Ma’lumotlar bazalari. Ma’lumotlar bazasi xaqida


Mavzu: Ma’lumotlar bazalari. Ma’lumotlar bazasi xaqida tushuncha.Ma’lumotlar bazasining yaxlitligi va xavfsizligi. Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari. Reja: 1. Ma’lumotlar bazasi nima? 2. Ma’lumotlar bazasining strukturasi. 3. Ma’lumotlar bazamini boshqarish tizimi. 4. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari.
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MO) deganda real dunyoning konkret obyektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tu shinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo obyekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo’li bilan xal kilinadi. Obyekt -bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lga n narsadir. Obyektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MO bo’ladi. Masalan, xar bir akademik -lisey yoki kasb -hunar kolleji -bu obyektlar bo’lsa, ulardagi o’quvchilar haqidagi ma’lumotlar to’plami MOga misol bo’ladi. Xar qanday j iddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MO loyihalovchisining asosiy vazifasi obyektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o’rnatishdan iborat. MOni yaratish jarayonida, foydalanuvch i ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo’lgandag ina bajarish mumkin. Strukturalash -bu obyektlar va ma’lumotlarning o’zaro bog’lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 1-misol: strukturalanmagan ma’lumotlar. Shaxsiy ish №16493; Aliyev Karim Ergashevich; tug’ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №16498; Bokiyev Dilmurod Raxmatullayevich; tug’ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan sana 15 may 1984 yil.
2-misol: strukturalangan ma’lumotlar. Shaxsiy ishi № Familiyasi Ismi Otasining ismi Tug’ilgan sana 16493 Aliyev Karim Ergashevich 01. 01. 79 16498 bokiyev Dilmuro d Raxmatullay evich 05. 12. 85 16595 Zokirov Anvar Rashidovich 15. 05. 84 Zamonaviy MO texnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko’rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi Ma’lumotlar bazasi ni boshqarish tizimlari (MOBT) deb ataladi. MOBT -MOni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir. MOBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: -DBASEdasturi; -Microsoft Access; -Microsoft For Pro For DOS; -Microsoft For Pro For WINDOWS; -Paradox for DOS;
-Paradox for WINDOWS. MO bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim: -axborotni kurgazmali tasvirlash; -Axborotni kiritishda soddalash; -axborotni izlash va tanlashda qulaylik; -boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi; -MOning ochikligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo’shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo). MO bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Xar qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvc hi obyekt sifatida karash mumkin. Shunday obyekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MO modellarining uchta asosiy turlari mavjud: Relyasion, iyerarxik va semantik tarmoq. Relyasion (lotin tilidagi relatio -munosabat so’zidan olingan) modelda ma’ lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o’zaro bog’langan to’plamidan iborat. MOnin g iyerarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysinish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun,