logo

Islom dini 2

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.1103515625 KB
Reja:
1.          Islom	 dinining	 paydo	 bo’lishi	 va	 ta’limoti.
2.          	
Islom	 dinidagi	 yo’nalishlar,	 oqimlar	 va	 mazhablar.
3.          	
Qur’onning	 tarkibi	 va	 jamlanishi.
4.           Qur’on	
 va	 hadis-Islomning	 asosiy	 manbalari.	 Mashhur	 muhaddislar. Islom dinining paydo bo’lishi.
Islom dini	 jahon	 dinlari	 ichida	 eng	 yosh	 dindir,	 e’tiqod	 qiluvchilar	 soni
jihatidan	
 esa	 xristianlikdan	 keyin	 ikkinchi	 o’rinda	 turadi.	 Yil	 sayin	 bu	 dinga
e’tiqod	
 qiluvchilar	 soni	 ortib	 bormoqda.
Islom	
 dini	 VII	 asrda	 Arabiston	 yarim	 orolida	 (hozirgi	 Saudiya	 Arabistoni)
paydo	
 bo’ldi.	 Bu	 orol	 arab	 tilida	 “Jazirat	 al-Arab”,	 ya’ni	 arablarning	 yarim   oroli
degan	
 ma’noni	 anglatadi.	 Turkiy	 xalqlar	 va	 eronliklar	 “Arabiston”	 deb	 ataydilar.
“Islom”	
 so’zi	 quyidagi	 ma’nolarni	 anglatadi:
1.       Itoat	
 va	 bo’ysunish.
2.       Ixlos	
 va	 turli	 ofatlardan	 salomat	 bo’lish.
3.       Sulh	
 va	 omonlik.
Islom-Alloh	
 yagona	 degan	 e’tiqod	 bilan	 unga	 bo’ysunmoqlik,	 itoat	 etmoqlik
va	
 butun	 qalb	 bilan	 unga	 ixlos	 qilmoqlik	 va	 Alloh	 buyurgan	 diniy	 e’tiqodga	 iymon
keltirmoqlik	
 demakdir. Allohga	 itoat	 qilgan	 va	 Alloh	 yuborgan	 payg’ambarlarga
ergashgan	
 kishi	 musulmon	 (muslim-sadoqatli)	 deyiladi.	 Islomning	 paydo	 bo’lishi
VI	
 asr	 oxiri-VII	 asr	 boshlarida	 Arabiston	 yarim	 orolida	 yuz	 bergan	 ijtimoiy-
iqtisodiy	
 ahvol	 bilan	 bevosita	 bog’liqdir.	 Xo’sh,	 bu	 ijtimoiy-iqtisodiy	 ahvol
nimalarda	
 o’z	 ifodasini	 topgan	 edi?Avvalo,	 arablarning	 katta-kichik	 qabila	 va
urug’larga	
 bo’linib	 ketganligida.	 Bunday	 bo’linish-ular	 o’rtasidagi	 doimiy	 o’zaro
urushlarning	
 asosiy	 omiliga	 aylangan	 edi.	 Bu	 urushlar	 faqatgina	 vayronalik
keltirmoqda	
 edi,	 xolos.
Ikkinchidan,	
 qo’shni	 davlatlar	 - Vizantiya	 imperiyasi,	 Sosoniy	 Eroni	 va
Habashiston	
 Arabiston	 yarim	 orolida	 siyosiy	 birlikning	 yo’qligidan	 foydalanib,
doimiy	
 ravishda	 bu	 o’lkaga	 hujum	 qilardilar,	 arablarni	 asoratga	 solardilar.	 Shunday
qilib,	
 VII	 asrda	 arablar	 yagona	 davlat	 barpo	 etishini	 davr	 ham	 taqozo	 etmoqda	 edi.
Siyosiy	
 jihatdan	 birlashish,	 ya’ni	 yagona	 Arab	 davlatini	 vujudga	 keltirish-xalqning
kuchini	
 tashqi	 bosqinchilarga	 qarshi	 kurash	 uchun	 birlashtirish	 hamda	 o’zaro	 ichki urushlarga barham	 berish	 vazifasini	 hal	 etish	 lozim	 edi.	 Bunday	 siyosiy	 birlashuv	 u
davrda	
 faqatgina	 yakka	 xudolik	 dini	 orqaligina,	 yagona	 xudo	 shiori	 istidagina
amalga	
 oshirilishi	 mumkin	 edi,	 xolos.	 VI	 asrda	 Arabistonda	 ko’p	 xudolik	 dinlari
mavjud	
 edi.	 
Ayni	
 paytda,	 shuni	 alohida	 ta’kidlash	 joizki,	 ko’p	 xudolik	 vujudga	 kelayotgan	 va
asta-sekin	
 o’ziga	 taraqqiyot	 yo’lini	 ochib	 borayotgan	 yangi	 tuzum-feodal
jamiyatning	
 ijtimoiy	 va	 siyosiy	 talablariga	 ham	 muvofiq	 kelmas	 edi.	 
Yuqorida	
 sanab	 o’tilgan	 omillar	 Islom	 vujudga	 kelishining	 obektiv	 shart-
sharoitlarini	
 tashkil	 etadi.
Islomning	
 paydo	 bo’lishiga	 muayyan	 g’oyaviy	 muhit-birinchidan,	 arablar	 milliy
ongining	
 uyg’onganligi,	 ikkinchidan,	 haniflar	 (chinakam	 e’tiqod	 qiluvchilar,
haqiqat	
 izlovchilar)ning	 diniy	 harakati	 ham	 qulay	 sharoit	 yaratgan	 edi.	 Haniflar
arab	
 qabilalarini	 birlashtirish	 jarayonining	 g’oyaviy	 ifodachisi	 ham	 edi.
Hanifiylikning	
 markaziy	 g’oyasini-yakka	 xudoga	 ishonish,	 qabila	 xudolariga	 va
mahalliy	
 xudolarga	 sig’inishdan	 voz	 kechish	 tashkil	 etardi.	 Hanifiylar	 o’z
targ’ibotlarida	
 arablarni	 “og’ir	 ahvoldan	 qutqaruvchi	 xaloskor”ning	 yaqinlashib
qolganligini	
 xabar	 berar,	 ilohiy	 qudratning	 hukmini	 sabrsizlik	 bilan	 kutib	 turish
lozimligini	
 uqtirar	 edilar.	 Ular	 har	 narsani	 yagona	 xudoning	 qudrati,	 uning
marhamati	
 yoki	 g’azabi	 bilan	 bog’lar	 edilar.Ijtimoiy	 adolatsizlikdan,	 chet	 el
bosqinchilari,	
 quldorlarning	 asoratidan	 bezor	 bo’lgan	 qullarning,	 og’ir	 ahvolda
yashagan	
 arab	 ommasining	 qalbida	 “yagona	 Allohning	 adolati”,	 “Xaloskorning
kelishi”,	
 “Dunyoning	 oxiri”	 haqidagi	 targ’ibotlar	 muayyan	 tuyg’u,	 unga	 ishonish
hislarini	
 uyg’otgan.	 Milodning	 VI	 asrida	 Arabiston	 yarim	 orolida	 hukm	 surgan
davlatlar	
 qulagach,	 mazkur	 karvon	 yo’lining	 markazida	 joylashgan	 Makka
Arabiston	
 shaharlarining	 eng	 yirigi	 va	 ahamiyatlisi	 bo’lib	 qolgan.	 U	 deyarli
hamma	
 tomoni	 darali	 tog’lar	 bilan	 o’ralgan	 vodiyda	 joylashgan.	 Shuning	 uchun
ham	
 bu	 yerda	 hech	 qachon	 shahar	 atrofiga	 devor	 qurish	 zaruratu	 bo’lmagan.	 U
yerdagi	
 Alloh	 qudrati	 bilan	 yaratilgan	 deb	 hisoblanuvchi	 Zamzam	 qudug’i,	 Ka’ba bora-bora Makkani	 arablarning	 muqaddas	 joyiga	 aylantirgan,	 uning	 shuhratini
orttirgan.	
 Makka da	  hech	 q a nday	 arxeologik	 ishlar	 olib	 borilmagani	 uchun	 uning
yoshini	
 aniqlashning	 iloji	 bo’lmagan.	 V-VI	 asrlarda	 Arabiston	 yarim	 orolidagi
davlatlar	
 (G’assoniylar,	 Lahmiylar,	 Kinda	 va	 Himyor)	 inqirozga	 yuz	 tutganligi,
so’ngra	
 umuman	 tarix	 sahifasidan	 yo’qolib	 ketganligi	 Makkaga	 qo’l	 kelgan.
Arabistonga	
 qo’shni	 buyuk	 davlatlar	 - Vizantiya	 va	 Eronning	 yarim	 orol	 janubi	 va
shimolida	
 o’z	 hukmini	 o’rnatgani	 ham	 Makka	 foydasiga	 hizmat	 qilgan.	 Bu	 davrda
Makkada	
 quraysh	 qabilasi	 hukmronlik	 qilardi.	 Butun	 quraysh	 urug’larining
hurmat-e’tiborini	
 qozongan	 shaxs	 Hoshim	 edi.	 Bu	 hurmat-e’tiborga	 u oddiy
xalqqa,	
 yo’qsillarga	 xayr-ehson	 qilish,	 qurbonlikka	 mollar	 so’yib	 ularni	 boqish
hisobiga	
 erishgan	 edi.
Islom ta’limoti. Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati.
Qur’oni	
 Karimda	 25	 gayg’ambarning	  nomi	 zikr	 etilgan.	 Diniy	 ta;limotga	 ko’ra
hech	
 kim	 payg’ambarlikka	 o’z	 bilimi,	 o’qib	 o’rganishi,	 yoki	 niyati	 bilan	 erisha
olmaydi.	
 Paeg’ambarlik-	 olloh	 o’zi	 suygan	 bandasiga	 in’om	 etilaligan	 ehsondir
Muhammad	
 ibn	 iAbdulloh	 570-yilda	 Makkaning	 quraysh	 qabilasiga	 mansub
Hoshimiylar	
 xonadonida	 tavallud	 topdi.	 Otasi	 Abdulloh	 Muhammad	 tug’ilmasidan
2	
 oy	 oldin	  25	 yoshida	 vafot	 etgan.
O’sha	
 zamoh	 odatlariga	 ko’ra	 Muhammad	 Saad	 urug’idan	 bo’lgan	 Halima	 ismli
ayolga	
 enagalikka	 berilgan.	 4 yoshidan	 so’ng	 Muhammadni	 yana	 onasi	 tarbiyalay
boshladi	
 . 6 yoshida	 Muhammadning	 onasiham	 bafot	 etadi.	 Oldin	 bobosi	 Abl	 al-
Mutallib,	
 keyinchalik	 esa	 amakisi	 Abu	 Tolib	 Muhammadni	 o’z	 tarbiyasiga
oladi.25	
 yoshigacha	 tijorat	 bilan	 shug’ullangan	 Muhammad	 Xadicha	 ismli	 boy
beva	
 ayolga	 uylanadi.	 Ular	 6 nffar	 farzand	 ko’radilar.	 Afsuski	 farzandlari	 asosan
yoshlik	
 chog’larida	 vafot	 etadi.	 Faqatgina	 qizlari	 Fotima	 unib-	 ulg’aydi	 va
otasining	
 izidan	 borib	 yuksak	 hurmatga	 sazovor	 bo’ldi. Diniy adabieotlarda	 ta’kidlanishicha	 610-yilda	 Muhammadning	 hayotida	 keskin
burilish	
 pallasi	 yuz	 berdi.endi	 uning	 hayotida	 payg’ambarlik	 davri	 boshlandi.	 Yani,
ilk	
 vahiy	 kela	 boshladi.	 Yana	 shu	 adabiyotlarda	 ta’kidlanishicha	 Olloh	 o’z
inoyatini	
 3 xil	 shaklda	 bildiradi:
1.           Vahiy	
 orqali	 
2.           Parda	
 orqasidan	 gapirish	 orqali
3.           Farishtalar	
 yuborish	 orqali
Shu	
 paytdan	 boshlab	 Muhammad	 Ollohning	 rasuliga	 aylandi.	 Bu	 faoliyat	 23	 yil
davom	
 etdi.	 23	 yildan	 iborat	 payg’ambarlik	 haeotining	 bir	 qishmi	 Makkada,	 bir
qismi	
 Madinada	 o’tganligi	 sababli	 Qur’on	 sur’alari	 ham	 Mfkkai-90	 ta	 va	 Madinai-
24	
 ta	  sur’alarga	 bo’linadi.
Muhammad	
 payg’ambar	 makkaliklarni	 butga	 sig’inishdan	 qaytarish	 va	 yagona
ollohga	
 sig’inishga	 o’rgatish	 uchun	 3 yil	 yashirincha	 targ’ibot	 bilan	 shug’ullandi.
Uch	
 yillik	 yashirin	 targ’ibot	 davomida	 islomga	 e’tiqod	 qiluvchilar	 soni	 30	 taga
etdi.	
 Makka	 aholisi	 ikkiga	 bo’lindi:	 Muhammad	 tarafdorlari	 – musulmonlar	 va
ularga	
 qarshi	 bo’lgan	 mushriqlar.	 Muslimlar	 va	 mushriqlar	 o’rtasida	 jiddiy	 kurash
borgan.	
 Sababi	 islomga	 o’tish	 Ka’badagi	 360	 ta	 butdan	 kechishni	 anglatar	 edi.Buni
ko’pchilik	
 istamasdi.	 
Muhammad	
 boshliq	 musulmonlar	 mushariqlar	 tazyiqidan	 qochib	 3 yil	 tog’larda
yurishga	
 majbur	 bo’lishgan.	 619-yil	 Muhammadning	 boshiga	 katta	 tashvish
tushgan	
 oldin	 amakisi	 Abu	 Tolib,	 keyin	 xotini-Xadicha	 vafot	 etadi.	 622yil	 esa
Muhammad	
 boshchiligidagi	 Musulmonlar	 Makkadan	 Madinaga	 hijrat	 qiladilar.
Ko’chib	
 borganlar	 islom	 tarixida	 muhojirlar	 deb	 nom	 oldilar.	 Madinaliklar	 islomni
qabul	
 qildilar	 va	 qisqa	 vaqt	 ichida	 kuchli	 Madina-	 islom	 vlati	 tashkil	 topdi.630-yili
Makka	
 	bo’yso’ndirildi.632-yil	 	Muhammad	 	payg’ambar	 	vafot	 	etdi.
Muhammadning	
 vafotidan	 so’ng	 davlatni	 uning	 o’rinbosarlari-	 xalifalar
boshqarganlar. Islom dinining	 ta’limoti	 uning	 muqaddas	 kitobi	 Qur’oni	 Karimda	 bayon
etilgan.	
 Islom	 ta’limotining	 asosini	 iymon	 , iislom	 vaehson	 tashkil	 etadi.iymon	 7
aqidaga	
 asoslanadi.	 Bular:
1)     Ollohga;	
 2)	 Farishtalarga;	 3)	 Muqaddas	 kitoblarga;	 4)Payg’ambarlarga;	 5)
Oxiratga;	
 6)Taqdirga;7)	 O’lgandan	 keyin	 tirilishga	 ishonishdir.	 Barcha	 7 aqida
to’laligicha	
 imoni	 mufassal	 deb	 ataladi.
Shuningdek	
 islomda	 “Islom	 arkonlari”	 degan	 tushuncha	 ham	 mavjud.	 U	 5 ta
asosiy	
 narsani-	 diniy	 marosim	 talablarini	 o’z	 ichiga	 oladi.	 Bular:
1.           Kalimai	
 shahodat
2.           Namoz
 o’qish
3.           Ro’za	
 tutish
4.           Zakot
 berish
5.           Haj	
 qilish
Bu	
 5 ta	 asosiy	 farzlardan	 tashqari	 janoza,	 sunnat,	 nikoh	 va	 qurbonlik	 qilish	 kabi
muhim	
 marosimlar	 ham	 mavjud.
Boshqa	
 dinlarda	 bo’lganidek	 islomda	 ham	 diniy	 bayramlar	 mavjud.	 Bularning
asosiylari-Ro’za	
 hayiti,	 qurbon	 hayiti	 va	 Movlud	 ( Muhammad	 payg’ambar
tug’ilgan	
 kun)dir.	 
Ramazon	
 islom	 olamida	 muqaddas	 oylardan	 sanaladi.	 Zikr	 qilinishicha	 Hadisi
sharifda	
 bu	 haqda	 “ Bu	 ummatim	 oyi	 , bunda	 yuz	 bergan	 gunohlar	 kechiriladi	 ”
deyiladi
Ramazon	
 haiti	 hijriy	 oylarning	 uchinchisi	 hisoblanmish	 shavval	 oyining	 birinchi
kuni	
 nishonlanadi	 . ramazon	 oyida	 30	 kun	 ro’za	 tutgan	 musulmonlar	 zimmalariga
yuklatilgan	
 farz	 amalini	 sog’	 salolmat	 ado	 etib	 tugatganliklarimunosabati	 bilan
xursandchilik	
  izhor	 etish	 demakdir. Qurbon haiti	 zulhilla	 oyining	 10-kuni	 nishonlanadi.	 Bu	 kunda	 qurbonlik	 qilinadi.
Qurbonlikollohga	
 yaqin	 bo/lish	 uchun	 uning	 yo’lida	 qurbonlik	 kunlari	 biror	 jonliq
so’yishdir.	
 “ Bu	 nomning	 atalish	 sababi	  Ibrohim	 alayhyssalomning	 Ollohning	 fmri
bilan	
 o’g’illari	 Ismoilni	 qurbonlik	 qilishga	 kirishgan	 paytda,	 Tangri	  bir	 qo’chqor
yuborib	
  o’g’li	 o’rniga	 uni	 qurbonlik	 qilishga	 buyurgan”,-	 deyiladi.	 Bu	 haqda
qur’onda	
 ham	 aniq	 xabarlar	 berilgan.	 Shu	 bois	 hajga	 borganlar	 , boy-badavlat
musulmonlar	
 zimmasiga	 qurbon	  hayiti	 kunlari	  jonliq	 so’yib	 qurbonlik	 qilish	 vojib
qilingan.	
                                                                                     
Islomning muqaddas manbaalari.   Hadislar. Buyuk muhaddislar  
Qur’oni	
 Karim	 Islom	 dinining	 asosiy	 ilohiy,	 muqaddas	 kitobidir.	 Islom	 dinida
aytilishicha	
 Qur’on	 Allohning	 kalomi	 (kalomulloh)	 bo’lib,	 uning	 har	 bir	 kalomi
Alloh	
 tarafidan	 so’zma-so’z	 nozil	 etilgan	 va	 	 Jabroil	 alayhissalom	 orqali
payg’ambarga	
 yetkazilgan.	 Alloh	 taolo	 tarafidan	 oxirgi	 payg’ambar	 Muhammad
alayhissalomga	
 yuborilgan	 bu	 so’nggi	 kitob	 to	 qiyomat-qoyim	 bo’lgunga	 qadar,
insonlar	
 orasida	 abadiyan	 amal	 qiladi	 deyiladi.
Islomda	
 aytilishicha	 Qur’oni	 Karim	 va	 Islom	 dini	 muayyan	 qabila,	 xalq,
elatlarga	
 yuborilgan	 bo’lmay,	 balki	 butun	 bashariyatga,	 yer	 yuzidagi	 barcha
xalqlarga	
 nozil	 etilgan.
 	
Qur’onning	 nozil	 qilinishi-vahiy	 qilib	 yuborilishi	 muqaddas	 ramazon	 oyining
yigirma	
 yettinchi	 kuni	 kechasi	 boshlangan.	 Shuning	 uchun	 ham	 bu	 oy	 muqaddas
hisoblanib,	
 ro’za	 tutilgan	 kunning	 yigirma	 yettinchi	 kechasi	 “Laylat	 ul-Qadr”,
ya’ni	
 qudrat	 kechasi,	 ilohiy	 qudrat	 namoyon	 bo’lgan	 tabarruk	 kecha	 deb
ulug’lanadi.
Qur’ondaa	
 aytilishicha	 Islom	 aqidalari,	 e’tiqod	 talablari,	 xuquq	 va	 axloq
me’yorlari,	
 inson	 uchun	 foydali	 bo’lgan,	 har	 bir	 zamonga	 to’g’ri	 keladigan	 va
qiyomatgacha	
 o’zgarmaydigan	 hikmatli	 hukmlar	 yozilgandir.	 Qur’oni	 karimning asosiy mavzusi	 va	 maqsadi	 bashariyat	 tafakkurida	 ko’p	 xudolikka	 barham	 berish,
yakka	
 xudolikka	 targ’ib	 qilish	 va	 Islom	 dinini	 o’rnatishdir.	 
Qur’on	
 har	 xil	 hajmdagi	 30	 pora	 (bo’lak,	 qism),	 114	 suraga	 bo’lindi	 va	 77439
kalima,	
 325743	 harfdan	 iborat	 6236	 oyat	 joylashtirilib,	 har	 bir	 suraga	 nom	 berildi,
Qur’onning	
 oxirgi	 oyati	 payg’ambar	 vafodan	 18	 kun	 avval	 nozil	 bo’lgan.
Qur’onning	
 birinchi	 surasi	 - “Fotiha”,	 oxirgi	 bir	 yuz	 o’n	 to’rtinchisi	 - “An-nos”
surasidir.
Qur’ondagi	
 suralar	 makkiy	 va	 madiniy	 suralarga	 bo’linadi.	 Jumladan,	 90	 sura,
4780	
 oyat	 Makkada	 610-622	 yillarda,	 24	 sura,	 1456	 oyat	 Madinada	 622-632
yillarda	
 nozil	 bo’lgan.
Qur’on	
 Muhammad	 payg’ambar	 tomonidan	 hali	 jamlanib	 to’plam	 holiga
keltirilmagan	
 edi.	 Rasullulloh	 vafot	 etgan	 vaqtda	 Qur’on	 sahobalar,	 qori-hofizlar
tomonidan	
 to’liq	 yod	 olinib,	 xurmo	 po’stloqlariga,	 toshtaxtalarga,	 teri	 va	 boshqa
narsalarga	
 yozib	 qo’yilgan	 edi.	 O’sha	 davrlarda	 Qur’onni	 to’liq	 holda	 yod	 olgan
sahoba-hofizlaridan	
 30	 kishi	 sanab	 o’tilgan.	 Rasulullohning	 24	 nafar	 vahiy
yozuvchi	
 kotiblari	 bo’lgan.	 Ular	 navbatma-navbat	 kotiblik	 qilganlar.	 Rasululloh
mirzalaridan	
 eng	 mashhuri	 Zayd	 ibn	 Sobit	 raziyallohu	 anhudir.
Ma’lumki,	
 Muhammad	 alayhissalom	 o’qish-yozishni	 bilmagan:	 “Siz,	 ilgari	 biror
kitobni	
 tilovat	 qiluvchi	 emas	 edingiz	 va	 o’z	 qo’lingiz	 bilan	 xat	 ham	 yozgan	 emas
edingiz.	
 	Aks	 	holda	 	buzg’unchilar,	 	albatta,	 	shubhaga	 	tushgan	 	bo’lur
edilar”(29-“Ankabut”	
 surasi,	 48-oyat)
O’uronda	
 aytilishicha	 Muhammad	 payg’ambar	 Qur’on	 oyatlarini	 farishta	 Jabroil
alayhissalomdan	
 eshitib,	 yod	 olgan	 va	 sahobalariga	 aytib,	 o’qitib,	 uqtirib	 turgan,
ular	
 esa	 yodlab	 olganlar.	 Payg’ambarimiz	 har	 bir	 yangi	 oyatni	 qaysi	 suraga	 taaluqli
ekanligini	
 va	 o’rnini	 kotiblarga	 tushuntirib	 turganlar.	 Qur’on	 suralari	 shu	 tariqa	 23
yil	
 davomida	 yod	 olingan	 va	 xatga	 bitilgan.  Islomning	 asosiy	 hujjati	 bo’lgan	  Qur’on	 musulmonlarning	 diniy,	 ijtimoiy	 va
siyosiy	
 hayotida	 yagona	 qo’llanma,	 doimiy	 yo’lboshchi	 bo’lib	 xizmat	 qilib	 kelgan.
