logo

Islom dini

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

94.5 KB
Mavzu:I slom dini .
RЕJA :
Kirish
1. Muhammad payg’ambar  (S.A.V)  islom dining asoschisi.
2. Islomning paydo bo’lishi.
3.Islom dining qabul qilinilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Islom dinining paydo bo’lishi  va butun dunyoga tarqalishi tarixi to’g’risida birinchi
bo’lib Alixonto’ra Sog’uniy  o’z milliy tilimizda “Tarixi Muhammad” kitobini yozdi 1
. 
Demokratik   jamiyat   qurish   yo’lida   ildam   odimlayotgan,   barcha   din   ahllari
huquqiy jihatdan  teng ko’riladigan,  ko’p millatli  O’zbekiston  xalqining   iymon-e’tiqodi
mustahkam,   mashaqqatlarga   chidamli,   ma’naviy   tarbiyasi   yuksak   bo’lishida   Qur’onda
nomlari zikr etilgan payg’ambarlar tarixlarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.  Chunki
har bir payg’ambarning tarixi shu payg’ambar o’z ummatiga keltirgan dinning tarixidir. 
“Toki   har   bir   vatandoshimiz,   ayniqsa   yoshlar   faqat   Islom   dini   to’g’risida   emas,
umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to’g’risida to’liq tasavvurga
ega bo’lsin” – degan edi Prezidentimiz I. A .Karimov 2
.
Shu   nuqtai   nazardan   islom   dinining   asoschisi   va   payg’mbari   bo’lgan   Muhammad
(s.a.v.)bilan   bir   qatorda     yakka   xudolikni   targ’ib   etuvchi   payg’ambarlarni   eslab   o’tish,
bular haqida ma’lumotli bo’lish maqsadga muvofiqdir. 
Tarix   millatlarning     o’tmishidagi   hayotidan   bahs   yuritadi.   Ularning   qanday   hayot
kechirganliklari va qanday fikr  yuritganliklarini  ko’rsatadi. Tarix sahifalarida biz uchun
ko’plab ibratlar borligi haqiaqtdir. Chunki tarix har bir davrning oynasi sanaladi. Insonlar
unga qarab o’zlarini o’nglaydilar. 
Tarix   ikkiga   bo’linadi:   umumiy   va   xususiy.   Umumiy   tarix   Odam   alayhissalomdan
hozirga   qadar   yashab   o’tgan     insonlar   hayotidan   bahs   yuritadi.   Xususiy   tarixda   esa,
faqatgina bir millatning tarixi yoritiladi. Shu o’rinda Islom dini muayyan bir millat dini
sifatida   emas,   balki,   dunyo   xalqlarini   birdamlikka   chorlovchi   ta’limot   sifatida
o’rganishimiz kerak.
Islom dinining muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni karimda  25 ta payg’ambar nomlari
qayd   etilgan.   Bular   quyidagilar:   Odam   alayhissalom,   Shis     alayhissalom,   Idris
alayhissalom,   Nuh   alayhissalom,   Hud   alayhissalom,   Solih   alayhissalom,   Ibrohim
alayhissalom,   Lut   alayhissalom,     Ismoil   va   Ishoq   alayhimussalom,   Y’aqub   va   Yusuf
alayhimussalom,   Ayyub   alayhissalom,   Shuayb   alayhissalom,   Muso   va   Xorun
alayhimussalom,     Dovud   alayhissalom,   Sulaymon   alayhissalom,     Ilyos   va   Alyasa’
alayhimussalom,     Yunus   alayhissalom,   Zakariyo   va   Yahyo   alayhimussalom,   Iyso
alayhissalom va so’ngi payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam.            Islom
dining   asoschisi,   «Allohning   elchisi»   (rasulloh),   «payg’ambarlarning   eng   oxirgisi»
(xotamun – nabiyin) Muhammadning (s.a.v.) bolalik va yoshlik yillari haqida juda kam
ma'lumotlar   bor.   U   zotning   570   yil   22   aprelda   tug’ilgan   dеb   ko’rsatib   kеlinmoqda.   U
1
 Qarang   Хожи Исматуллоҳ Абдуллоҳ. Марказий Осиёда Ислом маданияти. “Шарқ”  Т., 2005 .355-b.
2
 Muhammad Kamol . Payg’ambarlar tarixi. T., “Yangi asr avlodi” 2003.  4-bet.
2 kishi   yoshligidayoq   yеtim   qoladilar,   otalari   Abdulloh   payg’ambar   tug’ilmay   turib   vafot
etgan.   Onalari   Omina   esa   6   yoshliklarida   olamdan   o’tgan.   2   yildan   kеyin   u   kishini   o’z
tarbiyasiga  olgan (ota tomondan) buvalari  Abdulmutalib ham  vafot  etadi. Yosh  yеtimni
amakilari Abu Tolib o’z tarbiyasiga oladi.
12   yoshida   Muhammad(s.a.v)   Abu   Tolibning   savdogarlik   bilan   Suriyaga   qilgan
uzoq   safarida   hamroh   bo’lganlar.   Bu   birinchi   safarda   Muhammad   (s.a.v)   o’zlariga
butunlay   yot   bo’lgan   nosoro   Yahudiy   va   boshqa   dinlarga   tеgishli   jamoalar   bilan
tanishadilar.   Bu   ul   zot   tug’ilgan   va   voyaga   yеtgan   butparastlik   ulug’   qabilachilik
muhitiga   butunlay   qarama-qarshi   hayot   edi.   Bu   yangi   hayot   bilan   tanishish   yosh
Muhammadga o’chmas ta'surotlar qoldiradi va kеyingi butun hayotlarida doimo kuchayib
borgan va oxir uni yangi din asoschisiga aylantirgan. Bir ruhiy holatni yuzaga kеltiradi.
Arablar   orasida   o’zaro   qon   da’vosi   sababi   bilan   bo’lgan   urushlarning   eng   og’ir
kechgani   «Fijor   jangi»   hisoblanadi.   Islomdan   avval   ham   arablarda   Muharram,   Rajab,
Zulqa’da va Zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush
mana   shu   oylarda   bo’lganligi   uchun   unga«Fijor   jangi»   - «Gunohkorlar   urushi»   deb   nom
berilgan.   Bu   urushda   Quraysh   tarafida   Muhammad   payg’ambar   ham   unda   ishtirok   etdi.
To’rt yil davom etgan bu urush sulh bilan nihoyalandi. 
Muhammad   (s.a.v)   21   yoshga   to’lganlarida   Makka   jamoalari   orasida   Amin
(ishonchli,   sadokatli)   dеgan   nomni   oladilar   va   Abu   Tolibning  xohishi   bilan   Makkaning
boy bеvasi Xadicha binti Xuvaylid ibn Asadga savdo xizmatchisi bo’lib ishga kiradilar.
Xadichaning   savdo   ishlarini   boshqargan   Muhammad   (s.a.v)   ikkinchi   marta   Suriyaga
safar qilib, Xalob va Damashq shaharlarida ham bo’ladilar. Turli diniy jamoalar ayniqsa
Yahudiylik va nosorolik bilan yanada yaqinroq tanishish, ularning hayot tarzi va g’oyasi
bilan   yaqinlashish   tufayli   Muhammad   (s.a.v)   ning   ma'naviy   tajribalari   oshib   ruhiy
tushunchalari   kеngayadi.   Nasoro   kohinlari   bilan   maxsus   uchrashib,   suhbatlar   qiladilar.
Yahudiy   va   nosorolikda   umumiy   bo’lgan   bosh   aqida   –   yakkaxudolik   ta'limoti
Muhammad (s.a.v) da bir xudoga ishonish g’oyalarining takomillashuviga sabab bo’ladi.
Yahudiylar va nosorolardagi bir – birini tan olmaslik, «Yo’ldan ozishda» bir – birlariga
dushmanlik munosabatida bo’lishlari Muhammad (s.a.v) xudoga yеtishish uchun haqiqiy
yo’l topishga qo’shimcha turtki bo’ldi. 
595 yili Muhammad (s.a.v) Xadichaga uylanadilar. Xadicha  40 yoshda bo’lib, avval
ikki   marta   turmush   qurgan   bo’ladi.   Ulardan   ikki   o’gil   va   bir   qiz   bo’lgan   edi.   Xadicha
Muhammaddan   (s.a.v)   ikki   o’g’il   va   to’rt   qiz   qurgan   edi.   To’ng’ich   o’g’li   Qosim   ikki
yoshida,   ikkinchi   o’g’li   Abdulloh   go’dakligida   vafot   etib   kеtishgan.   Qizlari   Zaynab,
Ruqiya,   Umm   Qulsum   va   Fotima   bo’lib,   ulardan   faqat   Fotima   payg’ambar   avlodlarini
davom ettirgan. Muqammad (s.a.v) bilan Xadicha o’rtasidagi muhabbat afsonaga aylanib
3 kеtgan. Xadicha atrofdagilar ichida birinchi bo’lib uning payg’ambarligini tan oladi, uni
qo’llab quvvatlash uchun o’zining kuch g’ayrati va mol-mulkini ayamaydi.
O’tgan barcha payg’ambarlar biror-bir millatga yo qavmga yuborildi. Muhammad
sallollohu alayhi vasallam esa barcha insonlarga elchi qilib yuborilganlar.
Qur’oni   Karimning   Saba’   surasida   “(Ey   Muhammad),   Biz   sizni   s hak-shubhasiz
barcha   odamlarga:   (mo’minlarga   jannat   haqida)xushxabar   eltuvchi,   (kofirlarni   esa
do’zzax   azobidan)ogohlantiruvchi   bo’lgan   holingizda,   payg’ambar   qilib   yubordik”,
deyiladi. Bundan payg’ambarimizning barcha insonlarga yuborilgani ma’lum bo’ladi.
Payg’ambarimiz   (s.a.v)   bir   muborak   hadislarida   shunday   marhamat   qilganlar:
“Mendan   oldin   payg’ambarlar   biror-bir   qavmga   yuborilar   edi,   men   butun   dunyoga
yuborildim”. 
Payg’ambarimiz   (s.a.v)     xatna   qilingan   hollarida   tug’ilganlar.   Muborak   ikki
kuraklari   orasida   bir   muhr   bo’lgan.   Bunga   “Nubuvvat   muhri”deyiladi.   Bu   muhrda
Payg’ambarimiz   (s.a.v)   uchun   shunday   deyiladi:   “Ey   Muhammad!   Sizni   mujdalaymiz.
Har   qanday   kishi   sizning   yuksak   martabangizga   chiqa   olmaydi,   siz   payg’ambarlarning
eng jasuri va so’nggisisiz. Qayerda borsangiz, nusratga erishasiz”.
Payg’ambarimiz   (s.a.v)   tug’ilish   paytlarida   dunyoda  bir   qancha   buyuk   hodisalar
yuz   bergan.   Bu   hol   dunyo   endi   boshqa   bir   pallaga   kirganini   bildiradigan   mo’jizalardan
edi.
Payg’ambarimiz   (s.a.v)   Ibrohim   (a.s)ning   o’g’li   Ismoil(a.s)ning   qirqinchi
avlodidan dunyoga kelganlar. Ibrohim(a.s) esa Nuh(a.s)ning zurriyotidan bo’lgan.      
« Johiliya»   so’zi   adabiy   arab   tilida   «bilmaslik»,   ya’ni   «yagona   xudo   –   Allohni
tanimaslik»   ma’nolarini   beradi.   Bu   istiloh   musulmon   mualliflari   tomonidan   Arabiston
yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi
davr   tarixchilari   qadimgi   davrda   Ichki   Arabiston   aholisi   orasida   «ko’pxudolik»   ( al-
Vasaniya )   hukm   surardi,   degan   fikrga   urg’u   berishni   istaydilar.   Ba’zi   tadqiqotchilar
johiliya   davri   100-200   yil   davom   etgan   degan   fikrni   bildiradilar.   Biroq   ushbu   davrning
qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navbatda, yozma
adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda mushkul.
Arab   yerlari   Osiyoning   janubi-g’arbidagi   yarim   orolda   joylashgan   bo’lib,   shimol
tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko’rfazi, Umon dengizi, janub
tomondan Hind okeani va g’arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu bepoyon
o’lka   bu   yerda   yashagan   somiy   tillarning   birida   so’zlashuvchi   arablar   nomi   bilan
Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, islom paydo
bo’lish   arafasida   yarim   orol   hududida   madaniyat   nuqtai   nazaridan   uch   tsivilizatsiya
mavjud bo’lgan:
4 1)     mustaqil ma’noga ega bo’lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili);
2) nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston;
3)   Vizantiya   va   Eron   imperiyalari   madaniy   an’analari   bilan   bog’liq   Shimoliy
Arabiston.
Islomning paydo bo’lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi.
Tarixda   birinchi   arab   davlati   –Arab   xalifaligi   vujudga   keldi.   Arab   istilolari   oqibatida
mazkur   uch   tsivilizatsiyalar   vakillari   aralashib   ketdi.   Lekin   ularning   o’tmishdagi   nisbiy
mustaqil   rivojlanganliklari   arabler   nasabi   haqidagi   tasavvurda   saqlanib   qoldi.   Unga
binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod vakillaridir:   qahtoniylar   –
janub   arablari,adnoniylar   –   shimol   arablari dir.   Mana   shu   ikki   avloddan   barcha   arab
qabilalari   tarqalgan.   Lekin,   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   mazkur   tasavvur   VII   asr
oxirlari-VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun harbiy kurash olib borgan
arab   qabilalari   ittifoqlari   (Kalbiylar,   Asadiylar   va   boshqalar)   vakillari   tomonidan
shakllantirilgan. Qadimgi  arablar  orasida  ko’chmanchilik  mafkurasi  qoldiqlari, qabilaviy
tuzum   tasavvurlari   kuchli   bo’lsada,   islom   dini   paydo   bo’lishi   davrlarida   ularning   katta
qismi   (2/3)   o’troq   holda   shahar   va   qishloqlarda   yashaganlar.   Islom   dini   shakllangan   va
rivojlangan   Makka   va   Yasrib   shaharlari   Yaqin   Sharq   tsivilizatsiyasi   qadimiy
markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Arabiston yarim orolining Makka, Madina,
Toif,   Xaybar   singari   bir   qancha   eng   muhim   shaharlarini   o’z   ichiga   olgan   qismini
qadimdan  Hijoz  deb atalgan.
Bu   yarim   orolning   katta   qismida   islom   vujudga   kelguniga   qadar   « ko’pxudolilik »
e’tiqodi   hukm   surardi.   Qadimgi   arablarning   diniy   tasavvurlari   jumlasiga   totemizm,
fetishizm,   animizm   elementlari   va   o’tmish   ajdodlar   ruhiga   sig’inishni   kiritish   mumkin.
Totemizmning   yaqqol   dalili   sifatida   ko’pgina   qabilalarning   nomlarini   keltirish   kifoya:
asad  “arslon”,  kalb  “it”,  bakr  “bo’taloq”,  sa’lab  “tulki”,  zi’b  “bo’ri” va h.k. Barcha somiy
xalqlarga   xos   bo’lgan   samoviy   jismlarga   sig’inish,   ya’ni   astral   kulьtlar   arablar   orasida
ham keng tarqalgan edi. Bu haqda Makka Ka’basida joylashgan «Qora tosh» ( al-Hajar al-
asvad ) ham dalolat beradi.
Arabistonda   har   xil   xudolarning   timsoli   –   sanamlar   kulti   bir   vaqtda   paytda   paydo
bo’lgan   emas,   albatta.   Ular   uzoq   vaqt   shakllanganlar.   Biroq,   keyingi   davr   islom
tarixchilarning   xabar   berishlariga   qaraganda,   Arabistonga   dastavval   sanam   keltirgan   va
unga   ibodat   qilishni   targ’ib   qilgan   shaxs   Amr   ibn   Luhay   ismli   kishi   bo’lgan.   Rivoyatga
ko’ra,   u   Shomga   tijorat   maqsadida   tez-tez   safar   qilib   turar   edi.   Amr   ibn   Luhay   ba’zi
shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga  olib kelgan.
Keyinchalik   butlarga   sig’inish   arablar   orasida   keng   tarqalib   ketgan.   Harqalay,   but-
5 sanamlarga   sig’inish   –   dinning   yangi   bosqichi   bo’lgan.   Ibn   al-Kalbiyning   (v.   763   y.)
«Kitob al-asnom» asarida ta’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab qabilasi o’z
sanamiga   ega   edi.   Tez-tez   bo’lib   turadigan   qabilalararo   urushlardan   so’ng,   odatda,
mag’lub   qabila   g’olib   qabila   sanamiga   sig’ina   boshlardi.   Ba’zida   g’olib   qabila   mag’lub
qabilaning   sanamini   ham   o’z   sanamlari   safiga   qabul   qilishi   mumkin   edi.   Arabistonning
turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida
ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. Makka eski Arabistonning diniy markaziga
aylangach,   u   yerdagi   Ka’baga   sanamlar   to’plandi.   Ibn   al-Asirning   (vafoti   1232   y.)
uqtirishicha,   Makka   fath   etilgan   630   yili   Ka’ba   ichida   360   ta   sanam   bo’lgan.   Sanamlar
uchun bu raqam juda katta ko’rinadi, ammo muayyan sanam  bir necha qabilada ehtirom
qilingan bo’lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Islomdan   oldin   Arabistonda   yahudiy   jamoalari   mavjud   bo’lgan.   Arabiston
yahudiylari   haqida,   asosan,   Qur’on,   hadis,   tafsir,   sira   (Payg’ambar   hayoti   va   muqaddas
urushlari   haqida   hikoya   qiluvchi   adabiyot   janri)   va   tarix   kitoblari   xabar   beradi.   Bu
mavzuga   aniqlik   kiritadigan   va   hozirga   qadar   topilgan   hujjatlarning   eng   qadimiysi   –
Yangi   Bobil   podshohi   Nabonidga   (mil.   av.   555-539)   tegishli   xronikadir.   Unda
aytilishicha,   mil.   av.   552-542   yillarda   Shimoliy   Arabistondagi   Tayma   shahrini   o’ziga
poytaxt   qilib   olgan   Nabonid   bu   yerdagi   shaharlarni   o’zlashtirish   maqsadida   Bobildan
talaygina aholini ko’chirgan; ularning ko’pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki,
bundan oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30
ming   yahudiyni   asir   olib,   Bobilga   keltirgan   va   «Bobil   asirligi»   50   yil   davom   etgan   edi.
Shundan so’ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar. 
Arabiston   yarim   orolida   yahudiylik   bilan   bir   qatorda   xristianlik   dini   ham   tarqaldi.
Xristianlar   bu   yerda   keng   targ’ibotchilik   ishlarini   olib   borar   edilar.   Ular   Arabistonga
qachon   kirib   kelganligi   noma’lum.   Odatda,   targ’ibotchilar   tibb   va   mantiq   ilmidan
xabardor,  kishilar  qalbiga  yo’l   topa  oladigan  odamlar   bo’lganligi  uchun   ko’pgina  qabila
boshliqlariga ta’sir etganlar, ularning xristian dinini qabul qilishiga yoki  o’zlarining olib
borayotgan   faoliyatlarida   yordam   berishiga   erishganlar.   Islomga   qadar   Arabiston   yarim
orolining   deyarli   barcha   hududlarida   xristian   rohiblari   muntazam   ravishda   din   targ’iboti
bilan   shug’ullanar   edilar.   Yuqorida   aytib   o’tilganidek,   xristianlikning   Arabiston   yarim
oroliga qachon kirib kelgani aniq ma’lum emas.
Hijoz   shaharlariga   xristianlar   (sharqiy   cherkovlar   vakillari)   asosan   Vizantiya
qaramog’i   ostidagi   Falastin   va   Shomdan   ko’chib   kelganlar.   Islom   vujudga   kelishi
arafasida   Dumat   al-Jandal,   Eylat,   Tayma,   Yasrib,   Makka   va   Toifda   ham   talaygina
xristianlar   bor   edi.   Habashiston   xristianlari   bilan   aloqalar   haqida   efiop   askarlarining
yurishlari va ilk musulmonlarning hijralari dalolat beradi.
6 Qadimgi Arabiston jamiyatida «haniflar» nomi bilan ma’lum bir jamoa mavjud edi.
Bu   jamoa   vakillari   diniy   tasavvurlarini   fanda   «noma’lum   monoteizm»   deb   atash   qabul
qilingan. Ular sanamlarga sig’inmas, balki yagona Xudoga ibodat qilar hamda ochiqdan-
ochiq   butparastlarni   tanqid   qilishar   edi.   Ular   bir   yerda   muqim   turmay,   o’lka   bo’ylab
darbadar hayot kechirardilar. Ushbu toifa kishilaridan Zayd ibn Amr, Varaqa ibn Navfal,
Ubaydulloh ibn Jahsh va Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayyidolarni keltirish mumkin.
Ular keyinchalik ilk islom jamoasida ma’lum mavqega ega bo’ldilar.
Sosoniylar   Eroni   ta’siri   haqida   adabiyotlarda   kam   gapiriladi.   Vaholanki,
zardushtiylik   va   manixeizm   ta’siri   bu   mintaqalarda   kuchli   edi.   O’zini   «Payg’ambarlar
muhri»   ( Xotam   al-anbiyo’ )   deb   atagan   Moni   va   uning   «o’zga   dinlar   ta’limotini
to’g’rilovchi»   dini   atrof   hududlarga   yetib   ulgurgan   edi.   Sosoniylar   ta’siri   ostida   bo’lgan
Laxmiylar   davlati   va   islom   paydo   bo’lishi   arafasida   Eronning   Yamanni   zabt   etganligi
faktlari e’tibordan tashqarida qolmasligi lozim.
Yangi   dinning   paydo   bo’lishida   mazkur   omillarning   albatta   ta’siri   katta   bo’ldi.
Ammo   bu   jarayonlarda   birinchi   arab   davlati   vujudga   kelishi   va   uning   ideologiyasining
shakllanishi muhim o’rin tutadi. Ularni to’laqonli idrok etishda Muhammad payg’ambar
hayoti, uning yangi  din targ’ibotchisi  va davlat  arbobi  sifatidagi  faoliyati  asosiy  o’rinni
egallaydi
Qirq   yoshlarida,   610   -   yillardan   boshlab   Muhammad   (s.a.v)   hayotlarida   diniy   fikr
etish   va   yangi   ta'limot   axtarish   kuchaya   boshlaydi.   U   kishidagi   his   tuyg’ular   misli
ko’rinmagan darajaga ko’tariladi. Muhammad (s.a.v) ba'zan Makkaga yaqin Hiro g’origa
borib, o’z diniy g’oyalari bilan vaqtni yolg’iz o’tkazadilar. aholi odaticha ramazon oyini u
yerda ibodat  bilan o’tkazardi. G’amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir
oz   vaqtdan   so’ng   yana   o’sha   g’orga   ketar   edi.   U   yerda   o’zini   sukunatga   berib,   chuqur
o’yga   tolar,   g’oyibdan   quloqlariga   «Sen   Allohning   elchisisan»   degan   tovushlar   eshitilar
edi. Ko’p tush ko’rar, tushida ko’rgan narsalari o’ngida to’g’ri chiqar edi. 
  Shunday   paytlardan  birida  Jabroil   kеlib,  u   zotga   odamlarga   haq   Allohning  gapini
«o’qib   bеr»   dеb   buyuradi.   Bu   payg’ambarlik   vahiy   kеlishi   edi.   Shundan   kеyin   ul   zot
Makkaga   diniy   ta'limotni   boshlaydilar   va   o’zlari   Allohdan   vahiy   olayotganlarini   e'lon
qiladilar. 
Ularning   payg’ambarligini   birinchi   bo’lib   Xadicha   tan   oladi,   kеyin
amakivachchalari   Ali   ibn   Abu   Tolib,   asrandi   o’g’illari   Zoyid   Hriz   e'tirof   etishdi.   Ko’p
o’tmay   Makkaning   eng   nufuzli   savdogarlaridan   Abu   Bakr,   az-Zubayd,   Talxa,   Sa'd   ibn
Abu   Vеqqos,   Abdurahmon   ibn   Avf,   Usmon   ibn   Affonlar   payg’ambar   (s.a.v)
ta'limotlariga   qo’shiladilar.   Muhammad   (s.a.v)   izdoshlari   jamoasi   dastlab   ellik   kishidan
7 oshgan.   Makkaning   qolgan   aholisi,   ayniqsa   nufuzli   qurayshiylar   Muhammad(s.a.v)
ta'limotiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Buning natijasida u kishining tarafdorlaridan
11 xonadon (oilasi bilan) tеzda Habashistonga ko’chib kеtishgan.
