logo

MOLIYA TIZIMI VA UNING BO’G’INLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.6005859375 KB
MOLIY A  TIZIMI VA UNING BO ’ G ’ INLARI
Reja:
1. Moliya tizimi
2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari. 1. Moliya tizimi
Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga
olib,   har   qaysi   sohalar   pul   mablag’lari   fondlarini   shakllantirish   va   ulardan
foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. 
Moliya   tizimi   bir   tomondan   moliya   munosabatlarining   yig’indisi
sifatida,   ikkinchi   tomondan   moliya   organlarining   yig’indisi   sifatida   olib
qaraladi.   Moliyaning   mohiyatidan   kelib   chiqib,   moliya   tizimini   o’rganishda
uni moliya munosabatlari yig’indisi sifatida yondashish maqsadga muvofiq.
Moliyaviy   munosabatlar   o’z   xususiyatiga   ko’ra   taqsimlovchi
hisoblanadilar,   shu   bilan   birga   qiymatni   taqsimlash,   avvalo,   subyektlar
bo’yicha   amalga   oshiriladi.   Subyektlar   ijtimoiy   ishlab   chiqarishdagi
ahamiyatidan   kelib   chiqib,   maqsadli   pul   fondlarini   shakllantiradilar.   Aynan
subyektning   ijtimoiy   ishlab   chiqarishdagi   roli   moliyaviy   munosabatlarni
turkumlashning   birlamchi   obyektiv   belgisi   hisoblanadi.   Bunga   asosan
moliyaviy   munosabatlarning   yig’indisida   uchta   yirik   sohalar   ajratilishi
mumkin:   korxonalar,   tashkilotlar   va   muassasalar   moliyasi;   sug ’ urta;
davlat moliyasi. 
Har   bir   sanab   o’tilgan   soha   ichida   bo’g’inlar   ajraladi,   shu   bilan   birga
moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul
fondlarini tarkibi va yo’nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatuvchi xarakteridan
kelib   chiqib   amalga   oshiriladi.   Mazkur   belgi   korxonalar,   tashkilotlar   va
muassasalar moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar
moliyasi, notijorat faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar
moliyasi,   jamoat   birlashmalari   moliyasi   kabi   bo’g’inlarni   hosil   qilish
imkoniyatini   beradi.   Sug’urta   sohasida,   subyekt   faoliyatining   xarakteri
sug’urta   obyektining   xususiyatini   belgilab   beruvchi,   bo’g’inlar   sifatida ijtimoiy   sug’urta,   shaxsiy   sug’urta,   mulkiy   sug’urta,   javobgarlik   sug’urtasi,
tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi hisoblandi. Davlat moliyasi sohasida
– davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti hisoblanadi. 
Moliya munosabatlarining soha va bo’g’inlari o’zaro uzviy bog’langan
bo’lib,   ularning   yig’indisi   moliya   tizimini   tashkil   qiladi.   Moliya   tizimi
moliya organlari va muassasalari yig’indisi sifatida ham ishlatiladi. 
Moliya   tizimining   barcha   bo’g’inlari   o’z   navbatida   ichki   moliyaviy
munosabatlar   tarkibidan   kelib   chiqib   quyi   bo’g’inlarga   bo’linadi.   Demak,
tijorat   asosida   faoliyat   ko’rsatuvchi   korxonalar   moliyasi   tarkibida,   tarmoq
yo’nalishidan   kelib   chiqib,   sanoat   korxonalari   moliyasi,   qishloq   xo’jaligi
korxonalari   moliyasi,   savdo   korxonalari   moliyasi,   transport   korxonalari
moliyasi   va   boshqa   mulkchilik   shaklidan   kelib   chiqib,   davlat   korxonalari
moliyasi,   shirkat   korxonalari   moliyasi,   aksionerlik   jamiyatlari   moliyasi,
xususiy   korxonalar   va   boshqalar   moliyalariga   bo’linishi   mumkin.   Tijorat
asosida   faoliyat   yurituvchi   korxonalarning   tarmoq   va   iqtisodiy   xususiyatlari
ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishga, maqsadli pul fondlarini
tarkibiga,   ularni   shakllantirish   va   ishlatish   tartiblariga   o’zining   sezilarni
ta’sirini ko’rsatadi. 
Sug’urta munosabatlari sohasida sug’urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi
bo’g’inlar sug’urta turlari bo’yicha bo’linadi. 
Davlat   moliyasi   tarkibida   ichki   bo’g’in   moliyaviy   munosabatlarini
guruhlanishi   davlat   boshqaruvi   darajasidan   kelib   chiqib   amalga   oshiriladi
(respublika, mahalliy).
Moliya   tizimini   alohida   bo’g’inlarga   ajratish   har   bir   bo’g’inning
vazifalaridagi   farqlanishga   hamda   markazlashgan   va   markazlashmagan   pul
fondlarini   shakllantirish   va   ishlatish   usullaridagi   farqlanishga   asoslanadi.
Umumdavlat markazlashgan pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan   milliy   daromadni   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   yo’li   bilan
tuziladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli
uning   ixtiyorida   moliyaviy   resurslarning   katta   qismini   markazlashtirish
zaruriyatiga   olib   keladi.   Ularni   ishlatish   shakllari   davlat   byudjeti   va
byudjetdan   tashqari   fondlar   orqali   namoyon   bo’ladi.   Bular   hisobidan
davlatning   iqtisodiy,   siyosiy   va   ijtimoiy   vazifalarini   hal   etish   ehtiyoji
ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari hamda usullari
moliya   tizimining   kredit   va   sug’urta   bo’g’inlari   orqali   qo’llaniladi.
Markazlashmagan   pul   fondlari   korxonalarni   o’zlarining   pul   daromadlari   va
jamg’armalari hisobidan tashkil topadi. 
1-rasm.  Moliya tizimining tuzilishi
Yagona   moliya   tizimining   asosi   korxonalar   moliyasi   hisoblanadi,
chunki   ular   moddiy   ishlab   chiqarish   jarayonida   bevosita   ishtirok   etadilar.
Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida
yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi.  Moliya tizimi
Korxona va tashkilotlar 
moliyasi Davlat moliyasiSug’urtaTijorat tashkilotlar 	
moliyasi	
Notijorat tashkilotlar 	
moliyasi	
Jamoat birlashmalar 	
moliyasi	
Ijtimoiy sugurta 	
Shaxsiy sugurta	
Mulkiy sugurta	
Javobgarlik sugurtasi	
Tadbirkorlik sugurtasi 	
суғуртаси	
Davlat byudjeti	
Byudjetdan tashqari 	
fondlar	
Davlat krediti Umumdavlat   moliyasi   xalq   xo’jaligining   barcha   tarmoqlari
rivojlanishining   ma’lum   sur’atlarini   ta’minlashda,   moliyaviy   resurslarni
iqtisodiyot   tarmoqlari   va   mamlakat   hududlari   o’rtasida,   ishlab   chiqarish   va
noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida
guruh   va   qatlamlari   o’rtasida   qayta   taqsimlashda   yetakchi   rol   o’ynaydi.
Moliyaviy   resurslardan   samarali   foydalanish   davlatning   faol   moliyaviy
siyosati asosidagina mumkin bo’ladi. 
Moliya   tizimi   orqali   davlat   markazlashgan   va   markazlashmagan   pul
fondlarini,   jamg’arish   va   iste’mol   fondlarini   soliqlar,   davlat   byudjeti
xarajatlari, davlat kreditini qo’llash bilan shakllantirishga ta’sir o’tkazadi. 
Davlat  byudjeti  davlat  moliya  tizimining  bosh  bo’g’ini   hisoblanadi.  U
davlat   boshqaruv   organlari   funksiyalarini   ta’minlash   uchun   markazlashgan
pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari
Moliya   tizimi   sifatida   «moliyaviy   munosabatlarning   tashkil   qilish
shakli»   yoki   «moliyaviy   munosabatlarning   tashkiliy   tuzilmalari
majmuasi»   sifatida   k o’ rib   o’ tish   mumkin.   Masalan,   Taniqli   amerikalik
mutaxassis   J.Van   Xorn   moliya   tizimiga   -   davlat,   firmalar   va   fuqarolarga
turli   xil   xizmatlar   k o’ rsatuvchi   moliyaviy   muassasalar   va   bozorlarning
majmuasi   –   degan   ta’rifni   beradi.     L.Drobozinaning   fikricha   «Moliya
tizimi   -   pul   mablag’lari   fondini   tashkil   qilish   va   foydalanish   jarayonidagi
moliyaviy   munosabatlarning   turli   so h alarini   majmuasidan   iborat»-degan
ta’rifni   beradi.   G.Polyakning   fikricha   moliya   tizimi   -   davlat,   x o’ jalik
subyektlari va uy x o’ jaliklarining pul mablag’lari fondini turli xil usullari
va   shakllarda   taqsimlash   jarayonidagi   turli   moliyaviy   munosabatlar
majmuasi-deb   talqin   qilinadi.   Taniqli   iqtisodchi   V.Kovaleva   esa   moliya tizimiga ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining subyektlari   o’ rtasida
jami   ijtimoiy   ma h sulotni   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   b o’ yicha   pul
munosabatlarni tashkil qilish shakli sifatida qarash lozimligini ta’kidlaydi.
Yuqoridagi   moliya   tizimi   b o’ yicha   keltirilgan   ta’riflarda   mantiiqiy
ya h litlik   mavjud   b o’ lib,   ijtimoiy   ma h sulot   qiymatini   taqsimlanish
jarayonida   h osil   b o’ ladigan   pul   mablag’lari   fond lar ini   shakllantirish   va
u lar dan   foydalanish   jarayoni   moliya   tizimining   markaziy   mazmunini
tashkil qilish i  ta’kidlanadi. 
Demak,   moliya tizimi   – moliyaviy   munosabatlarning turli sohalarini
o’z   ichiga   olib,  har  qaysi  sohalar   pul   mablag’lari   fondlarini   shakllantirish
va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi .
Iqtisodiy subyektlarning daromadlarini shakllanish usullariga bog’liq
ravishda   moliya   tizimini   markazlashtirilgan   moliya   (umumdavlat
moliyasi)   va   markazlashtirilmagan   moliya   (xo’jalik   subyektlari   va   uy
xo’jaliklari moliyasi) kabi asosiy turlarga ajratish mumkin. 
Moliya tizimi pul munosabatlari tizimini tashkil qilish shakli sifatida
moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishni ta’minlovchi 3 asosiy
o’zaro   bog’liq   tizimlarga   bo’linadi:   Davlat   va   mahalliy   boshqaruv
organlarining   moliyasi,   turli   mulkchilik   va   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi
xo’jalik subyektlari moliyasi, uy xo’jaliklari moliyasi(xonadon moliyasi). 
Yahlit moliya tizimini tashkil qiluvchi mazkur tizimlar ham iqtisodiy
subyektlarning   aniq   pul   mablag’lari   fondini   tashkil   qilinishiga   qarab   o’z
navbatida alohida bo’g’inlarga ajratiladi.
  Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MOLIY A TIZIMI VA UNING BO ’ G ’ INLARI Reja: 1. Moliya tizimi 2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari.

1. Moliya tizimi Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimi bir tomondan moliya munosabatlarining yig’indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining yig’indisi sifatida olib qaraladi. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o’rganishda uni moliya munosabatlari yig’indisi sifatida yondashish maqsadga muvofiq. Moliyaviy munosabatlar o’z xususiyatiga ko’ra taqsimlovchi hisoblanadilar, shu bilan birga qiymatni taqsimlash, avvalo, subyektlar bo’yicha amalga oshiriladi. Subyektlar ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, maqsadli pul fondlarini shakllantiradilar. Aynan subyektning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli moliyaviy munosabatlarni turkumlashning birlamchi obyektiv belgisi hisoblanadi. Bunga asosan moliyaviy munosabatlarning yig’indisida uchta yirik sohalar ajratilishi mumkin: korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi; sug ’ urta; davlat moliyasi. Har bir sanab o’tilgan soha ichida bo’g’inlar ajraladi, shu bilan birga moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul fondlarini tarkibi va yo’nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatuvchi xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Mazkur belgi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar moliyasi, notijorat faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi, jamoat birlashmalari moliyasi kabi bo’g’inlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Sug’urta sohasida, subyekt faoliyatining xarakteri sug’urta obyektining xususiyatini belgilab beruvchi, bo’g’inlar sifatida

ijtimoiy sug’urta, shaxsiy sug’urta, mulkiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi hisoblandi. Davlat moliyasi sohasida – davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti hisoblanadi. Moliya munosabatlarining soha va bo’g’inlari o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, ularning yig’indisi moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi moliya organlari va muassasalari yig’indisi sifatida ham ishlatiladi. Moliya tizimining barcha bo’g’inlari o’z navbatida ichki moliyaviy munosabatlar tarkibidan kelib chiqib quyi bo’g’inlarga bo’linadi. Demak, tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar moliyasi tarkibida, tarmoq yo’nalishidan kelib chiqib, sanoat korxonalari moliyasi, qishloq xo’jaligi korxonalari moliyasi, savdo korxonalari moliyasi, transport korxonalari moliyasi va boshqa mulkchilik shaklidan kelib chiqib, davlat korxonalari moliyasi, shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik jamiyatlari moliyasi, xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga bo’linishi mumkin. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va ishlatish tartiblariga o’zining sezilarni ta’sirini ko’rsatadi. Sug’urta munosabatlari sohasida sug’urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi bo’g’inlar sug’urta turlari bo’yicha bo’linadi. Davlat moliyasi tarkibida ichki bo’g’in moliyaviy munosabatlarini guruhlanishi davlat boshqaruvi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (respublika, mahalliy). Moliya tizimini alohida bo’g’inlarga ajratish har bir bo’g’inning vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi. Umumdavlat markazlashgan pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida

yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan tuziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli uning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish shakllari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar orqali namoyon bo’ladi. Bular hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari hamda usullari moliya tizimining kredit va sug’urta bo’g’inlari orqali qo’llaniladi. Markazlashmagan pul fondlari korxonalarni o’zlarining pul daromadlari va jamg’armalari hisobidan tashkil topadi. 1-rasm. Moliya tizimining tuzilishi Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi. Moliya tizimi Korxona va tashkilotlar moliyasi Davlat moliyasiSug’urtaTijorat tashkilotlar moliyasi Notijorat tashkilotlar moliyasi Jamoat birlashmalar moliyasi Ijtimoiy sugurta Shaxsiy sugurta Mulkiy sugurta Javobgarlik sugurtasi Tadbirkorlik sugurtasi суғуртаси Davlat byudjeti Byudjetdan tashqari fondlar Davlat krediti

Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o’ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin bo’ladi. Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat kreditini qo’llash bilan shakllantirishga ta’sir o’tkazadi. Davlat byudjeti davlat moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir. 2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli» yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida k o’ rib o’ tish mumkin. Masalan, Taniqli amerikalik mutaxassis J.Van Xorn moliya tizimiga - davlat, firmalar va fuqarolarga turli xil xizmatlar k o’ rsatuvchi moliyaviy muassasalar va bozorlarning majmuasi – degan ta’rifni beradi. L.Drobozinaning fikricha «Moliya tizimi - pul mablag’lari fondini tashkil qilish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarning turli so h alarini majmuasidan iborat»-degan ta’rifni beradi. G.Polyakning fikricha moliya tizimi - davlat, x o’ jalik subyektlari va uy x o’ jaliklarining pul mablag’lari fondini turli xil usullari va shakllarda taqsimlash jarayonidagi turli moliyaviy munosabatlar majmuasi-deb talqin qilinadi. Taniqli iqtisodchi V.Kovaleva esa moliya