logo

WEB serverlar. Ma’lumotlar bazasi. Saytni testlash va baholash.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

438.4287109375 KB
MAVZU:  WEB serverlar. Ma’lumotlar bazasi. Saytni testlash va
baholash.
KIRISH:
REJA:
1- WEB SERVERLAR
2- MALUMOTLAR BAZASINI YARATISH
3-WEB SERVER NIMA
  WEB SERVERLAR
Web   sahifa   va   web   saytlarga   xizmat   ko`rsatish   uchun   mezbon
kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi.
Web   saytlar   va   bu   saytlarni   yaratish,   boshqarish   uchun   mo`ljallangan   dasturiy
ta'minot   mezbon   kompyuterda   joylashgan   bo`ladi,   mezbon   kompyuterlar
bog`lanish   protokollarini   boshqaradi.   Mezbon   kompyuterlar   Unix,  Windows   yoki
Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning
hammasi   tarkibiga   TCP/IP   protokolini   qo`llab-quvvatlovchi   dasturiy   vositalar
kiradi.
Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web
brauzer   talablariga   ko`ra   so`ralgan   web   sahifalarga   xizmat   ko`rsatadi   va   boshqa
amallarni   bajaradi.   Server   dasturiy   ta'minoti   TCP/IP   bog`lanishlar   uchun   javob
bermaydi.   Buni   serverdagi   operatsion   tizim   bajaradi.   Lekin   server   dasturiy
ta'minoti   operatsion   tizim   yordamida   HTTP   bog`lanishlar   va   talablarini   qo`lga
kiritadi va ularni qayta ishlaydi Server   dasturiy   ta'minotining   har   xil   turlari,
masalan   ma'lumotlar   ombori   serveri,   FTP   serveri,   tarmoq   serverlari   mavjud.
Xususan,   web   server   HTTP   serverining   bir   turi   bo`lib,   uning   vazifasiga   klient
kompyuterlariga   HTTP   protokoli   yordamida   turli   ma'lumotlarni   jo`natish   kiradi.
Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi
talablarni   qo`yadi.   Server   bunday   talablarni   olgach,   unga   javob   beradi.   Bu
javobning   boshida   uzatish   haqida   ma'lumot,   qolgan   qismi   HTML   fayldan   iborat
bo`ladi.
Albatta,   web   serverlar   sahifalarni   web   brauzerga   uzatishdan   boshqa   ishlarni   ham
qiladi.   U   web   sahifadagi   CGI   stsenariylarini   mos   CGI   ilovalariga   uzatadi.   Bu
stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar
ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari,
web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni
turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar. Web server dasturiy ta'minoti
1)   Klient   kompyuteri   dasturi   ( brauzer )   serverga   kerakli   ma'lumot   haqida
talabnoma   yuboradi.   Bu   talabnoma   web   server   tomonidan   qayta   ishlanadi.
Yagona   IP   manziliga   ega   mezbon   kompyuterda   bir   necha   turdagi   serverlar
joylashgan   bo`lishi   mumkin.   Shu   sababli   bitta   kompyuterga   joylashgan   turli
serverlar   kompyuterning   turli   kirish   portlaridan   foydalanadilar.   Kirish
portallari   0   dan   65535   gacha   raqamlab   chiqilgan   bo`ladi.   Mezbon
kompyuterlar   IP   manzilidan   tashqari   domen   (soha)   nomlariga   ega.   Bu   nomlarga
mos   keladigan   IP   manzillarni   aniqlash   uchun   DNS   ( Domain   Name   System   –
domen nomlari tizimi ) dan foydalaniladi.
2)   Brauzer   yuborgan   talabnomalar   zarur   hujjatlarning   formatini   belgilab   beradi.
Agar   web   brauzer   HTML   faylni   so`rasa,   bu   fayl   bevosita   web   brauzerga
jo`natiladi.
3)   Agar   web   brauzer   boshqa   formatdagi,   masalan   ma'lumotlar   omboriga   tegishli
ma'lumotni   so`rasa,   bu   talabnoma   CGI   orqali   tegishli   ilovaga   uzatiladi.   CGI
stsenariyi   orqali   topilgan   yoki   qayta   ishlangan   ma'lumotlar   serverga   qaytariladi.
Server   esa   ularni   brauzerga   uzatadi. 4)   Odatda   har   bir   server   oldindan   aniqlangan   kirish   portidan   foydalaniladi.   Bu
portlarning   nomerlari   quyidagicha   bo`lishi   mumkin.   (raqamlar   16   lik   sanoq
sistemasida keltirilgan):
1. HTTP server – # 80.
2. FTP server – #21.
3. Gopher server – #70.
4. Telnet server – # 23.
5. Usenet server – # 119.
6. WAIS server – # 210.
Web sahifa va ma'lumotlar ombori
Butun   olam   to`rining   eng   foydali   imkoniyatlaridan   biri   to`rda   ma'lumotlarni
qidirishdir.   Ma'lumotlarni   qidirishda   web   serverlardagi   ma'lumotlar   omboridan
foydalaniladi.
  Bu   saytlarda   sodda   yoki   o`ta   murakkab   qidiruv   kriteriylarini   yaratib,
qidiruvni   boshlash   mumkin.
Dunyodagi   eng   katta   va   eng   ko`p   foydalaniladigan   qidiruv   tizimi   Yahoo   web
saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir.
Siz   o`zingiz   izlayotgan   ma'lumotga   oid   kalit   so`zni   kiritasiz   va   qidiruvni
boshlaysiz.   Bunga   javoban,   server   o`z   ma'lumotlar   omboridan   bu   kalit   so`z
uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi. Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar
omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda
ma'lumotlar   ombori   bilan   ishlash   CGI   ( Common   Gateway   Interface   –umumiy
shlyuz   interfeysi )   orqali   amalga   oshiriladi.   Bu   interfeys   yordamida   sodda   yoki
o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan
ma'lumot   almashish   mumkin.
1.   Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan
kerakli   web   sahifani   qidirib   topishda   foydalaniladi.
To`rda   qidiruv   maxsus   saytlardan   boshlanadi.   Bu   sayt   sahifasida   qidiruv   qay
tarzda   va   nimani   qidirish   kerakligiga   qarab,   kerakli   maydonchalarga   ma'lumotlar
kiritiladi.   Bundan   tashqari,   bu   sahifada   qidiruv   CGI   stsenariyini   ishlatish   uchun
HTML   kod   ham   bo`ladi.
Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv
satrida   bu   qidiruv   uchun   mo`ljallangan   CGI   stsenariyi   va   u   joylashgan   papka
ko`rsatiladi.   Odatda   barcha   CGI   stsenariylar   serverning   cgi-bin   papkasiga
joylanadi.   qidiruv   satrida   nima   qidirilishi   ham   ko`rsatiladi.   Bu   narsa
stsenariydan   “/”   belgisi   bilan   ajratiladi.   qidirilayotgan   ob'ekt   xossalari   bir-
biridan   “&”   belgisi   (ampersend   deb   o`qiladi)   bilan   ajratiladi.   Bo`sh   joy
o`rniga   “+”   ishorasidan   foydalaniladi.
Masalan,   qidiruv   ma'lumotlari   omboridan   ismi-sharifi   Aliev   Vali   bo`lgan   va   Pop tumanida   yashovchi   shaxsni   qidir   stsenariyi   yordamida   topish   uchun   quyidagi
HTML   kod   yoziladi.
<a href= “cgi-bin/qidir/name=ali+valiyev&city=pop”>
2.   Qidiruv   satri   web   serverga   jo`natilgach,   undagi   ma'lumotlar   CGI   orqali
ma'lumotlar   omboriga   jo`natiladi.
3.   Ma'lumotlar   omboridan   qidiruv   talablariga   javob   beruvchi   yozuvlar   ajratib
olinadi.
4.   Ajratib   olingan   ma'lumotlarni   cgi   yangi   html   sahifa   ko`rinishida   serverga
kiritadi. Server bu sahifani brauzerga jo`natadi.
WEB XIZMATLAR
Web   xizmatlari   va   uning   yaqin   qarindoshi   .NET   ko`pchilikka   ma'lum
bo`lmagan   texnologiyalardir.   Ular   Internetden   shaxsiy   yoki   tijorat   maqsadida
foydalanish   samaradorligini   keskin   oshirib   yuboradi.   Ular   turli   dasturlar   va
xizmatlardan masofadan turib foydalanish, turli ma'lumotlarni kompyuteringizning
ishchi   stoliga   avtomatik   etkazib   berishga   xizmat   qiladi.   Bu   texnologiyalar   o`ta
moslashuvchan   bo`lib,   ulardan   turli   maqsadlarda   foydalanish   mumkin.
Masalan,   bu   texnologiyalar   asosida   minut   sayin   o`zgarib   turadigan   obi-havo,
bozordagi   narx-navo   yoki   valyuta   kursi   haqidagi   ma'lumotlarni   doimiy   ravishda
olib   turish   mumkin.   Bu   texnologiya   yordamida   tijorat   bo`yicha   hamkorlarning
kompyuter   tizimlarini   birlashtirish   mumkin.
Bu   ikki   texnologiya   oxirgi   paytda   ko`p   muhokama   qilinayotganligiga   qaramay,
uning   imkoniyatlarini   noto`g`ri   tushunayotganlar   kam   emas.   Ular   juda   murakkab
tuyulsada, aslida moduli dasturiy komponentalar bo`lib, internetning maxsus aloqa
protokollaridan   foydalanadilar.   Ular   Internetda   jimgina   inqilob   qilayotgan
texnologiyalardir, chunki bu texnologiyalardan foydalanish shaxsiy kompyuterning
operatsion tizimidan voz kechish imkonini beradi. Narxi bir necha yuz, xatto, yuz
ming   dollar   turadigan   dasturni   sotib   olish   o`rniga   undan   internet   orqali kompyuterning   web   brauzerida   bepul   foydalanish   mumkin.
Web   xizmatlari   tushunchasiga   ko`p   narsalarni   kiritishsa-da,   aslida   haqiqiy   web
xizmatlari   faqat   bir   qator   protokollar   va   texnologiyalardan   foydalanadilar.   web
xizmatlarning   negizi   XML   ( Extensible   Markup   Language   –   kengayadigan
hoshiyalash tili ) dir. Bu til yordamida taklif qilinayotgan va qilinadigan xizmatlar
tavsiflanadi.
SOAP   ( Simple   Object   Access   Protocol   –   ob'ektlar   bilan   ishlashning   sodda
protokoli )   web   xizmatlar   bilan   bog`lanishning   standartidir.   Boshqa   muhim
texnologiyalar   WSDL   ( Web   Services   Description   Language   –   Web
xizmatlarini   tavsiflash   tili )   and   UDDI   ( Universal   Description,   Discovery   and
Integration   –   universal   tavsiflash,   yaratish   va   integratsiyalash )lardir.
1.   Web   xizmatlari   va   .NET   dasturlar   boshqa   xizmatlardan   brauzer   yordamida
Internet orqali masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Dastlab   .NET   da yoki
web   xizmatlar   sifatida   ishlatiladigan   xizmatlar,   dasturlar   yaratilishi   kerak.   Web
xizmatlar   odatda   JAVA   tilida   yoziladi.
.NET   da  ishlaydigan   dasturlar   Visual   Studio.NET   platformasida   yaratiladi.  Unda
dasturlar   yaratish   uchun   turli   tillar,   masalan,   Visual   Basic.NET ,   Visual
C#.NET   kabi tillardan foydalanish mumkin. 
2.   WSDL   ( Web   Services   Descriptions   Language   –web   xizmatlarni
tasvirlash   tili )   xizmatlarni   tavsiflash   uchun   xizmat   qiladi.   Tavsiflash   paytida   bu
xizmatning   aniq   joylashgan   o`rni,   uni   qanday   ishga   tushirish,   u   taklif   qiladigan
xizmat   turi   va   shunga   o`xshash   ma'lumotlar   aniqlashtiriladi.   Xizmatlarni
tavsiflovchisi   XML   tili   konstruktsiyalarida   yaratiladi.
3.   Servis   registrlarida   taklif   qilinayotgan   xizmat   turlari   qayd   qilinadi.   Xizmat
tavsiflovchilari   ularni   SOAP   ( Simple   Object   Access   Protocol   –   ob'ektlarga
etishishning soda protokoli ) protokoli yordamida servis registrida qayd qiladilar.
Servis   registrlarida   UDDI   ( Universal   Description   Discovery   and   Integration   –
tavsiflash,   yaratish   va   joriy   qilishning   universal   standarti )   deb   nomlanuvchi
standartlar guruhi yordamida kompaniyalar o`zlari va taklif qilinayotgan xizmatlari xaqida   axborotni   e'lon   qiladilar.   Foydalanuvchilar   esa   kerakli   xizmatlarni   qidirib
topadilar   va   ishlatadilar.
