logo

FALSAFIY ANTROPOLOGIYa (INSON FALSAFASI)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

95.052734375 KB
FALSAFIY ANTROPOLOGIYa (INSON FALSAFASI)
Reja:
1.Inson   borligining   uziga   xos   xususiyatlari.   Ongning   tabiati,   strukturasi   va
funksiyalari. Ongsizlikning tabiati.
2. Antrop tamoyil - inson borligiga oid zamonaviy metodologik vosita.
3   Shark   va   Garb   falsafasida   inson   muammosi   Falsafiy   antropologiyaning
paydo bulishi  va  rivojlanishi,predmeti  va  vazifalari.
4.Insonga   introvertiv   va   e kstrovertiv   yondashuvlar,biologizatorlik   va
sosiologizatorlik   konsepsiyalari.Passionar,   subpassionar   va   muvofik   odamlar
xakidagi ta’limot
5   . Xayotning   mazmuni   va   unda   insonning   vazifasi. Xayotni   tark   etish
boskichlari. Suisid  va  parasuisidning oldini olishda tarbiyaning roli.
6.Inson   borligida   uzlikni   anglashning   namoyon   bulishi.Inson   borligida
faoliyatining tuzilishi  va  atributlari.
7.Inson   faoliyatini   tartibga   solish   mexanizmlari   va   uning   axamiyati.
Faoliyatni tashkil kilishda xukuk  va  axlok uygunligi Inson   falsafiy   muammo   sifatida .   Falsafa   tarixida   insonga   murojaat   etmagan,
inson   moddiy   va   ma’naviy   borlig‘ining   turli   tomonlarini   bevosita   yoki   bilvosita
tahlil   qilmagan   faylasuf   yoki   falsafiy   yo‘nalishni   topish   deyarli   mumkin   emas.
Aksariyat   falsafiy   va   diniy   tizimlar   katta   olam   yoki   makrokosmga   zid   o‘laroq,
insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish
kaliti   deb   hisoblaganlar.   F aylasuflar   inson   sirining   tagiga   yetish   borliq
jumbog‘ining   tagiga   yetish   bilan   barobar   ekanligini   qayta-qayta   anglab
yetganlar .Zero   Forobiy   aytganidek   -”Odamlar   o‘zlarining   xos   xususiyatlariga   va
tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval
bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi” 1
. O‘z-o‘zingni angla
va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan
sirtdan   bilishga   bo‘lgan   barcha   urinishlar   narsalar   haqida   faqat   yuzaki   tasavvur
hosil   qilish   imkonini   beradi.   Insondan   sirtga   qarab   yuradigan   bo‘lsak,   narsalar
mohiyatini   hech   anglay   olmaymiz,   zero   bu   mohiyat   insonning   o‘zida
mujassamlashgan. 
Bu   fikr   qadimgi   mutafakkirlargayoq   yaxshi   ma’lum   bo‘lgan.   Unga   turli
ko‘rinishlarda   Sharqda   ham,   yunon-rim   falsafiy   an’anasida   ham   duch   kelish
mumkin.   Xususan,   antik   davrda   Delfidagi   Apollon   ibodatxonasiga   kiraverishda
ustunga o‘yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan
«O‘z-o‘zingni   angla»,   degan   ibora   ayniqsa   mashhur   bo‘lgan.   Ajablanarlisi
shundaki,   oradan   ikki   yarim   ming   yil   vaqt   o‘tgach,   hozir   ham   bu   fikr   o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining
mohiyatini,   inson   va   ijtimoiy   munosabatlarning   asl   tabiatini   tushunishga   harakat
qilayotgan   har   bir   odam   uchun   o‘z-o‘zini   anglashga   chorlovchi   fikr   bo‘lib
qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod
o‘z   davri   hamda   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   tasavvurlarning   tegishli   darajasi   nuqtai
nazaridan   yechishga   harakat   qiladigan   o‘ta   murakkab,   «boqiy»   falsafiy
masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 
1 1
 А л-Фаробий Философия политики . – М. :  1989. –  С.529 .  Tarixga boshqa ko‘p sonli iboralar ham ma’lum bo‘lib, ular vaqt, madaniyat
va   diniy   e’tiqoddan   qat’iy   nazar,   inson   barcha   zamonlarda   butun   dunyo
mutafakkirlarining   diqqat   markazida   bo‘lgani   va   hozir   ham   shunday   ekanligi,
tayanch   nuqtasi   va   hatto   bilish   mezoni   bo‘lib   xizmat   qilishidan   dalolat   beradi.
Xususan,   qadimgi   xitoy   faylasufi   Lao   Szi   fikriga   ko‘ra,   «boshqalarni   biluvchi   –
oqil,   o‘zini   biluvchi   –   donishmanddir».   Protagorning:   «Inson   barcha   narsalar
mezonidir»,   degan   fikri   ham   juda   mashhur.   «Tangri   saltanati   bizning
ichimizdadir»,   deb   o‘rgatgan   Iso   Masih.   Buddaviylarning:   «O‘zligingga   nazar
tashla,   sen   Buddasan»,   degan   chorlovi   ham   yuqoridagi   fikr   bilan   hamohangdir.
I slomda «Kimki o‘zini bilsa, u o‘z Allohni ham bilgaydir», deyiladi. 
Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u
dunyoni   o‘zidan   keyin   va   o‘zi   orqali   anglab   yetadi.   Falsafa   dunyoni   inson   orqali
ichdan   bilishdir,   fan   esa   insondan   tashqaridagi   dunyoni   yuzaki   bilish   demakdir.
Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – nisbiy borliq namoyon bo‘ladi. 
Falsafa  tarixida  inson   muammosi .  Antik  davrdan   boshlab  insonga   bo‘lgan
qiziqish   dam   kuchayib,   dam   ma’lum   vaqt   pasayib   turgan,   lekin   hech   qachon
yo‘qolmagan.   «Inson   nima?»,   degan   savol   bugungi   kunda   ham   avvalgidek   jahon
falsafasidagi   o‘ta   muhim   masalalardan   biri   bo‘lib   qolmoqda,   insoniyatning   eng
o‘tkir aql-zakovat sohiblari e’tiboridan tushmay va ayni vaqtda o‘zining uzil-kesil,
umumiy e’tirof etilgan yechimini topmay kelmoqda. 
Inson   har   safar   mutafakkirlar   diqqat   markazidan   o‘rin   olar   ekan,   uning
mohiyatini   yangi   tarixiy   sharoitda   va   yangicha   nuqtai   nazardan   anglab   yetishga
harakat   qilib,   uni   qayta   va   qayta   yangidan   kashf   etganlar.   Pirovardida,   falsafa
fanida   insondan   murakkabroq   va   ziddiyatliroq   predmet   yo‘q,   desak,   hech
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Inson   barcha   yaxshi   fazilatlarni   o‘zida   mujassamlashtirgan   o‘ziga   xos,
betakror   va   barkamol   mavjudot   –   cheksiz   mikrokosm   sifatida   ham,   inson
tabiatining norasoligi va buzuqligi tufayli halokatga mahkum bo‘lgan tabiat xatosi
sifatida   ham,   Xudo   yaratgan   banda   sifatida   ham,   boshqa   odamlar   faoliyatining
mahsuli sifatida ham talqin qilinadi. Xususan, Sharq mutafakkiri A.Beruniy jahon fanida   birinchi   marta   inson   va   tabiat,   odam   va   olam   o‘rtasidagi   munosabatlarni
dunyoviy   fan   nuqtai   nazaridan   o‘rganadi.   U   “odamlar   tuzilishining   rang,   surat,
tabita   va   axloqda   turlicha   bo‘lishi   faqatgina   nasablarining   turlichaligidan   emas,
balki   tuproq,   suv,   havo   va   yerning,   odam   yashaydigan   joylarning   turlichaligi
hamdir. Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi,
bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hoxishlarni ifodalash uchun zarur
bo‘lgan   so‘zlarga   ehtiyoj   tug‘ilishidir.   Uzoq   zamonlar   o‘tishi   bilan   bu   iboralar
ko‘payib,   yodda   saqlangan   va   takrorlanish   natijasida   tarkib   topib,   tartibga
tushgan” 1
,   deb   hisoblaydi.   Demak,   Beruniy   fikricha,   insonning   fe’l-atvori   va
ma’naviy   qarashlari   surati   va   siyrati   bevosita   tabiiy   muhit   ta’sirida   shakllanadi.
Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit  xalqlar, millatlar  shakllanishining
muhim   asosi   bo‘la   oladi.   “Inson   o‘z   tabiatiga   ko‘ra   murakkab   tanaga   egadir.
Insonning   tanasi   bir-biriga   qarama-qarshi   qismlardan   iborat   bo‘lib,   bu   qismlar
tobelik kuchi asosida birlashgan” 2
. Beruniy fikricha, hamma odamlarda o‘zaro bir-
biriga   o‘xshash   va   ayni   paytda   farq   qilib   turadigan   jihatlar   mavjud.   Ibn   Sino,
“Inson   boshqa   barcha   hayvonot   olamidan  so‘zi,   tili   va   aqli,  tafakkur   qilishi   bilan
farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi” 3
, deb hisoblaydi.
Forobiy   fikricha,   inson   o‘z   tabiatiga   ko‘ra   hayotini   tartibga   keltirish,
mustahkamlash   va   takomillashtirish   uchun   boshqa   insonlarga   muhtoj   bo‘ladi.
Yakka   holda   hech   kim   bunnig   uddasidan   chiqa   olmaydi.   “Inson   shunday
maxluqotki,   u   faqat   jamiyatda   o‘z   ehtiyojlarini   qondirishi   va   oliy   ma’naviy
darajaga ko‘tarilishi mumkin” 4
. Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i,
o‘zida   fozila   xislatlar,   iste’dodlarni   tarbiyalashi   lozim.   Bunga   esa   u   jamiyatda
yashab   faoliyat   ko‘rsatgandagina   erishadi.   Inson   ijtimoiy   mavjudod.   Yolg‘izlik
uzlat   uni   qashshoqlashtiradi,   insoniy   qiyofasini   va   baxtga   olib   boradigan
iste’dodini yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan
ijtimoiy   mohiyat   izlaydi.   Inson   jonzot   sifatida   ezgulik   va   yovuzlik   olamidir.
Shunga   ko‘ra,   u   umrining   har   daqiqasida   yovuzlikdan   ko‘ra   ezgulikka,
1
  Беруний А. Танланган асарлар. 1 жилд. –Т.: Фан, 1968.-Б.16-17.
2
 Қаранг: Ирисов А. Абу Райхон Беруний ҳикматлари. -Т.: Ёш гвардия, 1973. –Б.40-43
3
  Ибн Сина. Данишнамэ. -Душанбе.: 1957.-С..59
4
  Форобий. Фозил одамлар шаҳри. -Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. –Б.69 yomonlikdan   ko‘ra   yaxshilikka,   nafratdan   ko‘ra   muhabbatga   intilib   yashashga
mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. 
Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik
nuqtai   nazardan   yondashgan   Ma’rifat   davri   mutafakkirlari,   xususan   «Inson-
mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri (1709-1751) ilgari surgan
g‘oyalar bilan to‘qnashadi. 
Boshqa   bir   mashhur   fransuz   faylasufi   –   R.Dekart   (1596-1650)   asarlarida
inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay o‘zgacha yondashuvga duch kelamiz.
U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. 
«Inson,   u   uzoq   vaqt   o‘ylaganidek,   dunyoning   statik   markazi   emas,   balki
evolyusiyaning o‘ziga va cho‘qqisi bo‘lib, bu ancha go‘zalroqdir» 5
, deb qayd etadi
atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881-1955). 
Unga   zid   o‘laroq,   A.Shopengauer   (1788-1860)   inson   nuqsonli   mavjudot
ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi. 
Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad
etadi.   Uning   fikricha,   inson   kelajakka   qarab   intiladi   va   shu   tariqa   o‘zini   o‘zi
yaratadi.  U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi. 
Shunday   qilib,   falsafaning   ikki   yarim   ming   yillik   tarixi   mobaynida   insonga
juda   ko‘p   ta’riflar   va   tavsiflar   berildi,   u   ko‘p   sonli   sinonimlar   orttirdiki,   falsafiy
tahlilning   boshqa   biron-bir   obektida   bunday   holga   duch   kelish   mushkul.   Zero,
falsafa tarixida inson :
 «aqlli mavjudot»;
 «siyosiy hayvon»;
 «tabiat gultoji»;
 «hayotning boshi berk ko‘chasi»;
 «hayotning soxta qadami»;
 «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
 «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
 «ma’naviy va erkin mavjudot» va h okazolar sifatida talqin qilingan. 
5
  Тейяр де Шарден П. Феномен человека. -М.: 1987.-С.40 Fikrlarning bunday rang-barangligi sababini ,  avvalo ,  insonning o‘z tabiatidan
izlash   lozim.   Inson   tabiatining   siri,   hech   shubhasiz,   «boqiy   muammolar»dan   biri
bo‘lib,   falsafa   o‘z   predmetining   mohiyati   va   xususiyatiga   ko‘ra   unga   qayta-qayta
murojaat   etgan  va shunday   bo‘lib qoladi.  Bu  yerda mazkur   sohadagi   barcha fikr-
mulohazalarga mo‘ljal  beruvchi  insonning kelib chiqishi haqidagi  masala ayniqsa
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Inson   qaerdan   va   qanday   paydo   bo‘lgani   haqidagi
ko‘p   sonli   g‘oyalar   orasidan   eng   muhimlarini   ajratib   olsak,   ularning   barchasini
ma’lum   darajada   shartlilik   bilan   ikki   asosiy   konsepsiya   –   insonning   tabiiy   va
g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar doirasida birlashtirish mumkin. 
Insonning   kelib   chiqishi   haqida gi   b irinchi   yondashuv   insonning   paydo
bo‘lishiga   olib   kelgan   tabiatning   qonuniy   rivojlanishi   g‘oyasidan   kelib   chiqadi.
Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
sifatida   qaraladi.   Mazkur   konsepsiya   1859   yilda   inson   kelib   chiqishining   tabiiy-
ilmiy talqiniga asos bo‘lgan Ch.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib
chiqishi   haqida»   deb   nomlangan   mashhur   asarini   e’lon   qilgan   evolyusion
nazariyasiga  tayanadi   va  hozirgi   vaqtda molekulyar   biologiya  va  gen injeneriyasi
sohasida   erishilgan   eng   so‘nggi   yutuqlar   ta’sirida   o‘z   shakl-shamoyilini   sezilarli
darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos
dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Ya na   shuni   ham   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   insonda   nafaqat   o‘ta   rivojlangan
tirik jonzotlar, balki o‘ta sodda  mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‘xshashlik
mavjud. Xususan,  shimpanze bilan bunday o‘xshashlik 98%  ni, kalamush bilan –
80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi. 
Biroq,   shuni   ta’kidlash   lozimki,   «tabiiy»   yondashuv   tarafdorlari   inson   kelib
chiqishining   dunyoviy   konsepsiyasiga   ham   (masalan,   darvinchilar   bilan   bog‘liq
holda bo‘lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin. 
Ikkinchi   yondashuv   insonga,   Xudo   yoki   kosmik   Aql   mehnatining   mahsuli
sifatida   qarab,   uni   g‘ayritabiiy   asosdan   keltirib   chiqaradi.   Garchi   bu   konsepsiya
isbotlanganlik   jihatidan   birinchi   ta’limotga   hozirgi   zamon   tabiatshunosligi   nuqtai
nazaridan   yon   bersa-da,   lekin   falsafiy   nuqtai   nazardan   u   insonning   tabiiy-ilmiy kelib   chiqishi   konsepsiyasi   kabi   mavjudlik   huquqiga   egadir,   zero   birinchi
yondashuv   ham,   ikkinchi   yondashuv   ham   oqilona   asoslangan   va   uzil-kesil   dalil-
isbotlar keltirmaydi. 
Inson ga   falsafa   nuqtai   nazaridan   yondashuv .   Biz   insonga   nisbatan   sof
falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug‘ullanmasin,
u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so‘nggi haqiqat
deb hisoblashi mumkin emasligini ko‘rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni
istar   edikki,   o‘zi   haqida   va   o‘zini   qurshagan   dunyo   haqida   inson   falsafa   paydo
bo‘lishidan   ancha   oldin   mulohaza   yurita   boshlagan.   Ammo   keyinchalik,
«donolikka   muhabbat»   paydo   bo‘lgach   ham,   inson   mavzusi   falsafaning   diqqat
markazidan darhol o‘rin olgani yo‘q. 
Insonni qurshagan tabiat haqida bilimlar to‘planishi va ularning rivojlanishiga
qarab,   odamzotning   o‘z-o‘ziga   bo‘lgan   qiziqishi   ham   kuchayib   bordi,   inson
borlig‘ining   bu   sohadagi   tadqiqotlar   uchun   yanada   kengroq   imkoniyatlar
yaratuvchi   yangi   va   yangi   o‘ziga   xos   xususiyatlari   aniqlandi.   Odatda,   jamiyat
hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran o‘zgarishlar yuz bergan, insoniy
munosabatlar   negizini   tashkil   etuvchi   eskicha   tasavvurlar   va   qarashlar   t a’sirida
butunlay o‘zgargan davrlarda insonga bo‘lgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan.
Bunday   davrlarda   falsafada   insonning   mohiyati,   uning   burchi,   vazifasi   va   yuz
berayotgan   voqealar   uchun   javobgarligi   haqidagi   azaliy   masalalarga   bo‘lgan
qiziqish   yana   kuchaygan.   Shunday   qilib,   falsafaning   ontologiya,   gnoseologiya,
etika, estetika  kabi  bo‘limlari bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-
sekin   shakllanib   bordi.   Bu   yerda   inson   nafaqat   turli   tomonlardan   tahlil   qilindi,
balki   uning   ijtimoiy,   tabiiy   va   kosmik   jarayonlar   bilan   o‘zaro   aloqalari   ham
o‘rganildi. 
Xo‘sh,   bilimning   bu   sohasida   asrlar   mobaynida   qanday   ijobiy   bilimlar
to‘plangan?   Insonni   tushunish   borasida   taraqqiyotga   erishildimi?   Falsafa   va   fan
sohasida erishilgan insonning mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini
yoritib beruvchi qanday shak-shubhasiz yutuqlarni qayd etish mumkin? Insonni   bilish   borasidagi   ko‘p   asrlik   sa’y-harakatlarni   bir   yerga   jamlab,
ularning orasidan  uzil-kesil  yechilgan deb hisoblash  mumkin bo‘lganlarini  ajratib
olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha ko‘p bo‘lmaydi. Ular orasida avvalo shu
dalilni   qayd   etish   lozimki,  insonning   paydo   bo‘lishi   Yerda  hayotning   rivojlanishi
bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   u   o‘z   ibtidosi   va   muayyan   tarixiga   egadir.   Xususan,
1982   yil   Vatikandagi   Rim   Papasi   fanlar   akademiyasi   tashkil   etgan   kongress
ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi
zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o‘rtasida yaqin aloqa
mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar. 
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash
mumkin.   Bu   nafaqat   arxeologiya   va   Yer   geologik   tarixi   bilan   tasdiqlanadi,   balki
Yerdagi hayotga doir hozirgi tasavvurlardan va umumiy e’tirof etilgan «kengayib
boruvchi   Olam»   nazariyasi   tushuntiradigan   dunyodagi   evolyusion   jarayonlardan
ham kelib chiqadi. 
Biroq fan, ayniqsa genetika ba’zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay
o‘zgartiradigan   yangi   kashfiyotlar   qilishda   davom   etmoqda.   Xususan,   jonli
mavjudotlarning   biologik   nusxalarini   yaratish   imkoniyatini   beruvchi   klonlash
ketidan   genetiklar,   shov-shuvga   sabab   bo‘lgan   eng   so‘nggi   xabarlarga   ko‘ra,
qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga tayangan o‘lmaydigan odam
yo‘qligi   haqidagi   taxminiy   (induktiv)   xulosani   jiddiy   shubha   ostida   qoldirishga
qodir   natijaga   yaqinlashdilar.   Jumladan,   italyan   olimlari   sut   emizuvchilarning
qarish   jarayonini   P66ShC   sifatida   ma’lum   bo‘lgan   alohida   gen   boshqarishini
aniqladilar.   Ular   mazkur   genni   «nazorat   osti»ga   olish   va   shu   tariqa   sinalayotgan
hayvonlar   umrini   populyasiya   bo‘yicha   umrning   o‘rtacha   uzunlik   ko‘rsatkichiga
nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Shunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan
biologiyaning   fundamental   qonunlariga   zid   hisoblanadi.   Bu   qonunlarga   muvofiq
hujayralarning bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish qobiliyatining susayib borishi inson
hayotini cheklaydi. Xususan, insonning yetuk organizmi taxminan 50   000 milliard
hujayradan   iborat   ekanligi   aniqlangan.   «Odamda   uning   umri   mobaynida   bir hujayra   avlodida   ketma-ket   bo‘linishlar   soni   elliktagacha   bo‘ladi.   Bo‘linish
jarayonlari   maromini   hisobga   olganda,   shuni   taxmin   qilish   mumkinki,   inson
umrining   uzunligi   (ba’zi   bir   istisno   hollardan   tashqari)   110   yoshdan   oshishi
mumkin emas» 1
. 
Biroq   fan   bir   joyda   to‘xtab   turgani   yo‘q   va   shu   bois   matbuotda   vaqti-vaqti
bilan   paydo   bo‘layotgan   genetik   olimlarning   hujayra   qarishini   to‘xtatadigan
moddani   topish,   shuningdek   organizmda   mazkur   moddaning   ajralishini
boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari haqidagi xabarlar o‘ziga jiddiy
e’tibor berishni talab qiladi. 
Inson   nima   va   uning   mohiyati   qanday   degan   savollarga   javob   topish   uchun
yo‘l   ochadigan   ba’zi   bir   muhim   muammolarning   ta’riflanishini   ham   ilmiy
tadqiqotlarning shak-shubhasiz natijasi deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi
–   insonning   kelib   chiqishi,   shuningdek   ong,   til,   ijod,   axloq,   ma’naviyat   va   shu
kabilarning tabiatini aniqlashdir. 
Ko‘rsatilgan muammolarni anglab yetishga ahd qilgan har qanday odam ,  
o h ayot nima?
o b irinchi odam qaerda va qachon paydo bo‘lgan?
o i nson ma’naviyatining tabiati qanday?
o Yerda inson paydo bo‘lishining sababi nimada?
o bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik
mavjudmi   yoki   bunga   qandaydir   tasodif,   anomaliya,   kimningdir   xohish-istagi
sabab bo‘lganmi?
o hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?
o inson   butun   Koinotdagi   birdan-bir   aqlli   mavjudotmi?,   kabi
masalalarni e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas.
Bu   va   boshqa   shunga   o‘xshash   masalalar   yechimini   topish   ustida   falsafiy
tafakkur ham, ilmiy tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatshunoslik uchun
ularning aksariyati nafaqat mushkul, balki yechib bo‘lmaydigan, ba’zi bir hollarda
esa   umuman   ochiq   masalalar   hisoblanadi,   chunki   ular   xususida   mavjud   bilimlar
1 1
 Годфруа Ж. Что такое психология. – М. :  1996. Т. 2. –  С. 10.  shu   qadar   oz,   yuzaki   va   muammolarga   to‘laki,   bunday   bilimlarga   asoslangan
mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‘zining ishonchlilik
darajasiga ko‘ra taxminiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Ammo   fan   o‘z   kuchini   yo‘qotgan,   yoki,   hali   kuchga   to‘lmagan   joyda   aniq
ta’riflar,   bir   xillashtirilgan   til,   yagona   metodologiya   va   ishonchli   dalillar   bilan
cheklanmagan falsafa o‘zini erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada
o‘z ifodasini topadi.
Falsafa   «boqiy»   masalalarni   o‘rganar   va   butun   borliqning   dastlabki   asoslari
va   muhim   qadriyatlarini   aniqlashga   harakat   qilar   ekan,   u   uzil-kesil   yechimlar   va
shak-shubhasiz   javoblar   olishga   da’vogarlik   qilmaydi.   Sinovdan   o‘tkazilgan
dalillar   va   isbotlangan   asoslarning   yo‘qligi   uni   xijolatga   solmaydi,   zero   falsafa
intuisiya, g‘oyibona ta’sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar,
to‘ldirishlar   bilan   kifoyalanadiki,   bu   unga   mavjud   bilimlar   va   shakllangan
tasavvurlar   doirasidan   chetga   chiqib,   aniq   isbotlangan   ilmiy   yechimga   ega
bo‘lmagan narsa yoki hodisani o‘zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi.
Shu   tariqa   falsafa   insonni   bilish   chegaralarini   kengaytirib,   uni   nafaqat   yuqoriroq
darajaga ko‘taradi, balki yangi muammolarni qo‘yish imkonini beruvchi yangicha
yondashuvlar,   o‘zgacha   nuqtai   nazarlar   va   eng   muhimi   –   eski   muammolarning
yangicha talqinlari bilan boyitadi. 
Shu   ma’noda   S.Sheroziyning   «Inson   nimadan   boshlanadi?»,   degan   savolga
hech   ikkilanmasdan:   «Inson   marhumga   motam   tutishdan   boshlanadi»,   deb   javob
beradi 6
. Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim 7
.
Shunday   qilib,   haqiqiy   falsafada   muayyan   masalalar,   ayniqsa   inson   bilan
bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan
farqli   o‘laroq,   fanda   bir   fikrlilik   u   yoki   bu   muammoning   uzil-kesil   yechimi
topilganidan   dalolat   beradi.   Masalan,   «abadiy   dvigatel»ni   yaratish   masalasi
xususida   olimlar   orasida   to‘la   bir   fikrlilik   hukm   suradi:   hozirgi   zamon
tabiatshunosligi   qonunlariga   muvofiq   bunday   dvigatelni   yaratish   mumkin   emas.
Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
6
  Қ аранг:  Саъдий Шерозий .  Рубоийлар. –Т.: Шарқ, 1995. –Б.26
7
 Саъдий Шерозий. Рубоийлар. Рубоийлар–Т.: Шарқ, 1995. –Б. 26 har   qanday   hodisani   o‘rganish   va   tushunishda   tayaniladigan   qadriyatlar   va
mo‘ljallar   tizimidan   tashkil   topadi.   Ayni   shu   sababli   bu   yerda   u   yoki   bu
faylasufning   dunyoni   qanday   tushunishi,   uning   hayotga   munosabati,   ayniqsa,
muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd
etishi,   nimani   muhim   deb   hisoblashi,   nimaga   ishonishi   yoki   ishonmasligidan
faylasufning   boshqa   narsalarga   bo‘lgan   tegishli   munosabati,   uning   umumiy   va
xususiy masalalarga doir falsafiy pozisiyasi kelib chiqadi. 
Shunday   qilib,   bilimni   umumiy   maxrajga   keltirish   an’anasi   uzoq   vaqt   hukm
surgan fandan farqli o‘laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan
nuqtai   nazarlarni   ilgari   suradi,   ayni   bir   hodisalar   va   obektlarni   tushunishga
nisbatan   har   xil   yondashuvlarni   ta’riflaydi.   Insonni   tushunishga   doir   turli-tuman
falsafiy   konsepsiyalarning   ko‘pligi   ayni   shu   hol   bilan   izohlanadi.   Bu
konsepsiyalarda   inson   azaldan   dam   umumiy   obraz   sifatida,   dam   o‘z   individual
borlig‘idagi   muayyan   odam   sifatida,   dam   boshqa   odamlar,   jamoa,   jamiyat,
insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan aqlli mavjudot
sifatida talqin qilinadi. 
Insonning   ko‘p   o‘lchovliligi .   Shu   bilan   bir   qatorda   insonni   o‘rganishga
nisbatan   boshqa   ko‘p   sonli   yondashuvlarni   ham   qayd   etish   mumkin   bo‘lib,
ularning   orasida   « introvertiv »   va   « ekstrovertiv »   yondashuvlar   ayniqsa   ajralib
turadi. 
Introvertiv   yondashuv   insonning   ong,   jon,   ruhiyat,   instinktlar,   nuqsonlar,
fazilatlar   kabi   muhim   xususiyatlarini   tahlil   etib,   uni   «ichdan»   tushunish,   anglab
yetishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi
falsafiy   mulohazalar   aksariyat   hollarda   tabiiy   fanlarning   empirik   ma’lumotlariga,
avvalambor   biologiya   va   psixologiya   yutuqlariga   tayanadi,   lekin   ba’zan   mistika,
ezoterika,   okkultizm   bilan   belgilanadi.   Bunday   yondashuvlar   ayniqsa   nemis
antropologlari M.Sheler (1874-1928) va A.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf
K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir. 
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish
go‘yoki   «sirtdan» amalga  oshiriladiki,  buning  natijasida  diqqat   markazidan  uning ijtimoiy   va   tabiiy   mohiyati   o‘rin   oladi;   tegishli   mo‘ljallarga   muvofiq   insonning
Xudo,   kosmos,   universum   va   shu   kabilar   bilan   aloqasi   tahlil   qilinadi.   Bu   yerda
falsafa ko‘pincha tarix, sosiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu
hol   diniy   falsafa   vakillari   N.A.Berdyaev,   S.N.Bulgakov,   S.L.Frank,   N.O.Losskiy
kabi vakillariga ko‘proq xosdir.
Shunday   qilib,   insonni   falsafiy   tushunish   uchun   yagona   asos   mavjud   emas,
xuddi shuningdek bunday asos yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga umid qilish uchun
ham   asoslar   yo‘q.   Hozircha  faqat   shuni   qayd  etish   mumkinki,  diqqat   markazidan
yuqorida sanab o‘tilganlardan qaysi biri, chunonchi: kosmos, tabiat, Xudo, jamiyat
yoki   bevosita   inson   o‘rin   olganiga   qarab,   falsafa   tarixida   insonni   tushunish   bilan
bog‘liq   masalalarni   hal   qilishda   asos   bo‘ladigan   turli   falsafiy   nuqtai   nazarlar
farqlanadi.   Ularning   orasida   kosmosentrizm,   teosentrizm,   sosiosentrizm   va
antroposentrizm ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib, turli davrlarda ularning har biri har
xil   ko‘rinishda   namoyon   bo‘lgan,   lekin   inson   muammolarini   o‘rganuvchi   falsafiy
konsepsiyalarda doim u yoki bu tarzda mavjud bo‘lgan. 
1- MASALA.   Antrop   tamoyil-   inson   borligiga   oid   zamonaviy
metodologik   vosita.   Falsafiy   antropologiyaning   vujudga   kelishi   va
rivojlanishi .   Yunoncha   sophia   –   donishmandlik,   anthropos   –   inson   va   logos   –
ta’limot   so‘zlaridan   kelib   chiqqan   «falsafiy   antropologiya»   atamasi   etimologik
jihatdan   inson   haqidagi   falsafiy   ta’limotni   anglatadi.   Falsafiy   antropologiya
insonning   alohida   borliq   manbai   sifatida   kelib   chiqishi,   tadrijiy   rivojlanishi   va
mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi. 
Yuqorida   qayd   etilganidek,   inson   haqidagi   falsafiy   ta’limotlar   qadimda
vujudga   kelgan   va   butun   falsafa   tarixi   orqali   o‘tadi.   Konfusiy,   Suqrot,   Geraklit,
stoiklar, kiniklar, Avgustin, Foma, Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy, Dekart,
Russo,   Kant,   Feerbax,   Nisshe   va   boshqalar   insonning   falsafiy,   nazariy   obrazini
yaratib, falsafiy antropologiya falsafiy bilimning mustaqil bo‘limi sifatida vujudga
kelishi uchun zamin hozirladi.  Shu   ma’noda   falsafiy   antropologiyaning   ilk   ildizlariga   XVIII   asr   fransuz
materialistlarining   asarlarida   duch   kelish   mumkin.   Ammo   Kant,   shuningdek,
insonning   mohiyati   muammosini   falsafaning   «birdan-bir,   universal   va   oliy»
predmeti   darajasiga   ko‘taruvchi   antropologik   tamoyillarni   falsafaga   kiritgan   va
asoslab   bergan   Feerbax   sa’y-harakatlari   bilan   falsafiy   antropologiya   mustaqil
falsafiy fan sifatida shakllana boshladi. 
Falsafiy   antropologiya   XX   asrning   20-yillarida   asosan   M.Sheler,   A.Gelen,
X.Plesner   asarlari   ta’sirida   uzil-kesil   vujudga   keldi.   Xususan,   M.Shelerning
«Insonning   kosmosdagi   o‘rni»   asarida   inson   haqida   fundamental   fan   yaratish
lozimligi   qayd   etiladi   va   uni   falsafiy   bilish   dasturi   taklif   qilinadi.   Muallif   fikriga
ko‘ra,   insonni   yaxlit   falsafiy   bilish   inson   borlig‘ining   turli   jabhalariga   nisbatan
olingan muayyan ilmiy natijalar bilan birikishi lozim. 
M.Sheler   falsafiy   antropologiya   insonning   yaxlit   konsepsiyasini   yaratib,   uni
muayyan   ilmiy,   falsafiy   va   diniy   jihatdan   anglab   yetishda   birlashtiruvchi   rol
o‘ynashi  lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy antropologiyaning vazifasi  insonning
barcha o‘ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol...
davlat,   rahbarlik,   mif,   din,   fan...   inson   borlig‘ining   asosiy   strukturasidan   qanday
kelib chiqishini aniq ko‘rsatib berishdan iboratdir» 8
, deb qayd etadi. 
Falsafiy   antropologiya   fanining   mohiyati .   Inson   haqidagi   bilimlarni
birlashtirish   lozimligi   xususida   Shelerdan   oldinroq   ham   so‘z   yuritilgan   edi.   XIX
asr o‘rtalariga kelib inson o‘ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki
boshqa   biron-bir   muayyan   fan   metodlari   bilan   to‘la   anglab   yetish   mumkin
emasligi,   ya’ni   inson   jamuljam   holda   aniq   bilim   predmeti   bo‘la   olmasligi   aniq-
ravshan   bo‘lib   qoldi.   Shuningdek,   ayrim   tabiiy   fanlar,   har   biri   o‘z   sohasida,   vaqt
o‘tishi   bilan   umumiyroq   xulosalarga   kelishni   talab   etuvchi   salmoqli   material
to‘pladi. 
Bunday   umumlashtirishga   ehtiyoj   Darvinning   evolyusion   nazariyasi   paydo
bo‘lishi   bilan   ayniqsa   bo‘rtib   ko‘rina   boshladi.   Bu   nazariya   insonga   oid   tabiiy-
8
 Шелер М. Избранные произведения. – М. :  1994. – С.  187. ilmiy   tadqiqotlarga   kuchli   turtki   berdi,   shuningdek   materialistik   falsafiy
konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha asos bo‘lib xizmat qildi. 
Mazkur   yondashuv   tarafdorlari   inson   ko‘p   o‘lchovli   va   muttasil   o‘zgaruvchi
mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar
mobaynida   o‘zgarishsiz   qolayotgan   bo‘lsa-da,   ular   insonning   mohiyatini   to‘la
namoyon   etmaydi.   Bu   yondashuv   tarafdorlari   inson   o‘z   oldiga   yangi   va   yangi
jumboqlar qo‘yayotgan, tashqi dunyoni, o‘zining undagi o‘rnini aniqlashga harakat
qilayotgan, atrof  muhitni  o‘rganish  orqali  uni  o‘z ixtiyoriga ko‘ra  o‘zgartiradigan
faol   asos   sifatida   amal   qiladigan   mikrokosm   hisoblanishiga   ham   e’tiborni
qaratmoqdalar.
Boshqacha   aytganda,   inson   bunyodkor   va   ayni   vaqtda   madaniyat   mahsuli,
o‘zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma’naviyat manbaidir. 
Falsafiy antropologiya tarafdorlari  insonning mazkur  talqinidan kelib chiqib,
bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da’vogar bo‘la olmasligini va ayrim
fanlar:   psixologiya,   sosiologiya,   biologiya   va   boshqa   ijtimoiy   fanlarning   turli
yondashuvlari   va   xulosalarini   sintezlovchi   inson   haqidagi   bilimlar   tizimini
yaratishga   qaratilishi   lozimligini   qayd   etmoqdalar.   Ularning   fikricha,   bu   fan   o‘z
predmeti   sifatida   inson   borlig‘ini   belgilaydi,   uning   mohiyatini   va   o‘ziga   xos
xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o‘zini ham, uni qurshagan dunyoni
ham falsafa nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki
aniqroq aytganda – antropologik ong nafaqat  ontologiya va kosmologiyaga,  balki
gnoseologiya va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin
yaratadi» 9
. 
XX   asrning   60-70-yillarida   falsafiy   antropologiya   shunday   bir   g‘oyaviy
harakatga   aylandiki,   uning   doirasida   olimlar   insonning   hozirgi   holatini   nazariy
jihatdan   anglab   yetish   va   talqin   qilish,   uning   tabiatiga   nisbatan   yangicha
yondashuvni   ilgari   surishga   harakat   qildilar.   Bu   davrda   yuz   bergan   fan-texnika
taraqqiyoti va insonning o‘z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik
tuyg‘usining   kuchayishi   falsafiy   antropologiyaning   rivojlanishiga   qo‘shimcha
9
 Бердяев Н.А. Смысл творчества. – М : , 1989. –  С. 293. turtki berdi. Shunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui
–   umumiy   antropologiyaning   tarkibiy   qismiga   aylandi.   Bu   fan   turli-tuman
ta’limotlar,   konsepsiyalar   va   yo‘nalishlarni   o‘z   ichiga   oladiki,   ularning   orasida
falsafiy   yo‘nalishdan   tashqari   biologik,   teologik   (diniy),   sosiologik,   psixologik,
madaniy   (etnografik),   strukturalistik,   pedagogik   va   boshqa   yo‘nalishlarni   qayd
etish mumkin. 
Ularning har biri, falsafiy yo‘nalishdan farqli o‘laroq, insonning muayyan bir
tomonini   yoritadi.   Masalan,   biologik   antropologiya   anatomiya,   fiziologiya,   irq
haqidagi   ta’limot   va   shu   kabilarga   tayanib,   insonning   qolgan   barcha   tirik
mavjudotlardan   farqini   uning   jismoniy   tuzilishi   nuqtai   nazaridan   aniqlaydi.
Teologik   antropologiya   inson   haqidagi   tegishli   tasavvurlarni   uni   Xudo   yaratgani
nuqtai   nazaridan   shakllantiradi.   Falsafiy   antropologiya   esa   butunlay   boshqa
vazifani   hal   qiladi   –   u   vaziyatga   yaxlit   yondashadi   va   fanlararo   xususiyatga   ega
bo‘lgan xulosalar chiqaradi. 
Falsafiy   bilimning   tarkibiy   qismi   sifatida   falsafiy   antropologiya   ijtimoiy
falsafa,   axloq,   sosiologiya   va   psixologiya   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   ular   bilan
birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi. 
Insonnning bioijtimoiy mohiyati.  Falsafiy antropologiya yechadigan muhim
muammolar   orasida   inson   biologik   va   ijtimoiy   mohiyatining   o‘zaro   nisbati
to‘g‘risidagi   masala   alohida   o‘rin   egallaydi.   Inson   jonli   tabiatning   bir   qismi,
shuningdek   biologik   evolyusiya   mahsuli   ekanligi   hozirgi   zamon   tabiatshunosligi
fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi
uchun ham  aniq-ravshan   va deyarli   shak-shubhasiz   dalilga  aylandi.  Har  bir  inson
o‘z   biologik   xususiyatlari:   genetik   kodi,   vazni,   bo‘yi,   mijozi,   terisi   va   sochining
rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson
ijtimoiy   mavjudot   ekanligi,   uning   o‘ziga   xosligi   va   betakrorligi   odamzotning
ijtimoiy   tabiati,   u   kamol   topgan,   ta’lim-tarbiya   olgan,   madaniy   va   axloqiy
qadriyatlar   va   mo‘ljallarni   o‘zlashtirgan   ijtimoiy   muhit   bilan   belgilanishi   ham
shak-shubhasizdir.  Ayni   shu   sababli   inson   individi   nafaqat   biologik,   balki   ijtimoiy   mavjudot
sifatida   ham   o‘ziga   xos   xususiyat   kasb   etadi.   Boshqacha   aytganda,   insonning
kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi. 
Insonni  tushunishda dualizm va monizm.   Odamlar o‘rtasidagi  biologik va
ijtimoiy farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini
tushunishga   nisbatan   ikki   muhim   yondashuv:   dualistik   va   monistik   yondashuvlar
kelib chiqadi. 
Q adim   zamonlarda   vujudga   kelgan   insonga   nisbatan   dualistik   yondashuv
shundan iboratki,  odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan
esa   –   mustaqil   mohiyat   sanaladigan   va   bu   organizmni   boshqaradigan   nomoddiy
jondan   tashkil   topgan   mavjudot   sifatida   qaraladi.   Bu   yondashuv,   masalan,   boqiy
g‘oyalar   dunyosida   yashaydigan   o‘lmas   jon   inson   tug‘ilayotgan   paytda   uning
tanasiga   xuddi   zindonga   tushgandek   kirib   o‘rnashadi,   uning   o‘limidan   keyin   esa
vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida
ayniqsa   bo‘rtib   namoyon   bo‘ladi.   Jonlarning   o‘lmasligi   g‘oyasi   Sharq   falsafiy
an’anasiga ham xosdir. 
Hozirgi   olimlarning   aksariyati   qo‘llab-quvvatlaydigan   inson   talqinining
monistik   konsepsiyasi   inson   ruhiyati,   uning   tuyg‘ulari,   fikrlari,   emosiyalari   va
kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari
hayot   faoliyatining   mahsulidan   o‘zga   narsa   emas,   degan   tushunchadan   kelib
chiqadi.   Bu   yondashuv   tarafdorlarining   fikriga   ko‘ra,   ruhiy   hodisalar   qandaydir
nomoddiy   asosga   ega,   deb   hisoblash   uchun   yetarli   dalil lar   mavjud   emas,   shu
sababli   ruhiyat   tabiatini   tushuntirishda   inson   organizmida   yuz   beradigan   moddiy
jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q. 
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat   biologik
mavjudotmi yoki faqat  ijtimoiy  mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi.  U,
hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir. 
Ammo   bu   ikki   asosning   o‘zaro   nisbati   qanday,   ularning   biri   ikkinchisidan
ustunroqmi   va   inson   mohiyatini   nima   belgilaydi   –   bu   endi   qizg‘in   bahs-
munozaralar   predmetidir.   Mazkur   masalalar   hanuzgacha   o‘zining   uzil-kesil yechimini   topgani   yo‘q,   hozirda   mavjud   turli   biologik,   psixologik   va   falsafiy
maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi. 
3-MASALA .Sharq va Garb falsafasida inson muammosi.  Qadimgi Sharq,
xususan   Xitoy   falsafiy   tizimlari   asosan   sosiosentrik   konsepsiyalar dan   iborat
bo‘lib,   ularda   inson,   odatda,   jamiyat,   sosium   bilan   uzviy   bog‘liq   deb   qaraladi.
«Ideal   munosabatlar   qonuni»ga   odamlar   o‘rtasida,   oila,   jamiyat,   davlatda   rioya
qilish   inson   hayotining   muhim   ma’nosi   hisoblanadi;   bunga   jamiyatda   qabul
qilingan   me’yorlar,   qoidalar,   rasm-rusumlar   va   shu   kabilarga   izzat-ikrom   bilan
yondashish   imkoniyat   yaratadi.   Boshqacha   aytganda,   inson   o‘z   shaxsiy   hayotini
doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila
va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim.
Shu   ma’noda   mashhur   qadimgi   xitoy   faylasufi   Konfusiy   (mil.   av.   551-479
yillar)ning   fikrlari   diqqatga   sazovor   bo‘lib,   u   shunday   deb   saboq   beradi:
«qilmishlarning   asoslari   va   tamoyillarini   o‘rgansang,   yaxshilik   va   yomonlik
haqidagi   fikrlaring   (axloqiy   bilimlar)   barkamollikning   eng   so‘nggi   darajasiga
yetadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y
va samimiy  bo‘lsa,  inson  to‘g‘ri   yo‘lga  kiradi, kamol   topadi.   Inson  to‘g‘ri  yo‘lga
kirsa va kamol  topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm  sursa, xalqlarni
boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv
yashaydi» 1
. 
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish,
ya’ni  antroposentrizm  xosdir. 
Masalan,   buddizmda   nirvanaga   erishish   inson   barcha   niyatlarining   pirovard
maqsadi   deb   e’lon   qilinadi.   Nirvana   jonning   shunday   bir   holatiki,   bunda   har
qanday   mayllar   yo‘qoladi   va   ichki   uyg‘unlik   yuzaga   keladi,   mutlaqo   erkinlik   va
tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. 
Qadimgi   hindlarning   boshqa   bir   diniy-falsafiy   ta’limoti   –   jaynizm   nuqtai
nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish
1 1
 Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М. :  1995. –  С. 139.  va   boshqarishga   erishish   uchun   uzoq   va   og‘ir   yo‘l   –   jonning   erkinlashuvi   yo‘lini
bosib o‘tishi lozim.
Markaziy   Osiyo   mutafakkirlari   qarashlarida   insonni   nazariy   aql   boshqaradi.
Jumladan   al-Forobiy   fikricha   “Inson   shaxsini   shakllantiradigan,   uni   boshqa
maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa
uning   faol   aqlidir   Bu   kuch   avval-   boshda   faqat   qobiliyatdir   bu   quvvat   o‘ylash,
mulohaza   yuritishga   qobil,   ammo   hayotga   tadbiq   etish,   ya’ni   joriy   qilishga   qobil
emas” 10
. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu
esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi
va   boshqa   sabablar   mohiyati   haqida   fikrlay   oladi.   Aynan   shu   faol   aql   odam
imkoniyatlarining   tashqi   voqealarga   ta’sir   etishi   va   uni   rivojlantirishga   turtki
beradi.   Forobiy   ta’biri   bilan   “moddiy   aqldan   amaliy   aqlning   yuqoriroq
pillapoyasiga   ko‘tariladi   va   uning   faol   aqlga   munosabati   quyosh   bilan   ko‘zni
solishtirlandek  bo‘ladi” 11
.  Agar   quyosh  bo‘lmasa,  inson   narsalarni   ko‘ra  olmaydi.
Faol   aql   quyoshi   inson   ruhi   da   paydo   bo‘lganidan   keyin,   aqliy   quvvat   faol   aqlga
qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya’ni aqlli mavjudod. Yusuf Xos Xojib fikricha inson
dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam  vaqti yetgach ketadi.
Inson   umrining   qimmati   necha   yil   yashagani   bilan   emas,   qanday   ezgu   ishlarni
amalga   oshirganligi,   hayotda   qoldirgan   izi   bilan   belgilanadi.   U   kishi   olamdan
o‘tgandan so‘ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan
nom qoladi Inson iloji boricha o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi
lozim deb ta’kidlagan 
Umuman   olganda,   barcha   zamonlarda   insonda   umumiy   asosni   izlash   bilan
band   bo‘lgan   Sharq   tafakkuriga   hozir   ham   insonni   va   uning   tashqi   dunyo   bilan
aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir.
XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson
tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat»
deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o‘zining barcha
tog‘lari,   okeanlari,   daryolari,   o‘zining   cheksiz   kuchlari,   cheksiz   rang-barangligi
10
  Ал-Форобий. Фозил шаҳар аҳолиси. -Т.: Шарқ, 1999.- Б. 69
11
  Ал-Форобий Фозил шаҳар аҳолиси.-Т.: Шарқ, 1999 –Б.73. bilan juda ulug‘vor, lekin undan ham ulug‘vorroq dunyo borki, bu insonning ichki
dunyosidir.   U   quyosh,   yulduzlar,   yer   va   butun   moddiy   Koinotdan   yuksakroq,
bizning   shaxsiy   jajji   hayotlarimizning   tor   chegarasiga   sig‘maydigan   dunyodir.
G‘arb   odami   tashqi   dunyoda   «o‘ziniki»   bo‘lganidek,   bu   ichki   dunyoda   Sharq
odami  ham  xuddi  shunday «o‘ziniki»dir. Shu bois...  G‘arb ma’naviy dunyo nima
ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning
siri   va   mazmuni   nimada   ekanligini   anglab   yetmoqchi   bo‘lsa,   u   Sharq   oyoqlari
ostiga   cho‘kib   quloq   solishi   kerak.   Hamonki   dunyo   hozir   ma’lum   ma’naviy
uyg‘onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan oladi» 12
. ..
Ibn   Xaldun   fikricha,   inson   tabiatida   ezgulik   va   yovuzlik   mavjud.   Agar
odamlar   o‘z   holiga   qo‘yilsa   va   insoniylik   ruhida   tarbiyalanmasa,   unda   Xudo
ne’matini qo‘lga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar bo‘ladi. Xayr va shayorr
oralig‘ida   qolib,   har   ikkisidan   birini   tanlash   lozim   bo‘lganida,   unda   sharrni
tanlaydi,   zero   inson   tabiatida   sharrga   moyillik   ko‘proq.   Adolatsizlik   va
boshqalarga   hujum   qilish   insonlarga   xos   xislat.   Shuning   uchun   jamiyatda
kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun ma’xrifatga erishmoq zarur 
Keltirilgan   so‘zlar   nafaqat   teran   ma’noga   ega,   balki   hozirgi   dunyoning
globallashuvi   va   yagona   insoniyatning   shakllanishi   nuqtai   nazaridan   alohida
ahamiyat kasb etadi. 
G‘arb  falsafasida  inson.   Sharq  tafakkurida  insonga  nisbatan  yuqorida  qayd
etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan
muayyan   o‘rin   egallab   keladi.   Bunda   insonga   ulkan   dunyodagi   bir   zarra   sifatida
qaraladi.   Ammo   dunyoga   nisbatan   kosmosentrik   yondashuv   antik   falsafa
rivojlanishining   ilk   bosqichlariga   ko‘proq   xosdir.   Dunyoning   mazkur   talqiniga
muvofiq   birinchi   o‘ringa   Suqrot   davridayoq   falsafaning   diqqat   markazidan   o‘rin
olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo
va kosmos muammolari chiqadi. 
Kosmosentrizm nuqtai nazaridan inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida,
«kichkina   dunyo»   sifatida   (Demokrit),   ba’zan   jonli   organizm   sifatida   tasavvur
12
 Вивекананда Свами. Философия йога. – Магнитогорск, 1992. –  С. 488-489. qilinadigan   makrokosm   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lgan   mikrokosm   sifatida   idrok
etiladi.   Antik   faylasuflar   Koinotni   va   unda   mavjud   tartibni   tushunish   orqali
insonning o‘zini ham anglab yetish mumkin deb hisoblaganlar (Platon, Aristotel).
Bunda   tafakkur,   bilim,   aql-zakovat   va   donishmandlik   muhim   rol   o‘ynagani   bois,
ular   doim   kosmosentristlar   tomonidan   yuksak   baholangan,   inson   va   uning
qobiliyatlariga baho berishda birinchi o‘ringa qo‘yilgan. 
Bunday   qarashlar   Yevropa   falsafiy   an’anasida   V   asrgacha,   ularning   o‘rnini
teosentrizm konsepsiyasi  egallagunga qadar kuzatiladi. Bu konsepsiyaga muvofiq
hamma   narsani   Xudo   belgilaydi.   Xristianlikning   mohiyatini   aks   ettiruvchi   turli
kreasionistik   nazariyalarga   ko‘ra   butun   dunyo,   shu   jumladan   jonli   dunyo
(o‘simliklar,   hayvonlar,   inson)   darhol   va   o‘zining   mukammal   ko‘rinishida
yaratilgan. Injilning dunyo olti kunda yaratilgani haqidagi rivoyatiga asoslangan bu
nuqtai   nazar   yevropaliklar   tafakkurida   Darvinning   evolyusion   nazariyasi   paydo
bo‘lgunicha, ya’ni XIX asrning o‘rtalariga qadar hukm surdi. Xristianlar dunyosida
dindor odamlar orasida u bugungi kunda ham amal qilmoqda. 
Teosentrizm   nuqtai   nazaridan   insonning   mohiyatini   anglab   yetish ,
masalan,   qadimgi   yunon   faylasuflari   yoki   keyingi   materialistik   falsafiy
konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo‘li bilan emas, balki Muqaddas Kitobda
ta’riflangan   vahiylar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Bu   vahiylarni   faqat   Injil
aqidalariga   e’tiqod   qilish   orqali   tushunib   yetish   mumkin.   Teosentrizm   nuqtai
nazaridan   e’tiqod   nuridan   charog‘on   bo‘lgan   aql   dunyodagi   ilohiy   tartibning
tarkibiy   qismi   sanalgan   va   «Xudoning   timsoli»   sifatida   amal   qiladigan   insonning
o‘zini   emas,   balki   uning   ba’zi   bir   jihatlarinigina   aniqlashga   yordam   beradi.   Ayni
shu   sababli   xristianlik,   Xudoni   oliy   mohiyat   deb   e’tirof   etadigan   va   insonga   U
yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teosentrik falsafiy tizimlar kabi, insonni
Xudoning   o‘zi   singari   tagiga   yetish   mumkin   bo‘lmagan   sir,   jumboq   deb   e’lon
qiladi. 
Teosentrizm  falsafasini  boshqa falsafiy nuqtai  nazarlar – antroposentrizm  va
kosmosentrizm   siqib   chiqara   boshlagan   Uyg‘onish   davri da   insonga   doir
qarashlarda   jiddiy   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   O‘rta   asrlarda   inson   u   yoki   bu korporasiya   vakili   sifatida   amal   qilgan   bo‘lsa,   Uyg‘onish   davrida   u   o‘zlikni
anglash tuyg‘usi va ijtimoiy nuqtai nazari o‘sishi natijasida o‘z manfaatlarini ifoda
eta   boshladi.   Inson   shaxs   sifatida   kamol   topdi.   U   o‘zini   o‘z   shaxsiy   hayoti   va
taqdirining   bunyodkori   sifatida   tobora   kuchliroq   anglay   boshladi.   Inson
mustaqillikka   va   tabiatni   o‘ziga   bo‘ysundirishga   harakat   qildi,   o‘z   ijodiy
imkoniyatlari   cheksiz   ekanligiga   ishona   boshladi.   Mazkur   qarashlar   italyan
faylasufi   Piko   della   Mirandolaning   «Inson   qadr-qimmati   haqida   so‘z»   deb
nomlangan mashhur asarida o‘z aksini topdi. Tasviriy san’at, me’morchilik, axloq,
estetika,   adabiyot   va   pedagogikani   yaxshi   tushunadigan   har   tomonlama   komil
inson   o‘sha   davrning   idealiga   aylandi.   Uyg‘onish   davri   bu   idealga   to‘la   mos
keladigan   Leonardo   da   Vinchi,   Alberti   Bottichelli,   Rafael   kabi   atoqli   shaxslarni
dunyoga berdi. 
O‘sha   davr   falsafasida   insonga   bo‘lgan   qiziqishning   kuchayishi   bilan   bir
qatorda   tabiatga   bo‘lgan   qiziqish   ham   tiklandi.   N.Kuzanskiy,   J.Brunoning
panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib chiqara boshladi. Yunonlarning
kosmosentrizmi   tabiiysentrizm   sifatida   qayta   anglab   yetildi.   Bunda   antik
faylasuflarning   markazida   Yer   joylashgan   pirovard   kosmos   haqidagi   tasavvurlari
cheksiz va markazsiz kosmosga o‘rin bo‘shatdi. 
Bunday   kosmos   umumiyroq   va   kengroq   tushuncha   –   «tabiat»   bilan
tenglashtiriladi. Shundan beri u turli falsafiy tizimlarda faol o‘rganiladi. Xususan,
Ma’rifat   davri   falsafasida   fundamental   tushunchaga   aylanadi,   Shelling   ijodida
markaziy   o‘rin   egallaydi,   shuningdek   ekologiyaga   qarab   mo‘ljal   oluvchi   ayrim
hozirgi   falsafiy   konsepsiyalarda   dunyo   va   insonni   tushunishda   tayanch   nuqtasi
hisoblanadi.   Mazkur   yondashuvga   ko‘ra   inson   tabiatning   ajralmas   qismi   sifatida
qaraladi.   Bunday   qarashlarning   izchil   tarafdorlari,   masalan,   XX   asrning   ikkinchi
yarmida   rivojlangan   ijtimoiy   ekologiya   namoyandalari   e’tiborni   haddan   tashqari
keng   qaratadigan   tabiatdan   uning   muayyan   qismiga   –   inson   o‘z   hayot   faoliyatini
amalga   oshiradigan   biosferaga   qaratish   lozimligini   qayd   etadilar   va   bunda
antroposentristik   qarashlardan   voz   kechib,   ularni   biosferosentrizm   bilan
almashtirishni   talab   qiladilar.   Biosferosentrizmda   falsafiy   tadqiqotlar   markaziga inson   o‘rniga   tabiatni   qo‘yish   taklif   qilinadi   va   shu   tariqa   tabiat   inson   ehtiyojlari
nuqtai   nazaridan   qaralmaydi,   inson   mohiyati   va   uning   ehtiyojlari   esa   tabiiy
qonunlarni   va   biosferaning   tadrijiy   rivojlanish   tendensiyalarini   bilish   nuqtai
nazaridan tadqiq etiladi. 
Yangi   davrda   inson   falsafaning   diqqat   markazidan   tushmadi,   lekin   unga
bo‘lgan qiziqish asosan, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog‘landi. Yangi
davrda   insonga   biluvchi   subekt   sifatida   yondashildi.   Masalan,   Dekart   insonning
mohiyati,   o‘ziga   xos   xususiyatini   uning   tafakkuri,   fikrlash   qobiliyatida   ko‘rdi.
XVIII   asr   fransuz   materialist   faylasuflari   (Didro,   Golbax,   Gelvesiy,   Lametri)
tabiatshunoslik   va   mexanika   sohasida   erishilgan   hayratomuz   yutuqlar   ta’sirida
insonning jonini ong bilan, tanasini esa – avtomat, mashina bilan tenglashtirib, uni
mexanistik talqin qildilar. 
Buyuk  nemis   faylasufi   I.Kant  (1724-1804)  insonni  tushunish  yo‘lida  muhim
qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza
yuritish   mumkin,   deb   hisoblar   edi.   Ayni   vaqtda,   u   «inson   uchun   maktab   bo‘lib
xizmat   qiladigan   madaniyat   sohasidagi   barcha   muvaffaqiyatlarning   maqsadi
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalga tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu
bilimlar   tatbiq   etilishi   mumkin   bo‘lgan   dunyodagi   eng   muhim   predmet   insondir,
zero u o‘zi uchun pirovard maqsaddir» 1
, deb qayd etadi. 
Dunyoning butun rang-barangligi orasida I.Kant tabiatning turli, lekin bir-biri
bilan   uzviy   bog‘langan   uch   darajasi:   notirik   tabiat,   tirik   tabiat   va   inson   tabiatini
farqladi.   Uning   fikricha,   bu   darajalarning   har   birida   tabiat   o‘z   qonunlariga,
chunonchi:   notirik   tabiat   –   mexanika   qonunlariga,   tirik   tabiat   –   maqsadga
muvofiqlikka bo‘ysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda
u   inson   tabiatini   qolgan   ikki   tabiatga   bog‘lash   va   ular   orqali   bilish   mumkin
emasligini ta’kidlaydi. Inson tabiatini faqat uning erkinlikdan kelib chiqadigan o‘z
qonunlariga muvofiq anglab yetish mumkin. Shunday qilib, I.Kant inson tabiatning
undagi boshqa jonli va jonsiz obektlar kabi o‘ziga to‘q obekti hisoblanishi haqidagi
fikrni   ilgari   surish   orqali   insonni   o‘rganish   uchun   yangi   imkoniyatlar   yaratdi   va
1 1
 Кант И. Соч. Т. 6. – М., 1966.–  С. 351.  shu   tariqa   falsafiy   bilimning   mustaqil   bo‘limi   sifatida   falsafiy   antropologiyaning
yaratilishiga yo‘l ochdi. 
I.Kantdan  keyin nemis klassik  falsafasida  inson asosan  madaniyat  dunyosini
yaratuvchi ma’naviy faoliyat subekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai
sifatida   tushunildi.   L.Feerbax   (1804-1872)   bu   yondashuvga   qarshi   chiqdi.   O‘sha
davrda obektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar («g‘oya», «ruh»)ga
zid o‘laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi. Feerbax insonga tarixiy ma’naviy
rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-jismoniy mavjudot
sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. Unda inson Xudo
yaratgan   banda   emas,   balki   tabiatning   bir   qismi   bo‘lib,   fransuz   faylasuflari   qayd
etganidek mexanizm emas, balki organizmdir. 
Ayni   shu   sababli   Feerbax   falsafasi   «antropologik   materializm»   degan   nom
oldi.   Uning   insonga   nisbatan   yondashuvi   shu   bilan   tavsiflanadiki,   insondagi
tabiiylik   va   ijtimoiylik   materialistik   monizm   nuqtai   nazaridan   tushuntiriladi.   Bu
inson   bir   vaqtning   o‘zida   notirik   va   tirik   tabiatning   tadrijiy   rivojlanishi   mahsuli
sanalgan   biologik   mavjudot   sifatida   ham,   mohiyati   ijtimoiy   munosabatlar   bilan
belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi. 
XIX   asrdan   boshlab   Yevropa   falsafiy   tafakkuri   F.Shelling,   A.Shopengauer,
M.Shtirner,   S.Kerkegor,   F.Nisshe,   N.Berdyaev,   A.Bergson   kabi   faylasuflarning
sa’y-harakatlari   bilan   inson   mavjudligini   individual   va   tarixiy   muayyanlashtirish
sari   yuz   burdi.   Hayot,   sezgilar,   xohish-iroda,   irrasionallik   tushunchalari   maxsus
falsafiy   tahlil   predmetiga   aylandi   va   keyinchalik   ekzistensializm,   intuitivizm   va
personalizm falsafasida rivojlantirildi. 
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan obektiv dunyo – bu avvalo «inson
borlig‘i»   bo‘lib,   insondan   tashqarida   dunyo   haqida   biron-bir   gap   aytish   mumkin
emas.   Inson   borlig‘i   to‘g‘risida   so‘z   yuritish   o‘rinli   bo‘ladi,   chunki   inson   borliq
xususida   savollar   beradi,   uning   mazmunini   tashkil   etgan   holda   uni   boshdan
kechiradi, anglab yetadi. 
Inson   muammosiga   qisqacha   tarixiy-falsafiy   nazar   tashlash   XX   asr   boshiga
kelib   falsafada   bilimning   yangi   mustaqil   sohasi   –   inson   haqidagi   ta’limot,   ya’ni falsafiy   antropologiya   vujudga   kelishi   uchun   barcha   shart-sharoitlar   yaratilganini
ko‘rsatadi. 
.Falsafiy   antropologiyaning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi .   Yunoncha
sophia   –   donishmandlik,   anthropos   –   inson   va   logos   –   ta’limot   so‘zlaridan   kelib
chiqqan   «falsafiy   antropologiya»   atamasi   etimologik   jihatdan   inson   haqidagi
falsafiy   ta’limotni   anglatadi.   Falsafiy   antropologiya   insonning   alohida   borliq
manbai   sifatida   kelib   chiqishi,   tadrijiy   rivojlanishi   va   mavjudligining   o‘ziga   xos
xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi. 
Yuqorida   qayd   etilganidek,   inson   haqidagi   falsafiy   ta’limotlar   qadimda
vujudga   kelgan   va   butun   falsafa   tarixi   orqali   o‘tadi.   Konfusiy,   Suqrot,   Geraklit,
stoiklar, kiniklar, Avgustin, Foma, Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy, Dekart,
Russo,   Kant,   Feerbax,   Nisshe   va   boshqalar   insonning   falsafiy,   nazariy   obrazini
yaratib, falsafiy antropologiya falsafiy bilimning mustaqil bo‘limi sifatida vujudga
kelishi uchun zamin hozirladi. 
Shu   ma’noda   falsafiy   antropologiyaning   ilk   ildizlariga   XVIII   asr   fransuz
materialistlarining   asarlarida   duch   kelish   mumkin.   Ammo   Kant,   shuningdek,
insonning   mohiyati   muammosini   falsafaning   «birdan-bir,   universal   va   oliy»
predmeti   darajasiga   ko‘taruvchi   antropologik   tamoyillarni   falsafaga   kiritgan   va
asoslab   bergan   Feerbax   sa’y-harakatlari   bilan   falsafiy   antropologiya   mustaqil
falsafiy fan sifatida shakllana boshladi. 
Falsafiy   antropologiya   XX   asrning   20-yillarida   asosan   M.Sheler,   A.Gelen,
X.Plesner   asarlari   ta’sirida   uzil-kesil   vujudga   keldi.   Xususan,   M.Shelerning
«Insonning   kosmosdagi   o‘rni»   asarida   inson   haqida   fundamental   fan   yaratish
lozimligi   qayd   etiladi   va   uni   falsafiy   bilish   dasturi   taklif   qilinadi.   Muallif   fikriga
ko‘ra,   insonni   yaxlit   falsafiy   bilish   inson   borlig‘ining   turli   jabhalariga   nisbatan
olingan muayyan ilmiy natijalar bilan birikishi lozim. 
M.Sheler   falsafiy   antropologiya   insonning   yaxlit   konsepsiyasini   yaratib,   uni
muayyan   ilmiy,   falsafiy   va   diniy   jihatdan   anglab   yetishda   birlashtiruvchi   rol
o‘ynashi  lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy antropologiyaning vazifasi  insonning
barcha o‘ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat,   rahbarlik,   mif,   din,   fan...   inson   borlig‘ining   asosiy   strukturasidan   qanday
kelib chiqishini aniq ko‘rsatib berishdan iboratdir» 13
, deb qayd etadi. 
Falsafiy   antropologiya   fanining   mohiyati .   Inson   haqidagi   bilimlarni
birlashtirish   lozimligi   xususida   Shelerdan   oldinroq   ham   so‘z   yuritilgan   edi.   XIX
asr o‘rtalariga kelib inson o‘ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki
boshqa   biron-bir   muayyan   fan   metodlari   bilan   to‘la   anglab   yetish   mumkin
emasligi,   ya’ni   inson   jamuljam   holda   aniq   bilim   predmeti   bo‘la   olmasligi   aniq-
ravshan   bo‘lib   qoldi.   Shuningdek,   ayrim   tabiiy   fanlar,   har   biri   o‘z   sohasida,   vaqt
o‘tishi   bilan   umumiyroq   xulosalarga   kelishni   talab   etuvchi   salmoqli   material
to‘pladi. 
Bunday   umumlashtirishga   ehtiyoj   Darvinning   evolyusion   nazariyasi   paydo
bo‘lishi   bilan   ayniqsa   bo‘rtib   ko‘rina   boshladi.   Bu   nazariya   insonga   oid   tabiiy-
ilmiy   tadqiqotlarga   kuchli   turtki   berdi,   shuningdek   materialistik   falsafiy
konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha asos bo‘lib xizmat qildi. 
Mazkur   yondashuv   tarafdorlari   inson   ko‘p   o‘lchovli   va   muttasil   o‘zgaruvchi
mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar
mobaynida   o‘zgarishsiz   qolayotgan   bo‘lsa-da,   ular   insonning   mohiyatini   to‘la
namoyon   etmaydi.   Bu   yondashuv   tarafdorlari   inson   o‘z   oldiga   yangi   va   yangi
jumboqlar qo‘yayotgan, tashqi dunyoni, o‘zining undagi o‘rnini aniqlashga harakat
qilayotgan, atrof  muhitni  o‘rganish  orqali  uni  o‘z ixtiyoriga ko‘ra  o‘zgartiradigan
faol   asos   sifatida   amal   qiladigan   mikrokosm   hisoblanishiga   ham   e’tiborni
qaratmoqdalar.
Boshqacha   aytganda,   inson   bunyodkor   va   ayni   vaqtda   madaniyat   mahsuli,
o‘zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma’naviyat manbaidir. 
Falsafiy antropologiya tarafdorlari  insonning mazkur  talqinidan kelib chiqib,
bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da’vogar bo‘la olmasligini va ayrim
fanlar:   psixologiya,   sosiologiya,   biologiya   va   boshqa   ijtimoiy   fanlarning   turli
yondashuvlari   va   xulosalarini   sintezlovchi   inson   haqidagi   bilimlar   tizimini
yaratishga   qaratilishi   lozimligini   qayd   etmoqdalar.   Ularning   fikricha,   bu   fan   o‘z
13
 Шелер М. Избранные произведения. – М. :  1994. – С.  187. predmeti   sifatida   inson   borlig‘ini   belgilaydi,   uning   mohiyatini   va   o‘ziga   xos
xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o‘zini ham, uni qurshagan dunyoni
ham falsafa nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki
aniqroq aytganda – antropologik ong nafaqat  ontologiya va kosmologiyaga,  balki
gnoseologiya va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin
yaratadi» 14
. 
XX   asrning   60-70-yillarida   falsafiy   antropologiya   shunday   bir   g‘oyaviy
harakatga   aylandiki,   uning   doirasida   olimlar   insonning   hozirgi   holatini   nazariy
jihatdan   anglab   yetish   va   talqin   qilish,   uning   tabiatiga   nisbatan   yangicha
yondashuvni   ilgari   surishga   harakat   qildilar.   Bu   davrda   yuz   bergan   fan-texnika
taraqqiyoti va insonning o‘z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik
tuyg‘usining   kuchayishi   falsafiy   antropologiyaning   rivojlanishiga   qo‘shimcha
turtki berdi. Shunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui
–   umumiy   antropologiyaning   tarkibiy   qismiga   aylandi.   Bu   fan   turli-tuman
ta’limotlar,   konsepsiyalar   va   yo‘nalishlarni   o‘z   ichiga   oladiki,   ularning   orasida
falsafiy   yo‘nalishdan   tashqari   biologik,   teologik   (diniy),   sosiologik,   psixologik,
madaniy   (etnografik),   strukturalistik,   pedagogik   va   boshqa   yo‘nalishlarni   qayd
etish mumkin. 
Ularning har biri, falsafiy yo‘nalishdan farqli o‘laroq, insonning muayyan bir
tomonini   yoritadi.   Masalan,   biologik   antropologiya   anatomiya,   fiziologiya,   irq
haqidagi   ta’limot   va   shu   kabilarga   tayanib,   insonning   qolgan   barcha   tirik
mavjudotlardan   farqini   uning   jismoniy   tuzilishi   nuqtai   nazaridan   aniqlaydi.
Teologik   antropologiya   inson   haqidagi   tegishli   tasavvurlarni   uni   Xudo   yaratgani
nuqtai   nazaridan   shakllantiradi.   Falsafiy   antropologiya   esa   butunlay   boshqa
vazifani   hal   qiladi   –   u   vaziyatga   yaxlit   yondashadi   va   fanlararo   xususiyatga   ega
bo‘lgan xulosalar chiqaradi. 
Falsafiy   bilimning   tarkibiy   qismi   sifatida   falsafiy   antropologiya   ijtimoiy
falsafa,   axloq,   sosiologiya   va   psixologiya   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   ular   bilan
birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi. 
14
 Бердяев Н.А. Смысл творчества. – М : , 1989. –  С. 293. Insonnning bioijtimoiy mohiyati.  Falsafiy antropologiya yechadigan muhim
muammolar   orasida   inson   biologik   va   ijtimoiy   mohiyatining   o‘zaro   nisbati
to‘g‘risidagi   masala   alohida   o‘rin   egallaydi.   Inson   jonli   tabiatning   bir   qismi,
shuningdek   biologik   evolyusiya   mahsuli   ekanligi   hozirgi   zamon   tabiatshunosligi
fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi
uchun ham  aniq-ravshan   va deyarli   shak-shubhasiz   dalilga  aylandi.  Har  bir  inson
o‘z   biologik   xususiyatlari:   genetik   kodi,   vazni,   bo‘yi,   mijozi,   terisi   va   sochining
rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson
ijtimoiy   mavjudot   ekanligi,   uning   o‘ziga   xosligi   va   betakrorligi   odamzotning
ijtimoiy   tabiati,   u   kamol   topgan,   ta’lim-tarbiya   olgan,   madaniy   va   axloqiy
qadriyatlar   va   mo‘ljallarni   o‘zlashtirgan   ijtimoiy   muhit   bilan   belgilanishi   ham
shak-shubhasizdir. 
Ayni   shu   sababli   inson   individi   nafaqat   biologik,   balki   ijtimoiy   mavjudot
sifatida   ham   o‘ziga   xos   xususiyat   kasb   etadi.   Boshqacha   aytganda,   insonning
kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi. 
Insonni  tushunishda dualizm va monizm.   Odamlar o‘rtasidagi  biologik va
ijtimoiy farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini
tushunishga   nisbatan   ikki   muhim   yondashuv:   dualistik   va   monistik   yondashuvlar
kelib chiqadi. 
Q adim   zamonlarda   vujudga   kelgan   insonga   nisbatan   dualistik   yondashuv
shundan iboratki,  odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan
esa   –   mustaqil   mohiyat   sanaladigan   va   bu   organizmni   boshqaradigan   nomoddiy
jondan   tashkil   topgan   mavjudot   sifatida   qaraladi.   Bu   yondashuv,   masalan,   boqiy
g‘oyalar   dunyosida   yashaydigan   o‘lmas   jon   inson   tug‘ilayotgan   paytda   uning
tanasiga   xuddi   zindonga   tushgandek   kirib   o‘rnashadi,   uning   o‘limidan   keyin   esa
vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida
ayniqsa   bo‘rtib   namoyon   bo‘ladi.   Jonlarning   o‘lmasligi   g‘oyasi   Sharq   falsafiy
an’anasiga ham xosdir. 
Hozirgi   olimlarning   aksariyati   qo‘llab-quvvatlaydigan   inson   talqinining
monistik   konsepsiyasi   inson   ruhiyati,   uning   tuyg‘ulari,   fikrlari,   emosiyalari   va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari
hayot   faoliyatining   mahsulidan   o‘zga   narsa   emas,   degan   tushunchadan   kelib
chiqadi.   Bu   yondashuv   tarafdorlarining   fikriga   ko‘ra,   ruhiy   hodisalar   qandaydir
nomoddiy   asosga   ega,   deb   hisoblash   uchun   yetarli   dalil lar   mavjud   emas,   shu
sababli   ruhiyat   tabiatini   tushuntirishda   inson   organizmida   yuz   beradigan   moddiy
jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q. 
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat   biologik
mavjudotmi yoki faqat  ijtimoiy  mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi.  U,
hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir. 
Ammo   bu   ikki   asosning   o‘zaro   nisbati   qanday,   ularning   biri   ikkinchisidan
ustunroqmi   va   inson   mohiyatini   nima   belgilaydi   –   bu   endi   qizg‘in   bahs-
munozaralar   predmetidir.   Mazkur   masalalar   hanuzgacha   o‘zining   uzil-kesil
yechimini   topgani   yo‘q,   hozirda   mavjud   turli   biologik,   psixologik   va   falsafiy
maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi. 
4-MASALA   . Insonning   ko‘p   o‘lchovliligi .   Shu   bilan   bir   qatorda   insonni
o‘rganishga   nisbatan   boshqa   ko‘p   sonli   yondashuvlarni   ham   qayd   etish   mumkin
bo‘lib,   ularning   orasida   « introvertiv »   va   « ekstrovertiv »   yondashuvlar   ayniqsa
ajralib turadi. 
Introvertiv   yondashuv   insonning   ong,   jon,   ruhiyat,   instinktlar,   nuqsonlar,
fazilatlar   kabi   muhim   xususiyatlarini   tahlil   etib,   uni   «ichdan»   tushunish,   anglab
yetishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi
falsafiy   mulohazalar   aksariyat   hollarda   tabiiy   fanlarning   empirik   ma’lumotlariga,
avvalambor   biologiya   va   psixologiya   yutuqlariga   tayanadi,   lekin   ba’zan   mistika,
ezoterika,   okkultizm   bilan   belgilanadi.   Bunday   yondashuvlar   ayniqsa   nemis
antropologlari M.Sheler (1874-1928) va A.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf
K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir. 
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish
go‘yoki   «sirtdan» amalga  oshiriladiki,  buning  natijasida  diqqat   markazidan  uning
ijtimoiy   va   tabiiy   mohiyati   o‘rin   oladi;   tegishli   mo‘ljallarga   muvofiq   insonning Xudo,   kosmos,   universum   va   shu   kabilar   bilan   aloqasi   tahlil   qilinadi.   Bu   yerda
falsafa ko‘pincha tarix, sosiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu
hol   diniy   falsafa   vakillari   N.A.Berdyaev,   S.N.Bulgakov,   S.L.Frank,   N.O.Losskiy
kabi vakillariga ko‘proq xosdir.
Shunday   qilib,   insonni   falsafiy   tushunish   uchun   yagona   asos   mavjud   emas,
xuddi shuningdek bunday asos yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga umid qilish uchun
ham   asoslar   yo‘q.   Hozircha  faqat   shuni   qayd  etish   mumkinki,  diqqat   markazidan
yuqorida sanab o‘tilganlardan qaysi biri, chunonchi: kosmos, tabiat, Xudo, jamiyat
yoki   bevosita   inson   o‘rin   olganiga   qarab,   falsafa   tarixida   insonni   tushunish   bilan
bog‘liq   masalalarni   hal   qilishda   asos   bo‘ladigan   turli   falsafiy   nuqtai   nazarlar
farqlanadi.   Ularning   orasida   kosmosentrizm,   teosentrizm,   sosiosentrizm   va
antroposentrizm ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib, turli davrlarda ularning har biri har
xil   ko‘rinishda   namoyon   bo‘lgan,   lekin   inson   muammolarini   o‘rganuvchi   falsafiy
konsepsiyalarda doim u yoki bu tarzda mavjud bo‘lgan. 
  Yuqorida   zikr   etilgan   muammoning   yechimiga   nisbatan   mavjud
yondashuvlar orasida insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-
qarshi   nuqtai   nazarlar   ifodasi   sanalgan   biologizatorlik   va   sosiologizatorlik
konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Bunda ularning har biri boshqasini butunlay
rad   etmaydi,   ammo   insonning   muayyan   bir   (biologik   yoki   ijtimoiy)   tabiatini
ustunroq qo‘yadi yoki hatto mutlaqlashtiradi. 
Biologizatorlik   konsepsiyalari.   Biologizatorlik   konsepsiyalarining
tarafdorlari   insonni   uning   tabiiy,   biologik   asosidan   kelib   chiqib   tushuntirishga
harakat   qiladi.   XVIII   asr   oxirida   jamiyat   hayotiga   ayrim   odamlarning   o‘z
mavjudligi   uchun   kurash   maydoni   sifatida   qarashni   taklif   qilgan   T.Maltus
nazariyasini   bunday   tushuntirishga   bo‘lgan   birinchi   jiddiy   urinish   deb   hisoblash
mumkin.   Maltus   fikricha,   bu   kurashda   kuchlilar   g‘olib   chiqadi,   kuchsizlar   esa
halok   bo‘lishga   mahkumdir.   Mazkur   kurashga   tabiiy   omillar   turtki   beradi.
Xususan,   aholi   soni   geometrik   progressiya   bo‘yicha   ko‘payib   boradi,   tirikchilik
vositalari   taklifi   esa   faqat   arifmetik   progressiya   bo‘yicha   o‘sadi,   bu  esa   muqarrar tarzda   ocharchilik,   epidemiyalar,   urushlar   va   boshqa   ijtimoiy   tangliklarga   olib
keladi.   Mazkur   omillarga   Maltus   kuchlilarning   yashab   qolishini   ta’minlovchi
ijtimoiy   munosabatlarning   «tabiiy»,   muqarrar   va   hatto   zarur   tartibga   solish
vositalari sifatida qaraydi. 
Demografik muammolarning yechilmagani, shuningdek ular XX asrda yanada
keskinroq   tus   olishi   shunga   sabab   bo‘ldiki,   Maltus   g‘oyalari   neomaltuzchilar   deb
nomlangan o‘z davomchilarini topdi va topishda davom etmoqda. 
Biologizatorlik   yondashuvlari   XIX   va   XX   asrlar   chegarasida   Darvinning
tabiiy   tanlanish   haqidagi   ta’limotini   mutlaqlashtirib,   nafaqat   insonning   kelib
chiqishi,   balki   uning   mohiyatini,   pirovard   natijada   esa   –   butun   ijtimoiy
munosabatlar   tabiatini   tushuntirishga   harakat   qilgan   sosial-darvinistlarga   ham
xosdir.   Hozirgi   vaqtda   bu   yo‘nalishni   odamlarga   ham,   hayvonlarga   ham   teng
darajada   xos   bo‘lgan   irsiyatga   urg‘u   beruvchi   sosiobiologiya   davom   ettirmoqda.
Sosiobiologlar fikriga ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy
omillar bilan belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin,
xoh yomon – yengishga qodir emas.
Inson   tabiati   xususida   shunga   o‘xshash   qarashlarga   ayrim   odamlarning
boshqa odamlardan ustunligini faqat ularning «oliy» yoki «past» irqqa mansublik
belgisiga ko‘ra e’lon qiluvchi irqchilik konsepsiyalarida ham duch kelish mumkin.
Bu,   xususan,   «irqiy   tozalik»   uchun   kurash   olib   borgan   va   «irqiy   tanlanish»ni
amalga   oshirish   g‘oyasini   faol   ilgari   surgan   fashistik   mafkurada   ayniqsa   bo‘rtib
namoyon   bo‘ladi.   Mazkur   g‘oyalar   zamirida   asosan   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr
boshlarida keng tarqalgan «inson irsiyatining oliy sifati»ga qanday vositalar bilan
va qay tarzda erishish mumkinligi haqidagi ta’limot – ye vgenika  yotadi. 
XX   asr   boshlarida   bu   ta’limot   shu   darajada   keng   tarqaldiki,   ayrim
mamlakatlarda davlat siyosati bilan uzviy bog‘landi. Xususan, 1920-1930-yillarda
Daniya,   Shvesiya   va   Norvegiyada   jamiyatda   tabiiy   tanlanishni   ijtimoiy
mustahkamlovchi irqiy qonunlar qabul qilindi. 
Sosiologizatorlik   konsepsiyalari.   Biologizatorlik   yondashuviga   zid   o‘laroq,
sosiologizatorlik   yondashuvi   inson   tabiatini   ijtimoiy   munosabatlarda   ko‘rishga harakat   qiladilar.   Bunda   ular   ba’zan   nafaqat   insonning   ijtimoiy   asosini   uning
biologik   asosiga   qarama-qarshi   qo‘yadilar,   balki   so‘nggi   zikr   etilgan   asosni
hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar.
Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida
jamiyat   qanday   rol   o‘ynashini   aniqlashga   qaratiladi.   Pirovardida   ijtimoiy   asos
individual   asosga   qaraganda   ustunroq   ahamiyat   kasb   etadi,   uni   o‘ziga
bo‘ysundiradi   va   qamrab   oladi.   Mazkur   yondashuv   total   ijtimoiy   tizimlarga   va
ularni  asoslashga  harakat  qiluvchi  falsafiy ta’limotlarga, xususan,  Platon falsafasi
ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Insonning   mohiyati.   Insonning   mohiyatini   tushunishga   harakat   qilish
jarayonida   u   nafaqat   tashqi,   balki   ichki,   pinhona   xususiyatlarga   ham   ega
ekanligini,   ular   jamuljam   holda   insonning   individ,   individuallik,   shaxs   kabi
tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish
lozim.   Boshqacha   aytganda,   insonning   mohiyatini   uning   ichki   va   tashqi   borlig‘i
birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak. 
Shunday qilib,  individ  muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa,
individuallik   uni   muayyan   o‘ziga   xos   xususiyatlar   sohibi   sifatida   tavsiflasa,
«shaxs»   tushunchasiga   yanada   torroq   ma’no   yuklanadi,   chunki   ayni   holda   inson
uning   barcha   ijtimoiy   sifatlari   bilan   jamuljam   holda   olinadiki,   bu   faqat   ijtimoiy
munosabatlarning   u   yoki   bu   tizimini   nazarda   tutgan   holda   shaxs   to‘g‘risida   so‘z
yuritish   imkonini   beradi.   Ya’ni   keng   talqinga   yo‘l   qo‘yadigan   «individ»   va
«individuallik»   tushunchalari   nafaqat   insonga   nisbatan,   balki   individual
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   ayrim   tirik   mavjudot,   hayvonga   nisbatan   ham   tatbiq
etilishi mumkin. «Shaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson
bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni,
«ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi. 
Kezi   kelganda   yana   shuni   ham   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   har   qanday   shaxs
zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. Shuningdek
inson yangi moddiy va ma’naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil
ro‘yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.  Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi uch muhim
omil:   irsiyat,   madaniy   muhit   va   yashash   sharoiti   farqlanadi.   Bu   omillar   o‘zaro
ta’sirga   kirishishi   natijasida   inson   shaxs   sifatida   o‘ziga   xos   xususiyatlar   majmui:
tegishli   ehtiyojlar,   qiziqishlar,   mijoz,   qobiliyatlar,   maqsadlar,   mo‘ljallar,
ma’naviyat   va   shu   kabilarga   ega   bo‘ladi.   Insonning   mazkur   betakror   individual
xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar
ta’sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda
muhim   rol   o‘ynashini   qayd   etish   imkonini   beradi.   Ayni   vaqtda   shaxs   umumiy
e’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq yoki  ularga zid shakllanishi  va kamol topishi
mumkin.   Bu   ma’noda   ijobiy   shaxslar   to‘g‘risida   ham,   salbiy   shaxslar   to‘g‘risida
ham so‘z yuritish mumkin. 
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi  ijobiy
jarayonlarni   va   ijtimoiy   o‘zgarishlar   imkoniyatlarini   ijtimoiy   munosabatlarning
insonparvarlashuvi,   odamlar   ongidan   umuminsoniy   me’yorlar   mustahkam   o‘rin
olishi   bilan   bog‘lamoqdalar.   Bunda   inson   o‘zining   butun   umri   mobaynida,   bir
tomondan,   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadlariga   erishishga   harakat   qilib,   boshqa
tomondan esa  – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini his etib, yaxlit
bir   butun   hodisa   sifatida,   uzlyuksiz   tadrijiy   rivojlanishini   e’tiborga   olish   lozim.
Boshqacha   aytganda,   o‘zining   kamol   topish   jarayonida   u   doim   ham   subekt,   ham
obekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot
mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga
kelishini belgilaydi. 
5- MASALA .Hayotning mazmuni va insonning vazifasi.   Inson hayotning
tezoqarligini   yodda   tutishi,   uning   shomini   kuzatishi,   odamzot   hayotining
bebaholigi   haqida   o‘ylashi,   o‘lim   haq   ekanligini   unutmasligi   lozimligi   haqidagi
fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, G‘arb falsafiy
an’anasida   ham,   Sharq   falsafasida   ham   duch   kelishimiz   mumkin.   Shundan   beri
o‘tgan   ikki   yarim   ming   yildan   ko‘proq   vaqt   mobaynida   bu   borada   deyarli   hech
qanday   o‘zgarish   yuz   bergani   yo‘q,   zero,   avvalgidek,   odamzotning   hayot   yo‘li
tug‘ilish   va   o‘lish   sanalari   bilan   chegaralanadi.   Shuningdek,   birinchi   sana   doim muayyan,   aniq   bo‘lsa,   ikkinchi   sana   inson   umrining   oxirgi   soniyalarigacha
mavhum bo‘lib qoladi. 
Ayni   shu   sababli   hayotning   mazmuni   muammosi   har   bir   inson   qarshisida
ertami-kechmi   ko‘ndalang   bo‘ladi   va   u   o‘ziga   aniq   va   uzil-kesil   javob   topish
mumkin   bo‘lmagan   savollarni   beradi.   «Bu   dunyoda   nima   uchun   yashayapman?»,
deb   so‘raydi   o‘zidan   inson   va   agar   bu   savolga   o‘zi   javob   bermasa,   o‘z   hayotiga
muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon
bajarmasligini   vaqt   o‘tishi   bilan   anglay   boshlaydi.   Abadiyat   qarshisida,   o‘lim
qarshisida har kim oxir-oqibatda o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi. 
Albatta,   jamiyatda   inson   o‘zini   bu   darajada   yolg‘iz   his   etmaydi,   biroq,
ekzistensialistlar   fikriga   ko‘ra,   bu   hol   toki   inson   boshqalarning   ham   o‘z   hayoti
borligi   va   ular   ham   o‘z   hayotining   mazmuni   va   o‘zining   vazifasi   haqidagi   o‘ta
shaxsiy   muammolarni   mustaqil   yechish   zaruriyati   qarshisida   turganini   anglab
yetgunga qadar davom etadi. 
Bundan   ekzistensializm   falsafasida   yolg‘izlik   muammosi   kelib   chiqadi.
Aslida ,   mazkur   muammo   falsafiy   antropologiyada   ham   inson   borlig‘i   tahlilidagi
bosh muammolardan biri hisoblanadi. 
Hayotni   tark   etish   bosqichlari.   Biologik   mavjudot   sifatida   har   bir   inson
o‘limga mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,
o‘z   muxoliflaridan   birining:   «O‘ttiz   tiran   seni   o‘limga   hukm   etdi»,   degan   gapiga
Suqrot:   «Ularni   esa   o‘limga   tabiat   hukm   etgan»,   deb   javob   bergan.   Ammo
odamzot ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir. 
Hozirgi   zamon   fanida   o‘lish   jarayonining   to‘rt   bosqichi   farqlanadi.   Bu
bosqichlarga   organizmda   yuz   beradigan   va   uning   qarishini   tavsiflaydigan   orqaga
qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. 
Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa 45 yoshdan keyin insonda har kuni u
tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n
minglab   nerv   hujayralari   (neyronlar)   halok   bo‘ladi.   Ammo   bosh   miya   qobig‘ida
bunday   hujayralar   soni   40   milliardga   yetadi   va   shu   sababli   «qariyotgan   normal miya   uchun   bu   jiddiy   oqibatlarga   sabab   bo‘lmaydi,   chunki   unda   yana   o‘n
milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi» 1
. 
Amalda   insonning   hayotni   tark   etishi   u   odamlardan   o‘zini   olib   qochib,
jamiyatdan   uzoqlashishi   bilan   tavsiflanadigan   ijtimoiy   o‘lim   yuz   berganida
boshlanadi. Surunkali   giyohvand   moddalarini   iste’mol   qilish,   kashandalik,
ichkilikbozlik,   o‘z   hayotidan   doimiy   norozilik   ijtimoiy   o‘limni   bildiradi.   So‘ngra
ruhiy   o‘lim   yuz   beradi,   bunda   inson   hayot   tugagani   va   o‘limning   muqarrar
ekanligini  va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi .  Miya
o‘lishi   bilan   bosh   miya   faoliyati   butunlay   to‘xtaydi,   organizmning   turli
funksiyalarini   boshqarish   barham   topadi.   Bu   jarayon   fiziologik   o‘lim   bilan
yakunlanadi.   Bunda   insonning   uni   tirik   organizm   sifatida   tavsiflovchi   barcha
funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.
5-Masala   Suisid,   insonlarning   o‘z   joniga   qasd   qilishi   jamiyat   barqarorligiga
ta’sir   qiluvchi   destruktiv   ijtimoiy   muammolar   sirasidandir.   U   sayyoramizning
barcha   davlatlaridatar-qalgan   bo‘lib,   Butunjahon   sog‘liqni   saqlash   tashkilotining
2005 yildagi ma’lumotiga ko‘-ra, masalan, Yevropa mamlakatlarida har yuz ming
nafar   aholi   orasida   17,5   marta   uchraydi.
Oxirgi   ma’lumotlarga   ko‘ra:
— dunyoda har yili o‘z joniga qasd qilish natijasida taxminan bir millionga yaqin
odam   vafot   etadi;
— har qirq soniyada jahon bo‘yicha bir kishi o‘zini o‘ldiradi (bir kunda 2300 nafar
odam);
— tugallangan (ya’ni natijasi odamning o‘lishi bilan nihoyalangan) suisidlarga nis-
batan   o‘zini   o‘ldirishga   qaratilgan   harakatlar   20   barobar   ko‘proq   amalga   oshiri-
ladi,   ya’ni   har   yili   8-30   million   kishi   o‘z   joniga   qasd   qiladi;
—   o‘z   joniga   qasd   qilib   tirik   qolgan   har   ikkinchi   odam   yil   davomida   nisbatan
og‘ir-roq   shakllarda   yana   hayotdan   ketishga   urinib   ko‘radi;  
—   o‘z   joniga   qasd   qilayotganlarning   aksariyati   psixik   jihatdan   sog‘lom   va
1 1
 Годфруа Ж. Что такое психология.  - Т. 2. – М. :  1996. –  С. 11.  mehnatga   layoqatli   kishilardir.  
 
Shu   bilan   birga   suisid   “...15-35   yosh   orasidagi   insonlar   o‘rtasida   yo‘l-transport
hodi-salaridan   keyin   o‘limga   olib   keladigan   asosiy   sabablardan   biri   bo‘lib
kelmoqda”.   Agar   bu   holatning   oldini   olish   bo‘yicha   tegishli   choralar   ko‘rilmasa,
keyingi   o‘n   yillikda   sui-sidal   xulq-atvor   dunyo   aholisi   orasida   keskin   kuchayishi
mumkinligi   to‘g‘risida   fikr-mu-lohazalar   bildirilmoqda.
 
O‘zini   o‘zi   o‘ldirish   jamiyatning   jiddiy   muammosi   sifatida   bir   qator   ishlarni,
chora-tadbirlarni   hayotga   tatbiq   etishni   taqozo   qiladi.   Olingan   natijalar   asosida
mazkur   muammoning   oldini   olish   mumkinligi   aniqlangan,   biroq,   buning   uchun
psixik   og‘ishlarni   davolashdan   tortib,   suisidga   olib   keluvchi   turli   xil   omillarni
bartaraf   etishgacha   bo‘l-gan   keng   ko‘lamli   ishlarni   amalga   oshirish   zarur.
 
Har   yuz   ming   nafar   aholiga   to‘g‘ri   keladigan   o‘zini   o‘ldirish   holatlaridan   24   tasi
er-kaklarga,   6,8   tasi   ayollarga   to‘g‘ri   keladi.   Respublikamizda   bu   ko‘rsatkich   2,1
va 1 ni tashkil etadi. Suisid mamlakatning ijtimoiy holatini aks ettiruvchi obektiv
va   muhim   ko‘rsat-kichlardan   biri   ekanligidan   kelib   chiqib,   Butunjahon   sog‘liqni
saqlash tashkiloti tomo-nidan uning uch xil darajasi qabul qilingan. Birinchisi, har
yuz ming aholiga to‘g‘ri kela-digan 10 tagacha holat (bu – past va maqbul daraja),
ikkinchisi 10-20 tani tashkil etuvchi o‘rtacha daraja va nihoyat uchinchisi, yuqori
yoki   tashvishga   sabab   bo‘luvchi   20   tadan   ko‘p   holat-ni   aks   ettiruvchi   darajadir.
 
Rossiya,   Ukraina,   Vengriya,   Boltiqbo‘yi   mamlakatlari,   Finlyandiya,   Shvesiya,
Daniya,   Germaniya,   Avstriya,   Shveysariyada   o‘zini   o‘ldirish   eng   ko‘p   darajada
uchraydi.
 
Dunyo bo‘yicha Italiya, Ispaniya, Gresiya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya,
Norvegiya,   Irlandiya   davlatlarida,   shuningdek,   ko‘pchilik   Afrika   mamlakatlarida
suisid  kam   uchray-di.  Bu  boradagi   eng  yaxshi   ko‘rsatkich  esa  arab  va musulmon mamlakatlaridadir   (Saudiya   Arabistoni,   Eron,   Iroq,   Bahrayn   va   h.k.).   Ularda   bu
holat   deyarli   ko‘zga   tashlanmaydi.   O‘zbekiston   ham   suisid   kam   tarqalgan
mamlakatlar   qatoriga   kiradi   (bizda   bu   ko‘rsatkich   har   100   ming   aholiga   5,8   ni
tashkil   etadi).   Shu   bilan   birga,   afsuski,   respublikamizda   so‘nggi   yillarda   suisid
bo‘yicha   ko‘rsatkichlar   oshib   bormoqda.
 
Respublikamizning   o‘rganilgan   hududlaridagi   o‘z   joniga   qasd   qilish   sabablarini
umu-miy   holda   quyidagicha   tasniflash   mumkin:
1.   Suisid   holatini   sodir   etgan   ayrim   shaxslar   (aksariyati   turmushi   buzilgan   ayol-
lar)ning   turmush   o‘rtog‘idan   ajrashganidan   so‘ng   o‘z   joniga   qasd   qilgani
aniqlangan.
 
2. O‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlarning ba’zilarini rashk hissi shu yo‘lga boshlagan
(masalan,   bir   bola   bilan   uch   yildan   beri   gaplashib   yurgan   qizga   boshqa   bir   qiz
qo‘ng‘iroq   qilib,  u   yigitga   fotiha  qilinganini   bildirgach,   kollej   o‘quvchisi   bo‘lgan
birinchi   qiz   alamidan   sirka   kislotasi   ichgan).
 
3. Ayrimlar do‘sti, turmush o‘rtog‘i, tanishi, ota-onasi yoki turmushga chiqmoqchi
bo‘l-gan   odami   bilan   aytishib   qolgach,   o‘z   joniga   qasd   qilganlar.
 
4.   Ma’lum   bir   kishini   qo‘rqitib,   “popugini   pasaytirib”   qo‘yish   uchun   ma’naviy
qashshoq,   huquqiy   savodxonligi   past   shaxslar   tomonidan   suisidning   qanday
oqibatlarga   olib   kelishini   bilmay   o‘z   joniga   qasd   qilganlar   ham   bor   (ularning   asl
maqsadi   hayotni   tark   etish   bo‘lmagan).
 
5.   Mol-mulk,   turar   joy,   meros   talashib,   suisidga   qo‘l   urganlar   ham   aniqlangan.
 
6. Ba’zan muttasil davom etib kelgan oilaviy nizolar (er-xotin, qaynona-kelin, ov-
sinlar orasidagi  urush-janjallar, erning xotinini doimiy kaltaklashi, xo‘rlashi) nati-
jasida   o‘z   joniga   qasd   qilish   holati   sodir   bo‘lgan.  
7.   Kuz   va   bahor   fasllarida   kuchayadigan   ayrim   ruhiy   kasalliklar   xuruj   qilganligi
natijasida   yoki   bosh   miyada   turli   o‘zgarishlar   ro‘y   berganda   (ayrim   xavfli   o‘sma
kasallik-lari rivojlanganda) suisidga qo‘l urilgan (o‘z joniga qasd qilib, tirik qolgan
ayrim   shaxslar,   ularni   bu   dunyoni   tark   etishga   undagan   turli   ovozlarni
eshitganlarini,   ko‘zlari-ga   har   xil   sharpalar   ko‘ringanini   ta’kidlaganlar.
Bundaylarning   deyarli   hammasida   turli   ko‘rinishdagi   gallyusinasiya   hodisasi
kuzatilgan).  
 
8.   Kutilmagan   kuchli   ruhiy   zarba   olganligi   uchun   shu   yo‘lni   tanlaganlar   ham
uchray-di   (masalan,   bir   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasasi   o‘quvchisi
bilan   insest   hola-ti   sodir   bo‘lgach   (oliy   ma’lumotli   otasi   mast   holatda   farzandini
zo‘rlagach),   qizi   o‘z   joni-ga   qasd   qilgan).
 
9. O‘z joniga qasd qilganlarning ba’zilarida nasliy jihatdan shu xususiyat uchrashi
aniqlangan   (qarindosh-urug‘lari,   aka-uka,   opa-singlisida   ayni   holat   takrorlangan.
Shizo-freniya   kasali   bilan   og‘riganlarda   bu   jihat   ko‘proq   ko‘zga   tashlanadi).
 
10. Moddiy, iqtisodiy yetishmovchilik (ilojsizlik, qarzdorlik va h.k.) natijasida ham
kishilar   o‘zlarini   o‘ldirib,   muammolaridan   qutulishga   uringanlar.
 
11.   Ba’zilar   hayotidagi   turli   muammolardan,   organizmning   fiziologik   holatidan
kelib   chiquvchi   depressiya,   tushkunlik   yoki   janjal,   tushunmovchiliklar   sababli
yuzaga   kela-digan   affekt   (o‘zini   idora   qilolmay   qolish)   tufayli   suisidga   qo‘l
urishgan.
 
12.   Moddiy   jihatdan   ta’minot   yetarli   bo‘lsa-da,   hayot   mazmunini   tushunmaslik,
qo‘-yilgan   maqsadning   yo‘qligi,   hayotiy   qadriyatlarning   mavjud   emasligi,
hayotdan   zerikish   ham   ba’zan   shaxsning   o‘z   joniga   qasd   qilishiga   olib   kelishi
mumkin   (Jek   Londonning   “Martin   Iden”   romani   bosh   qahramoni   hayoti   bunga misol).
 
13.   Kuzatishlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   turli   destruktiv   g‘oyalar   ta’siriga
tushganlar   ham   suisidni   amalga   oshirishlari   mumkin.   Hozirgi   globallashuv
sharoitida   internetdagi   o‘zini   o‘ldirishni   targ‘ib   qiluvchi   minglab   saytlar,   turli
ijtimoiy   tarmoqlardagi   muay-yan   yo‘nalishdagi   guruhlar,   televidenieda   namoyish
etilayotgan   inson   ongiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   kinofilmlar,   “ommaviy
madaniyat”ning   turli   ko‘rinishlari,   har   xil   sektalar   faoliyati   ayniqsa,   yoshlar
orasida   bu   holatning   kuchayishiga   sabab   bo‘lmoqda.
 
14.   Mamlakatimizda   jamoalar,   ta’lim   muassasalari,   oilaga   xizmat   ko‘rsatuvchi
psixologik   xizmatning   yetarli   darajada   yo‘lga   qo‘yilmaganligi,   bu   boradagi
malakali   psi-xolog   mutaxassislarning   yetishmasligi   ham   mazkur   muammoning
tarqalib   borayotganligiga   sabab   bo‘layotgan   omillardandir.
 
15.   Oila   –   ta’lim   muassasasi   –   jamoatchilik   o‘rtasida   mustahkam   aloqa   yo‘lga
qo‘yil-magan   hududlarda,   ayniqsa,   oilalarda   ijobiy   psixologik   iqlim
kuzatilmaydigan   joy-larda   bu   muammo   nisbatan   ko‘proq   uchrashi   aniqlandi.
 
Shu   bilan   birga   respublikaning   barcha   viloyatlari,   Toshkent   shahri   hamda
Qoraqalpo-g‘iston   bo‘yicha   joylarga   maxsus   yuborilgan   mutaxassis   psixolog   va
yuristlar   tomonidan   yig‘ilgan   ma’lumotlarning   tahlili   quyidagi   xulosalar   qilishga
asos   bo‘lmoqda.
 
1.   Yildan   yilga   deyarli   barcha   hududlardagi   suisidlar   soni   oshib,   o‘z   joniga   qasd
qilayotganlar   yosh   jihatdan   “yasharib”   borayapti.
2.   Suisidlarning   asosiy   qismini   18-40   yoshli   insonlar   sodir   qilishgan.
3.   Suisidning   o‘sishi   erkaklarga   nisbatan   ayollar   orasida   ko‘proq   ifodalanmoqda.
4.   Ayollarda   o‘lim   bilan   tugaydigan   suisidlar   soni   keskin   ortib   bormoqda.
5.   Suisid   turlari   ichida   o‘zini   osish   hollari   ko‘paymoqda. 6.   Suisidni   amalga   oshirganlarning   milliy   tarkibi   o‘rganilganda   o‘z   joniga   qasd
qiluvchilarning   90-95%   o‘zbeklar   ekani   ma’lum   bo‘ldi.
7.   Oilalilik   statusi   (maqomi)   bo‘yicha   suisidlarning   asosiy   qismini   oilali   va   oila
qurmaganlar   tashkil   qiladi.
8.   Sabablar   ichida   (ruhiy   kasallarni   hisoblamaganda)   yetakchi,   ya’ni   birinchi
o‘rinni   oilaviy   kelishmovchiliklar,   nizolar   egallaydi.
 
Mazkur sabablar chuqurroq psixologik tahlil qilinganda, shaxsning oilada, mehnat
ja-moasida   yetarli   qadrlanmaganligi;   qadr-qimmati,   hurmat-obro‘yi,   g‘ururi
surunkali kam-sitilishi; insonning muntazam  ravishda tanqid va haqoratga duchor
bo‘lishi;   erkaklarning   gastarbayterlik,   migrasiya,   oilasi   bilan   oylab,   ba’zan   yillab
yashamasligi oqibatida ayol-lar ma’lum qismining psixofiziologik hamda ijtimoiy-
iqtisodiy   jihatlardan   qiyin-chilikni   his   qilishi;   kelajakka   ishonchning   pasayishi;
hayotdan   zerikish,   charchash   va   to‘yi-nish;   ruhiy   zo‘riqish   va   tushkunlik
(depressiya)ning   shaxsda   frustrasiya   holatini   yuzaga   keltirishi   suisidga   olib
kelayotganligi   aniqlandi.   Ayrim   hududlarda   hamma   qatorida   bo‘lishga   intilish
asosida   minglab   odamga   osh   berish,   to‘y   berishlar   ortidagi   sarf-xara-jatlar;
to‘ylarda o‘zaro insoniy muloqotning kamayib, uning o‘rniga rasmiylikning ustu-
vorlik   qilayotgani   (masalan,   to‘yonani   berib   (qarzidan   qutulib)   yarim,   bir   soat
o‘tmasdan   ke-tib   qolish   natijasida   to‘y   yarmida   yaqin   qarindoshlardan   tashqari
odamlarning deyarli  qolmasligi), odamlarda muloqot, fikr  almashish,  dardlashish,
bir-birlariga   psixotera-pevtik   ta’sir   o‘tkazish   singari   jihatlarning   keskin   kamayib
ketayotganligi   ham   suisid-ning   yuzaga   kelishiga   omil   vazifasini   o‘taydi.  
 
9.   Sabr-toqat,   sabr-chidam,   shukrona   qilish   xususiyatlarining   yetarli
shakllanmagan-ligi,   deyarli   har   bir   inson   hayotida   uchrashi   muqarrar   bo‘lgan
ijtimoiy, iqtisodiy, mai-shiy, psixologik muammolar, qiyinchiliklarga bardosh bera
olmaslik,   “chiroyli”,   farovon   hayotga   tez   fursatda   erishishga   intilish,   obektiv
sabablarga ko‘ra bunga qisqa muddatda erisha olmasa, frustrasiya holatiga tushish
bugungi yoshlarda ko‘proq uchrayapti.   Aynan 18-30 yosh bosqichi shaxsning ko‘p tomonlama, ya’ni antropometrik,
fiziologik,   ijtimoiy   faollik,   izlanuvchanlik   jihatlardan   kamolotga   yetgan   davri
hisoblanadi.   Bu   insonning   o‘zgalar   ta’siriga   oson   tushadigan,   boshqalar   diqqat-
e’tiboriga sazovor bo‘l-gan, rejalari ko‘p, chiroyli hayot kechirishga ehtiyoji kuchli
ifodalangan davri hamdir.
Shu   bilan   birga   bir   vaqtning   o‘zida   bir   qator   ijtimoiy   rollarni   birgalikda
bajarish   talab   qilinadigan   murakkab   paytdir.   Masalan,   ayollar   ham   talaba,   ham
kelin, ham ona, ham rafiqa, ham farzand vazifasini bajarishi lozim.
Bu yosh bosqichida, oldin ta’kidlanganidek, chiroyli hayot kechirish ehtiyoji
keskin   ifo-dalanadi,   ammo   uni   ro‘yobga   chiqarish   imkoniyatlari   keskin
chegaralangan bo‘ladi. Shu sabab-li suisid sodir qiluvchi ruhiy kasallar ichida eng
keng   tarqalgan   shizofreniya   xastaligi-ning   dastlab   ayon   bo‘lishi,   aniqlanishi   foiz
jihatdan eng ko‘p qismi 18-30 yosh orasiga to‘g‘-ri keladi. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, suisid sodir etuvchilarning 25-30% dan or-tig‘i ruhiy jihatdan sog‘lomdir.
Ma’lumotlar   tahliliga   ko‘ra,   ko‘pchilik   yoshlarning   chiroyli   hayot
to‘g‘risidagi   tasavvur-lari   filmlar   yoki   ayrim   tengdoshlari   hayoti   natijasida
shakllanyapti,   lekin   shu   hayot   aso-sida   tengdoshlari   ota-onalarining   ko‘p   yillik,
ba’zida bir umrlik mehnati yotganligini anglamaydilar.
10.   Suisidni   amalga   oshirgan   ruhan   sog‘lom   insonlarning   ko‘pchiligida
yaqindan   dard-lashadigan,   ko‘nglidagini   eshitib,   foydali   hayotiy   maslahat
beradigan,   qalbiga   yaqin   oda-mi,   na   oilasi,   na   o‘qish   va   ish   joyi   bo‘lgan.
 
11.  Diniy   e’tiqodi   kuchli   bo‘lgan  oilalarda   suisid   kam   uchragan   (ruhiy   kasal   oila
a’zolaridan   tashqari).
 
12.   Suisid   sodir   qilganlarning   aksariyati   yoshlikdan   yuvosh,   yumshoqtabiat,
muloyim,   mo‘min-qobil,   indamas,   muammosiz   bolalar   hisoblangan.   Ular   barcha
narsalarni   “ichiga   yutishi”   bilan   ajralib   turgan.   Demak,   qiyinchiliklar   bilan
kurashish   qobiliyati   ularda   bolalik   davrlaridan   boshlab,   ifodalanmagan,
rivojlanmagan.  
13. Ularning aksariyati  o‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lib, ma’lum qismi  hech
qaerda  ishlamaydiganlar,  demakki,  kasbini   noto‘g‘ri  tanlaganlar,  jamiyatda   o‘zini
munosib   joyi-ni   topa   olmaganlardir.   Bunday   holat   shizofreniya   kasallari   ichida
ham   yetarli   uchraydi.  
 
O‘zbekistonda   suisidning   o‘sishini   oldini   olish   bo‘yicha   takliflar
Birinchidan, ruhiy kasallar va kasalligi keskin ifodalanmagan, hali to‘liq namoyon
bo‘lmagan   shaxslarning   ruhiy,   psixosomatik   holati   bahor   va   kuz   fasllarida
og‘irlashishi, o‘tkirlashishi ma’lum. Shu bilan birga psixologik jihatdan murakkab
bo‘lgan   o‘smir   va   o‘spirinlik   yosh   bosqichidagilar   bahor   faslida   avitaminoz,
quyosh   radiasiyasi,   kunlarning   keskin   isishi,   ob-havo,   atmosfera   bosimining
o‘zgarib turishi, koinotda kuzatilayotgan magnit va quyosh to‘fonlariga o‘ta sezgir
bo‘ladilar.   Bunday   omillarning   ularga   salbiy   ta’-sir   qilishi   va   suisid   yuzaga
kelishiga omil vazifasini o‘tash mumkinligini hisobga olib, ayniqsa, bahor va kuz
fasllarida   yoshlar   bilan   turli   madaniy-ma’rifiy   tadbirlar,   tabiatda   dam   olish   (lola
sayli,   baliq   ovi,   tog‘larga   chiqish,   qo‘ziqorin   terish   va   boshqa-lar)ni   uyushtirish,
qadimiy,   tarixiy   yodgorliklar   bilan   tanishish,   ziyoratgoh   joylarda   bo‘-lish,   teatr,
muzey   va   ko‘rgazmalarni   ko‘rishga   e’tiborni   kuchaytirish   kerak.   Ayni   paytda
oromgohlarda   dam   olish,   shanba   va   yakshanba   kunlari   oilaviy   madaniy   hordiq
chiqarish,   ko‘proq   tabiatda   bo‘lish   zarur.   Maktab,   akademik   lisey,   kasb-hunar
kollejlari   o‘quvchila-ri,   oliy   ta’lim   muassasalari   talabalarining   tug‘ilgan   kunlarini
yig‘ma holda yiliga ik-ki marotaba bahor va kuz oylarida o‘tkazish, sovg‘alar bilan
tabriklash,   shoir,   yozuvchi,   olim,   aktyor,   rassom   va   boshqa   taniqli   kishilar   bilan
uchrashuvlar   o‘tkazishni   muntazam   yo‘lga   qo‘yish   kerak.
 
Hayotning   insonga   bor-yo‘g‘i   bir   marta   beriladigan   yagona,   ulug‘,   takrorlanmas
ne’mat   ekanligi,   hayot   saboqlari,   hayot   dasturi,   taqdir   qiyinchiliklarini   yengish,
sinovlariga   bardosh   berish,   hayotiy   maqsadlarga   yetishda   irodani   safarbar   qilish,
ruhan   tushkunlikka   tushmaslik,   dadillik   va   tetiklik,   sabr   va   chidam,   shukronalik mavzularida   bevosita   mulo-qotlar,   uchrashuv,   davra   suhbatlarini   o‘tkazib   borish
lozim.   Aholi,   ommaning   yaxshi,   opti-mistik,   bayram   kayfiyatida   bo‘lishini
ta’minlash   choralarini   ko‘rish   zarur.   Masalan,   bo-lalar   va   yoshlar   orasida   turli
musobaqalar, tanlovlar, ko‘riklar, tadbirlarni o‘tkazib, ularda har xil nominasiyalar
(Eng yosh, eng yoshi ulug‘ qatnashchi, eng yaxshi raqqosa, futbol-chi, kurashchi,
tennischi,   voleybolchi,   eng   mehribon   farzand,   pazanda   kelin,   g‘amxo‘r   qaynona,
dono   qaynota   va   h.k.)   bo‘yicha   sovg‘alar   berishni   tashkil   qilish   kerak.   Mazkur
tadbirlarda   e’tiborsiz,   sovg‘a-salomsiz   deyarli   birorta   qatnashchi   qolmasin.
Natijada   har   bir   shaxs   o‘zidan   g‘ururlanadi,   hayotdan   mamnun   bo‘ladi,
atrofdagilarning   diqqat-e’tiboridan   psi-xologik-ma’naviy   rag‘bat   oladi.
 
Ikkinchidan,   oila   institutini   mustahkamlash,   suisidlarning   oldini   olish,   sababsiz
ajralishlar sonini eng kam miqdorga keltirish, noto‘liq oilalar va otasiz o‘sayotgan
bola-lar sonini keskin kamaytirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini yoki har bir
tuman   hokimligida   oila   psixologi   shtatini   tashkil   etib,   fuqarolarga   doimiy
psixologik   yordam   ko‘rsatishni   yo‘lga   qo‘yish   zarur.
 
Moliyaviy   tomondan   bugungi   kundagi   yo‘qotishimiz   (yosh   ketayotgan   insonlar
hayoti, ajralishlar oqibatida yo‘qotilayotgan oilalar va ular a’zolarining salomatligi,
vaqti,   moddiy   sarf-xarajatlar,   otasiz   voyaga   yetadigan   bolalar   shaxsidagi   ayrim
og‘ishlar,   kamchi-liklar,   yolg‘iz   hayot   kechirayotgan   ayollar   salomatligi   va
boshqalar)   psixolog   shtatiga   sarfla-nadigan   moddiy   xarajatdan   bir   necha   baravar
ortiqdir,   shuning   uchun   masalani   aql   taro-zisida   o‘lchab   ish   ko‘rish   kerak.
 
Uchinchidan,   bugungi   kunda   mavjud   bo‘lgan   psixolog   mutaxassislar   kuchidan
samarali   foydalanishimiz   zarur.   Maktab,   akademik   lisey,   kasb-hunar   kollejlari
psixologlarini oila bilan ishlash, oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, oiladagi
nizolar destruk-tiv oqibatlarining oldini olishga qaratilgan tegishli bilim, ko‘nikma
va malakalar bi-lan qurollantirish, ular bilan maxsus seminar va treninglar o‘tkazib
borish   lozim.   To‘rtinchidan,   oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   oila   psixologi   ixtisosligi   bo‘-
yicha   mutaxassislarni   tayyorlash   masalasini   ishlab   chiqishi   kerak.
Beshinchidan,   turli   toifadagi   rahbarlar,   hokimliklar   xodimlari,   ichki   ishlar   vazir-
ligi   tizimidagi   aholi   bilan   bevosita   muloqotda   bo‘ladigan   xodimlar,   sud,
prokuratura   xodimlari   malakasini   oshirish   kurslarida   “Muloqot   madaniyati”,
“Muloqot   psixologiya-si”,   “Rahbar   psixologiyasi”   mavzularida   ma’ruza,   seminar
va   treninglar   o‘tkazish   kerak.
Oltinchidan, radio va televidenie orqali viloyat va respublika miqyosida “Hayot −
eng   ulug‘   ne’mat”,   “Psixolog   soati”,   “Psixolog   maslahati”   mavzularida   kundalik
ko‘rsatuv   va   eshittirishlar   olib   borish   hamda   ilmiy-ommabop   nashrlar,   bukletlar
orqali   aholini   te-gishli   bilimlar   bilan   qurollantirish   lozim.
Ettinchidan,   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida   respublikada   suisidning   oldini   olish
Markazini   tashkil   etish   zarur.   Unda   vrach-psixiatr,   psixologlar,   yuristlar,
iqtisodchi-lar   kompleks   ravishda   doimiy   ilmiy-amaliy   ish   olib   borishlari,
O‘zbekistondagi  holat, suisidning hudud, yosh, jins, sabab, tur kesimidagi doimiy
monitoringini   yuritishlari,   taraqqiy   etgan,   rivojlanayotgan,   MDH   davlatlaridagi
holat   bilan   qiyoslab,   hukumatga   va   tegishli   vazirliklarga   muntazam   ma’lumot   va
takliflar   berib   borish   kerak.   Shundagina   O‘zbekistonda   ushbu   masala   bo‘yicha
obektiv   ma’lumot   olish,   to‘g‘ri   bashorat   qilish   va   uning   oldini   olish   bo‘yicha
samarali   yo‘llarni   ishlab   chiqish   imkoniga   ega   bo‘lamiz.  
Sakkizinchidan,   hozirgi   vaqtda   respublikamizda   yaratilayotgan   badiiy   va
videofilm-larda,   asarlarda   suisid   tufayli   muammoni   yechish   holatlari   ko‘rsatilgan
lavhalar uchray-di. Shunday filmlardagi o‘z joniga qasd qilish lavhalari tushirilgan
tasvirlarni   olib   tashlash   va   tegishli   badiiy   kengashlar   oldiga   suisid   holatlari
tasvirlangan   filmlarni   o‘tkazmaslik   talabini   qo‘yish   lozim.  
To‘qqizinchidan,   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi,   tegishli   vazirlik   va   idoralar
“Aholining   psixologik   salomatligi   haqidagi   qonun”   loyihasini   ishlab   chiqishlari
maq-sadga   muvofiq.   Masalan,   Germaniyada   bu   qonun   ancha   yillardan   beri
ishlamoqda. Rossiyada  aholiga psixoterapevtik yordam ko‘rsatish haqidagi qonun
bor.  
Pedagoglar,   psixologlar   o‘z   faoliyatlarida   quyidagi   jihatlarga  
e’tibor   berishlari   zarur:
• suisidlarning oldini olish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlartashkillashti-rishni
takomillashtirish;
•   suisidal   xavf-xatarni   namoyon   qiluvchi,   suisidal   xulq-atvorga   ega   o‘quvchi,
talaba,   shaxslarni   aniqlashtirish;
•   suisidga   sabab   bo‘luvchi   omillarni   o‘rganish;
•   ta’lim   oluvchilarda   ijtimoiy   himoyalanganlik   hissini   mustahkamlash;
•   ta’lim   oluvchilarning   ijtimoiy   faolligini   oshirish;
•   ota-onalarning   preventiv   dasturlarga   jalb   qilinishini   kuchaytirish;
• ota-onalarning farzandlariga nisbatan mehr-muhabbat, diqqat-e’tibor bilan muno-
sabatda   bo‘lishlariga   erishish   (bu   ayniqsa,   suisidal   xulqqa   ega   bolalarga   ko‘proq
tegish-li).
 
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samarali amalga oshirilishi uchun imkon darajasida
psixolog,   psixoterapevt   va   psixonevrologlarni   jalb   etish   yaxshi   natija   berishi
mumkin.  
O‘smirlar   orasida   amalga   oshiriladigan   suisidlarga   shaxslararo   munosabatlardagi
ay-rim   holatlar   ham   sabab   bo‘lishini   nazarda   tutib,   quyidagilarga   e’tibor   qaratish
tavsiya   etiladi:
• o‘qituvchilar va o‘quvchi-talabalar orasidagi munosabatlarning me’yor darajasida
bo‘-lishi,   risoladagi   sinf,   talabalar   jamoasini   shakllantirish;
•   ta’lim   oluvchilarning   o‘quv   faoliyatini   takomillashtirish,   optimallashtirish;
•   ta’lim   oluvchilarni   ijtimoiy   jihatdan   ahamiyatga   molik   faoliyat   turlariga   jalb
qilish;
• ta’lim muassasalarida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish, o‘quvchilar-
ning ijtimoiy jihatdan ma’qullanadigan hayotiy faoliyat turlari (san’at, sport, mada-
niyat,   fan   va   h.k.)dagi   ishtirokini   qo‘llab-quvvatlash,   rag‘batlantirish.
  Ta’lim   oluvchilar   bilan   bo‘ladigan   munosabatlar   o‘zaro   hurmat,   xayrixohlik
asosida   qurilishi   lozim. O‘quvchilarda suisidning   oldini   olish  uchun o‘qituvchilar
ularda   o‘z   kuchi   va   imkoniyatlariga   ishonchni   shakllantirishlari,   ularda   nekbinlik
(optimizm) va istiq-bolga umidni uyg‘otishlari, hamdarlik va o‘zgalarni tushunish
hislarini   rivojlantirish-lari,   bola   xatti-harakatlari,   xulq-atvori,   o‘rtoqlari   bilan
munosabatini   kuzatib,   tegish-li   xulosalar   chiqarishlari   kerak.   O‘qituvchilar,
ayniqsa   sinf   rahbarlari,   kuratorlarning   o‘z   ishlariga   sovuqqonlik   bilan,   yuzaki
munosabatda   bo‘lishlari,   bolaning   muammolari   to‘g‘risida   tasavvurga   ham   ega
bo‘lmasliklari   yomon   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin.
 
Ta’lim   muassasasi   ma’muriyati   pedagog,   o‘qituvchilarning   ta’lim   oluvchilarga
yoki   ta’-lim   oluvchilarning   bir-birlariga   tahqirlash,   xo‘rlash   mazmunidagi
munosabatda   bo‘lmas-liklarini,   psixologik   yoki   jismoniy   zo‘ravonlik
ko‘rsatilmasligini   doimiy   nazorat   qi-lib   borishlari   talab   etiladi.  
 
Ta’lim   muassasalari   professor-o‘qituvchilari   o‘quvchi   va   talabalar   orasida
psixologik muhit, ijtimoiy-psixologik iqlimning yaxshilanishi uchun muntazam ish
olib   borishlari   talab   etiladi.   Bu   borada   o‘qituvchilar   psixolog   va   vrachlar   bilan
quyidagi   yo‘nalishlarda   ish   olib   borishlari   maqsadga   muvofiq:
1. Ota-onalar o‘z farzandlarining xulq-atvori, xatti-harakatlari, ruhiy holatida o‘z-
garishlarni   payqasalar,   zudlik   bilan   birinchi   navbatda   mulla,   tabiblarga   emas,
mutaxas-sis   (psixolog,   psixiatr)larga   murojaat   qilishlari   lozim.
2.   Ta’lim   muassasalari,   tashkilot,   korxona,   muassasalarda   o‘quvchilar,   talabalar,
xo-dimlar   kayfiyati,   o‘y-tashvishi,   muammolaridan   rahbariyat,   kasaba   uyushmasi
doimiy   xabar-dor   bo‘lib   turishi   va   ularni   imkon   qadar   zudlik   bilan   hal   etishga
harakat   qilishlari   za-rur.  
3.  Mahalla   fuqarolar   yig‘inlari,   jamoat   tashkilotlari   vakillari   fuqarolar,  aholi-ning
ijtimoiy-iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyatini doimiy o‘rganib turishi, turli ijtimoiy
guruh (jamoa, oila va h.k.)lardagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash bo-rasida
muntazam   ravishda   tegishli   chora-tadbirlarni   amalga   oshiribborishlari   darkor. 4.   Imkon   kadar   ommaviy   axborot   vositalari,   televidenieda,   uchrashuvlarda   ushbu
mavzu   yuzasidan   mulohaza   yuritilmagani   ma’qul,   negaki   amaliyotda
kuzatilishicha,   qaerda   shu   bo-rada   targ‘ibot-tashviqot   ishlari   olib   borilgan   bo‘lsa,
o‘sha   joylarda   suisid   holatlari   darhol   keskin   ko‘payib   ketgan.
5. Biroq machitlardagi yig‘inlarda, juma namozlarida imom-xatiblar, ma’ruzachilar
tomonidan diniy tarafdan o‘z joniga qasd qilishning qanday oqibatlarga olib kelishi
(bunday   odamga   janoza   o‘qilishi   joiz  emasligi,   uning   ikki   dunyosi   kuyib   ketishi)
xususi-da   aytib   o‘tilishi,   amri   ma’ruf   qilinishi   maqsadga   muvofiq,   deb
hisoblaymiz.
6.   Mutaxassislar,   ijtimoiy   soha   vakillari,   san’atkorlar,   el   sevgan   taniqli   kishi-lar,
ulamolar, mahalla (jamoa)larda kishilarni o‘z ortidan ergashtira oladigan norasmiy
liderlar tomonidan aholida ko‘tarinki kayfiyatni kuchaytirishga, insonlarda kelajak,
istiqbolga   ishonch,   ijobiy   motivasiyani   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   tadbirlar,
uchra-shuvlarni   tashkillashtirishga,   bunday   yig‘inlarning   faqat   hisobot   uchun
emas, balki jon-li, odamlarni qiziqtira oladigan shaklda o‘tishiga e’tiborni qaratish
kerak.
7. Homiylar, iqtisodiy jihatdan baquvvat shaxslar, tadbirkorlar, tashkilot va korxo-
nalar   rahbarlari   moddiy   jihatdan   qiynalib   qolgan   fuqarolarning   muammolarini
imkon qadar hal qilishga doimiy hissa qo‘shishlari lozim. Aholi, yoshlar, fuqarolar
ongida   o‘za-ro   yordamning   ijtimoiy,   insoniy   burch,   bajarilishi   shart,   amalga
oshirilishi   zarur   bo‘l-gan  vazifa   deb  anglanishiga   erishish   ko‘p   muammolarni   hal
etishga   yordam   berishi   mumkin.
8. Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammosi mutasaddi tashkilotlar tomo-
nidan   bartaraf   etilishi   lozim.   Chunki   o‘z   joniga   qasd   qilganlarning   ko‘pchiligi
ishga   joylashmagan   shaxslardir.
9.   Suisid   yuzasidan   tahlil   natijalariga   ko‘ra   hech   qaysi   bir   rahbarga   jazo   chorasi
ko‘-rilmasligi   kerak,   aks   holda   joylardan   olinadigan   statistik   ma’lumotlarning
haqqoniy-ligi,   obektivligi   kamayishi   mumkin.  
10.   Toshkent   shahar   hokimligi   tomonidan   tashkil   etilgan   ayollar   maslahat
markazlari   tajribasini   o‘rganib,   shunga   o‘xshash   markazlarni   boshqa   hududlarda ham joriy etish maq-sadga muvofiq.
5- MASALA. FAOLIYAT FALSAFASI (PRAKSIOLOGIYA)
Praksiologiya   (yunon.   praktikos   –   faol)   –   falsafaning   inson   faoliyatini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   bo‘limlaridan   biri.   Faoliyat   tushunchasi   inson
borlig‘ining   tabiati   va   mohiyatini,   uning   shaxsiy   imkoniyatlari,   ijtimoiy   aloqalari
va   munosabatlarini,   inson   ma’naviy   dunyosi   va   moddiy   amaliyot   jabhasini
teranroq   tushunish   imkonini   beradi.   Inson   faoliyati   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega
bo‘lib,   hayvonlar   faolligidan   butunlay   farq   qiladi.   U   individ   va   umuman   jamiyat
borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi. 
Ijtimoiy   yo‘nalganligiga   qarab   faoliyatning   turli   fanlarda   o‘ziga   xos
xususiyatlari   bo‘ladi.   Ijtimoiy   falsafa   shaxsning   ijtimoiylashuvi,   ya’ni   jamiyat
to‘plagan   tajriba,   qadriyatlar   va   me’yorlarni   o‘zlashtirish   usuli   sifatidagi   faoliyat
mazmunini   yoritadi.   Sosiologiyada   faoliyat   (ijtimoiy   harakat)   ijtimoiy
organizmning   subektiv   motivasiya   va   boshqalarga   qarab   mo‘ljal   olish   bilan
tavsiflanadigan   hamda   shaxs   va   jamiyatning   aloqasini   ta’minlaydigan   hujayrasi
sifatida   qaraladi.   Ontologiyada   faoliyat   inson   borlig‘i   usuli   bo‘lib,   unda
odamzotning   mohiyatini   belgilovchi   kuchlar   ayniqsa   to‘la   aks   etadi.   Bilish
nazariyasida   asosiy   e’tibor   bilishning   negizi   va   bilimlarimiz   haqiqiyligining
muhim   mezoni   bo‘lgan   amaliyot   sifatida   tushuniladigan   faoliyatga   qaratiladi.
Axloq va huquq falsafasida xohish-iroda erkinligi muammolari va inson faoliyatini
tartibga   solish   usullari   o‘rganiladi.   Inson   faoliyatining   madaniyat   bilan   aloqasi
mazkur   faoliyatning   o‘ziga   xos   xususiyatini   aks   ettiruvchi   muhim   falsafiy
muammolardan   biridir.   To‘g‘ri,   inson   yaratgan   barcha   narsalar   ham   madaniyatga
mansub bo‘lavermaydi, lekin ijodiy faoliyatsiz madaniyat mavjud bo‘lishi mumkin
emas.   Yondashuvlarning   bunday   rang-barangligi   tasodifiy   bir   hol   emas,   chunki
inson   faoliyati   uning   yashash   omili   hisoblanadi   va   odamzotning   tabiatga,
jamiyatga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari doirasini to‘la qamrab oladi. Moddiy va   ma’naviy   ne’matlar   ishlab   chiqarish,   siyosat   va   boshqaruv,   muloqot   va   bilish,
badiiy   ijod   va   falsafiy   mulohaza   yuritish,   tarbiya   va   o‘zini   o‘zi   tarbiyalash   –
bularning   barchasi   faoliyatni   insonning   dunyoga   va   o‘z-o‘ziga   bo‘lgan
munosabatining   universal   shakli,   shaxs   va   jamiyatning   rang-barang   ehtiyojlarini
qondirish usuli sifatida tavsiflaydi. 
Faoliyat tushunchasining mazmuni . Falsafada faoliyat insonga xos bo‘lgan
va   tashqi   dunyoni   oqilona   o‘zgartirishga   qaratilgan   faollikning   alohida   shakli
sifatida   tavsiflanadi.   Ijtimoiy   falsafada   faoliyat   ijtimoiy   jarayonlarni   amalga
oshirish, insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘zini qurshagan dunyo
bilan aloqaga kirishish usuli sifatida qaraladi 1
. Faoliyat muayyan faoliyat turi bilan
shug‘ullanish qobiliyati uning amaldagi moddiy ifodasiga o‘zaro o‘tishini nazarda
tutadi.   Bu   faol   inson   tashqi   dunyoni   o‘zgartirishi   va   o‘zi   ham   o‘zgarishini
anglatadi.   Forobiy   fikricha   “inson   faoliyatsiz   turaolmaydi,   ammo   har   qanday
faoliyat va harakat insonni inson qilib ko‘rsata olmaydi. Chunki o‘z tabiatiga ko‘ra
hayvonlar ham harakat qiladilar. Hayvon ovqatni ko‘radi va unga intiladi va bunda
ongsiz   harakatni   amalga   oshiradi.   Odamni   hayvondan   ajratadigan   narsa-   alohida
iroda   bo‘lib,   u   ixtiyor   deb   nomlanadi” 2
.   Ixtiyor   –   komillikka   intilish   va   unga
erishish   sari   harakat   demakdir.   Inson   maqsadni   ham,   unga   erishish   vositalari,
yo‘lni   ham  bilib  oladi.  Natijada  u o‘z  maqsadiga  yetish  uchun  ongli   faoliyat  olib
boradi. Inson juda ko‘p narsani orzu qilib yashaydi, biroq ularning hammasiga ham
ega   bo‘lmaydi.   Shu   bois   haqiqiy   baxtga   u   dunyoda   erishiladi,   oxiratda   mutloq
baxtga erishishga qaratilgan har qanday harakat – fazilatdir deb hisoblaydi.
  XX   asrning   atoqli   mutafakkiri   E.Kassirer   insonning   eng   muhim   xususiyati,
uning   o‘ziga   xos   belgisi   metafizik   yoki   jismoniy   tabiati   emas,   balki   uning
faoliyatidir,  deb   qayd   etgan  edi.   Insoniyat   sohasini   aynan   mehnat,   faoliyat   turlari
tizimi belgilaydi. Kassirer til, mif, din, san’at, fan, tarixni inson faoliyati tizimining
turli   sektorlari   sifatida   qayd   etadi.   Insonni   tushunish   bu   faoliyat   turlaridan   har
birining teran qatlamlari haqida tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda uni yaxlit bir
butun organizm sifatida tushunish demakdir. 
1 1
  Фалсафа қомусий луғат.Назаров Қ. таҳрири остида. –Т.: Шарқ, 2004. –Б.  186 
2 2
  Форобий Фозил одамлар шаҳри. -Т.: А Қодирий номидаги  нашриёт, 1993 –Б.55. Faoliyatni   sosiologik   jihatdan   tavsiflash   qilmish,   xatti-harakat,   xulq-atvor
tushunchalari   yordamida   amalga   oshiriladi.   Bu   tasodifiy   bir   hol   emas..   Jamiyat
odamlar   birgalikda   amalga   oshiradigan   faoliyat   shakllaridan   biri   hisoblanadi,   shu
sababli   inson   faoliyati   doim   ijtimoiy   xususiyat   kasb   etadi,   garchi   o‘z   shaxsiy
ehtiyojlari   va   egoistik   tushuniladigan   manfaatlar   yo‘lida   amalga   oshirilsa-da,
boshqalarga qaratilgan bo‘ladi. Qilmish – shaxs faolligi namoyon bo‘lishining bir
shakli   bo‘lib,   uning   ijtimoiy   ahamiyatga   molik   natijalar   uchun   javobgarligini
nazarda   tutadi.   Ayni   holda   mazkur   natijalar   shaxsning   muayyan   maqsadlari   yoki
mo‘ljallari   bilan   belgilangan   yoki   belgilanmagani   ahamiyatga   ega   bo‘lmaydi.
Xatti-harakat   –   shaxsning   ma’naviy   o‘zlikni   anglashi   natijasi   sanalgan   ongli
harakati (yoki harakatsizligi) bo‘lib, unda mazkur shaxsning o‘z-o‘ziga va boshqa
odamlarga,   tabiatga   va   umuman   jamiyatga   bo‘lgan   munosabati   aks   etadi.
Shaxsning   axloqiy   mo‘ljallari   ro‘yobga   chiqadigan   qilmishlar   tizimi   uning   xulq-
atvorini   tavsiflaydi.   Xulq-atvor   faoliyatning   tashqi   ko‘rsatkichi   hisoblanadi,   shu
sababli uning ichki mexanizmlari xulq-atvorda bilvosita namoyon bo‘ladi va inson
o‘z faoliyatida amal qiladigan motivlarni doim ham namoyon etavermaydi. 
Psixologiya da   faoliyatga   mufassalroq   tavsif   berilgan   bo‘lib,   u   insonning
dunyo bilan munosabatlari dinamik tizimi sifatida talqin qilinadi. Bunda subektda
ruhiy   obraz   yuzaga   keladi   va   u   obektda   mujassamlashadi.   Sodda   qilib   aytganda,
faoliyat   insonning   har   qanday   obektga   (dunyoga)   shunday   bir   munosabatini   aks
ettiradiki,   uning   zamirida   nafaqat   obekt   (dunyo)   haqidagi   bilim,   balki   uni
o‘zgartirish   natijasida   inson   nimaga   erishishi   mumkinligi   haqidagi   tasavvur   ham
yotadi.   Psixologiyada   bilim   va   maqsadning   inson   ehtiyojlari   bilan   belgilangan
o‘ziga   xos   chatishuvi   faoliyat   jarayonida   obektda   gavdalanadigan   obraz   sifatida
qaraladi.   Shunday   qilib,   faoliyat   subektning   borliqqa   bo‘lgan   munosabatlarini
ro‘yobga   chiqarish   usuli   hisoblanadi.   Ammo   faoliyatning   o‘zi   insonning   tashqi
dunyoga   bevosita   munosabati   bilan   emas,   balki   uni   anglab   yetishi,   ya’ni   ruhiy
motivlar, maqsadlar, vositalar (mehnat qurollari) bilan tavsiflanadi.
Faoliyatning   tuzilishi.   Faoliyatning   umumiy   tuzilishi   ehtiyojlar   bilan
belgilanadi   Insonning   ehtiyojlari   uning   faollik   manbai   hisoblanadi.   Hayot ehtiyojlari   (insonning   jonli   mavjudot   sifatidagi   ehtiyojlari),   ijtimoiy   ehtiyojlar
(ijtimoiy   rivojlanish   ehtiyojlari,   shuningdek   shaxsning   jamiyatga   moslashuv
ehtiyojlari)   va   ma’naviy   (ma’rifiy,   diniy,   axloqiy,   estetik   va   sh.k.)   ehtiyojlar
farqlanadi.   Ehtiyojlarning   rang-barangligi   inson   faoliyati   turlarining   rang-
barangligini belgilaydi. Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim
omil u qaratilgan va faoliyat motivini tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat
motivsiz bo‘lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat subektiv pinhona motivga ega
bo‘ladi.
Harakatlar   va   amallar .   Faoliyat   harakatlardan   tashkil   topadi.   Harakat
alohida   maqsadga,   ya’ni   erishilishi   lozim   bo‘lgan   natija   haqidagi   tasavvurga
bo‘ysunadigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Maqsad inson ongida ehtiyoj va motiv
bilan   faoliyat   obektiv   holatlarining   nisbatlashuvi   jarayonida   yuzaga   keladi.   O‘z
navbatida, holatlar maqsadga erishish yo‘llarini belgilaydi. Bular faoliyat shartlari
bilan   belgilanadigan   amallar   hisoblanadi.   Shunday   qilib,   umuman   faoliyat   motiv
bilan, harakat – maqsadlar bilan, amallar – shartlar bilan belgilanadi. 
Faoliyatning atributlari.   Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Yuqorida qayd
etib   o‘tilganidek,   faoliyat   turlarini   tasniflash   uchun   asos   bo‘lib   uning   inson
tomonidan o‘zgartiriladigan  obekt:  tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi
xizmat   qiladi.   Faoliyat   atributlari   (xossalari)   faoliyatni   motivlashtirish   va   amalga
oshirish  mexanizmlarini   tavsiflaydi.  Faoliyat   atributlari  orasida  avvalo   subektlilik
va  moddiylik qayd etiladi. 
S ubektlilik   va m oddiylik .   Faoliyatning subektliligi shu bilan izohlanadiki, u
shaxsning   o‘tmishdagi   tajribasi,   uning   ehtiyojlari   va   mo‘ljallari,   motivlari   va
maqsadlari, emosiyalari  va  irodasini  tavsiflovchi  xususiyatlari, bilish qobiliyatlari
va   hokazolar   bilan   belgilanadi.   Faoliyatning   moddiyligi   insondan   tashqarida
joylashgan   va   uning   qo‘li   bilan   o‘zgartiriladigan   tabiat   va   jamiyat   kuchlariga
qaratilganini   anglatadi.   Ammo   insonning   o‘zi,   uning   o‘z-o‘zini   kamol   toptirishi,
o‘z-o‘zini   tarbiyalashi   va   shaxs   o‘z   oldiga   qo‘yadigan   maqsadlarga   erishishga
qaratilgan   tegishli   harakatlar   ham   o‘zgartirish   faoliyatining   predmeti   bo‘lishi
mumkin.  Moddiylashtirish   va   moddiylikdan   chiqarish .   Moddiylik   faoliyat   jarayoni
va   natijasining   materialga   bog‘liqligini   belgilaydi.   Faoliyat   natijasi   inson   oqilona
o‘zgartirgan   materialda   o‘z   aksini   topadi,   moddiylashadi   (predmetga   aylanadi).
Faoliyat natijasi inson kuchlari va qobiliyatlarining o‘ziga xos in’ikosi hisoblanadi.
Nemis   klassik   falsafasining   taniqli   namoyandasi   I.G.Fixte   fikricha,   “A maliyot
o‘zgartirilgan tabiat predmetlarini insonning ko‘zgudagi aksiga o‘xshaydi ” 15
 
Moddiylashuv   nima   ekanligi   haqida   amalda   tasavvur   hosil   qilish   uchun
chevar, g‘isht teruvchi, ma’ruzachi  va shu kabilarning ishini kuzatadigan bo‘lsak,
inson   qanday   ishlashi,   uning   faoliyati   natijasida   nima   vujudga   kelganiga   qarab
insonning o‘zi haqida xulosa chiqarish, uning aql-zakovat darajasi, irodasi, kasbiy
mahorati,   estetik   didi,   mehnatga   munosabati,   axloqiy   mo‘ljallari   va   hokazolarni
aniqlash   mumkinligini   ko‘ramiz.   Shu   ma’noda   faoliyat   doim   individ   va   umuman
insoniyatning   o‘z   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarishi   demakdir.   Individning
ijtimoiyligi   aynan   faoliyatda   namoyon   bo‘ladi.   Faoliyat   orqali   u   ijtimoiy   jarayon
ishtirokchisiga aylanadi. 
Inson   faoliyati   mehnat   qurollari   yordamida   amalga   oshiriladi.   Uning
hayvonlar   faolligidan   asosiy   farqlaridan   biri   qurollilik   hisoblanadi.   «quruq   qo‘l
ham, o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan aql ham katta kuchga ega emas, - degan edi
F.Bekon.   –   Ish   qo‘lga   ham,   aqlga   ham   kerak   bo‘lgan   qurollar   va   vositalar
yordamida bajariladi» 16
.  
Mehnat   qurollari   inson   va   u   o‘zgartiruvchi   narsalar   dunyosi   o‘rtasida
bog‘lovchi   bo‘g‘in   hisoblanadi.   Mehnat   qurollarida   insonning   tajribasi
mujassamlashadi.   Odamlar   yaratgan   mehnat   qurollari   va   iste’mol   predmetlarida
ularning   ma’naviy   kuchlari   (aql-zakovati   va   ko‘nikmalari,   bilim   va   qobiliyatlari,
maqsad   va   mayllari   va   sh.k.)   o‘zining   moddiy   ifodasini   topadi.   Bundan   tashqari
mehnat qurollari faoliyat texnologiyasi haqida axborot beradi va shu tariqa insonni
boshqa odamlar bilan bog‘laydi. Boshqa odamlar yaratgan narsalardan foydalanish
uchun   inson   ularning   mohiyatini,   vazifasini   aniqlashi,   boshqacha   aytganda,
15
  Қ аранг: Фихте И.Г. Назначение человека. – СПб. :2006 . –  С. 81.
16
 Бэкон Ф. Новый Органон. Афоризмы об истолковании природы и царства человека: Соч.: в 2 т. – М., 1978.
Т. 2. – С.  12 ularning   ma’naviy   mazmunini   anglab   yetishi   lozim.   Bu   jarayon   falsafada
moddiylikdan   chiqarish,   ya’ni   inson   mehnati   bilan   yaratilgan   mahsulotning
ma’naviy   mazmunini   fikrlash   yo‘li   bilan   uning   moddiy   qobig‘idan   ajratish   deb
ataladi.   Pirovardida   inson   faoliyati   uning   ma’naviy   va   jismoniy   kuchlari   va
qobiliyatlarining   moddiylashuvi   va   mehnat   mahsullarida   mujassamlashgan
ularning yaratuvchilari ma’naviy dunyosining birligidan tashkil topadi. 
Onglilik   va   maqsadga   muvofiqlik .   Inson   faoliyati   oqilona,   ongli   va
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   «Oqilonalik   –   inson   faoliyatining   barcha   turlariga
amalda   xos   bo‘lgan   jihat» 17
,   deb   qayd   etadi   E.Kassirer.   Oqilonalik   insonning   o‘z
faoliyati   maqsadlarini   aqlga   muvofiq   tarzda   belgilash   va   ularni   erkin   va   ongli
boshqarish   qobiliyatini   anglatadi.   I.G.Fixte   inson   tabiat   kabi   zaruriyat   taqozosiga
ko‘ra   emas,   balki   ongli   niyat   bilan   ish   ko‘rishini   ta’kidlaydi.   Ayni   shu   sababli
tabiat va jamiyatni o‘zgartirish insoniyatning ma’naviy burchidir 18
.
Onglilik   va   maqsadga   muvofiqlik   –   inson   faoliyatini   hayvonlar   faolligidan
farqlash   imkonini   beruvchi   muhim   xossalardir.   Ammo   ular   «sof   ko‘rinish»da
mavjud   bo‘lmaydi.   Shu   sababli   onglilik   va   maqsadga   muvofiqlikka   zid   bo‘lgan
xossalarni   inson   faoliyatining   talqini   doirasidan   chiqarish   o‘rinli   bo‘lmaydi.
Xususan,   insonning   barcha   faoliyati   ham   ongli   bo‘ladimi,   degan   savol   ustida
mulohaza   yuritib   ko‘raylik.   Amalda   faoliyat   ayrim   ko‘nikmalar   shakllanishini
nazarda tutadi (kasbiy mahorat esa aksariyat ko‘nikmalarni avtomatizm darajasiga
ko‘taradi);   faoliyatda   anglanmaydigan   mayllar,   mo‘ljallar,   tajriba,   o‘tmishda
(aksariyat   hollarda   –   bolalikda)   olingan   taassurotlar   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.
Faoliyat   «onglilik   –   ongsizlik»   qarama-qarshiligining   birligidir,   deb   aytish   uchun
asoslar   mavjud.   Ziddiyatli   vaziyatlar   –   mutlaqo   ongsiz   va   ongga   butunlay
bo‘ysungan   faoliyatni   hayotda   juda   kam   uchraydigan   muayyan   abstraksiya
sifatidagina   tasavvur   qilish   mumkin.   Shuningdek,   ongga   to‘la   bo‘ysunadigan
harakat ko‘pincha samarasiz bo‘ladi. 
17
  Кассирер   Э.   Опыт   о   человеке:   введение   в   философию   человеческой   культуры   //   Проблема   человека   в
западной философии. – М., 1988. –  С. 28.
18
  Қ аранг: Фихте И.Г. Избр. соч. Т. 1. – М., 1916. –  С. 402. Onglilik   faoliyatning   maqsadga   muvofiqligini   belgilaydi,   chunki   maqsadni
qo‘yish   o‘z   ehtiyojlarini   hamda   mavjud   vaziyatni   bu   ehtiyojlarni   qondirish   sharti
sifatida   anglashni   nazarda   tutadi.   Maqsadga   muvofiq   faoliyat   oldindan
mo‘ljallangan   muayyan   natijaga   qarab   mo‘ljal   oladi.   Entoni   Giddens   o‘zining
«Jamiyat   tuzilishi»   asarida   inson   faoliyati   mo‘ljallanmagan   natijasining
ahamiyatiga   e’tiborni   qaratadi.   Ammo   faoliyat   maqsadsiz   bo‘lishi,   ya’ni
jarayonning o‘ziga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilishi ham mumkin. Albatta,
ongsiz   faoliyat   mantiqsizdir,   chunki   hech   qanday   maqsadni   ko‘zlamaydi,   lekin
uning   natijasi   maqsadga   muvofiq   bo‘lishi   mumkin .   Masalan,   suzishni   bilmagan,
lekin   suvda   oyoq-qo‘llari   bilan   tinimsiz   harakat   qilayotgan   odam   cho‘kmaydi.
Ammo har qanday maqsadsiz faoliyat ham ongsiz bo‘lavermaydi (masalan, o‘yin). 
Faoliyatning   unumliligi .   Inson   faoliyati   unumli,   aksariyat   hollarda
amaliydir,   lekin   unumsiz   ham,   noamaliy   ham   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   rasm-
rusumlarni   bajarish   unumsiz   hisoblanadi   (ammo   ba’zan   muayyan   vazifalarni   hal
qilishga qaratilgan rasm-rusumlar amaliy xususiyat kasb etishi ham mumkin). 
Moddiy   va   ma’naviy   faoliyat .   Moddiy   faoliyatni   soddalashtirib   predmetlar
bilan ish ko‘rish sifatida, ma’naviy faoliyatni esa – predmetlarning obrazlari bilan
ish   ko‘rish   sifatida   tasavvur   qilish   mumkin.   Abstrakt   mulohaza   yuritish   orqali
moddiy   va   ma’naviy   faoliyatni   «sof   ko‘rinish»da,   muayyan   qarama-qarshilik
sifatida   tasavvur   qilish   mumkin.   Ammo   ma’naviyatdan   xoli   bo‘lgan   moddiy
faoliyat   behudadir.   Ma’naviy   faoliyat   «sof   ko‘rinishda»   mavjudmi?   Obektiv
idealizm   tizimida   muayyan   mutlaq   va   o‘z-o‘zidan   rivojlanuvchi   g‘oya   uning
moddiy manbasidan tashqarida mavjud bo‘lishi tan olinadi. Ammo insonning real
hayotidagi   ma’naviy   faoliyati   moddiy   faoliyatdan   tashqarida   mavjud   bo‘lmaydi,
amalda   moddiy   va   ma’naviy   faoliyat   unsurlari   turli   darajada   aks   etgan   faoliyat
rang-barang   shakllarining   kontinuumi   (lot.   continuum   –   uzlyuksiz   to‘plam)gina
mavjuddir.
Moddiy   va   ma’naviy   faoliyatning   birligi   faoliyat   jarayoni   ham,   uning
natijasi   ham   moddiy-ashyoviy   substrat   va   ma’naviy   mazmunning   muayyan
sintezidan iborat ekanligini anglatadiki, bu uning natijalarini obektiv tarzda, inson xohish-irodasidan   qat’iy   nazar,   ramzlar,   ya’ni   insonning   ma’naviy   dunyosi
haqidagi   axborot   manbalari   tizimiga   aylantiradi.   O‘z   xususiyatiga   ko‘ra   faoliyat
muayyan   ideal   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ladi,   chunki   u   moddiy   ko‘rinishda
predmetni   yaratadi,   ramziy   ko‘rinishda   esa   ma’naviy   mazmunni   –   shaxsning
bilimlari,   qobiliyatlari,   axloqiy   mo‘ljallarini,   uning   mahorati   va   o‘z   kasbiga
munosabatini,   shuningdek   o‘z-o‘ziga   va   boshqa   odamlarga   bo‘lgan   munosabatini
vujudga   keltiradi.   Shu   sababli   tabiiy   obekt   insonning   o‘zgartiruvchi   faoliyati
natijasida   o‘zlashtirgan   xossalar   ramziy   tarzda   amal   qiladi.   Shu   ma’noda ,   inson
nafaqat moddiy, balki ramziy olamda ham yashaydi. 
Muloqot faoliyat sifatida . Mehnat qurollaridan foydalanish usullari, ularning
vazifasi   haqida   axborot   berish   vositasi   sanalgan   o‘ziga   xos   «til»ga   qarab   mo‘ljal
olish   inson   faoliyatining   zaruriy   sharti   hisoblanadi.   Insonni   bu   mehnat   qurollari
bilan ishlashga tayyorlash, chunonchi: tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish va eng
muhimi – faoliyat tajribasi va usullarini o‘rgatish ham zarur. Bu ish yo namoyish
etish,   o‘rnak   ko‘rsatish   yoki   faoliyatda   ishtirokchilik   orqali   bevosita,   yo   til
yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muloqot insoniy munosabatlar, umuman
jamiyat   hayotining   muhim   tomoni   hisoblanadi.   Bu   odamlar   o‘z   hayotida   yo‘l-
yo‘lakay   shug‘ullanadigan   alohida   faoliyat   turi,   inson   hayotining   ovloq   burchagi
emas,   balki   uning   ijtimoiy   munosabatlarga   kirishish   jarayoni   yuz   beradigan
markazidir. 
Inson   faoliyatining   sanab   o‘tilgan   xossalari   u ning   madaniyat   bilan
belgilanishini   ko‘rsatadi.   E.Kassirer   bu   xususda   shunday   deydi:   «Inson
madaniyatini,   hech   shubhasiz,   har   xil   maqsadlarni   ko‘zlab,   turli   yo‘llardan
rivojlanadigan   faoliyatning   har   xil   turlari   tashkil   etadi.   Falsafiy   sintez   yordamida
biz inson faoliyati oqibatlarining birligini emas, balki harakatlar birligini, faoliyat
mahsullari   birligini   emas,   balki   ijodiy   jarayon   birligini   aniq-ravshan   ko‘rishimiz
mumkin» 1
. 
Inson   faoliyati   madaniyat   mexanizmlari   tomonidan   dasturlashtiriladigan   va
amalga   oshiriladigan   tabiatan   ijtimoiy   faollik   sifatida   tavsiflanishi   bejiz   emas.
1 1
 Кассирер Э. Опыт о человеке. Введение в философию человеческой культуры. Ч.  II . Человек и культура. –
Лондон, 1945. –  С. 155. Faoliyatning   nobiologik   tarzda   yaratilgan   mexanizmlari   serqirra   va   murakkab
tizimini o‘z ichiga olgan madaniyat unga o‘ziga xos insoniy tus beradi. 
Insonning   shakllanishi   va   kamol   topishida   faoliyatning   roli   katta .   Talaba
inson   faoliyatini   o‘rganishga   murojaat   etar   ekan,   mazkur   muammoning   shaxsiy
hayotdagi   ahamiyatini   tasavvur   qilishi   lozim:   zero   insonning   aqlli   mavjudot
sifatida   va   individning   shaxs   sifatida   shakllanishi,   inson   o‘z   imkoniyatlarini
ro‘yobga   chiqarishi   faqat   faoliyat   doirasida   yuz   berishi   mumkin.   Inson
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish o‘z mehnati va bo‘sh vaqtini tashkil
etishni ham, o‘z bolalarini tarbiyalash jarayonini ham, boshqa odamlar bilan o‘zaro
muloqotni ham, rasm-rusumlarni ado etishni ham, madaniyatga munosabatni  ham
sezilarli darajada optimallashtirish imkonini beradi. 
Interiorizasiya   tushunchasi .   Ong   va   faoliyatning   aloqasi   g‘oyasining   eng
mukammal   tavsifiga   nemis   klassik   idealizmi   namoyandalarining   asarlarida   duch
kelish   mumkin.   Nafaqat ,   Fixte,   balki   Shelling   va   Gegel   ham   ma’naviy   hodisalar
sababini   amaliyotda,   odamlar   faoliyatida   izlagan.   Xususan,   Shelling   amaliyotga,
inson   faoliyatiga   odamzotning   o‘zini   o‘zi   tabiatda   gavdalantirishi,   ya’ni
obektivlashtirishi   sifatida   yondashgan.   U   inson   faoliyati   natijasida   ikki   dunyo:
tabiat   dunyosi   va   inson   dunyosi,   ya’ni   o‘zgartirilgan   insoniylashtirilgan   tabiat
dunyosi   mavjud   ekanligini   qayd   etadi.   Dunyoga   nisbatan   harakatda   Shelling
umuman   ong   negizini   ko‘radi.   Insonning   insonga   ta’sirini   u   ongning   ikkinchi
manbai   deb   hisoblaydi:   aqlli   mavjudotlarning   tinimsiz   o‘zaro   ta’siri   ongning
zaruriy omili hisoblanadi. XX asrda psixologlar aynan faoliyat shaxsning ijtimoiy
tajribasini   o‘zlashtirish,   uning   qobiliyatlari,   irodasi   va   ongini   shakllantirish
mexanizmi hisoblanishini  tajriba o‘tkazish  yo‘li  bilan va ko‘p sonli  etnografik va
tarixiy materialga asoslangan holda ko‘rsatib berdilar. Individual va umuminsoniy
rivojlanish   jarayonida   faoliyatning   mustaqil   sohasi   sanalgan   faollik   ko‘rinishlari
murakkabroq madaniy tuzilmalarga qo‘shilib, asta-sekin ong shakllariga aylangan.
Sirtda birlamchi xususiyatga ega bo‘lgan faoliyat sof ichki (interiorizasiyalashgan)
xususiyat kasb etishi mumkin.  Interiorizasiya   tushunchasi   faoliyatning   tabiatan   sirtqi   jarayonlarini   ichda,
avvalo  ongda  yuz  beradigan  jarayonlarga  o‘tishini   ifodalash  uchun  xizmat  qiladi.
E.From   bu   tushunchaga   shunday   deb   tavsif   beradi:   «Inson   yomonlik   qilar   ekan,
uning   o‘zi   ham   yanada   tubanlashadi» 1
.   Ajdodlarimiz   ruhiyatining   shakllanishida
muhim   rol  o‘ynagan  qadimgi   madaniy  institutlar   (rasm-rusumlar,  cherkov,  o‘yin)
hozirgi   inson   ruhiyatida   o‘z-o‘zidan   amal   qilishini   nazarda   tutadigan   tarixiy
interiorizasiya   g‘oyasi   sirtdagi   harakatning   shaxs   ichki   mulkiga   aylanish
mexanizmini tushuntiradigan interiorizasiya tushunchasini to‘ldiradi. 
Interiorizasiya   mexanizmi .   Yuqorida   qayd   etilganidek,   faoliyat   insonning
dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatining universal, umumiy usulidir. Ammo
inson   qay   tarzda   ish   ko‘rmasin,   o‘z   faoliyatida   qaysi   vazifalarni   hal   qilmasin,
uning   barcha   elementlari:   faoliyat   predmeti,   vositalari   va   jarayoni   doim   ramziy
tabiatga   ega   bo‘ladi.   Til,   ya’ni   so‘z   eng   universal   ramz   hisoblanadi.   XIX   asr
oxiri da   tilga ijodning birinchi mahsuli  deb tavsif  ber il gan. Verbal  (og‘zaki) til  va
noverbal   til   (imo-ishoralar,   kiyim-kechak   va   zeb-gardonlar,   san’at   va   etiket   tili)
mavjud.   Tilning   bu   ikkala   turini   ham   biz   bolalikdan   o‘zlashtiramiz   va   inson
o‘zgartirgan   tabiat   dunyosida,   ijtimoiy   munosabatlar   dunyosida,   madaniyat
dunyosida til yordamida mo‘ljal olamiz. 
Tilda   uch   element:   ovoz,   ma’no   va   obraz   farqlanadi.   Ma’noning   moddiy
ifodalovchilari   sanalgan   ovoz   yoki   grafik   tasvir   so‘zga   xosdir.   O‘zga   ramzlar
butunlay boshqacha moddiy ifodalovchilarga ega bo‘lishi mumkin (mehnat amali,
imo-ishora, rasm-rusum, rassom  asarining elementlari va sh.k.). Shunga qaramay,
har   qanday   ramzlarning   qolgan   barcha   elementlari   umumiydir:   moddiy
ifodalovchi,   ma’no   va   obraz   shular   jumlasidandir .   Faoliyatning   hissiy   idrok
etiladigan   har   qanday   elementi   moddiy   ifodalovchi   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,
so‘zda bu ovoz yoki grafik tasvir, lekin bunday ifodalovchi vazifasini imo-ishora,
mehnat   amali   yoki   boshqa   har   qanday   shunga   o‘xshash   signal   ham   bajarishi
mumkin. 
1 1
 Фромм Э. Духовная сущность человека. Способность к добру и злу // Человек и его ценности. – М., 1988. –
С.  56.  Ma’noda   insoniyatning   o‘tmishdagi   tajribasi   mujassamlashadi.   Har   qanday
ramz   ma’nosi   insoniyat   uchun   umumiy   xususiyat   kasb   etadi,   ayrim   turdagi
narsalar,   aloqalar,   munosabatlar   yoki   harakatlarning   shartli,   konvensional
mustahkamlangan   ifodasi   hisoblanadi.   Inson   faoliyat   jarayonida   madaniy
ramzlarning   ma’nolarini   anglab   yetar   ekan,   o‘zini   qurshagan   dunyoni   boshqacha
idrok eta boshlaydi, chunki unda har qanday hodisani uning so‘zdagi ifodasi bilan
bog‘lashga ehtiyoj va qobiliyat yuzaga keladi. Ma’nolar inson ongida dunyoni aks
ettiradi. 
Obraz   –   narsa   yoki   hodisaning   o‘ziga   xos   ma’nosi   bo‘lib,   u   har   qanday
ramzning   haqiqiy   ma’nosidan   ancha   farq   qilishi   mumkin.   Masalan,   «tuz»   so‘zi
hamma   uchun   ayni   bir   ma’noni   anglatadi   –   u   barcha   odamlar   ovqatga   qo‘shib
iste’mol   qiladigan   moddani   ifodalaydi.   Ammo   kimyogar,   yozuvchi   yoki   oshpaz
uchun   «tuz»   so‘zi   butunlay   boshqacha   ma’no   kasb   etishi   mumkin.   Oshpaz   tuzda
ovqatga   xushxo‘r   bo‘lishi   uchun   solinadigan   qo‘shilmani   ko‘radi,   kimyogar   tuz
deganda ionli tuzilish xos bo‘lgan kimyoviy birikmalar turkumini tushunadi va h.k.
Xullas, har qanday so‘z ko‘plab ma’nolarga ega bo‘ladi. Obraz – haqiqiy ma’no va
ayrim   ma’noning   shaxs   manfaatlari   va   ehtiyojlari,   uning   tuyg‘ulari   va   mayllari
mujassamlashgan o‘ziga xos sintezidir. 
Inson faoliyati o‘z tabiatiga ko‘ra madaniydir, til ramzlari esa madaniyatning
muhim   boyligi   hisoblanadi.   Inson   faoliyat   jarayonida   tashqi   madaniy   ramzni
o‘zlashtirar   ekan,   nafaqat   rang-barang   mehnat   qurollaridan   foydalanishni,   balki
ularning boshqalar va o‘zi uchun ahamiyatini anglashni ham o‘rganadi. Madaniyat
ramzlari   psixologik   vositalar   hisoblanadi:   inson   mehnat   qurollaridan   ularning   asl
mazmuniga   muvofiq   foydalanish   orqali   tabiat   dunyosini   o‘zgartirishi   mumkin.
Ammo   mehnat   qurollari   inson   uchun   muayyan   ahamiyat   kasb   etadigan   ramzlar
ham   sanalgani   bois,   odamzot   ularning   yordamida   o‘z   ruhiy   funksiyalari   –   zehni,
irodasi,   tafakkurini   ham   boshqaradi.   Ayni   shu   sababli   insonning   tabiiy   iste’dodi
aynan   faoliyatda   namoyon   bo‘ladi,   uning   qobiliyatlari   shakllanadi   va   ehtiyojlari
qondiriladi.  Interiorizasiya   nazariyasining   tanqidi .   Sh axsning   shakllanish   jarayonida
faoliyat   qay   darajada   muhim   rol   o‘ynamasin,   uni   mutlaqlashtirish   yaramaydi.
Psixolog   S.L.Rubinshteyn   insonning   kamol   topishida   faoliyat   rolining
mutlaqlashtirilishiga   qarshi   e’tiroz   bildirar   ekan,   shunday   deb   qayd   etgan   edi:
«Inson qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni u yaratadigan narsalarning rivojlanish
jarayoni   emas,   balki   insonning   kamol   topish   jarayonidir,   chunki   qobiliyatlar
insonda   narsalardan   yaralmaydi» 1. 1.
  Inson   tashqi   ta’sirlarni   tanlash   va   ularni
o‘zining   betakror,   hech   kimnikiga   o‘xshamaydigan   individualligining   ichki
mantiqiga muvofiq qabul  qilishda erkindir. Interiorizasiya nazariyasi  ijod omiliga
putur yetkazadi, inson hayot faoliyatida qadriyatlarning rolini (ayniqsa san’at, din
va   axloq   sohasida)   inkor   etadi,   insonning   ichki   dunyosini   soddalashtiradi.   Shu
sababli   bola   tarbiyasi   bilan   shug‘ullanganda   uning   individualligini   hisobga   olish,
bunda   uning   ichki   ruhlantiruvchi   motivlariga   tayanish,   uni   faoliyatga
majburlamaslik, balki jalb qilish, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlash va
ularga tayanish lozim. 
Interiorizasiya   nazariyasining   tanqidi   shaxsning   shakllanishiga   faoliyatning
ta’sirini   rad   etmaydi,   balki   uning   imkoniyatlari   chegarasini   ko‘rsatadi.   Zero,
shaxsning   shakllanishida   faoliyatning   rolini   tushunish   uchun   insonning   muayyan
faoliyat turlariga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan ichki xususiyatlarini hisobga
olish   muhimdir.   Ichki   xususiyatlar   deganda   avvalo   shaxsning   qobiliyatlari   va
irodasi zamirida yotuvchi tabiiy iste’dod nishonalari, oliy nerv faoliyatining o‘ziga
xos   xususiyatlari   (mijoz),   umumiy   ta’sirchanlik   (ya’ni   sezish   va   idrok   etish
individual   qobiliyati),   miya   yarim   pallasi   asimmetriyasi   va   hokazolar   nazarda
tutiladi. Shaxsning ichki xususiyatlari nafaqat irsiy (genetik) va tug‘ma (embrional
rivojlanish   jarayoni   bilan   belgilangan)   xossalar,   balki   shaxs   hayoti,   tarbiyasi,
bilimi,   hayot   tajribasining   o‘ziga   xos   holatlari   ta’sirida   shakllangan   individual
belgilar tushunchasini ham qamrab oladi.
Mehnat   va   o‘yin   faoliyat   turi   sifatida .   Odatda   mehnat   insonning   mehnat
qurollari   yordamida   tashqi   dunyoga   ta’sir   ko‘rsatish   va   oldindan   mo‘ljallangan
1. 1
 Рубинштейн С.Л. Проблемы общей психологии. – М., 1973. –  С. 227.  natijaga   erishishdan   iborat   maqsadga   muvofiq   faoliyati   sifatida   tavsiflanadi.
Mehnat   tushunchasiga   nisbatan   bunday   yondashilgan   taqdirda,   olim,   aktyor,
pedagog,   haykaltarosh,   faylasuf   faoliyati   mehnat   hisoblanmaydi.   Bugungi   kunda
unumsiz   deb   nomlash   mumkin   bo‘lgan   mehnat   turlari   mavjud   emasligi   aniq-
ravshandir. Zero mehnat yaxlit jarayon bo‘lib, insondan moddiy va ma’naviy kuch-
g‘ayrat   sarflashni   taqozo   etadi.   Inson   va   jamiyatning   rivojlanishi   jarayonida   yuz
bergan mehnat taqsimoti mazkur yaxlit jarayon parchalanishiga ,   jismoniy va aqliy
mehnatning   ajralishiga   olib   keldi.   Ammo   mazkur   ajralish   jismoniy   mehnat
insonning   faqat   jismoniy   kuch   sarflashi,   uning   muskullari   harakati   bilan   bog‘liq
ekanligini   anglatmaydi.   Jismoniy   mehnat   inson   ma’naviy,   ruhiy   va   asabiy   kuch
sarflashini   ham   nazarda   tutadi.   Ammo   jismoniy   va   asabiy   kuch-g‘ayrat   ulushi
jismoniy mehnatda ko‘proq bo‘ladi. Aqliy mehnat esa, hech shubhasiz, insonning
ma’naviy   kuchlari,   uning   intellektual   imkoniyatlaridan   ko‘proq   foydalanishni
nazarda tutadi. Ammo jismoniy mehnat ham, aqliy mehnat ham o‘xshash jihatlarga
ega.   Birinchidan,   jismoniy   mehnat   ham,   aqliy   mehnat   ham   muayyan   qurollardan
foydalanishni nazarda tutadi. Ikkinchidan, mehnat oldindan mo‘ljallangan natijaga
erishishni   nazarda   tutadi.   Uchinchidan,   mehnat   tabiat   va   jamiyat   kuchlaridan
foydalanmasdan   yashay   olmaydigan   insonning   muayyan   ehtiyojlari   bilan
belgilanadi   (chunki   inson   bioijtimoiy   mavjudotdir).   To‘rtinchidan,   jismoniy   va
aqliy   mehnatning   eng   sodda   omillari   –   mehnat   predmetlari,   mehnat   qurollari   va
inson   mehnatining   o‘zi   umumiydir.   Ammo   mehnatning   asosiy   o‘ziga   xos
xususiyati shundan iboratki, u tashqi dunyoning insonga qarshi turuvchi kuchlarini
moddiy va ma’naviy jihatdan o‘zlashtirishni nazarda tutadi. 
Mehnatga muayyan abstraksiya, ya’ni faoliyat xossasi sifatida yondashadigan
bo‘lsak,   uning   amaliylik,   ayrim   foydali   natijaga   erishishga   qaratilganlik   kabi
xususiyatlarini   aniqlashimiz   mumkin.   Bu   inson   va   tashqi   dunyo   o‘rtasida   yuz
beradigan   va   insondan   tashqaridagi   unga   qarshilik   ko‘rsatuvchi   kuchlarni
jilovlashga   qaratilgan   jarayondir.   Shu   sababli   mehnat   muqarrar   tarzda   insonning
jismoniy   va   ma’naviy   kuch-g‘ayrat   sarfla nishi   bilan   bog‘liqdir.   U   o‘ziga   zarur
bo‘lgan   natijaga   erishish   yo‘lida   bor   kuch-g‘ayratini   sarflaydi.   Mehnat   insondan sidqidildan   ishlash,   zahmat   chekishni   talab   qiladi,   tegishli   ko‘nikmalarni
shakllantirish   va   irodani   toblashni   nazarda   tutadi.   O‘z   ma’naviy   kuchlarini   inson
mehnat   jarayonini   o‘zlashtirish,   tashqi   kuchlar   qarshiligini   yengishga   sarflaydi.
Shu sababli mehnat faoliyati insonga tashqi dunyoni ham, o‘z-o‘zini ham anglash
imkonini beruvchi real tajriba sifatida amal qiladi. 
Mehnatda   be gonalashuv.   Mehnat   muayyan   mahsulotda   o‘zining   tadrijiy
ifodasini   topadi.   Mehnat   mahsuli   ikki   tomonlama   xususiyat   kasb   etadi:   u   inson
mehnat   jarayonida   o‘zlashtirgan   tashqi   dunyo   predmetlari   va   munosabatlarini ,
hamda   insonning   mahsulotda   o‘z   moddiy   ifodasini   topgan   jismoniy   va   ma’naviy
kuchlarini  qamrab oladi . Mehnat mahsulining mazkur xususiyati inson borlig‘ining
o‘ziga   xos   holati   sanalgan   begonalashuv   sabablarini   tushuntiradi.   Be gonalashuv
shunday   bir   holatki,   unda   inson   o‘z   faoliyati,   uning   natijalari   va   o‘z-o‘ziga
begona bo‘lib qoladi . Mehnat muqarrar tarzda begonalashuv bilan bog‘liq, chunki
insonning   ijtimoiy   borlig‘i   shunday   sharoitlar   va   vaziyatlarni   yuzaga   keltiradiki,
inson   o‘z   mehnati   mahsullarini   boshqa   odamlarga   topshirishi   va   shu   tariqa   o‘z
faoliyati,   uning   natijalari   va   o‘z-o‘ziga   begona   bo‘lib   qolishi   lozim   (yoki   bunga
majbur)   bo‘ladi.   (Ma’lumki,   inson   faoliyatda   o‘zining   muhim   kuchlarini
moddiylashtiradi.)
Begonalashuv mehnat taqsimoti va faoliyat almashinuvi, shuningdek ijtimoiy
ne’matlarni   taqsimlash   zaruriyati   bilan   belgilanadi.   Garchi   begonalashuv   tarixan
muayyan shakllarga ega bo‘lsa-da, uning mohiyati bir – ayrim odamlarning boshqa
odamlar   kuchi,   vositalari   va   faoliyat   natijalarini   o‘zlashtirishdir.   Shu   sababli
mehnatning shaxs hayotidagi roliga munosabat ham shak-shubhasiz ijobiy bo‘lishi
mumkin   emas.   Mehnat   xususiyatiga   baho   berishda   mehnatga   rag‘bat   ayniqsa
muhim   o‘rin   tutadi.   Inson   mehnati   zamirida   zaruriyat   taqozosi,   majburlov   yoki
ichki   da’vat,   ayni   shu   mehnat   turi   bilan   shug‘ullanishga   bo‘lgan   ehtiyoj   yotishi
mumkin. Inson mehnatni lazzat sifatida ham, la’nat sifatida ham idrok etishi bejiz
emas.   Q o‘li-qo‘liga   tegmay   mehnat   qilish,   tirikchilikni   deb   o‘ziga   ma’qul
bo‘lmagan   kasb-kor   bilan   shug‘ullanish ,   ijtimoiy   tengsizlik   va   kasb   kasalliklari
ta’sirida   insonning   deformasiyalanishi   va   shaxssizlanishiga   sabab   bo‘ladi,   uning o‘z   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarishi   va   o‘zini   o‘zi   kamol   toptirishiga   monelik
qiladi. 
Shunga qaramay ,   mehnat inson hayotining boqiy va tabiiy omilidir, chunki u
faoliyatning odamzot o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun narsalar yaratadigan birdan-
bir  shakli  hisoblanadi. Shu sababli  insonning butun faoliyati ko‘pincha maqsadga
muvofiqlik,   moddiylik,   unumdorlik,   samaradorlik,   amaliylik,   tabiat   va   jamiyat
kuchlarini   o‘zlashtirishga   qaratilganlik   bilan   tavsiflanadigan   mehnatga
tenglashtirilishi   bejiz   emas.   Ammo   inson   faoliyatini   faqat   mehnat   bilan   bog‘lash
ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mehnat  – muayyan natijaga erishishga qaratilgan faoliyat,
ammo   u   majburlovdan   xoli   bo‘lishi   va   insonga   natijadan   qat’i y   nazar,   mehnat
jarayonining   o‘zi   bilan   quvonch   baxsh   etishi   ham   mumkin.   Bunday   mehnatda
begonalashuvga   chek   qo‘yiladi.   Ammo   faoliyat   ham   faqatgina   mehnat   bo‘lib
qolmaydi va ayni vaqtda o‘yin sifatida ham amal qiladi. Favqulodda hollardagina
mehnat   va   o‘yin   faoliyatning   alohida   va   mustaqil   shakllari   hisoblanadi,   amalda
ular faoliyatning ikki o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi, faoliyat mahsullarida
va insonning o‘zida aks etuvchi tomonlarini tashkil etadi. Ammo mehnat va o‘yin
dialektikasini tushunish uchun avval o‘yin nima ekanligini aniqlab olish lozim. 
O‘yin.   O‘yin   –   shunday   bir   faoliyat   shakliki,   unda   inson   o‘zining   odatdagi
funksiyalari   yoki   predmetlar   va   mehnat   qurollaridan   amaliy   foydalanish
chegarasidan chetga chiqadi. O‘yin odatda «jiddiy» faoliyat va amaliy maqsadlarga
qarshi   qo‘yiladi.   U   moddiy   foyda   yoki   zaruriyat   omilidan   qat’iy   nazar,   muayyan
joy,   vaqt   va   ma’no   doirasida   yuz   beradigan   jarayon   sifatida   tavsiflanadi.   Odatda
o‘yinning ijobiy emosional ahamiyati qayd etiladi. U insonning barcha – jismoniy
va ruhiy kuchlari yuksalishi, ko‘tarinkilik kayfiyati hukm surishi bilan tavsiflanadi,
chunki   u   o‘yin   xususiyatiga   ega   bo‘lmagan   harakatlar   natijasida   yuzaga   kelgan
zo‘riqish holatini bartaraf etib, insonga haqiqiy quvonch baxsh etadi. 
Imitasiya   o‘yin   mohiyatini   aks   ettiruvchi   asosiy   tushuncha   bo‘lib,   u
borliqning nisbatan haqqoniy modelini yaratishni nazarda tutadi. Imitasiya o‘yinda
ishtirokchilar muayyan rol o‘ynashini nazarda tutadi. O‘yin ba’zi bir qoidalar bilan
tartibga   solinadi   va   ayni   vaqtda   erkin   improvizasiyaga   va   yechimlarning individualligiga yo‘l qo‘yadi. Garchi o‘yin faoliyati qoidalar bilan tartibga solinsa-
da,   o‘yinning   eng   muhim   xususiyati   ishtirokchilar   xulq-atvorining   erkinligida
namoyon bo‘ladi: o‘yin faoliyatining o‘zi ham, ishtirokchilarning o‘yin qoidalarini
bajarishga roziligi ham ixtiyoriydir. O‘yin dinamikasi  uning ishtirokchilari o‘zaro
almashuvi,   o‘yin   vaziyatlarining   mantiqiy   tahlili   va   ularga   emosional   munosabat,
psixologik   himoyalanish   va   «raqib»ga   faol   hujum   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu
o‘yin   faoliyati   rivojlanishi   va   uning   natijasi   noaniqligini   belgilaydi.   Ayni   vaqtda
o‘yin   harakati   qoidalarga   muvofiq   amalga   oshiriladi   va   uning   natijasini   taxmin
qilish   mumkin.   Zikr   etilgan   qarama-qarshi   tomonlardan   birining   yo‘qligi   o‘yin
buzilishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘yin   jarayonida   shaxsning   o‘z   roliga   bo‘lgan
munosabati   o‘zgaradi.   Shu   sababli   o‘yin   amaldagi   tajriba   o‘rnini   to‘ldirish,
ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtirish shakli hisoblanadi. 
O‘yin   ishtirokchilarida   qarama-qarshi   mo‘ljallar   mavjudligi:   birinchidan,
o‘yinda   modellashtirilayotgan   hayot   vaziyatlari   realligining   tan   olinishi,
ikkinchidan,   o‘yinning   o‘zi   reallik   deb   e’tirof   etilishi   uning   muhim
xususiyatlaridan   biri   hisoblanadi.   O‘yinning   bu   ikki   jihatliligi   shunda   namoyon
bo‘ladiki,   o‘yinchi   o‘z   zimmasiga   olgan   rol   bilan   qisman   tenglashtiriladi,   qaysi
shaxs rolini o‘ynayotgan bo‘lsa, o‘zini shu shaxs sifatida anglaydi va ayni vaqtda
o‘zi undan nima bilan farq qilishini tushunib yetadi. O‘yin uyg‘otadigan murakkab
tuyg‘ular shu bilan izohlanadiki, o‘yinchi o‘z yutuqlari va kamchiliklarini teran his
etadi   va   ayni   vaqtda   o‘z   roliga   chetdan   nazar   tashlab,   boshdan   kechirilayotgan
tuyg‘ularning nojiddiyligini ko‘radi. 
O‘yin obrazi.  O‘yin jarayonida o‘yinchilar bevosita idrok etuvchi va boshdan
kechiruvchi o‘yin obrazi yaratiladi. U jonlilik, ramziy tabiatga egalik va emosional
«yuqumlilik»   bilan   tavsiflanadi.   O‘yin   obrazining   jonliligi   borliqning
modellashtirilishi   va   unda   o‘yinchilar   muayyan   rol   o‘ynashi   bilan   izohlanadi.
Ramziylik   o‘yin   harakatlarining   ramziy   tabiatida,   qoidalarning   shartliligida,
shuningdek   ma’nolar   bir   predmetdan   boshqa   predmetga   o‘tkazilishida   namoyon
bo‘ladi.   Masalan,   bola   qo‘liga   tayoqchani   olib,   u   bilan   xuddi   qoshiq   kabi
manipulyasiya   qiladi .   O‘yin   obrazining   emosional   «yuqumliligi»   uning   qanday rivojlanishini   oldindan   aytib   bo‘lmasligi,   shuningdek   o‘yinchi   o‘zini   o‘zi
o‘ynayotgan   rolga   bog‘lashi   bilan   belgilanadi.   Shaxsning   ehtiyojlari,   mayllari,
maqsadlari   va   mo‘ljallarini   aks   ettiruvchi   va   ularni   qondirishning   xayoliy   usuli
bo‘lib  xizmat  qiluvchi  o‘yin  obrazining  qadriyat  sifatidagi  tabiati  ishtirokchilarga
ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘yinning   ma’nosi .   Inson   va   uning   ijodiy   imkoniyatlari   shakllanishi   va
kamol   topishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadigan   o‘yin   mutlaqo   noamaliydir.   U
iste’mol   mahsulotlari,   moddiy   ne’matlar   yaratilishiga   olib   kelmaydi,   moddiy   naf
ko‘rish bilan bog‘liq amaliy samaraga erishish yo‘lida amalga oshirilmaydi. O‘yin
stimuli uning o‘zida  mavjud . O‘yinning ma’nosi – inson o‘z hayot faolligini o‘ziga
quvonch baxsh etadigan tarzda erkin namoyon etishidir. O‘yin faoliyatining asosiy
xususiyati shunda. 
O‘yinning   insonga   ta’sirini   kuzatar   ekanmiz,   biz   uning   o‘yinchi   uchun
obektiv va shaxsiy  ma’nosini  farqlashimiz  lozim. Subektiv nuqtai  nazardan o‘yin
ishtirokchisi   uchun   uning   ma’nosi   o‘yindan   olinadigan   tajribaning   ahamiyatida,
o‘yin   baxsh   etadigan   quvonch   va   lazzatda   namoyon   bo‘ladi.   Obektiv   ma’noda
o‘yin   bolani   ijtimoiy   hayotga   tayyorlash   va   kiritishning   muhim   shakllaridan   biri
hisoblanadi. O‘yin real dunyo haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradigan
ta’lim   vositasi   sifatida   qaraladi.   U   insonni   borliq   bilan   to‘qnashuvga   tayyorlaydi,
kuchlarni sinovdan o‘tkazadi, mehnat ko‘nikmalarini shakllantiradi, dunyoqarashni
kengaytiradi,   ijtimoiy   tajribani   o‘zlashtirishga   yordam   beradi,   shaxsning   axloqiy
mo‘ljallariga   ta’sir   ko‘rsatadi,   qondirilmagan   mayllar   o‘rnini   to‘ldirish   shakli
hisoblanadi,   inson   hordiq   chiqarishi   uchun   imkoniyat   yaratadi,   uning   emosional
holatini   uyg‘unlashtiradi   va   h.k.   Ammo   o‘yinning   asosiy   afzalligi   shundaki,   u
insonni   kundalik   hayot   andozalaridan   uzoqlashtiradi,   uning   fantaziyasini
faollashtiradi,   mehnat   va   muloqotga,   o‘z   turmushini   tashkillashtirish   va   farzand
tarbiyasiga   nisbatan   ijodiy   munosabatni   rag‘batlantiradi.   Eng   muhimi,   o‘yin
insonning ijodiy salohiyatini shakllantiradi, uni san’atni idrok etishga tayyorlaydi,
uning   xulq-atvoriga   yengillik   va   mohirlik   baxsh   etadi.   O‘yinning   jozibadorligini
faqat ijod oliy shakllarining jozibadorligi bilan tenglashtirish mumkin.  Ijod.   Aksariyat   odamlar   ongida   ijod   tushunchasi   faoliyatning   hech   qanday
rejalari   va   andozalariga   bog‘lab   bo‘lmaydigan   sof   shaxsiy   jarayon   bilan
bog‘lanadi.   Ko‘pincha   u   alohida   odamlar,   daholar   anglash   mumkin   bo‘lmagan
tarzda ega bo‘ladigan qandaydir ilohiy in’om sifatida qaraladi. Ijodda hamma narsa
sirli va nomuayyan bo‘lib, u kundalik hayotga xuddi to‘fon yanglig‘  kirib keladi,
eskicha qarashlar, qotib qolgan andozalarni ag‘dar-to‘ntar qiladi. Ijodning mohiyati
nimada,   degan   azaliy   falsafiy   savolga   psixologlar   va   pedagoglar,   sosiologlar   va
tarixchilar, faylasuflar va san’atshunoslar  javob berishga harakat  qilganlar, ammo
ular ijod ustidagi sirli pardaning bir chekkasinigina ochishga muvaffaq bo‘lganlar.
Shunga qaramay  ijodni  ijodiy mehnat   mahsullari   natijalariga  muvofiq  ancha  aniq
tushuntirish mumkin; unga faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida prosessual tavsif
berish   mumkin;   ijodning   tabiati   haqidagi   savolga   javobni   ijodkorlarning   ruhiy
dunyosi, qobiliyatlari, dunyoqarashi va axloqiy mo‘ljallaridan ham izlash lozim. 
Mutlaqo   yangi   ijtimoiy   muhim   natijaga   erishish   ijodning   muhim   xususiyati
bo‘lib, u davomli tarixiy ahamiyat kasb etadi.  Zero, ijod hamisha o‘sish, qo‘shilish,
ilgari   dunyoda   mavjud   bo‘lmagan   yangilikni   yaratishdir.   Garchi   insonning   ijodiy
faoliyati   tabiat   materialiga   muhtoj   bo‘lsa-da,   u   to‘laligicha   tabiatda   allaqachon
mavjud   bo‘lgan   narsa   bilan   belgilanishi   mumkin   emas.   Ijod   mahsulida   material
bilan   belgilanmagan   yangilik   mavjuddir.   Ijodga   xos   bo‘lgan   betakrorlik,
nostandartlikni   faqat   asosiy   materialning   tor   chegarasidan   chetga   chiquvchi
ijodkorning o‘ziga xosligi  miqyosi bilan tenglashtirish mumkin. Ijod mahsulining
yangiligi tufayli uni oldindan rejalashtirish mumkin emas. Ibn Arabiy ijodni ulkan
muvaffaqiyatsizlik sifatida tavsiflaydi, chunki hatto mukammal mahsullarda ham u
ijodiy   g‘oyaga   kamdan-kam   holda   mos   keladi.   Bu   ijodning   o‘ta   shaxsiy   intim
jihatidir. Ijodkor shaxs imkoniyatlarining boyligini, odatda, ijod natijasining torligi
bilan taqqoslab bo‘lmaydi. 
Ijodiy   va   noijodiy   faoliyat .   Ijodiy   deb   hisoblash   mumkin   bo‘lgan   faoliyat
turlarini   aniqlash   imkonini   beruvchi   mezonlar   haqidagi   masala   murakkab
muammolardan   biri   hisoblanadi.   Odatda   ijod   deganda   san’at,   fan,   falsafa   bilan
shug‘ullanish  tushuniladi.   «San’at,  din,  falsafa  yoki  fanda  insonning  asl  mohiyati namoyon   bo‘ladi» 1
.   Bundan   ijod   bilan   alohida   iste’dodli   odamlargina
shug‘ullanishga   qodir   degan   xulosa   kelib   chiqadi.   Lekin   bu   fikrga   qo‘shilish
mushkul.   Psixologlar   ham,   turli   falsafiy   yo‘nalishlarning   namoyandalari   bo‘lgan
faylasuflar   ham   ijodga   nisbatan   bunday   yondashuvga   qo‘shilmaganlar.
N.A.Berdyaev  qullik  va  inson   erkinligi  haqida  mulohaza   yuritar   ekan,  ijod  elitar,
aristokratik   xususiyatga   ega   ekanligini   qayd   etgan   va   buni   madaniy   ijod   barcha
jabhalarda   komillikka,   oliy   sifatga   erishishga   intilishi   bilan   tushuntirgan.   Uning
fikricha, bu holni bilishda ham, san’atda ham, inson tuyg‘ulari madaniyatida ham
kuzatish mumkin. Haqiqat, go‘zallik, muhabbat miqdorga bog‘liq bo‘lmaydi, zero
ular sifatlardir. O‘z navbatida, tanlanishning aristokratik tamoyili elitani, ma’naviy
aristokratiyani   vujudga   keltiradi.   Ammo   Berdyaev   madaniy   elita   o‘z   qobig‘iga
o‘ralib   qolishi   mumkin   emasligini   qayd   etadi.   Zero,   har   qanday   guruhiy
aristokratizm   tanazzulga   yuz   tutishi   muqarrardir.   Madaniy   qadriyatlar   ijodi
insoniyatning   sifatsiz   ommasiga   darhol   tatbiq   etilishi   mumkin   bo‘lmaganidek,
madaniyatning   demokratiyalashuv   jarayoni   ham   yuz   bermasligi   mumkin   emas.
Haqiqiy ma’naviy aristokratizm o‘zining imtiyozliligini anglash bilan emas, balki
ommaga xizmat qilish burchini anglash bilan bog‘liqdir. Din mutafakkirlari ijodda
demokratik asosga boshqacha baho berganlar. Ular ijodda insonning ilohiy-insoniy
tabiati namoyon bo‘ladi, chunki odamlarni o‘ziga o‘xshatib yaratgan Yaratguvchi
–  Xudo   ularga  o‘z  ijodiy   dahosini   ham   hadya   etgan,   shu   sababli   ijod  har   qanday
faoliyat turida mavjud bo‘lishi mumkin, deb hisoblaganlar.
Darhaqiqat,   ijod   san’at,   fan,   falsafa   va   umuman   ma’naviy   faoliyat   doirasi
bilan   chegaralanmaydi.   U   faoliyatning   ishlab   chiqarish,   siyosat,   boshqaruv   yoki
oila-ro‘zg‘or kabi shakllarida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya berish,
muloqot   qilish,   bog‘   bunyod   etish   yoki   xonaki   o‘simliklar   yetishtirish   va   shu
kabilar ham ijod bo‘lishi  mumkin. Ayni  vaqtda, faoliyatning san’at  yoki  fan kabi
bir   qarashda   o‘ta   ijodiy   turlarida   eskilik   sarqitlari   va   qotib   qolgan   andozalar
mavjud bo‘lishiham mumkin. 
1 1
 Фейербах Л. Избранные философские произведения. Т. 1. – М., 1955. – 232-б.  Ijodkor   shaxs   faoliyati .   Ijodning   ichki   asoslari   qatoriga   odatda   shaxsning
qobiliyati va faoliyat motivlari kiritiladi. Bu asoslar  yagonadir: ijodiy qobiliyatlar
muvaffaqiyat   negizi   hisoblanadi,   lekin   ular   motivasiya   orqali   ro‘yobga   chiqadi.
Ijod qilish qobiliyati ko‘p sonli fazilatlar bilan tavsiflanadi. Ijodkor shaxs o‘z aql-
zakovatining   teranligi,   mustaqil   fikrlashi,   tafakkurining   o‘ziga   xosligi,   bashorat
qilish   qobiliyati,   zehnining   o‘tkirligi,   tasavvuri   va   intuisiyasining   kuchliligi,
mehnatda   tirishqoq   va   intiluvchanligi,   o‘ziga   nisbatan   tanqidiy   munosabat   va
murosasizlik,   yuksak   axloqiy   fazilatlar   bilan   ajralib   turadi.   Ijodiy   qobiliyatlar
insonga   vaziyat   travial,   «muammosiz»   bo‘lib   tuyulgan   joyda   muammoni   ko‘rish
imkonini   beradi,   bundan   yangi   motivasiya   paydo   bo‘ladi   va   u,   dastlabki   tarzda
qo‘yilgan   vazifadan   qat’iy   nazar,   ichki   da’vatkor   motivga,   faoliyatda   ehtiyojga
aylanadi.   Ijodkor   o‘zining   ayni   shu   –   kutilmagan   va   salmoqli   natijaga   erishish
qobiliyati bilan ajralib turadi. 
Ijodkor   shaxsning   ayniqsa   keng   tarqalgan   tavsifi   «qobiliyatli»,   «iste’dodli»,
«daho»  tushunchalarida  beriladi.  Mazkur   belgilar  zamirida  qobiliyatning  shunday
tabiiy   nishonalari   yotadiki,   ularning   rivojlanish   darajasi   (bunga   esa   faqat   qizg‘in
faoliyat   bilan   erishiladi)   ijodiy   natijaning   ahamiyatini   belgilaydi.   Qobiliyat
muayyan   turdagi   vazifalarni   boshqalarga   qaraganda   yaxshiroq   yechish
imkoniyatini  beradi.  Iste’dod  yangi,  o‘ziga  xos  natijaga   erishishni  nazarda  tutadi,
daholik esa shaxs va uning ijodiy yutuqlari madaniyatning rivojlanishiga davomli,
olamshumul va ijobiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. 
Emosional faollik, ijod jarayonida ijobiy emosional holatlar bo‘rtib ko‘rinishi
ijodning   o‘ziga   xos   xususiyati   hisoblanadi.   Ko‘tarinki   ruh,   kayfiyat   vazifalarning
yechimlarini   tirishqoqlik   bilan   izlashga   rag‘batlantiradi   va   pirovard   natijada   yuz
beradigan   insayt   (fikrning   ravshanlashish)   lahzalarini   belgilaydi.   Bunda
izlanayotgan natija ijodkor tafakkurida xuddi chaqin chaqqandek bir lahzada paydo
bo‘ladi,   mushkul   masalalarni   yechish   imkonini   beruvchi   mutlaqo   yangi   g‘oya
yuzaga   keladi.   Psixologiyada   insayt   muhim   munosabatlar   va   umuman   vaziyatni
tuyqusdan va o‘tmishda olingan tajribaga bog‘liq bo‘lmagan holda tushunish orqali
muammoni   ongli   tarzda   yechish   sifatida   tavsiflanadi.   Emosional   ta’sirlanish ijodkor   tafakkuriga   kuchli   turtki   beradi   va   uning   sintez,   tahlil   qilish,
umumlashtirish qobiliyatlarini faollashtiradi. 
Psixologlar   ijodiy   faoliyatning   o‘ziga   xosligini   motivasiyaning   o‘zgarishi,
yangi   niyatning   paydo   bo‘lishida   ko‘radilar.   Bu   omillarga   ular   ijodning   o‘ta
muhim   xususiyati   sifatida   qaraydilar.   Zero   ijod   shaxsning   yuzaga   kelgan
stereotiplarni   buzish,   standart   vaziyatdan   chiqishning   o‘z   yo‘lini   ko‘rish
qobiliyatini   nazarda   tutadiki,   bu   dastlabki   qo‘yilgan   vazifa   va   uni   yechish
vositalari   chegarasidan   chetga   chiqishni   belgilaydi.   Shaxsning   intellektual
salohiyati,   uning   mustaqillik,   faollik,   izchillik   kabi   irodani   tavsiflovchi   fazilatlari
ijodning   zaruriy   subektiv   omillaridir.   Ammo   bu   salohiyatni   faqat   kuchli
motivasiyagina   harakatga   keltirishi   mumkin.   Bu   tashqi   zaruriyatdan   xoli   ichki
mayl,   faoliyatga   birdan-bir   maqsad   sifatida   ehtiyoj   bo‘lishi   lozim.   Hamonki
faoliyat insonning tabiiy holati ekan, unga, amalda foydali natijadan qat’iy nazar,
birdan-bir maqsad sifatida ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Bunday ehtiyoj shaxs uchun
o‘z-o‘zidan   muhim   bo‘lgan   har   qanday   amaliy,   odatdagi   faoliyat   jarayonida
yuzaga kelishi mumkin. 
Ijod mehnat va o‘yin sifatida . Ijodning o‘ziga xos xususiyati uni o‘yin bilan
yaqinlashtiradi.   Zero   o‘yinga   intilish   shaxsning   tashqi   emas,   balki   ichki   beg‘araz
motivlari,   uning   o‘yin   faoliyatidan   lazzatlanish   bilan   bog‘liq   intim   mayllari   bilan
belgilanadi.   Bizning   nazarimizda,   ijodiy   faoliyat   va   o‘yin   mexanizmlari
umumiydir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘yin «jiddiy» faoliyatning o‘ziga xos
ko‘rinishi   hisoblanadi.   Har   qanday   faoliyat   qarama-qarshi   ehtiyojlar:   amaliy
natijaga   erishishga   bo‘lgan   ehtiyoj   yoki   faoliyat   bilan   shug‘ullanishga   bo‘lgan
ehtiyoj   mahsuli   bo‘lishi   mumkin.   Ijod   faoliyatning   shunday   bir   turiki,   u   mazkur
omillarning ikkalasi bilan ham u yoki bu darajada belgilanishi mumkin. 
M asalan,   talabalarda   o‘qishdan   maqsad   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Ayrimlar
kasb o‘zlashtirishni  xohlaydi  va o‘z qiziqishlarini asosan  ayni shu kasbga tegishli
fanlarga qaratadi. Kimdir «diplom uchun» o‘qiydi va «imtihonni topshirish» uchun
darslikni   qo‘lga   olishga   o‘zini   katta   qiyinchiliklar   bilan   majbur   qiladi.   Yana   bir toifa   talabalar   bilish   jarayonining   o‘zidan   lazzat   oladi.   Ayni   shu   talabalar   avvalo
fanda ijodkor shaxslarning real zahirasi sifatida qaralishi mumkin. 
Lekin olimning bilish faoliyati ham yo oldindan belgilangan maqsadlar bilan
chegaralangan,   fanga   nisbatan   tashqi   amaliy   vazifaga   bo‘ysundirilgan,   yo   ichki
omil   –   bilish   faoliyati   bilan   shug‘ullanish   ehtiyojining   mahsuli   bo‘lishi   mumkin.
Bu   holda   bilish   insonga   faoliyatning   o‘zi   bilan   lazzat   baxsh   etadigan   ijodiy
kuchlarning   beg‘araz   o‘yini   sifatida   idrok   etiladi.   Boshqa   olimlar   e’tiborga   loyiq
emas deb qaragan muammoli vaziyatni mustaqil aniqlash aksariyat hollarda bilish
faolligiga   turtki   beruvchi   omil   hisoblanadi.   Sirtdan   berilgan   turtki   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan ayni shu faoliyat intellektual faollikning muhim belgisidir. 
Har   qanday   faoliyatga   shunday   tavsif   berish   mumkin.   Masalan,   insonning
ishlab chiqarish faoliyati, xususan jismoniy mehnat ijtimoiy muhim vazifalarni hal
qilishga,   odamlarning   moddiy   ehtiyojlarini   qondirishga   bo‘ysundirilgan.   Mehnat
faoliyatida   shaxs   o‘z   intilishlari   va   kuchlari   o‘yinini   o‘z   mehnatining   sirtdagi
maqsadi,   predmeti   va   mahsuliga   bo‘ysundirishi   lozim.   Ammo   bunyodkorlik
mehnati   mehnatga   bo‘lgan   ehtiyojni   sirtda   namoyon   etish   zaruriyatidan   xoli
bo‘lishi   ham   mumkin.   Bunday   mehnat   insonning   kayfiyatini   ko‘taradi,   unga
quvonch   baxsh   etadi.   Obektiv   muhim   va   ayni   vaqtda   shaxs   tomonidan   kiritilgan
yangi narsa yaratuvchi ijodiy mehnatda faoliyatning o‘ziga xos, obektiv va shaxsiy
ahamiyati   to‘la   mos   kelishi   mumkin.   Bu   holda   shaxs   ijodiy   kuchlari   o‘yin   orqali
o‘ziga   keng   yo‘l   topadi.   Albatta,   o‘yinni   o‘z   ichiga   olgan   mehnat   o‘zining   asl
mohiyatini   yo‘qotmaydi.   Lekin   ijodiy   mehnatga   xos   bo‘lgan   o‘yin   omili   shaxs
o‘zlashtirgan   ajdodlar   tajribasi   bilan   uning   o‘z   tajribasi   o‘rtasida,   faoliyatning
qat’iy   qoidalari   bilan   ularning   ayni   lahzada   qo‘llanilishi   o‘rtasida,   bevosita
erishiladigan   amaliy   maqsad   bilan   dastlabki   qo‘yilgan   maqsaddan   behad   ortiq
bo‘lgan   shaxsiy   motivasiya   o‘rtasi   erkin   bog‘lanishlar ni   yuzaga   keltirib,   fikrlash
jarayonini faollashtiradi. 
Ijod   va   o‘yin   umumiy   psixologik   mexanizmga   ega   bo‘lsa-da,   lekin
ularning ijtimoiy tabiati  har  xildir.   Ijodning o‘yindan muhim  farqi  shundaki, u
ijtimoiy   ahamiyatga   molik   mahsulot   yaratishni   nazarda   tutadi,   bu   esa   insondan fidokorona   mehnat   qilishni   taqozo   etadi.   Sirtdan   biron-bir   tazyiq   insonni   ijodiy
mehnat   qilishga   majburlay   olmaydi.   Faqat   o‘yin   jihati,   amaliy   natijadan   qat’iy
nazar faoliyatning o‘zidan lazzat olish omili sifatida, shaxs o‘z qobiliyatlarini to‘la
ro‘yobga   chiqarishiga   zamin   yaratadi.   Maqsadga   muvofiq   va   o‘ziga   to‘q,   amalda
foydali   va   noamaliy   mehnat   va   o‘yinning   inson   faoliyatida   namoyon   bo‘lish
darajasi   individualdir.   Ijodiy   faoliyatning   har   bir   natijasi   umuminsoniy
madaniyatga qo‘sh iladigan  hissa  sifatida be takrordir. 
Ijodiy   faoliyat   obektiv   va   shaxsiy   ahamiyatining   mos   kelishigina   mazkur
faoliyat   natijalarining   umuminsoniy   va   davomli   ahamiyatini   belgilaydi.   Haqiqiy
ijod shaxs ijtimoiyligining, u ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga qaratilganining oliy
tajassumi hisoblanadi. Ijodkor o‘z ijodida o‘z shaxsi dan , o‘zidan uzoqlashadi. Ijod
shaxsiy   xususiyat kasb etadi . Ijod hamisha o‘zini qurbon keltirishni nazarda tutadi.
Ijod doimo o‘z imkoniyatlari doirasidan, o‘zining tor shaxsiy borlig‘i chegarasidan
chetga chiqishdir. Ijodkor  panoh topish haqida o‘ylamaydi, uni  faqat  oliy insoniy
qadriyatlar o‘ziga tortadi. 
Shunday qilib,  ijod  – bu  nafaqat  madaniyat  predmetlarini   yaratish,  balki  har
qanday   inson   hayotini   tashkillashtirish   hamdir.   Hamonki   ijodni   oqilona
tushuntirishda   qiyinchiliklar   yuzaga   kelar,   uni   oqilona   qayd   etilgan   qoidalarning
muayyan   to‘plami   sifatida   tavsiflash   mumkin   emas   ekan,   inson   ijodda   yangilikni
yaratish   omili   sanalgan   o‘z   individualligiga   tayanishi   lozim.   Shu   bois   o‘zlikni
saqlash,   o‘z   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarish   har   bir   insonning   vazifasi   va
burchidir. Ijod insonni o‘z-o‘zini bilishga da’vat etadi. Bu jarayon muqarrar tarzda
o‘zini   o‘zi   kamolotga   yetkazish,   o‘zini   ijodkor   sifatida   namoyon   etish   bilan
yakunlanadi.   Lekin   ayni   vaqtda   inson   o‘zligini   saqlab,   so‘zning   eng   yuksak
ma’nosidagi   umuminsoniy   qadriyatlarga   o‘zining   daxldorligini   namoyish   etishi
lozim.   Ijod   insonni   o‘ziga   to‘la   jalb   qiladi,   uning   bor   kuchini   sug‘urib   oladi   va
ularni   inson   hayotining   mazmuniga   aylangan   ishga   bag‘ishlashga   da’vat   etadi.
Inson o‘z imkoniyatlari darajasidan ortiq bo‘lgan dunyo qarshisida doimo ochiqdir.
Bu   esa   dunyo   bilan   o‘zaro   aloqa   qilishning   yangi   usullarini   kashf   etish   uchun
cheksiz imkoniyatlar yaratadi.  6- MASALA.   Inson   faoliyatini   tartibga   solishning   ahamiyati.
Faoliyatning   ijtimoiy   va   shaxsiy   ahamiyati   uni   tartibga   solish,   individ,   jamoa   va
umuman  jamiyat   faoliyatini   boshqarish   muammosini   kun  tartibiga  qo‘yadi.  Inson
faoliyatini   boshqaruvchi   mexanizmlarni   shartli   ravishda   ikki   turkumga:   ichki   va
tashqiga  ajratish  mumkin.  Faoliyatni  tartibga solishning   ichki  mexanizmlarini  biz
uning   asosiy   atributlarini   o‘rganish   jarayonida   ko‘rib   chiqdik.   Bu   maqsadni
belgilash,   motivasiya,   shaxsning   fe’l-atvorini   tavsiflovchi   xususiyatlar   –   uning
mijozi,   xarakteri,   irodasi,   xullas,   maqsadlar   va   ularga   erishish   vositalarini
tanlashni,   shuningdek   faoliyat   uslubini   belgilaydigan   shaxsning   barcha
xususiyatlaridir. 
Xulq-atvorni tartibga solishning ichki mexanizmlari qatoriga ideallar va didni
ham   kiritish   lozim.   Ideal   –   barkamollik   va   yetuklikning   xayoliy   obrazi,
odamzotning   inson   va   tabiat,   inson   va   inson,   shaxs   va   jamiyat   munosabatlarini
tartibga   solish,   kamolotga   yetkazish,   uyg‘unlashtirishga   bo‘lgan   ehtiyojlarining
ma’naviy   ifodasi.   Ideal   tartibga   solish   funksiyasini   bajaradi,   u   inson   amalga
oshirishga   o‘z   hayotini   baxshida   etishga   tayyor   bo‘lgan   strategik   maqsadlarni
belgilash imkonini beradi. 
Did   –   shaxsning   borliq   hodisalariga   bo‘lgan   munosabatini   belgilaydigan
estetik   komillikning   o‘ziga   xos   me’yori.   Insonning   didiga   qarab   uning   tajribasi,
san’atga   oshnoligi,   badiiy   ijod   durdonalarining   murakkab   va   rang-barang
dunyosida   mo‘ljal   olish   imkonini   beruvchi   bilim   va   ko‘nikmalari   haqida   xulosa
chiqarish mumkin. Didning hukmi go‘zal va xunuk, fojeaviy va kulgili, yuksak va
tuban   kabi   kategoriyalar   bilan   ish   ko‘radi.   Didning   o‘ziga   xosligi   shundaki,   u
tuyg‘ularga tayanadi va mantiqiy asoslashni talab qilmaydi.  Q adimgi mutafakkirlar
didning   tavsifida   uning   asosiy   qarama-qarshiliklariga   duch   kelganlar:   did
individual,   insonning   shaxsiy   ichki   tuyg‘usi   bilan   bog‘liq   va   ayni   vaqtda
umumiydir;  did  o‘ta  shaxsiy   va subektiv  hisoblanadi,  lekin  u umumiylik ka   da’vo
qiladi.   Didda   sezish   va   tushunishning   qarama-qarshiligiga   ham   duch   kelish
mumkin.   Did,   xulq-atvor   tarzida,   turmush   va   bo‘sh   vaqtni   tashkil   etishda,   san’at
asarlariga bo‘lgan munosabatda, kiyinish uslubida namoyon bo‘ladi.  Faoliyatni   tartibga   solish   mexanizmlari.   Faoliyatni   tartibga   solishning
umumiy   mexanizmlari   qatoriga   insonning   dunyoga   va   o‘z-o‘ziga   bo‘lgan
munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat
qiladigan   rang-barang   ijtimoiy   qadriyatlar   va   me’yorlarni   kiritish   lozim.   Xulq-
atvor,   odatlar   va   an’analarning   ijtimoiy-madaniy   me’yorlari,   qoidalarining
mavjudligi   va   rivojlanishi   inson   faoliyatini   tartibga   solish   omili   hisoblanadi.
Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi
va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning
moslashuvini   ta’minlaydi,   ijtimoiy   jarayonning   uzlyuksizligini   ta’minlovchi
mexanizm   hisoblanadi.   Mazmuni,   ijtimoiy   mustahkamlash   usullari   va   ijtimoiy
funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi. 
Faoliyat   maqsadlari,   vositalari   va   usullarini   qat’iy   belgilovchi   qoidalarning
butun   bir   turkumi   mavjud.   Bu   qoidalar   ijtimoiy   amaliyotda   yaratilgan   narsalar
dunyosini   va   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   dunyosini   o‘zgartirish   usullarini
mustahkamlashga   xizmat   qiladi.   Bular   standartlar   -   muayyan   ishni   bajarishda
qat’iy   rioya   qilish   lozim   bo‘lgan   sifat,   shakl   va   o‘lchamning   qat’iy   belgilangan
namunasi; qoidalar   -   tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi
ko‘rsatmalar;   etalonlar   -   faoliyatda   mo‘ljal   sifatida   foydalanish   lozim   bo‘lgan
qat’iy   belgilangan,   standartlashtirilgan   qadriyat lardir .   Inson   faoliyatini   tartibga
solishni   ta’minlovchi   ijtimoiy   me’yorlar   tizimida   huquq   normalari   va   axloq
me’yorlari alohida o‘rin egallaydi. 
Huquq va axloq . Huquq - davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov
kuchiga   tayanadigan   xulq-atvor   umumiy   normalarining   majmui.   Axloq   ham
jamoatchilik   fikri ,   ya’ni   qilmishni   ma’qullash   yoki   qoralash   bilan
mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir. 
Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar
mazmuni,   normativ   talablarni   mustahkamlash   usullari,   ularning   shaxs   xulq-
atvoriga   samarali   ta’siri   darajasiga   ko‘ra   ajralib   turadi.   Axloq   va   huquq
normalarining   mazmuni   o‘rtasida   jiddiy   farq   mavjud   emas .   M asalan,   «o‘g‘rilik
qilma»   -   bu   ham   axloqiy   qoida,   ham   huquq   normasidir.   Ammo   huquq   normalari o‘z tartibga solish doirasi bilan axloq me’yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlarning   ulkan   hajmini   to‘la   qamrab   olmaydi.   Masalan,   oilaviy
munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini
yuklaydi,   lekin   ota-onani   bir-birini   sevish,   bir-biriga   g‘amxo‘rlik   qilishga
majburlamaydi.   Huquq   va   axloq   o‘rtasidagi   farqni   ular   ko‘rsatadigan   ta’sirning
samaradorlik   darajasida   ham   ko‘rish   mumkin.   Bizning   nazarimizda,   davlat
majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo
muayyan   sharoitda   inson   uchun   huquq   axloqiy   me’yorlar   nufuzi   qarshisida   ojiz
bo‘lishi   mumkin.   Bu   hol   shaxsning   qadriyatlarga   munosabati   mazmuni   bilan,
muayyan   inson   qaysi   axloqiy   qadriyatlarga   tayanishi,   shuningdek   u   yashaydigan
muhit,   ya’ni   individ   fikrini   qadrlaydigan   referent   guruhning   qandayligi   bilan
belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish
jamoasi   yoki   maktab   (talabalar)   guruhining   nufuzi   muhim   ahamiyat   kasb   etishi
mumkin,  boshqa  shaxs  uchun   esa  diniy  sekta   yoki   jinoiy  guruh  a’zolarining  fikri
ustunlik qilishi mumkin. 
Yuqorida   ta’kidlab   o‘tganimizdek,   axloq   jamoatchilik   fikriga   tayanadi.
Ammo  inson   xulq-atvoriga   baho   berish   juda   mushkul   ish,   chunki   uning   zamirida
muayyan   sabablar   yotadi,   u   muayyan   sharoitda   sodir   etiladi,   obektiv   oqibatlarga
olib   keladi   va   maqsadga   erishishning   muayyan   vositalarini   tanlashni   nazarda
tutadi.   Jamoatchilik   fikri   shaxs   xulq-atvoriga   baho   berishda   ijtimoiy
mustahkamlangan   axloq   me’yorlariga   amal   qiladi,   shaxs   esa   axloq   haqidagi   o‘z
tasavvurlaridan   kelib   chiqadiki,   ular   umumiy   e’tirof   etilgan   me’yorlardan   ancha
farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq
solsa,   boshqa   bir   individ   umumiy   qabul   qilingan   axloqiy   tasavvurlarga   qarab
mo‘ljal   oladi,   ya’ni   «har   qanday   vijdonli   odam»   kabi   ish   ko‘radi.   Birinchi   yoki
ikkinchi   individning   qilmishini   axloqiy   deb   hisoblash   mumkinmi?   Agar   birinchi
individ   vijdonining   ovozi   umuminsoniy   axloqiy   tamoyillarga   mos   kelsa,   uning
qilmishiga   axloqiy   jihatdan   shubhali,   murosasoz   va   qo‘rqoq   shaxs,   chunki   uning
qilmishi   jamoatchilikning   qoralashidan   qo‘rqish   bilan   izohlanadi.   Sirtdan
belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki   Tangri   la’natidan   qo‘rqish   emas,   balki   shaxsning   ichki   mayli   axloqiy
qilmishning muhim belgisi hisoblanadi.  FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

FALSAFIY ANTROPOLOGIYa (INSON FALSAFASI) Reja: 1.Inson borligining uziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari. Ongsizlikning tabiati. 2. Antrop tamoyil - inson borligiga oid zamonaviy metodologik vosita. 3 Shark va Garb falsafasida inson muammosi Falsafiy antropologiyaning paydo bulishi va rivojlanishi,predmeti va vazifalari. 4.Insonga introvertiv va e kstrovertiv yondashuvlar,biologizatorlik va sosiologizatorlik konsepsiyalari.Passionar, subpassionar va muvofik odamlar xakidagi ta’limot 5 . Xayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Xayotni tark etish boskichlari. Suisid va parasuisidning oldini olishda tarbiyaning roli. 6.Inson borligida uzlikni anglashning namoyon bulishi.Inson borligida faoliyatining tuzilishi va atributlari. 7.Inson faoliyatini tartibga solish mexanizmlari va uning axamiyati. Faoliyatni tashkil kilishda xukuk va axlok uygunligi

Inson falsafiy muammo sifatida . Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma’naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. F aylasuflar inson sirining tagiga yetish borliq jumbog‘ining tagiga yetish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar .Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi” 1 . O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab yuradigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan «O‘z-o‘zingni angla», degan ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan yechishga harakat qiladigan o‘ta murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 1 1 А л-Фаробий Философия политики . – М. : 1989. – С.529 .

Tarixga boshqa ko‘p sonli iboralar ham ma’lum bo‘lib, ular vaqt, madaniyat va diniy e’tiqoddan qat’iy nazar, inson barcha zamonlarda butun dunyo mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lgani va hozir ham shunday ekanligi, tayanch nuqtasi va hatto bilish mezoni bo‘lib xizmat qilishidan dalolat beradi. Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, «boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir». Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. I slomda «Kimki o‘zini bilsa, u o‘z Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab yetadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqarida esa – nisbiy borliq namoyon bo‘ladi. Falsafa tarixida inson muammosi . Antik davrdan boshlab insonga bo‘lgan qiziqish dam kuchayib, dam ma’lum vaqt pasayib turgan, lekin hech qachon yo‘qolmagan. «Inson nima?», degan savol bugungi kunda ham avvalgidek jahon falsafasidagi o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, insoniyatning eng o‘tkir aql-zakovat sohiblari e’tiboridan tushmay va ayni vaqtda o‘zining uzil-kesil, umumiy e’tirof etilgan yechimini topmay kelmoqda. Inson har safar mutafakkirlar diqqat markazidan o‘rin olar ekan, uning mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va yangicha nuqtai nazardan anglab yetishga harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida insondan murakkabroq va ziddiyatliroq predmet yo‘q, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Inson barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos, betakror va barkamol mavjudot – cheksiz mikrokosm sifatida ham, inson tabiatining norasoligi va buzuqligi tufayli halokatga mahkum bo‘lgan tabiat xatosi sifatida ham, Xudo yaratgan banda sifatida ham, boshqa odamlar faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin qilinadi. Xususan, Sharq mutafakkiri A.Beruniy jahon

fanida birinchi marta inson va tabiat, odam va olam o‘rtasidagi munosabatlarni dunyoviy fan nuqtai nazaridan o‘rganadi. U “odamlar tuzilishining rang, surat, tabita va axloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, odam yashaydigan joylarning turlichaligi hamdir. Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hoxishlarni ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilishidir. Uzoq zamonlar o‘tishi bilan bu iboralar ko‘payib, yodda saqlangan va takrorlanish natijasida tarkib topib, tartibga tushgan” 1 , deb hisoblaydi. Demak, Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari surati va siyrati bevosita tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi. “Inson o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab tanaga egadir. Insonning tanasi bir-biriga qarama-qarshi qismlardan iborat bo‘lib, bu qismlar tobelik kuchi asosida birlashgan” 2 . Beruniy fikricha, hamma odamlarda o‘zaro bir- biriga o‘xshash va ayni paytda farq qilib turadigan jihatlar mavjud. Ibn Sino, “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi” 3 , deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim bunnig uddasidan chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin” 4 . Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudod. Yolg‘izlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, 1 Беруний А. Танланган асарлар. 1 жилд. –Т.: Фан, 1968.-Б.16-17. 2 Қаранг: Ирисов А. Абу Райхон Беруний ҳикматлари. -Т.: Ёш гвардия, 1973. –Б.40-43 3 Ибн Сина. Данишнамэ. -Душанбе.: 1957.-С..59 4 Форобий. Фозил одамлар шаҳри. -Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. –Б.69

yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik nuqtai nazardan yondashgan Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan «Inson- mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri (1709-1751) ilgari surgan g‘oyalar bilan to‘qnashadi. Boshqa bir mashhur fransuz faylasufi – R.Dekart (1596-1650) asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay o‘zgacha yondashuvga duch kelamiz. U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. «Inson, u uzoq vaqt o‘ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning o‘ziga va cho‘qqisi bo‘lib, bu ancha go‘zalroqdir» 5 , deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881-1955). Unga zid o‘laroq, A.Shopengauer (1788-1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi. Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir obektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson :  «aqlli mavjudot»;  «siyosiy hayvon»;  «tabiat gultoji»;  «hayotning boshi berk ko‘chasi»;  «hayotning soxta qadami»;  «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;  «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;  «ma’naviy va erkin mavjudot» va h okazolar sifatida talqin qilingan. 5 Тейяр де Шарден П. Феномен человека. -М.: 1987.-С.40