logo

Fotosintez ekologiyasi

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.6552734375 KB
Fotosintez ekologiyasi
REJA:
1. Yorug‘likda nafas olish. 
2. Fotosintez ekologiyasi. 
3. Fotosintezning kunlik va mavsumiy jadalligi.
4. Fotosintez va hosildorlik. 
so‘zlar:   Fotosintez, bosqichlar, sikllar, qorong‘iliq, CO
2 ning o‘zlashtirilishi,
Kalvin   sikli,   Xetch-Slek   sikli,   fosfoyenolpiruvat,   oksaloasetat,   malat   kislotalar,
SAM-yo‘li,   og‘izchalar,   olma   kislotasi-malat,   hujayra   vakuolalari,   xloroplastlar,
peroksisomalar,   mitoxondriyalar,   glikolat,   glioksilat,   glisin,   vodorod   peroksid,
katalaza, fotosintez jadalligi, sof maxsuldorlik, ekologik muhit, yorug‘lik, karbonat
angidridning   konsentrasiyasi,   harorat,   namlik,   ildiz   orqali   oziqlanish,   kislorod,
kunlik   davomiylik,   mavsumiy   davomiylik,   bir   chuqqili,   ikki   chuqqili,   organik
modda, sof maxsuldorlik tenglamasi, biologik va xo‘jalik ho sil.
Yorug‘likda   nafas   olish .   O‘simliklarda   yorug‘lik   ta’sirida   kislorodning
qabul   qilinishi   va   karbonat   angidridning   ajralib   chiqishiga   –   Yorug‘likda   nafas
olish   deyiladi. Nafas olishning bu tipi, mitoxondriyalarda bo‘ladigan va kimyoviy
energiya   ajralishi   bilan   xarakterlanadigan   oksidativ   nafas   olishdan   tubdan   farq
qiladi.   Yorug‘likda   nafas   olish   jarayonida   uchta   organoid:   xloroplastlar,
peroksisomalar va mitoxondriyalar ishtirok etadi.
Yorug‘likda   nafas   olish   xloroplastlarda   boshlanadi.   Ya’ni   fotosintez
jarayonida oraliq mahsulot sifatida glikolat kislotasi ajraladi:
CH
2 OH– COOH
Glikolat xloroplastlardan peroksisomalarga o‘tadi va tashqaridan qabul 
qilinadigan kislorod yordamida to glioksilat kislotasigacha oksidlanadi:
CH
2 OH CHO
COOH COOH O
2                                       H
2 O
2
Glikolat glioksilat
Oraliq mahsulot sifatida ajralgan vodorod peroksid katalaza fermenti 
yordamida parchalanadi. Glioksilat aminlanish yo‘li bilan glisinga aylanadi:
COOH
CH 
2 NH
2
Bu   jarayon   glikolat   kislotasining   hosil   bo‘lishidan   boshlangani   uchun
glikolatli  yo‘li  ham deyiladi. Bu yo‘l  S
3   – o‘simliklarida yaxshi  sezilarli  darajada
sodir   bo‘ladi.   Ayrim   hollarda   yorug‘likda   nafas   olish   jarayonining   jadalligi
fotosintez   jadalligining   50   %   gacha   yetadi.   Lekin   bu   jarayon   S
4   –   o‘simliklarida
yaxshi   sezilmaydi.   Chunki   ajralib   chiqqan   CO
2   mezofill   hujayralarida   ushlanib,
fosfoyenolpiruvat (FEP) bilan qo‘shilish natijasida oksaloasetat va malat kislotalari
hosil   bo‘ladi.   Keyinchalik   ulardan   ajralgan   CO
2   xloroplastlarga   o‘tadi   va
fotosintezda   ishtirok   etadi.   Shuning   uchun   ham   S
4   –   o‘simliklarda   fotosintez
mahsuldorligi yuqori bo‘ladi.
Fotosintez   ekologiyasi.   Fotosintez   ekologiyasi   deganda,   fotosintez
mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekanligi tushuniladi. Bu
omillarning   ta’siri   va   o‘simliklarning   bu   ta’sirlarga   moslashuvi
o‘simlikshunoslikda   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   fotosintez   jadalligi   va
mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq.
Fotosintez jadalligi   deb bir metr kvadrat yoki dm 2
  barg yuzasi hisobiga bir
soat   davomida   o‘zlashtirilgan   CO
2   yoki   hosil   bo‘lgan   organik   modda   miqdoriga
aytiladi.
Fotosintezning   sof   mahsuldorligi   deb   bir   sutka   davomida   o‘simlik   quruq
massasining   barglari   yuzasi   hisobiga   ortish   nisbatiga   aytiladi.   ko‘pchilik
o‘simliklar uchun bu 5-12 g/m 2
 ga teng.
Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlardan biri bo‘lib, u o‘simliklar 
tomonidan boshqariladi va o‘simliklarning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi.  Shuning uchun ham bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini o‘rganish 
katta ahamiyatga ega.
Yorug‘lik .   Yorug‘lik   fotosintezning   asosiy   harakatlantiruvchi   kuchi   bo‘lib,
uning   jadalligi   va   spektral   tarkibi   katta   ahamiyatga   ega.   Yorug‘lik   spektrida   faol
(400 – 700 nm) nurlarining 80 – 85 % ni barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5 –
2   %   fotosintez   uchun   sarflanadi.   Ya’ni   kimyoviy   energiyaga   aylanib   organik
moddalar tarkibida (makroergik bog‘larda) to‘planadi. Qolgan energiyaning 45 %
transpirasiya uchun va 35 % issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi.
1880 yilda A.S.Faminsinning ko‘rsatishicha, fotosintez eng past yorug‘likda,
hatto   kerosin   lamPasining   yorug‘ligida   ham   bo‘lishi   mumkin.   Ayrim   olimlarning
ko‘rsatishicha   fotosintez   kechki   nomozshom   va   ba’zi   regionlarda   yorug‘lik
kechalarda (oq tun) kuchsiz bo‘lsa ham davom etadi.
Ko‘pchilik o‘simliklarda fotosintez tezligi yorug‘likning jadalligiga bog‘liq.
U   to‘la   quyosh   yorug‘ligining   1/3   gacha   oshib   boradi.   Yorug‘liksevar
o‘simliklarda   esa   to‘la   quyosh   yorug‘ligining   1/2   gacha   oshib   boradi.   Yorug‘lik
kuchining bundan oshib borishi fotosintezga kamroq ta’sir etadi.
Fotosintezning   yorug‘likka   toyingan   (maksimal)   holati   o‘simlik   turlariga
bog‘liq. Bu daraja yorug‘liksevar o‘simliklarda ancha yuqori, soyaga chidamlilarda
esa   past   bo‘ladi.   Masalan,   ayrim   soyaga   chidamli   o‘simliklarda   (marshansiya
moxida)   fotosintezning   yorug‘likka   toyingan   holati   yorug‘lik   1000   lk   bo‘lganda
yuz   beradi,   Yorug‘liksevar   o‘simliklarda   esa   –   10000-40000lk   da   yuz   beradi.
ko‘pchilik   qishloq   –   xo‘jalik   ekinlari   ham   yorug‘liksevar   o‘simliklar   gruppasiga
kiradi.   Yorug‘likning   maksimal   darajadan   yuqori   bo‘lishi   xlorofillarning   va
xloroplastlarning   buzilishiga   sababchi   bo‘lishi   mumkin,   natijada   o‘simliklarning
maxsuldorligi kamayadi.
  Eng   yuqori   yorug‘likda   fotosintez   jadalligi,   o‘simliklarning   nafas   olish
tezligidan   sezilarli   darajada   baland   bo‘ladi.   Ya’ni   fotosintez   uchun   yutilgan
CO
2 ning miqdori, nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO
2  ning miqdoridan ko‘p
bo‘ladi. Yorug‘likning pasayib borishi natijasida esa CO
2   lar o‘rtasidagi farq ham
kamayib   boradi.   Fotosintez   jarayonida   yutilgan   CO
2   ning   miqdori   bilan   nafas olishdan   ajralib   chiqqan   CO
2   ning   miqdori   bir-biriga   teng   bo‘lgan.   Yorug‘lik
darajasi   –   yorug‘likning   kompensasion   nuqtasi   deyiladi.   Yorug‘likning
kompensasion   nuqtasi   soyaga   chidamli   o‘simliklarda   quyosh   yorug‘ligining   1%
da, yorug‘liksevar o‘simliklarda 3-5% da sodir bo‘ladi.
Karbonat angidridning konsentrasiyasi .  Fotosintez uchun eng zarur bo‘lgan
birikmalardan   biri   CO
2   hisoblanadi.   Uning   miqdori   havo   tarkibida   0,03   %   ni
tashkil  etadi. Bir  gektar  yer  o‘stidagi  100 m  havo qatlamida 550 kg CO
2   bo‘ladi.
Shundan   bir   sutka   mobaynida   o‘simliklar   120   kg   CO
2   ni   yutadi.   Lekin
atmosferadagi   CO
2   ning   miqdori,   tabiatda   mavjud   bo‘lgan   karbonat   angidridning
doimiy   miqdorini   saqlab   qoladi.   Hatto   atmosfera   tarkibida   CO
2   ning   asta-sekin
ko‘payish jarayonlari sezilmoqda.
