logo

Doimiy (stasionar) parazitizm

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.6611328125 KB
“ Doimiy (stasionar) parazitizm ”
REJA:
1.  Doimiy parazitizmning xususiyatlari va uning asosiy shakllari.
2.  Davriy   parazitizm.   Avlodlarning   gallanishi   bilan   sodir   bo’ladigan
davriy parazitizm.
3.  Hayot   siklining   ma’lum   bosqichlarida   sodir   bo’ladigan   davriy
parazitizm.
4.  Haqiqiy doimiy parazitizm. Doimiy (stasionar) parazitizm
Doimiy parazitizm shundan iboratki parazit uzoq vaqt davomida yoki butun
umrini   xo’jayin   tanasida,   uning   tashqi   yoki   ichki   organlarida   o’tkazadi.   Doimiy
parazitlar   xo’jayinsiz   o’z   hayotini   davom   ettiraolmaydi.   Shuningdek   xo’jayin   o’z
navbatida bunday parazitlarni tashuvchi ham hisoblanadi.
Doimiy (stasionar) parazitizm davriy va haqiqiy doimiy shakllarga bo’linadi.
I.  Davriy   parazitizm.      Parazitizmning   ushbu   shakli   shundan   iboratki,
parazit hayotining ma’lum qismini yoki bosqichini xo’jayindan tashqarida, u bilan
bog’lanmagan holda o’tkazadi. Davriy parazitizm shakli bir tomondan vaqtinchalik
parazitizmga   o’xshab   ketadi,   lekin   ayrim   xususiyatlari   bilan   undan   keskin   farq
qiladi.
Davriy   parazitlarga   mansub   bo’lgan   organizmlar   o’zlarining   hayoti
jarayonida ma’lum bir bosqichda albatta parazitlik bilan hayot kechirishi shartdir.
Parazitlik   bilan   oziqlanish   jarayoni   ayrim   tur     yoki   guruh   organizmlarida
avlodlarning   gallanishi   bilan   bog’liq   bo’lsa,   ayrimlarida   lichinkalik   davrida   yoki
imaginal   bosqichda   sodir   bo’ladi.   Shunga   binoan   davriy   parazitizmning   uch
ko’rinishi   farq   qilinadi:   a)   parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   avlodning   erkin
yashovchi   avlod   bilan   gallanishi.   Ushbu   shakldagi   parazitizm   ma’lum   darajada
fakultativ   parazitizmga  o’xshab   ketadi.   Masalan,   baqalarning  o’pkasida   parazitlik
qiluvchi nematoda  Rhabdias bufonis  aslida germafrodit avlod hisoblanadi. Uning
o’pkaga   qo’ygan   tuxumlari   baqaning   og’zi   yoki   ichagi   orqali   kloakasidan
tashqariga chiqariladi. Tuproqda tuxumlardan chiqqan lichinkalar rivojlanib ayrim
jinsli   erkin   yashovchi   nematodalar   avlodi   (generasiyasi   )   paydo   bo’ladi.   Ular   o’z
tuzilishi   bilan   Rhabditis   avlodiga   kiruvchi   boshqa   erkin   yashovchi   nematoda
turlariga juda ham o’xshash bo’ladi.
Ushbu   avlodning   erkak   va   urg’ochilari   o’zaro   jinsiy   qo’shilib,   qo’yilgan
tuxumlardan hosil bo’lgan lichinkalar ho’jayin (baqa) tanasiga kirib parazitlik bilan
hayot kechiruvchi germafrodit  avlodga (generasiyaga) aylanadi.
Shunday   qilib,   Rhabdias   uchun   parazitlik   bilan   hayot   kechirish   davriy
xarakterga ega bo’lib, u turli avlodlarning gallanishi  jarayonida namoyon bo’ladi, ya’ni   ayrim   jinsli   avlodi   erkin   yashovchi   bo’lib,   tuproqda   yashasa,   germafrodit
avlodi baqa o’pkasida parazitlik bilan hayot kechiradi.
Avlodlarning   gallanishida   sodir   bo’ladigan   davriy   parazitizmni   yana
kovakichlilarning   Narcomedusae   guruhiga   mansub   bo’lgan   Cunoctantha
octonaria   gidroid   meduzasida   ham   ko’rish   mumkin.   Ushbu   turning   erkin   suzib
hayot kechiruvchi voyaga yetgan meduza bosqichi planulasimon lichinkalarni hosil
qiladi. Bunday lichinkalar boshqa meduzalarning subumbrellyar bo’shlig’iga kirib,
u yerda parazitlik bilan hayot kechiradi. Lichinka kichikgina meduzachaga aylanib,
o’zining   xartumchali   og’zini   xo’jayinining   xartumchasiga   kiritib   uning   tana
suyuqligini   so’rib   oziqlanadi.   Keyin   meduzacha   kurtaklanish   (jinsiz)   yo’li   bilan
yangi meduzachalarni  hosil  qiladi. Bunday  yo’l bilan hosil bo’lgan meduzachalar
ajralib, erkin yashovchi  avlodga aylanadi. Ularning jinsiy ko’payishi  tufayli hosil
bo’lgan   navbatdagi   lichinkalar   parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   meduzachalar
avlodiga   aylanadi.   Ushbu   misolda   erkin   yashab   jinsiy   ko’payuvchi   avlodning,
parazitlik   bilan   yashovchi   jinsiz   ko’payuvchi   avlod   bilan   gallanishini   ko’rish
mumkin.
b)   hayot   siklining   ma’lum   bosqichlarida   ko’zatiladigan   davriy   parazitizm.
Parazitizmning ushbu  shaklida  ikki  xildagi  ko’rinishini  farq qilish mumkin, ya’ni
lichinkalik bosqichda namoyon bo’ladigan parazitizm va imaginal (voyaga yetgan)
davrida bo’ladigan parazitizm.
Lichinkalik   bosqichda   sodir   bo’ladigan   davriy   parazitizm   ko’pgina
hayvonlar   orasida,   jumladan   nematodalarda,   tuban   qisqichbaqasimonlarda,   ayrim
o’rgimchaksimonlarda   (xeliseralilarda),   hasharotlarda   va   yumshoqtanlilarda
uchraydi.   Masalan,   Mermithidae   oilasiga   kiruvchi   nematodalarning   voyaga
yetgan   bosqichi   suvda   erkin   hayot   kechirishga   moslashgan.   Ular   o’z   tuxumlarini
suvga   qo’yadi.   Tuxumdan   chiqqan   lichinkalar   suv   hayvonlaridan   mollyuskalar
yoki   suv   bilan   bog’liq   bo’lgan   hasharotlar   tanasiga   kirib,   parazitlik   bilan  yashab,
barcha   rivojlanish   bosqichlarini   boshidan   kechiradi.   Voyaga   yetgandan   keyin
xo’jayin tanasini tashlab suvga chiqadi va erkin hayot kechirish davrini boshlaydi.
Turli   mermitidlarning   voyaga   yetgan   davri   turlicha   vaqt   davom   etadi.   Ko’pgina turlari voyaga yetishi bilanoq xo’jayin tanasini tashlab, xar xil jinslar o’zaro jinsiy
qo’shilib tuxum qo’ya boshlasa, ba’zi turlari, masalan,  Mermis nigresens  xo’jayin
tanasini   tashlab,   ikki   yil   erkin   hayot   kechirishdan   so’ng   jinsiy   qo’shilib,   tuxum
qo’yadi.
Tuban   qisqichbaqasimonlarning   eshkak   oyoqlilar   (Copepoda )   turkumining
Monstrillidae  oilasi vakillari o’ziga xos  parazitlik qilish xususiyatiga ega.
Dengizda   nauplius   ko’zi   yordamida   mo’ljal   olib   eshkak   oyoqlari   bilan
planktonda tez suzib hayot kechiradi. Voyaga yetgan qisqichbaqaning ovqat hazm
qilish sistemasining reduksiyaga uchraganligi tufayli u oziqlanmaydi. Urg’ochilari
urug’langan   tuxumlarini   qo’ygandan   keyin,   ulardan   nauplius   lichinkalari   chiqib
o’zlarining   xo’jayinini   ( Polydora,   Salmocina   polixetalari)   topib,   uning
(hozirgacha fanga noma’lum bo’lgan yo’l bilan) orqa qon tomiriga kirib joylashib
oladi va po’st tashlab avval tanasi aniq qismlarga bo’linmagan (chegaralanmagan)
ko’p xujayrali oval shakldagi tanachaga, keyin uning bir tomonida (old tomoni deb
qarash   lozim)   ikkita   paypaslagichsimon   uzun   o’simtasi   o’sib   chiqadi.   Ushbu
o’simtalar   oziq   moddalarni   so’rib   oluvchi   va   hazm   qiluvchi   organlar   sifatida
xizmat qiladi. Ushbu parazit lichinka yana bir marta po’st tashlab, tashqi va ichki
organlari   shakllangan,   voyaga   yetgan   qisqichbaqaga   aylanadi   va   o’z   kutikulasini
yorib,   shuningdek   xo’jayin   tanasini   tashlab,   suvga   chiqadi   va   erkin   hayot
kechirishga o’tadi. 