4.   Xizmatga   talabgor   deb   ataluvchi   shaxslar   va   kompaniyalar   kerakli   xizmatni
topish   uchun   Servis   registriga   SOAP   protokoli   orqali   murojaat   qiladilar.
5.   Kerakli   xizmat   turining   tavsiflovchisi   topilgach,   unda   xizmat   qaerda
joylashganligi   va   undan   qanday   foydalanish   mumkinligi   aniqlashtiriladi.
6.   Bu   ma'lumotlar   asosida   xizmatga   talabgor   xizmatni   o`z   kompyuterida   ishga
tushiradi.
MATNNI HOSHIYALASH TILLARI
Web-texnologiyani   (Internet-texnologiya)   o’rganishni   Web-dizaynning
quyidagi   uchta   tushunchasini   o’rganishdan   boshlanadi:   Web-sahifa,   Web-sayt   va
Web-server.
Web-sahifa   –   o’zining   unikal   adresiga   ega   bo’lgan   va   maxsus   ko’rish   dasturi
yordamida   (brauzer)   ko’riluvchi   xujjatdir.   Unga   matn,   grafika,   ovoz,   video   yoki
animatsiya   ma'lumotlar   birlashmasi   -   multimediyali   xujjatlar,   boshqa   xujjatlarga
gipermurojaatlar   kirishi   mumkin.
Web-sayt   –   bir   qancha   web-sahifalarning   mantiqiy   birlashmasi.
Web-server   –   tarmoqqa   ulangan   kompyuter   yoki   undagi   dastur   hisoblanib,
umumiy   resurslarni   klientga   taqdim   etish   yoki   ularni   boshqarish   vazifalarini bajaradi.   Web-serverlar   ma'lumotlar   bazalari   va   multimediyali   ma'lumotlarni   bir
biriga   moslashtiradi;   Web-serverda   Web-sahifa   va   Web-saytlar   saqlanadi.
Internet   tarmog’idagi   Web-sahifalarni   ko’rishingiz   uchun   WWW   (World   Wide
Web)   deb   ataluvchi   servisdan   foydalanasiz.
World   Wide   Web   (WWW,   Butun   dunyo   o’rgamchak   to’ri)   –   bu   klient-server
texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan   Internet xizmatidir.
Matnni hoshiyalash tillari va ularning qisqacha tasnifi
Web-texnologiyaning   (Internet-texnologiya)   Web-dizayn   qismini   o’rganishni   esa
razmetkali   til   yoki   matnni   hoshiyalash   til   tasnifi   bilan   boshlaymiz.
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa
xujjatga   joylashtiriladi   va   bu   xujjatni   barcha   kompyuterda   ko’rish   imkoniyati
mavjuddir.   Bunday   maxsus   tillar   razmetkali   tillar   yoki   matnni   hoshiyalash
tillari   deb   ataladi.   Ularning   asosiy   vazifasi   –   Web-sahifaga   “ma'lumotlarni
joylashtirish”   va   ular   orasidagi   aloqani   (giperssilkalar   ya`ni   giperaloqalar)
ta'minlashdan   iborat.
Matnni   hoshiyalash   tillari ni   web   sahifadagi   yo`l   harakati   belgilariga   o`xshatish
mumkin.
Hoshiyalash   tillari   web   sahifani   ekranda   qanday   boshqarish   va   ekranda
ko`rsatish   farmoyishlari   to`plamidir.   Bu   farmoyishlar   teglar   ( tag   –   nishon,
etiketka, degan ma'noni anglatadi ) deb ataladi va matn ko`rinishida bo`lgan web
sahifaga   joylanadi.
Teglarda   alohida   fayllarda   joylashgan   grafik   tasvirlarga   murojaatlar   ham   bo`lishi
mumkin.   Bunday   teglar   web   brauzerga   shu   tasvirlarni   chaqirish   va   web   sahifada
aks   ettirish   kerakligini   bildiradilar.   Teglar   yordamida   web
sahifaga   gipermurojaatlar   ham  kiritiladi. Bu  gipermurojaatlarni  faollashtirganda,
foydalanuvchi   bu   teglarda   ko`rsatilgan   yangi   web   sahifa   va   resurslarga   o`tadilar
yoki   boshqa   fayllarni   web   brauzerga   yuklab   oladilar.   Shunday   qilib,   web   sahifa hoshiyalash   tilida   tasvirlangan   va   har   qanday   web   brauzer   ekranda   aks   ettira
oladigan   teglar   to`plamidir.
