WEB BRAUZERLAR VA HTML TILI ASOSLARI. PHP SERVER TOMON WEB DASTURLASH TILI VA UNING SINTAKSISI PHP VA UNING IMKONIYATLARI. PHP SINTAKSISI VA UNI HTML TARKIBIDA QO’LLASH
WEB BRAUZERLAR VA HTML TILI ASOSLARI. PHP SERVER TOMON WEB DASTURLASH TILI VA UNING SINTAKSISI PHP VA UNING IMKONIYATLARI. PHP SINTAKSISI VA UNI HTML TARKIBIDA QO’LLASH . Reja: 1. Web brauzerlar 2. Netscape Comunicator 3. Internet Explorer 4. WWW ga kirish 5. HTML asoslari
1. Web brauzerlar HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so’zning o’zbekchaga to’g’ridan – to’g’ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi. Hozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “ Netscape Navigator ” va “ Microsoft Internet Explorer ” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko’p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo’g’i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE , 24% ni esa ” Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko’pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so’z yuritiladi. Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveysariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WWW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib k o’ rish muammosi paydo b o’ ldi. Bu muammoni h al q iluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo b o’ ldi. Vaqt o’ tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma’lumotlarni matnli ma’lumotlar kabi k o’ rish masalasi birinchi b o’ lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan . Mosaic brauzeri UNIX , PC va Macintosh platformalarida ishlashga mo’ljallangan bo’lib bepul brauzerdir. Keyinchalik Mosaic va Silicon
Graphics asoschilari birlashib hozirgi kunda yetakchi brauzerlardan bo’lgan Netscape brauzeriga asos soldilar . .2. Netscape Communicator Bu brauzer eng mashxur va ko’p ishlatiladigan Web brauzerlardan biridir. Netscape kompaniyasi foydalanuvchi uchun juda sodda va qulay bo’lgan ushbu dasturni bepul tarqatib Internet va WWW olamida inqilob qildi. Yillar davomida bu dastur Internet muhitida aloqa vositalarini o’zida to’liq mujassam qildi. Bu dasturga elektron pochta va yangiliklarni o’qish vositalari qo’shildi. Bularning hammasi birgalikda Netscape Communisator deb nom oldi. Agar siz ushbu brauzerdan foydalanmoqchi bo’lsangiz u holda http:/home.netscape.com sahifaga kirib dasturni kompyuteringgizga o’rnatishinggiz mumkin. Netscape ochiq arxitekturaga ega, ya’ni u Java va JavaScript tillarida yozilgan dasturlarni tushinadi. Netscape ning yuqoridagi imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar ( Windows, Macintosh, OS/2 va UNIX ning barcha versiyalari) bilan birga ishlay olishi uning mashhurligini yanada oshiradi. .3. Internet Explorer Netscape ning jiddiy raqobatchisi Microsoft firmasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscap ning yangi imkoniyatlarini o’zida mujassam qilgan va o’zining ilg’or texnologiyasiga ega bo’lgan brauzerdir. Internet Explorer HTML tilining hamma versiyalarini tushinadi. Internet Explorer da ishlash Microsoft ning boshqa mahsulotlari bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi uchun juda qulaydir. Uning ishlash tartibi deyarli Netscape niki kabidir. Bu ikkala brauzerlarning har biri o’zining maxsus imkoniyatlariga ega. Shu sababli bu ikkala brauzerning faqat bittasi yaxshi desak biz xato qilamiz. Shuning uchun ham hozirda ikkala brauzer ham juda keng miqyosda ishlatilib kelinmokda.
2.4. WWW ga kirish Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to’rdir. Bu to’r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi. HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo’lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo’lish va internetda ishlash bo’yicha ozgina malakasi bo’lsa yetarli. HTML tili yordamida har kim o’zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o’zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun yetarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo’yicha yaxshi bilim va internetning h ar xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi. Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot Web saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5-10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega. Agarda o’zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo’llash zururati tug’ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o’rganish lozim bo’ladi. Yangi tarmoq dasturini o’rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo’llashni o’rganish lozim. Ushbu qo’llanmadan biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz. HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo’lsada, internet – butunjahon to’ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga b o’ lgan bir yordam b o’ ldi.
Internet - bu cheksiz imkoniyatdir, ammo bu imkoniyatlardan foydalanish uchun saytlarni yaratish bilan bog’liq uslublarni o’rganish o’rinlidir. Yuqorida HTML tili butun jahon to’ri uchun asos va baza ekanini aytib o’tgan edik. 5. HTML asoslari Internet – sayyoramiz mi q yosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sar h adlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin. Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojaat bo’ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi. Gipermurojaat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operasion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operasion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki yetarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.