logo

Pleystoen davri ekologiyasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.8330078125 KB
    Pleystoen davri ekologiyasi
 
Reja
1. Ye r shari tarixi, geologik davrlashtirish
2. Yer yuzida vujudga kelgan muzlik davrlari va ularning ibtidoiy 
odamlar xayotiga ta’siri.
3. Insoniyat tarixini davrlashtirish muammolari
4. Arxeologik davrlashtirish va xronologiya
  Ye rning   paydo   bo‘lishi   tarixi   uzoq   o‘tmishga   borib   taqaladi.   Bundan
4,5 milliard yil odin koinotda yer sayyorasi vujudga kelgan. Yerning vujudga
kelgan   vaqtida   u   faqat   suv   va   atmosferadan   iborat   bulgan.   Million   yillar
o‘tishi   natijasida   yerda   qattiq   tog‘   jinslari   paydo   bo‘la   boshlaydi.   Yerda
birinchi hayot izlari bundan 3,6 mlr yil avval shakllangan. Keyingi davrlarda
yerda   hayot   sekinlik   bilan   rivojlanib   boradi   va   biz   buni   geologik
tadqiqotlarda   ko‘rishimiz   mumkin.   Oxirgi   544   mln   yil   ichida   yerda   turli   xil
tirik   organizmlarning   evolyusion   rivojlanishini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bunga
sabab  aynan shu  vaqt yer qatlamlaridan turli  xil qazilma  turlarning  topilishi
bo‘lib hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bulishi tugrisidagi dunyokarashlar
xozirgi   zamon   fanining   eng   kizik   va   murakkab   muammolaridan   biridir.
Hayot paydo bo‘lishi muammosi fan va texnikaning rivojla nishiga qarab turli
davrlarda   turlicha   hal   etilgan.   Bu   savol   insonni   juda   kadim   zamonlardan
kiziktirib kelmokda.
XVII       asrning       ikkinchi       yarmigacha   organizmlar   uz   ajdodlaridan
xosil   bulishidan   tashkari   kulay   sharoitda   ulik   moddalardan   xam   paydo   bula
oladi degan tasavvurlar mavjud edi. Masalan, timsoxlar balchiklardan, arslon
va yulbarslar saxro toshlaridan, sichkonlar bugdoydan xosil bulishi mumkin,
degan   afsonaviy   tasavvurlar   keig   tarkkalgan   edi.   XVI   asrda   yashagan
biolog   vrach   V an   Gelmont   sichqonlar   dondan,   vrach   Parasels   baliqlar   va
sichqonlar   sasigan   suvdan   paydo   bo‘ladi,   degan   fikrni   targ‘ib   qildilar.
Parasels   hatto   kichkina   tirik   odam   —   gomenkulis ni   laboratoriyada
tayyorlash   retseptini   ham   tuzgan. XVII   asrda   yashagan   Italiya   olimi
Franchesko   Redi   hayotning   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lishi   to‘g‘risidagi   bunday
tasavvurlar   noto‘g‘riligini   birinchi   bo‘lib   tajribada   isbotladi.   U   o‘z
taj ribalarida shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, ba’zi   idishlarning
ustini   doka   bilan   yopib,   ba’zilarini   ochiq   holda   qoldirdi.   Ochiq   holdagi
idishlardagi   go‘shtlarga   pashsha   qo‘n gani   uchun   tez   orada   ularda   qurt paydo   bo‘ldi   va   rivojlandi.   Yopiqshisha   idishlardagi   go‘sht   sasib   chirisa
ham,   ularda   hech   qanday   qurt   rivojlanmadi.   Redi   o‘z   tajribalariga
asoslanib,   hasharotlar   chiriyotgan   go‘shtdan   emas,   balki   urg‘ochi
pashshalar qo‘ygan tuxumdan rivojlanishini ta’kidladi.
Olimlardan   A.   I.   Oparin   1924   yili,   Xoldeyn   1928   yili   Ye rda   hayot
qanday  paydo  bo‘lganligi  haqida  abiogen  gipoteza   yaratdilar.   Oparin   hayot
paydo   bo‘lishi   to‘g‘risidagi   gipotezani   yaratishda   astrofizika,   astroximiya,
geologiya,   bioximiya   va   boshqa   fan   yutuqlarini   e’tiborga   oldi.   Akademik
Oparin   o‘z   gipotezasida   Yerdagi   hayot   boshqa   planetalardan   ko‘chib
kelma ganligini, balki materiyaning milliard yillar davom etgan   rivojlanishi
natijasi ekanligini qayd qildi.