Lichinkalik   bosqichida   parazitlik   qilish   xususiyati   dengiz   o’rgimchaklari
sinfining   (Pantopoda )   ko’pgina   turlarida   ham   mavjuddir.   Ularning   lichinkalik
parazitizmdagi yana bir xususiyati shuki, ularda ektoparazitlikdan endoparazitlikka
o’tish   jarayonini   ko’rish   mumkin.   Dengiz   o’rgimchagining   (Numphon   rubrum)
tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinkasi  ayrim muvaqqat organlari yordamida o’z
xo’jayiniga   yopishib   olishga   yordam   beradi.   Bunday   organlardan   oldingi
oyoqlarda joylashgan ip o’rovchi bezlarning ajratgan suyuqligi mustahkam ip hosil
qilib, xo’jayin tanasiga ilashib oladi. Dengiz   o’rgimchaklarining   aksariyat   turlarining   lichinkalari   asosan   gidroid
poliplarning   kolonial   shakllari   tanasiga   yopishib   yoki   koloniya   gidrantlari
og’izchasi ichiga xartumchasini kiritib, tana suyuqligini so’rib parazitlik qiladi. 
Ayrim   turlari   (Anoplodactylus   avlodi )ning   lichinkalari   esa   gidrant   ichiga
(gastral   bo’shlig’iga)   kirib   endoparazitlik   qiladi.   Lichinka   metamorfoz   bilan
rivojlanishini tugatib voyaga yetadi va erkin hayot kechirishga o’tadi.
Lichinkalik   davrda   parazitlik   qilish   hasharotlarning   ko’pgina   guruhlarida
mavjud.   Masalan,   pardaqanotlilardan   (Hymenoptera)   trixogramma,   gabrabrakon
va   boshqa   bir   qator   yaydoqchilar   o’z   tuxumlarini   zararkunanda   hasharotlarning
tuxumi,  lichinkasi  va  g’umbaklari  ichiga   qo’yadi.  Parazitning  tuxumidan  chiqqan
lichinka   zararkunandaning   tuxumlari,   lichinkasi   va   g’umbagini   yeb   rivojlanadi.
Ushbu   hasharotlarning   voyaga   yetgan   (imago)   davri   esa   erkin   hayot   kechiradi.
Bunday   xususiyatni   qo’sh   qanotli   (Diptera)   hasharotlar   turkumining   pashshalar,
so’nalar  (Tachinidae, Oestridae)  oilalarining turlarida ham uchratamiz.
Plastinkajabrali   mollyuskalarning   Unionidae   oilasining   turlari   ham
lichinkalik   davrida   parzitlik   qilishga   moslashgan.   Masalan,   baqachanoq   (tishsiz-
Anodonta ) tuxumlarini jabrasining yaproqchalari orasiga qo’yadi. Tuxumdan ikki
pallali deyarli yumaloq chig’anoqqa ega bo’lgan   gloxidiya   deb ataluvchi lichinka
chiqadi. Uning chig’anog’ini qorin tomon qirrasida uchi qayrilgan bir juft tishchasi
va bissus bezlaridan hosil bo’luvchi uzun va yopishqoq ipchalari ham bo’ladi.
Mollyuska yaqinidan bironta baliq suzib o’tsa, uni sezishi bilanoq, o’zining
chiqarish sifoni orqali lichinkalarini baliq tomoniga qarab otadi. Ushbu lichinkalar
chig’anog’idagi   ilgakchalar   va   bissus   ipchalari   yordamida   baliqning   jabrasiga   va
suzgich   qanotlariga   yopishib   oladi.   Baliq   terisining   qitiqlanishi   tufayli,   lichinka
yopishgan   joyda   epiteliy   o’sib,   lichinkani   o’rab,   qoplab   oladi.   Shishning   ichida
qolgan   lichinka   baliq   tanasi   hisobidan   shiddat   bilan   oziqlanib,   1-2   oy   davomida
metamorfoz   bilan   rivojlanib,   yosh   mollyuskaga   aylanadi.   Keyin   shish   yorilib,
mollyuska   xujayin   tanasini   tashlab   suv   tubiga   tushadi   va   erkin   hayot   kechirishga
o’tadi. Lichinkalik   bosqichida   sodir   bo’ladigan   parazitizmning   turli-tuman
ko’rinishlaridan ma’lum bo’lishicha, lichinkaning xo’jayin hisobidan shiddat bilan
oziqlanib,   voyaga   yetishi,   uning   tuxumlarining   rivojlanib   yangi   avlodning
yetishishiga   asos   solinadi   deb   qarash   mumkin,   chunki   bunday   lichinkalardan
voyaga   yetgan   o’rg’ochi   individlarda   ovqat   hazm   qilish   sistemasi   umuman
reduksiyalangan   bo’ladi.   Ushbu   o’rg’ochining   qo’ygan   tuxumlarini   rivojlanib
yangi avlodni hosil bo’lishi uchun sarf bo’ladigan oziq maxsulotlari parazit holda
yashab,  to’plangan zaruriy maxsulotlar   hisobidan  bo’lishini  albatta  nazarda  tutish
lozimdir.
Ayrim   hollarda   esa   lichinkalik   parazitizm   shu   tur   uchun   hyechqanday
ahamiyatga ega bo’lmaydi, chunki ularning imagolari ancha uzoq yashaydi, ovqat
hazm   qilish   sistamasiga   ega   bo’ladi   va   shiddatli   oziqlanish   jarayonini   amalga
oshiradi.
v)   Imaginal   davrdagi   parazitizm.   Bu   turdagi   parazitizm   lichinkalik
davridagi parazitizmga nisbatan ko’proq o’chraydi. Imaginal parazitizmda voyaga
yetgan   bosqichdagi   organizm   parazitlik   bilan   oziqlanishga   moslashgan   bo’lsa,
uning   lichinkalari   esa   erkin   hayot   kechirishga   moslashgan   bo’ladi.   Ushbu
parazitizm   turi   ko’pgina   nematodalar,   ayrim   qisqichbaqasimonlar,   hasharotlar   va
kanalarda uchraydi.
  Nematodalardan   o’n   ikki   barmoqli   ichak   qiyshiq   bosh   chuvalchangi
( Ancylostoma   duodenale )   voyaga   yetgan   davri   odam   ichagida   parazitlik   qiladi.
Uning   tuxumlari   odam   najasi   bilan   tashqi   muhitga   chiqariladi.     Tuxumdan
lichinkalar   chiqib,   tuproqda   ikki   marta   tullab   (po’st   tashlab),   uchinchi
boshqichdagi   lichinkaga   aylanadi.   Bu   lichinka   invazion   hisoblanadi.   U   nam
tuproqda   ancha   vaqtgacha   erkin   yashayoladi   va   qulay   sharoitda   xujayin   terisini
teshib,   qon   oqimiga   o’tadi   va   ushbu   tizimda   qon   bilan   aylanib,   yana   ikki   marta
po’st tashlab, o’pkadan og’izga va oxiri ichakka borib voyaga yetadi.
Tuban   qisqichbaqasimonlardan   eshkakoyoqlilar   ( Copepoda )   turkumining
ayrim   turlarining   parazitlik   bilan   hayot   kechirishi   imaginal   parazitizmga   misol
bo’laoladi.   Masalan,   Sacculina   avlodi   turlari   tuxumdan   chiqqan   nauplius lichinkasi suvda so’zib o’sadi va po’st tashlab, ikki tavaqali mantiyaga ega bo’lgan
siprissimon   bosqichga   o’tadi.   Shundan   keyingina   u   xo’jayini   hisoblanuvchi   krab
tanasiga joylashib parazitlik hayot kechirishga o’tadi.
Imaginal   parazitizmga   burgalarni   ham   ko’rsatish   mumkin,   chunki   ularning
lichinka   va   g’umbaklari   erkin   hayot   kechirib,   organik   chirindi   qoldiqlari   bilan
oziqlanadi. 
Haqiqiy doimiy parazitizm
Bunday   parazitlar   butun   umrini   xo’jayin   tanasida   yoki   uning   ichki
organlarida   o’tkazadi   va   xo’jayindan   ajralgan   holda   tashqi   muhitda   mustaqil
yashashga qobiliyatsiz bo’ladi.
Haqiqiy   doimiy   parazitizm   faqat   bitta   xo’jayin   bilan   bog’liq   bo’lishi   yoki
hayot sikli xo’jayin almashtirish bilan amalga oshishi mumkin. Butun umrini bitta
xo’jayin   tanasida   o’tkazuvchi   parazitlarga   bitlarni   (Pediculus)   ko’rsatadigan
bo’lsak,   uning   tuxumdan   chiqqan   lichinkalaridan   boshlab,   barcha   rivojlanish
bosqichlari va butun umri xo’jayin bilan chambarchas bog’liq holda o’tadi. Ushbu
shakldagi parazitizmga yana patxo’r va junxo’rlarni ham olish mumkin. Ular umr
bo’yi   jun   va   patlar   orasida   yashab,   o’z   tuxumlarini   jun   tolasi   yoki   patlarga
yopishtirib   qo’yadi.   Umr   bo’yi   bitta   xo’jayin   tanasida   parazitlik   qiluvchi
hayvonlarga   qo’tir   (qichima)   kanasi   ( Sarcoptes   scabiei )   ni   oladigan   bo’lsak,   u
odamda   (shuningdek   hayvonlarda)   teri   epidermisining   shox   qavatida   yashaydi.
Ushbu   qavatda   u   juda   nozik   yo’lchalar   ochib,   teridagi   nerv   uchlariga   ta’sir   qilib,
quchli   qichish   jarayonini   yuzaga   keltiradi.   Shunday   paytda   ko’p   qashish   tufayli
terida   qo’tirlar   paydo   bo’ladi.   Qutir   kanalarining   birnecha   turlari   chorva
hayvonlarida ham uchraydi. 
Qo’tir   kanalarining   erkak   va   yosh   o’rg’ochilari   (teleonimfa)   teri   o’stiga
o’rmalab   chiqib,   o’zaro   jinsiy   qo’shilgandan   keyin,   erkaklari   halok   bo’ladi,
teleonimfalar   esa   teri   ichiga   kirib   yana   bir   marta   po’st   tashlab,   voyaga   yetgan
haqiqiy o’rg’ochi individlarga aylanib, urug’langan tuxumlarini qo’yadi.
Tuxum quyuvchi bunday o’rg’ochilarining umri 6-8 haftaga teng bo’ladi. Bu
vaqtdan   keyin   ular   halok   bo’ladi.   Bir   xo’jayinli   haqiqiy   doimiy   parazitlarga   bir xujayrali   havonlardan   otlarda   ko’yikish   kasalligini   keltirib   chiqaruvchi
tripanosomani   ( Tripanosoma   equiperdum )   ko’rsatish   mumkin.   Bu   parazit   bir
xo’jayindan ikkinchi xo’jayinga  jinsiy aloqa vaqtida o’tadi.
Hayot sikli xo’jayin almashtirish bilan amalga oshuvchi doimiy parazitizm.
Ushbu   shakldagi   parazitizm   shunday   xususiyati   bilan   e’tiborga   sazovorki,   ularni
hayotining   biron-bir   qisqa   bosqichi   ham   tashqi   muhitda   o’tmaydi.   Shuning   bilan
birga   ulardagi   avlodlarning   gallanishi   doimo   xo’jayin   almashtirish   bilan   sodir
bo’ladi. Bunday  xususiyatga  ega bo’lgan parazitlar  ayniqsa sporalilar  tipidan qon
sporalilar   ( Haemosporidia )   turkumi   vakillari   orasida   keng   tarqalgan.   Masalan,
odamda   bezgak   kasalligini   qo’zg’atuvchi   bezgak   paraziti   ( Plasmodium   avlodi )
vakillari odam tanasida jinssiz ko’payishini (shizogoniya) amalga oshirsa, bezgak
chivini   ( Anopheles)   tanasida   jinsiy   ko’payishi   (gametogoniya)   o’tadi.   Ushbu
parazitning   erkin   yashovchi   bosqichi   bo’lmaydi.   Hayot   siklini   to’la   amalga
oshirish   uchun   bir   xo’jayindan   ikkinchi   xo’jayinga   o’tuvchi   parazitlarga   odamda
o’yqu   kasalligini   qo’zg’atuvchi   bir   hujayrali   tripanosoma   ( Trypanosoma
rhodesiensi )ni e’tiborga oladigan bo’lsak, u antilopa-sese pashshasi-antilopa yoki
ayrim hollarda (sese odamni chaqsa) odamga o’tib rivojlanishini amalga oshiradi. 
Nematodalar   orasida   hayot   siklini   xo’jayin   almashtirish   bilan   amalga
oshiruvchi   trixinella   ( Trichinella   spiralis )   bir   xo’jayindan   ikkinchi   xo’jayinga
lichinka bosqichida o’tadi. 
Kasallik qo’zg’atuvchilarni transovarial yuqishi
Parazitlar   va   kasallik   qo’zg’atuvchilarni   bo’lajak   xo’jayinlariga
transovarial   usulda   yuqishi   bilan   namoyon   bo’ladigan   doimiy   parazitizm.
Parazitlarni   xo’jayin   tuxumi   orqali   yangi   xo’jayinlarga   o’tishi   shundan   iboratki,
ushbu   jarayonda   kasallik   qo’zg’atuvchi   organizm   yoki   parazit   o’z   xo’jayinining
turli   ichki   organlari   va   tuqimalarida   joylashar   ekan,   ba’zan   jinsiy   organlarda,
ayniqsa   tuxumdon   va   unda   yetiluvchi   tuxum   ichiga   ham   kirib   joylashadi.   Parazit
bilan   zararlangan   bunday   tuxumlar   zararlanmagan   tuxumlar   singari   normal urug’lanishi   va   yaxlit   organizm   paydo   qilishi   mumkin,   lekin   uning   tanasida
kasallik qo’zg’atuvchi parazit mavjud bo’ladi.
Parazitlarni   kelgusi   avlodlarga   transovarial   yuqishi   usuliga   parazitlar
olamidan   juda   ko’p   dalillarni   keltirish   mumkin.   Masalan,   uy   hayvonlari   qonida
parazitlik   qiluvchi   Piroplasmidae   oilasining   turlarini   olish   mumkin.   Ushbu
parazitlar   iksod   kanalari   orqali   tarqaladi.   It   kanasi   ( Ixodes   ricinus )   ning
o’rg’ochisi   piroplazmoz   bilan   kasallangan   hayvon   qonini   so’rganda   piroplazma
parazitlarini   ham   o’ziga   qabul   qiladi   va   tuxum   orqali   kana   o’zining   kelgusi
avlodlariga   ham   parazitlarni   o’tkazadi.   Birqator   parazitolog   olimlarning
( Regendanz   va   Reichenow ,   1933;   Dennis ,   1932;   Polyanskiy   va   Xeysin,   1959;
Muratov   va   Xeysin,   1959)   eksperimental   ko’zatishlari   tufayli   shu   narsa
isbotlanganki,   piroplazmalar   kananing   ichaklaridan   gemoselga   o’tib,   to’g’nag’ich
igna   shaklini   olib,   kananing   rivojlanuvchi   oositlari   ichiga   kirib   oladi.   Bunday
oositlar   rivojlanib   tuxumlarga   aylanadi   va   ular   urug’lanib,   rivojlanish   jarayonida
hosil bo’lgan yosh bosqich organizmlarida parazitlar mavjud bo’ladi. Bunday kana
ilk   safar   qon   so’rishi   bilanoq   parazitlarni   sog’lom   xo’jayini   tanasiga   yuqtirish
imkoniga ega bo’ladi.
Turli   guruhlardagi   qon   so’ruvchi   kanalarda   kasallik   qo’zg’atuvchilarni
transovarial usulda kelgusi birqator avlodlarga o’tkazishi mutaxassislar tomonidan
aniqlangan.   Masalan,   qo’ylarda   babezioz     kasalligini   qo’zg’atuvchi   Babesiella
ovis    paraziti   Rhipicephalus bursa  kanasining ketma-ket 14 avlodiga transovarial
yuqishi   isbotlangan.   Iskaptoparlarda   (Phlebatomus)   leyshmaniya   parazitlarining
xo’jayinining uch avlodiga transovarial yuqishi ma’lum. Odam tanasida retikulyar
-endotelial sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi toksoplazmalar    (Toxoplasma
gondii)   yo’ldosh   orqali   shakllanuvchi   va   rivojlanuvchi   homilaga   ham   o’tib,   uni
zararlashi,   kasallik   qo’zg’atishi,   ayrim   organlarining   rivojlanmay   qolishi,   hatto
homilani halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Umuman   kasallik   qo’zg’atuvchi   parazitlarni   yuqtiruvchilar   orasida
transovaral yuqishi juda katta epidemiologik ahamiyatga ega, chunki qon so’ruvchi
bo’g’imoyoqlilar   tabiatda   ayrim   transmissiv   kasalliklarni   juda   uzoq   vaqt   (asrlar davomida)   tabiiy   manba   holida   saqlanishini   ta’minlaydi.   Ikkinchi   tomondan,
yuqtiruvchilarni   biologik   xususiyatlariga   binoan   invaziya   manbai   bo’laolishini
hisobga olgan holda ularga nisbatan qarshi epidemiologik kurash choralarini ishlab
chiqishni taqozo etadi.  Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“ Doimiy (stasionar) parazitizm ” REJA: 1. Doimiy parazitizmning xususiyatlari va uning asosiy shakllari. 2. Davriy parazitizm. Avlodlarning gallanishi bilan sodir bo’ladigan davriy parazitizm. 3. Hayot siklining ma’lum bosqichlarida sodir bo’ladigan davriy parazitizm. 4. Haqiqiy doimiy parazitizm.

Doimiy (stasionar) parazitizm Doimiy parazitizm shundan iboratki parazit uzoq vaqt davomida yoki butun umrini xo’jayin tanasida, uning tashqi yoki ichki organlarida o’tkazadi. Doimiy parazitlar xo’jayinsiz o’z hayotini davom ettiraolmaydi. Shuningdek xo’jayin o’z navbatida bunday parazitlarni tashuvchi ham hisoblanadi. Doimiy (stasionar) parazitizm davriy va haqiqiy doimiy shakllarga bo’linadi. I. Davriy parazitizm. Parazitizmning ushbu shakli shundan iboratki, parazit hayotining ma’lum qismini yoki bosqichini xo’jayindan tashqarida, u bilan bog’lanmagan holda o’tkazadi. Davriy parazitizm shakli bir tomondan vaqtinchalik parazitizmga o’xshab ketadi, lekin ayrim xususiyatlari bilan undan keskin farq qiladi. Davriy parazitlarga mansub bo’lgan organizmlar o’zlarining hayoti jarayonida ma’lum bir bosqichda albatta parazitlik bilan hayot kechirishi shartdir. Parazitlik bilan oziqlanish jarayoni ayrim tur yoki guruh organizmlarida avlodlarning gallanishi bilan bog’liq bo’lsa, ayrimlarida lichinkalik davrida yoki imaginal bosqichda sodir bo’ladi. Shunga binoan davriy parazitizmning uch ko’rinishi farq qilinadi: a) parazitlik bilan hayot kechiruvchi avlodning erkin yashovchi avlod bilan gallanishi. Ushbu shakldagi parazitizm ma’lum darajada fakultativ parazitizmga o’xshab ketadi. Masalan, baqalarning o’pkasida parazitlik qiluvchi nematoda Rhabdias bufonis aslida germafrodit avlod hisoblanadi. Uning o’pkaga qo’ygan tuxumlari baqaning og’zi yoki ichagi orqali kloakasidan tashqariga chiqariladi. Tuproqda tuxumlardan chiqqan lichinkalar rivojlanib ayrim jinsli erkin yashovchi nematodalar avlodi (generasiyasi ) paydo bo’ladi. Ular o’z tuzilishi bilan Rhabditis avlodiga kiruvchi boshqa erkin yashovchi nematoda turlariga juda ham o’xshash bo’ladi. Ushbu avlodning erkak va urg’ochilari o’zaro jinsiy qo’shilib, qo’yilgan tuxumlardan hosil bo’lgan lichinkalar ho’jayin (baqa) tanasiga kirib parazitlik bilan hayot kechiruvchi germafrodit avlodga (generasiyaga) aylanadi. Shunday qilib, Rhabdias uchun parazitlik bilan hayot kechirish davriy xarakterga ega bo’lib, u turli avlodlarning gallanishi jarayonida namoyon bo’ladi,

ya’ni ayrim jinsli avlodi erkin yashovchi bo’lib, tuproqda yashasa, germafrodit avlodi baqa o’pkasida parazitlik bilan hayot kechiradi. Avlodlarning gallanishida sodir bo’ladigan davriy parazitizmni yana kovakichlilarning Narcomedusae guruhiga mansub bo’lgan Cunoctantha octonaria gidroid meduzasida ham ko’rish mumkin. Ushbu turning erkin suzib hayot kechiruvchi voyaga yetgan meduza bosqichi planulasimon lichinkalarni hosil qiladi. Bunday lichinkalar boshqa meduzalarning subumbrellyar bo’shlig’iga kirib, u yerda parazitlik bilan hayot kechiradi. Lichinka kichikgina meduzachaga aylanib, o’zining xartumchali og’zini xo’jayinining xartumchasiga kiritib uning tana suyuqligini so’rib oziqlanadi. Keyin meduzacha kurtaklanish (jinsiz) yo’li bilan yangi meduzachalarni hosil qiladi. Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan meduzachalar ajralib, erkin yashovchi avlodga aylanadi. Ularning jinsiy ko’payishi tufayli hosil bo’lgan navbatdagi lichinkalar parazitlik bilan hayot kechiruvchi meduzachalar avlodiga aylanadi. Ushbu misolda erkin yashab jinsiy ko’payuvchi avlodning, parazitlik bilan yashovchi jinsiz ko’payuvchi avlod bilan gallanishini ko’rish mumkin. b) hayot siklining ma’lum bosqichlarida ko’zatiladigan davriy parazitizm. Parazitizmning ushbu shaklida ikki xildagi ko’rinishini farq qilish mumkin, ya’ni lichinkalik bosqichda namoyon bo’ladigan parazitizm va imaginal (voyaga yetgan) davrida bo’ladigan parazitizm. Lichinkalik bosqichda sodir bo’ladigan davriy parazitizm ko’pgina hayvonlar orasida, jumladan nematodalarda, tuban qisqichbaqasimonlarda, ayrim o’rgimchaksimonlarda (xeliseralilarda), hasharotlarda va yumshoqtanlilarda uchraydi. Masalan, Mermithidae oilasiga kiruvchi nematodalarning voyaga yetgan bosqichi suvda erkin hayot kechirishga moslashgan. Ular o’z tuxumlarini suvga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suv hayvonlaridan mollyuskalar yoki suv bilan bog’liq bo’lgan hasharotlar tanasiga kirib, parazitlik bilan yashab, barcha rivojlanish bosqichlarini boshidan kechiradi. Voyaga yetgandan keyin xo’jayin tanasini tashlab suvga chiqadi va erkin hayot kechirish davrini boshlaydi. Turli mermitidlarning voyaga yetgan davri turlicha vaqt davom etadi. Ko’pgina

turlari voyaga yetishi bilanoq xo’jayin tanasini tashlab, xar xil jinslar o’zaro jinsiy qo’shilib tuxum qo’ya boshlasa, ba’zi turlari, masalan, Mermis nigresens xo’jayin tanasini tashlab, ikki yil erkin hayot kechirishdan so’ng jinsiy qo’shilib, tuxum qo’yadi. Tuban qisqichbaqasimonlarning eshkak oyoqlilar (Copepoda ) turkumining Monstrillidae oilasi vakillari o’ziga xos parazitlik qilish xususiyatiga ega. Dengizda nauplius ko’zi yordamida mo’ljal olib eshkak oyoqlari bilan planktonda tez suzib hayot kechiradi. Voyaga yetgan qisqichbaqaning ovqat hazm qilish sistemasining reduksiyaga uchraganligi tufayli u oziqlanmaydi. Urg’ochilari urug’langan tuxumlarini qo’ygandan keyin, ulardan nauplius lichinkalari chiqib o’zlarining xo’jayinini ( Polydora, Salmocina polixetalari) topib, uning (hozirgacha fanga noma’lum bo’lgan yo’l bilan) orqa qon tomiriga kirib joylashib oladi va po’st tashlab avval tanasi aniq qismlarga bo’linmagan (chegaralanmagan) ko’p xujayrali oval shakldagi tanachaga, keyin uning bir tomonida (old tomoni deb qarash lozim) ikkita paypaslagichsimon uzun o’simtasi o’sib chiqadi. Ushbu o’simtalar oziq moddalarni so’rib oluvchi va hazm qiluvchi organlar sifatida xizmat qiladi. Ushbu parazit lichinka yana bir marta po’st tashlab, tashqi va ichki organlari shakllangan, voyaga yetgan qisqichbaqaga aylanadi va o’z kutikulasini yorib, shuningdek xo’jayin tanasini tashlab, suvga chiqadi va erkin hayot kechirishga o’tadi. Lichinkalik bosqichida parazitlik qilish xususiyati dengiz o’rgimchaklari sinfining (Pantopoda ) ko’pgina turlarida ham mavjuddir. Ularning lichinkalik parazitizmdagi yana bir xususiyati shuki, ularda ektoparazitlikdan endoparazitlikka o’tish jarayonini ko’rish mumkin. Dengiz o’rgimchagining (Numphon rubrum) tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinkasi ayrim muvaqqat organlari yordamida o’z xo’jayiniga yopishib olishga yordam beradi. Bunday organlardan oldingi oyoqlarda joylashgan ip o’rovchi bezlarning ajratgan suyuqligi mustahkam ip hosil qilib, xo’jayin tanasiga ilashib oladi.

Dengiz o’rgimchaklarining aksariyat turlarining lichinkalari asosan gidroid poliplarning kolonial shakllari tanasiga yopishib yoki koloniya gidrantlari og’izchasi ichiga xartumchasini kiritib, tana suyuqligini so’rib parazitlik qiladi. Ayrim turlari (Anoplodactylus avlodi )ning lichinkalari esa gidrant ichiga (gastral bo’shlig’iga) kirib endoparazitlik qiladi. Lichinka metamorfoz bilan rivojlanishini tugatib voyaga yetadi va erkin hayot kechirishga o’tadi. Lichinkalik davrda parazitlik qilish hasharotlarning ko’pgina guruhlarida mavjud. Masalan, pardaqanotlilardan (Hymenoptera) trixogramma, gabrabrakon va boshqa bir qator yaydoqchilar o’z tuxumlarini zararkunanda hasharotlarning tuxumi, lichinkasi va g’umbaklari ichiga qo’yadi. Parazitning tuxumidan chiqqan lichinka zararkunandaning tuxumlari, lichinkasi va g’umbagini yeb rivojlanadi. Ushbu hasharotlarning voyaga yetgan (imago) davri esa erkin hayot kechiradi. Bunday xususiyatni qo’sh qanotli (Diptera) hasharotlar turkumining pashshalar, so’nalar (Tachinidae, Oestridae) oilalarining turlarida ham uchratamiz. Plastinkajabrali mollyuskalarning Unionidae oilasining turlari ham lichinkalik davrida parzitlik qilishga moslashgan. Masalan, baqachanoq (tishsiz- Anodonta ) tuxumlarini jabrasining yaproqchalari orasiga qo’yadi. Tuxumdan ikki pallali deyarli yumaloq chig’anoqqa ega bo’lgan gloxidiya deb ataluvchi lichinka chiqadi. Uning chig’anog’ini qorin tomon qirrasida uchi qayrilgan bir juft tishchasi va bissus bezlaridan hosil bo’luvchi uzun va yopishqoq ipchalari ham bo’ladi. Mollyuska yaqinidan bironta baliq suzib o’tsa, uni sezishi bilanoq, o’zining chiqarish sifoni orqali lichinkalarini baliq tomoniga qarab otadi. Ushbu lichinkalar chig’anog’idagi ilgakchalar va bissus ipchalari yordamida baliqning jabrasiga va suzgich qanotlariga yopishib oladi. Baliq terisining qitiqlanishi tufayli, lichinka yopishgan joyda epiteliy o’sib, lichinkani o’rab, qoplab oladi. Shishning ichida qolgan lichinka baliq tanasi hisobidan shiddat bilan oziqlanib, 1-2 oy davomida metamorfoz bilan rivojlanib, yosh mollyuskaga aylanadi. Keyin shish yorilib, mollyuska xujayin tanasini tashlab suv tubiga tushadi va erkin hayot kechirishga o’tadi.