logo

Pedagogik paradigmalar va ularning ijtimoiy taraqqiyotidagi ahamiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.705078125 KB
Pedagogik paradigmalar va ularning ijtimoiy taraqqiyotidagi
ahamiyati
1. Ta’lim paradigmalari
2. Ta’limni rivojlantiruvchi zamonaviy konsepsiyalar
3. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mohiyati Paradigma   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   namuna,   o‘rnak   degan   ma’nolarni
bildiradi.   Paradigma   –   ma’lum   davr   ichida   jamoatchilik   tomonidan   qabul
qilingan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan va ilmiy muammolarni hal etish
namunasi   bo‘lib   xizmat   qiladigan   nazariyadir.   Paradigmalar   ta’lim-tarbiya
mazmunini   yangilashga   xizmat   qiladigan   metodologik   yondashuvlarni
aniqlash   imkoniyatini   yaratmoqda.   Paradigmalar   hodisa   va   jarayonlarni
o‘zaro   bog‘liq,   yaxlit   deb,   tadqiq   etadi   va   ta’lim   falsafasi   rivojida   muhim
ahamiyatga   ega.   Ularda   ta’limning   yangi   qonuniyatlari   va   qadriyatlari
falsafiy   jihatdan   asoslanadi.   Paradigmalar   hal   qilinishi   zarur   bo‘lgan
muammolarni o‘z ichiga oladi. Ayrim tadqiqotlarda paradigmalar ta’limning
kontseptual   modeli   sifatida   qo‘llanishi   ko‘rsatiladi.   Hozirgi   kunda   ta’lim
amaliyotida paradigmalarning bir necha turlari qo‘llanadi. Jumladan: 
1. An‘anaviy-konservativ paradigma (ta’lim paradigmasi). 
2. Ratsionalistik  paradigma. 
3. Fenomenologik (gumanistik paradigma). 
4. Texnokratik paradigma. 
5. Ezoterik paradigma. 
Pedagogik   paradigmalar   hozirgi   zamon   didaktikasining   va   yosh   avlod
tarbiyasining   fundamental   masalalarini   yoritadi,   ta’limning   yangi
qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi, bu jihatdan metodologik asos bo‘lib xizmat
qiladi.   Ayni   vaqtda   ta`lim   paradigmalarini   belgilashga   nisbatan   uch   xil
yondashuv mavjud:
- Qadriyatli   (aksiologik)   yondashuv   –   madaniyat   inson   xayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
- Faoliyatli   yondashuv   asosan   madaniyat   moddiy   va   ma`naviy
boyliklarini   yaratishga   yunaltirilgan   faoliyatning   sinalgan   usullari
sifatida talkin etiladi. - Shaxsiy yondashuv – madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon
buladi.
Madaniyatga   nisbatan   turli   yondashuvlarning   mavjudligi   bir   kator
paradigmalarning   yaratilishiga   zamin   yaratadi.   Xar   bir   paradigma   muayyan
ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari;
- ta`limning samarali tizimi;
- ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala;
- ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari;
- muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
Bilim   olishning   an`anaviy   paradigmasi   (modeli)   (J.Majo,   L.Kro,
J.Kapel   va   boshkalar).   Unga   kura   ta`limning   asosiy   maksadi   –   “Bilim,
kanchalik   kiyin   bulmasin   bilim   olish”.   An`anaviy   paradigma   maktabning
maksadi   yosh   avlodga   individual   rivojlanishi   xamda   ijtimoiy   tartibni   saqlab
kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim,
kunikma   va   malakalar,   ilgor   goyalar   va   kadriyatlarni   saklab   kolish   xamda
ularni   yoshlarga   yetkazish   muxim   ekanligini   yoritadi.   Bilim   olish
paradigmasining   asosiy   maksadi:   ta`lim   olish,   tarakkiyot   va   madaniyatning
eng muxim    elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
Ratsionalistik   (bixevioristik)   paradigma   (P.Blum,   R.Ganye,   B.Skinner
va   boshkalar).   Ratsionalistik   paradigma   dikkat   markazida   ta`lim   mazmuni
emas,   balki   ukuvchilar   tomonidan   turli   bilimlarni   uzlashtirilishini
ta`minlovchi   samarali   usullari   yotadi.   Ta`limning   ratsionalistik   modeli
asosini   B.Skinerning   ijtimoiy   injeneriya   bixevioristik   (inglizcha   behavior   –
xulki)  konsepsiyasi  tashkil  kiladi.  Maktabning  maksadi  –  ukuvchilarda  garb
madaniyati   ijtimoiy   koidalari,   talablari   va   kuzlagan   maksadlariga   mos
keladigan   moslashtiruvchi   “xulkiy   repertuar”ni   shakllantirishdir.   Shu   bilan bir vaktda, “xulqi” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning
fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler). Bunda ta`limning asosiy
metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib
koladi.   Buning   okibatida,   ta`limninggina   emas,   balki   dars   berishning   xam
ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muxokama qilinmaydi.