Yaqin   vaqtgacha   hayotning   eng   qadimgi   formalari   to‘g‘risi dagi
ma’lumotlar juda kam edi.  Bunga asosiy sabab ana shu h ayot formalari juda
mayda   va   yumshoq   tanali   ekanligidir.   Chunonchi,   kembriy   davrigacha
bo‘lgan   yer   qatlamlarida   faqat   meduza,   xilma-xil   chuvalchanglar,   qisman
bulutlarning toshga   aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar
ha yotning   qadimgi   formalari   haqida   birmuncha   tasavvur   hosil   qi lishga
imkon   yaratib,   paleontologik   solnomani   100   mln   yil   or qaga   surgan
bo‘lsada,   lekin   hayotning   eng   qadimgi   formalari   qanday   bo‘lgan,   degan
muammoni   yecha   olmadi.   Kembriy   davrigacha   bo‘lgan   hayot   izlarini
axtarishda   XX   asr   boshida   Charlz   Uolkott   topgan   stromatolitlar   muhim
ahamiyat   kasb   etdi.   U   Kanadaning   g‘arbida     topilgan   ohakdan   iborat
g‘o vak   tepaliklar   va   ustunlarni   tekshirib,   bu   riflar   suv   o‘tla ridan   iborat,
deb   taxmin   qildi.   Keyinchalik   olimning   bu   taxmini   to‘laligicha
tasdiqlandi.   1954   yili   Steli   A.   Tayler   Ontarioda   topilgan   qazilmalarni
tekshirib,   ular   ko‘k-yashil   suvo‘tlar   va   bakteriyalardan   iborat   ekanligini
isbotladi.   Avstraliyaning   g‘arbiy   qirg‘oqlaridagi   suvi   juda   sho‘r,   shunga
ko‘ra   umurtqasiz   hayvonlar   bo‘lmagan   Sharq   ko‘rfazida   tirik stromatolitlarni   topdi   va   ular   kembriy   davrigacha   yashagan   ko‘k-yashil
suvo‘tlar bilan bakteriyalarga o‘xshashligini ma’lum q ildi .
Yerning   hozirgi   ko‘rinishiga   olib   kelgan   oxirgi   rivojlanish   bosqichi
kaynozoy   erasiga   to‘g‘ri   keladi.   Uning   davomiyligi   oldingilariga   nisbatan
ancha kam – 70 mln                                                                     yilga yaqin
bo‘lib,   o‘z   navbatida   uchta:   paleogen   (66-25   million   yillar   oldin),   neogen
(25-0,7   millionlar   yillar   oldin)   va   antropogen   (0,7   million   yildan   -
hozirgacha)   davrlariga   bo‘linadi.   Kaynozoyning   boshlarida   alp   burmalanish
jarayonlari   o‘zining   kulminatsiyasiga   chiqadi,   keyingi   epoxalarda
materiklarning   yer   yuzasi   asta-sekin   hozirgi   ko‘rinishiga   ega   bo‘ladi.
Atlantika   va   Hind   okeanlarining   o‘lchami   ancha   oshgan.   O‘simlik   va
hayvonot olamida ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Eng muhimi aqilli
odam paydo bo‘lgan va o‘zining olamshumul qudratiga erishgan. Shu vaqtda
hasharotxo‘rlardan primatlar, ulardan esa odam kelib chiqqan.
Kaynozoyning   boshlariga   kelib   hozirgi   Yevrosiyoning   shimoliy   qismi
o‘rnida   konsolidatsiyalangan   yagona   quruqlik   mavjud   bo‘lgan.   U   keyingi
jarayonlar   natijasida   kuchli   o‘zgargan   va   tekislangan   baykal,   kaledon   va
gersin yoshidagi qurilmalar yordamida o‘zaro tutashgan qadimiy yadrolardan
tarkib   topgan.   Yevrosiyoning   sharqi   va   janubiy-sharqida   qadimiy
strukturalarga   mezozoy   tog‘lari   qo‘shilib   ketgan.   Yevrosiyo   Shimoliy
Atlantika   botiqligi   orqali   Shimoliy   Amerikadan   ajralgan.   Uni   janubda   va
janubiy-sharqdan birmuncha qisqargan Tetis o‘rab turgan. Tetis Yevrosiyoni
parchalanib  ketgan  Gondvananing  janubiy  va  janubiy-g‘arbiy  uchastkalari  –
Afrik-Arabiston,   Hindiston   va   Avstraliya   platformalaridan   ajratgan,   sharqda
esa Tinch okeani bilan bevosita qo‘shilgan.
Kaynozoy   erasining   boshlarida   Hindiston,   Avstraliya   va   Antraktida
yagona materikni tashkil etgan. Janubiy Amerika ham Afrika bilan tutashgan
joylarga ega bo‘lgan. Yevropa va Shimoliy Amerika o‘rtasida faqat tor suvli qambar   –   bo‘lg‘usi   Shimoliy   Atlantikaning   ilk   o‘rni   belgilangan.   Kaynozoy
erasidagi   tektonik   harakatlar   yer   yuzasi   ko‘rinishini   keskin   o‘zgartirib
yuborgan.
Paleogenda   Hindiston,   Avstraliya   va   Antraktida   bir-biridan   ajraladi.
Hindiston   palaxsasi   shimolga   surilib   neogenning   boshlarida   Osiyo   bilan
tutashadi.   Avstraliya   o‘z   o‘qi   atrofida   soat   mili   yo‘nalishiga   teskari   burilib
shimoliy-sharqqa   qarab   harakatlanadi.   Bunda   Antarktida   va   Afrika   deyarli
harakatsiz qolgan. Afrika va Janubiy Amerika orasida Atlantika okeani aniq
ifodalangan.
Kaynozoyda   Yevrosiyoning   O‘rta   yer   dengizi   mintaqasidan   shimolda
iqlim   va   organik   dunyo   mezozoy   erasining   oxiridagiga   qaraganda   o‘zgacha
bo‘lgan .   Janubda   iqlim   issiq   va   nisbatan   nam,   shimoliy   rayonlarda   esa
mo‘tadil   iliq   va   nam   bo‘lgan.   Bunday   sharoitlarda   ko‘pchik   avlodlari   va
oilalari   hozirgi   vaqtda   ham   mavjud   bo‘lgan   boy,   asosan   daraxtsimon   yopiq
urug‘li   flora   rivojlangan.   Shimo0lda   bular   ignabarglilar   aralashgan   barg
tashlovchi   dub,   buk,   yong‘oq,   kashtandan   iborat   o‘rmonlarni   tashkil   etgan.
Janubda   palmalar,   tropik   ignabarglilari,   paporotniklar   hukmdorlik   qilishgan.
Maysali   o‘tlar   hali   keng   tarqalmagan.   Asosan   sutemizuvchilardan   iborat
bo‘lgan   fauna   shakllangan   bo‘lib,   ularning   orasida   yirtqichlar   (keyinchalik
qirilib ketgan) va tuyoqlilar ustuvorlik qilishgan. Haqiqiy qushlar ham paydo
bo‘lgan. Bu hududning flora va faunasi keyinchalik hozirgi organik dunyoni
hosil qilgan.
1.1 Ilk ajdodlarmiz tomonidan dastlabkt tosh qurollar yaratgunga qadar
Tropik   Afrika   va   umuman   butun   duneda   muzlik   davrlariga   o‘tish   jarayoni
sodir bo‘ladi. Xar bir muzlik davriga o‘tish jarayonida o‘simlik dunyosining
o‘zgarishi,   iqlimning   keskin   ravishda   o‘zgarishini   kuzatishimiz   mumkin.
Bundan   2.5   million   yil   avval   bunday   tosh   qurollarni   ishlab   chiqargan
dastlabki ajdodimiz 35-36 gradus shimoliy va janubiy kenglikda ya’ni Afrika xududida   istikomat   etgan.   Bundan   1   milllion   avval   esa   Xomo   Erektus   tosh
kurollar   turini   kengaytiradi   va   janubiy-g‘arbiy   va   janubi-sharqiy   Osiyo
xududida   bo‘ylab   tarqaladi.   Bundan   100-500   ming   yil   avval   esa   Janubiy,
G‘arbiy  va Markaziy Yevropada paydo bo‘ladi. 
Yer shari qobig‘i to‘rtta asosiy davrga bo‘linadi. 1. Arxey, 2.  Paleozoy,
3.   Mezozoy,   4.   Kaynozoy   eralari.   Uning   ichida   esa   biz   bosqichlarni
kuzatishimiz   mumkin.   Masalan:   Kaynozoy   erasi   uchlamchi   va   to‘rtlamchi
davrlardan iborat. Aynan Kaynozoy erasi xozir ham davom etmoqda. Xozirgi
kunda   kaynozoy   erasiga   uchinchi   bir   davr   ya’ni   zamonaviy   deb   nomlangan
davr qo‘shilgan. To‘rtlamchi davr pleystotsen va golotsen ya’ni muzlikkacha,
muzlik bosqichlari va muzlikdan keyingi bosqichlaridan iborat. Yerda oxirgi
1   million   va   500   ming   yil   davomida   buyuk   muzliklar   yeki   o‘rta   muzliklar
davrida   bir   necha   unlab   sikllar   sodir   bo‘lgan.   Xozirgi   kunda   oxirgi   muzlik
davrida   ya’ni   bundan   129-125   ming   yil   burun   Yevroosiyoning   markaziy
qismi   Sibir   yeki   Avstraliya,   shuningdek   Shimoliy     hamda   Janubiy
Amerikaning ajdodlarmiz tomonidan o‘zlashtirilganligi xaqida yetarli isbotlar
mavjud emas. Bundan tashqari so‘nggi pleystotsen davrida G‘arbiy Yevropa
va   sharqiy   Osiyoda   xam   ibtidoiy   odamlar   yashaganligi   to‘g‘risida   yetarli
ma’lumotlar   mavjud   emas.   Yerda   hayot   arxey   davrining   ikkinchi   yarmida
paydo   bo‘ladi.   Uchlamchi   va   to‘rtlamchi   davrlar   yer   shari   tarixi   uchun
muhim   ahamiyatga   egadir.   Uchlamchi   davrda   yerda   tog‘li   hududlar   paydo
bo‘ladi.     Aynan   mana   shu   bosqichda   Kavkaz,   Karpat,   Alp,   shuningdek
Ximolay   va   Pomir   tog‘laridan   iborat   Osiyoning   markaziy   qismi   vujudga
keladi.   Biz   o‘simlik   va   hayvonot   dunyosida   ham   ma’lum   bir   o‘zgarishlarni
kuzatishimiz   mumkin.   Gigant   o‘simliklar,   paporotniklar   yo‘qolib,   ularning
o‘rniga   kichik   o‘simliklar   paydo   bo‘ladi.   Yerda   umurtqasimonlar
hukmronligi boshlanadi.  1.2   Insoniyat  paydo   bo‘lgan  davr  Yer   shari   tarixining  kaynozoy   erasi,
aniqrog‘i neogenning so‘nggi bosqichi Eopleystotsen, pleystotsen davrlariga
to‘g‘ri keladi. Neogen davriga insoniyatning qadimgi ajdodlari paydo bo‘ladi
(driopitek,   ramapitek-xozirgi   kunda   insoniyatning   ushbu   ajdodlari   qirilib
ketgan   xisoblanadi).   Eoplestotsen   va   pleystotsen   davrlari   arxeologik
davrlaridan biri-paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Eopleystotsen va   pleystotsen
davrlarida   yer   yuzida   iqlimning   keskin   sovushi   va   muzlashi   kuzatiladi.   Bu
yer   yuzida   sodir   bo‘lgan   buyuk   muzlashlarning   markazlari   Yevropaning
shimolidagi   tog‘lar   va   Amerika   hududi   xisoblangan.   Bu   markazlardan
muzlikarning janub tomonga siljishini kuzatamiz. Bu davrda buyuk muzliklar
yer   yuzining   30   %   ni   qamrab   olgan   edi.   Bu   buyuk   muzliklarning   siljishi
natijasida Pireneya, Alp tog‘lari, Kavkaz, Oltoy va Ximolayda muzliklardan
iborat   tog‘lar   vujudga   keladi.   Ob-xavo   xarorati   noldan   ko‘tarilmagan   va
insoniyatning   qadimgi   ajdodlari     faqatgina   muzliklardan   janub   tomonlarda
jon   saqlashga   majbur   bo‘lgan.   XX   asrning   birinchi   choragida   Penk   va
Bryukner   tomonidan   Alp   tog‘larida   ketma-ketlikda   mavjud   bo‘lgan   to‘rtta
muzlik   davrlari   qayd   etiladi.   Bular   Gyuns,   mindel,   Ris,   Vyurm   muzliklari.
Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada eopleystotsen davri ikkita
muzlik   fazalari   bilan   xarakterlanadi.   Bular   Yevropa   muzliklari   Dunay   va
Gyuns   bilan   birga   Shimoliy   Amerikada   Nebraska   muzliklari   kuzatiladi.
Boriskovskiyning fikriga ko‘ra, bu muziklar davri keng xududlarga yoyilgan
muzliklar   emas,   balki   faqatgina   iqlimning   keskin   sovushi   natijasida   qisqa
davrda   sodir   bo‘lgan   muzliklardir.   Yevropa   xududi   insoniyat   dastlabki
ajdodlarining Pleystotsendan Golotsen davriga o‘tish va moslashish jarayoni
kechgan   turli   shart-sharoitlarga   ega   bo‘lgan   xudud   hisoblangan.
Yevropaning   ayrim   qismlarida   iqlimning   keskin   o‘zgarishini   kuzatishimiz
mumkin.   Eopleystotsen   davri   davomida   Yevropa   va   ayniqsa   O‘rta   yer
dengizi   xavzasi   xududida   iqlim   iliq   bo‘lgan.   G‘arbiy   Yevropa   aniqrog‘i Italiya   va   Fransiya   xududlarida   villafrank   fauna   xukmron   bo‘lgan.
(gipppapotam, iliq xavoni yoqtiruvchi fil, karkidon, bug‘u, tuya, qilich tishli
yo‘lbars, ya’ni maxayrod, makaka istiqomat etgan.) Gyunsdan keyin mindel
muzlik davri keladi. Bu muzlik davri iqlimning keskin sovigan o‘rta muzlik
davri   sifatida   xarakterlanadi.   Bu   muzlik   davridan   so‘ng   Riss   muzlik   davri
boshlanadi.   Bu   muzlik   davri   G‘arbiy   Yevropada   Skandinaviya   yarim   oroli,
Danniya, Germaniyaning kattagina qismi, Angliyaning bir qismi, shuningdek
Alp   va   Pireneyaga   tutash   xududlarni   qoplab   olgan   edi.   Bu   muzlik   davrida
issiqlikni   xush   ko‘ruvchi   xayvonlar   qirilib   ketadi   va   ularning   o‘rniga
mamontlar paydo bo‘ladi. Undan so‘ng esa Vyurm muzlik davri boshlanadi.
Ya’ni   bundan   18   ming   yil   burun   Markaziy   Yevropa   ajdodlarimiz   istiqomat
etishi   uchun   noqulay   shart-sharoitlarga   ega   xudud   xisoblangan.     Bu   davrda
asosan Yevropa xududida iqlimning keskin sovushi g boshqa xududlarida esa
tundra   zonalarining   paydo   bo‘lganligi   bilan   xarakterlanadi.   Yevropa
xududida ibtidoiy ajdodlarimiz kamchilikni tashkiletgan va xayvonot dunyosi
asosan mamont va karkidonlardan iborat bo‘lgan. 
Bundan 13,000 yil avval esa Yevropada ya’ni shimoliy-g‘arbiy qismi, ya’ni
Britaniya orollaridan   tortib toki   Rus yerlariga qadar bo‘lgan xududda iqlim
keskin   o‘zgaradi   va   bu   yerlarda   dastlabki   ovchilarning   paydo   bo‘lishini
kuzatishimiz mumkin.
Bundan 10 ming yil avval esa oxirgi muzlik davri tugaydi va iqlim issiqlasha
boshlaydi.   O‘simlik   va   xayvonot   dunyosi   xozirgi   o‘simlik   va   xayvonot
dunyosi qiyofasiga kira boshladi. Kishilik jamiyati tarixini davrlarga bo‘lmay
turib   o‘rganish   mumkin   emas.   Davrlashtirishda   tarixiy   jarayon   zamon   va
davrlarga   bo‘linib,   ular   muhim   voqealar   bilan   bir-biridan   ajraladi.   Tarixni,
xususan ibtidoiy jamiyat tarixini davrlarga bo‘lish juda murakkab bo‘lib, hali
bu ilmiy jihatdan nihoyasiga yetgani yo‘q. 1.3 Kishilik   jamiyati   tarixini   davrlashtirishga   intilish   qadimgi
dunyodayoq   er.   avv.   I   asrda   yashagan   Rim   faylasufi   Lukresiy   Kar   o‘zining
«Narsalarning tabiati» nomli poemasida odamzod madaniyatining rivojlanish
manzarasini, tosh qurollarning mis qurollar bilan, undan so‘ng temir qurollar
bilan almasha borganini dastlab tasvirlab bergan. Lekin bu fikr tezda unutib
yuborilgan. 
Shotlandiya   filosofi   A.Fergyuson   kishilik   tarixini   uch   davrga:
yovvoyilik,   varvarlik   va   sivilizatsiyaga   bo‘lib   o‘rganishni   tavsiya   qilgan.
Arxeologlar   ibtidoiy   davr   kishilaridan   qolgan   moddiy   va   madaniy
buyumlarni o‘rganish asosida kishilikning ibtidoiy tarixini uch davrga: tosh,
bronza (jez) va temir asrlariga bo‘ladilar.
Tosh   asri   esa   o‘z   o‘rnida   yana   qadimgi   va   yangi   tosh   davrlariga
bo‘linadi.   Qadimgi   tosh   asri   qazilma   odamlarning   yashagan   davri
hisoblanadi.   U   vaqtda   Yerning   iqlimi,   o‘simliklar   va   hayvonot   dunyosi
hozirgidan farq qilar edi. Qadimgi tosh asri kishilari silliqlangan tosh qurollar
va   sopol   idishlarni   bilmaganlar.   Ular   yog‘ochdan   tayyorlangan   so‘yil   va
oddiy tosh qurollardan foydalanganlar.
1.4 Qadimgi   tosh   asri   kishilari   ovchilik   va   termachilik   bilan
shug‘ullanganlar,   baliqchilik   esa   endi   shakllana   boshlagan   bo‘lib,   ular
dehqonchilik   va   chorvachilikdan   mutlaqo   xabarsiz   edilar.   Kishilik   jamiyati
tarixining   juda   katta   davrini   o‘z   ichiga   qamrab   olgan   tosh   davri   ikki
bosqichga:   eng   qadimgi   (quyi,   ilk)   va   keyingi   (yuqori)   tosh   asrlariga
bo‘linadi.
Eng   qadimgi   tosh   asri   olduvay,   (Ashelgacha),   qadimgi   ashel,   keyingi
va o‘rta ashel hamda muste davrlariga bo‘linadi. Uning eng quyi sanasi 3,5-3
mln. yuqorisi esa 100-35 ming yilga kelib taqaladi.  So‘nggi   paleolit   esa   orinyak,   solyutriy   va   madlen   davrlariga   bo‘linib
40-35 ming yilliklardan 15-12 ming yilliklargacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z
ichiga oladi.
So‘nggi tosh asridan so‘ng esa o‘rta tosh-mezolit asri boshlanib, 12-15
ming yilliklar orasidagi davrni qamrab oladi.
Mezolitdan  so‘ng  tosh  asrining  so‘nggi  bosqichi  neolit-yangi  tosh  asri
boshlanib   Yevropaning   markazi,   g‘arbi,   sharqi   va   janubiy   o‘lkalarida,
Osiyoda uning sanasi 5-3 ming yilliklarga mansubdir.
Ayni   vaqtda   mazkur   arxeologik   davrlar   Yer   tarixining   geologik   bosqichlari
bilan zamondosh bo‘lishi ham mumkin.
Odamning   paydo   bo‘lishi   zaminimiz   tarixining   to‘rtlamchi   bosqichiga
to‘g‘ri keladi.
Geologik   jihatdan   to‘rtlamchi   davr   to‘rt:   neogen,   eopleystotsen,
pleystotsen va golotsen bosqichlariga bo‘linadi.
Mazkur   davrda   Shimoliy   Yevropa,   Osiyo   va   Shimoliy   Amerikaning
ko‘p   joylarini   vaqti-vaqti   bilan   Dunay,   Gyuns,   Mindel,   Riss   va   Vyurm   deb
ataluvchi   muzlik   qoplab   turgan.   Lekin   golotsenga   kelib   mazkur   joylardagi
muzlar   erib  u   yerlarning   tabiati  o‘zgarib  ketdi.  Arxeologik   nuqtai  nazaridan
neogen   va   eopleystotsen   qadimgi   tosh   asrining   Olduvay   (shellgacha)
pleystotsen qadimgi shell, O‘rta va so‘nggi ashel, mushe va so‘nggi paleolit
davrlariga to‘g‘ri keladi. Golotsen esa mezolit va neolit asrlariga mos tushadi.
Kishilikning   ibtidoiy   bosqichini   to‘g‘ri   davrlashtirish   uchun   arxeologiya,
geologiya,   klimatologiya   va   boshqa   fanlar   qo‘lga   kiritgan   yutuqlarni   joriy
qilish   ijobiy   natijalar   berishi   mumkin.   Bu   hol   ibtidoiy   jamoa   tuzumi
davridagi ishlab chiqarish kuchlarini to‘laroq o‘rganish uchun imkon beradi. Foydalanilgan xorijiy adabiyotlar ro‘yxati
1. Lawrence Guy Straus., Berit Valentin Eriksen.,  Jon Erlandson.,  David
R. Yesner. Humans at the End of the Ice Age: The Archaeology of the
PleistoceneHolocene Transition. 1996. New York.
2. A. Robers. Evolution: TheHumanstory. New York. 2011.
3. Boriskovskiy P.I. Drevneyshee proshloe chelovechestvo M. 1980. 
4. Boriskovskiy P.I. Grigorev G.P. Paleolit Afriki.  Leningrad. 1977.
5. Korobkov   I.I.   Ranov   V.A.   Paleolit   Blijnego   i   Srednego   Vostoka   .
Leningrad 1978. 
6. Boriskovskiy  P.I. Kamennыy  vek  Yujnoy i Yuga  – Vostochnaya  Azii
Leningrad. 1971 
7. Derevyanko   A.P.   Kamenn ы y   vek   Severnoy   Vostochnoy   Sentralnoy
Azii.  Novosibirsk 1975 
8. Yelinek Ya.; Bolshoy illyustrirovann ы y atlas pervob ы tnogo cheloveka.
Artiya Praga. 1982

Pleystoen davri ekologiyasi Reja 1. Ye r shari tarixi, geologik davrlashtirish 2. Yer yuzida vujudga kelgan muzlik davrlari va ularning ibtidoiy odamlar xayotiga ta’siri. 3. Insoniyat tarixini davrlashtirish muammolari 4. Arxeologik davrlashtirish va xronologiya

Ye rning paydo bo‘lishi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bundan 4,5 milliard yil odin koinotda yer sayyorasi vujudga kelgan. Yerning vujudga kelgan vaqtida u faqat suv va atmosferadan iborat bulgan. Million yillar o‘tishi natijasida yerda qattiq tog‘ jinslari paydo bo‘la boshlaydi. Yerda birinchi hayot izlari bundan 3,6 mlr yil avval shakllangan. Keyingi davrlarda yerda hayot sekinlik bilan rivojlanib boradi va biz buni geologik tadqiqotlarda ko‘rishimiz mumkin. Oxirgi 544 mln yil ichida yerda turli xil tirik organizmlarning evolyusion rivojlanishini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab aynan shu vaqt yer qatlamlaridan turli xil qazilma turlarning topilishi bo‘lib hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bulishi tugrisidagi dunyokarashlar xozirgi zamon fanining eng kizik va murakkab muammolaridan biridir. Hayot paydo bo‘lishi muammosi fan va texnikaning rivojla nishiga qarab turli davrlarda turlicha hal etilgan. Bu savol insonni juda kadim zamonlardan kiziktirib kelmokda. XVII asrning ikkinchi yarmigacha organizmlar uz ajdodlaridan xosil bulishidan tashkari kulay sharoitda ulik moddalardan xam paydo bula oladi degan tasavvurlar mavjud edi. Masalan, timsoxlar balchiklardan, arslon va yulbarslar saxro toshlaridan, sichkonlar bugdoydan xosil bulishi mumkin, degan afsonaviy tasavvurlar keig tarkkalgan edi. XVI asrda yashagan biolog vrach V an Gelmont sichqonlar dondan, vrach Parasels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo‘ladi, degan fikrni targ‘ib qildilar. Parasels hatto kichkina tirik odam — gomenkulis ni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzgan. XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi bunday tasavvurlar noto‘g‘riligini birinchi bo‘lib tajribada isbotladi. U o‘z taj ribalarida shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, ba’zi idishlarning ustini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi go‘shtlarga pashsha qo‘n gani uchun tez orada ularda qurt

paydo bo‘ldi va rivojlandi. Yopiqshisha idishlardagi go‘sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o‘z tajribalariga asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go‘shtdan emas, balki urg‘ochi pashshalar qo‘ygan tuxumdan rivojlanishini ta’kidladi. Olimlardan A. I. Oparin 1924 yili, Xoldeyn 1928 yili Ye rda hayot qanday paydo bo‘lganligi haqida abiogen gipoteza yaratdilar. Oparin hayot paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezani yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va boshqa fan yutuqlarini e’tiborga oldi. Akademik Oparin o‘z gipotezasida Yerdagi hayot boshqa planetalardan ko‘chib kelma ganligini, balki materiyaning milliard yillar davom etgan rivojlanishi natijasi ekanligini qayd qildi. Yaqin vaqtgacha hayotning eng qadimgi formalari to‘g‘risi dagi ma’lumotlar juda kam edi. Bunga asosiy sabab ana shu h ayot formalari juda mayda va yumshoq tanali ekanligidir. Chunonchi, kembriy davrigacha bo‘lgan yer qatlamlarida faqat meduza, xilma-xil chuvalchanglar, qisman bulutlarning toshga aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar ha yotning qadimgi formalari haqida birmuncha tasavvur hosil qi lishga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100 mln yil or qaga surgan bo‘lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday bo‘lgan, degan muammoni yecha olmadi. Kembriy davrigacha bo‘lgan hayot izlarini axtarishda XX asr boshida Charlz Uolkott topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g‘arbida topilgan ohakdan iborat g‘o vak tepaliklar va ustunlarni tekshirib, bu riflar suv o‘tla ridan iborat, deb taxmin qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to‘laligicha tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko‘k-yashil suvo‘tlar va bakteriyalardan iborat ekanligini isbotladi. Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi suvi juda sho‘r, shunga ko‘ra umurtqasiz hayvonlar bo‘lmagan Sharq ko‘rfazida tirik

stromatolitlarni topdi va ular kembriy davrigacha yashagan ko‘k-yashil suvo‘tlar bilan bakteriyalarga o‘xshashligini ma’lum q ildi . Yerning hozirgi ko‘rinishiga olib kelgan oxirgi rivojlanish bosqichi kaynozoy erasiga to‘g‘ri keladi. Uning davomiyligi oldingilariga nisbatan ancha kam – 70 mln yilga yaqin bo‘lib, o‘z navbatida uchta: paleogen (66-25 million yillar oldin), neogen (25-0,7 millionlar yillar oldin) va antropogen (0,7 million yildan - hozirgacha) davrlariga bo‘linadi. Kaynozoyning boshlarida alp burmalanish jarayonlari o‘zining kulminatsiyasiga chiqadi, keyingi epoxalarda materiklarning yer yuzasi asta-sekin hozirgi ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Atlantika va Hind okeanlarining o‘lchami ancha oshgan. O‘simlik va hayvonot olamida ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Eng muhimi aqilli odam paydo bo‘lgan va o‘zining olamshumul qudratiga erishgan. Shu vaqtda hasharotxo‘rlardan primatlar, ulardan esa odam kelib chiqqan. Kaynozoyning boshlariga kelib hozirgi Yevrosiyoning shimoliy qismi o‘rnida konsolidatsiyalangan yagona quruqlik mavjud bo‘lgan. U keyingi jarayonlar natijasida kuchli o‘zgargan va tekislangan baykal, kaledon va gersin yoshidagi qurilmalar yordamida o‘zaro tutashgan qadimiy yadrolardan tarkib topgan. Yevrosiyoning sharqi va janubiy-sharqida qadimiy strukturalarga mezozoy tog‘lari qo‘shilib ketgan. Yevrosiyo Shimoliy Atlantika botiqligi orqali Shimoliy Amerikadan ajralgan. Uni janubda va janubiy-sharqdan birmuncha qisqargan Tetis o‘rab turgan. Tetis Yevrosiyoni parchalanib ketgan Gondvananing janubiy va janubiy-g‘arbiy uchastkalari – Afrik-Arabiston, Hindiston va Avstraliya platformalaridan ajratgan, sharqda esa Tinch okeani bilan bevosita qo‘shilgan. Kaynozoy erasining boshlarida Hindiston, Avstraliya va Antraktida yagona materikni tashkil etgan. Janubiy Amerika ham Afrika bilan tutashgan joylarga ega bo‘lgan. Yevropa va Shimoliy Amerika o‘rtasida faqat tor suvli

qambar – bo‘lg‘usi Shimoliy Atlantikaning ilk o‘rni belgilangan. Kaynozoy erasidagi tektonik harakatlar yer yuzasi ko‘rinishini keskin o‘zgartirib yuborgan. Paleogenda Hindiston, Avstraliya va Antraktida bir-biridan ajraladi. Hindiston palaxsasi shimolga surilib neogenning boshlarida Osiyo bilan tutashadi. Avstraliya o‘z o‘qi atrofida soat mili yo‘nalishiga teskari burilib shimoliy-sharqqa qarab harakatlanadi. Bunda Antarktida va Afrika deyarli harakatsiz qolgan. Afrika va Janubiy Amerika orasida Atlantika okeani aniq ifodalangan. Kaynozoyda Yevrosiyoning O‘rta yer dengizi mintaqasidan shimolda iqlim va organik dunyo mezozoy erasining oxiridagiga qaraganda o‘zgacha bo‘lgan . Janubda iqlim issiq va nisbatan nam, shimoliy rayonlarda esa mo‘tadil iliq va nam bo‘lgan. Bunday sharoitlarda ko‘pchik avlodlari va oilalari hozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan boy, asosan daraxtsimon yopiq urug‘li flora rivojlangan. Shimo0lda bular ignabarglilar aralashgan barg tashlovchi dub, buk, yong‘oq, kashtandan iborat o‘rmonlarni tashkil etgan. Janubda palmalar, tropik ignabarglilari, paporotniklar hukmdorlik qilishgan. Maysali o‘tlar hali keng tarqalmagan. Asosan sutemizuvchilardan iborat bo‘lgan fauna shakllangan bo‘lib, ularning orasida yirtqichlar (keyinchalik qirilib ketgan) va tuyoqlilar ustuvorlik qilishgan. Haqiqiy qushlar ham paydo bo‘lgan. Bu hududning flora va faunasi keyinchalik hozirgi organik dunyoni hosil qilgan. 1.1 Ilk ajdodlarmiz tomonidan dastlabkt tosh qurollar yaratgunga qadar Tropik Afrika va umuman butun duneda muzlik davrlariga o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Xar bir muzlik davriga o‘tish jarayonida o‘simlik dunyosining o‘zgarishi, iqlimning keskin ravishda o‘zgarishini kuzatishimiz mumkin. Bundan 2.5 million yil avval bunday tosh qurollarni ishlab chiqargan dastlabki ajdodimiz 35-36 gradus shimoliy va janubiy kenglikda ya’ni Afrika