PHP da ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Php va MySQL yordamida ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilish Web saxifalarga murojaat
PHP da ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Php va MySQL yordamida ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilish Web saxifalarga murojaat Reja: 1. Gipermatnli murojaatlar xaqida tushuncha. 2. Murojaatlar anatomiyasi va maxalliy Web-sahifalarga murojaat. 3. WWW ning hoxlagan joyiga murojaat. 4. Murojaat rangi. 5. Tasvirlarni murojaat sifatida ishlatish.
1. Gipermatnli murojaatlar h aqida tushuncha. Web sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus tegi yordamida murojaat bo’lishi mumkin. Web ga sayo h at paytida siz Web sahifalarda gipermatnli murojaatlarga to’qnashgan bo’lsangiz kerak. Bu matn fragmentlari ko’k shriftda va tagi chizilgan bo’ladi. Shu tariqa tasvirlangan matnlar murojaat matnlari deyiladi. Agar siz uni sichqoncha bilan turtsangiz u avtomat ravishda boshqa Web – sahifaga murojaat qiladi. H ar qanday URL manzilida 3 qism mavjud: protokol, internet uzeli, fayl nomi (o’nga yo’l ko’rsatiladi, shart bo’lsa). Protokol – bu 2 ta kompterning bir-biri bilan aloqasining qoidasi, biz WWW ning standart protokoli http (HyperText Transfer protocol) h aqida gaplashamiz. Yana siz internet uzeli va fayl nomini ham ko’rsatishingiz kerak. Masalan: http: // www. ursu.uzpak.uz/create Buni tushuntiradigan bo’lsak, brauzer ko’rsatilgan ursu.uzpak.uz manzilini (http) aniq bir ulanish usuli yordamida internetga ulaydi va create direktoriyasidagi Web-sahifani topadi. H ar bir internetdagi hujjat va fayl alohida resurslarning universal ko’rsatkichi deb nomlanuvchi manzilga ega (uinform resource locator - URL). URL elektron pochta manzilini eslatib turadi. Internet – kompyuterlar URL ni qanday jo’natishni, uni qanday topishni va nima bilan ulashni o’zlari tushunadi. Web-sahifa q ayerda joylashishidan kat’iy nazar xox u Yangi Zellandiyada bo’lsin yoki Yaponiyada bo’lsin WWW ular bilan bir xil ishlaydi. Brauzer h ar bir URL ni ishga solib sizga internetdagi hujjatni topib beradi va avtomatik ravishda taqdim qiladi.
Dunyo bo’ylab Web uzellarni ko’rib chi q mo q chi bo’lgan shaxsga URL h aqida va kerakli domen kalitni qanday topishni o’ylashga zarracha ehtiyoj yo’q. 2. Murojaatlar anatomiyasi va maxalliy Web-sahifalarga murojaat. Web sahifaga murojaatlarni joylashtirish ikki turda bo’ladi (bir-biriga o’xshash). Dastlab ma h alliy hujjatlarga murojaat qilishni ko’rib chiqamiz. Ma h alliy hujjat bu shunday hujjatki sizning uy sahifangiz internetning qaysi joyida joylashgan bo’lsa u ham shu yerda joylashgan bo’ladi. Ma h alliy hujjatlarga murojaat qilish oson va bunda siz to’liq URL ni bilishingiz shart emas, faqat faylga y o’ l va uning nomini bersangiz kifoya. So’ngra siz WWW ning h oxlagan joyidagi hujjatlarga murojaat qilishni o’ rganasiz. Bu turdagi murojaatda sizdan to’liq URL talab qilinadi. Faraz qilaylik sizda bitta hujjat uchun ma’lumot ko’p va siz uni bir necha HTML fayllarga bo’lishga qaror kildingiz. U holda asosiy Web-sahifada bu hujjatning har biriga to’liq va oson o’tuvchi murojaatlarni joylashtirish kerak bo’ladi. Hatto siz asosiy Web-sahifangizni mundarija ko’rinishida qilishingiz mumkin va bunda alohida sahifalarga murojaat qilinadi. Dastlab <a href> tegi kiritiladi. <a> teg o’zag teg deb nomlanadi. U Web- sahifalarga murojaat uchun ishlatiladi. href kalit so’zi brauzerga siz murojaat q ilayotganingiz h aqida xabar beradi. </a> yopiluvchi tegini esdan chiqarmay yozib ketish kerak. misol.htm fayliga murojaatlarni yaratish uchun quyidagi kodni kiritishingiz kerak: <a href=”misol.htm”> Misolni ko’rish </a> Shunday qilib « Misolni ko’rish » iborasi ekranda murojaat matni ko’rinishida paydo bo’ladi. Bu matnga sichqoncha bilan turtsangiz, misol.htm faylini ochiladi.