Qur’oni	
 Karim	 jumlalariga	 biron-bir	 o’zgartirish	 kiritish,	 bironta	 harfni,	 xatto
harflar	
 belgisi-zer-zabarini	 ham	 o’zgartirish	 mumkin	 emas,	 qat’iyan	 taqiqlangan;	  
Qur’on	
 ta’limotining	 markaziy	 g’oyasi	 yakkayu	 yagona	 Alloh	 to’g’risidagi
ta’limotdir.	
 Shuningdek,	 unda	 iymon,	 Allohga	 ishonch,	 olamning	 yaratilishi,
farishtalar,	
 payg’ambarlar,	 oxirat-qiyomat,	 qayta	 tirilish,	 qazoi	 qadar,	 Islom
dinining	
 asoslari	 va	 boshqa	 diniy	 ko’rsatmalar	 belgilab	 berilgan.	 Undagi	 axloqiy,
xuquqiy,	
 ijtimoiy,	 iqtisodiy	 meyorlar	 Islom	 dinining	 qonunlari	 majmuasi-shariatga
asos	
 qilib	 olingan.
Qur’oni
 Karimning	 asosiy	 nomlari:
          Qur’on.	
 Mazmuni	 “O’qish	 kitobi”.	 Bu	 kalom	 faqat	 Muhammad	 a.s.ga	 nozil
qilingan	
 ilohiy	 kitobga	 qo’llaniladi.
          Furqon.	
 Haq	 bilan	 nohaqni	 ajrim	 qilib	 beruvchi	 degani.	 Bu	 nom	 Qur’onga,
gohida	
 Tavrot	 va	 Injil	 kitoblariga	 ham	 qo’llanilgan.
          Kalomulloh.	
 Allohning	 kalomi	 degani.
          Mus’haf.	
 Sahifalangan,	 muqovalangan	 kitob	 degani.
“Qur’on”	
 - arabcha	 “qara’a”	 (o’qimoq)	 felidan	 olingan.	 Qur’on	 suralardan
iborat.	
 Sura	 Qur’ondan	 bir	 bo’lak	 bo’lib,	 eng	 kami	 uchta	 yoki	 undan	 ortiq	 oyatlarni
o’z	
 ichiga	 oladi.	 Qur’onda	 jami	 114	 ta	 sura	 mavjud.	 Oyatlar	 soni	 esa,	 Qur’on
mantlarini	
 taqsimlashning	 turli	 yo’llariga	 ko’ra,	 6204	 ta,	 6232	 ta,	 hatto	 6666
tagacha	
 belgilangan.	 Bu	 narsa	 Qur’on	 nus x alarining	 bir-biridan	 farqli	 ekanligini
emas,	
 balki	 undagi	 oyatlarning	 turlicha	 taqsimlanganini	 bildiradi.
Suralar	
 Qur’onda	 o’z	 mazmuniy	 izchilligiga	 yoki	 o’qilgan	 vaqtiga,	 ya’ni
xronologik	
 tartibiga	 qarab	 emas,	 balki	 hajmiga	 ko’ra-avval	 katta	 suralar,	 undan
so’ng	
 kichik	 suralar	 tartibi	 Muhammad	 s.a.v.	 ko’rsatmalariga	 binoan	 joylangan. Suralarning hajmi	 ham	 har	 hil:	 eng	 katta	 hajmga	 ega	 bo’lgan	 2-surada	 286	 oyat
bor,	
 eng	 kichik	 suralar	 faqat	 3 oyatdangina	 iborat.
Qur’on	
 matnlarining	 to’planishi,	 tahrir	 qilinishi	 va	 muqaddas	 yozuv	 sifatida
e’tirof	
 etilishi	 Muhammad	 vafotidan	 keyin	 20-25	 yil	 davomida,	 dastlabki	 xalifalar
Abu	
 Bakr,	 Umar,	 Usmon	 davrida	 amalga	 oshirilgan.
Muhammad	
 suralarni	 yoddan	 o’qigan,	 targ’ibot	 vaqtida	 musulmonlar	 ham	 uni
yod	
 olgan.	 Boshqa	 xalqlardagidek,	 arablar	 o’rtasida	 ham	 folklorga	 hos	 she’rlar,
rivoyatlar	
 faqat	 yod	 olish	 va	 og’izdan-og’izga	 ko’chirish	 yo’li	 bilan	 avloddan-
avlodga	
 o’tib	 saqlangan.	 Faqat	 ayrim	 savodli	 kishilargina	 ba’zi	 suralarni
pergament,	
 yog’och	 tahtakach,	 kurak	 suyaklariga	 yozib	 olganlar.	 Suralarni	 to’la
yodlab	
 olgan	 musulmonlar	 anchagina	 bo’lgan.
Abu	
 Bakr	 hukmronligi	 davrida	 barcha	 suralarni	 to’la	 yod	 bilgan	 7 tagina	 odam
qolgan	
 edi.	 Muhammad	 umrining	 oxirlarida	 5 yil	 davomida	 unga	 kotiblik	 qilgan
Zayd	
 ibn	 Sobit	 bitta	 suraning	 oxirinigina	 bilmagan,	 qolgan	 barcha	 suralarni	 yod
bilgan.	
 Ko’pchilik	 musulmonlar	 ayrim	 sura	 yoki	 parchalarni	 yod	 bilganlar,	 xolos.
Binobarin,	
 yana	 bir	 necha	 janglardan	 so’ng	 suralarni	 yod	 bilgan	 odamlar
qolmasligi	
 va	 Qur’on	 matnini	 tiklash	 mumkin	 bo’lmay	 qolish	 xavfi	 paydo	 bo’lgan.
Shuni	
 hisobga	 olib,	 Abu	 Bakr	 eng	 yaqin	 safdoshi	 Umar	 maslahati	 bilan	 633
yilda	
 Qur’on	 suralarini	 to’plab,	 dastxat	 qildirishga	 qaror	 bergan	 va	 bu	 vazifani
bajarishni	
 Zaydga	 topshirgan.	 Rivoyatlar	 bo’yicha,	 u	 masjidga	 o’tqazib
qo’yilgan,	
 sahobalardan	 har	 biri	 o’zi	 bilgan	 suralarni	 o’qigan,	 Zayd	 yozib	 borgan.
Har	
 bir	 sura,	 parcha	 yoki	 oyatlar	 qismini	 avval	 bir	 kishi	 o’qib,so’ngra	 ikkinchi
kishi	
 o’qiganda	 aynan	 mos	 kelsa,	 o’shandagina	 yozib	 borilgan.	 Bu	 to’plam
dastavval	
 Suhuf	 (sahifalar)	 deb	 nom	 olgan.	 Binobarin,	 u alohida	 pergament
sahifalarga	
 yozilgan	 bo’lishi	 kerak.	 Lekin	 bu	 nusha	 saqlanib	 qolmagan.	 U
haqidagi	
 ma’lumotlarni	 biz	 faqat	 ilk	 manbalardangina	 bilamiz. Qur’onning hozirgi	 nusxasidagi	 114	 ta	 sura	 bilan	 taqqoslab	 ko’rilsa,	 Suhufda
hammasi	
 109	 ta	 sura	 bo’lganligi	 va	 1,	 34,	 41,	 45	 va	 96-suralar	 bo’lmaganlligi
aniqlanadi.	
 Shundan	 ham	 ma’lum	 bo’ladiki,	 Suhuf	 tarkibi	 to’la	 bo’lmagan.
Oradan	
 17-18	 yil	 o’tgach,	 ilgaridan	 o’z	 ixtiyorlari	 bilan	 suralarni	 yozib
yurgan	
 va	 alohida	 to’plam	 qilib	 olgan	 ayrim	 kishilar	 qo’lidagi	 nushalarni
xalifalikning	
 ayrim	 shaharlarida	 o’qish	 va	 ibodatxonalarda	 ulardan	 foydalanish
kengayib	
 borgan	 sari	 ana	 shu	 nushalar	 orasidagi	 tafovut	 sezilib	 borgan.	 Bunday
nusxalarni	
 ayrim	 shaxslar	 o’z	 ixtiyori	 bilan	 to’plab	 yurgan,	 shu	 sababli	 ularda
Suhufga	
 nisbatan	 ba’zi	 suralar	 yo’q,	 yoki	 aksincha,	 Suhufda	 yo’q	 suralar	 bor
bo’lgan.	
 Ilohiy	 yozuvda	 kelajakda	 yuz	 berishi	 mumkin	 bo’lgan	 xilma-
xilliklarning	
 oldini	 olish	 maqsadida	 Usmon	 barcha	 dastxatlarni	 to’plab,	 taqqoslab
chiqish	
 va	 ular	 asosida	 bo’lajak	 Qur’onning	 yagona	 nushasini	 tayyorlashga	 amr
bergan	
 va	 o’zi	 bu	 ishga	 bosh	 bo’lgan.
Ma’lumotlar	
 bo’yicha	 Muhammadning	 yaqin	 sahobalaridan	 Ubay	 ibn	 Ke’b
(vafoti	
 643),	 Ibn	 Ma’sud	 (vafoti	 650)	 va	 boshqalarning	 xususiy	 to’plamlari
bo’lgan.	
 Bular	 Damashq,	 Kufa,	 Basra,	 Homis	 shaharlarida	 amalda	 qo’llanilgan.
Usmon	
 amrini	 bajarish	 uchun	 to’rt	 kishilik	 guruh	 belgilangan.	 Unga	 Zayd
rahbarlik	
 qilgan,	 uning	 tarkibiga	 Qur’onni	 yahshi	 bilgan	 sahobalardan	 az-Zubayr,
al-Os,	
 ibn	 Hishomlar	 kiritilgan.	 Bular	 barcha	 nus x alar	 va	 topilgan	 suralarni
qaytadan	
 tekshirib,	 taqqoslash	 asosida	 yagona	 nus x ani	 tayyorlagan.	 Ilgarigi
shahsiy	
 nusxalarning	 barchasi	 yo’qotilgan.	 Yangidan	 dastxat	 qilingan	 yagona
nusxa	
 tarixda	 “Xalifa	 Usmon	 mushafi”	 deb	 nom	 olgan.	 Lekin	 ayrim	 nusxalar
saqlanib	
 qolgani	 ham	 ma’lum.	 Masalan,	 mashhur	 avstraliyalik	 arabshunos	 olim
Adam	
 Mes	 o’zining	 “Musulmanskiy	 renessans”	 kitobida	 o’rta	 asr	 arab	 tarixchisi
al-Javziyga	
 asoslanib,	 bir	 voqeani	 keltiradi.	 1008	 yilda	 rasmiy	 Musxafdan	 farq
qiladigan	
 va	 Ibn	 Ma’sudning	 qo’lyozma	 nushasi	 degan	 nom	 ostida	 yana	 bir	 bor
Qur’on	
 dastxati	 paydo	 bo’lgan,	 qozilar	 hukmi	 bilan	 yoqib	 yuborilgan.	 Usha	 kuni
yarim	
 kechada	 dastxatning	 egasi	 paydo	 bo’lib,	 uni	 yoqib	 yuborilganini	 bilgandan
keyin,	
 bu	 ishni	 qilganlarni	 la’natlagan.	 Bunga	 javoban	 uning	 o’zi	 ham	 o’limga hukm qilingan.	 Har	 holda	 XI	 asr	 boshida	 yuz	 bergan	 ana	 shu	 voqeadan	 keyin,
rasmiy	
 Mushafdan	 farq	 qiladigan	 Qur’on	 nusxasining	 topilgani	 haqida	 biror
ma’lumot	
 uchramaydi.
Usmon
 buyrug’i	 bilan	 yozilgan	 Mushaf	 Madina	 shahrida	 saqlanadi.	 1964
yilda	
 u yerda	 nashr	 qilingan	 Madina	 shahridagi	 islom	 yodgorliklari	 haqidagi
kitobda,	
 bir	 necha	 asrlar	 davomida	 Mushaf	 Madinadagi	 Muhammad	 masjidida
saqlangani,	
 keyinchalik	 islom	 mamlakatlari	 tomonidan	 masjid	 yaqinida	 ana	 shu
Qur’onni	
 va	 Muhammaddan	 qolgan	 muqaddas	 yodgorliklarni	 saqlash	 uchun
maxsus	
 qurilgan	 binoda	 saqlanayotgani	 qayd	 qilingan.
Mushaf	
 qo’lyozmasi	 tayyor	 bo’lgandan	 keyin	 tez	 orada	 Usmon	 buyrug’i	 bilan
undan	
 2 nusha	 (ba’zi	 ma’lumotlar	 bo’yicha	 4 nusxa)	 buqa	 terisiga	 kufiy
alifbosida	
 ko’chirilgan	 va	 o’qishda	 hamda	 ibodatda	 barcha	 yerlarda	 Qur’onning
yagona	
 matnidan	 foydalanishni	 amalga	 oshirish	 maqsadida,	 bu	 nusxalar	 Kufa,
Basra,	
 Damashq	 va	 boshqa	 shaharlarga	 yuborilgan.
Hozirgi	
 kunda	 Islom	 olamida	 4 ta	 qadimiy	 Mus h af	 nusxalarining	 borligi
ma’lum.	
 Ulardan	 biri	 Madinada	 saqlanayotgan	 asl	 nusxasi	 bo’lib,	 islom
manbalarida	
 u “Imom”	 nomi	 bilan	 tilga	 olinadi.	 Ikkinchi	 nusxa	 Ka’bada,
uchinchi	
 nusxa	 Qohiradagi	 Misr	 milliy	 kutubxonasida	 saqlanmoqda.	 To’rtinchisi
Toshkentda	
 O’zbekiston	 xalqlari	 tarixi	 muzeyida	 saqlanib,	 1989	 yil	 boshlarida
Movarounnahr	
 musulmonlari	 diniy	 boshqarmasiga	 topshirilgan.
Mushaflarning	
 bu	 nusxasining	 qanday	 qilib	 Markaziy	 Osiyoga	 kelib	 qolgani
haqida	
 bir	 necha	 xil	 tarixiy	 ma’lumotlar	 va	 rivoyatlar	 saqlangan.	 Ular	 qisman
ilmiy	
 adabiyotlarda	 ham	 tilga	 olingan.	 Mushafning	 Samarqanddan	 1865	 yilada
Sankt-Peterburgga	
 olib	 ketilgani,	 1920	 yilda	 musulmonlarga	 qaytarib	 berilgani,
1923	
 yilda	 Toshkentga	 olib	 kelingani	 yoritib	 berilgan.
Biz	
 bu	 masalaga	 mufassal	 to’xtalib	 o’tirmaymiz.	 Shuni	 ilova	 qilib	 aytish
kifoyaki,	
 bu	 mushafning	 Markaziy	 Osiyoga	 olib	 kelinishi	 bilan	 bog’liq	 bo’lgan
ma’lumotlar	
 ichida	 tarixiy	 jihatdan	 asoslirog’i	 va	 ishonchlirog’i	 sohibqiron	 Amir Temurning Iroqdan	 Samarqandga	 Qur’onning	 qadimiy	 bir	 nusxasini	 jo’natgani
haqidagi	
 ma’lumot	 deb	 hisoblash	 mumkin.
Mushaf	
 keyinchalik	 musulmon	 olamida	 tarqalgan	 va	 minglab	 marotaba	 nashr
qilinayotgan	
 Qur’onning	 asl	 nusxasi	 hisoblanadi.	 Qur’on	 qayerda	 nashr
qilinmasin,	
 uning	 birinchi	 sahifasida	 Usmon	 mushafi	 matniga	 muvofiq	 ekani
yozib	
 qo’yilgan	 bo’ladi.
Qur’on	
 suralarining	 to’planishi	 va	 dastxat	 qilinishi	 ilk	 islom	 manbalarida
batafsil	
 bayon	 etilgan	 va	 islomda	 eng	 keng	 tarqalgan	 yo’nalishi	 sunniylikda
e’tirof	
 etilgan.	 
Dastlab	
 islom	 jamoasida	 faqat	 Qur’on	 dinshunoslikning,	 shu	 bilan	 birga
huquqning	
 asosi	 va	 manbai	 deb	 tan	 olingan.	 Lekin	 arab	 istilosi	 davrlarida	 (632-
751	
 yillar	 atrofida)	 bu	 manbaaning	 o’zi	 talabni	 qondira	 olmagach,	 asta-sekin
uning	
 yoniga	 boshqa	 manba	 (sunna)	 qo’shilgan.
Zabt	
 etilgan	 Osiyo	 oldi,	 Markaziy	 Osiyo	 va	 Shimoliy	 Afrika	 mamlakatlarida
eski	
 arab	 jamiyatiga	 qaraganda	 nisbatan	 murakkab	 iqtisodga,	 ijtimoiy
munosabatlarga	
 va	 madaniyatga	 ega	 bo’lgan	 jamiyatga	 duch	 kelganlar.	 Arablar
zabt	
 etgan	 mamlakatlarda	 yer-mulk	 munosabatlari,	 shahar	 hayoti,	 mulkiy	 qonun-
qoidalar	
 majmui,	 hokimiyat	 tashkilotlari,	 ijtimoiy-maishiy	 hayot	 arablar
mamlakatlaridagiga	
 qaraganda	 ancha	 murakkab	 edi.	 Bu	 yerlarda	 arablar	 bir	 qator
muammolar	
 va	 talab-ehtiyojlarga	 duch	 keldilarki,	 ularga	 Qur’on	 to’la	 javob	 bera
olmas	
 edi.	 Bu	 davrlarda	 hali	 arablar	 diniy	 jamoa	 va	 davlat,	 din	 va	 siyosat,	 diniy
qonun	
 va	 davlat	 huquqini	 aniq	 farqlamaganliklari	 tufayli	 yangi	 ijtimoiy
munosabatlarga	
 asoslanadigan	 hayotning	 hamma	 talablariga	 javobni	 istilochilar
din	
 nufuzi	 bilan	 asoslashga	 harakat	 qilganlar.	 Shundagina	 go’yo	 payg’ambar
Muhammad	
 hayotligida	 bo’lib	 o’tgan	 amaliy	 ishlar	 va	 uning	 taxminiy	 so’zlariga
tayana	
 boshlaganlar.	 Ayni	 vaqtda	 bu	 usulni	 qo’llashda	 taqvodorona
soxtakorlikdan	
 ham	 hazar	 qilmas	 edilar.	 Shu	 tariqa	 pand-nasihatlar	 yig’indisi	 -
Sunna	
 shakllangan. Arabcha Sunna	 (as-sunna,	 ko’plikda	 sunan)	 - yo’l,	 yo’nalish,	 ko’chma
ma’nosi	
 - “ajdodlardan	 qolgan	 urf-odatlar”,	 ya’ni	 “rivoyat”,	 “naql”,	 “xotira”,
“odat”,	
 “hatti-harakat”	 ma’nolarini	 beradi.
Sunna	
 islomda	 Qur’ondan	 keyingi,	 uni	 to’ldiruvchi	 manba,	 islom	 ilohiyoti	 va
shariatining	
 ikkinchi	 asosi	 sifatida	 e’tirof	 etilgan.	 U	 VII	 asr	 o’rtalaridan	 e’tiboran
yig’ila	
 boshlagan.	 Unda	 arab	 xalifaligidagi	 sinfiy	 munosabat,	 ijtimoiy	 ziddiyatlar,
islom	
 mafkurasi	 doirasidagi	 ichki	 kurashlar	 o’z	 ifodasini	 topgan.	 Islomgacha
davrdagi	
 Arabistonda	 bu	 nom	 bilan	 odat	 tusini	 olgan	 axloqiy-huquqiy	 yo’l-
yo’riqlar	
 majmuasi-	 Shimoliy	 Arabistondagi	 eski	 jamoaning	 oddiy	 huquqlari
atalgan.	
 Sinfiy	 jamiyat	 va	 islom	 vujudga	 kelgandan	 so’ng	 bu	 eski	 arab	 majusiy
sunnasi	
 rad	 etilib,	 asta-sekin	 yangisi,	 musulmon	 sunnasi	 bilan	 almashtirila
boshlangan.	
 Eskisidan	 yangisiga	 o’tgan	 qismlar	 esa	 go’yo	 payg’ambar
ko’rsatmasi	
 sifatida	 talqin	 qiinar	 edi.	 Keyin,	 arab	 harbiy	 yurishlaridan	 so’ng
Musulmon	
 sunnasiga	 ko’plab	 Rumo,	 Vizantiya	 va	 Eron	 hududidan	 olingan
xristian,	
 iudaizm,	 zardushtiylik	 dinlari	 elementlari	 kirgan,	 lekin	 yana	 ular
payg’ambardan	
 kelayotgan	 qoida	 va	 yo’l-yo’riqlar	 sifatida	 ifodalangan.
Musulmon	
 sunnalari	 ko’plab	 hadislardan	 tashkil	 topgan.	 Hadis	 so’zining
dastlabki	
 ma’nosi	 (arabchada	 ko’plikda	 “ahadis”	 so’zidan)	 -“xabar”,	 “hikoya”,
“bildirish”,	
 tor	 ma’noda	 - “parcha”	 (sitata).	 Rasmiy	 ma’noda	 hadis-Muhammad
so’zlari	
 va	 amaliy	 ishlari	 haqidagi	 rivoyatlardir.	 Bu	 ma’noda	 hadis	 faqat
Muhammad	
 so’zlariga	 nisbatangina	 ishlatiladi.
Ba’zi	
 ulamolar	 esa,	 hadis	 deganda	 faqat	 Payg’ambarninggina	 emas,	 balki
sahoba	
 va	 tobeinlarning	 ham	 bergan	 xabarlarini	 tushunadilar.
Ba’zi	
 hadisshunoslar	 faqat	 Payg’ambar	 	so’zlarinigina	 hadis	 	deb,
boshqalarnikini	
 esa	 xabar	 deb	 ataganlar.	 Shu	 boisdan	 ham	 Payg’ambar	 hadislarini
to’plovchilarga	
 muhaddis,	 boshqa	 tarix,	 qissa	 kabilarni	 naql	 qiluvchilarga	 axboriy
deyilgan.
Q a ndayligidan	
 qat’i	 nazar,	 har	 q a lay.	 Hozir	 musulmon	 olamida	 hadis
deyilganda	
 Payg’ambarning	 so’zlari,	 fe’l	 va	 atvorlari	 tushuniladi. Hadis - islomda	 Qur’ondan	 keyingi	 muqaddas	 manba	 hisoblangan.	 Bunda
Muhammadning	
 hayoti,	 faoliyati	 va	 ko’rsatmalari,	 uning	 diniy,	 axloqiy	 dasturlari
ham	
 o’z	 ifodasini	 topgan.	 Muhammad	 biror	 gap	 aytgan	 yoki	 ma’lum	 ishni	 qilib
ko’rsatgan	
 bo’lsa,	 yoxud	 boshqalarning	 qilayotgan	 ishini	 ko’rib,	 uni	 man
etmagan	
 bo’lsa	 shu	 uch	 holatning	 har	 biri	 hadis	 deb	 atalaveradi.	 Ma’lumki,
hadislarda	
 islom	 ahkomlari,	 ya’ni	 farz,	 vojib,	 sunnat,	 mustahab,	 halol,	 harom,
makruh,	
 muboh	 kabi	 amal	 turlaridan	 tashqari,	 axloq-odobga	 doir	 dasturlar	 talqin
etiladi.	
 Unda	 xalq	 orasida	 keng	 tarqalgan	 axloq-odobga	 doir	 maqol,	 qimmatli,
hikmatli	
 gaplar	 ham	 qamrab	 olingan.
Hadislarni	
 saqlab,	 kelajakka	 yetkazuvchilar	 birinchi	 navbatda	 sahobalar-
payg’ambarning	
 qarindoshlari,	 do’stlari,	 yordamchilari	 va	 shogirdlari,	 uning
o’limidan	
 keyin	 asosan	 Madinada	 yashab	 kelganlar	 hisoblanganlar.
Adabiyotlar:
1.              	
O’zbekiston	 Respublikasining	 Konstitutsiyasi.	  Т oshkent,	 «O’zbekiston»,
2012	
 yil.
2.               “Vijdon	
 erkinligi	 va	 diniy	 tashkilotlar	 to’g’risida”	 gi	 O’zbekiston
Respublikasi	
 qonuni	 (yangi	 tahriri).	 T.:	 Adolat	 1998	 yil.
3.               Prezident	
 I. A.	 Karimovning	 O’zbekiston	 Respublikasi	 mustaqilligining	 23
yilligiga	
 bag’ishlangan	 tantanali	 marosimdagi	 tabrik	 so’zi.	  Xalq	 so’zi	 gazetasi
2014	
 yil	 1 sentyabr	 soni.
4.              	
Karimov	 I.	 A.	 O’zbekiston	 xalqiga	 tinchlik	 va	 omonlik	 kerak.	  T.:
O’zbekiston	
 2013yil.Karimov	 I.	 A.	 O’zbekiston	 mustaqillikka	 erishish
ostonasida.	
 T.:	 O’zbekiston.	 2011yil.	 Karimov	 I.	 A	 “Inson	 huquqlari	 va
erkinliklari	
 eng	 oily	  qadriyat”	            Т oshkent	  “O`zbekiston	 ” nashriyoti	 2007
yil.Karimov	
  I.   A.	   Yuksak	 ma’naviyat	 – engilmas	 kuch.	 T.:	  “ Ma’naviyat ” ,
200 8	
 y .
5.               At-Termiziy.	
 Shamoili	 Muhammadiya.	 Sayid	 Mahmud	 Taroziy-Alixon	 to’ra
tarjimasi.	
 T.:	 “Mehnat”	 nashr,	 1991. 6.              Ибрагимов	 Н.	 И.	 Святых	 в исламе	 по	 арабским	 источникам	  XII - XIV  	вв;
Ислам	
 в истории	 народов	 Востока.	  М.,	 1991	 год.
7.               At-Termiziy.	
 Sahih	 at-Termiziy.	 A.Abdullo	 tarjimasi.	 T.:	 G’.G’ulom
nomidagi	
 “Adabiyot	 va	 san’at”	 nashriyoti,	 1993.
8.               Ismoil	
 Mahdum.	 Toshkentdagi	 “Mushafi	 Usmoniy”	 tarixi.	 T.:	 1996.
9.               Imom	
 al-Buxoriy.	 Al-Jomi	 as-Sahih:	 IV	 jild.	 T.:	 Qomuslar	 bosh	 tahririyati,
1991-1993.
10.       Imom	
 al-Buxoriy.	 Al-Adab	 al-Mufrad.	 T.:	 O’zbekiston,	 1990.
11.       Uvatov	
 U.	 Muslim	 ibn	 al-Hajjoj.	 T.:	 A.Qodiriy	 nashriyoti,	 1998.
12.       Uvatov	
 U.	 Muhaddislar	 Imomi.	 T.:	 “Ma’naviyat”,	 1998.
13.       Ислам.	
 Эн ц иклопедический	 словарь.	 М.:1991.
14.       Хрестоматия	
 по	 Исламу.	  М.:1994.
15.       Islom	
 ma’rifati.	 Toshkent,	 «Islom	 universiteti»,	 2005	 yil.
16.      	
Islom	 ensiklopediyasi.	 Toshkent,	 “O’zbekiston	 Milliy	 Ensiklopediyasi”	 2004
yil.	
 
17.       Qur’oni	
 Karim.	 (A.	 Mansur	 tarjimasi).	 Toshkent,	 1992	 yil.
18.       Juzjoniy	
 A.Sh.	 Islom	 huquqshunosligi.	 Toshkent,	 «Islom	 universiteti»,	 2002
yil.
19.       Jo’rayev	
 U.,	 Saidjonov	 I. Dunyo	 dinlari	 tarixi.	  Т oshkent,	 1998	 yil.

Reja: 1.          Islom  dinining  paydo  bo’lishi  va  ta’limoti. 2.           Islom  dinidagi  yo’nalishlar,  oqimlar  va  mazhablar. 3.           Qur’onning  tarkibi  va  jamlanishi. 4.           Qur’on  va  hadis-Islomning  asosiy  manbalari.  Mashhur  muhaddislar.

Islom dinining paydo bo’lishi. Islom dini  jahon  dinlari  ichida  eng  yosh  dindir,  e’tiqod  qiluvchilar  soni jihatidan  esa  xristianlikdan  keyin  ikkinchi  o’rinda  turadi.  Yil  sayin  bu  dinga e’tiqod  qiluvchilar  soni  ortib  bormoqda. Islom  dini  VII  asrda  Arabiston  yarim  orolida  (hozirgi  Saudiya  Arabistoni) paydo  bo’ldi.  Bu  orol  arab  tilida  “Jazirat  al-Arab”,  ya’ni  arablarning  yarim   oroli degan  ma’noni  anglatadi.  Turkiy  xalqlar  va  eronliklar  “Arabiston”  deb  ataydilar. “Islom”  so’zi  quyidagi  ma’nolarni  anglatadi: 1.       Itoat  va  bo’ysunish. 2.       Ixlos  va  turli  ofatlardan  salomat  bo’lish. 3.       Sulh  va  omonlik. Islom-Alloh  yagona  degan  e’tiqod  bilan  unga  bo’ysunmoqlik,  itoat  etmoqlik va  butun  qalb  bilan  unga  ixlos  qilmoqlik  va  Alloh  buyurgan  diniy  e’tiqodga  iymon keltirmoqlik  demakdir. Allohga  itoat  qilgan  va  Alloh  yuborgan  payg’ambarlarga ergashgan  kishi  musulmon  (muslim-sadoqatli)  deyiladi.  Islomning  paydo  bo’lishi VI  asr  oxiri-VII  asr  boshlarida  Arabiston  yarim  orolida  yuz  bergan  ijtimoiy- iqtisodiy  ahvol  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Xo’sh,  bu  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol nimalarda  o’z  ifodasini  topgan  edi?Avvalo,  arablarning  katta-kichik  qabila  va urug’larga  bo’linib  ketganligida.  Bunday  bo’linish-ular  o’rtasidagi  doimiy  o’zaro urushlarning  asosiy  omiliga  aylangan  edi.  Bu  urushlar  faqatgina  vayronalik keltirmoqda  edi,  xolos. Ikkinchidan,  qo’shni  davlatlar  - Vizantiya  imperiyasi,  Sosoniy  Eroni  va Habashiston  Arabiston  yarim  orolida  siyosiy  birlikning  yo’qligidan  foydalanib, doimiy  ravishda  bu  o’lkaga  hujum  qilardilar,  arablarni  asoratga  solardilar.  Shunday qilib,  VII  asrda  arablar  yagona  davlat  barpo  etishini  davr  ham  taqozo  etmoqda  edi. Siyosiy  jihatdan  birlashish,  ya’ni  yagona  Arab  davlatini  vujudga  keltirish-xalqning kuchini  tashqi  bosqinchilarga  qarshi  kurash  uchun  birlashtirish  hamda  o’zaro  ichki

urushlarga barham  berish  vazifasini  hal  etish  lozim  edi.  Bunday  siyosiy  birlashuv  u davrda  faqatgina  yakka  xudolik  dini  orqaligina,  yagona  xudo  shiori  istidagina amalga  oshirilishi  mumkin  edi,  xolos.  VI  asrda  Arabistonda  ko’p  xudolik  dinlari mavjud  edi.   Ayni  paytda,  shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  ko’p  xudolik  vujudga  kelayotgan  va asta-sekin  o’ziga  taraqqiyot  yo’lini  ochib  borayotgan  yangi  tuzum-feodal jamiyatning  ijtimoiy  va  siyosiy  talablariga  ham  muvofiq  kelmas  edi.   Yuqorida  sanab  o’tilgan  omillar  Islom  vujudga  kelishining  obektiv  shart- sharoitlarini  tashkil  etadi. Islomning  paydo  bo’lishiga  muayyan  g’oyaviy  muhit-birinchidan,  arablar  milliy ongining  uyg’onganligi,  ikkinchidan,  haniflar  (chinakam  e’tiqod  qiluvchilar, haqiqat  izlovchilar)ning  diniy  harakati  ham  qulay  sharoit  yaratgan  edi.  Haniflar arab  qabilalarini  birlashtirish  jarayonining  g’oyaviy  ifodachisi  ham  edi. Hanifiylikning  markaziy  g’oyasini-yakka  xudoga  ishonish,  qabila  xudolariga  va mahalliy  xudolarga  sig’inishdan  voz  kechish  tashkil  etardi.  Hanifiylar  o’z targ’ibotlarida  arablarni  “og’ir  ahvoldan  qutqaruvchi  xaloskor”ning  yaqinlashib qolganligini  xabar  berar,  ilohiy  qudratning  hukmini  sabrsizlik  bilan  kutib  turish lozimligini  uqtirar  edilar.  Ular  har  narsani  yagona  xudoning  qudrati,  uning marhamati  yoki  g’azabi  bilan  bog’lar  edilar.Ijtimoiy  adolatsizlikdan,  chet  el bosqinchilari,  quldorlarning  asoratidan  bezor  bo’lgan  qullarning,  og’ir  ahvolda yashagan  arab  ommasining  qalbida  “yagona  Allohning  adolati”,  “Xaloskorning kelishi”,  “Dunyoning  oxiri”  haqidagi  targ’ibotlar  muayyan  tuyg’u,  unga  ishonish hislarini  uyg’otgan.  Milodning  VI  asrida  Arabiston  yarim  orolida  hukm  surgan davlatlar  qulagach,  mazkur  karvon  yo’lining  markazida  joylashgan  Makka Arabiston  shaharlarining  eng  yirigi  va  ahamiyatlisi  bo’lib  qolgan.  U  deyarli hamma  tomoni  darali  tog’lar  bilan  o’ralgan  vodiyda  joylashgan.  Shuning  uchun ham  bu  yerda  hech  qachon  shahar  atrofiga  devor  qurish  zaruratu  bo’lmagan.  U yerdagi  Alloh  qudrati  bilan  yaratilgan  deb  hisoblanuvchi  Zamzam  qudug’i,  Ka’ba

bora-bora Makkani  arablarning  muqaddas  joyiga  aylantirgan,  uning  shuhratini orttirgan.  Makka da   hech  q a nday  arxeologik  ishlar  olib  borilmagani  uchun  uning yoshini  aniqlashning  iloji  bo’lmagan.  V-VI  asrlarda  Arabiston  yarim  orolidagi davlatlar  (G’assoniylar,  Lahmiylar,  Kinda  va  Himyor)  inqirozga  yuz  tutganligi, so’ngra  umuman  tarix  sahifasidan  yo’qolib  ketganligi  Makkaga  qo’l  kelgan. Arabistonga  qo’shni  buyuk  davlatlar  - Vizantiya  va  Eronning  yarim  orol  janubi  va shimolida  o’z  hukmini  o’rnatgani  ham  Makka  foydasiga  hizmat  qilgan.  Bu  davrda Makkada  quraysh  qabilasi  hukmronlik  qilardi.  Butun  quraysh  urug’larining hurmat-e’tiborini  qozongan  shaxs  Hoshim  edi.  Bu  hurmat-e’tiborga  u oddiy xalqqa,  yo’qsillarga  xayr-ehson  qilish,  qurbonlikka  mollar  so’yib  ularni  boqish hisobiga  erishgan  edi. Islom ta’limoti. Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati. Qur’oni  Karimda  25  gayg’ambarning   nomi  zikr  etilgan.  Diniy  ta;limotga  ko’ra hech  kim  payg’ambarlikka  o’z  bilimi,  o’qib  o’rganishi,  yoki  niyati  bilan  erisha olmaydi.  Paeg’ambarlik-  olloh  o’zi  suygan  bandasiga  in’om  etilaligan  ehsondir Muhammad  ibn  iAbdulloh  570-yilda  Makkaning  quraysh  qabilasiga  mansub Hoshimiylar  xonadonida  tavallud  topdi.  Otasi  Abdulloh  Muhammad  tug’ilmasidan 2  oy  oldin   25  yoshida  vafot  etgan. O’sha  zamoh  odatlariga  ko’ra  Muhammad  Saad  urug’idan  bo’lgan  Halima  ismli ayolga  enagalikka  berilgan.  4 yoshidan  so’ng  Muhammadni  yana  onasi  tarbiyalay boshladi  . 6 yoshida  Muhammadning  onasiham  bafot  etadi.  Oldin  bobosi  Abl  al- Mutallib,  keyinchalik  esa  amakisi  Abu  Tolib  Muhammadni  o’z  tarbiyasiga oladi.25  yoshigacha  tijorat  bilan  shug’ullangan  Muhammad  Xadicha  ismli  boy beva  ayolga  uylanadi.  Ular  6 nffar  farzand  ko’radilar.  Afsuski  farzandlari  asosan yoshlik  chog’larida  vafot  etadi.  Faqatgina  qizlari  Fotima  unib-  ulg’aydi  va otasining  izidan  borib  yuksak  hurmatga  sazovor  bo’ldi.

Diniy adabieotlarda  ta’kidlanishicha  610-yilda  Muhammadning  hayotida  keskin burilish  pallasi  yuz  berdi.endi  uning  hayotida  payg’ambarlik  davri  boshlandi.  Yani, ilk  vahiy  kela  boshladi.  Yana  shu  adabiyotlarda  ta’kidlanishicha  Olloh  o’z inoyatini  3 xil  shaklda  bildiradi: 1.           Vahiy  orqali   2.           Parda  orqasidan  gapirish  orqali 3.           Farishtalar  yuborish  orqali Shu  paytdan  boshlab  Muhammad  Ollohning  rasuliga  aylandi.  Bu  faoliyat  23  yil davom  etdi.  23  yildan  iborat  payg’ambarlik  haeotining  bir  qishmi  Makkada,  bir qismi  Madinada  o’tganligi  sababli  Qur’on  sur’alari  ham  Mfkkai-90  ta  va  Madinai- 24  ta   sur’alarga  bo’linadi. Muhammad  payg’ambar  makkaliklarni  butga  sig’inishdan  qaytarish  va  yagona ollohga  sig’inishga  o’rgatish  uchun  3 yil  yashirincha  targ’ibot  bilan  shug’ullandi. Uch  yillik  yashirin  targ’ibot  davomida  islomga  e’tiqod  qiluvchilar  soni  30  taga etdi.  Makka  aholisi  ikkiga  bo’lindi:  Muhammad  tarafdorlari  – musulmonlar  va ularga  qarshi  bo’lgan  mushriqlar.  Muslimlar  va  mushriqlar  o’rtasida  jiddiy  kurash borgan.  Sababi  islomga  o’tish  Ka’badagi  360  ta  butdan  kechishni  anglatar  edi.Buni ko’pchilik  istamasdi.   Muhammad  boshliq  musulmonlar  mushariqlar  tazyiqidan  qochib  3 yil  tog’larda yurishga  majbur  bo’lishgan.  619-yil  Muhammadning  boshiga  katta  tashvish tushgan  oldin  amakisi  Abu  Tolib,  keyin  xotini-Xadicha  vafot  etadi.  622yil  esa Muhammad  boshchiligidagi  Musulmonlar  Makkadan  Madinaga  hijrat  qiladilar. Ko’chib  borganlar  islom  tarixida  muhojirlar  deb  nom  oldilar.  Madinaliklar  islomni qabul  qildilar  va  qisqa  vaqt  ichida  kuchli  Madina-  islom  vlati  tashkil  topdi.630-yili Makka   bo’yso’ndirildi.632-yil   Muhammad   payg’ambar   vafot   etdi. Muhammadning  vafotidan  so’ng  davlatni  uning  o’rinbosarlari-  xalifalar boshqarganlar.