Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari.
Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari. REJA: 1. Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi 2.Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov “Mafkuraviy maydon” tushunchasining shakllanish va namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘rsida. 3.“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari. 4. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.
1. Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi Dunyoning mafkuraviy manzarasi – jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabati bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatlarni yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Dunyoning mafkuraviy manzarasi - deb jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayan ijtimoiy guruh, entik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmuining makon va zamonda yaqqol ko‘zga ko‘rinib turadigan joylashuv tartibiga aytiladi. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” (2008) asarida ta’kidlaganidek, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz... Hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas” ... Bugungi dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsada, undagi mintaqa va davlatlar, millatlar va xalqlar o‘z o‘rniga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi, shubhasiz. Jahon siyosiy haritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, shubhalar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir- biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga halqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy muddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir.
Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot inson hamda jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur uslubi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishiga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Xususan, terrorchilik turli shakllarga kirib, kuchli moddiy asosga ega bo‘lib, mafkuraviy xavfi ortib bormoqda. Shu bilan birga, e’tiqod umumiyligiga asoslanishi (masalan, panislomizm), etnik birlikka urg‘u berish (masalan, panslavizm, peneronizm, panturkizm) va yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog‘liqlik asosida (masalan, pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta’minlash, shu yo‘l bilan jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar ham bor .Lekin bular bugungi dunyodagi mafkuraviy jarayonlarni to‘la-to‘kis eks ettira olmaydi. Mafkuraviy jarayonlar o‘zgarib turibdi. Bu borada XX asr so‘ngida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Hozirgi davrda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, dunyo mamlakatlari orasida unga munosabatning keskin o‘zgarishi har bir kishining yot va begona g‘oyalarga nisbatan ogoh bo‘lishga undaydi. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Globallashuvining hozirgi davrda 3 ta manbai mavjud: 1. Kommunikatsiya vositalaridagi tub o‘zgarishlar.
2. Investitsiyalardagi yangi jarayon. 3. Dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishi. Asosiy belgilari: 1. Xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi. 2. Xalqaro kapital aylanmasi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bartaraf etilishi. 3. Elektron kommunikatsiya niqobidagi moliyaviy o‘zgarishlar. 4. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy institutlarning tashkil topishi. Globallashuvning milliy g‘oyaga ta’siri: 1. Iqtisodiyotning globallashuvi. 2. Axborot-kommunikatsiya sohasining globallashuvi. 3. Madaniyatning globallashuv jarayoni. 4. Siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi. Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.Shu ma’noda, globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarning beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Globallashuvning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazayotgan ta’siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo‘lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi 1. demokra-tiyalash; 5) modernizatsiyalashish kabi jarayonlarniing o‘zaro bog‘liq bosqich-larini interaktiv usullarda anglatish, bilish, o‘rganish lozimligini hisobga olish. 2. Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli bo‘lib borayotganiga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini axborot makoni nuqtai nazaridan o‘rganishga yo‘naltirish lozim.
3. Yoshlar qalbi va ongida mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun unga qarshi mafkuraviy ong, mafkuraviy bilim va mafkuraviy madaniyatni shakllantirish, rivojlantirish zarur. 4. Aqliy, intellektual bilimlardan ratsional foydalanish darkor va hokazo. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari: Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy – siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf- xatarlar majmuasi . Tahdidlar 2 turga bo‘linadi: 1. Ichki tahdidlar – o‘z Vataniga, vatandoshiga zarar yetkazishga qaratilgan g‘oya, xatti-harakat. Biz ko‘p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakachilikda yashab keldik. Ana shu ichki tahdidlarni quyidagi sxema asosida tasvirlash mumkin. 2. kirib keluvchi tahdidlar: xalqaro terrorizm, ekstremizm, fashizm, rasizm, shovinizm va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrda tashqi siyosatning yangi-zamonaviy konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, uning yaxlitligini, bir butunligini tan olish tashqi siyosatda muayyan yutuqlarga erishishning asosini tashkil qiladi. Tashqi siyosatni takomillashtirish emas, qat’iy isloh qilish davr talabi ekanini anglash natijasida xalqaro munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar ko‘zga tashlanmoqda. – Mafkuraviy ta’sirning yo‘qolib borishi. – Konfrontatsiya – o‘zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka o‘tib borish. – Xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish. – Xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi. – Xalqaro munosabatning kengayishi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 15-16 mayda Samarqandda “O‘rta asrlar Sharq mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning