Elektron darslik yaratish
Reja 1. Elektron darslik yaratish asoslari 2. Elektron o‘quv qo‘llanma turlari 3. Multimedia texnologiyalari
Elektron o‘quv qo‘llanma arxitekturasi kompyuterlashtirilgan axborot texnologiyalarini egallash xarakatidir. Poligrafik nashrlarni nusxalashda, yozilgan CD-ROM lar yoki Internet birgalikdagi zarbasiga uchradi. Bu albatta otsiz sakrashga o‘xshaydi chunki hech qanday qog‘ozbozliksiz elektron yo‘llar oqali nashr qilish yoki ko‘paytirish imkoniyati bor. Taqdim etilgan ma’lumotlar yangi shaklda, elektron o‘quv qo‘llanma da tasvirlanadi. Elektron o‘quv qo‘llanmaning birinchi shakli matn ko‘rinishida ishlab chiqildi Hozirda esa uning ko‘rinishi murakkab holga yetib keldi. Elektron o‘quv qo‘llanmaga hozirda matn, ovoz, musiqa, video va boshqa internet tarmog‘i imkoniyatlari qo‘shib borilmoqda. U televizion va radio uzatish imkoniyatiga ega. Multimedia o‘quvchi o‘qituvchilarning ekran dizayniga bo‘lgan munosabatini kamaytirdi. Tan olish kerak ma’lumotlar foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar bilan berilmoqda. Shu bilan bir qatorda har xil ko‘rinishdagi muammolar, bog‘liqliklar, masalan, foydalanish manbalari yetishmaydigan, maxsus bilimlarni pulga olishlaridir. Bu muammoning yechimini takrorlanmas, eng zamonaviy elektron o‘quv qo‘llanmalar ko‘rsatib berdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyoti strategiyasi yo‘nalishni ma’lumotdan bilimga belgilaydi. Kompyuter dasturlari bilimlarni tashish vazifasini bajaradi degan fikr, faqat ma’lumot yoki uning shakli, belgilangan butunlik ta’minlanadi. Darhaqiqat birinchi elektron o‘quv qo‘llanmada algoritmlash amalga oshirilib, muallif butun o‘qitishni shakllantirishga erishdi .Bu elektron o‘quv qo‘llanma evolyutsiyasiga multimedianing taraqqiyoti sabab bo‘ldi. Ammo aynan u foydalanuvchilar axborot resurslarining kelajagini belgilaydi. Eng yaxshi elektron o‘quv qo‘llanmalarda chuqur ma’no, yana metodik va pand – nasihat darajasi strategiya va algoritmiga ega O‘quv qo‘llanma - o‘quv nashri, o‘quv tartiblari tizimi yoki uning bo‘limi, qismi.
Elektron o‘quv qo‘llanma - asosiy elektron o‘quv qo‘llanma yuqori metodik va ilmiy darajada yaratiladi. U elektron ko‘rinishda bo‘lib, bunda ilmiy teznika rivoji va yuqori sifat mavjud. Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish muallifning talanti va ustaligiga bog‘liq bo‘lib, har qanday murakkab tizimlarni yaratish imkoniyatini beradi. U albatta yaxshi jihozlangan va elementlari tartibli joylashgan bo‘lishi kerak. Elektron o‘quv qo‘llanmani qayta ishlash metodik ko‘rsatgichi Birinchi qadamda: eletron o‘quv qo‘llanmani qayta ishlash uchun nashriyot yoki elektron nashriyot tanlash kerak. Elektron o‘quv qo‘llanmani uslubiy ta’minlash. Agar elektron o‘quv qo‘llanmani yaratishda metodik ma’lumotlarni qayta ishlash kuzatilmasa, EO‘Q qo‘llanma sifatiday ishlatilmaydi. Zamonaviy o‘quv ma’lumotlarni yangilashtirish uchun hammaga bir xil dostup bo‘lishi kerak. Lekin domlalar yangi texnologiya bilan ishlashga hali uncha tayyor emas. Chunki bu yangi texnologiya yaratilishi bilan o‘quv dasturlarni, ma’ruzalarni, amalish ishlarni o‘zgartirilishi kerak. Elektron vositalar tarkibiga qo‘llanilishi TAT metodik qo‘llanmalarida ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi. TAT ning apparat, instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin, o‘zimizning va chet ellarning ta’limga ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, ularning ko‘pchiligini didaktik ko‘rsatkichlarga ko‘ra xattoki "qonikarli" ham deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, ta’limga muljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyixalash jarayonida – AUT ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to‘ldirayotganda, modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol va masalalari ishlab chikish jarayonlarida belgilanadi
Test. Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o‘quv qo‘llanmaga o‘xshaydi. Asosiy qiyinchilikni savollarni yig‘ish va shakllantirish, savollarga javoblarni moslashtirish tashkil etadi. Yaxshi testdan bilim ob’ektiv kartinasini, fikrlash va fan, belgilangan predmet sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis salomatlikning birinchi qadami sanalganidek, ob’ektiv testdan o‘tkazish bilim cho‘qqisiga erishishning optimal yo‘lini belgilaydi. Entsiklopediya. Bu elektron o‘quv qo‘llanmaning ombor ko‘rinishidir. Tuzilish sathida entsiklopediya atamasi ma’lumot, elektron o‘quv qo‘llanmada markazlashtirilishi tushunchasini beradi. Elektron nashr – bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto va boshqa axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig‘indisi. Elektron nashrdan elektron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin. Elektron o‘quv nashr - ilmiy malakaviy bilimlar maydonida tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan bo‘lib, bu maydonda o‘quvchi, studentlarning bilimlarini faol ravishda o‘stirib borish ta’minlanadi.Elektron o‘quv qo‘llanma yuqori darajada foydalanish va badiiy ko‘rgazmaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq axborot, metodik ko‘rsatmalar sifati, texnik foydalanish sifati, aniqlik, mantiqiylikka ega. • Gipermatn - bu matn elektron shaklda va belgilangan tizimlar aloqasining ko‘rinishi. U daraxt ko‘rinishida bo‘ladi.
• Kompyuterlashtirilgan tushuntirish - tushuntirish turi, aniqlik va ravshanlikdan fodalanish , savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan tushunchalar yo‘li bilan “ha” yoki “ yo‘q ” tipidagi javoblardir. • Ko‘rgazmalilik tushunchasi. • Uning turlari va funktsiyalari Ya.Kamenskiy VII asrdayoq ko‘rgazmolilikni shunday ta’riflaydi: xar bir narsani hissiyotlar bilan anglash, o‘rganilayotgan ob’etni his-tuyg‘ular orkali anglash, maket va modellarni o‘quvchilar orqali kuzatish, o‘qitish ko‘rgazmaliligini avval aniq ob’ektni anglash deb tushunilgan, masalan: real predmet va hodisalar o‘z boshlang‘ich ko‘rinishida mashinalar modellari, ko‘rgazmali (tarqatma material, jadvallar, va ayrim chizmali dasturlar, o‘quv kinofilmlar. Zamonaviy didaktika shuni ta’kidlaydiki, ko‘rgazmalilik tushunchasi Tasvirli ko‘rgazmalilikka : • rasmlar repreduktsiyasi ; • arxitektura va h aykataroshlik fotoreproduktsiyasi ; • o‘quv matnlar uchun yaratilgan o‘quv rasmlar ; • raem va applikatsiyalar ; • vidoeparchalar ; • audioparchalar ; • videofilmlar kiradi . Shartli-chizmali ko‘rgazmalilikka : • jadvallar ; • sxemalar ; • blok-sxemalar ; • diagrammalar ; • grafiklar ; • xaritalar ; • planshetlar kiradi .