Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari.
![Mavzu: Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari.
Reja.
1. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari.
2. Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_1.png)
![Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U
mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib,
o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro
ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali
internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi
mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib
chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan
suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini
amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq
mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni
yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi
navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish
imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan
esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini
tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda,
marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan
biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi
murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa
kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda
tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik
vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_2.png)
![Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining
umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi.
Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma-
xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda)
muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida
qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion
xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar
majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan
turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi
axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u
butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda
o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi
ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi
mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan
"giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish
mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar
majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi.
IP va URL adreslar tushunchasi
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o`zaro
o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil
etilgan ob`ektlar bog`likligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai
nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab)
kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish "tarmoq"(Net) deb
ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron
hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin.
Bu holdagi informatsion bog`liqlik "to`r" (Web) nomini olgan.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_3.png)
![Shunday qilib, "Tarmoq" (Net) - haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan
kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to`r" (Web) - haqida so`z yuritilganda esa
yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi
tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan
tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi
elektron hujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga
kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan:
142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga
doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-adresga ega bo`ladi. Agar kompyuter
foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u
holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil
dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-adresini bilgan holda,
unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu
so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi,
yoki bo`lmasa undagi biror bir programmani ishlatishga, o`sha kompyuter
tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin
va hokazo.
Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri
kompyuterlarning IR-adreslaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal
adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi.
Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis
qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa adresi: www.gov.uz.
PHP: gipermatn protsessori](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_4.png)
![Php –vebserverda HTML-sahifalarini ma`lumotlar bazasi bilan birgalikda
hosil qilish uchun yaratilgan dasturlash tili. Hozirgi vaqtda xosting
provayderlarninig asosiy qismi tomonidan quvvatlanadi. LAMP-veb-saytlarni
yaratish uchun standart to`plam (Linix,Apache,MySQL,PHP) tarkibiga kiradi.
PHP nomi “PHP: Hypertext Preprocessor”so`zlarining qisqartmasidan
iborat. Ilgari“ Personal home page tools”so`zlarining qisqartmasi hisoblanar edi.
Dastlab PHP veb-sahifalarni yaratishda yengillik yaratish uchun Perl ga
qo`shimcha sifatida yaratilgan.
Tarmoqda dasturlash sohasida PHP-eng ommalashgan skrept tillardan biri
hisoblanadi. PHP o`zining oddiyligi bajarilish tezligi,boy funksionalligi,dastur
kodini PHP litsenziyasi asosida tarqatishga ko`ra ISP, Perl tillari bilan bir qatorda
ommaviy hisoblanadi. PHP yadrosining mavjudligi va kengaytirish uchun
ulanadigan modullar: ma`lumotlar bazasi soket dinamik grafika, kriptogirafik
kutubxonalar PDF formatli hujjatlar bilan ishlash uchun mo`ljallangan
qo`shimchalari bilan boshqalaridan farq qiladi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi
o`z kengaytmasini yaratib unga ulay olishi mumkin. Yuzdan ortiq kengaytirishlari
mavjud bo`lib, standart to`plamga yaxshi sinovdan o`tgan bir necha o`ntasigina
kiritilgan xolos. PHP interpretatori Web- serverga bu server uchun maxsus
yozilgan modul orqali yoki SGI dastur ko`rinishida ulanadi. Bundan tashqari, PHP
– Unix, GNU/Linux, Mikrosoft Windows, MacOS X va Amiga OS operatsoin
sistemalarida administrativ masalalarini yechish uchun qo`llaniladi, Biroq, bu
sohada u ommaviy hisoblanmaydi. Chunki bu sohada Perl, Python,VB Script
dasturlari juda ham ommalashgan:
Hozirgi vaqtda 20 mln dan ortiq veb-saytlar, ya`ni internetdagi domellarning
1/5 qismi PHP ishlaydi .
1994 yil Daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf HTML hujjatlarini
shablonlarini qayta ishlovchi, saytga tashrif buyuruvchilarning sonini Internet
sahifasiga chiqarishga imkon beradigan skriptlar to`plamini Perl/CGI ga yozadi.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_5.png)
![Lerdorf bu skriptlar to`plamini Personal Home Page (shaxsiy uy sahifasi) deb
ataydi. Shundan so`ng, bunday skriptlar yozish uchun Perl scriptlar
interpretatorining imkoniyatlari yetishmay qoldi va Lerdorf C tilida yangi
shablonlar interpretatori PHP/FI (Personal home Page/Forms Interpreter)-“SHUS
(shakllar yaratuvchisi) dasturini yozdi. PHP/FI hozirgi PHP ning bazaviy
imkoniyatlari: perl uslubida o`zgaruvchilarni e`lon qilish, shakllarni avtomatik
qayta ishlash va HTML- matnga joylashtirish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga
ega bo`lgan yangi til o`zining ajdodlaridan sodda chekli sintaksisi bilan farq
qiladi.1997 yilda C tilida yozilgan PHP/FI 2.0 chiqarildi. Undan dunyodagi
internet domenlarining 1% foydalandi. PHP 3.0 versiyasining ko`rinishi hozir biz
ishlayotgan PHP versiyasi ko`rinishini oldi. 1997 yilda ikki Isroillik dasturchi-
Andi Gutmans va Ziv Suraski Isroil texnologiyalar instituti dasturchilari PHP
dasturini boshidan qayta tuzib chiqishdi.Ular PHP/FI ni merosxo`ri deb atashdi.
PHP 3.0 ning kuchli tarafdorlaridan biri yadroni kengaytirish imkoniyati
mavjudligidir.Kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi PHP ga ko`plab chetki
dasturchilarni jalb qildi. Bu dasturchilar o`zlarining modullarini yarata boshlashdi.
Bu esa PHP ga katta miqdordagi Mb protokollar,ko`plab API lar bilan ishlash
imkonini berdi. Mana shu narsa PHP ning muvaffaqiyatiga sababchi bo`ldi. Shu
bilan bir qatorda yangi ob`ektga yo`naltirilgan dasturlashni quvvatlovchi to`liq
sintaksisning yaratilishi ham katta ahamiyat kasb etdi. Absolyut yangi dasturlash
tili yangi nomga ega bo`ldi, ya`ni oddiygina PHP deb ataldi. 1998 yilga kelib
10000 dan ortiq foydalanuvchi PHP dan foydalana boshladi. 100000 dan ortiq veb-
sayt bu tildan foydalanib tuzildi. Internet Web- serverlarining 10% iga
o`rnatildi.PHP 3.0 rasmiy ravishda 1998 yil iyunida chiqarildi.1998 yil oxiriga
kelib Andi va Ziv PHP yadrosini qayta ishlashni boshladi. Bunga sabab murakkab
dasturlarning samaradorligini oshirishdan va PHP boshlang`ich kodini
modulliligini oshirishdan iborat edi. Kengaytirishlar PHP 3.0 ga MB bilan ishlash
va katta miqdordagi turli API va protokollarni quvvatlar edi. Biroq, PHP 3.0
modullarini sifatli quvvatlay olmas edi va ilovalar samarasiz ishlar edi. Zend
Engine deb nomlangan yangi modul qo`yilgan masalalarni osonlik bilan hal eta](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_6.png)
![oladi va 1999 yil o`rtalariga kelib ommaviy foydalanishga chiqarildi. Bu nom Zend
technologies asoschilari Ziv va Endi nomlaridan kelib chiqqan. Bu dasturga
asoslangan PHP 4.0 2000 yil mayida chiqarildi. Samaradorlikni oshirish
maqsadida PHP 4.0 versiyalarni quvvatlash, chiqarishni buferlashtirish,
foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan axborotni qayta ishlashni xavfsiz usullari
va bir nechta yangi til konstruksiyalariga ega edi. PHP 4.0 uchun yangilashlar 2007
yil oxiriga ishlab chiqildi.PHP 4.0 2007 yil 9 avgustdan boshlab foydalanishda
chiqarildi.PHP 5.0 2004 yil 13 uyulidan ishlab chiqildi. Bu versiyaga zend yadrosi
yangilandi va shu sababli internet samaradorligi keskin oshirdi. XMl tilini
quvvatlash imkoniyati paydo bo`ldi. Gavada qo`llaniladigan modelga o`xshatilgan
holda ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash to`liq qayta ishlab chiqildi.