Ochiq da’vatdan so’ng Makka mushriklari  Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi  islom
qabul   qilgan   ulug’   va   badavlat   zotlarga   hech   narsa   deya   olmas   ham,   ammo   zaif,
kambag’al,   himoyasiz   musulmonlarni   qattiq   siquvga   oldilar.   Habashistonga   borishni
istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo’lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda
chiqib, Qizil dengiz bo’ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini  Ruqayya
(Payg’ambarning   qizi),   Abu   Huzayfa   va   xotini,   Zubayr   ibn   al-Avom,   Abdurrahmon   ibn
Avf,   Abdulloh   ibn   Mas’ud   bor   edilar.   Guruh   boshlig’i   Usmon   ibn   Maz’un   edi.   Bu   15
kishi   vahyning   beshinchi   yili   Habashistonga   (Oqsum   podshohligi)   yetib   keldilar.   Ularni
Habashistonda   xristianlar   juda yaxshi   kutib  oldilar.  U yerda  yaxshi,  sokin  hayot  kechira
boshladilar.   Ularning   bunday   osoyishta   hayot   kechirayotganliklarini   eshitgan   boshqa
musulmonlar   ham   bir   yildan   so’ng   ikkinchi   guruh   holida   u   yerga   hijrat   etdilar.   Bu
guruhning   boshida   Ja’far   ibn   Abi   Tolib   (Alining   akasi)   bo’lib,   ular   80   kishi   edilar.
Habashiston   xalqi   va   uning   podshohi   Najoshiy   muhojirlarga   juda   yaxshi   munosabatda
bo’ldilar.
Makkaliklarning   qattiq   qarshiliklaridan   ko’p   ozor   chekkan   Payg’ambar   Toifga   yo’l
oldi. Biroq toifliklardan hech kim islomni qabul qilmadi. Shu qiyinchilik yillarida «Isro va
Me’roj»   voqeasi   yuz   berdi.   Qur’ondagi   «Isro»   va   «Najm»   suralarida   bu   hodisa   haqida
so’z yuritilgan.
Da’vatning o’ninchi yili haj mavsumida Payg’ambar Makkaning shimolida «Aqaba»
deb ataladigan bir tepalikda Yasrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni
islomga   da’vat   etdilar.   Ular   islomni   qabul   qildilar.   Ushbu   uchrashuv   islom   tarixida
«Birinchi Aqaba bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn
Horis,   Qutba   ibn   Omir,   Uqba   ibn   Omir,   Jobir   ibn   Abdullohlar   Payg’ambarga   din
shartlarini   bajarishga   «bay’at»   (qasamyod)   qildilar.   Keyingi   ikki   haj   mavsumida   ham
Aqaba  bay’ati   bo’lib  o’tdi.  Ikkinchi   uchrashuvda  madinaliklardan 12  kishi,  uchinchisida
esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealar so’ng Payg’ambar Madinaga hijrat qilmoqlikka
qaror qildi.
Yangi   diniy   jamoaga   jasurligi,   kuch-g’ayrati   bilan   mashhur   bo’lgan   Hamza   bilan
Umarning   qo’shilishi   uning   mavqеini   oshirdi.   Shu   bilan   birga   quraysh   zadagonlarining
Muhammaddan (s.a.v) va ularning tarafdorlariga dushmanligi ham kuchaydi. 610 – 620
yillar   davomida   Makkaning   an'anaviy   butparast   jamoalari   bilan   yangi   din   tarafdorlari
orasida   to’xtovsiz   kurash   kеtdi.   Bu   kurash   620   yilda   Xadicha   so’ngra   Abu   Tolibning
8 vafotidan   kеyin   yanada   kеskin   tus   oldi.   Yaqin   yordamchilaridan   judo   bo’lgan   va   o’z
qabilasi   tomonidan   rad   etilgan   Muhammaddan   (s.a.v)   Makkadan   100   km   Sharqda
joylashgan   Toifda   o’zlariga   yordamchi   topishga   urindilar.   Lеkin   bu   foyda   bеrmadi.
Makkaga   har   yilgi   an'anaviy   butparastlik   ziyoratiga   kеlgan   Yasrib   (Madina)lik   avs   va
xazraj qabilalari vakillaridan 12 kishi payg’ambar (s.a.v) bilan uchrashib, ularga sodiqlik
bildirishadi.   U   kishining   ta'limotini   qabul   qilishadi.,   yordam   bеrishga   va'da   qilib
Yasribga   ko’chib   kеtishga   da'vat   etishadi.   Kеyinchalik   bular   ansorlar   (paygambar
yordamchilari)   dеb   ataladilar.   Navbatdagi   ziyoratda   70   ta   yasribliklar   Muhammadga
(s.a.v)   qasam   ichib   Islomni   qabul   qiladilar   va   uni   jonlari   bilan   saqlashga   qasamyod
qiladilar.   Payg’ambarga   Islom   g’oyalari   Yasribda   qulay   sharoit   topgani   ochiq-oydin
bo’ladi   va   u   yеrga   ko’chib   kеtishga   qaror   qiladilar.   Chunki   Makkada   payg’ambar   va
tarafdorlari hayoti xavf ostida bo’lib, ular jismoniy yo’q qilinishi mumkin edi. 
Muhammad (s.a.v), izdoshlari o’z oilalari bilan ko’chib kеtadilar. U mashhur hijrat
26   iyul   622   yili   yuz   bеrib   shu   yil   musulmon   oyining   birinchi   kuni   dеb   qabul   qilinadi.
Muhammad   (s.a.v)   Yasribga   ko’chib   kеlganlaridan   kеyin   bu   shahar   Madina   an-nabiy
(payg’ambar shahri) nomini oldi. Bu yеrda musulmonlar jamoasi ummat vujudga kеldi.
U   yagona   diniy   ta'limot   asosida   vujudga   kеldi.   Ummat   diniy   ruhdagi   tashkilot   bo’lib,
Muhammad (s.a.v) uning ham diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar.
Hijratning   ikkinchi   yili   payg’ambar   qiblani   o’zgartiradilar,   avval   Baytulmuqaddas
(Iеrusalim)ga   qarab   nomoz   o’qigan   bo’lsa   endi   Makka   ibodatxonasi   Ka'baga   qarab
nomoz   o’qishga   targ’ib   qildilar.   Bu   faqat   Madina   Yahudiylariga   qarshi   kurash   natijasi
bo’lib qolmay shu bilan birga Muhammadning (s.a.v) butun g’arbiy Arabistonning bosh
shahri Makkani o’ziga bo’ysundirish uchun bo’lgan maqsadni aks ettiradi. 
630 yili Makka jangsiz Muhammadga (s.a.v) taslim bo’ldi. Makka Islomning diniy
markaziga aylandi, bu yеrga haj qilish Islomning asosiy farzlaridan biri dеb e'lon qilindi.
9 Xulosa
Islomning   Madinadan   keyingi   davri   uning   tarixida   juda   katta   ahamiyatga   ega.
Musulmonlar  birinchi   marta   alohida  diniy  jamoa  (Umma)   bo’lib  yashay  boshladilar.  Bu
esa   o’z   navbatida   diniy   qoidalarning   shakllanishini   tezlashtirib   yubordi.   Asta-sekin
namoz,  azon  va   boshqa  amallar  tartibga  solindi.  Payg’ambar  bu  shaharga   uchinchi  taraf
vakili   sifatida   taklif   etilgan   edi.   Avval,   murosasiz   Avs   va   Xazraj   arab   qabilalari   hamda
Banu Qurayza, Banu Qaynuqo’, Banu Nadir  yahudiy qabilalari bilan o’zaro sulh tuzildi.
Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo’shinlari
va   makkaliklar   o’rtasida   Badr   jangi   bo’ldi.   Bu   jang   Madinadan   80   mil   (taxminan   150
km.)   uzoqda   Suriya   karvon   yo’lida   joylashgan   Badr   qudug’i   yaqinida   bo’lib   o’tdi.
Murosasiz   kechgan   jang   musulmonlar   g’alabasi   bilan   tugadi.   Bu   jangdan   so’ng   Umma
mavqei Madina ahli orasida beqiyos o’sdi. Shu davrdan boshlab Muhammad payg’ambar
yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. Madina
ichidagi  Payg’ambar  muxoliflari   munofiqun   nomini   oldi.  Barcha  arab qabilalari   mushrik
deb   e’lon   qilindi.   Ular   yoki   islom   dinini   qabul   qilishlari   yoki   ochiq   maydonga   jangga
chiqishlari shart edi. Bu jamoa-davlat qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzish
orqali   turli   arab   qabilalari   va   qabilalar   ittifoqlarini   o’z   hukmiga   bo’ysindira   boshladi.
Bo’ysingan   qabilalar   har   yili   jonivorlari   hisobidan   Madina   davlatiga   Umma-davlat
xarajatlari   uchun   sadaqa   (mol   to’lovi)   bermoqlari   lozim   edi.   Sadaqa   bermaganlarga
qarshi   harbiy   yurishlar   tashkil   etilardi.   O’ljadan   to’lovga   o’tish   (Makkaning   fathidan
so’nggi davrda) davlatning shakllanishi haqida dalolat beradi.
Yahudiy,   xristian   va   sobi’lar   ahl   al - kitob   mavqeiga   ega   bo’lishdi.   Ular   Madina
davlati   xazinasiga   har   bir   voyaga   yetgan   erkak   boshidan   to’lov   ( jizya )   yig’ib   berib,   o’z
ijtimoiy-diniy   avtonomiyalarini   saqlab   qolish   huquqiga   ega   bo’ldilar.   Ammo   Madina
davlatining   asosiy   muxolifi   Makka   jamoasi   bo’lib   qolaverdi.   Hijratning   oltinchi   yilida
Makka   qurayshiylari   bilan   tuzilgan   Hudaybiya   shartnomasi   eng   muhim   g’alabalardan
biridir.
Makka fathidan (630 y.) so’ng islom davlati Arabiston yarim orolida to’la g’alabaga
erishdi. Shuni  alohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi  musulmonlar uchun g’oyat
katta   ahamiyatga   ega   bo’ldi,   chunki   shundan   so’ng   musulmonlar   jamoasi   Arabiston
muhitida yetakchi davlat va siyosiy kuchga aylandi.
Shu bilan bir qatorda Madina diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladilar.
Diniy   masalalarga   oydinlik   kiritishga   yahudiy   qabilalari   bilan   bo’lgan   mojarolar   albatta
o’z   ta’sirini   o’tkazmasdan   qolmadi.   Qiblaning   Quddusdan   Makkadagi   Ka’baga
10 o’zgartirilishi,   ahl  al-kitob ga (yahudiylar, xristianlar, sobiylar)   ahl  az-zimma   (musulmon
davlati   himoyasi   ostidagi   diniy   jamoa)   mavqei   berilishi   va   islomda   arabiy   unsurlarning
kuchayishi   shu   voqealar   bilan   bog’liqdir.   Payg’ambar   Umma   hayotini   ko’p   hollarda
atrofdagi   odamlar   uchun   odatiy   bo’lgan   qoidalar   asosida   boshqardi.   Muhim   hollarda
yangi diniy va ijtimoiy qoidalar  vahy  orqali kiritildi. Bu masalalarda biz Madina davlatini
teokratik davlat deb atashimiz mumkin.
Hijratning   o’ninchi   yili   muqaddas   zulhijja   oyining   8   -   kuni   (632   yil   7   mart)
Muhammad   (s.a.v)   hamma   oila  a'zolari   bilan   birga   birinchi   va  oxirgi   marta   Madinadan
Makkaga   haj   ziyoratiga   bordilar.   Bu   ziyorat   Islomda   «Buyuk   haj   havz   al-hajjal-akbar»
nomi   bilan   tilga   olinib,   tarixda   «vidolashuv   haji»   (al-haj   al-vado')   dеb   yuritiladi.
Payg’ambarning bu ziyoratlari  Makkaning  Islom  diniy markazi  sifatidagi  mavqеini  uzil
kеsil   hal   etdi.   U   Islomning   boshqa   dindagilarga   man   qilingan   diniy   haj   marosimi
o’tkaziladigan muqaddas shahri bo’lib qoldi. 
Shu   ziyoratdan   3   oy   o’tgach     11   hijriy   yil   12   rabi’   I/632   milodiy   yil   8   iyun ь   kuni
Payg’ambar   vafot   etdi. Bu  bilan  islom   tarixida  ilk davr  –  Qur’oniy davr   yoki  teokratiya
davri tugadi. Bundan buyon musulmon-arab davlati tarixida podshohlar –  xalifalar , islom
dini normalarini shakllantirish va rivojlantirishda diniy ilmlar bilimdonlari – ulamolarning
roli tobora oshib boraverdi.
      Muhammad   (s.a.v)   Madinada   vafot   etadilar   va   o’z   hujralariga   dafn   qilinadilar.
Kеyinchalik  payg’ambar   maqbaralari   shu  yеrda qurilgan katta  masjid  ichiga  olingan  va
musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
11 ADABIYOTLAR:
1. At-Termiziy.   Shamoili   Muhammadiya   /   Sayid   Mahmud   Taroziy-Oltinxon   to’ra
tarjimasi.  T.: Mehnat nashriyoti, 1991. 
2. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi.  T., 1992. 
3. Textual Sourses for the Study of Islam. Edited and Translated by Andrew Rippin
and Jan Knappert.  Chicago, 1990. 
4. Ibn Xisham. Sirat Sayyidina Muhammad Rasul Allax // Xrestomatiya po islamu.
Per. s arabskogo, vved. i primech. M., 1994, B. 12-24. 
5. Axmad   b.   Faris   ar-Razi.   Audjaz   as-siyar   li-Xayr   al-bashar   //   Xrestomatiya   po
islamu. Per. s arabskogo, vved. i primech.  M., 1994, B. 26-32. 
6. Bolshakov O.G. Istoriya Xalifata. 1. Islam v Aravii (570-633). M., 1989.
7. www.wiki.arxiv.uz    
12

Mavzu:I slom dini . RЕJA : Kirish 1. Muhammad payg’ambar (S.A.V) islom dining asoschisi. 2. Islomning paydo bo’lishi. 3.Islom dining qabul qilinilishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 1

Islom dinining paydo bo’lishi va butun dunyoga tarqalishi tarixi to’g’risida birinchi bo’lib Alixonto’ra Sog’uniy o’z milliy tilimizda “Tarixi Muhammad” kitobini yozdi 1 . Demokratik jamiyat qurish yo’lida ildam odimlayotgan, barcha din ahllari huquqiy jihatdan teng ko’riladigan, ko’p millatli O’zbekiston xalqining iymon-e’tiqodi mustahkam, mashaqqatlarga chidamli, ma’naviy tarbiyasi yuksak bo’lishida Qur’onda nomlari zikr etilgan payg’ambarlar tarixlarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunki har bir payg’ambarning tarixi shu payg’ambar o’z ummatiga keltirgan dinning tarixidir. “Toki har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar faqat Islom dini to’g’risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lsin” – degan edi Prezidentimiz I. A .Karimov 2 . Shu nuqtai nazardan islom dinining asoschisi va payg’mbari bo’lgan Muhammad (s.a.v.)bilan bir qatorda yakka xudolikni targ’ib etuvchi payg’ambarlarni eslab o’tish, bular haqida ma’lumotli bo’lish maqsadga muvofiqdir. Tarix millatlarning o’tmishidagi hayotidan bahs yuritadi. Ularning qanday hayot kechirganliklari va qanday fikr yuritganliklarini ko’rsatadi. Tarix sahifalarida biz uchun ko’plab ibratlar borligi haqiaqtdir. Chunki tarix har bir davrning oynasi sanaladi. Insonlar unga qarab o’zlarini o’nglaydilar. Tarix ikkiga bo’linadi: umumiy va xususiy. Umumiy tarix Odam alayhissalomdan hozirga qadar yashab o’tgan insonlar hayotidan bahs yuritadi. Xususiy tarixda esa, faqatgina bir millatning tarixi yoritiladi. Shu o’rinda Islom dini muayyan bir millat dini sifatida emas, balki, dunyo xalqlarini birdamlikka chorlovchi ta’limot sifatida o’rganishimiz kerak. Islom dinining muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni karimda 25 ta payg’ambar nomlari qayd etilgan. Bular quyidagilar: Odam alayhissalom, Shis alayhissalom, Idris alayhissalom, Nuh alayhissalom, Hud alayhissalom, Solih alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Lut alayhissalom, Ismoil va Ishoq alayhimussalom, Y’aqub va Yusuf alayhimussalom, Ayyub alayhissalom, Shuayb alayhissalom, Muso va Xorun alayhimussalom, Dovud alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Ilyos va Alyasa’ alayhimussalom, Yunus alayhissalom, Zakariyo va Yahyo alayhimussalom, Iyso alayhissalom va so’ngi payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Islom dining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasulloh), «payg’ambarlarning eng oxirgisi» (xotamun – nabiyin) Muhammadning (s.a.v.) bolalik va yoshlik yillari haqida juda kam ma'lumotlar bor. U zotning 570 yil 22 aprelda tug’ilgan dеb ko’rsatib kеlinmoqda. U 1 Qarang Хожи Исматуллоҳ Абдуллоҳ. Марказий Осиёда Ислом маданияти. “Шарқ” Т., 2005 .355-b. 2 Muhammad Kamol . Payg’ambarlar tarixi. T., “Yangi asr avlodi” 2003. 4-bet. 2

kishi yoshligidayoq yеtim qoladilar, otalari Abdulloh payg’ambar tug’ilmay turib vafot etgan. Onalari Omina esa 6 yoshliklarida olamdan o’tgan. 2 yildan kеyin u kishini o’z tarbiyasiga olgan (ota tomondan) buvalari Abdulmutalib ham vafot etadi. Yosh yеtimni amakilari Abu Tolib o’z tarbiyasiga oladi. 12 yoshida Muhammad(s.a.v) Abu Tolibning savdogarlik bilan Suriyaga qilgan uzoq safarida hamroh bo’lganlar. Bu birinchi safarda Muhammad (s.a.v) o’zlariga butunlay yot bo’lgan nosoro Yahudiy va boshqa dinlarga tеgishli jamoalar bilan tanishadilar. Bu ul zot tug’ilgan va voyaga yеtgan butparastlik ulug’ qabilachilik muhitiga butunlay qarama-qarshi hayot edi. Bu yangi hayot bilan tanishish yosh Muhammadga o’chmas ta'surotlar qoldiradi va kеyingi butun hayotlarida doimo kuchayib borgan va oxir uni yangi din asoschisiga aylantirgan. Bir ruhiy holatni yuzaga kеltiradi. Arablar orasida o’zaro qon da’vosi sababi bilan bo’lgan urushlarning eng og’ir kechgani «Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda Muharram, Rajab, Zulqa’da va Zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda bo’lganligi uchun unga«Fijor jangi» - «Gunohkorlar urushi» deb nom berilgan. Bu urushda Quraysh tarafida Muhammad payg’ambar ham unda ishtirok etdi. To’rt yil davom etgan bu urush sulh bilan nihoyalandi. Muhammad (s.a.v) 21 yoshga to’lganlarida Makka jamoalari orasida Amin (ishonchli, sadokatli) dеgan nomni oladilar va Abu Tolibning xohishi bilan Makkaning boy bеvasi Xadicha binti Xuvaylid ibn Asadga savdo xizmatchisi bo’lib ishga kiradilar. Xadichaning savdo ishlarini boshqargan Muhammad (s.a.v) ikkinchi marta Suriyaga safar qilib, Xalob va Damashq shaharlarida ham bo’ladilar. Turli diniy jamoalar ayniqsa Yahudiylik va nosorolik bilan yanada yaqinroq tanishish, ularning hayot tarzi va g’oyasi bilan yaqinlashish tufayli Muhammad (s.a.v) ning ma'naviy tajribalari oshib ruhiy tushunchalari kеngayadi. Nasoro kohinlari bilan maxsus uchrashib, suhbatlar qiladilar. Yahudiy va nosorolikda umumiy bo’lgan bosh aqida – yakkaxudolik ta'limoti Muhammad (s.a.v) da bir xudoga ishonish g’oyalarining takomillashuviga sabab bo’ladi. Yahudiylar va nosorolardagi bir – birini tan olmaslik, «Yo’ldan ozishda» bir – birlariga dushmanlik munosabatida bo’lishlari Muhammad (s.a.v) xudoga yеtishish uchun haqiqiy yo’l topishga qo’shimcha turtki bo’ldi. 595 yili Muhammad (s.a.v) Xadichaga uylanadilar. Xadicha 40 yoshda bo’lib, avval ikki marta turmush qurgan bo’ladi. Ulardan ikki o’gil va bir qiz bo’lgan edi. Xadicha Muhammaddan (s.a.v) ikki o’g’il va to’rt qiz qurgan edi. To’ng’ich o’g’li Qosim ikki yoshida, ikkinchi o’g’li Abdulloh go’dakligida vafot etib kеtishgan. Qizlari Zaynab, Ruqiya, Umm Qulsum va Fotima bo’lib, ulardan faqat Fotima payg’ambar avlodlarini davom ettirgan. Muqammad (s.a.v) bilan Xadicha o’rtasidagi muhabbat afsonaga aylanib 3

kеtgan. Xadicha atrofdagilar ichida birinchi bo’lib uning payg’ambarligini tan oladi, uni qo’llab quvvatlash uchun o’zining kuch g’ayrati va mol-mulkini ayamaydi. O’tgan barcha payg’ambarlar biror-bir millatga yo qavmga yuborildi. Muhammad sallollohu alayhi vasallam esa barcha insonlarga elchi qilib yuborilganlar. Qur’oni Karimning Saba’ surasida “(Ey Muhammad), Biz sizni s hak-shubhasiz barcha odamlarga: (mo’minlarga jannat haqida)xushxabar eltuvchi, (kofirlarni esa do’zzax azobidan)ogohlantiruvchi bo’lgan holingizda, payg’ambar qilib yubordik”, deyiladi. Bundan payg’ambarimizning barcha insonlarga yuborilgani ma’lum bo’ladi. Payg’ambarimiz (s.a.v) bir muborak hadislarida shunday marhamat qilganlar: “Mendan oldin payg’ambarlar biror-bir qavmga yuborilar edi, men butun dunyoga yuborildim”. Payg’ambarimiz (s.a.v) xatna qilingan hollarida tug’ilganlar. Muborak ikki kuraklari orasida bir muhr bo’lgan. Bunga “Nubuvvat muhri”deyiladi. Bu muhrda Payg’ambarimiz (s.a.v) uchun shunday deyiladi: “Ey Muhammad! Sizni mujdalaymiz. Har qanday kishi sizning yuksak martabangizga chiqa olmaydi, siz payg’ambarlarning eng jasuri va so’nggisisiz. Qayerda borsangiz, nusratga erishasiz”. Payg’ambarimiz (s.a.v) tug’ilish paytlarida dunyoda bir qancha buyuk hodisalar yuz bergan. Bu hol dunyo endi boshqa bir pallaga kirganini bildiradigan mo’jizalardan edi. Payg’ambarimiz (s.a.v) Ibrohim (a.s)ning o’g’li Ismoil(a.s)ning qirqinchi avlodidan dunyoga kelganlar. Ibrohim(a.s) esa Nuh(a.s)ning zurriyotidan bo’lgan. « Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «yagona xudo – Allohni tanimaslik» ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko’pxudolik» ( al- Vasaniya ) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda mushkul. Arab yerlari Osiyoning janubi-g’arbidagi yarim orolda joylashgan bo’lib, shimol tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko’rfazi, Umon dengizi, janub tomondan Hind okeani va g’arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu bepoyon o’lka bu yerda yashagan somiy tillarning birida so’zlashuvchi arablar nomi bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, islom paydo bo’lish arafasida yarim orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch tsivilizatsiya mavjud bo’lgan: 4

1) mustaqil ma’noga ega bo’lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili); 2) nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston; 3) Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an’analari bilan bog’liq Shimoliy Arabiston. Islomning paydo bo’lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi. Tarixda birinchi arab davlati –Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari oqibatida mazkur uch tsivilizatsiyalar vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning o’tmishdagi nisbiy mustaqil rivojlanganliklari arabler nasabi haqidagi tasavvurda saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod vakillaridir: qahtoniylar – janub arablari,adnoniylar – shimol arablari dir. Mana shu ikki avloddan barcha arab qabilalari tarqalgan. Lekin, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mazkur tasavvur VII asr oxirlari-VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun harbiy kurash olib borgan arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, Asadiylar va boshqalar) vakillari tomonidan shakllantirilgan. Qadimgi arablar orasida ko’chmanchilik mafkurasi qoldiqlari, qabilaviy tuzum tasavvurlari kuchli bo’lsada, islom dini paydo bo’lishi davrlarida ularning katta qismi (2/3) o’troq holda shahar va qishloqlarda yashaganlar. Islom dini shakllangan va rivojlangan Makka va Yasrib shaharlari Yaqin Sharq tsivilizatsiyasi qadimiy markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atalgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar « ko’pxudolilik » e’tiqodi hukm surardi. Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm elementlari va o’tmish ajdodlar ruhiga sig’inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko’pgina qabilalarning nomlarini keltirish kifoya: asad “arslon”, kalb “it”, bakr “bo’taloq”, sa’lab “tulki”, zi’b “bo’ri” va h.k. Barcha somiy xalqlarga xos bo’lgan samoviy jismlarga sig’inish, ya’ni astral kulьtlar arablar orasida ham keng tarqalgan edi. Bu haqda Makka Ka’basida joylashgan «Qora tosh» ( al-Hajar al- asvad ) ham dalolat beradi. Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulti bir vaqtda paytda paydo bo’lgan emas, albatta. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ’ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo’lgan. Rivoyatga ko’ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibn Luhay ba’zi shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olib kelgan. Keyinchalik butlarga sig’inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but- 5