Fransiyadagi Iyul inqilobidan Yevropadagi inqilobiy harakatlarga qadar (1830-1848) xalqaro munosabatlar
MAVZU : Fransiyadagi Iyul inqilobidanYevropadagi inqilobiy harakatlarga qadar (1830-1848) xalqaro munosabatl 70220301-Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha Samarqand-2022
Mavzu: Fransiyadagi Iyul inqilobidan Yevropadagi inqilobiy harakatlarga qadar (1830-1848) xalqaro munosabatlar Reja: I. KIRISH 1.1 Iyul inqilobining kelib chiqish oqibatlari II. Asosiy qism 2.1 Iyul inqilobiga chor Rossiyasining munosabatlari. 2.2 Polsha va Belgiya qo'zg'olonlariga yevropa davlarining munosabatlari, Yevropada umumiy kayfiyat 2.3 Turkiyaning asoartga solinishi. Unkiar-Iskelessi shartnomasi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1.1 IYUI INQILOBINING KELIB CHIQISH OQIBATLARI. Bu davrga kelib Fransiya qiroli LyudovikXVIII vafot etib taxtva ukasi Artur Karl X nomi bilan qirollik taxtiga o'tirdi. Karl X tabiatan qirollik hislatlariga ega emasligi, ilmsizligi tufayli shaxsiy fikr va siyosat yurita olmaganligi bilan ham tarixda shu fazilatlari bilan iz qoldirgan qirollar toifasiga kiradi. To'g'ri u bir so'z aytganda Karl X taxtga kelishi bilan siyosiy mahbuslarni ozod qildi, ijtimoiy ahvolni yengillashtirish uchun harakat qilib ham ko'rdi , lekin uning eng katta xatosi bu o'z qo'li bilan inqilobga zamin yaratob berdi, xalqni bu ishga o'zi majbur qilidi ham. Karl X o'zining do'sti Polinyakning hukumat boshlig'i, bosh vazir o'rinbosari etib tayinlashi usiz ham og'ir ahvolni battar og'irlashtirdi. "Oq terror"ning ilhomchilaridan bo'lgan bu gersogning saylanishi mamlakatda siyosiy inqirozning kuchayishiga olib keldi 1 Bunday siyosiy inqirozga zamin yaratgan yana sabablar bor edi, albatta, qirol shakkoklik haqida qonun qabul qilishi, "emmigrantlar uchun milliardlar" qonunining qabul qilinishi bu qonunning iqtisodiy yuklamasi xalq gardaniga tushushi, milliy gvardiyaning tarqatib yuborilishi inqilob o'choqlariga zamin yaratdi. Karl X ning konstitutsiyaga zid qonunlarni imzolaganligi, saylash huquqi katta yer egalarigagina qoldirilganligi, deputatlar palatasining tarqatilishi, matbuot erkinligining bekor qilinish amalda inqilob edi. KarlX o'z qo'li bilan Fransiyani inqilob oloviga otdi. KarlX bu ishlarning xalq tomonidan tinch qabulqilinishiga ishongani holida qilgan edi . Ammo ertasi kuniyoq " Huquqiy tartibot buzildi, zulm tartibi boshlandi. Hukumat qonunchilikni 1
buzdi va bu bilan bizni bo'ysunish burchidan ozod qildi" degan mazmuniy maqola gazetalardan birida chop etildi. Iyul inqilobi 4 kun davom etib natijada Karl X Fransiyadan chiqib ketti. O'rniga taxtga Lui Filipp Orleanskiy o'tirdi. Sodda xalq uning siympsida haqiqiy xalqsevar qirolni ko'rishdi. Hukmronligining dastlabki yillarida xalq uchun foydali qonunlar qabul qilib, ular manfaatlarini ko'zlagani bilan aslida uning ichida ham hukmronlikni sevish, faqat o'zini o'ylash sifatlari kelib chiqa boshladi. Iyul inqilobidan keyin respublika tuzumini o'rnatishsa yevropa davlatlari bilan aloqalar yomonlashishidan havotirda taxtga o'tqazilgan qjrol ham aslida ishonchni oqlay olmadi. Fransiyada xalq o'ta ayanchli ahvolda yashar, turmush sharoiti achinarli holga tushib qolgandi. Ishchilar ahvoli qoniqarsiz, uy- joylarning ahvoli umuman ayanchli ahvolda edi. Shunday sharoitlarning birida Lionda qo'zg'olon ko'tariladi. 1831-yil 21-noyabr kunigi qo'zg'olonchilar bayroqlariga "ishlab yashamoq yoki kurashib o'lmoq" shiori bilan qo'zg'algan xalq milliy gvardiya hukumat qo'shinini chekinishga majbur qilgan bo'lsada, Parijdan kelgan 20 ming kidhilik qo'shin hal qiluvchi ro'l o'ynadi. Liondan so'ng birin -ketin Grenobl, Sent-Etyeni, Marsel shaharlarida qo'zg'olonlar boshlanib ketti. Barchasi shavqatsizlaik bilan boatirildi. 1834-yilyana lionchilar qo'zg'olon ko'tardi ammo olti kunlik qo'zg'olon natijasi 350 kishining o'ldirilishi bilan hukumat tomonidan bostirildi. Fransiyaning umumiy ahvoli bu vaqtda achinarli ahvolda edi. Ham tashqi siyosatda ham ichki ijtimoiy -siyosiy parokandalikdan chiqib
ketishi ancha qiyin kechishi butun dunyo hamjamiyatiga ayon bo'lib qoldi. Tashqi siyosatda Polinyak boshliq siyosatchilar Angliyaga mustamlakalar borasida yonbosishlarga majbur bo'ldi. Bu, albatta, kelajakdagi Fransiya tashqi siosatiga, iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmasdi. Iyul inqilobidan kеyin hokimiyat tеpasiga chiqqan fransuz moliya burjuaziyasi xalqaro vaziyat Tinchgina boyib yotish va mamlakat ichida inqilobiy harakatni bostiris Fransiyani 1830 yildan 1848 yilgacha idora qilgan moliya aristokratiyasi asosan ana shuning g`amini yer edi. 2 2.1 Iyul inqilobiga chor Rossiyasining munosabatlari. Iyul inqilobining kelib chiqishi, uning ro'y berishi so'zsiz xalqaro ahamiyatga juda ulkan ta'sirini ko'rsatdi. Butun yevropa davlatlari jumladan Rossiya ham bu jarayondan kelib chiqgan holda o'z pozitsiyalarini, diplomatiyasini o'zgartirishga majbur bo'lishdi. Rossiya imperatori Nikolay II avval boshdan Farnsiya ichki ishlariga fikr bildirayotgan edi. Ya'ni aynan 1929 yil avgust oyida bosh vazir deb e'lon qilingan Polinyakka umuman ishonmas, buning sababi esa Polinyakning 2 Ис тория Франции. В 3-х томах. М.: 1973-1975. Т 2 С 256