Faylga yo’lni ko’rsatishni esdan chiqarmaganingizni tekshirib ko’ring. Masalan, tiger.htm fayli Exhibits direktoriyasida sa q langan bo’lsa, href kalit s o’ zida exhibits/tigers. <a href=”exhibits/tigers.htm”> O tigrak </a> 3. WWW ning xoxlagan joyiga murojaat. Boshqa bir Web uzelga murojaat qilish uchun hujjatning to’liq URLi talab qilinadi. Lekin murojaatning bu turi ham shunday tarzda, ya’ni <a href> va </a> kabi bo’ladi. URL hamisha http:// bilan boshlanadi. Shu tarzda brauzer hujjatni sizning Web uzelingizdan emas WWW dan q idirib boshlaydi. URL ning qolgan qismlari siz izlayotgan hujjatning nomi va internetdagi yo’li, uzelidan iborat bo’ladi: <a href=” http://www.yahoo.com/arts/performinarts/circuses/ ”> yahoo olami ruyxati </a> 4. Murojaat rangi. World Wide Web dagi murojaat matnining rangini o’zgartirishingiz mumkin. Sizning Web sahifangizning matnini rangini body tegi yordamida o’rnatish mumkin: <body next=red> Shu tarzda gipermurojaat matnining rangini ham boshqarish mumkin. Quyida 3 ta yangi kalit so’z keltirilgan: link - link kalit so’zi Text kabi ishlatiladi. link=blue o’rnatilgan bo’lsa (yoki boshqa bir rang), foydalanuvchi h ali ishlatmagan (sichqoncha bilan turtmagan) murojaatlar ko’k rangda bo’ladi. <body text=red link=blue> vlink - Ayrim h ollarda bir necha murojaatlarning rangi boshqalaridan ajralib turganini sezgan bo’lishingiz mumkin. Bu marojaat siz tomoningizdan faollashtirilganligidan dalolat beradi. Foydalanuvchi murojaat q ilgan murojaatlarning rangini (Visited line) vlink kalit so’zi bilan o’zgartirish
mumkin. Murojaatning rangini ochiq ko’k rangga o’zgartirish uchun quyidagi kodda yozish kerak: <body text= line link=aqua vlink=silver> alink - Murojaatga sichqoncha bilan turtgan paytdagi rangni o’zgartirish mumkin. Murojaatning faol rangi alink kalit so’zi yordamida beriladi. Kimdir sizning sahifangizga kirganida murojaat rangi link bilan berilgan rangda bo’ladi. Lekin q achonki siz uni sichqoncha bilan turtsangiz q is q a vaqtgacha tlink bilan berilgan rangga o’tadi. Quyida faol murojaatning rangini ochiq sari q rangga o’zgartiramiz: <body text= line link=aqua vlink=silver alink=yellow> 5. Tasvirlarni murojaat sifatida ishlatish . WWW-sahifalarda murojaat vositasi bo’lib faqat matn emas, balki tasvirlar ham ishlatiladi. Bu shuni bildiradiki, qachonki siz tasvirlarni sichqoncha bilan turtsangiz ekranda boshqa Web-hujjat paydo bo’ladi. Boshqa HTML - hujjatga tasvir yordamida murojaat qilish uchun xuddi matn singari bo’ladi. Faqat bunda matn o’rniga tasvirni berishingiz kerak. Jiml i k xolatida Web-brauzerlar tasvir murojaatni ko’k ramka bilan o’rab oladi. Tasvirning h oxlagan joyiga sichqoncha bilan turtish orqali mos hujjatga o’tiladi. Murojaat sifatida tasvirlarning h oxlagan turi, rasmlar va piktogrammalardan foydalanish mumkin. (fon bezaklaridan tashqari). Masla h at tasvirlar murojaat sifatida tez-tez ishlatiladi. Iloji boricha tushunarli tasvirlardan foydalaning, shunda foydalanuvchilar murojaat ularni qanday manzilga olib borishni tushunadilar. Masalan, agar siz uy sahifangizda sevimli qo’shiqlaringiz ro’yxatiga murojaat qilmo q chi bo’lsangiz, musi q aga doir piktogrammadan foydalaning. Tasvir murojaatlaridan foydalanganda alternativ matn berish zarur. Tasvir ko’rinmay qolganda foydalanuvchilar shu orqali murojaatdan foydalanishlari mumkin. Ayrim foydalanuvchilarda tasvirni yuklash ko’p vaqtni talab qiladi.