logo

UY XO’JALIKLARI MOLIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.5927734375 KB
UY XO ’ JALIKLARI MOLIYASI
Reja:
1.   Moliya   munosabatlarining   umumiy   tizimida   uy   xo ’ jaliklari
moliyasi va uning ta ’ rifi.
2.  Uy xo ’ jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o ’ rni
va uning moliyaviy axamiyati.  1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo ’ jaliklari
moliyasi va uning ta ’ rifi
Uy-xo’jaliklari   moliyasi   har   bir   davlat   moliya   tizimining   ajralmas
tarkibiy   qismi   (elementi)   hisoblanadi.   Bozor   munosabatlari   tizimida   uy
xo’jaliklarining   moliyaviy   ahamiyati   uning   iqtisodiy   jihatdan   nimaga
mo’ljallanganligi   bilan   belgilanadi.   Bir   tomondan,     uy   xo’jaliklari   ishlab
chiqarish   omillarining   (mehnat,   yer,   kapital,   tadbirkorlik   qobiliyati   va
boshqalarning)   xususiy  egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining
daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir
tomondan   esa,   uy   xo’jaliklari   iqtisodiyotda   tovarlar   va   xizmatlarni   iste’mol
qiluvchilar   sifatida   maydonga   chiqadi   va   demak,   bozor   talabini   belgilab
(aniqlab)   beradi.   Bir   vaqtning   o’zida,     uy   xo’jaliklari     jamiyat   yalpi
daromadining bir qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish
orqali   moliyaviy   rezervlarni   yaratishda   ishtirok   etadi,   soliq   to’lovlari   orqali
esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta
(muhim) rol o’ynaydi.
Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan  milliy statistikada aholidan (kishilar
to’plamidan)   iborat   bo’lgan   institusional   birlikni   ifodalash   uchun
foydalanmoq   kerak.   Shuning   uchun   ham   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti
(BMT)   tomonidan   tavsiya   etilgan   Milliy   hisoblar   tizimining   (MHT)
zamonaviy  halqaro  andozasi  (standarti)  uy  xo’jaligini    yagona  (bir)  yashash
maydonchasida   (maydonida)   birgalikda   yashayotgan,   umumiy   fondga
o’zlarining   daromadlari   va   boyliklarini   to’liq   yoki   qisman   o’tkazayotgan
(berayotgan)   va   ayrim   tovarlar   hamda   xizmatlarni,   eng   asosan   uy-joy   va
iste’mol   mahsulotlarini   umumiy   tarzda   (birgalikda)   iste’mol   qilayotgan
kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi) 1
.
1
Bu   to’g’rida   batafsil   qarang:   Ф инансово-кредитный   энциклопедический   словарь   /   Под     общ.   Ред.
А.Г.Грязновой. – М.: 2002. С. 299.  Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining
“xonadon”   yoki   “oila”   atamalari   bilan   almashtirilishiga   yo’l   qo’yilmoqda.
Shunga   mos   ravishda   “uy   xo’jaligi   moliyasi”   iborasining   o’rniga   “xonadon
moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar
shaklida   ishlatilmoqda.   Shu   munosabat   bilan   “oila”   yoki   “xonadon”ni   “uy
xo’jaligi”dan   ajratmoq   (farqlamoq)   lozim.   Eng   avvalo,   “uy   xo’jaligi”
aniqlilik   darajasining   “oila”ga   nisbatan     kamroq   darajada   cheklangan
xarakterga   ega   ekanligini   qayd   etib   o’tmoq   lozim.   Masalan,   o’zlarining
o’g’illariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
xo’jaligining   a’zolari   bo’lsalar-da,   uning   oilasi   bo’la   olmaydi.   Xuddi
shuningdek,   bir   xonani   ijaraga   olgan   talaba   uy-joy   egasining   uy   xo’jaligi
tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha
aytganda,   uy   xo’jaligi   qarindosh   bo’lmaganlarni   ham   o’z   ichiga   olishi   yoki
bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilarni   inobatga   olgan   holda     ta’kidlash   joizki,     uy
xo’jaligining   iqtisodiy   jihatdan   aniqliligini     (aniqlanishini)   belgilashda
oilaviy   aloqalar   asosiy   omil   bo’la   olmaydi.   Buning   ustiga,   uy   xo’jaligining
miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar,
eng   avvalo,   shu   bilan   belgilanadiki,   birgalikda   yashayotgan   va   umumiy
xo’jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o’zida,
o’zining   iste’molini   mustaqil   ravishda   ta’minlayotgan   yagona   bir   shaxs
(kishi) ham   uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik
yuritishning   mustaqil   iqtisodiy   va     moliyaviy   birligi   sifatida   ajratilishi
quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:
 birgalikda (bir joyda) yashash;
 umumiy byudjetning mavjudligi;
 iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy   xo’jaliklari   moliyasi   moliya   tizimining   muhim   elementi
hisoblanadi.   Iqtisodiy   kategoriya   sifatida   u   uy   xo’jaliklarida   iste’mol
maqsadlari   va   jamg’arish   uchun   pul   mablag’lari   fondlarini   shakllantirish,
ularni   taqsimlash   va   foydalanishga   tegishli   (oid)   bo’lgan   iqtisodiy
munosabatlar   majmuidan   iboratdir.   Ana   shuni   e’tiborga   olgan   holda   uy
xo’jaliklari   moliyasiga   quyidagicha   ta’rif   berish   mumkin.   Uy   xo’jaliklarida
iste’mol   maqsadlari   va   jamg’arish   uchun   pul   mablag’lari   fondlarini
shakllantirish,   ularni   taqsimlash   va   foydalanishga   tegishli   (oid)   bo’lgan
iqtisodiy   (moliyaviy)   munosabatlar   majmuiga   uy   xo’jaliklari   moliyasi
deyiladi  .
2. Uy xo ’ jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o ’ rni
va uning moliyaviy ahamiyati
Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila – bu uy joy
sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda iste’mol etish pul
daromadlari va moddiy mablag’larni birlashtirgan kishilar guruhi tushiniladi.
Oila   evalyutsion   tarzda   rivojlanadi,   uning   tarkibi   o’zgaradi,   undagi
qadriyatlar   yangilanadi,   urf   odatlar,   uning   funksiyalarida   ham   siljishlar   yuz
berishi   namoyon   bo’ladi.   Baribir,   oila   iste’molni   yakunlovchi   vazifasini
bajaraveradi.   Binobarin,   oila   o’tkinchi   emas,   u   doimiy,   biroq   evalyutsion
shaklda   rivojlanish   salohiyatiga   ega.   Oila   xo’jaligining   iqtisodiyot   sektorida
muhim   o’rin   tutishi,   uning   davlat   bilan   aralashivi,   bu   esa   hozirgi   kunda
davlatning   qay   darajada   rivojlangan   yoki   rivojlanmaganligini   oilalarning
iqtisodiy   ahvolidan   bilib   olish   qiyin   emas.   Shuning   uchun   oilani   o’rganish,
oilani   boshqarish,   oila   xo’jaligi   rejalarini   tuzish,   oilani   iqtisodiy   ahvolining
yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko’rsatadi. Oila   moliyasi   –   bu   bizga   maosh   yoki   daromadning   boshqa   manbalari
(meros, renta daromadi, lotareya yutug’i investisiya daromadi) va biz xarajat
qiladigan va xarajat qilmaydigan, investisiya qiladigan ko’rinishda keladigan
puldir.
Iqtisodiyotning   ijtimoiyligi   birinchi   navbatda   oilada   ifoda   etilganligi
sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko’p bo’lsa shunchalik u to’q va
faravon   yashaydi.   Xalqi   faravon   yashaydigan   mamlakatgina   gullab   –
yashnashi,   xalqi   nochor   mamlakat   esa   xarob   bo’lishi   tarixiy   ma’lumotlarda
aniq   ko’rinib   turadi.   Barcha   ijtimoiy   muammolar   oilalarda   jamlanadi,
yig’iladi va ularni hal etishda oila moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning
moliyaviy   salohiyatining   qanchalik   kuchli   yoki   kuchsizligi   aytilgan
muammolarning shu yerning o’zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o’z
aksini topadi.
Oila   moliyasini   o’rganish,   uni   tatqiq   etish   birinchi   bo’lib   g’arb
mamlakatlarida   boshlangan.   Oila   iqtisodiyotiuning   moliyasini   fundamental
tatqiq   etishga   bir   necha   g’arb   olimlari   o’z   hissalarini   qo’shgan   bo’lib,   ular
N.Pigu,   L.Atkinson   va   D.Stiglislar   o’z   asarlarida   oila   hatti   –   harakatlari,
motivasiyasi,   moliya   –   kredit   tizimidagi   o’rni   oila   moliyasi   tahlilining
metodologiyasi ilk bor g’arb olimlari asarlarida ishlab chiqilgan.
