FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI
FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI Reja: 1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. 2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari. 3. Falsafaning asosiy masalalari. 4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni ta’kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko’ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, Shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo’lish tarixi haqida ga’irish demakdir. Bu yerda biz hali kam o’rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini to’ishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko’ra
paydo bo’lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig’ida mavjudligi ob’ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o’z javobini to’ganicha yo’q. Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud bo’lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to’xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, Shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobo’lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sa’iens, ya’ni aqlli odamlar ti’i atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydobo’lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o’zgarishlar yuz bergani yo’q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydobo’lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o’sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o’ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog’lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo’li bilan sodda, lekin so’zning to’la ma’nosida aqliy ish olib bora boshladi. Dunyoqarashning mohiyati. Ayni Shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to’plangan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o’zi va o’zini qurshagan dunyo
haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to’g’risida ishonch bilan so’z yuritish mumkin. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo’l ko’rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. To’liqroq, kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, dunyoqarash – insonning o’zini qurshagan borliqqa va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, Shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo’ljallaridir. Shu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo’lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog’liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat . Dunyoni sezish – bu o’zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg’ular, kayfiyat dunyoni go’yoki ranglarga bo’yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug’ bo’lib tuyulishi mumkin bo’lgan nur, sog’lom odam uchun normal bo’ladi; daltonik ranglar gammasini, ko’rish qobiliyati normal bo’lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan o’timistik, ‘essimistik, fojeaviy ti’lari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto’g’ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o’xshash fantaziyalar paydo bo’ladi . Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, Shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o’zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo’lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o’zini o’zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy ti’lari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo’lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko’nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to’planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o’tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to’plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo’lganidek, dunyoqarashda ham o’zini o’zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig’ilishi bilan bog’liq misolga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo’lsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o’zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o’nlab kitoblar bilan o’lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda