logo

Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71.8388671875 KB
Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati
REJA
1. Gipofiz gormonlari to`g`risida ma`lumot
2. Adeno va neyrogipofiz
3. Gormonlarning ta`sir mexanizmlari
4. Gormonlarning gipo va giper funksiyalari Gipofizning   oldingi   bo'lagidan   olti   xil:   somatotrop,   adreno¬kortikotrop,
tireotrop,   gonodotrop,   laktotrop,   lyuteinlovchi   gormonlar   ajraladi.
Somatotrop   gormon   (STG)   bolalar   va   o'smirlaming   o'sishini,   rivojlanishini,
organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko'ra bolalar
va   o'smirlarda   bu   gormon   ko'p   ishlab   chiqarilsa,   bo'y   normadan   ortiq   o'sib
ketadi. (2-rasm) Bu holatga gigantizm, bun day odam esa gigant deb ataladi.
Agar bu  gormon  kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y  o'sishi sekinlashadi,  bunday
holga   nanizm   deyiladi   .   Bunday   bo'yi   past   odam   gipofizar   pakana   deyiladi.
Ularning   bo'yi   past   bo'lsa   ham   aqliy   faoliyati   normal   bo'ladi.   Bo'y   o'sishi
to'xtagan   katta   odamlarda   somatotrop   gormoni   ko'p   ishlab   chiqarilsa,
akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili,
qo'l   va   oyoq   panjalarining   hajmi   kattalashadi.   Adrenokortikotrop   gormon
buyrak   usti   bezining   ishini   boshqaradi,   ya'ni   kortikosteroid   gormon   ishlab
chiqarilishini tartibga soladi.
  Gipofiz   bezidan   somatotrop   gormon
ko'p   isblanib   cbiqqanda   odam
bo'yining   normadan   ortiqcha   o'sishi   -
gigantizm,   bu   gormon   kam     hosil
bo'lganda   bo'y   o'smay   qolisbi   nanizm
holatining ko'rinishi.
Tireotrop   gormon   qalqonsimon
bezning   ishini,   ya'ni   undan   tiroksin
gormoni   ishlab   chiqarilishini
boshqaradi.   Gonadotrop   gormon
erkaklar   va   ayollarning   jinsiy   bezlari
funksiyasini   boshqaradi,   o'smirlarda   esa   balog'atga   yetish   belgilari   paydo bo'lishida   ishtirok   etadi.
Laktotrop   gormon   ayollarda   sut   bezlarining   funksiyasini   bosh   qaradi.
Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini
boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment
hosil bo'lishini boshqaradi.
Gipofizning   orqa   bo'lagidan   ikkita   gormon   ajraladi   (oksitotsin   va
vazopressin).   Oksitotsin   gormoni   homilador   ayollarda   bachadon
muskullarining   qisqarishini   kuchaytirib,   tug'ish   jarayonini   osonlashtiradi.
Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini
boshqaradi,   ya'ni   u   buyrakning   egri-bugri   kalavasimon   kanalchalarida
birlamchi   siydikning   98,5¬99%   i   qonga   qayta   so'rilishini   (reabsorbsiya
jarayonini)   boshqaradi.   Bu   gormon   kam   hosil   bo'lsa,   buyrak   kanalchalarida
birlamchi   siydikning   qonga   so'rilish   jarayoni   buziladi.   Natijada   qandsiz
diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv iste'mol qiladi va
ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko'p). Shuni alohida
ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha ichki sekretsiya bezlarining
ishini   tartibga   soluvchi   hukmron   bez   bo'lishi   bilan   birga,   uning   funksiyasi
markaziy   nerv   sistemasi   tomonidan,   ya'ni   oraliq   miyadajoylashgan
gipotalamusdan   ajraladigan   neyrogormonlar   orqali   boshqariladi.   .
Gipofizning orqa bo‘lagi MNT ning gipotalamus qismi bilan  morfologik  va
funksional bog‘liqligi sababli neyrogipofiz deyiladi. Undan    ikki gormon: 
a n t i d i u r e t i k gormon (ADG)  va o k s i t o s i n ajraladi. Bu   peptid
gormonlar     gipotalamusning   supraoptik   va     paraventikulyar   yadrolari
neyronlari   tomonidan   sekresiyalanadi.               Neyrogipofiz     gipofunksiyasida
ADG yetishmovchiligi  oqibatida  q a n  d s i z   d i a b ye t  rivojlanadi, juda
ko‘p   siydik   ajratiladi   (ba’zan   bir   kecha-   kunduzda   20   l),   kuchli     chanqoq
kuzatiladi.           ADG   qon     tomirlarning   silliq   mushaklarini   qisqartirish qobiliyatiga ham ega. Uning bu xususiyati  organizm qon yuqotib, tomirlarda
bosim   pasayib   ketganda     yaqqol   ko‘rinadi.   Bu     sharoitda   ADG     ta’sirida
arterial   tomirlar   sezilarli   darajada   torayadi     va   bosim   keskin   pasayib
ketmaydi.
          O   k   s   i   t   o   s   i   n   ayollarda   bachadonning   ritmik   qisqarishlarini
faollashtiradi.   Homiladorlikning   ikkinchi   yarmidan     miometriy   oksitotsinga
nisbatan sezuvchan bo‘ladi. Ammo   bachadon faolligini tormozlovchi (beta-
adrenoretseptorlarni   ingibirlovchi)   mexanizm   oksitotsin     ta’sirini   bo‘g‘ib
ko‘yadi.   Tug‘ish   arafasida   tormozlovchi   mexanizm   bartaraf   etiladi   va
oksitotsin   ta’siri     tiklanadi.   Oksitotsin   samarasi   hujayra   membranasidagi
oksitotsinga   nisbatan   sezuvchan   bo‘lgan   retseptorlarga   ta’sir   etish   orqali
amalga   oshadi.   Emizish   davrida   oksitotsin     sut   bezlari   yo‘llaridagi
mioepitelial   hujayralarni     qisqartirib,   sut     chiqishini   ta’minlaydi.   Qonning
osmotik bosimi ko‘tarilib, osmoretseptorlar   qo‘zg‘alganda,     gipokaliemiya,
gipokalsiemiyada,   qon   bosimi   pasayganda   va   ba’zi   boshqa   hollarda   ADG
sekresiyasi     tezlashadi   va   neyrosekretor   hujayralarning   aksonlari   orqali
3mm\24 soat tezlikda  gipofizga oqib tushadi. 
    Oksitotsinning   gipotalamik   neyronlarda   sintezlanishi   va   neyrogipofizdan
qonga     ajratilishi   bachadon   cho‘zilish   retseptori   va   sut   bezlari   so‘rg‘ichlari
mexanoretseptorlari   ta’sirlanganda   reflektor   yo‘l   bilan   kuchaytiriladi.
Gormon sekresiyasini estrogenlar ham oshiradi.
Anatomiyasi. Miya epifizi (miya ortig‘i, shishsimon tana) – epiphisis cerebri
(corpus   pineale),   oraliq   miyaning   epitalamus   qismiga   mansub   bo‘lib,   o‘rta
miya tomini hosil qiluvchi to‘rt tepalik plastinkasining yuqorigi ikki tepaligi
orasidagi   egatda   joylashadi,   va   oralik,   miya   yuganchalari   (habenulae)   bilan
ko‘ruv   dumbog‘i   (thalamus   opticus)   ning   medial   yuzalariga   osilib   turadi.
Miya ortig‘ining shakli ko‘pincha oval shaklda bo‘lib, katta kishilarda uning
og‘irligi 0,2 g keladi, uzunligi 8-15 mm bulib, eni 6-10 mm, qalinligi 4-6 mm ni   tashkil   etadi.   Tashqi   tomondan   epifiz   qon   tomirlarda   va   anastomozlarga
juda   boy   bo‘lgan   biriktiruvchi   to‘qimali   kapsula   bilan   o‘ralgan.   Kapsuladan
bez   to‘qimasi   ichiga   biriktiruvchi   to‘qimali   trabekulalar   o‘sib   kirib,   bezni
bo‘lakchalarga   ajratadi.   Bez   to‘qimasining   o‘zi   esa   maxsus   bez   to‘qima   –
pinealotsitlardan   va   gliotsitlardan   tashkil   topgan.   Shishsimon   tananing
endokrin   faoliyati   uning   gipofiz   bezi   gonadotrop   gormonlarini   balog‘at
yoshiga yetguncha tormozlab turuvchi modda ishlab chiqarishda (melatonin)
va   organizmda   kechuvchi   almashinuv   protsesslarini   nozik   boshqarish   bilan
birga kun va tun (aktivlik va passivlik) protsesslarini boshqarishdadir.
4-rasm. Epifiz bezi
Epifizning   tomir   va   nervlari.   Epifizni   miyaning   orqa   arteriyasi   va   yuqorigi
miyacha   arteriyalaridan   keluvchi   tomirlar   qon   bilan   ta’minlaydi.   Miya
ortig‘idan   chiquvchi   venoz   qon   miyaning   katta   venasiga   quyiladi.   Tomirlar
bilan   birga   miya   epifizi   ichiga   simpatik   nerv   tolalari   kirib   boradi.         Epifiz
bosh miya markazida to‘rt tepalik ustida joylashgan, uning diametri 3-4 mm.
XX   asrning   1958   yilida     epifiz   m   ye   l   a   t   o   n   i   n   nomli     gormon   ishlab
chiqarishi   aniqlandi.   Melatonin   ko‘p   qirrali   samaraga   ega   bo‘lib,
seratonindan   hosil   bo‘ladi.   U     pigment     almashinuvini,   jinsiy   faoliyatni,
kecha-kunduzlik  va    fasllik  ritmlarni,  hujayralar    bo‘linishi  va  rivojlanishini boshqarishda   ishtirok   etadi.   Epifizdan   tashqari,   melatonin   hazm   a’zolari
shilliq     qavatida,   tomirlar     endoteliysida,   buyrak   usti   bezi   po‘stloq   qismida,
miyachaning     Purkine     hujayralarida,   simpatik   tugunlarda     sintezlanadi.
So‘ngi yillarda   melatoninning jigarda, buyraklarda, ayrisimon va me’da osti
bezlarida   ham   hosil   bo‘lishi   aniqlangan.   Umuman,   organizmda   kaysi
hujayralarda   seratonin   hosil   bo‘lsa,   o‘sha     hujayralar   melatonin   sintezlaydi,
degan xulosa  qilingan.
          Melatonin   ko‘z   to‘r   pardasida   ham   bor,   uning   miqdori   kamayib   ketsa,
odamning rang ajratish qobiliyati buziladi. Melatonin  gipofizdan gonadotrop
gormonlarning qonga o‘tishini kamaytiradi. Uning qondagi mikdori ko‘payib
ketsa,     balog‘atga   yetish   kechikadi.   Gormonning   yetishmovchiligida   esa
jinsiy   rivojlanish   tezlashadi.   Odam     organizmiga   melatonin   yuborilganda
odam   bo‘shashib   uyquga   ketadi.   Melatonin   sekresiyasi   muhitning
yoritilganligiga   bog‘liq-yorug‘da   melatonin   sintezi     tormozlanadi.   Odamda
bir   kecha-kunduzda     ajratiladigan     melatoninning   70%   kechki   soatlarda
sekresiyalanadi.   Tajribada   xayvon   organizmiga   yuborilgan     epifiz     ekstrakti
qonda     qand     mikdorini   kamaytiradi,   kalsiyni     ko‘paytiradi   va     diurezni
kuchaytiradi.     Tadqiqotchilar  fikricha,   mazkur  samaralar  nafaqat     melatonin
bilan,   balki     epifizning     boshqa   biologik   faol     moddalari   bilan   bog‘liq.