P.Blum   barcha   uquvchilar   faqat   uzlashtiribgina   kolmay,   balki
muvaffaqiyatli   ukishlari   mumkin   deb   xisoblaydi.   Ukuvchining   optimal
kobiliyatlari   ma`lum   sharoitlarda,   ukuvchiga   ta`lim   berish   natijasi   uning
sur`ati   bilan   aniklanadi.   Olimning   firicha,   ta`lim   oluvchilarning   95   foizi
ta`lim   muddatlariga   bulgan   cheklashlar   olib   tashlanganda   ukuv   kursining
butun   muzmunini   uzlashtirib   olishga   kodirlar.   Ana   shu   nuktai   nazardan
ukuvchilar   tomonidan   bilimlarning   muvaffakiyatli   uzlashtirishini
ta`minlovchi metodika ishlab chikiladi, uning moxiyati kuyidagichadir:
Butun   sinf   yoki   kurs   uchun   tula   uzlashtirish   etaloni,   mezonnini   anik
belgilab olish asosida ukituvchi ta`lim yakunida erishilishi kerak bulgan anik
natijalarning   ruyxati   va   unga   muvofik   keluvchi   testlarni   tuzadi.   Uquv
birliklari,   ya`ni,   ukuv   materiallarining   yaxlit   bulimlari   kursatiladi,   ularni
uzlashtirish   natijalari   aniklanadi,   yakuniy   baxoga   ta`sir   kursatmaydigan
navbatdagi   testlar   tuziladi.   Bu   testlarning   vazifalari   –   tuzatish,
korreksiyalashdan iborat.
Tula uzlashtirishga yunaltirilgan xar bir ukuv kurs materiallarini uzlashtirish
darajasini   baxolash   uchun   test   sinovlarini   utkazish.   Bu   urinda   xar   bir
ukuvchiga baxo va ta`lim maksadlarining axamiyatini tushuntirish muxim.
Gumanistik   (fenomenologik)   paradigmaga   kura   (A.Maslou,   A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vugodskiy va boshkalar) ta`lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy
munosabatlar   subyekti   sifatida   uziga   xos   rivojlanish   imkoniyatlariga   ega.
Ular bolani rivojlantirish maksadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga
yunaltiradi.   Ta`limning   fenomenologik   (fenomen   yunoncha   «phainomenon» –   xisoblangan,   ya`ni,   mashxur,   aloxida   nodir   odam)   modeli   ukuvchilarning
individual-psixologik   xususiyatlarini   xisobga   olib,   ularning   talab   va
kizikishlariga   xurmat   bilan   munosabatda   bulishni   kuzda   tutadi.   Uning
vakillari   ukuvchini   nodir   shaxs   deb   xisoblaydilar.   Gumanistik   paradigma
doirasida   faoliyat   olib   boruvchi   xar   bir   ta`lim   tizimi   ijodiy   rivojlanadi   va
ukuvchi xamda ukituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik
paradigma   goyalari   1991   yildan   keyin   respublika   uzluksiz   ta`lim   tizimiga
joriy etila boshlandi. Paradigmaning dikkat markazida ukuvchining barkamol
rivojlanishi,   uning   intellektual   extiyojlari,   “erkin   fikrlaydigan   shaxsni
tarbiyalash”   masalasining   ijobiy   xal   etilishi   yotadi.   Ayni   vaktda   respublika
ta`lim   muassasalarida   kuyidagi   goyalarga   amal   kilinmokda:   “Demokratik
jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
Agar bolalar erkin fikrlashga urganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bulishi
mukarrar. … Mustakil fikrlash – xam katta boylikdir”1.
Ezoterik   paradigma   (yunoncha   «esoterikos»   ichki,   sirli,   yashirin,
fakatgina   biluvchilar   uchun   muljallangan   insonning   dunyo   bilan   uzaro
alokalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning moxiyati xakikat abadiy
va   uzgarmas,   doimiy   ekanligini   ta`kidlashdan   iborat.   Paradigma   tarafdorlari
xakikatni   bilib   bulmasligi,   unga   fakatgina   faxmlash   asosida   erishish
mumkinligini   ta`kidlaydilar.   Pedagogik   faoliyatning   oliy   maksadi   koinot
bilan   mulokot,   ukuvchining   tabiiy   kuchlarini   ozod   etish   va   rivojlantirishdan
iborat.   Shu   bilan   birga,   ukituvchining   ximoyalash   vazifasi   muximdir,   u
ukuvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma`naviy, jismoniy, psixik jixatdan
rivojlantirishga yunaltiradi.
Ilmiy-texnik,   texnokratik   paradigmaning   asosiy   maksadi     amaliyotni
takomillashtirish asosida ta`lim oluvchilarga “anik” ilmiy bilimlarni berish va
ularning   uzlashtirilishini   ta`minlashdir.   Bilim   –   kuchdir,   shu   bois   shaxs
kimmati   uning   urganish,   bilim   olish,   imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Shaxs muayyan (urtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulk-atvor egasi bulsagina
kadriyat   sifatida   e`tirof   etiladi   degan   goya   ushbu   paradigmaning   asosini
tashkil etadi.
Sunggi   yillarda   noinstitutsional   paradigma   rivojlana   boshladi.   U   ta`limni
ijtimoiy   institutlar,   ya`ni,   maktab   va   oliy   ta`lim   muassasalaridan   tashkarida
tashkil   etish   goyasini   ilgari   suradi.   Bu   ta`lim   “tabiatda”   –   Internet,   “ochiq
maktablar” – kompyuterlar vositasida ta`lim dasturlariga (masofadan uqitish)
muvofiq uqitish samarali deya xisoblaydi.
Ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan qator kontseptsiyalar, nazariy
yondashuvlar:
-gumanitar ta’lim kontseptsiyasi;
- shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim;
- o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish modeli;
- o‘quv fanlarini o‘qitish kontseptsiyasi;
- analitik-empirik o‘qitish;
- tahlilga asoslangan ta’lim;
-   o‘quvchining   favqulotda   talantini   hisobga   olish   asosida   o‘qitish   kabi
nazariyalar shular jumlasidandir. 
Shaxsga   yo‘naltirilgan   rivojlantiruvchi   ta’lim   paradigmasi   bu   jihatdan
muhim   ahamiyatga   ega.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’lim   jarayoni   pedagogik
tenglik   g‘oyasiga   tayangan   holda,   o‘qituvchi   hamda   o‘quvchi   orasidagi
sub‘ekt-sub‘ekt   munosabatida   amalga   oshiriladi.   Har   bir   o‘qituvchi   o‘z
predmeti   doirasida   insonparvarlikka   asoslangan   ta’lim   berishga   intilishi
lozim.
Iqtisodiyot   tarmoqlari   va   ijtimoiy   sohani   jadal   rivojlantirish,   ilmiy-
intellektual   hamda   moliyaviy   resurslarni   to‘liq   safarbar   etgan   holda   ilmiy-
innovatsion   salohiyatdan   keng   foydalanish,   istiqbolda   ilm-fanni   muntazam
isloh   qilib   borishning   ustuvor   yo‘nalishlarini   belgilash,   zamonaviy   bilimga ega   va   mustaqil   fikrlaydigan   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash,   ilmiy
infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish   maqsadida,   shuningdek   2017   —   2021-yillarda   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili”da amalga oshirishga oid   davlat dasturiga        muvofiq:
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda
—   Konsepsiya)   hamda   Konsepsiyaning   maqsadli   ko‘rsatkichlari   va
indikatorlari    tasdiqlandi.
Ilm-fanni   2030-yilgacha   rivojlantirish   konsepsiyasini   2020   —   2022-
yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”;
Ilm-fan   sohasi   va   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   2021   —   2023-yillarda
moliyalashtirish   hajmini   kengaytirish   va   moliyalashtirish   manbalarini
diversifikatsiyalashning maqsadli;
Ilm-fan   sohasi   va   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   2021   —   2023-yillarda
moliyalashtirish   hajmini   kengaytirish   va   moliyalashtirish   manbalarini
diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
2021-yil   1-yanvardan   boshlab   Ilmiy   darajali   kadrlar   tayyorlashni
muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy etildi.
Konsepsiyaga   ko’ra,   ilm-fanni   rivojlantirishning   ustuvor   yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
birinchisi, ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
ikkinchisi,   ilm-fan   va   ilmiy   faoliyatni   moliyalashtirish   tizimini
takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash;
uchinchisi,   yuqori   malakali   ilmiy   va   muhandis   kadrlar   tayyorlash
hamda ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish; to‘rtinchisi,   ilm-fanni   rivojlantirishning   zamonaviy   infratuzilmasini
yaratish;
beshinchisi,   ilm-fan   taraqqiyotiga   ko‘maklashadigan   zamonaviy
axborot muhitini shakllantirish.
Ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish vakolatli davlat
organi   tomonidan   ilmiy-tadqiqot   dasturlarining   muvofiqlashtirilishini   va
boshqarilishini nazarda tutadi.
Ilmiy   faoliyatni   tashkil   etish   quyidagi   asosiy   boshqaruv
jarayonlarining hamjihatligini va izchilligini ta’minlashi zarur:
ilm-fan   sohasida   siyosatni   belgilash   —   sohadagi   vakolatli   davlat
organi tomonidan milliy ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va ilmiy dasturlarni
boshqarishni nazarda tutadi;
ehtiyojlarni   aniqlash   —   ustuvor   ilmiy   yo‘nalishlar   doirasida   ilmiy
faoliyatga   oid   davlat   dasturlari   loyihalarini   saralashni   nazarda   tutadi.
Vakolatli   davlat   organi   tarmoq   vazirliklari   bilan   birgalikda   ilmiy   faoliyatga
oid dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi;
rejalashtirish — qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini
va  kutilayotgan  natijalarni  muayyan  ko‘rsatkichlar  bilan  belgilashni  nazarda
tutadi;
moliyaviy   tahlil   —   zarur   moliyalashtirish   hajmini   qo‘yilgan
vazifalarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich baholashni belgilaydi;
buyurtmalarni tahlil qilish — davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan kelib tushgan talabnomalarni texnik va ilmiy
ekspertizadan o‘tkazishni nazarda tutadi;
amalga oshirish (yoki moliyalashtirish) — ilmiy faoliyatga oid davlat
dasturlari   loyihalarining   Davlat   budjetidan   moliyalashtirilishini   nazarda
tutadi; natijalarni   monitoring   va   tahlil   qilish   —   ilmiy   faoliyatga   oid   davlat
dasturlarini   amalga   oshirishning   holati   va   kutilgan   natijalarga   erishilganligi
baholanadi;
natijalarga   mutaxassis   bahosini   olish   —   texnik   va   ilmiy   ekspertiza
o‘tkazish   orqali   amalga   oshiriladi.   Bunda   loyihalar   bo‘yicha   oraliq   natijalar
ekspertizasi ham o‘tkazilishi mumkin;
tijoratlashtirish   va   natijalarni   ishlab   chiqarishga   yo‘naltirish   —
natijalarni  iqtisodiyot  tarmoqlariga  va  ijtimoiy   sohaga   joriy   qilishni  nazarda
tutadi;
ilmiy faoliyatni boshqarish — ilm-fan va ilmiy faoliyatning vakolatli
davlat organi tomonidan boshqarilishini nazarda tutadi.
Bunda, ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1)   jahon   tajribasida   loyihaviy   boshqaruv   o‘zining   samaradorligini
ko‘rsatayotganini   inobatga   olib,   ilm-fanni   boshqarishda   dasturiy   maqsadli
yondashuvni   qo‘llash,   yangi   boshqaruv   vositalarini   joriy   etish   va   ulardan
foydalanish   yo‘lga   qo‘yiladi.   Bu   tashkilot   ichida   mablag‘larni   samarali
taqsimlash, loyihani amalga oshirish jarayonini nazorat qilish hamda ichki va
tashqi   muhitdagi   o‘zgarishlarni   hisobga   olgan   holda   uning   bajarilishiga
tuzatish   kiritish   imkonini   beradi.   Budjetdan   moliyalashtiriladigan   grant
loyihalariga davlat buyurtmasi joriy qilinadi va loyihalarga tanlovlar vakolatli
davlat organi tomonidan tematik tarzda muntazam o‘tkazib boriladi;
2)   respublikada   ilmiy   sohaning   holati   va   kelgusida   rivojlanishini
aniqlash   uchun   maqsadli   ko‘rsatkichlarning   strategik   jihatdan   maqbul
bazasini, ilmiy faoliyat  sohasidagi  chuqur, batafsil ekspert-tahlil  va  prognoz
ishlarini   tayyorlash   hamda   amalga   oshirish   bo‘yicha   milliy   dastur   ishlab
chiqiladi; 3)   ilmiy   tashkilotlarning   holati   va   ish   faoliyatini   baholash,   ilm-fanni
taraqqiy   ettirish   bo‘yicha   davlat   siyosatini   muvofiqlashtirish   va   strategik
rivojlanishning vazifa hamda  yo‘nalishlarini  belgilash, ilmiy-tadqiqot  sohasi
rivojlanishining salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash  uchun tizimli ravishda
(har   uch   yilda   bir   marotaba)   mahalliy   ilmiy   salohiyat,   davlat   ilmiy-texnik
ekspertizasi va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari xalqaro audit
tashkilotlari tomonidan mustaqil fan auditidan o‘tkaziladi.
Mustaqil fan auditi o‘tkazishga bevosita vakolatli davlat organi mas’ul
bo‘lib,   audit   natijalariga   ko‘ra   yangi   infratuzilmalar   va   fan   yo‘nalishlari
tashkil   qilinadi,   mavjudlari   samaradorligiga   ko‘ra   kengaytiriladi   (yoki
qisqartiriladi)   va   yangi   yo‘nalishlar   ustida   faoliyat   yuritish   uchun   qayta
shakllantiriladi;
4)   vakolatli   davlat   organi   tomonidan   yillik   monitoring   tizimi   yo‘lga
qo‘yilib,   yo‘nalishlaridan   kelib   chiqqan   holda   mustaqil   fan   auditi   natijalari
bilan   uyg‘unlashtirilgan   ilmiy   tashkilotlarning   milliy   reyting   tizimi
shakllantiriladi;
5)   ilmiy   va   texnikaviy   rivojlanishning   afzalliklari   va   nuqsonlari
to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradigan, har bir sohaning innovatsion
rivojlanishidagi istiqbolli ilmiy va texnologik yo‘nalishlarini aniqlash, ilmiy,
texnikaviy   va   sanoat-texnologik   faoliyat   natijalarini   iqtisodiy   baholash
maqsadida   forsayt   guruhlari   tashkil   etiladi   va   forsayt   tadqiqotlari   o‘tkazib
boriladi;
6)   ustuvor   qadam   sifatida   ilmiy   tashkilot   rahbari   lavozimiga   ilm-fan
tizimini   boshqarish   ko‘nikmasiga   va   iqtisodiy   bilimga   ega   bo‘lgan   yosh
mutaxassisni   tayinlash   amaliyoti   kiritiladi.   Ilmiy   tashkilotlar   rahbarlarini
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   boshqaruvi
akademiyasida   o‘qitish   va   muntazam   malakasini   oshirib   borish   tizimi   joriy
qilinadi.   Har   bir   ilmiy   tashkilotda   ilm-fan   va   ilmiy   faoliyat   bo‘yicha tashkilotning   maslahatchisi   lavozimi   kiritilib,   bu   lavozimga   taniqli   fan
namoyandalari   va   yetakchilaridan   biri   tayinlanadi.   Bosh   maslahatchi
tashkilotning Ilmiy kengashini boshqarish vakolatiga ega bo‘ladi;
7) ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat
va  ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy  sheriklikni  kuchaytirish  hamda uning
doirasida   loyihalarni   amalga   oshirish,   ilmiy   yo‘nalishlarni   shakllantirish   va
ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda ilmiy maktablar, fan
namoyandalari   va   yetakchi   olimlarning   sohadagi   mas’uliyatini   oshirish
maqsadida   har   bir   fan   yo‘nalishlari   bo‘yicha   nodavlat   notijorat   tashkilotlari
sifatida fan jamiyatlari tashkil qilinadi.
Shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari,
xarajatlarning   mutanosib   tarkibi   va   xususiy   sektor   talabiga   yo‘naltirilgan
holda amalga oshirilishi kerak. Bunda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari uchun quyidagi xarajatlar tarkibi ta’minlanadi:
tadqiqot   turlari   bo‘yicha:   fundamental   tadqiqotlar   uchun   ilm-fanni
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan barcha mablag‘larning — 15
foizi, amaliy tadqiqotlar uchun — 20 foizi, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari
uchun   65   foizi.   Bunda   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   sohasining   xususiyatidan
kelib chiqib mablag‘lar taqsimotiga tegishli o‘zgartirish kiritilishi mumkin;
moliyalashtirish manbalari bo‘yicha: Davlat budjeti — 45 — 50 foiz,
xususiy va tadbirkorlik sohalari — 45 — 50 foiz, xorijiy investitsiyalar — 5
foiz.