Havo tarkibidagi CO
2  ning miqdorini 0,03 % dan to 0,3% gacha ko‘paytirish
fotosintez   jadalligini   ham   oshiradi.   o‘simliklarni   qo‘shimcha   CO
2   bilan
oziqlantirish, ayniqsa  issiqxonalarda o‘stiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlari  uchun
foydalidir.   Bu   usul   bilan   ularning   hosildorligini   oshirish   mumkin.   Ammo
qo‘shimcha   SO
2   bilan   oziqlantirish   faqat   S
3   –   o‘simliklarning   hosildorligini
oshirishga   kuchli   ta’sir   etadi,   S
4   –   o‘simliklariga   esa   ta’sir   etmaydi.   Chunki   S
4   –
o‘simliklari o‘z tanasida CO
2  ni to‘plash va undan foydalanish xususiyatiga ega.
Harorat .   Harorat   o‘simliklarning   hamma   tiriklik   jarayonlariga   ta’sir   etadi.
Fotosintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtasi mavjuddir: 
1)  minimal  – bu darajada fotosintez boshlanadi 
2) optimal  – fotosintez jarayoni uchun eng qulay harorat darajasi
3)   maksimal   –   bu   eng   yuqori   harorat   darajasi   bo‘lib,   undan   ozgina   ortsa
fotosintez to‘xtab qoladi.
Harorat   nuqtalarining   darajasi   o‘simlik   turlariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Minimal
harorat   shimoliy   kenglikda   o‘sadigan   o‘simliklar   (qarag‘ay,   archa   va   boshqalar)
uchun   –   15 0
C,   tropik   o‘simliklari   uchun   esa   4-8 0
C   atrofida   bo‘ladi.   ko‘pchilik
o‘simliklar   uchun   harorat   25-35 0
C   bo‘lganda   eng   jadal   fotosintez   sodir   bo‘ladi.
Haroratning   undan   oshib   borishi   fotosintezni   ham   sekinlashtiradi   va   40 0
C   ga
yetganda to‘xtab qoladi. Harorat 45 0
C ga yetganda esa ayrim o‘simliklar o‘la boshlaydi. Ayrim cho‘l
va adirlarda yashaydigan o‘simliklarda 58  0
 C da ham fotosintez to‘xtab qolmaydi.
Umuman   fotosintez   jarayoniga   yorug‘lik   va   harorat   birgalikda   murakkab
aloqadorlikda ta’sir etadi.
Suv .   Fotosintez   jarayonida   suv   juda   katta   omildir.   Chunki   suv   asosiy
oksidativ   substrat   –   havoga   ajralib   chiqadigan   molekulyar   kislorod   va   CO
2   ni
o‘zlashtirish   uchun   vodorod   manbasi   bo‘lib   hisoblanadi.   Bundan   tashqari
barglarning normal suv bilan ta’minlanishi:  og‘izchalarning ochilish darajasini  va
CO
2   ning   yutilishini,   barcha   fiziologik   jarayonlarning   jadalligini,   fermentativ
reaksiyalarning yo‘nalishini ta’minlaydi.
Barg   to‘qimalarida   suvning   juda   ko‘p   yoki   kamligi   (ayniqsa   qurg‘oqchilik
sharoitida)   og‘izchalarning   yopilishiga,   natijada   fotosintez   jadalligiga   ta’sir   etadi.
Suv   tanqisligi   yoki   kamchilligining   uzoq   muddatga   davom   etishi   elektronlarning
siklik   va   siklsiz   transporti,   yorug‘liqda   fosforlanish,   ATFlarning   hosil   bo‘lish
jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.
Kislorod.   Barcha   o‘simliklarda   fotosintez   jarayoni   aerob   sharoitda   sodir
bo‘ladi   va   evolyusiya   jarayonida   o‘simliklar   shunga   moslashgan.   Shuning   uchun
ham anaerob sharoit va havo tarkibida kislorodning miqdori 21% dan ko‘p bo‘lishi
fotosintezga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Yorug‘likda   nafas   olish   jarayoni   kuchli
bo‘lgan   o‘simliklarda   (S
3   o‘simliklar)   kislorod   miqdorining   21%   dan   3%   gacha
kamayishi fotosintezni jadallashtirganligi, yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchsiz
bo‘lgan o‘simliklarda (S
4 -O‘simliklarda) - fotosintez o‘zgarmasligi aniqlangan. 
Atmosferada   kislorod   konsentrasiyasining   25-30   %   dan   ortishi   fotosintezni
pasaytiradi va yorug‘likda nafas olish jarayonining tezlashishiga sababchi bo‘ladi.
Ildiz   orqali   oziqlanish.   O‘simliklar   ildiz   orqali   tuproqdan   juda   ko‘p
elementlarni (N, P, K, Ca, S, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Al va boshqalar) o‘zlashtiradi.
Bu elementlar xloroplastlar, pigmentlar, fermentlar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va
boshqalarning   tarkibiga   kiradi.Shuning   uchun   ham   o‘simliklarning   havodan   va
tuproqdan oziqlanishi uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liq. Xloroplastlarning tuzilmaviy shakli (ichki membranapar, lamellalar, granalar
va pigmentlarninghosil bo‘lishi) faqat meyordagi ildiz orqali oziklanish sharoitida
rivojlanadi.   Azot   va   fosfor   yetishmagan   sharoitda   xloroplasglarning   tuzilmaviy
shakli   yemirila   boshlaydi.   Pigmentlarning   sintez   jarayoni   sekinlashadi   va   hatto
to‘xtab qoladi. Azot va magniy xlorofillning tarkibiga kiradi. Demak, ular yetmasa,
xlorofill hosil bo‘lmaydi va fotosintezga ta’sir etadi.
Temir   ham   sitoxromlar,   ferrodoksin,   xlorofillaza   va   boshqa   fermentlarning
tarkibiga kiradi. Mis plastotsianin fermentining tarkibiga kiradi. Bu fermentlarning
faolligi fotosintez jadalligini tavsiflaydi.
Oziqa tarkibida fosforning yetishmasligi natijasida fotosintezning yoruglikda
va   qorong‘ilikda   bo‘ladigan   reakiiyalari   buzilishi   mumkin.   Umuman,   fosfor
miqdorining yetishmasligi hamda oshiqchasi fotosintez jadalligini pasaytiradi.
O‘simliklarning   mineral   elementlar   bilan   ta’minlanish   darajasi
fotosintezning   mahsuldorligini   belgilaydi.   Ularni   yetarli   darajada   mineral
elementlar   bilan   ta’minlash   yoruglik   energiyasini   yutish   va   o‘zlashtirishni,   SO
3
miqdoridan   samarali   foydalanishni   oshiradi.   Bu   esa   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida
hosildorlikni keskin oshirishni ta’minlaydi.
Fotosintezning   kunlik   va   mavsumiy   jadalligi.   Yuqorida   ko‘rib   o‘tilgan
tashqi   sharoit   omillari   fotosintezga   birgalikda   kompleks   holatda   ta’sir   etadi.
Ayniqsa   yorug‘lik,   harorat   va   suv   miqdori   kuchli   ta’sir   etib,   ularning   kun
davomida o‘zgarishi natijasida fotosintezning kunlik jadalligi bilan xarakterlanadi.
Ertalab   quyoshning   chiqa   boshlashidan   fotosintez   ham   boshlanadi.   Kuning
o‘rta   qismigacha   fotosintez   jadalligi   ortib   boradi.   Chunki   yorug‘likning   va
haroratning ortib borishi bunga sabab bo‘ladi. Eng yuqori fotosintez kunning o‘rta
qismida ( soat  12-14 larda)  sodir bo‘ladi. Kechga  tomon yana fotosintez jadalligi
pasayib   boradi,   bu   ham   yorug‘likning   va   haroratning   o‘zgarishi   asosida   sodir
bo‘ladi. Fotosintezning bu tipiga bir maksimumli (yoqi bir cho‘qqili) deyiladi.  Bir
cho‘qqili   fotosintez   ko‘p   o‘simliklarda   va   ayniqsa   o‘rta   iqlim     sharoitlarida   sodir
bo‘ladi. Fotosintezning   ikkinchi   tipiga   ikki   maksimumli   (ikki   cho‘qqili)   deyiladi.
Fotosintezning bu tipi juda issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarda sodir bo‘ladi.
Masalan,   buni   O‘zbekiston   sharoitida   yoz   kunlarida   kuzatish   mumkin.   Ertalab
yorug‘likning boshlanishi bilan fotosintez jarayoni ham boshlanib, soat 10-11 larda
eng   yuqori   jadallikka   erishadi.   Chunki   bu   soatlarda   o‘simliklar   eng   qulay
yorug‘lik, harorat va suv bilan ta’minlangan bo‘lib, og‘izchalar ochiq va CO
2   ning
yutilishi   ham   jadallashgan   bo‘ladi.   Kunning   o‘rta   qismlarida   (ayniqsa   soat   13-14
larda)   fotosintez   sekinlashgan   yoki   to‘xtagan   bo‘lishi   mumkin.   Chunki   kunning
o‘rta qismiga yaqinlashganda harorat maksimalga yaqinlashgan yoki undan oshgan
bo‘lishi   mumkin.   Undan   tashqari   suvning   kam   bo‘lishi   sababli   (kamchilligining
ko‘tarilishi)   og‘izchalarning   yopilishi   va   CO
2   ni   yutilishi   kamayadi.   Bunday
kunning   o‘rta   qismida   fotosintezning   sekinlashishi   yoki   to‘xtab   qolishiga   –
fotosintez   depressiyasi   deyiladi.   Kunning   ikkinchi   yarmida   fotosintez   jadallashib,
yuqori   nuqtaga   ko‘tarila   boshlaydi   va   kechga   yaqin   yana   pasaya   boshlaydi.
Fotosintezning bu tipiga –  ikki cho‘qqili deyiladi.
Vegetasiya davri    qisqa bo‘lgan, efemer o‘simliklarning fotosintez jadalligini
maksimal   darajasi   mart   oyining   oxiri   aprel   oyining   boshlariga,   ya’ni   meva
tugishning boshlanish  davriga to‘g‘ri  keladi. Bo‘tasimon va daraxtchil  ko‘p yillik
o‘simliklarda   fotosintez   jadalligi   kuz   boshlanishidan   oldin   sodir   bo‘ladi.   Kuzga
tomon fotosintez jadalligi pasayib boradi.
Fotosintez   va   hosildorlik .   Fotosintez   jarayonida   o‘simliklarda   organik
modda   hosil   bo‘ladi   va   to‘plana   boradi.   Bu   organik   moddani   umumiy   miqdori
fotosintez   va   nafas   olish   jarayonlarining   jadalligiga   bog‘liq.   Ya’ni   fotosintez
jarayonida   hosil   bo‘layotgan   organik   moddaning   nafas   olish   jarayoni   uchun
sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog‘liq bo‘ladi:
A = F – D
Bu   yerda   A-to‘plangan   organik   modda   miqdori,   F-   fotosintez   jarayonida
hosil bo‘lgan organik modda miqdori, D-nafas olish jarayonida sarflangan organik
modda miqdori.  Dala   sharoitida   hosil   bo‘lgan   organik   moddaning   hosil   bo‘lishini   va
to‘planishini ifodalovchi fotosintezning sof maxsuldorligini quyidagi formula bilan
aniqlash mumkin: 
     B
2  – B
1
F = 
                                 X (L 
1  + L
2 ) T
Bu   yerda   B
1   va   B
2   tajribaning   boshlanishida   va   oxirida   o‘simlikda   hosil
bo‘lgan quruq modda miqdori (g), L
1   va L
2   – tajribaning boshlanishida va oxirida
o‘simlik   bargining   sathi   (m 2
)   T-tajriba   davomidagi   kunlar   soni,   F   –   to‘plangan
organik   moddaning   miqdori   (g/m 2
  sutka).   Sutka   davomida   to‘planadigan   organik
moddaning miqdori vegetasiya  davomida o‘zgarib turadi va u juda oz miqdordan
boshlab to 15-18 g/m 2
 gacha bo‘lishi mumkin.
Fotosintez   jarayonida   hosil   bo‘lgan   va   to‘plangan   organik   modda   ikki
gruppaga bo‘linadi: 1) biologik (U– 
biol .), 2) xo‘jalik (U-
xo‘j  ).
O‘simlik   tanasida   vegetasiya   davrida   sintez   bo‘lgan   quruq   moddaning
umumiy miqdori   biologik hosil   deyiladi. Biologik hosilning xo‘jalik maqsadlariga
ishlatiladigan  qismi   (donlar, urug‘lari,  ildiz  mevalari  va  boshqalar)   xo‘jalik  hosili
deyiladi.
Xo‘jalik   hosilning   miqdori   har   xil   o‘simliklarda   turlicha   bo‘ladi   va   bu
koeffisiyent (K
xuj ) bilan ifodalanadi:
K
 xo‘j  = U
xo‘j  / U
biol
Umuman quyidagi   sharoitlar  yaratilganda  eng yuqori  hosildorlik  darajasiga
erishish   mumkin:   1)   ekinzorlarda   barg   sathini   ko‘paytirish;   2)   fotosintetik
organning   faol   ishlash   davrini   o‘zaytirish;   3)   fotosintezning   jadalligini   va
mahsuldorligini   oshirish;   4)   fotosintez   jarayonida   sintezlangan   organik
moddalarning   harakatini   va   o‘simlik   a’zolarida   qayta   taqsimlanishini   tezlatish   va
hokazolar.   Buning   uchun   esa   hamma   agrotexnik   tadbir   va   choralar   (o‘g‘itlash,
sug‘orish,   yerga   ishlov   berish,   zararkunandalarga   qarshi   kurashish   va   hokazolar)
o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi zarur.  Adabiyotlar: 
1. Ivanov P I. Zufarova M E. Umumiy psixologiya. – T.: 2018. 
2. Mirashirova.N A. Umumiy psixologiya. – T.: 2016. 
3. Davletshin M.G., T о ‘ychiyeva SM. Umumiy psixologiya. - T.: TDPU, 2002.-
202  б . 
4. Karimova V.M. Psixologiya. - T.: Sharq, 2000. 
5. G’oziyev E. Umumiy psixologiya. -T.: Faylasuflar.  2010. 
6. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма 5140900 – Касб таълими йўналишлари бакалаврлари учун. -Т.: 
Мухаррир, 2010. -118 б. 
7. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма. 5811100 – Корхоналар сервизи (корхоналар турлари бўйича) 
таълими йўналишлари талабалари учун. –Т.: Фан ва технология. 2010, - 248 
8. Салаева М.С., Халилова Ш.Т. Ўспиринларда креатив фикрлашни 
ривожлантиришнинг психологик жиҳатлари / “Психологияни ўқитишда 
замонавий инновацион ёндашув: психологлар фаолиятини ташкил этишда 
илғор технологиялар” номли Республика илмий-амалий анжумани мақолалар
тўплами. Низомий номидаги ТДПУ “Психология” ўқув-илмий маркази. 2019 
йил 24 декабрь. – Б.13-16. 
9. Салаева М.С. О личностном характере проблемы профессионального 
сознания / «Узлуксиз таълим тизимида маънавий-касбий баркамол шахс 
тарбияси» Республика илмий-назарий конференция, ГулДУ.  2007  йил  16-17-
ноябрь . – Б . 208-209. 
10. Salayeva, M. S., & Abduhakimova, M. (2023). Psixodiagnostik tadqiqotlarni 
amalga oshirish jarayonidagi muammolar // Results of National Scientific 
Research International Journal, 2(1), 69–79. Retrieved from 
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/article/view/1470

Fotosintez ekologiyasi REJA: 1. Yorug‘likda nafas olish. 2. Fotosintez ekologiyasi. 3. Fotosintezning kunlik va mavsumiy jadalligi. 4. Fotosintez va hosildorlik. so‘zlar: Fotosintez, bosqichlar, sikllar, qorong‘iliq, CO 2 ning o‘zlashtirilishi, Kalvin sikli, Xetch-Slek sikli, fosfoyenolpiruvat, oksaloasetat, malat kislotalar, SAM-yo‘li, og‘izchalar, olma kislotasi-malat, hujayra vakuolalari, xloroplastlar, peroksisomalar, mitoxondriyalar, glikolat, glioksilat, glisin, vodorod peroksid, katalaza, fotosintez jadalligi, sof maxsuldorlik, ekologik muhit, yorug‘lik, karbonat angidridning konsentrasiyasi, harorat, namlik, ildiz orqali oziqlanish, kislorod, kunlik davomiylik, mavsumiy davomiylik, bir chuqqili, ikki chuqqili, organik modda, sof maxsuldorlik tenglamasi, biologik va xo‘jalik ho sil. Yorug‘likda nafas olish . O‘simliklarda yorug‘lik ta’sirida kislorodning qabul qilinishi va karbonat angidridning ajralib chiqishiga – Yorug‘likda nafas olish deyiladi. Nafas olishning bu tipi, mitoxondriyalarda bo‘ladigan va kimyoviy energiya ajralishi bilan xarakterlanadigan oksidativ nafas olishdan tubdan farq qiladi. Yorug‘likda nafas olish jarayonida uchta organoid: xloroplastlar, peroksisomalar va mitoxondriyalar ishtirok etadi. Yorug‘likda nafas olish xloroplastlarda boshlanadi. Ya’ni fotosintez jarayonida oraliq mahsulot sifatida glikolat kislotasi ajraladi: CH 2 OH– COOH Glikolat xloroplastlardan peroksisomalarga o‘tadi va tashqaridan qabul qilinadigan kislorod yordamida to glioksilat kislotasigacha oksidlanadi: CH 2 OH CHO COOH COOH

O 2 H 2 O 2 Glikolat glioksilat Oraliq mahsulot sifatida ajralgan vodorod peroksid katalaza fermenti yordamida parchalanadi. Glioksilat aminlanish yo‘li bilan glisinga aylanadi: COOH CH 2 NH 2 Bu jarayon glikolat kislotasining hosil bo‘lishidan boshlangani uchun glikolatli yo‘li ham deyiladi. Bu yo‘l S 3 – o‘simliklarida yaxshi sezilarli darajada sodir bo‘ladi. Ayrim hollarda yorug‘likda nafas olish jarayonining jadalligi fotosintez jadalligining 50 % gacha yetadi. Lekin bu jarayon S 4 – o‘simliklarida yaxshi sezilmaydi. Chunki ajralib chiqqan CO 2 mezofill hujayralarida ushlanib, fosfoyenolpiruvat (FEP) bilan qo‘shilish natijasida oksaloasetat va malat kislotalari hosil bo‘ladi. Keyinchalik ulardan ajralgan CO 2 xloroplastlarga o‘tadi va fotosintezda ishtirok etadi. Shuning uchun ham S 4 – o‘simliklarda fotosintez mahsuldorligi yuqori bo‘ladi. Fotosintez ekologiyasi. Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekanligi tushuniladi. Bu omillarning ta’siri va o‘simliklarning bu ta’sirlarga moslashuvi o‘simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq. Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm 2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida o‘zlashtirilgan CO 2 yoki hosil bo‘lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Fotosintezning sof mahsuldorligi deb bir sutka davomida o‘simlik quruq massasining barglari yuzasi hisobiga ortish nisbatiga aytiladi. ko‘pchilik o‘simliklar uchun bu 5-12 g/m 2 ga teng. Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlardan biri bo‘lib, u o‘simliklar tomonidan boshqariladi va o‘simliklarning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi.

Shuning uchun ham bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik . Yorug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uning jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik spektrida faol (400 – 700 nm) nurlarining 80 – 85 % ni barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5 – 2 % fotosintez uchun sarflanadi. Ya’ni kimyoviy energiyaga aylanib organik moddalar tarkibida (makroergik bog‘larda) to‘planadi. Qolgan energiyaning 45 % transpirasiya uchun va 35 % issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi. 1880 yilda A.S.Faminsinning ko‘rsatishicha, fotosintez eng past yorug‘likda, hatto kerosin lamPasining yorug‘ligida ham bo‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning ko‘rsatishicha fotosintez kechki nomozshom va ba’zi regionlarda yorug‘lik kechalarda (oq tun) kuchsiz bo‘lsa ham davom etadi. Ko‘pchilik o‘simliklarda fotosintez tezligi yorug‘likning jadalligiga bog‘liq. U to‘la quyosh yorug‘ligining 1/3 gacha oshib boradi. Yorug‘liksevar o‘simliklarda esa to‘la quyosh yorug‘ligining 1/2 gacha oshib boradi. Yorug‘lik kuchining bundan oshib borishi fotosintezga kamroq ta’sir etadi. Fotosintezning yorug‘likka toyingan (maksimal) holati o‘simlik turlariga bog‘liq. Bu daraja yorug‘liksevar o‘simliklarda ancha yuqori, soyaga chidamlilarda esa past bo‘ladi. Masalan, ayrim soyaga chidamli o‘simliklarda (marshansiya moxida) fotosintezning yorug‘likka toyingan holati yorug‘lik 1000 lk bo‘lganda yuz beradi, Yorug‘liksevar o‘simliklarda esa – 10000-40000lk da yuz beradi. ko‘pchilik qishloq – xo‘jalik ekinlari ham yorug‘liksevar o‘simliklar gruppasiga kiradi. Yorug‘likning maksimal darajadan yuqori bo‘lishi xlorofillarning va xloroplastlarning buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin, natijada o‘simliklarning maxsuldorligi kamayadi. Eng yuqori yorug‘likda fotosintez jadalligi, o‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bo‘ladi. Ya’ni fotosintez uchun yutilgan CO 2 ning miqdori, nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO 2 ning miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Yorug‘likning pasayib borishi natijasida esa CO 2 lar o‘rtasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan CO 2 ning miqdori bilan nafas

olishdan ajralib chiqqan CO 2 ning miqdori bir-biriga teng bo‘lgan. Yorug‘lik darajasi – yorug‘likning kompensasion nuqtasi deyiladi. Yorug‘likning kompensasion nuqtasi soyaga chidamli o‘simliklarda quyosh yorug‘ligining 1% da, yorug‘liksevar o‘simliklarda 3-5% da sodir bo‘ladi. Karbonat angidridning konsentrasiyasi . Fotosintez uchun eng zarur bo‘lgan birikmalardan biri CO 2 hisoblanadi. Uning miqdori havo tarkibida 0,03 % ni tashkil etadi. Bir gektar yer o‘stidagi 100 m havo qatlamida 550 kg CO 2 bo‘ladi. Shundan bir sutka mobaynida o‘simliklar 120 kg CO 2 ni yutadi. Lekin atmosferadagi CO 2 ning miqdori, tabiatda mavjud bo‘lgan karbonat angidridning doimiy miqdorini saqlab qoladi. Hatto atmosfera tarkibida CO 2 ning asta-sekin ko‘payish jarayonlari sezilmoqda. Havo tarkibidagi CO 2 ning miqdorini 0,03 % dan to 0,3% gacha ko‘paytirish fotosintez jadalligini ham oshiradi. o‘simliklarni qo‘shimcha CO 2 bilan oziqlantirish, ayniqsa issiqxonalarda o‘stiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlari uchun foydalidir. Bu usul bilan ularning hosildorligini oshirish mumkin. Ammo qo‘shimcha SO 2 bilan oziqlantirish faqat S 3 – o‘simliklarning hosildorligini oshirishga kuchli ta’sir etadi, S 4 – o‘simliklariga esa ta’sir etmaydi. Chunki S 4 – o‘simliklari o‘z tanasida CO 2 ni to‘plash va undan foydalanish xususiyatiga ega. Harorat . Harorat o‘simliklarning hamma tiriklik jarayonlariga ta’sir etadi. Fotosintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtasi mavjuddir: 1) minimal – bu darajada fotosintez boshlanadi 2) optimal – fotosintez jarayoni uchun eng qulay harorat darajasi 3) maksimal – bu eng yuqori harorat darajasi bo‘lib, undan ozgina ortsa fotosintez to‘xtab qoladi. Harorat nuqtalarining darajasi o‘simlik turlariga bog‘liq bo‘ladi. Minimal harorat shimoliy kenglikda o‘sadigan o‘simliklar (qarag‘ay, archa va boshqalar) uchun – 15 0 C, tropik o‘simliklari uchun esa 4-8 0 C atrofida bo‘ladi. ko‘pchilik o‘simliklar uchun harorat 25-35 0 C bo‘lganda eng jadal fotosintez sodir bo‘ladi. Haroratning undan oshib borishi fotosintezni ham sekinlashtiradi va 40 0 C ga yetganda to‘xtab qoladi.

Harorat 45 0 C ga yetganda esa ayrim o‘simliklar o‘la boshlaydi. Ayrim cho‘l va adirlarda yashaydigan o‘simliklarda 58 0 C da ham fotosintez to‘xtab qolmaydi. Umuman fotosintez jarayoniga yorug‘lik va harorat birgalikda murakkab aloqadorlikda ta’sir etadi. Suv . Fotosintez jarayonida suv juda katta omildir. Chunki suv asosiy oksidativ substrat – havoga ajralib chiqadigan molekulyar kislorod va CO 2 ni o‘zlashtirish uchun vodorod manbasi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari barglarning normal suv bilan ta’minlanishi: og‘izchalarning ochilish darajasini va CO 2 ning yutilishini, barcha fiziologik jarayonlarning jadalligini, fermentativ reaksiyalarning yo‘nalishini ta’minlaydi. Barg to‘qimalarida suvning juda ko‘p yoki kamligi (ayniqsa qurg‘oqchilik sharoitida) og‘izchalarning yopilishiga, natijada fotosintez jadalligiga ta’sir etadi. Suv tanqisligi yoki kamchilligining uzoq muddatga davom etishi elektronlarning siklik va siklsiz transporti, yorug‘liqda fosforlanish, ATFlarning hosil bo‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi. Kislorod. Barcha o‘simliklarda fotosintez jarayoni aerob sharoitda sodir bo‘ladi va evolyusiya jarayonida o‘simliklar shunga moslashgan. Shuning uchun ham anaerob sharoit va havo tarkibida kislorodning miqdori 21% dan ko‘p bo‘lishi fotosintezga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchli bo‘lgan o‘simliklarda (S 3 o‘simliklar) kislorod miqdorining 21% dan 3% gacha kamayishi fotosintezni jadallashtirganligi, yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchsiz bo‘lgan o‘simliklarda (S 4 -O‘simliklarda) - fotosintez o‘zgarmasligi aniqlangan. Atmosferada kislorod konsentrasiyasining 25-30 % dan ortishi fotosintezni pasaytiradi va yorug‘likda nafas olish jarayonining tezlashishiga sababchi bo‘ladi. Ildiz orqali oziqlanish. O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan juda ko‘p elementlarni (N, P, K, Ca, S, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Al va boshqalar) o‘zlashtiradi. Bu elementlar xloroplastlar, pigmentlar, fermentlar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqalarning tarkibiga kiradi.Shuning uchun ham o‘simliklarning havodan va tuproqdan oziqlanishi uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liq.