logo

ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

68.1865234375 KB
Mavzu:   ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
Reja:
1.   Islom   dini   shakllanishidagi   tarixiy   sharoit.   Muhammad   payg‘ambar
(a.s.) hayoti va faoliyati. 
2.   Vahiyning   nozil   bo‘la   boshlashi.   Madinaga   xijrat.   Makkaning   fatx
etilishi.
3. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar.
4.   Islom   dinining   O‘rta   Osiyoga   kirib   kelishi.   Qur'on     islom   dinining
muqaddas kitobi. Xadislar. 1.   Islom   dini   shakllanishidagi   tarixiy   sharoit.   Muhammad   payg‘ambar
(a.s.) hayoti va faoliyati. 
1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.)
hayoti   va   faoliyati.   Islom   dini   dunyoda   keng   tarqalgan   monoteistik   dinlardan
biridir.   Afrika   qit'asidagi   Marokash,   Jazoir,   Tunis,   Liviya,   Misr,   Somali
mamlakatlarining   xalqlari,   Xabashiston,   g‘arbiy   Sudanda   yashovchilarning   bir
qismi,   Osiyo   qit'asidagi   Arabiston   yarim   oroli,   Iordaniya,   Suriya,   Iroq,   Eron,
Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy hamda Filippin aholisining bir qismi, Evropa qismida
bo‘lsa,   Bolqon   yarim   orolida   yashaydigan   halqlarning   bir   qismi   islom   diniga
etiqod qiladi. Aholisining ko‘pchiligi mutlaq musulmonlardan iborat 39 mamlakat,
hatto   aholisining   yarmini   musulmonlar   tashkil   etgan   ba'zilari   ham   (Misr,
Malayziya)   o‘zlarini   musulmon   mamlakatlari   deb   ataydilar,   ya'ni   ularning
ba'zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarning nomiga
islom   so‘zi   qo‘shib   aytiladi.  Rasmiy   statistika   bo‘yicha,  bir   necha   mamlakatlarda
aholining   deyarli   barchasi   musulmonlardan   iborat   28   mamlakatda   islom   rasman
davlat dini sifatida tan olingan.
Shuningdek,   islom   Markaziy   Osiyo,   Kavkaz   orti   va   SHimoliy   Kavkaz,   Volga
bo‘yi,   G‘arbiy   Sibir ь   va   boshqa   hududlarda   yashovchi   aholi   orasida   tarqalgan.
Hozirda   islomga   e'tiqod   qiluvchilarning   soni   oshib   bormoqda.   Ayniqsa,   e'tiqod
haqidagi   yangi   qonunning   qabul   qilinishi,   vaqtli   matbuot   sahifalarida,   radio
eshittirishlar   va   oynai   jahon   ko‘rsatuvlarida   din   mavzuidagi   chiqishlarning
ko‘payishi,   maxsus   gazeta   va   jurnallarning   keng   tarqalganligi   islomga   bo‘lgan
e'tiborni oshirib yubordi.
Islom   jahondagi   ayniqsa   Osiyo   va   Afrika   qit'asi   madaniyatining   umumiy
qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga, eng avvalo, bu hududlarda arab tili va arab
yozuvining   keng   tarqalganligi,   islom   mafkurasi   zaminida   ishlab   chiqilgan
muayyan   turmush   tarzining   hukmronligi   musulmonlar   ijtimoiy   hayotining   turli
sohalari   shariat   tomonidan   idora   etilganligiga   imkon   berdi.   Shunga   qaramay,
mahalliy madaniy an'analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘nalishida rivojlangan va u
ko‘pincha   qadimiy   musulmon   an'analari   sifatida   qabul   qilingan.   Musulmonlar madaniy   merosi   milliy   ozodlik   harakati   va   rivojlanayotgan   mamlakatlarning
mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy
ahamiyat kasb etdi.
Islomning    paydo    bo‘lishini     tahlil     etish     davrining   xususiyatlari   arab  qabilalari
o‘rtasida xukmron bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning va ularning diniy –
g‘oyaviy   hayoti   bilan   qisqacha   tanishib   chiqishni   taqozo   etadi.   Arabiston   yarim
oroli   noqulay   iqlim   sharoitiga   ega   bo‘lgan   qum   sahrolaridan   va   tog‘lardan   iborat
bo‘lib,   uning   aholisi   V-VI   asrlarda   ko‘chmanchi   chorvachilik   bilan   Shug‘ullanar
edi. YArim   orolning   cheksiz   sahrolarida   yashovchi    ko‘chmanchi chorvachilik
bilan   Shug‘ullanuvchi   arab   qabilalari   bundan   ham   og‘ir   sharoitda   yashar   edilar.
Ular   taraqqiyot   jihatdan   ancha   orqada   qolgan,   hali   urug‘chilik,   qabilachilik
tuzumida edilar. YArim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab
cho‘zilgan   va   qadimdan   Hijoz   deb   nomlangan   joylar   bu   davrlarda   birmuncha
iqtisodiy   jihatdan   rivojlangan   bo‘lib,   asosan   janubdan   shimolga   o‘tgan   qadimiy
karvon yo‘li bilan bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi  ma'lumotlarga qaraganda VI
asrda YAmandan shimolga- Suriya, Misr va Falastinga olib boradigan karvon yo‘li
faqat bu davlatlarning o‘zlariga emas, balki janubda YAman orqali Habashiston va
Hindiston,   shimolda   Suriya   orqali   Misr,   Vizantiya   va   Eronni   ham   bir-biri   bilan
bog‘lovchi   savdo   yo‘li   edi.   Hijozdagi   ayrim   aholi   yashaydigan   manzillar,   yo‘l
ustida   joylashgan   Makka,   Madina,   Toyif   shaharlari   VI   asrda   ancha   rivojlangan.
Bular,   Shuningdek,   ko‘chmanchi   arab   qabilalarining   savdo   munosabatlariga   jalb
etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. 
Makka   diniy   markaz   va   savdo   markazi   sifatida   arab   qabilalari   orasida   e ь tiborlisi
edi. Makka markazida joylashgan Ka'ba islomda eng ―muqaddas  hisoblangan va‖
―Ollohning uyi  (Baytulloh) sajdagoh	
‖
hisoblangan.   Undagi   qoratosh   (Hajar   al-asvad)   va   uch   yuz   oltmish   sanam   arab
qabilalari   uchun   e'tiqod   manbaiga   aylangan.   Ziyoratga   kelish   oylari   muqaddas
hisoblanib,   bu   vaqtlar   ichida   qabilalarda   urush   va   janjallar   to‘xtatilar   edi.   Makka
savdo   markazi   sifatida   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   atrofdagi   qabilalarga
boshqalarga   nisbatan   kuchliroq   ta'sir   ko‘rsatar   edi.   Makkada   Ukaz   nomli   katta bozor   joylashgan   edi.   Arab   qabilalari   o‘rtasida   Makkaning   diniy   markaz   sifatida
roli   ham   ancha   oshgan   edi.   Makkada   Ka'batulloh   ibodatxonasi   turli   arab
qabilalarining 360 xudosining sanam, ya'ni butchalari mavjud bo‘lgani tufayli, bu
shahar   o‘z   atrofida   yashovchi   ko‘p   qabilalar   uchun   e'tiqod   markazi-ziyoratgohga
aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar.
V-VII   asrlarda   Makkada   arablarning   quraysh   qabilasi   hukmron   bo‘lib,   bularning
yuqori   tabaqalari   savdo-sotiq   avj   olishi   natijasida   ancha   boyib   ketgan;   pul
muomalasi, sudxo‘rlik rivojlangan, Shuningdek,
qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan.
SHarqShunos     olimlarning     tadqiqotlari     Shundan     dalolat   beradiki,   qadimiy
YAmanni istisno qilganda, Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar uchun V-
VI   asrlarni   iqtisodiy   urug‘-qabilachilik   tuzumi   emirila   boshlagan   va   quldorlik
munosabatlari vujudga kela boshlagan davr deb tavsiflash mumkin va lozim. O‘sha
davrda   kuchli   imperiyalar   bo‘lgan   Vizantiya   va   Eron   o‘rtasida   YAmanni   qo‘lga
kiritish   va   karvon   yo‘llarida   o‘z   hukmronligini   o‘rnatish   uchun   kurash   davom
etgan.
YAman sosoniylar  hukmronligiga o‘tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron ko‘rfazi
orqali Hindistonga boradigan yo‘l tez rivojlana boshlagan va Shu munosabat bilan
Hijoz   orqali   o‘tgan   karvon   yo‘li   inqirozga   uchragan.   Bu   hol   faqat   Hijoz
shaharlarigagina   emas,   balki   barcha   arab   qabilalari   hayotiga   ham   jiddiy   ta'sir
ko‘rsatgan   va   Arabistonda   ijtimoiy-iqtisodiy   inqirozning   boshlanishiga   sabab
bo‘lgan.   Savdodan   keladigan   daromad   kamayib   ketishi   natijasida   quraysh
zodagonlari   o‘rtasida   sudxo‘rlik   avjga   chiqqan;   qullar,   kambag‘allarni   ezish
kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida
mazlumlar     bilan     zolimlar     orasidagi     qarama-qarshiliklar   keskinlashgan.   Bir
tomondan, qul egalari bilan qullar o‘rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodagonlari
bilan   oddiy   mexnatkashlar   o‘rtasida   sinfiy   qarama-qarshiliklar   kuchaygan.
Qabilalarning   yuqori   tabaqalari,   ayniqsa,   Makka   zodagonlari   qo‘shni
mamlakatlarni   bosib   olib   katta   boylik,   o‘ljani   qo‘lga   kiritish   va   Shu   orqali
hokimiyatni   mustahkamlash,   iqtisodiy   inqirozdan   qutulish   haqida   tez-tez   o‘ylay boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab
qabilalarini,   ularning   iqtisodiy   va   harbiy   imkoniyatlarini   yagona   davlatga
birlashtirish zarur edi. 
Arab   xalqi   hayotida   VI   asr   oxiri   VII   asr   boshlarida   yuz   bergan   jiddiy   tarixiy
voqelar   arab   qabilalarini   ijtimoiy   hayot   taqozosi   bilan   vujudga   kelgan
markazlashishga   intilishga   undagan.   Islom   ayni   Shu   intilishni   o‘zida   aks   ettirgan
g‘oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan   arab   davlatining   vujudga
kelishi,     qo‘shni   mamlakatlarning   bosib   olinishi,   arab   xalifaligining   kengayishi
jarayonida   kuchli   g‘oyaviy   qurol   sifatida   xizmat   qilgan.   Markaziy   va   SHarqiy
Arabiston   yarim   oroli   sahrolarida   yashagan   arab   badaviylari   o‘rtasida   ibtidoiy
tuzumga xos bo‘lgan politeistik ma'jusiylik  diniy tasavvurlari  hukmron edi. V-VI
asrlarda   bu   qabilalarning   diniy   e'tiqodlari   totemizm,   fetishizm   va   animizm   kabi
diniy   tasavvurlarning   qorishig‘idan   iborat   edi.   Ko‘p   qabilalar   alohida   toshlarga
e'tiqod   qilar,   insonga   yordam   beradigan   ezgu   ruhlar,   yovuz   jinlar   va   ayyor
shaytonlar   to‘g‘risidagi   tasavvurlar   keng   tarqalgan   edi.   Har   bir   qabila   o‘z
xudosining   sanamiga   sig‘inar,   topinar   edi.   Bu   hol   dinshunoslikda   ko‘p
xudolilikning   arablarga   xos   ko‘rinishi   deb   tavsiflangan.   Qur'onda   bunday   e'tiqod
shirk  deb   nom   olgan.   Bundan   tashqari,   arab  qabilalari   o‘rtasida   Quyosh   va   Oyga
topinish ham mavjud edi.
V-VI   asrlarda   arab   qabilalari   urug‘-qabilachilik   tuzumi   emirila   boshlagan,
ibtidoiy   diniy   tasavvurlar   tanazzulga   yuz   tutgan   edi.   Qabilalar   o‘rtasida
markazlashishga   bo‘lgan   intilishning   g‘oyaviy   in'ikosi   sifatida   yakka   xudolikka
xos diniy aqidalarning kurtaklari
shakllana   boshlagan.   YAkka   xudolilik   to‘g‘risidagi   bunday   diniy   ta'limot
islomdagina emas, balki u paydo bo‘lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning
ayrim   joylarida   targ‘ib   qilina   boshlagan   edi.   Islom   esa   ana   Shu   targ‘ibotlarning
galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan.
Islomdan   ilgari   arab   qabilalari   orasida   yakka   xudolilik   to‘g‘risida   targ‘ibot
yuritgan,   o‘zini   payg‘ambar   deb   e'lon   qilgan   shaxslar   tarixiy   manbalarda
―xaniflar ,   ya'ni   haq-haqiqat   izlovchilar   nomi   bilan   ma'lumdir.   Islomning   paydo‖ bo‘lishi   arab   qabilalari   o‘rtasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotning   muayyan
bosqichi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Hijozda   “xaniflar”   deb   atalgan   yagona   xudoga
e'tiqodning bir
necha tarafdorlari Muhammad(s.a.v.) payg‘ambargacha ham bo‘lgan va ular
xristian yoki yaxudiy bo‘lmaganlari holda yakka xudoga va oxirat kuniga
ishonganlar. Ulardan Musaylima, Sajjox, Tulayx, Asvod kabilarning
nomlari rivoyatlarda saqlanib qolgan.
Islom   dini   ko‘p   xalqlar   orasida   keng   tarqalgan   jahon   dinlaridandir.   Bu   dinga
e'tiqod   etuvchilar   –   musulmonlar   jahonda   qariyb   1   milliard   315   million   kishini
tashkil etadi.
“Islom”   so‘zi   arabcha   bo‘lib   “xudoga   o‘zini   topshirish”,   “itoat”,
“bo‘ysunish” ma'nosini bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar – “Muslim” deb
ataladi.   Uning   ko‘pchilik   shakli   “muslimun”   bo‘lib,   o‘zbeklarda   “musulmon”,
qirg‘iz va qozoqlarda “musurmon” deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib
chiqqan.Uning   asoschisi   payg‘ambar   Muhammad   (570-632)   Makkada   Quraysh
qabilasiga mansub bo‘lgan Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. 
Muhammad   ibn   Abdulloh   ibn   Abd   al-Muttalib   Arabiston   tarixida   «fil   voqeasi»
nomi   bilan   mashhur   jangdan   50   kun   keyin   tavallud   topdilar.   Misrlik   munajjim
Mahmud   poshoning   aniqlashicha   Payg‘ambarning   tavallud   topishlari   milodiy
sananing   571   yil   21   aprel ь   kuniga   to‘g‘ri   keladi.   Otalari   Abdulloh   Muhammad
s.a.v.   tug‘ilmaslaridan   oldin   savdo   ishi   bilan   SHomdan   qaytayotib
YAsrib(Madina)da vafot etdilar va o‘sha erga dafn etilganlar.
Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi  uchun arablarda sahroyi  ayollardan sut-ona
topib   emizish   odati   bor   edi.   Ana   Shu   odatga   ko‘ra,   Bakri   qabilasidan   bir   guruh
ayol   go‘dak   izlab   shaharga   keladi.   Muhammad   s.a.v.ga   sut-ona   bo‘lish   Abu
Zuaybning   qizi   Halimaga   nasib   etdi.   Halimaning   eri   chorvador   Abu   Kabsha   edi.
Quraysh   mushriklari   Payg‘ambar   a.s.ni   masxaralab   kulganda   u   kishini   Abu
Kabshaga   mansub   qilib:   «Bu   Abu   Kabshaning   o‘g‘li   nuqul   osmondan   gapiradi»
deyishardi.   Rasulullohni   4   yildan   ortiq   vaqt   ichida   emizgan   Halimaning   oilasiga baraka   yog‘ilib   turdi.   «SHarhi   sadr»   yoki   «SHaqqi   sadr»   («Ko‘krak   yorish»)
voqeasi ana Shu davrda yuz berdi (Qur'oni Karimning 94-surasi).
Rivoyat   qilinishicha,   Rasululloh   Halimaning   qo‘ylarini   yaylovda   boqib
yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko‘kraklarini yorishadi-da,
ichlaridan   bir   narsani   olib   tashlab,   kesilgan   joyni   tikib   qo‘yishadi.   Muhammad
s.a.v.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu
xabarni   etkazishganida   bibi   Halima   voqea   sodir   bo‘lgan   joyga   zudlik   bilan   etib
keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad s.a.v. ranglari bir holatda turgan edilar.
Keyin ularga bo‘lgan voqeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so‘ng
birovning   farzandiga   biror   shikast   etib   qolishidan   qo‘rqqan   Halima   bolani   o‘z
onalariga topshiradi. 
Ibn   Kasirning     «al-Bidoya   va-n-nihoya»   asarida   keltirishicha,   mazkur   olib
tashlangan   narsa   «inson   qalbida   mavjud   bo‘ladigan   shayton   nasibasi,   ya'ni
shaytoniy his-tuyg‘ulardir». At-Tabariyga ko‘ra, bu voqea Muhammad s.a.v. ning
qalblaridan shayton nasibasini zam-zam suvi bilan pokiza qilib yuvib tashlashdir.
6   yoshlarida   onalari   Omina   vafot   etdilar.   8   yoshgacha   bobolari   Abdulmuttalib
qo‘llarida   qolib,   bobolari   vafot   etgach,   amakilari   Abu   Tolib   Muhammad   s.a.v.ni
o‘z qarmog‘iga oldi.
Muhammad   s.a.v.   25   yoshga   to‘lganlarida   Asad   jamoasidan   bo‘lgan   boy
ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga SHomga
safar   qilishni   so‘radi.   Bu   savdodan   katta   foyda   tushdi.   Muhammad   s.a.v.ning
to‘g‘riso‘zlik,   halollik,   sadoqatlilik   kabi   yuksak   insoniy   fazilatlarini   ko‘rgan
Xadicha   yoshlari   ancha   katta   bo‘lishiga   qaramay,   taomilga   zid   ravishda   unga
sovchi   qo‘ydi.   Muhammad   s.a.v.   tomonidan   amakilari   Abu   Tolib,   Xadicha
tomonidan amakivachchasi Varaqa rozilik berib, nikoh o‘qildi.
Muhammad   s.a.v.ning   Shu   xotinlari   u   kishining   etti   farzandlaridan     6   tasining
onasi   bo‘lgan.     Ular,   Zaynab,   Ummu   Kulsum,   Ruqiya,   Fotima,   Qosim,
Abdullohlardir. Moriya isli ayollaridan esa Ibrohim tug‘ilgan.
Muhammad s.a.v. 35 yoshga kirganlarida makkaliklar Ka'bani ta'mir etishadi. Uni
qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan «al-Hajar al-asvad» (Qora tosh)ni kim o‘rniga qo‘yadi degan masalada tortishib qoladilar. Shunda ulardan biri - «ertalab
Safo   eshigidan   kim   birinchi   kirib   kelsa   o‘sha   bizga   hakamlik   qilsin»,   deydi.
Ertalab   Safo   tarafidan   Muhammad   s.a.v.   kirib   keladilar.   Uni   ko‘rgan   olamon
«Muhammad   al-Amin   (ishonchli   Muhammad)   keldi»   deb,   xursand   bo‘lishadi.   U
zot   choponlarini   echib,   unga   Qora   toshni   qo‘yib,   barcha   qabila   boshliqlarini
choponni   baravariga   ko‘tarishga   buyuradilar   va   o‘zilari   Qora   toshni   joyiga
qo‘yadilar.   Muhammad   s.a.v.   o‘zlarining   zukkoliklari   bilan   qabilalar   o‘rtasida
chiqishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini oladilar.
Muhammad   Payg‘ambar   o‘ta   axloqli,   odobli,   xush-fe'l   odam   bo‘lgan.   Xotinlari
Oysha   bu   haqda   «Rasulullohning   axloqlari   qur'on   edi»,   deb   bejiz   aytmaganlar.
qur'on   insonlar   qalbini   yorituvchi   bir   axloqiy   qudrat   bo‘lganidek,   Muhammad
Payg‘ambarning hayot yo‘li ham ana Shunday yuksak axloqning amaliy bir sohasi
edi.
Hijratning o‘n birinchi yilida Payg‘ambar a.s. vafot etdilar. Payg‘ambarning
vafot   etgan   kuni   haqida   tarixchilar   orasida   turli   xil   fikr-mulohazalar   mavjud.
Tarixchilar V.V.Bartol ь d, Muhammad Huzariy Sayid Amir Ali, marhum professor
Mutalib Usmonov, Doktor Abdulmun'im Majid Muhammad payg‘ambarning vafot
etgan kunlarini 632 yilning 8 iyun (ayrim manbalarda 632 yilning 27 mayida) deb
beradilar. Tarixchi Muhammad Rizo payg‘ambarni 632 yil 9 iyunda (11 hijriy yil,
12 rabiul avval) vafot etganlar deb hisoblaydi.
2.   Vahiyning   nozil   bo‘la   boshlashi.   Madinaga   xijrat.   Makkaning   fatx
etilishi.
2. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi.
Muhammad s.a.v. 40 yoshga etganlarida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib
qoldilar.   Makkadan   3   mil   masofadagi   Hiro   tog‘ida   joylashgan   g‘orga   ketar   va
Ramazon oyini u erda kechirib, ibodat qilardilar. Famlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu erda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edilar. U erda
o‘zlarini   sukunatga   berib,   chuqur   o‘yga   tolar   edilar.   Foyibdan   quloqlariga   «Sen
Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. 
Vahiy – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li.
Diniy   adabiyotlarda   ta'kidlanishicha,   610   yilda   Muhammad   hayotida
payg‘ambarlik   davri   boshlandi.   YA'ni   ilk   ilohiy   vahiy   kela   boshlagan.
Payg‘ambarlik ilohiy vahiyga suyanadi. CHunki, Alloh insonlardek gapirmaydi.
Alloh   bilan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   gaplashishga   inson   dosh   berolmaydi.   Ular   bunga
qodir   emaslar.   Shu   sabab   Alloh   vahiy   orqali   gapiradi   va   u   o‘z   irodasini   3   xil
shaklda bildiradi:
1. Vahiy orqali (bu payg‘amlarning qalbiga tushgan ilhomdir).
2. Parda orqasidan gapirish orqali (ilohiy xitobga muyassar bo‘lgan
payg‘ambar parda orqasidan bir ovoz eshitganday bo‘ladi. Ovoz eshitiladi, ammo u
ovozning egasi ko‘rinmaydi).
3. Farishtalar yuborish orqali.
Muhammadga vahiy kela boshlaganida u 40 yoshda edi. Binobarin, Shu
paytdan   boshlab   Muhammad   payg‘ambarga,   Allohning   rasuliga   (elchisiga)
aylandi.
Bu faoliyat 23 yil davom etdi. 23 yildan iborat payg‘ambarlik hayotining bir qismi
Makkada   (610—622),   bir   qismi   Madinada   (622—632)   o‘tganligi   uchun   qur'on
oyatlari   ham   ikkiga   (Makkiy   —   90   ta)   va   Madaniy   —24ta)   bo‘linadi.   Oyatlar
to‘planib, suralar hosil bo‘lgan. qur'oni karim 114 sura va 6666 oyatdan iborat.
Kelgan   vahiy   Muhammad   Payg‘ambarni   insonlarni   Alloh   yo‘liga   chaqirishga
da'vat etadi.
Uch   yillik   yashirin   faoliyat   davomida   islom   diniga   kirganlar   30   nafarni
tashkil etdi, xolos. Islom paydo bo‘lishi bilan endi makkaliklar ikkiga ajralishdilar:
bular   —   Allohning   birligiga   va   Muhammadning   payg‘ambar   ekanligiga
ishonganlar   (ya'ni   mo‘min-musulmonlar)   va   ishonmaganlar   (mushriklar)   edi.
Natijada   Makkada   ahvol   keskinlashdi.   Mushriklar   23   yil   davomida   Muhammad Payg‘ambar va uning tarafdorlariga qarshi kurashdilar. Buning sababi quyidagilar
edi.
Birinchidan,   Islomga   o‘tish   Ka'badagi   360   butga   sig‘inishdan   voz   kechishni
anglatar  edi. Buni  ko‘pchilik istamasdi.  CHunki  odamlar  uchun ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan,   yagona,   sherigi   yo‘q   Allohdan   ko‘z   ko‘rib   turadigan   360   butga
sig‘inish ma'qulroq edi.
Ikkinchidan,   makkaliklarning   yomon,   axloqsiz   ishlarga,   fe'l-atvorlarga   berilib
ketganligi   edi.   Islom   esa   bunday   axloqsizlikni   man   etardi.   Makkalik   zodagonlar,
boylar butlarimizga qurbonlik keltirsak gunohimiz yuviladi deb hisoblar, Shuning
uchun ham ko‘ngillariga kelgan axloqsizliklardan qaytmas edilar. qur'on oyatlarida
esa   Allohning   har   bir   narsani   ko‘rib,   bilib   turganligi,   insonlar   oxiratda   hisob
berishga   majbur   ekanliklari,   bu   hisob-kitob   esa   insonlarning   iymonlariga
asoslanishi zikr etilgan edi. Bunday oyatlar esa mushriklarga, tabiiyki, yoqmas edi.
Uchinchidan,   qur'oni   karim   oyatlari   hammaning   Alloh   oldidagi   tengligini   e'tirof
etgan. Bundan tashqari, insonlar bir-biridan mol-dunyosi bilan emas, balki taqvosi,
qalb sofligi bilan ajralib turishi bayon etilgan ham edi.
Butparastlik esa, Makkada quraysh yuqori tabaqalari uchun boylik va shon-Shuhrat
manbai   edi.   Ular   bunday   boylikdan,   mavqedan   ajralishni   sira   istamas,   ana   Shu
boylik va shon-Shuhrat  manbaini  kerak bo‘lsa  qon to‘kish bilan bo‘lsada  himoya
qilishni afzal deb biladilar.
To‘rtinchidan,   qurayshning   Hoshimiylar   xonadoniga   qarshi   bo‘lgan   boshqa
xonadonlar Hoshimiylardan payg‘ambar chiqishni istamas edilar.
Payg‘ambarimiz   Muhammad   (s.a.v)     609-610   yillarda   Makkada   yakka   xudoga
e'tiqod   qilish   to‘g‘risida   targ‘ibot   boshlagan.   Ammo   zodagonlarning   qarshiligiga
uchragach,  622  yilda  o‘z  tarafdorlari  bilan  Madina  (YAsrib)ga   ko‘chadi  (arabcha
hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
Madinaliklar   Makkaga   Payg‘ambar   huzurlariga   kelib   islomni   qabul   qildilar.   Ular
bilan   makkalik   musulmonlar   o‘rtasida   do‘stlik   aloqalari   o‘rnatildi.   Makka
mushriklarining   musulmonlar   ustidan   tazyiqlari   kuchaygach   Payg‘ambar   ularga
Yasrib(Madina)ga hijrat qilishni buyurdilar. Ular ketidan o‘zlari ham hijrat qildilar. Madinalik   «ansor»(«yordamchi»)lar   makkalik   muhojirlarni   juda   samimiy   kutib
oldilar.   Muhammad   s.a.v.ning   hijratlari   rabi   al-avval   8-kuni   milodiy   622   yil   20
sentyabrda bo‘ldi. Birinchi musulmonlar masjidi qurildi. Azon joriy etildi. Avs va
Xazraj   arab   qabilalari   va   Banu   Qurayza,   Banu   Qaynuqo',   Banu   Nadir   qabilalari
bilan   o‘zaro   sulh   tuzildi.   Har   tomondan   musulmonlarga   qarshi   hujumlar
uyushtirildi.   Musulmonlar   ularni   muvaffaqiyat   bilan   qaytardilar.   624   yil,   mart
oyida «Badr» g‘azoti bo‘ldi.
Madina   davrida   Muhammad   payg‘ambar   etakchiliklaridagi   islom   jamoasi
yaqin davlatlar orasida tuzilajak kuchli bir davlatning vazifalarini bajarib, turli arab
qabilalarining   va   bir-biriga   qaram   bo‘lgan   qabilalar   ittifoqlarining   o‘zaro
dushmanligini   yo‘qotishga   ular   o‘rtasida   yaqin   va   uzoq   muddatli   sulx
shartnomalarini tuzishga kirishgan edi. 
Hijratning   6   -   yilida   Makka   qurayshiylari   bilan   tuzilgan   Xudaybiya   shartnomasi
eng   muhim   tarixiy   xujjatlardan   biridir.   Bu   sulx   bitimi   tuzilishi   arafasida
Payg‘ambar   1500   sahoba   jangchilar   bilan,   o‘q-yoy   va   nayzalar   olmasdan,   faqat
qilich   taqib,   Baytulharam   ziyorati   vaqtida   qurbonlikka   so‘yiladigan   70   tuyani
haydab,   Makka   shahriga   yaqin   keldilar.   Bu   kichik   qo‘shin   Makka   mushriklariga
ko‘p   ko‘rinib,   ular   Rasulullohni   jang   qilishga,   urushga   kelgan   hisoblab,   shaharga
kiritmadilar. Har ikki taraf bir necha bor elchilar almashib, vaziyatni tushintirdilar.
Musulmonlarning   tinch   maqsadda   kelganiga   ishonmasdan,   Makka   mushriklari
urushga   tayyorlanib   turdilar.   Ammo   johiliyat   zamonlarida   ham   Baytulharamda   -
Ka'ba   va   uning   atrofida   jang   qilish,   qon   to‘kish   man   qilingan   edi.   Buni   yaxshi
bilgan   Muhammad   payg‘ambar   Usmon   ibn   Affon   etakchiligida   navbatdagi
elchilarni   yubordilar.   Makka   mushriklari   bularni   garovga,   asir   olganday,   qaytarib
jo‘natmadilar. Musulmonlar ham Makka vakillarini vaqtincha ushlab turdilar.
Oradagi   keskin   vaziyatni   yumshatish   uchun   payg‘ambar   Hudaybiya   degan   joyda
Makka raislari bilan o‘n yillik sulh shartnomasini tuzishni taklif etdilar. Hudaybiya
shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi.
SHartnomaga   musulmonlar   jamoasi   tarafidan   Muhammad   payg‘ambardan   so‘ng
Abu Bakr Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Abdurahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Suhayl (Quraysh vakilining o‘g‘li), Sa'd ibn Abi Vaqqos, Muhammad ibn Maslama imzo
chekdilar. Qurayshiylar tarafidan Suhayl ibn Amr, Miqroz ibn Xafs, Xuvaylid ibn
Abdul-Uzza imzo chekdilar.
Hijratning 8-yili (630 yilga kelib) Makka fath etildi. Havozin, Saqif qabilalari bilan
Hunayn   janggi   bo‘ldi.   Mushriklarning   Ka'ba   ichidagi   360   oliha   (but-sanam)lari,
xususan Allot, Manot, al-‘Uzza nomli butlari yo‘q qilindi.
Makka fathidan so‘ng islom Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni
alohida   ta'kidlash   zarurki,   Makkaning   olinishi   musulmonlar   uchun   g‘oyat   katta
ahamiyatga   ega   bo‘ldi,   chunki   Shundan   so‘ng   Madinadagi   musulmonlar   jamoasi
Arabiston muhitida yagona davlat va siyosiy kuchga aylandi.
632   yili   Payg‘ambar   hajga   borishga   qaror   qildilar.   Bu   u   zotning   oxirgi   hajlari
bo‘lganligi tufayli islom tarixida «Hajjatul vado» (xayrlaShuv haji) deb nomlandi.
Bu   safarga   to‘qson   ming   musulmon   otlandi.   Zu-l-hijja   oyining   to‘qqizinchi   kuni
Arafot   tog‘ida   Payg‘ambar   a.s.   islom   dinining   asosiy   shartlarini   bayon   etgan
«VidolaShuv   xutbasi»ni   o‘qidilar.   Shundan   so‘ng,   deyarli   barcha   arab   qabilalari
islomni tan olib Payg‘ambar a.s.ga elchi va maktublar yo‘llay boshladilar.
3. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar.
3. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar.
Muhammad   vafotidan   keyin   bu   davlatni   uning   o‘rinbosarlari,   ya'ni   noiblari
(xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab
xalifaligi” deb nom olgan. 
632   yilda   Payg‘ambar   vafotidan   so‘ng   hokimiyat   xalifalikka   saylanganlar
tomonidan boshqariladigan bo‘ldi.Birinchi xalifa Abu Bakr bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib
Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib bo‘ldilar.
Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va bo‘linishlar bo‘lmadi. Usmon
xalifaligi   davrining   so‘nggi   yillarida   ichki   nizolar   paydo   bo‘lib,   xalifaga
qarshiliklar   kuchaydi.   Oxir-oqibat   bir   to‘da   odamlar   Usmonni   uyiga   bostirib
kiradilar va xalifani o‘ldiradilar. Xalifaning o‘ldirilishi xalifalikda urushini keltirib
chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar kuchayadi. SHom voliysi   Muoviya   xalifaga   qarshi   chiqib   tezroq   xalifa   Usmon   qotillarini   topib
jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni
boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnaShuvga olib keladi.
Bu   to‘qnaShuv   657   yili   Iroqning   Siffin   degan   joyida   bo‘lib   o‘tgani   uchun   jang
nomi   Siffin   deb   atalgan.   Shunda   davlat   tuzumi   masalasida   Payg‘ambardan   keyin
xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi. 
Birinchi   –   xalifa   Ali   tarafdorlari   bo‘lgan,   xalifalik   faqat   payg‘ambar   xonadonida
meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi
kelib chiqdi.
Ikkinchi  – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil  topgan,  uni  Siffin jangidan
keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
SHahristoniy   esa   Payg‘ambar   tiriklik   vaqtidayoq   sahobalar   orasida   tafovut
boshlanganini aytadi. 
Xorijiylar     va     shialar     firqalaridan     islomda     bid'at,   firqachilik   va   adashishlik
boshlandi.   Bunday   firqalar   asosiy   ikki   masalada   paydo   bo‘ldi:   imomat   (davlatga
rahbarlik)   va   aqidada.   Shuning   uchun   islomda   firqalarga   bo‘linib   ketish   asosan
diniy-siyosiy   nuqtai   nazardan   kelib   chiqqan   deb   hisoblanadi.   Birinchi
xorijiylarning     paydo     bo‘lishi     ham     xalifa     Ali     siyosatiga   qo‘shilmaslikdan,
keyingi   shialik   esa   xalifalik   Ali   va   uning   avlodlariga   meros   bo‘lib   qolishi   kerak
deb hisoblovchilardan bo‘ldi.
Shu   o‘rinda   yana   bir   narsani   alohida   ta'kidlab   o‘tish   zarurki,   islomda   firqalarga
bo‘linish   Muhammad   payg‘ambar   (a.s.)   hadislaridan   javob   topiladi.   Bir   necha
hadislarni keltirib, Shu asosida islom ummatining bo‘linishini aytib o‘tishgan.
Muhammad   payg‘ambar   (a.s.)   aytadilar:   «YAhudiylar   71   firqaga   bo‘lindi,
nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi
najot   topadi,   qolgani   do‘zax   ahlidir»,   deganlarida.   Sahobalar:   «Najot   topadigan
firqa   qaysi»,   deb   so‘raganda.   Payg‘ambar:   «Men   bilan   sahobalarim   tutgan
yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot
topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi. Islomdagi   yirik   yo‘nalishlarning   paydo   bo‘lishi   va   ularning   mohiyati   haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Sunniylik-bu   islomda   izchil,   sobitqadam   yo‘nalish   hisoblandi.   Musulmonlarning
juda   ko‘pchilik   qismi-92,5   foizi   sunniylikka   e'tiqod   qiladi.   Qolgan   7,5   foizi
shialikka e'tiqod qiluvchilardir.
Sunna   arabcha   odat,   an'ana,   xatti-harakat   tarzi   degan   ma'nolarni   bildiradi.
Sunniylik   degan   so‘z   arabcha   “Sunna”-“muqaddas   rivoyat”,   ya'ni
Muhammad(s.a.v.)   to‘g‘risidagi   rivoyatlar   va   uning   Hadislari   to‘plami   degan
tushunchadan   olingan.   YAna   Sunna   farzdan   farqli   ravishda   bajarilishi   ixtiyoriy
bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallardir.
Sunniylar  ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy xokimiyatga bo‘lgan
xuquqini   tan   olganlar.   Sunniylikda   Sunna   Qur'ondan   keyingi   asosiy   muqaddas
manba,   Hadislar   to‘plami   deb   qaraladi.     U     VII     asr     o‘rtalarida     shakllana
boshlagan.     Unda   xalifalikdagi   sinfiy   munosabatlar,   ijtimoiy   ziddiyatlar,   islom
mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharxlash va nashr
qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.
Sunniylik   qisman   Eron,   Janubiy   Iroq,   YAman,   Markaziy   Osiyo,   Kavkaz,   Volga
bo‘yi,   Sibir ь ,   O‘rol,   Kichik   Osiyo,   Misr   va   SHimoliy   Afrika,   Indoneziya,
Malayziyada   keng   tarqalgan.   Uning   muqaddas   shaharlari   Makka   va   Madinadir.
Unda   to‘rtta   shariat   maktabi   -   xanifiylar,   malikiylar,   shofi'iylar,   xanbaliylar
mazxablari bor.
Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A‘zam Abu Hanifa
an-Nu‘mon   ibn   Sobit   al-Kufiy   (80-150/699-767)   –   forslardan   bo‘lib,   Umaviylar
(661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba‘a
tobi‘inlardandir.   Manbalarda   uning   otasi   Sobit   asli   Xurosondan   ekanligi   qayd
etiladi. «Abu Hanifaning o‘zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm
talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, Shunga ko‘ra, u
tobi‘inlardan», degan ma'lumotni  uchratish  mumkin. Uni  «ahli  ra’y Imomi»,«ahli
Iroq   faqihi»,«hanafiy   mazhabi   sohibi»   kabi   nomlar   bilan   manbalarda   keltiriladi.
Kasbi gazlama savdosi bilan Shug‘ullanish edi. YOshlik chog‘idayoq Qur'onni yod olgan.   18   yil   ustozi   Hammod   ibn   Abi   Sulaymondan   tahsil   olgan.   Fiqh   ilmini
Ibrohim an-Naxa‘iy va ash-SHa‘biydan olgan. Abu Hanifaning etuk shogirdlaridan
Muhammad   ibn   al-Hasan   ash-SHayboniy   (132-189/709-805),   Abu   Yusuf   (113-
182/731-769)larni alohida aytib o‘tish zarur.
Imom   Molik.   «Ashob   al-hadis»   oqimiga   Hijozda   Madina   maktabi   vakillari
tomonidan   asos   solindi.   Bunga   ahli   sunna   imomlaridan   Molik   ibn   Anas   (93-
179/712-795)   «o‘z   amaliyotida   faqat   Qur'on   va   hadisga   suyanish   ta'limoti»ning
asoschisi bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Molik ibn Anas butun umri davomida Madina
(qadimgi   nomi   YAsrib)   shahridan   chiqmagan.   Imom   Molik   nomi   bilan   mashhur
bo‘lgan   mazkur   faqih   Molikiy   mazhabining   asoschisidir.   Molik   ibn   Anasning
mashhur «Kitob al-Muvatto'» nomli asari mavjud. 
Imom   SHofi‘iy.   YUqorida   nomlari   va   asoschilari   zikr   etilgan   bu   ikki   oqimni   ahl
as-sunna   imomlaridan   bo‘lmish   Imom   SHofi‘iy   nomi   bilan   mashhur   Muhammad
ibn   Idris   ash-SHofi‘iy   (151-179/767-804)   nazariy   jihatdan   birlashtirgan.   U
SHofi‘iy mazhabining asoschisi bo‘lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir. 
Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo‘lib ahl as-
sunnaning  to‘rtinchi  imomi  deb  e'tirof   etiladigan  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal   (164-
241/781-855)   o‘z   faoliyatini   olib   bordi.   U   Hanbaliy   mazhabining   asoschisidir.
Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
Buyuk   mujtahidlar   davrida   yuqorida   zikr   etilgan   mujtahidlar   nomi   bilan   bog‘liq
asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta'limotini shakllantirdi. 
SHialik.  Guruh,  partiya,  tarafdorlar  degan  ma'nolarni beradigan arabcha ―shia‖
so‘zidan   kelib   chiqqan.   SHialik   o‘z   ahamiyati   va   tarafdorlari   soniga   ko‘ra
islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning
maxsus va siyosiy guruhi sifatida   yuzaga  kelgan.  U  choryorlarning  to‘rtinchisi
Ali   tarafdorlarini   birlashtirgan.   U   juda   ko‘p   sektalarga   bo‘linib   ketgan.   Bular
orasida   ismoiliylar   hozir   35   millionga   yaqin   tarafdorga   ega   bo‘lib,   og‘axoniylar
boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol o‘ynamoqda.
SHialar     Arabistonda     paydo     bo‘lgan     teokratik     davlat-xalifalikdagi   oliy
xokimiyat   uchun   olib   borilgan   keskin   kurash   jarayonida   kelib   chiqqan. Xalifalikning   barcha   bosh   lavozimlari   644   yildan   boshlab   quraysh   qabilasiga
mansub   bo‘lgan   xalifa   Usmon   boshliq   makkalik   oqsuyaklar-muxojirlar   qo‘liga
o‘tgan.   Garchi   islomda   jabr-zulm   qoralansa-da,   baribir,   ular   islomga
bo‘ysundirilgan   boshqa   xalqlardan   tashqari   musulmon   arablarning   o‘zlarini   ham
qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bo‘lgan arablar Usmonga qarshi
qo‘zg‘olon   ko‘tarib,   uni   Madinada   o‘ldirishgan.   Xalifalik   lavozimiga   Ali
ko‘tarilgan.   Biroq,   u   o‘z   xokimiyatini   quraysh   oqsuyaklaridan   himoya   qilishga
majbur   edi.   Ali   tarafdorlari   u   payg‘ambarning     amakivachchasi     va     kuyovi
bo‘lganligi     uchun   musulmonlarning   boshlig‘i   bo‘lishi   kerak,   uning   vafotidan
keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tishi kerak, deb chiqishgan.
Biroq   taxt   uchun   kurashda   Suriya   xokimi   Muoviya   boshliq   quraysh   zodagonlari
g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e'lon qilingan. SHialar
Alidan   boshqa   barcha   sunniy   xalifalarni   uzurpatorlar,   ya'ni   siyosiy   hokimiyatni
zo‘ravonlik   bilan   qo‘lga   olgan   kishilar   deb   hisoblaydilar.   Bular   Alining   avlodi
bo‘lgan   12   imomdan   iborat   o‘z   sulolalarini   ularga   qarshi   qo‘yganlar.   Ular   Alini,
uning   o‘g‘illari   -Xasan   va   Xusaynni   hamda   ularning   avlodlarini   shahid,   deb
hisoblashgan.
Zaydilar.   Feodal   nizolar   zaminida   VIII   asr   o‘rtalarida   shia   musulmonlari   safidan
yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydilar sektasini tashkil etgan. Bu sekta –
Alining   evarasi,   Husaynning   nabirasi   740   yili   Kufada   ummaviylar   sulolasidan
bo‘lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo‘zg‘aloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali
nomi   bilan   atalgan   va   shialarning   uchinchi   imomi   Zayd   xalifa   qo‘shinlari   bilan
bo‘lgan jangda o‘z tarafdorlari bilan birga halok bo‘lgan.
Zaydilar  864  yili   Eronning  shimolida  o‘z  davlatlarini   tuzishgan.  901  yili   esa   ular
YAmanda   davlat   hokimiyatini   qo‘lga   olishgan.   Bu   davlat   300   yilcha   yashagan.
Zaydilar   diniy   ta'limotning   shakllanishiga   ishonishni,   Qur'on   «azaldan»
mavjudligini,   iroda   erkinligi   mavjudligini,   diniy   e'tiqodni   amaliy   harakat   bilan
mustahkamlash   zarurligini   tan   olganlar.   Ular   ko‘pgina   shia   marosimlariga   amal
qilishgan, biroq o‘z turmush tarziga ko‘ra sunniylarga ham yaqin turgan. Ismoiliylar. Bu mazhab tarafdorlari shialar orasida eng ko‘pchilikni tashkil etgan.
Ismoiliy   mazhabi   VIII   asrning   2-yarmida   Bog‘dod   xalifaligida   paydo   bo‘lgan   va
imom   Jafar   Sodiqning   katta   o‘g‘li   Ismoil   nomi   bilan   atalgan.   Ismoiliylar   diniy
ta'limotida   butun   olamni   yaratgan   «dunyoviy   aql»   va   «dunyoviy   ruh»ga   e'tiqod
etish   asosiy   o‘rinni   egallagan.   Ularning   ta'limotida   neoplatonchilar   falsafasi   va
buddaviylikning   katta   ta'siri   sezilardi.   Ismoiliylar   turli   davrlarda   xalqlarga   turli
payg‘ambarlarning   yuborilishi-«dunyoviy   aql»ning   erda   namoyon   bo‘lishidir   deb
hisoblashardi.   Ular   ettita   payg‘ambarni-Odam   Ato,   Nux,   Ibrohim,   Ismoil,   Muso,
Iso   va   Muhammad   (s.a.v.)ni   tan   olishadi.   Ularning   fikricha,   imomlar
payg‘ambarlarning   vorislari   hisoblanadi.   XI   asrdan   boshlab   ismoiliylar   sinfiy
ziddiyatlarning   kuchayishi   natijasida   turli   qismlarga   bo‘linib   ketgan.   Hozirgi
paytda   ismoiliylar   O‘rta   SHarq   mamlakatlarida,   Hindiston,   Uganda,   Keniya,
Tanzaniya, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar.   O‘z   ta'limotiga   ko‘ra,   bu   sekta   ismoiliylardan   ajralib   chiqqan.   Druzlar
vahdoniyatga-Allohning   yagonaligiga   e'tiqod   etadilar   va   998-1021   yillarda
hukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi hakimni xaloskor sifatida erga ikkinchi marta
keladi,   deb   hisoblaydilar.   Ular   o‘zlarining   «muqaddas»   yozuvlariga   ega.   Ularda
diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, Shu sababli masjidi ham yo‘q. Barcha
sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.
Karmatiy   mazhabi.   Karmatiylar   ham   ismoiliylardan   ajralib   chiqqan
shahobchalardan   biri   bo‘lib,   IX   asr   oxirida   Iroqda   o‘z   faoliyatini   boshlagandan
so‘ng   Suriya   va   YAmanga   tarqalgan.   Ko‘chmanchi   badaviylar,   dehqonlar   va
hunarmandlardan   tashkil   topgan   bu   mazhab   islom   ta'limotini   Allohga   va
payg‘ambar Muhammadga e'tiqod qilishdan tashqari boshqa narsa va buyumlarga
sig‘inishni   qoralaganlar.   Shu   g‘oyani   o‘z   tarafdorlariga   singdirgan   qaramatiylar
musulmonlar   ziyoratgohi   Ka'badagi   Qora   tosh   ziyoratini,   unga   sig‘inishni,   bid'at,
butparastlik   deb   hisoblab,   X   asrning   boshlarida   (930   yili)   haj   vaqtida   Makkaga
bostirib  kirib,  bir   necha   ming  hojilarni   va   Makka   shahri   aholisini   qatl   etib,   asrga
olganlar. SHaharni va Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, o‘z davlatlari
Baxraynga olib ketganlar. Qoramatiylarning bunday harakatlarini  aksariyat  musulmonlar  jamoasi  qoralagan.
Makka va SHaharni ta'mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan so‘ng qora toshni
qaramatiylardan katta to‘lov evaziga qaytarib olganlar.
Ja'fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yo‘nalishidagi imomat yo‘nalishiga (ya'ni 12
imomga e'tiqod qilish) kiruvchi  asosiy  mazhablardan biridir. SHialikdagi  6-imom
Ja'far as-Sidiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan
ma'lumki,   fiqhga   oid   bu   tizim   IX-X   asrlarda   bir   qator   ilohiyotchilar   tomonidan
yaratilgan.   Bunda   imom   Ja'farning   ishtiroki   bor   yoki   yo‘qligini   belgilovchi   dalil
qolmagan. CHunki, undan hech qanday yozma asar qolmagan. Ammo shialikdagi
diniy-huquqiylikka oid ta'limot ja'fariya nomi bilan ataladi.
Ja'fariya   mazhzabi   o‘rta   asrlarda   Eronda   hukmron   diniy-huquq   tizimini   tashkil
etgan.   Bu   mazhab   hozirda   ham   Eron   va   Iroqda   shialar   o‘rtasida   o‘z   ta'sirini
yo‘qotmagan.
Xorijiylar.   Bu   oqimning   nomi   “chiqish”,   “qarshi   bo‘lish”,   “qo‘zg‘olonchi”
ma'nolarini anglatuvchi arabcha “haraja” so‘zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk
sektalardan   xisoblanadi.   U   Ali   bilan   Muoviya   o‘rtasida   xalifalikning   oliy
lavozimini   qo‘lga   kiritish   uchun   olib   borilgan   keskin   kurash   jarayonida   paydo
bo‘lgan.   Usmon   o‘ldirilgach,   Madina   shaxrida   Ali   xalifa   etib   saylangan.   Biroq
Usmon hukmronligi  davrida  o‘zining  iqtisodiy,  siyosiy  ahvolini mustahkamlab
olgan arab zodagonlari Alining xalifaligini tan olmaganlar. Suriya hokimi Muoviya
boshliq   quraysh   zodagonlari   Alidan   o‘ch   olishga   kirishganlar.   Uni   xatto
Usmonning   o‘ldirilishida   ham   ishtirok   etgan,   deb   e'lon   qilganlar.   Ali   bilan
Muoviya   tarafdorlari   o‘rtasida   shiddatli   siyosiy   kurash   boshlangan.   Ali   o‘zining
turar joyini Kufa shaxriga ko‘chirib, Iroq va Erondagi arab qabilalariga tayangan.
Xorijiylar   harakatining   paydo   bo‘lishiga   Alining   Muoviyaga   qarshi   kurashda
ko‘rsatgan   qat'iyatsizligi,   uning   o‘z   dushmanlariga   yon   berishi   bevosita   sabab
bo‘lgan. Alining bunday jur'atsizligi uning tarafdorlari noroziligiga sabab bo‘lgan.
Ulardan   eng   qat'iylari   (12   mingga   yaqin   jangchi)   Ali   tomonida   turib   Muoviyaga
qarshi   jang   qilishdan   bosh   tortgan.   Ular   Alining   o‘ziga   qarshi   dushmanga aylanganlar,   xorijiylar   uyushmasini   tuzib,   Aliga   ham,   Muoviyaga   ham   qarshi
jangovar kurash boshlaganlar.
Xorijiylar   661   yili   Alini   o‘ldirishgan.   Muoviya   hukmronligi   yillarida     (661-680)
va     undan     keyin     xorijiylarning     yirik   qo‘zg‘olonlari   bo‘lib   o‘tgan.   Ular   X   asr
SHimoliy  Afrikada  xatto o‘z  davlatlarini   -  rustamiylar  sulolasini  ham   o‘rnatishga
muvaffaq bo‘lishgan. Xorijiylar o‘z davrida birmuncha demokratik shiorlarni olg‘a
surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo‘qotgan.
Ular   Jazoir,   Ummon,   Tanzaniya,   Livan   kabi   mamlakatlarda   uchrashligi   xaqida
to‘xtaladi.
Shunday qilib bugungi  kunda dunyodagi taxminan 1,3 mlrd.dan ziyod musulmon
aholisining   92.3   foizini   Sunniylar   tashkil   etib,   mazhablar   bo‘yicha   quyidagicha
nisbatda   bo‘lingan:   Xanifiylar   47   foiz,   shofiylar   27   foiz,   molikiylar   17   foiz,
Xanbaliylar   1.5   foiz.   Shialar   7.5   foiz   bo‘lib,   unda   islomiy,   ja'fariy,   zaydiy
mazhablari mavjud.
4.   Islom   dinining   O‘rta   Osiyoga   kirib   kelishi.   Qur'on     islom   dinining
muqaddas kitobi. Xadislar.
4.   Islom   dinining   O‘rta   Osiyoga   kirib   kelishi.   Qur'on     islom   dinining
muqaddas kitobi. Xadislar.
O‘rta   Osiyoga   arab   yurishlari   643-644   yillarda   boshlangan   bo‘lsa   ham,   o‘lkani
uzil-kesil   bosib   olishga   uzoq   davrli   kurashdan   so‘ng   faqat   arab   qo‘mondoni
Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi.. Arablar
Movarounnahrga   705   yilda   Qutayba   Ibn   Muslim   boshchiligida   yurishni   boshlab
Balx   shahrini   egallaydilar.   707   yilda   Qutayba   katta   qo‘shin   bilan   Amudaryodan
o‘tib   Buxoro   vohasiga   bostirib   kiradi.   Poykand   shahrini   qamal   qilib,   qattiq
qirg‘indan   so‘ng   uni   egallaydi.   708-709   yillarda   Buxoroni   bosib   oladi.   Shunday
qilib 10 yil davomida muttasil olib borilgan qonli janglar natijasida Movarounnahr
Arab halifaligiga bo‘ysundiriladi. Movarounnaxr bosib olingach istilochilar barcha
shahar va qishloqlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtiradilar,  siyosiy  xokimiyatni
mustahkamlash     va     uni   barqarorligini   ta'minlash   uchun   Islom   dinining  targ‘iboti va   uni   erli   aholi   o‘rtasida   tarqatish   ishlari   bilan   Shug‘ullanadilar.   Ular   harbiy
kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni turli jamoa ishlariga safarbar
etadilar.   Movarounnahrning   iqtisodiy   hayotini   o‘z   qo‘llarida   jilovlash   uchun
istilochilar bu erda ham sosoniylarning soliq tartibini joriy etadilar. Tartib buyicha
ekin   erlaridan   0,20-0,25   hissa   miqdorida   xiroj,   chorva   hunarmandchilik   va   savdo
sotiqdan   qirqdan   bir   hissada   zakot   hamda   islom   dinini   qabul   qilmagan
ma'jusiylardan esa juzya solig‘i olingan.
Arab     istilochilari     Movarounnahrni     bosib     olgach,     o‘z   hukmronligini
mustahkamlash   uchun   Islom   dinini   majburan   qabul   qildirishga   asosiy   e'tiborni
qaratdilar. Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo‘ysundirishda yagona
dinga-islom   diniga   birlashtirish   xal   qiluvchi   ahamiyat   kasb   etishini   ular   yaxshi
tuShunar   edilar.   Shu   boisdan   ular   erli   aholining   ma'naviy   hayotida   muhim   o‘rin
tutgan   otashparastlik,   Moniy,   Budda   kabi   dinlarni   xurofot   sohta   dinlar   deb   e'lon
qildilar.   Ayniqsa   Movarounnaxr   aholisining   asosiy   dini   xisoblangan
otashparastlikka   qarshi   qattiq   kurash   olib   bordilar.   Ibodatxonalarini   vayron   qilib
o‘rniga   jome   masjidlarini   bino   qildilar.   Diniy   kitoblar   yoqib   yuborildi,   din
arboblari-koxinlar   quvg‘in   qilindi.   Islom   dinini   qabul   qilib   musulmon   bo‘lgan
aholiga   dastlabki   yillarda   xiroj   va   juz ь ya   soliqlaridan   ozod   etilib,   imtiyozlar
berildi.   Namoz   o‘qish   uchun   masjidga   borganlarga   ikki   dirhamdan   pul   berildi.
Islomni   qabul   qilishdan   bosh   tortgan   aholidan   jon   boshi   solig‘i-juzya   undirib
olindi. Og‘ir soliqlardan qutilish uchun birinchi navbatdaaholining eng kambag‘al
katlami islomni qabul qildilar.
Biroq   ular   nomigagina   musulmon   bo‘lib   uzoq   vaqtgacha   o‘z   dinlariga
sodiqligicha qolganlar. Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni
bosib   olinishi   oqibatida   mahalliy   xalqni   urf-odati,   dini   va   e'tiqodi,   qadimdan
rivojlanib   kelayotgan   madaniyati   poymol   etildi.Istilochilar   Movarounnahrning
hamma   joylarida   mahalliy   din   namoyondalarini,   madaniyat,   adabiyot   va   ilm
ahillarini quvg‘in qildilar va qatl etdilar. So‘g‘d yozuvida bitilgan diniy va shariy
kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo‘q qildilar. Islom dini arab tili va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi.
Natijada Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo‘lib qoldi. Arablar
keltirgan   va   erli   aholi   uchun   mutloqo   yot   bo‘lgan   imloni   o‘zlashtirib   savodxon
bo‘lish uchun yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo‘ldi.
Amir  Kutayba  715 yili  hozirgi  Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida  unga qarshi
isyon   ko‘targan   o‘z   askarlari   tomonidan   o‘ldirilgan.   Amir   Kutayba   askarlariga
qattiq   qarshilik   ko‘rsatgan   Xorazm,   Termiz,   Buxoro,   Samarqand,   Farg‘ona   kabi
Turkiston hududlari keyinchalik Islom dinining eng yirik markazlari bo‘lib qoldi.
Musulmon   dunyosiga   buyuk   Xorazmiylar,   Buxoriylar, Termiziylar, Farg‘oniy,
Samarqandiylarni etishtirib berdi.
“Qur'on” islomning muqaddas kitobi sifatida Allohning mo‘'jizali kitobi bo‘lib, er
yuzi   musulmonlarininig   dasturilamali,   diniy   ahkomlar   manbaidir.   “Qur'on”‖
Muhammad   payg‘ambarga   vahiy   orqali   tushgan   toat-ibodat   hisoblanuvchi
muqaddas kitob xisoblanadi.
O‘qituvchi     ana     Shunday     Muqaddas     kitoblarni     Allox     o‘tgan
payg‘ambarlarga   ham   o‘z   vaqtida   nozil   qilganligi   haqidagi   fikrlarni   bayon   etadi.
Masalan,   yaxudiylik   payg‘ambari   Muso   payg‘ambarga   Tavrot,   Dovudga   Zabur,
xristianlar   xudosi   Iso   payg‘ambarga   Injil,   eng   so‘nggi   payg‘ambar   hisoblangan
Muhammad   alayhissalomga   “Qur'oni   Karim”   nozil   bo‘lgan.   YAna   o‘qituvchi
Shunga talabalar e'tiborini qaratishi lozimki, Qur'ondan boshqa ilohiy yozuvlar bir
yo‘la tushgan deb hisoblansa, “Qur'oni Karim”ni 23 yil mobaynida Alloh farishta
Jabroil   orqali   Muhammad   payg‘ambarga   vahiy   qilib   yuborgan,   so‘ngra   ular
to‘planib xalifa Usmon hukmronligi davrida mushaf qilingan deb hisoblanadi.
Shunday   qilib,   islom   dini   shakllangan   davrdan   boshlab     “Qur'oni   Karim”
islom dinining asosiy manbasi bo‘lib kelayotir.
Islom   tarixiga   ko‘ra   “Qur'on”ning   sura   va   oyatlari   Muhammad   payg‘ambarga
parcha   —parcha   tarzida   vahiy   qilib   yuborilgan:   bu   vahiyning   birinchi   bayoni
«Laylatul   qadr»   kechasi   boshlanib,   ularning   vafotlarigacha,   ya'ni   23   yil   davom
etgan. Islom dini, nuri iymon va hidoyatning boshlanishi bo‘lgan ana Shu tun diniy
an'ana   bo‘yicha   hijradan   oldin   12   yil   oldin   ramazon   oyining   27   -   kuniga   o‘tar kechasi milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb
hisoblanadi.   “Qur'on”ni   vahiy   qilishning   boshlanishi   97-   «Al-Qadr»   surasida
ifodalangan.   «Albatga   biz   u   (“Qur'on”)ni   qadr   kechasida   nozil   qildik.   (Ey
Muhammad)   Qadr   kechasi   nima   ekanligi   sizga   ne   ham   anglatur?!   Qadr   kechasi
ming oydan yaxshiroqdir» (97.1-Z).
Islom  manbalarida rivoyat  qilinishicha,  Muhammad payg‘ambar  40 yoshga
etganlarida,   ya'ni   610   yili   Makka   shahri   yaqinidagi   Hiro   nomli   g‘orda   yolg‘iz
qolib,   ibodat   bilan   mashg‘ul   paytlarida,   farishta   Jabroil   (a.s.)   ularga   birinchi   bor
―Qur'on   oyatlarini   keltirganlar.   Odatda   Jabroil   (a.s.)   payg‘ambar   Muhammad‖
(s.a.v.)ga   oyatlarni   o‘qib   berar,   ular   yodlab   olib,   o‘z   izdoshlariga   etkazar   edilar.
Ular ham o‘z navbatida Shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik,
Shu   jumladan,   Muhammad   payg‘ambar   ham   o‘qish,   yozishni   bilmaganliklari
uchun   yodlab   olish   u   davrning   birdan   bir   usuli   bo‘lgan.   Bu   vahiy   milodiy   yil
hisobida   22   yil,   xijriyda   esa   23   yil   davom   etgan.   Oyatlarda   odamlarning
savollariga   javob   berib,   ularni   to‘g‘ri   yo‘lga   etaklagan,   yuz   bergan   xodisalarni
talqin   qilib   berilgan.   Biron   hukmning   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   ekani   bayon   kilina
bergan.   Muhammad   payg‘ambar   (s.a.v.)   vafot   etganlarida,   ularning   safdoshlari
―Qur'on ni yod bilganlar.
‖
O‘sha   paytda   oz   sonli   kishilargina   o‘qish   —   yozishni   bilganlar.   Savodli
musulmonlar   yozish   imkoni   bo‘lgan   narsalarga   “Qur'on”   oyatlarini   aniqlik   bilan
yozib borganlar.
“Qur'on”     matnlarining   to‘planishi,   tahrir   qilinishi     va   muqaddas   yozuv   sifatida
e'tirof   ztilishi   Muhammad   payg‘ambar   vafotlaridan   keyin   20-   25   yil   davomida
choriyorlar dastlabki davrida amalga oshirilgan.
O‘kituvchi  “Qur'on”ning ichki tuzilishi  masalasiga  talabalar  e ь tiborini  jalb qiladi.
“Qur'on”da   114   ta   sura   6226   ta   oyat   borligini   aytadi   va   uni   kitob   shakliga
kelgirishda ko‘llangan usulni bayon etadi.
Suralar   “Qur'on”da   o‘z   mazmuniy   izchilligiga   yoki   o‘qilgan   vaqtiga   qarab
joylashtirilgan.   Suralarning   xajmi   ham   har   xil:   eng   katta   hajmga   ega   bo‘lgan   2-
surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Uzun   suralar   kitobning   boshidan,   qisqa   suralar   uning   oxiridan   o‘rin   olishi,
tadqiqotlarda   aniqlanishicha,   kadimiy   arablarning   va   umuman   Old   Osiyodagi
somiy halqlarining an'anasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xilma - xil yozuvlar, rivoyatlar
yoki   adabiy   asarlar   to‘planib   kitob   qilinganda,   katta   xajmdagi   asarlar   birinchi
o‘rinda,   kichiklari   keyin   joylashtirilar   ekan.   Zayd   Ibn   Sobit   ham   suhufni   to‘plab
dastxat qilishda ana Shu an'anaga amal qilgan bo‘lishi kerak.
“Qur'on” ilk islom  g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan yagona yozuv bo‘lgani  sababli,
faqat   islom   tarixi   bilan   Shug‘ullangan   olimlargina   emas,   balki   islom   tarqalgan
halqlar   adabiyoti   va   madaniyati   bilan   Shug‘ullanganlarning   barchasi   ham   bu
kitobni tahlil qilishga katta e'tibor berganliklari tabiiy bir holdir. Ammo, yuqorida
aytib   o‘tilganidek,   uning   suralari   mavzulari   asosida   yoki   tarixiy   —xronologik
tartibda joylashmaganligi sababli, bu kitob g‘oyat murakkab hisoblanadi. Shuning
uchun   XIX   asr   o‘rtalaridan   boshlab   manbalarda   uchraydigan   tarixiy   voqealar   va
shaxslarning     faoliyati     to‘g‘risidagi     ma'lumotlar     ishoralarga,   Shuningdek,
ishlatilgan   iboralarga   qarab   suralarning   yoki   ayrim   guruh   oyatlarning   vujudga
kelgan davrini aniqlash, qisqasi, suralarning tarixiy-xronologik   tartibini   aniqlash
bilan  ko‘p  olimlar Shug‘ulanganlar.
IslomShunoslik   va   qur'onShunoslikning   oxirgi   xulosalari   asosida,   bizningcha,
suralarning xronologik tartibini quyidagicha biroz takomillashgan shaklda tasavvur
qilish mumkin:
1)Makka   davri   (610   yildan   615   yil   oxirigacha).   Bu   davrda   yuksak   adabiy   ijod
namunalari bo‘lgan saj' janridagi suralar nozil bo‘lgan.
2)Makka davri (616 yildan 619 yil oxirlarigacha). Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)
va   uning   izdoshlari   doimiy   ta'qib   ostida   yashagan   va   ko‘pchiligi   Habashistonga
ko‘chib   ketgan   muhitda   o‘qilgan.   Bu   suralarda   Allohning   «Rahmon»   sifati   ko‘p
tilga olinganligi sababli, Evropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3)Makka   davri   (620   yil   boshlaridan   622   yil   sentyabrigacha).   Bu   davrda   ham
payg‘ambar   Muhammad   (s.a.v.)   va   uning   izdoshlari   ta'qib   ostida   yashaganlar,
mahfiy ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga  to‘planganlar.  Bu  davr suralarida     islomning     aqoid   ta'limotiga   keng   o‘rin   berilganligi   sababli,   evropalik
olimlar bularga «Payg‘ambarlik suralari» deb nom berganlar.
Tarixiy voqealar aniqroq ko‘zda tutilgan holda Madina davriga
oid 24 ta surani 5 davrga ajratish ma'qulroqdir.
1.   Madina   davri   (622   yil   oktyabrdan   624   yil   martigacha).   Muhammad   (s.a.v.)
Madinaga ko‘chib kelganidan makkaliklar bilan birinchi yirik tuqnaShuv — Badr
jangigacha o‘qilgan 4 sura (2,98,64,62) bu davrga kiradi. Bu suralarning o‘qilgan
davriga mos tartibda joy olganligi Shubxa uyg‘otmaydi.
2.Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud
jangigacha o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan 3 ta surani (8,47,3) o‘z ichiga oladi.
3.Madina   davri   (625   yil   martidan   627   yil   martigacha).   Uhud   jangidagi
mag‘lubiyatdan keyin Handaq jangigacha o‘tgan 2 yil ichida beshta sura (61, 57, 4,
65, 59) o‘qilgan.
4.Madina   davri   (627   yil   aprelidan   630   yil   yanvarigacha).   Handaq   jangidan   so‘ng
Makkaning olinishigacha  o‘tgan salkam  uch yil ichida o‘qilgan 8 ta sura (33, 24,
63, 58, 22, 48, 66, 60) Shu davrga kiradi.
5.Madina   davri   (630   yil   fevralidan   632   yil   mayigacha).   Makka   olingandan   keyin
Muhammad   payg‘ambarning   vafotlarigacha   o‘tgan   2   yildan   ortiqroq   davr   ichida
o‘qilgan 4 ta sura (110, 49. 9. 5) Shu davrga kiradi.
“Qur'on Karim” tuzilishi haqidagi gapni davom ettirsak, undagi har bir sura oyatlar
yig‘indisidan iborat. 
«Oyat»   so‘zi   faqat   “Qur'on”ning   o‘ziga   hos   iborasi   bo‘lib,   «mo‘'jiza»,   «xikmat»,
«ilohiy», «alomat, belgi» ma'nolarini anglatadi.
Oyatlarniig   hajmi   ham   har   xil:   ayrim   oyatlar   bir   necha   tugal   fikrni   bildiradigan
katta bir jumladan (masalan, 2,256—Oyat—al Kursiy) iborat bo‘lgani holda, ayrim
oyatlar faqat ikki so‘zdan (gapning bir qismidan)gina iborat. Masalan:
1. osmon yorilganida
2. yulduzlar har tomonga sochilganida
3. dengizlar qo‘shilib to‘siqlar ochilganida
4. qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bo‘lganida) 5.   har   bir   jon   o‘zi   (dunyoda)   qilib   o‘tgan   va   qoldirgan   (barcha)   narsalarni
(amallarni) bilur! (82,1- 5)
Hozirgi   paytda   ko‘pchilik   o‘quvchilarning   fikr-   mulohazalari   e'tiborga   olinib,
O‘zbekiston   musulmonlari   Diniy   idorasi   tashabbusi   bilan   o‘zbek   tiliga   2   marta
(Alouddin Mansur tarjimasi. T: 1992, Abdulaziz Mansur tarjimasi, T.: 2001)nashr
etildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.A. Karimov. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.  Т ., ,,0‘zbekiston“, 
1992.
 2 .1.A. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat.  Т ., ,,0‘zbekiston“, 1994.
 3. I.A. Karimov. 0 ‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yoTida.  Т ., ,,0‘zbekiston“, 1994.
 4. I.A. Karimov. Biz qurish, yaratish yo‘lidan boraveramiz.  Т ., ,,0‘zbekiston“, 
1995. 
5. I.A. Karimov. 0 ‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari.  Т ., ,,0‘zbekiston“, 1995.
 6. I.A. Karimov. Amir Temur — faxrimiz, g'ururimiz.  Т ., ,,0‘zbekiston", 1996. 
7.LA. Karimov. Xalqimizning yo‘li mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‘lidir. 
Т ., ,,0‘zbekiston“, 1996.
 8.1.A. Karimov. 0 ‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 
Т ., ,,0‘zbekiston“, 1996. 9 .1.A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 
Т ., ,,0‘zbekiston“, 1996.

Mavzu: ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI Reja: 1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.) hayoti va faoliyati. 2. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi. 3. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. 4. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Qur'on islom dinining muqaddas kitobi. Xadislar.

1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.) hayoti va faoliyati. 1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.) hayoti va faoliyati. Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Xabashiston, g‘arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy hamda Filippin aholisining bir qismi, Evropa qismida bo‘lsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan halqlarning bir qismi islom diniga etiqod qiladi. Aholisining ko‘pchiligi mutlaq musulmonlardan iborat 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan ba'zilari ham (Misr, Malayziya) o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar, ya'ni ularning ba'zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarning nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika bo‘yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan. Shuningdek, islom Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va SHimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, G‘arbiy Sibir ь va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e'tiqod qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Ayniqsa, e'tiqod haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshittirishlar va oynai jahon ko‘rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo‘lgan e'tiborni oshirib yubordi. Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Afrika qit'asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga, eng avvalo, bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi, islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganligiga imkon berdi. Shunga qaramay, mahalliy madaniy an'analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘nalishida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy musulmon an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar

madaniy merosi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. Islomning paydo bo‘lishini tahlil etish davrining xususiyatlari arab qabilalari o‘rtasida xukmron bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning va ularning diniy – g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolaridan va tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V-VI asrlarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan Shug‘ullanar edi. YArim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi ko‘chmanchi chorvachilik bilan Shug‘ullanuvchi arab qabilalari bundan ham og‘ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatdan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. YArim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda VI asrda YAmandan shimolga- Suriya, Misr va Falastinga olib boradigan karvon yo‘li faqat bu davlatlarning o‘zlariga emas, balki janubda YAman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronni ham bir-biri bilan bog‘lovchi savdo yo‘li edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toyif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular, Shuningdek, ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida e ь tiborlisi edi. Makka markazida joylashgan Ka'ba islomda eng ―muqaddas hisoblangan va‖ ―Ollohning uyi (Baytulloh) sajdagoh ‖ hisoblangan. Undagi qoratosh (Hajar al-asvad) va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e'tiqod manbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar to‘xtatilar edi. Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta'sir ko‘rsatar edi. Makkada Ukaz nomli katta

bozor joylashgan edi. Arab qabilalari o‘rtasida Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka'batulloh ibodatxonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya'ni butchalari mavjud bo‘lgani tufayli, bu shahar o‘z atrofida yashovchi ko‘p qabilalar uchun e'tiqod markazi-ziyoratgohga aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar. V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bo‘lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxo‘rlik rivojlangan, Shuningdek, qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan. SHarqShunos olimlarning tadqiqotlari Shundan dalolat beradiki, qadimiy YAmanni istisno qilganda, Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar uchun V- VI asrlarni iqtisodiy urug‘-qabilachilik tuzumi emirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr deb tavsiflash mumkin va lozim. O‘sha davrda kuchli imperiyalar bo‘lgan Vizantiya va Eron o‘rtasida YAmanni qo‘lga kiritish va karvon yo‘llarida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun kurash davom etgan. YAman sosoniylar hukmronligiga o‘tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron ko‘rfazi orqali Hindistonga boradigan yo‘l tez rivojlana boshlagan va Shu munosabat bilan Hijoz orqali o‘tgan karvon yo‘li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari o‘rtasida sudxo‘rlik avjga chiqqan; qullar, kambag‘allarni ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar o‘rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodagonlari bilan oddiy mexnatkashlar o‘rtasida sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qo‘shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, o‘ljani qo‘lga kiritish va Shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutulish haqida tez-tez o‘ylay

boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi. Arab xalqi hayotida VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqelar arab qabilalarini ijtimoiy hayot taqozosi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni Shu intilishni o‘zida aks ettirgan g‘oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qo‘shni mamlakatlarning bosib olinishi, arab xalifaligining kengayishi jarayonida kuchli g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qilgan. Markaziy va SHarqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o‘rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo‘lgan politeistik ma'jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi. V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e'tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvurlarning qorishig‘idan iborat edi. Ko‘p qabilalar alohida toshlarga e'tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi. Har bir qabila o‘z xudosining sanamiga sig‘inar, topinar edi. Bu hol dinshunoslikda ko‘p xudolilikning arablarga xos ko‘rinishi deb tavsiflangan. Qur'onda bunday e'tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari, arab qabilalari o‘rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. V-VI asrlarda arab qabilalari urug‘-qabilachilik tuzumi emirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan intilishning g‘oyaviy in'ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. YAkka xudolilik to‘g‘risidagi bunday diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo‘lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ‘ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana Shu targ‘ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to‘g‘risida targ‘ibot yuritgan, o‘zini payg‘ambar deb e'lon qilgan shaxslar tarixiy manbalarda ―xaniflar , ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma'lumdir. Islomning paydo‖