Django frameworki va uning imkoniyatlari, jadvallar
Django frameworki va uning imkoniyatlari , jadvallar Reja: 1. Jadvallar haqida umumiy ma’lumot. 2. Jadvallarninng qo’llanilishi va uni qurish. 3. Bir yacheykaga bir necha satrlarni birlashtirish. 4. Bir necha ustunlarni bir yacheykaga birlashtirish. 5. Jadvaldagi ranglar.
Jadvallar h aqida umumiy ma’lumot Jadvallar-bu Web sahifalarda ma’lumotlarni (vizual) tashkil qilishning mu h im vositalaridan biridir. Bizga ma’lumki HTMLda, bezatish elementlarini aniq koordinatalar bo’yicha joylashtirish vositalari mavjud emas. Shuning uchun jadvallardan shu maqsadda foydalanish maqsadga muvofi q . Jadvallarni Web sahifaga joylashtirib, ularning kataklariga bezatish elementlarini joylashtirish mumkin. Bundan tashqari yana freymlar deb ataluvchi vositalar yordamida ham bu ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin bu vosita oxirgi vaqtlarda Web masterlar orasida o’z ommaviyligini yo’qota boshladi. Biz freymlarga keyingi ma’ruzamizda batafsil to’xtalamiz. Jadvallardan to’laligicha foydalanish qoidalarini bilish uchun ularning tuzilishini yaxshi bilish talab qilinadi. HTML da jadvallar satrlardan tashkil topadi, satrlar esa o’z navbatida yacheyka (katak)lardan tashkil topadi. Shunday ekan bu obyektlarning h ar birining o’z parametrlari mavjud. Bu parametrlar yordamida ularning o’lchamlarini o’rnatish mumkin. Agar biz jadvalning kengligini oldindan aniqlab q o’ygan bo’lsak, masalan 100 piksel deb aniqlagan bo’laylik va h ar bir satrda 4 ta yacheyka joylashgan bo’lib bu yacheykalarning h ar birining uzunligi 30 pikseldan iborat bo’lsin, u h olda jadval kengligi 100 piksel bo’lmasdan balki 120 piksel bo’ladi. Agar birorta yacheyka kengligi 30 pikseldan ko’p bo’lgan grafik tasvir joylashgan bo’lsa, u h olda yacheykaning kengligi tasvir kengligiga mos ravishda kengayadi, buning natijasida esa butun jadvalning kengligi oshadi. Bu imkoniyat shuning uchun yaratilgan, buning natijasida q ar bir yacheykadagi ma’lumot aniq va h yech qanday yo’qotishlarsiz to’laligicha tasvirlanadi. Shuni e’tiborga olish kerakki jadvalning ustunlarini oldindan aniqlash imkoniyati yo’q. Ustunlarni brauzerning o’zi jadval satrlarini ta h lil qilib aniqlaydi va jadvalni to’laligicha tasvirlaydi.
Endi biz jadval teglari bilan tanishishni boshlaymiz. Jadval va uning tashkil etuvchi hamma elementlari <table> va </table> teglari orasida sarlavhasi esa <caption> va </caption> teglari orasida joylashtiriladi. Jadvallarda bundan tashqari ustunlar guru h ini <col> va <colgroup> teglari yordamida aniqlash mumkin, hamda <thead> va <tfoot> teglar bilan mos ravishda jadvalning yuqorigi va pastgi sarlavhalarini (shapkalarini) tashkil qilish mumkin. Satrlar guru h ini esa <tbody> tegi yordamida h osil q ilamiz. Shunday qilib jadval asosan yuqorida ko’rilgan teglardan tashkil topadi, qolgan boshqa jadval elementlari esa shu obyektlar ichida joylashadi. <table> tegida jadvalning barcha xususiyatlarini o’rnatish uchun yetarli bo’lgan parametrlar mavjud. Jadvallarda balandlikni o’rnatish parametri yo’q, kenglikni esa width shart bo’lmagan parametr bilan o’rnatish mumkin. Jadvaldagi yacheykaning balandligi yacheykadagi obyektning o’lchamiga mos ravishda hisoblanadi. Jadval chegaralarining kengligini o’rnatish uchun border parametridan foydalanamiz. Bu parametrga manfiy bo’lmagan butun qiymat beriladi. Chunki u chegaradagi chiziqlarning kengligini (piksellarda) o’rnatadi. Agar biz bu parametrga “nol” qiymat o’rnatsak jadval chegaralari ko’rinmas h olatga o’tadi. Bu esa bizga yacheykalarida Web sahifaning elementlari joylashgan ko’rinmas jadval tuzish imkoniyatini yaratadi. Yacheykalar o’rtasidagi masofani cellspaciing parametri yordamida piksellarda o’rnatish mumkin. Xuddi shunga o’xshash cellpadding parametri yacheyka ichidagi obyekt bilan uning chegaralari orasidagi masofani piksellarda o’rnatadi. Shunday qilib cellspacing yacheykalar o’rtasidagi ochiq (bo’sh) masofa, cellpadding esa yacheyka ichidagi bo’sh qoldirilgan joy. 8.1. Jadvallarninng qo’llanilishi va uni qurish Ro’yxatlardagi bitta kamchilik – bu ularning bir o’lchovliligidir. Bu degani siz ro’yxatda ma’lumotlarni ketma-ketlik bilan satrma-satr
joylashtirishingiz mumkin deganidir. Jadvallar ma’lumotlarni faqat satr bo’ylab emas balki ustun bo’yicha ham joylashtirish imkonini beradi. Jadvallarni shunday ishlatish kerakki ular Web sahifada shunchaki joy egallamasligi kerak. Jadvalning satr va ustunlari ma’lumotlarni taqqoslash, qarama - qarshi qo’yish imkonini beradi. H ar bir satr va ustundagi ma’lumotlarni elektron jadval singari tasvirlash mumkin. Yaxshi tuzilgan jadval bilan Web sahifa ma’lumotga boy va tartibli bo’ladi, ammo ko’rimsiz jadval sizning ma’lumotlaringizni chalkashtirib yuboradi. Jadval masalasi murakkab ko’rinishi mumkin, chunki buning uchun butun bir teglar ketma-ketligi tuziladi. <table> va </table> teglar jadvalini butunligicha o’z ichiga oladi. Ma’lumot chiqarilishini boshqa bir teglar ketma-ketligi aniqlaydi. Quyida jadvalning hamma teglari ifoda qilingan: <table>, </table> bu teglar jadvalni egallaydi. <table> tegi brauzerga o’zidan keyin jadvalning berilishi kelishini xabar qiladi. Agar siz satr va ustunlarni ajratib turuvchi (chiziqlari) ko’rinishini o’zgartirishni xoxlasangiz border kalit s o’ zini kiriting (<table border> h osil bo’ladi); <caption> va </caption > bu teglar bilan belgilangan matn sarlavha ko’rinishini oladi. Sarlavhani berish masalasi <tc> va </tc> yordamida ham bajarilishi mumkin; <th> va </th> bu teglar matnni satr yoki ustun sarlavhasi qilib, biroz qalin shriftda tasvirlaydi; <tr> va </tr> jadvalning h ar bir satrini aniqlaydi. </tr> tegi zarur emas, biro q u sizning HTML kodingizni yanada to’la tushunarli qiladi; <td> va </td> bu teglar juftligi jadvalning h ar bir yacheykasi uchun matn ajratadi; Sizning birinchi q adamingiz – ona teg <table> ni kiritish.
< table> </table> jadvalning h ar bir yacheykasi nozik chiziqlar bilan b o’ linishi uchun <table> tegiga border=1 kalit so’zini kiriting. Agar bu bo’lmasa yacheykaning so’zlari avtomatik tarzda tekislanadi, ammo jadvalda t o’ r (ajratuvchi chiziqlar) bo’lmaydi. Endi yacheykalarni birin-ketin yaratib boring. Dastlab satrni bering: <table> <tr> </tr> </table> bundan so’ng ustunning sarlavhasi bo’ladigan yacheykani bering. Brauzerlar sarlavhani qolgan matnlarga nisbatan qalinro q shriftda tasvirlaydi. <table> <tr> <th> god </th> <th> model </th> <th> marka </th> </tr> </table> H ozir sizning jadvalingiz ustunlarning sarlavhasi hisoblangan bita satrdan iborat. Qolgan satrlarni ham kiritib boshlaymiz. H ar bir satrda ustunlar soniga razm solib boring, h ozirgi h olatda 3 ta ustun mavjud. Misol 8_1. <html> <head> <title>Jadval</title>