logo

DEHQONCHILIKNING ILMIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

608.4560546875 KB
DEHQONCHILIKNING ILMIY ASOSLARI
Reja:
1. Dehqonchilikning ilmiy asoslari.
2. Madaniy o‘simliklarning hayot omillari
3. 3. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika 1. Dehqonchilikning ilmiy asoslari.
O‘simlik har qanday tirik organizm kabi o‘sishi, rivojlanishi va hosil byerishi
uchun   muayyan   sharoitlarni   talab   etadi.   Qachonki   ushbu   muayyan   sharoitlar
mavjud   bo‘lsa   o‘simlikda   kechadigan   barcha   fiziologik,   kimyoviy,   biokimyoviy,
va   boshqa   jarayonlar   me’yorda   o‘tib   u   kutilgan   hosilni   shakllantiradi.   SHundan
kelib chiqib yer yuzida o‘sadigan turli xildagi o‘simliklar o‘sish sharoitlariga qarab
har  xil  talablar  qo‘yadi. O‘simliklarning nomal  hayot  sharoiti  uchun  tashqi  muhit
omillari - yorug‘lik, issiqlik, havo, oziqa va suv zarur bo‘ladi. SHulardan yorug‘lik
va issiqlik kosmik omillarga, oziqa, havo va suv yer omillariga kiradi.
O‘simliklarni   o‘ziga   xos   bir   «zavod»ga   o‘xshatish   mumkin.   Zavodda   xom
ashyolardan har  xil yangi mahsulot  ishlab chiqarilgani kabi, o‘simliklar  ham  turli
anorganik moddalarni o‘zlashtirib, har xil organik moddalar sintezlaydi.
Dehqonchilikning asosiy vazifasi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun
tegishli sharoit yaratish asosida ulardan yuqori hosil olishdir. K.A.Timiryazevning
ta’biricha,   madaniy  o‘simlik   va  uning   talabi   masalasi   dehqonchilikning   tub   ilmiy
vazifasidir;   qolgan   masalalarning   hammasi   unga   aloqador   bo‘lganligi   uchun   ham
muhimdir. 
O‘simliklar   rivojlanishi   va   hosil   byerishi   uchun   muayyan   shart-sharoit
bo‘lishini   talab   qiladi.   Ularning   hayot-faoliyati   tashqi   muhit   bilan   chambarchas
bog‘liq.   SHuning   uchun   ham   o‘simliklarning   tashqi   muxit   bilan   o‘zaro   bir-biriga
ta’sir etishi ilmiy dexdonchilikning asosi hisoblanadi.
Ma’lumki,   o‘simliklar   o‘z   organizmini   bunyod   etishi   uchun   tashqaridan
«qurilish   matyeriallari»   (N,   O
2 ,   N,   R,   K,   Sa,   Fe,   Mg   va   boshqa   kimyoviy
elementlar)   ni   va   quyoshning   yorug‘lik   enyergiyasini   oladi   va   shular   yordamida
organik moddalar sintezlaydi.  O‘simlik   organlari   hosil   bo‘lishida   qatnashuvchi,   o‘sishiga,   rivojlanishiga,
hosildorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar Dehqonchilikda
madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi.
O‘simliklarning   hayot   omillari   ikki
guruhga   bo‘linadi:   birinchisi,   kosmik   yoki
enyergetik   omil,   bunga   yorug‘lik   va   issiqlik;
ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, havo va oziq
elementlari kiradi. 
Ilmiy   dexqonchilikning   ikkinchi   asosi
tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq
unumdorligi   uning   tabiiy   xossasi   bo‘lsa   ham,   u   tuproq   hosil   bo‘lish   jarayonida
to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga
1-rasm. O‘simliklarga hayot   bog‘liq bo‘ladi.   omillarining ta’siri.
Muhit  sharoiti  deganda, hayot omillarining o‘simlikka ta’siri  natijasida  sodir
bo‘ladigan   tashqi   holatni   tushunamiz.   Muhit   sharoiti   o‘z   navbatida   uch   guruhga
bo‘linadi:   1)   tuproq   muhiti   (haydalma   qatlamning   tuzilishi,   yerning
sho‘rlanganligi,   sizot   suvlarining   sathi,   ishqoriylik,   kislotalilik   va   boshqalar);   2)
fitologik (ekinlarning vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona o‘tlar,
kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 3) agrotexnik tadbirlar (dala ishlarini
o‘z   vaqtida   sifatli   o‘tkazilishi   yoki   o‘tkazilmasligi   oqibatida   sodir   bo‘ladigan
sabablar va boshqalar).  O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini hisobga
olib,   ularni   o‘simlik   talabiga   qarab   qo‘llash   Dehqonchilikning   uchinchi   ilmiy
asosini tashkil etadi. O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini tarixiy davr
mobaynida   o‘rganish   natijasida   ilmiy   Dehqonchilikning   bir   qancha   qonunlari
tarkib topdi.
2. Madaniy o‘simliklarning hayot omillari
O‘simliklarning   o‘sishi,   rivojlanishi   uning   hayot   omillari   bilan   ta’minlanish
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu sharoitlar mavjud bo‘lsa o‘simlikda kechadigan barcha fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy, va boshqa jarayonlar  me’yorda o‘tib u
kutilgan   hosilni   shakllantiradi.   Demak,   o‘simlik-larning   hayot   omillari   deb   uni
o‘sishiga,   rivojlanishiga,   hosil-dorligiga,   etishtirilgan   mahsulot   sifatiga   ta’sir
etuvchi omillar yig‘indisiga madaniy o‘simliklar ning  ha yot omillari  deyiladi.
O‘simliklarning   hayot   omillari   ikki   guruhga   bo‘linadi:   bi rinchisi   kosmik
yoki   enyergetik   omil,   bunga   yorug‘lik   va   issiqlik;   ikkinchisi,   yer   omillari,   bunga
suv, oziq elementlari va hokazolar kiradi.
Ilmiy   dehqonchilikning   ikkinchi   asosi   tuproq   unumdorligi   haqidagi
ta’limotdir.   Tuproq   unumdorligi   uning   tabiiy   xossasi   bo‘lsa   ham,   u   tuproq   hosil
bo‘lish   jarayonida   to‘plangan   oziq   elementlariga,   tuproqning   fizik   xossalariga
hamda iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniy   o‘simliklarning   hayot   omillariga   talabi.   Uzoq   evolyusion   davrdan
boshlab   o‘simliklarni   o‘sib   rivojlanishi   uchun   tashqiy   sharoit   muhim   ahamiyat
kasb etib kelgan desak yanglishmaymiz. Ko‘p holatda barcha o‘simliklarning o‘sib
rivojlanishi   tashqi   muhit   sharoitlariga   bog‘liq   bo‘lgan.   Qachonki   o‘simliklarning
o‘sib rivojlanishi uchun tashqi muhit sharoitlari, ya’ni yorug‘lik, issiqlik, havo, suv
va oziq elementlari mavjud ekan u yaxshi  o‘sib rivojlangan. Bu esa o‘simlikning
o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydigan hayot omillari tushunchasini oldi.
Y o rug‘lik.   O‘simliklarda   foto-sintez   jarayoni   faqat   yorug‘likda   ro‘y   byeradi.
Fotosintez jarayoni tufayli yashil o‘simliklar quyosh nuridan foydalanib tuproq va
havodagi   anorganik   moddalarni   organik   (kraxmal,   shakar,   oqsil)   moddalarga
aylantiradi.  Bunda  organik sintezning  dastlabki  mahsuli  -  shakar  hosil  bo‘ladi  va
yerkin   kislorod   ajralib   chiqadi.   Ma’lumki,   kislorod   barcha   tirik   organizmlarning
nafas olishi uchun zarur.
Quyosh   nuri   tekis   tushib   turgan   sharoitda   fotosintez   jarayoni   ta’sirida
o‘simlikning 1 m 2
 barg sathi sutkasiga o‘rtacha 10-20 g organik modda sintezlashi
mumkin. Masalan, g‘o‘za bargining 1 m 2
 satxida bir soatda yorug‘likda 1,45 -1 46
g, havo bulut paytda esa 0,06 - 0,073 g organik modda sintezlangan. Agar o‘simlik
yorug‘lik bilan etarlik darajada ta’minlanmasa, u yaxshi o‘smaydi, poyasi ingichka
bulib ko‘proq  yotib koladi,  yorug‘likning etishmasligi  mahsulotning  sifatiga  ham salbiy ta’sir  etadi, masalan,  g‘alla ekinlarining boshoqlarida  don va undagi  oqsil,
kartoshkada kraxmal va shakar, lavlagida esa shakar to‘planishi kamayadi.
Hozirgi vaqtda o‘rtacha agrotexnika tadbirlari qo‘llanilib o‘stirilayotgan ikki
pallali o‘simliklarning 1 m 2
  barg sathida sutkasiga 4-5 g; g‘alla o‘simliklarida esa
6-8 g miqdorda fotosintez mahsuloti sintez qilinadi.
Uzun   kun   o‘simliklariga   appa   bug‘doy,   suli,   javdar,   ko‘k   no‘xat,   kartoshka,
karam, vika, zig‘ir kabi  ekinlar kirib, ular shimoliy hududlarda yaxshi  o‘sib mo‘l
hosil   byeradi.   Lekin   yuqorida   ta’kidlangan   ekinlarning   ayrimlarini   janubiy
tumanlarda ham etishtirish mumkin.
Qisqa   kun   o‘simliklariga   g‘o‘za,   kanop,   makkajo‘xori,   oq-jo‘xori,   beda,
kungaboqar,   tariq,   soya,   loviya   va   boshqalar   mansub   bo‘lib,   ular   asosan   janubiy
hududlarda etishtiriladi. Bu ekinlarning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun qisqa kun
qulay hisoblanadi. Qisqa kun (janub) o‘simliklari uzun kunli shimoliy tumanlarga
ekilsa,   ularning   vegetatsiya   davri   cho‘zilib   ketadi,   ayrim   turdagi   o‘simliklar   esa
hatto hosil ham byermaydi va shu bilan vegetatsiyasini tugatadi.
SHu   bilan   bir   qatorda   barcha   madaniy   o‘simliklar   yorug‘likka   bo‘lgan
munosabatiga   ko‘ra   asosan   ikki   guruhga   yorug‘sevar   va   soyaga   chidamli
o‘simliklarga   bo‘linadi.   CHunonchi,   g‘o‘za   yorug‘sevar   o‘simlik,   agar   yorug‘lik
etishmasa,   u   ingichka   bo‘lib   bo‘yiga   o‘sib   ketadi,   rangi   sarg‘ish   bo‘lib   o‘sadi,
barglarida xlorofil donachalari bo‘lmaydi.
O‘simliklar yerga tushayotgan quyosh nuri enyergiyasining 2-5% dan foydalanadi.
SHuning   uchun   o‘simliklar   barg   sathining   fotosintez   mahsulotini   ko‘paytirish
lozim.   CHunki   vegetatsiya   davri   100   kun   davom   etadigan   o‘simlik   1   m 2
  barg
satxining   fotosintez   mahsuloti   sutkasiga
8-10   g   ga   etkazilganda,   gektaridan   15-30   vegetatsiya   davri   150   kun   davom
etadiganlaridan esa 40-60 t quruq massa hisobidan hosil etishtirish mumkin.
Buning uchun eng avvalo qishloq xo‘jlik ekinlarini unib chiqqandan boshlab
to‘g‘ri   parvarishiga   e’tiborni   qaratish   talab   etiladi.   Madaniy   o‘simliklarni
soyalatishdan   saqlash,   begona   o‘tlarga   qarshi     kurashni   o‘z   vaqtida   tashkil   etish,
ularni  madaniy  o‘simliklarni  soyalatib qo‘ymasliklarini  oldini  olish, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish jarayonida zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tqazish,
har   bir   o‘simlik   va   maydon   birligida   barg   sathiga   ega   bo‘lish,   umuman   olganda
o‘simliklarni   quyoshning   faol   radiatsiyasidan   to‘g‘ri   foydalanish   tadbir-larini
ishlab chiqish bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi.
I s si ql i k .   O‘simliklar   va   tuproq   mikroflorasi   uchun   issiqlik   boshqa   hayot
omillari   bilan   bir   qatorda   o‘ta   muhim   ahamiyatga   ega.   Urug‘ning   unib
chiqishidan boshlab, o‘simlikda kechadigan fiziologik, biokimyoviy, kimyoviy va
boshqa   jarayonlar   muayyan   muhitda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   issiqlikning   o‘rni
almashtirib   bo‘lmas   darajada.   Tuproqda   etarlik   harorat   bo‘lgandagina   urug‘
uyg‘onadi,   unda   murtak   otish   jarayoni   boshlanadi,   aksincha   urug‘   tinch   holatda
turadi   va   haroratning   manfiy   darajaga   o‘zgarishi   hisobiga   hatto   nobud   bo‘ladi
ham.
Madaniy   o‘simliklarni   yaxshi   o‘sib   rivojlanishi   uchun   yorug‘lik   bilan   bir
qatorda tuproq va atmosfyera harorati muhim ahamiyatga ega. Harorat fotosintez
jarayonining   o‘tishi   uchun   katta   ahamiyatga   ega.   Faqatgina   yorug‘lik   etarlik
miqdorda bo‘lganda va optimal haroratda bu jarayon faol o‘tadi.
Dehqonchilik
( Agriculture- qishloq xo‘jaligi) Dehqonchilik   (Agriculture-
qishloq   xo‘jaligi)   –   lotincha   agyer   va
culture   so‘zlaridan   olingan   bo‘lib,
Agyer-   yer   yoki   dala     va   culture-
etishtirish degan ma’noni anglatadi.
SHuning  uchun   bu  tyermin   yerda   etishtirish,   ya’ni   ekinlarni   etishtirish   va
chorvani   ilmiy,   madaniy   asosda   va   iqtisodiy   maqsadlarda   etishtirish   degan
ma’noni anglatadi . 1
Dehqonchilik- ekinlarni etishtirishda madaniyat, ilm-fan va   tadbirkorlik faoliyat
1
  Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Samasundaram   E.   A   textbook   of   agronomy.   New   Delhi.   2010.9
бетлар . sifatida   ekinlarni   etishtirish   va   chorvachilik   ishlab   chiqarishida   iqtisodiy
maqsadlari asosida ta’riflanadi.
Ruhiy
ko‘nikmalar
(mahorat)- Fyermyer   o‘z  tajribasidan   kelib chiqib  qaror  qabul   qilishi
mumkin,     bunda   shudgorlash   vaqti   va   usuli,   tuproq   va   iqlim
sharoitlariga   ko‘ra   ekinlarni   tanlash   va   dalalar   strukturasini
tuzish,   ekin   etishtirishning   takomillashtirilgan   samarali
usullarini qullash va h.k.
Ilm-fan
sifatida: U   eng   yuqori   hosildorlik   va     foyda   olishga   yerishish
maqsadida barcha zamonaviy texnologiya va ilmiy asoslardan,
ya’ni seleksiya, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish,
iqtisodiy   va   x.k.   tavsiyalardan   foydalashni   bildiradi.   Masalan,
yaratilgan yangi ekin va navlari gibritatsiya va transgen navlar-
kasallik   va   zararkunandalarga,   qurg‘oqchilikka   chidamli,   har
bir ekin duragayi - yuqori sifatli, noqulay sharoilarga chidamli,
kasallik   va   zararkunadalarga   qarshi   bionazoratdan   o‘tkazilgan
bo‘lishi kyerak.
Madaniyat
sifatida Fyermyer   xo‘jaliklarda   agrotexnik   tadbirlarni   amalga
oshirishda bilimlardan mohirona tarzda foydalanishni  o‘z ichiga
oladi. 
U   quyidagicha   belgilanadi.;   Fizik   ko‘nikmalar   (mahorat)-
u   ishni   bajarish     imkoniyat   va   qobiliyatlaridan   samarali
foydalanishni ta’kidlaydi, masalan: chorvachilik va fyermalarni
qayta   tiklash,   urug‘larni   ekish,   minyeral   o‘g‘itlar   va
pestitsidlarni qo‘llash va h.k. 
Biznes
sifatida Dehqonchilik   biznes   sifatida   bilim   va   kunikmalarni
qo‘llagan   holda   oziq-ovqat,   oziqa,   tola   va   yoqilg‘i   ishlab
chiqarishda   yer,   mehnat,   suv   resurslari   va   mablag‘dan
foydalangan   holda   maksimal   foyda   olishni   kuzlaydi.   So‘nggi
yillarda   dehqonchilik   mexanizatsiya   hisobiga
komyersizatsiyalanib biznes sifatida ta’riflanmoqda. Tuproq   va   atmosfyera   harorati   urug‘larni   unib   chiqishida   va   keyingi
bosqichlarda   muhim   ahamiyatga   ega.   Ekinlarning   turiga   qarab   urug‘ning   unishi
uchun   tuproq   haroratiga   bo‘lgan   talabi   ham   turlicha   bo‘ladi.   Masalan,   boshoqli
don   ekinlari   uchun   tuproq   haro-rati   1-3 0
S,   chigit   uchun   esa   12-14 0
S   bo‘lishi
kyerak.   Boshoqli   ekinlar   urug‘ining   yoppasiga   unib   chiqishi   uchun   tuproq
harorati 15-20 0
 S, chigitning unib chiqishi uchun esa 20-25 0
 S bo‘lishi kyerak.
Madaniy   o‘simliklar   issiklikka   bo‘lgan   talabiga   ko‘ra,   2   ga   bo‘linadi.
Birinchisi-issiqsevar   va   ikkinchisi-   issiklikni   kam   talab   qiluvchilarga   bo‘linadi.
SHuning   bilan   bir   qatorda   madaniy   o‘simliklarning   issiqlikka   bo‘lgan   talabi
ularning rivojlanish fazalariga qarab ham o‘zgaradi. Masalan g‘o‘za, sholi, tamaki
kabi   ekinlar   past   haroratda   juda   chidamsiz,   hatto   0°S   da   hayoti   to‘xtaydi,
makkajo‘xori,   kartoshka,   tariq   kabi   ekinlar   esa   2-30 0  
S   haroratda   zararlanadi.
Zig‘ir, kungaboqar, bahorgi vika, lyupin va boshqalar unib chiqish fazasida 5-8 0
S
gullash va pishish fazasida esa-2-3 0
S haroratga chiday oladi, xolos. Past haroratga
chidamli o‘simliklar xisoblangan suli, bug‘doy, arpa, ko‘k no‘xat ko‘klamda 7-8
0
S ga bardosh byerolsa, gullash va pishish fazasida 1-2 0
S haroratdan zararlanadi.
Madaniy   o‘simliklarning   issiqlikka   turlicha   munosabatda   bo‘lishi   va   ularning
talabini   o‘rganish   o‘simliklar   fiziologiyasi   va   ilmiy   dehqonchilikning   muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ba’zi   bir   o‘simliklar   vegeta-siya   davrida   yaxshi   o‘sib   rivojlanishi   uchun
haroratni ko‘p talab qilsa, boshqa birlari kamroq talab qiladilar. Masalan, g‘o‘zani
gullash   davrida   jadal   o‘sish   va   rivojlanishi   uchun   optimal   harorat   35-37 0
S
boshoqli ekinlar uchun esa 20 0
S bo‘lishi talab etiladi.
Havo.   Madaniy   o‘simlik   va   tuproq   mikroorganizmlariping   na fas   olishida
atmosfyera va tuproq  havosi kislorod manbasi sifatida zarur.
Fotosintez   jarayoni   natijasida   hosil   bo‘lgan   barcha   organik   moddalarning
93,5%   ni   havo   va   suvdagi   karbonat   angidriddan,   6,5%   ni   o‘simlik   tuproqdagi
minyeral   elementlardan   oladi.   Tuproq   mikroorganizmlarining   nafas   olishida organik   birikmalar   oksidlanib,   xayotiy   jarayonlar   uchun   zarur   kimyoviy
enyergiya ajraladi.
O‘simlik va tuproq mikroorganizmlari nafas olishini  yaxshilash maqsadida,
atmosfyera   va   tuproq   havosi   almashishini   jadallashtirish   uchun   dehqonchilikda
har xil meliorativ hamda agrotexnika tadbirlari muntazam ravishda o‘tkaziladi.
Suv     qimmatbaho tabiiy resurs .   U tabiatda doimiy aylanishda bo‘lib, tuproq
paydo   bo‘lishida   ishtirok   etadi,   iqlim   va   ob-havoga   sezilarli   ta’sir   etadi.   Suv  
yaxshi   yerituvchi:   unda   qattiq,   suyuq   va   gazsimon   moddalar   yeriydi.   Suv
o‘simliklar hayotida birinchi darajali ahamiyatga ega.
Akademik   A.N.Karpinskiy   suvga   «jonli   qon»   deb   qaradi,   ya’ni   suv   hayot
yo‘q joyda uni yaratadi. Vaholanki, tirik organizmdagi biron-bir hujayrani suvsiz
tasavvur   etish   qiyin.   Masalan,   makkajo‘hori,   boshoqli   don   ekinlari   va   pomidor
tarkibida suv tegishlicha 70, 87 va 95 foizni tashkil etadi.ssitoplazmaning 75–85
foizi suvdan iborat.
Suv   o‘simlik   tanasida   kimyoviy   birikkan   –   konstitutsion,   yerigan   organik
moddalar   va   makro-molekulalarni   o‘rab   turuvchi   –   gidratatsion,   vakuolani
to‘ldiruvchi   –   rezyerv,   hujayralar   orasi   va   o‘tkazuvchi   to‘qimalarda   transport
vositasini   bajaruvchi   –   intyerstitsialь   shakllarida   uchraydi.   Ularning   barchasi
o‘simlik organizmida ma’lum bir rolni o‘ynaydi.
Suv   o‘simlik   hayotidagi   barcha   jarayonlarda   –   fiziologik,   kimyoviy   va
biokimyoviy   –   bevosita   ishtirok   etadi.   Suv   molekulasidagi   kislorod   va   vodorod
organik   moddalar   sintezida   «qurilish   matyeriali»   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Suvni
barglar   orqali   bug‘lanishi   –   transpiratsiya   natijasida   o‘simlik   tanasining   harorati
boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7  0
S gacha pasayadi. Suv
o‘simliklar hayotida mexanik vazifani ham bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik
turgor holatida, aks holda–plazmoliz (so‘ligan) holatda bo‘ladi.
Hujayralarning   suvsizlanishi   oqsillar   va   o‘simlik   to‘qimalarining   butun
biologik   kompleksini   qayta   shakllanishiga   olib   keladi.   Suv   tuproqdagi   oziq
moddalarning   yerishi,   o‘simlik   tanasiga   so‘rilishi   va   harakatlanishida   katta   rolь
o‘ynaydi.   O‘simlik   suv   bilan   etarli   darajada   to‘yingandagina   unda   kechadigan barcha   hayotiy   jarayonlar   uchun   mo‘‘tadil   sharoit   yaratilgan   bo‘ladi,   aksincha,
suv   bilan   etarlicha   ta’minlanmaslik   oqibatida   ushbu   jarayonlar   izdan   chiqib,
o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni me’yoridan ortiqcha bo‘lishi
esa   o‘suv   davrini   uzayishi   va   reproduktiv   fazalarni   o‘tishini   kechikishiga   olib
keladi.
Oziq   moddalar.   O‘simliklarning   hayoti   va   tirikligini   tashkil   etuvchi   asosiy
elementlariga:   N,   P,   K,   C,   H,   O,   S,   Ca,   Mg   va   Fe   kiradi.   SHu   bilan   bir   qatorda
mikroma-danlar   deb   nom   olgan   bir   qator   elementlar   borki   ular   o‘simlik   uchun
zarur tiriklik vositasi hisoblanadi.
O‘simliklar   o‘suv   davrida   tup-roqdan   xilma-xil   oziq   moddalarni   oladi.
1 tonna paxta etishtirish uchun g‘o‘zaga 50 kg.,1 tonna bahori bug‘doy uchun 35
kg., kuzgi bug‘doy uchun 40 kg. azot kyerak bo‘ladi. Azot  o‘simlikning o‘sishini
tezlashtiradi.   Azotning   ortib   ketishi   ham,   kamayib   ketishi   ham   o‘simlik   uchun
zararlidir. Azotning etishmasligi natijasida o‘sish sekinlashadi, ortib ketganda esa,
aksincha hosil kamayib ketadi.
Fosfor   hosil   organlarining   shakllanishida   qatnashadi   va   ularni   etilishini
tezlashtiradi.   O‘simlik   hayotida   kaliy   ham   katta   rolь   o‘ynaydi.   U   o‘simliklarda
kraxmal   va   shakarning   yanada   tez   siljishiga   yordam   byeradi,   hosilni   va
o‘simliklarni   turli   kasalliklarga   chidamliligini   oshiradi.   SHuningdek,   o‘simlikda
kechadigan   barcha   fiziologik,   biokimyoviy   jarayonlarda,   o‘simlik   tanasini   hamda
organlarini   shakllanishida,   uni   tashqi   omillar   ta’siridga   chidamliligi,   kasallik   va
zararkunandalaga   nisbatan   bardoshliligi   mikromadanlar   deb   nom   olgan   bir   qator
elementlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Dehqonchilik-qishloq   xo‘jaligining   asosiy   tarmog‘i   bo‘lib   aholini   oziq-ovqat,
sanoatni   xom-ashyo,   chorvachilikni   esa   em-xashak   bilan   ta’minlaydi,   ekinlardan
sifatli   va   yuqori   hosil   olish   maqsadida   ularni   parvarish   qilish   usullari,   tuproq
unumdorligini   oshirish   tadbirlari   bilan   shug‘ullanadi.   Yerning   asosiy
xususiyatlaridan   biri   uning   eskirmasligidir.   Yerdan   to‘g‘ri   foydalanish   qishloq
xo‘jaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir. Ma’lumki,   hamma   o‘simliklar   ham   boshqa   tirik   organizmlar   kabi,   o‘sib-
rivojlanishi   va   hosil   byerishi   uchun   muayyan   shart-sharoit   bo‘lishini   talab   qiladi.
Demak,   ularning   hayot   faoliyati   tashqi   muhit   bilan   chambarchas   bog‘liq.   SHuning
uchun   ham   o‘simliklarning   tashqi   muhit   bilan   o‘zaro   bir-biriga   ta’mir   etishi   ilmiy
dehqonchilikning asosi hisoblanadi.
O‘simlik   organlari   hosil   bo‘lishida   qatnashuvchi,   o‘sishiga,   rivojlanishiga,
hosildorligiga,   etishtirilgan   mahsulot   sifatiga   ta’sir   etuvchi   omillar   dehqonchilikda
madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi.
O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga hayot omillari bilan bir qatorda muhit
sharoiti   ham   ta’sir   etadi.   Muhit   sharoiti   deganda,   hayot   omillarining   o‘simlikka
ta’siri   natijasida   sodir   bo‘ladigan   tashqi   holatni   tushunamiz.   Muhit   sharoiti   o‘z
navbatida uch guruhga bo‘linadi: 
1)tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yerning sho‘rlangan-ligi, sizot
suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar); 
2) fitologik (ekinlarning vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona
o‘tlar, kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 
3)   agrotexnik   tadbirlar   (dala   ishlarini   o‘z   vaqtida   sifatli   o‘tkazilishi   yoki
o‘tkazilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan sabablar va boshqalar).
Ilmiy   dehqonchilikning   ikkinchi   asosi   tuproq   unumdorligi   haqidagi
ta’limotdir.   Tuproq   unumdorligi   uning   tabiiy   xossasi   bo‘lsa   ham,   u   tuproq   hosil
bo‘lish   jarayonida   to‘plangan   oziq   elementlariga,   tuproqning   fizik   xossa-lariga
hamda   iqlim   sharoitiga   bog‘liq   bo‘ladi.   SHuning   uchun   har   bir   tuman   va
xo‘jaliklarning   tuproq   hamda   iqlim   sharoiti   o‘rganilib,   tegishli   mintaqalarga
bo‘linadi.   CHunki   tuproq   va   iqlim   u   yoki   bu   agrotexnikani   qo‘llashda   asos
hisoblanadi.
O‘simliklarning   hayot   omillari   va   muhit   sharoitini   hisobga   olib,   ularni
o‘simlik   talabiga   qarab   qo‘llash   dehqonchilikning   uchinchi   ilmiy   asosini   tashkil
etadi.   O‘simliklarning   hayot   omillari   va   muhit   sharoitini   tarixiy   davr   mobaynida
o‘rganish natijasida ilmiy dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi.
3. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika Tabiatda bo‘ladigan har  bir  jarayon ma’lum  qonuniyatlar asosida  rivojlanadi
va   yangilanib   boradi.   Qishloq   xo‘jaligining   taraqqiy   etishi   bilan   dehqonchilik
qonunlari   ma’lum   bosqichlarda   o‘z   mohiyatini   saqlab   qoladi   va   uning
taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Olimlar   o‘simliklarning   o‘sish   va   rivojlanish   qonuniyatlari   ayrim   hayotiy
omillarga bog‘liqligini aniqlashga harakat qildilar. 
Justus van Liebig (1804–1873)- nemis kimyogari «Libixning minimal qonuni»
deb   ataladigan   konsepsiyani   yaratdi.   U   quyidagicha   tavsiyalanadi:   «Hamma
ozuqa moddalari etarli bo‘lgan sharoitda, biror bir elementning etishmasligi, shu
element   ekinlar   hosildorligini   belgilovchi,   yoki   ekin   uchun   tuproq   unumdorligini
belgilovchi omil bo‘ladi»-bu esa «Barle (Barrle) konsepsiyasi» deyiladi.  
Agar bochkani yog‘ochlarini har bir element deb ularni turli balandliklarda
deb   hisoblasak   unda   uning   sig‘imi   eng   pastda   turgan   element   bilan   belgilanadi.
Masalan:   Azot   eng   kam   ulushda   bo‘lsa,   u   shu   barelni   maksimal   hajmni   belgilab
byeradi.   SHunga   ko‘ra,   o‘simliklar   o‘sishi   uchun   eng   past   omil   (iqlim,   edafik,
genetik yoki biotik) potensial hosildorlikni belgilab byeradi. 
Xuddi   shunday,   agar   tuproqda   azot   etishmayotgan   bo‘lsa,   tuproqqa
qo‘shimcha ravishda kalsi y  yoki kaliy qo‘llash uni o‘rnini bosa olmaydi. 
1875   yilda   Dehqonchilik   (qishloq   xo‘jalik)   ta’lim   mutaxas - sisliklari     bilan
ta’minlash uchun (kollej darajasida) Michigan davlat univyersiteti tashkil etildi . 2
Qishloq   xo‘jaligini   intensivlashtirish   dehqonchilik   qonunla-rini   bilishni
taqozo etadi.
Tuproqdan   olingan   moddalarni   qaytarish   qonuni.   Mazkur   qonun
1840 yili birinchi marta nemis olimi YUstus Libix tomonidan ixtiro etilgan bo‘lib,
bu   uning   dehqonchilikdagi   ikkinchi   qonunidir.   YU.   Libix
1840 yili nashr qildirgan «Ximiya v prilojenii k zemledeliyu i fiziologii» kitobida
kishloq   xujalik   mahsulotlari,   ya’ni   hosil   bilan   yerdan   olingan   hamma   minyeral
moddalarni   (azotdan   tashqarisini),   ayniqsa,   fosforni   tuproqqa   tula   «qaytarish»
zarurligini aytgan edi.
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.18-19 бетлар. «Tuproqdan   olingan   moddalarni   qaytarish»   qonunining   ixtiro   bulishi
Libixning   o‘lmas   xizmatlaridan   biri   bo‘lib,   Timiryazev   va   Pryanishnikovlar   bu
konunni fanda yirik ixtiro deb baholadilar.
Bu   qonunning   mohiyati   shukdan   iboratki,   o‘simliklar   hosil   bilan   tuproqdan
oziq   moddalarni   oladi.   Ammo   buning   bir   qismigina   go‘ng   tariqasida   yana
tuproqqa   qaytib   tushadi.   Lekin   qolgan   qismi   dehqonchilik   va   chorvachilik
mahsulotlari bilan birga chiqib ketib, qaytib tuproqda tushmaydi. SHunday ekan,
dehqon   yerdan   olingan   moddalarni   tuproqka   qaytarish   to‘g‘risida   g‘amxurlik
qilishi kyerak,
Libix   o‘simliklarning   gumus   bilan   oziklanishi   tug‘risidagi
(A. Teyerning XIX  asr  boshlarida «O‘simliklar  tuproqdagi  gumus  – chirindi  deb
ataladigan organik modda bilan bevosita oziklanadi» degan) nazariyani rad etdi va
minyeral oziqlanish tug‘risidagi nazariyani yaratdi.
Libix   tuproq   unumdorligi   masalasiga   bir   tomonlama,   faqat   minyeral
oziqlanish   elementlarning   tuproqda   mavjud   bo‘lishi   nuqtai   nazaridan   qaradi   va
organik moddalarning rolipi pasaytirib ko‘rsatdi. U, yerga har yili bir yillik ekinlar
ekilavyerilganda tuproqdagi kul elementlarning miqdori kamayadi, natijada tuproq
o‘zining   unumdorligini   yuqotadi   deb   hisobladi.   Libix   «...xalqni   kambag‘allikka
olib keladigan sabablar ichida bir yillik o‘simliklarni uzluksiz eka byerishdan ham
kattaroq   sabab   yo‘q»   deb   yozgan   edi.   SHuningdek,   Libix   hech   qanday   ekinyerni
boshqa   o‘simliklar   uchun   oziq   bo‘ladigan   moddalar   bilan   boyita   olmaydi,   u
tuproqni   faqat   oziqlantirishi   mumkin   deb   yozgan   edi   (dukkakli   o‘simliklarning
biologik azot tuplashi ma’lum emasdi).
Turli o‘simliklarning kulini analiz qilish yo‘li bilan har galgi xosil olinganda
shu  hosil   bilap   tuproqdan  qancha   azot,  fosfor,  kaliy,  kal ь siy  va  boshqa  moddalar
chiqib   ketishi   tug‘ri   belgilandi.   SHunga   asosan,   Libix   hosilni   ma’lum   darajadan
pasaytirmay   saqlash   va   uning   kamayishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun,   etishtirilgan
xosil   tuproqdan   olgan   oziq   moddalarning   kul   elementlarini   har   yili   tuproqqa
qaytarib   byerishni   tavsiya   qildi.   SHu   maqsadda   Gyermaniyada   o‘g‘it   sanoati
tashkil   etildi. Libix  boshchiligida  barcha ekinlar   uchun alohida  minyeral  o‘g‘itlar ishlab   chiqildi   va   har   qaysi   ekin   uchun   aloxida   norma   (doza)lar   belgilandi.
Normalar   u  yoki   bu  ekindan   mo‘ljallangan   miqdorda   hosil   olishni   ta’minlashi   va
tuproq   unumdorligining   kamayishiga   barham   byerishi   lozim   edi.   Ammo   bu
mulohazalar amalda o‘zini oqlamadi. Tuproqdan xosil bilan birga qancha minyeral
moddalar chiqib ketgan bo‘lsa, o‘g‘itlar ham shuncha miqdorda yerga solinganda,
olingan hosil mo‘ljallangandan oshmadi.
Okibatda,   oziq   moddalarni   tuproqqa   to‘laligicha   qaytarish   nazariyasi
muvaffaqiyatsizlikka   uchradi.   Libix   nazariyasida   ayrim   xatolarga   yo‘l
ko‘yilganligiga   qaramay,   agronomiya,   jumladan,   agroximiya   fannning   taraqqiy
etishida roli benihoya katta bo‘ldi.
Libix  tuproq  unumdorligi   masalasiga  bir   tomonlama  yondashib,  o‘sha   o‘g‘it
sifatida   tuproqka   asosan   azot,   fosfor   va   kaliy   hamda   ayrim   mikroelementlar
qaytariladi, xolos.
Qaytarish qonunining ta’sirini fakatgina oziq elementlari doirasidagina emas,
balki keng ma’noda tushunmoq kyerak, chunki u o‘simliklarning xaet faktorlariga
ham taalluqlidir.
Atrof-muhit   ifloslanishi,   tuproq   unumdorligining   pasayishi,   degradatsiyasi
natijasida   qishloq   hududlarida   xalq   farovonligini   pasayish   sur’atlari   ortib
bormoqda.   Tuproq   degradatsiyasi   Global   baholash   tashkilotning   ta’kidlashicha
tuproq   degradatsiyasi,   inson   hayotini   qo‘llab-quvvatlash   yoki   kelajakda   hayot
darajasini   pasayishini   belgilaydigan   hodisalardan   hisoblanadi   deb   ta’riflaydi.
Tuproq degradatsiyasiyasi uchun quyidagilar sabab bo‘ladi: 
Dehqonchilikda   tuproqlarni   tozalashda   ustki     o‘simlik   qoplamini
yo‘qotilishi
o‘rmonlarni   kesilishi,   yoqilishi     va   boshqalar   natijasida   tuproq
qoplamining emirilishi. 
chorvachilik,   yaylov   etaklarida   me’yoridan   ortiq   ravishda   mol   boqish,
mollarning tuyoqlar ostida yerlarni ochilib qolishi.  arid hududlarda, noto‘g‘ri sug‘orish va og‘ir mashinasozlik foydalanish,
tik   yonbag‘irlarda   yeroziyaga   qarshi   tadbirlarni   qo‘llamaslik   kabi   dehqonchilik
natijasida. 
tuproqlarni   turli   kimyoviy   o‘g‘itlarni   tuproq   xossalarini   hisobga
olmasdan, ko‘p miqdorda qo‘llashlik natijasida ifloslanishi. 
Zamonaviy   qishloq   xo‘jaligi   texnologiyalari   kam   unumdor,   yomon
tuproqlarga   nisbatan   yaxshi   tuproqlarda   yanada   samarali   bo‘ladi.   Texnologiya
hosilni oshirib, vaqtincha tuproq degradatsiyasini ta’sirini kamaytirib hosildorlikni
saqlash mumkin. Hosildorlik oshishi bilan texnologiyani ham rivojlantirib, oshirib
borish orqali tuproq yeroziyasini oldini olish.
Minimum,   optimum   va   maksimum   qonunlari   O‘simlikning   har   bir   hayot
faktorlariga   bo‘lgan   ta’sirchanligin   alohida   o‘rganish   maqsadida   o‘tkazilgan
tajribalar,   ya’ni   biron-bir   faktorii   bir   xil   miqdorda   o‘zgartirib,   qolganlarini   esa
o‘zgarishsiz qoldirilganda, kuzatilayotgan faktordan olinayotgan qo‘shimcha xosil
oldingi miqdordagiga qaraganda kamayishini ko‘rsatdi.
Tajriba   natijalariga   binoan   qilingan   xulosalar   asosida   dehqonchilikning
minimum   qonuni   e’tirof   etildi.   Bu   qonunga   ko‘ra,   olinaetgan   xosil   miqdori
minimumdagi faktorga bokliq-ligi aniqlandi.
O‘simlikni   etishmayotgan   faktorga   bo‘lgan   talabi   qondira   borilganda,   uning
xosildorligi biron-bir boshqa faktor minimum xolatiga tushguncha ko‘paya boradi,
keyin   esa   kamayadi.   Masalan,   tuproqda   gektaridan   faqat   25ss   paxta   hosili
etishtirish uchun etarli oson o‘zlashtiriladigan azot bor deylik. Ammo fosfor, kaliy
va boshqa oziq moddalarning miqdori 45ss ga etsa ham, gektari dan o‘rta xisobda
25ss   atrofida   hosil   olamiz.   CHunki   paxta   hosilining   miqdori   minimumda   turgan
azot bilan chegaralanadi. 
