PHP yordamida forma ma’lumotlarini qabul qilish va qayta ishlash. Cookie’lar va sessiyalar. Web saxifalarda grafika va multimedia.
PHP yordamida forma ma’lumotlarini qabul qilish va qayta ishlash. Cookie’lar va sessiyalar. Web saxifalarda grafika va multimedia. Reja: 1. Grafik tasvirlar. 2. Videofayllar. 3. Tovushli fayllar.
1. Grafik tasvirlar Grafik obyektlar Web sahifani bezashda juda muhim o’rin tutadi. grafik obyekt deganda biz har xil tipdagi rasmlar, fotorasmlar, tovushli fayllar va videokliplarni tushinishimiz kerak. Brauzer GIF, JPEG va PNG formatdagi grafik fayllarni tasvirlaydi. GIF formatidagi fayllar animasion tasvirlarni yaratish imkonini beradi. JPEG fayllar fototasvirlarni saqlash uchun ishlatiladi. PNG formati esa tasvirning yuqori sifati va grafik faylning kichik h ajmda bo’lishini ta’minlaydi. Web sahifada grafik fayllarni tasvirlash uchun <img> tegi o’zining bir qancha parametrlari bilan qo’llaniladi. Bu teg o’zining yopiluvchi tegigi ega emas, ya’ni biror so h a uchun emas balki ko’rsatilgan joyga grafik obyekt joylashtirilishini bildiradi. <img> tegining asosiy va majburiy parametrlaridan biri src parametridir. Bu parametr qiymati sifatida tasvirlanishi kerak bo’lgan obyekt manzili yoki aniqrok qilib aytganda uning URL manzili ko’rsatiladi. Masalan Web sahifaning HTML fayllari joylashgan IMAGES papkasi o’zining grafik fayllari bilan joylashgan bo’lsa bu papkadagi rasm1.gif faylini tasvirlash uchun quyidagi yozuvni yozishimiz kerak: <img src=”images/rasm1.gif”> Hozirgi kunda grafik obyektlarni tasvirlay olmaydigan brauzerlar umuman ishlatilmaydi, lekin brauzerlarda grafik obyektlarni ekranga chiqarmaslik imkoniyati mavjud. Shuning uchun grafik obyekt chiqarilmagan vaqtda uning o’rnida shu obyekt haqida paydo bo’luvchi alternativ matnli ma’lumot bo’lishi zarur. Bu alternativ matnli ma’lumot <img> tegiga alt parametri yordamida qo’shiladi va matnli qiymat qabul qiladi. Misol: < img src = “images/rasm1.gif” alt=”Studentlik oltin davrim” > Agar grafik tasvir brauzer tomonidan ekranga chiqarilsa u holda alternativ matn sichqoncha ko’rsatkichi tasvir ustiga olib borilganda
ko’ratkich yonida paydo bo’ladi. Grafik tasvir haqidagi to’liq ma’lumotni beruvchi internet manba manzilini ko’rsatuvchi longdesc parametri ham sichqoncha ko’rsatkichi yonida paydo bo’luvchi matnli ma’lumotni yaratishda ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida tasvirning URL manzili ko’rsatiladi. Jimlik holati bo’yicha grafik tasvir saqlangan paytda qanday gorizantal va vertikal o’lchamlarda saqlangan bo’lsa ekranda ham xuddi shunday tasvirlanadi. Grafik tasvirni foydalanuvchi o’zi hoxlagan o’lchamda tasvirlash imkoniyatiga ega, buning uchun height va width parametrlaridan foydalaniladi. Web sahifada grafik tasvirni boshqa obyektlardan bo’sh joy bilan ajratib turuvchi hspace va vspace parametrlari ham mavjud. hspace parametri bo’sh joyni gorizantal bo’yicha piksellarda o’rnatsa, vspace parametri esa vertikal bo’yicha o’rnatadi. Bu parametrlar qiymati faqat sonlarda beriladi. Border parametri bilan tasvir atrofidagi chegara qalinligi o’rnatiladi. Parametr qiymati sifatida pikselda o’lchangan son beriladi. Jimlik bo’yicha bu parametr 0 qiymat qabul qiladi va chegara xoshiyasi ko’rinmaydi. Tasvirni o’ziing atrofidagi matnga nisbatan tekislashni ko’rib chiamiz. Buning uchun align parametri ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida quyidagi so’zlar ishlatiladi: buttom, middle, top, left, right. Endi yuqoridagi parametrlar qo’llanilgan quyidagi misollarni ko’ramiz: Misol 5_1. <html> <head> <title>Rasm va matn </title> </head> <body>
<p> Bu matn rasm yonida joylashadi. <img scr=”images/rasm1.gif”> Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida joylashadi . </p> </body> </html> Rasm 5.1 Endi shu misolda <img> tegiga gorizantal bo’yicha tekislash parametrini q o’shib ko’raylik. Misol 5_2. <html> <head> <title>Rasm va matn </title> </head> <body> <p>Bu matn rasm yonida joylashadi. <img scr=”images/rasm1.gif” align=”left”> Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida
joylashadi. Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida joylashadi . </p> </body> </html> Rasm 5.2 Endi xuddi shu misolni vertikal bo’yicha tekislashga o’tkazamiz. Misol 5_3. <html> <head> <title>Rasm va matn </title> </head> <body> <p> Bu matn rasm yonida joylashadi. <img scr=”images/rasm1.gif” align=”middle”> Bu matn rasm yonida joylashadi. Bu matn rasm yonida