Web sahifada aks etishi kerak bo`lgan va boshqa matn muharrirlarida tayyorlangan
xujjat   tarkibida   sarlavha,   paragraflar,   ro`yxatlar,   turli   shaklda   formatlangan   matn
bo`ladi.   Bu   matnni   web   brauzer   tushunmaydi,   chunki   u   hali   hoshiyalash   tillari
yordamida   hoshiyalanmagan   va   shu   sababli   u   web   brauzerda   bo`sh   joy   kabi   aks
etadi.   Bu   matnni   web   brauzer   to`g`ri   tasvirlashi   uchun   unga   mos   teglarni   qo`yib
chiqish   kerak.   Bu   esa   HTML   tili   yordamida   amalga   oshiriladi.   HTML   –   butun
olam   to`rining   ishchi   tili.   Uni   barcha   web   brauzerlar   tushunadi,   uni   barcha
qurilmalar   qo`llab   quvvatlaydi,   ya'ni   u   bilan   ishlay   oladi.
Hoshiyalash   tillari   dasturlash   tillaridan   tubdan   farq   qiladi.   Dasturlash   tillari
yordamida murakkab ilovalar, masalan matn yoki rasm muharriri yaratish mumkin.
Hoshiyalash   tillari   ularga   nisbatan   birmuncha   sodda   bo`lib,   ma'lumotni   qanday
tasvirlash   uchun   ishlatadi.   Masalan,   hoshiyalash   tili   yordamida,   matndagi
belgilarni qalin yoki qiyshiq qilib aks ettirish mumkin. Hoshiyalash tillarida uning
farmoyishlari,  ya'ni  teglari,  xujjat   ichida,  u  aks   ettirishi   kerak   bo`lgan  matn  bilan
birga   joylashadi.
HTML   (Hypertext   Markup   Language   –   gipermatnni   hoshiyalash   tili)   butun
olam to`rining hoshiyalash tilidir. Dastlab              World Wide Web tizimi matnli
ma'lumotlarni   va   HTML   xujjatlarni   ko’rishga   mo’ljallangan,   matnni   taxrirlovchi
tilga  o’xshash  tizim  bo’lgan.  Ayni   damda  HTML   tili  WWW   daga  eng  ommabop
tillardan   biri   hisoblanadi.   HTML   tilida   yozilgan   ma'lumotlar   o’z   ichiga   matn
fayllar,   grafik   ma'lumotlar   va   boshqalvrni   oladi.
Xujjatlar   orasidagi   aloqani   ta'minlash   va   ma'lumotlarni   formatlash   vositalari   teg
(tag)   deb   ataluvchi   vosita   orqali   amalga   oshiriladi.
Web-sahifaning   matn   va   teglari   aralash   ravishda   HTML-xujjat   deb   ataluvchi
faylining   ichiga   joylashtiriladi.   Qanday   tegni   qo’llaganingizga   qarab   brauzer
oynasida   ma'lumotlar   turlicha   ko’rinadi.   HTML   xujjatga   ma'lumotlarni
joylashtirish   va   tahrirlash   uchun   yuzlab   teglar   mavjud.   Masalan,   <p>   va   </p>
teglari   abzatsni   tashkil   etadi,   <i>   va   </i>   juft   teglari   esa,   matnni   yozma   (kursiv) holda   ko’rsatish   uchun   qo’llaniladi.   Shu   bilan   birga   gipermatnli   ssilkalar   teglari
ham   mavjud.   Ushbu   elementlar   foydalanuvchiga   gipermatn   ustiga   sichqoncha
kursori   bosilganda   boshqa   xujjatga   bog’lanish   imkonini   beradi.
Demak,   uning   yordamida   web   xujjatlar   formatlanadi,   ular   tarkibiga   gipermatnlar
orasidagi   bog`lanishlarni   ta'minlaydigan   teglar   kiritiladi.   HTML   xujjatlari   oddiy
matn xujjatlaridir. Uni yaratish va tahrirlash uchun siz ixtiyoriy matn muharriridan
foydalanishingiz   mumkin.   Bundan   tashqari,   HTML   uchun   maxsus   yaratilgan
ko`plab,   bepul   va   pulga   sotiladigan   HTML   muharrirlari   ham   mavjud.
Tarmoq kun sayin  rivojlanib bormoqda,  U bilan birga HTML  ham  kengaymoqda
va   o`zgarmoqda.   Uning   asosida   dinamik   HTML   umumiy   nomi   bilan   atalgan   bir
qator texnologiyalar yaratildi. Bu texnologiyalar web sahifalarning bundan buyon
statik,   ya'ni   o`zgarmas   bo`lib   qolmasligini   ta'minlaydi.   Ular   yordamida   HTML
animatsiyalarni   yaratadi   va   ko`rsatadi,   web   sahifalar   interfaol   ko`rinishda   ishlay
oladi   va   yana   ko`plab   ilgari   iloji   bo`lmagan   imkoniyatlar   yaratadi.
XML (Extended Markup Language – kengaytirilgan . 
Bu   til   boshqa   hoshiyalash   tillaridan   butkul   farq   qiladi.   Bu   tilda   web
sahifalarning   mazmuni   uni   taqdim   etishdan,   ya'ni   shaklidan   butunlay   ajratilgan.
Masalan,   bevosita   matnda   belgilarning   o`lchamini   o`zgartirish   o`rniga   sahifa
kontenti   qanday   ko`rinishda   tasvirlanishi   kerakligi   haqida   qoliplar   va   stil
varaqlarini   yaratadi.
XML   Veb   xizmatlari   deb   nom   olgan   butunlay   yangi   texnologiyaning   negizini
tashkil   etadi.   Bu   texnologiya   asosida   web   brauzerdan   foydalanib,   Internet   orqali
butkul   yangi   turdagi   xizmatlarni   etkazib   berish   mumkin.
XML   bilan bog`liq   AJAX   nomli texnologiya Internetdan xuddi kompyuterning ish
stolidagi ilovalar kabi foydalanish imkonini beradi
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydigan dasturlar. Ma'lumotlar bazasi dasturiy
ta'minotiga umumiy nuqtai
Deyarli har bir tashkilot o'z ma'lumotlar bazasiga ega. Lekin aslida nima bor, hatto
saytlar   ham   ma'lumot   bilan   ishlashni   oson   va   oson   qilish   uchun   ulardan foydalanadilar.   Haqiqatan   ham,   ular   hech   qanday   muammosiz   hisob-kitoblarni
amalga  oshirishga,  kerakli   ma'lumotlarni  tezda  topishga  va  umuman olganda,  har
qanday ma'lumotda tartib yaratishga imkon beradi.
Ko'pincha dasturchilar ularni yaratish bilan shug'ullanadilar, chunki bu oliy o'quv
yurtlarida   o'qitiladigan   murakkab   jarayon.   Ma'lumotlar   bazalarini   ishlab   chiqish
uchun   dasturiy   ta'minotni   yaratish   uchun   ko'plab   darslar,   kurslar   va   dasturlar
to'plami mavjud, haqiqatan ham juda xilma-xil, siz osongina chalkashib ketishingiz
mumkin. Ushbu  maqolada  ma'lumotlar  bazasini   ishlab  chiqish  uchun ba'zi  asosiy
dasturlar muhokama qilinadi.
SQL haqida
SQL - bu ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun ishlatiladigan dasturlash tili.
Agar   siz   uni   kompyuteringizga   o'rnatib,   ma'lumotlar   bazasini   yaratishni
boshlasangiz, bu juda     Buning   sababi,   SQL-ning   o'zida   hech   qanday   grafik
qobig'i   yo'q   va   ma'lumotlar   bazasiga   so'rovlar   umuman   yuborilishi   kerak.   buyruq
qatori ...   Shu   sababli,   ma'lumotlar   bazalarini   ishlab   chiqishni   soddalashtiradigan
turli   xil   dasturlar   paydo   bo'ldi.   Biroq,   bu   tilning   asoslarini   o'rganish   hali   ham
bunga arziydi. To'satdan siz so'rov qilishingiz kerak va dastur to'g'ri ishlamayapti. Microsoft Access
Ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun ushbu dastur ko'pchilik uchun yaxshi
tanish.   Axir   u   paketda   keladi   Microsoft   dasturlari   Idora.   Ushbu   dastur   o'rganish
eng   oson   dasturlardan   biridir,   chunki   u   erda   SQL   dasturlash   tilini   bilish   deyarli
shart   emas.   Siz   faqat   qaysi   so'rovni   amalga   oshirishni   belgilashingiz   mumkin   va
dastur SQL so'rovini o'zi tuzadi.
Dasturning   dolzarbligi   haqida.   Hozirgacha   ko'plab   tashkilotlarning   ma'lumotlar
bazalari yordami bilan tuzilgan   Microsoft Access ... Haqiqatan ham, dasturning o'zi
juda   engil,   intuitiv   interfeys   mavjud.   Bundan   tashqari,   Access   asoslari   hatto   o'rta
maktab va kollejda ham o'qitiladi!
PhpMyAdmin
Access ,   albatta ,   yaxshi   dastur ,   lekin   veb - sayt   uchun   ma ' lumotlar   bazasi
kerak   bo ' lsa ,   u   buni   qilmaydi .   Keyin   PhpMyAdmin   yordamga   keladi.   Bu
juda   foydali   dastur   ma'lumotlar   bazalarini   yaratish   uchun.   Kompyuterga   o'rnatish
biroz vaqt talab etadi. Shuning   uchun,   ma'lumotlar   bazalarini   yaratish   uchun ushbu dasturni o'rnatishda siz ko'rsatmalarga qat'iy rioya qilishingiz kerak. Ammo
PhpMyAdmin-ning   yana   bir   afzalligi   shundaki,   unga   Internet   orqali   veb-sayt
sifatida kirish mumkin! Misol uchun, sizda WordPress tomonidan quvvatlanadigan
veb-saytingiz   bor.   U   ma'lumotlar   bazasiga   ega   bo'ladi.   Va   agar   sizda   yaxshi
xostingda   saytingiz   bo'lsa,   unda,   ehtimol,   ma'lumotlar   bazalari   bilan   ishlash
PhpMyAdmin   orqali   amalga   oshiriladi   va   unga   xosting
Ma'lumotlar   bazalarini   yaratish   uchun   yana   bir   dastur.   Bu   bepul,   ammo
yaxshilangan   funksiyalarga   ega   pullik   versiyasi   ham   mavjud.   Ushbu   dasturda
jadvallar bilan havolalar yaratish oson va umuman olganda, u bilan ishlash qulay.
Bundan tashqari, ortiqcha narsa shundaki, siz ma'lumotlar bazasini  grafik shaklda
ko'rsatishingiz   mumkin.   Ko'pchilik   ma'lumotlar   bazalari   bilan   ishlashda   ushbu
dasturni afzal ko'radi. Asosan, PhpMyAdmin o'z imkoniyatlaridan kam emas, lekin
shunga   qaramay   u   ko'proq   saytlar   ma'lumotlar   bazasi   bilan   ishlash   uchun
mo'ljallangan. Ushbu   maqolada   ma'lumotlar   bazalarini   yaratish   uchun   asosiy   dasturlar
ko'rib chiqilgan. Darhaqiqat, ularning ko'pi bor, shuning uchun har kim o'zi uchun
vositani   tanlaydi,   lekin   agar   siz   endigina   boshlayotgan   bo'lsangiz   va   bu   sohani
o'rganishni   istasangiz,   u   bilan   ishlash   tavsiya   etiladi.   MySQL   WorkBench ...
O'qiganingizdan   keyin   SQL   asoslari ,   siz   uchun   qaerda   ishlash   kerakligi   haqida
endi   sezilarli   farq   bo'lmaydi,   chunki   so'rovlar   hamma   joyda   bir   xil.   Bundan
tashqari,   bitta   dasturda   ma'lumotlar   bazasini   yaratganingizdan   so'ng,   uni   boshqa
dastur   orqali   ochishingiz   ham   qulay,   u   ham   ma'lumotlar   bazasi   bilan   ishlashga
mo'ljallangan.   Ma'lumotlar   bazasi   bilan   dasturiy   ta'minot   yaratishda   siz   ushbu
bilimsiz qilolmaysiz. Bundan tashqari. “Turistlar” jadvalidagi ma’lumotlarni va “Turistlar” jadvalining joriy yozuvi
bilan   bog‘langan   Microsoft   Access   ma’lumotlar   bazasidan   “Turistlar   haqida
ma’lumot” jadvalining yozuvini  aks  ettiruvchi oddiy ma’lumotlar bazasi  ilovasini
yarataylik.
Buning uchun bo'sh Windows ilovasini yaratamiz. Atrof-muhit ko'rinishi
rivojlanishi ko'rsatilgan.
"Ma'lumotlar" komponentlar guruhi ajratilgan bo'lib, unda ma'lumotlarga kirish va
manipulyatsiya qilish uchun komponentlar mavjud.
Ma'lumotlar   bazasi   ma'lumotlarini   shaklga   bog'lash   "Bog'lash   manbasi"
komponenti   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Keling,   uni   shaklga   o'tkazamiz.   Uni
formaga joylashtirgandan keyin ishlab chiqish muhiti quyidagi shaklni oladi

MAVZU: WEB serverlar. Ma’lumotlar bazasi. Saytni testlash va baholash. KIRISH: REJA: 1- WEB SERVERLAR 2- MALUMOTLAR BAZASINI YARATISH 3-WEB SERVER NIMA

WEB SERVERLAR Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi. Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi. Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi. Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi. U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi. Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.

Web server dasturiy ta'minoti 1) Klient kompyuteri dasturi ( brauzer ) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma yuboradi. Bu talabnoma web server tomonidan qayta ishlanadi. Yagona IP manziliga ega mezbon kompyuterda bir necha turdagi serverlar joylashgan bo`lishi mumkin. Shu sababli bitta kompyuterga joylashgan turli serverlar kompyuterning turli kirish portlaridan foydalanadilar. Kirish portallari 0 dan 65535 gacha raqamlab chiqilgan bo`ladi. Mezbon kompyuterlar IP manzilidan tashqari domen (soha) nomlariga ega. Bu nomlarga mos keladigan IP manzillarni aniqlash uchun DNS ( Domain Name System – domen nomlari tizimi ) dan foydalaniladi. 2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi. 3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.

4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan): 1. HTTP server – # 80. 2. FTP server – #21. 3. Gopher server – #70. 4. Telnet server – # 23. 5. Usenet server – # 119. 6. WAIS server – # 210. Web sahifa va ma'lumotlar ombori Butun olam to`rining eng foydali imkoniyatlaridan biri to`rda ma'lumotlarni qidirishdir. Ma'lumotlarni qidirishda web serverlardagi ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Bu saytlarda sodda yoki o`ta murakkab qidiruv kriteriylarini yaratib, qidiruvni boshlash mumkin. Dunyodagi eng katta va eng ko`p foydalaniladigan qidiruv tizimi Yahoo web saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir. Siz o`zingiz izlayotgan ma'lumotga oid kalit so`zni kiritasiz va qidiruvni boshlaysiz. Bunga javoban, server o`z ma'lumotlar omboridan bu kalit so`z uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi.

Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda ma'lumotlar ombori bilan ishlash CGI ( Common Gateway Interface –umumiy shlyuz interfeysi ) orqali amalga oshiriladi. Bu interfeys yordamida sodda yoki o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan ma'lumot almashish mumkin. 1. Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan kerakli web sahifani qidirib topishda foydalaniladi. To`rda qidiruv maxsus saytlardan boshlanadi. Bu sayt sahifasida qidiruv qay tarzda va nimani qidirish kerakligiga qarab, kerakli maydonchalarga ma'lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, bu sahifada qidiruv CGI stsenariyini ishlatish uchun HTML kod ham bo`ladi. Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv satrida bu qidiruv uchun mo`ljallangan CGI stsenariyi va u joylashgan papka ko`rsatiladi. Odatda barcha CGI stsenariylar serverning cgi-bin papkasiga joylanadi. qidiruv satrida nima qidirilishi ham ko`rsatiladi. Bu narsa stsenariydan “/” belgisi bilan ajratiladi. qidirilayotgan ob'ekt xossalari bir- biridan “&” belgisi (ampersend deb o`qiladi) bilan ajratiladi. Bo`sh joy o`rniga “+” ishorasidan foydalaniladi. Masalan, qidiruv ma'lumotlari omboridan ismi-sharifi Aliev Vali bo`lgan va Pop