Minimum   qonun   ta’sirini   Timiryazevning   ko‘rgazma   «Dobenek
bochkasi”dan yaqqol ko‘rish mumkin. CHunonchi, bochkaning har bir taxtachasi
o‘simlikning   har   xil   xaet   faktorlarini   ifodalaydi.   Taxtachalarning   balamdligi
tuproqdagi   o‘simlik   hayot   faktorlari   mikdorini   protsent   hisobida   ifodalaydi.
Punktir chiziq esa biron-bir o‘simlik turi yoki navining hayot faktorlariga bo‘lgan talabi to‘la – 100% qondirilganda olinishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdordagi
hosilni   ko‘rsatadi.   YAxlit   chiziq   esa   suv   sathi,   ya’ni   o‘simlik   2 -rasmdagidek
ta’minlanganda   olinadigan   haqiqiy   hosil   miqdori,   binobarin,   eng   past   taxtacha
balandligiga teng   (1- rasm).
Rasmdan   ko‘rinib   turibdiki,   bochkadagi   suv   sathi   fosfor   kislotaning
miqdorini   ko‘rsatuvchi   taxtacha   balandligi   bilan   chegaralangan,   ya’ni   bu   faktor
minimumdagini ifoda etib, ta’minlanganlik darajasi  60% ni ko‘rsatadi. Bochkaga
nazar   tashlansa,   minimumdagi   fosfor   faktori   ko‘paytirilsa,   azot   minimum   faktor
bo‘lib koladi, chunki uning ta’minlanganligi 90% ni tashkil etadi.
Libix   minimum   qonunni   quyidagicha   ta’rif   qildi:   dalaning   unumdor
(samarador)ligi   tuproqda   eng   minimum   miqdordagi   o‘simlik   oziq   elementlari
darajasiga   bevosita   bog‘liq.   Uning   fikricha,   minimumda   turgan   biron-bir   faktor
miqdorini   ko‘pay-tirish   olinayotgan   qo‘shimcha   hosilga   to‘g‘ri   proporsional
bo‘lishi kyerak.
Minimum qonun matematikada quyidagicha ifodalanadi:
V = AX, bunda: V – hosil; X – oziq moddalarning miqdori; A – ushbu o‘g‘it
turi uchun proporsionallik koeffitsienti.
Nemis   olim   Gel ь rigel ь   vegetatsion   idishlarda   har   xil   tuproq   namligini   arpa
hosiliga   ta’siri   bo‘yicha   tajriba   olib   bordi.   Tajriba   ma’lumotlariga   qaraganda,  2- tuproq   namligi   to‘liq   nam   sig‘imiga   nisbatan   60%   bo‘lgan   tajriba   idishidan   eng
yuqori hosil olindi. Tuproq namligi nol ь   va maksimal mikdordagi tajriba idishda
arpa   xosili   nolga   teng   bo‘ldiTuproq   namining   orta   borishi   yoki   kamayishi   bilan
o‘simlikka   u   yoki   bu   hayot   faktorlarini   muntazam   ravishda   bir   xil   miqdorda
qo‘llanilganda   uning   samaradorligi   pasayishi   aniqlangan.   SHunga   o‘xshash
tajribalar   asosida   Saks   dexkonchilikning   «minimum»,   «optimum»   va
«maksimum»   qonunlarini   asoslab   byerdi.   Uning   mohiyatiga   kura,   faktorlar
optimal   miqdorda   bo‘lganda,   ekinlardan   eng   yuqori   xosil   olinadi,   faktor
miqdorining   kamayishi   yoki   ko‘payishi   hosilning   kamayishiga   olib   keladi.
CHunonchi,   biron-bir   faktor,   ya’ni   tempyeraturada   hayotiy   protsesslar   qandaydir
minimum   tempyeraturada  boshlanib,  optimal  tempyeraturada  eng yuqori  bo‘ladi,
tempyeratura yana ham ko‘tarilishi bilan esa u sekinlashadi, keyinchalik bo‘tunlay
to‘xtaydi.
Haqiqatda,   Gel ь rigelning   tajriba   ma’-lumotlari   minimum,   optimum   va
maksimum qonunlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Minimum   qonun   yoki   chegaralovchi   faktorlar,   o‘simliklar   fizio-logiyasiga
ham   taalluqli   bo‘lib,   uni   quyidagicha   talqin   etiladi,   ya’ni   nisbatan   minimumda
turgan faktor qolgan hamma faktorlarning ta’sirini chegaralaydi. Hayot faktorlari
o‘simlikka   bir-biridan   ajralgan   holda   ta’sir   etadi,   degan   taxmin   bor   edi.   Ammo
tabiatda   bunday   narsa   yo‘q.   Tajriba   natijalari   va   ishlab   chiqarish   sharoitida   olib
borilgan   kuzatishlar   xaqiqatda   o‘simliklarning   hayot   faoliyati   nisbatan
minimumda turgan faktorga borliq ekanligini aniqladi, ammo ayrim hollarda biror
faktorni   etishmasligini,   boshka   hayot   faktori   bilan   ta’minlab,   uni   bir   oz   bartaraf
etish mumkinligini ko‘rsatdi. 
Optimal   qonun   xam   xuddi   minimum   qonunday   mustahkam.   Bu   qonundan
foydalanishga   har   bir   agronom   qiziqadi,   chunki   bu   qonun  tufayli   o‘simlik   uchun
eng qulay  sharoit   yaratiladi,  O‘simlik uchun  optimal  o‘sish  sharoiti   yaratilganda,
eng kam mexnat va mablag‘ sarflab, eng ko‘p va sifatli mahsulot olinadi. Optimal   sharoitda   o‘simlikda   organik   moddalarning   sintezlanishi   tezlashadi
va hosilning tarkib topishi samarali kechadi. Buni respublikadagi juda ko‘p ilg‘or
xo‘jaliklar misolida ko‘rish mumkin. 
Vil ь yamsning   ko‘rsatishicha,   mo‘l   hosilga   sabab   bo‘ladigan   bar cha
faktorlarga   bir   vaqtda   ta’sir   qilganimizdagina,   dehqonchilikda   progress   bo‘lishi
mumkin,   chunki   barcha   faktorlar   bitta   organik   bo‘tunlikni   tashkil   etadi,   uning
hamma   elementlari   bir-biri   bilan   chambarchas   borlangan,   shunga   kura,   ularning
biriga ta’sir qilganda, qolgan xamma elementlarga ta’sir etish zarur bo‘lib qoladi.
SHunday   ekan,   ekinlardan   mumkin   qadar   yuqori   hosil   olish   uchun   etishmagan
elementlarni to‘ldirish bilangina kifoyalanmay, iloji boricha, o‘simlikning hamma
talabini to‘la qondirish zarur.
O‘simliklarning ha yo t faktorlaridan unisi yoki bunisini mi nimum, optimum va
maksimum   mikdorining   ahamiyati   alohida-alohida   ko‘rib   chiqildi.   Ammo   bu
uchala   tushuncha   mantiqiy   jihatdan   birdir,   shuning   uchun   ham   ular   dehqonchilik
nuqtai nazaridan bitta minimum qonun deb qaraladi.
Xa yo t   faktorlarining   birgalikda   ta’sir   etish     qonuni.   XIX   asrda   tajriba
xulosalariga   asosan   minimum   konuniga   Libshyer   qo‘shimcha   kiritdi.   Uning
mohiyati   shundaki,   boshqa   faktorlar   qanchalik   optimal   bo‘lsa,   o‘simlik
minimumda turgan faktordan shunchalik samarali foydalanadi.
Kuzgi   ekinlar   dala   sharoitida   nam   etarli,   havo   tempyeraturasi   23°S   dan
oshganda   unib   chiqib,   8-10   kundan   keyin   tuplanish   fazasiga   o‘tadi.