Davlat   buyurtmasi   doirasida   ustuvor   tadqiqotlar   hamda   davlat
ahamiyatiga ega dasturlar (mineral xomashyo, tog‘-kon, yoqilg‘i-energetika,
suv xo‘jaligi tizimlari, seysmik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy va
texnogen   tabiatli   favqulodda   holatlarning   oldini   olish   va   bartaraf   etish
kabilar) moliyalashtirilishi zarur. Mazkur   chora-tadbirlar   bilan   bir   qatorda   iqtisodiyotni   ilmiy   jihatdan
qo‘llab-quvvatlashni   moliyalashtirishda   o‘zini   o‘zi   ta’minlashga   erishish
maqsadida   xususiy   sektorning   ilmiy   mahsulotlarga   buyurtmalari   mustaqil
ravishda   shakllantirilishi   va   moliyalashtirilishini   rag‘batlantirish   nazarda
tutiladi.
Loyihani   amalga   oshiruvchilar   davlat   manfaatlarini   hisobga   olgan
holda   samaradorlik,   dolzarblilik,   malaka   va   asbob-uskunalar   bilan
ta’minlanganlik   mezonlari   bo‘yicha   mamlakat   ichidagi   va   xorijdagi   ilmiy
jamoalar orasidan tanlab olinadi.
Ilmiy   faoliyat   natijalariga   fuqarolik   huquqlarining   vujudga   kelishini
va   jalb   etilishini   tartibga   soluvchi   me’yoriy-huquqiy   asoslar
takomillashtiriladi,   ularning   sanoatga   joriy   qilinishini   ta’minlaydigan
infratuzilma yaratiladi.
Ilm-fanni   rivojlantirishning   zamonaviy   infratuzilmasini   yaratish
borasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1)   ilmiy   tashkilotlar   va   oliy   ta’lim   muassasalarining   ilmiy
laboratoriyalari   zamonaviy   asbob-uskunalar   bilan   jihozlanadi   hamda
butlovchi qismlar bilan ta’minlanadi;
2)   ilmiy   faoliyat   infratuzilmalari   (ilmiy   tashkilotlar   va   oliy   ta’lim
muassasalari) doirasida milliy ilmiy laboratoriyalar tarmog‘i yaratiladi;
3)   ilm-fanni   rivojlantirish   uchun   mahalliy   va   xorijiy   olimlarga
markazlarning   asbob-uskunalari,   tajriba-ishlab   chiqarish   bazalari   va   boshqa
ilmiy   resurslaridan   foydalanishga   keng   imkon   yaratilgandagina   ilmiy
tashkilotlar   hamda   muassasalar   salohiyatidan   to‘liq   va   samarali   foydalanish
ta’minlanadi. Buning uchun ilmiy tashkilotlar huzurida ilmiy rivojlanishning
ustuvor   yo‘nalishlari   bo‘yicha   jamoaviy   foydalaniladigan   ilmiy
laboratoriyalar hamda GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlangan   zamonaviy   laboratoriya   majmualari   bosqichma-bosqich   tashkil
etiladi;
4)   nodavlat   loyiha   va   konstruktorlik   tashkilotlarini   rivojlantirishga
e’tibor qaratiladi va investitsiya dasturlari doirasida qo‘llab-quvvatlanadi;
5)   ilmiy   tashkilotlar,   universitetlar   tarkibida   ilmiy-innovatsion
klasterlar,   innovatsiya   markazlari,   konstruktorlik   ustaxonalari,   biznes
akseleratorlar,   startap   akseleratorlari   tashkil   qilinadi.   Hududiy   markazlarda
esa   innovatsiya   markazlari,   yoshlar   texnoparklari,   texnologiyalar   transferi
markazlari,   kichik   ilmiy-ishlab   chiqarish   klasterlari   hamda   innovatsion
poligonlar tashkil qilinadi;
6)   ilmiy   ishlanmalarni   tijoratlashtirish,   mahsulotlar   marketingi   bilan
shug‘ullanadigan alohida kompaniyalar tashkil etilib, ilm-fanga oid dasturlar
doirasida   yaratilgan   yangi   ishlanmalar   marketingini   yuritish   va   sheriklikda
tijoratlashtirish majburiyatlari yuklanadi;
7)   xususiy   sektor   va   xo‘jalik   yurituvchi   subyektlar,   jumladan   davlat
boshqaruvi organlari ishtirokidagi jamg‘armalar tashkil qilinadi hamda yangi
ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
8)   rivojlangan   davlatlar   tajribasidan   kelib   chiqib,   ilmiy   ekspertiza
jarayonida   “manfaatlar   to‘qnashuvi”   omillarini   cheklash   maqsadida   ilmiy
loyihalar   ekspertizasiga   mas’ul   tuzilma   tashkil   qilinib,   muhokamalarga   chet
el mutaxassislarini jalb qilgan holda ekspertizaning to‘la interaktiv platforma
orqali o‘tkazilishi ta’minlanadi.
Ilm-fan   taraqqiyotiga   ko‘maklashadigan   zamonaviy   axborot   muhitini
shakllantirish borasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1) milliy ilmiy portalni yaratish: portal doirasida mamlakatning ilmiy
salohiyatiga   oid   barcha   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   olgan   yagona   akademik
makon,   ilmiy-tadqiqot   loyihalarini   moliyalashtirish   uchun   arizalarni
avtomatik tarzda topshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yaratiladi; 2)   olimlar,   tashkilotlar,   ilmiy-texnik   axborot   manbalari   reytinglarini
joriy   etish:   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilishda   axborotning   muhim   rolini
hisobga   olgan   holda   ilmiy   salohiyatni   baholash   ko‘rsatkichlari   joriy   etiladi.
Obyektiv   miqdoriy   ko‘rsatkichlarning   joriy   etilishi   moliyalashtirish   uchun
loyihalarni   tanlab   olish   va   natijada   ilmiy-tadqiqot   faoliyati   samaradorligini
oshirishga yordam beradi;
3)   ilmiy   va   ilmiy-texnikaviy   rivojlanishni   prognozlash:   ilmiy   va
texnologik   rivojlanishni   prognozlashning   tizimli   jarayoni   mahalliy   va   jahon
miqyosidagi   ilmiy   hajmdor   mahsulotlar   ishlab   chiqaruvchilari   tomonidan
talab   qilinadigan   ilmiy   tadqiqotlar   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   shakllantirish
uchun zarurdir.
4)   mamlakatning   ilmiy-texnik   salohiyatini   baholash:   ilm-fan   sohasi
holati   va   uni   yanada   rivojlantirish   tendensiyalari   tahlili,   so‘nggi   yillarda
mamlakatimiz   ilm-fanining   sifatli   va   miqdoriy   rivojlanishini   o‘rganish,
mahalliy   ilmiy-texnik   salohiyatning   kuchli   va   zaif   tomonlarini   aniqlash   va
tahlil   qilish,   ilmiy   tashkilotlar   va   oliy   ta’lim   muassasalari   faoliyatini   hamda
ilmiy infratuzilmani rivojlantirish samaradorligini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot
va   tajriba-konstruktorlik   ishlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishga   ta’sir
qiluvchi   mexanizmlarini   o‘rganish,   ilmiy-tadqiqot   dasturlarining
samaradorligi   va   natijadorligini   baholash   tizimini   takomillashtirish
yo‘nalishlarida ishlar amalga oshiriladi Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati
 
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   yettirib,ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. 1-jild, Toshkent,”O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo yetamiz. Toshkent, “O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ
3. Mirziyoyev Sh.M. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning	
ʼ
Oliy Majlisga murojaatnomasi. “Xalq so zi” gazetasi, 2017 yil, 23-dekabr, 2-bet.	
ʼ
4.   Mirziyoyev   Sh.M.   Konstitutsiya   –   erkin   va   farovon   hayotimiz,   mamlakatimizni
yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2017	
ʼ
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   Sh.M.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida”gi	
ʼ ʼ ʼ
farmoni. Toshkent, “Аdolat”, 2018 yil.
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk  kelajagimizni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
7.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta minlash   yurt	
ʼ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
8. Karimov I.А. Аsarlar to plami. 1-23 jildlar. -T.:“O zbekiston”, 1996-2015 y.y.	
ʼ ʼ
9. Karimov I.А. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma naviyat”, 2008.
ʼ ʼ
10. Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O zbekiston”, 2010. 	
ʼ
11.Karimov I.А. O zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. -T.:“O zbekiston”,	
ʼ ʼ
2011.
12.   Karimov   I.А.   Bosh   maqsadimiz   –   keng   ko lamli   islohotlar   va   modernizasiya	
ʼ
yo lini qat iyat bilan davom yettirish. T.:O zbekiston, 2013.	
ʼ ʼ ʼ

Pedagogik paradigmalar va ularning ijtimoiy taraqqiyotidagi ahamiyati 1. Ta’lim paradigmalari 2. Ta’limni rivojlantiruvchi zamonaviy konsepsiyalar 3. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mohiyati

Paradigma yunoncha so‘z bo‘lib, namuna, o‘rnak degan ma’nolarni bildiradi. Paradigma – ma’lum davr ichida jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan va ilmiy muammolarni hal etish namunasi bo‘lib xizmat qiladigan nazariyadir. Paradigmalar ta’lim-tarbiya mazmunini yangilashga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlarni aniqlash imkoniyatini yaratmoqda. Paradigmalar hodisa va jarayonlarni o‘zaro bog‘liq, yaxlit deb, tadqiq etadi va ta’lim falsafasi rivojida muhim ahamiyatga ega. Ularda ta’limning yangi qonuniyatlari va qadriyatlari falsafiy jihatdan asoslanadi. Paradigmalar hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolarni o‘z ichiga oladi. Ayrim tadqiqotlarda paradigmalar ta’limning kontseptual modeli sifatida qo‘llanishi ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda ta’lim amaliyotida paradigmalarning bir necha turlari qo‘llanadi. Jumladan: 1. An‘anaviy-konservativ paradigma (ta’lim paradigmasi). 2. Ratsionalistik paradigma. 3. Fenomenologik (gumanistik paradigma). 4. Texnokratik paradigma. 5. Ezoterik paradigma. Pedagogik paradigmalar hozirgi zamon didaktikasining va yosh avlod tarbiyasining fundamental masalalarini yoritadi, ta’limning yangi qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi, bu jihatdan metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud: - Qadriyatli (aksiologik) yondashuv – madaniyat inson xayotining mazmuni sifatida tushuniladi. - Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talkin etiladi.

- Shaxsiy yondashuv – madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon buladi. Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan: - ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari; - ta`limning samarali tizimi; - ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala; - ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari; - muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi. Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud: Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshkalar). Unga kura ta`limning asosiy maksadi – “Bilim, kanchalik kiyin bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saqlab kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior – xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi. Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan

bir vaktda, “xulqi” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler). Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muxokama qilinmaydi. P.Blum barcha uquvchilar faqat uzlashtiribgina kolmay, balki muvaffaqiyatli ukishlari mumkin deb xisoblaydi. Ukuvchining optimal kobiliyatlari ma`lum sharoitlarda, ukuvchiga ta`lim berish natijasi uning sur`ati bilan aniklanadi. Olimning firicha, ta`lim oluvchilarning 95 foizi ta`lim muddatlariga bulgan cheklashlar olib tashlanganda ukuv kursining butun muzmunini uzlashtirib olishga kodirlar. Ana shu nuktai nazardan ukuvchilar tomonidan bilimlarning muvaffakiyatli uzlashtirishini ta`minlovchi metodika ishlab chikiladi, uning moxiyati kuyidagichadir: Butun sinf yoki kurs uchun tula uzlashtirish etaloni, mezonnini anik belgilab olish asosida ukituvchi ta`lim yakunida erishilishi kerak bulgan anik natijalarning ruyxati va unga muvofik keluvchi testlarni tuzadi. Uquv birliklari, ya`ni, ukuv materiallarining yaxlit bulimlari kursatiladi, ularni uzlashtirish natijalari aniklanadi, yakuniy baxoga ta`sir kursatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat. Tula uzlashtirishga yunaltirilgan xar bir ukuv kurs materiallarini uzlashtirish darajasini baxolash uchun test sinovlarini utkazish. Bu urinda xar bir ukuvchiga baxo va ta`lim maksadlarining axamiyatini tushuntirish muxim. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga kura (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vugodskiy va boshkalar) ta`lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida uziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maksadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yunaltiradi. Ta`limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon»

– xisoblangan, ya`ni, mashxur, aloxida nodir odam) modeli ukuvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, ularning talab va kizikishlariga xurmat bilan munosabatda bulishni kuzda tutadi. Uning vakillari ukuvchini nodir shaxs deb xisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi xar bir ta`lim tizimi ijodiy rivojlanadi va ukuvchi xamda ukituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik paradigma goyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta`lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning dikkat markazida ukuvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual extiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy xal etilishi yotadi. Ayni vaktda respublika ta`lim muassasalarida kuyidagi goyalarga amal kilinmokda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga urganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bulishi mukarrar. … Mustakil fikrlash – xam katta boylikdir”1. Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, fakatgina biluvchilar uchun muljallangan insonning dunyo bilan uzaro alokalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning moxiyati xakikat abadiy va uzgarmas, doimiy ekanligini ta`kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari xakikatni bilib bulmasligi, unga fakatgina faxmlash asosida erishish mumkinligini ta`kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maksadi koinot bilan mulokot, ukuvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ukituvchining ximoyalash vazifasi muximdir, u ukuvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma`naviy, jismoniy, psixik jixatdan rivojlantirishga yunaltiradi. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maksadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta`lim oluvchilarga “anik” ilmiy bilimlarni berish va ularning uzlashtirilishini ta`minlashdir. Bilim – kuchdir, shu bois shaxs kimmati uning urganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs