olqishlovchi,   minnatdorlikni   ifodalovchi,
gunohlarning   kechirilishini   so‘rashga   yo‘naltirilgan   va   boshqa   turlarga   bo‘lish
mumkin.
Sig‘inish  turli   xatti-harakatlar, xulq-atvorlar   bilan birga moddiy  hodisalarni
ham   o‘z   ichiga   oladi.   Sig‘inishning   muhim   xususiyati   hissiy-ramziy   obrazlarda
ifodalanishidir.   Sig‘inish   tarkibiga   turli   udumlar,   an’analar,   qurbonliklar,   duolar,
o‘zini   hayot   ne’matlaridan   cheklash   (jumladan,   ro‘za   tutish)   kabilar   kiradi.
Sig‘inish   u   yoki   bu   predmetni   ilohiylashtirish   (masalan,   Ka’badagi   qora   tosh,
ayrim   daraxtlar,     muqaddas     qabrlar,     qadamjolar)     vositasida     amalga   oshiriladi.
Sig‘inishda turli tumorlar, tasbeh, diniy liboslar ham muhim o‘rin tutadi. Bularning
barchasi   birgalikda   sig‘inishga   hissiy-ramziy   obraz   tusini   beradi   va   kishining ruhiyatiga qattiq ta’sir  qiladi. Sig‘inishning alohida ahamiyati shundaki, kishi  o‘z
hayotining   ma’nosini   eng   oliy   qadriyat   –   narigi   dunyoda   erishadigan   lazzat   va
farovonlik bilan bog‘laydi, bu dunyodagi hayotining o‘tkinchi ekanligiga, o‘zining
qandaydir tashqi qudratli kuch tomonidan idora etilishiga ishonadi.
Shveysariyalik   olim   K.G.Yungning   fikricha,   diniy   ramz   (simvol)lar   inson
hayotiga   ma’no   bag‘ishlaydi.   Uning   ta’kidlashicha,   Amerikadagi   pueblo
qabilasining hindulari o‘zlarini Quyosh ota farzandlari deb hisoblashadi. Bu narsa
ularga umid bag‘ishlaydi, tasalli beradi, hayotini muayyan mazmun va ma’no bilan
to‘ldiradi 2
 .
Umid   kishiga   kuch-quvvat   bag‘ishlaydi   va   insonni   nochor   real   hayotidan
tashqari   kelajakda   kutayotgan   rohatbaxsh   daqiqalar   sari   xayolan   yetaklaydi.
G‘ayritabiiy   kuchga   ishonish   kishining   kundalik   azob-uqubatlarni   o‘tkinchi   bir
narsa   deb   qarashiga,   hatto   o‘limdan   ham   qo‘rqmasligiga   yordam   beradi.   Chunki
taqvodor kishi kelajakda farovon hayotga erishishiga ishonadi. Dinning kuchi ham
ana shunda.
Kishining   xudoga   ishonishi   bu   dunyoni   o‘tkinchi   sifatida   anglashiga
ko‘maklashadi,   narigi   dunyodagi   «hayoti»ga   umid   va   ishonch   bag‘ishlaydi.
Bunday   holatni   mustahkamlash   uchun   din   turli-tuman   ramziy   hodisalardan
foydalanadi.   Diniy   marosimlar   ongga   ta’sir   qiladi.   Bu   ta’sir   jarayonida   u   nafaqat
axloqiy-ma’naviy,   balki   estetik   vositalardan   ham   foydalanadi.   Masalan,   diniy
marosimlar   o‘tkaziladigan   joylar   –   masjid,   cherkov,   sinagogalarni   bezashga   katta
e’tibor   beriladi.   Bunday   joylarda   bo‘lgan   kishining   ruhiyatida   o‘zgarishlar   yuz
beradi.   Buni   xristianlikning   katolitsizm   yo‘nalishi   misolida   ham   ko‘rsatish
mumkin.   Cherkovning   ichki   va   tashqi   qismlari   rassomchilik,   haykaltaroshlik
asarlari   bilan   bezatiladi,   marosimlarga   tantanali   tus   beriladi,   xor   va   organ
musiqasidan foydalaniladi. Dindor cherkovdan o‘zini yengil his qilib chiqadi, diniy
bilimi kengayadi, e’tiqodi mustahkamlanadi.
Islom   dinida   ham   badiiy-hissiy   usullardan   ustalik   bilan   foydalaniladi.
Masalan,   Qur’onni   yoki   biror-bir   duoni   qiroat   bilan   o‘qish,   og‘zaki   nutq
madaniyati,   notiqlik   san’ati   usullaridan   foydalanish   yordamida   bajariladi.
Ta’kidlash   joizki,   aksariyat   din   peshvolari   va   allomalar   nutqining   ta’sirchanligi
hatto   ba’zi   mashhur   professorlarnikidan   ham   ustun   turadi.   Din   tarkibida   e’tiqod
ham muhim o‘rin egallaydi. E’tiqod – kishining muayyan hodisa, uning xossa  va
xususiyatlari   haqqoniy   ekanligiga   ishonchi.   Ishonch   e’tiqodning   asosini   tashkil
etadi. Biroq har qanday ishonch ham e’tiqodga aylanavermaydi. Garchi ishonch va
e’tiqod  bir-biriga  juda  yaqin va  o‘xshash  bo‘lsa-da,  biroq  ular   o‘rtasida  farq  ham
mavjud.   Odatda,   e’tiqod   deganda   diniy   e’tiqod   tushuniladi.   Aslida,   e’tiqod   diniy
ham,   dunyoviy   ham   bo‘lishi   mumkin.   Diniy   e’tiqod   g‘ayritabiiy   kuchlar   va
2
  Ќаранг: Юнг К. Г. Архетип и символ. – М., 1992. – С. 81. hodisalarga ishonish, sig‘inish orqali shakllanadi. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi
esa insonni o‘rab turuvchi ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarni hissiy tajriba va
ilmiy bilish asosida shakllanadi.
Diniy marosimlarni dindorlar yakka tartibda yoki jamoaga birlashib amalga
oshiradilar.   Ularning   jamoaga   birlashuvi   osonlikcha   kechmaydi.   Shu   tariqa   diniy
ijtimoiy   institutlar   shakllanadi.   Bunday   institutlarning   boshlang‘ich   bo‘g‘ini
dindorlar   guruhidir.   Dastlabki   dindorlar   guruhi   mehnat,   urug‘   jamoalari   negizida
yuzaga   kelganligi   bois   butun   urug‘   yoki   qabila   a’zolarini   birlashtirgan.   Diniy
marosimlarda   barcha   urug‘   a’zolari   ishtirok   etgan.   Diniy   tajribaning   ortib   borishi
bilan diniy marosimlarni bajarishni tashkil etuvchi va boshqaradigan mutaxassislar
–   shomonlar,   sehrgarlar   –   ajralib   chiqqan.   Ular   asta-sekin   mazkur   faoliyat   turini
o‘zlashtirib, kasbiy guruhlarga birlashganlar.
Xususiy   mulk,   sinflar   va   davlatning   paydo   bo‘lishi   bilan   dinning   ijtimoiy
vazifalari   kengayib   borgan.   Dinning   vazifalaridan   biri   hukmron   sinf   va   davlat
manfaatlariga xizmat qilish bo‘lgan. Mavjud siyosiy tizim va hukmdorning shaxsi
ilohiylashtirilgan.
Jamiyatdagi  o‘zgarishlar  diniy marosimlar va institutlarga ham ta’sir  etgan.
Diniy marosimlarning murakkab tizimlari shakllangan. Nisbatan mustaqil faoliyat
ko‘rsatadigan   kohinlar   korporatsiyasi   yuzaga   kelgan.   Diniy   korporatsiya   faoliyat
turiga ko‘ra birlashgan kishilarning tashkiloti bo‘lgan. Lekin u davlat apparatining
tarkibiy   qismi   sifatida   faoliyat   ko‘rsatgan.   Shu   davrdan   boshlab   kohinlar   alohida
tabaqaga   birlashganlar.   Davlat   tuzumi   va   hukmdorning   muqaddaslashtirilishi
kohinlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlab borgan. Kohinlar o‘z davrining
eng bilimdon vakillari sifatida davlatning siyosiy tizimi shakllanishida faol ishtirok
etganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot  va ijtimoiy institutlarning takomillashuvi  jarayonida din
davlat   siyosiy   tizimining   tarkibidan   ajralib   chiqqan   va   mustaqil   faoliyat   ko‘rsata
boshlagan.   Diniy   tashkilot   ham   davlatning   siyosiy   tizimidan   mustaqil   faoliyat
ko‘rsatuvchi tashkilotga aylangan.
Diniy   tashkilot   diniy   qarashlarga   ega   maslakdoshlarning   muayyan   birligi
bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi. U insoniyat tarixiy
taraqqiyotining   turli   bosqichlarida   xilma-xil   aks   etadi.   Diniy   tashkilotlar   kishilik
jamiyatida   keskin   sinfiy   tabaqalanish   yuzaga   kelishi,   aqliy   mehnatning   nisbiy
mustaqilligi mustahkamlanishi bilan alohida ijtimoiy mavqega ega bo‘lib boradi.
Diniy tashkilotlar masjid (cherkov), sekta (mazhab), xarizmatik
marosim va denominatsiya kabilarga bo‘linadi.
Cherkov   –   diniy   qarashlar   va   g‘oyalarni   ishlab   chiqadigan,   saqlaydigan
hamda   almashadigan,   diniy   faoliyatni   tashkil   etadigan,   dindorlarni   nazorat
qiladigan, ierarxiya tizimi asosida boshqariladigan dindorlar tashkiloti. Cherkovga taalluqlilik   mustaqil   tanlov   asosida   emas,   balki   an’ana   bilan   belgilanadi.   Unga
qabul   qilinish   uchun   dindor   maxsus   marosimdan   o‘tishi   kerak.   Cherkov,   odatda,
dindorlarning   marosimlarni   bajarishlari   yoki   xulq-atvorlarini   qat’iy   nazorat
qilmaydi.   Cherkovga   a’zolik   an’anaga   ko‘ra   belgilansa,   sekta   a’zolari   e’tiqodiga
ko‘ra birlashadilar.
Sekta   (mazhab)   –   diniy   qarashlari   va   marosimlaridagi   tafovutlariga   ko‘ra
rasmiy   cherkovdan   ajralib   chiqqan   guruh   yoki   tashkilot.   Diniy   sektalar,   odatda,
davlat hokimiyati va rasmiy cherkovga muxolafatda turadi. Shu bois sekta a’zolari
davlat   hokimiyati   va   rasmiy   din   vakillari   tomonidan   ta’qib   qilinishi   mumkin.
Sektaga a’zolik qat’iy tartibga solinadi, ularning boshqa  tashkilotlar  bilan aloqasi
cheklanadi   yoki   taqiqlanadi.   Sekta   a’zolarining   tengligi   e’tirof   etiladi.   Ular
ruhoniylar va dindorlarga bo‘linmaydi. Xarizmatik marosim tashkil etilish prinsipi
(tamoyili)ga   ko‘ra   sektaga   o‘xshaydi.   Tashkilot   o‘tkir   zakovat   (xarizma)ga   ega
shaxs atrofida maslakdoshlarining jipslashuvidan  yuzaga keladi. Unda rahbarning
shaxsi   ilohiylashtirilib,   xudo   darajasiga   ko‘tariladi.   Tashkilot   a’zolari   o‘rnatilgan
tartib-intizomga   qat’iy   amal   qiladilar.   Tashqi   aloqalari   cheklanadi   yoki   butunlay
to‘xtatiladi, rahbarga so‘zsiz itoat etiladi. 
Hozirgi   dinlarda   «denominatsiya»   (lotincha   denominatio   –   boshqa   nom
qo‘yish, nomini o‘zgartirish) degan diniy-tashkiliy hodisani ham kuzatish mumkin.
Ilmiy   adabiyotda   bu   hali   chuqur   o‘rganilmagan.   Biroq   denominatsiya   hozirgi
zamonda buddaviylik, xristianlik, islom va iudaizm kabi dinlarda katta ahamiyatga
ega.   Denominatsiya   diniy   tashkilotlarning   oraliq   yoki   vositachi   shakli   bo‘lib,
cherkov   va   mazhablar   oralig‘ida   turadi.   Uni   din   falsafasi   va   din   sotsiologiyasi
fanlari o‘rganadi.
Diniy   tashkilotlarning   yuqorida   qayd   etilgan   tartibda   tasniflanishi   shartli
ahamiyatga   ega.   Ijtimoiy   hayotda   yuz   berayotgan   murakkab   jarayonlar   ta’sirida
ularning sifati o‘zgarishi mumkin. Sektalar cherkovga aylanishi yoki yangi sektalar
yuzaga   kelishi   mumkin.   Hozirgi   davrda   jahon   dini   darajasiga   ko‘tarilgan
dinlarning   dastlab   sekta   sifatida   yuzaga   kelgani   va   uzoq   rivojlanish   bosqichidan
o‘tgani fikrimizning isbotidir.
Mamlakatimizda   diniy   tashkilotlar   O‘zbekiston   Respublikasining   «Vijdon
erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida»gi   1998   yil   1   may   (yangi   tahrirdagi)
qonuni asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qonun 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan
variantidan farq qilib, diniy tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan mukammalroq
kafolatlaydi.   Dinlar   tarkibida,   diniy   tashkilotlardan   tashqari,   turli   mazhablar   ham
muhim   o‘rin   tutadi.   Mazhab   muayyan   diniy   mafkuraning   xususiy   ko‘rinishi,
ortodoksal, ya’ni fundamental diniy ideologiyadan qisman farq qiluvchi yoki unga
muxolafatda   bo‘lgan   diniy   maslakdoshlar   birlashmasidir.   Masalan,   xristianlikda
baptistlar,   yevangelistlar,   kalvinistlar,   lyuteranlar,   murmonlar   va   boshqa   diniy sektalar   mavjud.   Ular   rasmiy   xristian   dinining   ayrim   g‘oyalaridan   farq   qiluvchi
diniy tasavvurlarni targ‘ib qiladilar.
Islom dinida ham shunga o‘xshash ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druz va boshqa
diniy   mazhablar   mavjud.   Shuni   alohida   qayd   etish   joizki,   mazhablar   nafaqat   sof
diniy, balki ko‘pincha siyosiy va huquqiy asosga ham ega bo‘ladi. Ular ko‘pincha
o‘zlarining   siyosiy   va   huquqiy   manfaatlarini   diniy   niqobda   ifoda   etadilar.
Jamiyatdagi   muayyan   tabaqaning   hukmron   siyosiy   tartibdan   ijtimoiy   noroziligini
ochiq   ifoda   eta   olishi   uchun   yetarli   shart-sharoitlarning   mavjud   emasligi   ham
bunga   sabab   bo‘ladi.   Jamiyatdagi   ijtimoiy   adolatsizlik,   davlatning
byurokratlashuvi fuqarolarda norozilikni shakllantirishi mumkin. Sektalar esa buni
diniy   qiyofada   yoki   din   vositasida   ham   ifoda   etishga   harakat   qiladilar.   Bunday
urinishlar   rivojlana   borib,   ochiqdan-ochiq   siyosiy   tus   olishi,   diniy   davlat   qurish
da’vosini   yuzaga   keltirishi   mumkin.   Buning   oldini   olishning   yagona   yo‘li
dunyoviy   qadriyatlarning   ustuvorligiga   erishish,   qonuniylikni   mustahkamlash,
inson huquqlari va erkinliklarining ro‘yobga chiqishi uchun real sharoit yaratishdir.
Din o‘z mavqei va inson hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy hayotning muhim
qismi   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   u   inson   va  jamiyat   hayotida  muhim   o‘rin
tutadi   va   ahamiyatiga   ko‘ra   turli   vazifalarni   bajaradi.   Odatda,   din   dunyoqarash,
regulyativ,   integrativ,   kompensatorlik,   legitim   (qonuniy)   va   shu   kabi   boshqa
vazifalarni bajaradi.
  Yodda   tuting.   Dinning   vazifalari   deganda   uning   alohida   shaxsga   va
jamiyatga   ta’sir   qilish   yo‘li   va   tabiati   nazarda   tutiladi.   Bunda   har   bir   din   unga
e’ tiq o d   qiluvchi   muayyan   bir   sha x sga   u   yoki   bu   jam o aga   va   umuman   jamiyatga
nima   b e radi ?   Insonlar   hayotiga   qanday   ta’sir   ko‘rsatadi?   Shunga   o‘xshash
masalalar o‘rganiladi.
Dinning   jamiyatda   bajaradigan   ijtimoiy,   ma’naviy,   ruhiy   vazifalari
quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan,   har   qanday   din   o‘z   e’tiqod   qiluvchilari   uchun   to‘ldiruvchilik ,
tasalli beruvchilik   -   kompensatorlik   vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy
ehtiyoj hosil  bo‘lishi  hodisasini  olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat  va
jamiyat   bilan   bo‘lgan   munosabatlari   jarayonida   hayotiy   maqsadlariga   erishishi
ilojsiz   bo‘lib   ko‘ringanida,   unda   qandaydir   ma’naviy-ruhiy   ehtiyojga   zaruriyat
sezgan.   Ana   shunday   ehtiyoj   diniy   ehtiyoj   edi.   Din   bu   o‘rinda   ma’naviy-ruhiy
ehtiyojni   qondiruvchi,   tasalli   beruvchilik   vazifasini   bajargan   va   hali   ham
bajarmoqda. 
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda
orzu-havaslardan,   rohat-farog‘atdan   voz   kechgan   inson   nirvana
holatiga erishgach, abadiy rohatda bo‘lishini ta’kidlaydi.  Shuningdek,   xristianlikda   har   bir   xristian   Iso   Masihning
qaytishiga   umid   qilgan   holda   hayotning   turli   muammolarini   engib,
sabr-bardosh   bilan   hayot   kechiradilar.   Chunki   xristianlik   Iso   Masih
qaytib kelgach  barcha  izdoshlarini saodatli  hayotga  etkazishi haqidagi
ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek,   islom   dinida   ham   har   bir   musulmon   bu   dunyoda   erishmagan
moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-
havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan,   muayyan   din   o‘z   ta’limot   tizimini   vujudga   keltirgach,   o‘ziga
e’tiqod   qiluvchilar   jamoasini   shu   ta’limot   doirasida   saqlashga   harakat   qilgan   va
hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning  birlashtiruvchilik - integratorlik
vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning
o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida
din  xalqlarning  ijtimoiy  hayotiga,   axloqiy   munosabatlariga,  shuningdek   adabiyoti
va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Masalan,   yahudiylikda   mazkur   din   vakillarini   bir   mafkura   atrofida   saqlab
turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo -
Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda   ham   e’tiqod   qiluvchilarni   bu   dinga   yanada   ko‘proq   jalb   etish
uchun   diniy   memoriy,   tasviriy,   musiqa   san’ati   turlaridan   unumli   foydalaniladi.
Xristianlikda maxsus  ikona  chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan,   har   bir   din   o‘z   qavmlari   turmushini   tartibga   solib,   nazorat
qiluvchilik  -  regulyatorlik   vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim
va   bayramlarining   qavmlari   tomonidan   o‘z   vaqtida,   qat’iy   tartibga   amal   qilgan
holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini
jome masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (‘iyd al-
fitr)   va   q urbon   (‘iyd   al-adho)   hayitlarining   nishonlanishi   musulmonlarning   hayot
tarzini tartibga solib turadi.
To‘rtinchidan,   din   aloqa   bog‘lashlik,   birlashtiruvchilik   -   integratorlik
vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan
shaxsning   o‘zaro   aloqadorlikda   bo‘lishini   ta’minlashga   intiladi.   Bunda   u   yoki   bu
dinga   e’tiqod   qiluvchi   kishilarning   o‘z   dinidagi   boshqa   kishilar   bilan   aloqador
ekanligi,   o‘zaro   huquq   va   burchlarining   borligi,   urf-odat   va   ibodatlarni   jamoa
bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan,   dinning   integratorlik   vazifasi   bilan   legitimlovchilik-
qonunlashtiruvchilik   vazifasi   chambarchas   bog‘liq.   Dinning   bu   funksiyasining
nazariy   as o sini   yirik   am e rikalik   s o si o l o g   T . Pars o ns   ishlab   chiqdi .  Uning  fikricha, « har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning
uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din
bunday   normalarni   qonunlashtiribgina   qolmay,   ularga   bo‘lgan   munosabatni   ham
belgilaydi » .
Oltinchidan,   din   vazifalarining   falsafiy,   nazariy   jihatlari   ham   mavjud.   Bu
vazifa   insonga   yashashdan   maqsad,   hayot   mazmunini,   dorulfano   va   dorulbaqo
dunyo masalalariga o‘z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
4. Dinlar tasnifi .  
Dinlar,   ta’limotiga   ko‘ra,   monoteistik   va   politeistik   dinlarga   bo‘linadi.
Monoteistik–yakkaxudolik   dinlariga   islom,   yahudiylik,   xristianlik   dinlari;
Politeistik–ko‘pxudolik   dinlariga   esa   hinduiylik,   brahmanlik,   konfutsiylik,
daosizm, sintoiylik, buddaviylik kabi dinlar kiradi.
Dinlar   unga   e’tiqod   qiluvchilarning   soni,   miqyosi,   o‘zining   ma’lum   millat
yoki   xalqqa   xosligi   yoxud   millat   tanlamasligiga   ko‘ra   turli   guruhlarga   bo‘linadi.
Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk
bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif
ma’lum   bir   jihatga   e’tibor   berib,   boshqa   qirralarni   qamrab   ololmaydi.   Hozirgi
kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
- tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
- etnik jihatga ko‘ra;
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
I   .    Tari    x   iy    -   g   eo    grafik        tasnif    .   
1)  O‘rta  ye r   d e ngizi   havzasi   dinlari :
a )  gr e k ;
b )  Rim ;
v ) e llinistik .
2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a )  Misr ;
b )  Shum e r ;
v )  Akkad ;
g )  g‘arbiy - s o miy ;
d )  isl o mgacha   arablar   dinlari .
3) Yaqin va O‘rta Sharqning payg‘ambarli dinlari:
a )  zardushtiylik ;
b )  yahudiylik ;
v ) x ristianlik ;
g )  mani xe izm ; d )  isl o m .
4)  Hindist o n   dinlari :
a )  v e dalar   dinlari ;
b )  hinduizm ;
v )  hind   buddizmi  ( t e ravada ,  ma x ayana );
g )  jaynizm .
5)  Sharqiy   va   Janubi - Sharqiy  O siyo   dinlari :
a )  Shri - Lanka ,  Tib e t ,  Janubi - Sharqiy  O siyo   havzasi   buddizmi ;
b ) X it o y   dinlari  ( da o sizm ,  k o nfusiychilik ,  buddizm   maktablari );
v) K o r e ya va Yap o niya dinlari.
6) Am e rika hindulari dinlari:
a) t o lt e k va ast e klar dinlari;
b) inklar dinlari;
v) mayyalar dinlari.
II . Etnik tasnif.
1. Urug‘-qabila dinlari  - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z
urug‘idan   chiqqan   sehrgar,   shomon   yoki   qabila   boshliqlariga   sig‘inuvchi   dinlar.
Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya,
Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2. Millat dinlari  - ma’lum millatga  xo s bo‘lib, b o shqa millat vakillari o‘ziga
qabul   qilmaydigan   dinlar.   Ularga   yahudiylik   (yahudiy   millatiga   xos),   hinduiylik
(hindlarga   xos),   Konfusiychilik   (xitoy   millatiga   xos),   sintoizm   (yaponlarga   xos)
kiradi;
3.   Jahon   dinlari   -   dunyoda   eng   ko‘p   tarqalgan,   kishilarning   millati   va
irqidan   qat’inazar   unga   e’tiqod   qilishlari   mumkin   bo‘lgan   dinlar.   Unga
buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
4.   Bundan   tashqari   dinlar   ta’limotiga   ko‘ra   monoteistik   -   yakkaxudolik
(yahudiylik,   islom)   va   politeistik   -   ko‘pxudolik   (hinduiylik,   konfusiychilik)
dinlariga bo‘linadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI . Reja: 1. Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. 2. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. 3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o‘rnatish va h.k. 4. Dinlar tasnifi.

1. Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so‘zi bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq kabi ma’nolarni bildiradi. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” va “den” kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O‘zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.

Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar. Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin. Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni “me’roji” (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi “sirli marosimlar”da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar. Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot – bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm– rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda – masjid, madrasa, xristianlikda – cherkov, seminariya, yahudiylikda – sinagoga va hokazo. E ng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoharashda dinni g‘oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo‘nalishi shakllangan. Din - insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismi. O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilganligi sababli din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq- oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib

maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o‘z shaxsiy pozitsiyasini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, ob’ektiv-ilmiy informatsiya zarur. Bunday informatsiya ensiklopedik xarakterda bo‘lmog‘i, birovning g‘arazli sharqisiz original matnlar shaklida bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo‘lmagan avtorlar tomonidan yoziladigan asarlar hozirgi zamon informatsiya erkinligi va uning yetib kelishi oson bo‘lgan sharoitlarda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida mazkur mualliflarning obro‘sizlanishiga olib keladi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra din ilohiy kuchlarga, xudoga, payg‘ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, butun yaxshi-yomonlik yaratganning irodasi bilan bo‘lishiga ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir. Yodda tuting: Din - tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tash q arida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, q arash, ta’limot dir . Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy- axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va eng go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyatva ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog‘liq sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni

to‘g‘ri va sog‘lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi qator jamg‘armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Mazkur tuzilmalar oldida turgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anaviy bo‘lib kelgan asl diniy qadriyatlarimizning to‘g‘ri idrok etilishiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat. Diniy omil bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatayotgan bu kabi tashkilotlar diniy bilimlarni dunyoviy ma’rifat ko‘zgusi orqali tahlil qilishi va tushuntirishi lozim. Mustahkamlanib borayotgan milliy o‘zlikni anglashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to‘g‘ri va sog‘lom idrok etilishiga qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri – diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, diniy e’tiqod – siyosiy “o‘yinlar” maydoni emasligi, bu kabi “o‘yinlar”ning jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir. Ushbu ishdan ko‘zlangan pirovard natija – xalqimiz uchun qadimdan an’anaviy bo‘lib kelayotgan diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali, diniy qadriyatlarning haqiqiy o‘rnini to‘g‘ri idrok etish, diniy vaziyatning sog‘lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat bo‘lgani uchun ham u quruq tashviqot bo‘lib qolmasligi kerak. Diniy qadriyatlarning sog‘lom va to‘g‘ri idrok etilishiga qaratilgan faoliyat ko‘hna va ser-qirra tariximiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan ibratli ma’naviy merosga asoslanishi lozim. Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy yoyangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berganligiga to‘xtaladi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. O‘z navbatida, “dunyoviylik” tamoyilini to‘g‘ri anglash, jamiyat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlash lozim bo‘ladi. Zero, dinning jamiyatda o‘ziga xos o‘rni mavjud. Bu haqda O‘zbekicton Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlarni keltirish muhimdir: “Dunyoviy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topish oson bo‘lmaydi. Shu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug‘lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib