logo

Falsafiy tafakkur tarakkiyotining asosiy boskichlari Shark falsafasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

87.9228515625 KB
Falsafiy tafakkur tarakkiyotining asosiy boskichlari: Shark falsafasi 
Reja:
1.Kadimgi   Sharkda   asotiriy   tassavurlar   va   falsafiy   bilimlarning   paydo
bulishi.Misr va Bobil va  falsafiy maktablari
2.Kadimgi xindistonda falsafiy maktablar
3.Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
4.Shark   panteizmi   va   perpatetizmi   Shark   mutafakkirlari   :   Abu   rayxon
Beruniy,   Abu   nasr   Faobiy,Ibn   Sinoning   ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy   –axlokiy
ta’limotlari
5.Temuriylar   sulolasi   davri   :Abduraxmon   Jomiy   va   Alisher   Navoiy   ijodida
gumanizm
6.XIX   acr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Markaziy   Osiyoda   ilgor   ijtimoiy-
siyosiy fikrlar .
7.Shark   istilosi   bilan   boglik   uygonish
xarakatlari :osiyosentrizm,panturkizm,panislomizm,marivatparvarlik va jadidchilik
ta’limotlari
. 8.XX-XX1 asr uzbek falsafasi
      Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   «Fidokor»   gazetasini   muxburining
savollariga   bergan   javoblarida   ta’kidlaganidek:   «Biroq   bizda   haligacha   falsafa
bo‘yicha   talab   darajasidagi   darsliklar   «Jahon   falsafasi»,   «Sharq   falsafasi»   kabi
zarur   kitoblar   yaratilmayotganligini   qanday   izohlash   mumkin?   Dunyo   tan   olgan
ko‘p   ulug‘   faylasuflarning   asarlari   hanuzgacha   o‘zbek   tilida   nashr   etilmagani
tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, yoshlarimiz ularning g‘oyaviy qarashlari bilan
yaxshi tanish emas. Suqrot va aflotun, Nisshe va Freyd kabi   olimlarning, hozirgi
zamon   chet   el   faylasuflarning   kitoblarini   ham   tushunarli   qilib,   izoh     va   sharhlar
bilan   o‘zbek   tilida   chop   etish   mumkin   bo‘lmasa?»   Haqiqatdan   ham   Birinchi
Prezidentimiz   I.Karimov   e’tirof   etganidek,   o‘zbek   tilida   hind   falsafasi,   Xitoy
falsafasi,   Yunon   falsafasi   va   hozirgi   zamon   chet   el   faylasuflarining   asarlaridan
deyarli tarjima qilinmaganligi achinarli hol.
Mustaqillik   sharofati   ila   falsafa   sohasida   ancha   ishlar   amalga   oshirildi.
Darsliklar,   o‘quv   qo‘llanmalar   hamda   ma’ruza   matnlari   chop   etildi.   Ammo   chop
etilgan darsliklar o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruza matnlari ham ayrim kamchilik va
nuqsonlardan   xoli   bo‘la   olmaganligini   tan   olishimiz   kerak.   Jamiyat     taraqqiyoti
natijasida   kishilarning   hayotiy   faoliyatlari   kengayib,   aqliy   zakovati   ham   boyib
borishi tabiiy jarayon.
Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o‘ziga xos
yo‘lni   tanlab,   o‘z   davri   nuqtai   nazaridan   tahlil     qilib   kelgan.   Mifologik   va   diniy
dunyoqarash   zaminida   paydo   bo‘lgan   falsafiy   dunyoqarash   insonlar   ma’naviy
hayotining   yangi   bosqichiga   ko‘tarildi,   natijada   dunyoni   aql   ko‘zi,   tafakkur
salohiyati     bilan   o‘rganish   boshlandi,   ya’ni   dunyoni   ilmiy   tushunishning   zamini
yaratildi.   Falsafa   tarixida   bir-biriga   o‘xshamagan,   hatto   bir-biriga   qarama-qarshi
bo‘lgan   qarashlar,   tizimlar,     fikrlar   paydo   bo‘lsa-da,   ularning   hammasi   falsafiy
tafakkurning rivojlanishida biror darajada xizmat qilgan.
Sharq   qadimiy   madaniyat   o‘chog‘i   va   jahon   sivilizasiyasining   beshigi   deya
bejiz   ta’riflanmagan.   G‘arb   madaniyati   tarixini   o‘rganish   jarayonida
Yevropasentrizm   nazariyasiga   og‘ib   ketish   g‘ayriilmiy   bo‘lgani   kabi     masalaning Sharq   bilan   bog‘liq   jihatini   tahlil   etganda     ham   Osiyosentrizm   g‘oyalari   ta’siriga
tushmaslik lozim. 
Shu   bilan   birga,   Sharqning     o‘ziga   xosligi,   unga   mansub   bo‘lgan   madaniy
taraqqiyot   jahon   sivilizasiyasining   beshigi,     dunyo   xalqlari   rivojiga     qo‘shilgan
munosib   hissa   ekani   ham   sir   emas.   Bu   hol     jahonning   barcha   xolis     mutaxassis
olimlari   tomonidan   e’tirof   etiladi.   Qolaversa,   Vatanimiz   sivilizasiyasining     sharq
sivilizasiyasi   quchog‘ida   voyaga   yetgani   va   uning   qadriyatlarini   o‘zida   aks
ettirganini,   unga     va   butun   dunyo   madaniyatiga   ulkan   ta’sir   ko‘rsatganini   doimo
esda tutish darkor.
Sharq   madaniyati   taraqqiyotining   ilk   davrlari     deganda,     ko‘pgina
mutaxassislar   bizning   Vatanimiz     o‘tmishini,   Misr,   Bobil   va   insoniyat   tarixining
eng   qadimgi   sivilizasiyalaridan   biri   bo‘lgan   Shumer   davrlarini   esga   oladi.
Bularning har biri insoniyat   tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga
xosligi,  boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda  namoyon bo‘lishi
bilan tavsiflanadi.   Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi   jarayonida
«Eng qadimgi tarix»  darsliklari  orqali  ma’lumot berilgan.   Zukko talabalar o‘sha
davrlarda   qanday   siyosiy   jarayonlar   kechgani,   qanday     podsholik   va   imperiyalar
bo‘lganini   yaxshi   biladi.   Biz   bugun   o‘sha   davrlardagi   falsafiy     dunyoqarash,
qadimgi   ajdodlarimizning   fikr-mulohazalari,   o‘ziga   xos   ta’limotlarning   asosiy
tamoyillari   bilan   yaqinroq   tanishmoqchimiz.   Ko‘xna   Sharq   sivilizasiyasining
beshiklaridan biri   bo‘lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos
dehqonchilik   an’analari   boshlangan   Nil   daryosi   bo‘ylaridagi   madaniyat   dunyo
olimlari diqqatini  tortib keladi.
Bizlarga   ma’lumki   Qadimgi   Sharq   va   antiq   dunyo   falsafasi   dastavval
mifologik dunyoqarash tarzida vujudga kelganligini bilamiz.
Shuningdek,     Qadimgi   Sharq   va   antik   dunyo   falsafasining   shakllanishi   va
taraqqiyotining   o‘ziga xos umumiy va xususiy jihatlari va qonuniyatlari mavjud.
Ularga   xos   bo‘lgan   umumiy   qonuniyat:   sharqda   ham   antik   dunyo   falsafasi   ham
yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek mifologiyaga asoslanadi. Falsafa   ma’lumki   mifologik   dunyoqarash   voqealikning   xayoliy     in’ikosi
sifatida   asosan   qadimgi   davr   kishilari     uchun   xarakterlidir.   Qadimgi   kishilar   bu
afsona   va   voqealarni   umumlashtirib,   ularni   xayoliy   shakllarda   tasvirlaganlar.
Mifologik   dunyoqarashda   tabiat   kuchlari   alohida   jonli   vujudlar   ko‘rinishida
jonlantirib tasvirlanadi.   Shuning bilan bir qatorda falsafiy masalalar ham vujudga
kela   boshlaydi.   Falsafiy   dunyoqarash   ko‘r-ko‘rona   e’tiqodlar,   xayoliy   obrazlar
to‘g‘risidagi   tasavvurlar   va   tushunchalarga   emas,   balki   borliqqa   munosabati
to‘g‘risidagi   erkin,   tanqidiy   va   ayni   vaqtda   umumlashmalarga   asoslanib,   olam
qanday vujudga kelib, qanday rivojlanadi;  hayot va o‘lim o‘zi nima kabi masalalar
bilan   bir   qatorda   yaxshilik   va   yomonlik,   adolatlatlilik   va   adolatsizlik   singari
umuminsoniy   qadriyatlarni   ishlab   chiqish   kabi   masalalar   bilan   ham   Sharq,   ham
antik dunyo falsafasi shug‘ullanib kelgan.
Qadimgi   antik   dunyo   falsafasi   to‘g‘risida   fikr   yuritar   ekanmiz,   uning
eramizdan   oldingi   birinchi   ming   yillikda   Qadimgi   Xitoy,   Hindiston   va
Yunonistonda   vujudga   kelgan   sivilizasiya   bilan   bog‘liq   zkanligini   aytib   o‘tish
kerak.   Eramizdan   oldingi   VI   asrlarda   eski   ijtimoiy   hayotning   buzilib,   yangicha
yashashning   boshlanishi,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy   zamin,   shuningdek   ma’naviy
imkoniyatlarning vujudga kelishi bilan Qadimgi davr sivilizasiyasi natijasi o‘laroq
dunyoni   chuqurroq   va   atroflicha   o‘rganishni   o‘z   maqsadi   qilib   qo‘ygan   falsafiy
dunyoqarash paydo bo‘ldi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
a)   taraqqiy   etayotgan   olamga,   insonga,   uning   ongiga   qarashlarga   doir
ta’limotlarni yaratish zaruriyati;  
b) olamning boshlag‘ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish
kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish
nazariyasiga tug‘ilgan ehtiyojlar paydo bo‘lganligi;
g)   afsonaviy   va   diniy   tasavvurlardagi   xayoliy   fikrlarga   asoslangan
odamlarning   ilmiy   bilishdagi   falsafiy   tafakkur   qilishdagi   ongsizlikka   barham
berish zaruriyati. Falsafaning   rivojlanib   borishi   jarayonida   undan   dastlab   matematika,
geometriya,   astronomiya(er.av   I-II   asr   va   er.   I-II   asrlari),   keyinchalik   fizika,
ximiya,biologiya   fiziologiya,   so‘ngra   ijtimoiy   va   gumanitar   fanlar   ajralib   chiqdi.
Bu fanlar avval dalillar to‘plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan
shug‘ullandilar.   Qadimgi   Sharq   falsafasida   ham,   antik   dunyo   falsafasida   ham
dunyoning ayrim tomonlarini alohida o‘rganayotgan fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik
va   bog‘lanishlarni   tahlil   eta   boshlagani   uchun   fanlar   go‘yo   falsafaning   qismlari
sifatida   tasavvur   etildi   vafalsafani   «fanlar   fani»   deb   e’lon   qilindi.   Qadimgi   Misr
adabiyotining nodir asari «Arfist qo‘shig‘i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda:
«O‘lganlardan hech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so‘zlab bergan emas,
demak, oxirat yo‘q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi.
Yeramizdan   avvalgi   to‘rtinchi   ming   yillikning   oxiri   va   uchinchi   ming   yillik
boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan.
Jahon   mahnaviyati   durdonalaridan   biri   Misr   madaniyatidir.   Misr
mifologiyasida   ijtimoiy   hayot   haqida,   hayot   ma’nosi   to‘g‘risida   fikr   ritib,   dunyo
ne’matlaridan   bahramand   bo‘lib,   shod-hurram   yashashga,   o‘lim   vahimasiga
tushmaslikka   da’vat   etganlar.   «Nasixatnoma»   asarida   odamlarni   bilim   olishga,
unga   ixlos   qo‘yishga   chaqiriladi.   Dastlabki   taqvim   (kalendar),   tibbiyotga   doir
asarlar misrda paydo bo‘lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi.
Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar
bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan.
Ba’zi   Misr   yodgorliklarida   «inson   o‘lgach,   uning   jismi   kulga   aylanadi»,   «o‘z
nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo
ishlari bilan shug‘ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida
(er.av   IV   ming   yillikning   boshlari)   quldorlik   tuzimining   ijtimoiy   ziddiyatlari
keskin   tus   oldai.   Ishlab   chiqarishning   taraqqiy   etishi   bilan   Bobilda   astronomiya,
matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi.
Bobil   olimlari   algebraning   asoslarini,   kvadrat   va   kub   ildizlarni   chiqarishni
bilganlar,   astronomlar   osmon   yulduzlari   kartasini   chizganlar.   Er.   Av.   II   asrda yashagan   Bobillik   Selevka   hatto   olamning   geliosentrik   tuzilishi   haqida   faraz
qilgan.
Byuobilda   dastlabki   falsafiy   fikrlar   6   ming   yil   muqaddam   boshlandi.   O‘sha
davrlarda «Gilgamesh haqidagi doston», «Adapa» doston, «Xujayinning qul bilan
suhbati» badiiy asari  juda katta shuhrat  qozondi. Bu asarda diniy qarashlar  qattiq
tanqid   qilindi.   Bu   asar   Bobilda   qulchilik   rivojlangan   paytda   jamiyatning   bir
tomonda boylik, ikkinchi  tomonda ochlik, qashshoqlik  o‘sgan bir paytda vujudga
kelgan.   Bu   yodgorlikda   qul   donishmand,   hayotining   mazmunini   to‘g‘ri
tushunadigan   qilib   tasvirlangan.   Unda   xudo   yo‘liga   qilinadigan   qurbonliklarning
xojati   yo‘q,   chunki   xudo   ovqatga   muhtoj   emas,   deb   diniy-mifologik   qarashlar
ustidan kulinadi.
Oxirat,   jannat   kabi   diniy   fikrlar   rad   etiladi.   Teksda   qo‘yidagi   fikrlarni
o‘qiymiz:   «Tepalikka   chiqib   qarigin,   shaharlardagi   vayronliklarni   ko‘rgin,   o‘lgan
va   oddiy   odamlarning   kalla   suyagiga   nazar   tashlagin.   O‘lim   hammani   baravar
qilgan, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi».
  .   Qadimgi   Hindiston   falsafasi   Hindiston   hududida   topilgan   eng   qadimgi
yozma yodgorliklarga (2500-1700 yy) asoslanadigan antik falsafa shakli. 
Qadimgi   hind   jamiyati   hayot   haqidagi   ilk   manba   Vedalar   hisoblanadi.
Hindistonning   qadimiy   gimni,   falsafiy   qarashlari   uning   madaniy   merosining
yozma   yodgorliklarida,   asosan   4   vedada   (bilimlar,   diniy   gimnlar,   qo‘shiqlar
to‘plami)   o‘z   ifodasini   topgan.   Bu   vedalardan   eng   muhimi   Rigveda   bo‘lib,
eramizdan   taxminan   1500   yil   oldin   maydonga   kelgan.   Qolganlari   esa   Yajurveda,
Samaveda   va   Atxarvavedalardan   iborat.   Eramizdan   1000   yil   oldin   Upanishad
(maxfiy ta’limot) oqimi vujudga kelib, uning ijodiy mahsullikda, deb tushuntiradi.
Upanishadlar   falsafasining   mohiyati   shundaki,   u   jonni   ruh   bilan   tenglashtiradi.
Upanishadlarcha,   tan   jonning   qobig‘i   bo‘lib,   jon   esa   –   dunyoviy   ruhning   bir
bo‘lagidir. Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan insonni o‘rab turgan borliq,
uning   hayotidagi   o‘rni   va   vazifasi,   tashqi   olam   va   inson   tabiati,   uning   hayoti   va
ruhiyatining   mohiyati,   bilish   imkoniyatining   chegaralari   axloq   me’yorlari haqidadir.   Falsafiy   muammolar   asosan   diniy-mifologik   nuqtai   nazardan   bayon
etilgan.
Jaynizm (hindcha «jinna» - «g‘olib») – eramizdan avvalgi 1-yillik o‘rtalarida
qadimgi Hindistonda yuzaga kelgan va olamning asosida  ikki ibtido: materiya va
jon yotadi, deb hisoblaydigan ta’limot. Jaynizm ta’limotiga ko‘r. Insonning asosiy
maqsadi tashqi olam xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson tabiati
ham   moddiy,   ham   ruhiydir.   Jon   bir   vaqtning   o‘zida   nafis   jon   (jiva)   va   dag‘al
materiya (ajiva)ning birligidan iborat. Insonning joni 9jivasi) qanday bo‘lsa, u ham
shunday bo‘ladi, bu holat esa karma-nafis materiyaga bog‘liq. Karma jonni (jivani)
o‘z   ta’siridan   chiqarmaydi.   Yaxshi   yoki   yovuz   karmalar   mavjud.   Bu   esa
insonlarning   turli   shaxsiy   sifatlarini   belgilaydi.   Jaynizm   ta’limotining   tarafdorlari
inson   kamollikka   erishishi   mumkin,   buning   uchun   inson   o‘z   karmasiga   rioya
qilishi va o‘z ehtiroslaridan qutilishga intilishi kerak. Inson yovuz karmadan xalos
bo‘lishi uchun ezgu ishlarni bajarishi lozim. Deb hisoblaydilar.
Jaynizmda   dunyoning   tuzilishi   va   mohiyati   haqida   turli   g‘oyalar   ilgari
surilgan.  Bu   dunyo   abadaiy,   u  hech   kim   tomonidan   yaratilmagan   va   u  yo‘q  qilib
tashlanmaydi.   Olamda   ketma-ketlik   tartibi   mavjud:   quyi   dunyoda   jinlar   va
gunohkorlar   yashaydi,   o‘rta   dunyo  –   biz   yashab   turgan   dunyo,  keyingi   –  xudolar
dunyosi va undan yuqorida xudolarga o‘xshashlar dunyosi joylashgan 1
.
Hinduizm   –   hindistonda   tarqalgan   din.   Hinduizm   ta’limoti   verdizm   va
baraxmanizm   g‘oyalarining   evolyusiyasi   natijasida   mil.av.2-ming   yillikning
o‘rtalarida paydo bo‘lgan.   VIII - asrda   Hindistonda   islom   dinining   taraqalishi   bilan ,
uni   qabul   qilmaganlarni   « hindu » lar   deb   atay   boshladilar .   Hinduizm   ibtidoiy
dinlarning   ko‘p   unsurlarini   saqlab   qolgan:   muqaddas   hayvonlar,   tabiat
hodisalariga,   ajdodlar   ruhiga   sig‘inish   va   hakozo.   Hinduizm   yagona   cherkov
tashkilotiga   ega   emas .   Uning   paydo   bo‘lishini   biror   konkret   asoschining   nomi
bilan   bog‘lamaydilar .   Hinduizm   diniy   va   falsafiy   qarashlarning   murakkab
kompleksi   hamda   qonun-qoidalari   majmuasidan   tashkil   topgan   bo‘lib,   odamning
tug‘ulganidan   to   o‘lgunicha   bo‘lgan   barcha   huquq   va   burchlarini   belgilab   beradi.
1
 Қаранг. Фалсафа: Қомусий луғат. Т., 2004, 123-бет. Marosimlar   o‘tkazishga   katta   e’tibor   beriladi.   Hinduizm   Trimurti   tamoyiliga
asoslangan.   Olam,   hayotning   hamma   shakllarini   Braxma   yaratgan.   Biroq,
Braxmaga   sig‘inish   deyarli   yo‘q.   Hindular   boshqa   xudoga   –   Vishnu   va   Shivaga
sig‘inadilar,   shunga   muvofiq,   hinduizm   ikki   asosiy   oqim   –   shivaizm   va
vishnuizmga   ajraladi.   Hinduizmning   hamma   oqimlari   Vedalarning   abadiyligi   va
xudo tomonidan yuborilganligiga, Koinotning deyarli mavjudligiga, bunda harakat
pastlashib   boruvchi   yo‘ldan   ketishiga:   jonning   abadiyligi   va   o‘lmasligi,   ko‘chib
yurishi (sansara)ga ishonadi.
Buddizm   ( Budda   nomidan   olingan ) –   diniy   falsafiy   ta’minot ,   vujudga   kelishi
jihatidan   birinchi   jahon   dini .   Buddizm   asoschisi   –   shahzoda   Siddxartxa   Gautama
(mln.av.   567-488   y.)   vafotidan   so‘ng   «haqiqat   natijalari»   -   budda   deb   atala
boshlagan. Yagona ta’limont sifatida shakllangan budizm dastlabki asrdayoq 18 ta
maktabga bo‘linib ketgan. Bir nechta saborlarda uni birlashtirishga urinish natijasiz
yakunlangan.   Milodning   I-asrida   buddizm   xinoyana   9kichik   aravacha   yoki   najot
topishning   keng   yo‘li)   oqimlariga   bo‘linib   ketadi.   Hozirgi   davrda   buddizmga
e’tiqod qiluvchilar  soni  400 mlndan ziyod oshib  ketdi. Buddizm  falsafasi  vedalar
matnlari   asosida   yaratilgan.   Siddxartxa   o‘z   ta’limotining   asosiy   qoidalarini
Banorasdagi targ‘ibotida «to‘rt oliy haqiqat» shaklda bayon etgan: 1) azob-uqubat
xaqidagi   ta’limot;   2)   azob-uqubat   sabablari   haqidagi   ta’limot;   3)   azob-
uqubatlardan   xalos   bo‘lish   haqidagi   ta’limot;   4)   azob-uqubatlardan
qutqarishrshning   najot   yo‘llarini   topish   haqidagi   ta’limot.   Bu   so‘nggi   ta’limot
yechimi   «Najotning   olijanob   sakkizlik   yo‘li»da   o‘z   ifodasini   topgan:   taqvodorlik
e’tiqodli,   qat’iyati,   so‘zi   ishi,   turmush   tarzi,   taqvodorlikka   intilish,   taqvodorlikni
orzu   qilish,   taqvodorlik   fikr-hayoli   bilan   yashash.   Bu   yo‘lga   amal   qilgan   odam
oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u arxatga (chin haqiqatni anglab yetgan
avliyoga) aylanadi va nirvanaga o‘tadi.
Chorvaka - lokayata   –   miloddan   avvalgi   VII   asrda   Hindistonda   yuzaga   kelgan
falsafiy   maktab .   Chorvaka-lokayata   maktabining   asoschisi-donishmand
Brixaspatidir.   Chorvaka   so‘zining   lug‘aviy   ma’nosi   to‘rt   unsur,   «loka»   so‘zining
lug‘aviy ma’nosi-bu dunyoda, ya’ni moddiy dunyo.  Bu ikki ta’limotning mazmuni bir   bo‘lgani   uchun   «chorvaka-lokayata»   deb   atala   boshlandi.   Olam   asosida   to‘rt
unsur   yotadi.   Brixapati   ta’limotiga   ko‘ra,   biz   yashab   turgan   moddiy   dunyodan
boshqa   dunyolar   yo‘q.   Inson   ham   ana   shu   to‘rtta   unsurdan   tashkil   topgan.   To‘rt
unsurni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Ular hech kim tomonidan yaratilmagan.
To‘rtta unsurning turlicha birikishi orqali organizm, noorganik moddiy narsalar va
hodisalar tashkil topadi.
Chorvaka-lokayataning   ta’kidlashicha,   insonda   hissiy   bilish   muhim   kasb
etadi.   Agar   sezgi   a’zolarimiz   bo‘lmaganda,   olam   haqida   bilimga   ega   bo‘lmagan
bo‘lar edik, deb ta’kijdlashardilar. Ular aqliy bilishni ham tan olganlar. Lekin aqliy
bilish hissiy bilishdan kelib chiqadi deb o‘qtiradilar.
 Qadimgi Markaziy Osiyo zaminida dastlabki falsafiy fikrlar mil. avv. VIII-V
asrlarda   shakllangan.   Qadimdan   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixi   boy   ma’naviy
merosga, ijtimoiy qarashlarga, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarga, insonning kelib
chiqishi   borasidagi   fikrlarga   ega   bo‘lgan.     Bu   xalqlar   doimo   o‘z   xalqi   ozodligi,
erki,   farovon   turmushi,   insonlar   baxtli   hayoti     uchun   kurashib   kelgan.   Masalan,
To‘maris,   Shiroq   kabi   qahramonlar   butun   umrini   o‘z   xalqi   uchun   baxshida
etganlar.
Miloddan   avvalgi   VII-   III   ming   yilliklarda   Markaziy   Osiyoda   Zardushtiylik
dini   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalariga   keng   kirib   borgan.   Bu   davrda   Turonda
ijtimoiy   munosabatlar   ancha   rivoj   topdi.   Ayniqsa,   bu   paytda   zardushtiylik   va   u
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   dualistik   dunyoqarash   keng   tarqalgan     edi.   Zardo‘shtiylik
faqat   din   bo‘lib   qolmay,   balki   o‘sha   davr   mafkurasi,   ijtimoiy-siyosiy,   axloqiy-
falsafiy   qarashlarning   ifodasi   sifatida   yuzaga   keldi.   Bu   dinning   muqaddas   kitobi
“Avesto”   bo‘lib,   unda   jamiyat   va   insonlarning   kelib   chiqishlari   to‘g‘risida   fikrlar
bildirilgan.   Zardo‘shtiylik   dinining   ushbu   kitobi   12   ming   oshlangan   mol   terisiga
oltin   harflar   bilan   yozilgan . Unda qadimgi kishilarning tabiat  va uni bilish yo‘llari
haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga ko‘ra, insonni o‘z ichiga
olgan koinot yer, okean, osmon, yorug‘lik va jannatdan iborat. Avestoda insonning
kelib   chiqishi   qo‘yidagicha   ifodalangan:   birinchi   inson   Govamard   (ho‘kiz-odam;
forscha   Qayumars)   hisoblanib,   yerdagi   barcha   insonlar   undan   tarqalgan. Insonlarning   birinchi   shohi   Yima   bo‘lib ,   u   hukmronlik   qilgan   davr   oltin   davr   deb
atalgan . Chunki bu davrda o‘lim, qarilik, sovuqlik va yovuzlik kabi yomon illatlar
jamiyatda   yo‘q   bo‘lgan.   Yaxshilik   xudosi   Ahuramazda   doimiy   bahorni   yaratib,
insonlar baxli hayot kechirganlar. Oradan 900 yil o‘tgach shoh Yima kibri havoga
berilib,   jamiyatda   qattiq   ta’qiqlangan   sigir   go‘shtini   yeydi.   Natijada,   yomonlik
xudosi   Axriman   boshliq   devlar   bosh   ko‘taradi.   Butun   dunyoni   muzlik   qoplaydi.
Yima   Ahuramazda   amri   bilan   barcha   jonzotlar   uchun   qo‘rg‘on   qurib,   hamma
jonzotlardan bir juftdan olib qo‘rg‘onga joylashtiradi va yerda hayotni shu tarzda
saqlab  qoladi.  Shu  bilan oltin  davr   tugab, Hayr   va Sharr  (yaxshilik  va yomonlik)
o‘rtasidagi   kurash   davridan   iborat   ikkinchi   davr   boshlanadi.   Bu   ikkala   xudo
o‘rtasida   kurash   ketadi   va   Ahuramazda   g‘alaba   qozonadi.   So‘ngra   uchinchi   davr
insoniyatning   kelajak   davri   boshlanadi.   Bu   vaqtda   barcha   insonlarning   orzu-
umidlari, xohish-istaklari ro‘yobga chiqadi, olamda yaxshilik hukmronlik qiladi.
Zardushtiylikda insonlar axloqiy-ijtiomiy ahamiyatga ega bo‘lgan “ezgu fikr”,
“ezgu so‘z” va “ezgu amal”ga rioya etishgan.
“Avesto”da   mehnat   inson   kamoloti   va   axloqiy   sog‘lomligining   manbai
sifatida ulug‘lanadi. Zardo‘shtiylik axloqi nuqtai nazaridan saxovatli bo‘lish uchun
inson birinchi galda halol mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan mahsulot yaratishi lozim.
Shu   boisdan   Zardo‘shtiylik   dinida   ishyoqmaslik   hamma   nuqsonlarning   koni,   deb
qoralanishi bejiz emas. 
Inson   boshqalarga   nisbatan   baxillik   qilmasligi   lozim.   Ezgu   fikrlar   esa
jaholatga teskaridir, chunki jaholatda niyatlar yo‘qoladi, burch va adolat unitiladi,
uylamay   ish   qilinadi.   Shuningdek,   Zardo‘shtiylikda   insonni   burch   faqat   axloqiy
yo‘l-yo‘riqlarni   o‘zlashtirishdan   iborat   bo‘libgina   qolmasdan,   balki   oilaviy
turmush,   yaxshi   yor   va   farzand   to‘g‘risida   ham   uylash   kerakligi   ta’kidlanadi.
Zardo‘shtiylikda qadim zamonlardan beri kishilarning jamiyatdagi munosabatlarini
tartibga   soluvchi   urf-odatlar   va   axloqiy   qoidalar   mavjud   bo‘lgan.   Bunda
Axuramazda   xudosi   ilohiy   qonun   darajasiga   ko‘tariladi.   “Avesto”da   huquqiy
qoidalar   tartibli   tarzda   ifoda   qilingan   bo‘lmasada   ham   o‘sha   davrning   huquqiy
munosabatlari   to‘g‘ri   aks   ettirilgan.   Huquqiy   sohalar   jinoyat,   fuqarolik,   oila,   yer- suv   huquqi   kabilarga   ajratilgan.   qadimgi   davrda   ham   sud   jazosi   o‘zining
shavqatsizligi   bilan   ajralib   turgan.   Jazolash   vositasi   sifatida   o‘t,   qizdirilgan   temir
va boshqa narsalar qo‘llanilgan. Bu huquqiy qoidalar ham din asosida bo‘lib, bosh
hakam Axuramazdaning o‘zi ko‘rsatiladi. 
Zardushtiylikdan keyin Markaziy Osiyoda II-III asrlarda rivojlangan ta’limot
Monizm   hisoblanadi.   Bu   ta’limotning   asoschisi   Moniy   (216-276   yillar)   bo‘lib,   u
insonlar   turmushi,   hayoti   va   ijtimoiy   masalalarga   bag‘ishlangan   bir   qancha
risolalar   hamda   kitoblar   yozib   qoldirgan.   Lekin   ular   bizgacha   yetib   kelmagan.
Hatto   u   insonlar   bilim   olishi   uchun   «Moniylik   yozuvi»   alifbosini   ham   tuzgan.
O‘zining   ijtimoiy   qarashlarida   jamiyatdagi   adolat,   erkinlik,   mehnatsevarlik   kabi
tushunchalarni   ulug‘laydi.   Uning   ta’limoticha,   insonlar   hayotiga   nur   dunyosi   –
yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik hukmronlik qiladi. Ammo inson o‘z hayoti
davomida   yaxshilikni   yomonlik   ustidan   hukmronlik   qilishini   ta’minlaydi,   deydi.
Monizm   ta’limoti   o‘zida   asosan   oddiy   xalq   ommasi   manfaatlarini   himoya   qilgan
bo‘lib,   jamiyatdagi   barcha   mol   mulkka   ega   bo‘lgan   boylarga   qarshi   edi.   Shu
sababdan   uning   ta’limoti     o‘sha   davrdagi   hukmron   mafkura   tomonidan   tazyiqqa
uchradi. 
V-VI   asrlarda   Markaziy   Osiyoda   zardo‘shtiylikka   qarshi   qaratilgan   ta’limot
Mazdak (470-529 yillar) boshchiligidagi Mazdakizm ta’limoti edi. Bu ta’limotning
asosiy   negizini   ijtimoiy   masalalar   tashkil   etadi.   Uningcha,     dunyodagi   yovuzlik
insonlarni boy va kambag‘al bo‘lishidir.  Shu tarzda jamiyatda ijtimoiy adovatlarga
qarshi kurash insonlar o‘rtasida turli urushlar, bir-birlarini ko‘ra olmasliklar yuzaga
keladi.  Bunday   hayotni   bartaraf   etib,  barchani   jamiyatdagi   tengligini   ta’min   etish
lozim.   Hamma   insonlar   tenglik   mafkurasiga   amal   qilsinlar.   Bu   tenglik   insonlar
barcha   moddiy   boyliklarga   bir   xilda   egaligini   ta’minlashi   zarur,   deydi.   Bu
ta’limotning asosiy negizini «tenglik» g‘oyasi tashkil etgan. Shu boisdan Mazdak
ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi kurashish birinchi o‘rinda turgan.    
Qadimgi   Xitoyda   fan   va   madaniyat   o‘ziga   xos   shaklda   rivojlangan.
Eramizdan   avvalgi   ikki   minginchi   yilning   o‘rtalariga   kelib,   Yuan-in   davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar
natijasida   davlat   Chjou   qabilasining   qo‘ligi   o‘tgan.   Bu   hokimiyat   eraimzdan
avvalgi   III   asrgacha   davom   etgan.   Bu   vaqtda   diniy   mifologik   dunyoqarash
hukmronlik   qilgan.   U   olam   va   tabiatning   paydo   bo‘lishini   o‘ziga   xos   tarzda
tushurtirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Bunday   ruhdagi   falsafiy   g‘oyalar   ayniqsa   qadimgi   Xitoy   donishmandi
Konfusiy   (551-479)   ijodida   yaqqol   aks   etgan.   Uning   «Hikmatlari»,   ya’ni
aforizmlari   juda   mashhur.   Konfusiy   ta’limotida   umum   insoniy   qadriyatlarning
Xitoy xalqi turmush tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezoniylar
aks   etgan.   Bu   ta’limot   bir   necha   asrlar   davomida   ushbu   hududda   milliy   g‘oyalar
majmui,   millatning   mafkurasi   sifatida   odamlarning   ma’naviy   ongi   va   qiyofasi
shakllanishiga   ta’sirt   ko‘rsatgan.   U   hozir   Xitoyda   ham   o‘zining   muayyan
ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfusiy   fikricha,   olamni   osmon   boshqaradi.   Osmon   irodasi-taqdirdir.   Biz
yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat
hayotidagi   tartibga   qattiq   amal   qilish   talab   etiladi.   Tartib,   Konfuesiy   nuqtai-
nazariga   ko‘ra,   ilohiy   mazmunga   ega   va   uning   mohiyatini   «lu»   tushunchasi
belgilaydi. U, ya’ni tartib duyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi
barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib-insoniyat jamoasining
eng   oliy   hayotiy   qadriyatlaridan   biridir.   Konfusiyning   ta’kidlashicha,   shaxs   faqat
o‘zi   uchun   emas,   balki   jamiyat   uchun   ham   yashashi   kerak.   Konfusiy   ta’limotida
insonninghayotidagi   ijtimoiy   o‘rni   nihoyatda   ulug‘,   u   o‘ziga   ravo   ko‘rmagan
narsani   boshqalarga   ham   ravo   ko‘rmasligi,   o‘ziga   ravo   ko‘rgan   narsani
boshqalarga   ham   ravo   ko‘rishi   lozim.qadimgi   Xitoyning   ko‘zga   ko‘ringan
faylasuflaridan bir Lao Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra olam, jamiyat
va   inson   hayoti   Dao   qonuniga   bo‘ysunmog‘i   lozim.   Daosizm   ta’limoti   ana   shu
tariqa   shakllangan.   Dao   qonuni-tabiatning   yashash   qonunidir,   undagi   rang-
baranglik   kurashi   va   uyg‘unligi   abadiyligining   e’tirof   etilishidir.   Bu   qonunga
ko‘ra, «Si», ya’ni beshta unsur-olv, suv, havo, yer va yog‘och yokimetall olamdagi
barcha   jismlar   asosini   tashkil   etadi   hamda   ularning   yuzaga   kelishini   ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, harkatsiz
holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosimga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib
turadi.   Qarama-qarshi   kuchlar   qo‘rtasidagi   kurash,   ya’ni   In   va   Yan   orasidagi
munosabat-bizni o‘rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Inva
Yan   o‘rtasidagi   kurash   daoni   anglatadi.   Odamzod   bu   kurash   jarayonida   doimo
yaxshilik tomonida turushi, o‘zini qurshabturgan tabiat va atrofdagi  olamga mehr
ko‘rsatishi   lozim.     Bo‘lmasa,   Dao   qoneuni   buziladi   va   bunday   joyda   baxtsizlik,
fojia   yuz   beradi.   Lao-Szi   bu   o‘rinda   ekologik   halokatni   nazarda   tutgan.   «kishilar
Dao   qonunini   buzmasliklari   kerak,   aks   holda   tabiat   ulardan   o‘ch   oladi,degan
ediLao-Szi.   Buni   ekologik   halokatlar   avj   olib   berayotgan   bugungi   kun   voqeligi
ham tasdiqlaydi. Sharq   mamlakatlaridagi   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   bir-biri   bilan   bog‘langan,
yaxlit   jarayon   sifatida   vujudga   kelgan   dinlar   inson   kamoloti   borasida   faolit   olib
borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch
asosida   tushuntirib   beradi.   Mana   shunday   dinlardan   biri   VIII   asrda   Markaziy
Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri
katta   bo‘ldi.   Islom   dinining   muqaddas   kitobi   «qur’oni   Karim»dir.   qur’oni   Karim
yer   yuzi   musulmonlarining   dasturi,   diniy   ahkomlar   manbaidir.   «qur’on»   so‘zi
arabchadan   olingan   bo‘lib,   u   «o‘qish»   deagn   ma’noni   bildiradi.   muhammad
payg‘ambar     40   yoshga   yetganda   unga   Ollohdan   vahiy   kela   boshlaydi,   ya’ni   bu
payg‘ambarlk vahiysi bo‘lgan. Shu asosda «qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy
orqali   Muhammad   payg‘ambarga   nozil   bo‘lgan.   Unda   114   ta   sura,   6236   ta   oyat
bor.   Yigirmata   surada   oila   va   u   bilan   bog‘liq   masalalar   tilga   olinishi   insoniy
jamiyatda   juftlik   naqadar   zarur   ekanligini   ko‘rsatib   turadi.   Shuningdek,   qur’oni
Karimda shariat masalalari ham o‘z o‘rnini topgan. 
Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o‘rinda turadigan manba bu
Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari,
qilgan   ishlari   va   sahobalari   tomonidan   amalga   oshirilgan   ishlarga   munosabatlari
to‘g‘risida hikoya qilinadi.  Hadisi Shariflarni yig‘ib kitob shakliga keltirish asosan
payg‘ambarimiz   vafotlaridan   keyin   amalga   oshirilgan.   Islom   olamining   o‘sha
paytdagi   madaniy   markazlaridan   sanalgan   Bog‘dod,   Damashq,   Buxoro,
Samarqand,   Urganch,   Termiz   kabi   shaharlarda   Hadis   fani   bilan   shug‘ullanuvchi
muhaddislar ko‘p bo‘lgan va ular Hadis to‘plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng
ishonchli   sanalganlari   6   ta   bo‘lib,   bularni   Imom   Buxoriy,   Imom   Muslim,   Imom
Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.
PERIPATETIKLAR MAKTABI  (yun.  peripatetikos- sayr vahtida bajarilgan) —
miloddan avvalgi 335   yilda Afinaning sharqiy qismida (Likeyda) tash kil etilgan bu
maktabda,   odatda,   Aristotel   fal.- sining   muxlislari   sayrlar   chog‘ida   falsafa   b-n   shu-
g‘ullanishgan. P. m. qariyb ming yil davomida (mil.  529 y.ga qadar) mavjud bo‘lgan.
Aristotel   vafoti- dan   so‘ng   P.m.   an’analarini   sakdab   qolish   va   davom   ettirishda, ayniqsa,   o‘zining   botanikaga   oid   asar- lari   b-n   mashhur   bo‘lgan   Efeslik   Teofrast
(mil.av.  372—287),  Aristotel  ta’limotini  rivojlantir- gan Strabon (taxm. mil.av. 305—
270),   Aristotel   asar- larini   nashr   ettirgan   Rodoslik   Andronik   (mil.av.   1-a.),   ko‘plab
Aristotel   asarlarini   xolisona   sharxlagan   Afrodiziyalik   Aleksandr   (2-a.   oxiri   3-a.
boshlari)   P.m.ning   eng   atoqli   rahbarlari   bo‘lganlar.   P.m. aristotelchilik an’analarini
davom  ettirishda fal.tarixida katta  ahamiyat kasb  etadi.
PANTEIZM   (yun.   pan   —   hamma,   theos   —   Xudo)   —   Xudo   b-n   olamni
ayniylashtiruvchi   fal-iy   ta’li mot.   «Panteizm»   atamasini   birinchi   bo‘lib   ingliz
faylasufi  JToland  (1705)  hamda  undan  keyin   Niderland ilohiyotchisi Y.Fay (1709)
qo‘lladi.   Tur- li   tarixiy   davrlarda   esa   mohiyatan   bir-biridan   farqqiladigan   fal-iy
tizimlar  va xilma-xil qarashlarlarni  o‘zida aks etgirib keldi. P. Sharq va g‘arb P.ga
bo‘lish   an’anasi   mavjud.   Abu   Nasr   Fo-robiyning   borliqva   uning   vujudga   kelishi
haqida gi   ta’limoti   panteistik   xarakterga   ega.   Forobiy- ning   panteistik   qarashlarida
moddiy ibtido o‘zi- ni tangri orqali namoyon qiladi. Tangrida moddiy  ibtido go‘yoki
ochiq-oydin   ifoda   etilmagan   bir   shaklda   mavjud  bo‘ladi.   Keyinchalik  u   noanikdik
shaklidan   o‘zini   to‘laligicha   ozod   kila   boradi,   kuch- kuvvatiga   yarasha   tarzda
namoyon   bo‘la   boradi.   Muta-fakkir   bu   jarayonni   jo‘janing   tuxumdan   chiqishiga
qiyoslaydi.  Uning  ta’kidlashicha,   «yaratilish   jarayo- ni narsa mavjudligini sakdashdan
iboratdir».   Mash- xur   arab   faylasufi   Ibn   Rushd   (Abu-l-Valid   Mu-hammad,   1126—
1198)   Abu   Nasr   Forobiyning   pan teistik   karashlarini   davom   ettirib,   Yaratganni
shahar   hokimiga   kiyoslaydi.   U   «Raddiyaning   raddiya-si»   asarida   «Koinotni
boshqarish   shaharni   boshqa- rishga   o‘xshaydi.   Unda   har   qanday   boshqaruv   markaz-
dan turib amalga oshiriladi. Lekin hamma narsa   ham bevosita hukmdor tomonidan
bajarilavermay-di»,   —   deb   yozadi.   Demak,   E.Renanning   ta’kidlashi cha,   Forobiy
tushungan   xudo   «g‘ildirakning   marka-ziga   o‘xshab,   uning   sirtqi   qismlarini   o‘z
holicha   aylanishiga   monelik   qilmaydi».   Ibn   Sino   Foro biyning   an’analarini   davom
ettirib,   «vujudi   vo- jib»   va   «vujudi   mumkin»ning   o‘zaro   munosabatida   neoplatonik
emanasiya   (nurlanish)   ta’limotiga   alohida e’tibor berdi. Mutafakkir emanasiya ta’ -
limotiga   murojaat   qilar   ekan,   uni   Yaqin   Sharq an’analariga   xos   diniy-naturalistik tasavvurlar b-n birgalikda o‘rganishga harakat qiladi.   Bunda   koinot falakning tabiat
va   inson   hayotini   ta’- minla щ dagi   roli   olimning   diqqat   markazida   turdi.   Bunday
tasavvurlarga   ko‘ra,   yorug‘lik   manbai   mohiya- tan   barcha   mavjud   va   bilinishi   zarur
ashyolarning   bevosita   idrok   etilishi   mumkin   bo‘lmagan   boti- niy,   yashirin,   sirli
sababini   tashkil   etadi.   Asli- da   bunday   karashlar   tizimi   panteistik   kayfiyat- larning
yanada   kuchayishiga   olib   keldi.   Panteistik   an’analar   G‘arbda   Ioann   Skot   Eriugena
(taxm. 810—  877), David Dinanskiy, lotin averroizmi vakili  Siger Brabantskiy (taxm.
1240—1281),  keyinroqesa  Meyster Ekxart va b. tomonidan davom ettiriddi.  Eriugena
sxolastik xristian fal.sida birinchilar-dan   bo‘lib   Xudo va olamning   o‘zaro munosabati
mu- ammosiga   murojaat   qildi.  Uning  ta’kidlashicha,   voqelikni   bilishga   jazm   qilgan
inson   akli   ro‘pa- rasida   turgan   eng   muhim   muammo   —   bu   borliq   ma-salasidir.   U
yunonlar  tomonidan «fidis» (tabiat)  deb nomlangan   bo‘lsa,   lot. «natura» deb ataldi.
Bor- liq natura ekan, demak, Xudo  ham  u b-n aynandir.  Olamdagi barcha  o‘zgarishlar
jarayonida   u   narsalar- ning   «ibtidosi,   oralig‘i   va intihosi»   vazifasini   ado   etadi.
Eriugena   «Xudo   hamma   narsalardadir...   u   barcha   narsalar   mohiyati   sifatida
barhayotdir»,   de- gan   xulosaga   keldi.   Meyster   Ekxart   (1260—   1327)ning   fikricha,
Xudo  o‘zga narsalarga   nisbatan  o‘ziga   xos universal ijodiy faollik sifatida na moyon
bo‘ladi. U Xudo va borliq, Yaratuvchi va tabiat  aynanlashtirildi, olamning yaratilishi
aniq   mud- datdan   noaniqabadiylikka   ko‘chiriladi.   Xudo   barcha   narsalar   b-n   birga
bo‘lsa-da,   lekin   biron-bir   narsa   uning   o‘zida   mavjud   ekanligini   anglab   bo‘lmaydi.
Bunday   xususiyat   inson   zotiga   berilgan,   xolos.   «Me- ning   ruximda   shunday   kuch
borki,   u   Xudoni   idrok   eta   oladi.   Xudodan   boshqa   hech   qanday   narsa   menga
bunchalik   darajada   yakin   emas.   Xudo   mening   o‘zimga   yaqinligimdan   ko‘ra
yaqinroqsir»,  —  deydi Ekxart.  Xudo b-n inson ruhi o‘rtasidagi teran va ichki aloqa  har
qanday insonni Xudo b-n bog‘lanishga imkoni-yat yaratib beradi. Buning uchun esa
obraz-timsol va   tushunchalarga tayanib ish ko‘radigan oddiy bilish- ning o‘zi yetarli
emas.  Lekin uni  mutlaq ilohiylik   sifatida uqib bunga mistik intuisiya ko‘magida eri-
shiladi.   P.ning   xilma-xil   ko‘rinishlari   fal-iy   ta- fakkur   rivojiga   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatib
kelmoqda.  Ayniqsa, hoz. vaktda  uning personalizm fal.gi  mav- qei sezilarlidir. O‘rta   asrlar   Sharq   falsafiy   tafakkurining   rivojlanish   xususiyatlari .
Markaziy   Osiyo   –   sivilizasiyaning   qadimgi   o‘choqlaridan   biri.   VIII-IX   asrlarda
Markaziy Osiyo  arab xalifaligi  tarkibiga kirgan.  Bu davrda xalifalik markazlari  –
Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi. 
Xalifalar   al-Mansur   (754-776),   Horun   ar-Rashid   (786-809),   Ma’mun   (813-
833)   hukmronligi   davrida   hind   va   yunon   adabiyotlarining   tarjimalariga   qiziqish
ayniqsa   kuchaydi,   Aristotel,   Galen,   Gippokrat,   Arximed,   Yevklid   kabi   yunon
faylasuflarining   ilmiy   merosi   o‘rganildi.   IX   asr   boshida   Bag‘dodda   «Dor   ul
hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan
taklif   qilingan   olimlar   astronomiya,   tibbiyot,   tarix,   geografiya,   kimyo,   falsafa   va
boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar. 
IX   asrlar   boshlangan   arab   istilosiga   qarshi   kurash   mustaqil   davlat   qurish   va
xalifalikka qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy
Osiyo mo‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII
asr   boshlarida   bir   necha   davlatlar   –   Tohiriylar,   Somoniylar,   Saljuqiylar   va
G‘ aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-mor  qilindi . 
IX   asr   boshlarida   dastlab   Somoniylar   davlati   vujudga   kelgan   bo‘lsa,   XIII
asrning   20-yillarida   Xorazmiylar   davlati   mo‘g‘ullarning   uzlyuksiz   hujumi   ostida
qoldi.   Biroq,   ko‘p   asrlik   urushlarga   qaramay,   Markaziy   Osiyoda   madaniyat,   fan,
san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi. 
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy ,   Ibn Sino, va boshqa
buyuk allomalar yashab ijod qildilar. 
Ular   yaratgan   asarlar   ahamiyatiga   ko‘ra   o‘sha   davrni   Markaziy   Osiyo
uyg‘onish   davri   deb   nomlash   mumkin.   Uyg‘onish   davri   fani   va   madaniyatining
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan,
va   qo‘shni   mamlakatlarning   f an ,   madaniyat   yutuqlaridan   foydalanish,   tabiiy-
falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish ; 2.   Tabiatni   o‘rganish,   tabiiy-ilmiy   bilimlarni,   oqilonalikka   tayanib
rivojlantirish,   aqlning   kuchiga   ishonish,   asosiy   e’tiborni   haqiqatni   bilishga
qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3.   Insonga   xos   tabiiy,   badiiy,   ma’naviy   fazilatlarni   yuksaltirish,
insonparvarlikni   ulug‘lash,   barkamol   avlodni   tarbiyalashda   oliy   ma’naviy
qonunlarga rioya qilish. 
4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish
bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir. 
Bu   davr   madaniyati   umuminsoniy   qadriyatlarning   rivojlanishiga   xizmat
qilgan.   Savdo-sotiqning   rivojlanishi,   iqtisodiy   aloqalarning   kengayishi,
xalifalikning   turli   viloyatlari   o‘rtasida   madaniy   qadriyatlar   almashinuvi   va   uning
boshqa   mamlakatlar   bilan   aloqalarining   kuchayishi,   tabiiy   va   madaniy   boyliklar,
turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri yo‘llari
va   usullarini   yaratish,   bilish   jarayonining   butun   apparatini   takomillashtirishga
bo‘lgan   ehtiyojni   kuchaytirdi.   Fanning   optika,   matematika,   astronomiya   kabi
tarmoqlarining jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini
kengaytirishga  imkoniyat  yaratdi   O‘rta asrlarda Sharq falsafasi  mifologiya va din
qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika,
astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar
ma’lum.   Odatda   tabib,   munajjim,   sayyoh   bo‘lgan   Sharq   faylasuflari   asbtrakt
mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. 
Sharq   falsafiy   tafakkurining   yirik   namoyandalari   orasida   Markaziy   Osiyolik
mashhur   faylasuf,   qomuschi-olim,   Yaqin   va   O‘rta   Sharqda   aristotelizm
asoschilaridan   biri   Forobiy,   buyuk   faylasuf   va   tabib   Ibn   Sino   (Avisenna),   atoqli
astronom,   matematik,   shoir   va   mutafakkir   Umar   Xayyom,   tabib   va   faylasuf   Ibn
Rushd (Averroes) bor. 
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy   (870-950, asarlari: Kitob-ul
xuruf,   Fozil   odamlar   shahri,   Ehsoul   ulum,   Siyosat   falsafasi,   Fuqarolik   siyosati)
falsafa   va   tabiiy   fanlar   tarixiga   oid   yuzga   yaqin   asar   muallifidir.   U   fanlar   bilish
vositalari   ekanligidan   kelib   chiqqan.   Bunda   mutafakkir   nazariy   (mantiq,   falsafa, tabiiy   fanlar)   va   amaliy   (axloq,   siyosat)   fanlarni   farqlagan.   Fanlar   tizimida   u
insonga   haqiqiy   bilimni   soxta   bilimdan   farqlash   imkonini   beruvchi   mantiqni
birinchi   o‘ringa   qo‘ygan.   Ayni   shu   sababli   faylasuf   inson   tafakkuriga   alohida
e’tibor   bergan.   Aynan   falsafa   insonga   borliqning   mohiyatini   tushunish   imkonini
beradi.   Borliq   «yagona»   va   ayni   vaqtda   «ko‘p»dir.   Borliqning   mazkur   holati
emanasiya,   ya’ni   «yagona»   muhitdan   borliqning   turli   muhitlari   kelib   chiqishi
mahsulidir.   Forobiy   asarlarida   dunyo   bir-biriga   kiruvchi   to‘qqiz   gumbaz
ko‘rinishida   namoyon   bo‘ladi.   Bu   gumbazlarda   ularning   Yer   atrofida   aylanishi
sababi   hisoblangan   jonlar   yashaydi.   Gumbazlar   o‘z   harakatini   dastlabki   turtkidan
boshlagan.   Forobiy   dunyoning   rang-barangligini   tushuntirish   uchun   Aristotelning
shakl   va   materiya   haqidagi   ta’limotidan   foydalangan.   U   jonning   umrboqiyligi
haqidagi   masalada   Platon   fikriga   qo‘shilmagan,   chunki   uning   paydo   bo‘lishi   va
o‘limi   tananing   paydo   bo‘lishi   va   o‘limi   bilan   bir   vaqtda   yuz   beradi,   deb
hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash
nazariyasi   emas,   balki   dunyoni   sezgi   va   aql   birligi   sifatida   anglab   yetish
nazariyasidir.   Bunda   aqlli   jon   narsalar   tabiatini   sezgilar   idrokidan   foydalanib
anglab   yetadi.   Narsalarning   mohiyati   aql   bilan   anglab   yetiladi.   Bunda   aql   avvalo
mantiqqa   tayanishi,   lekin   sezgi   a’zolari   beruvchi   materialdan   foydalanishi   lozim.
Forobiy   fikricha,   borliq   6   bosqichdan   iborat.   1.   Birinchi   sabab   ya’ni   xudo.   2.
Ikkinchi   sabab,   ya’ni   osmoniy   jismlar.   3.   Uchinchi   sabab,   ya’ni   faol   aql.   4.
To‘rtinchi   sabab,   ya’ni   jon.   5.   Beshinchi   saba,   ya’ni   shakl.   6.   Olimnchi   sabab,
ya’ni materiya. 
Forobiy ta’limoticha, moddiy jismlar 6 qismga bo‘linadi: osmon jismlari, aqlli
hayvonlar, aqlsiz hayvonlar, o‘simliklar, menerallar va 4 unsurdan tashkil bopgan.
Forobiyning  ijtimoiy-siyosiy   qarashlarida  kishilik  jamiyati  va  uning  vujudga
kelishini insonning real hayotiy ehtiyojlari bilan bog‘lab tushuntiradi. Bu haqda u
shunda deydi: «Har bir inson o‘z tabiatiga ko‘ra shunday tuzilganki, u yashash va
oliy  darajadagi   yetuklikka  erishmoq   uchun   ko‘p   narsalarga   muhtoj   bo‘ladi.   U  bir
o‘zi bunday narsalarni  qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar
jamoasiga   ehtiyoj   tug‘iladi.   Shu   sababli   yashash   uchun   zarur   bo‘lgan   narsalarni bir-birlariga   yetkazib   beruvchi   va   o‘zaro   yordamlashuvchi   ko‘p   insonlarning
birlashuvi   orqaligina   odam   o‘z   tabiati   bo‘yicha   intilgan   yetuklikka   erishuvi
mumkin. Shuning uchun inson shaxslari ko‘payadilar va yerning aholi yashaydigan
qismiga o‘rnashdilar. Natijada inson jamoasi vujudga keldi». 
Forobiyning   ijtimoiy   qarashlarida   muhim   ahamiyatga   molik   fikr   Arastu
singari   u   ham   insonni   «ijtimoiy   hayvon»   deb   ta’kidlashi   va   uning   ijtimoiy
mohiyatini ochib berganligidir. Bu haqda o‘zining «Baxt-saodatga erishuv haqida»
degan risolasida to‘xtalib, hayvonni ikki xil nom bilan ataydi. Birinchisi, hayvoniy,
ikkinchisi,   madaniy   hayvon   yoki   insondir,   deydi.   Shuningdek,   Forobiy   insonlar
jamoasi haqida gapirib jamoani uchga ajratadi.
1. Katta jamoa bo‘lib, unga yer yuzida yashaydigan barcha insonlar kiradi.
2. O‘rta jamoa hisoblanib, bunga bir ma’lum xalq taalluqli. 
3. Kichik jamoa, ya’ni ma’lum bir shahar kishilaridan iborat bo‘ladi. 
Forobiy ijtimoiy qarashlarida fozil va johil shahar haqidagi qarashlarini aytib
o‘tadi.   Uningcha,   fozil   shahar   boshlig‘i   har   tomonlama   rivojlangan   yetuk   shaxs
bo‘lmog‘i   lozim.   U   o‘zida   12   ta   ijobiy   fazilatlarni   mujassamlashtirgan   bo‘lishi
kerak deb, ularni birma-bir ko‘rsatadi:
1. Fozil shahar hokimi jismonan sog‘lom bo‘lishi;
2. Nozik   farosatli   bo‘lishi,   suhbatdoshning   so‘zlari   va   fikrlarini   tez   ilg‘ab
olishi;
3. Xotirasi mustahkam bo‘lishi;    
4. Zehni o‘tkir va zukko bo‘lishi;
5. Chiroyli so‘zlaydigan notiq bo‘lishi;
6. Bilimga va ma’rifatga havasli bo‘lishi;
7. Ochofat bo‘lmasligi, nafsini tiyadigan bo‘lishi;
8. Haqiqatgo‘y bo‘lishi;
9. Nomus oriyatli odam bo‘lishi;
10. Molu-dunyo izidan qo‘vmaydigan bo‘lishi;
11. Adolatparvar bo‘lishi;
12. Qa’tiyatli va jur’atli bo‘lishi zarur.   Mana   shu   fazilatlarni   o‘zida   mujassam   etgan   kishigina   fozil   jamiyatni
boshqarishga qodir bo‘ladi, deb aytadi.
Forobiy   borliqning   birinchi   sababi   va   harakat   manbai   sifatida   Xudo   mavjud
deb   hisoblagan   bo‘lsa-da,   uning   falsafasi   bilish   va   borliqning   murakkab
masalalarini   yechishga   intilish   bilan   tavsiflanadi.   Ayni   shu   sababli   faylasuf
borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni;
shuningdek   minerallar,   o‘simliklar,   hayvonlar,   inson   va   osmon   jismlarini
sinchiklab   o‘rganadi.   Shu   tariqa   u   tashqi   dunyoning   obektiv   mavjudligiga   urg‘u
beradi.   Forobiyning   falsafiy   qarashlari   Sharq   falsafasining   rivojlanishiga   kuchli
ta’sir ko‘rsatdi. 
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik
va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va
unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obekt
subektga   qadar   mavjud   bo‘lgan.   Seziladigan   narsalar   sezgilardan   oldin   paydo
bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan 2
. 
Forobiy   fikricha,   inson   bilimlarni   tashqi   dunyodagi   hodisalarni   bilish
jarayonida   o‘zlashtiradi.   Bu   jarayon   sezish,   idrok   etish,   xotira,   tasavvur   qilish   va
eng   muhimi   –   mantiqiy   mulohaza   yuritish,   tafakkur   kabi   usullarni   qamrab   oladi.
Bu vositalar  yordamida inson fanni  o‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning o‘ziga
xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzlyuksizligini, bilish – bu bilishdan
bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga
eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi. 
Forobiy   fikricha,   inson   paydo   bo‘lganidan   so‘ng   avvalo   «oziqlantiruvchi
kuch»   paydo   bo‘ladi,   uning   yordamida   oziqlanish   jarayoni   yuz   beradi.   So‘ngra
sezgi   organlari   paydo   bo‘ladi,   ular   insonga   sezish,   tasavvur   qilish   qobiliyat   va
xotirani   beradi.   Shundan   keyingina   inson   «orzu   kuchi»   yordamida   bilim   va
hunarlarni o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-
atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari
2
  Қаранг:   Фароби.   Комментарии   к   категориям   Аристотеля   //   Избранные   произведения   мыслителей   стран
Ближнего и Среднего Востока. – М., 1961. – 191-б. bilan   moddiy   sabab   orqali   bog‘lanadi,   bu   kuchlarning   birortasi   ham   moddiy
sababsiz mavjud bo‘la olmaydi 3
, deb hisoblaydi. 
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi
va   ruh   ham,   tana   kabi   substansiyalarning   individual   birligidan   iborat,   deb
hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish
nazariyasida ham kuzatiladi. 
Aristotelga   ergashib   Forobiy   ham   ayrim   narsalar   birlamchi,   mavjud
tushunchalar   va   g‘oyalar   –   ikkilamchidir   va   ular   aqlda   muayyan   narsalarning
mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari
universaliyalar   va   umumiy   tushunchalar   haqidagi   qarashlarida   yanada   aniqroq
namoyon   bo‘ladi.   Universaliyalar   mavjud   bo‘lgani   uchun   ham   umumiy
tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir 4
. 
Bilish   bosqichlari   o‘rtasidagi   farqlarni   tushunish   Forobiyga   bilish   yo‘llari
to‘g‘risida   mulohaza   yuritish   imkonini   beradi.   Bilishning   fiziklar   foydalanuvchi
birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol
sezgilar   muayyan   narsalarni   aks   ettirishi   bilan   izohlanadi.   Narsalar   sezgi
organlarida  aks   etgach,  jismni   va  uning  yuzasi,  chiziqlari  va  nuqtalarini   mavxum
o‘rganishga   o‘tishi   lozim.   Matematiklar   jismning   u   yoki   bu   jihatlarini   teranroq
bilish   uchun   foydalanuvchi   bilishning   ikkinchi   yo‘li   mavhumlashtirishdan
boshlanishi   darkor.   Bilishni   mavxum   nuqtadan   boshlagan   aql   muayyan   jism
bo‘ylab   harakatlana   boshlaydi,   mavxum   chiziq,   yuza,   jismni   anglaydi   va   so‘ngra
muayyan jismni tushunib yetadi. 
Ilmiy   bilim   va   falsafiy   tafakkurning   rivojlanishi   bilish   yo‘llariga   boshqacha
nazar tashlash imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida
o‘zining   yanada   barkamolroq   ifodasini   topadi.   «Vazifa   bilishdan   iborat   bo‘lgani
tufayli,   kuzatish   bilan   taqqoslash   haqidagi   masala   undan   voz   kechish   ma’nosida
yechilgandir.   Endilikda   masala   faqat   bilish   doirasida   nima   birinchi   bo‘lishi   va
undan   keyin   nimalar   anglab   yetilishi   lozimligi   haqida   bo‘lishi   mumkin.   Endi
tabiatga   muvofiq   yo‘l   emas,   balki   bilishga   muvofiq   yo‘l   talab   etiladi.   Bilish
3
 Қаранг: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему аль-Фараби. – Каир, 1997. – 150-152-б
4
 Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 25-б fikrning   muayyan   mazmunidan   ko‘ra   mavxum   mazmunini   anglab   yetishi
osonroqdir» 5
. Binobarin, bilish masalasi borliqning qaysi jihati biluvchi subektning
obekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. 
Forobiy   g‘oyalari   nafaqat   Sharq   fanining,   balki   G‘arb   ijtimoiy-falsafiy
tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi. 
Abu Rayhon Beruniy  (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar”,   “Hindiston”,   “Minerologiya”),   tabiat   va   uning   obektiv   qonunlari
mavjudligiga   shubha   qilmagan.   U   tabiat   muttasil   o‘zgarish   va   rivojlanishda
bo‘ladi,   materiya   narsalar   shaklini   o‘zi   yaratadi   va   o‘zgartiradi,   jon   (tafakkur,
ma’naviy   hodisalar)   tananing   muhim   xossasidir,   deb   ta’kidlagan.   Uning   fikricha,
materiya   hamma   narsalarni   yaratadi,   ular   bir   shaldan   ikkinchi   shaklga   o‘zgaradi.
Tabiat   doimo   to‘xtovsiz   harakatda,   o‘zgarishda.   Beruniy   ijtimoiy-siyosiy
qarashlari   Forobiynikiga   o‘xshab   ketadi.   U   o‘zini   axloq   falsafasiga   katta   e’tibor
beradi. Unga ko‘ra, mardlik, jasarat faqat o‘zini emas, boshqalarni ham o‘ylashdir.
Kerak bo‘lganda boshqalarga ham yordam berishdir. Beruniy falsafasicha, insonlar
ichki   va   tashqi   poklikka   ahamiyat   berishlari   lozim.   Uningcha,   ichki   poklikning
kaliti   yaxshi   niyatdir.   Inson   o‘z   tashqi   qiyofasina   o‘zgartira   olmasada,   u   o‘zini
tarbiyalay oladi, ni ichki va tashqi jihatdan pok bo‘ladi, deydi.  Beruniy inson bilan
hayvonlar   o‘rtasida   genetik   bog‘liqlik   borligini   ko‘rolmagan   bo‘lsa-da,   u   inson
bilan   maymun   o‘rtasida   o‘xshashlik   borligini   ta’kidlaydi.   Masalan:   ular
a’zolarining o‘xshashligi bilan, tashqi ko‘rinishlari bilan ham bir-birlariga o‘xshab
ketadi, deydi.  Beruniy fikricha, inson avvalo hayvondan aqli bilan farq qiladi va u
shu   bilan   hayvonlardan   ustun   turadi.   Beruniy   insonni   xudo   yaratganligini
ta’kidlaydi.   Beruniy   insonning   jismoniy   tuzilishida   umuman   uning   hayotida
geografik   omilning   roli   haqida   ajoyib   fikrlar   bildirgan.   Bu   haqda   u   shunday
yozadi:   «Odamlar   tuzilishlarining   rang,   surat,   tabiat   va   axloqda   turlicha   bo‘lishi
faqatgina nasablarining turlicha bo‘lishi  emas, balki  tuproq, suv, havo, joylarning
ham   turlichaligiga   bog‘liqdir»,   deydi.   Hatto   tillarning   turlichaligi   ham   geografik
5
 Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. –Б. 36 sharoitlarga   bog‘liq   deb   bilib,   shunday   yozadi:   «Tillarning   turlicha   bo‘lishiga
sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi va bir-birlaridan uzoq turishidir». 
Beruniy   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarni   roli   jamiyatda   katta   ahamiyatga
egaligi, ehtiyojlarning turli-tuman va son-sanoqsizligini aytadi. U faqat ehtiyojlarni
bir   xilcha   so‘zlashadigan   kishilar   birgalikda   ta’minlay   olishlari   mumkin.   Buning
uchun   kishilardan   shaharlar   tashkil   etish   zarurati   tug‘iladi.   Kishilardagi   hayotiy
ehtiyojlarni birgalashib qondirishga intilish o‘zaro bir-birlariga yordamlashish kabi
yaxshi   niyatlar   ularni   jamiyatga   birlashishga   olib   keldi,   deb   hisoblaydi.   Ayni
paytda   Beruniy   «Odamlar   hammasi   bir   otaning   bolalari   va   bir-birlariga   juda
o‘xshaydi.   Lekin   ular   oralaridagi   raqiblik   va   ko‘rolmovchiliklardan   ham   holi
emas», deydi. 
Ma’lumki,   tajriba,   eksperiment   borliqni   bilish   usullaridan   biri   hisoblanadi.
Beruniy  shunday   deb  yozadi:   «Mendagi   ishtibohni   faqat   tajriba  va  takroriy  sinov
bartaraf   etishi   mumkin,   ...so‘zlovchilarning   yakdilligiga   qaramay,   buning
haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan» 6
. 
Tadqiqotchilar   fikriga   ko‘ra,   «Beruniyni   yetarli   asos   bilan   o‘rta   asr   fanida
empirik   metod   yaratuvchilaridan   biri   deb   hisoblash   mumkin.   U   metallar   va
minerallarning   xossalari   va   solishtirma   og‘irligini   aniqlash   bo‘yicha   bir   qancha
tajribalar   o‘tkazdi» 7
.   Tajribada   olingan   bilimni   mutafakkir   ayrim   me’yorlarga
muvofiq   ishonchli   bilim   deb   talqin   qiladi.   Ularning   orasida   obektlarning
kuzatuvchanligi,   tajribalarning   qayta   o‘tkaziluvchanligi   va   kuzatishlarning
tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin. 
Bu   mulohazalar   tajriba,   bilim   olish   va   uning   haqiqiyligini   tekshirish   metodi
sifatida, o‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi. 
G‘ oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi,
bilimning haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir. 
Beruniyning   ijodida   kuzatish   muhim   o‘rin   egallaydi.   Tabiatni   ilmiy
o‘rganishda  k u zatish  bilishning boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘langan .
6
 Абу Райхон ал-Бируни. Избранные произведения в 6 т. Т. 3. – 44-б.
7
 Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борьба идей. – Фаргона, 1988. – 39-б Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda
idrok   etadi 8
.   Binobarin,   kuzatish   u   yoki   bu   hodisani   uning   muayyan   ko‘rinishida
qayd   etadi 9
.   Kuzatishlarning   eski   ma’lumotlari   obektning   haqiqiy   ko‘rsatkichini
ancha buzib ifodalashi mumkin. 
Beruniy   tadqiqotchi   o‘tkazgan   tajriba   va   uning   natijasi   amalda   ishonchli
ekanligini qayd etadi. U «Sinovdan boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan
o‘zga muvaffaqiyatga eltadigan dasturilamal yo‘q» 10
, deb yozadi. 
Beruniy   astronomik   kuzatishlar   vositasida   Oy   va   Quyoshning   tutilishi,
ularning   Yerdagi   hayotga   ta’siri,   iqlim,   tabiiy   va   sun’iy   tanlanish,   saqlanish,
rivojlanish   anomaliyasi   kabi   murakkab   muammolarni   yangi   ilg‘or   metod   va
nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi. 
Beruniy   Sharqda   astronomiya   kuzatish   asboblarini   yaratish   texnikasining
vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U
o‘sha   davrda   ilmiy   izlanishlar   olib   borishda   foydalanilgan   eski   asboblarni
takomillashtirish   va   yangilarini   yaratishga   alohida   e’tibor   bergan.   Olimni   o‘ta
aniqligi   va   mukammalligi   bilan   ajralib   turuvchi   kuzatish   asboblarini   yaratish
imkoniyati masalasi qiziqtirgan. 
Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki
o‘rganilayotgan   obekt   xususiyatiga   muvofiq   amalga   oshirishni   allomaning   ulkan
xizmatlaridan   biri   deb   hisoblash   mumkin.   Bunday   metodologik   mo‘ljal,   ilmiy
tadqiqotlar   jabhasi   cheklanganligiga   qaramay,   ilmiy   bilishning   yangi   yo‘llari   va
vositalarini topish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037).  O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va
faylasufidir.   Buxorolik   Ibn   Sino   (Avisenna)   300   dan   ortiq   asar   muallifidir.
Ularning   orasida   «Tib   qonunlari»   va   «Bilim   kitobi»,”Donishnoma”,   “Xay   ibn
Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u
tom   ma’noda   qomusiy   bilimlar   egasi   bo‘lganidan   dalolat   beradi.   Ibn   Sino
8
 Қаранг: Абу Райхон Беруни. Избранные произведения. В 6-т. Т. 3. – Т., 1963. – 57-б.
9
 Абу Райхон Беруни. Избранные произведения. В 6-т. Т. 3. – Т., 1963. – Б.260.
10
  Ўша ерда ,  - Б.  340.  fanlarning   ularni   tadqiqot   obektlariga   ko‘ra   ajratishga   asoslangan   tasnifini   taklif
qilgan.
Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, ya’ni barcha narsalarni kelib
chiqishini, o‘zaro munosabatini o‘rganishi lozim. Bu olam yaxlit murakkab borliq
deydi. U borliqni  ikkiga bo‘ladi. 1. Zaruriy vujud, ya’ni  xudo. 2. Imkoniy vujud,
ya’ni xudodan kelib chiquvchi narsalar.
Ibn   Sino     aytadiki,   materiya   4   unsurdan   tashkil   topgan.   Materiya   doim
harakatda,   u   vaqt   va   fazo   bilan   bog‘liqdir.   Uning   nazdida   avval   tog‘u-tosh9lar,
so‘ngra   o‘simlik,   hayvonot   va   oxiri   inson   vujudga   kelgan.   Inson   boshqa   barcha
hayvonot   olamidan   so‘zi,   aqli   va   tili   bilan   ustunlik   qiladi.   Uning   dunyoqarashi
pantistik edi. 
Ibn Sino tabib bo‘lish bilan birga o‘zining inson haqidagi qarashlari, jamiyat
ravnaqi borasidagi fikrlarni ham bayon etgan. U inson tana va jondan yoki jism va
ruhdan   tashkil   topgan   hamda   unda   aql   bor.   Inson   o‘z   aqli   orqali   fikrlash
qobiliyatiga   ega   bo‘lib,   barcha   maqsadli   harakatlarini   amalga   oshiradi.   Aql   har
qanday   bilishning   va   amaliy   faoliyatning   mezoni   sifatida   talqin   qiladi.   Aql
tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim haqiqiy bo‘la olmaydi, demak u haqiqiy
bilim emasdir, deb yozadi.          
Ibn Sino kishilarni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga chorlab, «Risolatut tayr»
(«Qush   risolasi»)   asarida   shunday   yozadi:   «Ey   birodarlar!   Bir-biringiz   bilan
samimiy   do‘st   bo‘lib,   haqiqatni   ochinglar.   Har   bir   kishi   o‘z   birodari   uchun
ko‘nglidagi   samimiylikdan   (to‘sqinlik)   pardasini   ochib   tashlasin.   Shunday
qilinglarki,   birodaringiz   sizlardan   (o‘zi   bilmagan)   ba’zi   narsalarni   o‘rgansin   va
boshqalari (bo‘lsa) ba’zi narsalarni o‘rganib o‘zini kamolotga yetkazsin».
 
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi
va inson ularni anglab yetishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning
individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. 
O‘sha   davrda  u  shug‘ullanmagan  fanning  o‘zi   bo‘lmagan.  Tibbiyot   bilan bir
qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.  Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning
obektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi.  Bundan tashqari, u
sezgini   materiyaning   xossalaridan   biri   deb   e’tirof   etadi.   Alloma   sezgini
materiyaning   oliy   shakllari   bilan   bog‘laydi.   Ibn   Sino   mavjud   narsalarni   tasniflar
ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi 11
. 
Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a’zosisiz
idrok   etadi,   degan   ta’limotini   asossiz   deb   hisoblaydi.   «Qadimda   ayrim   olimlar
(neoplatoniklar)   jon   hissiy   idrok   etiluvchi   narsalarni   hech   qanday   organlarsiz
bevosita   sezadi,   deb   faraz   qilganlar.   Muhitga   kelsak,   bu,   masalan,   ko‘rish   uchun
muhit   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   havo,   organlarga   kelsak,   bu,   ko‘rish   organi   bo‘lib
xizmat   qiluvchi   ko‘zdir.   Biroq   ular   haqiqatdan   uzoqdir,   chunki   hissiy   idrok   etish
jonning   o‘zida   bu   organlarsiz   yuz   berganida,   mazkur   organlar   behuda   yaratilgan
bo‘lib   chiqar,   ulardan   hech   qanday   naf   bo‘lmas   edi»,   deb   yozadi   va   so‘zining
davomida   neoplatoniklarning   qarashlari   asossiz   ekanligini   ta’kidlab,   haqiqat
sezgilar tan a  a’zolariga muhtojligidadir, degan xulosaga keladi 12
.
Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida gapirar ekan, u yoki bu sezgining
yuzaga   kelish   mexanizmini   ilmiy   tushuntirishga   harakat   qiladi.   Uning   fikricha,
hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki jism to‘qnashganda
havo   va   harakatning   tebranishi   natijasida   yuzaga   keladi.   Bu   to‘lqinlar   juda   tez
tarqaladi. Ular quloqqa yetgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi va ular
bundan   jonni   xabardor   etadi 13
.   Bu   tavsif   ancha   sodda   bayon   etilgan   bo‘lsa-da,
hozirgi   tasavvurlarga   mos   keladi.   Shuningdek,   Ibn   Sino   sezgilarni   hali   obektiv
dunyoning   subektiv   obrazi   sifatida   idrok   etmaganidan   dalolat   beradi.   Sezgilarni
tashqi   ta’sirning   organizmdagi   harakati   sifatida   tushuntirar   ekan,   Ibn   Sino   uni
mexanik talqin qiladi. 
Ibn   Sino   ko‘rish   haqidagi   ta’limotni   ishlab   chiqdi.   Ko‘rish   jarayonini
tushuntirar ekan, u ayni vaqtda Platonning bu boradagi ta’limoti asossiz ekanligini
11
 Қаранг: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б.
12
 Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б.
13
 Қаранг: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан. 1996  –  С  260-261. ko‘rsatadi.   Ibn   Sino   yorug‘likni   ko‘rishning   asosiy   vositasi   sifatida   alohida   qayd
etadi 14
. 
Alloma   sezgilarni   va   tuyg‘ularning   barcha   shakllarini   o‘rganib,   ularning
fiziologik   asoslarini,   ya’ni   miya   tuzilishida   sezgi   markazlarining   joylashuvini
tushuntirishga   harakat   qildi.   Miyani   aks   ettirish   faoliyatining   bosh   apparati   deb
talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va
sezish asosi deb e’tirof etdi 15
. 
Ibn Sino ta’limotiga ko‘ra, in’ikos faqat aks ettiruvchi tizimga bog‘liq emas.
Sezish   markazi   miyaning   old   qismida,   tasavvur   qilish   markazi   –   miyaning   o‘rta
qismida,   eslab   qolish   qobiliyati   –   miyaning   orqa   qismida   joylashgan.   «Kitob   un-
najot»   asarida   Ibn   Sino   har   bir   sezgining   fiziologik   asoslarini   tadqiq   etar   ekan,
hissiy   bilish   jarayonida  asablar   muhim   rol   o‘ynashini   qayd   etadi.  Uning   fikricha ,
miya   asablar   vositasida   sezgilar   va   harakatlarni   insonning   boshqa   a’zolariga
uzatadi. Asablar miya uchun o‘tkazgichlar bo‘lib xizmat qiladi 16
. Umumiy ma’lum
tasavvurga ko‘ra,  asablar  bosh  miyada  boshlanadi  va  ularning tarmoqlari  terining
yuza tomonida tugaydi 17
. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va
fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi. 
Tasavvurni   Ibn   Sino   O‘rta   Osiyoning   boshqa   mutafakkirlari   kabi   ichki
sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning falsafiy merosini qiyosiy o‘rganish tabiatni
hamda   tasavvurning   gnoseologik   funksiyasini   tushunishda   u   asosan   yagona
yondashuvga   tayanganini   ko‘rsatadi.   Ibn   Sino   tasavvurning   kuchi   shundaki,
umumiy   sezgiga   kiruvchi   hamma   narsa   bizning   sezgilarimizgacha   yetib   boradi,
deb qayd etadi 18
. 
Shunday   qilib,   Ibn   Sino   fikriga   ko‘ra,   tasavvurning   gnoseologik   funksiyasi
shundan   iboratki,   u   tashqi   narsalarning   obrazlarini   gavdalantiradi,   hissiy   idrok
etiluvchi narsalar yo‘qolganidan keyin ham ularni xotirada saqlab qoladi. 
14
 Қаранг: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. –  С  224.
15
 Қаранг: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан , 1986.   С – 38.
16
 Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан , 1986.   – С .41
17
 Ўша ерда. – 99-б.
18
 Қаранг: Ибн Сино. Дониш нома . – Т.: Фан, 197 6 . – 264-б. Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchi – narsa
sezgilarda   ularni   kuzatish   jarayonida   aks   etadi.   Bu   yerda   narsalarning   sezgi
organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Ibn Sino in’ikos konsepsiyasini
bilish   jarayoni   sifatida   qayd   etar   ekan,   bilish   darajalari   to‘g‘risidagi   masalani
ko‘taradi. Ma’lumki, bu mo‘ljal  Yangi davr falsafasida  ishlab chiqilgan va nemis
klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini topgan. 
Ikkinchi   –   obektiv   borliqda   amalda   mavjud   bo‘lmagan   narsaning   mohiyati
anglanadi 19
.   Bu   yerda   formal   ahamiyat   kasb   etuvchi   va   moddiy   borliq   bilan
bog‘lanmaydigan   ideallashtirilgan   obektlar   mohiyatini   bilish   nazarda   tutiladi.   Bu
mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi. 
Uchinchi   –   narsa   obrazi   muayyan   sharoitlarda   biluvchining   jonida   aniq   aks
etishi   mumkin.   Bu   tamoyilda   narsani   sezgi   bog‘liq   bo‘lgan   aloqalardan
mavhumlashtirish   imkonini   beruvchi   abstraksiyaning   kuchi   qayd   etiladi.   Bunda
narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin. 
Shundan   kelib   chiqib   Ibn   Sino   oqilona   bilishda   abstraksiya   muhim   rol
o‘ynashini   qayd   etadi.   «Bilish   narsa   obrazini   mavhumlashtirishning   ayrim   o‘zaro
bog‘langan   bosqichlaridan   iborat   jarayon   bo‘lib,   uning   natijasida   biluvchining
ongida   predmetning   mohiyati   va   xususiyatlarini   ifodalovchi   tushuncha   vujudga
keladi. Bunday mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta» .  20
. 
Ibn   Sino   «umumiy   sezgi»ni   ichki   sezgilar   qatoriga   kiritadi.   Uning   fikricha,
umumiy tuyg‘u – bu miyaning old qismida joylashgan kuch bo‘lib, u besh sezgida
aks   etuvchi   barcha   shakllarni   va   ular   uzatuvchi   kuchni   mustaqil   qabul   qiladi 21
.
Binobarin,   Ibn   Sino   fikriga   ko‘ra,   sezgi   organlari   yordamida   olingan   tuyg‘ular
umumiy sezgi vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi. 
Obraz   deganda   alloma   narsaning   tashqi   xususiyatlari   va   xossalari,
materiyaning aksidental tomonlari yig‘indisini tushunadi. Masalan, inson va uning
obrazi   haqida   so‘z   yuritar   ekan,   u   shunday   deb   yozadi:   «Uning   obrazi   bu   uning
19
 Қаранг: Ибн Сино. Избранные философские произведения. – М.: Наука, 1980. – 30-б.
20
 Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – 31-б 
21
 Қаранг: Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 266-б uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya’ni inson bilan bog‘liq barcha
narsalardir» 22
. 
Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‘oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining
keyingi davrlarida rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi. 
Shunday qilib, bilish jarayoni pirovard maqsadi obektlar mohiyatini bilishdan
iborat   bo‘lgan   murakkab   jarayondir.   O‘rta   asr   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlari
asosan   bilish   bilinayotgan   obektning   in’ikosidir,   degan   nuqtai   nazardan   kelib
chiqdilar.   Bunda   insonning   sezgi   organlari   bevosita   bog‘lovchi   bo‘g‘in
hisoblanadi,   ya’ni   sezgilar   yordamida   bilinuvchi   obektiv   dunyo   bilish   manbai
sifatida amal qiladi. 
Abu Homid G‘azzoliy so‘fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi. Bunga
u muvaffaq bo‘ldi. G‘azzoliy fikriga ko‘ra, «har qanday ma’naviy poklanishlardan
qat’i   nazar,   inson   hech   qachon   Xudoga   aylana   olmaydi».   Bu   bilan   u   so‘fizm   va
panteizm o‘rtasida o‘ziga xos «xitoy devori»ni o‘rnatdi. 
So‘fizm   vakili   Ibn   Arabiy   falsafasi   Yevropa   falsafiy   an’anasiga   yaqin
bo‘lgan   tilda   yaratilgan   filosofema.   Uni   ayni   holda   rasionalistik   filosofema   deb
nomlash mumkin (u birlik, ko‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt
kabi   kategoriyalar   va   atamalardan   foydalanadi);   tilini   badiiy   til   deb   belgilash
mumkin   bo‘lgan,   biroq   nafaqat   estetika   jabhasini,   balki   ontologiya   va
naturfalsafaning   rasionalistik   tili   bilan   bir   borliqni   tavsiflovchi   filosofema   (uning
kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‘zallik va sh.k.); nihoyat,
«mistik»   tilda   yaratilgan   filosofema   (kategoriyalari:   zavq,   hol,   fano,   baqo,   jon,
ro‘yo va h.k.).
Har   bir   filosofema,   Ibn   Arabiyda   bilishning   alohida   usuliga   tayanadi.   Shu
sababli yechimlarning har biri bo‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini
keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz. 
1.   Bilishning   birinchi   usuli   –   oqilona-mantiqiy   bilish.   Uning   vositasi   –   aql,
amalga   oshirish   usuli   –   sillogizmlar   yoki   dalillar   orqali   chiqarilgan   xulosalar
tarzidagi   mantiqiy   mulohazalar.   Ko‘rib   turganimizdek,   Ibn   Arabiy   Aristotel
22
 Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 267-б. mantiqi   bilan   tanish:   u   to‘g‘ri   sillogizmni   tuzish   uchun   zarur   shartlarni
tavsiflaydi 23
, mantiqan to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri
izchil   bo‘lishi,   biron-bir   bo‘g‘inda   uzilmasligi   lozimligini   ko‘rsatadi   va   o‘zi
isbotlashning mantiqiy metodlarini ko‘p karra qo‘llaydi. 
Ibn   Arabiy   fikriga   ko‘ra,   oqilona   bilim   inson   tanasini   boshqaruvchi   inson
joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir 24
. Oqilona bilim
(ilm)ning   qimmati   Ibn   Arabiyda   shubha   uyg‘otmaydi:   «Narsani   bilish,   hech
shubhasiz,   uni   bilmaslikdan   ma’qulroqdir» 25
.   Sillogizmlar   orqali   oqilona   bilish
bizga   dunyo   haqida   to‘g‘ri   bilim   beradi:   u,   masalan,   rangli   oyna   orqali   o‘tgan
yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, o‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko‘zga
kichkina   bo‘lib   ko‘rinsa-da,   aslida   Yerdan   bir   necha   marta   kattaligini   aniqlash
imkonini   beradi.   To‘g‘ri   sillogizm   tuzib,   dunyoning   borlig‘i   zamirida   sabab
yotishini aniqlaymiz 26
. 
Bilishning   oqilona-mantiqiy   metodidan   faylasuf   bizni   qiziqtiruvchi
muammoni   yechish   uchun   foydalanadi,   biroq   uning   uchun   mantiqiy   mulohazalar
zanjirida   mutlaqo   boqiy   ilohiy   mohiyat   tushunchasi   «boshlang‘ich   nuqta»,
dunyoda   bo‘lib   turgan   o‘tkinchi   nomukammal   mohiyat   kategoriyasi   esa   –
«pirovard   nuqta»   hisoblanadi   yoki   aksincha.   Xudodan   dunyoga   yoki   dunyodan
Xudoga   bunday   mantiqiy   harakat   qilish   natijasida   muammoning   rasionalistik
yechimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda
unga ichdan xos bo‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor.
Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat
tushunchasidan   chiqarishimiz,   yo   dunyoda   mavjud   o‘tkinchi   mohiyat
kategoriyasini   asos   qilib   olib,   transsendent   ilohiy   mohiyat   borlig‘ini   keltirib
chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-
mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin. 
2.   Bilishning   ikkinchi   usuli   –   muammoni   mushohada   yuritish   yo‘li   bilan
yechish:   ( echimdan   shartlar   sari ) .   Mushohada   yuritishni   bilish   usuli   sifatida
23
 Қаранг: Ибн Араби. Геммы мудрости. – М.-Бейрут, 1980. –  С. 116-117.
24
 Ўша ерда. –  С. 198.
25
 Ўша ерда. –  С. 20.
26
 Ибн Араби. Мекканские откровения. – М.-Бейрут, 1989. – Б.105 o‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy
mohiyatning   transsendentligi   uning   uchun   muqarrar   holdir,   deb   aytishimiz
mumkin.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   bu   birlik   ayniylik   emas:   boshqacha   aytganda,
bu   dunyo   va   ilohiy   mohiyatning   farqlangan   birligidir.   Har   qanday   narsa   va
hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni
va   sezgilarga   ham,   aqlga   ham   yashirin   ichki   (botin)   ma’noni   aniqlash   imkonini
beradi.   Bu   yashirin   ma’no   borliqning   birinchi   asosi,   ilohiy   mohiyatning   dunyoga
ichdan xosligining negizi  va ayni vaqtda mushohada obekti hisoblanadi. Yashirin
ma’noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko‘rish demakdir. 
Mushohada   yuritish   jarayonida   bilish   subekti   o‘zining   bilish   obektidan
ontologik   mustaqilligini   saqlagan   holda   u   bilan   birikadi,   uni   butun   vujudi   bilan
anglab   yetadi.   Bunga   bilish   subekti   bo‘lgan   insonda   ham   «yashirin   ma’no»
mavjudligi   imkoniyat   yaratadi.   U   yagona   va   uzviy   bo‘lgani   uchun   bilish   obekti
bilan   «ichki   mohiyat»   jihatidan   birikish   imkoniyati   yuzaga   keladi,   «tashqi
mohiyat»da esa subekt va obektning alohidaligi saqlanib qoladi 27
. 
Mushohada yuritish yo‘li bilan olingan bilim rasionalistik tildan farq qiluvchi
alohida   tilda   bayon   etiladi.   Mushohada   yuritish,   mohiyat   e’tibori   bilan,   butundan
qism sari harakatdan iborat bo‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu
tilda yozilgan matnda qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy
asarda   bo‘lganidek)   avval   butunning   mazmunini   anglab   yetish   lozim.   Vaholanki,
fan   tilida   yozilgan   matnda   qismlarni   tushunmasdan   butunni   tushunish   mumkin
emas.   Ibn   Arabiy   filosofemasi   «badiiy»   tilda   yozilgan   bo‘lib,   mushohada
yuritishga asoslanadi va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz. 
3.   Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo‘l bilan yechish:   ( shartlar
va yechim ayniydir ) . Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo‘li
bilan bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish subekti va
obektining   ayniylik   shartidir.   Bilish   subekti   bu   ayniylikka   erishgach,   o‘zining
subektlik   mohiyatini   yo‘qotadi;   subekt   va   obekt   o‘rtasidagi   tafovut   yo‘qoladi,
biluvchi   bilinuvchiga   aylanadi,   biluvchi   ham,   bilinuvchi   ham   yo‘qolib,   faqat
27
 Қаранг: Ибн Араби. Геммы мудрости. – М.-Бейрут, 1980. – 88-б. yagona   universal   qoladi.   Bu   holat   «fano»   holati,   subektiv   o‘zlikning   «halok
bo‘lish», yo‘qolish holati deb ataladi. 
Mistik   bilish   jarayonini   tavsiflar   ekan,   Ibn   Arabiy   girdob   (xiro)   obrazidan
foydalanadi. «Xiro» so‘zi «sarosimalik» degan ma’noni ham anglatadi. Bu o‘ziga
xos sarosimalik, hamma narsada  Alloh ni ko‘ruvchi, Yagonani ko‘plikda, ko‘plikni
Yagonada,   «aniqni   yashirin,   yashirinni   aniq,   shuningdek   boshqa   ziddiyatli
narsalarni»   ko‘ruvchi   so‘fiyning   sarosimaligidir.   «Biroq   bu   yo‘qotgan   yoki
tushunmaydigan   odamning   sarosimaligi   emas» 28
.   Bu   sarosimalik   mistik   bilish
yo‘liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi; so‘ngra, mistik bilish jarayonida
sarosimaga   tushgan   odam,   Ibn   Arabiy   tavsifiga   ko‘ra,   «qutb   atrofida   aylana
harakat   qiladi   va   undan   uzoqlashmaydi» 29
.   Bu   qutb   –   Xudo:   girdob   obrazining
ma’nosi   shundan   iboratki,   bu   girdob   harakatining   boshi   yo‘q,   aniqrog‘i,   qayd
etilgan   aniq   bir   boshlanish   joyi   mavjud   emas:   istalgan   nuqtadan,   dunyoning   har
qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq girdobining
markazi: bilish doiralari muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun
borliqni o‘z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib biz yo‘limiz mo‘ljaldan
farq   qilmasligini,   yo‘lni   qaerda   boshlagan   bo‘lsak,   o‘sha   yerda   –   Xudoda
tugatganimizni ko‘ramiz 30
. 
Biz   Ibn Arabiy ijodida   ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi
va   immanentligi   muammosi   yechimining   uch   variantini   ko‘rib   chiqdik.
Yechimning   birinchi   yo‘lini   qismdan   butun   sari   yo‘l,   mantiqiy   mulohaza
yuritishdan   boshlanuvchi   yo‘l   deb   belgilash   mumkin.   Bunda   ilohiy   mohiyat   yoki
dunyo «qism» deb, muammoning izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi
mumkin. 
Ikkinchi yo‘l butundan qism  sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini
faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko‘rsatdik va so‘ng uni tahlil
qildik,   transsendent-immanent   muammo   yechilgan   sharoitda   ilohiy   mohiyat   va
dunyo qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rishga harakat qildik. 
28
 Ибн Араби. Геммы мудрости. – М.-Бейрут, 1980. –  С. 140.
29
 Ибн Араби. Геммы мудрости. – М.-Бейрут, 1980. –  С. 73.
30
 Ибн Араби. Геммы мудрости. – М.-Бейрут, 1980. –  С. 74. Nihoyat,   yechimning   uchinchi   varianti   qismlar   va   butunning   ayniyligini,
mutlaqo   va   barcha   yo‘nalishlarda   ayniylikni:   qismlarning   bir-biri   bilan,   ularning
har   biri   va   ikkalasining   butun   bilan   ayniyligini   qayd   etadi.   Birinchi   holda
transsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda
u   o‘z   yechimini   topish   uchun   dualizmni   qabul   qilishni   talab   etdi,   uchinchi   holda
esa u yechilmaydi, balki o‘z asosini yo‘qotadi. 
Bahouddin   Naqshband   asos   solgan   so‘fiylik   ta’limotining   nazariy
asoslaridan   birini   Xudo,   dunyo   va   insonning   o‘zaro   nisbati   muammosi   tashkil
etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik
yo‘nalishlarga   ajratish   mumkin.   Alloh   hamma   narsaning   yaratuvchisi   deb   e’tirof
etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas
deb   e’lon   qilingan   bo‘lsa,   so‘fiylar   ta’limoti   monoteizm   shakl-shamoyilini   kasb
etgan,   dunyo   va   Xudo   tushunchalari   tenglashtirilgan   taqdirda   bunday   ta’limot
panteistik deb hisoblangan 31
. 
Bahouddin   Naqshband   hayotning   mazmunini   Haqiqat   (Alloh)ga   erishishga
intilishda   ko‘rgan   va   Haqiqat   (Alloh)ga   erishish   tashqi   narsalar   haqidagi   bilim   –
shariatga   asoslanadi   va   ichki   narsalar   haqidagi   bilim   –   tariqat   jarayonida   yuz
beradi,   deb   hisoblagan.   U   shariat   Qur’oni   karim   va   hadislarni   bilishdan   kelib
chiquvchi diniy qonun-qoidalar to‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam
Haqiqatga   erishish   uchun   qaysi   bosqichlardan   o‘tishi,   Allohni   anglash   va   u   bilan
birikish   uchun   qanday   to‘siqlarni   yengishi   lozimligini   belgilaydi.   Bunda   bilish
jarayonida   shariatdan   tariqatga   o‘tish   darhol   yuz   bermaydi.   Faqat   shariatni
o‘zlashtirish   va   uning   talablarini   bajarish   orqali   Haqiqat   yo‘lidan   jadalroq   va
samaraliroq borish mumkin. 
Odam   bilishning   har   bir   bosqichi   (mistik   yo‘l   manzillari)dan   oldinma-ketin
o‘tib   o‘z   maqsadiga   yaqinlashadi.   So‘fizm   nazariyasi   va   amaliyoti   ongning
tashqidan   ichkiga,   ochiqdan   yashiringa   sayohatini   nazarda   tutadi.   Bahouddin
Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat
o‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan. 
31
 Қаранг: Шайх Баховуддин Накшбанд: его значение для религиозного мировоззрения, влияние его учения 
на этику и политику. – Т.: Мовароуннахр, 1997. –  С  13 So‘fizmda   mistik   bilish   zamirida   «O‘zini   bilgan   odam   o‘z   Allohini   biladi»
degan   tamoyil   yotadi.   O‘zini   o‘zi   bilish   orqali   Allohni   bilish   maqsadga
erishishning   eng   qisqa   yo‘lidir.   Bahouddin   Naqshband   yaratgan   ta’limotning
asosida   «Dil   ba   yor-u,   dast   ba   kor»,   ya’ni   «Ko‘ngil   yorda,   qo‘l   –   ishda»,   degan
shior yotadi. 
5   –masala   .   Markaziy   Osiyo   xalqlari   hayotida   ikkinchi   Sharq   Uyg‘onish
davrida   ko‘plab   mutafakkirlar   tarix   sahnasiga   keldi.   bu   davrda   A.Temur,
M.Ulug‘bek,   A.Navoiy,   A.Jomiy,   Z.M.Bobur   va   boshqa   bir   qancha   allomalar
jamiyat rivoji borasidagi ijtimoiy masalalarni o‘rtaga tashladilar. 
XIV asrning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, davlatni qurish, jamiyatni
huquqiy   qonun-qoidalar   asosida   boshqarish,   insoniyat   taraqqiyotiga   yangi
sivilizasiyani   olib   kirishda   Amir   Temurning   hissasi   katta   bo‘ldi.   U   o‘zining
ijtimoiy   –   siyosiy   qarashlarini   aytar   ekan,   men   markazlashgan   mustaqil   davlat
tuzishda   va   uni   boshqarishda   shior   qilib   olgan   12   ta   tuzuklarimga   amal   qildim,
deydi.   «Temur   tuzuklari»da   «Adolat   va   insof   bilan   Tangrining   yaratgan
bandalarini   o‘zimdan   rozi   qildim,   gunohkorlarga   ham   rahm   qilib   haqqoniyat
yuzasidan hukm chiqardim» degan so‘zlarni o‘qiymiz. 
Temur   o‘z   davrida   davlatni   boshqarish   ishlarida   bevosita   o‘tmishda   mavjud
bo‘lgan   davlatlar   va   podshohlar   hayotini   ham   o‘rganib   chiqqanligini   aytadi.   Bu
haqda   shunday   deydi:   «Hayotni   ko‘p   issiq   sovug‘ini   ko‘rib   ulardan   saboq   olib
tajribamni oshirdim. Shuning uchun do‘st-dushman bilan kelishib yashadim. Odam
Atodan   boshlab   Hotam   ul   an   biyogacha,   ulardan   hozirgi   damgacha   o‘tgan
sultonlarning   qonunlari,   turish-turmushlari,   qilish   -   qilmishlari,   aytgan   gaplarini
xotiramda   saqladim   va   yaxshi   axloqlari,   ma’qul   sifatlaridan   namuna   olib   unga
amal  qildim.  Davlatning tanazzulga  uchrashi  sabablarini  surushtirdim  va  davlatu-
saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim».
Temuriylar   davrida   ijtimoiy   fikr   taraqqiyotiga   katta   hissa   qo‘shgan   davlat
arboblaridan   bir   Mirzo   Ulug‘bekdir.   O‘z   davri   fani   va   madaniyati,   jamiyat   rivoji uchun   ko‘plab   dunyoviy   bilimlarni   xalqqa   yetkazib   berdi.   Ayniqsa,   jamiyat
taraqqiyoti   yosh   avlod   qo‘lida   ekanligini   chuqur   anglab   yetib,   yoshlar   barcha
egallagan   bilimlarini   mukammallashtirib   borishi,   ularni   hayotga   tadbiq   etishlari,
jamiyat   farovonligi   uchun   qayg‘urishlari,   doimo   kasb   va   hunar   egallashga
intilishlari   lozimligini   uqtiradi.   Uningcha,   har   bir   inson   o‘z   o‘tmishi,   tarixini
yaxshi   bilishi,   qolaversa,   kelajak   haqida   o‘ylashi   lozim.   U   o‘zining   «Ziji
Ko‘ragoniy»,   ya’ni   “Yulduzlar   jadvali”   nomli   asarini   yozdi.   Bu   kitobda   jahon
xalqlarining   har   xil   hisoblaridagi   eralar   va   ularning   munosabatlari,   vaqtni
aniqlansh,   quyosh   va   oy   tutilishlari,   yulduzlar   va   sayyoralarning   harakatlar   va
boshqalar  to‘g‘risida fikr  yuritadi. U bir  yilda 365 kun 6 saot  46 soniya  borligini
bundan 600 yil oldin aytib o‘tgan.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   ijtimoiy-falsafiy   tafakkuri   taraqqiyotida   Boboraxim
Mashrab (1657-1711 yil) qarashlari alohida ahamiyatga ega.   U o‘zining «Devonai
Mashrab»   deb   nomlangan   asarida   insonlar   g‘am-tashvishlari,   dard-alamlarini
kuyladi. Mashrab she’rlarida jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy adolatsizliklarni
qoraladi.   Uning   insonparvarlik   so‘zlari   jamiyatdagi   hukmdorlarga,   shariat
peshvolariga   mutlaqo   yoqmadi.   Jamiyatdagi   tengsizlik,   haqsizlik   kabi   illatlarni
qoralab, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarni barchasi oddiy xalqni og‘ir ahvolga solib
qo‘yishini aytadi. 
Mirzo   Abdulqodir   Bedil   (1644-1721)   falsafiy   qarashlarini   bayon   etar   ekan,
avvalo,   barcha   narsalar   4   unsur   (tuproq,   suv,   havo   va   olov)ning   qo‘shilishidan
kelib chiqqanligini aytadi. Bu unsurlarni birikuvi noorganik tabiatning, keyinchalik
o‘simlik   olamining   kelib   chiqishi,   o‘simlikning   rivojlanishi   bilan     hayvon   kelib
chiqishi   sodir   bo‘ldi.   Undan   keyin   so‘zlashishga   o‘rganib   inson   paydo   bo‘ldi,
deydi.   Shu   tariqa   anorganik,   organik   tabiat,   hayvonot   olami   va   insoniyat
o‘rtasidagi   o‘zviy   aloqa   borligini   ko‘rsatadi.   Bedil   inson   agar   o‘z   vaqtida
ovqatlanib   turmasa   quvvatdan   ketadi,   mehnat   qilish   qobiliyatini   yo‘qotadi   deydi.
Ayniqsa   bu   holat   ko‘pincha   tarki   dunyo   qilganlar,   gadoylar   o‘zlarini   turli
qiynoqlarga   soladilar,   o‘z   tanalarini   murdaga   aylantirib,     o‘zlarini   o‘zlari   xor qiladilar. Bunday kishilarni ko‘z oldilarida parilar, jinlar namoyon bo‘ladi, natijada
ular aqldan ozib qoladilar, deydi. 
6   –masala .XIX   asr   adabiy   merosiga   katta   hissa   qo‘shgan   shoira   Nodira
(1792-1842) she’rlarida insonni ulug‘lovchi g‘oyalarni maydonga olib chiqdi. 
Nodira   o‘z   she’rlarida   inson   va   uning   tabiatiga   bog‘liq   fikrlarni,   jamiyat
taraqqiyoti   uchun   zarur   omillarni,   insonlarning   og‘ir   turmushini   ko‘yladi.   Uning
fikricha,   inson   olamdagi   barcha   mavjudotlarning   eng   oliysi,   ham   eng   ulug‘i
hisoblanadi.   Shu   boisdan   inson   bu   dunyoni   go‘zal   etuvchi,   hayotni   sevgi-
muhabbatga   to‘ldiruvchidir.   O‘z   she’rlarida   xalq   ahvolidan   xabar   olmagan
xonlarni,   sultonlarni   soxta   obru-ye’tiborlarini   namoyish   etdi.   Nodira   insonlar,
shohlarni boylikka hirs qo‘ymaslikka da’vat qildi. Uning insoniylik, muhabbatning
mavjudligi insonning haqiqiy inson ekanligini bildiradi. 
  Xalq   dardi,   el-yurt   istiqboli   tashvishlari   bilan   yashagan   alloma   Axmad
Donish   (1827-1897)   «Buxoro   amirlari   tarixi»   asarida   o‘sha   davr   ma’naviy   va
madaniy hayotini aks ettirdi. U Buxoro xalqi hayoti bilan Rossiya xalqi turmushini
solishtirib,   o‘z   vatanini   iqtisodiy   va   madaniy   jihatdan   ancha     orqada   qolganligini
ko‘rsatib berdi. U Buxoro davlat tizimini isloh qilishi g‘oyasini ilgari surdi. Donish
o‘zining isloh loyihasi bilan amirga murojat qildi. Bu murojatda «Davlat bir guruh
kishilar   emas,   balki   xalq   manfaatlariga   xizmat   qilishi   kerak»   degan   g‘oyani
asosladi.   Bu   fikrlarni   amir   rad   etdi.   Donish   fikricha,   mamlakatni   boshqarishda
hukmdor   muhim   ishlarni   o‘z   atrofidagi   davlat   arboblari   bilan   maslahatlashib   hal
qilishi   lozim.   A.Donish   ma’rifatparvar   kishi   sifatida   mamlakatni   aqlli,   dono
odamlar boshqarganda, davlat taraqqiy qilishi mumkin, deb o‘ylaydi. Keyinchalik
A.Donish hayotiy tajribalar ostida donishmand va odil hukmdorga umid bog‘lash
fikridan qaytdi.
      Turkistonda   ijtimoiy   –   falsafiy   fikrlar   XIX   –   XX   asrlarda   jadidchilik
asosida   shakllandi.   Jadid   so‘zining   ma’nosi   yangi   degani.   Jadidchilik   xalqning
milliy   ongini   o‘stirish,   o‘zligini   anglash,   ma’rifatparvar   g‘oyalarni   ilgari   surishga
qaratilgan   edi.   Jadidchilik   harakatining   asoschisi   qrim-tatar   farzandi   Ismoil
Gaspirali   edi.   U   1884   yilda   Qrimdagi   Bog‘chasaroy   shahrida   birinchi   jadid maktabiga   asos   soladi.   O‘zi   dastur   tuzib,   darslik   yozdi.   Ana   shu   yaratgan   darslik
asosida 40 kunda bolalarni savodini chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan
juda   katta   shuhrat   qozondi.   Gaspirali   g‘oyalarini   xalqqa   yetkazib   berishda   o‘sha
davrdagi «Tarjimon» gazetasining xizmati katta bo‘ldi. 
    7-   MASALA   Tarixda   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   jihatdan   gurkiragan
O‘rta   Osiyoda   X VII   asrdan   bshlab   iqtisodiy   haribiy   sohalarda   Yevropa
mamlakatlariga   nisbatan   ijtimoiy-passivlik   kuzatiladi.   Turkistonning   ijtimoiy-
tarixiy   va   siyosiy   hayotida   bir-biriga   qarama-qarshi   jarayonlar   davom   etadi.   Bir
tomondan   markazlao‘gan   yagona   davlatni   barpo   etish   harkati   ikkinchi   tomondan
esa,   mayda   davlatlar   mustaqilligini   tiklash   va   uni   saqlab   qolishga   bo‘lgan
separatistik ayfiyatlar avj oldi. 
Mustaqil  davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi)ning mavjudligi islomning
mintaqa   xalqlari   ijtimoiy   hayotidagi   mavqeini   yanada   kuchaytirdi.   Bu   o‘ziga   xos
ruhiy-ma’naviy   jarayon,   o‘z   navbatida,   mutafakkirlarning   ijtimoiy-falsafiy,
siyosiy, axloqiy, estetik qarashlarida, ular asralarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
XX   asrning   ikkinchi   yarmida   Turkiston   o‘lkasining   Rossiya   imperiyasi
tomonidan zabt etilishi natijasida turkiy xalqlar davlatchiligi asoslarining ba’zi zaif
qirralari   yaqqol   sezildi.   Tub   iqtisodiy,   ma’rifiy   islohotlarni   amalga   oshirish
zarurligi   o‘qimishli   kishilarga   ayon   bo‘lib   qoldi.   Turkistonda   ijtimoiy   –   falsafiy
fikrlar XIX – XX asrlarda jadidchilik asosida  shakllandi. Jadid so‘zining ma’nosi
yangi   degani.   Jadidchilik   xalqning   milliy   ongini   o‘stirish,   o‘zligini   anglash,
ma’rifatparvar   g‘oyalarni   ilgari   surishga   qaratilgan   edi.   Jadidchilik   harakatining
asoschisi   qrim-tatar   farzandi   Ismoil   Gaspirali   edi.   U   1884   yilda   Qrimdagi
Bog‘chasaroy   shahrida   birinchi   jadid   maktabiga   asos   soladi.   O‘zi   dastur   tuzib,
darslik   yozdi.   Ana   shu   yaratgan   darslik   asosida   40   kunda   bolalarni   savodini
chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan juda katta shuhrat qozondi. Gaspirali
g‘oyalarini   xalqqa   yetkazib   berishda   o‘sha   davrdagi   «Tarjimon»   gazetasining
xizmati katta bo‘ldi.  1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va
Toshkentda   bo‘ladi.   Odamlarga   jadid   maktablarining   mohiyatini   tushuntirib
beradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi
ochadi.   U   ketganidan   keyin   bu   maktabni   amir   yana   yopib   qo‘yadi.   1904   yilda
Gaspirali   yana   Buxoroga   keladi   va   amir   bilan   muzokara   olib   borib,   ushbu
muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi. 
1898   yilda   Qo‘qonda   Salohiddin   Domla   boshchiligida   jadid   maktabiga   asos
solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi. 
Turkistonda   jadidchilik   harakati   boshida   M.Behbudiy,   A.Avloniy,   Fitrat,
Munavvar   Qori   va   boshqa   taraqqiyparvar   kishilar   turishgan.   Shunday   qilib,   XX
asrning boshlarida jadidlar Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi
siyosiy   kuch   sifatida   tarix   sahnasiga   keldi.   Taraqqiyparvar   ziyolilar,   ya’ni
jadidlarning   ongini   o‘sishida,   dunyoqarashining   yuksalishida     Bog‘chasaroyda
nashr   etilgan   «Tarjimon»,   Qozonda   chiqqan   «Yulduz»,   «Vatan»   jurnallari   katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Turkiston   jadidlarining   1906  yilda   «Taraqqiy»,   «Xurshed»   gazetalari   o‘zbek
tilida   chiqadi   va   ko‘p   o‘tmay   hukumat   tomonidan   to‘xtatilib   qo‘yadi.   Turkiston
jadidlarining ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3ta yo‘nalish bor edi. 
1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va
Toshkentda   bo‘ladi.   Odamlarga   jadid   maktablarining   mohiyatini   tushuntirib
beradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi
ochadi.   U   ketganidan   keyin   bu   maktabni   amir   yana   yopib   qo‘yadi.   1904   yilda
Gaspirali   yana   Buxoroga   keladi   va   amir   bilan   muzokara   olib   borib,   ushbu
muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi. 
1898   yilda   Qo‘qonda   Salohiddin   Domla   boshchiligida   jadid   maktabiga   asos
solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi. 
Turkistonda   jadidchilik   harakati   boshida   M.Behbudiy,   A.Avloniy,   Fitrat,
Munavvar   Qori   va   boshqa   taraqqiyparvar   kishilar   turishgan.   Shunday   qilib,   XX
asrning boshlarida jadidlar Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi
siyosiy   kuch   sifatida   tarix   sahnasiga   keldi.   Taraqqiyparvar   ziyolilar,   ya’ni jadidlarning   ongini   o‘sishida,   dunyoqarashining   yuksalishida     Bog‘chasaroyda
nashr   etilgan   «Tarjimon»,   Qozonda   chiqqan   «Yulduz»,   «Vatan»   jurnallari   katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Turkiston   jadidlarining   1906  yilda   «Taraqqiy»,   «Xurshed»   gazetalari   o‘zbek
tilida   chiqadi   va   ko‘p   o‘tmay   hukumat   tomonidan   to‘xtatilib   qo‘yadi.   Turkiston
jadidlarining   ozodligi   uchun   kurash   dasturida   asosan  3 ta   yo‘nalish   bor   edi . 
1. Yangi usul maktablari tarmoqlarini kengaytirish
2. Iqtidorli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish
Turli ma’rifiy jamiyatlar tashkil etish edi.
  
  XX-XXI   asr   o‘zbek   falsafasi.   XX   asr   o‘zbek   falsafasi   kam   o‘rganilgan
ziddiyatli  davrni  qamrab oladi. Chunki  hozirgi  davr  tanqidchilarida sovet  davrida
falsafa   bo‘lmagan,   u   davrda   intellektual   hayot   o‘lgan   va   uzoq   muddatga   qotib
qolgan,   faqat   ayrim   hollarda   ba’zi   mardlargina   o‘zlarining   g‘oya   va   qarashlarini
ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri fikr. Chunki aynan XX asr
boshlarida   shakllangan   jadidchilar   harakati   jamiyatni   ma’rifat   orqali   yangilash
g‘oyasini   ilgari   surganlar,   Behbudiy,   A.Avloniy,   A.Fitrat   kabilar   bir   guruh
yoshlarni   chet   elga   o‘qishga   yuborib,   yangi   avlod   ziyolilarini   tarbiyalashga
o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar.
1917   yilda   bolsheviklar   partiyasi   g‘alaba   qozonib,   dunyo   xaritasini   katta
Sovet   ittifoqi   degan   mamlakat   egallab,   unda   partiyaviylik   mafkurasi   hukmronlik
qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. 
Falsafaning   fidoyilari   yangi   qaror   topgan   siyosiy   tizimda   yashab,   ishlab   va
juda   ko‘p   sinovlardan   o‘tishlari   lozim   bo‘ldi.   Ayrim   ziyolilar   chet   elga   qochib
ketdilar,   ko‘pchilikda   esa   marksizm   g‘oyasining   haqiqiy   insonparvarligiga   qat’iy
ishonch   shakllandi   va   shu   bois   shu   yo‘nalishda   faoliyat   olib   bordilar.   Biroq
muayyan   darajada   sovet   mafkurasi   ta’siri   bo‘lsada,   o‘tgan   asrda   o‘zbek   falsafasi
to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa
fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar
oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari   milliy   jamiyati   faoliyatida   namoyon   bo‘ldi   va   olimlar   o‘z   falsafiy
qarashlarida   davrning   ruhini   ifoda   eta   oldilar.   Darhaqiqat   I.A.Karimov
aytganlaridek, “Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon
atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglay olsa, shundan keyingina unda g‘urur-
iftixor bo‘ladi. Shundagina, juda murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga
murojaat   qilib,   maslahatlashadi.   Maslahat   kimdan   so‘raladi   –   avvalombor,
salohiyatli   odamdan,   katta   falsafiy   bilim   va   intellektual   bilimga   ega   bo‘lgan
kishidan.” 32
.   Shunday   ekan,   O‘zbekistondagi   ijtimoiy   siyosiy   jarayonlarni
tushunishda   va   ularning   mohiyatini   tushuntirishda   yurtimiz   olimlarining   xizmati
ham katta.
Mirzo   Ulug‘bek   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   universiteti   falsafa
fakulteti .   1922   yilda   O‘rta   Osiyo   davlat   universiteti   (hozirgi   O‘zMU)   ijtimoiy
gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi,
bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi.
1935   yilda   birinchi   «Dialektika   va   tarixiy   materializm»   kafedrasi   tashkil
q ilindi .   Shu   yillari   kafedrada   N.   Kosenkov,   L.E.Garber,   A.T.Ayupov,
V.S.Nikitchenko,   K.S.Sadыkov,   X.U.Umarov,   K.M.Maxmudov,   X.J.Jalilov,
A.M.Vaysman,   V.Dalievlar,   shuningdek   o‘rindoshlik   asosida   I.M.Mo‘minov,
J.M.Babaevlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borganlar. 
1944   yilda   Dialektika   va   tarixiy   materializm   kafedrasi   tarkibidan   «F alsafa »
kafedrasi   ajralib   chiqqan.   Aynan   “Falsafa”   kafedrasi   negizida   1962   yilda   “Ilmiy
kommunizm”,   1967   yilda   “Tabiiy   va   gumanitar   fakultetlar   falsafa”   kafedralari
tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib  bordi.
1960   yilla rda   kafedrada   45   ta   professor-o‘qituvchi   faoliyat   olib   borgan.   Bu
davrda   f alsafa   mutaxassisligi   bo‘yicha   universitetning   o‘zida   milliy   kadrlar
tayyorlash   imkoniyati   paydo   bo‘l gan .   Professor   A.Ayupov,   V.S.Nikitchenko,
H.Umarov   sa’y   harakatlari   bilan   oliy   ta’lim   vazirligida   bu   masalaga   ijobiy
yondoshilib,   universitetning   tarix   fakultetida   1963-1964   o‘quv   yilidan   boshlab
falsafa bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‘quv
32
  Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари олий қадрият. 14-том. –Т.: Ўзбекистон, 2006. –Б.108-
109.  rejasi asosida respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis
kadrlar tayyorlash jarayoni boshlangan.
Shu   yillarda   ilmiy   ishlar   rivoj   topib   yuqori   malakali   kadrlar   yetishib   chiqa
boshlagan.   1962-1967   yillarda   18   ta   falsafa   fanlari   nomzodi   tayyorlangan.   1962-
1992   yillar   davomida   gumanitar   fakultetlar   “Falsafa”   kafedrasini   boshqargan
professor   A.T.Ayupov   boshchiligida   dosentlar   G‘.Shoyusupova,
A.I.Abdusamedov,   K.S.Sadыkov,   K.I.Ivanova,   I.Rahimov,   V.S.Nikitchenko   va
boshqalar   dastlab   falsafa   bo‘limi,   keyin   falsafa   fakultetining   milliy   kadrlarni
tayyorlash faoliyatida katta rol o‘ynadilar. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-
o‘qituvchilari   nafaqat   o‘quv   jarayoni,   balki   ilmiy   bilish   sohasida   faol   ishtirok
qilganlar.   1974   yilda   K.I.Ivanovaning   “Ilmiy   bilishda   sababiylik   tamoyili”   nomli
monografiyasi,   professor   L.E.Garber,   A.T.Ayupov,   U.Xaydarov,   B.To‘ychiev,
V.G.Chernыxlarning   “Ilmiy   bilish   mantig‘i   va   metodlari”(1986)   mavzusidagi
turkum asarlari nashr qilingan.
O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  akademigi  E.Yu.Yusupov,  professorlar
M.V.Vohidov,   I.R.Rahimovlar   1980-2005   yillarda   O‘zbekistonning   ijtimoiy-
siyosiy,   iqtisodiy-madaniy   taraqqiyotining   falsafiy   muammolari   bo‘yicha   ilmiy
tadqiqot   ishlari   olib   borish   bilan   birga,   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalari   yozganlar,
yosh   kadrlarni   tayyorlashga   o‘zlarining  munosib   hissasini   qo‘shganlar.  Shu   yillar
davomida   J.Babaevning   “Falsafa   asoslari”   o‘quv   qo‘llanmasi,   E.Yusupovning
tahririda   “Falsafa”   (1985)   darsligi,   I   Raximovning   “Mantiq   fanidan   seminar
mashg‘ulotlari” (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan. 
Falsafa   bo‘limida   o‘qitiladigan   fanlarning   differensiallashuvi   natijasida
“Mantiq”,   “Falsafa   tarixi”   va   “Dinshunoslik”   kafedralari   tashkil   qilingan.   O‘sha
yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy
ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar.
Mustahkam   poydevor   yaratilgach,   1979   yilda   tarix   fakulteti   tarkibidan
“Falsafa,   iqtisod   va   psixologiya”   bo‘limlari   ajratilib,   uchta   mutaxassislikni
birlashtiruvchi   yangi   falsafa-iqtisod   fakulteti   tashkil   qilingan   va   falsafa   fanlari
nomzodi, professor G.Sh.Shoyusupova (1979-1985) dekan lavozimida ishlagan.  Bu   esa   falsafa   fanining   yanada   chuqur   va   keng   o‘rganilishi   yo‘lidagi   dadil
qadam   bo‘ldi.   Yangi   kafedralar   tashkil   qilinib,   falsafani   o‘qitishga   differensial
yondoshuv   shakllandi.   Shu   yillarda   fakultetda   pofessorlar:   -   M.Xayrullaev,
M.Baratov,   L.E.   Garber,   V.N.   Moroz,   M.   Nurmatov   f.f.n   dosent   M.Q.   Aripov,
f.f.n.   dosent   M.Daliev,   dosent   E.N.   Abramyan,   Z.Mo‘minova,   dosent
T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov, Sh.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L.
Turchaninov,   fakultetning   bitiruvchi   yoshlari   M.   Sharipov,   B.To‘ychiev,
E.Mo‘minov,  A.O‘tamurodov,  I.Ergashev,  o‘rindoshlik  asosida   professorlar  M.N.
Abdullaeva, H.Aliqulov va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar.
1990   yilda   universitet   yangi   Nizomi   qabul   qilinib,   uning   keyingi   taraqqiyot
yo‘llari,   vazifalari,   huquqlari,   xalq   hayotidagi   mavqei   yangi   dunyoqarash   nuqtai
nazaridan belgilab olindi. Shu bois 1991 yilda fakultet tarkibidan “Iqtisod” bo‘limi
ajraldi va   “Falsafa, sosiologiya va psixologiya” bo‘limlari va 9 kafedradan iborat
“Falsafa”   fakulteti   yoshlar   ongiga   mustaqillik   mafkurasining   mazmun   va
mohiyatini   singdirish,   yangi   dunyoqarashni   shakllantirish   yo‘lida   fidokorona
mehnat qildilar.
1989-2007   yillarda   “Falsafa   tarixi   va   mantiq”   kafedrasining   mudiri
lavozimida ishlagan professor  S.A.Yo‘ldoshev kafedra a’zolari bilan hamkorlikda
Sharq   va   G‘arb   xalqlari   tarixi,   Markaziy   Osiyo   xalqlari   falsafasi   va   ijtimoiy
axloqiy   qarashlarini   o‘rganish   bilan   bir   qatorda,   mantiq   fanining   keng   qamrovli
o‘rganilishiga ham alohida e’tibor qaratib kelgan. Magistraturada ushbu yo‘nalish
bo‘yicha   mutaxassislik   ochishga   boshchilik   qilgan.   Pokiston   va   Eron   falsafasini
O‘zbekistonda chuqur o‘rganilishiga munosib hissa qo‘shgan.
  O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   2000   yil   28
yanvardagi   farmoniga   ko‘ra,   Toshkent   Davlat   universitetiga   “Milliy”   maqomi
berilishi,   fakultet   professor   o‘qituvchilariga   mas’uliyat   yuklashi   bilan   bir   qatorda
yangi   faoliyatga   chorladi.   Ular   falsafiy   bilimlarni,   yangilangan   tafakkur   nuqtai
nazaridan yoritish bo‘yicha faol ish olib bordilar. 
2002   yilda   yangi   “Falsafa   va   fan   metodologiyasi”   kafedrasining   tashkil
qilinishi   falsafadagi   ijtimoiy   muammolar   bilan   bir   qatorda,   fundamental masalalarning o‘rganilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. “Falsafaning metodologik
muammolari”   ilmiy   maktabiga   asos   solindi.   Bugungi   kunda   ushbu   maktab
tadqiqotchilari tomonidan “gerontologiya” - qariyalik muammosi, “tanatalogiya” -
o‘lim   va barhayotlik muammosi,  “fenomenologiya”  insonning  individual  ijtimoiy
ongiga   ta’sir   qiluvchi   omillar   muammosi,   ”germenevtika”   -   tushunish   va
tushuntirish   muammosi,   “epistemologiya”,   “fan   falsafasi”   kabi   muammolarning
falsafiy   tahliliga   qiziqishning   kundan   kunga   ortib   borishi   yangi   avlod
faylasuflarining yuqori intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga
yo‘naltiruvchi munosib ustozlar borligidan dalolat beradi.
O‘tgan   yillar   davomida   fakultet   bitiruvchilari   nafaqat   pedagogik   faoliyati,
balki   ilmiy   salohiyati   bilan   falsafiy   fanlar   bo‘yicha   yangi   o‘quv   adabiyotlarini
yaratish   jarayonida   ham   faol   ishtirok   qildilar.   I.Saifnazarov   muallifligida   “Kurs
leksiy   po   filosofii”   (2001),   “Ilmiy   ijod   metodologiyasi”   (2004),   “Fanlarning
falsafiy   masalalari”   (2007   I.Rahimov   A.O‘tamurodov   hamkorligida   “Fanlarning
falsafiy   masalalari”   (2005),   D.Fayzixo‘jaeva   va   M.Sharipovlar   hammuallifligida
“Mantiq” (2004) o‘quv qo‘llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa (2005
lotin   tilida),   “Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar”   (2004),
“O‘zbekistonda   yangi   jamiyat   qurilishining   g‘oyaviy-mafkuraviy   masalalari”
(2005),   “Erkin   va   farovon   hayot   qurilishining   g‘oyaviy   mafkuraviy   masalalari”
(2007)   o‘quv   qo‘llanmalari,   Q.Nazarov   tahriri   ostida   “Falsafa   qomusiy   lug‘at”
(2004),   “G‘arb   falsafasi”   (2004),   “Jahon   falsafasi   tarixidan   lavhalar”   (2005),
“Milliy  g‘oya  asosiy   tushuncha   va  tamoyillar”   o‘quv  qo‘llanmasi  (2001),  “Milliy
g‘oya   asosiy   tushuncha   va   tamoyillari   lug‘ati”   (2005),   “Milliy   g‘oya   va   rahbar
mas’uliyati”   (2008),kitoblari,   yakka   muallifligida   “Bilish   falsafasi”   (2005),
“Qadriyatlar   falsafasi”   (2004)   o‘quv   qo‘llanmalari,   N.A.Shermuxamedova
muallifligida   “Filosofiya   i   metodologiya   nauki”   (2003)   o‘quv   qo‘llanmasi,
“Falsafa   va   fan   metodologiyasi”   (2005),   “Gnoseologiya”   (2007),   Gnoseologiya   –
bilish nazariyasi (2009) darsliklari, A.Ochildievning “Milliy g‘oya va millatlararo
munosabatlar”   (2004),   Ye.Emirovaning   “Metodika   prepodavaniya   filosofii”
(2004),   shuningdek   A.Strelsova   bilan   hamkorlikdagi   “Vvedenie   v   spesialnost» (2009)   o‘quv   qo‘llanmasi   kabi   qator   yangi   adabiyotlarining   nashr   qilinishi
fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
O‘zMUning   90   yillik   tarixida   Falsafa   bo‘limining   45   yillik,   falsafa
fakultetining   deyarli   30   yillik   faoliyati   o‘z   o‘rniga   ega.   Zero,   bugungi   kunda
yangilangan   tafakkur   egalari   o‘zbek   falsafasining   nomini   dunyoga   tanitmoqdalar.
Azaliy   falsafiy   muammolarga   yangicha   yondoshmoqdalar.   “Ustoz   va   shogird”
maktabining   yangi   avlodi   shakllanmoqda,   yangi   ilmiy   maktablarga   asos
solinmoqda.   Fakultetning   1500   mingdan   ortiq   bitiruvchilaridan   shu   yillar
davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining I.Mo‘minov nomidagi
Falsafa va huquq instituti.  O‘zbekistonda falsafa fanining rivojiga nafaqat falsafa
fakulteti   professor   o‘qituvchilari,   balki   O‘zbekiston   fanlar   akademiyasining   1957
yilda   I.M.Mo‘minov   tashabbusi   bilan   tashkil   qilingan   “Falsafa   va   huquq”
institutining   ilmiy   xodimlari   ham   munosib   hissa   qo‘shdilar.   Ilmiy   tadqiqot
institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa tarixi” bo‘limlari faoliyat olib bordi.
Keyinchalik   institut   tarkibi   yangi   yosh   milliy   kadrlar   bilan   boyib   bordi   hamda,
“Dialektika va bilish nazariyasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Etika” kabi bo‘limlar tashkil
qilindi.   Institutning   asosiy   faoliyati   falsafa,   fan   va   madaniyat   tarixini   obektiv
o‘rganish, ma’naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq ma’naviyatini yangi
bilimlar   bilan   boyitish,   millatning   ma’rifiy   ruhini   ko‘tarishga   yo‘nalgan   edi.   Bu
sohada   Ibrohim   Mo‘minov,   Muzaffar   Xayrullaev,   Mo‘bin   Baratov,   Erkin
Yusupov, Karim Sodiqov, Mirahmad Abdullaev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov,
Muhammadjon Boltaev, Anvar Sharipov, Gulchehra Navro‘zova va boshqalarning
ilmiy tadqiqotlari e’tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam
va   Telman   Abdushukurovlar,   Haydar   Po‘latov,   Abdulxay   Valiev,   Oysara
Umrzoqova,   Naim   G‘oyibov,   Abduvosid   Yo‘ldoshev,   Maxmud   Abdullaev,   Said
Shermuxamedov,   Qo‘chqor   Xonazarov,   Xotima   Shayxova,   Abdulxafiz   Jalolov,
Jo‘ravoy Yaxshilikov, Qiyom  Nazarov, Viktor Alimasovlar samarali  ishladilar  va
ishlamoqdalar. Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodorlogiyasi
bo‘yicha   Jondor   Tulenov,   Bahrom   Ismoilov,   Omonulla   Fayzullaev   kabilar
boshlagan an’analarni, Mahbuba Abdullaeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To‘raev,
Ra’no   Imomalieva,   E’tibor   Hoshimova,   Shuhrat   Qo‘shoqov,   Hakima   Salomova,
Oqil   Fayziev,   Nigina   Shermuxamedova,   Alima   Berdimurodova,   Nariman
Eshmetov,   Shavkat   Mamadaliev,   Ziyodullo   Davronov,   Karima   Tulenova,   Emina
Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.
Birgina 2003 yilda institut  xodimlari  31 ta turli  yo‘nalishdagi  ilmiy tadqiqot
loyihasiga   ega   bo‘ldilar.   Bugungi   kunda   falsafa   va   huquq   instituti   yangi   yosh
kadrlar bilan boyib bormoqda.
Falsafa   tarixi   va   tarix   falsafasini   tahlil   qilishda   I.A.Karimov   aytganlaridek,
“Sharq   falsafasini   teran   o‘rganish,   shu   asosda   ulug‘   madaniyatimiz   va
qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o‘tmishdan qolgan mafkuradan xalos
bo‘lish,   o‘zimizning   asrlar   sinovidan   o‘tgan,   ulug‘   ajdodlarimiz   bizga   qoldirgan
milliy   mafkura   va   tafakkurimizni   tiklash,   uni   zamonaviy   –   umumbashariy   ruh
bilan   boyitish   xalqimizning   dolzarb   vazifasidir” 33
.   Shu   ma’noda,   o‘zbek
falsafasining   yetakchi   vakillari   Sharq   falsafasi   tarixini   o‘rganish   va   undagi
gumanistik g‘oyalarni “... halqimiz soddagina qilib, “o‘zbekchilik” deb ataydigan,
mehr-oqibat, o‘zaro chidam va hurmat, o‘zgalarning dardiga hamdard bo‘lish kabi
oliyjanob   fazilatlarni” 34
  kelgusi   avlodga   yetkazish   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqot   ishlari
olib bordilar. Quyida ko‘p sonli o‘zbek falsafasining vakillarining ta’limotlari bilan
tanishamiz. 
I.Mo‘minov.   (1908-1974)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.
I.Mo‘minov   tomonidan   1956   yilda   O‘zbekiston   Fanlar   Akademiyasining
“O‘zbekistonda   ijtimoiy   fanlar”   jurnaliga   asos   solinishi   ilmiy   tadqiqot   ishlari
tarkibi   va   mavzulari   doirasining   nisbatan   kengaytirilishi   ijodiy   erkinlikka   yo‘l
ochdi. 1957 yilda I.Mo‘minov tashabbusi bilan O‘zFa huzurida “Falsafa va huquq
instituti”   tashkil   qilingan.   (O‘zbek   ensiklopediyasining   birinchi   mas’ul   muharriri
bo‘lgan.)
33
 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. -Б.260.
34
 Ўша манба, -Б.296. I.M.   Mo‘minov   o‘zbek   faylasuflaridan   birinchi   bo‘lib,   totalitar   tuzumning
millatni  ma’naviy qadriyatlardan mahrum  etish, milliy ongni  buzish va o‘z-o‘zini
anglashga yo‘l qo‘ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-
jahdi   bilan   harakat   qilayotgan   bir   paytda,   tarixiy   va   ma’naviy   merosni,   o‘zbek
xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma’naviy qadriyatlarni
har tomonlama o‘rgandi. 
I.M   Mo‘minovning   Abu   Rayxon   Beruniy   tavalludining   1000   yilligiga
bag‘ishlab   o‘tkazilgan   xalqaro   konferensiyada   “Beruniy   –   ensiklopedist   olim”
mavzusida   ma’ruzasi   qilishi   va   “Xorazmlik   buyuk   ensiklopedist”
monografiyasining   o‘zbek,   rus,   ingliz   va   fransuz   tillarida   nashr   qilinishi
olamshumul   voqea   bo‘ldi.   Xususan   u   “Biz   buyuk   xorazmlik   olim   Beruniyga
vatanparvarligi,   insonparvarligi   uchun,   olimning   quvonchi   va   baxtini
umuminsoniylik va milliylik, umumiylik va xususiylik birligida ko‘ra olgani uchun
buyuk hurmat bilan qaraymiz. Beruniyda vatanparvarlik izchil insonparvarlik bilan
uzviy bog‘lanib ketadi” 1
, deb e’tirof etadi. O‘sha davrda o‘tmish mutafakkirlari va
olimlarining   insonparvarlik   salohiyati,   qarashlari   va   ta’limotlaridagi   nodir   milliy
va umuminsoniy qadriyatlar haqida hech narsa deyilmagan yoki ular inkor qilingan
bir   vaziyatdagi   bu   sa’y   harakat   milliy   falsafa   rivojidagi   dastlabki   uchqun   bo‘ldi,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Olim   turli   manba   va   ilmiy   adabiyotlardan   foydalangan   va   ularni   sharhlagan
holda Amir Temurning shaxsi  va faoliyatini obektiv tahlil qilishga va baholashga
harakat   qildi.   I.Mo‘minov   o‘sha   davrdagi   ilm   ahlini   Amir   Temurning   milliy
davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to‘g‘ri baho berishga chaqirdi va1969 yilda
YuNESKO homiyligida Samarqand shahrinnig 2500 yilligi, Temur va Temuriylar
davridagi   O‘rta   Osiyo   san’atini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   konferensiyada   “Amir
Temurning   O‘rta   Osiyoda   tutgan   o‘rni   va   roli”mavzusida   ma’ruza   qildi,   jiddiy
muhokamalardan   so‘ng   ma’ruza   o‘zbek   va   rus   tillarida   nashr   qilindi.   U   ”Bunday
shaxsning   yuzaga   kelishi   davrning,   zamonning   taqozosi,   Chig‘atoy   ulusining
zulmi,   mayda   feodal   beklarni   vahshiyona   ezishi,   mo‘g‘ul   xonlari,   Oltin   O‘rda
1 1
 Қаранг.Шермухамедов С. Халқ маънавияти ва маърифатига бахшида этилган умр.-Т.: Фан, 2004. –Б. 4. beklarining   Movaraunnahrdagi   to‘xtovsiz   bosqinchilik   yurishlari,   azoblangan,
xonavayron   bo‘lgan,   150   yil   davomida   chet   el   hukmronligidan   tinkasi   qurigan
mamlakatning,   xalqning   mustaqillikka   erishish   talabi   edi.   Bu   tarixiy   zaruriyat
Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi. Temur  davlat  arbobi sifatida
ma’lum   darajada   bu   ehtiyojni,   talabni,   zaruriyatni   o‘zida   aks   ettirdi,   ya’ni
Movanaunnahrda   mustaqil   markaziy   birlashgan   davlat   tuzdi,   mamlakat
ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor sinflar, savdogarlar, karvonsaroy egalari hamda
ma’lum   ma’noda   aholi   talablariga   peshvoz   chiqib,   mamlakatning   ko‘p   joylarida
qurilishlar   qildirdi,   kamida   yuz   yigirma   yil   davomida   nisbatan   osoyishtalik
o‘rnatdi.   Bu   shubhasiz,   mamkalakatda   iqtisod,   madaniyat,   fan,   adabiyot   va
san’atning o‘sishida muhim omil bo‘ldi. Temurning O‘rta Osiyo tarixidagi xizmati,
bizningcha ana shulardan iboratdir” 35
 deb ta’kidladi. 
Amir Temur O‘rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va boshqa
Yevropa   xalqlariga,   shuningdek   Shimoliy   Afrika   xalqlariga,   birinchi   navbatda
Misr   xalqiga   yordam   ko‘rsatdi 36
.   Bu   asari   bilan   I.Mo‘minov   ba’zi   tarixchilarning
“Amir Temur o‘zidan vayrona va kuldan boshqa hech narsa qoldirmadi”, “Temur
va Chingizxon bir tarzda ish ko‘rdi” degan uydirma da’volarning asossiz ekanligini
isbotladi. Bu totalitar mafkura hukmronlik qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi
edi.   Shu   bois   u   ma’muriy   –buyruqbozlik   tizimi   mafkurasining   keskin   tanqidi   va
adolatsiz   tazyiqiga   uchradi.   Chunki   marksistik   mafkura   uchun   millatning   o‘z   –
o‘zini   angalashga   asos   bo‘ladigan   ilmiy   tarixiy   dalillar   emas,   balki   millatlar   va
xalqlarni   tarixiy   ildizlaridan   va   qadriyatlaridan   uzib   qo‘yadigan   kommunistik
ongni shakllantirish muhimroq edi. Shunday bo‘lsada 1976-1977 yillarda uning 4
jildlik   “Tanlangan   asarlari”   nashr   qilindi.   Ushbu   kitoblarga   I.Mo‘minovning
nafaqat   O‘rta   Osiyo   mutafakkirlari,   (Mirzo   Bedil,   A.Beruniy,   Yu.Qoshg‘ariy,
A.Navoiy,   A.Jomiy),   balki   g‘arb   falsafasi   namoyondalari   (Gegel,   Kant,   Yum,
Fixte) ijodiga bag‘ishlangan asarlari jamlangan. 
Mustaqillikka   erishgach   Mo‘minovning   ijodi   va   jamoatchi   arbob   sifatidagi
faoliyatiga   munosabat   o‘zgardi.   U   fan,   falsafa   ravnaqiga   qo‘shgan   hissasi   uchun
35
  Мўминов И.Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган ўрни ва роли.2 нашр.-Т.: Фан, 1993. –Б.54-55.
36
  Ўша асар. –Б.52-53. “Buyuk   xizmatlari”ordeni   bilan   taqdirlandi.   “Falsafa   va   huquq   instituti”   uning
nomi bilan ataldi. I.Mo‘minov yaratgan ilmiy maktabning dastlabki qaldirg‘ochlari
o‘z maktablarini yaratishga muyassar bo‘ldilar va ustoz ishini davom ettirdilar. 
Sho‘rolar   davrida   O‘zbekistonda   nafaqat   falsafa   tarixi,   balki   dialektika   va
bilish   nazariyasi   masalalarini   o‘rganishga   ham   e’tibor   qaratilgan.   I.A.Karimov
aytganlaridek,   “Falsafani   o‘zagini   tashkil   etadigan   dialektika   fani   bo‘yicha   hozir
oliy o‘quv yurtlarimizda qanday darsliklar bor? Dunyoni dialektik nuqtai nazardan
baholashda,   bugungi   o‘ta   murakkab   va   shiddatli   jarayonlarni   anglash,   ularga
munosabat   bildirishda   qaysi   yo‘nalishlar   sizga   ma’qul?” 37
.   Darhaqiqat,   sho‘rolar
davrida   ilmiy   bilim   marksizm   g‘oyalari   bilan   sug‘orilgan   bo‘lsa-da,   ba’zi
faylasuflar ijodida bilim o‘zining haqiqiy ma’nosida ifodasini topa oldi. Jumladan,
shunday olimlardan biri Jondor Tulenovdir.
Tulenov Jondor (1927-2002)   akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
Asosiy   ijodi   dialektika   va   bilish   nazariyasi,   ilmiy   tafakkur   uslubi   masalalariga
bag‘ishlangan.   XX  asrning   70-80  yillarida  falsafani   o‘rganishda   nisbatan   erkinlik
shakllandi   va   shu   bois   dialektik   mantiqning   rivojiga   yo‘l   ochildi.   O‘zbekistonda
J.Tulenovning   dialektika   maktabi   shakllandi.   Qozog‘istonlik   o‘zbek   olimi   1971
yildan O‘zbekistonda ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 350 dan ortiq ilmiy ishlar
muallifi.   J.Tulenov   o‘zining   “Qonun   falsafiy   kategoriya   sifatida”   (Zakon   kak
filosofskaya   kategoriya   1959)   asarida   qonunlar   tuzilishi   jihatidan   uch   asosiy
komponentlardan iborat deb ko‘rsatadi: Ular 1) obektiv asosga ega, ya’ni predmet
va   hodisalarning   umumiy   nisbatan   barqaror   zaruriy   aloqalarini   ifodalaydi;   2)
harakatning   o‘ziga   xos   usuliga   ega,   ya’ni   voqealar   xarakteri   va   yo‘nalishini
aniqlaydi;   3)   yuqorida   ko‘rsatilgan   ikki   komponent   o‘rtasida   bog‘lovchi   element
vazifasini   bajaruvchi   muayyan   sharoitlar   mavjudligida   namoyon   bo‘ladi.   Demak
qonun-   bu   predmet   va   hodisalarning   zaruriy,   nisbatan   barqaror   munosabatlari
majmui   bo‘lib,   ular   voqealarning   yo‘nalishi   va   xarakterini   aniqlaydi.   Qonun
namoyon   bo‘lishning   turli   shakllari   bilan   xarakterlanadi.   Qonunning   namoyon
37
 Каримов И.А. Ёшларга ишонч билдириш, уларнинг ташаббус ва салоҳиятини рўёбга чиқариш – бугунги 
куннинг устувор вазифасидир \\ Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. –Т.: Ўзбекистон, 2006.
–Б. 280.   bo‘lish   shalklariga   quyidagilar   kiradi:   1)   qonunning   stixiyali   anglanilgan   kuch
sifatida   namoyon   bo‘lishi;   2)   qonunning   hukmron   tendensiya   va   aniq   shaklda
namoyon   bo‘lishi(dinamika   va   statika   qonunlari);   3)   qonunning   katta   va   kichik
kuch bilan harakati. 
Obektiv   qonunlar   tizimi   ham   turli   tumanligi   bilan   xarakterlanadi.1)Qonun
qamrab   olgan   obektiv   jarayonlar   nuqtai   nazaridan   tabiiy   va   ijtimoiy   qonunlar
farqlanadi;   2)   Jarayonlarga   ta’sir   darajasi   nuqtai   nazaridan   asosiy   va   asosiy
bo‘lmagan   qonunlar;   3)   harakat   sharoitlari   nuqtai   nazaridan   xususiy,   umumiy   va
eng umumiy qonunlar farqlanadi. 
J.Tulenovning   kategoriyalar   haqidagi   fikrlari   ham   diqqatga   sazovordir.
Jumladan u a) dialektika kategoriyalari obektiv dunyoning umumiy qonuniyatlarini
ifodalaydi va ontologik mazmunga ega; bu inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda
mavjud   bo‘lgan   voqelik   rivojlanishi   va   harakatining   aloqadorligi   bilan   bog‘liq
umumiy   qonun;   2)   dialektika   kategoriyalari   umumiy   tushunchalar   sifatida   inson
fikrining shaklidir va bilishning tayanch nuqtasi  hisoblangan mantiqiy mazmunga
ega;   3)   dialektika   kategoriyalarining   shalklanishi   va   rivojlanishi   asosi   bo‘lgan
amaliyot   insonning   moddiy   ma’naviy   faoliyati   majmui   sifatida   namoyon   bo‘ladi,
shuning   uchun   dialektika   kategoriyalari   ijtimoiy   amaliyotning   mahsuli   ham
deyiladi;   4)   dialektika   kategoriyalari   amaliyotda   paydo  bo‘lib,  amaliyotga   xizmat
qiladi. 5) dialektika kategoriyalarining muhim xususiyati ularning o‘zgaruvchanligi
va   egiluvchanligidir.   Muallif   “Dialektika   kategoriyalarning   egiluvchanligi”
(Problema   gibkosti   kategoriy,   1981),   Dialektika   kategoriyalarning   o‘zaro
aloqadorligi   (Vzaimosvyaz   kategoriy   dialektiki   1986)   asarlarida   birinchi   bo‘lib,
dialektika   kategoriyalarining   ziddiyatliligi,   ularning   rivoji,   o‘zaro   aloqadorligi   va
o‘zaro bir-biriga o‘tishini, kategoriyalar egiluvchanligining fan va amaliyot uchun
ahamiyatini asoslagan. J. Tulenov dialektika qonun va kategoriyalarining ayniyligi
va farqlari masalasi haqida ham to‘xtaladi. U o‘zining”Dialektika va ilmiy tafakkur
uslubi”   (Dialektika   i   stil   nauchnogo   mыshleniya,   1983)   asarida   birinchi   marta,
inson ijodiy faoliyatida tafakkur uslubining o‘rni va rolini yoritib beradi. Insonning
kundalik   tafakkur   uslubidan   ilmiy   tafakkur   uslubiga   o‘tishiga   ta’sir   qiluvchi omillarni,   dialektik,   metafizik,   sofistik,   eklektik   tafakkur   uslublarining   tarixiy
rivojlanish   bosqichlarini   yoritish   bilan   bir   qatorda,   ilmiy   tafakkur   uslubiga   ta’rif
bergan. Sovet davrining qaqshatqich  tazyiqi  ostida J.Tulenov 3 marta “Dialektika
va   bilish   nazariyasi”   (1984,   1986,   1989)   mavzusida   xalqaro   ilmiy   konferensiya
o‘tkazdi.
Mustaqil   O‘zbekistonda   J.Tulenov   ijodining   yangi   qirralari   namoyon   bo‘ldi.
Bu   davrda   u   ijtimoiy   dialektika   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratadi.   Hayot
falsafasi   (1993)   asarida   falsafiy   bilimning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   uning   siyosat
bilan   bog‘liqligi,   mamlakat   mustaqilligining   dastlabki   yillarida   ijtimoiy   siyosiy,
iqtisodiy,   ma’naviy   yangilanish   jarayonlarini   tushunish   uchun   falsafiy   madaniyat
va siyosiy  tafakkurni  shakllantirish lozimligini  ta’kidlaydi. “Mustaqillik va milliy
tiklanish”   (1996)   asarida   O‘zbekiston   mustaqilligining   tarixiy   ahamiyati,   yangi
siyosiy   tizim,   ko‘pukladli   iqtisod   va   bozor   munosabatlariga   o‘tishda,   mustaqil
davlatning   ma’naviy,   madaniy   va   axloqiy   asoslarini   rivojlantirish   va
mustahkamlash, milliy mustaqillik mafkurasining maqsadi  va yo‘nalishlarini aniq
anglash va ularni hayotga tadbiq etish masalalari yoritilgan. “Qadriyatlar falsafasi”
(1998) asarida qadriyatlarning mohiyati, ularning turlari(tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy
siyosiy, estetik va h.k) ma’muriy buyruqbozlik hukmronlik qilgan tuzumda milliy
qadriyatlarning qadrsizlanganligi, mustaqillik davrida qadriyatlarga munosabatning
o‘zgarganligi,   milliy   tiklanish,   millatning   o‘z-o‘zini   anglashi   mustaqillikni
saqlashning asosiy omili bo‘lishini e’tirof etgan.
Tulenovning   so‘nggi   asari   “Dialektika   nazariyasi”(2001)   bo‘lib,   unda   olim
dialektikani   sinergetika   bilan   almashtirishga,   dialektikani   o‘ldiga   chiqarishga
harakat   qilgan   ba’zi   soxta   olimchalarga   qaqshatqich   zarba   beradi.   Dialektikaning
fan va ta’limot sifatidagi tarixiy taraqqiyotini, uning eng qadimgi va hozirgi zamon
bilishining   metodlaridan   biri   ekanligini,   buyuk   mutafakkirlar   al-Forobiy,   al-
Xorazmiy,   al-Beruniy,   Ibn-Sino,   Ulug‘bek,   Mirzo   Bedil   asarlari   asosida
dialektikaning ijtimoiy jarayonlarni bilishdagi  ahamiyati, uning global  xarakterini
yoritgan.   J.Tulenov   talabalar   uchun   qator   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarini
yaratgan, umrining oxirigacha xalqqa xizmat qilgan buyuk olim edi. I.A.Karimov   aytganlaridek,   “Shaxs   imkoniyatlari   bizda   juda   chuqur   irsiy
asoslarga   egadir.   Respublikamizda   jahon   fani   va   texnikasi,   falsafa   va   huquq
yutuqlarini   egallab   olgan   va   shu   bilan  birga  o‘z   xalqiga  yaqinlikni   saqlab   qolgan
kishilar juda ko‘pdir” 38
. Ular o‘zlarining halol mehnati bilan ajdodlar ishini davom
ettirgan   hamda   hozirgi   kunda   ham   mamlakatimizni   demokratlashtirish   va
modernizasiyalashtirish jarayoniga munosib hissasini qo‘shmoqdalar. 
Valiev   Abdulxay   (1929-2002)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,
professor.   Asosiy   ilmiy   ijodi   jamiyat   taraqqiyotida   milliy   ziyolilarning   roli
masalalariga   bag‘ishlangan.   U   bu   jarayonning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,
O‘zbekistonda   milliy   ziyolilar   faoliyatini   rivojining   zarurliginiasoslagan.   Sovet
tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiev nashr qilingan ”O‘rta Osiyoda
milliy ziyolilarining shakllanishi”  asarida ishchi  dehqonlar  orasidan  iqtidorlilarini
tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan.
U   turli   toifadagi   ziyolilar   dunyoqarashi,   ongi,   psixologiyasi,   kayfiyatidagi
ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiev 30 yillarda qatag‘on qilingan
mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo‘jaev va T.Risqulovnning mash’um
taqdiri   haqida   ochiq   fikr   yuritgan.   1969   yilda   esa   O‘rta   Osiyodagi   milliy
ziyolilarning   davlat   boshqaruvidagi   roli   masalasiga   bag‘ishlangan   asarida   1917-
1960   yillardagi   ziyolilarning   ijtimoiy   evolyusiyasi,   ishlab   chiqarish   sohasidagi
ziyolilarning   xalq   xo‘jaligini   tiklashdagi   roli,   ilmiy   texnikaviy   taraqqiyotda   ilmiy
ziyolilar faoliyatining o‘rni, milliy ziyolilarning jamiyat  ma’naviy hayotiga ta’siri
haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiev jamoat ishlarida ham
faol   ishtirok   qilgan.   1961-65   yilllarda   u   “O‘zbekistonda   ijtimoiy   fanlar”   jurnali
bosh   muharriri   o‘rinbosari,   va   “O‘zbek   ensiklopediyasi”ning   bosh   muharriri
birinchi   o‘rinbosari   lavozimida   ishlagan.   O‘zbek   ensiklopediyasining   birinchi   8
jildligini nashrga tayyorlashda faol ishtirok qilgan.
Mustaqillik   yillarida   A.Valiev   mustaqillik   buyuk   ne’mat   ekanligi,   va   uni
asrash,   avaylashda   o‘zbek   ziyolilarining   roli   muhim   ekanligini   anglagan   holda,
38
  Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1 -жилд. –Т.:  Ўзбекистон, 1996.  –
Б.82-83. umrining   oxirigacha   yangi   avlod   milliy   kadrlarini   tarbiyalashga   munosib   hissa
qo‘shdi.
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog‘liq. U
mustaqillikning   dastlabki   kunlaridayoq   millatlararo   munosabatlar   sohasida
mamlakatda   uzoq   yillar   davomida   to‘planib   qolgan   hal   etilmay   kelgan   qator
muammolar, ularning paydo bo‘lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, obektiv
omillari   va   subektiv   zaminlarini   tahlil   etgan.   Shuningdek   E.Yusupov   milliy
manfaatlar   va   milliy   munosabatlarning   dialektik   aloqadorligi,   millatlar
rivojlanishining   ijtimoiy   iqtisodiy   muammolariga   e’tibor   bergan.   E.Yusupov
o‘zining   “Inson   kamolotining   ma’naviy   asoslari”(1998)   asarida   inson   ma’naviy
kamoloti   va   jamiyat   taraqqiyotining   o‘zaro   bog‘liqligi   ma’naviyatning   xususan
axloq   odob,   imon,   vijdon,   e’tiqod   madaniyat,   ma’rifat   kabi   omillarning   jamiyat
taraqqiyotiga   ta’siri,   ularning   yoshlarni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalashning
asosiy   yo‘llaridan   biri   ekanligini   tahlil   etgan.   Xususan   u   “Axloqning   mezonlari
jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar
yashayotgan,   mehnat   qilayotgan  sharoitlar   ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan
belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo‘lgan ruhiy boylik-axloq turli konkret tarixiy
sharoitlarda,   turli   mamlakatlar   va   xalqlarda   o‘ziga   xos   shakllarda   namoyon
bo‘ladi”   deb   ta’kidlaydi 39
.   ”Oila   ma’naviyat   bulog‘i”   asarida   E.Yusupov
mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   oilani   mustahkamlash,   ko‘p   bolali   oilalarni
ijtimoiy   himoyalash,   ma’naviy   yetuk,   jismoniy   sog‘lom   avlodni   tarbiyalash
borasida   ko‘rilayotgan   tadbirlar   haqida   fikr   yuritadi,   shuningdek   oilada   ota-ona
ibrati,   farzandlik   burchi,   farzand   tarbiyasiga   xos   bo‘lagan   axloqiy   qadriyatlar,
oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e’tibor qaratadi. Uning fikricha
“Ahil   oilada   hal   qiluvchi   so‘zni   ota   aytadi,   bu   so‘zdan   oldin   u   albatta   oila
a’zolarining   fikr   va   manfaatini   e’tiborga   oladi,   shu   sababli   ham   milliy
an’analarimizda   otadan   oldin   so‘zlash   yoki   ota   o‘rniga   so‘zlash,   uning   so‘zini
bo‘lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi” 40
. E.Yusupovning so‘nggi “Falsafa
39
  Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари.-Т.: Университет, 1997.-Б.37.
40
  Юсупов Э. Оила маънавият булоғи.-Т.: УАЖБТ маркази,2003.-Б.37 –   bahs   va   munozaralar   maydoni” 41
  maqolasida   “Falsafa   shunday   fanki   uning
muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to‘la va to‘g‘ri
aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi  yangilikni mutlaq
haqiqat   deb   tan   olmaydi,   har   bir   muammo   tahlilidan   oldin   bu   nima   uchun
shunday?,   boshqacha   bo‘lishi   mumkin   emasmi?   deb   savol   qo‘yadi...   Falsafa
tarixida   jamiyat   va   fan   taraqqiyoti   oldiga   bunday   savollar   qo‘yilmagan   davr
bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili doim keskin
bahs va munozaralar maydoni bo‘lgan” deb ta’kidlaydi. E.Yusupov milliy kadrlar
tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O‘zMU
falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan. 
M.X.Xayrullaev.(1931-2004 )  akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
XX   asrning   ikkinchi   yarmida   o‘zbek   falsafasi   rivojiga   salmoqli   hissa   qo‘shgan
yetuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini
o‘rganish   va   sharhlashga   bag‘ishlangan.   U   “Buyuk   siymolar”(1996   2   jild)   va
“Ma’naviyat   yulduzlari”   (1999)   asarlarining   mas’ul   muharriri.   M.Xayrullaev
Forobiy   ijodini   qayta   kashf   etgan   olim.   U   Forobiy   ijodidagi   materializm   va
idealizmni   bir-biri   bilan   aralashtimaslik   kerak   deb   hisoblaydi.   Uning   fikricha
Forobiy   tomonidan   Xudoning   tan   olinishi   idealizm   bo‘lsa,   astronomiya,
matematika,   mantiq   sohasidagi   kashfiyotlari   materializmdir.   Chunki   bu   sohalarda
narsalar   yo‘qdan   bor   bo‘lmaydi,   bordan   yo‘q   bo‘lmaydi.   Masalan,   Yer,   Quyosh,
Oy,   sayyoralar   harakatlari   orasidagi   munosabatlarning   obektivligi   doimo   bir
xildadir 42
. M.Xayrullaev  kommunistik  mafkura  hukmron  bo‘lgan  davrda, Forobiy
idealizmini   tan   ola   oldi   va   uning   ijodidagi   idealistik   av   materialistik   g‘oyalarni
sharhladi.
Baratov   Mo‘bin.   (1934-2005)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,
professor.   Asosiy   ilmiy   ishlari   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlarining   falsafiy
merosini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.   Jumladan   uning   “Ibn   Sino   falsafasi”   asarida
buyuk   mutafakkir   ijodining   yangi   kirralari   ochib   berilgan.   Mo‘bin   Baratov   har
qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma’naviy omil deb ta’kidlaydi va o‘zbek
41
  Юсупов Э. Фалсафа баҳс ва мунозаралар майдони.//Жаҳон адабиёти, 2003.№8.-Б.157.
42
 Қаранг. Файзуллаев О. ХХ аср зиёлилари.-Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ,  2008.-Б.97-98. xalqida tarixan ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda ularni
davr ruhiga moslashtirish lozim deb hisoblaydi. 
Tursunmuhamedov   Sattar   Pozilxaqovich.   (1929)   akademik,   falsafa
fanlari   doktori,   professor.   Asosiy   ilmiy   ishlari   sanoat   va   qishloq   xo‘jalik
mehnati,   ijtimoiy   guruhlar,   tabaqalar,   mulkdorlar   sinfining   shakllanishi,   ijtimoiy
jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik yillarida esa, bozor iqtisodiyoti
munosabatlari   sharoitida   kuchli   ijtimoiy   siyosatning   ahamiyati   masalalariga
bag‘ishlangan.
Shermuxamedov   Said   (1930)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,
professor.   O‘zbekistonda   madaniyat   nazariyasi   va   tarixi   ilmiy   maktabining
asoschi.   Shuningdek   u   “Ijtimoiy   falsafa”,   “Pedagogika   tarixi   va   nazariyasi”,
“Siyosatshunoslik”, “Sosiologiya”, “Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi
yo‘nalishlarda   jami   570   yaqin   ilmiy   va   ilmiy   ommabop   ishlarning   muallifi.
O‘zining   “O‘zbek   xalqi   madaniyatining   milliy   shakli”(1961)   monografiyasida
o‘zbek xalqi madaniyati qadimiy ildizlarga egaligi va har qanday madaniyat zamon
ruhiga moslashib, yangilanib borishi va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini
ta’kidlaydi.   S.Shermuxamedov   nafaqat   o‘zbek   millati,   balki   boshqa   millat
madaniyatini   ham   o‘rganish   asosida   milliy   madaniyatlarda   o‘zaro   uyg‘unlik   va
o‘zaro aloqadorlik bor, biroq har bir millatning milliy o‘ziga xosligi millatlarni bir-
biridan farqini ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Olim madaniyatning gumanistik asoslari,
zamonaviy   madaniyatning   shakllanishida   milliy   va   umuminsoniy   madaniyat
uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratadi.
Sovet   tuzumi   davrida   S.Shermuxamedov   tashabbusi   bilan   jami   to‘rtta   milliy
madaniyat   masalalariga   bag‘ishlangan   xalqaro   konferensiyalar   o‘tkazildi.   Ularda
jahon hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar.
Mustaqillik   yillarida   S.Shermuxamedov   milliy   istiqlol   g‘oyasi,
yangilanayotgan jamiyatning asl mohiyatini aholi turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar
ongiga   singdirishning   ahamiyatini   chuqur   anglagan   holda,   “Yangilanayotgan
jamiyatga-   yangilangan   falsafa”,(1993)   “Madaniya   va   sivilizasiya”(1996),   ),
“Davrimiz   allomasi”(1998)   “Biz   qanday   jamiyat   qurmoqdamiz”(1999),   “Istiqlol quyoshi”(2002)   “O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligi   va   falsafaning
ravnaqi”(2005), ”Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot” (2005), kabi asarlar yaratdi va ular
ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   munosib   baholandi.   Olim,   ushbu   asarlarida   sovet
tuzumi davrida falsafa fanining siyosiylashtirish  oqibatlari haqida fikr yuritadi va
yangilangan falsafaning eng avvalo gumanistik, so‘ngra dunyoqarashli, tarbiyaviy,
qadriyatli,   integrativ,   axloqiy   funksiyalariga   ta’rif   beradi.   “Biz   qanday   jamiyat
qurmoqdamiz”   asarida   u   milliy   mustaqillikning   ahamiyati,   jamiyatning
demokratiyalashuvi   jarayonida   yangilangan   tafakkurni   shakllantirishning
zaruriyatini   asoslaydi.   S.Shermuxamedov   S.Mirzaev   bilan   hamkorlikda   yaratgan
“Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiyoti   tarixi”,   “Oybek   va   o‘zbek   adabiyoti”,   “Komil
Yashin   ijodi”,   “Adabiyotning   hamkorligi   hayot   taqozosi”,   “Abadiyot   va   san’atda
prinsiplar”   kabi   kitob   va   risolalari,   uning   nafaqat   faylasuf   olim,   balki   o‘zbek
adabiyotining haqiqiy ixlosmandi ekanligidan dalolatdir. Xususan ”Hozirgi o‘zbek
adabiyoti tarixi”(1985) qo‘llanmasida olim zamon zaylidan cho‘chimasdan, har bir
adib, shoir   va  umuman  adabiy  muhit  haqida  xolisona  fikr  bildirgan. Olim   barcha
asarlarida   inson   omilini   birinchi   o‘ringa   qo‘yadi   va   shogirdlarini   Bedilning
“Garchi   dushmanni   do‘st   qilolmasang,   do‘stni   dushman   qilmagin”   degan   naqliga
amal qilishga chorlaydi.
S.Shermuxamedov ustozga sadoqatli  shogird va shogirdparvar ustoz hamdir.
U   ustozi   I.   Mo‘minovning   80,   85,   90,   95,   100   yillik   yubileylarini   o‘tkazish,
tug‘ilgan   yurtida   muzey   tashkil   qilishda   faol   ishtirok   qildi,   ustozining   boy   ilmiy
merosi, ijodi va faoliyati haqida qator risolalar yaratdi. 
S.Shermuxamedov   “Madaniyat   falsafasi   va   tarixi”   ilmiy   maktabida   130   dan
ortiq shogirdlar tayyorladi, ular bugungi kunda respublikamiz Oliy o‘quv yurtlari,
davlat tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlab yurt tinchligi va farovonligiga ilmiy
salohiyatlari bilan hissa qo‘shib kelmoqdalar.
O‘zbekiston falsafa jamiyati.  1973 yilda O‘zbekiston falsafa jamiyati tashkil
qilingan   va   uning   raisi   etib   Ibrohim   Mo‘minov   saylangan.   I.Mo‘minov   vafotidan
so‘ng,   1974-1980   yillarda   “Muzaffar   Xayrullaev,   1980-1986   yillarda
Q.Xonazarov, 1988-1990 yillarda Erkin Yusupovlar O‘zbekiston falsafa jamiyati” raisi   lavozimida   ishlar   ekanlar,   asosiy   e’tiborni   O‘zbekistonda   yashab   ijod
qilayotgan   faylasuflarning   ijodiy   hamkorligini   ta’minlash,   ularning   ajdodlarga
munosib avlod ekanligini dunyo hamjamiyatiga tanishtirishga qaratdilar. Shu bois
o‘zbek   faylasuflari   muntazam   xalqaro   konferensiyalar   va   falsafa   kongresslarida
ishtirok   etganlar.   1990   yildan   buyon   Said   Shermuxamedov   rahbarligida
O‘zbekiston   falsafa   jamiyati   huzurida   «Falsafa   fanining   dolzarb   muammolari»
bo‘yicha   doimiy   respublika   ilmiy   nazariy   seminari   tashkil   etilgan.   Unda
respublikamizning   taniqli   faylasuflari   shuningdek,   boshqa   fan   vakillari   XXI   asr
fanining   dolzarb   muammolari   bilan   bir   qatorda,   ma’naviy   yuksalish,   jamiyatni
demokratlashtirish   va   modernizasiyalashning   ustivor   yo‘nalishlari   haqida   fikr
almashadilar.   2001   yilda   YuNESKO   qaroriga   binoan   har   yili   noyabr   oyida
nishonlanadigan “Jahon falsafa kuni” arafasida falsafa fani rivojiga hissa qo‘shgan
yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar munosib taqdirlanib kelmoqda. Yoshlarda
falsafiy   mushohada   yuritishni   takomillashtirish   maqsadida   “Aql   mashqi”,
“Tafakkur shaydolari” kabi to‘garaklar tashkil qilingan. Shu bilan birga respublika
falsafa kafedralari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha “Eng yaxshi kafedra”,”Eng yaxshi
darslik”,   “Eng   yaxshi   talaba   referati”   nominasiyalari   bo‘yicha   tanlovlar   e’lon
qilinib, munosib topilganlari taqdirlanmoqda.
O‘zbekiston   faylasuflari   milliy  jamiyati.   1998  yilda   tashkil   qilingan,   2001
yilgacha   uning   raisi   Inomjon   Rahimov   bo‘lgan.   2001   yildan   O‘FMJ   raisi
Q.Nazarovdir. Jamiyat  qoshida  tashkil  etigan nashriyotda  falsafa,  milliy g‘oya va
mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi
turli qatlamlari ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish
bilan shug‘lulanmoqdalar. 
Mustaqillik   yillarida   falsafa   fani   yanada   ravnaq   topdi.   Falsafa   ilmini
rivojlantirish   maqsadida   viloyatlarda,   xususan,   Qoraqalpog‘iston   Davlat
universitetida,   Buxoro   Davlat   universitetida,   Samarqand   Davlat   universitetida,
Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida “Falsafa” bo‘limlari tashkil qilingan va
unda yetakchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.   FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

Falsafiy tafakkur tarakkiyotining asosiy boskichlari: Shark falsafasi Reja: 1.Kadimgi Sharkda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bulishi.Misr va Bobil va falsafiy maktablari 2.Kadimgi xindistonda falsafiy maktablar 3.Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti 4.Shark panteizmi va perpatetizmi Shark mutafakkirlari : Abu rayxon Beruniy, Abu nasr Faobiy,Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy –axlokiy ta’limotlari 5.Temuriylar sulolasi davri :Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm 6.XIX acr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgor ijtimoiy- siyosiy fikrlar . 7.Shark istilosi bilan boglik uygonish xarakatlari :osiyosentrizm,panturkizm,panislomizm,marivatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari . 8.XX-XX1 asr uzbek falsafasi

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Fidokor» gazetasini muxburining savollariga bergan javoblarida ta’kidlaganidek: «Biroq bizda haligacha falsafa bo‘yicha talab darajasidagi darsliklar «Jahon falsafasi», «Sharq falsafasi» kabi zarur kitoblar yaratilmayotganligini qanday izohlash mumkin? Dunyo tan olgan ko‘p ulug‘ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‘zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, yoshlarimiz ularning g‘oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot va aflotun, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarning kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o‘zbek tilida chop etish mumkin bo‘lmasa?» Haqiqatdan ham Birinchi Prezidentimiz I.Karimov e’tirof etganidek, o‘zbek tilida hind falsafasi, Xitoy falsafasi, Yunon falsafasi va hozirgi zamon chet el faylasuflarining asarlaridan deyarli tarjima qilinmaganligi achinarli hol. Mustaqillik sharofati ila falsafa sohasida ancha ishlar amalga oshirildi. Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda ma’ruza matnlari chop etildi. Ammo chop etilgan darsliklar o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruza matnlari ham ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli bo‘la olmaganligini tan olishimiz kerak. Jamiyat taraqqiyoti natijasida kishilarning hayotiy faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib borishi tabiiy jarayon. Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o‘ziga xos yo‘lni tanlab, o‘z davri nuqtai nazaridan tahlil qilib kelgan. Mifologik va diniy dunyoqarash zaminida paydo bo‘lgan falsafiy dunyoqarash insonlar ma’naviy hayotining yangi bosqichiga ko‘tarildi, natijada dunyoni aql ko‘zi, tafakkur salohiyati bilan o‘rganish boshlandi, ya’ni dunyoni ilmiy tushunishning zamini yaratildi. Falsafa tarixida bir-biriga o‘xshamagan, hatto bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar, tizimlar, fikrlar paydo bo‘lsa-da, ularning hammasi falsafiy tafakkurning rivojlanishida biror darajada xizmat qilgan. Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizasiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G‘arb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Yevropasentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi masalaning

Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizasiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizasiyasining sharq sivilizasiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Bizlarga ma’lumki Qadimgi Sharq va antiq dunyo falsafasi dastavval mifologik dunyoqarash tarzida vujudga kelganligini bilamiz. Shuningdek, Qadimgi Sharq va antik dunyo falsafasining shakllanishi va taraqqiyotining o‘ziga xos umumiy va xususiy jihatlari va qonuniyatlari mavjud. Ularga xos bo‘lgan umumiy qonuniyat: sharqda ham antik dunyo falsafasi ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek mifologiyaga asoslanadi.

Falsafa ma’lumki mifologik dunyoqarash voqealikning xayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Qadimgi kishilar bu afsona va voqealarni umumlashtirib, ularni xayoliy shakllarda tasvirlaganlar. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Shuning bilan bir qatorda falsafiy masalalar ham vujudga kela boshlaydi. Falsafiy dunyoqarash ko‘r-ko‘rona e’tiqodlar, xayoliy obrazlar to‘g‘risidagi tasavvurlar va tushunchalarga emas, balki borliqqa munosabati to‘g‘risidagi erkin, tanqidiy va ayni vaqtda umumlashmalarga asoslanib, olam qanday vujudga kelib, qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim o‘zi nima kabi masalalar bilan bir qatorda yaxshilik va yomonlik, adolatlatlilik va adolatsizlik singari umuminsoniy qadriyatlarni ishlab chiqish kabi masalalar bilan ham Sharq, ham antik dunyo falsafasi shug‘ullanib kelgan. Qadimgi antik dunyo falsafasi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, uning eramizdan oldingi birinchi ming yillikda Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistonda vujudga kelgan sivilizasiya bilan bog‘liq zkanligini aytib o‘tish kerak. Eramizdan oldingi VI asrlarda eski ijtimoiy hayotning buzilib, yangicha yashashning boshlanishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy zamin, shuningdek ma’naviy imkoniyatlarning vujudga kelishi bilan Qadimgi davr sivilizasiyasi natijasi o‘laroq dunyoni chuqurroq va atroflicha o‘rganishni o‘z maqsadi qilib qo‘ygan falsafiy dunyoqarash paydo bo‘ldi. Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi: a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati; b) olamning boshlag‘ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi; v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug‘ilgan ehtiyojlar paydo bo‘lganligi; g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.

Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(er.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so‘ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to‘plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug‘ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o‘rganayotgan fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go‘yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo‘shig‘i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O‘lganlardan hech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so‘zlab bergan emas, demak, oxirat yo‘q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi. Yeramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan. Jahon mahnaviyati durdonalaridan biri Misr madaniyatidir. Misr mifologiyasida ijtimoiy hayot haqida, hayot ma’nosi to‘g‘risida fikr ritib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lib, shod-hurram yashashga, o‘lim vahimasiga tushmaslikka da’vat etganlar. «Nasixatnoma» asarida odamlarni bilim olishga, unga ixlos qo‘yishga chaqiriladi. Dastlabki taqvim (kalendar), tibbiyotga doir asarlar misrda paydo bo‘lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi. Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan. Ba’zi Misr yodgorliklarida «inson o‘lgach, uning jismi kulga aylanadi», «o‘z nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo ishlari bilan shug‘ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida (er.av IV ming yillikning boshlari) quldorlik tuzimining ijtimoiy ziddiyatlari keskin tus oldai. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan Bobilda astronomiya, matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi. Bobil olimlari algebraning asoslarini, kvadrat va kub ildizlarni chiqarishni bilganlar, astronomlar osmon yulduzlari kartasini chizganlar. Er. Av. II asrda