logo

Islom dini, ta’limoti va falsafasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

72.5380859375 KB
Islom dini ,  ta’limoti   va falsafasi .
REJA
1.Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar 
(a.s.) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. 
Makkaning fatx etilishi.. Xalifalik. 
2.Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. 
3.Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi.
4. Qur'on  islom dinining muqaddas kitobi. Xadislar.. 
5.Islom ta'limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan 
huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.  
6.Islom falsafasi olam va odam. inson xayotining mazmuni, ezgulik va 
yovuzlik kurashi gugrisida.
  Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan jahon dinlaridandir. Bu dinga
e’tiqod   etuvchilar   –   musulmonlar   jahonda   qariyb   1   milliard   315   million   kishini
tashkil etadi.
“Islom”   so’zi   arabcha   bo’lib   “xudoga   o’zini   topshirish”,   “itoat”,
“bo’ysunish” ma’nosini bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar – “Muslim” deb
ataladi.   Uning   ko’pchilik   shakli   “muslimun”   bo’lib,   o’zbeklarda   “musulmon”,
qirg’iz va qozoqlarda “musurmon” deb ataladi.
Islom   dini   Arabiston   yarim   orolida   VI   asrning   oxiri   va   VII   asrning
boshlarida   kelib   chiqqan.Uning   asoschisi   payg’ambar   Muhammad   (570-632)
Makkada   Quraysh   qabilasiga   mansub   bo’lgan   Xoshimiylar   xonadonida   tug’ilgan.
U   609-610   yillarda   Makkada   yakka   xudoga   e’tiqod   qilish   to’g’risida   targ’ibot
boshlagan.   Ammo   zodagonlarning   qarshiligiga   uchragach,   622   yilda   o’z
tarafdorlari   bilan   Madina   (Yasrib)ga   ko’chadi   (arabcha   hijrat   qiladi).   Shu   yildan
musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati
shakllanadi.   Muhammad   vafotidan   keyin   bu   davlatni   uning   o’rinbosarlari,   ya’ni
noiblari   (xalifalar)   boshqaradilar.   Shu   munosabat   bilan   musulmonlar   davlati
tarixda “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Markaziy Osiyo yerlari – Movarounnahr
(daryo   oralig’idagi   erlar)ga   674   yilda   arab   qo’shini   birinchi   marta   Amudaryodan
o’tib Buxoro shahriga kirdi. Qutayba ibn Muslim 705-717 yillarda Movarounnahr
yerlarini asosan ishg’ol etdi. Arab qo’shinlari bilan birga Markaziy Osiyo yerlariga
Islom   dini   ham   kirib   keldi.   Ana   shu   davrdan   boshlab   Markaziy   Osiyoda   Islom
mintaqa   madaniyati,   ma’naviyati   va   ma’rifati   o’ziga   xos   ravishda   shakllandi   va
taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
Islom   diniy   ta’limotining   asoslari   –   Qur’on   va   hadis   to’plamlarida,
shuningdek,   VIII-XII   asrlar   davomida   vujudga   kelgan   ilohiyot   adabiyotlarida   o’z
ifodasini topgan.
Qur’on – arabcha o’qimoq, qiroat qilmoq, jamlash ma’nolarini bildiradi. Bu
muqaddas kitob er  yuzi  musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbai,
asosiy muqaddas kitobi. Qur’on ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha ta’riflaydilar: “Qur’on   –   Alloh   taoloning   Muhammad   alayhissalomga   vahiy   orqali   nozil
qilgan,   tavotur   ila   naql   qilingan,   ibodatda   o’qiladigan,   barchani   lol   qoldiruvchi
kalomidir”. 1
Tavotur   ila   naql   qilingan   degani   esa,   kalomni   yolg’onga   chiqarib
bo’lmaydigan   darajada   ko’p   sonli   kishilar   tomonidan   naql   qilinishiga   aytiladi.
Ularning  hammalari  ishonchli  odamlar  bo’lib, yolg’onga yaqinlashmagan,   sonlari
jihatidan yolg’onga berilib ketish imkoni ham yo’q bo’lgan.
Qur’oni karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan
610-622   yillarda   Makkada,   622-632   yillarda   Madinada,   jami   23   yil   mobaynida
nozil etilgan.
Muhammad   alayhissalom   Qur’on   oyatlarini   farishta   Jabroildan   eshitib   yod
olar   edilar.   Keyin   boshqa   musulmonlar   u   kishidan   eshitib   yodlab   olishardi.   Ayni
paytda yozishni biladigan sahobalar jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd
ibn   Sobit,   Ubay   ibn   Ka’b   (r.a.)   kabi   sahobalar   oyatlarni   yod   olish   bilan   birga,
ularni xurmo daraxtining po’stlog’iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga,
qog’oz va shunga o’xshash narsalarga Qur’on oyatlarini yozib borganlar.
Payg’ambar alayhissalom ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekani va
qaerda turishi lozimligini ko’rsatib turganlar.
Muhammad alayhissalom hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar degan
maqsadda   Qur’on   jamlab   kitob   shakliga   keltirilmagan.   U   kishining   vafotlaridan
keyin   Qur’on   kishilarning   qalbida,   xotirasida   va   yozuvlarda   saqlanib   qoldi.
Payg’ambar vafotlaridan so’ng ro’y bergan g’alayonlarning birida Qur’onni to’liq
yod olgan ko’plab qorilar shahid bo’ldilar Shunda Hazrati Umar (r.a.) Hazrati Abu
Bakr(r.a.)ga qorilar o’lib ketaversa, Qur’onga zarar etishi mumkin, shuning uchun
uni kitob shakligi keltirib, jamlab qo’yish kerak degan maslahatni berdi.
Abu   Bakr   (r.a.)   Zayd   ibn   Sobit   (r.a.)   ismli   sahobani   chaqirib,   bu   ishni
amalga oshirishni topshirdi.
Zayd  ibn Sobit,  Umar   ibn Hattob  (r.a)  va  boshqalar   Qur’oni  karimni  puxta
yod   bilishlariga   qaramay,   bu   ishning   mustahkam,   ishonchli   bo’lishiga   harakat
1 Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар. qilib,   masjidda:   “Kimning   qo’lida   yozilgan   Qur’on   bo’lsa   va   uni   Payg’ambar
alayhissalom   huzurida   yozilganiga   ikkita   guvohi   bo’lsa,   bizga   olib   kelsin!
Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug’i bo’ldi”, 2
 deb e’lon qildilar.
Ular masjidda o’tirib guvohlarni tekshirib nihoyatda aniqlik bilan bir yildan
ortiq vaqt Qur’onni jamladilar. So’ng ko’pchilikka ko’rsatdilar, hamma rozi bo’ldi.
Shunday   qilib   Zayd   va   Umar   mashaqqatli   mehnatdan   keyin   Qur’onni   kiyik
terisidan   ishlangan   sahifalarga   yozib   bo’ldilar   va   uni   belidan   bog’lab,   Abu
Bakrning   uyiga   qo’yib   qo’ydilar.   U   kishi   olamdan   o’tgandan   so’ng   sahifalar
Umar(r.a.)ning uylarida, u kishidan so’ng esa,  qizlari  va payg’ambarning ayollari
Hafsa binti Umar (r.a.) huzurida qoldi.
651 yilda halifa Usmon ibn Affon Hafsa (r.a.)dan Abu Bakr (r.a.) davridagi
sahifalarni so’rab olib, undan olti nusha ko’chiirishga buyruq berdi. Bu ulkan ishni
boshqarishni Zayd ibn Sobitga yukladi.
Ko’chirilgan   nushalar   tayyor   bo’lgandan   so’ng   musulmonlar   yashaydigan
diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusha, bittadan qori qo’shib jo’natdi va
shu qoridan qiroat o’rganishga buyruq berdi. Ko’chirilgan nushalarni Mug’ayra ibn
Soibga Makka, Mug’ayra ibn Shahobga Shom, Abu Abdurahmon Silmiyga Kufa,
Omir ibn Abdul Qaysga Basra, Zayd ibn Sobitga Madina ahliga Qur’on tilovatini
o’rgatish uchun berdi.
Usmon (r.a.) o’zlariga bir dona mushab olib qoldilar.
Keyinchalik nusha ko’chirish yo’lga qo’yilishi  jarayonida faqatgina Usmon
davrida   yozilgan   nushalarga   suyanish   joriy   bo’ldi.   Oxiri   kelib,   har   bir   nushaning
ishonchli  ekanini  tasdiqlash  maqsadida,  bu  nusha   Mushabi  Usmonga   muvofiqdir,
deb yozib qo’yiladigan bo’ldi.
Shunday   qilib,   Qur’on   matnining   ham   yozuv,   ham   uslubiy   bir   xilligi
saqlanib qoldi.
Hazrati   Usmon   qo’lida   qolgan   Qur’oni   karimning   nushasi   hozirda
O’zbekiston   musulmonlar   idorasi   qoshidagi   kutubxonada   saqlab   kelinmoqda.
Qur’oni   karimning   bunday   noyob   nushasi   yurtimizda   bo’lishi   Allohning   bizning
2  Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар.  yurtimizga   bo’lgan   inoyati   deb   bilmoq   lozim.   Qur’oni   karim   114   sura   va   6666
oyatdan iborat.
Mustaqillik   sharofati   bilan   dinga   berilgan   erkinlik   tufayli   turli
marosimlarimiz   Qur’oni   karim   tilovatlari   bilan   boshlanmoqda.   Bu   o’tmishda   bir
orzu edi, xolos.
Qur’on   islom   diniga   oid   barcha   hukmlarning   asosiy   va   birinchi   manbaidir.
Musulmon   faqihlar   biror   narsaning   shariatdagi   hukmini   bilmoqchi   bo’lsalar,
albatta,   oldin   Qur’onga   murojaat   qiladilar.   O’sha   o’zlari   izlayotgan   hukm   haqida
biror   hukm   bo’lsa,   uni   darhol   qabul   qiladilar.   Muayyan   masalaga   Qur’onda   aniq
javob bo’lmagan taqdirdagina sunnat, ijmo, qiyosga murojaat qilishga o’tadilar.
Ilohiyotda   Islom   dini   uch   elementdan   –   imon,   Islom,   ehsondan   iborat   deb
etirof   etilgan.   Imon   talablari   7   ta   aqidani   –   Allohga,   farishtalarga,   muqaddas
kitoblarga,   payg’ambarlarga,   oxirat   kuniga,   taqdirning   ilohiyligiga   va   o’lgandan
keyin   tirilishga   ishonish   talablarini   o’z   ichiga   oladi.   Islom   talablariga,   ya’ni   din
asoslari – arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi.
Bular   –   kalima   keltirish,   namoz   o’qish,   ro’za   tutish,   zakot   berish   va   imkoniyati
topilsa Haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni
ado etishdir.
Islomning   kishilar   ongi   va   turmush   tarziga   ta’sir   etishi,   ular   hayotidan
mustahkam   o’rin   olishini   ta’minlovchi   diniy   marosimchilik   –   xatna,   ramazon
hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, mavlud, ashuro va boshqalar ham shakllangan.
Bundan   tashqari,   mahalliy   halqlarda   islomgacha   mavjud   bo’lgan   urf-odatlar,
jumladan   kinna   soldirish,   fol   ochirish,   dam   soldirish,   muqaddas   joylarga,
avliyolarga sig’inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.
Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang va mohiyatan terandir.
Qur’oni   karim   oyatlarida,   avvalo   insonning   yer   yuzida   xalifa   ekanligining
bir   necha   qayta   ta’kidlanishi   islom   ma’naviyatining   eng   ulug’   qadriyatlaridandir.
Qur’oni   karimning   juda   ko’p   oyatlarida   insonning   aziz   va   mukarram   qilib
yaratilgani, unga eru osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida
uqtirib o’tiladi. Yaxshilik   va   ezgulik,   bag’rikenglik   va   tinchlik,   yaqinlari   va   begonalarga
birdek   marhamatli   bo’lish,   qon   to’kmaslikka   chaqiruvchi,   nafs   vasvasasiga
uchmaslik,   ota-onaga   ular   hayot   ekanliklarida   mehribon   va   sahiylik   ila
munosabatda   bo’lish,   dunyodan   o’tganlarning   haqlariga   duo   qilishga,   vatanni
sevishga   da’vat   qiluvchi   muqaddas   dinimiz,   ayniqsa   mustaqillik   yillarida   o’z
qadrini   hamda   o’zining   azaliy   vazifasi   –   ezgu   maqsadlarga   chin   ma’noda   xizmat
qilish imkoniyatini topdi.
Hadislar   Islom   dinida   Qur’ondan   keyingi   muqaddas   manba.   Hadislar
to’plami   “sunnat”   deb   ataladi.   Hadisi   shariflarda   Muhammad   alayhissalomning
so’zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga
munosabatlari bayon etilgan.
Hadisi   shariflarni   yig’ib   kitob   shakliga   keltirish,   asosan   payg’ambarimiz
alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan.
VIII asr boshlarida Ummmaviy halifalardan Umar ibn Abdulaziz noiblariga
Muhammad   (s.a.v.)   hadislarini   jamlash   haqida   farmon   berdi.   Abdumalik   ibn
Abdulaziz   Jurayh,   Ar-Rabi’   ibn   Subayh,   Imom   Molik   ibn   Anas,   Imom   Shofe’iy,
Imom   Ahmad   ibn   Xanballar   tomonidan   dastlabki   hadis   to’plamlari   yaratildi.
O’lkamizda esa quyidagi  zotlar  birinchi bo’lib hadis to’plamlarini tuzdilar:  Imom
Abdulloh   ibn   Muborak   al-Marvaziy,   Ishoq   ibn   Rahovayh   al-Marvaziy,   Imol   al-
Haysam ibn Qulayb ash-Shoshiy va boshqalar.
Keyingi IX asr hadis ilmining “oltin asri”deb shuhrat qozongan. CHunki bu
asrda hadislarni to’plash davri o’tib, endi ularni manbashunoslik va matnshunoslik
ilmi   qoidalariga   muvofiq   tahlil   va   tadqiq   etish,   ma’lum   mazmun   asosida   tartib
berishga   kirishildi.   Hadisshunosliklik   deb   atalmish   jiddiy   ilm   yo’nalishi
mukammal   shakllandi.   Hadislarni   bayon   etishda   “Musnad”,   “Sahih”   va   “Sunan”
deb nomlangan yo’nalishlar vujudga keldi.Bu davrda keyingi asrlar uchun namuna
bo’ladigan ishonchli hadis to’plamlari yaratildi. Butun Islom  olamida eng nufuzli
manba sifatida nom qozongan “Qutubi Sitta” (“Olti kitob”) mualliflari shu davrda
yashab   ijod   etdilar.   Ular:   Abu   Abdulloh   Ismoil   al-Buxoriy   (810-870),   Imom
Muslim   ibn   al-Hajjoj   (819-874),   Abu   Iso   Muhammad   ibn   Iso   at-Termiziy(824- 874),   Abu   Dovud   Sulaymon(817-888),   Ahmad   an-Nasoiy(830-935),   Abu   Iso
Muhammad   ibn   Yazid   ibn   Mojja(824-886)   kabi   muhaddislardir.   Imom   Buxoriy
o’zlari   to’plagan   600   ming   hadisdan   7250   ta   eng   ishonarli   “sahih”larini
mazmuniga   ko’ra   tasniflab,   butkul   yangicha   tartibdagi   hadislar   to’plamini
yaratishga   erishdi.   Uning   asarlari   keyingi   muhaddislar   uchun   barcha   jihatdan
o’rnak va namuna bo’ldi. 3
Islomda   ahloqiy-huquqiy   qonun-qoidalar   majmui   shariat   XI-XII   asrlarda
tugal   shakllangan.   Shariat   qonun-qoidalari   Qur’on   va   sunnat   asosida   ishlab
chiqilgan.Unda   musulmonlarning   ijtimoiy-iqtisodiy,   diniy,   huquqiy   va   ahloqiy
hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar
“Hidoya”,   “Viqoya”,   “Muxtasari   hidoya”,   “Muxtasari   viqoya”   nomli   kitoblarda
jamlangan.
Shariatda   belgalangan   qonun-qoidalar   muqaddas   hisoblanib,   unga   har   bir
mo’min-musulmon   ijtimoiy   holatidan   qat’iy   nazar   Allohning   bandasi   sifatida
birday amal qilishi talab etilgan. 
Yuqorida   Islom,   uning   muqaddas   ilohiy   kitobi   Qur’oni   karim,   hadislar   va
shariat  haqida ba’zi  ma’lumotlarni keltirdik. Endi  umuman islom  dinida, xususan
Qur’oni   karim,   hadislar   va   shariatda   inson   ma’naviyati,   ahloq-odobi,   ma’rifati
haqidagi qarashlarning ba’zi jihatlari to’g’risida fikr yuritamiz.
Qur’oni   karim,   hadislar   va   shariat   ko’rsatmalari   inson   ma’naviy-ma’rifiy
kamolotining  asosi   bo’lgan  ahloq-odob  tarbiyasining  barcha  qirralarini   o’z   ichiga
olgan.   Sirasini   aytganda,   hadislar   ma’naviy-ahloqiy   tarbiyaga   oid   bo’lgan
fikrlarning   mukammal   to’plamidir.   Qur’oni   karim,   hadislarni,   shariat
ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda ahloqiy kamolot, halollik va poklik, imon
va   vijdon   bilan   bog’liq   bo’lgan   birorta   ham   muhim   masala   e’tibordan   chetda
qolmaganini ko’ramiz.
Payg’ambarimiz   hadislarining   eng   muhim   va   salmoqli   qismi   kishilarda
yuksak   insoniy   fazilatlarni   shakllantirishga   qaratilgan.   Undagi   ota-onaga
munosabat,   ilmga   muhabbat,   sabr-bardosh,   shukronalikka   da’vat,   o’zaro   mehr,
3 Қаранг. Имомназаров М., Эшмуҳамедова М. Миллий маънавиятимиз асослари. Тошкент, 
“Тошкент ислом университети”, 2001, 134-135-бетлар. inoqlik, mehmondo’stlik, etimparvarlik, vafo va  sadoqat, mehnatsevarlik  va halol
luqmani   sharaflash,   kamtarlik   va   kamsuqumlik,   samimiyat   va   rostgo’ylik,
to’g’rilik va halollik kabi xislatlarning birinchi  o’ringa qo’yilishi  insoniyat  uchun
bebaho   ma’naviy   qadriyatlar   silsilasini   tashkil   etadi.   Qolaversa,   islom   ahloqi
ma’naviy   qadriyatlarning   shunchaki   tasodifiy   to’plami   emas,   balki   munazzam   va
mukammal   bir   tizim   holiga   keltirilgan   bo’lib,   albatta,   bunda   buyuk   muhaddislar,
birinchi   navbatda   yurtdoshimiz   Imom   Buxoriyning   xizmatlari   beqiyos   va
benazirdir.   Payg’ambarimiz   sunnatlari   (hadislari)ning   har   bir   inson   uchun   ibratli
o’rinlari   nihoyatda   ko’p.   Misol   tariqasida   u   zotning   ahli   ayolga   munosabatiga
e’tibor beraylik.
Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Biz, janob Rasululloh hayotlik
vaqtlarida,   “Tag’in,   biror   baloga   giriftor   bo’lib   qolmaylik!”   deb
xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so’z aytib, bemalolroq muomala
qilishdan   qo’rqar   edik.   Janob   Rasululloh   (s.a.v.)   vafot   qilganlaridan   so’ng,
ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo’ldik!” 4
Ushbu hadis mazmunidan ko’rinib turibdiki, Payg’ambarimiz ayollarga aslo
qo’pol   muomala   qilmaganlar.   Aksincha   ahli   ayollar   biror   kamchilikka   yo’l
qo’ysalar,   faqat   sabr,   yumshoq   muomala   va   shaxsiy   namuna   bilan   tarbiya   berib
borganlar. Boshqa sahobalar ham Payg’ambarimizdan ibrat olib o’z ahli ayollariga
ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni o’rganib borganlar.
Ayniqsa   islom   harom   va   halol   masalasiga   musulmonlar   e’tiborini   qaratadi.
Shariatda Alloh tomonidan qilinishiga ruxsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi.
Harom   esa   aksincha,   qilinishiga   ruxsat   etilmagan   ishlar   va   amallardir.   Odatda,
xalqimiz   halol   va   haromni   eyiladigan   va   ichiladigan   narsalarga   nisbatan   ishlatib
kelgan. Shariatda Alloh tomonidan ijozat etilgan hamma narsalar, eyiladigan oziq-
ovqatlar, qilinadigan ishlar, hatti-harakatlar halol deb hisoblangan. Ijozat etilmagan
narsalar, ishlar va amallar esa haromdir. Alloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga
bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini albatta berishi aytilgan.
4  Ал-Бухорий. Ҳадис (“Ал-жомиъ ас-саҳиҳ”).3-жилд. Тошкент, 1995, 421-бет. Halol   qilingan   narsalar   va   ishlar   ko’pchilikka   ma’lum,   u   haqida   ko’p
eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslab turish joizdir.Bulardan
ayrimlarga   quyidagilar:   Sog’   bo’la   turib   ishsiz   yurish,   zinokorlik,   ota-onaga   oq
bo’lish,   savdo-sotiqda   g’irromlik   qilish,   birovning   haqqiga,   omonatiga   hiyonat
qilish, qasamxo’rlik, sudxo’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, mayxo’rlik, g’iybat, tuhmat,
bo’hton, josuslik, qotillik, poraxo’rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va
jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, farzand tarbiyasi va oilaga
sadoqat   masalalariga   alohida   e’tibor   berilgan.   Kishilarni   yaxshilik   qilish,   savob
ishlarga   qo’l   urish,   insofli-diyonatli,   vijdonli   bo’lish,   mehr-shafqatlilik,   to’g’rilik,
rostgo’ylik,   sofdil   bo’lish,   birodarga   yordam   berish,   kamtarlikka   chaqirish
g’oyalari ilgari surilgan.
Qur’oni   karim   va   hadislarda   har   bir   inson   uchun   zarur   bo’lgan   hayotidan
ma’mun   bo’lib   yashash-shukronalik   va   sabrli   bo’lish   masalalariga   ham   alohida
ahamiyat   berilgan.   Shukronalik   va   sabr   ham   inson   ma’naviyligining   muhim
jihatlaridan   biridir.   Ularning   mazmun-mohiyatini   bilib   olish   har   birimiz   uchun
zarur.   Qur’oni   karimda   Alloh   bu   dunyoda   insoniyatni   behisob   ne’matlar   bilan
rizqlantirgani, uning sanog’iga etib bo’lmasligi haqida shunday bayon qilingan:
“Sizlarga barcha so’ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning bergan
ne’matini sanasangizlar, sanog’iga etolmaysiz. Haqiqatan, inson o’ta zolim va juda
noshukrdir”.
Ba’zi   kishilar   ne’mat   so’zining   ma’nosini   juda   tor   doirada   tushunadilar.
Biror   orzu-umidlari   amalga   oshishini,   har   kim   ham   etisha   olmaydigan   narsalarni
qo’lga   kiritishni,   jumladan,   katta-mol-dunyo,   boylik,   farzand,   biror   mansab-
martaba   va   shunga   o’xshash   orzu-havaslarga   erishishnigina   ne’mat   deb   biladilar.
Suv, havo, tan salomatligi, el-yurt tinchligi kabi, inson hayotining asosi bo’lgan bu
narsalarga beparvo qaraydilar.
Holbuki,   kishining   dunyo   va   oxirati   uchun   manfaat   etkazadigan   narsalar
borki, ularning barchasi ne’mat hisoblanib islom bularning qadriga etib yashashga buyuradi.   Zero,   ne’matning   qadrini   bilish,   uni   e’zozlash   ne’mat   beruvchi
Allohning qadriga etish va shukrini ado etish demakdir.
Payg’ambar   alayhissalom   hadislarining   birida:   “Qaysi   biringiz   tongda
uyg’onganda   oilasi   tinch,   tani   sog’   va   uyida   bir   kunlik   eguligi   bo’lsa,   bilingki,
unda   dunyodagi   barcha   ne’matlar   mujassam   ekan”,   deb   ne’matni   keng   ma’noda
tushunish lozimligiga ishora qilganlar.
Yuqorida sanab o’tganlarimiz moddiy ne’matlar jumlasiga kiradi. Ma’naviy
ne’matlar   esa   imon,   aql,   hurriyat,   tinchlik   kabi   ko’zga   bevosita   ko’rinmaydigan,
ammo   qalb   ko’zi   bilan   ilg’ab   olinadigan   moddiy   ne’matlarga   qaraganda   inson
uchun ahamiyatli bo’lgan ma’naviy qadriyatlardan iboratdir.
Ko’pincha   insonlar   ne’matning   qadriga   qo’ldan   ketgandan   keyingina
etadilar.   Sog’liqning   qadriga   bemorlikda,   boylikning   qadriga   faqirlik   etganida,
tinchlikning   qadri   notinchlik   vaqtida   bilinadi.   Ne’matlarning   bardavom   bo’lishi,
uning   shukri   ado   etilishiga   bog’liqdir.   Bu   haqda   Alloh   Qur’oni   karimda:
“Qasamki,   agar   bergan   (ne’matlarimga)   shukr   qilsangiz,   albatta   (ularni   yanada)
ziyoda   qilurman.   Bordi-yu   noshukrchilik   qilsangiz,   albatta,   azobim   (ham)
qattiqdir”, deb marhamat qilgan. Ne’matlarning eng sarasi mustaqillikning amaliy
shukri   esa   yoshlarimizni   vatanga   muhabbatli   qilib   tarbiyalash,   tinchlikni   shukrini
qilib yashash ne’matlarning eng sarasi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Islomda inson ma’naviyligining yana bir jihati sabr-toqatli bo’lishda ekanligi
ham   alohida   ta’kidlanganligi   bilan   ahamiyatlidir.   Payg’ambarimiz   alayhissalom
o’z   hadislarining   birida:   “Sabr   imonning   yarmidir”,   deb   ta’kidlaganlar.   Qur’oni
karimning yuzga yaqin oyatlarida sabr haqida so’z yuritilgan. Alloh o’zini doimo
sabr qiluvchilar bilan birga ekanini ma’lum qilib: “Ey, imon keltirganlar! Sabr va
namoz bilan (Mendan)  yordam  so’rangizlar!  Albatta, Alloh sabr  qiluvchilar  bilan
birgadir”, deydi.
Sabr-bardoshli   bo’lish   xalqimizning   qon-qoniga   singib   ketgan   ma’naviy
fazilatlaridan biridir. Xalqimiz bejizga  “Sabrning tagi  sariq  oltin”, deb  aytmagan.
Insonlar sabr orqaligina o’z maqsadlariga erishadilar. Shuning uchun ajdodlarimiz o’z   farzandlarini   sabrli   qilib   tarbiyalashga   katta   ahamiyat   berganlar.   Sabr   kosam
to’ldi deb noshukrlik qilish insonni zalolatga boshlaydi.
Yuqorida   aytilganlar   islom   ma’naviyati   ummonidan   bir   zarra,   xolos.
Fikrimizni   ma’naviy-ahloqiy   kamolot   masalalarida   aytilgan   ba’zi   hadislarni
keltirish bilan yakunlashni ixtiyor etdik:
Munofiqlik   belgisi   uchtadir:   Yolg’on   so’zlash,   va’dasining   ustidan
chiqmaslik va omonatga hiyonat qilishdir.
Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting;
Haqqingizga hiyonat qilgan kishiga siz hiyonat qilmang;
Qachonki bir gunoh qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli
ish qiling.
O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:
1. Nafsu havoga berilib yo’ldan ozishdan;
2. Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan;
3. Ilmu ma’rifatga ega bo’la turib g’ofillarning ishini tutishidan;
Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling:
O’limdan   avval   tiriklikni,   betoblikdan   avval   salomatlikni,   bo’sh   vaqtdan
avval bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni.
Avvalo   onangga,   yana   onangga   va   yana   onangga,   so’ng   esa   otangga
yaxshilik   qil.   Ota-onalarni   keksalik   vaqtida   har   ikkisini,   yoki   biri   bo’lmaganda
boshqasini   rozi   qilib   jannatiy   bo’lib   olmagan   farzand   xor   bo’lsin,   xor   bo’lsin   va
yana xor bo’lsin.
Pora   beruvchi   ham,   uni   oluvchi   ham   do’zaxga   mahkumdir.   Hadisi
muborakdan   keltirilgan   ushbu   misralarning   ma’naviy   jihatlariga   izoh   berishning
hech bir hojati yo’q.
Inson   tanasi   uchun   jon   qanchalik   muhim   bo’lsa,   uning   ma’naviyati,
ruhiyatining teranligi uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi.Inson ilm egallash
yo’lidan   yursa   yuksaladi,   aks   holda   tubanlikka,   johillikka   yuz   tutadi.Bu   foniy
dunyoda ilmdan bebahra qalblar jonsiz jasadga o’xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz
ilmu hikmat bilan yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida bu ilmlardan xabardor bo’ladi,   moddiy   va   ma’naviy   hayotda   yuksaklikka   ko’tariladi.   Ilm   inson
tafakkuriga nur baxsh etadi. U shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo
yuksak martabaga erishtiradi. Mana  shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni
karim   va   hadislarda   ilm-fanni   egallash,   ma’rifatli   bo’lish   juda   katta   savobli   ish
ekani   qayta-qayta   ta’kidlanadi.   Hadisda   beshikdan   to   qabrgacha   ilm   izlash
lozimligini   qayd   qilinishining   o’zi   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega.   Qur’oni
karimda: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja
(martaba)larga   ko’tarur”   deyilishi   negizida   ilmli   zotlar   va   unga   intilganlar
jamiyatda yuksak mavqe va hurmatga sazovor bo’lishlariga ishoradir.
Qur’oni   karim   insoniyatga   ilm   orqali   ikki   dunyo   saodatiga   erishish   yo’lini
ko’rsatdi.   U   ilmning   afzalliklari   haqida   insonlarga   habar   beradi   va   ularni   ilm
olishga   chorlaydi.   Ilm   buyuk   ne’mat   ekanligi   va   bu   ne’mat   olamning   gultoji
bo’lgan   insonga   berilgan.   Ilm   najot   yo’li   ekanligi   habar   qilingan.   Alloh   odamga
bergan ilm orqali har narsaning siru asrorini bildirgan va barcha mahluqot ustidan
hokim qilgan.
Qur’oni karimda “ilm” so’zi asosida “Alima” bilmoq fe’l negiziga tayangan
kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz
Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham “O’qi...” “O’qi...” so’zidan
boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “O’qi! Sening o’ta karamli Parvardigoring qalam
vositasi   bilan   ta’lim   berdi.   Insonga   u   bilmagan   narsalarini   o’rgatadi”   deb   nozil
qilingan.   Ko’rinadiki,   Islom   e’tiqodi   avval   boshdanoq   insonni   o’qib-o’rganishga,
ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishiga targ’ib etadi.
Qur’oni   karim   ham   ilm,   ham   hayot   kitobidir.   Ilm   yo’lini   tutgan   inson   eng
sharafli yo’lni tanlagan bo’ladi.
Payg’ambarimizning   “Ilm   olish   har   bir   muslim   va   muslima   uchun   farzdir”
degan   hadislari   negizida   islomning   ilmga   bo’lgan   yuksak   e’tiboridan   dalolat
beradi. Yana bir hadisda: “Insonlar yo o’rgatuvchi yoki o’rganuvchilarga bo’linadi.
Bundan   boshqalari   esa   arzimasdir,   deb   ta’kidlansa,   boshqa   bir   hadisda:   “Insonlar
o’likdir,   faqat   ilm   ahligina   tirikdir”,   deb   bu   dunyoda   faqat   ilm   sohiblarigina
haqiqatga intilganliklari tufayli tirik ekanliklari aytiladi. Haqiqatan,   hoh   dunyoviy,   hoh   diniy   ilm   yo’lida   zahmat   chekkanlar   jisman
yo’q   bo’lsalar   ham   ular   ma’nan   tirikdirlar.   Bunga   Imom   Buxoriy   va   Muso
Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Nasr Forobiy, Imom Marg’inoniy va Ibn Sino,
Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va Ahmad Farg’oniy, Hoja Ahror
Valiy va Ulug’bek va boshqalar yaqqol misol bo’ladilar. Bu buyuk zotlar yaratgan
asarlar insonlarning hayot yo’lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros
qilib   qoldirgan   asarlarni   o’qib-o’rganib   kishilar   ma’nan   oziqlanib   har   on   va   har
lahzada   ularni   eslab   turadilar.   Ularga   bo’lgan   muhabbat   insonlar   qalbida   abadiy
yashab kelmoqda.
Inson   Allohning   xalifasi   sifatida   bilim   egasi,   yorug’   dunyoning   barcha
bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq
qo’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu
amal   bergan   ekan,   demak,   biz   inson   sifatida   tafakkur   qilib,   dunyoviy   ilmlarni   –
dunyoni o’rganib, dunyo orqali Allohning zotini, ilmlarini kashf etib yashashimiz
kerak. Din – ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm – dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson
unisini   ham,   bunisini   ham   egallamog’i   kerak.   Bizning   bobolarimizning   yo’li   ana
shunday   bo’lgan.   Bir   misol   keltiramiz:   Rivoyat   qilishlaricha,   Abu   Ali   ibn   Sino
bilan mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga
hech narsa demay “suhbatlashib” chiqibdilar. Ertalab shayxning shogirdlari undan
Ibn   Sino   haqida   nima   deysiz,   deb   so’raganlarida,   Abdusaid   Abulxayr:   “Men
nimaiki  vajd  (intuisiya)   bilan bilgan  bo’lsam,  u  aql  bilan  bilib olgan”,  debdi. Ibn
Sino esa o’z shogirdlariga: “Men nimaiki aql bilan bilgan bo’lsam, u ko’ngil bilan
idrok   etadi”,   deb   aytgan   ekan.   Ko’rinadiki,   Ibn   Sino   dunyoviy   ilmlar   sohibi,
Abusaid   Abulxayr   esa   –   tasavvuf   shayxi,   ilohiyot   olimi.   Ammo   ular   bir-birini
tushungan va har ikki ilm ham inson uchun kerakligini anglaganlar.
Yoki olaylik, Mirzo Ulug’bek bilan Xo’ja Ahror Valiyni. Ular  zamondosh,
bir   shaharda   yashaganlar.   Ulug’bek   –   munajjim   va   shoh,   uning   shogirdlari   aniq
fanlar vakillari. Xo’ja Ahror esa mo’’tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-
birlariga   halaqit   bermaganlar,   aksincha,   biri   ilmiy   ma’rifatni,   ikkinchisi   bo’lsa
ruhoniy ma’rifatni rivojlantirib, bir-birlariga ko’mak berganlar. Al-Xorazmiy,   Al-Farg’oniy,   Al-Beruniy,   Al-Buxoriy,   G’azzoliy,
Hamadoniy,   G’ijduvoniy   va   boshqa   ulug’   zotlarning   hayot   tarzi,   ilm   uchun
fidoyiligi,   e’tiqod-imonining   pokligi   bilan   bizlarga   ibratdir.   Bularning   hammasi
ko’rsatadiki,   dindorlik   ham   ma’rifatni,   yuksak   ma’naviyatni   talab   qiladi.   Kishi
qancha chuqur ilm egasi bo’lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, Uning Allohni
anglashi, imoni ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Gap   xoh   diniy,   xoh   dunyoviy   ma’rifatni   to’g’ri   va   chuqur   anglashda,   har
ikkovini ham egallamay, johil bo’lib qolmaslikdadir. Dunyoviy ilmlarni egallagan
inson  o’zining  bu dunyosini,  diniy ilmlarni  egallaganlar   esa  o’zining u  dunyosini
obod qilgan bo’ladi. 
Har ikki ilmni egallagan kishi esa ikki dunyosini obod qiladi.
Islom   bu   faqat   aqida   emas,   avvalo,   ma’rifat,   ilmdir.   Islom   tarixiga   nazar
tashlasak, Muhammad Payg’ambarimiz alayhissalomgacha bo’lgan davr arablarda
“johiliya”   davri   deb   ataladi.   “Johiliya”   nodonlik,   bilimsizlik   davri   degani.   Islom
ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi,
ilm-fan,   falsafa,   adabiyot   va   san’atni   rivojlantiridi,   o’ziga   xos   ma’naviyat   va
ma’rifatni yaratdi. 
Islomda   ma’rifatga   bo’lgan   munosabatni   quyidagi   hadislarni   keltirish   bilan
cheklanishni lozim topdik:
“Ilm   olish   yo’lida   sarflangan   bir   soat   yuzaki   ibodat   bilan   o’tkazilgan   bir
kechadan ko’ra hayrliroqdir”. 
“Ilm   yo’lida   sarflangan   bir   kun   uch   oy   ro’za   tutishdan   afzalroqdir”.   Bu
hadislarda ilm yo’lida sarflangan vaqt eng qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda.
Payg’ambarimiz   (s.a.v.)   “Ilm   o’rgatgan   kishiga   ta’zimda   bo’lish   va   izzat-
ikrom   ko’rsating”,   deb   ilm   yo’lida   harakat   qilganlarni   qadrlash   kerakligini
uqtiradilar. Xalqimiz bejiz “Ustoz otang kabi ulug’dir” deb aytmagan.
“Olimning   uyqusi   ham   johilning   ibodatidan   afzaldir”,   chunki   uning   uyqusi
ham   ibodatning   bir   turi   sanaladi,   sababi   olim   ilmini   davom   ettirish   uchun
charchoqlardan forig’ bo’lish maqsadida uxlaydi. “Sadaqaning   eng   hayrlisi   o’zgaga   ilm   o’rgatmoqlikdir”,   “Dindoshiga   ilm
o’rgatish   yil   bo’yi   o’qilgan   nafl   namozidan   ko’ra   afzalroqdir”   kabi   hadislarda
inson   ilmni   olimlardan   o’rganishi   va   o’zi   ham   bilganini   boshqalarga   o’rgatishi
lozimligi ta’kidlangan.
“Ilm   o’rganing,   ilm   o’rgangan   haqni   nohaqdan   ajratadi.   Ilm   jannat   yo’lini
yoritadi.   Ilm   insonga   cho’lda   yo’ldosh,   yolg’izlikda   hamroh,   kimsasizlikda
jondosh   do’st   bo’ladi”,   “Ilm   insonlarni   saodatga   eltadi,   falokatdan   qutqaradi,
do’stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi qalqon bo’ladi”.
Hadislarda har bir o’rganilgan ilmni qalblarga jo aylash kerakligi va unutish
lozim   emasligiga   ham   ahamiyat   berilgan.   Ilmni   unutgan   kishi   jaholatga   yuz
tutishligi   va   ilm   hazinasini   yo’qotishligi   “Unutish   ilmning   ofatidir”   hadisida   o’z
ifodasini topgan
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, Islom ilm-ma’rifat dini va ayni paytda barcha
insonlarni   dunyo   sir-asrorlarini   bilishga,   ya’niki   egallashga   va   yuksak
ma’naviylikka chorlovchi din ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Bizning   ulug’   bobolarimiz   islom   ma’naviyati   va   ma’rifati   taraqqiyotiga
ulkan hissa qo’shib kalom va hadis, tasavvuf va fikh ta’limotini rivojlantirdilar.
Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi butun musulmon dunyosi yaxshi biladi va
tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan
va   madaniyat   masalalari   bo’yicha   –   AYSESKO   tomonidan   Toshkent   shahrining
2007   yilda   Islom   madaniyati   poytaxti   deb   e’lon   qilingani   ham   ana   shunday
e’tirofning tasdig’idir. 
Yurtimizdan yetishib chiqgan buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom
madaniyati va ma’naviyati ravnaq toptirishga qo’shgan betakror hissasi to’g’risida
so’z   yuritganda,   eng   avvalo,   xaqli   ravishda   musulmon   olamida   “Muhaddislar
sultoni”   deya   ulkan   shuhrat   qozongan   Imom   Buxoriyning   muborak   nomini   tilga
olamiz.   Bu   mo’’tabar   zotning   ishonchli   hadislar   to’plami   –   “Al-   jome’   as-sahih”
kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manbaa bo’lib, u
bashariyat   tomonidan   bitilgan   kitoblarning   eng   ulug’i   sanaladi.   O’n   ikki   asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, xaq va diyonat
yo’liga chorlab kelmoqda.
Imom   Buxoriyning   nurli   qalamini   Imom   Moturudiy   olib,   ul   zotning   xayrli
ishlarini   davom   ettirishga   bel   bog’ladi.   Moturudiy   islom   olamida
“Musulmonlarning   e’tiqodini   tuzatuvchi”   degan   yuksak   sharafga   sazovor   bo’ldi.
Uning  asarlarida  ilgari  surilgan   g’oyalar   islom  dinining  asosini   to’g’rilik,  ezgulik
va insoniylikdan iborat deb biladigan barcha mo’min – musulmonlarning qarash va
intilishlari bilan hamohang bo’lganligi bilan ahamiyatlidir.
Islomiy   ilmlar   sohasida   o’zining   beqiyos   salohiyati   bilan   buyuk   ilmiy
maktab   yaratgan,   islom   huquqshunosligining   ulkan   namoyondasi   Burhoniddin
Marg’inoniyning   tabarruk   nomini   butun   musulmon   dunyosi   asrlar   osha   e’zozlab
kelmoqda.   Uni   Sharq   olamida   “Burhoniddin   va   milla”,   ya’ni   “Din   va   millatning
hujjati” degan yuksak  unvonga sazovor  bo’lgan. Marg’inoniyning o’lmas  merosi,
xususan,   57   kitobdan   iborat   “   Hidoya”   –   “To’g’ri   yo’l”   deb   atalgan   asari   sakkiz
asrdan   buyon   musulmon   mamlakatlarida   eng   nufuzli   va   mukammal   huquqiy
manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani va boshqalar ulug’ bobolarimizning islom
madaniyati va ma’naviyati, ma’rifati rivojiga ulkan hissalarining isbotidir. 5
Yaqin   o’tmishning   salbiy   asoratlaridan   biri   shuki,   sobiq   sho’ro   tuzumida
dunyoviy   ilm   va   diniy-falsafiy   ta’limot,   ya’niki   diniy   ilmlar   bir-biriga   qarama-
qarshi qo’yildi. Ular bir-birini inkor etadigan hodisalar  tarzida talqin etildi. Diniy
tafakkur   dunyoviy   ilm   rivojiga   monelik   ko’rsatadigan   chirkin   bid’at   sifatida
qoralandi.
Biz bugun bunday qarashlarning tubdan zararli va tarixan asossiz ekanligini
ochiq   aytishimiz   mumkin.   Dunyoviy   va   diniy   ilm   yuqorida   ko’rsatganimizdek,
o’tmish   asrlarda   doimo   hamkor   va   hamnafas   bo’lib   kelganligini   tarixning   o’zi
tasdiqlaydi.
“Dunyoviy   va   diniy   g’oyalar   bir-birini   boyitib   borgan   sharoitda   taraqqiyot
yuksak   bosqichga   ko’tariladi..   Bunga   bashariyat   tarixida   o’chmas   iz   qoldirgan
Imom   Buxoriy   va   Muso   Xorazmiy,   Imom   Moturidiy   va   Abu   Rayhon   Beruniy,
5 Қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент, 
“Ўзбекистон”, 2000, 18-бет. Imom G’azzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk
zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar yorqin misol bo’la oladi”. 6
Mustaqillik   tufayli   farzandlarimizni   dunyoviy   bilimlar   bilan   bir   qatorda
Imom   Buxoriy   to’plagan   hadislar,   Naqshbandiy   ta’limoti,   Termiziy   o’gitlari,
YAssaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo’ldik.
Qur’oni karim va Payg’ambarimiz alayhissalom hadislarining eng muhim va
salmoqli   qismi   kishilarda   yuksak   insoniy   fazilatlarni   shakllantirishga
qaratilganligidir.   Ulardagi   ota-onaga,   ilmga   munosabat,   sabr-bardosh,
shukronalikka   da’vat,   o’zaro   mehr,   mehmondo’stlik,   etimparvarlik,   vafo   va
sadoqat,   halol   luqmani   sharaflash,   kamtarlik,   kamsuqumlilik,   samimiyat,
rostgo’ylik   va   boshqa   chin   insoniylik   xislatlarining   birinchi   o’ringa   qo’yilishi
barcha   insoniyat   uchun   bebaho   umuminsoniy   ma’naviy   boylik   tizimini   tashkil
etadi.
Jismoniy   va   ma’naviy   poklikka   intilish   islom   ahloqining,   Rasululloh
hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g’usl masalalari tashqi
ozodalik   talablari   bo’lsa,   haromdan,   yolg’on   so’z,   g’iybat,   tuhmat,   zinokorlik,
o’zga   haqqiga   hiyonat,   nohaqlik   va   zulmga   yo’l   qo’ymaslik,   ulardan   qat’iy
saqlanish   ichki,   ma’naviy   poklikka   oid   talablardir.   Bularning   hammasi   Qur’oni
karim   hamda   Rasululloh   (s.a.v.)   hadislarida   va   ularga   asoslangan   shariatda   juda
qat’iy qilib qo’yilgan.
Xullas,   islom   barcha   mo’minlarni   yuksak   ma’naviylikka   chorlovchi,
insonparvar din ekanligini anglab etishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va
ma’rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga to’g’ri yondoshamiz.
Ta’lim,   fan   va   madaniyat   bo’yicha   islom   tashkiloti   AYSESKO   tomonidan
Toshkent   shahriga   2007   yilda   “Islom   madaniyati   poytaxti”   degan   nom   berilishi
hoki   poklari   O’zbekiston   tuprog’ida   yotgan   ulug’   ajdodlarimiz,   ne-ne   mutafakkir
zotlar   asrlar   mobaynida   dunyoviy   va   diniy   ilmlar   sohasida   qanday   buyuk
kashfiyotlar   yaratgani,   buning   uchun   qancha   zahmat   va   mashaqqatlar   chekkanini
ko’ramiz.   Bugun   guvoh   bo’lib   turgan   yuksak   e’tirof   avvalo   ana   shunday
6  Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 37-40- 
бетлар. ajdodlarimizning   tabarruk   nomlari   va   qoldirgan   merosiga   qo’shgan   beqiyos
hissasiga berilgan munosib baho demakdir. 7
Bu   ulug’   zotlar   qoldirgan   boy   ma’naviy   merosni   asrab-avaylab
kelinayotgani, uni har tomonlama o’rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga
singdirish,   jahon   jamoatchiligiga   targ’ib   va   tarannum   etish   yuzasidan   keng
ko’lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ana shunday meros sobiq sho’ro davrida
ham mavjud edi. Jumladan, bebaho tarixiy qo’lyozmalar maxsus fondlarda saqlab
kelinar   va   ulardan   tor   doiradagi   mutaxassislar   ilmiy   maqsaddagina   foydalana
olardi.   Bu   merosni   sinfiy   va   mafkuraviy   nuqtai   nazardan   emas,   asl   insoniy
mohiyatiga   mos   ravishda   chuqur   o’rganish,   ma’naviy   hayotimizning   uzviy   bir
qismi sifatida talqin va targ’ib qilishga esa mutlaqo yo’l qo’yilmasdi. Bunga jur’at
qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-hatarlarga uchrashi muqarrarligini yaqin
o’tmishimiz  bilan  tanish bo’lgan har  qaysi  odam  yaxshi  biladi. Chunonchi, yaqin
o’tmishda   namoz   o’qish,   diniy   marosimlarni   o’tash   ta’qiqlangan   edi.   Masjidlar,
aziz-avliyolarning   ziyoratgohlariga   qulf   urilgan   edi.   Odamlarning   uylaridagi
Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib
olinib,   yoqib   yuborilgan   edi.   Mana   buni   “johiliya”,   nodonlik   desa   bo’ladi.
Qanchadan-qancha   odamlarimiz   hozirgi   emin-erkin   kunlarni   qo’msab,   ammo
ko’rolmay,   armon   bilan   o’tib   ketdilar.   Shu   bois   biz   mustaqillik   keltirgan
ne’matlarga   har   qancha   shukronalik   aytsak   arziydi.   Mustaqillik   davrida   islomiy
qadriyatlar tiklandi, imon-e’tiqodimiz o’zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga
karvonboshi   hurmatli   Prezidentimiz   Islom   Karimov   ekanini   har   daqiqa   eslab
turishimiz   lozim.   Prezidentimiz   ma’naviyat   va   ma’rifatga   oid   nutq,   ma’ruza   va
asarlarida   islomning   ma’naviy-ahloqiy,   ma’rifiy   tarbiyadagi   yuksak   roli,   o’rni,
ahamiyatini muntazam uqtirib kelmoqdalar.
Xususan,   bu   masalalarga   Prezidentimiz   Islom   Karimovning   “Istiqlol   va
ma’naviyat” to’plami, “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining
asosiy   tamoyillari”,   “O’zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish   yo’lida”,
7  Қаранг: Каримов И.А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс 
ҳиссасининг юксак эътирофи. “Куч-адолатда” газетаси, 2007, 23-феврал.  “O’zbekiston   XXI   asr   bo’sag’asida:   xavfsizlikka   tahdid,   barqarorlik   shartlari   va
taraqqiyot   kafolatlari”,   “Alloh   qalbimizda,   yuragimizda”,   “Ozod   va   obod   Vatan,
erkin   va   farovon   hayot   –   pirovard   maqsadimiz”,   “Yuksak   ma’naviyat-engilmas
kuch” kabi asar va risolalarda javob topishimiz mumkin.
Islom   dinining   xalqimiz   ma’naviy   hayotidagi   beqiyos   o’rni   va   ahamiyati
haqida   Prezidentimiz   “Ayniqsa,   ko’p   asrlar   mobaynida   xalqimiz   qalbidan   chuqur
joy   olib,   hayot   ma’nosini   anglash,   milliy   madaniyatimiz   va   turmush   tarzimizni,
qadriyatlarimiz,  urf-odat   va  an’analarimizni   bezavol  saqlashda   muqaddas  dinimiz
qudratli   omil   bo’lib   kelayotganini   alohida   ta’kidlash   joiz.   Nega   deganda,
insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni  o’ylab yashash,  yaxshilik, mehr-shafqat
singari   xalqimizga   mansub   bo’lgan   fazilatlar   ana   shu   zaminda   ildiz   otadi”, 8
-deb
ta’kidlagan   edi.   Bu   holat   xalqimizga,   xususan   yoshlarimizga   milliy   g’oyani
singdirishda Islom omilidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ana   shularni   hisobga   olgan   holda,   bugungi   kunda   biz   voris   bo’lgan   diniy
moddiy   va   ma’naviy   meroslarimizni   zamon   talablari   asosida   keng   va   atroflicha
o’rganish   va   tadqiq   etish,   ulardan   xalqimizni   bahramand   qilish   masalasiga
O’zbekiston   rahbariyati   va   jamoatchiligi   alohida   ahamiyat   berib   kelayotir.   Diniy
ma’naviy merosimiz qaytadan ko’z ochmoqda.
Avvalo masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib
tashlandi.   Qarovsiz   qolgan   masjidlar   ta’mirlandi,   yangilari   barpo   etildi.   Aziz-
avliyolar   yotgan,   o’tmishda   qarovsiz   holga   kelgan   joylar   obodonlashtirildi,
ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va Qurbon hayitlari
dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilindi.   Har   yili   minglab   fuqarolarimizning   Haj   va
Umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit  yaratib berildi. Bu o’tmishda
faqat hayoliy orzu va armon edi. Ulug’ allomalar – Imom Buxoriy, Iso Termiziy,
Hakim   Termiziy,   Bahouddin   Naqshband,   Ahmad   YAssaviy,   Abduholiq
G’ijduvoniy,   Najmiddin   Kubro,   Abu   Mansur   Moturidiy,   al-Marg’inoniy,   va
boshqa   ulug’   zotlarning   yubileylari   bo’lib   o’tdi.   Qur’oni   Karim,   Hadislar   va
boshqa   diniy   kitoblar   nashr   qilindi,   qilinmoqda.   O’tmishda   birorta   ham   diniy
8 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 36- бет ulamoning  yubileyi   o’tkazilmas   edi,   diniy  kitoblarni   nashr   etish   ta’qiqlangan   edi,
yuqorida aytganimizdek borlari ham yo’q qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom
universiteti   tashkil   etildi.   Mustaqillik   yillari   islom   dini   va   islomiy   qadriyatlarni
tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi.
Bugungi   kunda   bizning   tarixiy   merosimiz,   diniy   qadriyatlarimizni   tiklash
masalasiga   katta   mas’uliyat   bilan   qarab   olib   borayotgan   ishlarimizning   amaliy
tasdig’ini   ko’p-ko’p   misollarda   ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   Samarqand
shahridagi   XI-XV   asrlar   yodgorligi   bo’lmish,   qadim   zamonlardan   buyon   butun
musulmon   dunyosining   e’tiborini   o’ziga   tortib   kelayotgan   Shohi   Zinda
majmuasida uch yil avval boshlangan keng ko’lamli ishlarimiz bugun ham davom
etmoqda.
Eng   muhimi,   mamlakatimizning   barcha   hudud   va   mintaqalarida   islomiy
qadriyatlarni tiklashdek ezgu maqsad yo’lida hamma uchun ibratli va hayrli ishlar
amalga   oshirilmoqda.   Bu   haqda   so’z   yuritganda,   Toshkent   shahrida   joylashgan
Qur’oni   karimning   eng   qadimiy   va   mo’’tabar   nushalaridan   biri   bo’lgan   mashhur
Usmon Qur’oni saqlanayotgan Hazrati Imom majmuasida amalga oshirilgan keng
ko’lamli qayta tiklash va ta’mirlash, qurilish ishlarini eslash, Samarqanddagi Imom
Buxoriy va Imom Moturidiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq G’ijduvoniy va
Bahouddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmualari, Farg’onadagi
Ahmad   Farg’oniy   va   Burg’oniddin   Marg’inoniy   yodgorliklari,   Surxondaryodagi
Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, Shahrisabzdagi Dorut-
tilovat,   Qarshi   shahridagi   Odina   va   Ko’kgumbaz   obidalari,   Karmana   shahridagi
Qosim   shayx   maqbarasini   aytish   mumkin.   Bu   amalga   oshirilgan   ishlar
xalqimizning tarixiy xotirasi,  milliy  o’zligi   va ma’naviyatining  yuksalishida  katta
ahamiyatga egadir.
Ona   zaminimizda   yaratilgan   moddiy   va   ma’naviy   merosni   qayta   tiklash   va
ko’z   qorachig’idek   asrab-avaylashdan   ko’zlangan   maqsad:   “...ertaga   bizning
o’rnimizga   keladigan,   biz   boshlagan   olijanob   ishlarni   munosib   davom   ettirishga
qodir bo’lgan yoshlarimiz ana shu bebaho ma’naviy boylikdan bahramand bo’lsin, shu   asosda   o’zining   kimligi,   qanday   buyuk   zotlarning   avlodi   ekanligini   anglab
etsin”. 9
Ma’naviy   merosimizni   tiklash   borasida   keng   ko’lamda   olib   borayotgan
ishlarimiz   natijasida   islom   va   islomiy   qadriyatlar   ma’naviy   va   ma’rifiy
hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Prezident Islom Karimov so’zi bilan
aytganda: “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham imon, ham
ahloq,   ham   diyonat,   ham   ma’rifat   ekanini   doimo   yuksak   qadrlaymiz...   Dinga
hurmat va e’tiqod – biz uchun o’lmas qadriyatdir.” 10
Sobiq   Sho’rolar   tuzumi   tanazzulga   yuz   tutib,   eski   hukmron,   yakka   hokim
bol’shevistik-kommunistik   mafkura   batamom   inqirozga   uchrab,   yangi   mustaqil
davlatlar   shakllanishi   jarayonida   ma’lum   muddat   g’oyaviy-mafkuraviy   bo’shliq
(vakuum) holati vujudga keldi.
G’oyaviy   bo’shliq   nima?   G’oyaviy   bo’shliq   eski   tuzumdan   yangi   tuzumga
o’tish   jarayonida   oldin   hukmronlik   qilib   kelgan   mafkura   o’tmishga   aylangach,
taraqqiyot talablariga mos ravishda uning o’rnini bosadigan ilg’or g’oyaviy qarash
tizimining hali shakllanmagan holatidir.
1990   yillarning   boshlarida   bunday   g’oyaviy-mafkuraviy   bo’shliq
O’zbekiston hududida ham namoyon bo’ldi. 
Shu   ma’noda,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning
quyidagi   fikrlari   muhim   ahamiyatga   ega:   “Men   qo’hna   bir   haqiqatni   yana
eslatmoqchiman:   tabiatda   bo’shliq   bo’lmaganidek,   insonning   ongu   tafakkurida
ham   bo’shliq   bo’lishiga   aslo   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi.   Har   bir   ongli   odamning
voqelikka o’z munosabati, maqsad va intilishlari bo’lishi tabiiy”. 11
G’oyaviy bo’shliq paydo bo’lgan joyda muqarrar ravishda begona va zararli
mafkuralar   huruji   boshlanadi.   O’tish   davrida,   yangicha   qarashlar   mustahkam
e’tiqodga aylanib ulgurmagan paytda tashqi  mafkuraviy ta’sirlarning foydali  yoki
9  Каримов И. А. Ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасининг 
юксак эътирофи. “Куч-адолатда” газетаси, 2007 йил 23февраль.
10  Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 
Тошкент., Ўзбекистон, 2000., 26-бет.
11  “Фидокор” газетаси, 2000 йил, 8 июнь. zararli   ekanini   hamma   ham   darhol   fahmlay   olmaydi.   O’zbekistondagi   mafkura
maydoniga   zararli,   xalqimizning   orzu-intilishlariga   mutlaqo   begona   g’oyalarning
hujumi ana shu bilan ham izohlanadi.
So’nggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni
ko’rolmaydigan   “vahobiylik”   va   “hizbut-tahrir”   kabi   oqimlarning   guruh   va
to’dalari   paydo   bo’lib   qoldi.   Bunday   to’dalar   o’zlaricha   masjidlarda   g’avg’o
ko’tarib,   o’tish   davrining   qiyinchiliklaridan   foydalanib,   ayrim   yoshlarning   ongini
zaharlamoqdalar.   Mustaqillikning   bergan   erkinligini   suiiste’mol   qilmoqdalar.   Bu
mutaassib   dindorlar   o’zlarini   “vahobiy”   yoki   “dinni   tozalovchilar”,
“fundamentalistlar”   deb   yuritib,   aslida   esa   birinchi   navbatda   islomning   o’ziga
zarba bermoqdalar. Vahobiylar bir yarim ming yillik ilm-fan, madaniyat tarixidan
voz   kechish,   Imom   Buxoriy,   Imom   G’azzoliy,   Imom   Abu   Xanifa,   Burhoniddin
Marg’inoniy,   Ahmad   al-Farg’oniy,   Navoiy,   Jomiy,   Ulug’bek,   Bahouddin
Naqshband   va   boshqa   o’nlab   mutafakkirlar,   so’fiylar,   olimlar   merosidan   voz
kechish,   ularning   asarlarini   yoqib   yuborishni,   maqbaralarni   buzib   tashlashni
tavsiya qilmoqdalar. Ular, umuman, inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki
ma’naviy   boyliklarni   uloqtirib   tashlashga   da’vat   etmoqdalar.   Axir   bu   vahshiylik,
nodonlik, johillikning o’zi-ku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul
qilmaydi.
Vahobiylik   bizni   orqaga,   jaholatga   tortadigan,   islomni,   islom   ahlini
buzadigan   xavfli   oqim.   “Dinni   tozalash”,   “sof   dinga   qaytish”   niqobi   ostida
tashviqotlar   olib   borib,   odamlarni   tahlikaga   solish,   qonli   jinoyatlar   qilish,   otani
bolaga,   akani   ukaga   dushman   qilib,   jamiyatimizni   xavf   ostiga   qo’yayotganlardan
milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrashimiz lozim.
Diyorimizda   din   niqobi   ostida   ish   ko’rayotgan   ekstremistlar,   aqidaparastlar
mavjud   konstitusiyaviy   tuzumga   qarshi   borib,   hokimiyatni   egallash   va
O’zbekistonda   Islom   davlati   qurish,   xalqni   qo’rquvga   solib,   hukumatga
ishonchsizlik   uyg’otish   uchun   turli   jinoyatlar   va   terroristik   harakatlar   sodir   etish
yo’li   bilan   el   tinchligini   buzishga   urinmoqdalar.   Ularning   asl   maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo’lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga
o’z vaqtida zarba berildi va ularning payi qirqildi.
Xalqimiz   endi   –   erkinligini   qo’lga   kiritgan,   o’zligini   anglab   etgan   bir
zamonda   allaqanday   kimsalarga   ergashib   yana   jaholat   va   qullik   tuzog’iga
qaytadimi? Albatta yo’q, ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida
vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh
va   sergak   bo’lishda.   “Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,-deb   yozadi   Prezidentimiz
Islom Karimov,-muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj
va hamlalardan, tuhmat va bo’htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-
o’sib kelayotgan yosh avlodimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu
g’oyalarini   keng   targ’ib   etish   vazifasi   hamon   dolzarb   bo’lib   qolmoqda”. 12
  Bu
borada yoshlarimizni ularning zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi ta’lim-tarbiya
ishimizning asosiy yo’nalishi bo’lib qolishi lozim.
Begona   va   zararli,   mohiyatan   g’ayriinsoniy   bo’lgan   g’oyalarga   qarshi   tura
olish   uchun   yoshlarimizda   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirishimiz   zarur.
Immunitet   (lotincha   “ozod   bo’lish,   qutulish”)deganda   organizmning   doimiy   ichki
muayyanligini   saqlashi,   o’zini   turli   xususiyatlarga   ega   ta’sirlardan,   tashqi
infeksiyalar   kirib   kelishidan   himoya   qilishga   qodir   bo’lgan   reaksiyalar   majmui
tushuniladi.   Lekin   insonning   ko’plab   xususiyatlari   tug’ma   bo’lsa,   mafkuraviy
immunitetni   shakllantirish,   shakllantirib   borish   ijtimoiy-siyosiy   hayotiy   ehtiyoj
sanaladi.   CHunki   kuchli   mafkuraviy   immunitetga   ega   shaxs   har   qanday   oshkora
yoki   pinhona   ko’rinishdagi   mafkuraviy   tazyiqlarga   bardosh   bera   oladi.
YOshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bo’lishlari zamon talabi.
Buning   uchun   yoshlarimiz   ongiga   mustaqillik   g’oyasini   chuqur   singdirishimiz
lozim.   Toki   ular   milliy   ildizlari   baquvvat,   dunyoni   chuqur   anglaydigan,   zamon
taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib etishsin. Ana shunda
johil   aqidaparastning   “da’vati”   ham,   ahloqni   rad   etadigan,biz   uchun   mutlaqo
begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
12  Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 37- бет Muhtaram   Prezidentimizning   “Turkiston-press”   axborot   agentligi
muxbirining   savollariga   javobida   ta’kidlaganidek:   “Biz   o’z   dinimiz   va
e’tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz
sha’niga   dog’   tushirmoqchi   bo’lgan   kimsalar   bilan   hech   qachon   murosa
qilolmaymiz.   Men   O’zbekiston   rahbari   sifatida   qandaydir   yovuz   kuchlar   islom
dinimizni,   ota-bobolarimiz   e’tiqodini,   musulmon   fuqarolarimizni   tahqirlashiga,
jamiyatimizga xavf tug’dirishiga hech qachon yo’l qo’ymayman”. 13
Prezident   aytganidek,   har   birimiz   hamisha,   har   soniyada   ogoh   bo’lishimiz
lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo’lmog’i lozim. 
Muqaddas dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan,
tuhmat   va   bo’htonlardan   himoya   qilish,   avvalambor,   uning   asl   mohiyatini,   ya’ni
islom   dini   tinchlik,   ma’rifat,   yuksak   ahloq-odob   ifodachisi   ekanini   unib-o’sib
kelayotgan  yosh   avlodimizga   tushuntirish,  islom  madaniyatining  ezgu   g’oyalarini
keng   targ’ib   etish   orqali   ular   ongida   sog’lom   mafkuraviy   immunitetni
shakllantirishimiz lozim.
Yurtimizda   keyingi   vaqtlarda   ro’y   berayotgan   ayrim   salbiy   hodisalar,
nojo’ya   hatti-harakatlar,   yovuz   ishlar,   avvalo,   mafkuraviy   bo’shliq   tufayli   sodir
bo’lmoqda. 14
Har   bir   fuqaro   shuni   anglab   etishi   kerakki,   O’zbekistonning   iqtisodiy-
ijtimoiy   taraqqiyotida   o’ziga   xos   va   mos   yo’li   bo’lgani   kabi   madaniy-ma’naviy
rivojlanishida   ham   o’z   yo’li   bor.   Bu   o’ziga   xoslikni   dinga,   diniy   qsadriyatlarga
munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko’rishimiz
mumkin. Bu yo’l Prezidentimiz asarlarida, hususan “Yuksak ma’naviyat engilmas
kuch”   kitobida   yoritib   berilgan.   Uning   mohiyati   mo’’tadil   dindorlik,   islom
ma’rifatini   rivojlantirish,   ichki-botiniy   olamni   poklab,   Allohni   dilda   saqlab,   aqlu
tafakkur,   ilmu   urfon   bilan   kamolot   sari   borish,   o’z   ma’naviy   merosimiz
13  Каримов И. Оллоҳ қалбимизда, юрагимизда. “Халқ сўзи” газетаси, 1999 йил 6 март 
сони.
14  Қаранг. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка
ишончдир. 9-бет. qadriyatlarimiz   va   dunyo   ilmini   egallab,   zamon   bilan   hamqadam   bo’lgan   holda
olg’a borish.
Turkiston   o’lkasi   mustamlakachilik   davrini   boshdan   kechirgan   davrda,
ayniqsa,  sho’rolar  davrida xalqimiz ma’naviy hayotining uzviy va  ajralmas  qismi
bo’lgan Islom dini va qadriyatlari turli ta’qib va har tomonlama cheklashlarga duch
keldi, ulamolarning taqdiri ayanchli bo’ldi. Islomga oid bebaho kitoblar yo’qotildi,
muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov,
muxolif sifatida mahv etildi. Sho’rolar davrida Islomga, asosan, yagona marksistik
mafkura   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqib   yondoshildi.   Dinga   nisbatan   bunday
mafkuraviy yondoshuv tufayli, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan,
xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki
og’zaki,, moddiy yoki ma’naviy meros bo’ladimi, ahloq yoki an’analar bo’ladimi,
milliy   dunyoqarash   yoki   turmush   tarzi   bo’ladimi   –   bularning   barchasini   rad   etib
keldi.
Kommunistik   mafkura   avj   olgan   davrlarda,   xususan,   o’tgan   asrning   80-
yillari oxirlaridagi mash’um yillarda ko’pchilik hatto janoza marosimlariga borish,
yaqin   kishisini   yo’qotgan   odamlardan   ko’ngil   so’rashga   ham   hayiqib   qolgan   edi.
Ba’zi   mas’ul   lavozimda   ishlaydigan   odamlar   mafkura   tazyiqidian   yurak   oldirib,
ota-onasi   qazo   qilganida   dafn   marosimlarida   ishtirok   etmaslikka   ham   majbur
bo’lgan   edilar.   Bu   davrda   musulmonlar   nishonlaydigan   va   muayyan   diniy
marosimlar   bilan   o’tkaziladigan   mashhur   kunlar   –   Ramazon   va   Qurbon   hayit
bayramlari ta’qiqqa duch keldi.
Mustaqillikka   erishgach   umuman   dinga,   xususan   Islomga   xalqimiz
ma’naviyatining   yuksalishi   mezonlaridan   biri   sifatida   qaraldi.   Istiqlol   yillarida
Islom   dini   va   diniy   qadriyatlar   yo’lida   uzoq   yillar   davomida   o’rnatilgan   sun’iy
to’siqlar,   zararli   g’ovlar,   qilingan   tazyiqu   ta’qiblar   olib   tashlandi,   fuqarolarning
diniy   erkinliklariga   chek   qo’yish,   yo’l   bermasliklar   batamom   tugatildi.   Diniy
tashkilotlaru dindorlarga, diniy qadriyatlarga nisbatan munosabat  keskin o’zgardi.
CHunki,   din   azaldan   inson   ma’naviyatining   tarkibiy   qismi   sifatida   odamzotning
yuksak   ideallari,   haq   va   haqiqat,   insof   va   adolat   to’g’risidagi   orzu-armonlarini o’zida   mujassam   etgan,   ularni   barqaror   qoidalar   shaklida   mustahkamlab
kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.
Muqaddas Islom dinining mustaqil O’zbekiston hayotidagi ahamiyati, uning
odamlar   ruhiy-ma’naviy   dunyosiga   ko’rsatib   kelayotgan   ta’siri   haqida   prezident
I.A.Karimov   quyidagilarni   ta’kidlagan   edi:   “Ayniqsa,   ko’p   asrlar   mobaynida
xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz
va   turmush   tarzimizni,   qadriyatlarimiz,   urf-odat   va   an’analarimizni   bezavol
saqlashda  muqaddas dinimiz qudratli  omil  bo’lib kelayotganini  alohida ta’kidlash
joiz.   Nega   deganda,   insoniylik,   mehr-oqibat,   halollik,   oxiratni   o’ylab   yashash,
yaxshilik,   mehr-shafqat   singari   xalqimizga   mansub   bo’lgan   fazilatlar   aynan   shu
zaminda   ildiz   otadi   va   rivojlanadi...   Xalqimizning   ma’naviyatini   rivojlantirishga,
har qaysi insonni Alloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l tanlashi, umrning
mazmunini   anglashi,   avvalambor,   ruhiy   poklanish,   yaxshilik   va   ezgulikka   intilib
yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi...” 15
Sho’rolar   davrida   dinning,   xususan   Islomning   jamiyat   va   inson   ma’naviy
hayotidagi ahamiyati ataylab kamsitib kelindi, tazyiq va ta’qiqqa yo’liqdi.
15  Каримов.И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. 36-37 бетлар. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

Islom dini , ta’limoti va falsafasi . REJA 1.Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi.. Xalifalik. 2.Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. 3.Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. 4. Qur'on islom dinining muqaddas kitobi. Xadislar.. 5.Islom ta'limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat. 6.Islom falsafasi olam va odam. inson xayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi gugrisida.

Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan jahon dinlaridandir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar – musulmonlar jahonda qariyb 1 milliard 315 million kishini tashkil etadi. “Islom” so’zi arabcha bo’lib “xudoga o’zini topshirish”, “itoat”, “bo’ysunish” ma’nosini bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar – “Muslim” deb ataladi. Uning ko’pchilik shakli “muslimun” bo’lib, o’zbeklarda “musulmon”, qirg’iz va qozoqlarda “musurmon” deb ataladi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan.Uning asoschisi payg’ambar Muhammad (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub bo’lgan Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib)ga ko’chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630 yilga kelib Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vafotidan keyin bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Markaziy Osiyo yerlari – Movarounnahr (daryo oralig’idagi erlar)ga 674 yilda arab qo’shini birinchi marta Amudaryodan o’tib Buxoro shahriga kirdi. Qutayba ibn Muslim 705-717 yillarda Movarounnahr yerlarini asosan ishg’ol etdi. Arab qo’shinlari bilan birga Markaziy Osiyo yerlariga Islom dini ham kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to’plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan. Qur’on – arabcha o’qimoq, qiroat qilmoq, jamlash ma’nolarini bildiradi. Bu muqaddas kitob er yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbai, asosiy muqaddas kitobi. Qur’on ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha ta’riflaydilar:

“Qur’on – Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o’qiladigan, barchani lol qoldiruvchi kalomidir”. 1 Tavotur ila naql qilingan degani esa, kalomni yolg’onga chiqarib bo’lmaydigan darajada ko’p sonli kishilar tomonidan naql qilinishiga aytiladi. Ularning hammalari ishonchli odamlar bo’lib, yolg’onga yaqinlashmagan, sonlari jihatidan yolg’onga berilib ketish imkoni ham yo’q bo’lgan. Qur’oni karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan 610-622 yillarda Makkada, 622-632 yillarda Madinada, jami 23 yil mobaynida nozil etilgan. Muhammad alayhissalom Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib yod olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib yodlab olishardi. Ayni paytda yozishni biladigan sahobalar jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b (r.a.) kabi sahobalar oyatlarni yod olish bilan birga, ularni xurmo daraxtining po’stlog’iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog’oz va shunga o’xshash narsalarga Qur’on oyatlarini yozib borganlar. Payg’ambar alayhissalom ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekani va qaerda turishi lozimligini ko’rsatib turganlar. Muhammad alayhissalom hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar degan maqsadda Qur’on jamlab kitob shakliga keltirilmagan. U kishining vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning qalbida, xotirasida va yozuvlarda saqlanib qoldi. Payg’ambar vafotlaridan so’ng ro’y bergan g’alayonlarning birida Qur’onni to’liq yod olgan ko’plab qorilar shahid bo’ldilar Shunda Hazrati Umar (r.a.) Hazrati Abu Bakr(r.a.)ga qorilar o’lib ketaversa, Qur’onga zarar etishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakligi keltirib, jamlab qo’yish kerak degan maslahatni berdi. Abu Bakr (r.a.) Zayd ibn Sobit (r.a.) ismli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Hattob (r.a) va boshqalar Qur’oni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning mustahkam, ishonchli bo’lishiga harakat 1 Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар.

qilib, masjidda: “Kimning qo’lida yozilgan Qur’on bo’lsa va uni Payg’ambar alayhissalom huzurida yozilganiga ikkita guvohi bo’lsa, bizga olib kelsin! Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug’i bo’ldi”, 2 deb e’lon qildilar. Ular masjidda o’tirib guvohlarni tekshirib nihoyatda aniqlik bilan bir yildan ortiq vaqt Qur’onni jamladilar. So’ng ko’pchilikka ko’rsatdilar, hamma rozi bo’ldi. Shunday qilib Zayd va Umar mashaqqatli mehnatdan keyin Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib bo’ldilar va uni belidan bog’lab, Abu Bakrning uyiga qo’yib qo’ydilar. U kishi olamdan o’tgandan so’ng sahifalar Umar(r.a.)ning uylarida, u kishidan so’ng esa, qizlari va payg’ambarning ayollari Hafsa binti Umar (r.a.) huzurida qoldi. 651 yilda halifa Usmon ibn Affon Hafsa (r.a.)dan Abu Bakr (r.a.) davridagi sahifalarni so’rab olib, undan olti nusha ko’chiirishga buyruq berdi. Bu ulkan ishni boshqarishni Zayd ibn Sobitga yukladi. Ko’chirilgan nushalar tayyor bo’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusha, bittadan qori qo’shib jo’natdi va shu qoridan qiroat o’rganishga buyruq berdi. Ko’chirilgan nushalarni Mug’ayra ibn Soibga Makka, Mug’ayra ibn Shahobga Shom, Abu Abdurahmon Silmiyga Kufa, Omir ibn Abdul Qaysga Basra, Zayd ibn Sobitga Madina ahliga Qur’on tilovatini o’rgatish uchun berdi. Usmon (r.a.) o’zlariga bir dona mushab olib qoldilar. Keyinchalik nusha ko’chirish yo’lga qo’yilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nushalarga suyanish joriy bo’ldi. Oxiri kelib, har bir nushaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nusha Mushabi Usmonga muvofiqdir, deb yozib qo’yiladigan bo’ldi. Shunday qilib, Qur’on matnining ham yozuv, ham uslubiy bir xilligi saqlanib qoldi. Hazrati Usmon qo’lida qolgan Qur’oni karimning nushasi hozirda O’zbekiston musulmonlar idorasi qoshidagi kutubxonada saqlab kelinmoqda. Qur’oni karimning bunday noyob nushasi yurtimizda bo’lishi Allohning bizning 2 Ислом маърифати. “Тошкент ислом университети”. Тошкент, 2005, 6-7 бетлар.

yurtimizga bo’lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni karim 114 sura va 6666 oyatdan iborat. Mustaqillik sharofati bilan dinga berilgan erkinlik tufayli turli marosimlarimiz Qur’oni karim tilovatlari bilan boshlanmoqda. Bu o’tmishda bir orzu edi, xolos. Qur’on islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. Musulmon faqihlar biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo’lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O’sha o’zlari izlayotgan hukm haqida biror hukm bo’lsa, uni darhol qabul qiladilar. Muayyan masalaga Qur’onda aniq javob bo’lmagan taqdirdagina sunnat, ijmo, qiyosga murojaat qilishga o’tadilar. Ilohiyotda Islom dini uch elementdan – imon, Islom, ehsondan iborat deb etirof etilgan. Imon talablari 7 ta aqidani – Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o’lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari – arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – kalima keltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir. Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o’rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik – xatna, ramazon hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, mavlud, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy halqlarda islomgacha mavjud bo’lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig’inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan. Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang va mohiyatan terandir. Qur’oni karim oyatlarida, avvalo insonning yer yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta’kidlanishi islom ma’naviyatining eng ulug’ qadriyatlaridandir. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga eru osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tiladi.