Xususan,destruktor,ochiq,yopiq va himoyalangan a`zolar va metodlar,tugallangan
a`zolar va metodlar va interfeyslar va ob`ektlarni klonlashtirish kiritildi. Biroq
yangiliklar tilning oldingi versiyalari kodi bilan moslikni ta`minlash maqsadida
qilingan edi. Hozirgi vaqtda PHP 6 dev-versiyasi bo`lishiga qaramasdan 5.xx
versiyalari ishonarli va ko`p ishlatiladigan hisoblanadi. PHP 6 ustuda 2006-yil
oktoyabrdan boshlab ishlanmoqda. Unda ko`plab yangiliklar, masalan, yadrodan
doimiy POSIX ifodalarini va uzun superglobal massivlarni chiqarib tashlandi`,
Php.ini konfiguratsion faylidan sate_mode,php_magic_quotes va register_globals
direktvalari o`chirildi. Unicod ni quvvatlash vositasi qo`shildi. Bu versiyani
GNU/Linux/BSD uchun dastur kodini va MS Windows uchun
kompilyatsiyalangan versiyasini PHP Snapshots rasmiy saytidan topish mumkin.
PHP o`zgaruvchilarni e`lon qilishda tipini ko`rsatmasdan ham ishlash
imkonini beruvchi dinamik tiplashtirishga ega dasturlash dasturlash tili
hisoblanadi. Skalyar tiplarni almashtirish qo`shimcha ishlarni amalga oshirmasdan
ham bajarish mumkin bo`ladi.
Massivlar sonli va satrli kalitlar bilan ishlay oladi. Massivlar istalgan tipdagi
jumladan, boshqa massivlardan ham tashkil topishi mumkin. PHP keng miqyosda
ob`ektlar bilan ishlashga yo`naltirilgan imkoniyatlarini quvvatlaydi. PHP ga sinflar](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_7.png)
![class kalit so`zi bilan boshlanadi. Sinfning metodalari va maydonlar umumiy
foydalanish uchun (public), himoyalangan (protected) va yashirin (private) bo`lishi
mumkin. PHP vorislikni va interfeyslarni quvvatlaydi. Yakuniy, mavhum metod va
sinflarni e`lon qilish mumkin. Sinflarda to`plam vorisligi quvvatlanmaydi, biroq
sinf bir necha intefeysni hosil qilish mumkin.
6. Tilning oldingi versiyalarida yaratilgan kod keyinroq chiqarilgan versiyasida
eski versiyadagi konstruklar, metodikalar, funksiyalar ishlatilmaydi.
Natijada bir necha yil oldin yaratilgan yangi versiyada ishlamaydi. Shuning
uchun unga o`zgartirish kiritiladi.
Web- server mijozlarning HTTP-so`rovlarini qabul qiluvchi server. Odatda
mijozlar sifatida veb-brauzerlar qo`llaniladi va ularga HTTP-javoblar bilan
birgalikda HTML-sahifalar, tasvirlar, fayllar, media-oqimlar yoki boshqa
ma`lumotlar uzatiladi. Web- serverlar veb-saytning asosini tashkil qiladi.
Web- server deb yuqorida qayd etilgan amallarni ta`minlovchi dasturiy
ta`minotni ham bu dasturiy ta`minot ishlayotgan kompyuter ham tushuniladi.
Mijozlar Web- serverga yagona resurs ko`rsatuvchisi-URl-adres bo`yicha kerakli
veb-sahifaga yoki serverda joylashgan boshqa resursga kirish huquqini oladi.
Yagona resurslar ko`rsatuvchisi (inglizcha URL-Uniform Resourse locator)-bu
veb-resursning yagona lokatori (joylashuvini aniqlovchisi) dir. URL 1990-yil Tim
Bernesli tomonidan Svetsariyaning Jenera shahridagi yadro tadqiqotlari bo`yicha
Evropa kengashi tashkilotida yaratilgan. URL internetda fundamental yangilik
bo`lib qoldi. Dastlab URL internetdagi resurslar (qo`shimcha fayllar) ni
joylashuvini belgilash uchun mo`ljallangan[7].
Hozir URL internetda qariyb barcha resurslarini belgilash uchun qo`laniladi.
URL standarti RFC 1738 hujjatida qayd etilgan. Hozir URL terminini URI
terminiga joy bo`shatib bermoqda. Semantik o`rgumchak to`rining ko`plab yangi](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_8.png)
![texnologiyalari URI standarticha asoslanadi. Hozir URI ning taraqqiy etishida
asosiy rol jahon o`rgimchak to`ri konsorsiumiga tegishli.
Internet olamida hozirgi vaqtda 390 milliondan ortiq Web- serverlar faoliyat
yuritmoqda. Ular ichida Apache kompaniyasining Apache http–serveri va MS ning
IIS keng ommalashgan.
Apache HTTP-serverining paydo bo`lishi internet tarmog`ining taraqqiyotining
stumillashtirib turishi asosiy vosita hisoblanadi. Apache Netspage
Communications ( hozirgi vaqtda SUN JAVA system veb server) firmasining veb
serveriga muqobil bepul birinchi Web- server hisoblanadi. Dastur ko`plab
platformalar: Unix, FreeBSD, Linux, Solaris, Novell Netware, MacOSX, MS
windows va boshqalarda ishlaydi. Apache ochiq dastur kodi bilan bepul
tarqatiladigan dasturiy ta`minot bo`lib, jahonning turli burchaklaridagi dastur
tuzuvchilarning dasturni yaxshilash jarayonida qatnashishini va qo`shimcha
ustkurma ishlab chiqaruvchilar va ular yordamida aniq bir maqsad uchun
mo`ljallangan maxsus funksiyani bajarish imkonini beradi.
1.5.2-rasm](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_9.png)
![IIS platformasida IIS 6 ga nisbatan serverni boshqarish va foydalanish bilan
bog`liq ko`plab muammolarni hal etadi. U tugunlarni boshqarishda huquqlarni
to`liq ta`minlovchi va yakunda veb-dasturlarni xcopy dan foydalanib yechishni
reallashtiradigan prinsipial jihanda yangi sozlash tizimiga ega.
Boshqaruv va diagnostik kompanentalaridan iborat yangi API interfeyslari yoyish,
adminstrasiyalash va serverning nosozliklarini bartaraf etish protseduralarini
oldingilaridan sodda va qulay ko`rinishga olib keldi.
IIS Web- serveri, veb-dasturlar yaratishning bir nech xil turli texnologiyalarni
quvvatlaydi.
-ASP.Net Windows tizimlari uchun bugungi kunda veb-dasturlar va veb-xizmatlar
yaratishning asosiy vositasi hisoblanadi. ASP.Net ni quvvatlash IIS 6.0 dan
kiritilgan. Undan oldingi versiyalari uchun alohida NetFrameWork ni ko`chirib
olib o`rnatiladi.
-ASP.Net Windows tizimlari uchun bugungi kunda veb-dasturlar va veb-xizmatlar
yaratishning asosiy vositasi hisoblanadi. ASP.Net ni quvvatlash IIS 6.0 dan
kiritilgan. Undan oldingi versiyalari uchun alohida NetFrameWork ni ko`chirib
olib o`rnatiladi.
-ASP-senariy asosida dinamik veb-sahifalar yaratishning eskirgan texnilogiyasi.
IIS 3.0 dan boshlab Web- server tarkibiga kirutilgan.
-CGI-dinamik veb-sahifalar yaratishning standart texnologiyasi.
ISAPI-Windows tizimlari uchun IIS ning barcha kompanentalarida to`liq
foydalanish imkonini beruvchi kuchli texnologiya.
CGI va ISAPI yordamida IIS Web- serverga veb-dasturlarni quvvatlovchi
vositalar, masalan, PHP va Perl ulanishi mumkin.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_10.png)
![IIS 7.0 dagi qiziqarli va istiqbolli yangiliklardan biri IIS Media Pack hisoblanadi.
Ikkita qo`shimcha bepul modul Web- serverni zamonaviy media-eshittirish
asbobiga aylanishga imkon berdi. MS ning yangi texnologiyalari media
ma`lumotlar raqamli oqimini optimallashga va savodli boshqarishga imkon beradi.
Server quyidagi formatli ma`lumotlarni eshittirishga imkon beradi: ASF, AVI,
FLV, MLV, MOV, MP3, MP4, FM, RHVM, WMA, WMV.
Yana bir yangilik Silverlight, Silverlight2, Silverlight3 yangi texnologiyalarini
quvvatlash moslanganligidir. Bu yangi texnologiya internetda ma`lumotlarni turli
platformalarda ishga tushirish imkonini beradi. U to`yingan,bizual o`ziga
tortadigan, turli brauzerlarda, qurulmalarda, operatsion sistemalarda ishlaydigan
veb-sahifalar yaratish imkonini beradi.
II.2. Mijoz-server tizimlarini qurish prinsiplari
Mijoz-server tizimlarini dastirlash uchun ikki xil yondoshuv mavjud:
-2 bo`g`imli arxitektura asosida qurish;
-3 bo`g`imli arxitektura asosida qurish;
2 bo`g`imli arxitektura mijoz va server qismidan iborat bo`ladi. Qoidaga binoan
server qismi MB serveri ko`rinishida bo`lib, unda umumiy ma`lumotlar joylashadi.
Mijoz qismi esa MB serveri bilan bog`lanadigan, unga so`rovlar yuboradigan va
javoblar oladigan dasturlardan iborat. Bunday tizimlar local tarmoqlarda, ya`ni
mijoz qismini o`rnatish qiyinchilik tug`dirmaydigan tarmoqqa qo`llaniladi.
Shuningdek bunday arxitekturaga ega tizimlar xavfsizroq sanaladi, chunki
ma`lumotlarni uzatishda boshqalarga noma`lum bo`lgan xos protokollardan
foydaniladi.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_11.png)
![Katta auditoriyaga mo`ljallangan axborot tizimlarini yaratishda 2 bo`g`imli
arxitekturani qo`llashda muammo tug`iladi. Birinchidan, foydalanuvchiga mijoz
qismi bo`lishi shart, ikkinchidan-tajribasiz foydalanuvchi mijoz qismini
foydalanish uchun sozlay olmaydi. Shunung uchun so`ngi yillarda 3 bo`g`imli
arxitektura asosida ishlaydigan dasturlar yaratilmoqda.
3 bo`g`imli arxitektura ham 2 qismdan iborat: mijoz va server qismlari. Biroq, bu
arxitekturaning server qismi dasturlar serveri va ma`lumotlar bazasi serverlaridan
iborat bo`ladi. Mijoz vazifasini veb-brauzer bajaradi. Bunday tizim foydalanuvchi
uchun juda oddiy hisoblanadi. Foydalanuvchi dastur serveri manzilini bilishi va
component brauzer bo`lishi kifoya. Barcha ma`lumotlar grafika (jpg, gif, flash),
CSS va JavaScript qo`llanilgan html-belgilash ko`rinishida taqdim etiladi. Mijoz
serverga so`rovlarni uzatish CGI-interfeys vositalar yordamida amalgam oshiriladi.
Dasturlar serveri MB serveri bilan konkret axborot tizimi qanday vositalar asosida
qurilganligini e`tiborga olgan holda boshqa interfeysdan foydalanib muloqot
qiladi. Bu arxitekturaning kamchililiga ma`lumot almashinuvida hammaga ma`lum
protokollardan foydalanish kiradi. Buzg`unchilar mijoz so`rovlarini o`rganish,
tekshirish orqali tizimni buza olishi mumkin. 3 bo`g`imli arxitektura 1.5.3-rasmda
tasvirlangan.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_12.png)
![1.5.3-rasm.
Mijoz-server dasturlarini quyidagilarni hisobga olish lozim:
- yaratilayotgan axborot tizimi qanday foydalanuvchilarga mo`ljallangan;
- xavfsizlikka qanday talab qo`yiladi.
Agar axboror tizimi ko`pchilik uchun mo`ljallangan bo`lsa 3 bo`g`imli
arxitekturadan foydalanish lozim.
Agar axborot tizimi tashkilot ichida qo`llanilsa, unga chekli sondagi
foydalanuvchilar ro`xsat olsa, maksimal himoyalangan va xavfsiz tizim yaratish
talab etilsa 2 bo`g`imli arxitekturadan foydalanish maqsadga muofuq.](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_13.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar.
1. www.ziyonet.uz – jamoat ta’lim axborot tarmog’i
2.www.intuit.ru - Интернет - Университет информационных технологии
http://fayllar.org](/data/documents/c1b09146-016b-4ef4-9581-378b0022ee2e/page_14.png)
Mavzu: Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari. Reja. 1. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari. 2. Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari.
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin.
Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma- xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi. IP va URL adreslar tushunchasi Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil etilgan ob`ektlar bog`likligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish "tarmoq"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog`liqlik "to`r" (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, "Tarmoq" (Net) - haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to`r" (Web) - haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-adresga ega bo`ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi. Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-adresini bilgan holda, unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi, yoki bo`lmasa undagi biror bir programmani ishlatishga, o`sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin va hokazo. Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-adreslaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa adresi: www.gov.uz. PHP: gipermatn protsessori
Php –vebserverda HTML-sahifalarini ma`lumotlar bazasi bilan birgalikda hosil qilish uchun yaratilgan dasturlash tili. Hozirgi vaqtda xosting provayderlarninig asosiy qismi tomonidan quvvatlanadi. LAMP-veb-saytlarni yaratish uchun standart to`plam (Linix,Apache,MySQL,PHP) tarkibiga kiradi. PHP nomi “PHP: Hypertext Preprocessor”so`zlarining qisqartmasidan iborat. Ilgari“ Personal home page tools”so`zlarining qisqartmasi hisoblanar edi. Dastlab PHP veb-sahifalarni yaratishda yengillik yaratish uchun Perl ga qo`shimcha sifatida yaratilgan. Tarmoqda dasturlash sohasida PHP-eng ommalashgan skrept tillardan biri hisoblanadi. PHP o`zining oddiyligi bajarilish tezligi,boy funksionalligi,dastur kodini PHP litsenziyasi asosida tarqatishga ko`ra ISP, Perl tillari bilan bir qatorda ommaviy hisoblanadi. PHP yadrosining mavjudligi va kengaytirish uchun ulanadigan modullar: ma`lumotlar bazasi soket dinamik grafika, kriptogirafik kutubxonalar PDF formatli hujjatlar bilan ishlash uchun mo`ljallangan qo`shimchalari bilan boshqalaridan farq qiladi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi o`z kengaytmasini yaratib unga ulay olishi mumkin. Yuzdan ortiq kengaytirishlari mavjud bo`lib, standart to`plamga yaxshi sinovdan o`tgan bir necha o`ntasigina kiritilgan xolos. PHP interpretatori Web- serverga bu server uchun maxsus yozilgan modul orqali yoki SGI dastur ko`rinishida ulanadi. Bundan tashqari, PHP – Unix, GNU/Linux, Mikrosoft Windows, MacOS X va Amiga OS operatsoin sistemalarida administrativ masalalarini yechish uchun qo`llaniladi, Biroq, bu sohada u ommaviy hisoblanmaydi. Chunki bu sohada Perl, Python,VB Script dasturlari juda ham ommalashgan: Hozirgi vaqtda 20 mln dan ortiq veb-saytlar, ya`ni internetdagi domellarning 1/5 qismi PHP ishlaydi . 1994 yil Daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf HTML hujjatlarini shablonlarini qayta ishlovchi, saytga tashrif buyuruvchilarning sonini Internet sahifasiga chiqarishga imkon beradigan skriptlar to`plamini Perl/CGI ga yozadi.