Melatonin  sekresiyasi kecha-kunduzgi  (sirkadian) ritm asosida sodir bo‘ladi
va     gonadotrop   gormonlar,   jinsiy     funksiyalar,   jumladan     ayollar   hayz   sikli
davomiyligini   aniqlaydi.   Epifiz   vaqtga     nisbatan     adaptatsiya     jarayonlarini
ta’minlaydi, shuning uchun uni  organizmning  “biologik soati” deydilar.
Ayrisimon bez
Ayrisimon   bez     oldingi   ko‘ksning     yuqori   bo‘limida   to‘sh   suyagi   orqasida
joylashgan.   Ko‘ks   ko‘krak   qafasining   ikkala   o‘pka     orasidagi   qismidir.
Ayrisimon     bez   toq   bezlardan   bo‘lib,   o‘zaro   biriktiruvchi   to‘qima   bilan
tutashgan   ikki     bo‘lakdan   iborat.   Uning   har   bir   bo‘lagi   kichik bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, har bir bo‘lakcha po‘stloq va mag‘iz qavatiga
bo‘linadi. Po‘stloq  moddasi qon  ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi retikulo-
endotelial   to‘qimadan,   mag‘iz   moddasi   bez     epiteliysi   va   lipoid
hujayralardan   tuzilgan.   Ayrisimon   bez   qon   va   limfa   tomirlariga   boy,   unga
simpatik va parasimpatik nervlar kiradi.  Ayrisimon bez  yot oqsilga reaksiya
ko‘rsatishni   ta’minlovchi   a   n   t   i   t   ye   l   a   l   a   r   hosil   bo‘lishini   kuchaytirish
orqali organizmda  immun  jarayonlarning boshqarilishida katta rol o‘ynaydi.
Ayrisimon   bez   immun   reaksiyalarda   qatnashadigan   limfotsitlarning
rivojlanishi va taqsimlanishini nazorat qiladi. 
                                                                
 Ayrisimon bez (Timus)
       Suyak iligida hosil bo‘ladigan poya (stvol)
hujayralarning   hali   to‘la
takomillashmaganlari   qonga   tushadi   va
ayrisimon   bezga   keladi.   Bezda   ular
ko‘payadi va   T-l i m f o s i t l a r   ga
aylanadi.   Qonda   aylanib   yurgan
limfotsitlarning   ko‘p   qismini   T-limfotsitlar   tashkil   qiladi   va     ular   hujayra
immunitetining rivojlanishida mas’uldir. Ayrisimon bez  bolalikda  maksimal
rivojlanib   bo‘ladi.   Balog‘atga   yetgandan   keyin   uning     rivojlanishi   to‘xtaydi
va   bez     kichiklasha   boshlaydi.   Shu     tufayli   bu   bez   organizm     o‘sishini
kuchaytiradi,   balog‘atga   yetmagan   organizmda   uning   kasalliklarga   va
muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashish imkoniyatlarini  ta’minlaydi
va jinsiy tizim rivojlanishini tormozlaydi. So‘nggi vaqtda ayrisimon bezning
limfotsitlarni   rag‘batlantiruvchi   gormon   timin,   timotoksin,   timopoetin,
timozin deb nomlangan  gormonsimon polipeptid  moddalar ishlab chiqarishi
aniqlangan.   Timozin   organizmga   yuborilganda     qonda   limfotsitlar   miqdori
oshadi   va     immunitet   reaksiyalari   kuchayadi.   Ayrisimon   bez     ajratadigan gormonsimon moddalar hujayralarda  mediatorlarga va gormonlarga nisbatan
retseptorlar sinteziga, nerv-muskul   sinapslarida   asetilxolin parchalanishiga,
organizmda oqsillar va karbonsuvlar   almashinuviga, qalqonsimon va   jinsiy
bezlar     funksiyalariga     ta’sir   etadi.   Mazkur   moddalar     somatotropin
samarasini   kuchaytiradi,   tiroksin   samarasini     kuchsizlantiradi.   So‘nggi
yillarda ayrisimon bezning organizmda immun va  endokrin tizimlarni o‘zaro
bog‘lab,   ular   faoliyatini   muvofiqlashtirib,   integratsiya   qilib   turishi
isbotlangan. Ayrisimon  bez   k a l   s i y  va  n u k l ye i n    a l m a sh i n u v
i   g   a   ta’sir   etadi   degan     fikrlar   ham   bor.     Ayrisimon   bezning   yana   bir
fiziologik ahamiyati shundan iboratki, u ko‘p miqdorda vitamin S ga ega, bu
jihatdan u  faqat buyrak usti bezlaridan keyin turadi. FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO`YXATI
1.Almatov K.T. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.O‘zM.U.2004 y.
2. Babskiy Ye.B. «Odam fiziologiyasi», Toshkent, O‘qituvchi, 1972 y.
3.Klemesheva   L,S,Ergashev   M.S.   “Yoshga   oid   fiziologiya”.   T.O‘qituvchi,
1991 
4.Voxidov   R.T.Sodiqov   K.S.“Bolalar   va   o‘smirlar   fiziologiyasi”.   T.
O‘qituvchi, 1997 yil.
5.Drejeniskaya I.A.“Endokrin sistemasining fiziologik asoslari” - M.: 1983 yil.
6.Farder D. A. “Fiziologiya podrostka”. M., 1988 g.
7.Rajamurodov.Z.T.Bozorov   B.M   “Odam   va   hayvonlar   fiziologiyasidan
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar”.SamDU nashri, 2004 y.
8.Rajamurodov   Z.T.,   Rajabov   A.E.,   Bozorov   B.M.   Odam   va   hayvonlar
fiziologiyasi. Toshkent, “FAN”, 2009 yil.
9.Nemilov A. B. “Endokrinologiya”. M.: Cel-xozgiz, 1968 yil.
10.Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi, Toshkent, “Aloqachi”, 2005.

Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati REJA 1. Gipofiz gormonlari to`g`risida ma`lumot 2. Adeno va neyrogipofiz 3. Gormonlarning ta`sir mexanizmlari 4. Gormonlarning gipo va giper funksiyalari

Gipofizning oldingi bo'lagidan olti xil: somatotrop, adreno¬kortikotrop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormon (STG) bolalar va o'smirlaming o'sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko'ra bolalar va o'smirlarda bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa, bo'y normadan ortiq o'sib ketadi. (2-rasm) Bu holatga gigantizm, bun day odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi . Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Gipofiz bezidan somatotrop gormon ko'p isblanib cbiqqanda odam bo'yining normadan ortiqcha o'sishi - gigantizm, bu gormon kam hosil bo'lganda bo'y o'smay qolisbi nanizm holatining ko'rinishi. Tireotrop gormon qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo

bo'lishida ishtirok etadi. Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini bosh qaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi. Gipofizning orqa bo'lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5¬99% i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo'lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so'rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv iste'mol qiladi va ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko'p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo'lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadajoylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. . Gipofizning orqa bo‘lagi MNT ning gipotalamus qismi bilan morfologik va funksional bog‘liqligi sababli neyrogipofiz deyiladi. Undan ikki gormon: a n t i d i u r e t i k gormon (ADG) va o k s i t o s i n ajraladi. Bu peptid gormonlar gipotalamusning supraoptik va paraventikulyar yadrolari neyronlari tomonidan sekresiyalanadi. Neyrogipofiz gipofunksiyasida ADG yetishmovchiligi oqibatida q a n d s i z d i a b ye t rivojlanadi, juda ko‘p siydik ajratiladi (ba’zan bir kecha- kunduzda 20 l), kuchli chanqoq kuzatiladi. ADG qon tomirlarning silliq mushaklarini qisqartirish

qobiliyatiga ham ega. Uning bu xususiyati organizm qon yuqotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda yaqqol ko‘rinadi. Bu sharoitda ADG ta’sirida arterial tomirlar sezilarli darajada torayadi va bosim keskin pasayib ketmaydi. O k s i t o s i n ayollarda bachadonning ritmik qisqarishlarini faollashtiradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan miometriy oksitotsinga nisbatan sezuvchan bo‘ladi. Ammo bachadon faolligini tormozlovchi (beta- adrenoretseptorlarni ingibirlovchi) mexanizm oksitotsin ta’sirini bo‘g‘ib ko‘yadi. Tug‘ish arafasida tormozlovchi mexanizm bartaraf etiladi va oksitotsin ta’siri tiklanadi. Oksitotsin samarasi hujayra membranasidagi oksitotsinga nisbatan sezuvchan bo‘lgan retseptorlarga ta’sir etish orqali amalga oshadi. Emizish davrida oksitotsin sut bezlari yo‘llaridagi mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini ta’minlaydi. Qonning osmotik bosimi ko‘tarilib, osmoretseptorlar qo‘zg‘alganda, gipokaliemiya, gipokalsiemiyada, qon bosimi pasayganda va ba’zi boshqa hollarda ADG sekresiyasi tezlashadi va neyrosekretor hujayralarning aksonlari orqali 3mm\24 soat tezlikda gipofizga oqib tushadi. Oksitotsinning gipotalamik neyronlarda sintezlanishi va neyrogipofizdan qonga ajratilishi bachadon cho‘zilish retseptori va sut bezlari so‘rg‘ichlari mexanoretseptorlari ta’sirlanganda reflektor yo‘l bilan kuchaytiriladi. Gormon sekresiyasini estrogenlar ham oshiradi. Anatomiyasi. Miya epifizi (miya ortig‘i, shishsimon tana) – epiphisis cerebri (corpus pineale), oraliq miyaning epitalamus qismiga mansub bo‘lib, o‘rta miya tomini hosil qiluvchi to‘rt tepalik plastinkasining yuqorigi ikki tepaligi orasidagi egatda joylashadi, va oralik, miya yuganchalari (habenulae) bilan ko‘ruv dumbog‘i (thalamus opticus) ning medial yuzalariga osilib turadi. Miya ortig‘ining shakli ko‘pincha oval shaklda bo‘lib, katta kishilarda uning og‘irligi 0,2 g keladi, uzunligi 8-15 mm bulib, eni 6-10 mm, qalinligi 4-6 mm

ni tashkil etadi. Tashqi tomondan epifiz qon tomirlarda va anastomozlarga juda boy bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan. Kapsuladan bez to‘qimasi ichiga biriktiruvchi to‘qimali trabekulalar o‘sib kirib, bezni bo‘lakchalarga ajratadi. Bez to‘qimasining o‘zi esa maxsus bez to‘qima – pinealotsitlardan va gliotsitlardan tashkil topgan. Shishsimon tananing endokrin faoliyati uning gipofiz bezi gonadotrop gormonlarini balog‘at yoshiga yetguncha tormozlab turuvchi modda ishlab chiqarishda (melatonin) va organizmda kechuvchi almashinuv protsesslarini nozik boshqarish bilan birga kun va tun (aktivlik va passivlik) protsesslarini boshqarishdadir. 4-rasm. Epifiz bezi Epifizning tomir va nervlari. Epifizni miyaning orqa arteriyasi va yuqorigi miyacha arteriyalaridan keluvchi tomirlar qon bilan ta’minlaydi. Miya ortig‘idan chiquvchi venoz qon miyaning katta venasiga quyiladi. Tomirlar bilan birga miya epifizi ichiga simpatik nerv tolalari kirib boradi. Epifiz bosh miya markazida to‘rt tepalik ustida joylashgan, uning diametri 3-4 mm. XX asrning 1958 yilida epifiz m ye l a t o n i n nomli gormon ishlab chiqarishi aniqlandi. Melatonin ko‘p qirrali samaraga ega bo‘lib, seratonindan hosil bo‘ladi. U pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni, hujayralar bo‘linishi va rivojlanishini