Tempyeratura   13°   dan   yuqori,   ammo   tuproqda   nam   kam   (gektarida
200-300  m3)   bo‘lsa,  tuplanish  11-15  kundan  keyin  boshlanadi,   ayrim   vaqtlarda
tempyeratura   9-11°   bo‘lib,   foydali   nam   miqdori   esa   gektariga
150-200   m3   ni   tashkil   etganda,   bu   protsess   16-20   kungacha   cho‘ziladi.   Havo
tempyeraturasi 7° dan past, namlik esa gektarida 100 m3 dan kam bulganda esa
o‘simlikni unib chiqish - tuplanishssikli 25 kungacha boradi va hokazo.
O‘simliklarni o‘sish sharoitiga talabi buyicha nemis olimi Mitchyerlix 1910-
1913   yillarda   ajoyib   tadqiqot   ishlarini   30   olib   bordi   va   tajriba   natijalariga asoslanib,   hosil   miqdori   o‘simlikning   o‘sish   faktorlari   ta’sirining   yig‘indisi   bilan
ifodalanadi, degan xulosaga keldi.
Bu   formula   3-   rasmdagi   egri   chiziklarni   yaqqol   ifodalaydi.   YAxlit   chiziqlar
ikki   faktor   (x   va   u)ning   muntazamlikda   miqdoriy   o‘zgarishi   bilan   xosilning
uzgarishini ifodalaydi.
Hosil   chizig‘ining   egriligi   sigmoidal ь   shaklda   bo‘ladi.   P.A.Qostichev   nomli
meliorativ   tajriba   stansiyasining   tadqiqot   ishlari   katta   ahamiyatga   molikdir.
Stansiya   tajribalarida   ikkita   faktor   (namlik   va   o‘g‘it)ni   alohida   va   birgalikda
o‘zgartirib, bahorgi bug‘doy hosiliga ta’siri o‘rganildi.
Agar   bir   faktorli   (masalan,   namlik)   tajribalarda   minimumga   yaqin
faktorlarning   dozasi   optimalgacha   oshirilsa,   hosil   doimo   sekinlik   bilan   ortib
boradi,   keyinchalik   faktor   yana   oshi rilsa,   hosildorlik   kamayib   boradi,   faktor
miqdori   maksimal   bo‘lganda   esa   nolga   etadi   (3-rasm,   chap   tomondagi).   Ko‘p
(uchta) faktorli tajribada faktor navbat bilan optimal miqdorda olinganda, o‘simlik
hosili to‘xtovsiz oshgan (3- rasm, o‘ngdagi eg ri chizik).
SHunday  qilib,  teng  axamiyatli,  ya’ni  bir   faktor  ikkinchisining  o‘rnini  bosa
olmasligi   va   o‘simliklarni   o‘sish   faktorlarini   o‘zaro   ta’sir   etish   qonunlari
mavjudligi isbot qilindi.
Akademik   V.R.Vil ь yams   birinchi   bo‘lib   o‘simlik   hayot   omillarining   teng
ahamiyatliligi   va   almashtirib   bo‘lmaslik   qonunini   bayon   etdi.   Bu   qonunga   ko‘ra,
o‘simlik hayot omillarining hech biri boshqa biron-bir omil bilan almashtirilmaydi,
chunki har bir omil o‘simlik hayotida ma’lum bir funkqiyani bajaradi.
Global   dehqonchilik.   Taraqqiyot   (sivilizatsiya)ning   darajasi   aholini   istemol
darajasini   qondirish   uchun   oziq-ovqat   ishlab   chiqarish   orqali   dehqonchilik   bilan
bevosita  bog‘liqdir.  Hozirgi   kunda oziq-ovqatga  bo‘lgan  talabni  qondirish   uchun
uni oziq-ovqat, ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirish kyerak. Biroq, qariyb bir
milliard   odam   qashshoqlik   va   taraqqayoti   past,   oziq-ovqat   bilan   ta’minlanishi
kyerak bo‘lgan jamiyatda yashamoqda. Ba’zi, rivojlangan davlatlar daromadlarini
oshirish   natijasida,   iste’mol   darajasidan   ko‘p   mahsulot   ishlab   chiqarib,   boshqa
davlatlarga   etkazib   byerish   va   iste’molini   qondirishni   amalga   oshirish   lozim. SHuning   uchun,   oziq-ovqat   ishlab   chiqarishni   rejalashtirishda   keyingi   avlodlarni
ham oziq-ovqat bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarishga maqsad qilish kyerak. 3
Yer   resurslari.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarni   etishtirish   uchun   asosan   yer
resurlaridan   foydalaniladi.   Yer   sharida   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   ekiladigan   15,2
milliard gektar maydon mavjud bulib u kishi boshiga o‘racha 3,8 ga (Kanadada 50,
Avstraliya   50,   janubiy   Amyerikada   10,   AQSHda
4,   Fransiyada   1,2,   Hindistonda   0,8   va   YAponiyada   0,4)ga   to‘g‘ri   keladi.   Butun
dunyoda   aholining   o‘sish   darajasi   bilan   bu   kursatkich   ham   kamayib   bormoqda,
1980 yilda 0,3 ga dan 2050 yilga 0,17 ga, rivojlangan davlatlarda esa jon boshiga
0,11 ga kamayishiga olib keladi. Eng unumdor tuproqda yeroziya jarayoni tufayli
tuproqdan organik moddalar bilan o‘rtacha 4 kg N, 1 kg P2O5, 20 kg K2O va 2 kg
CaO   oziq   moddalari   yo‘qotiladi.   Ekin   ekiladigan   maydonlarning   deyarli   10-11%
qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   etishtirishga   qulay   hisoblanadi.   FAOning   ekinlar
hosildorligini   oshirish   bo‘yicha   tahliliy   ma’lumotlariga   ko‘ra,   93   rivojlanayotgan
mamlakatlarning 63 % da hosildorlikni intensiv ravishda 15 % ga oshirishi lozim,
faqat 22% zaxira yerlar hisobidan oshirishi kutilmoqda. 
Umumiy 6444 mm. yomg‘irlarining faqat 30 % foydali (yaroqli), 10 % kam
foydali,   60%   turli   malakatlardagi   foydalanilmaydigan   yerlarga   to‘g‘ri   keladi.
YArim   arid   tropiklar   dunyoning   besh   qit’asida   (Markaziy   Amyerika,   Janubiy
g‘arbiy   Osiyo,   Afrika,   Janubiy   Amyerika   va   Janubiy   SHarqiy   Osiyo)dagi   50
mamlakatda   700   mill ion   odam   doimiy   qurg‘oqchilik   va   vaqti-vaqti   bilan   ro‘y
byeradigan ochlik tahdid ostida yashashadi.   haydaladigan yerlarning taxminan 65
%   donli,   dukakkli   va   moyli   ekinlar   ekinlar   uchun   noqo‘lay   (nepochatnыy)
hisoblanib,   oziq   ovqat   etishtirishni   yaxshilash   uchun   qishloq   xo‘jaligini   tubdan
yaxshilashni   taqozo   etadi.   Hindistonni
10 % maydoni YArimarid tropik mintaqaga to‘g‘ri keladi.
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.15 бет. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

DEHQONCHILIKNING ILMIY ASOSLARI Reja: 1. Dehqonchilikning ilmiy asoslari. 2. Madaniy o‘simliklarning hayot omillari 3. 3. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika

1. Dehqonchilikning ilmiy asoslari. O‘simlik har qanday tirik organizm kabi o‘sishi, rivojlanishi va hosil byerishi uchun muayyan sharoitlarni talab etadi. Qachonki ushbu muayyan sharoitlar mavjud bo‘lsa o‘simlikda kechadigan barcha fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy, va boshqa jarayonlar me’yorda o‘tib u kutilgan hosilni shakllantiradi. SHundan kelib chiqib yer yuzida o‘sadigan turli xildagi o‘simliklar o‘sish sharoitlariga qarab har xil talablar qo‘yadi. O‘simliklarning nomal hayot sharoiti uchun tashqi muhit omillari - yorug‘lik, issiqlik, havo, oziqa va suv zarur bo‘ladi. SHulardan yorug‘lik va issiqlik kosmik omillarga, oziqa, havo va suv yer omillariga kiradi. O‘simliklarni o‘ziga xos bir «zavod»ga o‘xshatish mumkin. Zavodda xom ashyolardan har xil yangi mahsulot ishlab chiqarilgani kabi, o‘simliklar ham turli anorganik moddalarni o‘zlashtirib, har xil organik moddalar sintezlaydi. Dehqonchilikning asosiy vazifasi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun tegishli sharoit yaratish asosida ulardan yuqori hosil olishdir. K.A.Timiryazevning ta’biricha, madaniy o‘simlik va uning talabi masalasi dehqonchilikning tub ilmiy vazifasidir; qolgan masalalarning hammasi unga aloqador bo‘lganligi uchun ham muhimdir. O‘simliklar rivojlanishi va hosil byerishi uchun muayyan shart-sharoit bo‘lishini talab qiladi. Ularning hayot-faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. SHuning uchun ham o‘simliklarning tashqi muxit bilan o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi ilmiy dexdonchilikning asosi hisoblanadi. Ma’lumki, o‘simliklar o‘z organizmini bunyod etishi uchun tashqaridan «qurilish matyeriallari» (N, O 2 , N, R, K, Sa, Fe, Mg va boshqa kimyoviy elementlar) ni va quyoshning yorug‘lik enyergiyasini oladi va shular yordamida organik moddalar sintezlaydi.

O‘simlik organlari hosil bo‘lishida qatnashuvchi, o‘sishiga, rivojlanishiga, hosildorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar Dehqonchilikda madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi. O‘simliklarning hayot omillari ikki guruhga bo‘linadi: birinchisi, kosmik yoki enyergetik omil, bunga yorug‘lik va issiqlik; ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, havo va oziq elementlari kiradi. Ilmiy dexqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo‘lsa ham, u tuproq hosil bo‘lish jarayonida to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga 1-rasm. O‘simliklarga hayot bog‘liq bo‘ladi. omillarining ta’siri. Muhit sharoiti deganda, hayot omillarining o‘simlikka ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan tashqi holatni tushunamiz. Muhit sharoiti o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1) tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yerning sho‘rlanganligi, sizot suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar); 2) fitologik (ekinlarning vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona o‘tlar, kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 3) agrotexnik tadbirlar (dala ishlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan sabablar va boshqalar). O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini hisobga olib, ularni o‘simlik talabiga qarab qo‘llash Dehqonchilikning uchinchi ilmiy asosini tashkil etadi. O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini tarixiy davr mobaynida o‘rganish natijasida ilmiy Dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi. 2. Madaniy o‘simliklarning hayot omillari O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi uning hayot omillari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu sharoitlar mavjud bo‘lsa o‘simlikda kechadigan

barcha fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy, va boshqa jarayonlar me’yorda o‘tib u kutilgan hosilni shakllantiradi. Demak, o‘simlik-larning hayot omillari deb uni o‘sishiga, rivojlanishiga, hosil-dorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisiga madaniy o‘simliklar ning ha yot omillari deyiladi. O‘simliklarning hayot omillari ikki guruhga bo‘linadi: bi rinchisi kosmik yoki enyergetik omil, bunga yorug‘lik va issiqlik; ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, oziq elementlari va hokazolar kiradi. Ilmiy dehqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo‘lsa ham, u tuproq hosil bo‘lish jarayonida to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Madaniy o‘simliklarning hayot omillariga talabi. Uzoq evolyusion davrdan boshlab o‘simliklarni o‘sib rivojlanishi uchun tashqiy sharoit muhim ahamiyat kasb etib kelgan desak yanglishmaymiz. Ko‘p holatda barcha o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan. Qachonki o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun tashqi muhit sharoitlari, ya’ni yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va oziq elementlari mavjud ekan u yaxshi o‘sib rivojlangan. Bu esa o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydigan hayot omillari tushunchasini oldi. Y o rug‘lik. O‘simliklarda foto-sintez jarayoni faqat yorug‘likda ro‘y byeradi. Fotosintez jarayoni tufayli yashil o‘simliklar quyosh nuridan foydalanib tuproq va havodagi anorganik moddalarni organik (kraxmal, shakar, oqsil) moddalarga aylantiradi. Bunda organik sintezning dastlabki mahsuli - shakar hosil bo‘ladi va yerkin kislorod ajralib chiqadi. Ma’lumki, kislorod barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur. Quyosh nuri tekis tushib turgan sharoitda fotosintez jarayoni ta’sirida o‘simlikning 1 m 2 barg sathi sutkasiga o‘rtacha 10-20 g organik modda sintezlashi mumkin. Masalan, g‘o‘za bargining 1 m 2 satxida bir soatda yorug‘likda 1,45 -1 46 g, havo bulut paytda esa 0,06 - 0,073 g organik modda sintezlangan. Agar o‘simlik yorug‘lik bilan etarlik darajada ta’minlanmasa, u yaxshi o‘smaydi, poyasi ingichka bulib ko‘proq yotib koladi, yorug‘likning etishmasligi mahsulotning sifatiga ham

salbiy ta’sir etadi, masalan, g‘alla ekinlarining boshoqlarida don va undagi oqsil, kartoshkada kraxmal va shakar, lavlagida esa shakar to‘planishi kamayadi. Hozirgi vaqtda o‘rtacha agrotexnika tadbirlari qo‘llanilib o‘stirilayotgan ikki pallali o‘simliklarning 1 m 2 barg sathida sutkasiga 4-5 g; g‘alla o‘simliklarida esa 6-8 g miqdorda fotosintez mahsuloti sintez qilinadi. Uzun kun o‘simliklariga appa bug‘doy, suli, javdar, ko‘k no‘xat, kartoshka, karam, vika, zig‘ir kabi ekinlar kirib, ular shimoliy hududlarda yaxshi o‘sib mo‘l hosil byeradi. Lekin yuqorida ta’kidlangan ekinlarning ayrimlarini janubiy tumanlarda ham etishtirish mumkin. Qisqa kun o‘simliklariga g‘o‘za, kanop, makkajo‘xori, oq-jo‘xori, beda, kungaboqar, tariq, soya, loviya va boshqalar mansub bo‘lib, ular asosan janubiy hududlarda etishtiriladi. Bu ekinlarning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun qisqa kun qulay hisoblanadi. Qisqa kun (janub) o‘simliklari uzun kunli shimoliy tumanlarga ekilsa, ularning vegetatsiya davri cho‘zilib ketadi, ayrim turdagi o‘simliklar esa hatto hosil ham byermaydi va shu bilan vegetatsiyasini tugatadi. SHu bilan bir qatorda barcha madaniy o‘simliklar yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra asosan ikki guruhga yorug‘sevar va soyaga chidamli o‘simliklarga bo‘linadi. CHunonchi, g‘o‘za yorug‘sevar o‘simlik, agar yorug‘lik etishmasa, u ingichka bo‘lib bo‘yiga o‘sib ketadi, rangi sarg‘ish bo‘lib o‘sadi, barglarida xlorofil donachalari bo‘lmaydi. O‘simliklar yerga tushayotgan quyosh nuri enyergiyasining 2-5% dan foydalanadi. SHuning uchun o‘simliklar barg sathining fotosintez mahsulotini ko‘paytirish lozim. CHunki vegetatsiya davri 100 kun davom etadigan o‘simlik 1 m 2 barg satxining fotosintez mahsuloti sutkasiga 8-10 g ga etkazilganda, gektaridan 15-30 vegetatsiya davri 150 kun davom etadiganlaridan esa 40-60 t quruq massa hisobidan hosil etishtirish mumkin. Buning uchun eng avvalo qishloq xo‘jlik ekinlarini unib chiqqandan boshlab to‘g‘ri parvarishiga e’tiborni qaratish talab etiladi. Madaniy o‘simliklarni soyalatishdan saqlash, begona o‘tlarga qarshi kurashni o‘z vaqtida tashkil etish, ularni madaniy o‘simliklarni soyalatib qo‘ymasliklarini oldini olish, o‘simliklarni