ERON ISLOM RESPUBLIKASI
ERON ISLOM RESPUBLIKASI Reja: Kirish 1.Tabiiy sharoiti va resurslari. 2.Tarix, aholisi va mehnat resurslari 3.Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari, O‘zbekiston va Eron munosabatlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish Tayanch so‘z va iboralar: relyef; cho‘l; yassi tog‘; pasttekislik; delta; voha; allyuviy; koriz; neft; kokslanuvchi ko‘mir; uran; flora; teokratik yakka hokimlik; emigratsiya; imigratsiya; urbanizatsiya; irrigatsiya; ekstensiv xo‘jalik; lalmi; tranzit; neft quvuri. Geografik o‘rni va chegaralari. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi- G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chega ralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik. G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron. Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi. Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, har biy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi.
1.Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Eron Janubi-G‘arbiy Osiyo dagi Eron tog‘ligining katta qismini egalaydi. Eron tog‘ligining ⅔ qismi Eronda joylashgan. Eronning eng chekka shimoli-g‘arbida Armaniston tog‘ligining janubi-sharqiy qismi o‘tadi. Eron tog‘ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog‘ zanjirlari va tog‘lararo botiqlarning almashinib kelishini o‘zida aks ettiradi. Eron tog‘ligi ning katta qismi 1000-2000 m balandlikka ega. U tog‘ tizmaslari shimolda Elbrus tog‘ tizmasi, sharqda davomi bo‘lgan Turkman-Xurosan tog‘lari, janubda va janubi-g‘arbda Mekron va Zagros tog‘lari bilan o‘ralgan. Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho‘llardan biri Dashti- Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m. Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho‘l Dashti-Lut cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi barxan qum cho‘lidan iborat. Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi. Ichki Eron yassi tog‘ligi Sharqiy Eron va O‘rta Eron tog‘ tizmalari bilan kesishadi, alohida cho‘qqilari 3000-4000 m va undan baland (Xezor 4419 m, Kuxe-Lolazor 4374 m). O‘rta Eron tog‘ligida vulqan jinslar keng tarqalgan. Eron tog‘ligini shimoldan janubga tomon ikkita katta tog‘lar o‘rab turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohiligacha yetuvchi shimoldagi tog‘ tarkibiga Demovand (5604 m) cho‘qqisi bilan baland tog‘ tizmasi Elbrus ham kiradi. Elbrus sharqida Turkman-Xuroson tog‘ligi o‘tadi. U ikkita yo‘na lishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor– Masjid tog‘i (3117 m). Shimoliy-g‘arbdan janubi-sharqqa Eronning garbiy chegarasi bp`ylab Zagros tog‘lari cho‘zilgan. Janubi-g‘arbda Eron tog‘liklari bilan tutashgan. Uzunligi 1600 km, kengligi 200-300 km. Maksimal balandligi 4548 m (Zerdkux cho‘qqisi). Tog‘
cho‘llari, shimoli-g‘arbda buta va siyrak o‘rmonlar bilan qoplangan. Zagros tog‘ning relyefi kuchli erroziyaga uchragan. Ochiq g‘orlar uchraydi. Shimoli- g‘arbiy va janubi-sharqiy qismi ko‘p yo‘llar bilan kesishgan, Zagrosning markaziy qismi eng baland, yovvoyi holda, chiqish qiyin, o‘tish yo‘llaridan mahrum. Mekron tog‘i - Erondan boshlanib, Pokiston xududida davom etadi. Tog‘larning o‘rtacha balandligi 2000 m atrofida. Zagros kabi Mekron uchun ham kuchli yemirilish xos. Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasi Eron Ozorbayjoni deb nomlanuvchi Arman tog‘ligi bilan band. Sharqda bu Elbrus tog‘ligi bilan, g‘arbda Qurdiston tizmasi bilan chegaralangan. Bu chekka tog‘lar oralig‘i Qoradag tizmasi, Mishudag, Bozkush, katta vulqonli massiv Sebelandag, Saxend Janubiy Ozorbayjon keng yassitog‘ligi, shuningdek tog‘lar oralig‘ida botiqlar va yirik cho‘kma Rezoye (Urmiya) ko‘li bilan band. Eronda pasttekisliklar kam, ular mamlakat maydonini 1/5 qismini egallaydi. Mamlakatning eng cheka shimoli-g‘arbiga balandligi 60-300 m ga yetuvchi pasttekislik Eron Mugoni kiradi. U Kura-Araks pasttekis ligining bir qismi hisoblanadi. Janubiy Kapiy pasttekisligi Elbrusning shimoliy etagida joylashgan. Bu pasttekislikning kengligi 2-6 km dan 30-40 km gacha. Pasttekislik dunyo okeani sathidan pastda joylashgan. Kaspiy dengizining janubiy sohili kam parchalangan, bu esa kemalar to‘xtashi uchun noqulay. Janubiy-Kaspiy pasttekisligidan sharqda yassi Gorgon pasttekiligi joylashgan. Unda taqirlar, qumli sho‘rhok yerlar uchraydi. Mamlakat janubida Fors va Ummon ko‘rfazi sohili bo‘yida kengligi 10-15 km ga yetuvchi tekislik Garimsir cho‘zilgan. Uning pastki qismlari botqoqliklar bilan band. Eronda eng katta pasttekislik janubi-g‘arbda joylagan. Bu mashhur Mesopotamiya pasttekisligining bir qismi bo‘lgan Xuziston tekkisligidir. Uning yuzasi tekkis, bir xilda dengiz sathidan 100 m balandlkda joy lashgan. Pasttekislik asta-sekin janubi- sharqqa Fors ko‘rfazi sohili tomon pasayadi. Xuzistonning janubiy qismi kuchli botqoqlashgan. Sulaymon tog‘lari Eron tog‘liklarining sharqiy chekkasida joylashgan. Uzunligi 600 km. Bir necha qator parallel submeridianal tog‘ tizmalaridan iborat. Eng baland cho‘qqisi 3441 m. Umuman olganda shimoli-g‘arbidan janubi-sharqqa Eronning faol seysmik belbog‘ kesib o‘tadi. Bu yerda zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Foydali qazilmalari. Eron foydali qazilmalarga boy. Qidirib topilgan neft zahiralari 8,9 mld.t ni tashkil etadi (kapitalistik dunyoning 12-13% nefti va Yaqin va O‘rta Sharqning 20% nefti). Yirik neft konlari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida to‘plgan: Neftsefid, Xeftgel, Agajari, Masjid–Sulaymon va boshqalar. Mamlakat
markazidagi neft koni Qumli, shimoldagi neft konlari Eron Ozarbayjonida joylashgan. Shuningdek, Eronda katta tabiiy gaz zahiralari bor (dunyo zaxira sining 15%). Yirik gaz koni Pazenan. Eronda boshqa energiya resurs laridan ko‘mir, umumiy zahirasi 5,5 mld t. Sanoat ahomiyatiga ega bo‘lgan konlar mamlakat shimolida Shemshek, Abek, Zirab va boshqalar. Bu konlarning ko‘miri yuqori quvvatligi bilan farq qiladi (7000-8000 kal/kg). Shunigdek, ko‘mir Eron Ozarbayjonida Hurosonda mamlakat g‘arbida Xamadon rayonida, markazda Kashan va Isfaxon yaqinida janubda Karmona rayonida bor. Eron metalurgiyasini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan temir ruda konlari Kermon rayonida – Zerandda bor. Eronda umumiy temir ruda zahirasi 5 mld.t. Eron foydali qazilmalar orasida temir rudasi, xrom, mis, magniy, nikel, kobolt, rux, marganes, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, qalay, simob, kumush, oltin, platina, qazilmalari bor. Karmonada, Xuroson, Isfaxon, shuningdek Eron Ozorbayjonida, Elbrus tog‘ tizmasida uran va boshqa radiaktiv metallar topilgan. Eronda nometall qazilmalardan oltingugurt(Dashti-Kabir, Qurdiston), osh tuzi, kaliy tuzi, biryuza koni qurilish va bezatish materiallari (granit, marmar, glina, gips, ohaktosh) zahiralari bor. Iqlimi va ichki suvlari. Eronning katta qismida iqlim subtropik, faqat eng cheka janubida Fors va Ummon ko‘rfazlari sohillarida tropikdir. Mamlakat hududida shimoli-g‘arb va sharqiy yo‘nalishdagi shamollar, Eron Ozorbayjonida esa g‘arbiy shamollar xukumronlik qiladi. Qishda Eronga mo’tadil va tropik havo massalarining bir-biri bilan almashinib kelishi xosdir. U havoning issib ketishi va sovib ketishi bilan bog‘liqdir. Yanvarning o‘rtacha harorati -2+1ºC va janubda +15ºC. Biroq Arktika havosining kirib kelishi (har yili sodir bo‘lmaydi) sovuq -25ºCgacha bo‘lishiga olib keladi. Bu xukumronlik asosan tog‘larda kuchli shamollar, qorbo‘ronlari va izg‘irinlar bilan kuzatiladi. Qor ko‘chkilari tog‘ davonlarini to‘sib qo‘yadi. Transport harakatini to‘xtatib qo‘yadi. Kuchli sovuq va izg‘irin shimoliy va markaziy Eronda kuzatiladi. Qishda tropik havo massalarining kirib kelishi natijasida keskin issib ketishi ham halokatlarga olib keladi. Bu havo massasi sel va suv toshqinlarini olib keladi. Toshqin vaqtida sohil bo‘yidagi qishloqlar va kichik shaharlar suv ostida qoladi. .