logo

FOTOBIOLOGIYA MUAMMOLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.0263671875 KB
FOTOBIOLOGIYA MUAMMOLARI.
Reja:
1. Fotobiologik jarayonlar klassifikatsiyasi va bosqichlari. (fotobiologiya) 
2. Fotobiologik jarayonlarning mexanizmi. (Norboyev)
3. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlarga ta’siri.
4. Nur ta’sirida ko‘rish jarayonining yuzaga kelishi.
5.  Yorug‘likning moddalar bilan o‘zaro ta'siri Fotobiologiya   biologik  tizimlarga  nur   ko‘riniuvchi   va   ultrabinafsha   nurlar
ta’sirining   molekulyar   mexanizmlarini   o‘rganadi.   Bu   jarayonlar   asosida
fotokimyoviy reaksiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli
xil   biokimyoviy,   fiziologik   va   umumbiologik   effektlar   bilan   tugallanuvchi
murakkab   zanjir   holidagi   reaksiyalar   kompleksidan   iborat.   Fotobiologik
jarayonlar   yorug‘lik   kvantlarini   biologik   funksiyali   molekulalar   orqali   yutilishi
bilan   boshlanib,   organizm   va   to‘qimalarda   tegishli   fiziologik   reaksiyalar   bilan
tugaydigan   jarayonlardan   iborat.   Biologik   jarayonlar   kechishiga   yorug‘lik
ko‘rsatadigan   ta’sirning   muhim   harakteristikasi   -   fotobiologik   ta’sir   spektrlari,
ya’ni   fotobiologik   effektning   ta’sir   etayotgan   yorug‘likning   to‘lqin   uzunligiga
bog‘liqligidir.   Fotobiologik   ta’sir   spektrlari,   spektrining   qaysi   sohasi   biologik
jarayonni   eng   effektiv   ravishda   yuzaga   keltirayotganini,   shuningdek   bunday
ta’sirning maxanizmini aniqlash imkonini beradi. 
1.  Fotobiologik jarayonlarning klassifikatsiyasi va bosqichlari
Energetik nuqtai nazardan fotobiologik reaksiyalar  ikki guruhga bo‘linadi.
Agarda   fotobiologik   reaksiyalar   natijasida   yorug‘lik   energiyasi   mahsulotlarda
to‘plansa,   bunday   reaksiyalar   -   endergonik ;   bordiyu   energiyaning     energiya
reaksiyaning   aktivlanish   to‘sig‘ini   yengishga   sarf   etilsa,   bu   xil   reaksiyalar   –
ekzergonik  reaksiyalar deb ataladi.
Biologik   nuqtai   nazardan   esa,   fotobiologik   reaksiyalar   funksional   -
fiziologik  hamda  destruktiv - modifikatsion  reaksiyalarga bo‘linadi.
Funksional   -   fiziologik   fotobilogik   reaksiyalar   ko‘rinuvchi   nur   ta’sirida
amalga oshadi:
a) energetik reaksiyalar (fotosintez, fotofosforlanish);
b)   informatsion   reaksiyalar   (fotoretsepsiya,   fototropizm,   fotomorfogenez,
fotoperiodizm);
v)   biosintetik   reaksiyalar   (xlorofill   biosintezi,   pigment   va   vitaminlar
sintezining induksiyalanishi) ga bo‘linadi.
Destruktiv   -   modifikatsion   reaksiyalar   asosan   ultrabinafsha     nur   ta’sirida
amalga oshadigan reaksiyalar hisoblanadi: a)   halokatga   (mikroorganizmlar   va   sodda   hayvonlarning   nurdan
zararlanishiga) olib keladigan reaksiyalar;
b)   mutatsiyaga   (nurning   genetik   apparatga   ta’siri   natijasida   kelib
chiqadigan o‘zgarishlarga) sabab bo‘luvchi reaksiyalar;
v) patofiziologik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Funksional   -   fiziologik   reaksiyalar   hujayraning   hayotiy   muhim
makromolekulyar   va   molekulyar   darajalarida   zararlanishlarning   yuz   bermasligi
bilan   xarakterlanadi.   Bunday   reaksiyalar   natijada   biologik   obyektlarda   foydali
reaksiyalar amalga oshib, hujayraning ayrim strukturaviy elementlari hosil bo‘ladi.
Ikkinchi   xil   reaksiyalarda   nur   substrat   molekulasini   zararlab,   normal
fiziologik   holatga  xarakterli   bo‘lmagan   fotokimyoviy  reaksiyalar   kelib  chiqishiga
sabab bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ultrabinafsha nur ta’sirida yuzaga keladi. Lekin
ko‘rinuvchi nur ham, fotodinamik effekt sharoitida yoki katta intensivlikka ega nur
(lazer) shu xil oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Fotobiologik reaksiyalar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1)   fotofizikaviy   bosqich   (yorug‘likning   yutilishi,   elektron   qo‘zg‘algan
holatning sodir bo‘lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi); 
2)   birlamchi   fotokimyoviy   bosqich   (dastlabki   fotomahsulotning   hosil
bo‘lishi);
3)  ikkilamchi  fotokimyoviy bosqich (birlamchi  fotomaxsulotning barqaror
maxsulotlarga aylanishi);
4)   qorong‘ida   o‘zgarish   bosqichi     (barqaror   maxsulotlarning   navbatdagi
o‘zgarishi);
5) oxirgi biologik makroeffekt.
Fotobiologik reaksiyalar  qanchalik xilma-xil  bo‘lmasin, ularning hammasi
asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo‘lib, tirik organizmlarning
hayot faoliyatlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Fotobiologik jarayonlarning mexanizmi
Fotobiologik   jarayonlarda   umumiy   holda   muhim   biologik   birikmalar
sintezlanadi.     Bunday   jarayonlarga   yuksak   o‘simliklar,   ba’zi   bakteriyalar   va   suv o‘tlarida   kechuvchi   fotosintez   misol   bo‘ladi.   Fotosintez   yuqori   darajada
ixtisoslashgan   strukturalar-   xloroplastlarda   amalga   oshadi.   Fotosintezdan   tashqari
nur   kvanti   holida   olingan  informatsiya   ta’siridan   kelib  chiquvchi   biologik  ritmlar
xam organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega.
Fotobiologiya,   shuningdek,   ultrabinafsha,   infraqizil   va   boshqa   nurlar
ta’sirida tirik tizimlarda yuz beradigan buzilishlarning molekulyar mexanizmlarini
ham   o‘rganadi.   Yirik   porsiya   holidagi   nur   kvanti   yoki   qisqa   to‘lqin   uzunligidagi
ultrabinafsha   nurlar   tirik   organizmda   nuklein   kislotalar,   oqsillar   kabi   muhim
genetik-informatsion,   struktura   va   fermentativ   funksiyalarga   ega   bo‘lgan
makromolekulalarga   ta’sir   etib,   turli   xil   mutatsiyalar   va   jiddiy   funksional   izdan
chiqishlarni keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar organizmning genetik tizimida
DNK   darajasida   komplementarlikni   buzish   xususiyatiga   ega.   Fotobiologiya
ultrabinafsha   va   ko‘rinuvchi   nurlar   energiyasining   yutilishi   evaziga
biomolekulalarda sodir bo‘ladigan elektronli qo‘zg‘alish holatlari va ularga bog‘liq
holda   amalga   oshadigan   fotofizikaviy   hamda   fotokimyoviy   o‘zgarishlarni
o‘rganish bilan cheklanadi.
Yorug‘lik nuri muhim biologik birikmalarda yutilganda, foydali va zararli
jarayonlar   kechishi   mumkin.   Yorug‘lik   nurining   zararli   ta’siri   ham   ikkiga
bo‘linadi.   Yorug‘lik   nuri   teriga,   ko‘zga   ta’sirida   allergiya   berishi   bo‘lsa,
fotoperiodizm ta’sirida hayvonlarda yillik va sutkalik sikllarning mavjud bo‘lishi. 
Bu   jarayonlar   yorug‘lik   nuri   bilan   boshqariladi,   ya’ni   odam   va
kemiruvchilarda   ko‘z,   qushlarda   gipotalamus,   baliqlarda   epifiz,   hasharotlarda
miya.   O‘simliklarda   asosiy   fotobiologik   jarayonlar   fotosintez,   fototaksis,
fototropizm va fotoperiodizmdir. 
Biofizika   kursida   asosan,   quyidagi   fotobiologik   jarayonlar   o‘rganiladi.
Yorug‘lik   kvantini   yutish,   molekula   tarkibida   energiya   almashinish,   molekulalar
orasida   qo‘zg‘algan   holat   bo‘lganda,   energiya   o‘tkazish,   ya’ni   energiya
migratsiyasi   va   birinchi   fotokimyoviy   bosqich   jarayonlari   o‘rganiladi.   Asosiy
fotokimyoviy reaksiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi. Fotoionlanish (elektronning
molekula tashqarisiga otilib chiqib, ionlar yoki erkin radikallar hosil bo‘lishiga olib kelishi),   fotoqaytarilish   yoki   fotooksidlanish   (elektronning   bir   molekuladan
ikkinchisiga o‘tishi), fotodissotsiatsiya (molekulalarning ionlarga parchalanishi) va
fotoizomerizatsiya   (molekulalar   fazoviy   konfiguratsiyasining   yorug‘lik   ta’siri
ostida o‘zgarishi). 
11.2-§   da   aytib   o‘tilganidek,   yorug‘lik   nuri   ta’sirida   amalga   oshadigan
fotobilogik reaksiyalar 2 bosqichda boradi:
-   birinchi   bosqich   –   yorug‘likka   aloqador   bo‘lib,   buning   natijasida
qo‘zg‘algan molekulalar, ionlar va erkin radikallar hosil bo‘ladi;
-   ikkinchi   bosqich   –   qorong‘ulikka   aloqador   bo‘lib,   birlamchi   (dastlabki)
faol   mahsulotlarning   keyinchalik   qayta   o‘zgarishidan   iborat.   Bu   bosqichda
energiyaga boy molekulalar yana reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalar biokimyoviy
reaksiyalar   deyilib,   ular   natijasida   oxirgi   bioorganik   birikmalar   sintezlanadi.
Biologik   tizimlarda   mahsulotlarning   hosil   bo‘lishi   tartibli   ravishda   zanjirli
reaksiyalar   ko‘rinishida   amalga   oshadi.   Masalan,   ultrabinafsha   nurining   teriga
qanday   ta’sir   ko‘rsatishini   analiz   qilish   uchun   eritmani   darajasi,   chuqurligi   va
maydoni aniqlanadi, shu nurning bakteriyalarga qanday ta’sir qilishi halok bo‘lgan
bakteriyalarning   soniga   qarab   aniqlanadi.   Fotosintez   jarayonlarini   natijalari
to‘g‘risida   esa,   karbonat   angidrid   gazining   ajralib   chiqish   tezligiga   qaab   fikr
yuritiladi. 
Yuqorida   aytib   o‘tilganidek,   fotobilogik   reaksiyalar   bir   necha   bosqichda
boradigan   hamda   juda   murakkab   reaksiyalar   ketma-ketligidan   iboratdir.   Shu
munosabat bilan, fotobilogik jarayonlar mexanizmlarini o‘rganish uchun uning har
bir bosqichi alohida-alohida o‘rganiladi.
3. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlarga ta’siri.
Yuqoridagi fikrlarimizda ta’kidlab o‘tganimizdek, biologik tizimlarda sodir
bo‘ladigan   fotobiologik   reaksiyalarda   ultrabinafsha   nurlarning   o‘rni   beqiyosdir.
Chunki  biologik  tizimlarda   yuzaga  keladigan  fotodestruktiv  reaksiyalarga,  asosan
ultrabinafsha nur (UB) sabab bo‘ladi.
Ultrabinafsha nur (UB) spektri shartli ravishda 3 sohaga bo‘linadi: 1)   to‘lqin   uzunligi   180   dan   287   mmkgacha   bo‘lgan   soha,   ya’ni   qisqa
to‘lqinli   nur   sohasi   (bu   nur   oqsil,   nuklein   kislotalar   va   lipidlarning   strukturasini
o‘zgartiradi, organizmlarning genetik tizimida DNK darajasida komplementarlikni
buzish xususiyatiga ega);
2)   to‘lqin   uzunligi   275   mmkdan   320   mmk   gacha   bo‘lgan   soha,   ya’ni
o‘rtacha   to‘lqinli   nur   sohasi   (antiraxit   ta’sir   ko‘rsatadi,   pigmentlar   hosil   qiladi,
epiteliy hosil bo‘lishini kuchaytiradi, regeneratsiya protsesslarini yaxshilaydi);
3)   to‘lqin   uzunligi   320   dan   400   mmk   gacha   bo‘lgan   soha,   ya’ni   uzun
to‘lqinli ultrabinafsha nur sohasi  (kuchsiz biologik ta’sir ko‘rsatadi, ba’zi organik
moddalarda lyuminessensiyaga sabab bo‘ladi).
Ultrabinafsha   nur   nuklein   kislotalar   va   oqsillar   destruksiyasiga   olib
keladigan fotobiologik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday fotobiologik
reaksiyalar   endi   altrabinafsha   nurning   bevosita   ta’siriga   bog‘liq   bo‘lmaydigan
ikkilamchi   o‘zgarishlarni   ham   keltirib   chiqaradi.   Ikkilamchi   o‘zgarishlar   shuning
uchun kelib chiqadiki, hujayra fermentlari denaturatsiyalangan oqsilni parchalaydi,
oqsil   parchalanishi   mahsulotlari,   jumlada   gistamin   to‘planib   boradi.   Parchalanish
mahsulotlari   nerv   oxirlarining   ta’sirlanishiga   sabab   bo‘ladi,   bu   esa   xilma-xil
murakkab   reflektor   reaksiyalar   boshlanishiga   olib  keladi.  Yetarlicha  intensivlikka
ega bo‘lgan ultrabinafsha nur nuklein kislotalardagi ega bo‘lgan ultrabinafsha nur
nuklein kislotalardagi timin asoslarining dimerizatsiyaga hamda azotli asoslarning
gidratatsiyaga uchrashiga olib boradi.
Y.A.Vladimirov   taklif   etgan   sxemaga   muofiq,   ultrabinafsha   nur   oqsilgan
ta’sir   qilganida   aromatik   aminokislotalar   (tirozin   bilan   triptofan)   parchalanishga
uchrab,   fermentlarning   dinaturatsiyalanishi   hamda   inaktivatsiyalanishiga   olib
keladi. Bu jarayon bir nechta bosqichlarda amalga oshadi:
1)   Aktiv   bosqich-yorug‘lik   yutilishi-aminokislotalar   molekulasining
qo‘zg‘alishi,   uning   qo‘zg‘algan   holatga   o‘tishi-yorug‘lik   kvanti   sochib,   yana
qo‘zg‘almagan holatga o‘tib olishi (lyuminessensiya)   bu qaytar jarayondir:         .
2)   Fotoionlanish   bosqichi-aminokislotaning   qo‘zg‘algan   molekulasi
elektron   yo‘qotib   (fotoionlanish),   o‘rni   bo‘lmagan   (kompensatsiyalanmagan) musbat   zaryad   vujudga   keladi,   ya’ni   musbat   ion-radikal   hosil   bo‘ladi,   elektro
atrofidagi molekulalar, asosan suv molekulalariga yutilib, solvatlanadi. Ion radikal
erkin radikallar hosil qilib hamda proton ajratib chiqarib, parchalanishi mumkin:   
Bu   jarayonlar   juda   tez   bo‘lib   o‘tadi   va   impulsli   fotolizdan   foydalanilgan
taqdirda yoki quyi temperaturalardagina tekshirilishi mumkin. Ion.
3)   Radikallar   va   solvatlangan   elektron   reaksiyasi   bosqichi.
Aminokislotaning   erkin   radikali   kislorod   bilan   birikib,   aromatik
aminokislotalarning peroksid  radikalini  hosil   qiladi. erkin radikallar  qo‘shni   oqsil
gruppalari bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Buning natijasida NH
3  va boshqa aminokislota
radikali ajralib chiqadi, sensibilizatsiya protsessi leb shunga aytiladi:   
4)   Aminokislotarlarning   kimyoviy   destruktiv   reaksiyalari   bosqichi,
aminokislotalarning   peroksid   radikallari   bir   qancha   reaksiyalardan   o‘tib,   zaharli
hossalarga   ega   bo‘lgan   barqaror   (stabil)   mahsulotlar   hosil   qiladi.   Qo‘shni   oqsil
molekulalari   gruppalari   bilan   yuzaga   chiquvchi   sensibilizatsiyalangan   reaksiyalar
oqsil   makromolekulalari   konfiguratsiyasining   o‘zgarishi   hamda   ferment
aktivligining yo‘qolishiga olib keladi.
Ultrabinafsha   nurlar   yana   kuchli   bakteritsid   ta’sirga   ega   uning   bu   ta’siri
bakteriyalarning   reproduksiyalanish   layoqatini   susaytirib   qo‘yishga   asoslangan
bo‘lib,   virus   va   bakteriyalardagi   DNK   ning   aynishiga   bog‘liqdir.   Katta   dozadagi
ultrabinafsha   nurlar   ta’sir   qilganida   nuklein   kislota   ultrabinafsha   urlar   ta’sir
qilganida nuklein kislotalardagi  timin asoslarining demerizatsiyaga uchrashi  ham,
aftidan, shu nurlarning mutagen ta’sir ko‘rsatishiga olib boradi.
Ultrabinafsha   nurlarning   kuchsiz   ta’siri   organizmning   umumiy   va   immun
reaktivligini   kuchaytirishini   aytib   o‘tish   lozim.   7,8-degidroxolesterin   bilan
ergosterindan   vitamin   D   hosil   bo‘lish   jarayonida   ultrabinafsha   nur   alohida
ahamiyatga ega.
5.   Yorug‘likning   moddalar   bilan   o‘zaro   ta'siri .   Yorug'likning   yutilishi
deb uning biror muhitga tushganda energiyaning hir qismini issiqlik va boshqa tur
energiyalarga aylanishiga aytiladi. Yutilish natijasida intensivlik kamayadi. Yorug‘lik   inlensivligi   deb   nurga   perpendikuiar   Im2   yuzaga   Is   vaqt
davomida   olib   0‘tilgan   energiya   miqdoriga   aytiladi.   BirorshafTof   moddadan   «-
qalinlikdagi   qatlam   ajratamiz.   Yorug'likning   bu   qatlamdan   o'tishi   tufayli
intensivligining o'zgarishi.
Har qanday modda yorug'likni tanlab yutish xususiyatiga ega. Masalan, suv
va suv bug‘i infraqizil nurlarni kuchli yutadt. Odatdagi shisha ko'rinadigan nurlarni
yaxshi   o‘tkazadi,   infraqizil   nurlarni   ancha   zaiflashtiradi,   ultrabinafsha   nurlarni
deyarli   butunlay   yutadi.   Tirik   o'simliklarning   barglari   ko‘rinuvchi   spektrning
yashil  (0,52 < γ  < 0,6 mk)  va to‘q qizil  (γ  > 0,7 mm)  sohalaridan  tashqari  butun
sohani kuchli yutadi. Bunday yutishga barglardagi pigment, xlorofill sabab bo‘ladi.
Yoruglikning yutilishi, uning molekulalar bilan o'zaro ta'siri tufayli sodir bo‘lgani
uchun   yorug‘likning   yutilish   qonunini   molekulaning   ba'zi   bir   xarakteristikalari
bilan   bog'lash   mumkin.   n-molekula   konsentratsiyasi,   a-molekula   yutilishining
effektiv kesimi.
Modda orqali yonig‘Iik oqimi o‘tganda bir qism modda atomlari tomonidan
ushlanib qolinadi va yorugMik oqimi intensivligi kamayadi. Fotonni ushlab qolish
fotoeffekt   vaqtida   yoki   elektron-   larning   atomdagi   yuqoriroq   energetik   holatlarga
o'tishida   yuz   berishi   mumkin.   Fotokimyoviy   reaksiya   deb,   yorugMik   ta'sirida
boMadigan reaksiyalarga aytiladi Bu holda foton ta’sirida molekula uyg'onadi yoki
ionlashadi.   Har   qanday   reaksiyadagi   kabi   fotokimyoviy   reaksiya   vaqtida   ham
fotonlar   tashqi   elektron   qobiqlardagi   elektronlar   bilan   ta'sirlashadi.   Yutilgan
energiya miqdori nurlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional bo'ladi. Bu fotokimyoviy
rcaksiyaning asosini tashkil qiladi va Bunzen — Rasko qonuni deyiladi:
Agarda   har   bir   yutilgan   foton   reaksiyaga   kirishsa,   u   holda   kvant   chiqish
100%   bo'ladi.   Odatda.   bu   bir   necha   foizdan   oshmaydi.   Masalan,   fermentlarni
aktivatsiya   qilish   reaksiyasi   uchun   0,1—0,01%   ga   teng.   Birlamchi   va   ikkilamchi
fotokimyoviy   reaksiyalarni   farqlash   muhim   ahamiyatga   ega.   Eynshteyn
ko‘rsatishicha   har   bir   molekula   bitta   fotonni   yutadi   va,   demak,   hirlamchi
reaksiyadagi molekulalar soni fotonlar soniga proporsionaldir. Aminokislota, oqsil.
nuklcin   kislotalarni   katta   dozadagi   ultrabinafsha   nurlar   bilan   nurlantirsa fotoyemirilish   yuz   beradi.   Natijada,   kimyoviy   bogManishlar   uzilib   radikallar,
ionlar   va   neytral   atomlar   hosil   bo'ladi.   Bu   tur   reaksiyaga   Yerda   boMadigan
kislorod - ozon reaksiyasi kiradi. 
Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar ta'sirida stratos- ferada kislorod
molekulalarining dissotsiatsiyasi kuzatiladi:
O
2 + hv   —> 2O. Hosil bo'lgan aktiv kislorod atomlari kislorod molekulalari
bilan birlashib, ozon hosil qiiadi: 
Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nuriarning to'lqin uzunligi 290 nm.dan
kamini   stratosfera  ozon  qatlami   to‘laligicha   yutib  oladi.  Agar  bu  to'lqin  uzunlikli
nurlar   Yerga   yetib   kelganda   edi,   barcha   tirik   jonzot   halok   bo‘lar   edi.   Ozon
infraqizil sohadagi 10 mkm to'lqin uzunhkli nurlarni yutuvchi qatlamga ham egadir
Aynan shu to'lqin uzunlik Yerdagi issiqlik nurlanishiga mos keladi. Demak, ozon
20%   issiqlik   nurlanishni   ushlab   turadi   va   issiqlik   ekrani   bo'lib   xizmat   qiladi.
Natijada   Yerdan   issiqlikning   koinotga   tarqalishiga   to'sqinlik   qiladi.   Afsuski,
keyingi   yillarda   aviatsiyadan   foydalanish   va   sanoat   chiqindilari   ta’sirida   ozon
qatlami   qisman   yemirilib   bormoqda.   Arktika   ustida   kengligi   5   mln.   km   «Ozon
tirqishi» hosil bo'lgan. Bu «tirqish» ning keyingi oshuvi yerda turli kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo'ladi va uning ekologik ta'sirini baholash qiyindir.
Osmonning   ko‘k   rangi   ham   yorug'Iikning   atmosfera   zarra-   laridan
sochilishiga   sabab   bo‘!adi.   Quyoshning   botishidagi   qizil   rangi,   ko'k   va   binafsha
nurlarning   qiya   tushganda   biosfera   qatlamlari   ichida   ancha   chuqurroq   masofaga
sochilishi natijasida oq yorug'lik spektrining o'zgarishidir. Infraqizil nurlar yanada
kamroq sochiladi.
Maksvell nazariyasiga binoan elektromagnit toMqinlar ko‘n- dalang, ya’ni
elektr   va   magnit   maydon   knchlanganliklari   E   va   H   tebranishlari   to'lqin   tarqalish
yo'nalishiga   perpendikulardir.   Qutb-   lanish   qonunlarini   tushuntirish   uchun
bulardan bittasini, odatda,
elektr   maydon   kuchlanganlik   E   vektorining   o'zini   tutishini   bilish   yetarli.
YorugMik ko‘plab atomlar nurlanishi to'plamidan iboratdir. Atomlar esa bir-biriga
bog'liq boMmagan holda nurlaydi. Tabiiy  nurni   qutblantiruvchi  asboblarga   polarizatorlar   (qutb-   lantirgichlar)
deyiladi.   Tabiiy   kristallardan   turmalin   kristali   shunday   xususiyatga   ega.
Kristallning   00'   optik   o‘qiga   paralle!   kesilgan   I   turmalin   plastinkasi   orqali   o'tgan
tabiiy nur qutbla- nadi. Unga perpendikular qo'yilgan ikkinchi turmalin plastinkasi
bu   nurni   o'tkazmaydi,   har   bir   kristallda   shunday   bir   yo‘nalish   bo'ladiki,   bu
yo'nalishga   nisbatan   kristall   panjaraning   atomlari   (yoki   ionlari)   simmetrik
joylashadi, bu yo'nalish kristallning optik o‘qi deyiladi. ADABIYOTLAR
1.Ярмоне	нко С.П., Вайнсо	н А.А. Радиобиология человека 	
нживотных.
М., "Высшая школа", 2004.
2.
Remizov	.Tibbiy va biologik biofizika.	 Toshkent 	 Ibn Sino nashriyoti	
,2006.
3.
Yu.B. Kudryashov. Radiaщyunnaya 	bi	ofiz	ika ( ionnziruyush	ie 	
izlucheniya). Moskva, Fizmatlit.2004.
4. Ye	
. Ismoilov, N. Mamatqulov, G‘. Xodjaev, Q.Norboev, Biofizika 	
va radiobiologiya, Sano-standart nashriyoti, Toshkent-2018.
5.
 Radjabov A.I. Radiobiologiya, “Fan va texnologiya” Toshkent-
2018
6.
Umarova	F.T. Universitet.	 2003.

FOTOBIOLOGIYA MUAMMOLARI. Reja: 1. Fotobiologik jarayonlar klassifikatsiyasi va bosqichlari. (fotobiologiya) 2. Fotobiologik jarayonlarning mexanizmi. (Norboyev) 3. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlarga ta’siri. 4. Nur ta’sirida ko‘rish jarayonining yuzaga kelishi. 5. Yorug‘likning moddalar bilan o‘zaro ta'siri

Fotobiologiya biologik tizimlarga nur ko‘riniuvchi va ultrabinafsha nurlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini o‘rganadi. Bu jarayonlar asosida fotokimyoviy reaksiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli xil biokimyoviy, fiziologik va umumbiologik effektlar bilan tugallanuvchi murakkab zanjir holidagi reaksiyalar kompleksidan iborat. Fotobiologik jarayonlar yorug‘lik kvantlarini biologik funksiyali molekulalar orqali yutilishi bilan boshlanib, organizm va to‘qimalarda tegishli fiziologik reaksiyalar bilan tugaydigan jarayonlardan iborat. Biologik jarayonlar kechishiga yorug‘lik ko‘rsatadigan ta’sirning muhim harakteristikasi - fotobiologik ta’sir spektrlari, ya’ni fotobiologik effektning ta’sir etayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Fotobiologik ta’sir spektrlari, spektrining qaysi sohasi biologik jarayonni eng effektiv ravishda yuzaga keltirayotganini, shuningdek bunday ta’sirning maxanizmini aniqlash imkonini beradi. 1. Fotobiologik jarayonlarning klassifikatsiyasi va bosqichlari Energetik nuqtai nazardan fotobiologik reaksiyalar ikki guruhga bo‘linadi. Agarda fotobiologik reaksiyalar natijasida yorug‘lik energiyasi mahsulotlarda to‘plansa, bunday reaksiyalar - endergonik ; bordiyu energiyaning energiya reaksiyaning aktivlanish to‘sig‘ini yengishga sarf etilsa, bu xil reaksiyalar – ekzergonik reaksiyalar deb ataladi. Biologik nuqtai nazardan esa, fotobiologik reaksiyalar funksional - fiziologik hamda destruktiv - modifikatsion reaksiyalarga bo‘linadi. Funksional - fiziologik fotobilogik reaksiyalar ko‘rinuvchi nur ta’sirida amalga oshadi: a) energetik reaksiyalar (fotosintez, fotofosforlanish); b) informatsion reaksiyalar (fotoretsepsiya, fototropizm, fotomorfogenez, fotoperiodizm); v) biosintetik reaksiyalar (xlorofill biosintezi, pigment va vitaminlar sintezining induksiyalanishi) ga bo‘linadi. Destruktiv - modifikatsion reaksiyalar asosan ultrabinafsha nur ta’sirida amalga oshadigan reaksiyalar hisoblanadi:

a) halokatga (mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning nurdan zararlanishiga) olib keladigan reaksiyalar; b) mutatsiyaga (nurning genetik apparatga ta’siri natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishlarga) sabab bo‘luvchi reaksiyalar; v) patofiziologik reaksiyalarni o‘z ichiga oladi. Funksional - fiziologik reaksiyalar hujayraning hayotiy muhim makromolekulyar va molekulyar darajalarida zararlanishlarning yuz bermasligi bilan xarakterlanadi. Bunday reaksiyalar natijada biologik obyektlarda foydali reaksiyalar amalga oshib, hujayraning ayrim strukturaviy elementlari hosil bo‘ladi. Ikkinchi xil reaksiyalarda nur substrat molekulasini zararlab, normal fiziologik holatga xarakterli bo‘lmagan fotokimyoviy reaksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ultrabinafsha nur ta’sirida yuzaga keladi. Lekin ko‘rinuvchi nur ham, fotodinamik effekt sharoitida yoki katta intensivlikka ega nur (lazer) shu xil oqibatlarga sabab bo‘ladi. Fotobiologik reaksiyalar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1) fotofizikaviy bosqich (yorug‘likning yutilishi, elektron qo‘zg‘algan holatning sodir bo‘lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi); 2) birlamchi fotokimyoviy bosqich (dastlabki fotomahsulotning hosil bo‘lishi); 3) ikkilamchi fotokimyoviy bosqich (birlamchi fotomaxsulotning barqaror maxsulotlarga aylanishi); 4) qorong‘ida o‘zgarish bosqichi (barqaror maxsulotlarning navbatdagi o‘zgarishi); 5) oxirgi biologik makroeffekt. Fotobiologik reaksiyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning hammasi asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo‘lib, tirik organizmlarning hayot faoliyatlarida o‘z ifodasini topadi. 2. Fotobiologik jarayonlarning mexanizmi Fotobiologik jarayonlarda umumiy holda muhim biologik birikmalar sintezlanadi. Bunday jarayonlarga yuksak o‘simliklar, ba’zi bakteriyalar va suv

o‘tlarida kechuvchi fotosintez misol bo‘ladi. Fotosintez yuqori darajada ixtisoslashgan strukturalar- xloroplastlarda amalga oshadi. Fotosintezdan tashqari nur kvanti holida olingan informatsiya ta’siridan kelib chiquvchi biologik ritmlar xam organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Fotobiologiya, shuningdek, ultrabinafsha, infraqizil va boshqa nurlar ta’sirida tirik tizimlarda yuz beradigan buzilishlarning molekulyar mexanizmlarini ham o‘rganadi. Yirik porsiya holidagi nur kvanti yoki qisqa to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlar tirik organizmda nuklein kislotalar, oqsillar kabi muhim genetik-informatsion, struktura va fermentativ funksiyalarga ega bo‘lgan makromolekulalarga ta’sir etib, turli xil mutatsiyalar va jiddiy funksional izdan chiqishlarni keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar organizmning genetik tizimida DNK darajasida komplementarlikni buzish xususiyatiga ega. Fotobiologiya ultrabinafsha va ko‘rinuvchi nurlar energiyasining yutilishi evaziga biomolekulalarda sodir bo‘ladigan elektronli qo‘zg‘alish holatlari va ularga bog‘liq holda amalga oshadigan fotofizikaviy hamda fotokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish bilan cheklanadi. Yorug‘lik nuri muhim biologik birikmalarda yutilganda, foydali va zararli jarayonlar kechishi mumkin. Yorug‘lik nurining zararli ta’siri ham ikkiga bo‘linadi. Yorug‘lik nuri teriga, ko‘zga ta’sirida allergiya berishi bo‘lsa, fotoperiodizm ta’sirida hayvonlarda yillik va sutkalik sikllarning mavjud bo‘lishi. Bu jarayonlar yorug‘lik nuri bilan boshqariladi, ya’ni odam va kemiruvchilarda ko‘z, qushlarda gipotalamus, baliqlarda epifiz, hasharotlarda miya. O‘simliklarda asosiy fotobiologik jarayonlar fotosintez, fototaksis, fototropizm va fotoperiodizmdir. Biofizika kursida asosan, quyidagi fotobiologik jarayonlar o‘rganiladi. Yorug‘lik kvantini yutish, molekula tarkibida energiya almashinish, molekulalar orasida qo‘zg‘algan holat bo‘lganda, energiya o‘tkazish, ya’ni energiya migratsiyasi va birinchi fotokimyoviy bosqich jarayonlari o‘rganiladi. Asosiy fotokimyoviy reaksiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi. Fotoionlanish (elektronning molekula tashqarisiga otilib chiqib, ionlar yoki erkin radikallar hosil bo‘lishiga olib

kelishi), fotoqaytarilish yoki fotooksidlanish (elektronning bir molekuladan ikkinchisiga o‘tishi), fotodissotsiatsiya (molekulalarning ionlarga parchalanishi) va fotoizomerizatsiya (molekulalar fazoviy konfiguratsiyasining yorug‘lik ta’siri ostida o‘zgarishi). 11.2-§ da aytib o‘tilganidek, yorug‘lik nuri ta’sirida amalga oshadigan fotobilogik reaksiyalar 2 bosqichda boradi: - birinchi bosqich – yorug‘likka aloqador bo‘lib, buning natijasida qo‘zg‘algan molekulalar, ionlar va erkin radikallar hosil bo‘ladi; - ikkinchi bosqich – qorong‘ulikka aloqador bo‘lib, birlamchi (dastlabki) faol mahsulotlarning keyinchalik qayta o‘zgarishidan iborat. Bu bosqichda energiyaga boy molekulalar yana reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalar biokimyoviy reaksiyalar deyilib, ular natijasida oxirgi bioorganik birikmalar sintezlanadi. Biologik tizimlarda mahsulotlarning hosil bo‘lishi tartibli ravishda zanjirli reaksiyalar ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, ultrabinafsha nurining teriga qanday ta’sir ko‘rsatishini analiz qilish uchun eritmani darajasi, chuqurligi va maydoni aniqlanadi, shu nurning bakteriyalarga qanday ta’sir qilishi halok bo‘lgan bakteriyalarning soniga qarab aniqlanadi. Fotosintez jarayonlarini natijalari to‘g‘risida esa, karbonat angidrid gazining ajralib chiqish tezligiga qaab fikr yuritiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, fotobilogik reaksiyalar bir necha bosqichda boradigan hamda juda murakkab reaksiyalar ketma-ketligidan iboratdir. Shu munosabat bilan, fotobilogik jarayonlar mexanizmlarini o‘rganish uchun uning har bir bosqichi alohida-alohida o‘rganiladi. 3. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlarga ta’siri. Yuqoridagi fikrlarimizda ta’kidlab o‘tganimizdek, biologik tizimlarda sodir bo‘ladigan fotobiologik reaksiyalarda ultrabinafsha nurlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki biologik tizimlarda yuzaga keladigan fotodestruktiv reaksiyalarga, asosan ultrabinafsha nur (UB) sabab bo‘ladi. Ultrabinafsha nur (UB) spektri shartli ravishda 3 sohaga bo‘linadi: