Elektron darsliklarning turlari va elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari
Mavzu:Elektron darsliklarning turlari va elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari. Reja: 1.Nazariy qismi. 2.Amaliy qismi. 3.Xulosa. 4.Foydalanilgan adabiyotlar . 1.Nazariy qismi.
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish mumkinligi ayon. Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar: - o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar; - ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi. - o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir. Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin. Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari: - ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi: - yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi; - o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish mumkinligidan iborat. Masofali o`qitish pedagogik jihatdan:
- o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi; - o`qitish va o`qishni individual va differensial qatnashuvni mavjudligi; - o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi; - o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish; - fanlararo uzviylik ta`minlanishi; - muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi; - zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi; - guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik xususiyatlariga ega. 2.Amaliy qismi. Ispring dasturida elektron testlar yaratish. Hozirgi vaqtda elektron test yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar juda ko‘p. Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak. Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “ Все программы ” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.
ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin; juda kam amallar ketma ketligi bajariladi; maxsus bilimlar talab etilmaydi; testlarning 11 xil turini yaratish mumkin; test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin; test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi; dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi. Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli. Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak testlarni tuzish uchun oyna ochiladi. Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin: 1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “ добавить ” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.