logo

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy hayoti va ijodi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.5673828125 KB
                      Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy hayoti va ijodi.
        
                                            Reja :
1.F.M. Dostoyevskiy bolalik va yoshlik yillari.
2.Ijod yo li.ʻ
3.Yirik asarlari haqida.
4.Shaxsiy hayot va umrining so ngi yillari.	
ʻ
    Bolalik va yoshlik yillari
    Fyodor   Mixaylovich   Dostoyevskiyning   otasi   Mixail   Andreyevich   Dostoyevskiy
va   onasi   Mariya   Nechayeva   1820-yilning   14-yanvarida   turmush   qurgandi.
Otasining   kasbi   shifokor   bo‘lib,   1820-yilning   oxirida,   birinchi   farzandi   Mixail
tug‘ilganidan so‘ng, o‘zi ishlayotgan harbiylar shifoxonasidan bo‘shaydi. Shundan
so‘ng  u   Moskvadagi   kambag‘allar   uchun  mo‘ljallangan   Mariinskiy   shifoxonasiga
ko‘chib   o‘tadi.   Oilada   ikkinchi   farzand   hisoblangan   Fyodor   1821-yilning   11-
noyabrida   o‘sha   shifoxonada   tug‘ilgan.   Biograflarning   fikriga   ko‘ra,   bo‘lajak
yozuvchining   ismi   bobosidan   olingan.   Uning   ism-sharifi   Fyodor   Timofeyevich
Nechayev bo‘lgandi.
  Dostoyevskiylar oilasida patriarxal urf-odatlarga qat’iyan rioya qilinardi. Xo‘jalik
tartibi ham otasining bandligiga qarab belgilanardi. Mixail Dostoyevskiy har kuni
soat   oltida   uyg‘onib,   shifoxonada   ertalabki   ko‘rikni   o‘tkazar,   so‘ngra   bemorlarni
uylariga   olib   borardi.   Soat   o‘n   ikkida   u   oilasi   bilan   tushlik   qilib,   dam   olardi   va
yana   ishiga   qarab   ketardi.   Soat   roppa-rosa   kechki   to‘qqizda   odatiy   dasturxon
yozilar va kechki ovqatni tanovul qilib bo‘lgach, bolalar ibodat qilar va ota-onasiga
xayrli tun tilab, uxlagani yotardi. Yozuvchining eslashicha, kundalik hayot odatda
shunday o‘tgan.
   1822-yilning oxirida singlisi Varvara tug‘ilganidan so‘ng, Alyona Frolovna ismli
ayol   Dostoyevskiylar   oilasiga   enaga   sifatida   ishga   yollanadi.   Yozuvchida   u   bilan
bog‘liq ko‘plab iliq xotiralar qolgan. Uning eslashiga  ko‘ra, 45 yoshlar atrofidagi
bu ayol  bolalarni  mehr  bilan katta qilgan. Ularga bir-biridan ajoyib ertaklar  aytib
bergan.   Dostoyevskiy   o‘z   enagasini   “Iblislar”   romanida(1871–1872)   tilga
oladi.1825-yilning   mart   oyida   oiladagi   navbatdagi   farzand   Andrey   tug‘ilganidan
so‘ng, ular kasalxonaning chap fligeliga (asosiy bino yonidagi qo‘shimcha imorat)
ko‘chib   o‘tadi.   Yangi   kvartira,   Andreyning   eslashicha,   ikkita   xona,   kirish   zali   va
oshxonadan iborat bo‘lgan. Ular “Olov qush”, “Alyosha Popovich”, “Ko‘k soqol”, “Ming   bir   kecha”   va   boshqa   ertaklarni   eshitib   ulg‘aygan.   Uyda   mehmon
bo‘ladiganlarning   ko‘pchiligi   otasining   hamkasblari   va   ularning   oilalari   edi.
Keyinchalik ularning ko‘pchiligi yozuvchining asarlarida tilga olingan.
   1832-yilda Dostoyevskiy  va uning akasi  uyda yollangan o‘qituvchilardan ta’lim
ola boshlaydi. 1833-yildan ular Nikolay Ivanovich Drashusov pansionatida, keyin
esa   Karl   Chermak   Leontevich   pansionatida   ta’lim   oladi.   Bo‘lajak   yozuvchining
ma’naviy rivojlanishida uning ustozi — rus tili o‘qituvchisi Nikolay Bilevichning
bir qadar xizmati singgan.
  Yozuvchi   o‘zining   ko‘plab   asarlarida   pansionat   haqidagi   xotiralardan
foydalangan.   Ta’lim   muassasalaridagi   muhit   va   oilasidan   ayrolik
Dostoyevskiyning   ruhiyatiga   og‘ir   ta’sir   qiladi.   Masalan,   Mixail   va   Fyodor   uyda
boshlang‘ich   ta’limni   olganidan   so‘ng   Nikolay   Drashusov   pansionatida   o‘qiydi.
O‘sha maktab Dostoyevskiyning “O‘smir” romanidagi (1875) “Tushar pansionati”
prototipiga   aylangan.   Shu   bilan   birga,   o‘qish   yillarida   Dostoyevskiyda   bilim
olishga   ishtiyoq   uyg‘onadi.1837-yilda   yozuvchining   onasi   vafot   etadi.   Shundan
so‘ng   otasi   Fyodor   va   uning   ukasi   Mixailni   Peterburgdagi   o‘quv   yurtiga   olib
boradi.   Bo‘lajak   yozuvchi   otasini   so‘nggi   bor   ko‘rayotgandi,   chunki   otasi   ham
1839-yilda vafot  etadi. Rasmiy  ma’lumotlarga ko‘ra, u apoplektik insultdan vafot
etgan. Lekin oila a’zolari uni krepostnoylar tomonidan o‘ldirilgan deb biladi.
   Fyodor Dostoyevskiy o‘qishni 1843-yilda tamomlagan. Keyin u Sankt-Peterburg
muhandislar guruhiga dala muhandisi va podporuchik (chorlar armiyasidagi harbiy
unvonlardan biri) sifatida qabul qilinadi. Lekin oradan bir yil o‘tib, Dostoyevskiy u
yerdan iste’foga chiqadi. U adabiyot bilan shug‘ullanishga va butun umrini ijodga
bag‘ishlashga   qaror   qilgandi.Shu   yillar   davomida   Fyodor   Dostoyevskiy   turli
davrga   mansub   Yevropa   adabiyoti   vakillari   ijodi   bilan   muntazam   tanishib
borayotgandi.   Gomer,   Onore   de   Balzak,   Viktor   Gyugo,   Shekspir   kabi   jahon
klassiklarini   mutolaa   qilardi.   Shuningdek,   u   Mixail   Lermontov,   Nikolay   Gogol, Nikolay Karamzin  kabi  shoir   va  adiblarni   ham  o‘qirdi.  Fyodor   Dostoyevskiyning
bolaligidan   sevib   mutolaa   qilgan   shoirlaridan   biri   Aleksandr   Pushkin   edi.
Yozuvchi   uning   qalamiga   mansub   ko‘plab   she’rlarni   yoddan   bilgan.Fyodorning
ukasi   Andrey   Dostoyevskiy   adibning   Pushkin   ijodiga   bo‘lgan   muhabbati   haqida
shunday   eslaydi:Akam   Fyodor   katta   akam   Mixailga:   ‘Agar   uyda   oilaviy   motam
bo‘lmaganida,   dadamdan   Pushkin   uchun   motam   tutishni   so‘ragan   bo‘lardim’,   —
degan.
   Pushkin ham Dostoyevskiyning onasi kabi 1837-yilda vafot etgan. Uning uchun
ham  motam   tutishni  istagan   yozuvchining o‘sha  paytda  ichidan nimalar   o‘tganini
tasavvur qilish mumkin.
Ijod yo‘li
    1845-yil   may   oyining   oxirida   Fyodor   Dostoyevskiy   o‘zining   ilk   romani   —
“Kambag‘allar”ni   yozib   tugatadi.   Romanda   xo‘rlangan,   ijtimoiy   adolatsizliklar
qurboniga aylangan kishilar taqdiri haqida hikoya qilingan bo‘lib, o‘sha yillardagi
yirik   adabiyot   vakillari   —   Nikolay   Nekrasov   hamda   Vissarion   Belinskiylar
tomonidan   katta   qiziqish   bilan   kutib   olinadi.   Nekrasov   Belinskiyga   yozgan
maktubida   kelajagi   porloq   yozuvchi   haqida   “Gogol   qayta   tug‘ildi”   deydi   va
romanni o‘zining “Peterburg to‘plami” antologiyasida nashr ettiradi. Belinskiy, o‘z
navbatida,   ushbu   roman   haqida   shunday   fikr   bildirgan:Roman   Rusdagi   turmush
tarzi   va   odamlar   haqida   avval   birovning   tushiga   ham   kirmagan   sirlarni   oshkor
qiladi. Bu bizning ijtimoiy roman yo‘nalishidagi birinchi urinishimiz va boz ustiga,
u   shunday   yaratilganki,   odatda   san’atkorlar   bundan   nima   chiqishini   o‘zlari   ham
anglamagan holda amalga oshiradi.
    So‘ngra   yozuvchi   Belinskiyning   adabiy   to‘garagida   o‘zining   keyingi   asari   —
“Qiyofadosh”   qissasidan   (1846)   parchalar   o‘qib   beradi.   Lekin   asarning   to‘liq
varianti jamoatchilikning hafsalasini pir qiladi. Asar o‘quvchilar tomonidan qanday
qabul qilib olingani to‘g‘risida Fyodor akasiga shunday deb yozgandi:Biznikilar va boshqa barcha tomoshabinlar Golyadkinni o‘ta zerikarli va sustkash deb, asarni esa
haddan   tashqari   cho‘zib   yuborilgan   deb   topdi   va   shu   sababli   uni   o‘qishning   iloji
yo‘qligini   aytdi.Keyinroq   u   asarni   qayta   ishlaydi.   Ba’zi   ikkinchi   darajali
qahramonlar   va   tavsiflarni   olib   tashlaydi.   Qahramonlarning   o‘y-fikrlari   va   uzun
dialoglarni qisqartiradi.
    1847-yilda   Dostoyevskiy   sotsializm   g‘oyalari   bilan   qiziqadi   va   Mixail
Petrashevskiy   (1821–1886)   boshchiligidagi   to‘garakka   tashrif   buyuradi.   U   yerda
kitob   chop   etish   erkinligi,   sudlarni   isloh   qilish,   dehqonlarga   erkinlik   berish
masalalari muhokama qilinardi. To‘garak yig‘ilishida Dostoyevskiy Belinskiyning
Gogolga   yozgan   taqiqlangan   maktubini   o‘qib   beradi.   1849-yil   aprel   oyining
oxirida esa yozuvchi hibsga olinadi. Sud uni “adabiyotshunos Belinskiyning din va
hukumatga   nisbatan   jinoyatkorona   ruhdagi   maktubini   ommaga   oshkor   qilingani
to‘g‘risida xabar bermagani uchun eng asosiy jinoyatchilardan biri” deb topadi va
o‘limga hukm qiladi. Biroq nufuzli kishilar aralashuvidan so‘ng podsho Aleksandr
II o‘lim  jazosini  to‘rt yillik katorga surguni  bilan almashtiradi. Fyodor Omskdagi
to‘rt   yillik   og‘ir   mehnatdan   so‘ng   Semipalatinskda   oddiy   askar   sifatida   harbiy
xizmat   o‘taydi.   Yozuvchiga   1856-yilda   Aleksandr   II   toj   kiyish   marosimini
o‘tkazayotgan vaqtda amnistiya beriladi.
  Fyodor Dostoyevskiy Omsk qamoqxonasidagi og‘ir hayot haqida o‘zining “O‘lik
uydan   maktublar”   (1861–1862)   asarida   ifodalagan.   Bu   asar   adib   zamondoshlari
uchun haqiqiy kashfiyotga aylanadi. Ivan Turgenev asarni Dantening “Do‘zax”iga
qiyoslaydi. Yana bir ijod kishisi Aleksandr Gersen uni Mikelanjeloning “Dahshatli
sud”  freskasibilan   taqqoslaydi.  Asar   janri  borasida   adabiyotshunoslar   hanuzgacha
tugal bir qarorga kela olmaydi. Asar, bir tomondan, muallif xotiralariga asoslangan
bo‘lib, uni memuar deb atash mumkin. Boshqa tomondan, undagi qahramon o‘ylab
topilgan   va   yozuvchi   aniqlik   va   xronologik   tamoyillarga   har   doim   ham   amal
qilavermaydi.     Adibning   eng   yirik   adabiy   ishlaridan   biri   “Xo‘rlanganlar   va   haqoratlanganlar”
romani   bo‘lib,   u   ham   1861-yilda   muallif   va   uning   ukasi   tahriri   ostida   nashr
qilinadi. Roman yozuvchining davr muammolarini aks ettirgan birinchi jiddiy asari
edi. Asar  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib, bir  yarim  yillik voqealarni o‘z ichiga olgan.
Sujet   markazida   Vanya  ismli  yosh   yigit   turadi.  Ikkinchi   qismda  esa  Yelena   ismli
o‘n   uch   yoshli   qiz   haqida   so‘z   hikoya   qilingan.Romanda   zarur   yordam   va
himoyachilarsiz qolgan kambag‘allar hayoti tasvirlangan bo‘lib, ular pul va qonun
kuchi   bilan   qurollangan   qudratli   shaxslar   tomonidan   kamsitilishi   va   xo‘rlanishi
ochib   berilgan.Tanqidchilar   romanni   vazminlik   bilan   qarshi   oladi.   Bunga   sabab,
katta   ehtimol   bilan,   yozuvchining   yaqindagina   surgundan   qaytgani   edi.   Faqat
“Sovremennik” jurnali kamchiliklarni ko‘rsatib, ijobiy baho beradi.
Yirik asarlari haqida
    Dostoyevskiy   Lev   Tolstoyning   “Urush   va   tinchlik”   romani   bilan   teng   kelishi
mumkin   bo‘lgan   roman-epopeya   yaratmoqchi   edi,   biroq   moddiy
yetishmovchiliklar (u ko‘pincha pulga muhtoj yurardi) bu rejani amalga oshirishga
xalaqit   beradi.   Natijada,   u   o‘z   g‘oyasini   beshta   bir-biridan   mustaqil   romanga
aylantiradi.   Bular   “Jinoyat   va   jazo”,   (1866),   “Telba”   (1868),   “Iblislar”   (1871–
1872),   “O‘smir”   (1875)   va   “Aka-uka   Karamazovlar”   (1879–1880)   romanlari
edi.“Jinoyat   va   jazo”   romanirealizm   uslubida   yozilgan   va   unda   tasvirlangan
voqealar   o‘zining   achchiq   haqiqatlari   bilan   o‘quvchining   ong   va   shuuriga   singib
ketadi.   Asarda   Dostoyevskiy   tomonidan   olg‘a   surilgan   asosiy   g‘oya   —   tavba
qilishning   muqarrarligi.   Ma’naviy   jazo   qonuniy   jazodan   ko‘ra   dahshatliroq   va
og‘riqliroq   ekanini   muallif   o‘quvchiga   ko‘rsatib   bera   olgan.   Jinoyatchi   ortida
umuman iz qoldirmay, yerdagi suddan qutulib qolgan taqdirda ham, jazo muqarrar.
Samoviy adolatga  chap  berib  bo‘lmaydi,  chunki   uning  poydevori  har  birimizning
qalbimizga   qurilgan.   Odamning   ichini   qiymalovchi   vijdon   azobi   gunohlar   uchun to‘langan   tovondir.   Har   bir   jinoyat   ortida   jazo   muqarrar   va   bunda   inson   ko‘zi
ilg‘amaydigan ilohiy adolat mujassam.
Kitob   mazmuni   asosiy   savolga   beriladigan   javobda   yashirin:   Raskolnikov   xato
yo‘ldan borayotgan bo‘lsa, unda to‘g‘ri yo‘l qaysi? Ijtimoiy adolatsizlikni qanday
o‘nglash   mumkin?   Dostoyevskiy   najot   ishonchda   ekanligini   ko‘rsatadi.   U   to‘g‘ri
yo‘lni  ko‘rsatib, sevishga,  umid qilishga va yaqinlarga yordam  qo‘lini  cho‘zishga
o‘rgatadi.“Telba” romani ham yozuvchining eng ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri
hisoblanadi.   Roman   har   doimgidek   yozuvchi   hayotining   juda   og‘ir   damlarida
yaratilgan.   Asar   ustida   ishlayotgan   vaqtida   qarz   beruvchilar   va   nashriyot
tomonidan   bosimga   uchrab,   u   qo‘lidagi   so‘nggi   puli   bilan   Rossiyani   tark   etishga
majbur   bo‘ladi.   Ishni   Shveysariyada   davom   ettiradi.   Tushkun   kayfiyati,
sog‘lig‘ining   yomonligi,   noqulay   ob-havo   sharoitini   yengib   o‘tgan   Dostoyevskiy
uni   bir  amallab  oxiriga  yetkazadi.   Lekin  asar   g‘oyasini   o‘quvchiga  to‘la  yetkazib
bera olmadim deb hisoblab, ijodidan biroz hafsalasi soviydi.
  Adib romanda o‘zi yashayotgan jamiyatni bor chirkinliklari bilan tasvirlab beradi.
Ko‘plab   illatlar,   qashshoqlik   va   telbalik   odamlarni   o‘z   iskanjasiga   olib,   ularni
g‘azabnok   hayvonlarga   aylantiradi.   Hatto   yuksak   odob-axloq   sohibi   shahzoda
Mishkin   ham   bu   jirkanch   ishlarga   qarshi   turishga   ojiz   edi.   “Telba”da   odamlar
e’tiqodi sustlashib, bo‘sh urf-odatlarga aylangani va odamlar ichidagi yovuz kuch
bilan   kurashishda   ortiq   tayanch   bo‘la   olmasligi   ko‘rsatib   berilgan.   Shuningdek,
yozuvchi   odamlarda   hali   ham   umid   borligiga   ishora   qiladi.“Aka-uka
Karamazovlar”   yozuvchining   oxirgi   romanidir.   Ushbu   asarning   yozilish   tarixidan
xabardor bo‘lgan o‘quvchiga uni tushunish osonroq kechadi.Roman yozuvchining
1849-yilgi   surgun   davrlarining   og‘ir   fojialari   bilan   bog‘liq.   Otasining   o‘limida
nohaq   ayblangan   Dmitriy   Ilinskiy   ismli   odamni   ham   u   o‘sha   yerda   uchratadi.
Katorga   davri   mashaqqatlarga   boy   bo‘lgan,   lekin   ayni   shu   paytlar Dostoyevskiyning   yetuk   yozuvchi   bo‘lib   shakllanishida   muhim   rol   o‘ynagan.
Tanqidchilar Dmitriy Karamazovning yana bir prototipi sifatida Dostoyevskiyning
do‘sti — shoir, sharhlovchi Apollon Grigorevni ko‘radi. U o‘zining jo‘shqin tabiati
va   shov-shuvli   sarguzashtlari   bilan   mashhur   edi.   Staraya   Russa   shahri
Skotoprigonevsk   prototipiga   aylangan   —   romanda   tasvirlangan   uylar   haligacha
saqlanib   qolgan.   Muallifning   o‘zi   istiqomat   qilgan   uy   esa   muzeyga
aylantirilgan.Dostoyevskiy   romanni   yozishga,   yuqorida   ta’kidlanganidek,   1878-
yilda   kirishadi.   Uch   yilda   yozib   tugatadi   va   “Russkiy   vestnik”   jurnalida   ikki   yil
davomida   qismma-qism   e’lon   qilib   boriladi.Adib   romanda   yon-verida   sodir
bo‘layotgan axloqiy tanazzul muhitini ifodalab bergan. Asarda g‘azab, ochko‘zlik,
ikkiyuzlamachilik   kabi   illatlar   inson   qalbini   yamlamay   yutib   yuborishi   va   uni
qorong‘ilik   tubiga   g‘arq   qilishi   ko‘rsatib   berilgan.   Qahramonlarga   illatlarni
yengishga va yashashda davom etish uchun kuch topishda yordam beradigan narsa
esa   e’tiqod   va   ishonchdir.   Yozuvchi   umrining   oxirigacha   o‘z   qarashlariga   sodiq
qoladi   va   insoniyatga   bo‘lgan   ishonchini   yo‘qotmaydi.   U   dunyodagi   barcha
yovuzliklar,   adolatsizliklarga   qaramay,   inson   muhabbat   va   e’tiqod   yordamida
yorug‘likka   qaytishi   mumkinligini   ta’kidlaydi.   Asarning   asosiy   g‘oyasi   ham   shu
edi.Adib   asarning   ikkinchi   tomni   ham   yozishni   rejalashtirgandi,   lekin   o‘lim   bu
rejaning amalga oshishiga to‘sqinlik qilgan.
  Shaxsiy hayot va umrining so‘nggi yillari
  Dostoyevskiy o‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i Mariya Isayeva bilan katorgadan
qaytganidan   ko‘p   o‘tmay   tanishgan.   Ikki   yosh   turmushi   yetti   yil,   1864-yilda
Mariya   to‘satdan   vafot   etguniga   qadar   davom   etadi.1860-yillar   boshida   chet   elga
qilgan   ilk   sayohatlaridan   birida   Dostoyevskiyni   Apollinariya   Suslova   ismli   hur
fikrli ayol o‘ziga jalb qiladi. “Qimorboz” asaridagi Polina, “Telba”dagi  Nastastya
Filippovna   va   boshqa   bir   qator   ayol   obrazlari   aynan   shu   ayol   siymosidan
olingan.Yozuvchi   40   yoshga   yaqinlashgan   vaqtda   ham   farzand   ko‘rmagandi.   Bu yetishmovchilikni   yozuvchining   ikkinchi   rafiqasi   —   Anna   Snitkina   to‘ldiradi.   U
nafaqat   vafodor   ayol,   balki   yozuvchining   yordamchisiga   ham   aylanadi:
Dostoyevskiyning romanlarini nashr ettirish vazifasini o‘z zimmasiga oladi, barcha
moliyaviy muammolarni oqilona hal qiladi va turmush o‘rtog‘i haqidagi xotiralarni
nashrga   tayyorlaydi.   Fyodor   Mixayloviy   “Aka-uka   Karamazovlar   romanini   unga
bag‘ishlaydi.
