WEB-SAHIFA HAQIDA MA’LUMOTLAR
2Mundarija Kirish ....................................................................................................................... 3 I BOB WEB-SAHIFA HAQIDA MA’LUMOTLAR 1.1 HTML haqida tushuncha… ........................................................................ 4 1.2 Css haqida tushuncha… ............................................................................. 4 1.3 PHP haqida tushuncha… ............................................................................ 5 II BOB WEB- SAYTI HAQIDA MA’LUMOTLAR 2.1 Web- sayti haqida .......................................................................................... 6 2.2 Web- saytning ko’rinishi ............................................................................. 20 Xulosa ..................................................................................................................... 48 Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................... 49
3KIRISH Web dasturlash haqida, Frontend nima? Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg‘ulot. Dasturlashni o‘rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg‘ulotlarimdan biri. Web dasturlash brauzeringiz orqali ko‘rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo‘lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo‘lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti! Web dasturlash haqida, Frontend nima? Avvalo “frontend” va “backend” so‘zlarining o‘zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o‘zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so‘z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko‘rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko‘rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo‘lamiz. Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz. Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin.
4I BOB WEB-SAHIFA HAQIDA MA’LUMOTLAR 1. HTML dasturlash tili haqida tushuncha HTML: har qanday web-saytning asosi. HTML (Hyper Text Mark-up LanguYoshi) - bu har qanday web-saytni birlashtiruvchi elim. Uy qurish kabi, siz har doim birinchi navbatda mustahkam poydevor qurasiz. Har qanday sayt uchun HTML bu asosdir. HTML - bu oson o‘rganiladigan va undan foydalanishni boshlash uchun hech qanday chiroyli (yoki qimmat!) Paketlarni talab qilmaydigan ochiq manba tili (ya’ni hech kimga tegishli emas). Sizga kerak bo‘lgan narsa - Windows Notepad, Visual Studio Code kabi dasturlarda yozish kerak bo‘lgan teglar, ko‘p vaqt va sabr. HTML "teg" tizimida ishlaydi, bu yerda har bir teg ushbu teg ichiga joylashtirilgan tarkibga ta’sir qiladi, masalan teg qanday ta’sir qiladi . O‘z-o‘zidan nisbatan cheklangan bo‘lsada, bu HTML ning moslashuvchanligi web-saytlarning murakkabligini oshirishga imkon beradi. Uyingizning poydevori singari, HTML ham HTML-sahifalaringizda birlashtirilgan turli xil tillarni qo‘llabquvvatlash uchun yetarlicha kuchli. 2. CSS dasturlash tili haqida tushuncha CSS (Cascading Style Sheets) - bu HTML ning cheklangan uslub xususiyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan nisbatan yangi til. O‘rganish va amalga oshirish oson, CSS - bu sizning saytingiz uslubini, masalan, o‘lcham, rang va shrift kabi matn uslublarini boshqarishning eng yaxshi usuli. CSS HTML- sahifaning ichiga yoki alohida fayllarga joylashtirilishi mumkin. Bitta CSS faylida butun saytingiz uchun barcha uslubiy xususiyatlarga ega bo‘lishning haqiqiy afzalligi shundaki, siz har bir HTML faylini birma-bir ko‘rib chiqishingizga emas, balki butun faylni o‘zgartirishingiz uchun ushbu bitta faylni tahrirlashingiz mumkin. Shu sababli, ehtimol bu eng foydali web-texnologiya va, albatta, mening sevimlilarimdan biri.
53. PHP dasturlash tili haqida tushuncha Ko’pgina boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, PHP qandaydir tashkilot yoki kuchli dasturchi tomonidan yaratilgan emas. Uni oddiy foydalanuvchi Rasmus Lеrdorf 1994 yili o’zining bosh sahifasini intеraktiv uslubda ko’rsatish uchun yaratgan. Unga Personal Home Page (PHP – shaxsiy bosh sahifa) dеb nom bеrgan. PHP – wеb tеxnologiya tili. PHPni o’rganish uchun avval HTML va dasturlash tilidan habardor bo’lish talab qilinadi. PHPning vazifasi HTML faylini yaratib bеrish. PHPda yozilgan kod sеrvеrning o’zida bajarilib, mijozga HTML shaklida yеtib boradi. Bu havfsizlik jihatdan ancha maqsadga muvofiq. PHP dаsturlаri ikki usuldа bаjаrilishi mumkin: Web-server tоmоnidаn stsenаriy ilоvаsi vа kоnsоl dаsturi sifаtidа.
6II BOB WEB- SAYTI HAQIDA MA’LUMOTLAR 2.1 HTML dagi asosiy kodlar < meta http-equiv = "X-UA-Compatible" content = "IE=edge" > Bu HTML metatagi Internet Explorer brauzeriga sahifada qanday ishlov berllishi haqida ma lumot beradi. Compatible metatagi brauzerda qaysi versiyaʼ yoki modeda ishlash kerakligini aniqlaydi. Misol uchun, IE=edge qiymati brauzer da eng yaxshi HTML rendirini ishlatishni ta minlaydi. ʼ HTML kodining "viewport" atamasi sahifangizni kichik ekranga ega qurilma larda to'g'ri ko'rsatish uchun moslashtirishning bir usuli. Bu atama orqali, sahifa- ning o'lchami kichraytiriladi va qurilma o'lchamiga moslashtiriladi. Bunda, mini- mum va maksimum moslashuvchanliklar ham aniqlangan. Bu HTML kodini quvvatlash orqali, siz o'zingizning sahifangizni kichraytirish, yoki katta ekranga moslashish kerak bo’lgan holatlarda moslashtirishingiz mumkin. Bu HTML kodida sahifa sarlavhasi, kalit so'zlar, sahifa haqida qisqa matn va sahifa muallifi haqida ma'lumot qo'shilgan. <title> tegi sahifa sarlavhasini ko'rsatadi. Bu qisqa matnda sahifa mavzusini ifodalaydi va foydalanuvchilarning sahifa haqida tushunarli ma'lumot olishiga yor dam beradi.<meta name="keywords" content=""> bu yerga siz sahifangiz uchun kalit so’zlar to'plamini qo'yishingiz mumkin. Bu yordamida, foyda- lanuvchilar qidirish so'rovlarida sizning sahifangizning ko'rsatilish ehtimoli oshadi.< title > Sog'lomlashtirsh markazi </ title > < meta name = "keywords" content = "" > < meta name = "description" content = "" > < meta name = "author" content = "" >< meta name = "viewport" content = "width=device-width, minimum-scale=1.0, maximum-scale=1.0, user-scalable=no" >