Yengil аtlеtikаdа tехnik-tаktik tаyyorgаrlik, Yengil аtlеtikаdа ilmiy tаdqiqоtlаr, Bolalar va o’smirlar sporti asoslari
Mavzu: Yengil аtlеtikаdа tехnik-tаktik tаyyorgаrlik , Yengil аtlеtikаdа ilmiy tаdqiqоtlаr, Bolalar va o’smirlar sporti asoslari Reja 1. Yengil atletikaning tarixiy taraqqiyoti 2. Yengil atletika turlari texnikasi 3. Yengil atletika bo’limlari texnikasi haqida ma’lumot 4. Yengil atletikada texnik taktik tayyorgarlik turlari
Yengil atletikaning tarixiy taraqqiyoti Yengil atletika degan nom shartli bo`lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarni tabiiy ahamiyatini yoritib bera-olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha «atletika» so`zidan olingan bo`lib, «mashq», «kurash», «bellashuv» degan ma’noni beradi. Qadimiy yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar. Hozirgi kunda jismoniy kamolotga erishgan komil kishi-larni atlet deyiladi. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» (Frantsiyada) yoki «yo`lka va maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar. Yengil atletika hayotda eng kerakli keng tarqalgan mashqlarni – yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashtirib, eng ommaviy sport turi hisoblanadi. Ko`pgina yengil atletika mashqlari umumiy omma bajara oladigan, eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha har kungi hayotda har xil turda uchraydi va me’yorlanadi. Yengil atletika bilan yil davomida shug’ullansa bo`ladi. Shu sabablarga ko`ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) respublika maxsus testlar majmuasi «Alpomish» va «Barchinoy»ni ko`pchilik qismining amaliy mezonlarini tashkil etadi. Yengil atletikani ko`pincha «sport malikasi» deb atashadi. Bunga sabab, u respublika, xalqaro musobaqalar, Olimpiya o`yinla-rini hamma dasturlariga kiritiladi, shu bilan birga o`ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo`yicha eng ko`pi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya instituti, universitetlar va pedagogik institutlarning fakultetlari dasturida, yengil atletika asosiy o`quv predmeti bo`lib, sport faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha), kasbiy ta’lim (faoliyat turlari bo`yicha), sport psixologiyasi yo`nalishlaridagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Yengil atletika musobaqa mashqlarining turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va ularni bajarishni har xil usullari va variantlari mavjud.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushirish uchun uni besh bo`limlarga bo`lib (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko`pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o`z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar, 23 turi ayollar Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan . Yengil atletika sporti turlarini turli xil parametrlar bo`yicha tasniflash mumkin: yengil atletika turlari guruhlari, jinsiy va yoshga xos belgilar, o`tkazilish joylari. Yengil atletikaning beshta turi asos hisoblanadi: yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar va ko`pkurashlar. Jinsiy va yoshga xos belgilarga ko`ra tasniflanishi: erkaklar, xotin-qizlar turlari; har xil yoshdagi o`smir yigit va qizlar. Yengil atletika bo`yicha eng oxirgi sport tasniflanishida xotin-qizlarda stadionda, shosse va kesishgan joyda o`tkaziladigan 50 sport turi va yopiq inshootlarda o`tkaziladigan 14 sport turi, erkaklarda mos ravishda 56 va 15 sport turi mavjud. Sport turlarining keyingi tasniflanishi mashg’ulotlar va musobaqalar o`tkazilish joylari bo`yicha amalga oshiriladi: stadionlar, shosse va prosyolka yo`llari, kesishgan joylar, sport manejlari va zallar. Yengil atletika sport turlari tuzilishiga ko`ra tsiklik,atsiklik va aralash turlarga qandaydir jismoniy sifatning ko`proq namoyon qilinishi nuqtai nazaridan esa: tezlik, kuch, tezlik-kuch, tezlik chidamliligi, maxsus chidamlilik turlariga bo`linadi. Shuningdek, yengil atletika turlari Olimpiya (O) va noklassik (barcha qolganlari) turlarga bo`linadi. Hozirgi kunda Olimpiya o`yinlari dasturiga erkaklarda yengil atletikaning 24 turi, ayollarda – 23 turi kiritilgan. Bu sport turida ko`p miqdorda olimpiya medallari uchun bahslar bo`lib o`tadi. Yengil atletika bo`limlaridagi turlarni ko`rib chiqamiz. Yurish - siklik tur bo`lib,maxsus chidamlilikni namoyon qilishni taqozo etadi, ham erkaklar, ham ayollar o`rtasida musobaqalar o`tkaziladi. Ayollarda: stadionda – 3, 5, 10 km ; manejda – 3, 5 km ; shosseda – 10, 20 km masofalarda musobaqalaro`tkaziladi.
Erkaklarda: stadionda – 3, 5, 10, 20 km ; manejda – 3, 5 km ; shosseda – 15, 50 km masofalarda musobaqalaro`tkaziladi. Olimpiya (O) turlari: erkaklarda – 20 va 50 km , ayollarda – 20km. masofalarda musobaqalaro`tkaziladi Yugurish quyidagi toifalarga ajratiladi: ravon yugurish, to`siqlar osha yugurish, g’ovlar osha yugurish, estafetali yugurish, kross yugurish. Sprint yoki qisqa masofalarga yugurish deb ataladigan stadionda va manejda o`tkaziladigan masofalar: 30, 60, 100 m (O), 200 m (O), erkaklar va ayollar uchun bir xil. Uzoqqa sprint stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar: 300, 400 m (O), 600 m , erkaklar va ayollar uchun bir xil. Chidamlilikka yugurish: - o`rta masofalar: 800 m (O), 1000, 1500 m (O), 1 mil – erkaklar va ayollarda stadionda va manejda o`tkaziladi; - uzoq masofalar: 3000, 5000 m (O), 10000 m (O) – stadionlarda (manejlarda – faqat 3000 m ) o`tkaziladi, erkaklar va ayollar uchun bir xil; - o`ta uzoq masofalar – 15; 21.0975; 42,195 m (O); 100 km – shosseda o`tkaziladi (start va finish stadionda o`tkazilishi mumkin), erkaklar va ayollar uchun bir xil; - ultra uzoq masofalar – bir kechayu-kunduz davom etadigan yugurish stadionda yoki shosseda o`tkaziladi, ham erkaklar, ham ayollar qatnashadi. Shuningdek, 1000 milga (1609 km ) va 1300 milga (uzluksiz yugurishning eng uzoq masofasiga) yugurish bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi. G’ovlar osha yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u tezlik, tezlik chidamliligi, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilinishini taqozo qiladi. erkaklarda va ayollarda, stadionda va manejda o`tkaziladi. Masofalar: 60, 100 m
(O), 400 m (O) ayollarda; 110 m (O), 300 m va 400 m (O) erkaklarda (oxirgi ikki masofa faqat stadionda o`tkaziladi). To`siqlar osha yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u maxsus chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilini-shini taqozo etadi. e rkaklar va ayollarda stadionda hamda manejda o`tkaziladi. Ayollarda masofalar – 2000 m, 3000m (O), erkaklarda masofa – 2000, 3000 m (O). Estafetali yugurish – tuzilishiga ko`ra aralash tur, u tezlik, tezlikka bo`lgan chidamlilik va chaqqonlikning namoyon qilinishini talab etadi. Olimpiya tur hisoblanadigan 4x100 m va 4x400 m ga yugurishlar erkaklarda va ayollarda stadionda o`tkaziladi. Manejda 4x200 m va 4x400 m ga estafetali yugurish bo`yicha musobaqalar erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham o`tkaziladi. Shuningdek, stadionda800, 1000, 1500 m va har xilmasofalardamusobaqalar o`tkazilishi mumkin. SHahar ko`chalari bo`ylab uzunligi, soni va kontingenti har xil bo`lgan erkaklar va ayollar aralash estafetalar o`tkaziladi. Avvallari shved estafetalari deb nomlanadigan estafetalar keng ommalashgan edi: 800+400+200+100 m – erkaklarda, 400+300+ +200+100 m – ayollarda. Kross yugurish tabiy sharoitda, ochiq havoda shahar hiyobonlari, aholi yashash joylaridagi katta yo`llarda o`tkazilib, yuguruvchilardan maxsusvaumumiy chidamlilikni namoyon qilinishini talab etadi. erkaklarda masofa – 1, 2, 3, 5, 8, 12 km , 14km.;ayollarda – 1, 2, 3, 4, 6 km . Yengil atletika sakrashlari ikkita guruhga bo`linadi: vertikal va gorizontalto`siqlar osha sakrashlar. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: a) yugurib kelib balandlikka sakrashlar; b) yugurib kelib langarcho`p bilan sakrashlar. Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: a) yugurib kelib uzunlikka sakrash;