Davlat   va   uy   xo’jaliklari   o’rtasidagi   moliyaviy   munosabatlar   ham
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar
asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni
shakllantirish   va   ulardan   foydalanishdagi   munosabatlarni   ifodalaydi.   Uy
xo’jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida
maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy
elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida soliqlar, pensiya tizimi  transfertlar
orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo’jaliklarining turli guruhlari o’rtasida
qayta   taqsimlaydi.   Uy   xo’jaliklari   va   davlat   o’rtasidagi   moliyaviy munosabatlarni   amalga   oshirish   jarayonida   milliy   daromadning   ikkilamchi
qayta   taqsimlanishi   sodir   bo’ladi.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   davlat   uy
xo’jaliklariga   tegishli   bo’lgan   daromadning   taqsimlanish   jarayoniga
to’g’ridan-to’g’ri   ta’sir   qilish   instrumentlariga   ega   emas.   Moliyaviy
munosabatlarning   bu   sohasi   davlat   tomonidan   eng   kam   darajada
reglamentasiya   qilinadi.   Buning   sababi   shundaki,   uy   xo’jaliklari   pul
fondlarini   shakllantirishning   zarurligi,   usuli   va   maqsadi   to’g’risida,     ularni
sarflashning   o’lchami   va   vaqti   xususida   qarorlar   qabul   qilishda   mustaqildir.
Shu   bilan   birgalikda   davlat   uy   xo’jaliklariga   tegishli   bo’lgan   daromad   va
yakuniy   (oxirgi)   iste’molning   o’lchamiga   (ko’lamiga)   ta’sir   qilishga   qodir.
Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
– soliqli tartibga solish (tartiblash);
– mehnat haqini to’lash stavkalarini o’rnatish (belgilash);
– birinchi   darajali   zaruriy   mahsulotlar   baholarini   tartibga   solish
(tartiblash);
– imtiyozlar tizimi;
– sog’liqni   saqlash   va   maorifni   byudjetdan   moliyalashtirish   orqali
ta’minotni rivojlantirish;
– va boshqalar.
Uy   xo’jaliklarining   o’zlari   o’rtasidagi   (uy   xo’jaliklararo)   moliyaviy
munosabatlar   uy   xo’jaliklari   sektorining   ichida   moliyaviy   resurslarning
harakatlanishi   jarayonida   vujudga   keladigan   munosabatlar   sifatida   qaraladi.
Bu   yerda   ushbu   jarayon   hamma   vaqt   ham   oydinlashmagan   va   kuchsiz
tartibga   solinuvchi   hisoblanadi.   Moliyaning   bu   sohasiga,   jumladan,
quyidagilarni kiritish mumkin:
– fermer xo’jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
– iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko’rsatuvchi fondlar;
– uy xo’jaliklari o’rtasidagi norasmiy kredit  munosabatlari; – uy   xo’jaliklari   sektori   doirasida   (chegarasida)   hamkorlikdagi   pul
fondlarini   shakllantirish   va   ulardan   foydalanish     xususidagi   boshqa
munosabatlar.
Uy   xo’jaliklarining   moliyaviy   institutlar   bilan   o’zaro   aloqalari
moliyaviy   munosabatlarning   alohida   guruhini   ifodalaydi.   Ularning   kredit
muassasalari   bilan   munosabatlari   uy   xo’jaligi   byudjeti   defitsitini   to’ldirish
(iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo’sh turgan pul mablag’larini bank
hisob varaqalarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg’arish maqsadida
boshqa   moliyaviy   aktivlarga   qo’yish   orqali   namoyon   bo’ladi.   Uy
xo’jaliklarining   sug’urta   kompaniyalari   bilan   bo’ladigan   munosabatlari   esa
turli   ko’rinishdagi   sug’urta   fondlarini   shakllantirish   va   ulardan   foydalanish
jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning   mohiyati   uning   funksiyalari   orqali   namoyon   bo’lganligi
uchun   uy   xo’jaliklari   moliyasining   mohiyati   ham   uning   funksiyalari
yordamida   ifodalanadi.   Uy   xo’jaliklari   moliyasining   funksiyalari
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
– taqsimlash;
– takror ishlab chiqarish;
– nazorat;
– tartibga solish (tartiblash);
– rag’batlantirish;
Uy xo’jaliklari moliyasining bu funksiyalari o’zaro bog’langan va bir-
birini doimiy ravishda to’ldirib turadi. Bir  vaqtning o’zida, ma’lum ma’noda
va   darajada   ular   o’zlarining   namoyon   bo’lishiga   qarab   moliyaning   umumiy
funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin.
Uy   xo’jaliklari   darajasida   daromadlarni   shakllantirish   bo’yicha
moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog’liq bo’ladi:  mol-mulk   va   undan   foydalanish   (buyumlashgan   yoki   pul   shaklida)
imkoniyatining mavjudligiga;
 uy   xo’jaligi   ishtirokchilari   ish   vaqti   fondining   taqsimlanishiga   –   uy
xo’jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi
va h.k.;
 uy   xo’jaligi   a’zolarining   tashabbuskorligiga,   faolligiga   va   inson
kapitalidan foydalanishga;
 uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatadigan tashqi muhitga.
Daromadlarni   shakllantirish   omillari   va   baholarning   darajasi   bu   yerda
cheklanmalar   (cheklanishlar)   sifatida   amal   qiladi,   ya’ni   iste’mol
tanlanmasining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan variantlari majmuini belgilab
(aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy xo’jaliklarining iste’mol fondi
minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda
quyidagicha klassifikasiya qilinishi mumkin:
– hayotiy minimum byudjeti;
– minimal iste’mol byudjeti;
– optimal iste’mol byudjeti.
Hayotiy   minimum   byudjeti   o’z   ichiga   uy   xo’jaligi   a’zolarining
minimal,   odatda,   fiziologik   ehtiyojlarini   qondirishga   mo’ljallangan   oziq-
ovqat   va   nooziq-ovqat   tovarlari   va   xizmatlari   to’plamini   qamrab   oluvchi
iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste ’ mol byudjeti   uy xo’jaligi a’zolarining nisbatan kengroq
bo’lgan   ehtiyojlarini   qondirishga   imkon   beradi   va   iste’molning   tiklanuvchi
(tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste ’ mol byudjeti  esa uy xo’jaligi darajasida (doirasida) inson
kapitalini   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarishni   ta’minlash   va
rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet   insonning
faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi
byudjetlarga bo’lish (ajratish) mumkin:
– o’rtacha darajadagi yetarlilik byudjeti;
– yuqori darajadagi yetarlilik byudjeti.
Iste’molga   xarajatlarning   har   qanday   ko’rinishi   va   uning   umumiy
hajmiga   oid   har   qanday   moliyaviy   qarorlar   uy   xo’jaliklari   ma’lum
ko’rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy
xo’jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga yetadigan bo’lsa,
u holda moliyaviy qarorlar uy xo’jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga
va   bir   vaqtning   o’zida   daromadlarning   yangi   manbalarini   qidirib   topishga
hamda   hayot   kechirishning   moslashtirilgan   mexanizmlarini   (o’z-o’zini
ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, savdo va
boshqalar)   “yoqish”ga   qaratilgan   bo’lishi   kerak.   Daromadlarning   o’sishi
bilan iste’molning  o’lchami (hajmi) oshadi (o’sadi, ortadi) va uning tarkibiy
tuzilmasi   o’zgaradi.   Biroq,   bu   holda   ham   iste’molning   o’sish   sur’atlari
daromadning   o’sish   sur’atlaridan   pastligicha   qolaverishi   lozim.   Bunday
qonuniyat   iqtisodiy   adabiyotda   J.M.Keyns 2
  tomonidan   ifodalangan   “asosiy
psixologik   qonun”   nomini   olgan.   Moliyaviy   qarorlarda   bu   uy   xo’jaligi
iste’mol   fondi   va   jamg’armalar   yo’nalishini   optimallashtirish   tendensiyasi
sifatida namoyon bo’ladi. 
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
Daromadlar Xarajatlar va jamg ’ arm a
1. Mehnatga haq to’lash ;
2.Mehnat haqidan boshqa korxona   va
tashkilotlardan   olinadigan   yollanma
ish   haqi   daromadlari ; 1.   Tovarlarni   sotib   olish   va
xizmatlarni to’lash ;
2.   Majburiy   to’lovlar   va   ixtiyoriy
badallar:
2
Qarang : Кейнс Дж.М. Об щая теория занятости, процента и денег. – М., 1999. с.96. 3. Dividentlar ;
4.Qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini
sotishdan olinadigan tushumlar ;
5. Pensiya va nafaqalar ;
6. Stipendiyalar ;
7.   Moliya   tizimidan   olinadigan
tushumlar   (sug’urta   qoplamalari,
omonatlarning   foizlari,   lotareya
yutuqlari va b.) ;
8.Xorijiy   valyutani   ayirboshlash dan
kelgan  daromad ;
9. Boshqa tushumlar .
        a)   komission   magazinlar   orqali
buyumlarni sotish
        b)   chiqindi   ashyo,   metallom   va
boshqalarni sotish  p ullar i  a) soliqlar va yig’imlar;
 b) sug’urta bo’yicha to’lovlar;
 v) jamoatchilik va kooperativ
     tashkilotlarga badallar;
  g) ssudalarni qaytarish;
  d) lotareya chiptalarini  xaridi ;
  ye) tovar krediti uchun foizlar;
  yo) pensiya fondlariga sug’urta
      badallari;
3.Omonatlar va qimmatli 
qog‘ozlarda n   divedentlar;
4. Uy-joy binolarini sotib olish ;
5.   Xorijiy   valyutani   sotib   olish
bo’yicha aholi xarajatlari;
6.O’tkazmalar   bo’yicha   jo’nat ma
pullar . Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

UY XO ’ JALIKLARI MOLIYASI Reja: 1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo ’ jaliklari moliyasi va uning ta ’ rifi. 2. Uy xo ’ jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o ’ rni va uning moliyaviy axamiyati.

1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo ’ jaliklari moliyasi va uning ta ’ rifi Uy-xo’jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o’ynaydi. Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to’plamidan) iborat bo’lgan institusional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy halqaro andozasi (standarti) uy xo’jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman o’tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi) 1 . 1 Bu to’g’rida batafsil qarang: Ф инансово-кредитный энциклопедический словарь / Под общ. Ред. А.Г.Грязновой. – М.: 2002. С. 299.

Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o’tmoq lozim. Masalan, o’zlarining o’g’illariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:  birgalikda (bir joyda) yashash;  umumiy byudjetning mavjudligi;  iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.

Uy xo’jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo’jaliklari moliyasi deyiladi . 2. Uy xo ’ jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o ’ rni va uning moliyaviy ahamiyati Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila – bu uy joy sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda iste’mol etish pul daromadlari va moddiy mablag’larni birlashtirgan kishilar guruhi tushiniladi. Oila evalyutsion tarzda rivojlanadi, uning tarkibi o’zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, urf odatlar, uning funksiyalarida ham siljishlar yuz berishi namoyon bo’ladi. Baribir, oila iste’molni yakunlovchi vazifasini bajaraveradi. Binobarin, oila o’tkinchi emas, u doimiy, biroq evalyutsion shaklda rivojlanish salohiyatiga ega. Oila xo’jaligining iqtisodiyot sektorida muhim o’rin tutishi, uning davlat bilan aralashivi, bu esa hozirgi kunda davlatning qay darajada rivojlangan yoki rivojlanmaganligini oilalarning iqtisodiy ahvolidan bilib olish qiyin emas. Shuning uchun oilani o’rganish, oilani boshqarish, oila xo’jaligi rejalarini tuzish, oilani iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko’rsatadi.

Oila moliyasi – bu bizga maosh yoki daromadning boshqa manbalari (meros, renta daromadi, lotareya yutug’i investisiya daromadi) va biz xarajat qiladigan va xarajat qilmaydigan, investisiya qiladigan ko’rinishda keladigan puldir. Iqtisodiyotning ijtimoiyligi birinchi navbatda oilada ifoda etilganligi sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko’p bo’lsa shunchalik u to’q va faravon yashaydi. Xalqi faravon yashaydigan mamlakatgina gullab – yashnashi, xalqi nochor mamlakat esa xarob bo’lishi tarixiy ma’lumotlarda aniq ko’rinib turadi. Barcha ijtimoiy muammolar oilalarda jamlanadi, yig’iladi va ularni hal etishda oila moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning moliyaviy salohiyatining qanchalik kuchli yoki kuchsizligi aytilgan muammolarning shu yerning o’zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o’z aksini topadi. Oila moliyasini o’rganish, uni tatqiq etish birinchi bo’lib g’arb mamlakatlarida boshlangan. Oila iqtisodiyotiuning moliyasini fundamental tatqiq etishga bir necha g’arb olimlari o’z hissalarini qo’shgan bo’lib, ular N.Pigu, L.Atkinson va D.Stiglislar o’z asarlarida oila hatti – harakatlari, motivasiyasi, moliya – kredit tizimidagi o’rni oila moliyasi tahlilining metodologiyasi ilk bor g’arb olimlari asarlarida ishlab chiqilgan. Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo’jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida soliqlar, pensiya tizimi transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo’jaliklarining turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo’jaliklari va davlat o’rtasidagi moliyaviy