   Anna Grigorevna Dostoyevskiyga to‘rtta farzand tug‘ib beradi: Sofiya, Lyubov,
Fyodor   va   Aleksey.   Afsuski,   birinchi   farzandi   Sofiya   tug‘ilganidan   bir   necha   oy
o‘tgach   vafot   etadi.   Farzandlaridan   faqat   Fyodor   otasining   yozuvchilik   ishini
davom   ettirgan.1859-yilda   Semipalatinskdagi   harbiy   xizmatdan   qaytib   kelgan
Dostoyevskiy   20   yil   ichida   Rossiya   va   Yevropadagi   eng   taniqli   yozuvchilardan
biriga   aylana   oldi.   Unga   har   oy   muxlislaridan   yuzlab   maktublar   kelardi.Shunga
qaramay, uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bor edi. Dostoyevskiy deyarli butun
umri   davomida   tutqanoqdan   aziyat   chekkan   va   1870-yillar   boshida   unda   nafas
olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklar  rivojlana boshlagan:  sil, surunkali  bronxit va
amfizem. 1881-yil 10-fevralda u Pushkin vafotiga bir yil to‘lgani munosabati bilan
uyushtirilgan   kechada   nutq   so‘zlashi   kerak   edi,   lekin   bu   amalga
oshmaydi.Tadbirdan   bir   necha   kun   avval   yozuvchining   ahvoli   og‘irlashadi.   Bir
necha   bor   tomog‘idan   qon   ketadi.   Doimiy   epileptik   xurujlar   ham   uni   holdan
toydirgandi.   Shifokorlar   Anna   Grigorevnaga   yozuvchining   o‘pka   tomirlari   juda
yupqa   bo‘lib   qolganini   aytib,   uni   jismoniy   va   ruhiy   zo‘riqishlardan   ehtiyot   qilish
kerakligini   tayinlagan.9-fevral   kuni   u   barcha   yaqinlari   bilan   vidolashib,   kechga
borib,   joni   uziladi.   O‘sha   kuni   Dostoyevskiy   yashagan   xonadon   uning   vafot
etganini eshitib, vidolashmoqchi bo‘lgan odamlar bilan to‘lib ketgan. Rassom Ivan
Nikolayevich Kramskiy o‘limidan so‘ng uning suratini chizgan.
Dostoyevskiydan iqtiboslar   -Rahm-shafqat butun insoniyat uchun tiriklikning eng muhim va, ehtimol, yagona
shartidir.
  -Erk — bu shataloq otish emas, balki o‘zingni nazorat qila olishing.
   -Har  narsaning kesib o‘tish xavfli bo‘lgan chegarasi  bor. Bir  marta     o‘tdingmi,
tamom, ortga yo‘l yo‘q.
  -Baxt bu baxtning o‘zida emas — unga erishishda.
  -Hayotni uning mazmunidan ko‘ra ko‘proq sevish kerak.
  -Maqsadsiz hayot inqirozga yuz tutadi.
  -Mutolaa qilmaslik bu fikr qilmaslik demakdir.
  -Rohat-farog‘atda baxt yo‘q, baxt azoblar orqali sotib olinadi.
  -Dunyoni go‘zallik qutqaradi.

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy hayoti va ijodi. Reja : 1.F.M. Dostoyevskiy bolalik va yoshlik yillari. 2.Ijod yo li.ʻ 3.Yirik asarlari haqida. 4.Shaxsiy hayot va umrining so ngi yillari. ʻ

Bolalik va yoshlik yillari Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning otasi Mixail Andreyevich Dostoyevskiy va onasi Mariya Nechayeva 1820-yilning 14-yanvarida turmush qurgandi. Otasining kasbi shifokor bo‘lib, 1820-yilning oxirida, birinchi farzandi Mixail tug‘ilganidan so‘ng, o‘zi ishlayotgan harbiylar shifoxonasidan bo‘shaydi. Shundan so‘ng u Moskvadagi kambag‘allar uchun mo‘ljallangan Mariinskiy shifoxonasiga ko‘chib o‘tadi. Oilada ikkinchi farzand hisoblangan Fyodor 1821-yilning 11- noyabrida o‘sha shifoxonada tug‘ilgan. Biograflarning fikriga ko‘ra, bo‘lajak yozuvchining ismi bobosidan olingan. Uning ism-sharifi Fyodor Timofeyevich Nechayev bo‘lgandi. Dostoyevskiylar oilasida patriarxal urf-odatlarga qat’iyan rioya qilinardi. Xo‘jalik tartibi ham otasining bandligiga qarab belgilanardi. Mixail Dostoyevskiy har kuni soat oltida uyg‘onib, shifoxonada ertalabki ko‘rikni o‘tkazar, so‘ngra bemorlarni uylariga olib borardi. Soat o‘n ikkida u oilasi bilan tushlik qilib, dam olardi va yana ishiga qarab ketardi. Soat roppa-rosa kechki to‘qqizda odatiy dasturxon yozilar va kechki ovqatni tanovul qilib bo‘lgach, bolalar ibodat qilar va ota-onasiga xayrli tun tilab, uxlagani yotardi. Yozuvchining eslashicha, kundalik hayot odatda shunday o‘tgan. 1822-yilning oxirida singlisi Varvara tug‘ilganidan so‘ng, Alyona Frolovna ismli ayol Dostoyevskiylar oilasiga enaga sifatida ishga yollanadi. Yozuvchida u bilan bog‘liq ko‘plab iliq xotiralar qolgan. Uning eslashiga ko‘ra, 45 yoshlar atrofidagi bu ayol bolalarni mehr bilan katta qilgan. Ularga bir-biridan ajoyib ertaklar aytib bergan. Dostoyevskiy o‘z enagasini “Iblislar” romanida(1871–1872) tilga oladi.1825-yilning mart oyida oiladagi navbatdagi farzand Andrey tug‘ilganidan so‘ng, ular kasalxonaning chap fligeliga (asosiy bino yonidagi qo‘shimcha imorat) ko‘chib o‘tadi. Yangi kvartira, Andreyning eslashicha, ikkita xona, kirish zali va oshxonadan iborat bo‘lgan. Ular “Olov qush”, “Alyosha Popovich”, “Ko‘k soqol”,

“Ming bir kecha” va boshqa ertaklarni eshitib ulg‘aygan. Uyda mehmon bo‘ladiganlarning ko‘pchiligi otasining hamkasblari va ularning oilalari edi. Keyinchalik ularning ko‘pchiligi yozuvchining asarlarida tilga olingan. 1832-yilda Dostoyevskiy va uning akasi uyda yollangan o‘qituvchilardan ta’lim ola boshlaydi. 1833-yildan ular Nikolay Ivanovich Drashusov pansionatida, keyin esa Karl Chermak Leontevich pansionatida ta’lim oladi. Bo‘lajak yozuvchining ma’naviy rivojlanishida uning ustozi — rus tili o‘qituvchisi Nikolay Bilevichning bir qadar xizmati singgan. Yozuvchi o‘zining ko‘plab asarlarida pansionat haqidagi xotiralardan foydalangan. Ta’lim muassasalaridagi muhit va oilasidan ayrolik Dostoyevskiyning ruhiyatiga og‘ir ta’sir qiladi. Masalan, Mixail va Fyodor uyda boshlang‘ich ta’limni olganidan so‘ng Nikolay Drashusov pansionatida o‘qiydi. O‘sha maktab Dostoyevskiyning “O‘smir” romanidagi (1875) “Tushar pansionati” prototipiga aylangan. Shu bilan birga, o‘qish yillarida Dostoyevskiyda bilim olishga ishtiyoq uyg‘onadi.1837-yilda yozuvchining onasi vafot etadi. Shundan so‘ng otasi Fyodor va uning ukasi Mixailni Peterburgdagi o‘quv yurtiga olib boradi. Bo‘lajak yozuvchi otasini so‘nggi bor ko‘rayotgandi, chunki otasi ham 1839-yilda vafot etadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u apoplektik insultdan vafot etgan. Lekin oila a’zolari uni krepostnoylar tomonidan o‘ldirilgan deb biladi. Fyodor Dostoyevskiy o‘qishni 1843-yilda tamomlagan. Keyin u Sankt-Peterburg muhandislar guruhiga dala muhandisi va podporuchik (chorlar armiyasidagi harbiy unvonlardan biri) sifatida qabul qilinadi. Lekin oradan bir yil o‘tib, Dostoyevskiy u yerdan iste’foga chiqadi. U adabiyot bilan shug‘ullanishga va butun umrini ijodga bag‘ishlashga qaror qilgandi.Shu yillar davomida Fyodor Dostoyevskiy turli davrga mansub Yevropa adabiyoti vakillari ijodi bilan muntazam tanishib borayotgandi. Gomer, Onore de Balzak, Viktor Gyugo, Shekspir kabi jahon klassiklarini mutolaa qilardi. Shuningdek, u Mixail Lermontov, Nikolay Gogol,

Nikolay Karamzin kabi shoir va adiblarni ham o‘qirdi. Fyodor Dostoyevskiyning bolaligidan sevib mutolaa qilgan shoirlaridan biri Aleksandr Pushkin edi. Yozuvchi uning qalamiga mansub ko‘plab she’rlarni yoddan bilgan.Fyodorning ukasi Andrey Dostoyevskiy adibning Pushkin ijodiga bo‘lgan muhabbati haqida shunday eslaydi:Akam Fyodor katta akam Mixailga: ‘Agar uyda oilaviy motam bo‘lmaganida, dadamdan Pushkin uchun motam tutishni so‘ragan bo‘lardim’, — degan. Pushkin ham Dostoyevskiyning onasi kabi 1837-yilda vafot etgan. Uning uchun ham motam tutishni istagan yozuvchining o‘sha paytda ichidan nimalar o‘tganini tasavvur qilish mumkin. Ijod yo‘li 1845-yil may oyining oxirida Fyodor Dostoyevskiy o‘zining ilk romani — “Kambag‘allar”ni yozib tugatadi. Romanda xo‘rlangan, ijtimoiy adolatsizliklar qurboniga aylangan kishilar taqdiri haqida hikoya qilingan bo‘lib, o‘sha yillardagi yirik adabiyot vakillari — Nikolay Nekrasov hamda Vissarion Belinskiylar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinadi. Nekrasov Belinskiyga yozgan maktubida kelajagi porloq yozuvchi haqida “Gogol qayta tug‘ildi” deydi va romanni o‘zining “Peterburg to‘plami” antologiyasida nashr ettiradi. Belinskiy, o‘z navbatida, ushbu roman haqida shunday fikr bildirgan:Roman Rusdagi turmush tarzi va odamlar haqida avval birovning tushiga ham kirmagan sirlarni oshkor qiladi. Bu bizning ijtimoiy roman yo‘nalishidagi birinchi urinishimiz va boz ustiga, u shunday yaratilganki, odatda san’atkorlar bundan nima chiqishini o‘zlari ham anglamagan holda amalga oshiradi. So‘ngra yozuvchi Belinskiyning adabiy to‘garagida o‘zining keyingi asari — “Qiyofadosh” qissasidan (1846) parchalar o‘qib beradi. Lekin asarning to‘liq varianti jamoatchilikning hafsalasini pir qiladi. Asar o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilib olingani to‘g‘risida Fyodor akasiga shunday deb yozgandi:Biznikilar va

boshqa barcha tomoshabinlar Golyadkinni o‘ta zerikarli va sustkash deb, asarni esa haddan tashqari cho‘zib yuborilgan deb topdi va shu sababli uni o‘qishning iloji yo‘qligini aytdi.Keyinroq u asarni qayta ishlaydi. Ba’zi ikkinchi darajali qahramonlar va tavsiflarni olib tashlaydi. Qahramonlarning o‘y-fikrlari va uzun dialoglarni qisqartiradi. 1847-yilda Dostoyevskiy sotsializm g‘oyalari bilan qiziqadi va Mixail Petrashevskiy (1821–1886) boshchiligidagi to‘garakka tashrif buyuradi. U yerda kitob chop etish erkinligi, sudlarni isloh qilish, dehqonlarga erkinlik berish masalalari muhokama qilinardi. To‘garak yig‘ilishida Dostoyevskiy Belinskiyning Gogolga yozgan taqiqlangan maktubini o‘qib beradi. 1849-yil aprel oyining oxirida esa yozuvchi hibsga olinadi. Sud uni “adabiyotshunos Belinskiyning din va hukumatga nisbatan jinoyatkorona ruhdagi maktubini ommaga oshkor qilingani to‘g‘risida xabar bermagani uchun eng asosiy jinoyatchilardan biri” deb topadi va o‘limga hukm qiladi. Biroq nufuzli kishilar aralashuvidan so‘ng podsho Aleksandr II o‘lim jazosini to‘rt yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Fyodor Omskdagi to‘rt yillik og‘ir mehnatdan so‘ng Semipalatinskda oddiy askar sifatida harbiy xizmat o‘taydi. Yozuvchiga 1856-yilda Aleksandr II toj kiyish marosimini o‘tkazayotgan vaqtda amnistiya beriladi. Fyodor Dostoyevskiy Omsk qamoqxonasidagi og‘ir hayot haqida o‘zining “O‘lik uydan maktublar” (1861–1862) asarida ifodalagan. Bu asar adib zamondoshlari uchun haqiqiy kashfiyotga aylanadi. Ivan Turgenev asarni Dantening “Do‘zax”iga qiyoslaydi. Yana bir ijod kishisi Aleksandr Gersen uni Mikelanjeloning “Dahshatli sud” freskasibilan taqqoslaydi. Asar janri borasida adabiyotshunoslar hanuzgacha tugal bir qarorga kela olmaydi. Asar, bir tomondan, muallif xotiralariga asoslangan bo‘lib, uni memuar deb atash mumkin. Boshqa tomondan, undagi qahramon o‘ylab topilgan va yozuvchi aniqlik va xronologik tamoyillarga har doim ham amal qilavermaydi.