logo

Dreamweaver dasturida web-sahifa yaratish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

264.7021484375 KB
Mavzu:  Dreamweaver dasturida web-sahifa yaratish
REJA:
1. Dream  Weaver  dasturi  muhiti  va unda ishlash
2. Dream Weaver dasturi asosidata’limiy sayt yaratish usuli
1 Dream Weaver dasturi interfeysi va unda ishlash
Interfeys   deganda   informatikada   dasturdagi   turli   komponentlar   va
foydalanuvchi   o’rtasidagi   o’zaro   aloqani   taminlovchi   vositalar   va   qoidalar
yig’indisi   tushuniladi.   Dreamweaver   paketi   taklif   etadigan   muomala   usuli
zamonaviy   foydalanuvchi   uchun   odatiy   bo’lib   qolgan   grafik   oynali   interfeys
printsiplariga   asoslanadi.   Dreamweaver   paketi   o’sha   sinfdagi   boshqa
dasturlar   bilan   taqqoslaganda   ancha   aniq ,   moslashuvchan   va   shu   bilan   bir   paytda
kuchli   interfeys   hisoblanadi.   Palitralar,   ko’p   sonli   klaviatura   kombinatsiyalari   va
menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar
to’xtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel)
deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki
ixtiyoriy   joyida   joylasha   oladigan   oynalar   ko’chib   yuruvchi   palitralar   (floating
plette) deb ataladi. Dteamweavet dasturi muloqot oynalarining ko’pchiligi ko’chib
yuruvchi palitralar ko’rinishida ishlaydi.
Palitralar   va   panellar   orasidagi   kichik   farqlar   dasturni   tavsiflash   uchun
sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar
sifatida qo’llaymiz.
Deyarli  barcha  palitralar   birlashish   xususiyatiga  ega.  Bu  har  xil  palitralarni
bitta   muloqot   oynasida   joylashtirish   mumkinligini   bildiradi.   Birlashtirish   amali
turli   mavzu   yoki   buyruqlarga   tegishli   boshqaruv   vositalariga   ega   bo’lgan   ko’p
funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. Birlashish xususiyatiga ega
bo’lgan   palitralarni   (ular   dasturda   ko’pchilikni   tashqil   etadi)   modulli   (dockable)
palitralar   deb   ataymiz.   Bir   necha   alohida   modullardan   iborat   murakkab   palitralar
terma (tabbed) palitralar deb ataladi.
Dastur oynasining tashqi ko’rinishi
Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat bo’lgan
terma   palitraga   misol   keltirilgan.   Objekts   palitrasi   tashqi   obektlar:
2 rasmlar,   jadvallar ,   qatlamlar   freymlar   va   boshqa   obektlarni   qo’yish   uchun
mo’ljallangan.   Rasmda   ko’rsatilgan   boshqa   barcha   boshqaruv   elementlari   hujjat
oynasining   ajralmas   tashkil   etuvchi   qismi   hisoblanadi.   Texnik   tizimlarning
ishonchli   ishlashi,   dasturiy   mahsulotlari   interfeyslarining   qulayligi   asosida   to’g’ri
tashkil   qilingan.   Dteamweavet   paketi   formatlash   va   tahrirlashning   deyarli   barcha
asosiy   buyruqlari   uchun   amalga   oshirishning   bir   necha   xil   usullarini   taklif   etadi.
Keng formatli  ekranlarning omadli  egalari  ularni palitralar  va panellar  yordamida
bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori
buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
3 Menyu qatori   - bu Windows ning ixtiyoriy ilovasining zaruriy atributidir. U
komandalarga,   muloqot oynalariga , tugmalarga yo’l ochadi, ular yordamida hujjat
yaratish,   dasturni   sozlash,   vizuallashtirish   jarayonini   boshqarish   kabi   samarali
ishlar   bajariladi.   Menyu   qatorining   har   bir   bandi   vazifasi   jihatidan   bir-   biriga
yaqin kiritilgan menyu va kichik menyular ierarxiyasini hosil qiluvchi buyruqlar
guruhini birlashtiradi. Bu bandlarning qisqacha tavsifini keltiramiz.
1. File  menyusi (Fayl) fayllar bilan bog’liq buyruqlarni, gipermatnli hujjatlar 
shablonlari bilan ishlash, eksport qilish, import qilish va brouzer dasturlarida 
ko’rish buyruqlarini o’z ichiga oladi.
2.
Edit  (Pravka) menyusiga tahrirlash va qidirish bilan bog’liq buyruqlar kiradi.
3.
View  (Vid) menyusi interfeysning yordamchi elementlarini va gipermatnli 
hujjat obektlarining ko’rinishlari ustida ishlovchi buyruqlarni o’z ichiga oladi.
Insert (Vstavka) menyusiga har-xil obektlarni import qilish buyruqlari kiradi: 
rasmlar, jadvallar, formalar, katlamlar, maxsus belgilar va boshqa obektlarni 
import qilish.
4.
Modify  (Izmenit) menyusi o’z ichiga gipermatnli hujjat obektlari atributlarini 
o’zgartirish buyruqlarini oladi.
5.
Text  (Tekst) menyusi o’z ichiga matnli fragmentlami hosil qilish va ularni 
formatlash bilan bog’liq buyruqlami o’z ichiga oladi.
6.
Commands  (Komandbi) menyusi gipermatnli hujjatlarni avtomatik qayta 
ishlash buyruqlarini o’z ichiga oladi.
7.
Menyu qatorining  Site  (Sayt) bo’limi sayt bilan ishlash vositalari va 
4 gipermatnli hujjatlar bilan bog’liq murakkab tizimlar vositalarini o’z ichiga 
olgan.
8.
Window  (Okno) menyusi dasturga tegishli palitralar, panellar va muloqot 
oynalarini o’rnatish va olib tashlash bilan bog’liq buyruqlami o’z ichiga oladi.
9.
Help  (Spravka) menyusida dasturdan foydalanish haqidagi interaktiv 
malumotlarni chaqirish, elektron qo’llanmani chaqirish kabi buyruqlar 
joylashgan.
Uskunalarlar   paneli  dastuming  asosiy   dispetcherlik   (nozimlik)   pulti   vazifasini
bajaradi.   U   eng   ko’p   ishlatiladigan   buyruqlar   va   tahrirlash   resurslarini   chaqirish
tugmalarini  birlashtiradi. Bu ixchamgina panel kiritilgan menyu va kichik menyular
tizimi navigatsiyasi bilan bog’liq sarf-harajatlarni anchagina qisqartiradi.
Unda joylashgan barcha boshqaruv elementlarini sanab o’tamiz (chapdan o’ngga)
Dreamweaver dasturining uskunalar panellarining ko’rinishlari.
•    Code View (Rejim razmetki) - gipermatnli hujjatning faqat belgili kodlari 
tasvirlanadi. (dizayni tasvirlanmaydi).
5  Code   and   Design   View   (Rejim   razmetki   i   planirovki).   Tugmasi   bosilganda
hujjat   oynasi   ikki   qismga   ajraladi:   birinchi   oynada   belgili   kodlar   beriladi ,
ikkinchi   oynada   esa   gipermatnli   sahifaning   dizayni,   yani   tashqi   ko’rinishi
beriladi.

Design   View   (Rejim   planirovki).   Dasturda   ishlashning   vizual   -   WYSIWYG
rejimiga o’tish tugmasi.

Title   (Zagolovok)   -   bu   matnli   maydon   hujjatning   sarlavhasini   kiritishga
mo’ljallangan.

File  Management  (Upravlenie faylami)  -  tarmoqda malumot  almashish  uchun
xizmat   qiladigan   fayllar   bilan   ishlash   buyruqlaridan   tarkib   topgan   menyuni
ochish tugmasi.

Pteview/Debug   in   Btowset   (Prosmotr/otladka   v   brouzere)   -   tugmasi
gipermatnli   hujjatni   ko’rish   va   undagi   Java   Sctipt   kodlarini   tanlangan
brouzerda   ishlash   yoki   ishlamasligini   tekshiruvchi   buyruqlaridan   iborat
menyuni ochadi.

Teftesh   Design   View   (Obnovit   stranitsu)   -   bu   buyruq   berilgandan   so’ng,
hujjatning   belgili   matnlarida   bo’lgan   barcha   o’zgarishlar   loyihalash   rejimiga
uzatiladi.   Ana   shu   vaqtda   kodlarni   interpritatsiyasi   va   sintaksik   tekshiruv
boshlanadi. Xato fragmentlari sariq rangda ko’rsatiladi.  To’g’rilari esa sahifada
tasvirlanadi.

Tefetence   (Spravka)   -   tugmasi   elektron   malumotli   qo’llanmani   ekranga
chiqarib   beradi.   Bu   qo’llanmada   gipermatnli   belgilash   tili   deskriptorlari
ifodalangan.
6 
Code Navigation (Navigatsiya po kodam) - tugmasi Java Sctipt tilida yozilgan
belgili   kodlarni   tuzatishni   boshqaruv   buyruqlaridan   tarkib   topgan   menyuni
ochadi.

View   Options   (Parametral   otobrajeniya)   -   tugmasi   hujjat   oynasining
qo’shimcha   elementlari   vizualizatsiyasini   boshqaruvchi   buyruqlar   menyusini
ochadi.   Bu   menyuga   asosiy   menyu   qatoridagi   View   menyusining   bir   necha
buyruqlari kiradi.
7 Edite   Sizees   (O’lchamlarni   to’g’rilash)   ning   oxirgi   bandi   hujjat   oynasining
o’lchamlarini   tanlash   va   ularni   standartlar   ro’yxatiga   kiritish   imkonini   beradi.
Ekranda   Ptefetences   (Sozlashlar)   muloqot   oynasi   paydo   bo’ladi,   unda   Width
(kenglik,   eni)   maydonida-kenglik,   Hight   (balandlik)   maydonda   esa   soha   balandligi
belgilanadi.   yangi   standartning   matnli   tavsifi   Desctiption   (tavsiya)   maydonida
ko’rsatiladi.
Barcha   o’lchamlar   dastur   oynasining   xizmat   elementlarini:   o’lchov   chiziqlari
va   menyu   qatorini   inobatga   olmasdan   hisoblab   chiqiladi.   Faqatgina   hujjat   va   uning
obektlari  uchun ajratilgan ishchi  soha hisobga olinadi. Dteamweavet  dasturida holat
qatorining   balandligi,   chap   va   o’ng   maydonlar   eng   ommaviy   brouzerlar   Mictosoft
Explotet va Netscafe Navigatot larning shunga o’xshash o’lchamlariga asosan tanlab
olinadi.
Kontekstli menyu
Kontekstli menyu Windows operatsion tizimining xatto boshlovchi foydalanuvchilari
uchun   ham   yaxshi   tanish.   Boshqaruvning   bu   standart   usuli   ushbu   operatsion   tizimi
boshqaruvida   ishlovchi   ko’pchilik   ilovalar   (dasturlar)   tomonidan   ko’p   qo’llaniladi.
Uning   mohiyati   sodda.   Sichqonchaning   o’ng   tugmasini   hujjat   oynasining   obekti
ustida   bosilsa,   ekranga   obekt   turiga   bog’liq   bo’lgan   mazmunli   menyu   chiqadi.   Bu
menyuda shu obektga tegishli yoki ushbu holatda talab qilinishi ko’proq ehtimolligi
bor bo’lgan buyruqlar to’plangan.
Dreamweaver dasturining barcha versiyalari kontekstli menyu bilan aloqada bo’ladi.
Kontekstli   menyuning  o’lchamlari   buyruklari   safi   kengaydi,   qo’shimcha   darajalarga
ega bo’ldi va endi har qanday holatda chaqirilishi mumkin. 6-rasmda oyna ixtiyoriy
bo’sh   nuqtasida   sichqonchaning   o’ng   tugmasi   bosilsa   dastur   chiqarib   beradigan
kontekstli menyuga misol keltirilgan.
Property   Inspectot palitrasi
8 Property   Inspectot   (Inspektor   svoystv)   palitrasi   —   bu   dasturning   asosiy
instrumentidir.   HTML   sahifasida   joylashgan   obektlar   atributlarini   o’zgartirish
ishlarining   asosiy   qismini   uning   yordamida   bajariladi.  
Property   Inspectot   palitrasi   ko’chib   yuruvchi   palitradan   iborat   bo’lib,   uning   tarkibi
bajarilayotgan operatsiyaga, tanlangan obekt turiga va kursorning holatiga qarab, mos
ravishda   o’zgarib   turadi.   Palitrani   ekranga   chiqarish   uchun   quyidagi   Window   >
Properties   (Okno   >   Svoystva)   buyruqni   berish   yoki   CTTL+F   tugmalar
kombinatsiyasini  bosish   kerak.  Bu  buyruqni   qaytadan  berish  palitrani   ekrandan  olib
tashlaydi.
Dreamweaver   o’zining   bir   qancha   qo’shimcha   funktsiyalari   bilan
foydalanuvchilarga manzur bo’ldi: 
birinchidan,   Dreamweaver   barcha   palitralari   erkin   holatda   turadi.   Ularni   qaerga
surib qo’ysangiz o’sha erda joylasha oladi. Bu esa monitorning ish maydoni xududini
boshqaruvning   xizmatchi   elementlari   va   hujjatning   oynasiga   eng   optimal   bo’lish
imkonini   beradi.   Ikki   monitorli   tizimda   ishlaydigan   foydalanuvchilar   barcha
yordamchi oyna va palitralarni bitta monitorga joylab, ikkinchisida esa hujjatlar bilan
ishlashi mumkin. 
Ikkinchidan,  dastur palitralari birlashish xususiyatiga ega.  
Uchinchidan ,   barcha   ochiq   palitralarni   dastur   ish   stolidan   olib   tashlovchi   buyruq
mavjud.   Bu   operatsiyalarni   F   tugmasini   bosish   bilan   ham   bajarish   mumkin.   Bu
tugmani takror bosish esa yana tiklash imkonini beradi.
: Layout (Komponovka) va View (Vid). Ular maketlash rejimiga o’tish va sahifannig
strukturasini   tezda   yaratishga   imkoni   beradi.   Bu   elementlar   bilan   qisqacha   tanishib
o’tamiz:
9 
Dtaw   Layout   Cell   (Sozdanie   maketnoy   yacheyki)   -   maketli   katakcha   yaratish
instrumentini faollashtiradi.

Dtaw   Layout   Table   (Sozdanie   maketnoy   tablitsbi).   Maketli   jadval   yaratish
instrumentini faollashtiradi.

Standatd View (Standartnbiy rejim). Hujjat bilan ishlashning standart rejimiga
o’tish.

Layout View (Rejim maketirovaniya) - Hujjatni maketlash rejimiga o’tish.
Ushbu   bo’limni   nomi   palitra   sarlavxasi   qatori   ostida   tasvirlanadi.   Bo’limni   ochish
uchun   shu   nomni   sichqoncha   chap   tugmasi   bilan   bosing.   Ochilgan   menyudan
foydalanuvchi   kerakli   qismni   tanlashi   mumkin.   Palitraning   ayrim   bo’limlarida
hamma   tugmalar   ham   tasvirlanmaydi.   Masalan,   Common   (O^ie)   bo’limi   yigirmaga
yaqin   tugmani   o’z   ichiga   oladi,   ularning   hammasi   ham   palitra   oynasiga   sig’maydi.
Boshqa   tugmalarni   ko’rish   uchun   prokrutkadan   foydalanish   (prokrutkani   vazifasini
palitraning   chetida   joylashgan   strelkali   tugmalar   bajaradi)   yoki   muloqot   oynasining
o’lchamini kattalashtirish kerak.
Aksariyat   xollarda   obektlarni   qo’yish   uchun   qo’shimcha   parametrlarni   kiritishga
to’g’ri   keladi.   Bunday   holatlarda   ekranda   foydalanuvchi   tanlashi   yoki   malumot
kiritishi   mumkin   bo’lgan   muloqot   oynasi   paydo   bo’ladi.   Bu   oynaga   foydalanuvchi
obektning kerakli obektlarini tanlash yoki kiritish kerak.
Dasturning HTML bilan ishlash imkoniyatlari
Dteamweavet   dasturining   yaratuvchilari   gipermatnli   hujjatlarning   ko’plab
tahrirlash operatsiyalarini to’g’ridan-to’g’ri HTML deskriptorlari yordamida bajarish
mumkin.   HTML   so’zma-so’z   tarjimada:   gipermatnlarni   belgilash   tili   (HypetText
10 Matkup   Language)   manosini   beradi.   HTML   tili   bu   -   instruktsiyalar   to’plami   yoki
kiritilgan matn va import qilingan obektlarni ekranda namoyishini taminlab beradigan
ifodalardir.   Bu   tilning   elementlarini   deskriptorlar   yoki   teglar   deb   nomlash   qabul
qilingan. Ingliz tilidan tag (yorlik, belgi va boshqa manolarni beradi). Deskriptorlarni
saqlash   uchun   ASCII   belgilari   qo’llaniladi.   SHuning   uchun   har   qanday   gipermatnli
hujjatni belgilashni  har qanday oddiy matn muharrirlarida bajarish mumkin. Buning
uchun xatto Bloknot dasturi ham etarli.
Gipermatnli hujjatlarni yaratishning asosiy qoidalari bilan tanishib chiqamiz. HTML
tilining kodlari hujjatning matnli massivlari qismi hisoblanadi.
Endi deskriptorlar bilan tanishib chiqamiz. 
Deskriptorlar ikki xil bo’ladi.
 yakka va juft  deskriptorlar.
Juft   deskriptorlar   ayrim   xollarda   konteynerlar   deyiladi.   Hujjatga   tegishli   matnlar   va
uning belgili kdlarini ajratish uchun, HTML tili kodlari burchakli qavslarda yoziladi. 
Juft   deskriptorlar   (konteynerlar)   o’z   ichiga   deskriptorlar   juftligini,   ochiladigan
(boshlangich) va yopiladigan (oxirgi) deskriptorlar.   Bu juftliklar        ko’rinishida yozilib,
o’z qiymatini juftlik orasidagi hujjat fragmentiga o’tkazadi.
Boshqacha   aytganda   konteyner   juftliklari   orasiga   hujjat   fragmenti   yoziladi.
Deskriptorlar   ana   shu   fragment   uchun   ishlaydi   xolos.   yakka   deskriptorlarda
yopiladigan   teg   bo’lmaydi.   Masalan,   deskriptori   gorizontal   chiziq   hosil   qiladi,   -   esa
matnli   qatorni   ifodalaydi,   eng   muhim   yakka   deskriptorlardan   biri     maxsus   kodi
hisobalanadi. U rasmlami qo’yiladigan holatini va joylashuvini belgilaydi.
11 Endi   Dreamweavet   dasturida   shablon   asosida   yangi   hujjat   hosil   qilamiz.   Yangi
hujjatning   bo’sh   (tuldirilmagan)   bo’lishi   xammamizga   malum.   Quyida   bunday
sahifaning gipermatnli belgilari keltirilgan.
12 Fayllar   bilan   ishlash.   Fayllarni   ochish   texnikasi   Windows   tizimida   ishlaydigan
boshqa   dasturlardan   farqi   yo‘q.   Buning   uchun   File-   Open   (Файл   -Открыть)
buyrug‘ini   berish   kerak.   Bu   buyruqni   klaviaturadan   CTRL+0   tugmalar
kombinatsiyasini   bosish   bilan   ham   bajarish   mumkin.   Bundan   tashqari   dasturda
fayllarni   ochishning   surib   kelish   usuli   ham   mavjud.   HTML   fayl   belgisini   sichqon
yordamida   surib   kelib ,   hujjat   oynasining   ixtiyoriy   eriga   tashlansa   fayl   ochiladi.
Dasturda bir vaqtda bir necha oyna bilan ishlash imkoniyati faqatgina kompyuterning
bo‘sh   xotirasi   bilan   mos   ravishda   cheklanadi.   Agar   dasturda   bo‘sh   sahifa   bilan   ish
boshlagan bo‘lsa, u holda yangi fayl har qanday holatda uni o‘rnini egallaydi.
Dreamweaver   dasturi   ochiladigan   HTML   sahifalarida   sintaksis   xatolarni   tekshiradi.
Dastur   standart   HTML   gipermatnli   belgilash   tilida   yozilgan   barcha   kengaytmali
fayllarni ocha oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
.HTM, .HTML, .ASP, .CFM, .CFML, .TXT, .SHTM, .SHTML, .STM, .LASSO, .XM
L, .CSS, .PHP.
Fayllarni saqlash.   Dreamweaver da fayllarni saqlash ham Windows tizimining 
boshqa standart dasturlaridagi singari amalga oshiriladi. Buning uchun menyu 
qatorining File menyusidagi: File- Save (Файл- Сохранить…) va File- Save as 
(Файл- Сохранить как…) buyruqlarini berish kerak. Birinchi buyruqni CTRL+S 
tugmalar kombinatsiyasini bosish bilan ham bajarish mumkin. Bu buyruq shu 
nomdagi muloqot oynasini hosil qiladi. Oynaga foydalanuvchi tomonidan faylning 
nomi, tipi va joyi belgilanadi. Agar avval hujjatga nom berilgan bo‘lsa u holda 
avtomatik ravishda Save as (Сохранить как) buyrug‘ining muloqot oynasi hosil 
bo‘ladi. Bu buyruqni CTRL+SHIFT+S tugmalar kombinatsiyasi yordamida ham 
bajarish mumkin.
Gipermatnli   hujjatlar   fayllari   Windows   operatsion   tizimida   .htm   kengaytma   oladi,
Macintosh   platformasida   esa   .html   kengaytma   oladi.   Ammo   bu   kengaytmadagi
13 fayllarni   dasturlarda   ochish   va   saqlash   buyruqlari   bajarilishi   teng   kuchli.   Dasturda
ochilishi mumkin bo‘lgan barcha tipdagi fayllar, xuddi shu dasturda saqlanadi ham.
Bekor   qilish   va   takrorlash.   Tabiiy   sharoitda   yoki   ilmiy   laboratoriyalarda   o‘tadigan
ko‘pgina   fizik   jarayonlar   qaytmas   hisoblanadi.   Bu   tabiatshunoslikning   olamning
butun   ilmiy   manzarasini   shakllantiruvchi   fundamental   qoidalaridan   biridir.   Nazariy
va   eksperimental   fizikaning   butun   bilishga   oid   arsenali   ana   shu   bazaviy   farazga
asoslanadi.   Zamonaviy   hisoblash   mashinalari   insonni   bu   falsafiy   kategoriyadan
qisman  qutqarishga   qodir.  Ko‘pchilik  zamonaviy  dasturlar   qoniqarsiz  natijani  bekor
qilishga   imkon   beradi.   Ya’ni   hujjatning   avvalgi   holatiga   qaytish,   qabul   qilingan
qarorlarni qadamba-qadam orqaga qaytarish imkonini beradi.
Dreamweaver   dasturida   buning   uchun   Edit-   Undo   (Правка-   Отмена)   buyrug‘ini
bajarish yoki CTRL+Z tugmalar kombinatsiyasini bosish etarli.
Dastur   bekor   qilishni   bir   nechta   o‘zaro   bog‘langan   ketma-ket   qadamda   amalga
oshiradi.   Bu   ketma-ketlik   qadamlarining   soni   dasturning   tegishli   ko‘rsatgichida
ifodalangan songa teng; odatda bu son 100 ga teng.
XULOSA
Professional   dasturlar   qatoriga   kiruvchi   Dreamweaver   MX   dasturi   o‘zining
barcha   imkoniyatlari   bilan   har   qanday   murakkablik   va   mashtabdagi   HTML
sahifalarni   yaratish   va   o‘zgartirishga   qodir.   U   vizual   loyihalash   (WYSIWYG)
rejimini   ta’minlab,   dastlabki   matnli   WEB   –   hujjatlarning   juda   aniq   ishlashi   bilan
ajralib   turadi   va   katta   tarmoqli   loyihalarning   qo‘llab   quvvatlovchi   ichki   qurilgan
vositalarga ega.
Dasturda   ko‘rinib   turadigan   vizual   loyihalash   izchil   olib   boriladi.   Matnlar
hamda ob’ektlarning obrazlari ustida olib boriladigan ishlar bevosita kodlashtirishdan
ustun turadigan gipermatnli hujjatlar yaratish usulini vizual deb atash qabul qilingan.
14 Dastur   nafaqat   vizual   loyihalash   vositalarining   kuchli   bazasiga   ega ,   balki   Web   –
sahifalarni   deyarli   maxsus   ko‘rib   chiqish   dasturlari   yordamida   aks   ettirishga   ham
qodir: Microsoft Internet Explorer yoki Netscape Navigator.
Dastur   Web   –   dizayn   soxasida   gipermatnli   hujjatlarni   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kodlashtirish   yordamida   yaratishni   afzal   ko‘ruvchi   mutaxassislarga   ham   ma’qul
keladi.   Dreamweaver   qobig‘iga   gipermatnli   belgilovchi   diskreptorlar   bilan   ishlash
uchun   zarur   barcha   uskunalarga   ega   to‘liq   funktsional   HTML   tahrirlagichi
integratsiya qilingan.
Dreamweaver   dasturi   ochiq   arxitektura   printsiplariga   asoslangan.   Bu   amaliy
dasturni interfeysi  (Application Programming Interface, API) to‘liq ochiq ekanligini
bildiradi.   Uning   yordamida   tashqi   dasturchilar   hamda   dasturiy   ta’minot   bilan
shug‘ullanuvchi   firmalar   dastur   va   uning   interfeysiga   radikal   funktsional
o‘zgartirishlar kiritishi: yangi qurilma qo‘shish, menyu paneli yoki bo‘limini yaratish,
yangi ob’ekt yoki multimedia roligini dasturlashtirish va xokazolarni amalga oshirish
mumkin bo’ladi.
15

Mavzu: Dreamweaver dasturida web-sahifa yaratish REJA: 1. Dream Weaver dasturi muhiti va unda ishlash 2. Dream Weaver dasturi asosidata’limiy sayt yaratish usuli 1

Dream Weaver dasturi interfeysi va unda ishlash Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro aloqani taminlovchi vositalar va qoidalar yig’indisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy bo’lib qolgan grafik oynali interfeys printsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi o’sha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq , moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi. Palitralar, ko’p sonli klaviatura kombinatsiyalari va menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar to’xtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar ko’chib yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dteamweavet dasturi muloqot oynalarining ko’pchiligi ko’chib yuruvchi palitralar ko’rinishida ishlaydi. Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar sifatida qo’llaymiz. Deyarli barcha palitralar birlashish xususiyatiga ega. Bu har xil palitralarni bitta muloqot oynasida joylashtirish mumkinligini bildiradi. Birlashtirish amali turli mavzu yoki buyruqlarga tegishli boshqaruv vositalariga ega bo’lgan ko’p funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. Birlashish xususiyatiga ega bo’lgan palitralarni (ular dasturda ko’pchilikni tashqil etadi) modulli (dockable) palitralar deb ataymiz. Bir necha alohida modullardan iborat murakkab palitralar terma (tabbed) palitralar deb ataladi. Dastur oynasining tashqi ko’rinishi Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat bo’lgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obektlar: 2

rasmlar, jadvallar , qatlamlar freymlar va boshqa obektlarni qo’yish uchun mo’ljallangan. Rasmda ko’rsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi asosida to’g’ri tashkil qilingan. Dteamweavet paketi formatlash va tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 3

Menyu qatori - bu Windows ning ixtiyoriy ilovasining zaruriy atributidir. U komandalarga, muloqot oynalariga , tugmalarga yo’l ochadi, ular yordamida hujjat yaratish, dasturni sozlash, vizuallashtirish jarayonini boshqarish kabi samarali ishlar bajariladi. Menyu qatorining har bir bandi vazifasi jihatidan bir- biriga yaqin kiritilgan menyu va kichik menyular ierarxiyasini hosil qiluvchi buyruqlar guruhini birlashtiradi. Bu bandlarning qisqacha tavsifini keltiramiz. 1. File menyusi (Fayl) fayllar bilan bog’liq buyruqlarni, gipermatnli hujjatlar shablonlari bilan ishlash, eksport qilish, import qilish va brouzer dasturlarida ko’rish buyruqlarini o’z ichiga oladi. 2. Edit (Pravka) menyusiga tahrirlash va qidirish bilan bog’liq buyruqlar kiradi. 3. View (Vid) menyusi interfeysning yordamchi elementlarini va gipermatnli hujjat obektlarining ko’rinishlari ustida ishlovchi buyruqlarni o’z ichiga oladi. Insert (Vstavka) menyusiga har-xil obektlarni import qilish buyruqlari kiradi: rasmlar, jadvallar, formalar, katlamlar, maxsus belgilar va boshqa obektlarni import qilish. 4. Modify (Izmenit) menyusi o’z ichiga gipermatnli hujjat obektlari atributlarini o’zgartirish buyruqlarini oladi. 5. Text (Tekst) menyusi o’z ichiga matnli fragmentlami hosil qilish va ularni formatlash bilan bog’liq buyruqlami o’z ichiga oladi. 6. Commands (Komandbi) menyusi gipermatnli hujjatlarni avtomatik qayta ishlash buyruqlarini o’z ichiga oladi. 7. Menyu qatorining Site (Sayt) bo’limi sayt bilan ishlash vositalari va 4

gipermatnli hujjatlar bilan bog’liq murakkab tizimlar vositalarini o’z ichiga olgan. 8. Window (Okno) menyusi dasturga tegishli palitralar, panellar va muloqot oynalarini o’rnatish va olib tashlash bilan bog’liq buyruqlami o’z ichiga oladi. 9. Help (Spravka) menyusida dasturdan foydalanish haqidagi interaktiv malumotlarni chaqirish, elektron qo’llanmani chaqirish kabi buyruqlar joylashgan. Uskunalarlar paneli dastuming asosiy dispetcherlik (nozimlik) pulti vazifasini bajaradi. U eng ko’p ishlatiladigan buyruqlar va tahrirlash resurslarini chaqirish tugmalarini birlashtiradi. Bu ixchamgina panel kiritilgan menyu va kichik menyular tizimi navigatsiyasi bilan bog’liq sarf-harajatlarni anchagina qisqartiradi. Unda joylashgan barcha boshqaruv elementlarini sanab o’tamiz (chapdan o’ngga) Dreamweaver dasturining uskunalar panellarining ko’rinishlari. • Code View (Rejim razmetki) - gipermatnli hujjatning faqat belgili kodlari tasvirlanadi. (dizayni tasvirlanmaydi). 5